VIRUSOLOGIYADA QO’LLANILADIGAN TADQIQOT USULLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

13

File size

Fayl hajmi

37,9 KB


VIRUSOLOGIYADA QO’LLANILADIGAN TADQIQOT USULLARI
Reja:
1.
Virus tutgan materiallarni qayta ishlash
2.
Elektron mikraskopiya metodi
Zamonaviy  virusologiya –  fanning  mustaqil  yo’nalishi
bo’lib,  o’zining  tekshirish  usullari  va  maxsus masalalariga  ega,
ularning  yechimi  virusologik  laboratoriyalar  va  institutlarda
amalga oshiriladi.
Virusologik  laboratoriyalarda  ishlash  qoidalari  viruslarning
o’ziga  xos  xususiyatlarining  mavjudligi  va  yuqori  yuqumliligiga
asoslangandir.  Shuning  uchun  ham  bakteriologik  va  serologik
laboratoriyalarda zarur bo’lmagan bir qator sharoitlar virusologik
tekshirish usullarida talab qilinadi.
Virusologik laboratoriyalarda virus shtammlarini o’stirish va
ajratish, ularning identifikatsiyasi va turli xil ilmiy tekshiruvlarni
amalga oshirish kabi ishlar olib boriladi.
Viruslar bilan ishlaganda quyidagilar juda muhim:
1. Virus  shtammlarining  begona  mikroflora  bilan  zararlanishiga
yo’l qo’ymaslik;
2.  Ishlovchi  xodimlarni  virus  bilan  zararlanishdan  himoyalash,
ayniqsa,  aerozollar  bilan  ishlaganda  ularning  xavfsizligini
ta’minlash;
3. Atrofda yashovchi aholining xavfsizligini ta’minlash, ya’ni oqindi
suv,  tajribaviy  hayvonlarning  o’ligi  va  boshqalar  orqali  virusli
infektsiya bilan zararlanishning oldini olish.
Logotip
VIRUSOLOGIYADA QO’LLANILADIGAN TADQIQOT USULLARI Reja: 1. Virus tutgan materiallarni qayta ishlash 2. Elektron mikraskopiya metodi Zamonaviy virusologiya – fanning mustaqil yo’nalishi bo’lib, o’zining tekshirish usullari va maxsus masalalariga ega, ularning yechimi virusologik laboratoriyalar va institutlarda amalga oshiriladi. Virusologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari viruslarning o’ziga xos xususiyatlarining mavjudligi va yuqori yuqumliligiga asoslangandir. Shuning uchun ham bakteriologik va serologik laboratoriyalarda zarur bo’lmagan bir qator sharoitlar virusologik tekshirish usullarida talab qilinadi. Virusologik laboratoriyalarda virus shtammlarini o’stirish va ajratish, ularning identifikatsiyasi va turli xil ilmiy tekshiruvlarni amalga oshirish kabi ishlar olib boriladi. Viruslar bilan ishlaganda quyidagilar juda muhim: 1. Virus shtammlarining begona mikroflora bilan zararlanishiga yo’l qo’ymaslik; 2. Ishlovchi xodimlarni virus bilan zararlanishdan himoyalash, ayniqsa, aerozollar bilan ishlaganda ularning xavfsizligini ta’minlash; 3. Atrofda yashovchi aholining xavfsizligini ta’minlash, ya’ni oqindi suv, tajribaviy hayvonlarning o’ligi va boshqalar orqali virusli infektsiya bilan zararlanishning oldini olish.
Shu  asosiy  talablarni  hisobga  olgan holda  virusologik
laboratoriya tashkil etiladi va undagi ish tartibi belgilanadi.
 
Virusologik  laboratoriya  toza,  yorug’  xonalarda,  boshqa
laboratoriyalardan ajratilgan holda, yoki alohida binoda joylashishi
zarur. Bino virusologik tekshiruvlar uchun zarur bo’lgan jihozlar
bilan  jihozlanadi.  Virusologik  laboratoriyada  qanday  ish
bajarilishidan qat’iy nazar tozalikni qat’iy saqlash lozim.
Odatda yirik virusologik laboratoriyalar viruslar bilan ishlash
uchun  mo’ljallangan  quyidagi  maxsus  bo’limlardan  tuzilgan:
hujayra  kulturalari  tayyorlanadigan,  in  vitro  va  in  vivo
(hayvonlarda  va  tovuq  embrionida)  serologik  tekshiruvlar
o’tkaziladigan;  viruslarni  fizikaviy  usullarda  tekshiradigan
(elektronnoskopiya,  ulьtrasentrifugalash  va  boshq.).  Bundan
tashqari yuvish-avtoklav bloki, sog’lom va zararlangan hayvonlar
ishonchli ravishda alohidalangan vivariy, shuningdek, yordamchi
xonalar – sanitar nazoratdan o’tkazuv xonasi, dush, ventilyatsion
jihozlar uchun xona, chiqindilarni sterilizatsiya qilish xonalari ham
zarur.
Virusologik  laboratoriya  yoki  institut  qancha  yirik  bo’lsa,
shuncha ko’p maxsus bo’limlarga ega bo’ladi.
