V.Motsart ijodi. .(1756-1792)

Yuklangan vaqt

2024-09-03

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

21

Faytl hajmi

41,6 KB


 
 
 
 
 
 
V.Motsart ijodi. .(1756-1792) 
 
 
 
Ko’riladigan masalalar 
 1. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati. 
2. Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y). 
3. Kompozitor musiqasining uslubiy xususiyatlari. 
4. V.A. Motsartning opera,simfoniyalari.  
  
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar : Simfoniya, trilogiya, lamentatsiya, 
kyurfyurst, opera, dramatik obrazlar, arxepiskop, sonat, aklavesin, kamerdiner, 
skripka, fleyta, organ, p’esa, zingshpil, divertisment, serenada provansalcha, kolorit, 
meshchan, akademiz, burjuaziya, postanovka, rechitativ, novella, xabanera, goblas, 
polo, progressiv, simfoniya . 
 
1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Jahon musiqa madaniyati 
tarixida Motsart ijodining ahamiyati xaqida so’zlab tushuntirib berish. 
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
1.1. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati xaqida bayon 
qiladi. 
  
 1-asosiy masalaning bayoni: 
    
Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati. Buyuk 
kompozitor Volfgang Amadey Motsart o’zining qisqa, ammo ajoyib hayoti davomida 
V.Motsart ijodi. .(1756-1792) Ko’riladigan masalalar 1. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati. 2. Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y). 3. Kompozitor musiqasining uslubiy xususiyatlari. 4. V.A. Motsartning opera,simfoniyalari. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar : Simfoniya, trilogiya, lamentatsiya, kyurfyurst, opera, dramatik obrazlar, arxepiskop, sonat, aklavesin, kamerdiner, skripka, fleyta, organ, p’esa, zingshpil, divertisment, serenada provansalcha, kolorit, meshchan, akademiz, burjuaziya, postanovka, rechitativ, novella, xabanera, goblas, polo, progressiv, simfoniya . 1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati xaqida so’zlab tushuntirib berish. Identiv o’quv maqsadlari: 1.1. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati xaqida bayon qiladi. 1-asosiy masalaning bayoni: Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati. Buyuk kompozitor Volfgang Amadey Motsart o’zining qisqa, ammo ajoyib hayoti davomida
 
 
turli janrlarda 600 ga yaqin musiqa asarlarini yaratdi. Ular ichidan eng ommalashib 
ketganlarini aniq nomlarini bilmasak ham, turli parchalarni ko’p marta tinglaganmiz 
va hammamiz yaxshi bilamiz. Bular : “ Figaroning uylanishi”, “ Sehrli nay” operalari 
va o’zining betakrorligi bilan ajralib turuvchi -- “ Rekviem” dir.  
  Buyuk ijodkorning hayoti, yanada ko’proq uning o’limi tafsilotlari odamlarda 
odamlarda katta qiziqish uyg’otadi. Motsart o’limi jumbog’iga birinchilardan bo’lib 
o’zining “ Motsart va Saleri” asarida A.S. Pushkin murojaat qildi. Keyinroq, XX 
asrda, ingliz dramaturgi Piter Sheffer A.S. Pushkin asarini o’qib “ Amadeus” p’esasini 
yozdi. Bu asar hozirgi kungacha jahonning ko’plab teatrlari sahnasida katta 
muvaffaqiyat bilan qo’yilmoqda. 1984-yilda esa shu p’esa mazmuni asosida rejisser 
Milosh Forman “ Amadey “ filmini suratga oldi. Jahon kinomatografiyasining ushbu 
durdona asari turli nominatsiyalarda 7 ta “ Oskar” mukofotini oldi, shu jumladan, 
rejissura uchun ham mukofotlandi.  
  Hayotimizda deyarli har kuni Motsart yaratgan asarlar bilan to’qnash kelamiz. Bu 
musiqa radio orqali jaranglaydi. Uni televidenie orqali namoyish qilishadi. Engil, 
quvnoq, xushchaqchaq musiqa kayfiyatni ko’taradi, atrof dunyoni boshqacha ko’z 
bilan yordam beradi.  
  Barchamizning bu insonga uning shaxsiyatiga intilishimizning boisi nimada? Nega 
Motsartga bo’lgan qiziqish mana 250 yildan beri so’nmasdan kelmoqda! Buni bir so’z 
bilan tushuntirish mumkin: u—daho, bundaylar zaminimizda kamyob va shunisi bilan 
ular bizni o’ziga tortib turadi. 
Nazorat topshiriqlari: 
  1.1.1. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati xaqida so’zlab 
bering. 
1.1.2. V.A. Motsart xaqida yaratilgan adabiy asarlar va filmlar xaqida bayon qiling. 
2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: V.A.Motsartning ilk hayoti 
davri xaqida so’zlab tushuntirib beradi.  
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
2.1. V.A. Motsartning tarjimayi holi va bolalik yillari xaqida bayon qiladilar. 
turli janrlarda 600 ga yaqin musiqa asarlarini yaratdi. Ular ichidan eng ommalashib ketganlarini aniq nomlarini bilmasak ham, turli parchalarni ko’p marta tinglaganmiz va hammamiz yaxshi bilamiz. Bular : “ Figaroning uylanishi”, “ Sehrli nay” operalari va o’zining betakrorligi bilan ajralib turuvchi -- “ Rekviem” dir. Buyuk ijodkorning hayoti, yanada ko’proq uning o’limi tafsilotlari odamlarda odamlarda katta qiziqish uyg’otadi. Motsart o’limi jumbog’iga birinchilardan bo’lib o’zining “ Motsart va Saleri” asarida A.S. Pushkin murojaat qildi. Keyinroq, XX asrda, ingliz dramaturgi Piter Sheffer A.S. Pushkin asarini o’qib “ Amadeus” p’esasini yozdi. Bu asar hozirgi kungacha jahonning ko’plab teatrlari sahnasida katta muvaffaqiyat bilan qo’yilmoqda. 1984-yilda esa shu p’esa mazmuni asosida rejisser Milosh Forman “ Amadey “ filmini suratga oldi. Jahon kinomatografiyasining ushbu durdona asari turli nominatsiyalarda 7 ta “ Oskar” mukofotini oldi, shu jumladan, rejissura uchun ham mukofotlandi. Hayotimizda deyarli har kuni Motsart yaratgan asarlar bilan to’qnash kelamiz. Bu musiqa radio orqali jaranglaydi. Uni televidenie orqali namoyish qilishadi. Engil, quvnoq, xushchaqchaq musiqa kayfiyatni ko’taradi, atrof dunyoni boshqacha ko’z bilan yordam beradi. Barchamizning bu insonga uning shaxsiyatiga intilishimizning boisi nimada? Nega Motsartga bo’lgan qiziqish mana 250 yildan beri so’nmasdan kelmoqda! Buni bir so’z bilan tushuntirish mumkin: u—daho, bundaylar zaminimizda kamyob va shunisi bilan ular bizni o’ziga tortib turadi. Nazorat topshiriqlari: 1.1.1. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati xaqida so’zlab bering. 1.1.2. V.A. Motsart xaqida yaratilgan adabiy asarlar va filmlar xaqida bayon qiling. 2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: V.A.Motsartning ilk hayoti davri xaqida so’zlab tushuntirib beradi. Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. V.A. Motsartning tarjimayi holi va bolalik yillari xaqida bayon qiladilar.
 
