Ilmiybaza.uz
1
XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA
Ushbu bobda quyidagi bilimlar bayon etilgan:
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning kelib, chiqish sabablari,
zaruriyati, mazmuni, rivojlanish xususiyati.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish xususiyatlari.
Gʻarbiy Yevropa integratsion jarayonlarining rivojlanish
tendentiyalari.
Amerika qit’asida integratsion jarayonlarining rivojlanish
tendentiyalari.
Osiyo-Tinch Okeanida integratsion jarayonlarining rivojlanish
xususiyatlari.
Afrika mintaqalarida integratsion jarayonlarining rivojlanish
xususiyatlari.
Oʻzbekiston va xalqaro integratsion guruhlar iqtisodiy
munosabatlarini faollashtirish masalalari.
Ilmiybaza.uz
2
Kirish
Ma’lumki mamlakatimiz istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq
tashqi iqtisodiy siyosat borasidagi islohotlarini jadal rivojlantirishni
samarali yoʻlga qoʻyishga kirishdi va shundan kelib chiqib ushbu boradagi
meyoriy-huquqiy ba’zani yaratdi. Globallashuv sharoitida mamlakatlarning
oʻzaro turli sohalarda integratsiyalashuvi jarayoni jadal kechadi va u
respublikalar
taraqqiyoti
omili
boʻlib
xizmat
qiladi.
Insoniyat
taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal
rivojlanishi
orqali
tavsiflanadi.
Globallashuvni
iqtisodiy
jihatdan
qaraydigan boʻlsak, u jahon xoʻjaligining butun makonini qamrab oluvchi
iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Ushbu jarayonga esa mamlakatlarning oʻzaro integratsiyalashuvi asos boʻlib
xizmat
qiladi.
Ayniqsa,
jahon
iqtisodiyotiga
integratsiyalashuv
mamlakatimizga xorijiy investorlarni jalb qilishda muhim rol oʻynaydi,
chunki olib qaraydigan boʻlsak tashqi iqtisodiy faollik mamlakatni
investitsion jozibadorligini oshiradi.
Shu oʻrinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilgi
murojaatnomalarida
“Iqtisodiyotning
barcha
sohalarini
raqamli
texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot
milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerakligi va shu asosda “Raqamli
Oʻzbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarurligi ta’kidlab
oʻtgan boʻlsalar hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga oʻtish
boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Unga koʻra
iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti boʻlgan faol investitsiya siyosatini
izchil davom ettiramiz, iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish
va eksportni qoʻllabquvvatlash ustuvor vazifadir. Kelgusi yili eksport
hajmini 30 foizga oshirib, 18 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilib
Ilmiybaza.uz
3
qoʻymoqdamiz. Biz eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotga oʻtishimiz, ichki
bozorda raqobat muhitini shakllantirishimiz zarur.” deb ta’kidlab oʻtdilar.
Dunyoda globallashuv jarayonlari shu darajada jadal kechmoqdaki,
ba’zi mamlakatlarning oʻzaro ziddiyatlari mavjudligiga qaramasdan ayrim
hollarda ularning birgalikda hamkorlikda ishlashga majbur qilmoqda, aks
holda jahon sivilizatsiyasidan ortda qolish kabi holatlarga olib kelishi
mumkin. Hozirgi sharoitda mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro aloqalarning
rivojlanishi har bir mamlakatning milliy iqtisodiyotini rivojlanishiga ta’sir
koʻrsatadi. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklar
darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar
darajasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy integratsiya ishlab chiqarish texnologik
aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda
foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirish jarayonida bir-biriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro
toʻsiqlarni olib tashlashda namoyon boʻladi.
11.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning kelib chiqish sabablari,
zaruriyati, mazmuni va rivojlanish xususiyatlari
Jahon xoʻjaligida oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq kuyidagi ikki
tendensiya harakat qilmoqda.
Jahon
xoʻjaligi
yaxlitligining
shakillanish
jarayoni
– blogallashuv;
Mintaqaviy iqtisodiy integrasiya
Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII) atamasi ХХ asrning 30yillarida
nemis va shved iqtisodchilarining asarlarida birinchi marta ishlatilgan.
Ilmiybaza.uz
4
Integratsiya soʻzi lotin tilida “integratio” soʻzidan olingan boʻlib, “qoʻshilib
ketish”, “birlashish”, “qismlarning bir butunlikka aylanishi" deb tarjima
qilinadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya deganda milliy xoʻjaliklar oʻrtasida
chuqur barkaror oʻzaro aloqalar va mehnat taqsimoti asosida ishlab
chiqarishning yuqori darajadagi baynalminallashuvi tushunilib, u qator
mamlakatlar takror ishlab chiqarish tarkibining asta-sekin qoʻshilib
ketishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda mutaxassislar oʻrtasida integratsiya jarayonlariga
nisbatan yagona nuqtai nazar yoʻq. Iqtisodchilarning bir guruhi integratsiya
jarayonida mamlakatlar oʻrtasida yangi tovar oqimlarini shakllantirish
xisobiga “resurslarning cheklanganligi” omilini bartaraf etishni eng muhim
holat deb biladilar va bu alohida olingan bir mamlakat ichida bir-biriga
oʻxshash qimmatroq tovarlar ishlab chiqarishni bartaraf etish yoki ilmiy
tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflanadigan mablagʻlarni tejash
imkonini beradigan texnologik oʻzaro almashuvlarni kengaytirishga imkon
tugʻdiradi deb hisoblaydilar. Olimlarning boshqa guruhi ustunlik qiluvchi
shart-sharoitlar sifatida tashqi iqtisodiy omillar, masalan, kollektiv mudofaa
qobiliyatini oshirishni ilgari suradilar. Integratsiyaga nisbatan hamma
nazariy yondashuvlarni umumlashtirib, shuni ta’kidlash joizki, integratsiya-
mintaqaviy miqyosda sifat jixatidan yangi iqtisodiy muhitni shakllantirish
yoʻli bilan milliy xoʻjalik komplekslarining yaqinlashuvi va bir-biriga kirib,
borishi ni ifodalaydi. Jahon ikgisodiyotida integratsiya jarayonlari har bir
davlat uchun faqat “oʻz ishlab chiqarishiga” ega boʻlish samara
bermaydigan boʻlib qoladigan vaziyatni keltirib chiqaradi. Demak, XII —
milliy iqtisodiyotlarning turli sohalardagi hamkorlik shakli boʻlib, hamkor
mamlakatlar iqtisodiyotining texnik, texnologik va iqtisodiy jihatdan uzoq
muddatli bogʻliqligining chuqurlashuvi bilan ajralib turadi. XII-ning
maqsadi istiqbolda tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining erkin
Ilmiybaza.uz
5
harakatlanishiga toʻsiq boʻlayotgan cheklovlarni bartaraf etish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlash predmet
hisoblangan tovarlar, xizmatlar, pul va mehnat resurslari XII obyektlari
hisoblansa, xalqaro
ishlab
chiqarish,
ilmiy-texnik xamkorlik
va
ayirboshlashni amalga oshiruvchi iqtisodiy tomonlar XII subyektlari
hisoblanadi.
