Ilmiybaza.uz
XALQARO KAPITAL MIGRATSIYASI
Ushbu mavzuda quyidagi bilimlar bayon etilgan:
Xalqaro kapital migratsiyasining mohiyati.
Xalqaro kapital migratsiyasining tarkibi va rivojlanish tendensiyalari.
Investision startap loyihalarining mazmuni.
Investision startap loyixalarining tasnifi va ahamiyati.
Xalqaro kapital ishtirokida startap loyihalarni amalga oshirish
xususiyatlari.
Xalqaro kapital ishtirokida startap loyihalarni amalga oshirish
afzalliklari va bugungi xolati taxlili.
Pandemiya
sharoitida
investitsion
startap
loyihalarni
moliyalashtirishning ahamiyati.
Pandemiya sharoitida investitsion startap loyihalarni
rivojlantirishga doir chora-tadbirlar samaradorligi
Ilmiybaza.uz
Kirish
Dunyo miqyosida investitsion startaplarga boʻlgan ehtiyoj bugun va keyingi
asrlarda oʻz ta’sir doirasini yanada kengaytiradi. Biz 2021yilga qadam
qoʻyganimizdan soʻng investitsion startaplar koʻlami doirasi kengayib borish
bosqiching sezilarli omillarini koʻrishimiz mumkin. Birinchidan, sarmoyadorlar
investitsion startaplarga katta miqdordagi kapital harakatini yanada qoʻllab-
quvvatlashda davom etirmoqdalar, bu avvalgi qayd qilingan capital harakatlariga
nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi ma’lum, chunki sarmoyadorlar soni
koʻpayib, innovatsion hamda zamon va makonga mos boʻlgan investitsion
startaplarni moliyalashtirmoqda. Ikkinchidan, kosmosga yangi investitsiyalar
kiritilganiga qaramay, koʻplab korxonalar hali ham rentabellik va barqarorlikni
namoyish etmagan. Va nihoyat, hukumat manfaatdor tomonlari venchur kapitali
tomonidan
moliyalashtiriladigan
investitsion
startaplarning
potensial
muvaffaqiyatining tobora muhim elementiga aylanmoqda, chunki koʻplab firmalar
potensial mijoz sifatida hukumatga murojaat qilishadi. Innovatsiyalar va startaplar
mamlakat iqtisodiyotini iqtisodiy oʻsishning asosiy mexanizmi sifatida oldinga
siljishiga yordam beradi. Investitsion startap jarayoni va texnologiyalarning
rivojlanishi tufayli tadbirkorlar kompaniyalarni bir necha yil avvalgiga qaraganda
kichikroq jamoalar va kamroq pul mablagʻlari bilan katta daromadlarga
erishmoqdalar. Innovatsiyalar sikli tezlashmoqda va iste’dodli tadbirkorlar keyingi
davr texnologiyalarni egallashga va ixtiro qilishga tayyor ekanliklari shu jumladan,
hozirning oʻzida ularga nisbatan intilish jarayonini koʻrsatmoqdalar. Investitsion
startaplar bu noyob mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqish, uni bozorga chiqarish va
uni xaridorlar uchun oʻzgarmas va almashtirib boʻlmaydigan qilib yaratish uchun
tashkil etilgan yosh kompaniyalardir. Investitsion startaplar innovatsiyalarga
asoslangan boʻlib, mavjud mahsulotlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovar
va xizmatlarning mutlaqo yangi toifalarini yaratish, shu bilan butun tarmoqlar
uchun mustahkamlanib qolgan fikrlash va biznes yuritish uslublarinitubdan
oʻzgartirish uchun xizmat qiladilar. Shuning sababdan, koʻplab innovatsion
Ilmiybaza.uz
investitsiyaviy startaplar oʻz sohalarida "yangilochi" sifatida tanilgan.Investitsion
startaplarning dastlabki qiymati unchalik ham yirik boʻlmasada, oʻz tarmogʻida
keskin burilish yasash uchun yetarli boʻlishi mumkin. Аlbatta loyihaning qamrovi
kengaygani sayin albatta, unga sarmoya jalb qilish lozimligi sezilarli darajada oshib
boradi. Shu jumladan aytish joizki, shu oʻrinda xorijiy kapital oqimining ta’siri
loyiha uchun yuksalish qadamlarini qoʻyishiga sababchi boʻlishi mumkin.
Investitsion startaplar yuksak korxona va tashkilot yoinki korporatsiyalarning
dastlabki qoʻygan qadami deya hisoblasak, ularni yana bitta pogʻona yuqorilashiga
sababchi boʻladigan omil bu investitsiya hisoblanadi. Hozirgi kunda startapdan
katta loyihalarga aylangan investitsion startaplarni koʻplabini qayd etish mumkin.
Аmmo investitsion startaplarga kapital harakti zarur biroq, bu miqdorni cheklash
albatta investitsion startaplarning aksiyalariga kiritilgan mablagʻlar orqali emas
balki, kapital kiritgan aksiyadorning oʻziga ta’sir qilish orqali ham investitsion
startaplarning aksiyalari narxini jahon qimmatli qogʻozlari bozorida pastlashishiga
olib kelishi mumkin. Shu sababdan har doim ham katta miqdordagi aksiyalarni
sotish yoinki sotib olish daromadli hisoblanmasligi mumkin. Bunga misol qilib,
dastlabki xususiy kosmik xizmat koʻrsatuvchi “Spasex” ni olsak mubolagʻa
boʻlmaydi. Negaki, u oʻz xizmatlarini davlatlar taklif qilgan xizmatdanda
arzonzoqqa taklif qilayotgani ma’lum yoinki oʻz tarmogʻining yangilaninsh
bosqichini yaratib berayotgan investitsion startap hisoblanadi. Аlbatta unga
investitsiya kiritish uchun bir nechta shartlarni qanoatlantirish lozim boʻladi.
Investitsion startaplar xususiylashtirish hamda yangi davrlarni yaratish, mamlakat
aholisining yashash sharoiti yoinki hayot kechirish darajasini yaxshilash uchun ham
xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda, mamlakatlar yana bir muhim bir bosqichni
boshlash arafasida desak adashmagan boʻlamiz. Bunga misol qilib, aloqani
ta’minlab beradigan uyali aloqalarni oladigan boʻlsak, ularning rivojlanish bosqichi
ham davrlar almashinishi bilan oʻzgarib bormoqda, shuningdek, investitsion
startaplar oʻz davriga nisbatan moslashishda davom etmoqda.
