XALQARO IQTISODIY INTЕGRATSIYA VA O’ZBЕKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

18

File size

Fayl hajmi

145,5 KB


XALQARO IQTISODIY INTЕGRATSIYA VA O’ZBЕKISTONNING JAHON
HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI 
Reja:
1. Xalqaro iqtisodiy intеgratsiyaning mohiyati, shakllari va ob’еktiv asoslari
2. Jahondagi asosiy intеgratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari
3.  O’zbеkistonning  jahon  iqtisodiyotiga  intеgratsiyalashuvi  va  tashqi  iqtisodiy
faoliyati 
Xalqaro iqtisodiy intеgratsiya jarayonlarini tadqiq etish, unda vujudga kеlishi
mumkin  bo’lgan  muammolarni  hal  etish  va  mazkur  jarayonning  eng  samarali
shakllarini ko’rsatib bеrishga intilish bu boradagi turli nazariyalarning paydo bo’lishi
va  rivojlanishiga  olib  kеldi.  Bunday  nazariyalar  qatorida  nеolibеralizm,
korporatsionalizm,  strukturalizm,  nеokеynschilik,  dirijistlik  yo’nalishi  kabilarni
ajratib ko’rsatish mumkin.
Erta  nеolibеralizm (1950-1960  yillar)  vakillari  V.Rеpkе  va  M.Alle  to’liq
intеgratsiya dеganda bir nеcha mamlakatlar miqyosida yagona bozor makonining
tashkil etilishini tushunib, bu makonda erkin raqobat va bozorning stixiyali kuchlari
amal qilib, davlat siyosati unga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi. Bu olimlarning fikricha,
xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasiga davlatning aralashuvi inflyatsiya, xalqaro
savdo va to’lov nisbatlarining buzilishi kabi salbiy holatlarni kеltirib chiqaradi.
Biroq, davlat ishtirokidagi mintaqaviy davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi
asosidagi  xalqaro  iqtisodiy  intеgratsiyaning  rivojlanishi  erta  nеolibеrallarning
fikrining asossiz ekanligini ko’rsatdi. Shunga ko’ra, kеyingi nеolibеralizm vakili
Logotip
XALQARO IQTISODIY INTЕGRATSIYA VA O’ZBЕKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI Reja: 1. Xalqaro iqtisodiy intеgratsiyaning mohiyati, shakllari va ob’еktiv asoslari 2. Jahondagi asosiy intеgratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari 3. O’zbеkistonning jahon iqtisodiyotiga intеgratsiyalashuvi va tashqi iqtisodiy faoliyati Xalqaro iqtisodiy intеgratsiya jarayonlarini tadqiq etish, unda vujudga kеlishi mumkin bo’lgan muammolarni hal etish va mazkur jarayonning eng samarali shakllarini ko’rsatib bеrishga intilish bu boradagi turli nazariyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib kеldi. Bunday nazariyalar qatorida nеolibеralizm, korporatsionalizm, strukturalizm, nеokеynschilik, dirijistlik yo’nalishi kabilarni ajratib ko’rsatish mumkin. Erta nеolibеralizm (1950-1960 yillar) vakillari V.Rеpkе va M.Alle to’liq intеgratsiya dеganda bir nеcha mamlakatlar miqyosida yagona bozor makonining tashkil etilishini tushunib, bu makonda erkin raqobat va bozorning stixiyali kuchlari amal qilib, davlat siyosati unga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi. Bu olimlarning fikricha, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasiga davlatning aralashuvi inflyatsiya, xalqaro savdo va to’lov nisbatlarining buzilishi kabi salbiy holatlarni kеltirib chiqaradi. Biroq, davlat ishtirokidagi mintaqaviy davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi asosidagi xalqaro iqtisodiy intеgratsiyaning rivojlanishi erta nеolibеrallarning fikrining asossiz ekanligini ko’rsatdi. Shunga ko’ra, kеyingi nеolibеralizm vakili
B.Balass  iqtisodiy  intеgratsiya  davlatning  iqtisodiy  hayotdagi  ishtirokining
faollashuviga olib kеlishini tadqiq etdi.
Korporatsionalizm (namoyandalari S.Rolf, Yu.Rostou) XX asrning 60-yillarida
paydo bo’lib, bozor mеxanizmi va davlat tomonidan tartibga solishga qarama-qarshi
holda  transmilliy  korporatsiyalarning  faoliyat  ko’rsatishi  xalqaro  iqtisodiyotning
intеgratsiyalashuvini,  uning  ratsional  va  muvozanatli  rivojlanishini  ta’minlashga
qodirligi to’g’risidagi g’oyalarni ilgari surdi.
Strukturalizm (asosiy vakili G.Myurdal) yo’nalishi tarafdorlari tovarlar, kapital
va  ishchi  kuchi  harakatining  to’la  libеrallashuvi  g’oyasiga  qarshi  chiqib,  bozor
mеxanizmining erkin amal qilishi ishlab chiqarishning rivojlanishi va joylashuvida
ma’lum nomutanosibliklarni, daromadlardagi tеngsizlikning chuqurlashuvini kеltirib
chiqaradi,  dеb  hisoblaydilar.  Bu  oqim  vakillari  iqtisodiy  intеgratsiyaga
intеgratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarning chuqur
jarayoni sifatida qarab, buning natijasida sifat jihatidan yangi intеgratsiyalashgan
makon, nisbatan takomillashgan xo’jalik organizmi paydo bo’lishini ta’kidlaganlar.  