11.1-rasm. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning tuzilishi.
Integratsion tuzilmalarni ishlab chiqarishning integratsiyalashishida
erishilgan darajasiga qarab ajratish lozim. Bunda integratsiyalashish rasmiy
va real xususiyatga ega boʻlishi mumkinligini hisobga olish zarur. Rasmiy
ingegatsiyalashuv ishlab chiqarishni xalqaro darajada umumlashtirishdan
Х II - milliy iqtisodiyotlarning
turli sohalardagi xamkorlik
shakli bo'lib, hamkor
mamlakatlar iqtisodiyotining
texnik, texnologik va
iqtisodiy jihatidan uzoq
muddatli bog'liqligining
chuqurlashuvi bilan ajralib
turadi
Maqsadi - istiqbolda tovarlar
,xizmatlar va ishlab chiqarish
omillarining erkin xarakatlarinshga
to'siq bo'layotgan cheklovlarni
bartaraf etish.
Ishlab
chiqarish,ilmiy -
texnik hamkorlik va
ayirboshlash predmet
hisolblangan
tovarlar,xizmatlar,pul
va mexnat resurslari
XII obektivlari
hisoblanadi. .
Xalqaro ishlab
chiqarish.ilmiy -
texnik xamkorlik va
ayirboshlashlashni
amalga oshiruvchi
iqtisodiy tomonlar
XII subektlari .
Ilmiybaza.uz
6
iborat boʻlib, uning asosida mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar
xalqaro mehnat taqsimoti asosida tashkil etiladi.
Real iqtisodiy integratsiya esa ishlab chiqarishning ishtirokchi
mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari pariteti asosida xalqaro
umumlashtirishdan iborat boʻladi. Iqtisodiy integratsiya, oʻz navbatida,
ishtirokchi
mamlakatlarning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
koʻrsatkichlarining yaxshilanishi uchun sharoit yaratadi. Jahon amaliyoti
koʻrsatishicha, integratsiyadan ichki bozori kichik, resurslarga boy
boʻlmagan, jahon YAMMida kam ulushga ega boʻlgan mamlakatlar koʻproq
samara oladi. Taxlillar koʻrsatishicha, XII kuyidagi obyektiv omillar va
sabablarga asoslanadi:
Xoʻjalik hayoti baynalmillashuvining oʻsib borishi;Xalqaro mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi;
Umumjahon ilmiy-texnika taraqqiyotining oʻziga xosligi;
Milliy iqtisodiyotlar ochiqligi darajasining ortishi;
Intergrasiyalashayotgan mamlakatarda daromadlarning ortishi;
Yangi savdo oqimlarining paydo boʻlishi;
Ishlab chiqarish xarajatlari, tovarlar va xizmatlar narxining
pasayishi tufayli iqtisodiy farovonlikning oʻsishi;
Integrasion birlashmaga azo mamlakatlarning uchinchi
mamlakatarga nisbatan iqtisodiy pozisiyasining mustahkamlanishi;
Mintaqada siyosiy hamkorlikning rivojlanishi va integrasion
birlashmaga azo mamlakatlarning uchinchi mamlakatarga nisbatan siyosiy
pozisiyasining mustahkamlanishi;.
Ushbu omillarning barchasi oʻzaro bir-biriga bogʻliq boʻlib,
integratsiya mamlakatlar oʻrtasidagi (xalqaro meqnat taqsimoti asosida)
barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va qayta ishlab chiqarishning
milliy xoʻjalik doirasidan chetga chiqishi jarayonidir.
Ilmiybaza.uz
7
Iqtisodiy
integratsiya
shakillanishining
shart-sharoitlari
quyidagilardan iborat:
Integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi va
bozor munosabatlaridagi yetukligi darajasining yaqinligi.
Integratsiyalashayotgan mamlakatar iqtisodiy rivojlanishi va
bozor munosabatlaridagi yetukligi darajasining yaqinligi. Aksariyat
hollarda mamlakatlararo integratsiya sanoat jihatdan taraqqiy etgan yoki
rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida rivojlanishi;
Integratsiyalashgan mamlakatlarning geografik yaqinligi,
aksariyat hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy
aloqalarning
mavjudligi.
Dunyodagi
integratsion
birlashmalarning
aksariyati geografik jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan, chegaradosh,
transport aloqalariga ega boʻlgan, koʻpincha bir tilde soʻzlashadigan qoʻshni
mamlakatlardan boshlangan Iqtisodiy integratsiya shakillanishining shart-
sharoitlari quyidagilardan iborat:
Integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish va
bozor munosabatlaridagi yetukligi darajasining yaqinligi. Aksariyat
hollarda mamlakatlararo integratsiya sanoat jihatidan taraqqiy etgan yoki
rivojalanayotgan mamlakatlar oʻrtasida rivojlanadi;
Integratsiyalashayotgan mamlakatlarning geografik yaqinligi,
aksariyat hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy
aloqalarning
mavjudligi.
Dunyodagi
integratsion
birlashmalarning
aksariyati geografik jihatidan bir-biriga yaqin joylashgan, chegaradosh,
transport aloqalariga ega boʻlgan, koʻpincha bir tilda soʻzlashadigan qoʻshni
mamlakatlardan boshlangan;
Integratsiyalashayotgan mamlakatar oldida turgan iqtisodiy va
boshqa muammolarning umumiyligi. Iqtisodiy integratsiya mamlakatlar
oldida mavjud boʻlgan aniq muammolar toʻplamini hal qilishga qaratiladi
Ilmiybaza.uz
8
Ustunlikni
namoyish
qilish
samarasi.
