XALQ MILLIY O’YINLARI VA ULARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
26,0 KB
XALQ MILLIY O’YINLARI VA ULARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Reja
Xalq harakatli o'yinlarining rivojlanish xronologiyasi.
Milliy o’yinlar milliy tarbiya.
O’zbek xalq milliy o’yinlari.
Xalq harakatli o'yinlarining rivojlanish xronologiyasi
O'zbek xalq harakatli o'yinlarining paydo bo'lishida va rivojlanishida shu kungacha
saqlanib qolgan (yunon, rim, arab-fors mualliflarining qo'lyozmalari, turkiy bitiklar)
qadimiy me’morchilik obidalari va amalga oshirilgan arxeologik qazilmalarning
natijalari,shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalari (epos, doston, rivoyat,afsona,
topishmoq, o'yin, raqs, musiqa va boshqalar) g'oyat muhim ahamiyat kasb
etadi.O'zbek xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan o'zbek xalq harakatli
o'yinlari jismoniy madaniyat, yosh avlodni tarbiyalash va sog'lom turmush tarzini
shakllantirishda alohida o'rin tutadi.O'rganilgan ilmiy-uslubiy va maxsus
manbalardagi ma’lumotlarga ko'ra, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti, ijtimoiy-
iqtisodiy,siyosiy va maishiy rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan.
Bu esa o'yinlarning xalqimiz madaniy turmush tarzi va jismoniy madaniyati bilan
uyg'unlikda taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi. Lekin ajdodlarimiz
o'yinlarining tarixiy taraqqiyotini turli ijtimoiy tuzum davrlaridagi madaniyati,
ma’rifati,
tarixiy
voqealarihamda
an’analaridan
alohida
ajratib
o'rganib
bo'lmaydi.Ibtidoiy odamning e’tiqod va tasawurlari olamni bila borish va idrok etish
darajasi bilan bog'liq bo'lgan. Darhaqiqat, Z.Husaynovaning yozishicha: “O'tmishda
tabiat va tabiat hodisalaring o'zi bir jumboq bo'lganki, odamlar uning sirini
bilmaganlar va yecha olmagalar, ularga u sirli bir mo'jizadek bo'lib ko'ringan”.
Shaxs o'zini qurshab turgan tashqi obyektiv olamni taniy boshlagan bir paytda
undagi narsa va hodisalarning qaysi yo'l bilan yaratilishini anglash, bilish istagida
solishtirish, qiyoslash va ba’zan qaramaqarshi qo'yish bilan o'rgana boshlangan.
Ular quyosh, oy, yulduzlar harakatining, chaqmoq chaqishi,bulut kelishi, shamol
esishi, qor-yomg'ir kabilaming mohiyatini to'la anglab yetmaganlar va animistik
tushunchalarga asoslanib,ulaming hammasida jon bor deb tasawur qilganlar. Chunki
insonhali tabiat va uning sirlarini to'g'ri tushunib yeta olmagan,totemistik
tushunchalar hukmron bo‘lgan paytda Quyosh va Oyni
otalik va onalik boshlang'ich — ota va ona deb tasawur etgan.0‘zbek xalq
dostonlarida G‘irot, Boychibor, Jiyronqush,Majnunko‘k kabi ot obrazlarining nufuzli
o'rin tutishi ot totemi naqadar kuchli bo'lganligidan dalolat beradi. Shunday qilib,
tabiat va xayol haqida yuzaga kelgan ibtidoiy tushuncha va e’tiqodlar animistik
hamda totemistik qarashlami vujudga keltirgan.Tarixiy manbalarga qaraganda, quyi
paleolit davrida (taxminan
40-41 ming yil ilgari) yer yuzining shimoliy qismida totemga oid “ayiq bayramlari”
ham bo'lgan. Totem-ayiqqa bag'ishlangan afsonalarda bu bayram haqida ba’zi
ma’lumotlami o'qish mumkin.“Ayiq bayrami”ning variantlari va elementlari Sibir
xalqlarining
ba’zilarida XX asr boshlarida ham saqlangan va bunday bayramlarda ayiq
timsolidagi kishi bosh qahramon bo'lib, u ayiqning qiliqlarini bajarib raqsga tushib
yurgan. O'rta Osiyoda esa “Ayiq o'yini”(pantomimik raqs sifatida) hozirgi davrgacha
yetib kelgan.O'zbekiston hududida, shuningdek, Turkiya, Hindiston mamlakatlari
hamda Kavkazorti respublikalarining ayrim shahar ko'chalarida ayiq o'ynatib yurgan
odamni ko'rish mumkin. Ular odamlar gavjum joylarda kichik tomosha ko'rsatib
yurishadi.Ehtimol, bu qadimiy ayiq o'yinidan bizgacha yetib kelgan totem hayvonlar
o'yinining bir ko'rinishi ham bo'lishi mumkin.
