XALQARO IQLIM NAZORATI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

28,7 KB


XALQARO IQLIM NAZORATI
REJA:
1. Meteorologik ma’lumotlar manbalari
2. Aerologik stansiyalar tarmog‘i
3. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari
4. Kosmik meteorologik tizim
5. Butunjahon ob-havo xizmati
Meteorologik ma’lumotlar manbalari
Butun Er shari gidrometeorologik stansiyalar tarmog‘i bilan qoplangan (bir
necha ming stansiyalar).
Aholi zich yashaydigan joylarda stansiyalar orasidagi masofa 100-150 km ni
tashkil etadi, boshqa joylarda (sahro, tog‘li hududlar, botqoqlik, o‘rmonlar va h.k.)
va Dunyo okeanida masofa ancha katta.
Bu stansiyalarda er sirti yaqinida atmosfera holati sutkasiga 8 marta (o‘rta
grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 03, 06, ..., 21 larda) kuzatiladi. Atmosferaning 15
ga yaqin harakteristikalari vizual  va asboblar  yordamida aniqlanadi, jumladan
havoning  bosimi,  harorati  va  namligi,  shamolning  yo‘nalishi  va  tezligi,
bulutlarning  turi,  miqdori  va  quyi  chegarasining  balandligi,  gorizontal
yo‘nalishdagi ko‘rinuvchanlik masofasi, yog‘inlarning turi va miqdori va shu bilan
birga  atmosferaning  o‘ziga  xos  hodisalari  (tuman,  chaqmoq,  changli  bo‘ron,
yaxmalak  va  h.k.)  kuzatiladi.  Gidrometeorologik  stansiyalardan  olingan
meteorologik  ma’lumotlar  asosida  er  yaqini  ob-havo  haritalari  tuziladi.
Kuzatishlarning asosiy sinoptik muddatlarida (o‘rtacha grinvich vaqti bo‘yicha soat
00, 06, 12, 18) qit’alar o‘lchamiga teng bo‘lgan katta hududlar bo‘yicha ob-havo
Logotip
XALQARO IQLIM NAZORATI REJA: 1. Meteorologik ma’lumotlar manbalari 2. Aerologik stansiyalar tarmog‘i 3. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari 4. Kosmik meteorologik tizim 5. Butunjahon ob-havo xizmati Meteorologik ma’lumotlar manbalari Butun Er shari gidrometeorologik stansiyalar tarmog‘i bilan qoplangan (bir necha ming stansiyalar). Aholi zich yashaydigan joylarda stansiyalar orasidagi masofa 100-150 km ni tashkil etadi, boshqa joylarda (sahro, tog‘li hududlar, botqoqlik, o‘rmonlar va h.k.) va Dunyo okeanida masofa ancha katta. Bu stansiyalarda er sirti yaqinida atmosfera holati sutkasiga 8 marta (o‘rta grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 03, 06, ..., 21 larda) kuzatiladi. Atmosferaning 15 ga yaqin harakteristikalari vizual va asboblar yordamida aniqlanadi, jumladan havoning bosimi, harorati va namligi, shamolning yo‘nalishi va tezligi, bulutlarning turi, miqdori va quyi chegarasining balandligi, gorizontal yo‘nalishdagi ko‘rinuvchanlik masofasi, yog‘inlarning turi va miqdori va shu bilan birga atmosferaning o‘ziga xos hodisalari (tuman, chaqmoq, changli bo‘ron, yaxmalak va h.k.) kuzatiladi. Gidrometeorologik stansiyalardan olingan meteorologik ma’lumotlar asosida er yaqini ob-havo haritalari tuziladi. Kuzatishlarning asosiy sinoptik muddatlarida (o‘rtacha grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 06, 12, 18) qit’alar o‘lchamiga teng bo‘lgan katta hududlar bo‘yicha ob-havo
haritalari tuziladi. Qo‘shimcha kuzatish muddatlarida esa (soat 03, 09, 15, 21)
kichik hududlar bo‘yicha «xalqa» ob-havo haritalari tuziladi.
