VIZANTIYA VA ROSSIYA SIVILIZATSIYALARI (Vizantiya – Rim saltanatining vorisi. Vizantiyada davlat boshqaruvi va jamiyat, Vizantiyaning ma’naviy hayoti va uning so’nishi, Rossiya madaniyati)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
53,7 KB
Ilmiybaza.uz
VIZANTIYA VA ROSSIYA SIVILIZATSIYALARI
Reja:
1. Vizantiya – Rim saltanatining vorisi. Vizantiyada davlat boshqaruvi va jamiyat.
2. Vizantiyaning ma’naviy hayoti va uning so’nishi.
3. Rossiya madaniyati.
Ilmiybaza.uz
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
Vizantiya - Rim saltanatining vorisi. “Yangi Rim”. Vizantiya va uning
atrofidagi muhit. Vizantiya va varvarlar. Vizantiya davlati va feodalizm. Saltanat
g’oyasi. Saltanat boshqaruvi va jamiyat. Vizantiyaning ma’naviy hayoti.
Budparastlik va xristianlik. Xristianlik va ulug’ mashablari. Sharqiy xristianlik.
Vizantiyaning so’nishi. Vizantiyaning qulashi. Rus sivilizatsiyasi makoni.
Mustabid hukmronligining asoslari. Hukmronlik va xristian insonparvarligi.
Davlatchilik va Rossiyaning sotsial - iqtisodiy rivojlanishi. Davlat va jamiyat.
Rossiya madaniyati. Vizantiya merosi. Rus ziyolilari va hukumat.
Antik meros va xristianlik-Yevropa sivilizatsiyasining fundamental asoslari.
O’rta asrlarda G’arbiy Yevropa jamiyati. Jamiyat va hukumatning o’zaro
munosabatlari. O’rta asrning ma’naviy madaniyati. Yevropa va dunyo: okean
sivilizatsiyasining tug’ilishi. Buyuk geografik kashfiyotlar. . Uyg’onish davri:
shaxsiyatparastlik g’alabasi. Yevropa inqiloblari. Kapitalizmni tasdiqlovchi yo’llar.
Gollandiya, Angliya, Olmoniya, Italiya, AQSH. Shaxsning yangi tipi (nusxasi).
Protestant mehnat etikasi. Maorif. Ratsionalizm. Yevropa davlatlarining
mustamlakachilik sistemasi. Sanoat inqilobi. Fan va texnikaning yuksalishi.
7.3.A.Toynbi, K.YAspers1 va boshqalarning fikricha, Rossiya sivilizatsiyasi G’arbiy
YEvropa sivilizatsiyasi qatorida turadi. Ilk bor Rus sivilizatsiyasi xususida so’z
yuritgan rus olimi N.Y.Danilevskiy o’zining “Rossiya va Yevropa” (1869) asarida
chirib borayotgan G’arb sivilizatsiyasidan farqli ravishda kelajakka ega bo’lgan
“slavyan madaniy tipi” ga ta’rif bergan.
Ko’pchilik
olimlarning
fikricha,
Rossiya
sivilizatsiyasi
yunon-rim
divilizatsiyasining bir tarmog’i hisoblanadi. SHuningdek, Rossiya sivilizatsiyasi
uchun vizantiyaliklarning roli salmoqlidir.Qadimgi Rus sivilizatsiyasi VII-IX
1 Yaspers K. Smыsl i naznachenie istorii: Per. s nem.- M.: Politizdat, 1991.-527 s (Mыsliteli XX v.).
Ilmiybaza.uz
asrlarda shakllandi. Osiyo va Yevropa chegaralarida vujudga kelgan Rus
sivilizatsiyasi G’arb va Sharq qirralarini o’zida mujassamlab, o’ziga xos Evroosiyo
sivilizatsiyasiga aylandi. Ba’zi olimlar qadimgi Rus sivilizatsiyasining vujudga
kelishini VI asrda sharqiy slavyanlarda ilk davlat birlashmalarining vujudga
kelishidan, boshqa bir guruh olimlar IX asrda davlatning vujudga kelishidan,
ayrimlar 988 yilda Rusning cho’qintirilishidan boshlashadi. O’troq rus qabilalari
asosida shakllangan va turli davrlarda turlicha nomlangan davlatda rivojlangan Rus
sivilizatsiyasi quyidagi bosqichlarni bosib o’tgan: ibtidoiy urug’chilik tuzumi
(Kichik Rus, Rus erlari, IX asrga qadar), feodalizm (Rus erlari, Buyuk Rus, Russiya,
Rossiya imperiyasi, IX asr o’rtalaridan – XIX asr boshigacha), kapitalizm (Rossiya,
Rossiya imperiyasi, XIX – XX asr boshlari), sotsializm (Sovet Ittifoqi, XX asr
boshlari – XX asr oxirlari) va nihoyat XX asr oxiridan Rossiya Federatsiyasi.
Rus sivilizatsiyasi o’ziga xos tabiiy-geografik omil asosida tarkib topgan.
To’rtta dengiz (Oq, Boltiq, Qora, Kaspiy), uchta tog’ (Karpat, Kavkaz, Ural) bilan
o’ralgan Sharqiy Yevropa tekisligi ming yillar avval sovuq iqlimga ega bo’lib,
o’rmonlar bilan qoplangan bo’lgan. Undan janubda boshlanadigan o’rmon-dasht
zonasi dehqonchilik qilish uchun qulay.
Sharqiy Yevropa daryolari savdo yo’li sifatida ham ahamiyatga ega bo’lgan. 6
asrdan tarixshunoslikda “Varyaglardan yunonlarga boruvchi yo’l” nomi bilan
mashhur bo’lgan suv yo’li ma’lum. Boltiq dengizidan boshlanib, daryo va ko’llar
orqali Qora dengizga boruvchi bu yo’l sharqiy slavyanlarga yunon koloniyalari va
ular orqali Vizantiya sivilizatsiyasi bilan aloqada bo’lish bilan imkoniyatini bergan.