O'yinlarning tabiiy-tarixiy taraqqiyoti mehnat jarayoni bilan bog'liq.O'yinning ilk
boshlang'ich ko'rinishi ibtidoiy jamiyatda sinkretik (qorishiq) san’at qismi sanalib,
insonning mehnat va kundalik faoliyatini ifodalagan. Ular qo'shiq, raqs, musiqa
bilan ajralmas bo'lgan.Ishlab chiqarish qurollarin|ng takomillashuvi va tilning
taraqqiyoti bilan o'yinlar fikrlash faoliyatining mustaqil turiga ajratilgan hamda o'z
mazmuniga ko'ra boyib borgan, ulaming harakatni talab qiladigan shakllari paydo
bo'lgan.O'yinlar faoliyatining mustaqil turi sifatida muayyan darajada hamma vaqt
jamiyat hayot tarzini belgilagan desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ko'pgina ma
mlakatlarning olimlari va pedagoglari o'yinlar mohiyatini, uning kelib chiqishi,
taraqqiyoti va ahamiyatini o'rganmoqdalar. Shunga ko'ra o'yinlarning mohiyati va
kelib chiqishini ifodalovchi turli hil nazariyalar, fikrlar va qarashlar mavjud.
O'yinlarning ibtidoiy jamoa davrida mavjudligi tan olingan bo'lsada, biror xalq
o'yinlarining paydo bo'lishi va uning taraqqiyoti masalalari hanuzgacha to'laqonli
tadqiq qilinmagan. Lekin shu kungacha mavjud bo'lgan manbalarga tayangan holda,
xalq o'yinlarining ilk paydo bo'lishi haqida mantiqiy fikr yuritsa va ular to'g'risida
muayyan tasawur hosil qilsa bo'ladi.Xalq o'yinlarining paydo bo'lishini aniqlashda
O'rta Osiyo xalqlariga oid mehnat va ov qurollari, qadimiy inshootlaming qoldiqlari,
qabrlar, tog'dagi konlar va g'orlar, qoyalarga ishlangan suratlar asosiy manba bo'lib
xizmat qiladi.Ba’zi manbalarda insoniyatning ilk vatani Sharqiy Afrika deb berilgan
bo'lsa-da, arxeologiya fanining eng so'nggi ma’lumotlarigako'ra ilk neolit davrining
oxiridan boshlab O'rta Osiyoda ibtidoiy odamlar yashay boshlagan (Farg'ona
vodiysidagi Seleng'ur manzilgohi). Ayrim arxeolog olimlar O'rta Osiyoga ibtidoiy
odamlar
Afrika
qit’asidan
Sharqiy
Osiyo
orqali
kelgan
degan
fikmi
bildirganbo'lsalar (V.A. Ranov), boshqa bir guruh olimlar O'rta Osiyo ham insoniyat
beshigi deb hisoblaydilar. O'zbskiston hududida eng qadimgi odamlar manzilgohi
Farg'ona vodiysidagi Seleng'ur g'or makoni bo'lib, bu ilk paleolit davriga
mansubdir.Mamlakatimiz janubidagi mo'tadil iqlim va atrof-muhit bu yerda juda
qadimdan insonning yashashi hamda tirikchilik qilishi uchun qulay manzilgohlar
bo‘lganligini tasdiqlaydi. Surxondaiyo viloyatidagi Boysuntog* va Ko'hitang
tog‘larida mavjud g‘or va o‘ngirlar ibtidoiy davr odamlari uchun makon vazifasini
o'tagan. Viloyat hududidagi eng qadimgi makon — neandertal odamning manzilgohi
— Boysun tog‘idagi Teshiktosh g'ori bo'lib, o‘rta tosh (muste) davriga