Er sirtining 3/5 qismini Dunyo okeani egallaydi. Dunyo okeani atmosferani
suv bug‘i bilan ta’minlab turuvchi asosiy manbadir. Dunyo okeani yozda o‘zida
issiqlikni  to‘plab,  qishda  uni  atmosferaga  beradi  va  shu  sababli  atmosferada
rivojlanayotgan  ob-havo  jarayonlariga  nihoyatda  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.
Atmosferaning  umumiy  sirkulyasiyasi,  issiqlik  va  namlik  almashinuvi
jarayonlarida Dunyo okeanining ahamiyati beqiyos. SHuning uchun ham Dunyo
okeanining  akvatoriyasidan  meteorologik  ma’lumotlarga  ega  bo‘lish  nihoyatda
katta ahamiyat kasb etadi. 
Dunyo okeanidan muntazam ravishda meteorologik ma’lumotlarni etkazib
beradigan manbalar – bu orollarda tashkil qilingan gidrometeorologik stansiyalar
va «ob-havo» kemalaridir. 
Orollardagi  gidrometeorologik  stansiyalarda  kuzatishlar  tizimi  va  tartibi
quruqliklarda joylashgan gidrometeorologik stansiyalar kabi olib boriladi.
«Ob-havo»  kemalari  –  maxsus  meteorologik  kuzatish  asboblari  bilan
jihozlangan dengiz kemalaridir. Bu kemalarda kuzatishlar to‘liq dastur bo‘yicha
bajarilib, tezkorlik bilanda prognostik markazlarga jo‘natiladi.
Tabiiyki,  bu  meteorologik  ma’lumotlar  etarli  emas.  Meteorologik
ma’lumotlar hajmini yanada orttirish maqsadida barcha yo‘lovchi, yuk tashuvchi
va  balik  ovlovchi  kemalarda  avtomatik  rejimda  ishlaydigan  gidrometeorlogik
stansiyalar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda Dunyo okeanida bunday kemalarning soni
7000 dan ortiq. Bundan tashqari, statsionar va erkin suzuvchi platformalarda ham
avtomatik  rejimda  ishlaydigan  kuzatish  komplekslari  o‘rnatilib,  meteorologik
kuzatishlar  olib  boriladi.  Kuzatish  natijalari  kodlangan  holda  radio  orqali
prognostik markazlarga yuboriladi.
Dunyo  okeani  akvatoriyasini  meteorologik  ma’lumotlar  bilan  yoritish
maqsadida ko‘rilayotgan choralar muammoni hal qilmaydi. Bu maqsadda keng
ko‘lamda Er sun’iy yo‘ldoshlarini qo‘llash lozim.