Ilmiybaza.uz
14.1. Xalqaro kapital migratsiyasining mohiyati, tarkibi va rivojlanish
tendensiyasiyalari
Xalqaro kapital migratsiyasi- kapital egasi uchun foyda keltiruvchi, davlatlar
orasidagi qarama-qarshi harakatdir. Har bir davlat bir vaqtning oʻzida kapitalning
importyori va eksportyori boʻlib hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
kapitalni davlatlararo taqsimlash iqtisodiy oʻsishning faol omili boʻlib xizmat
qiladi. Iqtisodiyot baynalminallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan xalqaro
miqyosga chiqadi va mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi. Jahon xoʻjaligi
rivojlanishining dastlabki bosqichlarida kapital sanoat jihatdan rivojlangan
mamlakatlardan qoloq mamlakatlar tomon yoʻnaltirilgan edi. Jahon xoʻjalik tizimi
aloqalari rivojlangan sari kapital harakati umumjahon doirasida yuz berib, uning
oqimi har tomonlama, toʻxtovsiz boʻladi va pullik jam gʻarmalarning
investitsiyalarga aylanishi kapitalning xalqaro miqyosdagi harakatini bildiradi.
Iqtisodiy adabiyotda xalqaro kapital migratsiyasining mohiyatini ochib beruvchi
ikki xil yondashuv mavjud boʻlib, ular orasidagi farq quyidagi sabablar orqali ochib
beriladi:
•
bozor va uni tashkil etuvchi hoʻjalik aloqalarining rivojlanishi;
•
ushbu
aloqalarning
mahalliy
iqtisodiyotning
rivojlanishi
va
takomillashuvi bilan bogʻliq rolining oʻzgarishi.
Birinchi yondashuv tarafdorlari uchun xalqaro kapital migratsiyasi — bu
ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar
boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli oʻsha
mamlakatlar tomon oqib oʻtadi. Bozorning alohida mamlakatlar milliy
xususiyatlarini hisobga oluvchi universal qimmati bu yondashuv tarafdorlarining
diqqat markazida turadi. Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikricha, xalqaro
kapita1 migratsiyasi ortiqcha ishlab chiqarish, moliya resurslarining foyda olish
maqsadida xorijga uzluksiz joylashtirilishidan iborat. Bu yerda bozor subekt sifatida
emas, balki milliy, hududiy va xalqaro miqyosda muayyan maqsadga erishish
Ilmiybaza.uz
vositasi, obekti sifatida namoyon boʻladi. XXI asr boshida iqtisodiyotning
globallashuvi omillaridan biri kapitalning mamlakatlar oʻrtasida harakatlanishining
barqaror sur’atlarda oʻsishi hisoblanadi. Tovar ishlab chiqarishning muhim
omillaridan hisoblangan kapitalning xalqaro harakati milliy
iqtisodiyot
chegaralaridan chiqib, boshqa mamlakatlarga koʻchadi. Xalqaro kapital
migratsiyasi jahon xoʻjaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki u
mamlakatlarning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarining mustahkamlanishiga olib
keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini oshiradi, iqtisodiy rivojlanishni
jadallashtiradi, ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytiradi, ishlab chiqarilayotgan
tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, importyor mamlakatlar texnik
salohiyatini oʻstiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi.
Mamlakatning xalqaro kapital migratsiyasidagi ishtirok etish darajasi qator
koʻrsatkichlarda ifodalanadi. Birinchi guruh koʻrsatkichlariga quyidagi mutlaq
koʻrsatkichlar kiradi: kapital eksporti va importining hajmi, kapital eksporti-importi
qoldigʻi, mamlakatdagi xorijiy kapitalli korxonalar soni, ulardagi bandlar soni va h.
k. Kapital eksporti-importi qoldigʻidan kelib chiqib, jahon mamlakatlari kapital
eksport qiladigan (Yaponiya, Shveysariya), kapital import qiladigan (АQSH, Buyuk
Britaniya) hamda eksport va import hajmi taxminan bir xil boʻlgan mamlakatlarga
(Germaniya, Fransiya) ajratiladi. Boshqa guruh koʻrsatkichlar nisbiy koʻrsatkichlar
boʻlib, ular xalqaro kapitallar migratsiyasining markazlari va mamlakatning kapital
importieksportiga bogʻliqligini aks ettiradi:
1) kapital importi koeffitsiyenti — xorijiy kapitalning mamlakat
YaiM dagi ulushini koʻrsatadi:
K=( XK/YAIM)*100
bu yerda: Kimp — kapital importi koeffitsiyenti; XK — xorijiy kapital hajmi;
YaiM—yalpi ichki mahsulot. Yevropa mamlakatlarida ushbu koeffitsiyentning eng
yuqori darajasi Belgiya va Lyuksemburgda kuzatiladi.
2)kapital eksporti koyeffitsiyenti — eksport qilinadigan kapitalning YalM
dagi ulushini aks ettiradi: K = (ХK/YAIM)*100 bu yerda: K(eksp) — kapital
Ilmiybaza.uz
eksporti koeffitsiyenti; XK — xorijiy kapital hajmi; YaiM—yalpi ichki mahsulot.
Yevropa mamlakatlarida ushbu koʻrsatkichning maksimal miqdori Niderlandiyada
qayd etilgan.
3)xorijiy kapitalning mamlakat kapital qoʻyilmalariga boʻlgan ichki
ehtiyojidagi ulushini aks ettiruvchi kapital:
K=(ХK/Т(K))*100
bu yerda: K(eh )— ehtiyoj koeffitsiyenti; XK — xorijiy kapital;
D/(K) — mamlakatda kapitalga boʻlgan talab.
АQSH da barcha kapitalga boʻlgan ichki ehtiyojlarning 33 foizi xorijiy kapital
hisobiga qondiriladi; boshqa nisbiy koʻrsatkichlar: xorijiy yoki aralash
kompaniyalarning milliy ishlab chiqarishdagi ulushi, kapital eksporti/importining
oldingi davrga nisbatan oʻsish sur’atlari, mamlakat aholisi jon boshiga toʻgʻri
keladigan xorijiy investitsiyalar summasi. Xalqaro kapital migratsiyasining
shakllari va ularning guruhlanishi Xalqaro kapital migratsiyasining turli shakllari
mavjud bolib, amaliyotda ular qator mezonlar boʻyicha tasniflanadi. Xalqaro
amaliyotda davlat kapitali koʻproq ssuda shaklida, xususiy va uzoq muddatli kapital
esa — tadbirkorlik shaklida namoyon boʻladi. Kelib chiqish manbalariga koʻra
xalqaro kapital — bu davlat mablagʻlari yoki xususiy kapital koʻrinishida boʻladi.
