YURISPRUDENSIYA: BIZNES HUQUQI YO’NALISHI
KURS ISHI
MAVZU: XALQ HOKIMIYATCHILIGI
FAN: KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………….…..3
I. BOB. Xalq xokimiyatchiligi haqida umumiy tushuncha
1.1. Xalq xokimiyatining yuzaga kelishi........…..…….......................…....6
1.2. Xalq xokimiyatining asosiy prinsiplarini ………….........……..……10
II.BOB.Xalq xokimiyati qurilishining konstitutsion parametirlari
2.1. Xalq xokimiyati: xalqning jamiyat va davlat ishtiroki ........….........16
2.2. Xalq xokimiyatining konstitutsion vakolatlari
Xulosa…………..….…………………………………….……………….…27
Foydalanilgan adabiyotlar……………..……….…….....…………………28
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hokimiyatning bo’linishi prinsipini joriy qilish faqat
hokimiyat tuzilmalarini
normal,
yaxshiroq,
malakaliroq
ishlashini
ta’minlash uchungina emas, avvalo bu prinsip hokimiyatni to’g‘ri tashkil qilish
natijasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘la ta’minlash, manfaatlarini
kengroq, to'laroq ifodalashni maqsad qilib qo‘yadi. Chunki, har bir hokimiyat
tuzilmasi o‘z vazifasini to'la va malakali bajarsa, huquq buzilishlariga barham
beriladi. Hokimiyatning bo‘linishi prinsipi hokimiyat tuzilmalarini bir-biridan holi,
mustaqil bo‘lishiga imkon yaratadi. Demokratik davlatda bu, ayniqsa, muhimdir.
Hokimiyatning bo‘linishi prinsipi aslo davlat hokimiyatining yagonaligiga putur
yetkazmaydi. Yagona davlat hokimiyati kuchli funksiya va vazifalarni amalga
oshirish zarurligidan kelib chiqib, uning qonunchilik, ijro etish, sud faoliyatini
kuchli, shu sohaga ixtisoslashgan organlar olib borishini nazarda tutadi.
Kurs ishining maqsadi. Davlat hokimiyati o'z ifodasini, erkini majburiy
ravishda qonun, farmon, qaror asosida hayotga tatbiq qiladi.
Kurs ishining vazifasi. Davlat hokimiyati qonunchilik hokimiyati, ijro hokimiyati,
sud hokimiyati orqali ijtimoiy hayotga tatbiq qilinadi
Kurs ishining obyekti. Davlat hokimiyati hamma uchun umummajburiy
qoidalar yaratadi, ularni qo'llaydi va o‘zi ham o'rnatilgan qoidalarga amal qiladi.
Siyosiy institutlari, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini o'z ichiga oladi
Kurs ishining predmeti. Davlat hokimiyati xalq irodasiga tayanadi.
I BOB. Xalq xokimiyatchiligi haqida umumiy tushuncha
Davlat siyosiy institutlar uchun normal siyosiy makon yaratib berishi, ular esa,
ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifodalashi va himoya qilishga qodir bo'lishi
zarur. Prezidentimizning “Siyosiy partiyalar mavjud bo'lishining asosiy va birdan-
bir prinsipi davlatning konstitutsiyaviy me’yorlarini hurmat qilish va ularga
rioya etishdan iborat bo‘lmog‘i lozim” - degan so'zlari siyosiy partiyalarning
konstitutsiyaviy tuzumdagi o‘rniga berilgan to‘g‘ri bahodir. O'zbekiston
Konstitutsiyasida mafkuraga munosabat ham huquqiy davlat nazariyasidan kelib
chiqib hal qilingan. Mafkura jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy,
diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qoidalar, fikrlar va g'oyalar majmuidir - deb e’tirof
etsak, albatta, u turli-tuman bo'lishi kerak, degan xulosa paydo bo'ladi. Barchaga
yagona mafkurani singdirish ularning qarashlariga zid holat bo'ladi. Shuning uchun,
O'zbekistonda mafkura va fikrlar xilma-xilligi konstitutsiyaviy darajada
o'rnatildi. Bu yagona mafkuraning hukmron bo'Iishiga yo'l qo'ymaydi.
Biron mafkuraning davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi totalitarizmga olib keladi.
Ijtimoiy hayot mafkuralar xilma-xilligi asosida rivojlanishining belgilanishi
mafkuraning ajralmas qismi bo'lmish fikrlarning xilma-xilligini ta’minlaydi.
Jamiyat rivojini ta’minlovchi asosiy vositalardan biri fikrlar xilma-xilligi, bahs-
munozaralardir.
Siyosiy
institutlarning
xilma-xilligi
fikrlar
xilma-
xilligini ta’minlovchi vositalardandir. Siyosiy, iqtisodiy masalalarni to'g'ri hal
qilishda turli fikrlar bo'lishi, albatta, zarur. Fikrlar xilma-xilligi hamma sohada
foydalidir. Ayniqsa, turli fikrlilik parlament faoliyatida muhim rol o'ynaydi. Uning
natijasida mukammal qarorlar qabul qilinadi, xato va kamchiliklarga yo'l
qo'yilmaydi. Fikrlar xilma-xilligiga amal qilmagan jamiyat, davlat inqirozga
mahkum bo'ladi. Bu sobiq Ittifoq misolida o’z isbotini topgan. Qaysi mamlakatda
erkin fikrlash, xilma-xil qarashlar mavjud bo'lsa shu mamlakatlarning
rivojlanayotganligini ko'rish mumkin. Shuning uchun mamlakatda barcha
jabhalarda, hokimiyat miqyosida, siyosiy faoliyatda fikrlar xilma-xilligi bo'lishiga
ahamiyat berilmoqda. Buning natijasida fuqarolar ham jamiyatda o'z o'rniga ega
ekanligini his qiladi. U larning fikri, so'zi inobatga olinishiga ishonch hosil qiladi,
erkin shaxs sifatida namoyon bo'ladi. O'zbekistonda siyosiy institutlar va fikrlar
xilma-xilligi Konstitutsiyada hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida
o'rnatilishi mumkin emas, degan qoida asosida kafolatlanadi. Biror-bir mafkura
davlat mafkurasi sifatida o'rnatilsa, unda fikrlar xilma-xilligi to'g'risida gap bo'lishi
mumkin emas. Chunki, bunga hukmron mafkura aslo yo'l qo'ymaydi.