Logotip
haritalari tuziladi. Qo‘shimcha kuzatish muddatlarida esa (soat 03, 09, 15, 21) kichik hududlar bo‘yicha «xalqa» ob-havo haritalari tuziladi. Er sirtining 3/5 qismini Dunyo okeani egallaydi. Dunyo okeani atmosferani suv bug‘i bilan ta’minlab turuvchi asosiy manbadir. Dunyo okeani yozda o‘zida issiqlikni to‘plab, qishda uni atmosferaga beradi va shu sababli atmosferada rivojlanayotgan ob-havo jarayonlariga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferaning umumiy sirkulyasiyasi, issiqlik va namlik almashinuvi jarayonlarida Dunyo okeanining ahamiyati beqiyos. SHuning uchun ham Dunyo okeanining akvatoriyasidan meteorologik ma’lumotlarga ega bo‘lish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Dunyo okeanidan muntazam ravishda meteorologik ma’lumotlarni etkazib beradigan manbalar – bu orollarda tashkil qilingan gidrometeorologik stansiyalar va «ob-havo» kemalaridir. Orollardagi gidrometeorologik stansiyalarda kuzatishlar tizimi va tartibi quruqliklarda joylashgan gidrometeorologik stansiyalar kabi olib boriladi. «Ob-havo» kemalari – maxsus meteorologik kuzatish asboblari bilan jihozlangan dengiz kemalaridir. Bu kemalarda kuzatishlar to‘liq dastur bo‘yicha bajarilib, tezkorlik bilanda prognostik markazlarga jo‘natiladi. Tabiiyki, bu meteorologik ma’lumotlar etarli emas. Meteorologik ma’lumotlar hajmini yanada orttirish maqsadida barcha yo‘lovchi, yuk tashuvchi va balik ovlovchi kemalarda avtomatik rejimda ishlaydigan gidrometeorlogik stansiyalar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda Dunyo okeanida bunday kemalarning soni 7000 dan ortiq. Bundan tashqari, statsionar va erkin suzuvchi platformalarda ham avtomatik rejimda ishlaydigan kuzatish komplekslari o‘rnatilib, meteorologik kuzatishlar olib boriladi. Kuzatish natijalari kodlangan holda radio orqali prognostik markazlarga yuboriladi. Dunyo okeani akvatoriyasini meteorologik ma’lumotlar bilan yoritish maqsadida ko‘rilayotgan choralar muammoni hal qilmaydi. Bu maqsadda keng ko‘lamda Er sun’iy yo‘ldoshlarini qo‘llash lozim.
Aerologik stansiyalar tarmog‘i
Atmosferadagi  jarayonlar  uch  o‘lchamli  fazoda  va  vaqt  bo‘yicha
rivojlanganligi sababli ularni o‘rganish uchun faqat meteorologik stansiyalardan
olingan  ma’lumotlar  etarli  emas.  Atmosfera  parametrlarni  turli  balandliklarda
o‘lchash uchun aerologik stansiyalarning tarmog‘i mavjud. Er sharining aholi zich
joylashgan hududlarida radiozondlash punktlari bir-biridan tahminan 350-500 km
uzoqlikda joylashgan.
1930  yilda  P.A.Molchanov  tomonidan  ixtiro  qilingan  radiozond  asbobi
yordamida atmosferaning vertikal tuzulishi bilvosita usullar yordamida emas (er
sirti  kuzatishlari  asosida),  balki  bevosita  kuzatishlar  natijasida  aniqlanadigan
bo‘ldi.
Aerologik  stansiyalarda  masofaviy  vosita  –  radiozond  yordamida
atmosferani  vertikal  zondlash  amalga  oshiriladi.  Yengil  gaz  bilan  to‘ldirilgan
rezina qobiqqa radiozond bog‘lanib uchiriladi. YUqoriga ko‘tarilgan sari radiozond
30-35  km  gacha  turli  balandliklardagi  havoning  bosimi,  harorati  va  namligi,
shamol yo‘nalishi va tezlik qiymatlarini avtomatik rejimda o‘lchab, radio orqali
qabul  markaziga  yuboradi.  Atmosferani  radiozondlash  bir  sutkada  4  marta
o‘tkaziladi. Bulardan o‘rtacha grinvich vaqt bo‘yicha soat 00 va 12 dagi kuzatish
muddatlari asosiy, soat 06 va 18 dagilari esa qo‘shimcha muddat hisoblanadi.
Atmosferani  radiozondlash  natijasida  olingan  meteorologik  ma’lumotlar
asosida  barik  topografiya,  maksimal  shamol,  tropopauza  haritalari  va
atmosferaning vertikal qirqimlari tuziladi.
Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari
Er sirtida joylashgan sinoptik va aerologik stansiyalar orasidagi masofa katta
bo‘lganligi uchun atmosferada ro‘y berayotgan ba’zi mezomasshtabli meteorologik
hodisalar  kuzatilmasdan qolishi  mumkin. Bularga, birinchi  navbatda, to‘p-to‘p
yomg‘irli  bulutlar,  jala  yog‘inlar,  momaqaldiroq  va  boshqa  hodisalar  kiradi.