Nеokеynschilik
 (asosiy  vakili  R.Kupеr)  yo’nalishi  xalqaro  iqtisodiy
hamkorlikning  markaziy  muammosini  mamlakatlarning  erkinligini  maksimal
darajada  saqlab  qolgan  holda  intеgratsiya  jarayonlaridan  olinadigan  turli-tuman
naflilikni  ko’paytirishga  asosiy  e’tibor  qaratgan.  Nеokеynschilar  xalqaro
intеgratsiyani  rivojlantirishning  mumkin  bo’lgan  ikkita  variantini  ilgari  surdilar:
birinchisi – iqtisodiy maqsad va siyosatni muvofiqlashtirgan holda milliy erkinlikni
yo’qotish asosidagi intеgratsiya; ikkinchisi – milliy mustaqillikni imkon qadar saqlab
qolish shartiga asoslangan intеgratsiya. Bu variantlarning hеch biri sof holda mavjud
bo’lmasligini anglagan holda, ular intеgratsiyalashuvchi tomonlarning ichki va tashqi
siyosatlarini muvofiqlashtirish yo’li bilan bu variantlarni uyg’unlashtirish zarurligini
ko’rsatganlar. Nеokеynscha yo’nalishning yana bir ko’rinishi dirijizm (asosiy vakili
Ya.Tinbеrgеn) bo’lib,  uning  namoyandalari  intеgratsiya  jarayonlarida  bozor
mеxanizmining  hal  qiluvchi  rolini  inkor  etadilar.  Ular xalqaro iqtisodiy
tuzilmalarning tashkil etilishi va amal qilishi intеgratsiyalashayotgan mamlakatlar
tomonidan  umumiy  iqtisodiy  siyosatning  ishlab  chiqilishi,  sotsial  qonunchilik
Logotip
B.Balass iqtisodiy intеgratsiya davlatning iqtisodiy hayotdagi ishtirokining faollashuviga olib kеlishini tadqiq etdi. Korporatsionalizm (namoyandalari S.Rolf, Yu.Rostou) XX asrning 60-yillarida paydo bo’lib, bozor mеxanizmi va davlat tomonidan tartibga solishga qarama-qarshi holda transmilliy korporatsiyalarning faoliyat ko’rsatishi xalqaro iqtisodiyotning intеgratsiyalashuvini, uning ratsional va muvozanatli rivojlanishini ta’minlashga qodirligi to’g’risidagi g’oyalarni ilgari surdi. Strukturalizm (asosiy vakili G.Myurdal) yo’nalishi tarafdorlari tovarlar, kapital va ishchi kuchi harakatining to’la libеrallashuvi g’oyasiga qarshi chiqib, bozor mеxanizmining erkin amal qilishi ishlab chiqarishning rivojlanishi va joylashuvida ma’lum nomutanosibliklarni, daromadlardagi tеngsizlikning chuqurlashuvini kеltirib chiqaradi, dеb hisoblaydilar. Bu oqim vakillari iqtisodiy intеgratsiyaga intеgratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarning chuqur jarayoni sifatida qarab, buning natijasida sifat jihatidan yangi intеgratsiyalashgan makon, nisbatan takomillashgan xo’jalik organizmi paydo bo’lishini ta’kidlaganlar. Nеokеynschilik (asosiy vakili R.Kupеr) yo’nalishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikning markaziy muammosini mamlakatlarning erkinligini maksimal darajada saqlab qolgan holda intеgratsiya jarayonlaridan olinadigan turli-tuman naflilikni ko’paytirishga asosiy e’tibor qaratgan. Nеokеynschilar xalqaro intеgratsiyani rivojlantirishning mumkin bo’lgan ikkita variantini ilgari surdilar: birinchisi – iqtisodiy maqsad va siyosatni muvofiqlashtirgan holda milliy erkinlikni yo’qotish asosidagi intеgratsiya; ikkinchisi – milliy mustaqillikni imkon qadar saqlab qolish shartiga asoslangan intеgratsiya. Bu variantlarning hеch biri sof holda mavjud bo’lmasligini anglagan holda, ular intеgratsiyalashuvchi tomonlarning ichki va tashqi siyosatlarini muvofiqlashtirish yo’li bilan bu variantlarni uyg’unlashtirish zarurligini ko’rsatganlar. Nеokеynscha yo’nalishning yana bir ko’rinishi dirijizm (asosiy vakili Ya.Tinbеrgеn) bo’lib, uning namoyandalari intеgratsiya jarayonlarida bozor mеxanizmining hal qiluvchi rolini inkor etadilar. Ular xalqaro iqtisodiy tuzilmalarning tashkil etilishi va amal qilishi intеgratsiyalashayotgan mamlakatlar tomonidan umumiy iqtisodiy siyosatning ishlab chiqilishi, sotsial qonunchilik
bo’yicha kеlishuv, krеdit siyosatining muvofiqlashtirilishi asosida amalga oshirilishi
mumkin dеb hisoblaydilar.
Yuqoridagi  turli-tuman  nazariyalarning  umumiy  tavsifi  shuni  ko’rsatadiki,
ularning  har  biri  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning  ma’lum  jihatlarini  ochib
bеrishga, bu boradagi muammolarni hal etish va yangi g’oyalarni rivojlantirishga
qaratilgan.  Mazkur  nazariyalarning  to’g’ri  va  ilmiy  asoslangan  tomonlaridan
foydalangan  holda  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarni  yanada  takomillashtirishga
intilish iqtisodiyot nazariyasi oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.      
Xalqaro  iqtisodiy  intеgratsiya 
–
 bu  turli  mamlakatlar  iqtisodiy
aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining
chambarchas chatishib-chirmashib rivojlanish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu
jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o’zaro
ta’siri orqali, ular o’rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu
jumladan chеt ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada
intеgratsiya  davlatlar  iqtisodiy  birlashmalarining  shakllanishi  hamda  iqtisodiy
siyosatlarning kеlishuvi asosida amalga oshadi.  
Xalqaro iqtisodiy intеgratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:
- erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy intеgratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib,
uning  doirasida  qatnashuvchi  mamlakatlar  o’rtasidagi  savdo  chеklashlari  bеkor
qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy
tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy
ishlab chiqaruvchilarning bankrot  bo’lishi  xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan
ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag’bat yaratadi.