XALQ HOKIMIYATI — o’z-o’zini boshqaruvchi davlat. Unda har bir shaxsning
erkinlik darajasi uning boshqaruvda to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita ishtiroki bilan
belgilanadi. Xalq o’z hokimiyatini o’zi saylaydigan yoki tuzadigan organlar orqali
ro’yobga chiqaradi. Ma’lumki, Konstitutsiya konsitutsiyaviy tuzumning asosiy
shartlaridan biri bo’lmish xalq hokimiyatchiligini mustahkamlab beradi. «Xalq
hokimiyatchiligi» atamasi yunoncha «demokratiya» so’zining aynan tarjimasidir.
Ilk bor yunon shahar davlatida paydo bo’lgan bu so’z butun dunyoga tarqalgan va
siyosiy lug’atdan mustahkam o’rin olgan. Jahondagi demokratik davlatlarning
Konstitutsiyalari «butun hokimiyat xalqqa tegishli» yoki «butun hokimiyat xalq
tomonidan
amalga
oshdaniriladi»,
degan
tushunchani
o’zida
mujassamlashtirgan.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinig 2-bobida «xalq
hokimiyatchiligi» atamasi «hokimiyat manbai» degan atama bilan uzviy bog’langan.
Demokratiyaning asl mohiyati o’z-o’zini boshqarish, o’z hayotini o’z qobiliyatiga,
o’z tafakkuriga va o’z vijdoniga ko’ra qurishdir va buning oqibati uchun
ma’suliyatini ham o’ziga olishdir. O’zbekiston davlat hokimiyatining birdan-bir
manbai xalq bo’lib, davlat xalq irodasini ifodalaydi, uning manfaatlariga xizmat
qiladi. Davlat siyosatini xalqning xohish-irodasi belgilab beradi. Mazkur siyosat
inson va jamiyatning farovonligini, O’zbekistondagi barcha fuqarolarning farovon
turmushini ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak. Konstitutsiyaning 8-moddasida
qayd etilgan qoida jahondagi hech bir konstitutsiyada uchramaydi. Unda
«O’zbekiston xalqi» tushunchasiga Konstitutsiya darajasida ta’rif berilgan.
O’zbekistonda tug’ilgan, uning zaminida istiqomat va mehnat qilayotgan har bir
kishi, milliy va irqiy mansubligidan, e’tiqodidan qat’i nazar, respublikamizning teng
huquqli fuqarosi bo’lishga munosibdir. O’zbekiston fuqarolari, o’zlarining nasl-
nasabi, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa holatlardan qat’i nazar, O’zbekiston
xalqini tashkil etadi. Konstitutsiya O’zbekiston xalqini tashkil etuvchi barcha millat
va elatlarning urf-odatlari va milliy an’analari hurmat qilinishini kafolatlaydi.
Insoniyat tajribasi demokratiyaning ikki shaklini ishlab chiqqan: to’g’ridan-to’g’ri,
bevosita demokratiya hamda vakillik demokratiyasi-organlar, avvalambor, vakillik
va boshqa saylab qo’yiladigan organlar orqali amalga oshiriladigan demokratiya,
ya’ni saylov demokatiyasi. Demokratiyaning mazkur shakllarini bir-biriga qarshi
qo’ymaslik lozim, chunki bu ikkala shakl o’ziga xos ahamiyatga ega va o’zaro uzviy
bog’liqdir.To’g’ridan-to’g’ri demokratiya insonning davlat ishlarini hal qilishda
yashirin ovoz berish orqali yoki boshqa shaklda bevosita ishtirok etish. Vakillik
demokratiyasi deb insonning davlat ishlarini hal etishda o’zi saylagan vakillari,
ya’ni deputatlar orqali ishtirok etishiga aytiladi.Bevosita demokratiya (asosiy
qarorlar barcha fuqarolar tomonidan referendum, yig’in kabilarda qabul qilinadi) va
bilvosita demokratiya (qarorlar saylab qo’yiladigan muassasalar - parlamentlar va
boshqalar tomonidan qabul qilinadi) farqlanadi. Demokratiya institutlari huquqiy
davlatda to’la rivojlanadi.
Xalq xokimiyatining asosiy prinsiplarini
O’zbekiston о’z taqdirini belgilovchi asosiy hujjat — Konstitutsiya qabul
qilishdan ko'zlangan maqsadlardan biri sifatida demokratiya va ijtimoiy adolatga
sadoqatni namoyon qilish ekanligini e’tirof etgan. Davlat o'z faoliyatini inson va
jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida
amalga oshi- radi (14-modda). Davlatning faoliyati, eng avvalo, jamiyat
farovonligini ko'zlashi xalq xohish-irodasiga to‘la mos tushadi. Bu yo'lda
davlatning tashkilotchilik qobiliyati, undan foydalanish alohida ahamiyat
kasb etadi. Jamiyat farovonligiga erishish yo'lida iqtisodiy asoslarni yaratish, bozor
munosabatlarini shakllantirish borasida davlatning o'tkazayotgan tadbirlari
konstitutsiyaviy normalarni hayotga tatbiq qilishdir. O'zbekiston faqat demokratik
huquqiy davlat emas, balki demokratik odil davlat qurishni ham maqsad qilib
qo'ygan. Jamiyatda adolat o'rnatilmasa, boshqa amalga oshirilayotgan tadbirlar o'z
samarasini bermaydi. Adolat hamma jabhalarda: siyosiy hayotda, iqtisodda,
turmushning barcha munosabatlarida o'rnatilishi zarur. Adolatning buzilishi og'ir
oqibatlarga, fojiaga sabab bo'ladi. Ijtimoiy adolatni buzish aholini shunda ham tang
ahvolini yanada og'irlashtirib, jiddiy ijtimoiy ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.