Viruslar  va  hujayra  kulturalari  bilan  “toza”  ishlarga
mo’ljallangan  laboratoriya  xonalari  oynali  to’siq  bilan  ajratilgan
boks  oldi  va  boksdan  tashkil  topgan  bo’lishi  lozim.  Boks  oldi
xonasida  maxsus bikslarda  boksda  ishlash  uchun  mo’ljallangan
steril xalat, qalpoq, maska, rezina qo’lqop va boshqalar saqlanadi.
Xavfli  material  bilan  ishlaganda  ko’pincha  himoyalovchi
ko’zoynak, o’ta xavfli hollarda esa, respiratorlar yoki protivogazlar
taqiladi.  Boks  oldi  xonasida  sterillikni  kamroq  talab  qiluvchi
yordamchi  ishlarni  ham  o’tkazish  mumkin.  Asosiy  virusologik
tekshiruvlar  boksda  o’tkaziladi.  Boksdagi  stol  ishlovchilarni
zararlanishdan  saqlash  uchun  himoyalovchi  oyna  bilan
Logotip
Shu asosiy talablarni hisobga olgan holda virusologik laboratoriya tashkil etiladi va undagi ish tartibi belgilanadi. Virusologik laboratoriya toza, yorug’ xonalarda, boshqa laboratoriyalardan ajratilgan holda, yoki alohida binoda joylashishi zarur. Bino virusologik tekshiruvlar uchun zarur bo’lgan jihozlar bilan jihozlanadi. Virusologik laboratoriyada qanday ish bajarilishidan qat’iy nazar tozalikni qat’iy saqlash lozim. Odatda yirik virusologik laboratoriyalar viruslar bilan ishlash uchun mo’ljallangan quyidagi maxsus bo’limlardan tuzilgan: hujayra kulturalari tayyorlanadigan, in vitro va in vivo (hayvonlarda va tovuq embrionida) serologik tekshiruvlar o’tkaziladigan; viruslarni fizikaviy usullarda tekshiradigan (elektronnoskopiya, ulьtrasentrifugalash va boshq.). Bundan tashqari yuvish-avtoklav bloki, sog’lom va zararlangan hayvonlar ishonchli ravishda alohidalangan vivariy, shuningdek, yordamchi xonalar – sanitar nazoratdan o’tkazuv xonasi, dush, ventilyatsion jihozlar uchun xona, chiqindilarni sterilizatsiya qilish xonalari ham zarur. Virusologik laboratoriya yoki institut qancha yirik bo’lsa, shuncha ko’p maxsus bo’limlarga ega bo’ladi. Viruslar va hujayra kulturalari bilan “toza” ishlarga mo’ljallangan laboratoriya xonalari oynali to’siq bilan ajratilgan boks oldi va boksdan tashkil topgan bo’lishi lozim. Boks oldi xonasida maxsus bikslarda boksda ishlash uchun mo’ljallangan steril xalat, qalpoq, maska, rezina qo’lqop va boshqalar saqlanadi. Xavfli material bilan ishlaganda ko’pincha himoyalovchi ko’zoynak, o’ta xavfli hollarda esa, respiratorlar yoki protivogazlar taqiladi. Boks oldi xonasida sterillikni kamroq talab qiluvchi yordamchi ishlarni ham o’tkazish mumkin. Asosiy virusologik tekshiruvlar boksda o’tkaziladi. Boksdagi stol ishlovchilarni zararlanishdan saqlash uchun himoyalovchi oyna bilan
ekranlashtirilgan  bo’lishi  kerak.  Shu  maqsadda ichki  tomonida
bakteriotsid lampalar bo’lgan stollardan ham foydalaniladi. 
Bokslar shunday jihozlanishi kerakki, devor, pol va shiftlarni
namlab  tozalash  mumkin  bo’lsin.  Bundan  tashqari,  ish
boshlashdan oldin va keyin bokslar bakteriotsid kvarts lampasi
bilan  zararsizlantiriladi.  Ish  vaqtida  boksga  steril  havo  berish
tavsiya qilinadi. Yuqumli materiallar bilan ishlash yakunlangach
hamma chiqindilar qopqoqli metall idishlarga joylashtiriladi va shu
joyda  dezinfektsion  eritmalar  bilan  zararsizlantiriladi.  Shundan
so’nggina  idishlarni  maxsus  xonalarga  yuboriladi  va  u  yerda
chiqindilar  qayta  dezinfektsiyalanadi,  avtoklavlanadi  va  qisman
yoqiladi.  Bokslardan  keluvchi  havo  maxsus  filtrlar  bilan
sterilizatsiyalanadi.
Virusologik  laboratoriya  xodimlari,  ish  vaqtida  muloqotda
bo’lishi  mumkin  bo’lgan,  barcha  virusli  infektsiyalarga  qarshi
vaktsinatsiya qilinadi. Barcha xodimlar laboratoriyada ichki tartib
qoidalariga amal qilishi lozim.
O’ta xavfli viruslar va ularning tashuvchilari bilan ishlaydigan
laboratoriyalarga  faqat  Sog’liqni  saqlash  vazirligi  maxsus
epidemiyaga  qarshi  boshqarmasining  ruxsatnomasi  bo’lgan
shaxslargagina ruxsat etiladi.
Virusologiyada qo’llaniladigan tekshiruv usullari
 Bu  usullarning  murakkabligi,  eng  avvalo,  viruslarning  qat’iy
hujayra  ichi  parazitligi  va  ular  o’lchamlarining  kichikligi  bilan
bog’liqdir.