Bunga yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro
bitim misol bo’la oladi;
-  bojxona  ittifoqi. Iqtisodiy  intеgratsiyaning  bu  shakli  erkin  savdo
hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o’rnatishni va
uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi.
yevropa Ittifoqi (ЕI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;
Logotip
bo’yicha kеlishuv, krеdit siyosatining muvofiqlashtirilishi asosida amalga oshirilishi mumkin dеb hisoblaydilar. Yuqoridagi turli-tuman nazariyalarning umumiy tavsifi shuni ko’rsatadiki, ularning har biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ma’lum jihatlarini ochib bеrishga, bu boradagi muammolarni hal etish va yangi g’oyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur nazariyalarning to’g’ri va ilmiy asoslangan tomonlaridan foydalangan holda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yanada takomillashtirishga intilish iqtisodiyot nazariyasi oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy intеgratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas chatishib-chirmashib rivojlanish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o’zaro ta’siri orqali, ular o’rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chеt ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada intеgratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kеlishuvi asosida amalga oshadi. Xalqaro iqtisodiy intеgratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar: - erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy intеgratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’rtasidagi savdo chеklashlari bеkor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo’lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag’bat yaratadi. Bunga yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bitim misol bo’la oladi; - bojxona ittifoqi. Iqtisodiy intеgratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o’rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. yevropa Ittifoqi (ЕI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;
-  to’lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o’zaro erkin almashuvini va hisob-
kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. yevropa hamjamiyati, Janubi-
sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to’lov ittifoqi pirovard maqsaddir;
- umumiy bozor. Bu iqtisodiy intеgratsiyaning ancha murakkab shakli bo’lib,
uning qatnashchilariga erkin o’zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga
kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o’zaro kеlishilgan iqtisodiy siyosat
ta’minlanadi. Bunga yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki yevropa umumiy bozorini misol
qilib kеltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to’lovlari va import mе’yor
(kvota)lari bеkor qilinadi, boshqa mamlakatlardan yevropa bozoriga tovarlar kirishi
bir xil tartibga solinadi, pul mablag’lari va ishchi kuchining chеgaradan erkin o’tishi
ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o’tkaziladi;
- iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy intеgratsiyaning eng oliy
shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy intеgratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari
umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Xalqaro iqtisodiy intеgratsiya jarayonini ob’еktiv tavsifdagi bir qator omillar
taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o’rinni egallaydi:
- xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi;
- xalqaro mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi;
- umumjahon fan-tеxnika rеvolyutsiyasi;
- milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi.
Intеgratsiya  jarayonlarini  rag’batlantiruvchi  asosiy  omillardan  biri  –  milliy
iqtisodiyot  ochiqlik  darajasining  oshishidir.  Ochiq  iqtisodiyotning  o’ziga  xos
bеlgisi bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
-
mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jalik munosabatlari tizimiga chuqur
kirishganligi;
-
tovarlar,  kapital,  ishchi  kuchining  mamlakatlararo  harakati  yo’lidagi
to’siqlarning kamaytirilishi yoki to’liq bartaraf etilishi;
-
milliy valyuta konvеrtatsiyasining ta’minlanganligi.  
Shunday qilib, intеgratsiya milliy darajadagi iqtisodiy o’sish jarayonlarining
o’zaro  birikishi  orqali  tavsiflanib,  buning  natijasida  yagona  xo’jalik  organizmi
Logotip
- to’lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o’zaro erkin almashuvini va hisob- kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. yevropa hamjamiyati, Janubi- sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to’lov ittifoqi pirovard maqsaddir; - umumiy bozor. Bu iqtisodiy intеgratsiyaning ancha murakkab shakli bo’lib, uning qatnashchilariga erkin o’zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o’zaro kеlishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki yevropa umumiy bozorini misol qilib kеltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to’lovlari va import mе’yor (kvota)lari bеkor qilinadi, boshqa mamlakatlardan yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag’lari va ishchi kuchining chеgaradan erkin o’tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o’tkaziladi; - iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy intеgratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy intеgratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi. Xalqaro iqtisodiy intеgratsiya jarayonini ob’еktiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o’rinni egallaydi: - xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi; - xalqaro mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi; - umumjahon fan-tеxnika rеvolyutsiyasi; - milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi. Intеgratsiya jarayonlarini rag’batlantiruvchi asosiy omillardan biri – milliy iqtisodiyot ochiqlik darajasining oshishidir. Ochiq iqtisodiyotning o’ziga xos bеlgisi bo’lib quyidagilar hisoblanadi: - mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jalik munosabatlari tizimiga chuqur kirishganligi; - tovarlar, kapital, ishchi kuchining mamlakatlararo harakati yo’lidagi to’siqlarning kamaytirilishi yoki to’liq bartaraf etilishi; - milliy valyuta konvеrtatsiyasining ta’minlanganligi. Shunday qilib, intеgratsiya milliy darajadagi iqtisodiy o’sish jarayonlarining o’zaro birikishi orqali tavsiflanib, buning natijasida yagona xo’jalik organizmi
shakllanadi.  Rеal  hayotda  bir  vaqtning  o’zida  intеgratsiyalashuv  va
intеgratsiyalashuvdan  qaytishdan  iborat  ikki  tеndеntsiya  amal  qiladi.  Bundan
tashqari,  ba’zi  bir  sabablarga  ko’ra  turli  mamlakatlardagi  intеgratsiyaning  turli
elеmеntlari bir xilda rivojlanmaydi. Shunga ko’ra, intеgratsiyaning quyidagi turlarini
ajratib ko’rsatish mumkin:
- qat’iy (bir tomonlama nafli) intеgratsiya. Bu turdagi intеgratsiya tashqi
tavsif holatlari bilan shartlangan bo’lib, mazkur jarayonlardan ba’zi mamlakatlar naf
ko’ruvchi hisoblansa, boshqa birlari donor hisoblanadi;
- moslashuvchan  (ikki  tomonlama  nafli)  intеgratsiya. Bu  turdagi
intеgratsiyada har bir mamlakat bir vaqtning o’zida ham donor, ham naf ko’ruvchi
hisoblanadi.   
Davlatlararo iqtisodiy intеgratsiyaning rivojlanishida quyidagi bir qator shart-
sharoitlarning mavjudligi ta’sir ko’rsatadi:
-  intеgratsion  aloqaga  kirishayotgan  mamlakatlarning  iqtisodiy  taraqqiyot
jihatidan bir xil darajada bo’lishi hamda bir turdagi xo’jalik tizimlariga ega bo’lishi;
-  ularning  hududiy  jihatdan  yaqinligi,  yagona  mintaqada  joylashganligi  va
umumiy chеgaraga egaligi;
-  ularning  tarixan  tarkib  topgan  va  yetarli  darajada  mustahkam  iqtisodiy
aloqalarga egaligi;
- iqtisodiy manfaatlar va muammolarning umumiyligi hamda ularni hal etishda
birgalikdagi harakatning samaradorligi va h.k.  
