Vitaminlar o’rganish uslublari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

16

File size

Fayl hajmi

38,3 KB


Vitaminlar o’rganish uslublari
Vitaminlar  va  ularning  modda  admashinuvidagi  roli.  Vitaminlar  yoki
odamlar  va  hayvonlar  oziqlanishi  uchun  zarur  bo’lgan  organik  birikmalar
guruhidir. Hozirda 50-dan ortiq vitaminlar mavjudligi aniqlangan. Ma’lumki,
moddalar almashinuvining boshqarilishi uchun, juda kam miqdordagi vitaminlar
talab etiladi, lekin ular hyech qanday energetik ahamiyatga ega emas. Ularning
ham  organizmdagi  roli  xuddi  fermentlar  va  garmonlardagidek,  bunday
deyilishga asosiy sabab juda ko’plab vitaminlar fermentlar tarkibiga  kiradi.
Vitaminlarsiz  hayotning  bo’lishi  mumkin  emas,  shu  sababli  ularning
tinimsiz  ravishda organizmga tushib turishi  zarur  va ular  u yerda juda tez
parchalanadi.
Vitaminlarning asosiy manbai – eng avvalo o’simliklar dunyosi ozuqalari
hisoblanadi, lekin ular baliqlar va go’shtli mahsulotlarda, sut, tuxumlarda ham
mavjuddir.
Iste’mol  qilinayotgan  ovqatlar  tarkibida  vitaminlar  bo’lmaganida
organizmda  funksiyalarning  buzilishi  va  kasalliklar  yuzaga  keladi  va  ular
avitaminozlar deb ataladi. Singa, raxit, juda ko’plab asablarning yallig’lanishi,
qon quyilishi, o’sishning to’xtashi va  hakazolar avitaminozlar tufayli yuzaga
keladi.
Oziqlar  tarkibidagi  vitaminlar  yetarlicha  bo’lmaganida  yoki  ularning
miqdori mutadil holda bo’lganida ham organizmning vitaminga bo’lgan talabi
ortganida  gipovitaminoz yuzaga  keladi,  bunday  hollarda  organizmning  ish
qobiliyati pasayib ketadi va kasalliklarga chalinishga moyil bo’lib qoladi. Ayrim
vitaminlar noqulay omillar ta’sirida juda tez parchalanib ketadi, shu sababli,
organizm ularga taqchillik sezishi mumkin va bunday holatlarni vitaminlarga
boy ovqatlar saqlanish va tayyorlanish paytlarda vitaminlari parchalanib ketgan
hollarda ham kuzatish mumkin.
Logotip
Vitaminlar o’rganish uslublari Vitaminlar va ularning modda admashinuvidagi roli. Vitaminlar yoki odamlar va hayvonlar oziqlanishi uchun zarur bo’lgan organik birikmalar guruhidir. Hozirda 50-dan ortiq vitaminlar mavjudligi aniqlangan. Ma’lumki, moddalar almashinuvining boshqarilishi uchun, juda kam miqdordagi vitaminlar talab etiladi, lekin ular hyech qanday energetik ahamiyatga ega emas. Ularning ham organizmdagi roli xuddi fermentlar va garmonlardagidek, bunday deyilishga asosiy sabab juda ko’plab vitaminlar fermentlar tarkibiga kiradi. Vitaminlarsiz hayotning bo’lishi mumkin emas, shu sababli ularning tinimsiz ravishda organizmga tushib turishi zarur va ular u yerda juda tez parchalanadi. Vitaminlarning asosiy manbai – eng avvalo o’simliklar dunyosi ozuqalari hisoblanadi, lekin ular baliqlar va go’shtli mahsulotlarda, sut, tuxumlarda ham mavjuddir. Iste’mol qilinayotgan ovqatlar tarkibida vitaminlar bo’lmaganida organizmda funksiyalarning buzilishi va kasalliklar yuzaga keladi va ular avitaminozlar deb ataladi. Singa, raxit, juda ko’plab asablarning yallig’lanishi, qon quyilishi, o’sishning to’xtashi va hakazolar avitaminozlar tufayli yuzaga keladi. Oziqlar tarkibidagi vitaminlar yetarlicha bo’lmaganida yoki ularning miqdori mutadil holda bo’lganida ham organizmning vitaminga bo’lgan talabi ortganida gipovitaminoz yuzaga keladi, bunday hollarda organizmning ish qobiliyati pasayib ketadi va kasalliklarga chalinishga moyil bo’lib qoladi. Ayrim vitaminlar noqulay omillar ta’sirida juda tez parchalanib ketadi, shu sababli, organizm ularga taqchillik sezishi mumkin va bunday holatlarni vitaminlarga boy ovqatlar saqlanish va tayyorlanish paytlarda vitaminlari parchalanib ketgan hollarda ham kuzatish mumkin.
Vitaminlar ikki guruhga bo’linadi; a) suvda eruvchi; B1, B2, B3, B4, B5, B6, 
B12, B15, H, inozit, folat kislotasi, pantoten kislotasi, PP, C, P va b) yog’da 
eruvchi; A, D, E, K.  
Yog’da eruvchi vitaminlar.
Vitamin A (retinol, akseroftal, antikseroftalmik vitamini)- o’sish, rivojlanish,
antiinfektsion, teri, ko’z, jinsiy faoliyat vitamini va hokazo. Bu vitamin kimyoviy
tuzilish jihatidan to’yinmagan, bir atomli, siklik spirt bo’lib, kislorod ishtirokida
ancha  tez  parchalanib  ketadi.  Hayvon  organizmida  vitamin  A  o’simliklarda
bo’ladigan pigment modda-karotindan hosil bo’ladi. Demak, karotin A vitaminning
provitaminidir, tabiatda juda ko’p turli xil karotinoidlar uchraydi. Karotinning
ko’pincha uch xil ko’rinishi mavjud alfa, beta, gamma.Odam va hayvonlar ichagi
devorining  shilliq  pardasida,  jigarida,  sut  bezida  karotindan  karotinaza
fermentining ta’sirida A vitaminga aylantiriladi. A vitaminning kriptoksantin degan
yana bir provitamini aniqlangan, bu ham o’simliklarda bo’ladi. 
Turli hayvonlar organizmining karotinga bo’lgan sutkalik ehtiyoji, 1kg. tirik
vazniga nisbatan mg. hisobida: otlar 15-20, bug’oz sigirlar 30-40, sog’in sigirlar
20-30, nasldor  buqalar  40-50, olti oygacha bo’lgan buzoqlar  20-30, cho’chqa
bolalari 25-30, bug’oz cho’chqalar 20-30, bolasini emizadigan ona cho’chqalar 30-
35, onasidan endi ajratilgan nasldor erkak cho’chqalar 30-35, qo’ylar 20-30, bir
yoshgacha bo’lgan qo’zilar 20-25 kg tashkil etadi. Hayvonlar bahor paytida yoki
umuman  ko’k  o’tloqlarda  haydab  boqilganda  organizmi  karotin  bilan  to’la
ta’minlanadi. Karotin jigarda zahira holda yig’ilib, karotin yetishmagan paytda
organizmni  uch-to’rt  oy  davomida  ta’minlab  turishi  mumkin.  Karotinning
hayvonlar organizmida yetishmasligi odatda qishning oxirlariga kelib kuzatiladi.