 
2.2. V.A. Motsartning bolalik davridagi kontsert safarlari xaqida so’zlab beradilar. 
2-asosiy masalaning bayoni: 
  Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y). Volfgang Amadey 
Motsart 1756-yil 27-yanvarda Alp o’lkasida joylashgan, san’at asarlariga o’xshash 
daryolar, bog’ va o’rmonlar bilan o’ralgan Zaltsburg shaharchasida dunyoga keladi. 
Zaltsburg o’sha paytlarda kichkinagina knyazlikdan iborat bo’lib, unga Zaltsburg 
arxiepiskopi hukmronlik qilar edi. Motsartning otasi Leapold Motsart yaxshigina 
shuhrat qozongan skripkachi, organchi, pedagog bo’lib, graf Turnning Zaltsburgdagi 
katta amaldorlaridan birining saroy sozandasi va kamerdineri bo’lib ishlardi. 
Volfgang oiladagi ettinchi farzand edi. Uning deyarli barcha aka-ukalari va opa-
singillari go’daklik chog’laridayoq vafot etishgan, birgina opasi Mariya Anna tirik 
qolgan edi. Uni oilada erkalab, Nannerl deb chaqirishar edi. Qizcha undan 4 yarim 
yosh katta edi.  
  Volfgang va Nannerlning dastlabki musiqiy tarbiyasi otasining rahbarligida amalga 
oshadi. Nannerl 8 yoshidan klavesin chalishni o’rgana boshlaydi. Otani hayratlarga 
solgancha, 3 yarim yoshli bolakay opasi o’rgatgan barcha p’esalarni, eshitganlarini 
xatosiz holda takrorlay olardi. Kunlarning birida ota uyga o’z do’sti Shaxtner bilan 
kirib keladi. 
  4 yoshli Motsart stolda o’tirganicha nota qog’oziga pero bilan nimalarnidir yozardi. 
Siyohdonga faqat pero emas, bolaning barmoqlari ham botirilar edi. Otasining “Nima 
qilayapsan”, degan savoliga bola : “Klavesin uchun kontsert yozayapman”, deb javob 
beradi. Ota nota qog’ozi varag’ini qo’liga olib, bola yozuvi bilan tuzilgan, siyoh 
dog’lari bilan qoplangan notalarni ko’zdan kechiradi. Dastlab, unga va Shaxtnerga 
bularning barchasi bolalarcha o’yinqaroqlik bo’lib tuyuladi. Biroq diqqat bilan 
kuzatganidan keyin, uning ko’zlaridan xursandchilik yoshlari toma boshlaydi. 
“Qarang, janob Shaxtner”,-- deb yuzlanadi u do’stiga,-- bularning barchasi to’g’ri, 
ma’noli-ku!”. 
  1762-yil yanvarda Volfgang 6 yoshga to’ladi, opasi esa 10 yarim yoshli bo’ladi. 
Ularning har ikkisi ham klavesin chalish texnikasini shu darajada egallashadiki, ota 
bolalar bilan birgalikda kontsert safari uyushtirish rejalarini tuzadi. Ular dastlab 
2.2. V.A. Motsartning bolalik davridagi kontsert safarlari xaqida so’zlab beradilar. 2-asosiy masalaning bayoni: Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y). Volfgang Amadey Motsart 1756-yil 27-yanvarda Alp o’lkasida joylashgan, san’at asarlariga o’xshash daryolar, bog’ va o’rmonlar bilan o’ralgan Zaltsburg shaharchasida dunyoga keladi. Zaltsburg o’sha paytlarda kichkinagina knyazlikdan iborat bo’lib, unga Zaltsburg arxiepiskopi hukmronlik qilar edi. Motsartning otasi Leapold Motsart yaxshigina shuhrat qozongan skripkachi, organchi, pedagog bo’lib, graf Turnning Zaltsburgdagi katta amaldorlaridan birining saroy sozandasi va kamerdineri bo’lib ishlardi. Volfgang oiladagi ettinchi farzand edi. Uning deyarli barcha aka-ukalari va opa- singillari go’daklik chog’laridayoq vafot etishgan, birgina opasi Mariya Anna tirik qolgan edi. Uni oilada erkalab, Nannerl deb chaqirishar edi. Qizcha undan 4 yarim yosh katta edi. Volfgang va Nannerlning dastlabki musiqiy tarbiyasi otasining rahbarligida amalga oshadi. Nannerl 8 yoshidan klavesin chalishni o’rgana boshlaydi. Otani hayratlarga solgancha, 3 yarim yoshli bolakay opasi o’rgatgan barcha p’esalarni, eshitganlarini xatosiz holda takrorlay olardi. Kunlarning birida ota uyga o’z do’sti Shaxtner bilan kirib keladi. 4 yoshli Motsart stolda o’tirganicha nota qog’oziga pero bilan nimalarnidir yozardi. Siyohdonga faqat pero emas, bolaning barmoqlari ham botirilar edi. Otasining “Nima qilayapsan”, degan savoliga bola : “Klavesin uchun kontsert yozayapman”, deb javob beradi. Ota nota qog’ozi varag’ini qo’liga olib, bola yozuvi bilan tuzilgan, siyoh dog’lari bilan qoplangan notalarni ko’zdan kechiradi. Dastlab, unga va Shaxtnerga bularning barchasi bolalarcha o’yinqaroqlik bo’lib tuyuladi. Biroq diqqat bilan kuzatganidan keyin, uning ko’zlaridan xursandchilik yoshlari toma boshlaydi. “Qarang, janob Shaxtner”,-- deb yuzlanadi u do’stiga,-- bularning barchasi to’g’ri, ma’noli-ku!”. 1762-yil yanvarda Volfgang 6 yoshga to’ladi, opasi esa 10 yarim yoshli bo’ladi. Ularning har ikkisi ham klavesin chalish texnikasini shu darajada egallashadiki, ota bolalar bilan birgalikda kontsert safari uyushtirish rejalarini tuzadi. Ular dastlab
 
 
Myunxenga kelib kurfyurst Bavarskiy saroyida muvaffaqiyatli chiqishlar qilishadi. 
Leopold Motsart ta’til paytida Avstriya poytaxti safari taraddudi bilan band bo’ladi. 
  Motsart farzandlarining Venadagi birinchi chiqishlari katta shov-shuvga sabab 
bo’ldi. Bolalar a’yonlarning mehmonxonalarida, hatto qirol oilasida kontsertlar 
berishadi. Saroy hashamatlari orasida 6 yoshli artistning gavdasi odastdagidan ko’ra 
yanada nozik, zaif va jajji ko’rinar edi. 
  Volfgangning favqulodda san’ati hayajonlar bo’ronini hosil qildi. Barcha zafar va 
ommaviy hayajonlarga qaramasdan, bunday hayot bolalar uchun og’irlik qilardi. Ular 
dam olmasdan turib turli shaharlar va mamlakatlarga borishadi. Ketma-ket bir necha 
soat davomida ijrochilik va improvizatsiya qilashardi. ( U vaqtlarda kontsertlar 4-5 
soatlab davom etgan). Uylariga qaytishlari bilanoq, Leopold Motsart bolalarning 
mashg’ulotlari qat’iy va rejali tarzda amalga oshishi xaqida qayg’uradi. Bunda u faqat 
musiqani emas, balki maktab o’quv fanlarini ham nazardan chetda qoldirmaydi. 
Motsart o’qish, husnixat, frantsuz tili bilan shug’ullana boshlaydi. Uning eng yaxshi 
ko’rgan fani arifmetika edi. Volfgang hisobni qunt bilan o’rganadi va tez orada 4 
arifmetik amallarni egallaydi. U har kuni misol va masalalar bilan yozuv taxtasining 
har ikki tomonini to’ldirib tashlardi.  
   
Shu yilning yozida arxiepiskopdan yana bir marta ta’til uchun ruxsat so’rab, 
Leopold Motsart bolalar bilan nisbatan uzoqroq safarga otlanadi. Ularning oxirgi 
maqsadlari Parij edi. Past bo’yli, bir yonida jajjigina shamshirchasi hamda qo’ltig’ida 
uchburchakli bezagi bo’lgan, binafsharang atlas kamzul kiygan kokilli parikdagi 
kichkintoy Motsart klavesin yoniga dadil kelar, yoqimli, samimiyat bilan o’ng va chap 
tomonga ta’zim bajo qilib qo’yardi. U o’zining va boshqalarning asarlarini mahorat 
bilan ijro etar, notanish notalarni shunday engillik bilan o’qir ediki, go’yoki ular unga 
oldindan tanishdek tuyulardi. Berilgan mavzularda improvizatsiya qilar, ustiga ro’mol 
yopib qo’yilgan klaviaturada eng og’ir p’esalarni tiniq va xatosiz chalardi. 
   
Motsart Parijda barakali ijod qildi. 1764-yil boshida uning skripka va klavesin 
uchun dastlabki 4ta sonatasi nashrdan chiqdi. Zarvaraqda ularning etti yoshli bola 
tomonidan yozilgani ko’rsatib qo’yilgan edi. 
Myunxenga kelib kurfyurst Bavarskiy saroyida muvaffaqiyatli chiqishlar qilishadi. Leopold Motsart ta’til paytida Avstriya poytaxti safari taraddudi bilan band bo’ladi. Motsart farzandlarining Venadagi birinchi chiqishlari katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Bolalar a’yonlarning mehmonxonalarida, hatto qirol oilasida kontsertlar berishadi. Saroy hashamatlari orasida 6 yoshli artistning gavdasi odastdagidan ko’ra yanada nozik, zaif va jajji ko’rinar edi. Volfgangning favqulodda san’ati hayajonlar bo’ronini hosil qildi. Barcha zafar va ommaviy hayajonlarga qaramasdan, bunday hayot bolalar uchun og’irlik qilardi. Ular dam olmasdan turib turli shaharlar va mamlakatlarga borishadi. Ketma-ket bir necha soat davomida ijrochilik va improvizatsiya qilashardi. ( U vaqtlarda kontsertlar 4-5 soatlab davom etgan). Uylariga qaytishlari bilanoq, Leopold Motsart bolalarning mashg’ulotlari qat’iy va rejali tarzda amalga oshishi xaqida qayg’uradi. Bunda u faqat musiqani emas, balki maktab o’quv fanlarini ham nazardan chetda qoldirmaydi. Motsart o’qish, husnixat, frantsuz tili bilan shug’ullana boshlaydi. Uning eng yaxshi ko’rgan fani arifmetika edi. Volfgang hisobni qunt bilan o’rganadi va tez orada 4 arifmetik amallarni egallaydi. U har kuni misol va masalalar bilan yozuv taxtasining har ikki tomonini to’ldirib tashlardi. Shu yilning yozida arxiepiskopdan yana bir marta ta’til uchun ruxsat so’rab, Leopold Motsart bolalar bilan nisbatan uzoqroq safarga otlanadi. Ularning oxirgi maqsadlari Parij edi. Past bo’yli, bir yonida jajjigina shamshirchasi hamda qo’ltig’ida uchburchakli bezagi bo’lgan, binafsharang atlas kamzul kiygan kokilli parikdagi kichkintoy Motsart klavesin yoniga dadil kelar, yoqimli, samimiyat bilan o’ng va chap tomonga ta’zim bajo qilib qo’yardi. U o’zining va boshqalarning asarlarini mahorat bilan ijro etar, notanish notalarni shunday engillik bilan o’qir ediki, go’yoki ular unga oldindan tanishdek tuyulardi. Berilgan mavzularda improvizatsiya qilar, ustiga ro’mol yopib qo’yilgan klaviaturada eng og’ir p’esalarni tiniq va xatosiz chalardi. Motsart Parijda barakali ijod qildi. 1764-yil boshida uning skripka va klavesin uchun dastlabki 4ta sonatasi nashrdan chiqdi. Zarvaraqda ularning etti yoshli bola tomonidan yozilgani ko’rsatib qo’yilgan edi.
 