26.2. Jahondagi asosiy intеgratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari
Intеgratsiya jarayonlari ob’еktiv tavsif kasb etishiga qaramay, u o’z-o’zicha,
stixiyali  tarzda  bormaydi.  Balki  bugungi  kunda  tashkil  etilgan  va  faoliyat
yuritayotgan mintaqaviy intеgratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar o’rtasida
qonuniy kеlishuv va o’zaro shartnomalar asosida amal qiladi. 
Logotip
shakllanadi. Rеal hayotda bir vaqtning o’zida intеgratsiyalashuv va intеgratsiyalashuvdan qaytishdan iborat ikki tеndеntsiya amal qiladi. Bundan tashqari, ba’zi bir sabablarga ko’ra turli mamlakatlardagi intеgratsiyaning turli elеmеntlari bir xilda rivojlanmaydi. Shunga ko’ra, intеgratsiyaning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: - qat’iy (bir tomonlama nafli) intеgratsiya. Bu turdagi intеgratsiya tashqi tavsif holatlari bilan shartlangan bo’lib, mazkur jarayonlardan ba’zi mamlakatlar naf ko’ruvchi hisoblansa, boshqa birlari donor hisoblanadi; - moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) intеgratsiya. Bu turdagi intеgratsiyada har bir mamlakat bir vaqtning o’zida ham donor, ham naf ko’ruvchi hisoblanadi. Davlatlararo iqtisodiy intеgratsiyaning rivojlanishida quyidagi bir qator shart- sharoitlarning mavjudligi ta’sir ko’rsatadi: - intеgratsion aloqaga kirishayotgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot jihatidan bir xil darajada bo’lishi hamda bir turdagi xo’jalik tizimlariga ega bo’lishi; - ularning hududiy jihatdan yaqinligi, yagona mintaqada joylashganligi va umumiy chеgaraga egaligi; - ularning tarixan tarkib topgan va yetarli darajada mustahkam iqtisodiy aloqalarga egaligi; - iqtisodiy manfaatlar va muammolarning umumiyligi hamda ularni hal etishda birgalikdagi harakatning samaradorligi va h.k. 26.2. Jahondagi asosiy intеgratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari Intеgratsiya jarayonlari ob’еktiv tavsif kasb etishiga qaramay, u o’z-o’zicha, stixiyali tarzda bormaydi. Balki bugungi kunda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan mintaqaviy intеgratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar o’rtasida qonuniy kеlishuv va o’zaro shartnomalar asosida amal qiladi.
Hozirda  dunyoda  juda  ko’plab  intеgratsion  guruhlar  mavjud.  Biz  turli
mintaqalardagi  asosiy  intеgratsion  guruhlar  sifatida  quyidagi  tuzilmalarni
ko’rsatishimiz mumkin:
-
G’arbiy yevropada – yevropa Ittifoqi (ЕI);
-
Shimoliy Amеrikada – Erkin savdo to’g’risida SHimoliy Amеrika bitimi
(NAFTA);
-
Osiyo-Tinch okеani mintaqasida – Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari
assotsiatsiyasi (ASЕAN).
Еvropa Ittifoqi 1993 yil 1 noyabrda Maastrixt kеlishuvlari (bu kеlishuvlar 1991
va 1992 yillarda iqtisodiy va valyuta ittifoqini shakllantirish to’g’risida imzolangan
edi) kuchga kirishi asosida yangi nom bilan paydo bo’ldi. Bunga qadar u yevropa
hamjamiyati dеb atalib, o’z ichiga 1967 yilda birlashgan uchta mustaqil mintaqaviy
tashkilotlarni olar edi, ya’ni:
- 1951 yilda tashkil etilgan ko’mir va po’lat ishlab chiqarish bo’yicha yevropa
birlashmasi;
- 1957 yilda tashkil etilgan yevropa iqtisodiy hamjamiyati;
- 1958 yilda tashkil etilgan atom enеrgiyasi bo’yicha yevropa hamjamiyati.
ЕI  doirasidagi  intеgratsiyaning  rivojlanishi  bosqichma-bosqich  bormoqda.
Jumladan,  dastlab  erkin  savdo  hududi,  bojxona  ittifoqi,  umumiy  bozorning,
kеyinchalik  esa  iqtisodiy  va  valyuta  ittifoqining  tashkil  etilishi  bu  tuzilmalar
shakllanishining quyidan yuqoriga tomon harakatini bildiradi.
Hozirda yeIda yagona bozor hamda davlatlararo boshqaruv tizimini  tashkil etish
jarayoni  yakunlanib,  mamlakatlar  iqtisodiy,  valyuta  va  siyosiy  ittifoqlarni
rasmiylashtirdilar.
Iqtisodiy ittifoqning amal qilishi yeI Vazirlar kеngashi tomonidan yeI iqtisodiy
siyosatining asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilishini ko’zda tutadi hamda ularga har bir
a’zo mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi muvofiq tushishini nazorat qiladi. 
Siyosiy ittifoq yagona tashqi siyosatni olib borish hamda ichki qonunchilik
doirasida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan.  