“Varyaglardan forslarga” olib boruvchi yana bir yo’l tufayli esa Volga bo’ylab
Kaspiy dengiziga chiqish, volga bulg’orlari va Xazar hoqonligi orqali eron bilan
aloqa bog’lash mumkin bo’lgan.Rus sivilizatsiyasi taraqqiyotida diniy omil ham
muhim rol o’ynagan. Xristianlikning qabul qilinishi Svyatoslavichlar knyazlar
sulolasi hukmronligining mustahkamlanishiga, Kiev Rusi davlatining Yevropa
davlatlari qatoriga qo’shilishiga, uning xalqaro mavqeining mustahkamlanishiga
olib keldi.
Ilmiybaza.uz
Novgorodliklar tomonidan knyazlik taxtiga afsonaviy Ryurikning taklif
etilishi Rus sivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim siyosiy omil bo’ldi (“normann
nazariyasi”). Ammo ayrim olimlarning fikricha, varyaglar Rusga kelgunga qadar bu
yerda davlatning yuzaga kelishiga asos bo’lgan siyosiy-huquqiy va ijtimoiy
munosabatlar mavjud bo’lgan. Rus tarixchisi V.O.Klyuchevskiy (1841-1911 yy)
arab va Vizantiya manbalariga tayangan holda VI asrdayoq sharqiy slavyanlarda
knyaz Dulebov etakchiligigidagi katta harbiy ittifoq bo’lganligini ta’kidlaydi. Uning
fikriga ko’ra Vizantiya bilan doimiy kurash bu ittifoqning shakllanishiga sabab
bo’lgan va sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirgan.
Rusning Vizantiya bilan, u orqali yunon-rim madaniyati bilan shuningdek varyaglar
bilan o’zaro aloqalar ushbu sivilizatsiyaning shakllanishida tashqi omil vazifasini
bajargan. Xalqlarning buyuk ko’chishi natijasida V-VI asrlarda slavyanlarda
urug’chilikka emas, hududiy-siyosiy xarakterga ega jamoa shakllangan. VIII-IX
asrlarda 12 ta qabila-knyazliklar ittifoqi vujudga kelgan. Uzoq vaqtgacha Russda
erga xususiy mulkchilikning bo’lmaganligi ushbu sivilizatsiyaning yana bir o’ziga
xos xussiyatini shakllantirgan. Yana bir o’ziga xoslik sifatida Kiev Rusining yaxlit
markazlashgan davlat bo’lmaganligini ko’rsatib o’tish mumkin. Mo’g’ul-tatar
bosqini ham Rus sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko’rsatdi. Rus sivilizatsiyasining o’ziga
xos qirralarining shakllanishida bir tomondan, Vizantiya xristian ma’naviy va
moddiy madaniyati, ikkinchi tomondan Rusda uzoq vaqt hukm surgan ma’jusiylik
dinlari o’z ta’sirini ko’rsatgan. Xristianlik qabul qilingandan so’ng ham ma’jusiylik
an’analari saqlanib qolgan. Rus xalqi uch subetnik komponentlar aralashmasidan
shakllangan: dehqon-slavyanlar va baltlar, ovchi fin-ugor, shuningdek germanlar,
ko’chmanchi turk va qisman shimoliy Kavkaz xalqlari. Bu turli etnoslar diniy
jihatdan ham rang-barang bo’lgan. Kiev knyazlari ijtimoiy tuzilmalarning xilma-
xilligi sharoitida son va madaniy jihatdan ustun bo’lgan birorbir etnosga tayana
olmagan. Ryurikovlarda kuchli harbiy-brokratik tizimga ham ega bo’lmagan. Shu
sababli birlashtiruvchi vosita rolini xristianlik o’ynagan.
7.4.XVI asrda Rossiya madaniyatining eng katta yutuqlaridan biri Ivan
Fyodorov va Pyotr Metislavetslarning kitob bosishni yo’lga qo’yishlari bo’ldi. Bu
Ilmiybaza.uz
davr rus madaniyati san’atining yangi turi cho’yandan quyma buyumlar yasash
yuksak darajada rivojlandi. Ular ichida hozir Moskva Kremlida saqlanayotgan usta
Andrey Choxov tomonidan quyilgan “Sar pushka”ni ko’rsatish mumkin. XVI-XVII
asrlar davomida me’morchilik sohasida yuksak didli milliy uslub yaratildi.
Mamlakatda toshdan qurilgan ibodatxonalar ko’payib bordi. Me’morlar Barmoy va
Postniklar tomonidan qurilgan Moskva Vasiliy Blajeniy ibodatxonasini, Moskva
Kremli, Smolensk shahar qal’asi qurilishi me’morchilikning bu davrda yaxshi
rivojlanganligidan darak beradi. XVII asrda Rossiyadagi geografik bilimlar
birmuncha o’sdi. Rus dengizchilari Chelyuskin burnini aylanib o’tib Faddey orolini
kashf qildilar.
Vasiliy Poyarkov ilmiy safari 1643-1646 yillari Amur daryosiga chiqib u
orqali Tinch okeani qirg’og’iga etdilar. Semyon Dejnyov rahbarligida dengizchilar
esa 1648 yili Osiyoning sharqiy nuqtasini kashf qildilar. Oddiy dehqon Erofey
Xabarov ilmiy safari 1649 yili Uzoq Sharqqa ruslarning ko’chishini boshlab berdi.
Savdo-tijorat kishilari “Odam umrini uyquda o’tkazish uchun emas, balki harakat
qilish uchun tug’ilgan”,- degan qoidaga amal qildilar. Boy shaharliklar vaqtning
qadriga etardilar, chunki boylik orttirish, mo’ljallangan ishlarning muvaffaqiyati
vaqtga bog’liq edi. O’sha vaqtlarda “Kimki vaqtdan foydalanishni bilsa, uning
hamma orzusi ushaladi”, degan gap bor edi.