Meteorologik  radiolokatsiya  stansiyalari  tarmog‘i  ushbu  muammoni  bartaraf
qilishga imkon beradi.
Zamonaviy  meteorologik  radiolokator  o‘z  atrofida  150  km  masofadagi
fazoni kuzatishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalarining yordamida
Logotip
Aerologik stansiyalar tarmog‘i Atmosferadagi jarayonlar uch o‘lchamli fazoda va vaqt bo‘yicha rivojlanganligi sababli ularni o‘rganish uchun faqat meteorologik stansiyalardan olingan ma’lumotlar etarli emas. Atmosfera parametrlarni turli balandliklarda o‘lchash uchun aerologik stansiyalarning tarmog‘i mavjud. Er sharining aholi zich joylashgan hududlarida radiozondlash punktlari bir-biridan tahminan 350-500 km uzoqlikda joylashgan. 1930 yilda P.A.Molchanov tomonidan ixtiro qilingan radiozond asbobi yordamida atmosferaning vertikal tuzulishi bilvosita usullar yordamida emas (er sirti kuzatishlari asosida), balki bevosita kuzatishlar natijasida aniqlanadigan bo‘ldi. Aerologik stansiyalarda masofaviy vosita – radiozond yordamida atmosferani vertikal zondlash amalga oshiriladi. Yengil gaz bilan to‘ldirilgan rezina qobiqqa radiozond bog‘lanib uchiriladi. YUqoriga ko‘tarilgan sari radiozond 30-35 km gacha turli balandliklardagi havoning bosimi, harorati va namligi, shamol yo‘nalishi va tezlik qiymatlarini avtomatik rejimda o‘lchab, radio orqali qabul markaziga yuboradi. Atmosferani radiozondlash bir sutkada 4 marta o‘tkaziladi. Bulardan o‘rtacha grinvich vaqt bo‘yicha soat 00 va 12 dagi kuzatish muddatlari asosiy, soat 06 va 18 dagilari esa qo‘shimcha muddat hisoblanadi. Atmosferani radiozondlash natijasida olingan meteorologik ma’lumotlar asosida barik topografiya, maksimal shamol, tropopauza haritalari va atmosferaning vertikal qirqimlari tuziladi. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari Er sirtida joylashgan sinoptik va aerologik stansiyalar orasidagi masofa katta bo‘lganligi uchun atmosferada ro‘y berayotgan ba’zi mezomasshtabli meteorologik hodisalar kuzatilmasdan qolishi mumkin. Bularga, birinchi navbatda, to‘p-to‘p yomg‘irli bulutlar, jala yog‘inlar, momaqaldiroq va boshqa hodisalar kiradi. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i ushbu muammoni bartaraf qilishga imkon beradi. Zamonaviy meteorologik radiolokator o‘z atrofida 150 km masofadagi fazoni kuzatishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalarining yordamida
bulutlar zonasi, ularning mikrotuzulishi, suvliligi, 0°S izotermaning joylashishi,
ya’ni  bulutlilikni  eng  muhim  fizikaviy  harakteristikalari,  hamda  yog‘inlarning
jaddalligi aniqlanishi mumkin.
Meteorologik  radiolokatsiya  stansiyalari  xavfli  atmosfera  hodisalarini
aniqlash  va  prognoz  qilishda,  tropik  siklonlarni  aniqlab,  ularning  tuzulishini
o‘rganishda katta rol o‘ynaydi.
Dopler  radiolokatorlari  yordamida  shamol  tezligi  va  yo‘nalishi  ham
o‘lchanishi mumkin.
Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i birlamchi meteorologik
ma’lumotlar beradigan tizimda o‘ziga munosib muhim o‘rnini egallaydi.
