VOKAL MUSIQASI.
Reja:
1. Vokal xor musiqasining rivojlanishi.
2. O’zbek romanslari.
3. A kapella,
4. Kantata.
5. Oratoriya.
6. Xor syuitalari.
1. Vokal xor musiqasining rivojlanishi. 30-yillardagi qo’shiq janri
bastakorlar hamda Toshkent konservatoriyasining talabalari -- yosh mualliflar
asarlaridan iborat bo’ldi.
30-yillarning o’rtalaridagi vokal asarlardan ovoz va fortepiano uchun
yaratilgan Mutal Burxonovning (u o’sha vaqtda Moskva konservatoriyasidagi
o’zbek opera studiyasida tahsil ko’rar edi) “Ey bulbul, girya makun” (A.Loxutiy
she’ri) romansi alohida ajralib turadi. Musiqasining ifodali va dilkashligi tufayli
bu asar ijrochilarning kontsert dasturidan mustahkam o’rin egalladi.
30-yillarning ikkinchi yarmida ovoz bilan orkestr uchun birinchi yirik asar
yaratildi. Bular Muxtor Ashrafiy va Nikolay Mironovning Shota Rustaveli
asariga yozilgan “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” vokal-simfonik
poemasi, hamda Mutal Burxonovning Mashrab g’azaliga yozgan “ Ishq o’ti”
balladasi edi. A.Kozlovskiy yuksak badiiy darajada qayta ishlagan xalq
qo’shiqlaridan “ Tanovar”, “O’zgancha”, “Gul yuz uzra”, “Fig’on” kabi vokal-
simfonik partituralarining paydo bo’lishi ham ana shu yillarga to’g’ri keladi.
O’zbekistonda keng ommaviylashib kelgan kuylarda kompozitor musiqani
rivojlantirishning boy imkoniyatlarini sezdi. Kozlovskiy kuylarning asl
mag’zini o’zgartirmay, simfonik orkestr vositasida shaklning keng ko’lamli
rivojlanishini va uning tiklanish jarayonini ko’rsatishga erishdi. Bunga
kuylarning o’zidagi xarakterli, ekpressiv ko’tarinkilik, ohanglar aro nafas
olishning cho’ziqligi, katta, ichki dinamikasi yordam berdi.
Kozlovskiy qayta ishlagan “ Tanovar” ayniqsa ommaviylashib ketdi. Uning
lirik ohangida farg’onacha qo’shiqlarning tipik xususiyatlari: shoshmay
namoyishlanish va asta-sekin avjga ko’tarilish, yumshoq, silliq pasayish bilan
almashinib turadigan, o’sib boruvchi og’ir ko’tarilishlar, ritmik tuzilmalar
nozikligi, avj paytidagi keng ohangdorlikning ifodaliligi hamda pasayishda
horg’in nafas olish mujassamlashgan. Xalq ijodining bu g’azal namunasini
garmoniyalashtirib, Kozlovskiy undagi ladning o’ziga xosligini saqlab qolishga
intiladi. Qo’shiqning frigiy ladi u uchun xarakterli bo’lgan, quyi tomon
yo’nalishi bilan bog’liq bo’lgan subdominanta gruppa akkordlaridan ko’proq
foydalanishini oldindan belgilab berdi. Bu xaqda orkestr muqaddimasining
boshlanishi guvohlik beradi.
Kozlovskiy asarlari folklorning jo’ngina “qayta ishlangan” namunasi emas,
balki tom ma’nodagi vokal-simfonik poemalar sifatida qabul qidlinadi. Maxsus
tayyorgarlik ko’ra olmagan tinglovchilar uchun ham hech qanday imtiyozsiz
yozilgan bu asar keng e’tibor qozondi. Unga Halima Nosirova tomonidan ajoyib
talqin etilgan vokal-partiya yordam berdi, Kozlovskiyning xalq kuyining o’zini
shu mashhur ijrochidan yozib olganligi ham katta ahamiyatga molikdir.