7.5. O’rta asr g’arbiy YEvropa jamiyati agrar xolatda edi. Iqtisodiyotni asosiy
qishloq xo’jaligiga tayanadi. Uni asosiy mamlakatlar axolisi tashkil qilgan. Ya’ni
yaratgan qishloq xo’jaligidagi ishlar boshqa sohalardagi singari qo’l mehnatiga
asoslanadi. Bu esa uning samaralilik va unumdorlik darajasini juda past xolatda
bo’lishligini ko’rsatib turardi. Shuniing uchun ham iqtisodiy o’sish juda past
sur’atlarda kechardi.
G’arbiy Yevropa axolisining asosiy xal qiluvchi qismi butun o’rta asrlar
davrida shaharlarda yashagan.
Agar antik Yevropada shaharlar juda muhim erkin hayot markazlari
hisoblangan bo’lsa, uning harakteri munitsipial holatdabo’lib, insonning unda qay
Ilmiybaza.uz
darajada ekanligi fuqarolik xuquqlarini belgilar edi. Shu jihatlari bilan O’rta asrlar
asosan dastlabki etti asrda shaharlarning axamiyati unchalik muxim va axamiyatli
emas edi. Biroq yillar o’tishi bilan shaharlarning ta’siri kundan – kunga oshib bordi.
G’arbiy Yevropa O’rta asrlar davri bu natural xo’jalik xukmronlik qilgan davr
hisoblanadi va tovar – pul munosabatlar ham kuchsiz tarzda rivojlangan edi.
Axolining arzimas qismigina savdo – sotiq bilan shug’ullangan. Uzoq savdolar bilan
asosan yuqori tabaqa vakillari shug’ullanishgan.
Ishlab chiqarish o’sha vaqtda xunarmandchilik va manufaktura asosida yo’lga
qo’yilgan.
Umum Yevropa integratsiyada progress (o’sish) qarama – qarshi fikrlarni
beradi. G’arbiy Yevropaning siyosiy birlashuvida xristianlik muhim o’rin tutadi.
Chunki agar qadimgi dunyoda har bir qal’aning o’z dini bo’lgan bo’lsa endi butun
g’arbiy Yevropa axolisi yagona dinga xristianlikka e’tiqod qilishganlar.
Qabilalarning
madaniy,
diniy
jihatdan
yaqinlashuvi
ularni
milliylikka,
davlatchilikka undadi. O’rta asrlar bu milliy davlatchilikning shakllanish davri ham
hisoblanadi. Ushbu jarayonda yoki tabaqaviy vakillik monarxiyasi yoki absolyut
monarxiya asosida birlashganlar. Siyosiy xokimiyatdagi asosiy xususiyat tarqoqlik
bilan kuzatiladi. Yoki erga nomigagina egalik qilish xuquqiga ega bo’lgan. Agar
antik davrda erga egalish qilish fuqaroni o’sha polisga fuqarolik xuquqini ham
belgilagan. O’rta asr jamiyati – tabaqaviy hisoblanadi. Asosiy tabaqa uchta edi:
dvoriyanlar, ruxoniylar va xalq ( unga dehqonlar, xunarmandlar, savdogarlar).
Tabaqalar turli xuquqlar va majburiyatlarga ega edi. Turli siyosiy – jamoaviy va
xo’jalik vazifasini o’taydi. G’arbiy Yevropa davlatlari Rim imperiyasi tugagandan
so’ng, ya’ni parchalangandan so’ng vujudga keldi. Ushbu xudud Lotin alifbosiga
asoslangan. Asosiy diniy katoliklik va protestantum hisoblanadi.
G’arbiy Rim
imperiyasi qulashi antik huquqiy, siyosiy tartiblarni va sivilizatsiyaning qulashiga
olib keldi. U qadimgi dunyoning eng yuqori yutuqlarini o’zida aks ettirgan edi.
Uning o’rniga o’rta asrlar keladi. Bu davrda g’arbiy Yevropa jamiyatida bir qancha
orqaga chekinish bo’ldi. Endi o’zgacha, yangi taraqqiyot yo’liga kirish zarur bo’lib
Ilmiybaza.uz
qoldi. Ushbu ishlarni “varvar” qirolliklari boshqardi. Endi oddiy davlatchilikdan
yirik markazlashgan davlatchilikka intilish bo’ldi .
Rim imperiyasining qulashi garchi o’zi bilan antik dunyo ma’naviy
taraqqiyotlarini yo’qolishiga asos bo’lgan bo’lsada, bu tarixiy taraqqiyotda regres
holati emas edi. G’arbiy Rim imperiyasi qulashi siyosiy holatda va ijtimoiy hayotda
yangiliklarga asos bo’ldi. G’arbiy Yevropa hududida yangietnoslarning va
xalqlarning siyosiy maydonga chiqishiga imkoniyat yaratdi. Ular rimliklardan
siyosiy, huquqiy madaniyatdan orqada qolmoqda edi.Biroq o’rta asrlar davrida
o’zlarining tashqi dunyoga nomalum bo’lgan iqtisodiy tashkiloti shaklini va
ijtimoiy, siyosiy hayot shaklini yaratishga erishdi .
Yangi
tarixiy
taraqqiyotning muhim katalizatori keyingi asrlarda antik dunyodan meros bo’lib
o’tib kelayotgan shaxsiy mulk feodal jamiyatda feodal pomeshchikga aylandi va
xristian dini ijtimoiy hayotda muhim bo’lib qoldi. Antik an’analarning ta’siri o’rta
asr Yevropasida katta kuch sifatida Renessans davrida o’z natijalasini ko’rsatdi.