Kosmik meteorologik tizim
Er sun’iy yo‘ldoshlarining (ESY) yaratilishi va uchirilishi fan uchun, shu
jumladan, meteorologiya fani uchun ham yangi keng ko‘lamdagi imkoniyatlar
ochdi. Yo‘ldoshlardan olingan dastlabki ma’lumotlar nafaqat ilmiy maqsadlarda,
balki ob-havo hizmatida ham qo‘llanilishi mumkin. 
Er shariga yaqin joylashgan kosmik fazoda uchayotgan kosmik apparatlarni
uchga bo‘lish mumkin: navbatchi rejimda ishlaydigan avtomatik ESY (“Meteor”,
“Molniya”,  “Raduga”  va h.k.),  boshqariladigan  kosmik  kemalar  (“Soyuz”)  va
yashash  mumkin  bo‘lgan  va  avtomatik  rejimlarda  ishlaydigan  orbital  kosmik
stansiyalar (“Salyut”). 
Meteorologiya fani, ob-havo xizmatining operativ faoliyati uchun to‘g‘ri
keladigan va eng qulay ma’lumot – bu maxsus  meteorologik avtomatik ESY
tizimidan olingan meteorologik ma’lumotdir.
Meteorologik kosmik tizim (MKT) ikkita tarmoqdan iborat: kosmik va Erda
joylashgan tizimlar. Kosmik tarmoqqa orbitada joylashgan maxsus ESY lar kiradi,
Erda  joylashgan  tarmoq  esa  Erdagi  ma’lumotlarni  qabul  qiladigan,  uni  qayta
ishlaydigan va tarqatadigan komplekslarni o‘z ichiga oladi. 
Meteorologik  ESY  lar  maxsus  ilmiy  qurilamlar  bilan  jihozlangan.  Bu
qurilmalar  elektromagnit  spektrning  turli  uchastkalarida  (optik  ko‘rinuvchan,
infraqizil va radiodiapazon) atmosferani faol yoki passiv zondlash prinsiplarida
ishlaydi.  “Meteor”  ESY  dan  televizion  va  infraqizil  diapazonlarda  bulutlilik
Logotip
bulutlar zonasi, ularning mikrotuzulishi, suvliligi, 0°S izotermaning joylashishi, ya’ni bulutlilikni eng muhim fizikaviy harakteristikalari, hamda yog‘inlarning jaddalligi aniqlanishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari xavfli atmosfera hodisalarini aniqlash va prognoz qilishda, tropik siklonlarni aniqlab, ularning tuzulishini o‘rganishda katta rol o‘ynaydi. Dopler radiolokatorlari yordamida shamol tezligi va yo‘nalishi ham o‘lchanishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i birlamchi meteorologik ma’lumotlar beradigan tizimda o‘ziga munosib muhim o‘rnini egallaydi. Kosmik meteorologik tizim Er sun’iy yo‘ldoshlarining (ESY) yaratilishi va uchirilishi fan uchun, shu jumladan, meteorologiya fani uchun ham yangi keng ko‘lamdagi imkoniyatlar ochdi. Yo‘ldoshlardan olingan dastlabki ma’lumotlar nafaqat ilmiy maqsadlarda, balki ob-havo hizmatida ham qo‘llanilishi mumkin. Er shariga yaqin joylashgan kosmik fazoda uchayotgan kosmik apparatlarni uchga bo‘lish mumkin: navbatchi rejimda ishlaydigan avtomatik ESY (“Meteor”, “Molniya”, “Raduga” va h.k.), boshqariladigan kosmik kemalar (“Soyuz”) va yashash mumkin bo‘lgan va