oiddir.Ibtidoiy odamlarning yowoyi hayvonlami xonakilashtirish
jarayoni ham aynan ana shu davrda sodir bo‘lgan. Machay g‘oridan topilgan toshdan
yasalgan mehnat qurollari, tayyorlanishi va shakllari bilan 0 ‘rta Osiyodagi boshqa
mezolit davri manzilgohlarida topilgan qurollardan bir muncha farq qiladi.0‘rta tosh
asr ibtidoiy odamlar tasawurlari va e’tiqdlarida keskin o'zgarish yuz bergan davr
hisoblanadi. Bu jarayonni 0 ‘rta Osiyoning eng qadimgi rang-tasvirlaridan bo‘lmish
Ko‘hitangdagi Zarautsoy suratlarida kuzatish mumkin. Zarautsoyda tabiat hosil
qilgan ayvonga o‘xshash joy qismida va g‘or ichida 200 taga yaqin qizil buyoqlarda
bitilgan suratlar saqlanib qolgan. Bu lavhalarda ov manzarasi, hayvonot olami va
ibtidoiy davr odamlari tasviri o‘z
ifodasini topgan.Ba’zi bir olimlarning (A.A. Formozov) ta’kidlashicha,bu
lavhalarda sehrli ov marosimi aks ettirilgan. Ibtidoiy odamlar ovga chiqish oldidan
yoki ovdan qaytgan chog‘ida, Zarautkamar g‘ori va uning atrofida ov bilan bog'liq
turli xil xatti-harakatlami ijro etganlar.Shuningdek, Zarautkamar suratlari 0 ‘rta
Osiyoning ilk rangtasviri turkumidan bo‘lib, qadimda bu o‘lkada san’atning
dastlabki namunalarining shakllanganidan dalolat beradi.“Zarautsoy-98” halqaro
simpoziumi qatnashchilarining xulosasiga ko‘ra, Zarautkamar ilk ibtidoiy
maktablardan biri deb tan olingan. Chunki ajdodlarimiz qoldirgan qadimiy suratlar
va yozuvlar bu haqda guvohlik beradi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda,ibtidoiy
odamlar hayotida ovchilik o‘yinlari salmoqli o‘rin tutgan.Ba’zi manbalarda o‘yinlar
ovdan oldin o‘tkazilishi yozilgan bo‘lsa,boshqalarida ovdan so‘nggi o‘yinlar haqida
fikrlar bayon qilingan.Agar, bu ma’lumotlarni chuqurroq tahlil qiladigan bo‘lsak,
unda ovchilik o'yinlari ovdan oldin ham, undan keyin ham o‘tkazilgan,deyish
mumkin. Ovdan oldingi o‘yinlar ov oldi mashqlari (ovga tayyorgarlikni tekshirish,
ovga ruhiy va jismoniy shaylanish) vazifasini o‘tagan hamda jiddiy o'ziga xos kichik
marosim shaklida uyushtirilgan. Bu o'yin jarayonida ibtidoiy odamlar o'ljaga
yaqinlashishni, so'ngra uni osongina qo'lga tushirishni o‘rganishgan,buning uchun
niqob kiyib, hayvon qiyofasiga kirishgan, uning yurish-turishlari, xatti-harakatlari
mashq qilingan, ularning tovush chiqarishlari o'rganilgan. Aynan ana shunday
o‘yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o'rgatishgan. Shu bois u o‘ziga xos
maktab vazifasini o‘tab, bir tomondan, ovchilik mahoratini o'stirishga yordam
bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularda taqlid qilinadi.