O'zbekiston bir tuzumdan boshqa tuzumga o'tdi. Ushbu davrda odamlarning moddiy
ahvoli yomonlashuviga olib keladigan, noma’lum, keskin qarorlar qabul qilishga
ham to'g'ri keldi. Ana shunday paytda aholining kam ta’minlangan, ijtimoiy
himoyaga muhtoj qismini turli choralar bilan qo'llab-quvvatlash ijtimoiy adolat
prinsipiga amal qilish natijasi bo'ldi. Umuman O‘zbekistonning rivojlanishini
belgilovchi tamoyillar orasida kuchli ijtimoiy himoyani tashkil qilish doimo o'zini
sezdirib turadi. Adolat prinsipining namoyon bo'lishi, mamlakatimiz xalqining
munosib, farovon va erkin hayotini ta’minlashga, har bir kishi huquq va
imkoniyatlaridan to'liq foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratishga o'z ta’sirini
ko'rsatadi. Adolat prinsipining amal qilishi natijasida respublikamizda osoyishtalik
va barqarorlik saqlanib turibdi. Adolat prinsipiga amal qilish, uni ijtimoiy hayotning
barcha sohalarida qo'llashga erishish davlatga juda qimmatga tushadi. Buning
uchun juda katta mablag'lar zarur bo'ladi, lekin Yurtboshimiz aytganlaridek: “Adolat
va haqiqat g'oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog'i darkor.
Adolat
va
haqiqat
g'oyasi
qonunchilik
faoliyatimizning
zamini,
bosh
yo'nalishi bo'lmog'i shart. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari, mehnat va uy-
joy, nafaqa va soliq, tabiatni muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish
masalalari, qo'yingki, hayotimizning hamma jabhalari ana shu zaminga tayanishi
zarur”. Adolat prinsipi davlatchilik tariximizda azaldan qo'llanib, mansabdor
shaxslarga qo'yiladigan talab va bahoning asosi bo'lgan. Hokimiyat masalasi
davlatchilikda muhim masala bo'lib, har qanday davlatning ajralmas qismini tashkil
etadi. Davlat hokimiyatining qanday tashkil etilishi u tayanadigan prinsiplarga
bog'liq. O'zbekiston huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo'ygan ekan, o'z
faoliyatida qonuniylik va adolat prinsiplariga tayanadi. Ularning real bo'lishi esa,
fuqarolar
taqdiriga
to'g'ridan-to'g'ri
ta’sir
qiladi.
Amaldagi
O'zbekiston
Konstitutsiyasida hokimiyatning xalq manfaatiga mos tarzda tashkil etilishi uni tom
ma’noda xalq hokimiyatchiligi deb atash uchun asos bo'ladi.Hozirgi davrda jamiyat
hayotini, fuqarolar tinchligi, farovonligini davlatsiz, hokimiyatsiz tasavvur qilish
qiyin. Jamiyatning ma’Ium bosqichida davlat yo‘q bo‘ladi, degan g'oyalar
xomxayol ekanligi hozirgi kunda aniq bo'lib qoldi. Amalda barcha davlatlar o‘zini
demokratik davlat deb hisoblaydi (diktatura, avtoritar davlat bo‘lsa ham) va buni
konstitutsiyalarida mustahkamlab qo‘yishgan. O‘zbekiston ham o'z taraqqiyotini
demokratiya bilan bog'ladi va konstitutsiyada O'zbekistonning demokratik
respublika ekanligi belgilab qo'yildi. Demokratiya atamasi turli ma’nolarda
ishlatilsa ham, uning mag'zini “xalq hokimiyati” tushunchasi tashkil etadi.
Demokratik davlat hokimiyat xalqqa tegishliligini bildiradi. Bunda hokimiyat
nafaqat xalqqa tegishli, balki hokimiyatning o'zi xalqdan vujudga kelishi, uning
yagona manbai xalq ekanligi bilan xarakterlanadi. O‘zbekiston — demokratik
davlat. Bu xalq hokimiyati amal qilishini bildiradi. Davlat siyosiy hokimiyatini
amalga oshirar ekan, xalqdan vakolat oladi. Konstitutsiyaning Xalq
hokimiyatchiligi.II bobida: “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, —
deb
belgilangan
Demokratik
jamiyat
hisoblanuvchi
O‘zbekistonda
hokimiyat xalqqa tegishli. Ana shu hokimiyat samarali ishlashi, undan barcha
manfaatdor bo'lishi uchun u to‘g‘ri tashkil qilinishi kerak. Xalq hokimiyatini to‘g‘ri
va samarali tashkil qilish vositalaridan eng samaralisi va sinovdan o'tgani
hokimiyatni davlat hokimiyati orqali amalga oshirishdir. Chunki, davlat uzoq yillar
davomida hokimiyatni amalga oshirish bilan shug'ullanadi va katta tajriba
to'plagan.
Bu
faoliyatni
yaxshiroq
amalga
oshirish
maqsadida
davlat
faoliyati, tuzilishi takomillashtirilib boriladi. Xalq davlat hokimiyatini amalga
oshiruvchi organ va mansabdor shaxslarni saylashda, tayinlashda bevosita yoki
vakillari orqali ishtirok etadi. Ular xalq oldida mas’uliyatli hisoblanadi.
