VOLFGANG AMADEY MOTSART IJODI.(1756-1792)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

18

File size

Fayl hajmi

37,9 KB


VOLFGANG AMADEY MOTSART IJODI.(1756-1792)
Reja:
 1. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati.
2. Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y).
3. Kompozitor musiqasining uslubiy xususiyatlari.
4. V.A. Motsartning opera,simfoniyalari. 
 
 
Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart  ijodining ahamiyati.  Buyuk
kompozitor  Volfgang  Amadey  Motsart  o’zining  qisqa,  ammo  ajoyib  hayoti
davomida turli janrlarda 600 ga yaqin musiqa asarlarini yaratdi. Ular ichidan eng
ommalashib ketganlarini aniq nomlarini bilmasak ham, turli parchalarni ko’p marta
tinglaganmiz va hammamiz yaxshi bilamiz. Bular : “ Figaroning uylanishi”, “ Sehrli
nay” operalari va o’zining betakrorligi bilan ajralib turuvchi -- “ Rekviem” dir. 
 Buyuk ijodkorning hayoti, yanada ko’proq uning o’limi tafsilotlari odamlarda
odamlarda katta qiziqish uyg’otadi. Motsart o’limi jumbog’iga birinchilardan bo’lib
o’zining “ Motsart va Saleri” asarida A.S. Pushkin murojaat qildi. Keyinroq, XX
asrda,  ingliz  dramaturgi  Piter  Sheffer  A.S.  Pushkin  asarini  o’qib  “  Amadeus”
p’esasini yozdi. Bu asar hozirgi kungacha jahonning ko’plab teatrlari sahnasida katta
muvaffaqiyat bilan qo’yilmoqda. 1984-yilda esa shu p’esa mazmuni asosida rejisser
Milosh Forman “ Amadey “ filmini suratga oldi. Jahon kinomatografiyasining ushbu
durdona asari turli nominatsiyalarda 7 ta “ Oskar” mukofotini oldi, shu jumladan,
rejissura uchun ham mukofotlandi. 
 Hayotimizda deyarli har kuni Motsart yaratgan asarlar bilan to’qnash kelamiz.
Bu musiqa radio orqali jaranglaydi. Uni televidenie orqali namoyish qilishadi. Engil,
quvnoq, xushchaqchaq musiqa kayfiyatni ko’taradi, atrof dunyoni boshqacha ko’z
bilan yordam beradi. 
Logotip
VOLFGANG AMADEY MOTSART IJODI.(1756-1792) Reja: 1. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati. 2. Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y). 3. Kompozitor musiqasining uslubiy xususiyatlari. 4. V.A. Motsartning opera,simfoniyalari. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati. Buyuk kompozitor Volfgang Amadey Motsart o’zining qisqa, ammo ajoyib hayoti davomida turli janrlarda 600 ga yaqin musiqa asarlarini yaratdi. Ular ichidan eng ommalashib ketganlarini aniq nomlarini bilmasak ham, turli parchalarni ko’p marta tinglaganmiz va hammamiz yaxshi bilamiz. Bular : “ Figaroning uylanishi”, “ Sehrli nay” operalari va o’zining betakrorligi bilan ajralib turuvchi -- “ Rekviem” dir. Buyuk ijodkorning hayoti, yanada ko’proq uning o’limi tafsilotlari odamlarda odamlarda katta qiziqish uyg’otadi. Motsart o’limi jumbog’iga birinchilardan bo’lib o’zining “ Motsart va Saleri” asarida A.S. Pushkin murojaat qildi. Keyinroq, XX asrda, ingliz dramaturgi Piter Sheffer A.S. Pushkin asarini o’qib “ Amadeus” p’esasini yozdi. Bu asar hozirgi kungacha jahonning ko’plab teatrlari sahnasida katta muvaffaqiyat bilan qo’yilmoqda. 1984-yilda esa shu p’esa mazmuni asosida rejisser Milosh Forman “ Amadey “ filmini suratga oldi. Jahon kinomatografiyasining ushbu durdona asari turli nominatsiyalarda 7 ta “ Oskar” mukofotini oldi, shu jumladan, rejissura uchun ham mukofotlandi. Hayotimizda deyarli har kuni Motsart yaratgan asarlar bilan to’qnash kelamiz. Bu musiqa radio orqali jaranglaydi. Uni televidenie orqali namoyish qilishadi. Engil, quvnoq, xushchaqchaq musiqa kayfiyatni ko’taradi, atrof dunyoni boshqacha ko’z bilan yordam beradi.
 Barchamizning bu insonga uning shaxsiyatiga intilishimizning boisi nimada?
Nega Motsartga bo’lgan qiziqish mana 250 yildan beri so’nmasdan kelmoqda! Buni
bir so’z bilan tushuntirish mumkin: u—daho, bundaylar zaminimizda kamyob va
shunisi bilan ular bizni o’ziga tortib turadi.
 
2--:
 Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y). Volfgang Amadey
Motsart 1756-yil 27-yanvarda Alp o’lkasida joylashgan, san’at asarlariga o’xshash
daryolar, bog’ va o’rmonlar bilan o’ralgan Zaltsburg shaharchasida dunyoga keladi.
Zaltsburg o’sha paytlarda kichkinagina knyazlikdan iborat bo’lib, unga Zaltsburg
arxiepiskopi hukmronlik qilar edi. Motsartning otasi Leapold Motsart yaxshigina
shuhrat qozongan skripkachi, organchi, pedagog bo’lib, graf Turnning Zaltsburgdagi
katta  amaldorlaridan  birining  saroy  sozandasi  va  kamerdineri  bo’lib  ishlardi.
Volfgang oiladagi ettinchi farzand edi. Uning deyarli barcha aka-ukalari va opa-
singillari go’daklik chog’laridayoq vafot etishgan, birgina opasi Mariya Anna tirik
qolgan edi. Uni oilada erkalab, Nannerl deb chaqirishar edi. Qizcha undan 4 yarim
yosh katta edi. 
 Volfgang va Nannerlning dastlabki musiqiy tarbiyasi otasining rahbarligida
amalga oshadi. Nannerl 8 yoshidan klavesin chalishni o’rgana boshlaydi. Otani
hayratlarga solgancha, 3 yarim yoshli bolakay opasi o’rgatgan barcha p’esalarni,
eshitganlarini xatosiz holda takrorlay olardi. Kunlarning birida ota uyga o’z do’sti
Shaxtner bilan kirib keladi.
 4 yoshli Motsart stolda o’tirganicha nota qog’oziga pero bilan nimalarnidir
yozardi.  Siyohdonga  faqat  pero  emas,  bolaning  barmoqlari  ham  botirilar  edi.
Otasining  “Nima  qilayapsan”, degan  savoliga  bola  :  “Klavesin  uchun  kontsert
yozayapman”, deb javob beradi. Ota nota qog’ozi varag’ini qo’liga olib, bola yozuvi
bilan tuzilgan, siyoh dog’lari bilan qoplangan notalarni ko’zdan kechiradi. Dastlab,
unga va Shaxtnerga bularning barchasi bolalarcha o’yinqaroqlik bo’lib tuyuladi.
Biroq diqqat bilan kuzatganidan keyin, uning ko’zlaridan xursandchilik yoshlari
toma boshlaydi. “Qarang, janob Shaxtner”,-- deb yuzlanadi u do’stiga,-- bularning
barchasi to’g’ri, ma’noli-ku!”.
 1762-yil yanvarda Volfgang 6 yoshga to’ladi, opasi esa 10 yarim yoshli bo’ladi.
Ularning har ikkisi ham klavesin chalish texnikasini shu darajada egallashadiki, ota
Logotip
Barchamizning bu insonga uning shaxsiyatiga intilishimizning boisi nimada? Nega Motsartga bo’lgan qiziqish mana 250 yildan beri so’nmasdan kelmoqda! Buni bir so’z bilan tushuntirish mumkin: u—daho, bundaylar zaminimizda kamyob va shunisi bilan ular bizni o’ziga tortib turadi. 2--: Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y). Volfgang Amadey Motsart 1756-yil 27-yanvarda Alp o’lkasida joylashgan, san’at asarlariga o’xshash daryolar, bog’ va o’rmonlar bilan o’ralgan Zaltsburg shaharchasida dunyoga keladi. Zaltsburg o’sha paytlarda kichkinagina knyazlikdan iborat bo’lib, unga Zaltsburg arxiepiskopi hukmronlik qilar edi. Motsartning otasi Leapold Motsart yaxshigina shuhrat qozongan skripkachi, organchi, pedagog bo’lib, graf Turnning Zaltsburgdagi katta amaldorlaridan birining saroy sozandasi va kamerdineri bo’lib ishlardi. Volfgang oiladagi ettinchi farzand edi. Uning deyarli barcha aka-ukalari va opa- singillari go’daklik chog’laridayoq vafot etishgan, birgina opasi Mariya Anna tirik qolgan edi. Uni oilada erkalab, Nannerl deb chaqirishar edi. Qizcha undan 4 yarim yosh katta edi. Volfgang va Nannerlning dastlabki musiqiy tarbiyasi otasining rahbarligida amalga oshadi. Nannerl 8 yoshidan klavesin chalishni o’rgana boshlaydi. Otani hayratlarga solgancha, 3 yarim yoshli bolakay opasi o’rgatgan barcha p’esalarni, eshitganlarini xatosiz holda takrorlay olardi. Kunlarning birida ota uyga o’z do’sti Shaxtner bilan kirib keladi. 4 yoshli Motsart stolda o’tirganicha nota qog’oziga pero bilan nimalarnidir yozardi. Siyohdonga faqat pero emas, bolaning barmoqlari ham botirilar edi. Otasining “Nima qilayapsan”, degan savoliga bola : “Klavesin uchun kontsert yozayapman”, deb javob beradi. Ota nota qog’ozi varag’ini qo’liga olib, bola yozuvi bilan tuzilgan, siyoh dog’lari bilan qoplangan notalarni ko’zdan kechiradi. Dastlab, unga va Shaxtnerga bularning barchasi bolalarcha o’yinqaroqlik bo’lib tuyuladi. Biroq diqqat bilan kuzatganidan keyin, uning ko’zlaridan xursandchilik yoshlari toma boshlaydi. “Qarang, janob Shaxtner”,-- deb yuzlanadi u do’stiga,-- bularning barchasi to’g’ri, ma’noli-ku!”. 1762-yil yanvarda Volfgang 6 yoshga to’ladi, opasi esa 10 yarim yoshli bo’ladi. Ularning har ikkisi ham klavesin chalish texnikasini shu darajada egallashadiki, ota
bolalar bilan birgalikda kontsert safari uyushtirish rejalarini tuzadi. Ular dastlab
Myunxenga kelib kurfyurst Bavarskiy saroyida muvaffaqiyatli chiqishlar qilishadi.