avtomatik rejimlarda ishlaydigan orbital kosmik stansiyalar (“Salyut”). Meteorologiya fani, ob-havo xizmatining operativ faoliyati uchun to‘g‘ri keladigan va eng qulay ma’lumot – bu maxsus meteorologik avtomatik ESY tizimidan olingan meteorologik ma’lumotdir. Meteorologik kosmik tizim (MKT) ikkita tarmoqdan iborat: kosmik va Erda joylashgan tizimlar. Kosmik tarmoqqa orbitada joylashgan maxsus ESY lar kiradi, Erda joylashgan tarmoq esa Erdagi ma’lumotlarni qabul qiladigan, uni qayta ishlaydigan va tarqatadigan komplekslarni o‘z ichiga oladi. Meteorologik ESY lar maxsus ilmiy qurilamlar bilan jihozlangan. Bu qurilmalar elektromagnit spektrning turli uchastkalarida (optik ko‘rinuvchan, infraqizil va radiodiapazon) atmosferani faol yoki passiv zondlash prinsiplarida ishlaydi. “Meteor” ESY dan televizion va infraqizil diapazonlarda bulutlilik
maydonlari, qor va muz qoplamlarining zonalari, yog‘inlar zonalari joylanishining
rasmlari  qabul  qilinadi.  Yo‘ldoshda  o‘rnatilgan  aktinometrik  asboblar  Er  va
atmosfera nurlagan va qaytargan oqimlar xaqida ma’lumotga ega bo‘lishga imkon
beradi.
 Kelajakda ESY da spektral asboblar yordamida havo harorati, namligi va bir
qator boshqa meteorologik kattaliklarning vertikal kesimlarni (profillarni) qayta
tiklash  imkoniyati  vujudga  kelishi  mumkin.  SHu  holdagina  meteorologik
ma’lumotlar  bilan ta’minlash  muammosi  hal  bo‘ladi  va sinoptik va  aerologik
stansiyalar  tarmog‘ining hojati qolmaydi. Bir nechta aylana qutbiy orbitalarda
uchadigan ESY lar qisqa muddat davomida deyarli butun Er sharidan meteorologik
ma’lumotlarni ta’minlab beradi, ya’ni prognostik markazlar global meteorologik
ma’lumotga ega bo‘ladi.
ESY lar ikkita rejimda ishlashi mumkin: eslab turish va bevosita uzatish
rejimlarida.
Birinchi  rejimda  ishlayotgan  ESY  bir  nechta  aylanishlarda  (vitokda)
meteorologik ma’lumotni hotirasida ushlab, Erdagi qabul punkti ustidan uchib
o‘tganida meteorologik ma’lumotni uzatadi. Bu ma’lumot – global masshtabga ega
bo‘lgan ma’lumotdir.
Bevosita uzatish rejimida ishlayotgan ESY o‘lchashlar bajarilgan zahoti uni
Erdagi qabul punktiga uzatadi. Katta hududlar qamrab olingan bo‘lsa ham, bu
meteorologik ma’lumot lokal (mahalliy) harakterga ega bo‘ladi.
Erdagi  qabul  punktlariga  kelgan  kosmik  meteorologik  ma’lumot  qayta
ishlanib, tegishli tashkilotlarga jo‘natiladi.
ESY dan olingan meteorologik ma’lumot siklon, antitsiklon, tropik tayfun va
tez  havo  oqimlari  tahlilida  katta  yordam  beradi.  Bundan  tashqari  sinoptik
stansiyalar siyrak joylashgan hududlarda atmosfera holatini tahlil qilishda yo‘ldosh
ma’lumotlari bebaho hisoblanadi.