Vakolatni
xalqdan
olgach,
o'zlarining
faoliyatini
xalq
manfaatlariga
xizmat qilishga qaratadi. O‘zbekistonda davlat faoliyati ustidan jamoatchilik
nazoratini kuchaytirishga qaratilgan yo'l ham xalq hokimyatini kuchaytirishga
qaratilgandir. Xalqning xohish istagi davlat siyosatini belgilashda hal qiluvchi o'rin
egallaydi. O'zbekiston Respublikasida, barcha demokratik davlatlar singari, davlat
hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va Respublika Konstitutsiyasi hamda uning
asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga
oshiriladi (7-modda). Demak, birinchidan, davlat hokimiyati xalq manfaatlarini
ko‘zlashi kerak, ikkinchidan, davlat hokimiyati konstitutsiya va maxsus qonunlar
vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiya davlat
hokimiyatining uch turdagi hokimiyat tarmoqlari: qonunchilik, ijro, sud organlari
tomonidan amalga oshirilishini belgilagan. Asosiy qonunda davlat boshlig'i -
Prezident, qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi Oliy Majlis va uning
palatalari vakolatlari belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyadan tashqari yana bir necha
qonunlar mavjud bo’lib, ularda davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar
vakolatlari belgilangan, jumladan, “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik
palatasi
to‘g‘risida”gi,
“O'zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining Senati to‘g‘risida”gi, ’“Sudlar to'g'risida’gi, “O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g'risida”gi
qonunlarda. Birinchi. Vazirlar Mahkamasi vakolatlari tizimlashtirildi va
aniqlashtirildi, uning 6-ta vakolati bandlarda aniq-ravshan etib ifodalandi.
Muqaddam 98-moddaning 2011 yilgi tahririda uning atigi 2 ta vakolati aniq
ko‘rsatilgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 6 taga yetdi. Xususan, Vazirlar
Mahkamasi ilgari faqatgina iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali
faoliyatiga rahbarlik qilishi belgilangan bo‘lsa endilikda ushbu sohalar moliyaviy,
pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda
iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha
dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lishi bilan
to‘ldirildi. Shuningdek, fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish,
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish,
ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etish kabi yangi
vakolat va vazifalar belgilandi. O'zbekiston o'z taraqqiyotiga jahon davlatchilik
taraqqiyotidagi
eng
ijobiy
xususiyatlarni,
prinsiplarni
amalda
qo’llash
orqali erishishni maqsad qilib qo'ygan. Davlatni tashkil etish, davlat hokimiyatini
amalga oshirish masalasida ham barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasida
qo’llanilib kelinayotgan va amalda o'zini oqlagan davlat hokimiyati tizimining
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi
prinsipini konstitutsiyada mustahkamlash va amalda qo'llash yo'lidan bordi.
Hayotda va ayrim yuridik manbalarda “hokimiyat bo'linishi prinsipi” degan atama
uchrab turadi. Aslida esa, davlat hokimiyati yagona, u bo'linmaydi. Bo'linish
deganda faqat davlat hokimiyati tizimining tarmoqlarga bo'linishi tushunilishi
kerak. Agar davlat hokimiyatini bir katta daraxt deb olsak, daraxtning shoxlari shu
hokimiyatning tarmoqlaridir. Daraxt shoxlarga bo'linishi bilan butunlay bo'linib
ketmaganidek, hokimiyat tizimining tarmoqlarga bo'linishi bilan hokimiyatning
yagonaligiga
putur
yetmaydi,
chunki
u
bo'linib
ketmaydi.
Davlat
hokimiyatini alohida tarmoqlar tomonidan amalga oshirilishi hokimiyatning
samarasini oshiradi. Chunki ular shu ishga ixtisoslashgan. O'zbekiston mustaqillikka
erishgach, mustaqillikning birinchi huquqiy asosi “O'zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligi asoslari to‘g'risida”gi 1991-yil 31-avgust Qonunida birinchi
marta hokimiyat tizimi hokimiyatning bo'linishi prinsipida tashkil qilinishi
ko'rsatilgan.
Keyinchalik
Konstitutsiyaning
11-moddasida:
“O'zbekiston
Respublikasi
davlat
hokimiyatining
tizimi
hokimiyatning
qonun
chiqaruvchi,
ijro
etuvchi
va
sud
hokimiyatiga
bo'linishi
prinsipiga asoslanadi”, — deb belgilandi. Shu asosda O'zbekistonda hokimiyatni
amalga oshiruvchi organlar tizimi barpo etildi. Mamlakatimizda qonunchilik
hokimiyati Oliy Majlis, ijro hokimiyati Vazirlar Mahkamasi va hokimlar, sud
hokimiyati Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy Xo'jalik sudi va hududiy tuzilish-
lardagi sudlar orqali amalga oshiriladi. Hokimiyatning bo'linishi prinsipidan kelib
chiqib, har bir alohida hokimiyat tuzilmalarining vakolatlari aniq belgilab qo'yiladi.
Hokimiyat bo'linishi prinsipi faqat vakolatlarni aniq belgilab qo'yishnigina nazarda
tutmaydi.
II BOB. Xalq xokimiyati qurilishining konstitutsion parametrlari
O‘zbekiston xalqi. Xalqning jamiyat va davlat hayotida ishtiroki. Xalq nomidan
ish olib borish Konstitutsiyaning 8-moddasida: “O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i
nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi, qisqa huquqiy ta’rif
berilgan. Xalq tushunchasini aniqlash huquqiy munosabatlarda muhim o'rin
egallaydi. Chunki, O‘zbekistonda kimlar yashashidan qat’i nazar, davlat
boshqaruvida faqat xalq ishtirok etadi, xalq esa O‘zbekiston fuqarolaridir.
0‘zbekiston fuqarosi bo'lmagan shaxslar, ya’ni xorijiy mamlakat fuqarolari yoki
fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat boshqaruvida, idora ishlarida ishtirok etmaydi.
O'zbekiston xalqi, ya’ni fuqarolarigina davlat boshqaruvida ishtirok etadi.