 
   
Parijdagi 5 oy davom etgan safar muvaffaqiyatlaridan ruhlangan Leopold 
Motsart 1764-yil aprelida bolalarni Londonga olib boradi. Angliyada Persell vafotidan 
keyin endilikda jahon e’tiboridagi o’z milliy kompozitorlari yo’q edi, vaholanki, XVII 
asrda London musiqa san’ati yuksak darajada rivojlangan shaxar xisoblanardi. Bu 
erda Volfgang Iogann Xristian Bax bilan tanishadi, u buyuk Iogann Sebastyanning 
o’g’li edi. Baxning klavesindagi mahoratli ijrolari bolada juda katta taasurot qoldiradi. 
Unga I.S.Baxning klavir sonatalari yoqib qoladi. Ular yorqin va hayotbaxsh, o’ynoqi 
va erka kuylarga boy, italyancha operalardagi ariyalarga o’xshab ketardi. Yoshlari 
orasidagi katta farqqa qaramasdan, ular tez orada qalin do’st bo’lib qolishadi. 
Ko’pincha ular ayni bir paytning o’zida musiqiy mavzuda ikki klavesinda 
improvizatsiya kuy ijro etishib, eshituvchilarning barchasini xayratda qoldirishar edi.  
 
Londonda sakkiz yoshli Volfgang yana oltita sonata yozadi. Ular klavesin uchun 
bo’lib, skripka yoki fleyta jo’rligida ijro etishga mo’ljallangan edi. Bundan tashqari u 
simfoniyalar yaratishga xam kirishib ketadi. Angliyada o’tkazilgan bir yil davomida 
boladagi musiqiy rivojlanish sezilarli tarzda olg’a ketdi.  
 
Bir joydan ikkinchi joyga muntazam ravishda ko’chib yurishlarga qaramasdan, 
bola otasining rahbarligida musiqa bilan xam, umumta’lim fanlari bilan xam uzluksiz 
shug’ullanishni kanda qilmadi.  
 
Mehmondo’st Angliya bilan xayrlashish qanchalik og’ir bo’lmasin, Leopold 
Motsartga Zaltsburg arxiepiskopi tomonidan berilgan ta’til muddati allaqachon o’tib 
bo’lgan edi. Golland elchisining qattiq iltimosining yuzidan o’tolmay, Leopold yo’l-
yo’lakay Gollandiya va Frantsiyaga kirib o’tishni xam rejalashtiradi. Ular Gaaga, 
Gent, Rotterdam, Amsterdam va boshqa shaxarlarda bo’lishadi. Hamma erlarda xam 
muvaffaqiyat juda yuksak bo’ladi. Ilgari Frantsiya va Angliyada bo’lganiday, bu erda 
ham bolalarni gulduros qarsaklar bilan kutib olishadi, ularning sha’nlariga maqtovlar 
yog’dirishadi.  
 
1766-yil noyabrda Parijda, Shvetsariya, Germaniyaning ko’plab shaxarlarida 
muvaffaiyatli chiqishlaridan so’ng, Motsartning oilasi jonajon Zaltsburg shaxriga 
qaytib keladi. Uyga qaytib kelganlari zaxotiyoq ota bolalar bilan jiddiy va rejali 
ishlarni boshlab yuboradi. Skripka, klavesin va organdagi mashg’ulotlar davom 
Parijdagi 5 oy davom etgan safar muvaffaqiyatlaridan ruhlangan Leopold Motsart 1764-yil aprelida bolalarni Londonga olib boradi. Angliyada Persell vafotidan keyin endilikda jahon e’tiboridagi o’z milliy kompozitorlari yo’q edi, vaholanki, XVII asrda London musiqa san’ati yuksak darajada rivojlangan shaxar xisoblanardi. Bu erda Volfgang Iogann Xristian Bax bilan tanishadi, u buyuk Iogann Sebastyanning o’g’li edi. Baxning klavesindagi mahoratli ijrolari bolada juda katta taasurot qoldiradi. Unga I.S.Baxning klavir sonatalari yoqib qoladi. Ular yorqin va hayotbaxsh, o’ynoqi va erka kuylarga boy, italyancha operalardagi ariyalarga o’xshab ketardi. Yoshlari orasidagi katta farqqa qaramasdan, ular tez orada qalin do’st bo’lib qolishadi. Ko’pincha ular ayni bir paytning o’zida musiqiy mavzuda ikki klavesinda improvizatsiya kuy ijro etishib, eshituvchilarning barchasini xayratda qoldirishar edi. Londonda sakkiz yoshli Volfgang yana oltita sonata yozadi. Ular klavesin uchun bo’lib, skripka yoki fleyta jo’rligida ijro etishga mo’ljallangan edi. Bundan tashqari u simfoniyalar yaratishga xam kirishib ketadi. Angliyada o’tkazilgan bir yil davomida boladagi musiqiy rivojlanish sezilarli tarzda olg’a ketdi. Bir joydan ikkinchi joyga muntazam ravishda ko’chib yurishlarga qaramasdan, bola otasining rahbarligida musiqa bilan xam, umumta’lim fanlari bilan xam uzluksiz shug’ullanishni kanda qilmadi. Mehmondo’st Angliya bilan xayrlashish qanchalik og’ir bo’lmasin, Leopold Motsartga Zaltsburg arxiepiskopi tomonidan berilgan ta’til muddati allaqachon o’tib bo’lgan edi. Golland elchisining qattiq iltimosining yuzidan o’tolmay, Leopold yo’l- yo’lakay Gollandiya va Frantsiyaga kirib o’tishni xam rejalashtiradi. Ular Gaaga, Gent, Rotterdam, Amsterdam va boshqa shaxarlarda bo’lishadi. Hamma erlarda xam muvaffaqiyat juda yuksak bo’ladi. Ilgari Frantsiya va Angliyada bo’lganiday, bu erda ham bolalarni gulduros qarsaklar bilan kutib olishadi, ularning sha’nlariga maqtovlar yog’dirishadi. 1766-yil noyabrda Parijda, Shvetsariya, Germaniyaning ko’plab shaxarlarida muvaffaiyatli chiqishlaridan so’ng, Motsartning oilasi jonajon Zaltsburg shaxriga qaytib keladi. Uyga qaytib kelganlari zaxotiyoq ota bolalar bilan jiddiy va rejali ishlarni boshlab yuboradi. Skripka, klavesin va organdagi mashg’ulotlar davom
 
 
ettiriladi. Musiqiy kompozitsiya jiddiy o’rganiladi. Shuningdek, arifmetika, tarix va 
geografiya mashg’ulotlari ham davom etadi. Bulardan tashqari, Volfgang lotin va 
italyan tillarini o’rganishga kirishadi . U davrlarda buni o’rganish kompozitor uchun 
majburiy edi. 
  1767-yilda Vena yosh gertsoginya Mariya Iozefaning Neapol qiroliga nikohlanishi 
munosabati bilan bo’ladigan saroy tantanalariga tayyorlanayotgan edi. Qulay 
daqiqalarni hisobga olgan holda, Leopold Motsart sentyabrda oilasi bilan Avstriya 
poytaxtiga yo’l oladi. Biroq safar muvaffaqiyatsiz chiqadi. Venada chechak kasali 
tarqalgandi. Bolalarni zudlik bilan shahardan olib ketishga to’g’ri keladi. Motsartlar 
oilasini Moraviyada joylashib qolishi uchun taklif bergan do’stlar paydo bo’lishadi. 
Biroq allaqachon vaqt qo’ldan ketgan edi. Opa ham uka ham suvchechakning og’ir 
shakli bilan og’rishadi, Volfgangning ko’zlarida asorat qoldiradi. Unga hatto bir 
umrga ko’rlik tahdid soladi. 10 kundan keyingina uning ko’rishi tiklana boshlaydi.  
   
1768-yil yanvarida Motsartlar oilasi Venaga qaytib keladi . Ammo Vena 
tomoshabinlarida opa va ukaning chiqishlariga bo’lgan qiziqish sovugan edi. Ularni 
o’z salonlariga taklif qiladiganlar keskin kamayib ketadi . Faqat rus elchisi knyaz 
Dmitriy Mixaylovich Golitsinning yosh Zaltsburgliklarga mehri saqlanib qoladi. 
Uning saroyida Volfgang va Nannerl uchun maxsus tashkil etilgan kontsert katta 
muvaffaqiyat bilan o’tadi, bu ma’lum darajada Venada zodagonlarning loqaydligiga 
berilgan munosib javob edi.  
 