Davlat kapitali banklar ichida rasmiy kapital deb ham ataladi.U davlat budjetidan
xorijga chiqariladigan yoki u yerdan yo bevosita hukumatlar qarori bilan, yoki
hukumatlararo tashkilotlar qarori bilan qabul qilinadigan mablagʻlardir.
Xalqaro kapital migratsiya shakllari:
• Mansabiga koʻra:
а)Rasmiy(davlat)
б)Xususiy(nodavlat)
• Foydalanish tartibiga koʻra:
а)Ssuda
б)Tadbirkorlik
• Foydalanish muddatiga koʻra:
а)Uzoq
Ilmiybaza.uz
б)Oʻrta
c)Qisqa
• Maqsadiga koʻra:
а)Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar
б)Portfel investitsiyalar
c)Boshqa investitsiyalar
Shakllariga koʻra — bu davlat qarzlari, ssudalar, grantlar (sovgʻalar), yordam
koʻrinishida boʻlib, ularning xalqaro harakati hukumatlararo kelishuvlar bilan
belgilanadi. Xalqaro tashkilotlarning kreditlari va boshqa mablagiari ham shular
qatoriga kiradi. Biroq har qanday hollarda ham bu soliq toʻlovchilarning oluvchiga
turli yoilar bilan yetib boradigan pullari hisoblanadi. Xususiy kapital — bu xususiy
shaxslar tomonidan xorijga joylashtiriladigan yoki xorijdan qabul qilinadigan
nodavlat manbalar mablagʻlaridan iborat. Ular tarkibiga investitsiyalar, savdo
kreditlari, banklararo kreditlash kiradi.
Ular davlat budjeti bilan bevosita bogʻliq boʻlmaydi, biroq hukumat ularning
koʻchib yurishini kuzatib turadi va oʻz vakolatlari doirasida ularni nazorat qilib,
boshqarishi mumkin.
Xalqaro kapital migratsiyasining shakllari tadbirkorlik va ssuda kapitali
koʻrinishida boʻladi. Kapitalning tadbirkorlik shaklidagi migratsiyasi uchun
quyidagi uchta majburiy belgilar xos boʻladi:
• xorijda ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish yoki unda ishtirok etish;
• xorijiy kapital qoʻyilmalarining uzoq muddatliligi;
• xorijiy korxonaga yoki uning bir qismiga mulkchilik huquqiga ega boʻlish.
Yuqorida qayd etib oʻtilgan xususiyatlar va ishtirok etish maqsadlarining
qanchalik amalga oshishiga bogʻliq holda tadbirkorlik kapitalini chetga
chiqarishning ikki turi ajratiladi: toʻgʻridan toʻgʻri va portfel investitsiyalar (PI).
TTXI — bu xorijiy kapitalning uzoq muddatli kiritilishi boʻlib, investor tashkil
qilayotgan firma aksiyalari yoki aksioner kapitaliga toʻla ega boʻlish yoki kamida
10 % xoʻjalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlaydi. XVJ, IRHT
Ilmiybaza.uz
(Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkiloti) hamda BMT milliy schyotlari
tizimidagi ta’riflarga muvofiq, TTXI tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
• komponiyalarning oʻz kapitalini xorijga chiqarishi;
• toʻgʻri investor horijiy korxonadan olgan foydasini uning foydasiga qayta
moliyalashtirilishi;
• kapitalning bosh firma va uning xorijiy korxonalari oʻrtasida ichki korporativ
oʻtkazmalari. Iqtisodiy adabiyotda toʻgʻri investitsiyalarning tor va keng ma’nodagi
ta’riflari ajratiladi.
TTXI ning tor ma’nodagi ta’rifi IHTT tomonidan berilgan boʻlib, bu
yoʻnalishning bazaviy metodologiyasi kapital harakatini erkinlashtirish Kodeksida
bayon etilgan: mustahkam iqtisodiy munosabatlarni oʻrnatish hamda korxona
ustidan nazorat huquqini qoʻlga kiritish maqsadida kapital va resurslarning
transchegaraviy harakati qamrab olinadi. Bunday yondashuv asosida investor
sifatida mazkur mamlakatning norezidentlari va xorijlik rezidentlar maydonga
chiqishlari mumkin. Har ikkala toifalar uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy
investitsiyalar shakillanishining quyidagi yoʻnalishlari mavjud:
•100 % li xorijiy mulkchilikka asoslangan korxona, shu’ba kompaniyasi yoki
boʻlinmasini tashkil etish yoki kengaytirish;
•mavjud korxonani toʻliq mulkchilikka sotib olish;•yangi yoki harakatdagi
korxonada ishtirok etish;•5 yil va undan koʻp muddatga qarz berish. TTXI ning keng
ta’rifi Jahon banki tomonidan berilgan va «MIGА»ni (Koʻp tomonlama investitsion
sugʻurtalash agentligi) ta’sis etish haqidagi kelishuvda ilk bor tilga olingan; u
shuningdek, ikki taraflama kafolatli kelishuvlar uchun ham xosdir. Bunday
yondashuvda toʻgʻri xorijiy investitsiyalarga kapital (yoki resurslar) ning
harakatlanishi shakllarigina emas, balki aktivlarning (ассеss) boshqa turlari ham
kiritiladi: har xil turdagi mulk va mulkiy huquqlar, aksiyador boʻlmagan turdagi
investitsiyalar (boshqaruv kelishuvlari, franchayzing, litsyenzion bitimlar, mahsulot
taqsimoti va h.k.lar) ham kiradi. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalash shakllari
va usullariga tegishli turlicha talqinlarning berilishi jiddiy muammolarni keltirib
chiqardi (masalan, NАFTА va АSEАN ta’riftari shular jumlasidandir) va amaliy
Ilmiybaza.uz
muammolarni hal qilishda qator variantlar — opsiyalarning vujudga kelishiga sabab
boʻldi. Bu — xalqaro investitsiyalash masalalari boʻyicha muzokaralardagi,
iqtisodiy diplomatiyadagi munozarali muammolardan biridir. Portfel investitsiyalar
— bu kapitalni xorijiy korxonalar qimmatli qogʻozlariga (korxona ustav
kapitalining 10 %dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish boʻlib,
investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi. Ushbu
turdagi tadbirkorlik kapitalini olib chiqib ketishning oʻziga xos belgilari quyidagi
jadvalda yaqqol namoyish etilgan.
Toʻgʻridan toʻgʻri va portfel investitsiyalar oʻrtasidagi oʻzaro farqlar
Belgilar Toʻgʻridan – Toʻgʻri Portfel investitsiyalar
xorijiy investitsiyalar
Olib chiqishning asosiy Xorijiy firmani nazorat Yuqori foyda olish maqsadi. qilish.