Milliy o’yinlar milliy tarbiya.
Navro‘z shodiyonalarini qishloqda, qir-adirlar bag‘rida kutib olishning zavqi
boshqacha. Ayniqsa, ushbu ayyomda o‘ynaladigan milliy o‘yinlarimizda o‘zgacha fayz,
mantiq bor. Chillak, qoqma (quvlashmachoq), arqon tortish, ko‘pkari kabi o‘yinlar
bolalarda jamoa uchun qayg‘urish, iroda, mardlik, jasurlik tuyg‘ularini tarbiyalasa,
to‘ptosh, halinchak uchish kabi o‘yinlar qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli
o‘tkazishlariga yordam beradi.
Ota-bobolarimiz bu o‘yinlarni bejiz o‘ylab topishmagan. Besh-o‘n nafardan bo‘lib, ikki
jamoaga bo‘linib o‘ynaladigan qoqma bolalardan chaqqonlik, epchillikni talab qiladi. U
o‘ziga xos yugurish (engil atletika) musobaqasidir. Bir jamoa a’zolari qochadi, ikkinchi
jamoa vakillari ularni tutib olishga harakat qiladi. Raqib jamoa a’zosini tutib olish uchun,
unga yetib borib, yelkasiga qo‘l bilan shappatilab-qoqib qo‘yilsa kifoya. Yelkasiga
qoqilgan «raqib» bola tutilgan hisoblanadi va jamoadoshlari ham «ushlangunga» qadar
o‘yindan chiqib turadi. Shu tariqa raqib jamoaning boshqa a’zolari ham tutilgach, endi
birinchi g‘olib jamoa qochadi. Shu tariqa bolalar yugurib, chiniqadilar. Raqibni tutish
uchun jon-jahdi bilan birgalashib harakatlanganda, ularda jamoaviylik ko‘nikmasi
shakllanadi. Qarang, juda oddiy o‘yin, ammo uning foydasi beqiyos. Yana bir ijobiy jihati
shuki, bu o‘yinda bolalar (odamlar) bir-birlarini qiynamaydi, ozor bermaydi. Unda hech
kim jarohat ham olmaydi. Aksincha, mana shunday o‘yinlarda toblangan bola ertaga
jismonan baquvvat, ruhan tetik bo‘lib ulg‘ayadi. Ko‘pkari, arqon tortish musobaqalari
haqida ham shunday deyish mumkin. Ular yosh avlodda tantilik, mardlik fazilatlarini
kamol toptiradi. «Chavandoz» filmidagi personajlardan birining gapi esingizdami: «Sizda
tantilik oz, Beshimboy!» deydi u salbiy qahramonga qarata. Beshimning aksi bo‘lgan
Toshmurod polvon haqiqiy tantilik, mardlik timsoli. U bolaligidan chavandoz. To‘g‘ri,
Beshim ham yoshligidan ot chopadi. Biroq uning qalbi unchalik toza bo‘lmagani, ozroq
hasadgo‘yligi bois, ko‘pincha Toshmuroddan ortda qolib yuradi. Aslida, uning ham qalbi
tantilikdan butunlay begona emas. Buni film oxirida Toshmurod bilan qo‘l berishganida
ko‘rish mumkin. Bu ham bo‘lsa, xalqimizning ko‘p ming yillik tarixga ega milliy sport
turi — ko‘pkarining yigitlarda or-nomus, g‘ayrat-shijoat, javonmardlik fazilatlarini
tarbiyalashga xizmat qiluvchi jihatlaridandir. Chindan ham, aslida eng kuchli, irodali
insongina ko‘ngli keng, tanti bo‘la oladi, hayotda ham sportdagi kabi mardligini
ko‘rsatadi.