Leopold Motsart ta’til paytida Avstriya poytaxti safari taraddudi bilan band bo’ladi.
 Motsart farzandlarining Venadagi birinchi chiqishlari katta shov-shuvga sabab
bo’ldi.  Bolalar  a’yonlarning  mehmonxonalarida,  hatto  qirol  oilasida  kontsertlar
berishadi. Saroy hashamatlari orasida 6 yoshli artistning gavdasi odastdagidan ko’ra
yanada nozik, zaif va jajji ko’rinar edi.
 Volfgangning favqulodda san’ati hayajonlar bo’ronini hosil qildi. Barcha zafar
va ommaviy hayajonlarga qaramasdan, bunday hayot bolalar uchun og’irlik qilardi.
Ular dam olmasdan turib turli shaharlar va mamlakatlarga borishadi. Ketma-ket bir
necha  soat  davomida  ijrochilik  va  improvizatsiya  qilashardi.  (  U  vaqtlarda
kontsertlar 4-5 soatlab davom etgan). Uylariga qaytishlari bilanoq, Leopold Motsart
bolalarning mashg’ulotlari qat’iy va rejali tarzda amalga oshishi xaqida qayg’uradi.
Bunda u faqat musiqani emas, balki maktab o’quv fanlarini ham nazardan chetda
qoldirmaydi. Motsart  o’qish,  husnixat, frantsuz tili  bilan shug’ullana boshlaydi.
Uning eng yaxshi ko’rgan fani arifmetika edi. Volfgang hisobni qunt bilan o’rganadi
va tez orada 4 arifmetik amallarni egallaydi. U har kuni misol va masalalar bilan
yozuv taxtasining har ikki tomonini to’ldirib tashlardi. 
 Shu yilning yozida arxiepiskopdan yana bir marta ta’til uchun ruxsat so’rab,
Leopold Motsart bolalar bilan nisbatan uzoqroq safarga otlanadi. Ularning oxirgi
maqsadlari  Parij  edi.  Past  bo’yli,  bir  yonida  jajjigina  shamshirchasi  hamda
qo’ltig’ida uchburchakli bezagi bo’lgan, binafsharang atlas kamzul kiygan kokilli
parikdagi kichkintoy Motsart klavesin yoniga dadil kelar, yoqimli, samimiyat bilan
o’ng va chap tomonga ta’zim bajo qilib qo’yardi. U o’zining va boshqalarning
asarlarini mahorat bilan ijro etar, notanish notalarni shunday engillik bilan o’qir
ediki,  go’yoki  ular  unga  oldindan  tanishdek  tuyulardi.  Berilgan  mavzularda
improvizatsiya qilar, ustiga ro’mol yopib qo’yilgan klaviaturada eng og’ir p’esalarni
tiniq va xatosiz chalardi.
 Motsart Parijda barakali ijod qildi. 1764-yil boshida uning skripka va klavesin
uchun dastlabki 4ta sonatasi nashrdan chiqdi. Zarvaraqda ularning etti yoshli bola
tomonidan yozilgani ko’rsatib qo’yilgan edi.
Logotip
bolalar bilan birgalikda kontsert safari uyushtirish rejalarini tuzadi. Ular dastlab Myunxenga kelib kurfyurst Bavarskiy saroyida muvaffaqiyatli chiqishlar qilishadi. Leopold Motsart ta’til paytida Avstriya poytaxti safari taraddudi bilan band bo’ladi. Motsart farzandlarining Venadagi birinchi chiqishlari katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Bolalar a’yonlarning mehmonxonalarida, hatto qirol oilasida kontsertlar berishadi. Saroy hashamatlari orasida 6 yoshli artistning gavdasi odastdagidan ko’ra yanada nozik, zaif va jajji ko’rinar edi. Volfgangning favqulodda san’ati hayajonlar bo’ronini hosil qildi. Barcha zafar va ommaviy hayajonlarga qaramasdan, bunday hayot bolalar uchun og’irlik qilardi. Ular dam olmasdan turib turli shaharlar va mamlakatlarga borishadi. Ketma-ket bir necha soat davomida ijrochilik va improvizatsiya qilashardi. ( U vaqtlarda kontsertlar 4-5 soatlab davom etgan). Uylariga qaytishlari bilanoq, Leopold Motsart bolalarning mashg’ulotlari qat’iy va rejali tarzda amalga oshishi xaqida qayg’uradi. Bunda u faqat musiqani emas, balki maktab o’quv fanlarini ham nazardan chetda qoldirmaydi. Motsart o’qish, husnixat, frantsuz tili bilan shug’ullana boshlaydi. Uning eng yaxshi ko’rgan fani arifmetika edi. Volfgang hisobni qunt bilan o’rganadi va tez orada 4 arifmetik amallarni egallaydi. U har kuni misol va masalalar bilan yozuv taxtasining har ikki tomonini to’ldirib tashlardi. Shu yilning yozida arxiepiskopdan yana bir marta ta’til uchun ruxsat so’rab, Leopold Motsart bolalar bilan nisbatan uzoqroq safarga otlanadi. Ularning oxirgi maqsadlari Parij edi. Past bo’yli, bir yonida jajjigina shamshirchasi hamda qo’ltig’ida uchburchakli bezagi bo’lgan, binafsharang atlas kamzul kiygan kokilli parikdagi kichkintoy Motsart klavesin yoniga dadil kelar, yoqimli, samimiyat bilan o’ng va chap tomonga ta’zim bajo qilib qo’yardi. U o’zining va boshqalarning asarlarini mahorat bilan ijro etar, notanish notalarni shunday engillik bilan o’qir ediki, go’yoki ular unga oldindan tanishdek tuyulardi. Berilgan mavzularda improvizatsiya qilar, ustiga ro’mol yopib qo’yilgan klaviaturada eng og’ir p’esalarni tiniq va xatosiz chalardi. Motsart Parijda barakali ijod qildi. 1764-yil boshida uning skripka va klavesin uchun dastlabki 4ta sonatasi nashrdan chiqdi. Zarvaraqda ularning etti yoshli bola tomonidan yozilgani ko’rsatib qo’yilgan edi.
 Parijdagi  5  oy  davom  etgan  safar  muvaffaqiyatlaridan  ruhlangan  Leopold
Motsart  1764-yil  aprelida  bolalarni  Londonga  olib  boradi.  Angliyada  Persell
vafotidan keyin endilikda jahon e’tiboridagi o’z milliy kompozitorlari yo’q edi,
vaholanki, XVII asrda London musiqa san’ati yuksak darajada rivojlangan shaxar
xisoblanardi. Bu erda Volfgang Iogann Xristian Bax bilan tanishadi, u buyuk Iogann
Sebastyanning o’g’li edi. Baxning klavesindagi mahoratli ijrolari bolada juda katta
taasurot qoldiradi. Unga I.S.Baxning klavir sonatalari yoqib qoladi. Ular yorqin va
hayotbaxsh,  o’ynoqi  va  erka  kuylarga  boy,  italyancha  operalardagi  ariyalarga
o’xshab ketardi. Yoshlari orasidagi katta farqqa qaramasdan, ular tez orada qalin
do’st bo’lib qolishadi. Ko’pincha ular ayni bir paytning o’zida musiqiy mavzuda ikki
klavesinda improvizatsiya kuy ijro etishib, eshituvchilarning barchasini xayratda
qoldirishar edi. 
Londonda sakkiz  yoshli  Volfgang yana oltita sonata  yozadi. Ular  klavesin
uchun bo’lib, skripka yoki fleyta jo’rligida ijro etishga mo’ljallangan edi. Bundan
tashqari u simfoniyalar yaratishga xam kirishib ketadi. Angliyada o’tkazilgan bir yil
davomida boladagi musiqiy rivojlanish sezilarli tarzda olg’a ketdi. 
Bir joydan ikkinchi joyga muntazam ravishda ko’chib yurishlarga qaramasdan,
bola  otasining  rahbarligida  musiqa  bilan  xam,  umumta’lim  fanlari  bilan  xam
uzluksiz shug’ullanishni kanda qilmadi. 