O'zbekiston xalqini davlatni boshqarish ishlarida ishtiroki ularning siyosiy
huquqlari hisoblangani uchun bunday huquqlar siyosiy huquqlarga taalluqli
Konstitutsiya normalarida belgilab qo'yilgan. Konstitutsiyaning 32-moddasiga
asosan, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendum bilan amalga oshiriladi. Bu
yerda xalqning davlat hayotida ishtirok etish yo'llari aniq belgilab qo'yilgan.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 9-moddasida: “Jamiyat va davlat hayotining
eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga
(referendumga) qo'yiladi”, - deb belgilangan. O‘zbekiston mustaqillikka
erishgandan keyingi davrda, haqiqatan ham, eng muhim masalalar xalq
muhokamasiga taqdim etilganligini, shuningdek referendumga qo'yilib, hal
qilinganligini ko'ramiz. Bularni misollar bilan ko'rsatish mumkin. Agar
Konstitutsiyaning ijtimoiy hayotdagi o'rnini ko'radigan bo'lsak, undan muhim hech
narsa yo'q. Konstitutsiya loyihasi ishlangach, u uzoq vaqt xalq muhokamasiga
qo'yildi. Muhokama natijasida tushgan fikr-mulohazalar asosida loyihaga ko'pgina
tuzatishlar, qo'shimchalar kiritildi. Muhokama asosida xalq Konstitutsiyani
yaratishda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi. Yoki, keyingi
vaqtda qabul qilinayotgan ko‘plab qonun loyihalari, albatta, xalq muhokamasiga
qo'yildi va ularning istak-mulohazalari qonunlarning qabul qilinishida inobatga
olindi. O'zbekiston mustaqil davlat bo'lgach, davlat rivojlanish tarixida referendum
degan hodisa (voqelik) uchraydigan bo'ldi. Uning natijasida, mustaqilligimiz xalq
tomonidan ma’qullandi, prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga o'zgartirildi
va nihoyat, ikki palatali parlament tashkil qilindi. Demak, eng muhim masalalarga
xalq o'z munosabatini bildirdi, xalqning ovozi shu masalalarni hal qilishda asosiy
rol o'ynadi. Xalq davlat boshqaruvida muhokamalarda, referendumda ishtirok etish
bilan qatnashar ekan, bular haqida aniqroq tushunchaga ega bo'lish zarur.
Umumxalq muhokamasi nima, umumxalq ovozi (reterendum) nima, degan savollar
tez-tez uchrab turadi. Umumxalq muhokamasida ma’lum bir masala yoki loyiha
ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. Xalq uni o’rganib, o'z istak,
mulohaza, takliflarini omntaviy axborot vositalari orqali bildiradi yoki pochta orqali
yoki shaxsan tegishli organlarga yetkazadi. Muhokamada loyihani u yoki bu qoida,
normalariga o'zgartirish, biror qo'shimcha kiritish, mavjud norma, qoidalarni olib
tashlash haqida fikr bildiriladi, qanday fikr-mulohazalarni inobatga olish yoki rad
etish tegishli organ, komissiya vakolatiga kiradi. Muhokama bir necha kun, hafta
yoki oylab davom etishi mumkin. Muhokamada qancha odam ishtirok etishi
belgilab qo'yilmaydi. Umumxalq ovozi (referendum) masalani uzil-kesil hal
qilish uchun yoki qonun loyihasini qabul qilish uchun o'tkaziladi. Bunda masala
ijobiy hal qilinadi yoki rad etiladi. Referendumda qancha xalq ishtirok etishi,
qanchasining ovoz berishi masalaning hal qilinishini belgilaydi. U saylovdagi kabi
ovoz berish orqali hal qilinadi. Uni saylovdan farqi, saylovda aniq nomzodlarga
ovoz berilsa, referendumda aniq masalaga ovoz beriladi. Xalq davlat hayotida
boshqa usullar orqali ham ishtirok etadi. Masalan: saylov orqali, davlat
organlarining faoliyatini nazorat qilish orqali. Bu masalalar keyingi mavzularda
o'rganiladi.
O'zbekiston
Respublikasining
“O'zbekiston
Respublikasining referendumi to'g'risida” maxsus qonun bo'lib, u nima uchun
referendum o'tkazilishi, referendum predmeti bo'lmaydigan masalalar doirasi,
qanday hollarda referendum o'tkazish mumkin emasligi, referendum o'tkazishning
asosiy prinsiplari va referendum o'tkazish tartibini belgilab qo'ygan. Qonunga
asosan referendum o'tkazish tashabbusi huquqiga, Respublika fuqarolari, Oliy
Majlisning palatalari, O'zbekiston Prezidenti ega. Fuqarolar referendum o'tkazish
tashabbusi bilan chiqadigan bo'lsa, bunday tashabbusni referendumda ishtirok
etuvchilarning kamida besh foizi qo'llab-quvvatlaganda, tashabbus amalga
oshiriladi.
Referendum
O'zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisi
tomonidan tayinlanadi. O'zbekiston Prezidenti referendum o'tkazish tashabbusi
bilan chiqqan taqdirda, Oliy Majlisga murojaat etishi yoki referendum o'tkazish
to'g'risida o'z qarorini qabul qilishi mumkin. Referendum o'tkazishda saylovlar
vaqtidagi asosiy prinsiplar, tartiblar qo'llaniladi. Referendum o'tkazish, uning
natijalarini aniqlash, e’lon qilishda Markaziy saylov komissiyasi ishtirok etadi.
Referendumda qabul qilingan qaror respublikaning butun hududida majburiy
kuchga ega bo'ladi va davlat hokimiyati tomonidan tasdiqlanishi shart emas.