Shularni mulohaza qilarkanman, bugungi ayrim tengdoshlarim, uka-singillarimda
ko‘zga tashlanayotgan qusurlardan afsuslanaman. Masalan, jamoat transportlarida
o‘zini nojo‘ya tutadigan yigit-qizlarni oling. Kunda-kunora shundaylarga duch kelib
turasiz. Ayrimlari o‘ta andishasiz, yuzing-ko‘zing demay, hatto otasi yoki bobosi tengi
kishilarga gap qaytaradi, hatto yoqalashishga tayyor. «Ustidagi kiyimiga qaraganda
o‘ziga to‘q oila farzandiga o‘xshaydi, afsus, shunday chiroyli kiyim-bosh olib bergan
ota-ona tuzukroq tarbiya bermabdi-da! Jamoat joyda o‘zingni tutishni o‘rgan, odobli
bo‘l, kattalarni hurmat qil, tarbiyasiz bolalarga o‘xshab meni sharmanda qilma, deya
saboq bermabdi-da», deb o‘ylaysiz. Men bo‘lsam, hali o‘n to‘rt-o‘n besh yashar o‘smir,
nari borsa, yigirma-yigirma ikki yoshlardagi shunday yigit-qizlarning nihoyatda tajang
(mabodo tuflisiga kimdir oyog‘i bilan tegib ketsa, chumchuqday chirillaydi!), asabiy
(«Ichkariroqqa suril, bolam» deyishsa, o‘zini haqoratlangandek his qilib, bobillaydi)
ekanini ko‘rib, bularning bo‘sh vaqti xiyobonlarda yoki internet-kafelarda,
kinoteatrlarning qorong‘i, xilvat burchaklarida o‘tayapti-da, ichi torligi shundan bo‘lsa
kerak, deb o‘zimcha mulohaza qilaman. Ular keng dalada ot chopganda, qoqma
o‘ynaganda, kurash tushib katta bo‘lganda bunday qilmasdi, deb ishonaman.
Ha, milliy o‘yinlarimizning tarbiyaviy ahamiyati bisyor. Ammo ularning boshqa
xususiyati ham yo‘q emas. Milliy o‘yinlar millatni, xalqni dunyoga mashhur qilishi ham
mumkin. Mana, o‘zbek kurashini oling. Uning insonni halollikka, mardlikka chorlovchi
jihati necha-necha xalqlarni o‘ziga maftun etdi. Ba’zi sport turlariga o‘xshab, unda
raqiblar bir-birining burnini qonatmaydi, tahqirlamaydi, jismonan ozor bermaydi. U
haqiqiy insoniy his-tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Ko‘pkari ham shunday, bugun ot sportining
qanday rivojlanayotganiga bir qarang.Millionlab insonlarning sevimli sport turi
bo‘lmish futbol ham aslida bir xalqning milliy o‘yini, aslida. U ham xuddi bizning
kurashimiz singari o‘zining go‘zalligi, maftunkorligi bilan dunyoni zabt etdi.
Ha, milliy o‘yinlar haqida qancha gapirsak, ozdek tuyuladi. Bugun shaharlarimizda
barpo etilgan bolalar maydonchalarini ko‘rib ko‘z quvonadi. Ularda shodon qiyqirib
o‘ynayotgan bolakaylarga ota-onalari milliy o‘yinlarimizni ham o‘rgatishsa, nur ustiga
nur bo‘lardi. Bolaligidan milliy o‘yinlar o‘ynab, qalbi pokiza hislarga oshno bo‘lib
ulg‘aygach, o‘smirlik damlari ham mazmunli, qiziqarliroq o‘tarmidi. Har holda
shafqatsizlik targ‘ib qilingan, ruhiyatni buzishgagina yaraydigan bir tiyinga qimmat
ko‘pgina kompyuter o‘yinlaridan ko‘ra insonni harakatga undaydigan, jismoniy va
ma’nan kamolotiga xizmat qiladigan milliy o‘yinlarimiz yuz ming chandon
afzalroqdir. Bolani o’yinga undagan omil uning katta yoshidagi odamlarning borliq
to’g’risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni shaxsiy faoliyatida
sinab ko’rish istagidadir ‘shuningdek jamoa bo’lib o’ynayotgan tengqurlari bilan
bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir .Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin .
Milliy harakatli o‘yinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta’sir
o‘tkazadi. Shuning uchun ham o‘yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko‘rsatuvchi sifatida
qarash lozim. Bironta o‘yin yo‘qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita
bo‘lib hisoblanmasin. Masalan, “Do‘ppi kiyishda kim g‘olib?” milliy o‘yinida faqat
chaqqon bo‘libgina qolmay, balki epchil, sezgir bo‘lishga ham da’vat etiladi.Jismoniy
madaniyat tizimidagi barcha soha va bosqichlarning birdan-bir va yagona maqsadi-
insonni to‘g‘ri yashashga tayyorlashdir.
O’zbek xalq milliy o’yinlari.
Oʻzbek xalqi orasida milliy Oʻyinlarning quyidagi turlari keng tarqalgan:1)
tabiiymavsumiy Oʻyinlar ("Yomgʻir yogʻaloq"; "Oq terakmi — koʻk terak",
"Uloq" va boshqalar); 2) hududiy va turli joylarga mos Oʻyinlar (mas,
uydaboshqotirma va soʻz oʻyinlari; hovlida — "Tosh Oʻ.", "Arqon Oʻyin"; bogʻda
— yongʻoq, danak Oʻyinlari, "Quvlashmachoq" va boshqalar); 3) turli yosh va
jinslarga xos Oʻyinlar (yigitlar orasida "Podachi", "Chavandoz", "Quloq choʻzma"
va boshqalar, Qizlar orasida "Durra", "Chorichanbar", "Gʻozgʻoz" va boshqalar).
Katta yoshdagi erkaklarning kurash, uloq, chavgon kabi sport Oʻyilari boʻlsa,
ayollarning koʻproq soʻz, raqs, qoʻshiqli Oʻyinlarni oʻynash odatlari boʻlgan; 4)
mashgʻulot, mehnat faoliyati bilan bogʻliq Oʻ.lar, odatda, "Navroʻz" kunlari
oʻynalgan (mas, chorvachilikda "Ov oʻyin", kamondan otish, "Kiyik ovi";
dehqonchilikda "Mashoba", "Xirmonxirmon" va boshqalar; hunarmandchilikda
"Sartarosh", "Kovushim", "Kashtachi" va boshqalar); 5) voqeaband Oʻyinlar
("Podshovazir", "Urush Oʻyini", "Echkichoʻpon", "Boʻri va qoʻylar" va boshqalar);
6) harakatli Oʻyinlar ("Tepa kurash", "Qoʻriqchi", "Chirkash" va boshqalar); 7)
turli vositali Oʻyinlar. Bu Oʻyinlar moddiy vositalar (qoʻgʻirchoq, oʻyinchoq, tosh,
tayoq, toʻp, yongʻoq kabilar) yordamida bajariladigan va maʼnaviy, badiiyifodali
vositalar (soʻz, qoʻshiq, raqs, teatr) yordamida amalga oshiriladigan Oʻyinlar; 8)
hayvonlar ishtirokida oʻtadigan Oʻyinlar. Bu Oʻyinlar eng qadimiy hisoblanadi
("Uloq", "Ot poyga", "Chavgon", "Xoʻroz urishtirish", "Qoʻchqor urishtirish",
"Bedana urishtirish", "It urishtirish" va boshqalar).
Milliy o‘yinlar azaldan madaniy hayotining bir qismi sanalgan. Bazi milliy
o‘yinlarning tarxi juda qadimiy bo‘lib, ular asrlar davomida xalq maʼnaviyatini
rvojlantirishga, ongu tafakkuri va his-tuyg‘ularini teranlashtirishga xizmat qilgan.