Mehmondo’st Angliya bilan xayrlashish qanchalik og’ir bo’lmasin, Leopold
Motsartga Zaltsburg arxiepiskopi tomonidan berilgan ta’til muddati allaqachon o’tib
bo’lgan edi. Golland elchisining qattiq iltimosining yuzidan o’tolmay, Leopold yo’l-
yo’lakay Gollandiya va Frantsiyaga kirib o’tishni xam rejalashtiradi. Ular Gaaga,
Gent, Rotterdam, Amsterdam va boshqa shaxarlarda bo’lishadi. Hamma erlarda xam
muvaffaqiyat juda yuksak bo’ladi. Ilgari Frantsiya va Angliyada bo’lganiday, bu
erda ham bolalarni gulduros qarsaklar bilan kutib olishadi, ularning sha’nlariga
maqtovlar yog’dirishadi. 
1766-yil noyabrda Parijda, Shvetsariya, Germaniyaning ko’plab shaxarlarida
muvaffaiyatli chiqishlaridan so’ng, Motsartning oilasi jonajon Zaltsburg shaxriga
qaytib keladi. Uyga qaytib kelganlari zaxotiyoq ota bolalar bilan jiddiy va rejali
ishlarni boshlab yuboradi. Skripka, klavesin  va organdagi  mashg’ulotlar davom
ettiriladi. Musiqiy kompozitsiya jiddiy o’rganiladi. Shuningdek, arifmetika, tarix va
Logotip
Parijdagi 5 oy davom etgan safar muvaffaqiyatlaridan ruhlangan Leopold Motsart 1764-yil aprelida bolalarni Londonga olib boradi. Angliyada Persell vafotidan keyin endilikda jahon e’tiboridagi o’z milliy kompozitorlari yo’q edi, vaholanki, XVII asrda London musiqa san’ati yuksak darajada rivojlangan shaxar xisoblanardi. Bu erda Volfgang Iogann Xristian Bax bilan tanishadi, u buyuk Iogann Sebastyanning o’g’li edi. Baxning klavesindagi mahoratli ijrolari bolada juda katta taasurot qoldiradi. Unga I.S.Baxning klavir sonatalari yoqib qoladi. Ular yorqin va hayotbaxsh, o’ynoqi va erka kuylarga boy, italyancha operalardagi ariyalarga o’xshab ketardi. Yoshlari orasidagi katta farqqa qaramasdan, ular tez orada qalin do’st bo’lib qolishadi. Ko’pincha ular ayni bir paytning o’zida musiqiy mavzuda ikki klavesinda improvizatsiya kuy ijro etishib, eshituvchilarning barchasini xayratda qoldirishar edi. Londonda sakkiz yoshli Volfgang yana oltita sonata yozadi. Ular klavesin uchun bo’lib, skripka yoki fleyta jo’rligida ijro etishga mo’ljallangan edi. Bundan tashqari u simfoniyalar yaratishga xam kirishib ketadi. Angliyada o’tkazilgan bir yil davomida boladagi musiqiy rivojlanish sezilarli tarzda olg’a ketdi. Bir joydan ikkinchi joyga muntazam ravishda ko’chib yurishlarga qaramasdan, bola otasining rahbarligida musiqa bilan xam, umumta’lim fanlari bilan xam uzluksiz shug’ullanishni kanda qilmadi. Mehmondo’st Angliya bilan xayrlashish qanchalik og’ir bo’lmasin, Leopold Motsartga Zaltsburg arxiepiskopi tomonidan berilgan ta’til muddati allaqachon o’tib bo’lgan edi. Golland elchisining qattiq iltimosining yuzidan o’tolmay, Leopold yo’l- yo’lakay Gollandiya va Frantsiyaga kirib o’tishni xam rejalashtiradi. Ular Gaaga, Gent, Rotterdam, Amsterdam va boshqa shaxarlarda bo’lishadi. Hamma erlarda xam muvaffaqiyat juda yuksak bo’ladi. Ilgari Frantsiya va Angliyada bo’lganiday, bu erda ham bolalarni gulduros qarsaklar bilan kutib olishadi, ularning sha’nlariga maqtovlar yog’dirishadi. 1766-yil noyabrda Parijda, Shvetsariya, Germaniyaning ko’plab shaxarlarida muvaffaiyatli chiqishlaridan so’ng, Motsartning oilasi jonajon Zaltsburg shaxriga qaytib keladi. Uyga qaytib kelganlari zaxotiyoq ota bolalar bilan jiddiy va rejali ishlarni boshlab yuboradi. Skripka, klavesin va organdagi mashg’ulotlar davom ettiriladi. Musiqiy kompozitsiya jiddiy o’rganiladi. Shuningdek, arifmetika, tarix va
geografiya mashg’ulotlari ham davom etadi. Bulardan tashqari, Volfgang lotin va
italyan tillarini o’rganishga kirishadi . U davrlarda buni o’rganish kompozitor uchun
majburiy edi.
 1767-yilda  Vena  yosh  gertsoginya  Mariya  Iozefaning  Neapol  qiroliga
nikohlanishi munosabati bilan bo’ladigan saroy tantanalariga tayyorlanayotgan edi.
Qulay daqiqalarni hisobga olgan holda, Leopold Motsart sentyabrda oilasi bilan
Avstriya poytaxtiga yo’l oladi. Biroq safar muvaffaqiyatsiz chiqadi. Venada chechak
kasali tarqalgandi. Bolalarni zudlik bilan shahardan olib ketishga to’g’ri keladi.
Motsartlar oilasini Moraviyada joylashib qolishi uchun taklif bergan do’stlar paydo
bo’lishadi.  Biroq  allaqachon  vaqt  qo’ldan  ketgan  edi.  Opa  ham  uka  ham
suvchechakning  og’ir  shakli  bilan  og’rishadi,  Volfgangning  ko’zlarida  asorat
qoldiradi. Unga hatto bir umrga ko’rlik tahdid soladi. 10 kundan keyingina uning
ko’rishi tiklana boshlaydi. 
 1768-yil  yanvarida  Motsartlar  oilasi  Venaga  qaytib  keladi  .  Ammo  Vena
tomoshabinlarida opa va ukaning chiqishlariga bo’lgan qiziqish sovugan edi. Ularni
o’z salonlariga taklif qiladiganlar keskin kamayib ketadi . Faqat rus elchisi knyaz
Dmitriy Mixaylovich Golitsinning yosh Zaltsburgliklarga mehri saqlanib qoladi.
Uning saroyida Volfgang va Nannerl uchun maxsus tashkil etilgan kontsert katta
muvaffaqiyat bilan o’tadi, bu ma’lum darajada Venada zodagonlarning loqaydligiga
berilgan munosib javob edi. 
Do’stlarinig  yordami  bilan  Volfgang  saroyda  chiqish  qilish  imkoniga  ega
bo’ladi. Volfgangning asari Avstriyaning yangi imperatori Iosif II ga yoqib qoladi va
u 12 yoshli kompozitor asarlaridan birini Vena opera teatri sahnasida ijro etilishi
xususida istak bildiradi. Opera uchun buyurtma olinishi katta muvaffaqiyat edi.
Sho’x va qiziqarli “Soxta laqma” pe’sasiga to’xtashadi. Volfgang opera yozishga
katta  qiziqish  bilan  kirishadi.  Alohida  ansambllar  va  ariyalarning  tuzilishidan
tashqari,  imkoniyat  doirasida,  kompozitor  ularni  o’z  operalarining  bo’lajak
ijrochilariga xam ko’rsatib berardi. U yo’l-yo’lakay partituraga zaruriy o’zarishlarni
kiritar,  ularni  u  yoki  bu  xonandaning  ovoz  xususiyatlari  bilan  aniq
uyg’unlashtirishga xarakat qilardi. Xamma ishlar oxirlab borardi.
Xuddi  shu  vaqtda  kutilmagan  noxushlik  boshlanadi.  Shu  aytgacha  yosh
musiqachiga  omad  kulib  boqayotgan  edi.  Xamma  undan  bamisoli  qiziqarli
Logotip
geografiya mashg’ulotlari ham davom etadi. Bulardan tashqari, Volfgang lotin va italyan tillarini o’rganishga kirishadi . U davrlarda buni o’rganish kompozitor uchun majburiy edi. 1767-yilda Vena yosh gertsoginya Mariya Iozefaning Neapol qiroliga nikohlanishi munosabati bilan bo’ladigan saroy tantanalariga tayyorlanayotgan edi. Qulay daqiqalarni hisobga olgan holda, Leopold Motsart sentyabrda oilasi bilan Avstriya poytaxtiga yo’l oladi. Biroq safar muvaffaqiyatsiz chiqadi. Venada chechak kasali tarqalgandi. Bolalarni zudlik bilan shahardan olib ketishga to’g’ri keladi. Motsartlar oilasini Moraviyada joylashib qolishi uchun taklif bergan do’stlar paydo bo’lishadi. Biroq allaqachon vaqt qo’ldan ketgan edi. Opa ham uka ham suvchechakning og’ir shakli bilan og’rishadi, Volfgangning ko’zlarida asorat qoldiradi. Unga hatto bir umrga ko’rlik tahdid soladi. 10 kundan keyingina uning ko’rishi tiklana boshlaydi. 1768-yil yanvarida Motsartlar oilasi Venaga qaytib keladi . Ammo Vena tomoshabinlarida opa va ukaning chiqishlariga bo’lgan qiziqish sovugan edi. Ularni o’z salonlariga taklif qiladiganlar keskin kamayib ketadi . Faqat rus elchisi knyaz Dmitriy Mixaylovich Golitsinning yosh Zaltsburgliklarga mehri saqlanib qoladi. Uning saroyida Volfgang va Nannerl uchun maxsus tashkil etilgan kontsert katta muvaffaqiyat bilan o’tadi, bu ma’lum darajada Venada zodagonlarning loqaydligiga berilgan munosib javob edi. Do’stlarinig yordami bilan Volfgang saroyda chiqish qilish imkoniga ega bo’ladi. Volfgangning asari Avstriyaning yangi imperatori Iosif II ga yoqib qoladi va u 12 yoshli kompozitor asarlaridan birini Vena opera teatri sahnasida ijro etilishi xususida istak bildiradi. Opera uchun buyurtma olinishi katta muvaffaqiyat edi. Sho’x va qiziqarli “Soxta laqma” pe’sasiga to’xtashadi. Volfgang opera yozishga katta qiziqish bilan kirishadi. Alohida ansambllar va ariyalarning tuzilishidan tashqari, imkoniyat doirasida, kompozitor ularni o’z operalarining bo’lajak ijrochilariga xam ko’rsatib berardi. U yo’l-yo’lakay partituraga zaruriy o’zarishlarni kiritar, ularni u yoki bu xonandaning ovoz xususiyatlari bilan aniq uyg’unlashtirishga xarakat qilardi. Xamma ishlar oxirlab borardi. Xuddi shu vaqtda kutilmagan noxushlik boshlanadi. Shu aytgacha yosh musiqachiga omad kulib boqayotgan edi. Xamma undan bamisoli qiziqarli
qo’g’irchoqqa qaraganday zavqlanishardi. Endi esa Volfgang 12 yoshga kirmoqda.