Integratsion
birlashmalarni tuzgan mamlakatarda odatda ijobiy iqtisodiy oʻzgarishlar
sodir boʻladi, shubhasiz, oʻzgarishlarni kuzatib borayotgan boshqa
mamlakatlarga muayyan ruhiy ta’sir koʻrsatadi;
Hozirgi kunda xalqaro iqtisodiyotda yuzaga kelayoggan va
rivojlanayotgan koʻplab integratsion birlashmalar aslida oʻz oldiga birbiriga
oʻxshash quyidagi vazifalarni qoʻyadilar:
1.
Keng koʻlamli iqtisodiyot afzalliklaridan foydalanish. Keng
koʻlamli iqtisodiyot nazariyasi asosida bozorlar hajmini kengaytirish,
transaksion xarajatlarni kamaytirish va boshqa kator afzalliklardan
foydalanish. Bu oʻz navbatida, katta hajmdagi bozorlarga katta ishtiyoq
bilan kirib keladigan toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilishga
bevosita imkon beradi.
2.
Qulay tashqi siyosiy muhitni yaratish. Aksariyat integratsion
birlashmalarning muhim maqsadi ularda ishtirok etuvchi mamlakatlarning
siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa noiqtisodiy sohalarda bir birini
tushunishi hamda hamkorligini mustahkamlashdir.
3.
Savdo siyosatidagi vazifalarni hal qilish. Mintaqaviy
integratsiya,
koʻpincha,
GATT/JST
doirasida
ishtirok
etayotgan
mamlakatlarning muzokarasi nuqtai nazaridan olib qaraladi. Mamlakatlar
bloki nomidan kelishilgan holdagi bayonot ancha jiddiy hisoblanadi va
savdo siyosati sohasida kutilgan natijalarni beradi.
4.
Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga koʻmaklashish. Oʻz
milliy iqtisodiyotini integratsiya jarayonlariga qoʻshar ekanlar, rivojlangan
davlatlar ham oʻsha mamlakatlardagi toʻlaqonli va katta hajmli bozorlarni
yaratish hamda ulardagi bozor islohotlarining rivojlanishidan manfaatdor
boʻladi. YEIning u yoki bu shakliga qoʻshila turib, koʻplab Gʻarbiy Yevropa
mamlakatlari shu maqsadlarni koʻzlagan edi.
Ilmiybaza.uz
9
5.
Milliy sanoatning yosh sohalarini qoʻllab-quvvatlash.
Hatto, integratsion birlashmalar uchinchi mamlakatlarga nisbatan
kamsituvchi choralarni nazarda tutmaganlarida xam, ular faoliyati uchun
kengroq mintaqaviy bozor ochiladigan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni
qoʻllab-quvvatlash usuli sifatida qaraladi. Tarixan integratsion jarayonlar
oʻz rivojlanish bosqichlariga ega. Ularning har biri uning rivojlanishining
ma’lum darajaga yetganligini ifoda etadi.
Integratsion
guruhlar
tipologiyasining
asoslari
ishtirokchi
mamlakatlar milliy iqtisodiyotining makro va mikro darajada oʻzaro
yaqinlashishi hamda bir-biriga iqtisodiy jihatdan qanchalik chuqur kirib
borishini baholashda namoyon boʻladi.
11.1-
jadval. Integratsiya jarayonlarining shakllari va bosqishlari.
XII
nazariyasida
amerikalik
iqtisodchi
B.Balassa
iqtisodiy
integratsiyaning quyidagi beshta shaklini ajratadi.
Erkin savdo zonasi - mamlakatlarning oʻzaro savdoda bojxona
bojlari va miqdoriy cheklovlarni bekor qilish maqsadidagi birlashuvi.
Ilmiybaza.uz
10
Ishtirokchi mamlakatlar bu bosqichda oʻzaro savdo toʻsiqlarini bekor qiladi,
lekin uchinchi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarda toʻla erkinlikni saqlab
qoladilar (masalan, bojxona bojlarini yoxud boshqa cheklashlarni bekor
qilish yoki yangiliklarni kiritish va savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar
tuzish xuquqlari). Buning oqibatida mamlakatlar oʻrtasida chegaralarni
kesib oʻtayotgan tovarlarning kelib chiqishini nazorat qiladigan va
tegishlicha uchinchi mamlakatlardan imtiyozli ravishda tovarlarni olib
kirishga toʻsqinlik qiladigan bojxona chegaralari hamda postlari saqlanib
qoladi. Erkin savdo xududlari a’zo mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy
munosabatlarga jalb etilish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Erkin
savdo xududdarining salbiy tomonlariga keladigan boʻlsak, ular ichki bozor
raqobatining kuchayishi bilan belgilanadi, chunki bu milliy ishlab
chiqaruvchilarga salbiy ta’sir etishi va bankrotlik xavfini kuchaygirishi
mumkin. Bu bosqichda millatlararo tartibga soluvchi tashkiloglarni tashkil
etish koʻzda tutilmaydi. Bu esa, oʻz navbatida, birgalikda qarorlar qabul
qilish jarayonlarini sekinlashtiradi.
Bojxona ittifoqi - oʻzaro savdoda toʻsiqlar bekor qilingan va a’zo
boʻlmagan mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tariflari asosida
umumiy tashqi savdo siyosati olib borayotgan mamlakatlar guruhi.
Integratsiyaning bu bosqichida davlatlar faqat oʻzaro toʻsiqlarni bartaraf
etibgina qolmay, balki tashqi savdo toʻsiqlarining yagona tizimini va
uchinchi mamlakatlarga nisbatan bojxona bojlarining yagona tizimini
tashkil qiladilar. Bunda ishtirokchi mamlakatlar chegaralari bilan
belgilangan yagona bojxona makoni vujudga keladi.
Umumiy bozor — a’zo mamlakatlar oʻrtasida tovarlar, xizmatlar,
ishchi kuchi erkin harakatini ta’minlashga erishishga harakat qilayotgan
mamlakatlar guruhd. Bu bosqichda mamlakatlar oʻz milliy chegaralari
orqali nafaqat tovarlar, balki barcha ishlab chiqarish omillari - kapital, ishchi
Ilmiybaza.uz
11
kuchi, texnologiya va ma’lumotlarni erkin harakati haqida kelishadilar.