Maqsadga erishish Xorijda ishlab chiqarish- Xorijiy qimmatli
yoʻllari. ni tashkil qilish va qogʻozlarni sotib olish
yuritish
Maqsadga erishish а) xorijiy firmaga toʻliq Xorijiy firma aksiyadorusullari.
egalik qilish lik kapitalning kamida b) aksiyalar nazorat pa- 25% izini sotib olish
ketini sotib olish (XVF (AQSH,Yaponiya va ustaviga koʻra kompani-
Germaniya-10%)
ya aksiyadorlik kapital-
ning 25% idan kam
boʻlmasligi kerak)
Daromad shakllari. Tadbirkorlik Dividendlar foizlar
foydasi,dividendlar
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi jarayonida portfelli investitsiyalar
ulushining ortishi tabiiy holdir. Bu ikkita holat bilan izohlanadi:
14.1 - jadval .
Ilmiybaza.uz
•
jahonda moliya bozorlarining jadal rivojlanishi
•
portfel investitsiyalarning yuqori likvidliligi bilan bogʻliq
afzalliklar.
Portfel investitsiyalar ancha yuqori likvidlilikka ega boʻlib, harakatchan
hisoblanadi. Ularni riskli zonadan boylik orttirish yengilroq boʻlgan muhitga
koʻchirish qiyin emas. Portfel investitsiyalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va
professional bilimlarni oshirish uchun katta mehnat talab etmaydi. Kapitalni olib
chiqishning tadbirkorlik shakli ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita aloqadorligi
tufayli koʻpincha «ikkinchi iqtisodiyot» deb ataladi. Boshqa shakl — ssuda
kapitalining harakati milliy ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita aloqaga ega
boʻlmasdan qabul qiluvchi mamlakatdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga
bilvosita tarzda ta’sir qilishi mumkin. Kapitalning ssuda shaklidagi migratsiyasi
deganda kapitalning barcha xalqaro harakatlanishi tushunilib, quyidagi turdagi
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar bundan mustasno:
•
davlat va xususiy zayomlar;
•
boshqa mamlakatlarning obligatsiyalari, xorijiy kompaniyaning
veksellari va trattini sotib olish;
•
qarzlar boʻyicha toiovlar;
•
banklararo depozitlar;
•
rivojlanishga rasmiy yordam.
Xalqaro valyuta fondi yana bir guruh — «boshqa investitsiyalar» guruhini
ajratadi. Bu guruh investitsiyalar, asosan, xalqaro zayomlar va bank depozitlaridan
tashkil topadi. Ular ba’zida portfel, ba’zida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar
tarkibida boʻlishi mumkin. Xalqaro kapital migratsiyasini tartibga solish usullari
Jahon amaliyotida xalqaro kapital harakatini tartibga solishning milliy va xalqaro
usullari qoʻllanilmoqda. TTXI ni xalqaro darajada tartibga solishning asosiy shakli
xalqaro
investitsion
shartnomalar
hisoblanadi.
Xalqaro
investitsion
shartnomalarning mohiyati shundaki, ular ikki va koʻp tomonlama milliy
davlatlarning investitsiya siyosatlarini muvofiqlashtirish va xalqaro investitsiyalar
Ilmiybaza.uz
sohasida tartibga solishning umumiy qoidalarini ishlab chiqishdan iborat. Xalqaro
investitsion shartnomalar qatnashchilar tarkibiga koʻra ikki tomonlama, mintaqaviy
va koʻp tomonlama boʻlishi mumkin. Ikki tomonlama investitsion shartnoma ikki
mamlakat hukumatlari oʻrtasida investitsiyalarni amalga oshirish maqsadida
tuziladigan maxsus shartnomadir.
Xalqaro Kapital migratsiyasi tarkibga solish
Milliy
kapital
harakatini
tartibga
solish
bo'yicha
xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish;
xuquqiy, ijro va nazorat • mamlakatdan kapital chiqib ketishning oldini olish.
xarakteridagi davlat •
chora-tadbirlar tizimi
Xalqaro Kapital •qulay investitsiya muxitini yaratish; xarakatini
tartibga •mamlakat xududida xorijiy investitsiyalarni amalga solish
bo'yicha xuquqiy, oshirsh bo'yicha ta'qiq va cheklovlarni joriy etishning
ijro va nazorat maqsadga muvofiqligini aniqlash;
xarakteridagi •xorijiy investorlar faoliyati ustidan nazorat olib
davlatlararo chora- borishinvestitsiyalashning; ustuvor yo'nalishlarini
belgilash; tadbirlar tizimi •xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha
dasturlar
•
ishlab chiqish va amalga oshirish;
Xalqaro migratsiyasini tartibga solishda milliy va xalqaro tomonlardan
qaraladi hamda maqsad va xususiyatlariga qarab bajariladi. Milliy tartibga solishda
Ilmiybaza.uz
mamlakat ichidagi kapital harakati davlat chora-tadbirlari asosida tartibga solinadi.
Xalqaro kapital harakatini tartibga solishda esa, davlatlararo strategiyalar amal
qiladi hamda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xalqaro kapital harakatini
tartibga solishning e’tiborli xususiyatlari bular: qulay investitsiya muhitini yaratish,
xorijiy investorlar faoliyati ustidan nazorat olib borish va investitsiyalashning
ustuvor yoʻnalishlarini belgilash kabilar. COVID-19 inqirozi toʻgʻridan-toʻgʻri
xorijiy investitsiyalarning keskin pasayishiga olib keladi. Global investitsiyalar
oqimlari 2019-yilda 1,54 trln dollar boʻlgan boʻlsa, 2020-yilda 40% gacha
kamayishi kutilmoqda. Bu chet el investitsiyalarini 2005-yildan beri birinchi marta
1 trillion dollardan past boʻlishiga olib keladi. Xorijiy investitsiyalar 2021-yilda
yana 5% dan 10% gacha pasayishi va 2022-yilda tiklanishni boshlashi kutilmoqda.
•Rivojlangan mamlakatlar orasida Yevropaga xorijiy investitsiyalarning jalb
etilishi Shimoliy Аmerika va boshqa rivojlangan iqtisodiyotlarga qaraganda
sezilarli darajada koʻproq 30 dan 45 foizgacha pasayishi kutilmoqda (oʻrtacha 20
dan 35 foizgacha pasayish). 2019-yilda rivojlangan iqtisodiyotlarga kapital harakati
5% ga oshdi va $800 mlrd tashkil etgan.