Tez orada u o’z sohadosh  musiqachilarining havfli  dushmaniga aylanib qoladi.
Uning shu yoshda operalar ijod qilishi va ularni qo’yishi hazil gapmi? “Soxta laqma”
operasining qo’yilishiga nima bo’lsa xam yo’l qo’ymaslik lozim!
Yaqindagina mo’’jizakor bola bilan iftixor qilib yurgan ayrim san’atkorlar, endi
orqavarotdan  bo’ladigan  ziddiyatlarning  murakkab  kirdikorlarini  ishga  solib
yuborishadi.  Kelgindi  Italiyalik  maestrolarning  aytganlariga  xavola  qilib,  ular
kichkina Motsartni musiqani o’zi yozmaganlikda ayblashadi. 12 yoshli bolaga opera
yozish xaqidagi buyurtma g’arazli bo’lib, to’liq uydirma va yolg’ondan iborat deb
mish-mish  tarqataladi.  Bu  ayyor  Zaltsburglik  organchi  o’g’lining  o’rniga  o’zi
yozadi-da,  o’g’lining  kelajagini  ta’minlash  uchun  uning  nomidan  e’lon  qiladi!
Leopold Motsart o’kinch va darg’azablikdan o’zini yo’qotib qo’yadi. Shunday qilib,
bosh repetitsiya tashkil bo’lmaydi. Teatr direktsiya va’da qilingan pullarni to’lashdan
bosh tortadi. Bu batamom mag’lubiyat edi.
 1769-yil yanvarda doktor Mesmerning uyida havaskor qo’shiqchilar kuchi bilan
Volfgangning bir ko’rinishli “ Basten va Bastena “ zingshpilining namoyishi bo’lib
o’tadi. Bu asar barchani ohangdorligi, Avstriya xalq qo’shiqlariga yaqinligi bilan asir
qiladi. Volfgangning Zaltsburgga qaytib kelishi bilanoq, uning yutuq va qayg’ularini
yuragiga  yaqin  oladigan  arxiepiskop  o’z  kapellasidagi  musiqachilarga  “  Soxta
laqma” operasini o’rganib olishlari uchun ko’rsatma beradi. Bu opera hozirgacha
ham Zaltsburg sahnalarida qo’yilib kelinadi.
 1770-yilda Leopold Motsart o’g’lini Italiyaga olib keladi. Italiya shaharlarida
Volfgangning kontsertlari shov-shouvli muvaffaqiyatlarga erishadi. 14 yoshli o’smir
taklif etayotgan dasturlar o’zining kengligi va murakkabligi bilan hammani hayratga
soladi.  Ularda  faqat  klavir  chalish  texnikasigina  emas,  balki  bolaning  ajoyib
kompozitorlik mahorati, uning o’zigagina xos bo’lgan improvizatsiya qila bila olish
qobiliyati ham namoyon bo’ladi. 
Boloniyada Motsart 2 oy mobaynida padre Martini bilan kontrapunktdan saboq
oladi  hamda  kompozitsiya  bo’yicha  ancha  murakkab  imtihonlarni  topshiradi.
Mahalliy Filarmoniya akademiyasi  uni  o’z a’zosi  qilib saylaydi. O’z navbatida
Milandagi opera teatri direktsiyasi unga “ Mitridat, Ponti shohi” ( Rasin tragediyasi
asosida)  operasini  tayyorlash  uchun  buyurtma  beradi.  Uni  yaratar  ekan,  yosh
Logotip
qo’g’irchoqqa qaraganday zavqlanishardi. Endi esa Volfgang 12 yoshga kirmoqda. Tez orada u o’z sohadosh musiqachilarining havfli dushmaniga aylanib qoladi. Uning shu yoshda operalar ijod qilishi va ularni qo’yishi hazil gapmi? “Soxta laqma” operasining qo’yilishiga nima bo’lsa xam yo’l qo’ymaslik lozim! Yaqindagina mo’’jizakor bola bilan iftixor qilib yurgan ayrim san’atkorlar, endi orqavarotdan bo’ladigan ziddiyatlarning murakkab kirdikorlarini ishga solib yuborishadi. Kelgindi Italiyalik maestrolarning aytganlariga xavola qilib, ular kichkina Motsartni musiqani o’zi yozmaganlikda ayblashadi. 12 yoshli bolaga opera yozish xaqidagi buyurtma g’arazli bo’lib, to’liq uydirma va yolg’ondan iborat deb mish-mish tarqataladi. Bu ayyor Zaltsburglik organchi o’g’lining o’rniga o’zi yozadi-da, o’g’lining kelajagini ta’minlash uchun uning nomidan e’lon qiladi! Leopold Motsart o’kinch va darg’azablikdan o’zini yo’qotib qo’yadi. Shunday qilib, bosh repetitsiya tashkil bo’lmaydi. Teatr direktsiya va’da qilingan pullarni to’lashdan bosh tortadi. Bu batamom mag’lubiyat edi. 1769-yil yanvarda doktor Mesmerning uyida havaskor qo’shiqchilar kuchi bilan Volfgangning bir ko’rinishli “ Basten va Bastena “ zingshpilining namoyishi bo’lib o’tadi. Bu asar barchani ohangdorligi, Avstriya xalq qo’shiqlariga yaqinligi bilan asir qiladi. Volfgangning Zaltsburgga qaytib kelishi bilanoq, uning yutuq va qayg’ularini yuragiga yaqin oladigan arxiepiskop o’z kapellasidagi musiqachilarga “ Soxta laqma” operasini o’rganib olishlari uchun ko’rsatma beradi. Bu opera hozirgacha ham Zaltsburg sahnalarida qo’yilib kelinadi. 1770-yilda Leopold Motsart o’g’lini Italiyaga olib keladi. Italiya shaharlarida Volfgangning kontsertlari shov-shouvli muvaffaqiyatlarga erishadi. 14 yoshli o’smir taklif etayotgan dasturlar o’zining kengligi va murakkabligi bilan hammani hayratga soladi. Ularda faqat klavir chalish texnikasigina emas, balki bolaning ajoyib kompozitorlik mahorati, uning o’zigagina xos bo’lgan improvizatsiya qila bila olish qobiliyati ham namoyon bo’ladi. Boloniyada Motsart 2 oy mobaynida padre Martini bilan kontrapunktdan saboq oladi hamda kompozitsiya bo’yicha ancha murakkab imtihonlarni topshiradi. Mahalliy Filarmoniya akademiyasi uni o’z a’zosi qilib saylaydi. O’z navbatida Milandagi opera teatri direktsiyasi unga “ Mitridat, Ponti shohi” ( Rasin tragediyasi asosida) operasini tayyorlash uchun buyurtma beradi. Uni yaratar ekan, yosh
kompozitor ongli ravishda o’sha paytdpagi italyancha “ jiddiy” operalar(opera seria)
uslubiga  mo’ljal  oladi.  Opera  liq  to’lgan  zalda  ketma-ket  20  marta  qo’yiladi.
Motsartning ikki yil keyinroq qo’yilgan ikkinchi operasi --“ Lyuchiy Sulla” ham
oldingisidan  ham  kam  zafar  qozonmaydi.  Shunga  qaramay,  yosh  musiqachiga
Italiyadan doimiy boshpana topishning imkoni bo’lmaydi.
Motsart  oilasining  sayohat  yillarida  Leopold  Motsartning  tez-tez  ketib
qolishlariga  keng  fe’llik  bilan  qaraydigan  arxiepiskop  vafot  etadi.  Vafot  etgan
arxiepiskop o’rnini graf Ieronim Koloredo egallaydi. Ushbu badqovoq va takabbur
boshliqning opera musiqachilarini ko’rishga toqati yo’q edi. U o’ziga bo’ysunadigan
musiqachilarning opera yozish singari “ nomo’’tabar” mashg’ulotlarga, shuningdek,
xorijiy  teatrlarga  vaqt  sarflamasliklari  kerak  hisoblardi.  Motsartlarga  (ota  va
o’g’ilga) zudlik bilan Zaltsburgga qaytib kelishga buyruq beriladi. 1773-yilning
martida  Volfgang  Italiyani  bir  umrga  tark  etadi.  Xilma-xil  taassurotlar,  zo’r
muvaffaqiyatlar hamda kelajakka bo’lgan ko’tarinki ishonch bilan to’lgan bolalik
ortad qoladi. Hayotning yangi sahifalari boshlanadi. 