Milliy oʻyinlarda xalqning turmush tarzi, mehnati namoyon boʻladi. Shu bois ular
yosh avlodlarni tarbiyalashda „hayot maktabi“ vazifasini o‘tagan. O‘yin — turli
ifodali vositalar bilan maʼlum qoida yoki oldindan kelishilgan shartlar asosidagi
jismoniy musobaqalar, bellashuvlar, tafakkur bahslari va ijrochilik talablaridan
vujudga kelgan milliy qadriyat hisoblanadi. Ibn Sino „Tib qonunlari“ asarida kurash
va jismoniy mashqlarning kishi badantarbiyasidagi o‘rni, o‘yinning shifobaxsh
xususiyatlari haqida to‘xtalgan boʻlib. Kaykovus, Umar Hayyom, Abulqosim
Firdavsiy, Beruniylar chavgon, nard, shaxmat, tirandozlik, qilichbozlik, chavandozlik
kabi yuzlab o‘yinlar xususida yozib qoldirgan. Alisher Navoiy asarlarida bayramlar,
tantanalar, to‘ylar munosabati bilan tashkil etilgan o‘yinlar haqida ko‘pgina
maʼlumotlar bor. Ularda o‘yinlarning uyushtirilishi, ijrochilari, o‘tkazish qoidalari
bayon etilgan. Milliy o‘yinlar tarixini o‘rganishda Mahmud Qoshg‘ariyning „Devoni
lug‘otit turk“ asarining o‘rni beqiyos. Asarda xalq o‘yinlarining bir yuz ellikdan ziyod
turi tilga olingan. Jumladan, „qorang‘uni“ (qorong‘ida qo‘rg‘on olish), „bandol“ (asir
olish), „o‘tish-o‘tish“ (davra o‘yini), „chavgon“ (to‘p o‘yini), „o‘t bandal“ (tayoq
o‘yini), qilichbozlik, nayzadorlik va boshqa o‘yinlar haqida ham maʼlumot beriladi.
Alpomish“ dostoni xalq o‘yinlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Unda
kurash, ot, poyga, uloq, nayza sanchish, kamondan o‘q otish, qilichbozlik,
merganlik kabi o‘yinlar negizida mardlik, jangovarlik, oriyat, matonat,maʼnaviy va
jismoniy komillik kabi fazilatlar o‘z ifodasini topgan. Doimi o‘tkaziladigan
o‘yinlar bilan birga har bir faslga xos o‘yinlar ham mavjud. Masalan, bahorda
daraxtlar uyg‘onib, tollar kurtak chiqarganda — „tol bargak“,dala gullari
ochilganda — „gul o‘yini“, pishiqchilik paytida danak, yong‘oq o‘yinlari,
arg‘imchoq uchishlar sevib o‘ynalgan. Kech kuz, qishda yog‘ingarchilik boshlanib,
yer yumshaganda qoziq, oshiq, tosh o‘yinlar odat tusiga kirgan. Qor yoqqanda
„qorxat“, „qorbo‘ron“, yomg‘ir yoqqanda „yomg‘ir yog‘aloq“, kuchli shamol
esganda „bo‘ron-bo‘ron“, sovuq o‘z kuchini ko‘rsatganda barcha sandal atrofida
yig‘ilib, „topishmoq top“, „tez aytish“, „kim aytdi“kabilar o‘ynalgan. Kech kuzdan
to bahorgacha „uloq-ko‘pkari“ musobaqalari o‘tkazilgan. Bayram kunlari varrak
uchirish, halinchak uchish kabi turli o‘yinlar o‘ynaladi. Dalayu qirlarda, bog‘u
rog‘larda xalq sayillari qizigandan qiziydi. Xalq o‘yinlari kishiga o‘zgacha
xushnudlik ulashadi, insonning kayfiyatiga ijobiy taʼsir etadi. U yoshlarning
jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqirligi farosatli, mard
insonlar bo‘lib kamol topishida kata ahamiyat kasb etadi. Milliy oʻyinlar qadimiy
madaniyatning go‘zalligini namoyon etuvchi bir ko‘zgudir.Ota-bobolarimiz bu
o‘yinlarni bejiz o‘ylab topishmagan. Besh-o‘n nafardan bo‘lib, ikki jamoaga
bo‘linib o‘ynaladigan qoqma bolalardan chaqqonlik, epchillikni talab qiladi. U
o‘ziga xos yugurish (engil atletika) musobaqasidir. Bir jamoa a’zolari qochadi,
ikkinchi jamoa vakillari ularni tutib olishga harakat qiladi. Raqib jamoa a’zosini
tutib olish uchun, unga yetib borib, yelkasiga qo‘l bilan shappatilab-qoqib qo‘yilsa
kifoya. Yelkasiga qoqilgan «raqib» bola tutilgan hisoblanadi va jamoadoshlari ham
«ushlangunga» qadar o‘yindan chiqib turadi. Shu tariqa raqib jamoaning boshqa
a’zolari ham tutilgach, endi birinchi g‘olib jamoa qochadi.