Virusli infektsiyali bemorlardan olingan materiallarni laboratoriya
diagnostika  qilish  maqsadida  turli  xil  tekshirish  usullari
qo’llaniladi:
 Elektron va yorug’lik mikroskopiya usuli;
 Hujayra  kulьturalarida  viruslarni  o’stirish  va  ajratib  olish
(ularning tsitopatik ta’sirini, gemadsorbtsiya qilish xususiyatini va
Logotip
ekranlashtirilgan bo’lishi kerak. Shu maqsadda ichki tomonida bakteriotsid lampalar bo’lgan stollardan ham foydalaniladi. Bokslar shunday jihozlanishi kerakki, devor, pol va shiftlarni namlab tozalash mumkin bo’lsin. Bundan tashqari, ish boshlashdan oldin va keyin bokslar bakteriotsid kvarts lampasi bilan zararsizlantiriladi. Ish vaqtida boksga steril havo berish tavsiya qilinadi. Yuqumli materiallar bilan ishlash yakunlangach hamma chiqindilar qopqoqli metall idishlarga joylashtiriladi va shu joyda dezinfektsion eritmalar bilan zararsizlantiriladi. Shundan so’nggina idishlarni maxsus xonalarga yuboriladi va u yerda chiqindilar qayta dezinfektsiyalanadi, avtoklavlanadi va qisman yoqiladi. Bokslardan keluvchi havo maxsus filtrlar bilan sterilizatsiyalanadi. Virusologik laboratoriya xodimlari, ish vaqtida muloqotda bo’lishi mumkin bo’lgan, barcha virusli infektsiyalarga qarshi vaktsinatsiya qilinadi. Barcha xodimlar laboratoriyada ichki tartib qoidalariga amal qilishi lozim. O’ta xavfli viruslar va ularning tashuvchilari bilan ishlaydigan laboratoriyalarga faqat Sog’liqni saqlash vazirligi maxsus epidemiyaga qarshi boshqarmasining ruxsatnomasi bo’lgan shaxslargagina ruxsat etiladi. Virusologiyada qo’llaniladigan tekshiruv usullari Bu usullarning murakkabligi, eng avvalo, viruslarning qat’iy hujayra ichi parazitligi va ular o’lchamlarining kichikligi bilan bog’liqdir. Virusli infektsiyali bemorlardan olingan materiallarni laboratoriya diagnostika qilish maqsadida turli xil tekshirish usullari qo’llaniladi:  Elektron va yorug’lik mikroskopiya usuli;  Hujayra kulьturalarida viruslarni o’stirish va ajratib olish (ularning tsitopatik ta’sirini, gemadsorbtsiya qilish xususiyatini va
viruslarning hujayraga ta’sirining boshqa ko’rinishlarini aniqlash)
usuli;
 Rivojlanayotgan tovuq embrionida va sezgir tajriba hayvonlar
organizmida o’stirish va ajratib olish;
 Gemagglyutinatsiya qilish xususiyatiga ko’ra viruslarni ajratish;
 Turli  xil  serologik  tekshirish  usullari:  an’anaviy  serologik
reaksiyalar  (komplementni  bog’lash  reaksiyasi,  geldagi
pretsipitatsiya reaksiyasi va boshqalar) va ekspress-usullar; eng
ko’p  ahamiyatga  ega  reaksiya  –  bu  viruslarni  neytralizatsiya
reaksiyasi hisoblanadi. Bu reaksiya viruslarni identifikatsiya qilish,
virus  antigeni  yoki  antitelolarini  aniqlash  maqsadida  turli  xil
ob’ektlarda  (hujayra  kulьturalarida,  tovuq  embrionida,  kamdan-
kam hollarda hayvonlarda) o’tkaziladi;
 Molekulyar-genetik tekshirish usullari – molekulyar gibridizatsiya
va polimeraza zanjirli reaksiya.
Shunday  qilib,  virusologiyada  ham  maxsus  virusologik
tekshiruv usullari, ham umum qabul qilingan mikrobiologik usullar
qo’llaniladi.
    Quyida viruslar bilan ishlashning asosiy usullari keltirilgan.
Virusli infektsiyalarda tekshiriluvchi materiallar
Odamlar  va  hayvonlardan  infektsion  material  olishda
viruslarning ma’lum to’qima va a’zolarga tropizmi, ularning atrof
muhitga  tarqalish  yo’llarini  va  virusli  infektsiya  patogenezining
o’ziga xosligini hisobga olish kerak. Bu omillar hisobga olinganda
infektsion  material  kerakli  vaqtda  va  to’g’ri  olinadi  hamda
tekshiruvlar samarali bo’ladi.
To’qimali  (a’zoli)  tropizm  –  bu  virus  turining  ma’lum
sezuvchan  hujayralarda  ko’paya  olishi  bo’lib,  keyinchalik  shu
to’qima va a’zolarda patologik jarayonning rivojlanishi, ya’ni Shu
virus bilan zararlanishi kuzatiladi.