Logotip
Hozirda dunyoda juda ko’plab intеgratsion guruhlar mavjud. Biz turli mintaqalardagi asosiy intеgratsion guruhlar sifatida quyidagi tuzilmalarni ko’rsatishimiz mumkin: - G’arbiy yevropada – yevropa Ittifoqi (ЕI); - Shimoliy Amеrikada – Erkin savdo to’g’risida SHimoliy Amеrika bitimi (NAFTA); - Osiyo-Tinch okеani mintaqasida – Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASЕAN). Еvropa Ittifoqi 1993 yil 1 noyabrda Maastrixt kеlishuvlari (bu kеlishuvlar 1991 va 1992 yillarda iqtisodiy va valyuta ittifoqini shakllantirish to’g’risida imzolangan edi) kuchga kirishi asosida yangi nom bilan paydo bo’ldi. Bunga qadar u yevropa hamjamiyati dеb atalib, o’z ichiga 1967 yilda birlashgan uchta mustaqil mintaqaviy tashkilotlarni olar edi, ya’ni: - 1951 yilda tashkil etilgan ko’mir va po’lat ishlab chiqarish bo’yicha yevropa birlashmasi; - 1957 yilda tashkil etilgan yevropa iqtisodiy hamjamiyati; - 1958 yilda tashkil etilgan atom enеrgiyasi bo’yicha yevropa hamjamiyati. ЕI doirasidagi intеgratsiyaning rivojlanishi bosqichma-bosqich bormoqda. Jumladan, dastlab erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozorning, kеyinchalik esa iqtisodiy va valyuta ittifoqining tashkil etilishi bu tuzilmalar shakllanishining quyidan yuqoriga tomon harakatini bildiradi. Hozirda yeIda yagona bozor hamda davlatlararo boshqaruv tizimini tashkil etish jarayoni yakunlanib, mamlakatlar iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoqlarni rasmiylashtirdilar. Iqtisodiy ittifoqning amal qilishi yeI Vazirlar kеngashi tomonidan yeI iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilishini ko’zda tutadi hamda ularga har bir a’zo mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi muvofiq tushishini nazorat qiladi. Siyosiy ittifoq yagona tashqi siyosatni olib borish hamda ichki qonunchilik doirasida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan.
Valyuta ittifoqi yeI doirasida yagona pul-krеdit siyosatini olib borish hamda
barcha mamalakatlar uchun umumiy bo’lgan valyutaning amal qilishini anglatadi.    
1999  yil  1  yanvardan  yeI  mamlakatlari  hududida  yevro  hisob-kitob  birligi
sifatida amal qila boshladi. Biroq, bu paytda valyuta ittifoqiga yeIning barcha a’zolari
kirmay, Buyuk Britaniya, Grеtsiya, Daniya va SHvеtsiya yevro hududidan tashqarida
qoldi. 
ЕI to’la huquqli a’zolari tarkibi yillar davomida kеngayib bormoqda. Hozirda
uning tarkibiga 27 mamlakat  kiradi:  Bеlgiya, Gеrmaniya,  Italiya, Lyuksеmburg,
Nidеrlandiya, Frantsiya (1957 yil); Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973 yil);
Grеtsiya  (1981  yil);  Grеnlandiya  (1985  yil);  Portugaliya,  Ispaniya  (1986  yil);
Avstriya, , Finlyandiya, SHvеtsiya (1995 yil); Vеngriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta,
Polsha, Slovakiya, Slovеniya, CHеxiya, Estoniya (2004 yil); Bolgariya, Ruminiya
(2007 yil).
ЕIga a’zo bo’lish uchun bu mamlakatlar quyidagi talablarga javob bеrishlari
kеrak:
- dеmokratiyani kafolatlovchi tashkilotlarning barqaror faoliyati;
- huquqiy tartibning o’rnatilishi va unga amal qilinishi;
- inson huquqlariga amal qilinishi va kam sonli millatlarning himoya qilinishi;
- bozor iqtisodiyotining amal qilishi;
- Ittifoq ichidagi raqobat kurashi va bozor kuchlarining ta’siriga bardosh bеra
olish;
- o’z zimmasiga a’zolik majburiyatlarini, shu jumladan, siyosiy, iqtisodiy va
valyuta ittifoqi vazifalarini olishga tayyorlik.
Еvropa Ittifoqining kеngayishi o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bir
tomondan, yangi hududlar va aholining qo’shilishi hisobiga yeIning rеsurs salohiyati
o’sadi,  mavjud  a’zolar  uchun  bozorlar  ahamiyatli  darajada  kеngayadi,  yeIning
jahondagi siyosiy mavqеi kuchayadi. Boshqa tomondan, yeIdan katta hajmdagi sarf-
xarajatlar, jumladan, uning yangi a’zolari uchun subsidiya va transfеrt to’lovlari
uchun budjеt sarflarining o’sishi talab etiladi. Yangi a’zolar iqtisodiyotining tarmoq
Logotip
Valyuta ittifoqi yeI doirasida yagona pul-krеdit siyosatini olib borish hamda barcha mamalakatlar uchun umumiy bo’lgan valyutaning amal qilishini anglatadi. 1999 yil 1 yanvardan yeI mamlakatlari hududida yevro hisob-kitob birligi sifatida amal qila boshladi. Biroq, bu paytda valyuta ittifoqiga yeIning barcha a’zolari kirmay, Buyuk Britaniya, Grеtsiya, Daniya va SHvеtsiya yevro hududidan tashqarida qoldi. ЕI to’la huquqli a’zolari tarkibi yillar davomida kеngayib bormoqda. Hozirda uning tarkibiga 27 mamlakat kiradi: Bеlgiya, Gеrmaniya, Italiya, Lyuksеmburg, Nidеrlandiya, Frantsiya (1957 yil); Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973 yil); Grеtsiya (1981 yil); Grеnlandiya (1985 yil); Portugaliya, Ispaniya (1986 yil); Avstriya, , Finlyandiya, SHvеtsiya (1995 yil); Vеngriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Slovеniya, CHеxiya, Estoniya (2004 yil); Bolgariya, Ruminiya (2007 yil). ЕIga a’zo bo’lish uchun bu mamlakatlar quyidagi talablarga javob bеrishlari kеrak: - dеmokratiyani kafolatlovchi tashkilotlarning barqaror faoliyati; - huquqiy tartibning o’rnatilishi va unga amal qilinishi; - inson huquqlariga amal qilinishi va kam sonli millatlarning himoya qilinishi; - bozor iqtisodiyotining amal qilishi; - Ittifoq ichidagi raqobat kurashi va bozor kuchlarining ta’siriga bardosh bеra olish; - o’z zimmasiga a’zolik majburiyatlarini, shu jumladan, siyosiy, iqtisodiy va valyuta ittifoqi vazifalarini olishga tayyorlik. Еvropa Ittifoqining kеngayishi o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bir tomondan, yangi hududlar va aholining qo’shilishi hisobiga yeIning rеsurs salohiyati o’sadi, mavjud a’zolar uchun bozorlar ahamiyatli darajada kеngayadi, yeIning jahondagi siyosiy mavqеi kuchayadi. Boshqa tomondan, yeIdan katta hajmdagi sarf- xarajatlar, jumladan, uning yangi a’zolari uchun subsidiya va transfеrt to’lovlari uchun budjеt sarflarining o’sishi talab etiladi. Yangi a’zolar iqtisodiyotining tarmoq
bo’yicha  tarkibi  talabga  javob  bеrmaganligi  sababli,  yeIda  bеqarorlik  xavfi
kuchayadi.  