Do’stlarinig yordami bilan Volfgang saroyda chiqish qilish imkoniga ega bo’ladi. 
Volfgangning asari Avstriyaning yangi imperatori Iosif II ga yoqib qoladi va u 12 
yoshli kompozitor asarlaridan birini Vena opera teatri sahnasida ijro etilishi xususida 
istak bildiradi. Opera uchun buyurtma olinishi katta muvaffaqiyat edi. Sho’x va 
qiziqarli “Soxta laqma” pe’sasiga to’xtashadi. Volfgang opera yozishga katta qiziqish 
bilan kirishadi. Alohida ansambllar va ariyalarning tuzilishidan tashqari, imkoniyat 
doirasida, kompozitor ularni o’z operalarining bo’lajak ijrochilariga xam ko’rsatib 
berardi. U yo’l-yo’lakay partituraga zaruriy o’zarishlarni kiritar, ularni u yoki bu 
xonandaning ovoz xususiyatlari bilan aniq uyg’unlashtirishga xarakat qilardi. Xamma 
ishlar oxirlab borardi. 
ettiriladi. Musiqiy kompozitsiya jiddiy o’rganiladi. Shuningdek, arifmetika, tarix va geografiya mashg’ulotlari ham davom etadi. Bulardan tashqari, Volfgang lotin va italyan tillarini o’rganishga kirishadi . U davrlarda buni o’rganish kompozitor uchun majburiy edi. 1767-yilda Vena yosh gertsoginya Mariya Iozefaning Neapol qiroliga nikohlanishi munosabati bilan bo’ladigan saroy tantanalariga tayyorlanayotgan edi. Qulay daqiqalarni hisobga olgan holda, Leopold Motsart sentyabrda oilasi bilan Avstriya poytaxtiga yo’l oladi. Biroq safar muvaffaqiyatsiz chiqadi. Venada chechak kasali tarqalgandi. Bolalarni zudlik bilan shahardan olib ketishga to’g’ri keladi. Motsartlar oilasini Moraviyada joylashib qolishi uchun taklif bergan do’stlar paydo bo’lishadi. Biroq allaqachon vaqt qo’ldan ketgan edi. Opa ham uka ham suvchechakning og’ir shakli bilan og’rishadi, Volfgangning ko’zlarida asorat qoldiradi. Unga hatto bir umrga ko’rlik tahdid soladi. 10 kundan keyingina uning ko’rishi tiklana boshlaydi. 1768-yil yanvarida Motsartlar oilasi Venaga qaytib keladi . Ammo Vena tomoshabinlarida opa va ukaning chiqishlariga bo’lgan qiziqish sovugan edi. Ularni o’z salonlariga taklif qiladiganlar keskin kamayib ketadi . Faqat rus elchisi knyaz Dmitriy Mixaylovich Golitsinning yosh Zaltsburgliklarga mehri saqlanib qoladi. Uning saroyida Volfgang va Nannerl uchun maxsus tashkil etilgan kontsert katta muvaffaqiyat bilan o’tadi, bu ma’lum darajada Venada zodagonlarning loqaydligiga berilgan munosib javob edi. Do’stlarinig yordami bilan Volfgang saroyda chiqish qilish imkoniga ega bo’ladi. Volfgangning asari Avstriyaning yangi imperatori Iosif II ga yoqib qoladi va u 12 yoshli kompozitor asarlaridan birini Vena opera teatri sahnasida ijro etilishi xususida istak bildiradi. Opera uchun buyurtma olinishi katta muvaffaqiyat edi. Sho’x va qiziqarli “Soxta laqma” pe’sasiga to’xtashadi. Volfgang opera yozishga katta qiziqish bilan kirishadi. Alohida ansambllar va ariyalarning tuzilishidan tashqari, imkoniyat doirasida, kompozitor ularni o’z operalarining bo’lajak ijrochilariga xam ko’rsatib berardi. U yo’l-yo’lakay partituraga zaruriy o’zarishlarni kiritar, ularni u yoki bu xonandaning ovoz xususiyatlari bilan aniq uyg’unlashtirishga xarakat qilardi. Xamma ishlar oxirlab borardi.
 
 
 
Xuddi shu vaqtda kutilmagan noxushlik boshlanadi. Shu aytgacha yosh 
musiqachiga omad kulib boqayotgan edi. Xamma undan bamisoli qiziqarli 
qo’g’irchoqqa qaraganday zavqlanishardi. Endi esa Volfgang 12 yoshga kirmoqda. 
Tez orada u o’z sohadosh musiqachilarining havfli dushmaniga aylanib qoladi. Uning 
shu yoshda operalar ijod qilishi va ularni qo’yishi hazil gapmi? “Soxta laqma” 
operasining qo’yilishiga nima bo’lsa xam yo’l qo’ymaslik lozim! 
 
Yaqindagina mo’’jizakor bola bilan iftixor qilib yurgan ayrim san’atkorlar, endi 
orqavarotdan bo’ladigan ziddiyatlarning murakkab kirdikorlarini ishga solib 
yuborishadi. Kelgindi Italiyalik maestrolarning aytganlariga xavola qilib, ular 
kichkina Motsartni musiqani o’zi yozmaganlikda ayblashadi. 12 yoshli bolaga opera 
yozish xaqidagi buyurtma g’arazli bo’lib, to’liq uydirma va yolg’ondan iborat deb 
mish-mish tarqataladi. Bu ayyor Zaltsburglik organchi o’g’lining o’rniga o’zi yozadi-
da, o’g’lining kelajagini ta’minlash uchun uning nomidan e’lon qiladi! Leopold 
Motsart o’kinch va darg’azablikdan o’zini yo’qotib qo’yadi. Shunday qilib, bosh 
repetitsiya tashkil bo’lmaydi. Teatr direktsiya va’da qilingan pullarni to’lashdan bosh 
tortadi. Bu batamom mag’lubiyat edi. 
  1769-yil yanvarda doktor Mesmerning uyida havaskor qo’shiqchilar kuchi bilan 
Volfgangning bir ko’rinishli “ Basten va Bastena “ zingshpilining namoyishi bo’lib 
o’tadi. Bu asar barchani ohangdorligi, Avstriya xalq qo’shiqlariga yaqinligi bilan asir 
qiladi. Volfgangning Zaltsburgga qaytib kelishi bilanoq, uning yutuq va qayg’ularini 
yuragiga yaqin oladigan arxiepiskop o’z kapellasidagi musiqachilarga “ Soxta laqma” 
operasini o’rganib olishlari uchun ko’rsatma beradi. Bu opera hozirgacha ham 
Zaltsburg sahnalarida qo’yilib kelinadi. 
 
 1770-yilda Leopold Motsart o’g’lini Italiyaga olib keladi. Italiya shaharlarida 
Volfgangning kontsertlari shov-shouvli muvaffaqiyatlarga erishadi. 14 yoshli o’smir 
taklif etayotgan dasturlar o’zining kengligi va murakkabligi bilan hammani hayratga 
soladi. Ularda faqat klavir chalish texnikasigina emas, balki bolaning ajoyib 
kompozitorlik mahorati, uning o’zigagina xos bo’lgan improvizatsiya qila bila olish 
qobiliyati ham namoyon bo’ladi.  
Xuddi shu vaqtda kutilmagan noxushlik boshlanadi. Shu aytgacha yosh musiqachiga omad kulib boqayotgan edi. Xamma undan bamisoli qiziqarli qo’g’irchoqqa qaraganday zavqlanishardi. Endi esa Volfgang 12 yoshga kirmoqda. Tez orada u o’z sohadosh musiqachilarining havfli dushmaniga aylanib qoladi. Uning shu yoshda operalar ijod qilishi va ularni qo’yishi hazil gapmi? “Soxta laqma” operasining qo’yilishiga nima bo’lsa xam yo’l qo’ymaslik lozim! Yaqindagina mo’’jizakor bola bilan iftixor qilib yurgan ayrim san’atkorlar, endi orqavarotdan bo’ladigan ziddiyatlarning murakkab kirdikorlarini ishga solib yuborishadi. Kelgindi Italiyalik maestrolarning aytganlariga xavola qilib, ular kichkina Motsartni musiqani o’zi yozmaganlikda ayblashadi. 12 yoshli bolaga opera yozish xaqidagi buyurtma g’arazli bo’lib, to’liq uydirma va yolg’ondan iborat deb mish-mish tarqataladi. Bu ayyor Zaltsburglik organchi o’g’lining o’rniga o’zi yozadi- da, o’g’lining kelajagini ta’minlash uchun uning nomidan e’lon qiladi! Leopold Motsart o’kinch va darg’azablikdan o’zini yo’qotib qo’yadi. Shunday qilib, bosh repetitsiya tashkil bo’lmaydi. Teatr direktsiya va’da qilingan pullarni to’lashdan bosh tortadi. Bu batamom mag’lubiyat edi. 1769-yil yanvarda doktor Mesmerning uyida havaskor qo’shiqchilar kuchi bilan Volfgangning bir ko’rinishli “ Basten va Bastena “ zingshpilining namoyishi bo’lib o’tadi. Bu asar barchani ohangdorligi, Avstriya xalq qo’shiqlariga yaqinligi bilan asir qiladi. Volfgangning Zaltsburgga qaytib kelishi bilanoq, uning yutuq va qayg’ularini yuragiga yaqin oladigan arxiepiskop o’z kapellasidagi musiqachilarga “ Soxta laqma” operasini o’rganib olishlari uchun ko’rsatma beradi. Bu opera hozirgacha ham Zaltsburg sahnalarida qo’yilib kelinadi. 1770-yilda Leopold Motsart o’g’lini Italiyaga olib keladi. Italiya shaharlarida Volfgangning kontsertlari shov-shouvli muvaffaqiyatlarga erishadi. 14 yoshli o’smir taklif etayotgan dasturlar o’zining kengligi va murakkabligi bilan hammani hayratga soladi. Ularda faqat klavir chalish texnikasigina emas, balki bolaning ajoyib kompozitorlik mahorati, uning o’zigagina xos bo’lgan improvizatsiya qila bila olish qobiliyati ham namoyon bo’ladi.
 
 
 
Boloniyada Motsart 2 oy mobaynida padre Martini bilan kontrapunktdan saboq 
oladi hamda kompozitsiya bo’yicha ancha murakkab imtihonlarni topshiradi. 
Mahalliy Filarmoniya akademiyasi uni o’z a’zosi qilib saylaydi. O’z navbatida 
Milandagi opera teatri direktsiyasi unga “ Mitridat, Ponti shohi” ( Rasin tragediyasi 
asosida) operasini tayyorlash uchun buyurtma beradi. Uni yaratar ekan, yosh 
kompozitor ongli ravishda o’sha paytdpagi italyancha “ jiddiy” operalar(opera seria) 
uslubiga mo’ljal oladi. Opera liq to’lgan zalda ketma-ket 20 marta qo’yiladi. 
Motsartning ikki yil keyinroq qo’yilgan ikkinchi operasi --“ Lyuchiy Sulla” ham 
oldingisidan ham kam zafar qozonmaydi. Shunga qaramay, yosh musiqachiga 
Italiyadan doimiy boshpana topishning imkoni bo’lmaydi. 
 
Motsart oilasining sayohat yillarida Leopold Motsartning tez-tez ketib 
qolishlariga keng fe’llik bilan qaraydigan arxiepiskop vafot etadi. Vafot etgan 
arxiepiskop o’rnini graf Ieronim Koloredo egallaydi. Ushbu badqovoq va takabbur 
boshliqning opera musiqachilarini ko’rishga toqati yo’q edi. U o’ziga bo’ysunadigan 
musiqachilarning opera yozish singari “ nomo’’tabar” mashg’ulotlarga, shuningdek, 
xorijiy teatrlarga vaqt sarflamasliklari kerak hisoblardi. Motsartlarga (ota va o’g’ilga) 
zudlik bilan Zaltsburgga qaytib kelishga buyruq beriladi. 1773-yilning martida 
Volfgang Italiyani bir umrga tark etadi. Xilma-xil taassurotlar, zo’r muvaffaqiyatlar 
hamda kelajakka bo’lgan ko’tarinki ishonch bilan to’lgan bolalik ortad qoladi. 
Hayotning yangi sahifalari boshlanadi.  
 