Logotip
viruslarning hujayraga ta’sirining boshqa ko’rinishlarini aniqlash) usuli;  Rivojlanayotgan tovuq embrionida va sezgir tajriba hayvonlar organizmida o’stirish va ajratib olish;  Gemagglyutinatsiya qilish xususiyatiga ko’ra viruslarni ajratish;  Turli xil serologik tekshirish usullari: an’anaviy serologik reaksiyalar (komplementni bog’lash reaksiyasi, geldagi pretsipitatsiya reaksiyasi va boshqalar) va ekspress-usullar; eng ko’p ahamiyatga ega reaksiya – bu viruslarni neytralizatsiya reaksiyasi hisoblanadi. Bu reaksiya viruslarni identifikatsiya qilish, virus antigeni yoki antitelolarini aniqlash maqsadida turli xil ob’ektlarda (hujayra kulьturalarida, tovuq embrionida, kamdan- kam hollarda hayvonlarda) o’tkaziladi;  Molekulyar-genetik tekshirish usullari – molekulyar gibridizatsiya va polimeraza zanjirli reaksiya. Shunday qilib, virusologiyada ham maxsus virusologik tekshiruv usullari, ham umum qabul qilingan mikrobiologik usullar qo’llaniladi. Quyida viruslar bilan ishlashning asosiy usullari keltirilgan. Virusli infektsiyalarda tekshiriluvchi materiallar Odamlar va hayvonlardan infektsion material olishda viruslarning ma’lum to’qima va a’zolarga tropizmi, ularning atrof muhitga tarqalish yo’llarini va virusli infektsiya patogenezining o’ziga xosligini hisobga olish kerak. Bu omillar hisobga olinganda infektsion material kerakli vaqtda va to’g’ri olinadi hamda tekshiruvlar samarali bo’ladi. To’qimali (a’zoli) tropizm – bu virus turining ma’lum sezuvchan hujayralarda ko’paya olishi bo’lib, keyinchalik shu to’qima va a’zolarda patologik jarayonning rivojlanishi, ya’ni Shu virus bilan zararlanishi kuzatiladi.
Viruslarning to’qimali (a’zoli) tropizmi hujayralarda maxsus
retseptorlarning  mavjudligi  va  virusning  shu  hujayralarda
reproduktsiyalanishi  bilan  aniqlanadi.  Pnevmotrop,  enterotrop,
gepatotrop, limfotrop, neyrotrop va dermotrop viruslar farqlanadi.
Tropizmga  bog’liq  holda  tekshiruvda  turli  materiallar
qo’llaniladi. Masalan: pnevmotrop virus bo’lsa, halqumdan shilliq
va  balg’am,  enterotrop  viruslarda  najas,  dermotrop  viruslarda
vezikula  yoki  pustuladan  suyuqlik  olib  tekshiriladi.  Tropizmiga
ko’ra viruslar shartli ravishda bo’linadi. Hamma viruslar ham bu
sxemaga  to’g’ri  kelmaydi.  Lekin  shunga  qaramay,  viruslarni
tropizm  xususiyatiga  ko’ra  ajratish  amaliyot  ishlarida  qulay
hisoblanadi.
Virus tutuvchi materialni qayta ishlash
Olingan  infektsion  material  aseptikaga  rioya  qilgan  holda
steril  idishga  solinib,  mustahkam  yopiladi,  muzli  termosda
laboratoriyaga yuboriladi.
Viruslar  tez  inaktivatsiyaga  uchraganligi  uchun  material
qisqa  muddatda  tekshirilishi  lozim.  Virusni  saqlash  uchun
tekshiralayotgan  material  (50%  glitserin  eritmasida)  5oC  dan
yuqori  bo’lmagan  haroratda  muzlatgichga  qo’yiladi.  Lekin  eng
ishonchli usul -45o  C va undan past haroratda muzlatilgan holda
saqlashdir; bunday sharoitda virus o’z hayot faoliyatini uzoq vaqt
saqlaydi. 
Virus  saqlovchi  qattiq  materialni  qayta  ishlash  uchun  uni
xavonchada  ezish  yoki  maxsus  apparat  –  gomogenezatorda
maydalash  kerak.  Keyin  tuzli  eritmada  10%  li  aralashma
tayyorlanib,  2000-3000  ayl/daq  15-30  daqiqa  (yirik  bo’laklar
cho’kmaga tushishi uchun) sentrifugalanadi. Viruslar cho’kma usti
suyuqligida qoladi va keyinchalik uni tekshirish davom ettiriladi.   
Suyuq  virus  tutuvchi  material  sentrifugalanadi  va  xuddi
shunday cho’kma usti suyuqligi olinadi.
Logotip
Viruslarning to’qimali (a’zoli) tropizmi hujayralarda maxsus retseptorlarning mavjudligi va virusning shu hujayralarda reproduktsiyalanishi bilan aniqlanadi. Pnevmotrop, enterotrop, gepatotrop, limfotrop, neyrotrop va dermotrop viruslar farqlanadi. Tropizmga bog’liq holda tekshiruvda turli materiallar qo’llaniladi. Masalan: pnevmotrop virus bo’lsa, halqumdan shilliq va balg’am, enterotrop viruslarda najas, dermotrop viruslarda vezikula yoki pustuladan suyuqlik olib tekshiriladi. Tropizmiga ko’ra viruslar shartli ravishda bo’linadi. Hamma viruslar ham bu sxemaga to’g’ri kelmaydi. Lekin shunga qaramay, viruslarni tropizm xususiyatiga ko’ra ajratish amaliyot ishlarida qulay hisoblanadi. Virus tutuvchi materialni qayta ishlash Olingan infektsion material aseptikaga rioya qilgan holda steril idishga solinib, mustahkam yopiladi, muzli termosda laboratoriyaga yuboriladi. Viruslar tez inaktivatsiyaga uchraganligi uchun material qisqa muddatda tekshirilishi lozim. Virusni saqlash uchun tekshiralayotgan material (50% glitserin eritmasida) 5oC dan yuqori bo’lmagan haroratda muzlatgichga qo’yiladi. Lekin eng ishonchli usul -45o C va undan past haroratda muzlatilgan holda saqlashdir; bunday sharoitda virus o’z hayot faoliyatini uzoq vaqt saqlaydi. Virus saqlovchi qattiq materialni qayta ishlash uchun uni xavonchada ezish yoki maxsus apparat – gomogenezatorda maydalash kerak. Keyin tuzli eritmada 10% li aralashma tayyorlanib, 2000-3000 ayl/daq 15-30 daqiqa (yirik bo’laklar cho’kmaga tushishi uchun) sentrifugalanadi. Viruslar cho’kma usti suyuqligida qoladi va keyinchalik uni tekshirish davom ettiriladi. Suyuq virus tutuvchi material sentrifugalanadi va xuddi shunday cho’kma usti suyuqligi olinadi.