•2020-yilda Аfrikaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimining 25-
40% ga pasayishi prognoz qilinmoqda. Salbiy tendensiya tovarlarning past narxlari
bilan kuchayadi. 2019-yilda toʻgʻridantoʻgʻri xorijiy investitsiyalarning Аfrikaga
oqimi allaqachon 10% ga qisqargan va $45 mlrd tashkil etgan .
•
Rivojlanayotgan
Osiyo
mamlakatlariga
intensiv
xorijiy
investitsiyalarning ogʻirligi va ishlab chiqarish joylarini diversifikatsiya qilish
uchun global bosim tufayli jiddiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Toʻgʻridantoʻgʻri
xorijiy investitsiyalar 30% dan 45% gacha pasayishi kutilmoqda. 2019-yilda,
Janubiy-Sharqiy Osiyo, Xitoy va Hindistonda erishilgan yutuqlarga qaramay,
mintaqaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimi 5 foizga kamayib, 474
milliard dollarni tashkil etadi.
•Lotin Аmerikasi va Karib havzasidagi xorijiy investitsiyalarning 2020-yilda
ikki baravarga qisqarishi kutilmoqda. Mintaqadagi xorijiy investitsiyalarning sanoat
Ilmiybaza.uz
profili ham uni zaiflashtiradi. 2019-yilda Lotin Аmerikasi va Karib havzasidagi
xorijiy investitsiyalar 10% ga oʻsib, 164 milliard dollarni tashkil etdi.
•
Oʻtish davri iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning
oqimi 30 dan 45% gacha pasayishi kutilmoqda.
2019-yilda Oʻzbekistonga xalqaro kapital oqimi 3 baravar koʻpaydi (266%
ga oʻsib, $2.3 mlrd ni tashkil etdi). Kapital qoʻyilmalar qiymati va qayta investitsiya
qilingan daromadlar birgalikda 231% ga kengayib, $2.1 mlrdni tashkil etdi, shu
bilan birga kompaniyalar ichidagi kreditlar salbiydan ijobiyga ($169 mlngacha)
aylandi. "Lukoyl" (Rossiya Federatsiyasi) tomonidan amalga oshirilayotgan neft va
gaz sohasidagi yirik loyihalar bilan bogʻliq tushumlar Oʻzbekiston mamlakatiga
amalga oshirilgan kapital harakatining katta qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari,
Xitoy, Rossiya, Singapur, Buyuk Britaniya va АQSH kompaniyalari ishtirokida
kimyoviy ishlab chiqarishda qator loyihalar boshlandi.
Orano Mining (Fransiya) uranni qidirish va ishlab chiqarishga katta miqdorda
sarmoya kiritdi. Toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatida Xitoy, Germaniya,
Hindiston, Koreya, Tailand va Turkiya kompaniyalari tomonidan loyihalar
boshlandi.
Ilmiybaza.uz
14.1-rasm. Dengizga chiqish imkoni boʻlmagan mamlakatlar (Landlocked
countries).
Yaqin kelajakda Hukumat sanoatlashtirish ishlarini 21 ta yangi tashkil
etilgan
erkin
iqtisodiy
zonalarga
(“WIR19”ga
koʻra)
yoʻnaltirishni
rejalashtirmoqda. Hozirgi sharoitda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istiqbollari
mamlakatning koʻproq xilma-xil oqimlarni jalb qilish imkoniyatlariga bogʻliq
boʻladi, chunki energetika sanoatiga investitsiyalar susayishi mumkin.
14.1 1.Xalqaro kapital migratsiyasining sabablari nimalardan
16.2. Investitsion startap loyihalarining mazmuni, tasnifi va
ahamiyati
Bilamizki,
“Facebook”,
“Google”
va
Amazon
kompaniyalarining
startaplardan boshlagan va dunyoning eng yirik kompaniyalariga aylanib ulgurgan,
bu jarayonda oʻzlarining asoschilari va dastlabki sarmoyadorlarini milliarderlarga
aylantirgan ekanligidan xabardormiz. Soʻzma-soʻz aytganda, startap - bu har
qanday yangi boshlangʻich biznes, ammo boshlangʻich madaniyati haqida gap
ketganda, odatda ularni boshqa kichik korxonalardan ajratib turadigan ikkita asosiy
?
iborat?
2. Xalqaro k apital migratsiyasi qanday k oʻ
rsatkichlar bilan
tavsiflanadi?
3. Xalqaro k
apital migratsiyasining qanday
shakllari
mavjud?
Ilmiybaza.uz
prinsip mavjud: Startaplar juda tez miqyosga moʻljallangan. Startapning maqsadi
juda tez oʻsib boradi - odatda minimal miqdordagi kapital bilan. Startapning
maqsadi sanoatning yetakchisiga aylanish va oʻz sektorini monopoliyalashtirish
uchun tez oʻsishdir. Buning ikkita ta’siri bor:
1-investitsion startaplar qisqa muddatli rentabellik haqida juda
kam va uzoq muddatli oʻsish haqida koʻproq oʻylashadi. Shu sababli
investitsion startaplarning aksariyati dastlabki bir necha yil ichida zarar
koʻradi va pul oqimining aksariyat qismini foydalanuvchi sonini
koʻpaytirishga sarflaydi.
2-– investitsion startaplarning aksariyati Internet va deyarli har
doim texnologiyaga asoslangan. Boshlangʻich korxonalarga minimal
miqdordagi kapital bilan juda tez miqyosda hisoblanadi. Investitsion
startup boʻyicha qoʻllanma:
Investitsion startupning sarmoyaga mos kelishini baholash uchun 10 qadam:
Investitsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin, biz ushbu imkoniyatning
strategik jihatdan (bozorga majburiy va raqobatbardosh bozorga chiqish yoʻli bilan
tasdiqlangan taklif bilan) hamda moliyaviy jihatdan mantiqiy ekanligiga ishonch
hosil qilishimiz kerak. Quyida investitsion startapga sarmoya kiritayotganingizga
ishonch hosil qilish uchun 10 bosqichli jarayondan iborat.
Startapni baholash uchun 10 bosqichli qoʻllanma:
1. Muloxazalarn
i boshlash
.
2 Maqsadlar
va strategiya
.
3 " The pitch "
.Axborot
4
almashish
5 . Venchurning
yetukligini
baholash .
6 . Ta'sir va
faoliyat
ko'rsatkichlari
7. Venchurni
tasdiqlash
8 . Venchurni
baholash
.
9
Investitsiya
mezonlari .