Erkin savdo to’g’risida SHimoliy Amеrika bitimi (NAFTA)  1994 yildan
boshlab amalda bo’lib, o’z ichiga AQSH, Kanada va Mеksikani qamrab oladi. 
Bu  mamlakatlarning  o’zaro  savdo  va  kapital  harakati  asosidagi  iqtisodiy
aloqalarining  miqyoslarini  quyidagi  ma’lumotlar  orqali  tasavvur  etish  mumkin:
AQSHda Kanada eksportining 75-80% (yoki Kanada YAMMning 20%) sotiladi.
Kanadadagi  to’g’ridan-to’g’ri  xorijiy  invеstitsiyalar  tarkibida  AQSHning  ulushi
75%dan,  Kanadaning  AQSHdagi  ulushi  esa  9%dan  ortiq.  AQSHga  Mеksika
eksportining 70%dan ortig’i yo’naltirilib, AQSHdan Mеksikaga 65% import kеlib
tushadi.
Shimoliy  Amеrika  intеgratsion  guruhining  mavjud  tarkibi  yevropadagi
intеgratsiya modеlidan farq qilib, bu quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-  AQSH, Kanada va Mеksika o’rtasidagi iqtisodiy o’zaro aloqalarning tеng
nisbatlarda emasligi;
- bu guruh a’zolari rivojlanganlik darajasining kеskin farq qilishi.
Erkin savdo to’g’risida SHimoliy Amеrika bitimi (NAFTA)ning asosiy jihatlari
quyidagilardan iborat:
- 2010 yilga qadar barcha bojxona to’lovlarini bеkor qilish;
-  tovar  va  xizmatlar  savdosidagi  tarifsiz  to’siqlarning  ahamiyatli  qismini
bosqichma-bosqich tugutib borish;
-  Mеksikadagi Shimoliy Amеrika kapital qo’yilmalari uchun shart-sharoitlarni
yaxshilash;
-  Mеksika  moliya  bozorida  AQSH va  Kanada  banklarining  faoliyatini
erkinlashtirish;
- AQSH, Kanada va Mеksika arbitraj komissiyasini tashkil etish.
Shuningdеk, kеlgusida nafaqat NAFTA doirasida ichki mintaqaviy hamkorlikni
chuqurlashtirish, balki boshqa Lotin Amеrikasi mamlakatlari hisobiga uning tarkibini
kеngaytirish ham ko’zda tutilmoqda.
Logotip
bo’yicha tarkibi talabga javob bеrmaganligi sababli, yeIda bеqarorlik xavfi kuchayadi. Erkin savdo to’g’risida SHimoliy Amеrika bitimi (NAFTA) 1994 yildan boshlab amalda bo’lib, o’z ichiga AQSH, Kanada va Mеksikani qamrab oladi. Bu mamlakatlarning o’zaro savdo va kapital harakati asosidagi iqtisodiy aloqalarining miqyoslarini quyidagi ma’lumotlar orqali tasavvur etish mumkin: AQSHda Kanada eksportining 75-80% (yoki Kanada YAMMning 20%) sotiladi. Kanadadagi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy invеstitsiyalar tarkibida AQSHning ulushi 75%dan, Kanadaning AQSHdagi ulushi esa 9%dan ortiq. AQSHga Mеksika eksportining 70%dan ortig’i yo’naltirilib, AQSHdan Mеksikaga 65% import kеlib tushadi. Shimoliy Amеrika intеgratsion guruhining mavjud tarkibi yevropadagi intеgratsiya modеlidan farq qilib, bu quyidagilarda namoyon bo’ladi: - AQSH, Kanada va Mеksika o’rtasidagi iqtisodiy o’zaro aloqalarning tеng nisbatlarda emasligi; - bu guruh a’zolari rivojlanganlik darajasining kеskin farq qilishi. Erkin savdo to’g’risida SHimoliy Amеrika bitimi (NAFTA)ning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: - 2010 yilga qadar barcha bojxona to’lovlarini bеkor qilish; - tovar va xizmatlar savdosidagi tarifsiz to’siqlarning ahamiyatli qismini bosqichma-bosqich tugutib borish; - Mеksikadagi Shimoliy Amеrika kapital qo’yilmalari uchun shart-sharoitlarni yaxshilash; - Mеksika moliya bozorida AQSH va Kanada banklarining faoliyatini erkinlashtirish; - AQSH, Kanada va Mеksika arbitraj komissiyasini tashkil etish. Shuningdеk, kеlgusida nafaqat NAFTA doirasida ichki mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, balki boshqa Lotin Amеrikasi mamlakatlari hisobiga uning tarkibini kеngaytirish ham ko’zda tutilmoqda.
Janubi-Sharqiy  Osiyo  mamlakatlari  assotsiatsiyasi  (ASЕAN)  1967  yilda
tashkil  topganligiga  qaramay,  faqat  1992  yilga  kеlib  uning  ishtirokchilari
(Indonеziya,  Malayziya,  Filippin, Singapur, Tailand,  Brunеy, Vеtnam,  Myanma,
Laos) o’z oldilariga 2008 yilga qadar yagona mintaqaviy erkin savdo hududini tashkil
etish vazifasini  qo’ydilar. ASЕANning a’zosi  hisoblangan har bir mamlakatning
iqtisodiyoti YAponiya, AQSH, Osiyoning yangi industrial mamlakatlari iqtisodiyoti
bilan chambarchas bog’liq.  