Ammo sigirlar silosli oziqalar bilan yaxshi ta’minlab turilsa, organizmda karotin
kamchiligi umuman kuzatilmaydi. Chunki oziqalar to’g’ri yaxshi siloslanganda
tarkibidagi  karotin  parchalanib  ketmaydi,  buzilmaydi.  Vitamin   A  ning
yetishmasligi kasallikka olib boradi va avitaminoz deb shunga aytiladi. Bu vaqtda
organizmda  umuman  avitaminozlar  uchun  xos  bo’lgan  o’zgarishlar;  uning
o’sishdan  qolishi,  rivojlanishining  susayishi,  turli  infeksion  kasalliklarga
Logotip
Vitaminlar ikki guruhga bo’linadi; a) suvda eruvchi; B1, B2, B3, B4, B5, B6, B12, B15, H, inozit, folat kislotasi, pantoten kislotasi, PP, C, P va b) yog’da eruvchi; A, D, E, K. Yog’da eruvchi vitaminlar. Vitamin A (retinol, akseroftal, antikseroftalmik vitamini)- o’sish, rivojlanish, antiinfektsion, teri, ko’z, jinsiy faoliyat vitamini va hokazo. Bu vitamin kimyoviy tuzilish jihatidan to’yinmagan, bir atomli, siklik spirt bo’lib, kislorod ishtirokida ancha tez parchalanib ketadi. Hayvon organizmida vitamin A o’simliklarda bo’ladigan pigment modda-karotindan hosil bo’ladi. Demak, karotin A vitaminning provitaminidir, tabiatda juda ko’p turli xil karotinoidlar uchraydi. Karotinning ko’pincha uch xil ko’rinishi mavjud alfa, beta, gamma.Odam va hayvonlar ichagi devorining shilliq pardasida, jigarida, sut bezida karotindan karotinaza fermentining ta’sirida A vitaminga aylantiriladi. A vitaminning kriptoksantin degan yana bir provitamini aniqlangan, bu ham o’simliklarda bo’ladi. Turli hayvonlar organizmining karotinga bo’lgan sutkalik ehtiyoji, 1kg. tirik vazniga nisbatan mg. hisobida: otlar 15-20, bug’oz sigirlar 30-40, sog’in sigirlar 20-30, nasldor buqalar 40-50, olti oygacha bo’lgan buzoqlar 20-30, cho’chqa bolalari 25-30, bug’oz cho’chqalar 20-30, bolasini emizadigan ona cho’chqalar 30- 35, onasidan endi ajratilgan nasldor erkak cho’chqalar 30-35, qo’ylar 20-30, bir yoshgacha bo’lgan qo’zilar 20-25 kg tashkil etadi. Hayvonlar bahor paytida yoki umuman ko’k o’tloqlarda haydab boqilganda organizmi karotin bilan to’la ta’minlanadi. Karotin jigarda zahira holda yig’ilib, karotin yetishmagan paytda organizmni uch-to’rt oy davomida ta’minlab turishi mumkin. Karotinning hayvonlar organizmida yetishmasligi odatda qishning oxirlariga kelib kuzatiladi. Ammo sigirlar silosli oziqalar bilan yaxshi ta’minlab turilsa, organizmda karotin kamchiligi umuman kuzatilmaydi. Chunki oziqalar to’g’ri yaxshi siloslanganda tarkibidagi karotin parchalanib ketmaydi, buzilmaydi. Vitamin A ning yetishmasligi kasallikka olib boradi va avitaminoz deb shunga aytiladi. Bu vaqtda organizmda umuman avitaminozlar uchun xos bo’lgan o’zgarishlar; uning o’sishdan qolishi, rivojlanishining susayishi, turli infeksion kasalliklarga
chidamsizlik kabi belgilar (simptomlar) paydo bo’lishi bilan birgalikda avitaminoz
A uchun xos bo’lgan xususiy belgilar, jumladan, ko’z muguz pardasining qurib
qolishi,  ya’ni  kseroftalmiya,  so’ngra  uning  yumshab  nekrotik  yemirilishi-
keratomalyatsiya  kuzatiladi.  Kasallik  yana  ko’chaysazuraysa,  ko’z  ko’r  bo’lib
qoladi. Teri va shilliq pardalarda ham o’zgarishlar kuzatiladi, namligi yo’qolib ular
orqali  organizmga  mikroblarning  kirishi  yengillashadi.  Avitaminoz  A  ning
dastlabki  belgilaridan  biri  ko’zning  turli  darajada  yorug’likka  moslashish
qobiliyatining  yo’qolishidir.  A  vitamin  ko’zning  ko’rish  uchun  zarur  bo’lgan
modda ko’z purpurining tarkibiga kiradi. Rodopsin deb atalgan bu pigment A
vitaminning aldegid shaklining opsin nomli oqsil bilan bergan kompleksi bo’lib,
ko’z  to’r  pardasining  yorug’lik  retseptorlaridan  (fotoretseptorlardan)  biri
tayoqchalarda joylashgan. A vitamin yetishmaganda to’r pardada rodopsin miqdori
kamayadi,  oqibatda  g’ira-shira  yorug’likda  ko’z  ko’rolmaydi-shapko’rlik
(gemerolopiya)  paydo  bo’ladi.  Bundan  tashqari,  avitaminoz  paytida  urg’ochi
hayvonlarda bola tashlash, erkak hayvonlarda jinsiy moyillikning pasayishi kabi
hollar  ham  kuzatiladi.  Cho’chqalarda  avitaminozning  belgilari  A  vitaminning
yetishmagan vaqtidan boshlanib, 6-8 hafta o’tgandan keyin avjiga chiqadi, otlar,
qo’ylar,  echkilarda  ko’proq,  ya’ni  12-21  hafta  o’tgandan  keyin  paydo  bo’la
boshlaydi.  Vitamin  A  hayvon  yog’larida,  jigarda,  ayniqsa,  ayrim  baliqlarning
jigarida ko’p bo’ladi. Ko’k o’tlarda karotin anchagina ko’p bo’ladi, lekin o’tlar
noto’g’ri  quritilganda  tarkibidagi  karotin  yo’qoladi.  Shuning  uchun  pichan,
bedalarni va boshqa ko’k o’tlarni to’g’ri quritish, ya’ni o’z vaqtida tez  yig’ib olish
kerak.
                                              1-jadval
Turli oziqlar tarkibidagi karotin miqdori (1kg. oziqada, mg. xisobida)
№
Oziqlar
Karotin(mg.)
1.
Sun’iy pichanzorlar pichani
45-115,0
2.
Tabiiy pichanzorlar pichani
60,0
3.
Xashaki sabzi
0,7-2,0
Logotip
chidamsizlik kabi belgilar (simptomlar) paydo bo’lishi bilan birgalikda avitaminoz A uchun xos bo’lgan xususiy belgilar, jumladan, ko’z muguz pardasining qurib qolishi, ya’ni kseroftalmiya, so’ngra uning yumshab nekrotik yemirilishi- keratomalyatsiya kuzatiladi. Kasallik yana ko’chaysazuraysa, ko’z ko’r bo’lib qoladi. Teri va shilliq pardalarda ham o’zgarishlar kuzatiladi, namligi yo’qolib ular orqali organizmga mikroblarning kirishi yengillashadi. Avitaminoz A ning dastlabki belgilaridan biri ko’zning turli darajada yorug’likka moslashish qobiliyatining yo’qolishidir. A vitamin ko’zning ko’rish uchun zarur bo’lgan modda ko’z purpurining tarkibiga kiradi. Rodopsin deb atalgan bu pigment A vitaminning aldegid shaklining opsin nomli oqsil bilan bergan kompleksi bo’lib, ko’z to’r pardasining yorug’lik retseptorlaridan (fotoretseptorlardan) biri tayoqchalarda joylashgan. A vitamin yetishmaganda to’r pardada rodopsin miqdori kamayadi, oqibatda g’ira-shira yorug’likda ko’z ko’rolmaydi-shapko’rlik (gemerolopiya) paydo bo’ladi. Bundan tashqari, avitaminoz paytida urg’ochi hayvonlarda bola tashlash, erkak hayvonlarda jinsiy moyillikning pasayishi kabi hollar ham kuzatiladi. Cho’chqalarda avitaminozning belgilari A vitaminning yetishmagan vaqtidan boshlanib, 6-8 hafta o’tgandan keyin avjiga chiqadi, otlar, qo’ylar, echkilarda ko’proq, ya’ni 12-21 hafta o’tgandan keyin paydo bo’la boshlaydi. Vitamin A hayvon yog’larida, jigarda, ayniqsa, ayrim baliqlarning jigarida ko’p bo’ladi. Ko’k o’tlarda karotin anchagina ko’p bo’ladi, lekin o’tlar noto’g’ri quritilganda tarkibidagi karotin yo’qoladi. Shuning uchun pichan, bedalarni va boshqa ko’k o’tlarni to’g’ri quritish, ya’ni o’z vaqtida tez yig’ib olish kerak. 1-jadval Turli oziqlar tarkibidagi karotin miqdori (1kg. oziqada, mg. xisobida) № Oziqlar Karotin(mg.) 1. Sun’iy pichanzorlar pichani 45-115,0 2. Tabiiy pichanzorlar pichani 60,0 3. Xashaki sabzi 0,7-2,0
4.