2. O’zbek romanslari. Ko’rilayotgan davrda, musiqa janrlari orasida
qo’shiq birinchi o’ringa chiqadi. Mazkur janr alohida “harakatchan”ligi,
voqeilikka hozir javobligi, obrazlar mazmuniga konkretlik va aniqlik kirituvchi
so’z bilan bog’liqligi, shaklning lo’nda va soddaligi tufayli ham kompozitorlar
ham tinglovchilar orasida ommaviylashishga sabab bo’ldi. Urushning dastlabki
3 oyidayoq, O’zbeksitonda ikki yuzdan ortiq yurish marshlari va mudofaa
qo’shiqlari yaratildi. Avvallari boshqa janrlarda ijod qilgan kompozitordlar ham
(V.Uspenskiy Georgiy Mushel), endilikda bajonidil qo’shiqqa murojaat qilishdi.
Vatanparvarlik tuyg’ulari, Ulug’ Vatan urushi yillari yuzaga kelgan o’zbek
xalq qo’shiqlarida, ayniqsa to’laqonli namoyon bo’ldi. Ularning aksariyatida,
mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnat, xususan ayollar mehnati,
jangchilarning jang maydonida ko’rsatayotgan jasorati mavzulari uzviy
bog’lanib ketadi.
Qo’shiq ijodiyotining bosh mavzulari qatorida vatan himoyasi g’alaba
yo’lidagi jasorat mavzui ham turadi. O’zbekiston kompozitorlari yaratayotgan
ayrim qo’shiqlar B.Gienko “Suvoriylar qo’shig’i (“ Kavaleriyskaya”),
V.Knyazev “ Qizil Armiyaga shonsharaflar” (“Krasnoy armii slava”), “Vatan
da’vati, Manas Leviev “Leningrad uchun” jangovor hayotning bevosita
qatnashchilari sifatida, Sovet qo’shinlariga og’ir yo’llardan bosib o’tishga
madad bo’ldi.
Asosan yagona bosh mavzuga murojaat qilingan bo’lsada, O’zbekiston
kompozitorlarining harbiy qo’shiqlari usluban xilma-xil edi: O’zbekiston
xududida o’zbek qo’shiqlaridan tashqari, yana rus-sovet ommaviy qo’shig’i,
ukraincha lirik qo’shiq va rus romansi an’anasidagi qo’shiqlar yuzaga kelar edi.
Qo’shiq ijodiyotida, madaniyatlarning o’zaro ta’sirlashish jarayoni, tezda
namoyon bo’ldi. Qo’shiq ijodining bir “tarmog’i” sifatida V. Uspenskiyning “
O’zbekiston”, A.Kozlovskiyning “Timoshenko xaqida vo’shiv” va “Adolatli
yurish”, G.Mushelning “ Onaga maktub” qo’shiqlarini ko’rsatish o’rinli.
Ikkinchi, birmuncha kengroq “tarmoq” Muxtor Ashrafiy, Mutal Burxonov,
Manas Leviev, Sulaymon Yudakov va boshqalarning qo’shiqlarida namoyon
bo’ladi. Yorqin misol sifatida, Mutal Burxonovning “Uyg’un so’ziga yozgan”, “
Jangchilar qo’shig’i” ni keltirish mumkin. Asarning milliy qo’shiqchilik
zaminlari (xarakterli lad va ohang tuzilmalari kuyning tipik kadanslari laddagi
tayanch bo’g’inlarining kvartali yo’nalishi) Sovet ommaviy qo’shig’iga xos
marshsimon, kvarta va sekstali kuy yo’nalishlari, naqoratdagi ikkiovozli
elementlari, akkordlarga boy jo’rnavozlik bilan uyg’unlashib ketadi.