Bojxona ittifoqini umumiy bozorga aylantirish jarayoni faqat savdoni emas,
balki iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarini ham qamrab oluvchi qonuniy
meyorlarni uygʻunlashtirish masalalarini hal etish bilan bogʻliq. Shuning
uchun ham ichki bojxona toʻsiqiari va boshqa cheklashlarni bartaraf etish
orqali uchinchi mamlakatlar bilan savdoda umumiy tamoyillarni ishlab
chiqish zarur, natijada milliy chegaralar orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va
ishchi kuchining har qanday toʻsiqlarsiz oʻtishiga shartsharoit yaratiladi.
Umumiy bozorni shakillantirishda ijtimoiy fondlarni yaratish zaruriyati
tugʻiladi.
Bundan
tashqari,
millatlararo
muvofiqdashtiruvchi
tashkilotlarning tuzilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yevropa Ittifoqi
tajribasidan ma’lumki, bunday tashkil otlarni tashkil etmasdan turib milliy
qonunchilik meyorlarini soddalashtirish va integratsion birlashma
ishtirokchilarining umumiy qarorlarining bajarilishini nazorat qilish tizimini
joriy etish mumkin emas. Bunda ishtirokchi mamlakatlar chegaralari bilan
belgilangan yagona bojxona makoni vujudga keladi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - ishlab chiqarish omillarining erkin
harakati ta’minlangan, ijtimoiy-iqtisodiy, jumladan, sanoat, qishloq
xoʻjaligi, transport, energetika, valyuta-moliya sohalarida yagona siyosat
amalga oshirilayotgan, umumiy valyuta muomalaga kiritilgan mamlakatlar
guruhi.
Toʻliq integratsiya — yagona iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoqning
shakillanishi, jumladan, tashqi siyosat, qonunchilik va ichki ishlar sohasida
umumiy siyosatning amalga oshirilishi, yagona fukzrolikning joriy etilishi.
Toʻliq integratsiya sharoitida milliy darajadan ustun turadigan tartibga
soluvchi institutlar shakillantiriladi. Bu esa, oʻz navbatida, har bir a’zo
mamlakat va ittifoq imkoniyaxlarini oʻzaro manfaatli asosda birlashtirish
uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shunday qilib, XII oʻzaro iqtisodiy
Ilmiybaza.uz
12
hamkorlikning quyi shaklidan nisbatan yuqori shakliga qarab bosqichma-
bosqich harakatlanish jarayonini aks ettiradi. Iqtisodiy integratsiyaga
kirishayotgan mamlakatlar quyidagi afzalliklarga ega boʻladi:
milliy bozolarning birlashishi mamlakatar ichki bozori
hajmining kengaytirishga olib keladi, bu esa, oʻz navbatida, umumiy yalpi
ichki maxsulot hajmini oʻsishini ragʻbatlantiradi;
aholi xarid qobiliyatining oʻsishi jon boshiga toʻgʻri keluvchi
oʻrtacha daromadlarning oʻsishi va tovarlar narxining pasayishiga olib
keladi
ishlab chiqarishning samardorligi va raqobatdoshligi ortadi;
ishlab chiqarish iqtisoslashuv darajasining chuqurlashuvi
natijasida yuzaga keladigan “miqyos” samarasi” ning ortishi;
Dunyodagi 170 dan ortiq integratsion birlashmalarning 84% i
erkin savdo zonasi hisoblanadi. Ushbu holat JST doirasida koʻp tomonlama
kelishuvlar
darajasida
savdo
va
investitsiyalarni
erkinlashtirish
jarayonlarining qiyin kechayotganligi bilan bogʻliq. 1990yillarning ikkinchi
yarmidan boshlab turli mintaqalardagi mamlakatlarni jalb etgan holda
mintaqalararo erkin savdo zonalarini tashkil etish jarayoni kuchaydi va
dunyoning asosiy mintaqalarini qamrab olgan yirik integratsion
birlashmalar paydo boʻldi.
11.1 1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya zaruriyati nimada va u qanday
shart-sharoitdalarga ega boʻlishi kerak? 2. Xalqaro iqtisodiy
integratsiyaning asosiy rivojlanish omillari nimalardan iborat?
?
3.Xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzlishidagi
asosiy jihatlar nimalardan iborat?
Ilmiybaza.uz
13
11.2. Gʻarbiy Yevropa va Amerika qit’asida integratsion
jarayonlarining rivojlanish tendensiyalari
Yevropa Ittifoqi(YEI)ning shakillanishi va rivojlanishi xalqaro
iqtisodiy integratsiyaning yaqqol namunasi hisoblanadi. Gʻarbiy
Yevropa integratsiyasi obyektiv iqtisodiy jarayonlar bilan birgalikda
V.Tyugo, I.Kant kabi Yevropa siyosiy va jamoat arboblari, mutafakkirlari
tomonidan ilgari surilgan yagona Yevropa gʻoyalari bilan sugʻorilgan edi.
YEI ning tashkil topishi va rivojlanishining zamonaviy tarixi 1951-yildan
boshlanadi. 1951-yilda Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya
va Lyuksemburg davlatlari tomonidan Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi
(YEKPB) toʻgrisidagi Parij shartnomasi imzolandi. Bu Garbiy Yevropa
iqtisodiy integratsiyasining oʻziga xos ibtidosi edi. Umumiy koʻmir va
poʻlat bozorining muvaffaqiyatli va tezda shakillanishi 1957 yilda Yevropa
iqtisodiy hamjamiyati (YEIH) va Yevropa atom energiyasi hamjamiyatini
(Yevratom) tashkil etish toʻgʻrisidagi Rim shartnomalarining imzolanishiga
olib keldi. Shu tariqa yuqoridagi olti mamlakat hududida YEKPB, YEIH va
Yevratom integratsiya birlashmalari tashkil etildi. YEIH esa asosiy iqtisodiy
integratsiya birlashmasiga aylandi. Gʻarbiy Yevropa integratsiyasining
rivojlanishi 50-yillarning oxiridan hozirgi vaqtga qadar notekis va nisbatan
ziddiyatli kechdi. Shunga qaramasdan YEIH-ni tashkil etishda qoʻyilgan
maqsad va vazifalar yetarlicha izchil va muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Gʻarbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi rivojlanishi jarayonini shartli
ravishda toʻrt bosqichga boʻlish mumkin.