Begona mikrofloradan tozalash. Virus tutuvchi cho’kma
usti suyuqligining bakteriologik sterilligiga Shubha bo’lsa, begona
mikroorganizmlarni  yo’qotish  maqsadida  unga  antibiotiklar
qo’shiladi. Antibiotiklar viruslarga ta’sir qilmaydi va ular o’z hayot
faoliyatini  saqlab  qoladi.  Penitsillin,  streptomitsin  (200-1000
TB/ml)  va  nistatin  (20  TB/ml)  qo’llaniladi.  Hozirgi  vaqtda
antibiotiklarga chidamli shtammlarning ko’p tarqalganligi sababli
keng  ta’sir  doirali  antibiotiklarni  yoki  ularning  birikmalarini
(masalan:  tetratsiklin,  oksatsillin,  gentamitsin  va  boshqalar)
qo’llash  ma’qulroqdir.  Qoida  bo’yicha  30-60  daqiqalik  aloqa
bakteritsid ta’sir uchun yetarli bo’ladi, lekin shunda ham material
bakteriologik sterillikni nazorat qilish uchun oziq muhitga ekilishi
zarur.  Begona  mikrofloradan  holi  bo’lgan  virus  saqlovchi
suyuqlikdan keyingi tekshiruvlarda foydalaniladi.
Viruslar kontsentratsiyasi. Agar tekshiriluvchi materialda
virusning  kam  miqdorda  ekanligi  taxmin  qilinsa,  ikki  marta
sentrifugalanadi: oldin 2000-3000 ayl/daq da 20 daqiqa davomida
yirik bo’laklar cho’ktiriladi, so’ngra virus saqlovchi cho’kma usti
suyuqligini  40000  ayl/daq  da  bir  soat  mobaynida
ulьtrasentrifugalanadi va viruslar to’plangan  jelesimon  cho’kma
olinadi.
Virusli infektsiyasi bor bemorlardan tekshiruv materiallarini
olish va qayta ishlashga doir misollar:
 Burun halqum yuvindisi. Bemor 10 ml hajmdagi steril fiziologik
eritma  yoki  Xenks  eritmasi  bilan  og’zini  chayadi  (ertalab
ovqatlanish va dori ichishdan oldin). Yuvindini flakonga solib, muz
solingan termosda laboratoriyaga yuboriladi. Keyinchalik chayindi
2000 ayl/daq da 15 daqiqa sentrifugalanadi, olingan cho’kmaga
usti suyuqligiga antibiotiklar qo’shiladi va 30-60 daqiqadan so’ng
material keyingi tekshiruvlarga tayyor bo’ladi.
 2-5 g miqdordagi bemor axlatini flakonga solib, rezina probka
bilan  yopiladi  va  muzli  termosda  laboratoriyaga  yuboriladi.
Logotip
Begona mikrofloradan tozalash. Virus tutuvchi cho’kma usti suyuqligining bakteriologik sterilligiga Shubha bo’lsa, begona mikroorganizmlarni yo’qotish maqsadida unga antibiotiklar qo’shiladi. Antibiotiklar viruslarga ta’sir qilmaydi va ular o’z hayot faoliyatini saqlab qoladi. Penitsillin, streptomitsin (200-1000 TB/ml) va nistatin (20 TB/ml) qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda antibiotiklarga chidamli shtammlarning ko’p tarqalganligi sababli keng ta’sir doirali antibiotiklarni yoki ularning birikmalarini (masalan: tetratsiklin, oksatsillin, gentamitsin va boshqalar) qo’llash ma’qulroqdir. Qoida bo’yicha 30-60 daqiqalik aloqa bakteritsid ta’sir uchun yetarli bo’ladi, lekin shunda ham material bakteriologik sterillikni nazorat qilish uchun oziq muhitga ekilishi zarur. Begona mikrofloradan holi bo’lgan virus saqlovchi suyuqlikdan keyingi tekshiruvlarda foydalaniladi. Viruslar kontsentratsiyasi. Agar tekshiriluvchi materialda virusning kam miqdorda ekanligi taxmin qilinsa, ikki marta sentrifugalanadi: oldin 2000-3000 ayl/daq da 20 daqiqa davomida yirik bo’laklar cho’ktiriladi, so’ngra virus saqlovchi cho’kma usti suyuqligini 40000 ayl/daq da bir soat mobaynida ulьtrasentrifugalanadi va viruslar to’plangan jelesimon cho’kma olinadi. Virusli infektsiyasi bor bemorlardan tekshiruv materiallarini olish va qayta ishlashga doir misollar:  Burun halqum yuvindisi. Bemor 10 ml hajmdagi steril fiziologik eritma yoki Xenks eritmasi bilan og’zini chayadi (ertalab ovqatlanish va dori ichishdan oldin). Yuvindini flakonga solib, muz solingan termosda laboratoriyaga yuboriladi. Keyinchalik chayindi 2000 ayl/daq da 15 daqiqa sentrifugalanadi, olingan cho’kmaga usti suyuqligiga antibiotiklar qo’shiladi va 30-60 daqiqadan so’ng material keyingi tekshiruvlarga tayyor bo’ladi.  2-5 g miqdordagi bemor axlatini flakonga solib, rezina probka bilan yopiladi va muzli termosda laboratoriyaga yuboriladi.