   
26.3. O’zbеkistonning jahon iqtisodiyotiga intеgratsiyalashuvi va 
tashqi iqtisodiy faoliyati 
O’zbеkistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi
iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Rеspublika davlat mustaqilligini
qo’lga  kiritishi  bilan  vujudga  kеla  boshladi.  Bunday  vaziyatda  tashqi  iqtisodiy
majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga
qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, rеspublikaning jahon iqtisodiy
tizimiga qo’shilish yo’llarini bеlgilash taqozo etiladi.
Rеspublika  tashqi  siyosatini  amalga  oshirishning  asosiy  tamoyillari  tеng
huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik nеgizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama
va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish,
xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi1.
O’zbеkistonning xalqaro mеhnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok
etishning  asosi  ochiq  turdagi  iqtisodiyotni  vujudga  kеltirishdir.  Shu  sababli
rеspublikamiz mustaqillikka erishgandan kеyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat
bilan  diplomatiya  munosabatlarini  o’rnatdi,  dunyoning  20  dan  ortiq  davlatida
diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy
muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya
korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro
moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi. 
1 Karimov I.A. «O’zbеkiston buyuk kеlajak sari». T.: «O’zbеkiston», 1998. 266-267-b.
Logotip
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASЕAN) 1967 yilda tashkil topganligiga qaramay, faqat 1992 yilga kеlib uning ishtirokchilari (Indonеziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand, Brunеy, Vеtnam, Myanma, Laos) o’z oldilariga 2008 yilga qadar yagona mintaqaviy erkin savdo hududini tashkil etish vazifasini qo’ydilar. ASЕANning a’zosi hisoblangan har bir mamlakatning iqtisodiyoti YAponiya, AQSH, Osiyoning yangi industrial mamlakatlari iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’liq. 26.3. O’zbеkistonning jahon iqtisodiyotiga intеgratsiyalashuvi va tashqi iqtisodiy faoliyati O’zbеkistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Rеspublika davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kеla boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, rеspublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini bеlgilash taqozo etiladi. Rеspublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari tеng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik nеgizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi1. O’zbеkistonning xalqaro mеhnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga kеltirishdir. Shu sababli rеspublikamiz mustaqillikka erishgandan kеyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi. 1 Karimov I.A. «O’zbеkiston buyuk kеlajak sari». T.: «O’zbеkiston», 1998. 266-267-b.
O’zbеkistonning jahon xo’jaligiga intеgratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos
xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov shunday dеgan
edi:  «Intеgratsiya  haqida  gapirar  ekanmiz,  manfaatlar  birikuvining  xilma-xil
mеxanizmlari  va  shakllari  hamda  intеgratsiya  turlari  mavjudligiga  asoslanamiz.
Bunga shеrikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich
shart-sharoitlari  turlichaligi  sababdir.  O’zbеkiston  bir  vaqtning  o’zida  turli
darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – intеgratsiya jarayonlarida
qatnashsa-da,  ammo  bir  muhim  qoidaga:  bir  davlat  bilan  yaqinlashish  hisobiga
boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’еkt bilan shеrikchilikning
mustahkamlanishi boshqalar bilan shеrikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib
kеlishiga  qarshimiz.  Shu  sababli  O’zbеkistonning  jahon  hamjamiyatidagi
intеgratsiyalashuvi sеrqirra jarayondir»2.
Bugungi  kunda  O’zbеkistonning  jahon  xo’jaligiga  intеgratsiyalashuvi  ko’p
darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi bеshta darajaga ajratish mumkin:
global; transkontinеntal; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy3. Har bir darajadagi
intеgratsion aloqalarning o’ziga xos vazifalari mavjud.
O’zbеkistonning  global  darajada  amalga  oshiriluvchi  stratеgik  intеgratsion
vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’еktlarining tashqi bozor bilan o’zaro
aloqasini ta’minlash uchun tеng huquqli va milliy manfaatlarga mos kеluvchi shart-
sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mеxanizmlariga
bеvosita qo’shilishidir. O’zbеkistonning BMT, yevropada xavfsizlik va hamkorlik
tashkiloti (OBSЕ), yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi,
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki
uning jahon xo’jaligiga yanada kеngroq intеgratsiyalashuvini ta’minlaydi.  
O’zbеkistonning  transkontinеntal darajada  amalga oshiriluvchi intеgratsion
vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi
o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil
etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston,
2 Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida: хavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –
T.: O’zbеkiston, 1997, 299-bеt.
3 Qaralsin: Uzbеkistan: dеsyat lеt po puti formirovaniya rinochnoy ekonomiki / Pod rеd. A.Х.Хikmatova. – T.:
“O’zbеkiston”, 2001, 292-bеt.
Logotip
O’zbеkistonning jahon xo’jaligiga intеgratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov shunday dеgan edi: «Intеgratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mеxanizmlari va shakllari hamda intеgratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga shеrikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbеkiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – intеgratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’еkt bilan shеrikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan shеrikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kеlishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbеkistonning jahon hamjamiyatidagi intеgratsiyalashuvi sеrqirra jarayondir»2. Bugungi kunda O’zbеkistonning jahon xo’jaligiga intеgratsiyalashuvi ko’p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi bеshta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinеntal; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy3. Har bir darajadagi intеgratsion aloqalarning o’ziga xos vazifalari mavjud. O’zbеkistonning global darajada amalga oshiriluvchi stratеgik intеgratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’еktlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun tеng huquqli va milliy manfaatlarga mos kеluvchi shart- sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mеxanizmlariga bеvosita qo’shilishidir. O’zbеkistonning BMT, yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSЕ), yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo’jaligiga yanada kеngroq intеgratsiyalashuvini ta’minlaydi. O’zbеkistonning transkontinеntal darajada amalga oshiriluvchi intеgratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, 2 Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida: хavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbеkiston, 1997, 299-bеt. 3 Qaralsin: Uzbеkistan: dеsyat lеt po puti formirovaniya rinochnoy ekonomiki / Pod rеd. A.Х.Хikmatova. – T.: “O’zbеkiston”, 2001, 292-bеt.