Butunjahon ob-havo xizmati
O‘tgan  asrning  60-yillarida  ilmiy-texnika  imkoniyatlarining  mislsiz
rivojlanib,  meteorologiya  fanining  tarraqiyotida  yangi  imkoniyatlar  ochilishi
munosabati bilan, Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish haqida fikrlar yuzaga
Logotip
maydonlari, qor va muz qoplamlarining zonalari, yog‘inlar zonalari joylanishining rasmlari qabul qilinadi. Yo‘ldoshda o‘rnatilgan aktinometrik asboblar Er va atmosfera nurlagan va qaytargan oqimlar xaqida ma’lumotga ega bo‘lishga imkon beradi. Kelajakda ESY da spektral asboblar yordamida havo harorati, namligi va bir qator boshqa meteorologik kattaliklarning vertikal kesimlarni (profillarni) qayta tiklash imkoniyati vujudga kelishi mumkin. SHu holdagina meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash muammosi hal bo‘ladi va sinoptik va aerologik stansiyalar tarmog‘ining hojati qolmaydi. Bir nechta aylana qutbiy orbitalarda uchadigan ESY lar qisqa muddat davomida deyarli butun Er sharidan meteorologik ma’lumotlarni ta’minlab beradi, ya’ni prognostik markazlar global meteorologik ma’lumotga ega bo‘ladi. ESY lar ikkita rejimda ishlashi mumkin: eslab turish va bevosita uzatish rejimlarida. Birinchi rejimda ishlayotgan ESY bir nechta aylanishlarda (vitokda) meteorologik ma’lumotni hotirasida ushlab, Erdagi qabul punkti ustidan uchib o‘tganida meteorologik ma’lumotni uzatadi. Bu ma’lumot – global masshtabga ega bo‘lgan ma’lumotdir. Bevosita uzatish rejimida ishlayotgan ESY o‘lchashlar bajarilgan zahoti uni Erdagi qabul punktiga uzatadi. Katta hududlar qamrab olingan bo‘lsa ham, bu meteorologik ma’lumot lokal (mahalliy) harakterga ega bo‘ladi. Erdagi qabul punktlariga kelgan kosmik meteorologik ma’lumot qayta ishlanib, tegishli tashkilotlarga jo‘natiladi. ESY dan olingan meteorologik ma’lumot siklon, antitsiklon, tropik tayfun va tez havo oqimlari tahlilida katta yordam beradi. Bundan tashqari sinoptik stansiyalar siyrak joylashgan hududlarda atmosfera holatini tahlil qilishda yo‘ldosh ma’lumotlari bebaho hisoblanadi. Butunjahon ob-havo xizmati O‘tgan asrning 60-yillarida ilmiy-texnika imkoniyatlarining mislsiz rivojlanib, meteorologiya fanining tarraqiyotida yangi imkoniyatlar ochilishi munosabati bilan, Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish haqida fikrlar yuzaga
keldi.  Butunjahon  ob-havo  xizmatini  tashkil  etish  rejalarini  ishlab  chiqishda
dunyodagi  barcha  yirik  olimlar,  shu  jumladan,  V.A.Bugaev,  Ye.K.Fedorov,
K.YA.Kondratev va boshqalar ishtirok etdi.
Butunjahon ob-havo xizmati oldida sanoat, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, suv
va quruqlikdagi transportlarning meteorologik ta’minotini yaxshilash va o‘ta xavfli
ob-havo  hodisalarini  yanada  aniqroq  va  vaqtida  ogohlantirish  imkoniyatlarini
yaratish maqsad qilib qo‘yilgan.
1967  yilda  Butunjahon  meteorologik  anjumani  Butunjahon  ob-havo
xizmatini tashkil etish haqidagi rejani qabul qildi.
Hozirgi  vaqtdagi  Butunjahon  ob-havo  xizmati  faoliyati  Butunjahon
meteorologik tashkiloti tomonidan muvofiqlashtiriladigan milliy moliyalashtirish
va hizmatlardan tashkil topgan jahon meteorologik tizimidir. Bu tizim Butunjahon
meteorologik tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning ilmiy va operativ ishlari
uchun kerak bo‘lgan birlamchi va qayta ishlangan meteorologik ma’lumotlar bilan
ta’minlaydi.
Butunjahon ob-havo xizmati uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat.
1. Kuzatishlar  global  tizimi.  Bunga  sinoptik  va  aerologik  stansiyalar
tarmog‘i va meteorologik ma’lumotlarni etkazib beradigan boshqa vositalar kiradi.