Volfgang 17 yoshga to’ladi. Shunda u shunchalik baland bo’yli bo’lmagan,
ozg’in, yuzi to’la bo’lmasa-da kattagina o’spirin edi. Yuz ifodalari tez-tez o’zgarib
turardi. Uning yirik moviy ko’zlari jiddiy va o’ychan boqardi. Biroq ular ijodiy
ruhlanish alangasi bilan to’lganida, uning yuzlari ham go’zallashib ketardi. Afsuski
o’zining  buyuk  iqtidori  gullagan  paytida  Motsart  sharoit  taqozosiga  ko’ra,
kichkinagina,  markazdan  uzoqda  qolgan  shaharchada  kunlarni  bema’nilarcha
o’tkazishga mahkum edi. Bu erdagi hamma narsa: qo’pol va zolim arxiepiskopga
qullarcha itoatkorlik ham, mahalliy zodagonlarning ochko’zligi va johilligi ham
yigitchaga  azob  berardi.  Zaltsburgda  opera  teatri  ham,  ochiq  kontsertlar  ham
qiziqarli ma’rifatli kishilar bilan uchrashuvlar ham yo’q edi. Shahardan ruxsatsiz
chiqish, buning ustiga opera yozish navqiron Motsartga qat’iy taqiqlab qo’yilgandi. 
 Biroq  kompozitsiya  bilan  jiddiy  shug’ullanish  davom  etardi.  Endilikda  u
asosan, cholg’u asarlar, ya’ni simfoniya va sonatalar, sho’x divertismentlar, ochiq
havoda ijro etish uchun mo’ljallangan tabrik serenadalarini  yaratardi.  Ayni shu
yillarda  motsartona  shakl  shakllanib  boradi.  Sayohat  qilgan  yillarida  turli
mamlakatlarda  to’plangan  badiiy  taassurotlar  uning  asarlarida  ko’proq  ko’zga
tashlanib, ijodiy mustaqillik bilan omuxtalashib bormoqda edi.
Logotip
kompozitor ongli ravishda o’sha paytdpagi italyancha “ jiddiy” operalar(opera seria) uslubiga mo’ljal oladi. Opera liq to’lgan zalda ketma-ket 20 marta qo’yiladi. Motsartning ikki yil keyinroq qo’yilgan ikkinchi operasi --“ Lyuchiy Sulla” ham oldingisidan ham kam zafar qozonmaydi. Shunga qaramay, yosh musiqachiga Italiyadan doimiy boshpana topishning imkoni bo’lmaydi. Motsart oilasining sayohat yillarida Leopold Motsartning tez-tez ketib qolishlariga keng fe’llik bilan qaraydigan arxiepiskop vafot etadi. Vafot etgan arxiepiskop o’rnini graf Ieronim Koloredo egallaydi. Ushbu badqovoq va takabbur boshliqning opera musiqachilarini ko’rishga toqati yo’q edi. U o’ziga bo’ysunadigan musiqachilarning opera yozish singari “ nomo’’tabar” mashg’ulotlarga, shuningdek, xorijiy teatrlarga vaqt sarflamasliklari kerak hisoblardi. Motsartlarga (ota va o’g’ilga) zudlik bilan Zaltsburgga qaytib kelishga buyruq beriladi. 1773-yilning martida Volfgang Italiyani bir umrga tark etadi. Xilma-xil taassurotlar, zo’r muvaffaqiyatlar hamda kelajakka bo’lgan ko’tarinki ishonch bilan to’lgan bolalik ortad qoladi. Hayotning yangi sahifalari boshlanadi. Volfgang 17 yoshga to’ladi. Shunda u shunchalik baland bo’yli bo’lmagan, ozg’in, yuzi to’la bo’lmasa-da kattagina o’spirin edi. Yuz ifodalari tez-tez o’zgarib turardi. Uning yirik moviy ko’zlari jiddiy va o’ychan boqardi. Biroq ular ijodiy ruhlanish alangasi bilan to’lganida, uning yuzlari ham go’zallashib ketardi. Afsuski o’zining buyuk iqtidori gullagan paytida Motsart sharoit taqozosiga ko’ra, kichkinagina, markazdan uzoqda qolgan shaharchada kunlarni bema’nilarcha o’tkazishga mahkum edi. Bu erdagi hamma narsa: qo’pol va zolim arxiepiskopga qullarcha itoatkorlik ham, mahalliy zodagonlarning ochko’zligi va johilligi ham yigitchaga azob berardi. Zaltsburgda opera teatri ham, ochiq kontsertlar ham qiziqarli ma’rifatli kishilar bilan uchrashuvlar ham yo’q edi. Shahardan ruxsatsiz chiqish, buning ustiga opera yozish navqiron Motsartga qat’iy taqiqlab qo’yilgandi. Biroq kompozitsiya bilan jiddiy shug’ullanish davom etardi. Endilikda u asosan, cholg’u asarlar, ya’ni simfoniya va sonatalar, sho’x divertismentlar, ochiq havoda ijro etish uchun mo’ljallangan tabrik serenadalarini yaratardi. Ayni shu yillarda motsartona shakl shakllanib boradi. Sayohat qilgan yillarida turli mamlakatlarda to’plangan badiiy taassurotlar uning asarlarida ko’proq ko’zga tashlanib, ijodiy mustaqillik bilan omuxtalashib bormoqda edi.
Arxiepiskopning buyrug’iga muvofiq, yigitcha cherkovdagi xor musiqasi uchun
ko’plab asarlar yozishga majbur bo’ladi. Bunday asarlar shu lahzadayoq o’rganilar
va  ijro  etilardi.  Bu  kelajakda  operalar,  ulug’vor  xor  sahnalari  yozish  uchun
tayyorgarlik vazifasini bajargan... Shunga qaramay, Italiya shuhratidan keyin faqat
birgina shularni (messa) yozish bilan shug’ullanish zerikarlidir. Yagona quvonch --
drama teatri edi.
1774-yilda Gyotening xatlaridan tashkil topgan “Yosh Verterning iztiroblari”
romani bosilib chiqiladi. Bu asar yosh muallifga butun Evropa shuhratini olib keldi.
Romanning dadil yangiligi shunda ediki, qahramonning chuqur shaxsiy iztiroblari
ijtimoiy  hayotda  hal  qilib  bo’lmaydigan  ziddiyatlar  bilan zich  tarzda  bog’lanib
ketgan edi. Yorqin aql va katta qalb egasi bo’lgan yosh yigitcha-- Verter hayotdan
ko’z yumadi. Buning sababi faqat baxtsiz sevgi bo’lib qolmasdan, ayni paytda atrof-
muhit bilan kelisha olmaslik ham edi. Shunday qilib, romanda birinchi marotaba
ijtimoiy tartiblar qoralanadi.
Faqat adabiyotshunoslargina emas balki o’sha davrdagi barcha yosh ijodkorlar
yangi erkin istiqbolga intilishadi. Ularning orasida Motsart ham bor edi. U o’zining
navqiron yigitlik davridagi ijodida zamondoshlarini to’lqinlantirayotgan bezovtalik
va shubhalarga  bevosita  javob  beradi.  Bu  17  yoshli  kompozitornig  yangi  4  ta
simfoniyasida ochiq ko’zga tashlanadi. Shu yillardagi eng muvaffaqiyatli va o’ziga
xos asarlardan  biri  -- sol  minor  (№25)  simfoniyasidir. Unda qayg’uli, iztirobli
kechinmalar, tuyg’ularning shiddati isyonkor va jo’shqin e’tirozlar bilan alashinadi.
Ushbu simfoniyani Zaltsburg ommasi anglab etmadi. Uni kompozitorning otasi ham
ma’qullagan emas.
Zaltsburgliklar engil, ko’ngilochar musiqalarni xush ko’rishardi. Shuning uchun
ham yosh kompozitor uchun birinchi navbatda sho’x divertismentlar (o’ziga xos
syuitalar)  va  poetik  serenadalar  turadi.  Ularda  latif  hayotbaxsh  p’esalar  nozik
samimiy lirika bilan almashinib turadi. Besh yildan keyingina katta qiyinchiliklar
bilan Motsart Zaltsburgdan ketish uchun ruxsat oladi. Myunxen va Mangeym orqali
u Parijga jo’naydi. Bu gal uni onasi kuzatib boradi. 