Volfgang 17 yoshga to’ladi. Shunda u shunchalik baland bo’yli bo’lmagan, 
ozg’in, yuzi to’la bo’lmasa-da kattagina o’spirin edi. Yuz ifodalari tez-tez o’zgarib 
turardi. Uning yirik moviy ko’zlari jiddiy va o’ychan boqardi. Biroq ular ijodiy 
ruhlanish alangasi bilan to’lganida, uning yuzlari ham go’zallashib ketardi. Afsuski 
o’zining buyuk iqtidori gullagan paytida Motsart sharoit taqozosiga ko’ra, 
kichkinagina, markazdan uzoqda qolgan shaharchada kunlarni bema’nilarcha 
o’tkazishga mahkum edi. Bu erdagi hamma narsa: qo’pol va zolim arxiepiskopga 
qullarcha itoatkorlik ham, mahalliy zodagonlarning ochko’zligi va johilligi ham 
yigitchaga azob berardi. Zaltsburgda opera teatri ham, ochiq kontsertlar ham qiziqarli 
Boloniyada Motsart 2 oy mobaynida padre Martini bilan kontrapunktdan saboq oladi hamda kompozitsiya bo’yicha ancha murakkab imtihonlarni topshiradi. Mahalliy Filarmoniya akademiyasi uni o’z a’zosi qilib saylaydi. O’z navbatida Milandagi opera teatri direktsiyasi unga “ Mitridat, Ponti shohi” ( Rasin tragediyasi asosida) operasini tayyorlash uchun buyurtma beradi. Uni yaratar ekan, yosh kompozitor ongli ravishda o’sha paytdpagi italyancha “ jiddiy” operalar(opera seria) uslubiga mo’ljal oladi. Opera liq to’lgan zalda ketma-ket 20 marta qo’yiladi. Motsartning ikki yil keyinroq qo’yilgan ikkinchi operasi --“ Lyuchiy Sulla” ham oldingisidan ham kam zafar qozonmaydi. Shunga qaramay, yosh musiqachiga Italiyadan doimiy boshpana topishning imkoni bo’lmaydi. Motsart oilasining sayohat yillarida Leopold Motsartning tez-tez ketib qolishlariga keng fe’llik bilan qaraydigan arxiepiskop vafot etadi. Vafot etgan arxiepiskop o’rnini graf Ieronim Koloredo egallaydi. Ushbu badqovoq va takabbur boshliqning opera musiqachilarini ko’rishga toqati yo’q edi. U o’ziga bo’ysunadigan musiqachilarning opera yozish singari “ nomo’’tabar” mashg’ulotlarga, shuningdek, xorijiy teatrlarga vaqt sarflamasliklari kerak hisoblardi. Motsartlarga (ota va o’g’ilga) zudlik bilan Zaltsburgga qaytib kelishga buyruq beriladi. 1773-yilning martida Volfgang Italiyani bir umrga tark etadi. Xilma-xil taassurotlar, zo’r muvaffaqiyatlar hamda kelajakka bo’lgan ko’tarinki ishonch bilan to’lgan bolalik ortad qoladi. Hayotning yangi sahifalari boshlanadi. Volfgang 17 yoshga to’ladi. Shunda u shunchalik baland bo’yli bo’lmagan, ozg’in, yuzi to’la bo’lmasa-da kattagina o’spirin edi. Yuz ifodalari tez-tez o’zgarib turardi. Uning yirik moviy ko’zlari jiddiy va o’ychan boqardi. Biroq ular ijodiy ruhlanish alangasi bilan to’lganida, uning yuzlari ham go’zallashib ketardi. Afsuski o’zining buyuk iqtidori gullagan paytida Motsart sharoit taqozosiga ko’ra, kichkinagina, markazdan uzoqda qolgan shaharchada kunlarni bema’nilarcha o’tkazishga mahkum edi. Bu erdagi hamma narsa: qo’pol va zolim arxiepiskopga qullarcha itoatkorlik ham, mahalliy zodagonlarning ochko’zligi va johilligi ham yigitchaga azob berardi. Zaltsburgda opera teatri ham, ochiq kontsertlar ham qiziqarli
 
 
ma’rifatli kishilar bilan uchrashuvlar ham yo’q edi. Shahardan ruxsatsiz chiqish, 
buning ustiga opera yozish navqiron Motsartga qat’iy taqiqlab qo’yilgandi.  
 
 Biroq kompozitsiya bilan jiddiy shug’ullanish davom etardi. Endilikda u asosan, 
cholg’u asarlar, ya’ni simfoniya va sonatalar, sho’x divertismentlar, ochiq havoda 
ijro etish uchun mo’ljallangan tabrik serenadalarini yaratardi. Ayni shu yillarda 
motsartona shakl shakllanib boradi. Sayohat qilgan yillarida turli mamlakatlarda 
to’plangan badiiy taassurotlar uning asarlarida ko’proq ko’zga tashlanib, ijodiy 
mustaqillik bilan omuxtalashib bormoqda edi. 
 
Arxiepiskopning buyrug’iga muvofiq, yigitcha cherkovdagi xor musiqasi uchun 
ko’plab asarlar yozishga majbur bo’ladi. Bunday asarlar shu lahzadayoq o’rganilar va 
ijro etilardi. Bu kelajakda operalar, ulug’vor xor sahnalari yozish uchun tayyorgarlik 
vazifasini bajargan... Shunga qaramay, Italiya shuhratidan keyin faqat birgina shularni 
(messa) yozish bilan shug’ullanish zerikarlidir. Yagona quvonch -- drama teatri edi. 
 
1774-yilda Gyotening xatlaridan tashkil topgan “Yosh Verterning iztiroblari” 
romani bosilib chiqiladi. Bu asar yosh muallifga butun Evropa shuhratini olib keldi. 
Romanning dadil yangiligi shunda ediki, qahramonning chuqur shaxsiy iztiroblari 
ijtimoiy hayotda hal qilib bo’lmaydigan ziddiyatlar bilan zich tarzda bog’lanib ketgan 
edi. Yorqin aql va katta qalb egasi bo’lgan yosh yigitcha-- Verter hayotdan ko’z 
yumadi. Buning sababi faqat baxtsiz sevgi bo’lib qolmasdan, ayni paytda atrof-muhit 
bilan kelisha olmaslik ham edi. Shunday qilib, romanda birinchi marotaba ijtimoiy 
tartiblar qoralanadi. 
 
Faqat adabiyotshunoslargina emas balki o’sha davrdagi barcha yosh ijodkorlar 
yangi erkin istiqbolga intilishadi. Ularning orasida Motsart ham bor edi. U o’zining 
navqiron yigitlik davridagi ijodida zamondoshlarini to’lqinlantirayotgan bezovtalik va 
shubhalarga bevosita javob beradi. Bu 17 yoshli kompozitornig yangi 4 ta 
simfoniyasida ochiq ko’zga tashlanadi. Shu yillardagi eng muvaffaqiyatli va o’ziga 
xos asarlardan biri -- sol minor (№25) simfoniyasidir. Unda qayg’uli, iztirobli 
kechinmalar, tuyg’ularning shiddati isyonkor va jo’shqin e’tirozlar bilan alashinadi. 
Ushbu simfoniyani Zaltsburg ommasi anglab etmadi. Uni kompozitorning otasi ham 
ma’qullagan emas. 
ma’rifatli kishilar bilan uchrashuvlar ham yo’q edi. Shahardan ruxsatsiz chiqish, buning ustiga opera yozish navqiron Motsartga qat’iy taqiqlab qo’yilgandi. Biroq kompozitsiya bilan jiddiy shug’ullanish davom etardi. Endilikda u asosan, cholg’u asarlar, ya’ni simfoniya va sonatalar, sho’x divertismentlar, ochiq havoda ijro etish uchun mo’ljallangan tabrik serenadalarini yaratardi. Ayni shu yillarda motsartona shakl shakllanib boradi. Sayohat qilgan yillarida turli mamlakatlarda to’plangan badiiy taassurotlar uning asarlarida ko’proq ko’zga tashlanib, ijodiy mustaqillik bilan omuxtalashib bormoqda edi. Arxiepiskopning buyrug’iga muvofiq, yigitcha cherkovdagi xor musiqasi uchun ko’plab asarlar yozishga majbur bo’ladi. Bunday asarlar shu lahzadayoq o’rganilar va ijro etilardi. Bu kelajakda operalar, ulug’vor xor sahnalari yozish uchun tayyorgarlik vazifasini bajargan... Shunga qaramay, Italiya shuhratidan keyin faqat birgina shularni (messa) yozish bilan shug’ullanish zerikarlidir. Yagona quvonch -- drama teatri edi. 1774-yilda Gyotening xatlaridan tashkil topgan “Yosh Verterning iztiroblari” romani bosilib chiqiladi. Bu asar yosh muallifga butun Evropa shuhratini olib keldi. Romanning dadil yangiligi shunda ediki, qahramonning chuqur shaxsiy iztiroblari ijtimoiy hayotda hal qilib bo’lmaydigan ziddiyatlar bilan zich tarzda bog’lanib ketgan edi. Yorqin aql va katta qalb egasi bo’lgan yosh yigitcha-- Verter hayotdan ko’z yumadi. Buning sababi faqat baxtsiz sevgi bo’lib qolmasdan, ayni paytda atrof-muhit bilan kelisha olmaslik ham edi. Shunday qilib, romanda birinchi marotaba ijtimoiy tartiblar qoralanadi. Faqat adabiyotshunoslargina emas balki o’sha davrdagi barcha yosh ijodkorlar yangi erkin istiqbolga intilishadi. Ularning orasida Motsart ham bor edi. U o’zining navqiron yigitlik davridagi ijodida zamondoshlarini to’lqinlantirayotgan bezovtalik va shubhalarga bevosita javob beradi. Bu 17 yoshli kompozitornig yangi 4 ta simfoniyasida ochiq ko’zga tashlanadi. Shu yillardagi eng muvaffaqiyatli va o’ziga xos asarlardan biri -- sol minor (№25) simfoniyasidir. Unda qayg’uli, iztirobli kechinmalar, tuyg’ularning shiddati isyonkor va jo’shqin e’tirozlar bilan alashinadi. Ushbu simfoniyani Zaltsburg ommasi anglab etmadi. Uni kompozitorning otasi ham ma’qullagan emas.
 