Yuqorida qayd etilganidek, xalq o‘z xohish-irodasini amalga oshirishni davlatga
topshirgan. Bu qonuniy asosga ega. Lekin, davlat juda murakkab tuzilma, uni
harakatga keltiruvchi, yurgizuvchi ko'plab mansablar, organlar mavjud. Xalq
hokimiyatning yagona manbai bo‘lsada, hamma vaqt, hamma joyda to‘g ‘ridan-
to‘g‘ri harakat qila olmaydi. Buning imkoniyati ham yo‘q. Shuning uchun, xalq
nomidan harakat qiluvchilar doirasi aniq chegaralab qo'yilgan. O'zbekiston
Konstitutsiyasining 10-moddasida: “O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan
Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin”, - deb mustahkamlab
qo'yilgan. Bu sharafli va mas’uliyatli vazifani Oliy Majlis bilan Prezident mamlakat
ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda ham amalga oshiradi. Oliy Majlis ham,
Prezident ham xalq vakilligining oliy ko'rinishi. O'zbekiston Oliy Majlisi ikki
palatadan iborat bo'lib, quyi palata - Qonunchilik palatasi xalq tomonidan bevosita
saylangan deputatlardan iborat bo'lsa, yuqori palata Senatning a’zolari senatorlar
xalq saylagan mahalliy Kengash deputatlaridan va Prezident tayinlagan
senatorlardan iborat. Quyi palata deputatlarini saylashda xalq bevosita ishtirok etsa,
Senatni shakllantirishda vakillari orqali ishtirok etadi. Oliy Majlis oliy vakillik va
yagona qonunchilik organidir. Shuning uchun ularning xalq nomidan ish olib
borishi asoslidir. Prezident - davlat boshlig'i. O'zbekistonda Prezident bevosita xalq
tomonidan saylanadi, u xalqdan to'g‘ridan-to‘g ri vakolat oladi. Prezidentning
bunday vakolatga egaligi Konstitutsiyaning yana boshqa moddasida ham
ko'rsatilgan: “O'zbekiston Respublikasining Prezidenti: mamlakat ichkarisida va
xalqaro munosabatlarda О’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko'radi” (93-
modda). Prezidentning ham xalq nomidan, ham davlat nomidan ish olib borishining
ma’nosi bor. Chunki, davlat xalq hokimiyatini ta’sarruf etuvchi tuzilma bo'lsa,
Prezident
xalq
saylagan,
ma’qullagan
davlat
boshlig'i.
Nihoyat
Konstitutsiyamizning 98-moddasi 2014-yilda ham yangi tahrirda bayon etildi.
Endilikda 98-modda 9 qismdan iborat bo‘lgan maqbul ko‘rinishga keldi. 98-
moddaning 2014-yildagi yangi tahriri 6 ta yangi qoidani belgilab berdi.Ikkinchi.
Vazirlar Mahkamasi ilgari “amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” qaror va
farmoyishlar chiqargan bo‘lsa, endilikda ushbu vakolat “konstitutsiyaviy normalar
doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” amalga oshirilishi belgilandi.
Uchinchi. Vazirlar Mahkamasi ilgari o‘z faoliyatida “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” oldida javobgar bo‘lgan
bo‘lsa, endilikda ustuvorlik o‘zgarib, javobgarlik dastlab O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi va undan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida etib
belgilandi. To‘rtinchi. Ilgari amaldagi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini
zimmasidan soqit qilgach, Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga
qadar hukumat qanday faoliyat yuritishi masalasi ochiq qolgan edi. Endilikda ushbu
muammo hal etildi – amaldagi Vazirlar Mahkamasi uning yangi tarkibi
shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini
davom ettirib turishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-
moddasi, unda belgilangan ijro hokimiyatini tashkil etishning demokratik prinsip va
qoidalari amaldagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan va sezilarli darajada
boyitilgan. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi
Qonuni 2003-yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lsa, 2003-yildan
2017-yilga qadar ushbu Qonunga jami 9 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi (2007, 2008, 2009, 2011, 2014 va 2015 yillarda – 2 martadan hamda 2016
yil). Bularning barchasi o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi
faoliyati
mustaqillik
yillarida
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida belgilangan qoida va prinsiplar asosida izchil takomillashib
kelayotganligidan dalolat bermoqda.
Xalq xokimiyatining konstitutsion vakolatlari
O‘zbekiston xalqi. Xalqning jamiyat va davlat hayotida ishtiroki. Xalq nomidan
ish olib borish Konstitutsiyaning 8-moddasida: “O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i
nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, degan qoida
belgilanib, unda “xalq” tushunchasiga aniq, qisqa huquqiy ta’rif berilgan. Xalq
tushunchasini aniqlash huquqiy munosabatlarda muhim o'rin egallaydi. Chunki,
O‘zbekistonda kimlar yashashidan qat’i nazar, davlat boshqaruvida faqat xalq
ishtirok etadi, xalq esa, O‘zbekiston fuqarolaridir. O‘zbekiston fuqarosi bo'lmagan
shaxslar, ya’ni
xorijiy
mamlakat
fuqarolari
yoki
fuqaroligi
bo'lmagan
shaxslar davlat boshqaruvida, idora ishlarida ishtirok etmaydi. O'zbekiston xalqi,
ya’ni fuqarolarigina davlat boshqaruvida ishtirok etadi. O'zbekiston xalqini davlatni
boshqarish ishlarida ishtiroki ularning siyosiy huquqlari hisoblangani uchun bunday
huquqlar siyosiy huquqlarga taalluqli Konstitutsiya normalarida belgilab qo'yilgan.
Konstitutsiyaning 32-moddasiga asosan, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok
etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish,
referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish bilan
amalga oshiriladi. Bu yerda xalqning davlat hayotida ishtirok etish yo'llari aniq
belgilab qo'yilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 9-moddasida: “Jamiyat va
davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi,
umumiy ovozga
(referendumga)
qo'yiladi”,
-deb
belgilangan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrda, haqiqatan ham, eng muhim
masalalar xalq muhokamasiga taqdim etilganligini, shuningdek referendumga
qo'yilib, hal qilinganligini ko'ramiz.Bularni misollar bilan ko'rsatish mumkin. Agar
Konstitutsiyaning ijtimoiy hayotdagi o'rnini ko'radigan bo'lsak, undan muhim hech
narsa yo'q. Konstitutsiya loyihasi ishlangach, u uzoq vaqt xalq muhokamasiga
qo'yildi. Muhokama natijasida tushgan fikr-mulohazalar asosida loyihaga ko'pgina
tuzatishlar, qo'shimchalar kiritildi. Muhokama asosida xalq Konstitutsiyani
yaratishda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi. Yoki, keyingi
vaqtda qabul qilinayotgan ko‘plab qonun loyihalari, albatta, xalq muhokamasiga
qo'yildi va ularning istak-mulohazalari qonunlarning qabul qilinishida inobatga
olindi.O'zbekiston mustaqil davlat bo'lgach, davlat rivojlanish tarixida referendum
degan hodisa (voqelik) uchraydigan bo'ldi. Uning natijasida, mustaqilligimiz xalq
tomonidan ma’qullandi, prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga o'zgartirildi
va nihoyat, ikki palatali parlament tashkil qilindi. Demak, eng muhim masalalarga
xalq o'z munosabatini bildirdi, xalqning ovozi shu masalalarni hal qilishda asosiy
rol o'ynadi. Xalq davlat boshqaruvida muhokamalarda, referendumda ishtirok etish
bilan qatnashar ekan, bular haqida aniqroq tushunchaga ega bo'lish zarur.
