VIRUSLARNING KO’PAYISHI.
Reja:
1. Virusning hujayraga kirishi va infektsion jarayon davrlari.
Adsorbtsiya.
2.Virus DNK sining sintezi. Virus RNK si sintezi.
3.Konservativ va yarim konservativ replikatsiya. Virus zarrasining
etilishi .
Hujayraga virus yuqtirlgandan so’ng, virus zarrachasi hujayra
ichida ko’payadi va o’ziga o’xshash millionlab virus zarrachalarini
hosil qiladi yoki hujayra irsiy moddasi bilan virus irsiy moddasi
birlashib, ma’lum vaqtgacha virus zarralari hosil bo’lmay hujayra
normal hayot kechirishi mumkin.
Virus hujayrada ma’lum vaqtgacha o’zini namoyon eta
olmaydi. Ammo birorta tashqi ta’sir (ultrabinafsha nurlar, rentgen
nurlari, kimyoviy moddalar) natijasida, virus nuklein kislotasi
hujayra DNKsidan ajralib, ko’payib, o’ziga o’xshagan virus
zarrachalarini hosil qilishi mumkin.
Virusning hujayraga kirishidan to ko’payishigacha bo’lgan
davrni bir necha bo’laklarga bo’lib tekshiriladi. Birinchi davr-latent
davri. Bu davrda virus zarrachalarining soni o’zgarmaydi. Latent
davrining birinchi yarmida virus zarrachalari hujayrada umuman
uchramaydi va davr eklips (yo’qolish) deyiladi. Ikkinchi davr -
virus zarrachalari sonining oshish davridir. Bu davr virus zarralari
hujayradan chiqishi bilan tugaydi. Virus hujayraga yuqtirilganda,
dastlab virus zarrachasi hujayra yuzasiga yopishadi, ya’ni
adsorbtsiyalanadi. Bu protsess ham spetsifik xususiyatga ega
bo’lib, bir virus hamma hujayraga ham adsorbtsiyalanavermaydi,
balki ma’lum hujayragagina adsorbtsiyalanadi.
Adsorbtsiyalanish jarayonida hujayra va virusning ayrim
qismlari-retseptorlari ishtirok etadi. ya’ni virus, hujayraga kirish
uchun uning retseptori hujayra retseptorlari bilan bog’lanishi
kerak. Masalan, T-bakteriofagning retseptorlari uning o’simta,
to’g’rirog’i dum qismdagi
fibrillarida
joylashgan. T-
bakteriofaglari singari, maxsus adsorbtsiyalanish qismlari
bo’lmagan, sferasimon va boshqa viruslarda shu virus
zarrachalaridagi muayyan kimyoviy guruhlar retseptor deb qabul
qilingan. Ammo, shu vaqtgacha, birorta virus retseptorining
kimyoviy tuzilishi aniqlangan emas.
T-bakteriofagi hujayragi kirish paytida, o’zining fibrillari
bilan hujayra devoriga yopishadi va dum qismidagi bazal
plastinkada joylashgan “probka” yo’qoladi. So’ngra, o’simtaning
oqsil pardasi qisqara boshlaydi, o’simta o’zagi hujayra devorini
teshadi va fag DNK si hujayraga oqib o’tadi.
Viruslarning hujayraga kirishidagi yana biri yo’l pinotsitoz
usulidir. Bu usul chechak viruslarida qayd etilgan. Virus hujayraga
virus yopishgandan so’ng hujayra membranasi virus ichiga botib
kiradi va hujayra ustidagi virus hujayra ichiga kirib qoladi. Hujayra
gidrolitik fermentlari ta’sirida virus zarrasidagi oqsil va
fosfolipidlar parchalanadi. Ozod bo’lgan nukleoproteid tarkibidagi
DNK, hujayradagi
“yechintiruvchi”
fermentlar vositasida
ajraladi.