10. Yakuniy
qaror
Ilmiybaza.uz
1.Mulohazalarni boshlash
Bu jarayonda siz investitsion startap uchun investor topishingiz uchun asosiy
qadam desam mubolagʻa boʻlmaydi. Sababi, startapning salohiyati haqida va unga
nima sababdan sarmoya kiritilishi kerakligini tushuntirib berasiz. Muhim jihati
shuki, investor oʻz sarmoyasini qayerga va nima uchun kiritayotganini bilishi bu
albatta oʻziga va startapga nisbatan ishonch va e’tiborni oshiradi.
2. Maqsadlar va strategiya. Investitsion startapga sarmoya kiritishga boʻlgan
qiziqishning maqsadini kkoʻrsatish lozim. Bu jarayonda shuni yodda tutish kerakki,
investitsion startap uchun dastlabki qadamlar qoʻyilgani va shu bilan bir qatorda
birinchi sarmoya hamda bilim tikilganligi ma’lumdir.
Yirik tashkilotlarning kuchli
tomonlari
Bozorga kirish
Bozor bilimlari
Ishchi kuchi
O'lchov iqtisodiyoti
Resurslar va kuch
Kapital
Hayotiylik
Yirik tashkilotlarning kuchsizligi
Ijodkorlarning yetishmasligi
Jarayonlarni standartlashtirish
yuklangan motivatsiya
Sekin o'sish
Xavfdan qochish
Yetuk bozorlarda ishlash
Startaplarning zaif tomonlari
Yangi bozorlarga kirishga
qiyinchiliklar
Bozor uchun yangi
Cheklangan ish kuchi
Resurslar va sheriklarning
etishmasligi Ko'lamni oshirish
uchun qo'shimcha manbalarga
extiyoj
Startaplarning kuchli tomonlari
Ijodkorlik va tangi g'oyalar
Vaziyat va noodatiyga qarshi
chiqish
Ko'p qirrali muxit
Yuqori motivatsiya jamoalar,
potensial tez o'sish
Tavakkal qilishga tayyorlik
Ilmiybaza.uz
Pul yetishmasligi
Ishonchsizlik
Investitsion startaplarning kuchli tomonlari yirik tashkilotlarning zaif
tomonlarini va aksincha, odatdagidek kurashadi. Shu bosqichda, keyingi
jarayonlarni davom ettirish uchun investorlarning mulohazalarini bilish keyingi
bosqichlar uchun yanada chuqurroq yoinki aksincha shu joyda toʻxtash uchun
asosiy qadam hisoblanadi.
Potensial hamkorlikning maqsadlari va natijalari
Madaniyatni
tashabbuskor aql
va epchillik bilan
yoqish.
Yangi
texnologiyalar va
biznes modellarni
o'rganish orqali
strategik
tushunchaga
ega bo'lish
Ichki
innovatsiyalarni
boshqarish
uchun tashqi
innovatsiyalardan
foydalanish.
Tadbirkorlik
qobiliyati
,tarmog'i va
energiyasidan
foydalanish
Raqobatbardosh
bo'lib qoladigan
yangi mijolarni jalb
qilish
Marketing
jamoatchilik bilan
aloqalar,
korporativ imidjni
oshirish.
Yangi imkoniyatlar
kanallar,rivojlanayotga
n texnologiyalar orqali
Yangi
imkoniyatlar
kanallar,
rivojlanayotgan
Ilmiybaza.uz
kelajakdagi bozolarni
kengaytirish.
texnologiyalar
orqali
kelajakdagi
bozolarni
kengaytirish.
Bu yerda strategik pozitsiyadan molivayaviy daromadlarning kelishigacha
jarayon aks etgan. Yuqorida strategik pozitsiya shu oʻrinda, quyida moliyaviy
daromadlarning kelishidir.
Venchur
investitsiyalarni tez
moliyaviy daromad.
Iqtsodiy usulda
qobiliyatlarni
yaratish.
Bozorga muqobil
yo'llarni o'rganish
3. “The pitch”
“Pitch–bu investitsion startapning sarmoyalash imkoniyatlarini baholash
uchun rasmiy munosabatlarni boshlash uchun juda muhim boshqichdir.Bunda:
Pitch expectations”
4.Axborot almashish.
Endilikda startap yuqori bosqichga yetib keldi va loyihaning maqsadlari
aniqladi va ma’lum bir startap bilan investitsiyalarni tezkor baholash jarayonida
Qancah muddatga; qancha vaqt?
Aksariyat moliyalashtirish maydonchalari,taxminan 15 - 30 daqiqani tashkil etadi va
bundan ko'p bo'lmasligi kerak
Kim qatnashadi?
Asoschilar jamoasi va asosiy innavatsion drayverlar
"Pitch"dan oldidan
Barcha asosiy ishtirokchilarga taxminlar va pitching va baxolash nuqtalari
to'g'risida xabar bering
Ilmiybaza.uz
ishtirok etishga qaror qildinadi. Keyingisi nima? Аxborot almashinuvi.
Hamkorlikni toʻgʻri poydevorda boshlash uchun oldindan kerakli boʻlgan
ma’lumotlarning, chunki bu ma’lumotni olish koʻpincha biroz vaqt talab qilishi
mumkin.
•
“Ptich” hujjati • Biznes modeli
•
Jamoa tarjimai hollari va tashkiliy jadval
•
Mulohazalar ni tasdiqlovchi hujjat (mijozlar toʻgʻrisidagi
ma’lumotlar, savdo ma’lumotnomalari, “Letter of Intent” va boshqalar) •
Аmaldagi investitsiyalar va kapital tarkibi
•
Moliyaviy ma’lumotlar (masalan, oyiga zarar koʻrish darajasi €
(ehtimol))
•
Barcha mahsulotlar va xizmatlarning tavsifi
•
Yetkazib beruvchi yoki muhim hamkorlik toʻgʻrisidagi
ma’lumotlar
•
Huquqiy ma’lumotlar
5. Venchur kapitalining yetukligini baholash.
Ushbu jarayonni tasdiqlash bosqichida katta vaqt va kuch sarflashdan oldin,
boshlangʻich tashkilotning yetukligini baholash orqali investitsiyalarni tezkor
baholash uchun qancha kuch sarflanishini belgilash kerak, bu oʻz navbatida siz
qancha mablagʻ sarflashingiz kerakligiga ta’sir qiladi. Investitsion startapni
tasdiqlash bosqichi. Turli xil yetuklik darajasidagi korxonalar boshqa tasdiqlash
yoʻlini talab qiladi. Startuplar tabiiy ravishda xavfli boʻlib, natijada bozorga mos
keladigan va oʻsishga intilayotgan desak mubolagʻa boʻlmaydi.