Ya’ni feodaljamiyat doirasida o’sha davrda ko’rinmas va no’malum bo’lgan
kapitalizimning moddiy va ma’naviy asoslarini shakllaishiga asos bo’lib keldi.
O’rta asrlar tarixi butun G’arbiy Yevropani qamrab olgan holda ming yildan
ortiqroq davom etdi.Shuning uchun o’rta asrlarni iqtisodiy siyosiy, madaniy va diniy
holati darajasiga qarab bir necha bosqichlarfga bo’linib ajratiladi. O’rta asr davlatlari
(g’arbiy Yevropadagi) 9-13- asrlarda juda ko’plab davlat pomeshchiklariga egalik
qilishi va ohir oqibatda iqtisodiy va siyosiy tarqoqlashuv jarayon sensorial
monarxuiya shaklini namoyon qildi. XIII - XV asrlardagi iqtisodiy o’sish asosan
shaharlarning taraqqiy etishi bilan bog’liq. Shaharlarning o’sishi savdo-sotiqni
o’sishga asos bo’ldi. Bu esa kapitalning to’planishiga va ohir oqibatda tabaqaviy
g’arbiy Yevropaga jamiyatini birlashuviga asos bo’lib qoldi. Yangi sharoitda
hududiy birlashuv milliy asoslarga asoslandi. Natijada qirol hokimiyatini
kuchayishiga imkoniyat yaratdi. Qirol hokimiyati tabaqaviy vakillarini shakllansi
bilan harakatlanadi.
Oxir oqibatda so’nggi o’rta aslarda (16-17- asrlarda feoadalizmning emirilishi
va kapitalizimning asoslarini shakllanishi bilan izohlanadi. Bunda kuchli qirol
Ilmiybaza.uz
hokimiyatigina jamiyatni to’liq tarqoqlashuv va emirilishidan saqladi. U yana ancha
vaqtlar iqtisodiy taraqqiyotni taminlab turdi. Bu o’rinda qirol hokimiyati yanada
kuchaydi va natijada kuchli byurokratik markazlashuvga katta ahamiyat bera
boshladi. ( Siyosiy muxolifatni barham toptirish uchun). Shu tariqa o’rta asrlar
davlatlarining
oxirgi
bosqichida
absolyut
monarxiya
shakli
shakllandi.
Absolyutizimning qulashi yangi tuzimni va yangi davlatchilikni vujudga kelishiga
imkoniyat yaratdi.
7.6. SHahar aholisining asosiy qatlami bu savdogarlar edi. Ular ichki va tashqi
savdoda muhim rol o’ynaganlar.Ular doimiy tarzda tovar uchun boshqa shaharlarga
borib kelib turganlar.Albatta ularning aksariyati savodli kishilar edi.Va ularning
ko’pchiligi boshqa millatning tilllarini bilar edi.O’sha davrlarda tashqi savdo –
ichki savdoga qaraganda taraqqiy etgan edi.O’sha vaqtda G’arbiy Yevropadagi
savdo-sotiqning markazi Shimoliy Boltiq,O’rta er dengizlari edi.Ular o’z savdo-
sotiq ishlarini ayniqsa Ganza, Nyn, Shvabiya va shu kabi savdo ittifoqlariga
birlashib olib borar edilar. Masalan G’arbiy Yevropadagi Ganza ittifoqiga 80 dan
ortiq shaharlar birlashgan.Va ularning eng kattalari Gamburg, Breman,Kyolin va
boshqalar edi. XIII-XIV asrlarda gullab yashnagan Ganza ittifoqi keying davrda
yagona til birligi bo’lmaganligi uchun son sanoqsiz ichki bojxonalarning ko’pligi
va boj yig’imlari ,yaxshi qulay transport vositalarning yo’qligi, yo’llardagi
qaroqchilik ,talonchiliklar ittifoqni ancha holdan toydirdi. Keyinchalik Ganza asta-
sekinlik bilan o’zining siyosiy va iqtisodiy qudratini yo’qotib avantyurist –
savdogarlari kompaniyasi tomonidan yutib yuborildi.
Ilk universitetlar G’arbiy Yevropada rivojlangan o’rta asr davrida vujudga
keldi. XII-asr oxiri – XIII asrlarda Parijda, Oksford, Kenbrejda va boshqa Yevropa
shaharlarida universitetlar ochildi.Bu borada Parij universiteti alohida ajralib
turadi.Uning talabalari soni 30 mingdan oshiq edi.Talabalik uchun katta yoshli
keksalar ham borar edi.Ular bu yerdagi yangi g’oyalar va bilimlar bilan tanishish
fikr amashish uchun.
Universitet ta’lim tizimi G’arbiy Yevropada sivilizatsiyasining shakllanishiga
juda katta ta’sir qildi.Universitetlar ilmiy qarashlarni o’qishga asos yaratdi.Jamiyat
Ilmiybaza.uz
a’zolarining dunyoqarashi, dunyoni anglashga erkinlik, shaxsiy erkinlik kabi
qarashlarni anglashga muhim ahamiyat kasb etadi. Magistrlar va talabalar turli
shaharlardan kelar edi. Va universitetdan universitetga amaliyot uchun, madaniyat
almashinish uchun borar edi. Bu holat juda tez ifodasini ko’rsata boshladi.
,,Dekomeron “ Javanni Bakachchoniki (133-1375) juda tez YEvropaning barcha
tillariga tarjima qilindi.
G’arbiy
Yevropa
madaniyatining
shakllanishiga
ayniqsa
1453-yil
boshlaridagi kitob bosib chiqarish hisoblandi. Ioan Gutengurg ( 1394-1399 yoki
1406-1468 yy) birinchi kitob bosuvchi hisoblanadi.(Germaniyada yashagan).