Qizil sabzi
75-256,0
5.
Makkajuhori silosi
19-37,0
6.
Kungaboqar kunjarasida 
2,3-2,6
7.
Qishda sog’ilgan sigirlar suti 
0,4-1,8
8.
Yozda sog’ilgan sigirlar suti
3,5-4,5
D-vitamin (kalsiferol, antiraxitik). D-vitaminning bir-biriga o’xshash 10 ga
yaqin birikmalari mavjud. Ammo shulardan ikkitasi sut emizuvchilar organizmida
kalsiy va fosfor almashinuviga ta’sir qilib katta rol o’ynaydi. Bular vitamin D2 va
D3 dir.  D2 vitamin  (ergokalsiyferol).  Ultrabinafsha  nurlarning  ta’sirida
o’simliklardagi  ergosterin  provitamin  pigmentidan  hosil  bo’ladi.  D3
 vitamin
(xolekalsiyferol)  organizmda  quyosh  nuri  ta’sirida  xolesterindan  sintezlanishi
mumkin. Bu vaqtda oraliq modda sifatida 7-digidroxolesterin paydo bo’ladi. Bu
modda vitamin D3 ning provitamini deyiladi. Hayvonlar organizmida har ikkala
vitaminning ta’sir qilishi bir-biriga yaqin.
Pichan  quritish  vaqtida  o’simlik  tarkibidagi  ergosterinning  ozroq  qismi
quyosh nurlari ta’siri bilan D2 vitaminga aylanishi mumkin. D vitaminning manbai
esa ayrim baliqlarning jigari hisoblanadi.
D-guruh vitaminlari ingichka ichaklar devori orqali o’t suyuqligi ishtiroki
bilan so’riladi. D vitaminning asosiy funksiyasi ichak devori orqali kal’siy va
fosforning  so’rilishini  tezlashtirib,  organizmda  suyaklanish  jarayonlariga  ta’sir
qilishdan iborat. Ozuqa tarkibidagi kalsiy va fosfor miqdori o’zaro to’g’ri nisbatda
bo’lgandagina D1 vitamin ularning so’rilishi va  almashinuviga ta’sir qila oladi.
Yosh, o’sayotgan hayvonlar organizmi vitamin D ga ayniqsa muhtoj, bu vitamin
yetishmasligi oqibatida raxit kasalligi kelib chiqadi. Raxit kasalligiga suyak va
tog’aylarda  yyetarli  miqdorda  kalsiy  yetishmay  qolishi  natijasida  organizmda
suyaklanish  jarayonlari  buziladi.  Oqibatda  suyaklar  bo’shashib  yumshashadi,
Logotip
4. Qizil sabzi 75-256,0 5. Makkajuhori silosi 19-37,0 6. Kungaboqar kunjarasida 2,3-2,6 7. Qishda sog’ilgan sigirlar suti 0,4-1,8 8. Yozda sog’ilgan sigirlar suti 3,5-4,5 D-vitamin (kalsiferol, antiraxitik). D-vitaminning bir-biriga o’xshash 10 ga yaqin birikmalari mavjud. Ammo shulardan ikkitasi sut emizuvchilar organizmida kalsiy va fosfor almashinuviga ta’sir qilib katta rol o’ynaydi. Bular vitamin D2 va D3 dir. D2 vitamin (ergokalsiyferol). Ultrabinafsha nurlarning ta’sirida o’simliklardagi ergosterin provitamin pigmentidan hosil bo’ladi. D3 vitamin (xolekalsiyferol) organizmda quyosh nuri ta’sirida xolesterindan sintezlanishi mumkin. Bu vaqtda oraliq modda sifatida 7-digidroxolesterin paydo bo’ladi. Bu modda vitamin D3 ning provitamini deyiladi. Hayvonlar organizmida har ikkala vitaminning ta’sir qilishi bir-biriga yaqin. Pichan quritish vaqtida o’simlik tarkibidagi ergosterinning ozroq qismi quyosh nurlari ta’siri bilan D2 vitaminga aylanishi mumkin. D vitaminning manbai esa ayrim baliqlarning jigari hisoblanadi. D-guruh vitaminlari ingichka ichaklar devori orqali o’t suyuqligi ishtiroki bilan so’riladi. D vitaminning asosiy funksiyasi ichak devori orqali kal’siy va fosforning so’rilishini tezlashtirib, organizmda suyaklanish jarayonlariga ta’sir qilishdan iborat. Ozuqa tarkibidagi kalsiy va fosfor miqdori o’zaro to’g’ri nisbatda bo’lgandagina D1 vitamin ularning so’rilishi va almashinuviga ta’sir qila oladi. Yosh, o’sayotgan hayvonlar organizmi vitamin D ga ayniqsa muhtoj, bu vitamin yetishmasligi oqibatida raxit kasalligi kelib chiqadi. Raxit kasalligiga suyak va tog’aylarda yyetarli miqdorda kalsiy yetishmay qolishi natijasida organizmda suyaklanish jarayonlari buziladi. Oqibatda suyaklar bo’shashib yumshashadi,
og’irlik ta’sirida egiluvchan (deformatsiyalanuvchan) bo’lib qoladi. Oyoqlar egilib,
majruh shaklga kiradi. Suyaklarning shu tariqa yumshab qolishi osteomalyatsiya
deyiladi. Qonda kalsiy kamayib, suyaklanish jarayonlarida katta ahamiyatga ega
bo’lgan fosforli kalsiy tuzlarining yetishmasligi kuzatiladi. Raxit paytida hayvon
o’sishdan qoladi, anemiya-kamqonlik, ishtahaning yo’qolishi kabi hollar kuzatiladi.
Yozda  organizmning  D  vitaminga  bo’lgan  ehtiyoji  hayvonlar  terisidagi  7-
degidroxolesterinning quyosh nuri ta’sirida D3 vitaminga aylanishi tufayli qisman
qoplanadi. Shu sababli D vitaminga muhtojlik asosan qishda, hayvonlar qorong’i
joyda  boqilganda,  quyosh  nuri  kamayganida  kuzatiladi.  Qishloq  xo'jalik
hayvonlarining D vitaminga bo’lgan sutkalik talabi 100kg. tirik vazniga nisbatan
olganda 500-1500mg. halqaro birlikka teng. Parrandalar tuxumga kirgan davrda
ularga D vitamin juda zarur. D vitamin organizmga haddan tashqari ko’p kiritilsa,
unga zaharli ta’sir qiladi. Ayni vaqtda suyaklar haddan ortiq ohaklanib ba’zi ichki
organlarda ham ohak to’planadi.
                                                                                                                                    2
-jadval
Turli oziqalardagi D vitamin miqdori (1kg.ozuqada, halqaro birlik hisobida)
№
Ozuqalar
Vitaminning miqdori
1.
Pichan(quyoshda quritilgan)
550
2.
Makkajuhori silosi
1600
3.
Treska balig’ining jigari
100000
4.
Ko’k o’t
0
5.
Nurlatilgan o’simlik moyi
1,5mln.
6.
Yog’i olinmagan sigir suti
10
7.
Qon uni
600
8.
Baliq uni
100
Eslatma: bir xalqaro birlik- 0,025mg. toza D vitaminga teng.