Umumxalq muhokamasi nima, umumxalq ovozi (reterendum) nima, degan savollar
tez-tez uchrab turadi. Umumxalq muhokamasida ma’lum bir masala yoki loyiha
ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. Xalq uni organib, o'z istak,
mulohaza, takliflarini ommaviy axborot vositalari orqali bildiradi yoki pochta orqali
yoki shaxsan tegishli organlarga yetkazadi. Muhokamada loyihani u yoki bu qoida,
normalariga o'zgartirish, biror qo'shimcha kiritish, mavjud norma, qoidalarni olib
tashlash haqida fikr bildiriladi, qanday fikr-mulohazalarni inobatga olish yoki rad
etish tegishli organ, komissiya vakolatiga kiradi. Muhokama bir necha kun, hafta
yoki oylab davom etishi mumkin. Muhokamada qancha odam ishtirok etishi
belgilab qo'yilmaydi. Umumxalq ovozi (referendum) masalani uzil-kesil hal
qilish uchun yoki qonun loyihasini qabul qilish uchun o'tkaziladi. Bunda masala
ijobiy hal qilinadi yoki rad etiladi. Referendumda qancha xalq ishtirok etishi,
qanchasining ovoz berishi masalaning hal qilinishini belgilaydi. U saylovdagi kabi
ovoz berish orqali hal qilinadi. Uni saylovdan farqi, saylovda aniq nomzodlarga
ovoz berilsa, referendumda aniq masalaga ovoz beriladi. Xalq davlat hayotida
boshqa usullar orqali ham ishtirok etadi. Masalan: saylov orqali, davlat
organlarining faoliyatini nazorat qilish orqali. Bu masalalar keyingi mavzularda
o'rganiladi.
O'zbekiston
Respublikasining
“O'zbekiston
Respublikasining
referendumi
to'g'risida”, maxsus qonun bo'lib, u nima uchun referendum o'tkazilishi, referendum
predmeti bo'lmaydigan masalalar doirasi, qanday hollarda referendum o'tkazish
mumkin
emasligi,
referendum
o'tkazishning
asosiy
prinsiplari
va
referendum o'tkazish tartibini belgilab qo'ygan. Qonunga asosan referendum
o'tkazish tashabbusi huquqiga, Respublika fuqarolari, Oliy Majlisning palatalari,
O'zbekiston Prezidenti ega. Fuqarolar referendum o'tkazish tashabbusi bilan
chiqadigan bo'lsa, bunday tashabbusni referendumda ishtirok etuvchilarning
kamida besh foizi qo'llab-quvvatlaganda, tashabbus amalga oshiriladi. Referendum
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tayinlanadi. O'zbekiston
Prezidenti referendum o'tkazish tashabbusi bilan chiqqan taqdirda, Oliy Majlisga
murojaat etishi yoki referendum o'tkazish to'g'risida o'z qarorini qabul qilishi
mumkin. Referendum o'tkazishda saylovlar vaqtidagi asosiy prinsiplar, tartiblar
qo'llaniladi.Referendum o'tkazish, uning natijalarini aniqlash, e’lon qilishda
Markaziy saylov komissiyasi ishtirok etadi. Referendumda qabul qilingan qaror
respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo'ladi va davlat hokimiyati
tomonidan tasdiqlanishi shart emas. Yuqorida qayd etilganidek, xalq o‘z xohish-
irodasini amalga oshirishni davlatga topshirgan. Bu qonuniy asosga ega.
Lekin, davlat juda murakkab tuzilma, uni harakatga keltiruvchi, yurgizuvchi ko'plab
mansablar, organlar mavjud. Xalq hokimiyatning yagona manbai bo‘lsada, hamma
vaqt, hamma joyda to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri harakat qila olmaydi. Buning imkoniyati ham
yo‘q. Shuning uchun, xalq nomidan harakat qiluvchilar doirasi aniq chegaralab
qo'yilgan. O'zbekiston Konstitutsiyasining 10-moddasida: “O'zbekiston xalqi
nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi
mumkin”, - deb mustahkamlab qo'yilgan. Bu sharafli va mas’uliyatli vazifani Oliy
Majlis bilan Prezident mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda ham
amalga oshiradi. Nima uchun faqat Oliy Majlis va Prezident? Oliy Majlis ham,
Prezident ham xalq vakilligining oliy ko'rinishi. O'zbekiston Oliy Majlisi ikki
palatadan iborat bo'lib, quyi palata - Qonunchilik palatasi xalq tomonidan bevosita
saylangan deputatlardan iborat bo'lsa, yuqori palata - Senatning a’zolari - senatorlar
xalq saylagan mahalliy Kengash deputatlaridan va Prezident tayinlagan
senatorlardan iborat. Quyi palata deputatlarini saylashda xalq bevosita ishtirok etsa,
Senatni shakllantirishda vakillari orqali ishtirok etadi. Oliy Majlis oliy vakillik va
yagona qonunchilik organidir. Shuning uchun ularning xalq nomidan ish olib
borishi asoslidir. Prezident - davlat boshlig'i. O'zbekistonda Prezident bevosita xalq
tomonidan saylanadi, u xalqdan to'g‘ridan-to‘g’ri vakolat oladi. Prezidentning
bunday vakolatga egaligi Konstitutsiyaning yana boshqa moddasida ham
ko'rsatilgan: “O'zbekiston Respublikasining Prezidenti: mamlakat ichkarisida va
xalqaro munosabatlarda О’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko'radi” (93-
modda). Prezidentning ham xalq nomidan, ham davlat nomidan ish olib borishining
ma’nosi bor. Chunki, davlat xalq hokimiyatini ta’sarruf etuvchi tuzilma bo'lsa,
Prezident
xalq
saylagan,
ma’qullagan
davlat
boshlig'i.