Ilmiybaza.uz
14
Birinchi bosqich (50-yillarning oxiri 70-yillar oʻrtasi) hamjamiyat
faoliyatidagi “olgan asr” hisoblanadi. Ushbu bosqich bojxona ittifoqining
muddatidan ilgari shakillantirilishi, yagona agrar bozorning muvaffaqiyatli
rivojlantirilishi, YEIga uchta yangi mamlakatlar – Buyuk Britaniya, Daniya,
Irlandiyaning a’zo boʻlib kirishi bilan tavsiflanadi.
Koʻpincha “Umumiy bozor” deb ataladigan YEIHni tashkil etishning
aniq maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
- a’zo mamlakatlar oʻrtasidagi savdoda barcha cheklashlarni
astasekin bartaraf etish ;
- uchinchi mamlakatlar bilan tashqi savdoda umumiy bojxona
tarifini belgilash;
-“insonlar, kapitallar, xizmatlar”ning erkin harakat qilishi uchun
cheklashlarni bekor qilish;
- transport va qishloq xoʻjaligi sohasida yagona umumiy
siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- valyuta ittifoqini tashkil etish;
- soliq tizimini birxillashtirish (unifikatsiyalash);
- qonunchilikni yaqinlashtirish;
- kelishilgan iqtisodiy siyosat tamoyillarini ishlab chiqish. YEIH
a’zo mamlakatlarda tovarlar, kapital, xizmatlar va ishchi kuchi harakatini
erkinlashtirish, umumiy bozorni tashkil etish vazifasini birinchi darajali
maqsad qilib qoʻydi.
Shu maqsadda bojxona ittifoqi tashkil etildi va quyidagi vazifalar hal
etiddi: - a’zo mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdodagi savdo cheklovlari
bekor qilindi;
- uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tarifi
belgilansi;
Ilmiybaza.uz
15
- kapital, kreditlar harakati, pul oʻtkazmalari, xizmatlar
koʻrsatish erkinligiga erishildi;
- ish kuchining erkin migratsiyasi va yashash joyini erkin tanlash
imkoniyati ta’minlandi.
Yuqorida qayd etilgan choralar YEIH mamlakatlarida sanoat
integratsiyasining jadallashuviga koʻmaklashdi. Shu bilan bir vaktda
kompensatsiya yigʻimlari va qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasi orqali
moliyalashtirish, umumiy proteksionizmni qoʻllash shaklida agrar
integratsiyani amalga oshirishga urinib koʻrildi. YEIH ning agrar siyosati
a’zo mamlakatlarning aksariyat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun birdek
minimal narxlar belgilanishini kafolatlovchi narxlarning yagona tizimiga
asoslanadi. Umumiy bozorning shakllantirilishi milliy monopoliyalarning
transmilliy monopoliyalarga aylanishi jarayonini tezlashtirdi va ularning
hamkor mamlakatlar iqtisodiyotiga kirib borishiga koʻmaklashdi. YEIH
ning rivojlanishi a’zo mamlakatlarning yakkalanib qolgan milliy
xoʻjaliklaridan tashqi bozorga yoʻnaltirilgan ochiq turdagi iqtisodiyogga
oʻtish jarayonini tezlashtirdi.
Ikkinchi bosqich 1960-yillarni oʻz ichiga oladi va YEIH ning
barqaror, jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan ajralib turadi. 1968-yilda
yuqorida qayd etilgan uchta integratsiya birlashmalarining ma’muriy
boshqaruvi va budjeti Yevropa hamjamiyati (EX) nomi ostida birlashtirildi
hamda bojxona ittifoqi amal qila boshladi.
Ikkinchi bosqich (1970-yillar va 1980-yillarning birinchi yarmi)
1970-yillarning birinchi yarmida va 1980-yillarning boshida roʻy bergan
iqtisodiy inqirozlar tufayli “Yevropessimizm” degan nomni oldi. Bu davrda
YEIH Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya va Gretsiyaning qabul qilinishi
natijasida 10 ta mamlakatga kengaydi. 1979-yildan boshlab esa shartli
Ilmiybaza.uz
16
hisob-kitob valyutasi EKYu ga asoslangan Yevropa valyuta tizimi amal qila
boshladi.
Uchinchi bosqich (80-yillar ikkinchi yarmi — 90-yillar boshi) -
hamjamiyat tarkibining yanada kengayish bosqichi boʻldi. 1986-yilda YEI
ga Ispaniya va Portugaliyaning qoʻshilishi ilgari mavjud boʻlgan
mamlakatlararo nomutanosibliklarning keskinlashuviga olib keldi. Shu
bilan birga bu davr Yagona Yevropa Akti (YAYEA) qabul qilinishi tufayli
Gʻarbiy Yevropa integratsiyasi rivojlanishining yanada kuchayishi bilan
tavsiflanadi.
Toʻrtinchi bosqichda (ХX asrning 90-yillari oʻrtasi - XXI asr boshi)
YAYEA ga muvofiq 1993-yil 1-yanvardan boshlab hamjamiyat chegaralari
doirasida ishlab chikarish omillarining erkin harakat qilishi joriy etildi.
Amalda hamjamiyat doirasida yagona iqtisodiy makon paydo boʻldi va bu
holat YEI iqtisodiy integratsiyasining sifat jihatdan yangi boqichga
kirganligini anglatar edi. Mastriks shartnomasi asosida (1992-yil fevral)
1994-yil 1-yanvardan boshlab YEIH a’zolari soni 15 taga yetdi va
hamjamiyat YEI ga aylantirildi. YEI doirasida toʻliq yagona ichki bozor
shakillantirildi. Navbatdagi muddatga integratsiya hamkorligi maqsadlari
e’lon qilindi. Ular yagona valyuta - yevro emissiyasi xuquqi bilan yagona
Yevropa banki, ichki chegaralarsiz yagona Gʻarbiy Yevropa makoni barpo
etishni oʻz ichiga olar edi. Mastriks bitimlari Gʻarbiy Yevropa
integratsiyasining rivojlantirishda sifat jihatdan yangi bosqich hisoblanadi
va ushbu bosqichda mamlakatlar iqtisodiyotini mikro darajada bir-biriga
yaqinlashtirish vazifasi qoʻyildi.