 
 
Zaltsburgliklar engil, ko’ngilochar musiqalarni xush ko’rishardi. Shuning uchun 
ham yosh kompozitor uchun birinchi navbatda sho’x divertismentlar (o’ziga xos 
syuitalar) va poetik serenadalar turadi. Ularda latif hayotbaxsh p’esalar nozik samimiy 
lirika bilan almashinib turadi. Besh yildan keyingina katta qiyinchiliklar bilan Motsart 
Zaltsburgdan ketish uchun ruxsat oladi. Myunxen va Mangeym orqali u Parijga 
jo’naydi. Bu gal uni onasi kuzatib boradi.  
 
Bu vaqtlarda Mangeym eng yirik musiqa markazlaridan biri edi. U erda ko’plab 
kuchli musiqachilar ijod qilishardi. Mangeym simfonik orkestri tom ma’noda shuhrat 
taratgan edi. Mangeymda yosh Motsart 15 yoshli Aloziya Veberni uchratadi. Aloziya 
go’zal ovoz sohibasi edi. Uning uchun yigitcha go’zal kontsert ariyalarini yozib 
beradi. Ayni paytda u Aloziyaga uylanishni xamda kelgusi operalarida uning 
qo’shiqlar kuylashini orzu qilardi. O’g’lining teatrdagi kambag’al ishchining qiziga 
uylanish xaqidagi niyati Leopold Motsartning jahlini chiqaradi. Tezroq Parijga ketish 
kerak! Biroq Parijda yosh kompozitor uchun ish yo’q edi. Bir necha oy mobaynida 
arzon mexmonxonaning ko’rimsiz nomerida arzimas darslar bilan qanoatlanishga 
majbur bo’ladi. Buning ustiga uni taqdirning yana bir yangi zarbasi kutardi -- uning 
onasi kasal bo’lib qoladi va tez orada vafot etadi. Ruhi cho’kkan holda u o’z yurtiga 
qaytadi. Barcha ko’rguliklarning ustiga Motsart bu vaqtda Aloziyaning opera malikasi 
bo’lib ulgurgani xamda turmushga chiqqanligini eshitadi. Shu paytlarda kyurfurst 
Bavarskiy Motsartga Yunon mifologiyasi syujetiga asoslangan “Idomeney Krit shohi” 
operasini yozishga buyurtma beradi.  
 
“Idomeney”ning prem’erasi 1781-yil 29-yanvarda bo’lib o’tadi. Birinchi 
tovushlaridanoq opera tinglovchilarning butun e’tiborini jalb qiladi. “Idomeney”ning 
porloq muvaffaqiyatidan keyin arxiepiskop uyida malay maqomidagi Motsartning 
ahvoli yanada chidab bo’lmas darajaga etadi. Uning iste’fo xaqidagi iltimoslari 
kamsitishlarning yangi oqimini vujudga keltiradi: arxiepiskopning yaqinlaridan biri 
graf Arko Motsartni xaqoratlarga ko’pib tashlaydi xamda g’azabi tutib turganda uni 
eshikdan tashqariga uloqtiradi. Bunga chiday olmagan Motsart Venaga ketadi. U 
Aloziyaning onasi xonim Veberning mo’’jazgina xonadonidan boshpana topadi. 
Oilada Aloziyaning bir necha singillari bo’lib, ulardan biri Konstanstsiya edi. 
Zaltsburgliklar engil, ko’ngilochar musiqalarni xush ko’rishardi. Shuning uchun ham yosh kompozitor uchun birinchi navbatda sho’x divertismentlar (o’ziga xos syuitalar) va poetik serenadalar turadi. Ularda latif hayotbaxsh p’esalar nozik samimiy lirika bilan almashinib turadi. Besh yildan keyingina katta qiyinchiliklar bilan Motsart Zaltsburgdan ketish uchun ruxsat oladi. Myunxen va Mangeym orqali u Parijga jo’naydi. Bu gal uni onasi kuzatib boradi. Bu vaqtlarda Mangeym eng yirik musiqa markazlaridan biri edi. U erda ko’plab kuchli musiqachilar ijod qilishardi. Mangeym simfonik orkestri tom ma’noda shuhrat taratgan edi. Mangeymda yosh Motsart 15 yoshli Aloziya Veberni uchratadi. Aloziya go’zal ovoz sohibasi edi. Uning uchun yigitcha go’zal kontsert ariyalarini yozib beradi. Ayni paytda u Aloziyaga uylanishni xamda kelgusi operalarida uning qo’shiqlar kuylashini orzu qilardi. O’g’lining teatrdagi kambag’al ishchining qiziga uylanish xaqidagi niyati Leopold Motsartning jahlini chiqaradi. Tezroq Parijga ketish kerak! Biroq Parijda yosh kompozitor uchun ish yo’q edi. Bir necha oy mobaynida arzon mexmonxonaning ko’rimsiz nomerida arzimas darslar bilan qanoatlanishga majbur bo’ladi. Buning ustiga uni taqdirning yana bir yangi zarbasi kutardi -- uning onasi kasal bo’lib qoladi va tez orada vafot etadi. Ruhi cho’kkan holda u o’z yurtiga qaytadi. Barcha ko’rguliklarning ustiga Motsart bu vaqtda Aloziyaning opera malikasi bo’lib ulgurgani xamda turmushga chiqqanligini eshitadi. Shu paytlarda kyurfurst Bavarskiy Motsartga Yunon mifologiyasi syujetiga asoslangan “Idomeney Krit shohi” operasini yozishga buyurtma beradi. “Idomeney”ning prem’erasi 1781-yil 29-yanvarda bo’lib o’tadi. Birinchi tovushlaridanoq opera tinglovchilarning butun e’tiborini jalb qiladi. “Idomeney”ning porloq muvaffaqiyatidan keyin arxiepiskop uyida malay maqomidagi Motsartning ahvoli yanada chidab bo’lmas darajaga etadi. Uning iste’fo xaqidagi iltimoslari kamsitishlarning yangi oqimini vujudga keltiradi: arxiepiskopning yaqinlaridan biri graf Arko Motsartni xaqoratlarga ko’pib tashlaydi xamda g’azabi tutib turganda uni eshikdan tashqariga uloqtiradi. Bunga chiday olmagan Motsart Venaga ketadi. U Aloziyaning onasi xonim Veberning mo’’jazgina xonadonidan boshpana topadi. Oilada Aloziyaning bir necha singillari bo’lib, ulardan biri Konstanstsiya edi.
 
 
Keyinroq Motsart unga uylandi. Kompozitor uch- to’rtta dars topishga muvofiq 
bo’ldi. Eng muhimi saroy milliy opera teatri uchun zingshpil -- “Saroydagi o’g’irlik” 
komik operasiga buyurtma oldi ” Saroydagi o’g’irlik” zingshpilida Motsart nemis 
milliy operasining asoschisi sifatida namoyon bo’ladi. U o’z asarlarida ohang 
jihatidan rivojlanib boruvchi ariyalarni, murakkab ansambllarni kiritadi. Qo’shiqlarga 
boy oddiy komediya uning talqinida xaqiqiy operaga aylandi. Prem’era 1882-yil 16-
iyunda bo’lib o’tadi. Tomoshabinlar uni gulduros qarsaklar bilan kutib oladi. Tez 
orada opera ko’plab teatrlarning sahnalarida qo’yila boshlaydi. Venadagi hayot oson 
kechmadi. Boylar xonadonlari va ochiq kontsertlardagi tez-tez uyushtiriladigan 
chiqishlar, o’quvchilar bilan o’tkaziladigan holda toydiruvchi mashg’ulotlar, xar-xil 
“voqeliklarga” bag’ishlangan tezkor asarlarni yozish, ertangi kunga nisbatan 
ishonchsizlik -- bularnig barchasi Motsartning unchalik yaxshi bo’lmagan sog’lig’ini 
emira boshlaydi. U shu kezda 30 yoshga to’lib bormoqda edi.  
Nazorat topshiriqlari: 
2.1.1. V.A. Motsartning tarjimayi holi va bolalik yillari xaqida bayon qiling. 
2.1.2. V.A. Motsartning bolalik davridagi kontsert safarlari xaqida so’zlab bering. 
2.1.3. V.A. Motsart oilasi xaqida so’zlab bering. 
2.2.1. V.A. Motsart hayotining ilk davrida yaratgan asarlarini bayon qiling 
2.2.2. V.A. Motsartning shaxsiy hayoti xaqida so’zlab bering. 
 
3-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: V.A. Motsart musiqasining 
uslubiy xususiyatlari xaqida tushuntirish. 
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
3.1. V.A. Motsart musiqasining uslubiy xususiyatlariga tasnif beradilar. 
3.2. V.A.Motsart operasi estetikasining Glyuk opera estetikasidan farqini izohlab 
beradilar.  
  