E-vitamin(tokoferol, ko’payish vitamini), bu vitamin birinchi marta 1944 yilda
Emerson va Evanslar bug’doy doni murtag’ining sovunlanmaydigan fraksiyasidan
ajratib olganlar va tokoferol deb nomlaganlar( tokoyebola-nasl, tug’ish-phera, olib
boraman, tashiyman degani). Hozirgi vaqtda bu vitaminning uch xili ma’lum: alfa,
beta,  delta  tokoferol.  Bularning  ichida  alfa  tokoferol  aktivroqdir.  Bu  vitamin
Logotip
og’irlik ta’sirida egiluvchan (deformatsiyalanuvchan) bo’lib qoladi. Oyoqlar egilib, majruh shaklga kiradi. Suyaklarning shu tariqa yumshab qolishi osteomalyatsiya deyiladi. Qonda kalsiy kamayib, suyaklanish jarayonlarida katta ahamiyatga ega bo’lgan fosforli kalsiy tuzlarining yetishmasligi kuzatiladi. Raxit paytida hayvon o’sishdan qoladi, anemiya-kamqonlik, ishtahaning yo’qolishi kabi hollar kuzatiladi. Yozda organizmning D vitaminga bo’lgan ehtiyoji hayvonlar terisidagi 7- degidroxolesterinning quyosh nuri ta’sirida D3 vitaminga aylanishi tufayli qisman qoplanadi. Shu sababli D vitaminga muhtojlik asosan qishda, hayvonlar qorong’i joyda boqilganda, quyosh nuri kamayganida kuzatiladi. Qishloq xo'jalik hayvonlarining D vitaminga bo’lgan sutkalik talabi 100kg. tirik vazniga nisbatan olganda 500-1500mg. halqaro birlikka teng. Parrandalar tuxumga kirgan davrda ularga D vitamin juda zarur. D vitamin organizmga haddan tashqari ko’p kiritilsa, unga zaharli ta’sir qiladi. Ayni vaqtda suyaklar haddan ortiq ohaklanib ba’zi ichki organlarda ham ohak to’planadi. 2 -jadval Turli oziqalardagi D vitamin miqdori (1kg.ozuqada, halqaro birlik hisobida) № Ozuqalar Vitaminning miqdori 1. Pichan(quyoshda quritilgan) 550 2. Makkajuhori silosi 1600 3. Treska balig’ining jigari 100000 4. Ko’k o’t 0 5. Nurlatilgan o’simlik moyi 1,5mln. 6. Yog’i olinmagan sigir suti 10 7. Qon uni 600 8. Baliq uni 100 Eslatma: bir xalqaro birlik- 0,025mg. toza D vitaminga teng. E-vitamin(tokoferol, ko’payish vitamini), bu vitamin birinchi marta 1944 yilda Emerson va Evanslar bug’doy doni murtag’ining sovunlanmaydigan fraksiyasidan ajratib olganlar va tokoferol deb nomlaganlar( tokoyebola-nasl, tug’ish-phera, olib boraman, tashiyman degani). Hozirgi vaqtda bu vitaminning uch xili ma’lum: alfa, beta, delta tokoferol. Bularning ichida alfa tokoferol aktivroqdir. Bu vitamin
tabiatda o’simlik va hayvonlar organizmida keng tarqalgan bo’lib, turli tashqi
ta’sirlarga, jumladan qizdirishga chidamlidir. Tokoferolga ko’p o’simliklar boy,
ayniqsa bug’doy urug’ining murtagida tokoferol ko’p. Hayvonlarning organizmida
E-vitamin jigarda, yog’ to'qimalarida, o’pkada, taloqda to’planadi. Tokoferol oziqa
tarkibida yetishmasa, organizmda uning kamchiligi tufayli kuzatiladigan dastlabki
belgilar bir oylardan keyin bilina boshlaydi. Jumladan, hayvonlarning ko’payish
funksiyalari izdan chiqa boshlaydi. Bola ona bachadonida so’rilib ketadi. Erkak
hayvonlar urug’donlarida spermatozoidlarning hosil bo’lish jarayoni izdan chiqadi,
kasallik ancha zo’rayib ketsa, spermatozoidlar mutlaqo hosil bo’lmay qo’yishi
mumkin. Parrandalarda tuxum qo’yish kamayadi, tuxum ichidagi embrion o’ladi.
E-vitamin  organizmda  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalarida  ishtirok  etadi.
Markaziy asab tizimi jigar, biriktiruvchi  to’qimalarning faoliyati  ham ma’lum
darajada  E-vitaminga  bog’liq.  Hayvonlarning  E-vitaminga  bo’lgan  bir  kecha
kunduzlik  talabi  quyidagicha:  (xalqaro  birliklar  xisobida)  buzoqlarda-20-30,
sigirlarda-100,  cho’chqalarda-50-100.  Parrandalarning  iste’mol  qilayotgan  1kg.
quruq oziqasiga 15-30 E-vitamin bo’lishi kerak. 
K-vitamin, antigemorrogik. O’zining aktivligi bilan bir-biridan farq qilib ikki
xilda  uchraydi.  Vitamin  K1-filloxinon  va  vitamin  K2-farnoxinon.  Bu  vitamin
organizm uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, organizmda qon ivishiga ta’sir qiladi,
ular organizmda yetishmasa qon ivish jarayoni uchun zarur bo’lgan protrombin
oqsilining  miqdori  kamayadi,  ya’ni  uning  jigarda  sintezlanishi  sekinlashadi,
bundan tashqari  qon ivish jarayonida ishtirok etadigan boshqa bir qator oqsillar
jigarda sintezlanmay qo’yadi. Oqibatda qon ivish jarayoni buziladi, teri ustiga qon
qo’yiladi, gemorragiya deb shunga aytiladi. K vitamin oraliq almashinuvda ham
ishtirok etadi va nafas olish, organizmdagi fosforlanish jarayonlariga ta’sir qiladi.
K-vitamin  o’simliklarning  ko’k  qismlarida,  meva-poliz  ekinlaridan
pomidorda, yung’ichkada, ismoloqda uchraydi. Sut emizuvchi hayvonlarning K-
vitaminga bo’lgan ehtiyoji ichak florasining faoliyati natijasida qisman qondiriladi.
Chunki ichak tayoqchalari mikroblari ichakda K-vitaminni sintezlaydi. K-vitamin
ichak devori orqali o’t kislotalari ishtirokida so’riladi. Jigar kasalliklari paytida
o’tning ichakka kam chiqarilishi tufayli  K-vitaminning qonga so’rilishi buziladi.
Oqibatda K avitaminozi yuz beradi. Organizmda K vitamin jigarda ko’p to’planadi.