Ilmiybaza.uz
17
11.2-rasm. Evropa Ittifoqi Savdo balansi
YEIgi savdo balansi 1999-yildan 2020-yilgacha oʻrtacha 4115,60
million yevroni tashkil qildi va 2020-yil dekabrida eng yuqori koʻrsatkichga
- 30107,60 million yevroga etdi va 2020-yil yanvarida esa - 20050,10
million yevro zarar koʻrdi.
YEI milliy hukumat organlaridan yuqori turuvchi davlatlararo
muvofiqlashtiruvchi institutlarga egaligi bilan ajralib turadi. YEIning
ma’muriy boshqaruvi YEI Kengashi (hukumatlar va vazirlar darajasida
amal qiladi), Yevropa Parlament (YEI qonunlari va budjetini tasdiqlaydi),
Yevropa Komissiyasi (YEIning doimiy ijro organi hisoblanadi) va Yevropa
sudidan iborat. YEIning yagona budjeti 2000yildan boshlab har yetti yil
uchun belgilanadi. YEI budjetining daromad qismi bojxona bojlari, tovarlar
importidan turli yigʻimlar, QQSdan ajratlmalardan tashkil topsada, asosiy
daromad manbai a’zo mamlakatlar YAIM-ning 1,24% iga teng
ajratmalardan iborat.
Ilmiybaza.uz
18
YEI budjet xarajatlar qismining hajmi va ulushi istiqbol uchun
belgilangan maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oxirgi bir necha oʻn yillikda YEI budjetining katta qismi agrar siyosati
amalga oshirishga yoʻnaltirilgan. Jumladan hozirda amalda boʻlgan
budjetning 35% ga yakin qismi agrar siyosatni moliyalashtirishga, 10% i esa
qishloq xoʻjaligi va atrof-muhit muhofazasiga, 38% i mintaqaviy siyosatni
amalga oshirish uchun sarfalanadi. YEIning moliya institutlari Yevropa
investitsiya banki (YEIB), Yevropa investitsiya fondi (YEIF) va Yevropa
Markaziy bankidan (YEMB) iborat. Gʻarbiy Yevropada iqtisodiy
integratsiya jarayonlari fakat YEI hududi bilan cheklanib qolmaydi.
Ushbu hududda 60-yillardan boshlab Yevropa erkin savdo uyushmasi
faoliyat koʻrsatib kelmoqda Yevropa erkin savdo uyushmasi (YeESU)
YEIdan farqli ravishda milliy manfaatlardan ustun turuvchi funksiyalar va
davlatlararo muvofiqlashtiruvchi institutlarga ega emas. YeESU iqtisodiy
hamkorlikni asosiy maqsad qilib qoʻydi va birinchi navbatda, savdoning
erkinlashishi va bojxona toʻsiqlarini bartaraf etishga koʻmaklashdi. YeESU
a’zolari (80-yillarda ular yettita, 90-yillar oʻrtasida toʻrtga - Norvegiya,
Islandiya, Lixtenshteyn, Shveysariya) uchinchi mamlakatlar bilan savdo-
iqtisodiy bitimlarga ixtiyoriy qoʻshiladilar, YeESU qatnashchilaridan har
biri bu mamlakatlarga nisbatan istalgan bojxona tariflarini belgilashga
haqlidir. YeESU a’zolari oʻrtasidagi savdoda bojsiz, erkin savdo rejimi faqat
sanoat tovarlariga nisbatan amal qiladi, chunki YeESU konvensiyasining
amal qilishi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga joriy etilmaydi.
EI-tovarlar,xizmatlar,kapital va insonlarning erkin harakati;Yagona
tashqi iqtisodiy, xavfsizlik va mudofa siyosatiga ega iqtisodiy va
valyuta ittifoqi.
Ilmiybaza.uz
19
AQXOT
mamlakarlari
(69)
uchun
imtiyozlar(Lome
konventisiyasi).EIga tovarlarni boj to'lamasdan olib
kirish.
Isroil.Sanoat tovarlari bo'yicha erkin savdo to'g'risidagi
Bojxona ittifoqi:Shvetsariya-Lixtenshteyn
AESU(1960Y)Shvetsariya,Lixtenshteyn,Norvegiya,Islandiya.Sanoat
tovarlarining erkin harakati..
Benilyuks(1960y)-Iqtisodiy ittifoqi.Tovarlar ,xizmatlar kapital va
insonlarning erkin harakati, uchinchi mamlakatga nisbatan yagona
savdo va iqtisodiy siyosat.
Monako-Bojxona ittifoqi
Andora-Bojxona
MUESA(1993Y)Vengriya,Polsha,Slovakiya,Chexiya,Sloveniya.
Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari uchun imtiyozlar.EIGA
sanoat va an'anaviy qishloq xo'jalik maxsulotlarini erkin olib kirish
xuquqi..
11.3 -rasm. Gʻarbiy Yevropada integratsiya jarayonlari.
Ushbu xududda 60-yillardan boshlab Yevropa erkin savdo
uyushmasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda Yevropa erkin savdo uyushmasi
(YeESU) YEIdan farqli ravishda milliy manfaatlardan ustun turuvchi
funksiyalar va davlatlararo muvofiqlash tiruvchi institutlarga ega emas.
UESU iqtisodiy hamkorlikni asosiy maqsad qilib qoʻydi va birinchi
navbatda, savdoning erkinlashishi va bojxona toʻsiqlarini bartaraf etishga
koʻmaklashdi. YeESU a’zolari (80-yillarda ular yettita, 90yillar oʻrtasida
toʻrtta - Norvegiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Shveysariya) uchinchi
Ilmiybaza.uz
20
mamlakatlar bilan savdoiqtisodiy bitimlarga ixtiyoriy qoʻshiladilar, UESU
qatnashchilaridan har biri bu mamlakatlarga nisbatan istalgan bojxona
tariflarini belgilashga haqlidir. YeESU a’zolari oʻrtasidagi savdoda bojsiz,
erkin savdo rejimi faqat sanoat tovarlariga nisbatan amal qiladi, chunki
YeESU konvensiyasining amal qilishi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga
joriy etilmaydi. Umuman, yagona iqtisodiy makon bojxona ittifoqi
hisoblanmaydi. YEI va YeESU tuzilmasi doirasida a’zo mamlakatlar
yagona savdo siyosati va uchinchi mamlakatlarga nisbatan umumiy
bojxona tariflariga ega emas. YeESU a’zolari iqtisodiy rivojlanish
darajasining yuqoriligi va oʻzaro iqtisodiy aloqalariga qaramay toʻlaqonli
integratsiya guruhiga aylanmadi. Amalda YeESU YEIH va YEI ning yangi
a’zolari uchun oʻziga xos “tayyorgarlik sinfi” boʻldi. BENILYUKS —
1960-yilda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg oʻrtasida imzolangan
iqtisodiy ittifoq. Ushbu ittifoqda tovarlar, xizmatlar, kapital va insonlarning
erkin harakati ta’minlangan boʻlib, uchinchi mamlakatlarga nisbatan
yagona savdo va iqtisodiy siyosat olib boriladi. Markaziy Yevropa erkin
savdo uyushmasi (MEESA) - 1993 yidda Vengriya, Polsha, Slovakiya,
Chexiya, Sloveniya tomonidan imzolangan erkin savdo uyushmasi.