OITV virusining hujayraga kirish jarayoni. r-120 oqsilni
T-xelperlarni
membranasidagi
T-4
retseptorlar
bilan
bog’lanishidan boshlanadi. Elektron mikroskopda virus zarrasini T-
hujayralar retseptorlari bilan birikib, hujayra tsitoplamasi ichiga
botib kirishi yaxshi ko’rinadi. Avval hujayra membranasini
protoplazma ichiga bo’rtib chiqishi kuzatiladi va virus zarrasi
vakuola bilan o’raladi. Keyinchalik virus qobig’i erib ketadi. Virus
shu vaqtda hujayrada yo’qoladi, uning RNK si yoki k-DNK si ham
o’ta kichik bo’lganligidan elektron mikroskopda ham ko’rinmaydi.
Sekin-asta virus replikatsiyasi boshlanadi va kasallangan hujayra
membranasida r-120 oqsili paydo bo’ladi. Bu davrda virus hosil
bo’layotgan kasal hujayrani molekula darajasida sog’ hujayradan
farqlab aniqlash mumkin bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan elektron
mikroskopda ko’plab virus zarralarini kuzatish mumkin. Hozirgi
kunda kasal hujayralar membranasida r-120 oqsilini paydo bo’lishi
va bu daxshatli virus bilan kurash choralarini ishlab chiqishda
qo’llanilmoqda.
O’simlik viruslari retseptorlari ham, deyarli o’rganilmagan.
Ko’pincha hujayra kutikulasining jarohatlanishi natijasida maxsus
sezgir qismlar ochilib, virus bilan bog’lanadi va virus hujayraga
o’tadi. O’sha “sezgir” qismlar mikroorganizm va hayvon
hujayralaridagi retseptorlarga o’xshashsa kerak, degan taxminlar
bor.
Hujayraga kirgan virus zarrachasi hujayra ichida ko’payadi.
Hujayraning ma’lum bir qismida virus nuklein kislotasi va boshqa
bir qismida esa virus oqsili sintezlanadi.
Virus ikki zanjirli DNK sining replikatsiyasi (ikki marta
ko’payishida) virus DNK sidan informatsion RNK ma’lum
oqsillarning kimyoviy usulda yozilgan informatsiyalarini
(transkriptsiya) qabul qiladi va mazkur informatsion RNK
ribosomalarida virus DNK si replikatsiyasi uchun zarur oqsillar
(bevosita virus DNK replikatsiyasiga zarur bo’lgan fermentlar,
virusning strukturasi oqsillari) ni sintezlaydi.
DNK-polimeraza fermenti, o’z navbatida hujayradagi
dezoksiribonukleozitrifosfatlarni ona DNK ga mos qilib, bir
zanjirchaga ulaydi.
Natijada, ona DNK ning har ikkala
zanjirchasiga mos, yangi DNK zanjirchalarini sintezlaydi.
Bir zanjirchali virus DNKsining replikatsiyasida ham, asosan
xuddi shunga o’xshash jarayon sodir bo’ladi. Ammo bir zanjirchali
ona DNK da DNK ning replikatsiyasi uchun zarur bo’lgan ikki
zanjirchali replikatip forma sintezlanadi. Shu replikativ formada
zarur oqsillarning informatsion RNK si sintezlanadi. Bu RNK lar o’z
navbatida hujayra ribosomalirdagi oqsilni sintezida qatnashadi.
Hosil bo’lgan oqsillar (fermentlar) yordamida replikativ forma
onaligida dezoksiribonukleozidtrifosfatlar - dan yangi bir zarrachali
virus DNK si vujudga keladi.
Bir zanjirchali RNK replikatsiyasida esa, bir tomondan virus
RNKsi informatsion RNK vazifasini bajarib, ribosomada oqsil
sintezida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, undan ham ikkinchi shu
ona zanjirchaga mos zanjircha hosil bo’ladi, uni RNK ning
replikativ formasi deyiladi. Bu replikativ formaning, hosil bo’lgan
ikkinchi zanjirchasi onaligida yangi va unga mos ona virus RNK
siga har tomonlama o’xshash, virus RNK lari sintezlanadi.