2. Meteorologik  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  global  tizimi.  Bunga
ma’lumotlarni  qayta  ishlaydigan  va  saqlaydigan  xizmatlarni  o‘z  ichiga  olgan
meteorologik markazlar kiradi.
3. Telealoqa  global  tizimi.  Bu  tizim  kuzatish  va  qayta  ishlangan
meteorologik ma’lumotlar bilan tezkor almashish maqsadida tuzilgan.
Kuzatishlar global tizimi 4000 ga yaqin sinoptik va aerologik stansiyalarni
o‘z  ichiga  oladi.  Erdagi  stansiyalar  orasidagi  masofa  500  km  dan  oshmaydi.
Okeanlarda stansiyalarning bunday zichligiga erishish mumkin emas. Okeanlardan
meteorologik  ma’lumot  orollardan,  kemalardan,  statsionar  va  suzuvchi
platformalardan keladi. Aerologik ma’lumotlarga alohida katta e’tibor berilayapti.
Butunjahon  meteorologik  tashkiloti  hozir  maxsus  ASAM  dasturini  amalga
oshirayapti (avtomatik aerologik kuzatishlar tizimi). Bu maqsadda dengiz kemalari
avtomatik aerologik zondlash stansiyalar bilan jihozlanmoqda.
Logotip
keldi. Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish rejalarini ishlab chiqishda dunyodagi barcha yirik olimlar, shu jumladan, V.A.Bugaev, Ye.K.Fedorov, K.YA.Kondratev va boshqalar ishtirok etdi. Butunjahon ob-havo xizmati oldida sanoat, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, suv va quruqlikdagi transportlarning meteorologik ta’minotini yaxshilash va o‘ta xavfli ob-havo hodisalarini yanada aniqroq va vaqtida ogohlantirish imkoniyatlarini yaratish maqsad qilib qo‘yilgan. 1967 yilda Butunjahon meteorologik anjumani Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish haqidagi rejani qabul qildi. Hozirgi vaqtdagi Butunjahon ob-havo xizmati faoliyati Butunjahon meteorologik tashkiloti tomonidan muvofiqlashtiriladigan milliy moliyalashtirish va hizmatlardan tashkil topgan jahon meteorologik tizimidir. Bu tizim Butunjahon meteorologik tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning ilmiy va operativ ishlari uchun kerak bo‘lgan birlamchi va qayta ishlangan meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Butunjahon ob-havo xizmati uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat. 1. Kuzatishlar global tizimi. Bunga sinoptik va aerologik stansiyalar tarmog‘i va meteorologik ma’lumotlarni etkazib beradigan boshqa vositalar kiradi. 2. Meteorologik ma’lumotlarni qayta ishlash global tizimi. Bunga ma’lumotlarni qayta ishlaydigan va saqlaydigan xizmatlarni o‘z ichiga olgan meteorologik markazlar kiradi. 3. Telealoqa global tizimi. Bu tizim kuzatish va qayta ishlangan meteorologik ma’lumotlar bilan tezkor almashish maqsadida tuzilgan. Kuzatishlar global tizimi 4000 ga yaqin sinoptik va aerologik stansiyalarni o‘z ichiga oladi. Erdagi stansiyalar orasidagi masofa 500 km dan oshmaydi. Okeanlarda stansiyalarning bunday zichligiga erishish mumkin emas. Okeanlardan meteorologik ma’lumot orollardan, kemalardan, statsionar va suzuvchi platformalardan keladi. Aerologik ma’lumotlarga alohida katta e’tibor berilayapti. Butunjahon meteorologik tashkiloti hozir maxsus ASAM dasturini amalga oshirayapti (avtomatik aerologik kuzatishlar tizimi). Bu maqsadda dengiz kemalari avtomatik aerologik zondlash stansiyalar bilan jihozlanmoqda.