Bu vaqtlarda Mangeym eng yirik musiqa markazlaridan biri edi. U erda ko’plab
kuchli musiqachilar ijod qilishardi. Mangeym simfonik orkestri tom ma’noda shuhrat
taratgan edi. Mangeymda yosh Motsart 15 yoshli Aloziya Veberni uchratadi. Aloziya
Logotip
Arxiepiskopning buyrug’iga muvofiq, yigitcha cherkovdagi xor musiqasi uchun ko’plab asarlar yozishga majbur bo’ladi. Bunday asarlar shu lahzadayoq o’rganilar va ijro etilardi. Bu kelajakda operalar, ulug’vor xor sahnalari yozish uchun tayyorgarlik vazifasini bajargan... Shunga qaramay, Italiya shuhratidan keyin faqat birgina shularni (messa) yozish bilan shug’ullanish zerikarlidir. Yagona quvonch -- drama teatri edi. 1774-yilda Gyotening xatlaridan tashkil topgan “Yosh Verterning iztiroblari” romani bosilib chiqiladi. Bu asar yosh muallifga butun Evropa shuhratini olib keldi. Romanning dadil yangiligi shunda ediki, qahramonning chuqur shaxsiy iztiroblari ijtimoiy hayotda hal qilib bo’lmaydigan ziddiyatlar bilan zich tarzda bog’lanib ketgan edi. Yorqin aql va katta qalb egasi bo’lgan yosh yigitcha-- Verter hayotdan ko’z yumadi. Buning sababi faqat baxtsiz sevgi bo’lib qolmasdan, ayni paytda atrof- muhit bilan kelisha olmaslik ham edi. Shunday qilib, romanda birinchi marotaba ijtimoiy tartiblar qoralanadi. Faqat adabiyotshunoslargina emas balki o’sha davrdagi barcha yosh ijodkorlar yangi erkin istiqbolga intilishadi. Ularning orasida Motsart ham bor edi. U o’zining navqiron yigitlik davridagi ijodida zamondoshlarini to’lqinlantirayotgan bezovtalik va shubhalarga bevosita javob beradi. Bu 17 yoshli kompozitornig yangi 4 ta simfoniyasida ochiq ko’zga tashlanadi. Shu yillardagi eng muvaffaqiyatli va o’ziga xos asarlardan biri -- sol minor (№25) simfoniyasidir. Unda qayg’uli, iztirobli kechinmalar, tuyg’ularning shiddati isyonkor va jo’shqin e’tirozlar bilan alashinadi. Ushbu simfoniyani Zaltsburg ommasi anglab etmadi. Uni kompozitorning otasi ham ma’qullagan emas. Zaltsburgliklar engil, ko’ngilochar musiqalarni xush ko’rishardi. Shuning uchun ham yosh kompozitor uchun birinchi navbatda sho’x divertismentlar (o’ziga xos syuitalar) va poetik serenadalar turadi. Ularda latif hayotbaxsh p’esalar nozik samimiy lirika bilan almashinib turadi. Besh yildan keyingina katta qiyinchiliklar bilan Motsart Zaltsburgdan ketish uchun ruxsat oladi. Myunxen va Mangeym orqali u Parijga jo’naydi. Bu gal uni onasi kuzatib boradi. Bu vaqtlarda Mangeym eng yirik musiqa markazlaridan biri edi. U erda ko’plab kuchli musiqachilar ijod qilishardi. Mangeym simfonik orkestri tom ma’noda shuhrat taratgan edi. Mangeymda yosh Motsart 15 yoshli Aloziya Veberni uchratadi. Aloziya
go’zal ovoz sohibasi edi. Uning uchun yigitcha go’zal kontsert ariyalarini yozib
beradi.  Ayni  paytda  u  Aloziyaga  uylanishni  xamda  kelgusi  operalarida  uning
qo’shiqlar kuylashini orzu qilardi. O’g’lining teatrdagi kambag’al ishchining qiziga
uylanish xaqidagi niyati Leopold Motsartning jahlini chiqaradi. Tezroq Parijga ketish
kerak! Biroq Parijda yosh kompozitor uchun ish yo’q edi. Bir necha oy mobaynida
arzon mexmonxonaning ko’rimsiz nomerida arzimas darslar bilan qanoatlanishga
majbur bo’ladi. Buning ustiga uni taqdirning yana bir yangi zarbasi kutardi -- uning
onasi kasal bo’lib qoladi va tez orada vafot etadi. Ruhi cho’kkan holda u o’z yurtiga
qaytadi.  Barcha  ko’rguliklarning  ustiga  Motsart  bu  vaqtda  Aloziyaning  opera
malikasi bo’lib ulgurgani xamda turmushga chiqqanligini eshitadi. Shu paytlarda
kyurfurst Bavarskiy Motsartga Yunon mifologiyasi syujetiga asoslangan “Idomeney
Krit shohi” operasini yozishga buyurtma beradi. 
“Idomeney”ning  prem’erasi  1781-yil  29-yanvarda  bo’lib  o’tadi.  Birinchi
tovushlaridanoq opera tinglovchilarning butun e’tiborini jalb qiladi. “Idomeney”ning
porloq muvaffaqiyatidan keyin arxiepiskop uyida malay maqomidagi Motsartning
ahvoli yanada chidab bo’lmas darajaga etadi. Uning iste’fo xaqidagi iltimoslari
kamsitishlarning yangi oqimini vujudga keltiradi: arxiepiskopning yaqinlaridan biri
graf Arko Motsartni xaqoratlarga ko’pib tashlaydi xamda g’azabi tutib turganda uni
eshikdan tashqariga uloqtiradi. Bunga chiday olmagan Motsart Venaga ketadi. U
Aloziyaning onasi  xonim  Veberning mo’’jazgina xonadonidan boshpana topadi.
Oilada  Aloziyaning  bir  necha  singillari  bo’lib,  ulardan  biri  Konstanstsiya  edi.
Keyinroq Motsart unga uylandi. Kompozitor uch- to’rtta dars topishga muvofiq
bo’ldi. Eng muhimi saroy milliy opera teatri uchun zingshpil -- “Saroydagi o’g’irlik”
komik operasiga buyurtma oldi ” Saroydagi o’g’irlik” zingshpilida Motsart nemis
milliy  operasining  asoschisi  sifatida  namoyon  bo’ladi.  U  o’z  asarlarida  ohang
jihatidan  rivojlanib  boruvchi  ariyalarni,  murakkab  ansambllarni  kiritadi.
Qo’shiqlarga boy oddiy komediya uning talqinida xaqiqiy operaga aylandi. Prem’era
1882-yil 16-iyunda bo’lib o’tadi. Tomoshabinlar uni gulduros qarsaklar bilan kutib
oladi. Tez orada opera ko’plab teatrlarning sahnalarida qo’yila boshlaydi. Venadagi
hayot  oson  kechmadi.  Boylar  xonadonlari  va  ochiq  kontsertlardagi  tez-tez
uyushtiriladigan  chiqishlar,  o’quvchilar  bilan  o’tkaziladigan  holda  toydiruvchi
mashg’ulotlar, xar-xil “voqeliklarga” bag’ishlangan tezkor asarlarni yozish, ertangi
Logotip
go’zal ovoz sohibasi edi. Uning uchun yigitcha go’zal kontsert ariyalarini yozib beradi. Ayni paytda u Aloziyaga uylanishni xamda kelgusi operalarida uning qo’shiqlar kuylashini orzu qilardi. O’g’lining teatrdagi kambag’al ishchining qiziga uylanish xaqidagi niyati Leopold Motsartning jahlini chiqaradi. Tezroq Parijga ketish kerak! Biroq Parijda yosh kompozitor uchun ish yo’q edi. Bir necha oy mobaynida arzon mexmonxonaning ko’rimsiz nomerida arzimas darslar bilan qanoatlanishga majbur bo’ladi. Buning ustiga uni taqdirning yana bir yangi zarbasi kutardi -- uning onasi kasal bo’lib qoladi va tez orada vafot etadi. Ruhi cho’kkan holda u o’z yurtiga qaytadi. Barcha ko’rguliklarning ustiga Motsart bu vaqtda Aloziyaning opera malikasi bo’lib ulgurgani xamda turmushga chiqqanligini eshitadi. Shu paytlarda kyurfurst Bavarskiy Motsartga Yunon mifologiyasi syujetiga asoslangan “Idomeney Krit shohi” operasini yozishga buyurtma beradi. “Idomeney”ning prem’erasi 1781-yil 29-yanvarda bo’lib o’tadi. Birinchi tovushlaridanoq opera tinglovchilarning butun e’tiborini jalb qiladi. “Idomeney”ning porloq muvaffaqiyatidan keyin arxiepiskop uyida malay maqomidagi Motsartning ahvoli yanada chidab bo’lmas darajaga etadi. Uning iste’fo xaqidagi iltimoslari kamsitishlarning yangi oqimini vujudga keltiradi: arxiepiskopning yaqinlaridan biri graf Arko Motsartni xaqoratlarga ko’pib tashlaydi xamda g’azabi tutib turganda uni eshikdan tashqariga uloqtiradi. Bunga chiday olmagan Motsart Venaga ketadi. U Aloziyaning onasi xonim Veberning mo’’jazgina xonadonidan boshpana topadi. Oilada Aloziyaning bir necha singillari bo’lib, ulardan biri Konstanstsiya edi. Keyinroq Motsart unga uylandi. Kompozitor uch- to’rtta dars topishga muvofiq bo’ldi. Eng muhimi saroy milliy opera teatri uchun zingshpil -- “Saroydagi o’g’irlik” komik operasiga buyurtma oldi ” Saroydagi o’g’irlik” zingshpilida Motsart nemis milliy operasining asoschisi sifatida namoyon bo’ladi. U o’z asarlarida ohang jihatidan rivojlanib boruvchi ariyalarni, murakkab ansambllarni kiritadi. Qo’shiqlarga boy oddiy komediya uning talqinida xaqiqiy operaga aylandi. Prem’era 1882-yil 16-iyunda bo’lib o’tadi. Tomoshabinlar uni gulduros qarsaklar bilan kutib oladi. Tez orada opera ko’plab teatrlarning sahnalarida qo’yila boshlaydi. Venadagi hayot oson kechmadi. Boylar xonadonlari va ochiq kontsertlardagi tez-tez uyushtiriladigan chiqishlar, o’quvchilar bilan o’tkaziladigan holda toydiruvchi mashg’ulotlar, xar-xil “voqeliklarga” bag’ishlangan tezkor asarlarni yozish, ertangi
kunga  nisbatan  ishonchsizlik  --  bularnig  barchasi  Motsartning  unchalik  yaxshi
bo’lmagan sog’lig’ini emira boshlaydi. U shu kezda 30 yoshga to’lib bormoqda edi. 