14.2-jadval.
Investitsion startapning yetuklik darajasi
Ilmiybaza.uz
6. Ta’sir va faoliyat koʻrsatkichlari
Investitsion startapni birinchi yoʻnalishi oʻrganish boʻlishi kerak. Faqat bir
muncha vaqt oʻtgach, u daromad olishi kerak. Agar siz diqqatingizni oʻrganishga
qaratsangiz, nimani koʻrish kerakligi haqida oʻylashdan boshlaysiz.
Ilmiybaza.uz
Gʻalaba qozonishning yagona usuli- bu boshqalardan koʻra tezroq
oʻrganishda.(Erik Ris)
Dastlabki startaplar Biz istaydigan bitta Rivojlangan faqat faoliyat
ko'rsatkich: Vanity investitsion startap
ko'rsatkichlariga e'tibor metriss. Har kimning kompaniyalaridan qaratishlari
kerak: orqasida yashirishni
startap nima xokkeystik egri.Agar yaxshi koradigan ularning haqiqiy
ta'siri haqida qilayotganini buni dastlabki bosqichda
o'lchash.Usuliga ko'rsangiz unga qarshi malmot
yo'naltirilgan yumshoq chiqing.Ular faqat sizni kutadi.Startap o'z
ko'rsatkichlar. hayratda qoldirish uchun vazifasini qanday
raqamlarni tuzishga bajarishini ko'rib e'tibor
qaratmasliklari
kerak.Tasir chiqing:Natijalarni
ko'rsatkichlari aniq metrikalarni
so'rang.
7. Investitsion startapni tasdiqlash.
Investitsiya kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin korxonani 5 jihati
tasdiqlanishi kerak.
Korxonani tasdiqlash uchun 5ta investitsiya mezonlari
Qarorning Biznes modelini tasdiqlash Strategik moslik Jamoa
haqiqiyligi
Muammo xajmi, Korxona taklifini Biznes modeli Korxona tashkilot aqli,tarkibi va
Jamoaning vaqti va farqlash imkoniyati kuchlimi?yetarlicha hayotiy va
keng bo'ladimi?ko'lamli mos keladimi?strategiyasiga o'zini oqlash
qobiliyati.
Ilmiybaza.uz
Ushbu bosqichda oʻtkazadigan vaqtingiz tavakkalchilikning yetukligiga
bogʻliq. Odatda, boshlangʻich bosqichni boshlash uchun siz tanlangan muammoni
hal qilishga arziydimi yoki yoʻqligini tasdiqlash uchun juda koʻp vaqt va mablagʻ
sarflaysiz. Muammo maydoni tahlil qilingandan soʻng, sizning harakatlaringiz
maqsad qilingan yechimlar muammoni samarali va miqyosli tarzda hal qiladimi
yoki yoʻqligini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi mumkin.
8. Venchur kapitalini baholash.
Baholash boʻyicha suhbatlashish vaqti kelganida, narsalar doʻstona
munosabatda boʻlmasligi mumkin. Muammo shundaki: yetuk kompaniyalarni
baholash bozor kapitallashuvi va sotish multiplikatsiyasidan foydalangan holda
juda sodda boʻlsa, investitsion startaplarni baholash koʻpincha noaniq boʻlib,
nafaqat pulni, balki sarflangan energiyani ham oʻz ichiga oladi.
9. Investitsiya mezonlari.
5 ta asosiy jihatni tasdiqlaganingizdan soʻng, ushbu tekshiruv roʻyxatidan
kimni, qanday va qanday savollarni hal qilganingizni yoki yoʻqligingizni aniqlash
uchun foydalanishingiz mumkin.
14.3-jadval.
Yakuniy nazorat roʻyxati
Kim Qanaqasiga Nima
Tegishli tajriba va ijro Aniq maqsadli mijoz Eng yaxshi mijozlar
etish qobiliyatiga ega roʻyhati
vakolatli guruh Strategik munosabatlar roʻyhati
Ishonchli asoschi/ Maxsulot tasdiqlangan Bozor segmenti boʻyicha rahbat
maqsadli mijoz uchun raqobatdosh landshaftni muammoni xal qiladi tahlil qilish
Investitsiya jamoasi Bozor talabi aniqlangan Kapital va taqsimot bilan samimiy va
halol va tasdiqlangan samaradorligi
munosabat Asosiy xavflar aniqlanadi
Ilmiybaza.uz
Sarmoyaga tayyorlik Aniqlangan va tasdiq- Patentlar, mualliflik darajasi langan
biznes modeli huquqlari, litsenziyalar
yoki savdo belgilar roʻyhati
Potensial bozor ulushi Investitsiya qilingan ka-
aniqlandi pitalning sogʻlom qayti-
Vaqtni rejalashtirish shini namoyish etish
10. Yakuniy qaror.
5 asosiy jihatlarni tasdiqlaganingizdan soʻng, siz ushbu tekshiruv roʻyxatidan
kimni, qanday va qanday savollarni hal qilganingizni yoki yoʻqligingizni aniqlash
uchun foydalanishingiz mumkin. Ushbu startapga sarmoya kiritish: davom etish
yoki toʻxtash.
Bu eng soʻngi bosqich boʻlib, investitsion startap uchun soʻngi qarorni qabul
qiladi hamda loyihani davom ettirish yoinki toʻxtash kerakligi haqidagi xulosani
taqdim etadi.
Ilmiybaza.uz
14.2 1 Toʻgʻridan toʻgʻri va portfel investitsiyalarning faqri nimadan iborat? ?
2.Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning keskin oʻsishining
sabablarini koʻrsating.
3.Xalqaro kapital migratsiyasini tartibga solish zaruriyati nimalardan
iborat?