Tarbiya berish vazifalari. Jismoniy madaniyat bilan Shug’ullanish tanda, bolalarda
joriy qilingan tartibga rioya qilish odatini hamda xalq o’yinlari bilan iloji bo’lsa xar
kuni muntazam ravishda Shug’ullanish ishtiyoqini uyg’otish, ularda maktab va
uyda Shu o’yinni bilan mustaqil shug’ullana olish layoqatini rivojlantirish, ularni
o’z tengqurlari va o’zlaridan kichik bo’lgan bolalar jamoasida o’yinlarni tashkil
qilish, ularni birgalikda bajarishga o’rgatish lozim.
O’quvchilarda xalq milliy o’yinlariga mehr bilan ,Shu o’yin natijalariga qiziqish
bilan va sportchilar erishadigan g’alabalariga havas bilan qarash tuyg’usini
tarbiyalash lozim.Milliy xalq o’yinlarini o’rganish jarayonida ahloqiy, aqliy,
estetik va mexnat tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga
keladi. Xalq o’yinlarini bajarish chog’ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik,
intizomlik,kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik,
do’slik tuyg’usi hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo’lib ishlay olish qobiliyati,
topshiriqlarni
mas’uliyat
bilan
bajarish)
ni
tarbiyalash,
Shuningdek,
irodaviyxususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni
sobitlik bilan yengish, chidamlik va hakozolar ) ni namoyon qilish uchun eng
yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi.To’g’ri tashkil qilingan milliy halq
o’yinlari bolalar aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday
vaziyatda asab tizimining ham, boshqa barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat
ko’rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo bo’lishi, Shubhasiz.
Xalq milliy o’yinlarini o’rgatish jarayonida o’quvchilar xalqona an’analariga sodiq
holda yaxshi tarbiya ko’radi,o’rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda
ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar)ning, Shuningdek,
fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish
va hakozolar)ning, barchasi rivojlana boshlaydi.
Qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o‘yinlar va milliy
bellashuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo‘lgan, ular xalq
marosimlarida, rasm-rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida faoliyat
ko‘rsatib kelgan, mustahkam o‘rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-
rusumlarida va mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan, mutahkam o‘rin
olgan. Jismoniy madaniyatning bunday o‘ziga vositalar yordamida bobolarimiz
o‘sib kelayotgan avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi
xususiyatlarni shakllantirganlar. Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga vatabiatning
qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar. Yosh
avlodning jismoniy jihatdan to‘kis sog‘lom mehnatga va Vatanni himoya qiluvchi
tarzida o‘sishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor. Buning uchun o‘quvchilar
jismoniy madaniyat bilan chuqur Shug‘ullanishlari, turli milliy o‘yinlardan
foydalanish mahoratini egallashlari kerak bo‘ladi. Bu esa yosh avlod
tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni o‘z xalqi, mustaqil davlati vajamiyati
oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g‘oyat muhim vazifalar bilan
bog‘liqdir.Sog’lom turmush tarzi inson madaniy ,jismoniy rivojlanishi mehnat
unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o’z ichiga olib o’quvchilarni har
tomonlama garmonik yetuk faol shaxs qilib tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.