Keyinchalik bu mamlakatlar YEI ga a’zo boʻlganlaridan keyin MEESA dan
chiqib ketishdi. Hozirda Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Xorvatiya,
Makedoniya, Moldova, Serbiya, Kosovo va Chernogoriya MSEEA a’zolari
hisoblanadi. Bundan tashqari , YEI tomonidan Afrika, Karib havzasi,
Osiyo -Tinch okeani (AKHOT) mamlakatlari (69 ta) uchun Lome
konvensiyasiga muvofiq tovarlarni boj toʻlmasdan olib kirish boʻyicha
imtiyozlar, Shimoliy Afrika va Yaqin Shark mamlakatlari (Jazoir,
Marokash, Tunis, Misr, Iordaniya, Livan, Suriya) uchun YEIga sanoat va
an’anaviy qishloq xoʻjalik mahsulotlarini erkin olib kirish huquqi boʻyicha
imtiyozlar belgilangan.
Ilmiybaza.uz
21
Jahon xoʻjaligida amal qilayotgan integratsion markazlardan biri Shimoliy
Amerika xududi hisoblanadi. 1992-yilda AQSH, Kanada va
Meksika oʻrtasida Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasini (North
American Free trade Аrеа — NAFTA) tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma
imzolandi va u 1994-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kirdi.
11.4-rasm.
Shimoliy
Amerika
iqtisodiy
integratsiyasining
hamkorlik yoʻnalishlari
NAFTAga a’zo mamlakatlar tomonidan imzolangan shartnomaning
asosiy vazifalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi (bu vazifalarning ayrimlariga
erishish uchun 10-yil, ayrimlari uchun 15-yil rejalashtirilgan edi):
erkin savdo zonasini shakillantirish asosida a’zo mamlakatlar
oʻrtasida oʻzaro savdo va investitsiyalarni ragʻbatlantirish (10-yil ichida
NAFTA 1994 - y
AQSH,
Kanada,
Mexsika.
Ekologik
muommolarni
xal etish
Mehnat
munosabatlari
sohasida
hamkorlik.
Tovarla
savdosini
erkinlashtirish
Xizmatlar
savdosini
kengaytirish va
erkinlashtirish.
Nizolarni
davlatlararo
hal etish
mexanizmini
yaratish.
Intellektual
mulk
huquqini
Ilmiybaza.uz
22
bojxona qoidalari uygʻunlashtirildi, shakar, paxta, sut mahsulotlaridan
tashqari barcha mahsulotlar boʻyicha miqdoriy cheklovlar va bojxona
bojlari bekor qilindi);
kompaniyalar uchun kelishilgan tadbirkorlik faoliyati ishlab
chiqish
(oʻzaro
investitsiyalarda
koʻp
sonli
cheklovlar
bekor
qilindi);mintaqada halol raqobatni ta’minlash (havo transport, telefon
aloqasi va ayrim telekommunikatsiya xizmatlaridan tashqari xizmatlar
savdosi, jumladan moliya, bank xizmatlari savdosi erkinlashtirildi);
intellekutal mulk huquqini himoya qilishga koʻmaklashish (ushbu
huquqlarni himoya qilish boʻyicha umumiy siyosat olib boriladi).
oʻzaro iqtisodiy hamkorlikni ragʻbatlantirish (nizolarni hal
etish mexanizmi yaratilgan).
Umuman, yagona iqtisodiy makon bojxona ittifoqi hisoblanmaydi.
YEI va YeESU tuzilmasi doirasida a’zo mamlakatlar yagona savdo
siyosati va uchinchi mamlakatlarga nisbatan umumiy bojxona tariflariga
ega emas. NAFTAning amal qilishidagi muhim ijobiy natijalardan biri
samarali savdoni tashkil etish hisoblanadi.1994 va 2018-yillarda NАFTА
mamlakatlari uchun tovar va xizmatlar eksportining ulushi YAIMga
nisbatan foizda keltirilgan.
Ilmiybaza.uz
23
45
40
35
30
25
20
15
10
5
0
Мексика
КанадаАҚШ
1994 2018
14
39
32
10
12
33
11.5-rasm.
NАFTА
mamlakatlari
uchun
eksportning
ulushi
19942018-yillarda YAIMga nisbatan foizda berilgan.
Ilmiybaza.uz
24
11.2 Savollar
1.
Xalqaro
iqtisodiy
integratsiya nechta
rivojlanish
bosqichlariga ega ?
2.
Jahonda faoliyat olib borayotgan qaysi xalqaro iqtisodiy
integratsiya birlashmalarini bilasiz?
3.
EI qachon tashkil etilgan va rivojlanish jihatdan
integratsiyaning qaysi bosqichida turibti?
?
11.2. Osiyo-Tinch Okeani va Afrika mintaqalarida integratsion
jarayonlarning rivojlanish xususiyatlari
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi jahon xoʻjaligidagi integratsion
jarayonlarniig uchinchi yirik markazi hisoblanadi. Janubi-Sharqiy Osiyo
mamlakatlari assotsiatsiyasi (Assosiation of South East Asian Nations -
ASEAN) 1967-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibiga Bruney,
Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur,
Tailand va Filippin kiradi. ASEANning asosiy maqsadi 1967-yilda Bangkok
deklaratsiyasida belgilangan quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
Janubi-Sharqiy Osiyoda harbiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, bojxona
ittifoqini
shakillantirish,
mamlakatlarning
iqtisodiy
oʻsishiga
koʻmaklashish. 1992-yilda Singapur Sammitida keyingi 15-yil ichida Erkin
savdo zonasini (АSEAN Free trade Agrement - AFTA) tashkil etish
toʻgʻrisida qaror kabul qilindi.