Nihoyat
Konstitutsiyamizning 98-moddasi 2014-yilda ham yangi tahrirda bayon etildi.
Endilikda 98-modda 9 qismdan iborat bo‘lgan maqbul ko‘rinishga keldi. 98-
moddaning 2014-yildagi yangi tahriri 6 ta yangi qoidani belgilab berdi. Ikkinchi.
Vazirlar Mahkamasi ilgari “amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” qaror va
farmoyishlar chiqargan bo‘lsa, endilikda ushbu vakolat “konstitutsiyaviy normalar
doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” amalga oshirilishi belgilandi.
Uchinchi. Vazirlar Mahkamasi ilgari o‘z faoliyatida “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” oldida javobgar bo‘lgan
bo‘lsa, endilikda ustuvorlik o‘zgarib, javobgarlik dastlab O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi va undan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida etib
belgilandi. To‘rtinchi. Ilgari amaldagi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini
zimmasidan soqit qilgach, Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga
qadar hukumat qanday faoliyat yuritishi masalasi ochiq qolgan edi. Endilikda ushbu
muammo hal etildi – amaldagi Vazirlar Mahkamasi uning yangi tarkibi
shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini
davom ettirib turishi belgilandi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-
moddasi, unda belgilangan ijro hokimiyatini tashkil etishning demokratik prinsip va
qoidalari amaldagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan va sezilarli darajada
boyitilgan. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi
Qonuni 2003-yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lsa, 2003-yildan
2017-yilga qadar ushbu Qonunga jami 9 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi (2007, 2008, 2009, 2011, 2014 va 2015 yillarda – 2 martadan hamda 2016
yil). Bularning barchasi o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi
faoliyati
mustaqillik
yillarida
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida belgilangan qoida va prinsiplar asosida izchil takomillashib
kelayotganligidan dalolat bermoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
yangilangan Konstitutsiyani hayotga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama
qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Oliy
Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari
rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan muloqot qildi.Unda yangi tahrirdagi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha shu yil 30-aprelda
bo‘lib o‘tgan referendum yakunlari haqida so‘z bordi.Davlatimiz rahbari o‘z nutqida
yangilangan Konstitutsiyamizda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, uni
ishlab chiqishda aholi faol ishtirok etganligi hamda referendum orqali qabul
qilinganligi ushbu hujjatning chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘lganidan dalolat
ekanligini ta’kidladi. Konstitutsiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab to
uni qabul qilguncha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan umumxalq muhokamalarida
millionlab yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga
barcha asoslarimiz bor. Eng muhimi, endi islohotlarimiz yo‘lidan hech qachon ortga
qaytmaymiz, “inson – jamiyat – davlat”, degan yangi tizim asosida faqat va faqat
oldinga qarab boramiz, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.Dunyoda kundan-
kunga yangi sinovlar, xavf-xatar va tahdidlar paydo bo‘layotgan vaziyatda
Konstitutsiyada O‘zbekiston “suveren davlat” sifatidagi maqomini mustahkamladi.
– Shunday murakkab vaziyatda, har bir ishimizda, qabul qilayotgan barcha qonun
va qarorlarimizda faqat va faqat xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari eng ustuvor
o‘rinda turishi shart, – dedi davlat rahbari. Yangilangan Konstitutsiyada O‘zbekiston
“ijtimoiy davlat” degan tamoyil muhrlanib, davlatning bu sohadagi majburiyatlari
bilan bog‘liq normalar 3 baravarga oshdi. – Bu raqamni aytish oson, lekin uni
amalda ta’minlash uchun juda ko‘p ishlashimiz zarur. Bunga davlat byudjetidan har
yili qo‘shimcha 30-40 trillion so‘m ajratish kerak bo‘ladi. Buning hisobidan, har yili
yuzlab yangi bog‘chalar, maktab va shifoxonalar qurishimiz lozim.Yoshlar
siyosatini, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishni
ustuvor vazifa sifatida yuqori bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ham yangi
imkoniyatlarni safarbar etamiz.Nuroniylar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan
insonlar, alohida e’tiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini
yanada kengaytiramiz. Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini
muntazam oshirib boramiz, – dedi Prezident.Konstitutsiyada O‘zbekiston “huquqiy
davlat” degan tamoyil ham qat’iy qilib belgilanib, inson huquq va erkinliklari
borasidagi normalar 3 baravarga ko‘paytirildi.Shaxsni sudning qarorisiz 48 soatdan
ortiq muddat ushlab turish mumkin emasligi, odamlarning huquq va erkinliklarini
cheklash bilan bog‘liq barcha harakatlarga faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi,
ayblanuvchi va sudlanuvchilarning “sukut saqlash” huquqi mustahkamlandi.“Inson
qadri uchun” tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari
faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shartligi, insonning sha’ni va qadr-qimmati
daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi
belgilab qo‘yildi. Bu – avvalambor barcha sohada qonun ustuvorligi ta’minlanadi,
degani. Bundan buyon, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘ladi. Eng
muhimi, “Qonun – muqaddas, har qanday holatda ham adolatni qaror toptirish
shart!” degan qarash jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, mansabdorlar uchun hayot
qoidasiga aylanishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya
O‘zbekistonning “demokratik davlat” sifatidagi maqomini ham mustahamladi.
Mamlakatimizda inson va biznesning og‘irini yengil qiladigan, ularga sifatli xizmat
ko‘rsatadigan ixcham va samarali boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida keng
ko‘lamli ma’muriy islohotlar boshlanib, hukumat va vazirliklar ixchamlashdi, ish
uslubi o‘zgartirildi.