Logotip
tabiatda o’simlik va hayvonlar organizmida keng tarqalgan bo’lib, turli tashqi ta’sirlarga, jumladan qizdirishga chidamlidir. Tokoferolga ko’p o’simliklar boy, ayniqsa bug’doy urug’ining murtagida tokoferol ko’p. Hayvonlarning organizmida E-vitamin jigarda, yog’ to'qimalarida, o’pkada, taloqda to’planadi. Tokoferol oziqa tarkibida yetishmasa, organizmda uning kamchiligi tufayli kuzatiladigan dastlabki belgilar bir oylardan keyin bilina boshlaydi. Jumladan, hayvonlarning ko’payish funksiyalari izdan chiqa boshlaydi. Bola ona bachadonida so’rilib ketadi. Erkak hayvonlar urug’donlarida spermatozoidlarning hosil bo’lish jarayoni izdan chiqadi, kasallik ancha zo’rayib ketsa, spermatozoidlar mutlaqo hosil bo’lmay qo’yishi mumkin. Parrandalarda tuxum qo’yish kamayadi, tuxum ichidagi embrion o’ladi. E-vitamin organizmda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi. Markaziy asab tizimi jigar, biriktiruvchi to’qimalarning faoliyati ham ma’lum darajada E-vitaminga bog’liq. Hayvonlarning E-vitaminga bo’lgan bir kecha kunduzlik talabi quyidagicha: (xalqaro birliklar xisobida) buzoqlarda-20-30, sigirlarda-100, cho’chqalarda-50-100. Parrandalarning iste’mol qilayotgan 1kg. quruq oziqasiga 15-30 E-vitamin bo’lishi kerak. K-vitamin, antigemorrogik. O’zining aktivligi bilan bir-biridan farq qilib ikki xilda uchraydi. Vitamin K1-filloxinon va vitamin K2-farnoxinon. Bu vitamin organizm uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, organizmda qon ivishiga ta’sir qiladi, ular organizmda yetishmasa qon ivish jarayoni uchun zarur bo’lgan protrombin oqsilining miqdori kamayadi, ya’ni uning jigarda sintezlanishi sekinlashadi, bundan tashqari qon ivish jarayonida ishtirok etadigan boshqa bir qator oqsillar jigarda sintezlanmay qo’yadi. Oqibatda qon ivish jarayoni buziladi, teri ustiga qon qo’yiladi, gemorragiya deb shunga aytiladi. K vitamin oraliq almashinuvda ham ishtirok etadi va nafas olish, organizmdagi fosforlanish jarayonlariga ta’sir qiladi. K-vitamin o’simliklarning ko’k qismlarida, meva-poliz ekinlaridan pomidorda, yung’ichkada, ismoloqda uchraydi. Sut emizuvchi hayvonlarning K- vitaminga bo’lgan ehtiyoji ichak florasining faoliyati natijasida qisman qondiriladi. Chunki ichak tayoqchalari mikroblari ichakda K-vitaminni sintezlaydi. K-vitamin ichak devori orqali o’t kislotalari ishtirokida so’riladi. Jigar kasalliklari paytida o’tning ichakka kam chiqarilishi tufayli K-vitaminning qonga so’rilishi buziladi. Oqibatda K avitaminozi yuz beradi. Organizmda K vitamin jigarda ko’p to’planadi.
K vitamin bakteriyalar, zamburug’lar va turli suv o’tlarining o’sishi uchun ham
katta ahamiyatga ega. 
Suvda eruvchi vitaminlar.
Suvda eriydigan  vitaminlar  qatoriga  B-guruhining  kompleksi,  C,PP va  P
vitaminlari kiradi. C-vitamin yoki askorbin kislota qon tomirlari devorlarining
o’tkazuvchanligi va mo’rtligini kamaytiradigan, P-vitamin, ya’ni sitrin yoki flavon
deb ataluvchi omil bilan birga uchraydi va fiziologik ta’siriga ko’ra unga yaqin
turadi. B-vitaminlar guruhining kompleksiga bir qancha vitaminlar va vitaminlarga
o’xshash omillar kiradi. Chunonchi: tiamin (B1 vitamin, aneyrin) antinevritik omil.
B2-riboflavin, B3-, B4-,
B6-peridoksin, antidermatit omil,
B12-siankobalamin, xavfli kamqonlikka qarshi omil, tarkibida kobalt 
mikroelementini saqlaydi,
Bk-karnitin, PP-nikotin kislota, antipellagrik omil, H-biotin,
Pantotenat kislota, Paraaminobenzoat kislota, Folat kislota, Lipoat kislota     
inozit, xolin va boshqalar.
Bu vitaminlarning kimyoviy tuzilishi va fiziologik ahamiyatlari bir xil emas.
Ularning har biri alohida vitamin deb qaraladi. Hayvonlar organizmida, ayniqsa
o’txo’r hayvonlarda mikroorganizmlar ishtirokida B vitamin kompleksining ayrim
vakillari sintezlanadi. Jumladan, pantotenat, folat kislotalar, piridoksin, vitamin B6
shular jumlasidandir va hokazo. Cho’chqalar, itlar, mushuklar va qo’ylar B guruh
vitamini  kompleksining  yetishmasligiga  ayniqsa  sezgirdirlar.  B-vitaminlarining
hammasi o’z tarkibida azot saqlaydi. Vitamin B1,( tiamin) tarkibida oltingugurt
(yunoncha “tio” oltingugurt) va amino guruh (NH2) bo’lganligi uchun tiamin deb
ataladi. Toza holda suvda yaxshi eriydigan, rangsiz, ignasimon shakldagi kristallar
bo’lib, o’ziga xos hidi bor. Bu vitamin pirimidin va tiazollardan sintezlanadi.
Tiamin quruq pivo achitqisi, hamirturushda, donli o’simliklarning urug’ murtagida,
dukakli  donlarda,  yong’oqda,  non,  ayniqsa,  qora  nonda  yetarli  miqdorda
mavjuddir. Hayvon mahsulotlaridan go’shtda, buyrakda, jigarda, miyada va tuxum
sarig’ida ko’p uchraydi. Vitamin B1 organizmda moddalar almashinuvi jarayonida
Logotip
K vitamin bakteriyalar, zamburug’lar va turli suv o’tlarining o’sishi uchun ham katta ahamiyatga ega. Suvda eruvchi vitaminlar. Suvda eriydigan vitaminlar qatoriga B-guruhining kompleksi, C,PP va P vitaminlari kiradi. C-vitamin yoki askorbin kislota qon tomirlari devorlarining o’tkazuvchanligi va mo’rtligini kamaytiradigan, P-vitamin, ya’ni sitrin yoki flavon deb ataluvchi omil bilan birga uchraydi va fiziologik ta’siriga ko’ra unga yaqin turadi. B-vitaminlar guruhining kompleksiga bir qancha vitaminlar va vitaminlarga o’xshash omillar kiradi. Chunonchi: tiamin (B1 vitamin, aneyrin) antinevritik omil. B2-riboflavin, B3-, B4-, B6-peridoksin, antidermatit omil, B12-siankobalamin, xavfli kamqonlikka qarshi omil, tarkibida kobalt mikroelementini saqlaydi, Bk-karnitin, PP-nikotin kislota, antipellagrik omil, H-biotin, Pantotenat kislota, Paraaminobenzoat kislota, Folat kislota, Lipoat kislota inozit, xolin va boshqalar. Bu vitaminlarning kimyoviy tuzilishi va fiziologik ahamiyatlari bir xil emas. Ularning har biri alohida vitamin deb qaraladi. Hayvonlar organizmida, ayniqsa o’txo’r hayvonlarda mikroorganizmlar ishtirokida B vitamin kompleksining ayrim vakillari sintezlanadi. Jumladan, pantotenat, folat kislotalar, piridoksin, vitamin B6 shular jumlasidandir va hokazo. Cho’chqalar, itlar, mushuklar va qo’ylar B guruh vitamini kompleksining yetishmasligiga ayniqsa sezgirdirlar. B-vitaminlarining hammasi o’z tarkibida azot saqlaydi. Vitamin B1,( tiamin) tarkibida oltingugurt (yunoncha “tio” oltingugurt) va amino guruh (NH2) bo’lganligi uchun tiamin deb ataladi. Toza holda suvda yaxshi eriydigan, rangsiz, ignasimon shakldagi kristallar bo’lib, o’ziga xos hidi bor. Bu vitamin pirimidin va tiazollardan sintezlanadi. Tiamin quruq pivo achitqisi, hamirturushda, donli o’simliklarning urug’ murtagida, dukakli donlarda, yong’oqda, non, ayniqsa, qora nonda yetarli miqdorda mavjuddir. Hayvon mahsulotlaridan go’shtda, buyrakda, jigarda, miyada va tuxum sarig’ida ko’p uchraydi. Vitamin B1 organizmda moddalar almashinuvi jarayonida
ishtirok  etuvchi  kokarboksilaza  fermentining  tarkibiga  kiradi.  Bu  ferment
uglevodlar  almashinuvida  ayniqsa  katta  rol  o’ynaydi.  Organizmda  uglevodlar
almashinuvi  jarayonida  asosiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan pirouzum  kislotasining
karboksillanishi va dekarboksillanishi ana shu fermentga bog’liqdir. Bu vitamin
yetishmaganda  organizmning  to’qimalarida,  ayniqsa  miyada  pirouzum  kislota
to’planib  qoladi.  Shu  bilan  birga  kamroq  darajada  bo’lsa  ham  B1 vitamin
organizmda oqsil, yog’, xolesterin, mineral moddalar va suv almashinuvida ishtirok
etadi, degan dalillar ham mavjud. Nerv to’qimalarida uglevodlarning almashinuvi
ancha jadal sodir bo’lishi tufayli bu vitamin organizm nerv faoliyatiga katta ta’sir
ko’rsatadi.  Bu  vitaminning  yetishmasligi  natijasida  organizmda  periferik  nerv
tolalari yallig’lanib, degenerativ o’zgarishlarga uchrashi bilan ta’riflanadigan beri-
beri (polinevrit) kasalligi kelib chiqadi. Beri-beri  organizmda umumiy holsizlik,
yurak faoliyatining izdan chiqishi, oyoqlarda og’riq turishi, ishtaha yo’qolishi kabi
umumiy  belgilar  kuzatiladi.  Keyinchalik  tananing  turli  qismlari  falaj  bo’lib
qoladi.Odam va hayvon ozib ketadi. Organizmda suv almashinuvi buzilib, shishlar
paydo bo’ladi. Muskullarda, shilliq pardalarda degenerativ o’zgarishlar ro’y beradi.