Bu davrda din hamon hukmronlikda, cherkov esa san’atga o’z talabini qo’yayotgan
bo’lsa ham, lekin shahardagi hunarmand va savdogarlarning bilimga, hayotning
yangi qirralarini ochishga intilishi orta bordi. Yevropa shaharlarida dastlabki fan
markazlari — universitetlarning tashkil topishi esa, bu intilish ravnaqiga zamin
yarata bordi. . Xalq ongining ortib borishi esa jamiyat oldida tenglik, birodarlik
masalalarining ijobiy xal etilishini talab qila boshladi. San’at va madaniyat
mazmuni, xarakterida ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Xayotiy
mavzudagi asarlar yuzaga kela boshladi. Shahar hayotining kundalik turmushi, iщq-
muxabbat mavzusidagi asarlar paydo bo’la boshladi. Bunday asarlarda ijodkorning
hissiy kechinmalari, voqelikka bo’lgan munosabatlari o’z ifodasini topa boshladi.
Ruhoniylarning ikki yuzlamachiligini fosh etuvchi teatr janrlari, maskaradlar yuzaga
keldi. Bu davrda tasviriy san’at va me’morchilikda ham jiddiy o’zgarishlar yuz
berdi. G’arbiy Yevropa madaniyatidan Vizantiya san’ati an’analari uzil-kesil
chiqarib tashlandi. Davr ruhini o’zida ifodalovchi realistik shakl va mazmundagi
asarlar, funksional tomoni orta boshlagan me’morchilik binolari yuzaga kela
boshladi. San’atda asosiy uslub gotika uslubi hukmronlikni egallab oldi. Lekin shu
bilan birga, bu vaqtlarda shahar madaniyati (XII—XIV asrlar gotikaning rivojlangan
davri) feodal munosabatlarga tuliq qarshi chiqishga ojiz edi. Shuning uchun ham bu
madaniyat vakillari davr sharoitiga moslashib ish tutishga majbur edi. Shu boisdan
gotika davri san’ati davr xarakteridan kelib chiqib, murakkab va qarama-qarshi
fazilatlar kashf etdi. SHuning uchun ham san’atda ratsionalistik tendensiyalar bilan
Ilmiybaza.uz
bir qatorda, spiritualistik tasavvurlar mavjud edi. Yaratilgan asarlarda realistik
elementlar bilan birga, diniy qarashlarni kuklarga kutarish hollari yozilar edi.
Xristian mifologiyasidagi obrazlar tasvirida, bir tomondan, gumanistik goyalar o’z
ifodasini topsa, ikkinchi tomondan esa, insonning imkoniyatlarini mensimaydigan
asarlar ham yuzaga kelar edi.
O’sayotgan shaharlarga o’qimishli odamlar hisobchilar, huquqshunoslar,
muhandislar va texniklar, o’qituvchilar va shifokorlar tobora ko’p kerak bo’ldi.
Me’morlar boylarning buyurtmalarini bajarib, dang’illama uylar qurardilar,
rassomlar suratlar chizib va haykaltaroshlar haykallar yasab, boylarnning uylarini
bezatardilar. Shaharlarda ziyolilar aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi alohida
kishilar guruhi paydo bo’ldi. Hamma narsa xudoning hohishi bilan bo’ladi, degan
gapga ishonuvchilar tez o’zgarib turgan dunyoda kam qolgan edi. Insonning kuchi
va qobiliyatiga ishonch paydo bo’la boshladi. Yangi madaniyat arboblarini avvalo,
inson va uning ishlari qiziqtirardi.
Shuning uchun bu arboblar insonparvar, ya’ni gumanist deb atalardilar,
(gumanist so’zi lotin tilidagi «gumanus», ya’ni insoniy degan so’zidan kelib
chiqqan).
Yozuvchilarni endi afsonaviy avliyolar emas, balki jonli kishilar ularning
quvonchi va g’am-g’ussasi qiziqtira boshladi. Endi ular o’zlari yashagan zamondagi
qizgin hayotni tasvirlar, o’z she’rlarida odamlarning kuchli his-tuyg’ularini maqtar
edilar. Rassomlar ilgarigidek diniy mazmunda rasm chizardilar, biroq, bu rasmlarda
odamlarni o’zlari yashab turgan zamon kiyimlarida tasvirlardilar. Isoning madonna
va avliyolarning rasmini oddiy kishilarni ro’palariga qo’yib o’zlariga o’xshatib
chizardilar. Ular ya’ni - Gumanistlar odamlarni tabaqalarga bo’lishga qarshi chiqar
edilar. Ular dangasa va takabbur feodallarni masxara qilib kulardilar. Bir italyan
yozuvchisi: “O’zining qadimgi nasl-nasabi bilan kekkayish uchiga chiqqan
qaroqchi va o’g’rilar zotidan tarqqalganligi bilan kekayishdir”,-degan edi. U, kishini
ota-bobolarning qaxhramonligi emas, balki uning o’z mehnati va kasb-hunari
mashhur qiladi va oliyjanoblikka erishtiradi,- deb aytgan edi. Gumanistlar qadimgi
Rim madaniyatiga katta e’tibor bera boshladilar. Qadimgi madaniyat asarlari
Ilmiybaza.uz
quvnoqligi, insonnning go’zallygini kuylovchi asarlar bo’lganligi bilan cherkov
san’atidan farq qilardi. Cherkov tomonidan qoralangan va avvalgi asrlarda unitilib
ketgan qadimgi madaniyat go’yo yangidan uyg’onayotgandek edi. SHuning uchun
yangi madaniyat vujudga kelayotgan davr Uyg’onish davri deb ataldi. Gumanistlar
qadimgi zamon bilan Uyg’onish davri orasida o’tgan tarixiy davrni nodonlik va
jaholat asri deb e’lon qildilar. Ular birinchi bo’lib unga «o’rta asrlar» deb nom
qo’ydilar. O’zlari yashagan zamonni esa «Yangi zamon» deb atadilar. -
Qadimgi madaniyatni qadrlovchilar monastirlarning erto’lalaridan eski
qo’lyozmalarni qidirib topar, antik xudolar va qaxramonlarning yerda ko’milib
yotgan haykallarini kavlab olar edilar. San’atga ishqiboz bo’lgan ba’zi odamlar
qadimgi san’at asarlarini yoki eski qo’lyozmalarni bisotlarida qancha pullari bo’lsa,
o’shanga sotib olishga tayyor edilar. Periklning va Oktavian Avgust zamonlarining
tili bo’lgan grek va lotin tillarida so’zlashishni olim-gumanistlar juda yaxshi
bilardilar. Rimdan Alpga boriladigan muhim savdo yo’llarida katta va go’zal
Florensiya shahri bor edi. SHaharda movut ishlab chiqaradigan korxonalar,
savdogarlar va banq kabi jamoat binolari ko’p edi. Florensiya bankirlari savdogarlar
va feodallargagina emas, hatto papalar va qirolliklarga ham katta - katta pul qarz
berardilar. SHahar hokimlari rassom va shoirlarga homiylik ko’rsatar, buyurtmalar
berar, san’at asarlari uchun katta-katta haq to’lar edilar.