Laboratoriyada  Xenks  eritmasi  bilan  material  1:10  nisbatda
suyultiriladi, shisha bankani silkitish yo’li bilan gomogenizatsiya
qilinadi,  keyin  30  daqiqa  davomida  2000-3000  ayl/daq  da
sentrifugalanadi.
 
Cho’kma
 
usti
 
suyuqligiga
 
kerakli
kontsentratsiyada  antibiotiklar  qo’shiladi.  30-60  daqiqali
kontaktdan  so’ng  sterillikning  bakteriologik  nazorati  uchun
bulonga ekiladi.
Javob olinguncha cho’kma usti suyuqligi muzlatilgan holatda
saqlanadi, keyinchalik undan virusni ajratib olishda foydalaniladi.
Viruslarni tozalash usullari
Ba’zi  virusologik  tekshiruvlarni  o’tkazish  uchun,  masalan,
elektronnomikroskopik,  shuningdek  viruslarning  fizik-kimyoviy
xususiyatlarini  o’rganish  uchun  begona  aralashmalarsiz,  o’ta
tozalangan  preparatlar  kerak  bo’ladi.  Ikki  marta  sentrifugalash
yo’li  bilan  kontsentrlangan  virus  tutuvchi  materiallar  Shunday
tozalanishi  zarurdir.  Qo’shimcha  tozalash  ishlari  fizik-kimyoviy
usullar bilan amalga oshiriladi.
Differentsial sentrifugalash. Cho’kish tezligiga ko’ra turli
kattalikdagi  bo’laklarni  ajratish  usuli.  Bu  usulda  virus  tutuvchi
material  ko’p  marotaba  kichik  (2000-3000  ayl/daq)  va  katta
(40000-50000  ayl/daq)  tezliklarda  sentrifugalanadi.  Virus  bir
cho’kma usti suyuqligida (kichik tezlikda), bir cho’kmada (katta
tezliklarda) bo’ladi, resuspenziyalanib, yana sentrifugalanadi. Bu
yo’l bilan virusning yuqori darajada tozalanishiga erishiladi.
Zichlik gradientida sentrifugalash. Viruslarni tozalash va
ularning zichligini aniqlash uchun qo’llaniladi.
Bu  usulda  tsentrifuga  probirkasiga  moddaning  har  xil
zichlikdagi  eritmalari  qavat-qavat  qilib  quyiladi  (masalan,
saxaroza),  bunda  eng  yuqori  zichlik  (virus  zichligidan  yuqori)
probirka tubida hosil qilinadi, yuza qismiga qarab esa, zichlik asta-
sekin  kamayib  boradi.  Tozalanuvchi  virus  tutuvchi  aralashma
yuqori qismga quyiladi. Sentrifugalash vaqtida har xil zichlikdagi
Logotip
Laboratoriyada Xenks eritmasi bilan material 1:10 nisbatda suyultiriladi, shisha bankani silkitish yo’li bilan gomogenizatsiya qilinadi, keyin 30 daqiqa davomida 2000-3000 ayl/daq da sentrifugalanadi. Cho’kma usti suyuqligiga kerakli kontsentratsiyada antibiotiklar qo’shiladi. 30-60 daqiqali kontaktdan so’ng sterillikning bakteriologik nazorati uchun bulonga ekiladi. Javob olinguncha cho’kma usti suyuqligi muzlatilgan holatda saqlanadi, keyinchalik undan virusni ajratib olishda foydalaniladi. Viruslarni tozalash usullari Ba’zi virusologik tekshiruvlarni o’tkazish uchun, masalan, elektronnomikroskopik, shuningdek viruslarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’rganish uchun begona aralashmalarsiz, o’ta tozalangan preparatlar kerak bo’ladi. Ikki marta sentrifugalash yo’li bilan kontsentrlangan virus tutuvchi materiallar Shunday tozalanishi zarurdir. Qo’shimcha tozalash ishlari fizik-kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. Differentsial sentrifugalash. Cho’kish tezligiga ko’ra turli kattalikdagi bo’laklarni ajratish usuli. Bu usulda virus tutuvchi material ko’p marotaba kichik (2000-3000 ayl/daq) va katta (40000-50000 ayl/daq) tezliklarda sentrifugalanadi. Virus bir cho’kma usti suyuqligida (kichik tezlikda), bir cho’kmada (katta tezliklarda) bo’ladi, resuspenziyalanib, yana sentrifugalanadi. Bu yo’l bilan virusning yuqori darajada tozalanishiga erishiladi. Zichlik gradientida sentrifugalash. Viruslarni tozalash va ularning zichligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Bu usulda tsentrifuga probirkasiga moddaning har xil zichlikdagi eritmalari qavat-qavat qilib quyiladi (masalan, saxaroza), bunda eng yuqori zichlik (virus zichligidan yuqori) probirka tubida hosil qilinadi, yuza qismiga qarab esa, zichlik asta- sekin kamayib boradi. Tozalanuvchi virus tutuvchi aralashma yuqori qismga quyiladi. Sentrifugalash vaqtida har xil zichlikdagi
bo’laklar  eritmaning  turli  qatlamlarida  alohida  zona  sifatida
taqsimlanadi.  Ma’lum  zichlikka  ega  bo’lgan  viruslar,  to’qima
bo’laklari zichligidan farq qilib, qaysidir bir zonada joylashadi va
ularni toza holda ajratib olish ham mumkin.