Ilmiybaza.uz
25
Ushbu guruh doirasida oʻzaro hamkorlikning muvaffaqiyati ASEAN
katnashchilari boʻlgan mamlakatlarning barqaror iqtisodiy oʻsishi, ular
rivojlanishini qiyosiy taqqoslash mumkinligi, yaxshi yoʻlga qoʻyilgan uzoq,
tarixiy an’analarga ega boʻlgan oʻzaro savdo aloqalarining mavjudligi,
hamkorlik shakllarining tartibga solinishi bilan mustahkam bogʻliqdir.
hamkorlikning hamkorlikning
iqtisodiy
hamkorlikning ijtimoiy siyosiy jihatlari
jihatlari
jihatlari
Mintaqada
Fan va texnologiyalar, atrof-
tinchlik,xavfsizligini
Integratsiya va
muhit,
mustahkamlash,
erkinlashtirish, mintaqa
madaniyat,axborot,ijtimoiy
o'zaro ishonchni
ichida savdo faoliyatini
rivojlanish,ta'lim va
ta'minlash, nizolarni kengaytirish, bojhona boshqaruv sohalaridan
inson
resurslarini
hal
etish,
tarif
imtiyozlarini
joriy
rivojlantirish,kambag'allikni
yondashuvlarini
etish, standartlashtirish va kamaytirish, kasallik
va
ishlab chiqish va sertifikatsiyalash.Asosi- savodsizlikka qarshi
kurash, mintaqa erkin savdo zonasi, qishloq joylarda past
manfaatlarini
ASEAN investitsiya
daromadli aholini ish
bilan
xalqaro darajada zonasi va sanoat ta'minlash, narkotiklarga himoya
qilish. hamkorligi sxemasi hamkorlikni amalga oshirishqarshi kurash
maqsadida .
Ilmiybaza.uz
26
11.6. rasm. ASEAN doirasida xalqaro iqtisodiy integratsiya
ASEAN
rejalarida
2000-yilgacha
boʻlgan
muddatda
qatnashchi
mamlakatlarning bojxona bojlarini 38 ming turdagi tovarlar boʻyicha oʻrtacha 5%
ga pasaytirish rejasi mavjud edi va 2002-yilda erkin savdo zonasi barpo etish
toʻgʻrisida karor qabul qilingan edi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 1989-yildan
boshlab hukumatlararo iqtisodiy tashkilot Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy
hamjamiyati (Asia Pasific Economic Cooperation -APEC ) faoliyat olib boradi.
APEC 1989-yilda Avstraliyaning taklifi bilan Tinch okeani havzasida iqtisodiy
hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, dastlab unga AQSH,
Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur,
Malayziya, Tailand, Filippin, Indoneziya va Bruney kirgan.
1996-yilda ARES a’zolari 2010-2020-yillarda erkin savdo zonasini tashkil
etish toʻgʻrisida kelishib oldilar. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati rasman
maslahat maqomiga ega, biroq uning ishchi organlari doirasida savdo, investitsiya
va moliya faoliyatini yuritishning mintaqaviy qoidalari belgilanadi, u yoki bu
sohalarda hamkorlik masalalari boʻyicha tarmoq vazirlari va ekspertlarning
uchrashuvlari oʻtkaziladi. 1993-yilda Tinch Osiyo okeani iqtisodiy hamjamiyati
mamlakatlari hukumatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi (Sietl,
AQSH).
11.2-jadval.
ASEAN tashkilotiga azo davlatlarning real YAIM ni oʻsish koʻrsatkichi
Ilmiybaza.uz
27
Uchrashuv davomida mintaqada rivojlanayotgan integratsiya jarayonlaridan
kutilayotgan foyda olishning taqsimlanishi yuzasidan jiddiy tafovutlar borligi
aniqlandi.
Ekspertlarning fikricha, Tinch -Osiyo okeani iqtisodiy hamjamiyatida
savdoni erkinlashtirish a’zo mamlakatlarning real daromadlarining 2% ga oʻsishiga
olib kelishi kerak. Birok kutilayotgan foydani birinchi navbatda yuqori
raqobatbardosh mamlakatlar oladilar. Koʻpchilik mutaxassislar Tinch -Osiyo
okeani mintaqasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlariga baho berar ekanlar, uning
rivojlanishining oʻziga xos shart-sharoitiga egaligi va oʻziga xosligini koʻrsatdilar.
Tinch-Osiyo okeani mintaqasi integratsiya jarayonining muhim xususiyatlariga
quyidagilarni kiritish mumkin. Birinchidan, Tinch- Osiyo okeani iqtisodiy
hamkorligi tashkilotidagi integratsiya jarayoni davlatlararo hamkorlik uchun negiz
yaratuvchi transmilliy korporatsiyalarning yetakchilik roli sharoitida yuz
bermoqda.
Ikkinchidan, integratsiya jarayoni iqtisodiy rivojlanish darajasi jiddiy
ravishda farqlanuvchi madaniy va ijtimoiy-siyosiy tizimlari turlicha boʻlgan
mamlakatlarni qamrab oladi. Tinch-Osiyo okeani iqtisodiy hamkorligining
noyobligi shundaki, unda ХХ asrning ikki buyuk iqtisodiy davlati - AQSH,
Yaponiya va ХХI asrning iqtisodiy giganti - Xitoy iqtisodiyoti birlashadi.
Uchinchidan, Tinch-Osiyo okeani mintaqasi koʻlamidagi integratsiya
submintaqaviy ittifoqlarni (ASEAN, NAFTA Janubiy Tinch okeani forumi va
boshqalar) oʻz ichiga oladi;
ASEAN ga a’zo davlatlar
ning
real YAIM ni oʻ sishi % da
2019
2
f
020
f
2021
Jahond agi ulushi
2.8
- 4.4
5.2
Rivojlangan
mamlakatlardagi
ulushi
1.7
- 5.8
3.9
Rivojlanayotgan
mamlakatlardagi ulushi
4.6
- 3.8
6