Ichki  sekretsiya  bezlari,  hazm  organlari,  yurak-tomir  tizimlarining faoliyati
buziladi. B1 vitamin nerv mediatorlarining faoliyatida ham katta ahamiyatga ega.
Uning  kamchiligi  natijasida  xolin-esteraza  fermentining  ta’siri  oshib,
atsetilxolinning  parchalanishi  tezlashadi.  Kavsh  qaytaruvchi  hayvonlar  B1
vitaminga kamroq ehtiyoj sezadi, chunki odatda ularning me’da oldi bo’lmalaridagi
mikroorganizmlar bu vitaminni sintezlaydi. Tiamin kislotali muhitga chidamli,
biroq 1200 gacha qizdirilsa, parchalanadi. Turli hayvonlarning B1 vitaminga bo’lgan
ehtiyoji turlichadir. Masalan,80-100kg.lik cho’chqalar uchun bu ko’rsatkich 5-
6mg.ni tashkil qiladi. Otlarning tiaminga bo’lgan sutkalik ehtiyoji 100kg. vazni
uchun 3-5mg.ni tashkil qiladi. Parrandalar iste’mol qilayotgan har bir kg. quruq
ozuqa tarkibida 1,8-2mg tiamin bo’lishi kerak. Tiaminga bo’lgan ehtiyoj hayvon
ish bajarganda, mahsulot berganda (sut, bo’rdoqida) oshadi.
                                                             3-jadval
Ozuqalar tarkibidagi tiamin miqdori (1 kg.ga mg. hisobida).
№
Ozuqa
Tiamin miqdori
1.
Arpa
6,0
Logotip
ishtirok etuvchi kokarboksilaza fermentining tarkibiga kiradi. Bu ferment uglevodlar almashinuvida ayniqsa katta rol o’ynaydi. Organizmda uglevodlar almashinuvi jarayonida asosiy ahamiyatga ega bo’lgan pirouzum kislotasining karboksillanishi va dekarboksillanishi ana shu fermentga bog’liqdir. Bu vitamin yetishmaganda organizmning to’qimalarida, ayniqsa miyada pirouzum kislota to’planib qoladi. Shu bilan birga kamroq darajada bo’lsa ham B1 vitamin organizmda oqsil, yog’, xolesterin, mineral moddalar va suv almashinuvida ishtirok etadi, degan dalillar ham mavjud. Nerv to’qimalarida uglevodlarning almashinuvi ancha jadal sodir bo’lishi tufayli bu vitamin organizm nerv faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu vitaminning yetishmasligi natijasida organizmda periferik nerv tolalari yallig’lanib, degenerativ o’zgarishlarga uchrashi bilan ta’riflanadigan beri- beri (polinevrit) kasalligi kelib chiqadi. Beri-beri organizmda umumiy holsizlik, yurak faoliyatining izdan chiqishi, oyoqlarda og’riq turishi, ishtaha yo’qolishi kabi umumiy belgilar kuzatiladi. Keyinchalik tananing turli qismlari falaj bo’lib qoladi.Odam va hayvon ozib ketadi. Organizmda suv almashinuvi buzilib, shishlar paydo bo’ladi. Muskullarda, shilliq pardalarda degenerativ o’zgarishlar ro’y beradi. Ichki sekretsiya bezlari, hazm organlari, yurak-tomir tizimlarining faoliyati buziladi. B1 vitamin nerv mediatorlarining faoliyatida ham katta ahamiyatga ega. Uning kamchiligi natijasida xolin-esteraza fermentining ta’siri oshib, atsetilxolinning parchalanishi tezlashadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar B1 vitaminga kamroq ehtiyoj sezadi, chunki odatda ularning me’da oldi bo’lmalaridagi mikroorganizmlar bu vitaminni sintezlaydi. Tiamin kislotali muhitga chidamli, biroq 1200 gacha qizdirilsa, parchalanadi. Turli hayvonlarning B1 vitaminga bo’lgan ehtiyoji turlichadir. Masalan,80-100kg.lik cho’chqalar uchun bu ko’rsatkich 5- 6mg.ni tashkil qiladi. Otlarning tiaminga bo’lgan sutkalik ehtiyoji 100kg. vazni uchun 3-5mg.ni tashkil qiladi. Parrandalar iste’mol qilayotgan har bir kg. quruq ozuqa tarkibida 1,8-2mg tiamin bo’lishi kerak. Tiaminga bo’lgan ehtiyoj hayvon ish bajarganda, mahsulot berganda (sut, bo’rdoqida) oshadi. 3-jadval Ozuqalar tarkibidagi tiamin miqdori (1 kg.ga mg. hisobida). № Ozuqa Tiamin miqdori 1. Arpa 6,0
2.
Suli
7,5
3.
Dukakli donlar
4,7
4.
Quruq pivo achitqisida
69,0
5.
Bug’doy urug’ining murtagi
25,1
6.
Qaymog’i olinmagan sut
0,4
7.
Beda uni 
3,0
8.
Kartoshka
1,5
9.
Karam
1,7
Vitamin B2 (riboflavin, laktoflavin). Bu sariq-yashil tusli, ignasimon, suvda
yaxshi eriydigan kristallar bo’lib, tabiatda juda keng tarqalgandir. Flavinlar deb
ataladigan shu modda tabiiy pigmentlar jumlasiga kiradi. Flavinlardan sut tarkibida
uchraydigan pigment-laktoflavin mavlud. Bu birikma tarkibida 5 uglerodli ribitol
spirti bo’lganligi uchun riboflavin ham deyiladi. Shu moddaning vitamin B2 bilan
bir  xil  ekanligini  isbotlab  berish  mumkin  bo’ldi.  Demak,  riboflavin  bilan  B2
vitamini bitta moddadir. Riboflavin organizmda, muskullarda, jigar, buyraklarda,
tuxumda, sutda bo’ladi. O’simlik mahsulotlarida ham talaygina riboflavin bor.
Riboflavin quruq pivo achitqisi, quritilgan sut, beda unida ayniqsa ko’p. 
Riboflavin ichaklar devorining shilliq pardasida, jigar, buyraklarda va boshqa
to’qimalarda  fosfatlanganidan  keyin  vitamin  holatiga  kiradi.  Riboflavin
flavoproteidlar deb ataladigan va organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida
ishtirok etadigan fermentlarning kofermentidir. Shu munosabat bilan riboflavin
organizmda  uglevod,  oqsil,  yog’lar  almashinuvida  ishtirok  etadi,
aminokislotalarning  dezaminlanish  jarayonlari  uchun  zarur  bo’ladi.  Nerv
tizimining faoliyati ham  bir  muncha darajada riboflavinga bog’liq. Riboflavin
yetishmaganda organizmda nerv tizimi faoliyati buzilib, ko’pincha oyoqlar falaj
bo’lib  qoladi.  Riboflavin  ko’rish  jarayoni  uchun  ham  zarur.  Me’da  shirasi
tarkibidagi xlorid kislotaning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Riboflavin organizmda
jigar, yurak-tomirlar tizimi, qon yaratish tizimining faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. U
yetishmaganda hayvonlar o’sishdan qoladi, terisi kasallanib, juni tushib ketadi. 