Florensiyalik Leonardo do Vinchi (1452-1519) Italiyadagi Uyg’onish davrining
eng buyuk arboblaridan biri edi. Uning otasi badavlat shaharlik bo’lib, onasi oddiy
dehqon qizi edi. Leonardo do Vinchi har tomonlama qobiliyatli kishi edi.U daho
rassom va olim, muhandis-ixtirochi, me’mor va haykaltarosh, musiqachi va shoir
edi. Rassomlik san’atini Leonardo do Vinchi san’atning asosiy turi deb hisoblardi.
U rassomlik san’ati yorda- mida odamlar dunyoni bilib oladi deb, bu san’atga
tadqiqotchi sifatida yondoshar edi. Buyuk san’atkor inkvizatsiyaning g’azabiga
uchrashdan qo’rqmay yashirin ravishda murdalarni yorib ko’rardi, u rasmlarda
odamning gavda sini to’g’ri tasvirlash uchun uning tana tuzilishini bilib olishga
harakat qilardi. Leonardo do Vinchining solgan rasmlarida uning o’zi sevgan va
kuzatgan hayot tasvirlangan. Leonardoning chizgan rasmi «Mona Liza»- sha-
Ilmiybaza.uz
harlik yosh juvonning portreti butun jahonga mashhurdir. Rassom bu rasmda yosh
juvonning tashqi qiyofasigina emas, balki uning ichki kechinmalarini ham juda
yaxshi aks ettirib bera olgan. Leonardo do Vinchi o’z ilmiy kashfi- yotlari va
farazlari bilan zamondoshlaridan bir necha asr oldinga o’tib ketdi. U kuzatishlar
asosida ilmiy xulosalar chiqardi. Bu olim «Donishmandlik- tajriba mahsuli»
deyishni sevardi.
Mikelanjelo (1475-1564). Uyg’onish davrining buyuk arboblaridan biri-
haykaltarosh, rassom, me’mor, harbiy muhandis va shoir edi. U anatomiyani juda
yaxshi bilardi., shuning uchun kishi gavdasini kuch-quvvati va go’zalligini juda
aniq tasvirlay oladi. Haykaltarosh Mikelanjelo g’oyat katta marmartoshdan
«Dovud» haykalini yasadi, bu haykaliing balandligi 5,5 metr edi. O’sha zamon
kishilari bu haykalni «Gigant» deb atadilar. Mnkelanjelo bu haykalda dahshatli bir
mahdluqni yakkama-yakka jangda tosh bilan urib o’ldirgan afsonaviy cho’pon
bolani tasvirladi. «Dovud» haykali Florensiyaning markaziy maydoniga
o’rnatilgan bo’lib, o’sha vaqtdan beri shaharning homiysi hisoblanib keladi.
Uyg’onish davrining yana shu davrdagi rassomlardan biri Rafael (1483-1520) edi.
U butun vujudi bilan go’zal bo’lgan insonni, uning chiroyli va baquvvat qaddi -
qomatini, yuksak aql-zakovatini, olijanob xarakterini tasvirlashga intildi. Rafael
chizgan rasmlarning eng mashhuri «Sikst madonnasi»dir, rassom bu rasmni
Italiyaning kichikroq shaharlaridan biridagi avliyo Sikst monastiri uchun chizgan
edi. Bu genial asar insonga g’oyat kuchli muhabbat bilan sug’orilgan, rassom bu
rasmda kishilarning baxt-saodati uchun o’zining eng aziz va sevimli farzandini
qurbon qila oladigan mard insonni - onani ulug’ladi. Uyg’onish davrining buyuk
san’atkorlari kishilarni hozir ham qoyil qoldirayotgan nodir asarlar yarat- dilar.
Italiyadagi Uyg’onish davrining san’ati Yevropadagi boshqa mamlakatlar
san’atining yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Lekin Germaniya, Niderlandiya,
Ispaniyaning buyuk rassomlari Italiya san’at ustalarining yutuqlarini o’zlashtirish
bilan birga, jahon san’atiga ko’p yangiliklar kiritdilar.
13.3. Yangi tarixning birinchi davrida (havodan engil apparatlarda) havoda
uchish boshlandi. Aka-uka Mongolfelar 1783 yilda Fransiyada hashak va jun
Ilmiybaza.uz
aralashmasi yonishidan chiqqan tutun bilan to’ldirilgan birinchi havo sharini
uchirdilar. 1783 yilning o’zida fransuz olimi Sharl gazlamalarni gaz
o’tkazmaydigan qiluvchi lak tayyorlash usulini topdi va sharni vodorod bilan
to’ldirib, Parij ustida parvoz qildi. Biroq amalda bog’lab qo’yilgan va urush
harakatlari vaqtida kuzatib turish uchun xizmat qilgan havo sharlaridangina keng
foydalanildi.