O’zbek romansining ilk namunalari, Mutal Burxonovning Uyg’un she’riga
yozgan “Ishqida”, Sulaymon Yudakovning H.Yuusufiy she’riga yozgan
“Xabibiy tu manam” romanslari ham aynan shu zaminda yuzaga keldi.
Sulaymon Yudakovning A.Pushkin she’rlariga yozgan “Kuylama sohibjamol”,
“Gruziya tepaliklarida”, “Bulbul”, “Tungi sabo”, “Men bu erdaman Ineziliya”
romanslari harbiy davrga mansubdir. Mazkur asarlarda rus klassik romansi
an’analaridan ijodiy foydalanilgan.
3. A kapella. O’zbek musiqasida mazkur janrning yuzaga kelishi Mutal
Burxonov nomi bilan bog’liqdir . Uning bu sohadagi ilk tajribasi jo’rsiz xor
uchun qayta ishlagan (1952) oltita xalq qo’shig’i tez orada shuhrat qozondi.
Burxonov xorlari zaminida, O’rta osiyodagi turli xalqlarning kuylari yotadi.
Miniatyuralarning har biri yorqin, uzoq esda qolarli obraz yaratadi. Ixcham
jilvali “ Yorlarim”, “ Sho’xcham”, “Bibigul”, ehtirosli va nozik “Sari qo’xi
baland”, orzubaxsh “Zarragul” ajoyib o’zgaruvchan kayfiyatli “Go’zal qizga”
va nihoyat qizg’in quvnoqlikka to’la “Sayra” birin-ketin almashib keladi.
Kompozitorning azaldan bir-biriga yaqin bo’lgan xalqlar kuylari (ikkita o’zbek
ikkita tojik bitta qoraqalpoq va bitta uyg’ur) ga murojaat qilishi tasodifiy
bo’lmasa kerak. Bu turkum yaxlitligini ta’minlaydi. Burxonov qayta ishlagan
qo’shiqlar fakturasi ikki xil uslub: polifonik va gamofoniyali garmonik
uslublarining o’zaro bog’lanishi orqali tashkil topadi. Polifonik uslub - kichik
tuzilma, frazalarda ko’proq ishlatiladi; butkul shakl esa, kadanslar yordamida
bo’limlarga bo’linib, gamofonik musiqa uslublaridan tuziladi.
Burxonov O’rta Osiyo xalqlari milliy muisqasi xususiyatlari (lad,
intonatsiya, ritm, faktura) ni evropa xalqlarida yuksak rivojlangan ko’povozli
professional musiqa elementlari bilan uyg’unlashtirib, barcha ifoda
vositalarining usluban yaxlitligiga erishadi.
Burxonov keyingi yillarda ham xor janrida ishlashni davom ettirdi. Uning
jo’rsiz xorlari orasida qayta ishlangan ikkita eron xalq kuyi ajralib turadi. Bu
ikki asar “Osiyo musiqa minbari” ( Olmaota 1973) kontsertlarida ijro etilib, xar-
xil mamlakat va kontinetlarning xalqlari orasida badiiy tajribalarning o’zaro
almashinuvi unumli ekanligini namoyon qildi.
O’zbeksitonning boshqa kompozitorlari ham Burxonovdan ibrat olib,
uning ishini davom ettirdilar. Ikrom Akbarov, Sobir Boboev, A. Muxammedov
va O’zbek radiosi xori dirijeri Botir Umidjonov qator jo’rsiz xorlar yaratishdi.
4. Kantata. Yakka xonandalar, xor va orkestr uchun yozilgan yirik vokal
simfonik musiqa janri. Kantata xozirgi turmushning muhim voqealarini yoki
tarixiy davrni xor, ariya, ansambl va cholg’u musiqalarida tasvirlab beradi.
Kantataning xar bir qismi tugallangan bir ma’noga ega. Kantata tantanali, lirik
va epik xarakterda bo’ladi. Sovet kompozitorlari ijodiyotida kantata janri rivoj