Buzoqlar  onasini  emish  davrida  riboflavinni  sutdan  laktoflavin  tariqasida
oladi.
Logotip
2. Suli 7,5 3. Dukakli donlar 4,7 4. Quruq pivo achitqisida 69,0 5. Bug’doy urug’ining murtagi 25,1 6. Qaymog’i olinmagan sut 0,4 7. Beda uni 3,0 8. Kartoshka 1,5 9. Karam 1,7 Vitamin B2 (riboflavin, laktoflavin). Bu sariq-yashil tusli, ignasimon, suvda yaxshi eriydigan kristallar bo’lib, tabiatda juda keng tarqalgandir. Flavinlar deb ataladigan shu modda tabiiy pigmentlar jumlasiga kiradi. Flavinlardan sut tarkibida uchraydigan pigment-laktoflavin mavlud. Bu birikma tarkibida 5 uglerodli ribitol spirti bo’lganligi uchun riboflavin ham deyiladi. Shu moddaning vitamin B2 bilan bir xil ekanligini isbotlab berish mumkin bo’ldi. Demak, riboflavin bilan B2 vitamini bitta moddadir. Riboflavin organizmda, muskullarda, jigar, buyraklarda, tuxumda, sutda bo’ladi. O’simlik mahsulotlarida ham talaygina riboflavin bor. Riboflavin quruq pivo achitqisi, quritilgan sut, beda unida ayniqsa ko’p. Riboflavin ichaklar devorining shilliq pardasida, jigar, buyraklarda va boshqa to’qimalarda fosfatlanganidan keyin vitamin holatiga kiradi. Riboflavin flavoproteidlar deb ataladigan va organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadigan fermentlarning kofermentidir. Shu munosabat bilan riboflavin organizmda uglevod, oqsil, yog’lar almashinuvida ishtirok etadi, aminokislotalarning dezaminlanish jarayonlari uchun zarur bo’ladi. Nerv tizimining faoliyati ham bir muncha darajada riboflavinga bog’liq. Riboflavin yetishmaganda organizmda nerv tizimi faoliyati buzilib, ko’pincha oyoqlar falaj bo’lib qoladi. Riboflavin ko’rish jarayoni uchun ham zarur. Me’da shirasi tarkibidagi xlorid kislotaning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Riboflavin organizmda jigar, yurak-tomirlar tizimi, qon yaratish tizimining faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. U yetishmaganda hayvonlar o’sishdan qoladi, terisi kasallanib, juni tushib ketadi. Buzoqlar onasini emish davrida riboflavinni sutdan laktoflavin tariqasida oladi.
Hayvonlarning  riboflavinga  bo’lgan  kech-kunduzlik  ehtiyoji  quyidagicha:
buzoq,  cho’chqalar  (100kg.  tirik  vazniga)  5-10mg.,  tuqqandan  keyin  bolasini
emizish davrida 8-16mg., cho’chqa bolalari (tirik vazni 10kg. bo’lganda) 2,5 mg.,
tirik vazni 80-100kg. cho’chqalar esa 6,5mg., parrandalarning iste’mol qilayotgan
1kg. quruq oziqasi tarkibida 0,2mg. riboflavin bo’lishi kerak.
Vitamin B6(piridoksin, adermin). vitamin B6  o’zining tabiati jihatidan bir-
biriga yaqin bo’lgan piridoksin, piridoksal, piridoksamindan iborat. Bu moddalar
organizmda  5-piridoksal-fosfat,  ya’ni  B6 vitaminga  aylanadi.  Vitamin  B6
aminokislotalarning  almashinuvida  ishtirok  etadigan  fermentlarning  kofermenti
bo’lib xisoblanadi. Organizmda B6 vitamini buyraklarda, jigarda, muskullarda,
miyada, shuningdek, turli achitqilarda, no’xat va boshqa dukakli o’simliklarda
uchraydi. vitamin B6  kavsh qaytaruvchilarning katta qornida va boshqa o’txo’r
hayvonlarning  yo’g’on  ichaklarida  mikroorganizmlar  tomonidan  sintezlanadi.
Organizmda bu vitamin oqsillar, yog’lar almashinuvining boshqarilishida ishtirok
etadi. Yog’larning organizmda tashilishi,  oksidlanishi  va depolarda to’planishi
mana shu vitamin ishtirokida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu vitamin glyutamin
kislotaning miya to'qimalarida almashinuvida katta ahamiyatga ega. U ko’z muguz
pardasi regeneratsiyasida va biriktiruvchi to'qimalarning hosil bo’lishida, limfa va
qon yaratish tizimlarining faoliyatida katta ahamiyatga ega. Jigar faoliyatining
mutadil  kechishi,  me’da  sekretor  faoliyati  uchun  ham  piridoksin  zarur.  Bu
vitaminga sutkalik ehtiyoj cho’chqa bolalarida 1-3mg., parrandalarda esa 4,4mg.ga
teng.
PP-vitamin(antipellargik  vitamin,  nikotinamid,  niatsin,  nikotinat  kislota).
Nikotinat  kislota  rangsiz,  suvda  va  spirtlarda  yaxshi  eruvchi  oq  kristallardir.
O’simliklarda erkin nikotinat kislota va birikkan nikotinat kislota uchraydi. Hayvon
organizmining  to'qimalarida  nikotinat  kislota  birikkan  holatda,  ya’ni  nikotinat
kislotaning amidlari holatida uchraydi. Nikotinat kislota turli achitqilarda (25-
96mg%)  ko’p  bo’ladi.  Shu  bilan  birgalikda  dukkakli  donlar,  bug’doy,  arpa,
guruchda, hayvon mahsulotlaridan esa jigarda, muskullarda mavjud. Sutda bu
kislota kam, ammo PP-vitaminning ichaklarda sintezlanishi uchun zarur bo’lgan
triptofan yyetarli miqdorda bor. Nikotinat kislotaning amidi to'qimalar nafasini
katalizlaydigan  kodegidroginaza  fermentlarining  tarkibiga  kirib,  organizmdagi
Logotip
Hayvonlarning riboflavinga bo’lgan kech-kunduzlik ehtiyoji quyidagicha: buzoq, cho’chqalar (100kg. tirik vazniga) 5-10mg., tuqqandan keyin bolasini emizish davrida 8-16mg., cho’chqa bolalari (tirik vazni 10kg. bo’lganda) 2,5 mg., tirik vazni 80-100kg. cho’chqalar esa 6,5mg., parrandalarning iste’mol qilayotgan 1kg. quruq oziqasi tarkibida 0,2mg. riboflavin bo’lishi kerak. Vitamin B6(piridoksin, adermin). vitamin B6 o’zining tabiati jihatidan bir- biriga yaqin bo’lgan piridoksin, piridoksal, piridoksamindan iborat. Bu moddalar organizmda 5-piridoksal-fosfat, ya’ni B6 vitaminga aylanadi. Vitamin B6 aminokislotalarning almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning kofermenti bo’lib xisoblanadi. Organizmda B6 vitamini buyraklarda, jigarda, muskullarda, miyada, shuningdek, turli achitqilarda, no’xat va boshqa dukakli o’simliklarda uchraydi. vitamin B6 kavsh qaytaruvchilarning katta qornida va boshqa o’txo’r hayvonlarning yo’g’on ichaklarida mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Organizmda bu vitamin oqsillar, yog’lar almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadi. Yog’larning organizmda tashilishi, oksidlanishi va depolarda to’planishi mana shu vitamin ishtirokida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu vitamin glyutamin kislotaning miya to'qimalarida almashinuvida katta ahamiyatga ega. U ko’z muguz pardasi regeneratsiyasida va biriktiruvchi to'qimalarning hosil bo’lishida, limfa va qon yaratish tizimlarining faoliyatida katta ahamiyatga ega. Jigar faoliyatining mutadil kechishi, me’da sekretor faoliyati uchun ham piridoksin zarur. Bu vitaminga sutkalik ehtiyoj cho’chqa bolalarida 1-3mg., parrandalarda esa 4,4mg.ga teng. PP-vitamin(antipellargik vitamin, nikotinamid, niatsin, nikotinat kislota). Nikotinat kislota rangsiz, suvda va spirtlarda yaxshi eruvchi oq kristallardir. O’simliklarda erkin nikotinat kislota va birikkan nikotinat kislota uchraydi. Hayvon organizmining to'qimalarida nikotinat kislota birikkan holatda, ya’ni nikotinat kislotaning amidlari holatida uchraydi. Nikotinat kislota turli achitqilarda (25- 96mg%) ko’p bo’ladi. Shu bilan birgalikda dukkakli donlar, bug’doy, arpa, guruchda, hayvon mahsulotlaridan esa jigarda, muskullarda mavjud. Sutda bu kislota kam, ammo PP-vitaminning ichaklarda sintezlanishi uchun zarur bo’lgan triptofan yyetarli miqdorda bor. Nikotinat kislotaning amidi to'qimalar nafasini katalizlaydigan kodegidroginaza fermentlarining tarkibiga kirib, organizmdagi
oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchun ham bu vitamin yetishmay
qolganida  organizmda  oksidlanish  jarayonlari  susayadi.  Oqibatda  moddalar
almashinuvi  buziladi;  PP-vitamin  to'qima  va  hujayralar  tomonidan  qand
o’zlashtirilishini tezlashtirib, organizmda uglevodlar almashinuvida ham katta rol
o’ynaydi. Shuningdek organizmda oqsil, xolesterin, porfirinlarning almashinuvida
ishtirok etadi, tomirlar tonusiga ta’sir ko’rsatadi.