XVII asrdayok, fanda Kopernik va Galileyning er va boshqa planetalarning
quyosh atrofida aylanishi to’g’risidagi g’oyalari tantana qildi. Bu g’oyalar
ruhoniylarning qarashlariga qattiq zarba berdi. Buning boisi shuki, cherkov
(ruhoniylar) er koinotning markazi degan tasavvurlarga qo’shildilar va bunday
tasavvurlarni qo’llab- quvvatlab keldi. XVII asrda fanda ilmiy xulosalar tajriba bilan
asoslab berilishi lozim, degan qoida uzil-kesil kqaror topdi. Tosh-tarozi va boshqa
asboblarning takomillashtirilishi natijasida fizika va ximiya soha- sidagi
eksprementlarni aniq va puxta o’tkazish darajasi ancha oshdi. Fanda matematik
hisoblardan keng foydalanila boshlandi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi ilmiy tadqiqotlarga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Metallurgiya rivojlandi.
XVII asrning oxirida buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton mexanik harakat qonunlarini
va butun olamning tortilishi qonunini kashf etdi. Bu qonun quyi sistemasi
planetalari harakati va jismlarning Erga tortilishini tushuntirib berdi. Nyuton va
nemis olimi Leybnits hozirgi zamon oliy matematikasiga asos soldi.
Ulug’ rus olimi M.V.Lomonosovning faoliyati juda ham ko’p qirrali edi. U
XVIII asrning o’rtalarida ximiyaviy jihatdan bir turdan ikkinchi turga aylanishda
modda massasining saqlanib qolish qonunini ta’riflab berdi va atom-molekulyar
ta’limoti g’oyalarini bayon qilib, mo- lekulalarni «korpuskulalar» deb atadi.
XVII-XVIII asrda matematika va mexanika juda katta muvaffaqiyatlarga
erishdi. Gollandiyalik Levenchuk XVII asrda mikroskopni kashf etdi. Olim
mikroskop shishasi orqali o’sha vaqtgacha noma’lum bo’lgan bakteriyalar
dunyosini ko’rdi. Ingliz Buk mikroskop yordami bilan o’simlik to’qimalari
pufaklaridan iborat ekanligini aniqladi va ularni hujayralar deb atadi.
Ilmiybaza.uz
XVIII asrning oxirida fan taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Rivojlanish
g’oyasining tantana qilganligi bu davrga xos xususiyatdir. Olimlarningfikriga
ko’ra tabiat mangu rivojlanib boradi, eskilik barham topadi va yangilik vujudga
keladi, tabiatda doimiy o’zgarish va o’zaro bog’lanish bor.
XVIII asrning oxirlarida fransuz olimi Laplas olamni xudo yaratdi, degan diniy
e’tiqodga xilof ravishda Quyi va planeta qizigan tumanlikdan hosil bo’lganligi
to’g’risidagi gipotezani yaratdi. Laplas gipotezasi keyinchalik fan tomonidan rad
etilgan bo’lsada, fan ta- raqqiyotida inqilobiy rol o’ynadi. 1842 yilda nemis
Robert Mayyor energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish
qonunini kashf etdi. Harakat issiqlik, elektr, magnitizm, ximiyaviy jarayonlar
energiyaning sifat jihatidan turli shakllarda bo’lib, mikdor nisbatlarda
o’zgarmaganida bir-biriga aylanganligi, aniqlandi. Energiyaning saqlanish
qonuni to’g’risidagi diniy afsonani rad etdi.
Ingliz vrachi Jenner XVIII asrning oxirlarida sut soquvchilar chechak kesali
bilan og’rimasligini payqab qoldi va bunday ayolga sigirdan chechak kasali engil
shaklda yuqadi, buning natijasida chechak kasali sira yuqmaydi deb bu holatni
to’g’ri izohlab bergan. Jenner chechakka qarshi emlashni tavsiya qildi. Emlash
uchun kerakli material sigirdan olindi va vaksina (lot. «vakka» so’zi sigir
demakdir) deyildi. CHechakka qarshi emlash million-million kishilarni o’limdan
olib qoldi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar o’sganligi va jamiyatning ehtiyojlari oshganligi
tufayli XIX asr oxiri - XX asr boshlarida fizika, ximiya, geologiyada buyuk
kashfiyotlar qilinib, ular materiyaning tuzilishi, fazo, vaqt, harakat, o’simliklar va
hayvonlar evolyusiyasi, irsiyat belgilarining o’tishi to’g’risidagi tasavvurlarni
tubdan o’zgartirib yubordi. XIX asrning oxirlarida J.Y Maksvell elektromagnit
maydoni nazariyasini ilgari surdi. 80- yillarning oxirlarida esa nemis fizigi G.Gers
laboratoriya sharoitlarida elektromagnit to’lqinlarini hosil qilishga muvaffaq bo’ldi.
Rus olimi A.S.Popov simsiz aloqa-elektromagnit to’lqinlarini chiqarish va qabul
qilish usulini topdi hamda kerakli asboblarni yaratdi. SHu tariqa radioga asos
solindi.
Ilmiybaza.uz
1895 yilda nemis olimi V.Rentgen turli predmetlarni turli darajada teshib o’ta
oladigan ko’zga ko’rinmas nurlar
mavjudligini
aniqladi.
Elektromagnit
to’lqinlarning bu to’g’ri «rentgen nurlari» degan nom oldi. Bu nurlardan meditsina
va texnikada keng foydalanila boshlandi.
