1
VOKAL-XOR MALAKALARI VA ULARNING AHAMIYATI
REJA:
1. Vokal – xor malakalari haqida ma’lumot
2. Vokal-xor malakalarining turlari
3. Musiqa darsida vokal-xor malakalarining roli
4. Ashulachilik apparatining tuzilishi va ovoz hosil qilish.
Ma’ruza matni
Xor bo’lib kuylash murakkab psixologik-fiziologik jarayon hisoblanadi.
Musiqa madaniyati darslarida vokal-xor ishlari, o’quvchilarni ahloqiy-estetik
tarbiyasi o’qitishning eng faol shaklidir. Xor bo’lib qo’shiq kuylash o’quvchilarning
diqqat e’tiborini kuchaytiradi, xotirasi, nutqi rivojlaniradi, ovoz diapazoni
kengayiradi, musiqiy o’quvi o’stiradi, mutatsiya davri yengil o’tadi, dunyoqarashi
yildan-yilga shakllanib boradi. Vokal-xor malakalari musiqa darsida muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xor mashg’ulotlarida o’quvchilarning diqqat-e’tibori,
ongliligi va aktivligi oshadi, musiqiy xotirasi yaxshi rivojlanadi va o’rgangan
qo’shiqlarini ijro etganda, zavqlanish hissi paydo bo’ladi. Qo’shiq kuylaganda,
ijodiy ijrochilik hamkorligi kuchayadi va do’stona jamoaga birlashadi.
Vokal-xor malakalari yordamida o’quvchilar, qo’shiqni so’z ma’nosi va musiqa
ohangini chuqur idrok etadilar va asarni mazmuni orqali hayotni o’rganadilar.
Юqorida bayon etilgan natijalarga erishish uchun quyidagi vokal-xor malakalarini
shakllantirib borish va xor bo’lib kuylaganda bunga qattiq rioya qilish shart. CHunki
aynan vokal-xor malakalari vositasi bilangina yoqimli va ohangdosh, sof xor
jarangdorligiga erishish mumkin.
Vokal-xor malakalari 6 (olti) turga bo’linadi:
2
1.
Darsda qo’shiq kuylash holati
2.
Ashulachilik nafasi
3.
Ovoz hosil qilish
4.
Sozlanish
5.
Ansamblь
6.
Talaffuz.
1. Qo’shiq kuylash holati, deganda darsda o’quvchilarning o’tirishi va turish
holati nazarda tutiladi. O’tirib yoki turib kuylaganda bosh, qo’l va oyoqlarni qanday
tutish lozimligi haqida o’quvchilarga tushuntirish va doimo nazorat qilib, eslatib
turishdan iboratdir. Mazkur malakaning qoidalari gavdani qiyshaytirmasdan to’g’ri
turish, o’tirib kuylaganda parta suyanchig’iga suyanmasdan, yelkalarni yengil kerib,
iyakni ortiqcha ko’tarmasdan, bo’yin va boshni to’g’ri ushlash, qo’llarni erkin
pastga tushirish va kaftlarni tizzalar ustiga yengil qo’yib engashmasdan o’tirish va
oyoqlarni yelka kengligida erkin kuylash kabi holatlardan iboratdir.
2. Ashulachilik nafasi. Ma’lumki kuylashdagi nafas bilan fiziologik nafas
o’rtasida ma’lum darajada farq bor. Fiziologik nafas bola tug’ilgan kundan tabiiy
holda hayotining oxirigacha amal qila boshlaydi va aniq bir ritmdan ma’lum bir vaqt
oralig’ida sodir bo’ladi. Ashula aytishdagi nafas esa qo’shiq xarakteriga qarab, tez,
qisqa vaqt oralig’ida sodir bo’ladi. Nafas olish va uni chiqarish qo’shiq jumlasining
cho’zimiga, sur’atiga va harakterining ifodalanishiga qarab cho’ziladi. Sun’iy
nafasdan aktyorlar, suhandonlar va qo’shiqchilar foydalanadilar. SHuningdek,
sun’iy ya’ni ehtiyojga qarab olinadigan nafas, ashulachilik nafasi deyiladi.
Ashulachilik nafasining quyidagi turlari mavjud:
ko’krak nafasi; diaffragma
nafasi; qorin nafasi.
Kichik bolalarning ko’krak nafasi hali tor, qisqa ekanligi sababli, ular nafasni
ko’krak bilan oladilar, shu bois ashula aytganlarida yelkalarini ko’tarib, shoshilib va
qo’shiq jumlasini, so’zini bo’lib nafas olishlari tabiiydir. SHuning uchun bolalarning
yelkalarni ko’tarmasdan, osoyishta, vazmin nafas olishi va uni qo’shiq jumlasining
oxiriga qadar bir maromda yetkazish, ayniqsa so’zni bo’lib nafas olmaslikni o’rgatib
borishi lozim. Nafas olish malakasini ustida ishlash jarayonida bolalar diqqatini
3
ovozlarning kuychan, ravon, yoqimli jaranglashiga jalb etiladi. Buning uchun gulni
hidlagandek osoyishta va shovqinsiz nafas olishga o’rgatiladi. Ana shu malakani
amalga oshirishda darsliklarda, qo’llanmalarda tavsiya etilgan vokal-xor
mashqlarini kuylash, bolalar xorlarida ijro etilgan qo’shiqlarni magnit tasmalari
orqali tinglash kabi amaliy mashg’ulotlarda shakllantirib boriladi.
Bolalar mashq va qo’shiqlarni kuylaganda o’qituvchining qo’l ishoralarga
qarab nafas olishga va uni tejab, rasamati bilan jumla oxirigacha yetkazishga
odatlanib borishadi. Ayniqsa, dirijyorlik holatlari «diqqat», «auf», «ijroni boshlash»,
«ijroni tugatish»larga rioya etib kuylashga o’rgatish nafasini rejaga solish uchun
muhimdir. Bolalar nafasining hajmi imkoniyatlarini hisobga olgan holda mashq va
qo’shiqlarda nafas olish joylari oldindan belgilab qo’yiladi va ularni o’rgatish
jarayonida amalga oshiradi.
Ovoz hosil qilish.
Ovozni vujudga kelishi murakkab psixologik, fiziologik jarayondir. U ovoz
apparati (kekirdak, hiqildoq) va uning ichidagi konussimon ikkita ovoz pardasining
nafas (o’pka, traxeyalar, ko’krak qismi) va eshituv apparatlarining birgalikdagi
amaliyotida hosil bo’ladi. Tomoqda hosil bo’lgan tovush kuchsiz va xishillab,
sadolanib chiqadi, uning nutq apparati ayniqsa burun bo’shlig’i orqali tebranishi
kuchayadi va o’ziga xos tembr va jarangdorlik xususiyatiga ega bo’ladi. To’rt organ
– nafas, ovoz, nutq va eshituv apparatining o’zaro faoliyatidagi musiqiy oxangga
qo’yiladigan ovoz-ashulachilik ovozi deb ataladi.
1-sinfda o’quvchilarning ovozni zo’riqtirmasdan kuylatish uchun ashula aytishi
primar (solь1-lya1) bo’ladi, ishchi diapazoni (mi1-si1). Umumiy diapazon (re1-do2)
bo’lib, bunga me’yorida amal qilish lozim.
Bolalar bosh rezanatoriga asoslangan falьtsetga yaqin ovozda kuylaydilar.
Bolalarni kuylatganda faqat юmshoq attaka bilan boshlash lozim, hech qachon
qo’shiqni qattiq attaka bilan boshlamaslik kerak. Buni o’qituvchi nazorat qilib
borishi shart.
Sozlanish.