PP-vitamin  ovqat  hazm  qilish  tizimining,  jumladan,  me’daning  motor,
sekretor  faoliyatida,  jigar  faoliyatining  boshqarilishida  qatnashadi.  PP-vitamin
ozuqalar  tarkibida  uchraydigan  triptofan  aminokislotadan,  hazm  tizimidagi
mikroorganizmlar  tomonidan  sintezlanadi.  Tarkibida  triptofan  aminokislota
saqlamagan ozuqalar bilan hayvon uzoq vaqt oziqlantirilsa, Pellagra (pellagra
g’adir-budur teri ma’nosini anglatadi) degan alohida kasallik belgilari paydo bo’la
boshlaydi.  Itlarda  esa  bu  kasallik  “qarotil”  deyiladi.  Kasallik  paytida  teri
yallig’lanadi  (dermatit)  va  g’adir-budur  bo’lib  qoladi.  Me’da-ichak  faoliyati
buziladi va og’iz hamda til shilliq pardalari shikastlanib, yara bo’lib ketadi.
B3-vitamin (pantotenat kislota). Och sariq tusli, yopishqoq moyga o’xshash,
suvda va sirka kislotada yaxshi eruvchi modda. B3-vitamin tabiatda keng tarqalgan
bo’lib, ko’pchilik o’simlik va hayvonlar organizmida uchraydi. Turli achitqilarda,
bug’doy  va  guruch  unida,  hayvon  mahsulotlaridan  esa  buyrak,  jigar,  tuxum
sarig’ida  anchagina  B3 vitamin  bor.  Vitamin  B3  toza  holatda  ajratib  olingan.
Pantotenat  kislotaning  organizm  uchun  ahamiyati  shundaki,  u  koenzim
A(koferment) tarkibiga kiradi va juda murakkab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok
etadi. Koenzim A aktiv atsetat-atsetil KOA hosil qilib, juda muhim sintetik va
transatsetillanish reaksiyalarini ta’minlaydi. 
H-vitamin(biotin). Suv  va  spirtda  yaxshi  eruvchi  kristallardir.  Biotinning
achitqilarda, dukkakli donlarda, meva-sabzavotlarda, go’shtda, jigarda, buyrakda,
tuxum  sarig’ida mavjudligi  aniqlangan. Biotin tuxum  oqida  bo’ladigan avidin
nomli  zaharli  glikoproteidni  biriktirib  me’da-ichak  tizimi  orqali  qonga
so’rilmaydigan  zaharsiz  kompleks  birikma  hosil  qiladi.  Biotin  organizmda
kechadigan  karboksillanish  va  dekarboksillanish  reaksiyalarida  ishtirok  etadi.
Kavsh qaytaruvchilarning katta qornida, boshqa o’txo’r hayvonlarning yo’g’on
ichaklarida mikroorganizmlar ishtirokida sintezlanadi. Shuning uchun ham, yirik
Logotip
oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchun ham bu vitamin yetishmay qolganida organizmda oksidlanish jarayonlari susayadi. Oqibatda moddalar almashinuvi buziladi; PP-vitamin to'qima va hujayralar tomonidan qand o’zlashtirilishini tezlashtirib, organizmda uglevodlar almashinuvida ham katta rol o’ynaydi. Shuningdek organizmda oqsil, xolesterin, porfirinlarning almashinuvida ishtirok etadi, tomirlar tonusiga ta’sir ko’rsatadi. PP-vitamin ovqat hazm qilish tizimining, jumladan, me’daning motor, sekretor faoliyatida, jigar faoliyatining boshqarilishida qatnashadi. PP-vitamin ozuqalar tarkibida uchraydigan triptofan aminokislotadan, hazm tizimidagi mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Tarkibida triptofan aminokislota saqlamagan ozuqalar bilan hayvon uzoq vaqt oziqlantirilsa, Pellagra (pellagra g’adir-budur teri ma’nosini anglatadi) degan alohida kasallik belgilari paydo bo’la boshlaydi. Itlarda esa bu kasallik “qarotil” deyiladi. Kasallik paytida teri yallig’lanadi (dermatit) va g’adir-budur bo’lib qoladi. Me’da-ichak faoliyati buziladi va og’iz hamda til shilliq pardalari shikastlanib, yara bo’lib ketadi. B3-vitamin (pantotenat kislota). Och sariq tusli, yopishqoq moyga o’xshash, suvda va sirka kislotada yaxshi eruvchi modda. B3-vitamin tabiatda keng tarqalgan bo’lib, ko’pchilik o’simlik va hayvonlar organizmida uchraydi. Turli achitqilarda, bug’doy va guruch unida, hayvon mahsulotlaridan esa buyrak, jigar, tuxum sarig’ida anchagina B3 vitamin bor. Vitamin B3 toza holatda ajratib olingan. Pantotenat kislotaning organizm uchun ahamiyati shundaki, u koenzim A(koferment) tarkibiga kiradi va juda murakkab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Koenzim A aktiv atsetat-atsetil KOA hosil qilib, juda muhim sintetik va transatsetillanish reaksiyalarini ta’minlaydi. H-vitamin(biotin). Suv va spirtda yaxshi eruvchi kristallardir. Biotinning achitqilarda, dukkakli donlarda, meva-sabzavotlarda, go’shtda, jigarda, buyrakda, tuxum sarig’ida mavjudligi aniqlangan. Biotin tuxum oqida bo’ladigan avidin nomli zaharli glikoproteidni biriktirib me’da-ichak tizimi orqali qonga so’rilmaydigan zaharsiz kompleks birikma hosil qiladi. Biotin organizmda kechadigan karboksillanish va dekarboksillanish reaksiyalarida ishtirok etadi. Kavsh qaytaruvchilarning katta qornida, boshqa o’txo’r hayvonlarning yo’g’on ichaklarida mikroorganizmlar ishtirokida sintezlanadi. Shuning uchun ham, yirik