VIRUSLARNING TABIATI XAQIDA
Reja:
1.Elektron mikroskop va uning viruslar nozik strukturalarini
o’rganishdagi xizmati
2.
Oddiy viruslarning tuzilishi.
3.Tamaki mozaikasi virusining tuzilishi.
Elektron mikroskop va uning viruslar nozik strukturalarini
o’rganishdagi xizmati. Oddiy
viruslarning tuzilishi. Tamaki
mozaikasi virusining tuzilishi. Murakkab viruslarning tuzilishi (T-2,
VICH).
Hozirgi vaqtda fi zik-kimyoviy, fi zika va ionokimyo
metodlari yordamida viruslarning nozik strukturalari o’rganilmoqda.
Viruslar morfologiyasi va ulьtrastrukturalarini o’rganishda, ayniqsa,
Elektron mikroskop muhim rol o’ynaydi. Tadqiqot natijalaridan
ma’lum bo’lishicha, etilgan virus zarrachalari-vibrionlarini,
asosan, ikki turga: oddiy va murakkab vibrionga bo’linishi
mumkin. O’z navbatida oddiy vibrionlarning ikki tipi mavjud
bo’lib, bulardan birinchisi spiralsimon, ikkinchisi esa tayoqchasimon
vibriondir.
Tayoqchasimon
vibrionlar
o’z
navbatida
tayoqchasimon va ipsimon viruslarga bo’linadi.
Vibrionning oqsil pardasi, ko’pincha, kapsid ichidagi nuklein
kislotasi bilan birga nukleokapsid, deb ataladi. Kapsidni
tashkil qiluvchi elementlar kapsomer deyiladi. Kapsomerlar bir
xil polipeptid zanjirchalardan tuzilgan agregatlardir.
Nuklekapsid simmetrik tuzilgan ichki nukleotid bo’lib, u o’z
navbatida bir yoki bir necha oqsil parda bilan o’ralgan. Vibrion
«peplos» deb ataluvchi qavat bilan birga etilib, hujayra
membranasidan o’tish davrida o’raladi. Chechak, uchuq va
miksoviruslarda peplos qavati bor. Peplosni tashkil etuvchi
elementlar peplomerlar deb atalib, ular hujayraga xos oqsildan
tuzilgan bo’ladi.
Tamaki mozaikasi virusi tuzilishi. Bu virus ilk kashf etilgan
virus bo’lib, oddiy viruslar guruhiga kiradi. U boshqa viruslarga
nisbatan mukammal o’rganilgan. Bu virusning tayoqchasimon
shaklga ega ekanligi, 1933 yilda amerikalik olimlar Takaxashi va
Roulinz tomonidan, sog’ va kasallangan o’simlik shiralarini
solishtirib o’rganish asosida aniqlangan. Keyinchalik amerikalik
olim Stenli tamaki mozaikasi virusining sof preparatini olib,
virusning uzunligi 300 mkm va eni 18 mkm molekulyar
massasi esa 40000000 ekanligi ni aniqladi.
Oqsil hamda nuklein kislotasi har tomonlama o’rganilib, bu
virus tarkibi, molekulyar og’irligi bir xil (18000) oqsil va
molekulyar og’irligi 2000000 bo’lgan nuklein kislota borligi
aniqlandi. Nuklein kislota virus oqsili bilan muhofaza qilindi. Virus
zarrasi ichida, spiralsimon joylashgan, bitta nuklein kislota, uning
tarkibida esa 62200 sub’edintsalardan tashkil topgan oqsil parda
bor. Oqsil zarrasining sub’edinitsalari ham virus zarrasi o’qi
atrofida spiralsimon bo’lib joylashgan.
Virus zarrachasining 95% oqsil, 5% ni esa nuklein
kislotasi tashkil qiladi. Ammo, nuklein kislota miqdor jihatidan
kam bo’lsada, virus zarrachalarining xususiyati unga bog’liq. Agar
virus zarrachalaridan nuklein kislotalarini kimyoviy yo’l bilan
ajratib olib, uni sog’lom tamaki bargiga yuqtirilsa, sog’
tamakida huddi butun virus zarrasi
yuqtirilgandek kasallik
alomatlari ko’rinadi.