Ribosomalarda sintezlagan ferment (RNK replikaza)
vositasida, hujayradan ribonukleozidtrifosfatlardan (ATF, GTF,
TSTF va UTF) RNK hosil bo’ladi.
Ikki zarrachali virus RNKsining sintezi ham ikki zarrachali virus
DNKsining sintezi kabi amalga oshiriladi.
Nuklein kislota hosil bo’lishi jarayonini kuzatib, aniqlandiki,
har bir sintezlanishda uch muhim faktor:
1) nusha ko’chiriladigan ona zanjircha matritsa:
2) yangi zanjirlar tuzilishida qurilish materiali sifatida ishlatiluvchi
dezoksiribonukleozidtrifosfatlar-substrat:
3) dezoksiribonukleozidtrifosfatlarni bir-biriga matritsaga moslab
beruvchi fermentlar mavjud bo’lishi shart.
Sintezlanish juda murakkab jarayon bo’lib, yuqorida aytib
o’tilgan har bir faktorlarning yaratilishi bir qancha bosqichlarda
amalga oshiriladi. Masalan, T-2 bakteriofagi ikki zanjirchali
DNKsining sintezida ishtirok etuvchi substrat-dezoksi-5 oksi
metiltsitidinmonofosfatni
(d-OMTSMF)
virus
bilan
kasallanmagan hujayrada uchramaydi. Ammo hujayra viurs bilan
kasallanishi bilanoq unda d-TSMFdan d-OMTSMF ni hosil qilishda
qatnashuvchi ferment- oksmetilaza paydo bo’ladi, ya’ni bu
ferment virus DNK sinteziga zarur d-OMTSTF ni d-TSTF dan
tayyorlab beradi.
Haqiqatdan ham virus DNK tarkibi tekshirilsa, unda
hujayrada uchramaydigan yangi d-OMTSMF ni uchratish mumkin.
Xuddi shuningdek boshqa substratlar ham virus DNK sintezida
ishtirok etishdan avval, har xil o’zgarishlarga uchraydi. Shu xil
substratlarni hosil qilish uchun esa hujayrada virusga xos bo’lgan
yangi fermentlar kerak bo’ladi. Bu fermentlar virus DNK sidagi
informatsiyaga asosan yaratiladi va ular virus DNK si sintezida
ishtirok etadigan substratlar hosil qiluvchi fermentlar deb ataladi.
Bulardan tashqari, DNK sintezida bevosita ishtirok etuvchi
DNK-polimeraza, polinukleotidligaza hamda endonukleaza kabi
fermentlar ham mavjud. Ularning vazifasi substratlarni bir zanjirga
ulash
(DNK-polimeraza)
yetishmagan
bog’larni
ulash
(polinukleotidligaza) zarur bo’lganda hamda DNK zanjirini uzish
(endonukleaza) dan iborat bo’lib, ular virus DNK sintezi
fermentlari deb ataladi.
Virus DNK si sintezi uchun substrat hosil qilishda ishtirok
etuvchi fermentlar, struktura oqsillari hujayra oqsillari kabi
ribosomalarda sintezlanadi. Hujayradagi transport RNK lar
ulardagi aminokislotalarni virus informatsion RNK sidagi (RNK
tutuvchi viruslarda i-RNK vazifasini bir zanjirli virus RNK sining o’zi
bajaradi) shifrga asosan, bir zanjirga ulab, oqsil molekulasini
shakllantiradi
Hujayraning turli qismlarida bir vaqtda hosil bo’lgan nuklein
kislota va oqsillarning “o’z-o’zidan” (somosborka) qo’shilishi
natijasida virus zarrachalari yetiladi. “O’z-o’zidan” qo’shilish virus
oqsiliga xos xususiyatdir. Agar virusning toza preparatidan ajratib
olingan oqsil muayyan bir sharoitda probirkada tutilsa, ma’lum
vaqtdan so’ng bu oqsillar virusga o’xshash (ammo nuklein