Virus  tutuvchi  suyuqlikni  kolonkalar  orqali  filtrlash,
sefadeks bilan to’ldirish (dekstranli gel). Bu kolonkalarning ajratish
xususiyati  shunga  asoslangan-ki,  har  hil  kattalikdagi  bo’laklar
undan turlicha tezlikda o’tadi, ya’ni yiriklari maydalariga nisbatan
tezroq  o’tadi.  Filtratning  alohida  portsiyalarini  yig’ib,  ularning
biridan tozalangan virus olinadi.
Viruslarning  turli  adsorbentlarga  adsorbtsiyalanishi
va elyutsiyasi.   
Ma’lum sharoitlarni tanlab olib, virus ba’zi moddalarga sorbtsiya
qilinadi  (smola,  bentionit,  gips  va  boshqalar),  keyin  esa  ularni
ajratib  olish  (elyutsiya)  mumkin,  bunda  adsorbentda  qoldiq,
eritmada esa tozalangan virus bo’ladi.
Tozalash  usullarining  boshqalari  ham  qo’llaniladi,  masalan,
viruslarni alkogol ta’sirida cho’ktirish va boshq. 
Agar  virusni  yana  tozalash  kerak  bo’lsa,  yoki  ularning
komponentlarni  o’rganish  zarur  bo’lsa,  ularni  fraktsiyalarga
ajratish usullari qo’llaniladi. Ya’ni o’rganilayotgan virus preparati
bir  necha  fraktsiya  (bo’lak)  larga  bo’linadi  va  har  biri  alohida
tekshiriladi.  Fraktsiyalashda  elektroforez,  xromatografiya,  ion
almashinuvchi smolalar ishlatiladi.
Ulьtrafiltrlash. Uzoq vaqt davomida ultrafiltrlash usuli virus
saqlovchi  materialni  boshqa  mikroorganizmlardan  va  begona
qismlardan tozalash usullarining asosiysi bo’lib kelgan. Bu filtrlar
har  xil  turda  (keramikali  yoki  “shamchali”,  asbestli  va
membranali) bo’lib, maxsus mayda teshiklardan tuzilgan. Biroq,
hozirda  virus  saqlovchi  materialni  tozalashda  bu  usul  deyarli
qo’llanilmaydi, chunki adsorbtsiya natijasida filtrlarda juda ko’p
Logotip
bo’laklar eritmaning turli qatlamlarida alohida zona sifatida taqsimlanadi. Ma’lum zichlikka ega bo’lgan viruslar, to’qima bo’laklari zichligidan farq qilib, qaysidir bir zonada joylashadi va ularni toza holda ajratib olish ham mumkin. Virus tutuvchi suyuqlikni kolonkalar orqali filtrlash, sefadeks bilan to’ldirish (dekstranli gel). Bu kolonkalarning ajratish xususiyati shunga asoslangan-ki, har hil kattalikdagi bo’laklar undan turlicha tezlikda o’tadi, ya’ni yiriklari maydalariga nisbatan tezroq o’tadi. Filtratning alohida portsiyalarini yig’ib, ularning biridan tozalangan virus olinadi. Viruslarning turli adsorbentlarga adsorbtsiyalanishi va elyutsiyasi. Ma’lum sharoitlarni tanlab olib, virus ba’zi moddalarga sorbtsiya qilinadi (smola, bentionit, gips va boshqalar), keyin esa ularni ajratib olish (elyutsiya) mumkin, bunda adsorbentda qoldiq, eritmada esa tozalangan virus bo’ladi. Tozalash usullarining boshqalari ham qo’llaniladi, masalan, viruslarni alkogol ta’sirida cho’ktirish va boshq. Agar virusni yana tozalash kerak bo’lsa, yoki ularning komponentlarni o’rganish zarur bo’lsa, ularni fraktsiyalarga ajratish usullari qo’llaniladi. Ya’ni o’rganilayotgan virus preparati bir necha fraktsiya (bo’lak) larga bo’linadi va har biri alohida tekshiriladi. Fraktsiyalashda elektroforez, xromatografiya, ion almashinuvchi smolalar ishlatiladi. Ulьtrafiltrlash. Uzoq vaqt davomida ultrafiltrlash usuli virus saqlovchi materialni boshqa mikroorganizmlardan va begona qismlardan tozalash usullarining asosiysi bo’lib kelgan. Bu filtrlar har xil turda (keramikali yoki “shamchali”, asbestli va membranali) bo’lib, maxsus mayda teshiklardan tuzilgan. Biroq, hozirda virus saqlovchi materialni tozalashda bu usul deyarli qo’llanilmaydi, chunki adsorbtsiya natijasida filtrlarda juda ko’p
viruslar  qolib  ketadi,  Shuningdek  ularning  teshiklari  filtrlangan
bo’laklar bilan to’lib qoladi va bu usul ancha mehnat talab qiladi.