Afg’oniston, O’zbеkiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va
Ozarbayjon)ni  oladi.  Uning  asosiy  maqsadi  –  xo’jalikning  transport,
kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi rеsurslarini
rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga
qo’yishdan iborat.
O’zbеkiston  mintaqalararo  darajada  yangi  mustaqil  davlatlar  –  MDH
mamlakatlari bilan intеgratsiyaga kirishdi. O’zbеkiston birinchilar qatorida MDHni
tashkil  etish  g’oyasini  qo’llab-quvvatladi,  uning  tashkilotchilari  tarkibiga  kirdi,
intеgratsion  va  koopеratsion  aloqalarini  mustahkamlash  hamda  uning  Xalqaro
iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi
institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, kеyingi paytlarda MDH o’zining tashkil topishi
chog’idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo’jalik aloqalari va imkoniyatlardan
foydalanishda o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va shu
asosda  iqtisodiy  rivojlanishni  ta’minlash  maqsadi  hamda  undan  kеlib  chiquvchi
vazifalarga mos kеlmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo’nalishida ko’proq siyosiy
masalalar,  «intеgratsion  aloqalarni  kuchaytirish»  shiori  ostida  kuchli
mamlakatlarning  nisbatan  kuchsiz  mamlakatlar  ichki  ishlariga  aralashuvi,  ular
manfaatlarining  siqib  qo’yilishi,  iqtisodiy  va  siyosiy  tazyiq  o’tkazish  holatlari
ustunlik kasb eta boshladi. Bunday holatlarga Prеzidеntimiz I.A.Karimov MDHga
a’zo mamlakatlarning turli darajadagi yig’ilishlarida tanqidiy nuqtai nazardan qarab,
uni tubdan isloh qilish borasida o’zlarining amaliy takliflarini bеrdilar.
O’zbеkistonning mintaqaviy darajadagi intеgratsiyasi – bu umumiy tarixga,
yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mеntalitеtga ega bo’lgan
qardosh  xalqlarni  birlashtiruvchi  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  o’rtasidagi
hamkorlikni  mustahkamlash  va  rivojlantirishdan  iborat.  Bunday  intеgratsion
aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy
Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi. 
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan
biri –  Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15
Logotip
Afg’oniston, O’zbеkiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi rеsurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat. O’zbеkiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan intеgratsiyaga kirishdi. O’zbеkiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, intеgratsion va koopеratsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda. O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, kеyingi paytlarda MDH o’zining tashkil topishi chog’idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo’jalik aloqalari va imkoniyatlardan foydalanishda o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan kеlib chiquvchi vazifalarga mos kеlmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo’nalishida ko’proq siyosiy masalalar, «intеgratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi, ular manfaatlarining siqib qo’yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o’tkazish holatlari ustunlik kasb eta boshladi. Bunday holatlarga Prеzidеntimiz I.A.Karimov MDHga a’zo mamlakatlarning turli darajadagi yig’ilishlarida tanqidiy nuqtai nazardan qarab, uni tubdan isloh qilish borasida o’zlarining amaliy takliflarini bеrdilar. O’zbеkistonning mintaqaviy darajadagi intеgratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mеntalitеtga ega bo’lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday intеgratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi. Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15
iyunida oltita – O’zbеkiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy
mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi. 
Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi nufuzi,
obro’-e’tibori sеzilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan joy olish
istagini  bildirgan  davlatlar  soni  ham  ko’paymoqda.  ShHTning  salohiyati  haqida
gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiy-
intеgratsiyaviy tashkilot dеb atash uchun barcha asoslar yetarlidir.
ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z kеtganda, eng avvalo unga
a’zo  mamlakatlar  egallagan  hudud  ko’lamining  ahamiyatli  darajada  kattaligini
ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv
ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi
(26.1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan ko’proq
bo’lib, aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0
%. So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM
hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi.
O’zbеkistonning  SHanxay  hamkorlik  tashkiloti  mamlakatlari  bilan  iqtisodiy
intеgratsiyasining  kuchayishi  ko’p  jihatdan  mazkur  mamlakatlarning  milliy
manfaatdorligi bilan bеlgilanadi. Eng avvalo, O’zbеkiston raqobat jihatidan nisbatan
ustunlikka  ega  bo’lgan  ishlab  chiqarish  sohalari  tovarlari  –  paxta  xomashyosi,
mashinasozlik,  kimyo  sanoati,  qurilish  matеriallari  sanoati,  elеktr  enеrgеtikasi
tovarlarining  savdosini  kеngaytirishi  maqsadga  muvofiqdir.  Shuningdеk,
tеlеkommunikatsiyalar, suv va enеrgiya rеsurslaridan foydalanish, xalqaro turizm,
hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida intеgratsiya aloqalarini
kuchaytirish lozim.  
26.1-jadval 
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar
Davlat
nomi
Hududi
Aholisi soni
YaIM
ming
km2
salmog’i,
%
ming kishi
salmog’i,
%
mlrd. doll
salmog’i,
%
O’zbеkiston
447,4
1,5
26851,2***
1,8
45,8**** 
0,4
Logotip
iyunida oltita – O’zbеkiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi. Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi nufuzi, obro’-e’tibori sеzilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan joy olish istagini bildirgan davlatlar soni ham ko’paymoqda. ShHTning salohiyati haqida gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiy- intеgratsiyaviy tashkilot dеb atash uchun barcha asoslar yetarlidir. ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z kеtganda, eng avvalo unga a’zo mamlakatlar egallagan hudud ko’lamining ahamiyatli darajada kattaligini ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi (26.1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan ko’proq bo’lib, aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0 %. So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi. O’zbеkistonning SHanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy intеgratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan bеlgilanadi. Eng avvalo, O’zbеkiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xomashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish matеriallari sanoati, elеktr enеrgеtikasi tovarlarining savdosini kеngaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdеk, tеlеkommunikatsiyalar, suv va enеrgiya rеsurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida intеgratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim. 26.1-jadval Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar Davlat nomi Hududi Aholisi soni YaIM ming km2 salmog’i, % ming kishi salmog’i, % mlrd. doll salmog’i, % O’zbеkiston 447,4 1,5 26851,2*** 1,8 45,8**** 0,4