3-asosiy masalaning bayoni: 
Keyinroq Motsart unga uylandi. Kompozitor uch- to’rtta dars topishga muvofiq bo’ldi. Eng muhimi saroy milliy opera teatri uchun zingshpil -- “Saroydagi o’g’irlik” komik operasiga buyurtma oldi ” Saroydagi o’g’irlik” zingshpilida Motsart nemis milliy operasining asoschisi sifatida namoyon bo’ladi. U o’z asarlarida ohang jihatidan rivojlanib boruvchi ariyalarni, murakkab ansambllarni kiritadi. Qo’shiqlarga boy oddiy komediya uning talqinida xaqiqiy operaga aylandi. Prem’era 1882-yil 16- iyunda bo’lib o’tadi. Tomoshabinlar uni gulduros qarsaklar bilan kutib oladi. Tez orada opera ko’plab teatrlarning sahnalarida qo’yila boshlaydi. Venadagi hayot oson kechmadi. Boylar xonadonlari va ochiq kontsertlardagi tez-tez uyushtiriladigan chiqishlar, o’quvchilar bilan o’tkaziladigan holda toydiruvchi mashg’ulotlar, xar-xil “voqeliklarga” bag’ishlangan tezkor asarlarni yozish, ertangi kunga nisbatan ishonchsizlik -- bularnig barchasi Motsartning unchalik yaxshi bo’lmagan sog’lig’ini emira boshlaydi. U shu kezda 30 yoshga to’lib bormoqda edi. Nazorat topshiriqlari: 2.1.1. V.A. Motsartning tarjimayi holi va bolalik yillari xaqida bayon qiling. 2.1.2. V.A. Motsartning bolalik davridagi kontsert safarlari xaqida so’zlab bering. 2.1.3. V.A. Motsart oilasi xaqida so’zlab bering. 2.2.1. V.A. Motsart hayotining ilk davrida yaratgan asarlarini bayon qiling 2.2.2. V.A. Motsartning shaxsiy hayoti xaqida so’zlab bering. 3-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: V.A. Motsart musiqasining uslubiy xususiyatlari xaqida tushuntirish. Identiv o’quv maqsadlari: 3.1. V.A. Motsart musiqasining uslubiy xususiyatlariga tasnif beradilar. 3.2. V.A.Motsart operasi estetikasining Glyuk opera estetikasidan farqini izohlab beradilar. 3-asosiy masalaning bayoni:
 
 
  Kompozitor 
musiqasining 
uslubiy 
xususiyatlari. 
Motsart 
artistlarning 
musobaqalarida tengi yo’qligicha qolaverdi. Motsartona ijrolarning ko’tarinki 
jozibasi, bitmas-tuganmas ijodiy kashfiyotlar uni Vena ommasining sevimli 
musiqachisiga aylantirgan edi. Ohangdor ta’sirchanlik, ijrodagi xushxohanglik 
Motsart ijrosida o’sha davr klavesinchilariga xos bo’lgan texnikaning hayratli 
darajadagi sayqallanganligi bilan qo’shilib ketgan edi. Uning badihalari takrorlanmas 
darajada go’zal bo’lgan. Kontsert estradasining o’zidayoq bo’ladigan bevosita ijod, 
hayajonga to’lib turgan ommaning ko’z oldida yangi musiqa yaratish quvonchlari 
motsartona ijrolarga qandaydir alohida beqiyos joziba bag’ishlardi.  
   Kontsertlarda chiqish qilar ekan u har gal o’z asarida yangi p’esalarni ijro etishni 
burchi deb bilardi. Shuning uchun ham o’sha yillar klavir kompozitsiyalari : 
fortepiano va orkestr uchun kontsertlar, sonatalar, fantaziyalar, variatsiyalarning 
ustunligi bejiz emas. Yo’l-yo’lakay turli-tuman kamer ansabllari, triolar, kvartetlar, 
kvintetlar yaratilardi. 
 
1786-yilda Motsart abbat Lorentso da Ponte bilan tanishadi. U har tomonlama 
ma’lumotli shaxs, buning ustiga yaxshigina shoir bo’lgan. U italyancha matnlarga 
yozilgan Motsartning 3 ta operasiga librettolar tayyorlagan . Bular -- “ Figaroning 
uylanishi”, “ Don Juan” va “ Xamma shunday qiladi” operalari uchun librettolari. 
Operani nemis tilida qo’yish imkoniga ega bo’lmaganligi uchun Motsart buffa janriga 
murojaat qiladi. Da Ponte bilan birgalikda Motsart Bomarshening “ Figaroning 
uylanishi” trilogiyasining 2 chi qismida to’xtaydi. U biroz oldinroq--- 1784-yilda 
Parijda qo’yilgan edi.  
 
 Bomarshening mashhur p’esasi syujeti asosida opera yaratish g’oyasi Avstriyada 
reaktsiya hukmron bo’lgan bir sharoitda favqulodda jur’at talab qilishi sir emas. 
Bomarshe komediyasi Frantsiyadagi 1789-yilgi burjua inqilobi arafasida feodal-
aristokratik tarkiblarni fosh qilishda juda katta rol o’ynaydi xamda uchinchi tabaqa 
qo’lidagi inqilobiy bayroq vazifasini o’tadi. 
 
Da Ponte librettosida komediyaning ijtimoiy o’tkirligi bir ozgina silliqlangan 
bo’lasa-da, eng asosiysi -- beshafqat ho’jayinlar, zodagonlar bilan aqlli, epchil 
kelishgan xizmatchilarni o’zaro qarshi qo’yish saqlab qolingan.  
Kompozitor musiqasining uslubiy xususiyatlari. Motsart artistlarning musobaqalarida tengi yo’qligicha qolaverdi. Motsartona ijrolarning ko’tarinki jozibasi, bitmas-tuganmas ijodiy kashfiyotlar uni Vena ommasining sevimli musiqachisiga aylantirgan edi. Ohangdor ta’sirchanlik, ijrodagi xushxohanglik Motsart ijrosida o’sha davr klavesinchilariga xos bo’lgan texnikaning hayratli darajadagi sayqallanganligi bilan qo’shilib ketgan edi. Uning badihalari takrorlanmas darajada go’zal bo’lgan. Kontsert estradasining o’zidayoq bo’ladigan bevosita ijod, hayajonga to’lib turgan ommaning ko’z oldida yangi musiqa yaratish quvonchlari motsartona ijrolarga qandaydir alohida beqiyos joziba bag’ishlardi. Kontsertlarda chiqish qilar ekan u har gal o’z asarida yangi p’esalarni ijro etishni burchi deb bilardi. Shuning uchun ham o’sha yillar klavir kompozitsiyalari : fortepiano va orkestr uchun kontsertlar, sonatalar, fantaziyalar, variatsiyalarning ustunligi bejiz emas. Yo’l-yo’lakay turli-tuman kamer ansabllari, triolar, kvartetlar, kvintetlar yaratilardi. 1786-yilda Motsart abbat Lorentso da Ponte bilan tanishadi. U har tomonlama ma’lumotli shaxs, buning ustiga yaxshigina shoir bo’lgan. U italyancha matnlarga yozilgan Motsartning 3 ta operasiga librettolar tayyorlagan . Bular -- “ Figaroning uylanishi”, “ Don Juan” va “ Xamma shunday qiladi” operalari uchun librettolari. Operani nemis tilida qo’yish imkoniga ega bo’lmaganligi uchun Motsart buffa janriga murojaat qiladi. Da Ponte bilan birgalikda Motsart Bomarshening “ Figaroning uylanishi” trilogiyasining 2 chi qismida to’xtaydi. U biroz oldinroq--- 1784-yilda Parijda qo’yilgan edi. Bomarshening mashhur p’esasi syujeti asosida opera yaratish g’oyasi Avstriyada reaktsiya hukmron bo’lgan bir sharoitda favqulodda jur’at talab qilishi sir emas. Bomarshe komediyasi Frantsiyadagi 1789-yilgi burjua inqilobi arafasida feodal- aristokratik tarkiblarni fosh qilishda juda katta rol o’ynaydi xamda uchinchi tabaqa qo’lidagi inqilobiy bayroq vazifasini o’tadi. Da Ponte librettosida komediyaning ijtimoiy o’tkirligi bir ozgina silliqlangan bo’lasa-da, eng asosiysi -- beshafqat ho’jayinlar, zodagonlar bilan aqlli, epchil kelishgan xizmatchilarni o’zaro qarshi qo’yish saqlab qolingan.
 
 
 
“Figaroning uylanishi” operasi tashqi tomondan buffa operalari an’anasida 
yozilgan bo’lsa-da, musiqiy-dramatik yangilanish tamoyillariga ko’ra u XVIII asr 
musiqy teatri tarixida mutlaqo yangi voqea sifatida namoyon bo’lgan edi. “Saroydagi 
o’g’irlik”da qo’yilgan tamoyillarni rivojlantirar ekan, Motsart “ Figaroning 
uylanishi”da realistik komediya yaratadi. Undagi har bir harakatlanuvchi shaxs 
o’zining shaxsiy musiqiy tavsifiga ega bo’ladi.  
 
Opera prem’erasi 1786-yil 1-mayda bo’lib o’tadi. U juda katta muvaffaqiyat 
qozonadi. Figaroning mashhur “Sho’x bola” ariyasi Vena ko’chalarida mayxona va 
restoranlarda ijro etilardi.  
 
O’sha paytlarda yirik markazlardan biri – Chexiyaning poytaxti Pragada “ 
Figaroning uylanishi” birinchi qo’yishdayoq katta shuhrat qozondi. 1786-1787-
yillarning butun mavsumi davomida uzluksiz qo’yildi. “ Figaroning uylanishi” dagi 
musiqa xalq musiqasiga aylanib ketdi.  
 
Motsart o’zining do’sti Ponte bilan 1787-yilda Praga opera teatri uchun maxsus 
“ Don Juan” operasini yaratadi. Motsart ko’plab syujetlarni ko’rib chiqadi, nihoyat, 
oxirida ispan dvoryani Don Juan xaqidagi afsonaga to’xtaydi. Dastlab bu afsonaga 
ispan dramaturgi Tirso da Molina dramatik ishlov bergan edi. Keyinroq unga 
“J.B.Moler va K. Galdoni murojaat etishgan. XIX asrda Don Juan obrazi Bayron, 
Lena va Pushkinni o’ziga jalb etadi.  
Opera janrida “ Don Juan” -- Motsartning buyuk yutug’idir. Agar “ Figaroning 
uylanishi” o’zining barcha yangiliklari bilan buffa opera janriga mansub, “ Saroydagi 
o’g’irlik” zinshpil, “Don Juan”ni esa muayyan bir janr turkumiga kiritish mumkin 
emas edi. Motsartning o’zi operani “ drama giokoso” (“ quvnoq drama”) deb atagan 
edi. Bu bilan u operaning dramatik mohiyatini ta’kidlab ko’rsatgan.  
 