Ulьtrafiltratsiya  usuli  virusologiyada,  asosan,  yuqori
haroratga  chidamsiz  oziq  muhitlar,  turli  eritmalar,  zardob  va
boshqa  suyuqliklarni  “sovuk”  sterilizatsiyasida  qo’llaniladi.  Bir
narsani  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  sterilizatsiyaning  bu  usuli
to’liq  ishonchli  emas,  chunki  ultrafiltrlar  mayda  o’lchamli
ob’ektlarni  ham  o’tkazib  yuboradi  (viruslar,  L-shaklli  donador
elementlar, mikoplazma va boshq.).
Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish
usullari
1.  Elektron  mikroskopiya.
 Elektron  mikroskopning
qo’llanilishi  viruslar  morfologiyasi  va  ultrastrukturasi  haqidagi
bilimlarimizni  yetarli  darajada  oshirdi,  viruslar  va  hujayraning
o’zaro  ta’sirini,  viruslarning  reproduktsiya  jarayonidagi
morfogenez  bosqichlarini  o’rganishga  imkon  berdi.  Virusli
infektsiyalarni diagnostika qilishda elektronnoskopiya va, ayniqsa,
immunoelektronnoskopiyalar qo’llaniladi.
Elektronnoskopik  preparatlar. 
Ular  tozalangan  va
kontsentrlangan virus saqlovchi aralashmalardan yoki virus bilan
zararlangan  to’qimaning  ulьtrayupqa  kesmasidan  tayyorlanadi.
Virusli ob’ektlar maxsus plyonkaga qo’yiladi. Bu plyonkalar juda
yupqa  (qalinligi  30  nm  dan  oshmasligi),  tiniq  va  mustahkam
bo’lishi  kerak.  Kolloid-ko’mirli  plyonkalar  eng  yaxshi  plyonka
hisoblanadi.  Plyonkalarni  ko’p  sonli  teshiklarga  ega  bo’lgan,
misdan tayyorlangan ushlab turuvchi (diametri 2-3 mm) to’rga
joylashtiriladi.  Keyinchalik  preparatlar  quyida  keltirilgan  turli
usullar bilan qayta ishlanadi. 
Metallar  bilan  changlantirish 
usuli  (soyali  qayta
ishlash). Kontrast  preparatlarni  olishda  qo’llaniladi.  Vakuum
sharoit va yuqori xaroratda maxsus moslamada hosil bo’luvchi
og’ir  metall  (oltin,  platina,  uran  va  boshqalar)  bug’lari  o’tkir
Logotip
viruslar qolib ketadi, Shuningdek ularning teshiklari filtrlangan bo’laklar bilan to’lib qoladi va bu usul ancha mehnat talab qiladi. Ulьtrafiltratsiya usuli virusologiyada, asosan, yuqori haroratga chidamsiz oziq muhitlar, turli eritmalar, zardob va boshqa suyuqliklarni “sovuk” sterilizatsiyasida qo’llaniladi. Bir narsani esdan chiqarmaslik kerakki, sterilizatsiyaning bu usuli to’liq ishonchli emas, chunki ultrafiltrlar mayda o’lchamli ob’ektlarni ham o’tkazib yuboradi (viruslar, L-shaklli donador elementlar, mikoplazma va boshq.). Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish usullari 1. Elektron mikroskopiya. Elektron mikroskopning qo’llanilishi viruslar morfologiyasi va ultrastrukturasi haqidagi bilimlarimizni yetarli darajada oshirdi, viruslar va hujayraning o’zaro ta’sirini, viruslarning reproduktsiya jarayonidagi morfogenez bosqichlarini o’rganishga imkon berdi. Virusli infektsiyalarni diagnostika qilishda elektronnoskopiya va, ayniqsa, immunoelektronnoskopiyalar qo’llaniladi. Elektronnoskopik preparatlar. Ular tozalangan va kontsentrlangan virus saqlovchi aralashmalardan yoki virus bilan zararlangan to’qimaning ulьtrayupqa kesmasidan tayyorlanadi. Virusli ob’ektlar maxsus plyonkaga qo’yiladi. Bu plyonkalar juda yupqa (qalinligi 30 nm dan oshmasligi), tiniq va mustahkam bo’lishi kerak. Kolloid-ko’mirli plyonkalar eng yaxshi plyonka hisoblanadi. Plyonkalarni ko’p sonli teshiklarga ega bo’lgan, misdan tayyorlangan ushlab turuvchi (diametri 2-3 mm) to’rga joylashtiriladi. Keyinchalik preparatlar quyida keltirilgan turli usullar bilan qayta ishlanadi. Metallar bilan changlantirish usuli (soyali qayta ishlash). Kontrast preparatlarni olishda qo’llaniladi. Vakuum sharoit va yuqori xaroratda maxsus moslamada hosil bo’luvchi og’ir metall (oltin, platina, uran va boshqalar) bug’lari o’tkir