 
 
3--:
 Kompozitor  musiqasining  uslubiy  xususiyatlari. Motsart  artistlarning
musobaqalarida  tengi  yo’qligicha  qolaverdi.  Motsartona  ijrolarning  ko’tarinki
jozibasi,  bitmas-tuganmas  ijodiy  kashfiyotlar  uni  Vena  ommasining  sevimli
musiqachisiga  aylantirgan  edi.  Ohangdor  ta’sirchanlik,  ijrodagi  xushxohanglik
Motsart  ijrosida  o’sha  davr  klavesinchilariga  xos  bo’lgan  texnikaning  hayratli
darajadagi sayqallanganligi bilan qo’shilib ketgan edi. Uning badihalari takrorlanmas
darajada go’zal bo’lgan. Kontsert estradasining o’zidayoq bo’ladigan bevosita ijod,
hayajonga to’lib turgan ommaning ko’z oldida yangi musiqa yaratish quvonchlari
motsartona ijrolarga qandaydir alohida beqiyos joziba bag’ishlardi. 
 Kontsertlarda chiqish qilar ekan u har gal o’z asarida yangi p’esalarni ijro etishni
burchi  deb  bilardi.  Shuning  uchun  ham  o’sha  yillar  klavir  kompozitsiyalari  :
fortepiano va orkestr  uchun kontsertlar, sonatalar, fantaziyalar, variatsiyalarning
ustunligi bejiz emas. Yo’l-yo’lakay turli-tuman kamer ansabllari, triolar, kvartetlar,
kvintetlar yaratilardi.
1786-yilda Motsart abbat Lorentso da Ponte bilan tanishadi. U har tomonlama
ma’lumotli shaxs, buning ustiga yaxshigina shoir bo’lgan. U italyancha matnlarga
yozilgan Motsartning 3 ta operasiga librettolar tayyorlagan . Bular -- “ Figaroning
uylanishi”, “ Don Juan” va “ Xamma shunday qiladi” operalari uchun librettolari.
Operani nemis tilida qo’yish imkoniga ega bo’lmaganligi uchun Motsart  buffa
janriga  murojaat  qiladi.  Da  Ponte  bilan  birgalikda  Motsart  Bomarshening  “
Figaroning uylanishi”  trilogiyasining 2 chi qismida to’xtaydi. U biroz oldinroq---
1784-yilda Parijda qo’yilgan edi. 
 Bomarshening  mashhur  p’esasi  syujeti  asosida  opera  yaratish  g’oyasi
Avstriyada reaktsiya hukmron bo’lgan bir sharoitda favqulodda jur’at talab qilishi sir
emas.  Bomarshe  komediyasi  Frantsiyadagi  1789-yilgi  burjua  inqilobi  arafasida
feodal-aristokratik tarkiblarni fosh qilishda juda katta rol o’ynaydi xamda uchinchi
tabaqa qo’lidagi inqilobiy bayroq vazifasini o’tadi.
Logotip
kunga nisbatan ishonchsizlik -- bularnig barchasi Motsartning unchalik yaxshi bo’lmagan sog’lig’ini emira boshlaydi. U shu kezda 30 yoshga to’lib bormoqda edi. 3--: Kompozitor musiqasining uslubiy xususiyatlari. Motsart artistlarning musobaqalarida tengi yo’qligicha qolaverdi. Motsartona ijrolarning ko’tarinki jozibasi, bitmas-tuganmas ijodiy kashfiyotlar uni Vena ommasining sevimli musiqachisiga aylantirgan edi. Ohangdor ta’sirchanlik, ijrodagi xushxohanglik Motsart ijrosida o’sha davr klavesinchilariga xos bo’lgan texnikaning hayratli darajadagi sayqallanganligi bilan qo’shilib ketgan edi. Uning badihalari takrorlanmas darajada go’zal bo’lgan. Kontsert estradasining o’zidayoq bo’ladigan bevosita ijod, hayajonga to’lib turgan ommaning ko’z oldida yangi musiqa yaratish quvonchlari motsartona ijrolarga qandaydir alohida beqiyos joziba bag’ishlardi. Kontsertlarda chiqish qilar ekan u har gal o’z asarida yangi p’esalarni ijro etishni burchi deb bilardi. Shuning uchun ham o’sha yillar klavir kompozitsiyalari : fortepiano va orkestr uchun kontsertlar, sonatalar, fantaziyalar, variatsiyalarning ustunligi bejiz emas. Yo’l-yo’lakay turli-tuman kamer ansabllari, triolar, kvartetlar, kvintetlar yaratilardi. 1786-yilda Motsart abbat Lorentso da Ponte bilan tanishadi. U har tomonlama ma’lumotli shaxs, buning ustiga yaxshigina shoir bo’lgan. U italyancha matnlarga yozilgan Motsartning 3 ta operasiga librettolar tayyorlagan . Bular -- “ Figaroning uylanishi”, “ Don Juan” va “ Xamma shunday qiladi” operalari uchun librettolari. Operani nemis tilida qo’yish imkoniga ega bo’lmaganligi uchun Motsart buffa janriga murojaat qiladi. Da Ponte bilan birgalikda Motsart Bomarshening “ Figaroning uylanishi” trilogiyasining 2 chi qismida to’xtaydi. U biroz oldinroq--- 1784-yilda Parijda qo’yilgan edi. Bomarshening mashhur p’esasi syujeti asosida opera yaratish g’oyasi Avstriyada reaktsiya hukmron bo’lgan bir sharoitda favqulodda jur’at talab qilishi sir emas. Bomarshe komediyasi Frantsiyadagi 1789-yilgi burjua inqilobi arafasida feodal-aristokratik tarkiblarni fosh qilishda juda katta rol o’ynaydi xamda uchinchi tabaqa qo’lidagi inqilobiy bayroq vazifasini o’tadi.
Da Ponte librettosida komediyaning ijtimoiy o’tkirligi bir ozgina silliqlangan
bo’lasa-da,  eng  asosiysi  --  beshafqat  ho’jayinlar,  zodagonlar  bilan  aqlli,  epchil
kelishgan xizmatchilarni o’zaro qarshi qo’yish saqlab qolingan. 
“Figaroning  uylanishi”  operasi  tashqi  tomondan  buffa  operalari  an’anasida
yozilgan bo’lsa-da, musiqiy-dramatik yangilanish tamoyillariga ko’ra u XVIII asr
musiqy teatri tarixida mutlaqo yangi voqea sifatida namoyon bo’lgan edi. “Saroydagi
o’g’irlik”da  qo’yilgan  tamoyillarni  rivojlantirar  ekan,  Motsart  “  Figaroning
uylanishi”da  realistik  komediya  yaratadi.  Undagi  har  bir  harakatlanuvchi  shaxs
o’zining shaxsiy musiqiy tavsifiga ega bo’ladi. 
Opera prem’erasi 1786-yil 1-mayda bo’lib o’tadi. U juda katta muvaffaqiyat
qozonadi. Figaroning mashhur “Sho’x bola” ariyasi Vena ko’chalarida mayxona va
restoranlarda ijro etilardi. 
O’sha paytlarda yirik markazlardan biri – Chexiyaning poytaxti Pragada “
Figaroning  uylanishi”  birinchi  qo’yishdayoq  katta  shuhrat  qozondi.  1786-1787-
yillarning butun mavsumi davomida uzluksiz qo’yildi. “ Figaroning uylanishi” dagi
musiqa xalq musiqasiga aylanib ketdi. 
Motsart o’zining do’sti Ponte bilan 1787-yilda Praga opera teatri uchun maxsus
“ Don Juan” operasini yaratadi. Motsart ko’plab syujetlarni ko’rib chiqadi, nihoyat,
oxirida ispan dvoryani Don Juan xaqidagi afsonaga to’xtaydi. Dastlab bu afsonaga
ispan  dramaturgi  Tirso  da  Molina  dramatik  ishlov  bergan  edi.  Keyinroq  unga
“J.B.Moler va K. Galdoni murojaat etishgan. XIX asrda Don Juan obrazi Bayron,
Lena va Pushkinni o’ziga jalb etadi. 
Opera janrida “ Don Juan” -- Motsartning buyuk yutug’idir. Agar “ Figaroning
uylanishi”  o’zining  barcha  yangiliklari  bilan  buffa  opera  janriga  mansub,  “
Saroydagi o’g’irlik” zinshpil, “Don Juan”ni esa muayyan bir janr turkumiga kiritish
mumkin emas edi. Motsartning o’zi operani “ drama giokoso” (“ quvnoq drama”)
deb atagan edi. Bu bilan u operaning dramatik mohiyatini ta’kidlab ko’rsatgan. 
 Motsartning  opera  estetikasi,  uning  Glyuk  opera  estetikasidan  farqi.
Hasadchilarning hiyla nayrangiga qaramay, nihoyat, imperator Motsartga Glyuk
vafotidan so’ng bo’shab qolgan kamer-musiqachi lavozimini berishga qaror qildi.
Lekin Glyuk oladigan ikki ming taler o’rniga Motsartga 800 taler belgilanadi, xolos.