Har ikkala holda ham nur chiqarish uchun impulslar sun’iy ravishda berilar va
odam istagan vaqtda radio uzatgich yoki rentgen apparatining ishini to’xtatib qo’ya
olar edi. Lekin nurlanishning fizik tabiati qanday? U moddaning tuzilishi bilan
qanday bog’langan? Bu savollarga faqat moddaning eng mayda zarralarini
tekshirish yo’li bilangina javob berish mumkin edi. Atomlar ana shunday zarra edi.
Ularni yanada chuqurroq o’rganishga buyuk rus olimi D.I.Mendeleev asos soldi. U
1869 yildayoq barcha ximiyaviy elementlarning atom og’irliklari o’rtasida
bog’liklik mavjudligini kashf etdi va muntazam davriy sistemani yaratdi, bu sistema
uning nomi bilan ataldi.
XX asr boshlarida birinchi mikrozarra-elektron kashf etildi. Ko’p o’tmay
radioaktiv elementlar parchalangan vaqtda xuddi ana shu elektronlar ajralib
chiqqanligi ma’lum bo’ldi. Ingliz fizigi E.Rezerford hamma atomlar og’ir yadroga
ega ekanligini isbotladi. U atomning planetar modelini yasadi, bu modelda yadro
(«quyosh») atrofida elektronlar aylanar edi. Daniyalik fizik N.Bor tuzatish kiritdi:
uning modelida elektronlar bir orbitadan ikkinchisiga sakrab o’tib, bunda energiya
porsiyasini chiqaradi. Bu klassik Nyuton fizikasi bilan tamomila ajralish edi, bu
fizikaning qonunlari mikrodunyo uchun to’g’ri kelmay qoldi. 1905 yilda nemis
olimi A.Eynshteyn nisbiylik nazariyasining asosiy g’oyalarini e’lon qildi, u fazo
bilan vaqtning xususiyatlari moddiy ob’ektlarning harakatiga bog’liqdir.
Biologiyada ham tub o’zgarishlar yuz bermokda edi. Darvinizm g’oyalari asta-
sekin g’alaba qilib bordi. Lekin irsiy belgilarning o’tish mexanizmi to’g’risidagi
masalalarning murakkab kompleksi saqlanib qolmoqda edi. G.Mendelning ba’zi
irsiyat qonunlarini kashf etishi yangi fan-genetikaning rivojlanishiga asos soldi.
Bu davrda fanda qilinayotgan yangiliklar asosida sanoat ham rivojlana boshladi.
To’qimachilik sanoati mashinalar bilan ta’minlanishi jihatidan uzoq vaqt ilg’or
sanoat bo’lib qoldi. Bu sanoatda birin-ketin mashinalar ixtiro qilingan. Yigiruv
,
Ilmiybaza.uz
mashinasi shu qadar takomillashtirdiki, bunday sharoitda ishchining xom ashyo
keltirib turish va tayyor mahsulotni yig’ishtirib olishdan boshqa ishi edi. Gazlamaga
qo’lda gul tikish o’rniga mashinada rasm bosish usuli joriy etildi. Fransiyada rasm
bosmasdan turib, iplarni chatishtirish yo’li bilan naqshli to’qiydigan mashina ixtiro
qilindi. Nihoyat, mashina kishining qo’lidan ipni tika boshladi: XIX asrning
o’rtalarida tikuv mashinalari yaratildi. Bu mashinalar uy mehnatida ham,
fabrikalarda ham ishlatila boshlandi. Metall ishlab chiqarish sohasida juda katta
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Temir ishlab chiqarish ilgaridan ikki vazifaga bo’lingan
edi: temir rudasidan cho’yan olinar va cho’yandan temir hamda po’lat hosil qilinar
edi. Pechlarga havo haydash uchun asrlar davomida domlardan foydalanib kelindi.
Ular suv charxi bilan harakatga keltirilar edi. XVIII asrning oxirida havo haydash
mashinalari paydo bo’ldi. XIX asrning o’rtalarida esa issiq havo haydash usuli
qo’llanila boshlandi: domnalarga haydaladigan havo maxsus apparatlarda
kauperlarda qizdirilar edi. Bu apparatlar domna pechidan chiqib ketayotgan gazlar
hisobiga ishlar edi. Domnalarda yonilg’i sarflash keskin kamayib ketdi. 1855 yilda
ingliz Bessemir cho’yanni temir va po’latga aylantirib turadigan qayta ishlashni
harakatlantirib turadigan idishda konvertorda unga siqilgan havo puflab amalga
oshirishni taklif qildi. XIX asr tarixga temir va bug’ asri bo’lib kirdi.
Jamiyat taraqqiyoti bilan jahondagi ilg’or mamlakatlar zich temir yo’l izlari bilan
qoplandi. 1830 yilda temir yo’llarning uzunligi 40 ming kilometrgacha 1870 yilda
esa 210 ming kilometrgacha ortdi. Daryo va dengiz transporti rivojlandi. 60- yillarda
eshkak gildiraklari o’rniga eshkak vintidan foydalanildi. Paroxodlarning korpuslari
temir va po’latdan yasala boshlandi. Ammo 1870 yilda elkanli flotning tonnaji (15
million tonna) bug’ bilan yuradigan floti tonnajidan(2,5 million tonnaga yaqin) hali
ancha ortiq edi. Jamiyatdagi bu kabi yangiliklar yangi aloqa vositalarini ham talab
etdi. Bu vositalar asrlar davomida o’zgarmagan edi deyish mumkin. Muhim va
shoshilinch xabarlar kurerlar orqali va signal beradigan gulxanlar yordamida
ma’lum qilinar edi. XVIII asrning oxirida Fransiya va Rossiyada semafor telegrafi
yaratildi. Semafor telegrafini ishlatish usuli kemalar o’rtasida bayroqchalar
yordamida signal berishga o’xshar edi. Baland minoralarga taxtachalar osib qo’yilar