 Motsartning opera estetikasi, uning Glyuk opera estetikasidan farqi. 
Hasadchilarning hiyla nayrangiga qaramay, nihoyat, imperator Motsartga Glyuk 
vafotidan so’ng bo’shab qolgan kamer-musiqachi lavozimini berishga qaror qildi. 
Lekin Glyuk oladigan ikki ming taler o’rniga Motsartga 800 taler belgilanadi, xolos. 
Umuman olganda, Iosif II ni buyuk bastakorning ijodi kam qiziqtirardi. Motsartning 
“Figaroning uylanishi” operasi tashqi tomondan buffa operalari an’anasida yozilgan bo’lsa-da, musiqiy-dramatik yangilanish tamoyillariga ko’ra u XVIII asr musiqy teatri tarixida mutlaqo yangi voqea sifatida namoyon bo’lgan edi. “Saroydagi o’g’irlik”da qo’yilgan tamoyillarni rivojlantirar ekan, Motsart “ Figaroning uylanishi”da realistik komediya yaratadi. Undagi har bir harakatlanuvchi shaxs o’zining shaxsiy musiqiy tavsifiga ega bo’ladi. Opera prem’erasi 1786-yil 1-mayda bo’lib o’tadi. U juda katta muvaffaqiyat qozonadi. Figaroning mashhur “Sho’x bola” ariyasi Vena ko’chalarida mayxona va restoranlarda ijro etilardi. O’sha paytlarda yirik markazlardan biri – Chexiyaning poytaxti Pragada “ Figaroning uylanishi” birinchi qo’yishdayoq katta shuhrat qozondi. 1786-1787- yillarning butun mavsumi davomida uzluksiz qo’yildi. “ Figaroning uylanishi” dagi musiqa xalq musiqasiga aylanib ketdi. Motsart o’zining do’sti Ponte bilan 1787-yilda Praga opera teatri uchun maxsus “ Don Juan” operasini yaratadi. Motsart ko’plab syujetlarni ko’rib chiqadi, nihoyat, oxirida ispan dvoryani Don Juan xaqidagi afsonaga to’xtaydi. Dastlab bu afsonaga ispan dramaturgi Tirso da Molina dramatik ishlov bergan edi. Keyinroq unga “J.B.Moler va K. Galdoni murojaat etishgan. XIX asrda Don Juan obrazi Bayron, Lena va Pushkinni o’ziga jalb etadi. Opera janrida “ Don Juan” -- Motsartning buyuk yutug’idir. Agar “ Figaroning uylanishi” o’zining barcha yangiliklari bilan buffa opera janriga mansub, “ Saroydagi o’g’irlik” zinshpil, “Don Juan”ni esa muayyan bir janr turkumiga kiritish mumkin emas edi. Motsartning o’zi operani “ drama giokoso” (“ quvnoq drama”) deb atagan edi. Bu bilan u operaning dramatik mohiyatini ta’kidlab ko’rsatgan. Motsartning opera estetikasi, uning Glyuk opera estetikasidan farqi. Hasadchilarning hiyla nayrangiga qaramay, nihoyat, imperator Motsartga Glyuk vafotidan so’ng bo’shab qolgan kamer-musiqachi lavozimini berishga qaror qildi. Lekin Glyuk oladigan ikki ming taler o’rniga Motsartga 800 taler belgilanadi, xolos. Umuman olganda, Iosif II ni buyuk bastakorning ijodi kam qiziqtirardi. Motsartning
 
 
butun saroy xizmatidagi vaqti mobaynida, unga faqat saroy shahar ballari chun bir 
necha 10ta raqslarga buyurtma beriladi.  
 
“ Don Juan” operasining muvaffaqiyati bastakorning moddiy holatini 
yaxshilamadi. Pragada ushlanib qolganligi tufayli Motsart deyarli barcha darslarini 
yo’qotdi. Xotini og’ir betob edi. Eski qarzlarga yangilari qo’shilardi. 
 
Ertangi kunga doimiy ishonchsizlik, tashvish va xavotirlar yildan yilga 
Motsartning noziklashib qolgan sog’lini zaiflashtirardi. U jadallik bilan ko’plab 
asarlar: turli yakka holda ijro etiluvchi musiqa cholg’ulari va orkestr uchun 
kontsertlar, kvartetlar va kvintetlar, ariya va qo’shiqlar, kichik raqslar yaratardi. Lekin 
barcha urinishlar befoyda edi. Noshirlar bastakorni har qadamda aldab, tunashardi. 
 
 Zamondoshlari tomonidan kam tushunilgan, so’nggi ansambllari --- kamer 
musiqasi shoh asarlari uchun Motsart o’z noshiridan kulgili darajada past bo’lgan 
qalam haqi oladi.  
 
So’nggi 3 ta simfoniya. 1788-yili yozi davomida Motsart 3 ta so’nggi 
simfoniyalarini yozadi: raqs ohanglari singdirilgan mi bemol major simfoniyasi XVIII 
asr simfonik musiqasida va XIX romantik simfonizmida ustunlik qiluvchi nodir 
hodisa bo’lgan. Motsartning eng mashhur lirik-dramatik sol minor simfoniyasi, do 
major monumental simfoniyasi (“ Yupiter”) nomini olgan edi, u uchlik fuga bilan 
omuxtalashuvchi ko’tarinki finalga ega edi. Uchta simfoniyada simfonik 
turkumlarning birligi muammosi hal qilingan .  
 
1790-yilning boshida Venada Motsartning Da Ponte librettosiga yozilgan yangi 
“ Hamma shunday qiladi” buffa operasi qo’yiladi. G’oyaviy jihatdan bu opera “ 
Figaroning uylanishi “ va “ Don Juan”dan pastroq bo’lsa-da, musiqiy tavsiflarning 
yorqinligi, individual aniqligiga, psixologik nozikligiga, ansambl mahoratiga ko’ra u 
motsartona musiqiy dramaturgiya tamoyillarini rivojlantiradi. Motsartning bu 
quvnoq, shuningdek, bir qator shodiyona sahnaviy vaziyatlarga boy seria operasi 
kompozitorning o’z hayoti bilan keskin nomuvofiqlikda edi: uning moddiy ahvoli 
og’ir va ahyon-ahyondagi chiqishlari esa hayotiy ehtiyojlarini qondirolmasdi.  
1791-yil yozida Chexiya qiroli Leopold II ning taxtga o’tirishi munosabati bilan 
Motsartga «Titning raxmdilligi» seria operasiga buyurtma beriladi (Metastazio 
butun saroy xizmatidagi vaqti mobaynida, unga faqat saroy shahar ballari chun bir necha 10ta raqslarga buyurtma beriladi. “ Don Juan” operasining muvaffaqiyati bastakorning moddiy holatini yaxshilamadi. Pragada ushlanib qolganligi tufayli Motsart deyarli barcha darslarini yo’qotdi. Xotini og’ir betob edi. Eski qarzlarga yangilari qo’shilardi. Ertangi kunga doimiy ishonchsizlik, tashvish va xavotirlar yildan yilga Motsartning noziklashib qolgan sog’lini zaiflashtirardi. U jadallik bilan ko’plab asarlar: turli yakka holda ijro etiluvchi musiqa cholg’ulari va orkestr uchun kontsertlar, kvartetlar va kvintetlar, ariya va qo’shiqlar, kichik raqslar yaratardi. Lekin barcha urinishlar befoyda edi. Noshirlar bastakorni har qadamda aldab, tunashardi. Zamondoshlari tomonidan kam tushunilgan, so’nggi ansambllari --- kamer musiqasi shoh asarlari uchun Motsart o’z noshiridan kulgili darajada past bo’lgan qalam haqi oladi. So’nggi 3 ta simfoniya. 1788-yili yozi davomida Motsart 3 ta so’nggi simfoniyalarini yozadi: raqs ohanglari singdirilgan mi bemol major simfoniyasi XVIII asr simfonik musiqasida va XIX romantik simfonizmida ustunlik qiluvchi nodir hodisa bo’lgan. Motsartning eng mashhur lirik-dramatik sol minor simfoniyasi, do major monumental simfoniyasi (“ Yupiter”) nomini olgan edi, u uchlik fuga bilan omuxtalashuvchi ko’tarinki finalga ega edi. Uchta simfoniyada simfonik turkumlarning birligi muammosi hal qilingan . 1790-yilning boshida Venada Motsartning Da Ponte librettosiga yozilgan yangi “ Hamma shunday qiladi” buffa operasi qo’yiladi. G’oyaviy jihatdan bu opera “ Figaroning uylanishi “ va “ Don Juan”dan pastroq bo’lsa-da, musiqiy tavsiflarning yorqinligi, individual aniqligiga, psixologik nozikligiga, ansambl mahoratiga ko’ra u motsartona musiqiy dramaturgiya tamoyillarini rivojlantiradi. Motsartning bu quvnoq, shuningdek, bir qator shodiyona sahnaviy vaziyatlarga boy seria operasi kompozitorning o’z hayoti bilan keskin nomuvofiqlikda edi: uning moddiy ahvoli og’ir va ahyon-ahyondagi chiqishlari esa hayotiy ehtiyojlarini qondirolmasdi. 1791-yil yozida Chexiya qiroli Leopold II ning taxtga o’tirishi munosabati bilan Motsartga «Titning raxmdilligi» seria operasiga buyurtma beriladi (Metastazio