Umuman olganda, Iosif II ni buyuk bastakorning ijodi kam qiziqtirardi. Motsartning
Logotip
Da Ponte librettosida komediyaning ijtimoiy o’tkirligi bir ozgina silliqlangan bo’lasa-da, eng asosiysi -- beshafqat ho’jayinlar, zodagonlar bilan aqlli, epchil kelishgan xizmatchilarni o’zaro qarshi qo’yish saqlab qolingan. “Figaroning uylanishi” operasi tashqi tomondan buffa operalari an’anasida yozilgan bo’lsa-da, musiqiy-dramatik yangilanish tamoyillariga ko’ra u XVIII asr musiqy teatri tarixida mutlaqo yangi voqea sifatida namoyon bo’lgan edi. “Saroydagi o’g’irlik”da qo’yilgan tamoyillarni rivojlantirar ekan, Motsart “ Figaroning uylanishi”da realistik komediya yaratadi. Undagi har bir harakatlanuvchi shaxs o’zining shaxsiy musiqiy tavsifiga ega bo’ladi. Opera prem’erasi 1786-yil 1-mayda bo’lib o’tadi. U juda katta muvaffaqiyat qozonadi. Figaroning mashhur “Sho’x bola” ariyasi Vena ko’chalarida mayxona va restoranlarda ijro etilardi. O’sha paytlarda yirik markazlardan biri – Chexiyaning poytaxti Pragada “ Figaroning uylanishi” birinchi qo’yishdayoq katta shuhrat qozondi. 1786-1787- yillarning butun mavsumi davomida uzluksiz qo’yildi. “ Figaroning uylanishi” dagi musiqa xalq musiqasiga aylanib ketdi. Motsart o’zining do’sti Ponte bilan 1787-yilda Praga opera teatri uchun maxsus “ Don Juan” operasini yaratadi. Motsart ko’plab syujetlarni ko’rib chiqadi, nihoyat, oxirida ispan dvoryani Don Juan xaqidagi afsonaga to’xtaydi. Dastlab bu afsonaga ispan dramaturgi Tirso da Molina dramatik ishlov bergan edi. Keyinroq unga “J.B.Moler va K. Galdoni murojaat etishgan. XIX asrda Don Juan obrazi Bayron, Lena va Pushkinni o’ziga jalb etadi. Opera janrida “ Don Juan” -- Motsartning buyuk yutug’idir. Agar “ Figaroning uylanishi” o’zining barcha yangiliklari bilan buffa opera janriga mansub, “ Saroydagi o’g’irlik” zinshpil, “Don Juan”ni esa muayyan bir janr turkumiga kiritish mumkin emas edi. Motsartning o’zi operani “ drama giokoso” (“ quvnoq drama”) deb atagan edi. Bu bilan u operaning dramatik mohiyatini ta’kidlab ko’rsatgan. Motsartning opera estetikasi, uning Glyuk opera estetikasidan farqi. Hasadchilarning hiyla nayrangiga qaramay, nihoyat, imperator Motsartga Glyuk vafotidan so’ng bo’shab qolgan kamer-musiqachi lavozimini berishga qaror qildi. Lekin Glyuk oladigan ikki ming taler o’rniga Motsartga 800 taler belgilanadi, xolos. Umuman olganda, Iosif II ni buyuk bastakorning ijodi kam qiziqtirardi. Motsartning
butun saroy xizmatidagi vaqti mobaynida, unga faqat saroy shahar ballari chun bir
necha 10ta raqslarga buyurtma beriladi. 
“  Don  Juan”  operasining  muvaffaqiyati  bastakorning  moddiy  holatini
yaxshilamadi. Pragada ushlanib qolganligi tufayli Motsart deyarli barcha darslarini
yo’qotdi. Xotini og’ir betob edi. Eski qarzlarga yangilari qo’shilardi.
Ertangi  kunga  doimiy  ishonchsizlik,  tashvish  va  xavotirlar  yildan  yilga
Motsartning noziklashib qolgan sog’lini zaiflashtirardi. U jadallik bilan ko’plab
asarlar:  turli  yakka  holda  ijro  etiluvchi  musiqa  cholg’ulari  va  orkestr  uchun
kontsertlar, kvartetlar va kvintetlar, ariya va qo’shiqlar, kichik raqslar yaratardi.
Lekin  barcha  urinishlar  befoyda  edi.  Noshirlar  bastakorni  har  qadamda  aldab,
tunashardi.
 Zamondoshlari tomonidan kam tushunilgan, so’nggi ansambllari --- kamer
musiqasi shoh asarlari uchun Motsart o’z noshiridan kulgili darajada past bo’lgan
qalam haqi oladi. 
So’nggi  3  ta  simfoniya.  1788-yili  yozi  davomida  Motsart  3  ta  so’nggi
simfoniyalarini  yozadi:  raqs ohanglari  singdirilgan mi  bemol  major simfoniyasi
XVIII asr simfonik musiqasida va XIX romantik simfonizmida ustunlik qiluvchi
nodir hodisa bo’lgan. Motsartning eng mashhur lirik-dramatik sol minor simfoniyasi,
do major monumental simfoniyasi (“ Yupiter”) nomini olgan edi, u uchlik fuga bilan
omuxtalashuvchi  ko’tarinki  finalga  ega  edi.  Uchta  simfoniyada  simfonik
turkumlarning birligi muammosi hal qilingan . 
1790-yilning boshida Venada Motsartning Da Ponte librettosiga yozilgan yangi
“ Hamma shunday qiladi” buffa operasi qo’yiladi. G’oyaviy jihatdan bu opera “
Figaroning uylanishi “ va “ Don Juan”dan pastroq bo’lsa-da, musiqiy tavsiflarning
yorqinligi, individual aniqligiga, psixologik nozikligiga, ansambl mahoratiga ko’ra u
motsartona  musiqiy  dramaturgiya  tamoyillarini  rivojlantiradi.  Motsartning  bu
quvnoq, shuningdek, bir qator shodiyona sahnaviy vaziyatlarga boy seria operasi
kompozitorning o’z hayoti bilan keskin nomuvofiqlikda edi: uning moddiy ahvoli
og’ir va ahyon-ahyondagi chiqishlari esa hayotiy ehtiyojlarini qondirolmasdi. 
1791-yil yozida Chexiya qiroli Leopold II ning taxtga o’tirishi munosabati bilan
Motsartga  «Titning  raxmdilligi»  seria  operasiga  buyurtma  beriladi  (Metastazio
librettosi  asosidagi).  Ushbu  opera  Evropa  teatrlari  repertuariga  kirgan  emas,
Logotip
butun saroy xizmatidagi vaqti mobaynida, unga faqat saroy shahar ballari chun bir necha 10ta raqslarga buyurtma beriladi. “ Don Juan” operasining muvaffaqiyati bastakorning moddiy holatini yaxshilamadi. Pragada ushlanib qolganligi tufayli Motsart deyarli barcha darslarini yo’qotdi. Xotini og’ir betob edi. Eski qarzlarga yangilari qo’shilardi. Ertangi kunga doimiy ishonchsizlik, tashvish va xavotirlar yildan yilga Motsartning noziklashib qolgan sog’lini zaiflashtirardi. U jadallik bilan ko’plab asarlar: turli yakka holda ijro etiluvchi musiqa cholg’ulari va orkestr uchun kontsertlar, kvartetlar va kvintetlar, ariya va qo’shiqlar, kichik raqslar yaratardi. Lekin barcha urinishlar befoyda edi. Noshirlar bastakorni har qadamda aldab, tunashardi. Zamondoshlari tomonidan kam tushunilgan, so’nggi ansambllari --- kamer musiqasi shoh asarlari uchun Motsart o’z noshiridan kulgili darajada past bo’lgan qalam haqi oladi. So’nggi 3 ta simfoniya. 1788-yili yozi davomida Motsart 3 ta so’nggi simfoniyalarini yozadi: raqs ohanglari singdirilgan mi bemol major simfoniyasi XVIII asr simfonik musiqasida va XIX romantik simfonizmida ustunlik qiluvchi nodir hodisa bo’lgan. Motsartning eng mashhur lirik-dramatik sol minor simfoniyasi, do major monumental simfoniyasi (“ Yupiter”) nomini olgan edi, u uchlik fuga bilan omuxtalashuvchi ko’tarinki finalga ega edi. Uchta simfoniyada simfonik turkumlarning birligi muammosi hal qilingan . 1790-yilning boshida Venada Motsartning Da Ponte librettosiga yozilgan yangi “ Hamma shunday qiladi” buffa operasi qo’yiladi. G’oyaviy jihatdan bu opera “ Figaroning uylanishi “ va “ Don Juan”dan pastroq bo’lsa-da, musiqiy tavsiflarning yorqinligi, individual aniqligiga, psixologik nozikligiga, ansambl mahoratiga ko’ra u motsartona musiqiy dramaturgiya tamoyillarini rivojlantiradi. Motsartning bu quvnoq, shuningdek, bir qator shodiyona sahnaviy vaziyatlarga boy seria operasi kompozitorning o’z hayoti bilan keskin nomuvofiqlikda edi: uning moddiy ahvoli og’ir va ahyon-ahyondagi chiqishlari esa hayotiy ehtiyojlarini qondirolmasdi. 1791-yil yozida Chexiya qiroli Leopold II ning taxtga o’tirishi munosabati bilan Motsartga «Titning raxmdilligi» seria operasiga buyurtma beriladi (Metastazio librettosi asosidagi). Ushbu opera Evropa teatrlari repertuariga kirgan emas,