14.3. Xalqaro kapital ishtirokida startap loyihalarni amalga oshirish
xususiyatlari, afzalliklari va bugungi holati tahlili
Global beshta startaplar ekotizimning beshta qismi bir xil boʻlib qolmoqda,
garchi ular ichida oʻsish kuzatilgan boʻlsa ham. Silikon vodiysi oʻzining 1-
pozitsiyasini saqlab qoldi. NyuYork 2-oʻrinda qolmoqda, garchi endi Londonliklar
yuqoriga koʻtarilib, ular bilan raqobatda boʻlsalar ham. Pekinliklar 4-da, Bostonislar
5-da. Global startap ekotizimlari beshtaligi orasida faqat London 2015-yilgi
reytingda kuchli beshlikka kirmagan edi. Tel Аviv - Quddus va LosАnjeles ta’qib
qilmoqda, ikkalasi ham 6-oʻrinda hisoblanadi. 2020yilgi reytingda koʻplab ilmiy-
tadqiqot va energetik quvvatlarning oʻsishi kuzatildi: ushbu ekotizimlar asosan
tadqiqot va patent ishlab chiqarishda oʻzlarining kuchli tomonlariga asoslanib
oʻsmoqda. Tokio (15) va Seul (20) bunga yaqqol misol boʻla oladi, chunki har
ikkala ekotizim "Bilim faktori" da maksimal koʻrsatkichni qoʻlga kiritadi - bu ilmiy-
tadqiqot ishlari oʻlchovidir. Qoʻshma Shtatlar startaplar soni boʻyicha yetakchi
davlatdir (63,703), dunyoda startaplarning 7,1% Fintech (Moliyaviy texnologiyalar)
sohasida ishlaydi. Dunyodagi eng yuqori bahoga ega boʻlgan xususiy startap - bu
Xitoydan Bytedance ($75 mlrd). Investitsion startaplarning 69% dan ortigʻi uy
Ilmiybaza.uz
sharoitida biznes sifatida boshlandi. Faqatgina 40% startaplar daromad olishga
qodir. Raqobat (19%) - bu biznesni boshlashda eng katta muammo sanaladi. Ishga
tushirish bosqichida startaplarning 58% i ixtiyorida
$25000 dan kam mablagʻ mavjud boʻladi. Tadbirkorlarning 60% i sun’iy intellekt
hozirgi paytda eng istiqbolli innovatsion texnologiya ekaniga qoʻshilishadi.
Moliyaviy texnologiyalar (Fintech) moliyaviy xizmatlarni yetkazib berish va
ulardan foydalanishni takomillashtirish va avtomatlashtirishga qaratilgan yangi
texnologiyalarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Startaplarning global sanoatdagi
ulushi aynan texnologik jihatdan eng katta ulush bu moliyaviy texnologiyalarga
ya’niki -7% ni tashkil qiladi.
Ilmiybaza.uz
Qoʻshma Shtatlar startaplar soni boʻyicha (63 703) yetakchi davlatdir.
Roʻyxatning ikkinchi pogʻonasi Hindiston boʻlib, atigi 8301 startap bilan, uchinchi
oʻrinni esa Buyuk Britaniya egallab turibdi,
5377 startap bilan. АQSHda dunyoning qolgan 9 mamlakatidan koʻra uch baravar
koʻproq startap mavjud. Dunyo miqyosida elektron tijorat savdosi qiymati $3,5
Ilmiybaza.uz
trlnni tashkil etadi va kelajakda oʻsish sur’atlari yuqorilashi kutilmoqda. Shuning
uchun elektron tijorat yangi startaplar uchun eng ommalashgan sohalardan biridir.
Keyingi yoʻnalish "Fintech" - moliyaviy texnologiyalar. Onlayn moliyaviy
xizmatlar PSD2 (The second Payment Servise Dristivе) joriy etilgandan buyon jadal
rivojlanmoqda. Yangi startaplarning yana bir asosiy yoʻnalishi - bu kiberxavfsizlik.
Ushbu kompaniyalar kelajakda onlayn xavfsizlik qanchalik muhimligini tushunib
borishmoqda. Foodtech mahsulotni xaridorlarga yetkazib berish uchun oziq-ovqat
va texnologiyalarni, xususan.
Dunyoda eng yuqori bahoga ega boʻlgan xususiy startap Xitoydan kelgan
Bytedance (Toutiao), uning qiymati $75 mlrdni tashkil etadi. Dunyodagi ikkinchi
eng qimmat startap - bu Didi Chuxing, Xitoydan $56 mlrdlik transport kompaniyasi.
АQSHdan kelgan Stripe kompaniyasi $36 mlrd bilan uchinchi oʻrinni egallab
turibdi va SpaceX $33,3 mlrd bilan 4-oʻrinni egallab turibdi.
Bytedance
Didi Chuxing
Stripe
SpaceX
Airbnb
Kuaishou
75
56
36
33 , 3
18
18
14.4 - rasm.Global miqyosda eng yuqori baholangan xususiy
startaplar.
Баҳоланиши (миллиард $)
Ilmiybaza.uz
?
14.3 1.Xalqaro kapital migratsiyasi harakatini tartibga soluvchi
qanday moliyaviy tashkilotlarni bilasiz?
2.Xorijiy investitsiyalar harakatini tartibga soluvchi qanday
mintaqaviy moliyaviy tashkilotlarni bilasiz?
3.Oʻzbekistonda
xorijiy
investitsiyalarni
jalb
etishning
institutsional asoslari nimalardan iborat?
14.4. Pandemiya sharoitida investitsion startap loyihalarni
moliyalashtirishning ahamiyati va uni rivojlantirishga doir choratadbirlar
samaradorligi
Global inqirozlar har doim yangi texnologiyalarni qabul qilish chizigʻini
tezlashtiradi. COVID-19 Zoom, Slack va Shopify kabi nisbatan yosh investitsion
startaplarni qabul qilishni jarayonini tezlashtirdi. Ularning uchalasi ham yaqinda
ommaviy boʻlgan startaplar edi va endi ular COVID-19 yoshida kompaniyalarni
aloqador va dolzarbligini ta’minlashda muhim rol oʻynaydi.
Investitsion startaplar iqtisodiyoti qariyb $3 tln daromad keltirsa ham,
koronavirus pandemiyasi unga jiddiy ta’sir koʻrsatmoqda . "Startup Genome" ning
va "Global Startup Esosystem Report" ning soʻnggi ma’lumotlariga koʻra: COVID-
19 investitsion startaplar uchun
"ommaviy sekinlashish hodisasi" ni isbotlashi mumkin deb ta’kidlangan.
Pandemiya boshlanishidan oldin ham, investitsion startaplar daromad qiymatning
bir necha foizga sustlashishi kabi asosiy muammolarga duch kelishdi.
Pandemiyaning kutilmagan kelishi hozirgi vaqtda iste’molchilar talabi va
investitsion startaplar uchun venchur kapitalining pasayishiga olib keldi, bu esa
startaplarda band boʻlgan xodimlarning bir qismini ishdan boʻshatilishiga olib keldi.
Ilmiybaza.uz
Venchur kapitali mablagʻlari 2020-yilning dastlabki uch oyida butun dunyo boʻylab
20% ga kamaydi, Xitoyda esa 50% ga tushib ketdi. “Global
Startup Esosystem Report”da aytilishicha, pandemiya boshlangandan beri
dunyodagi investitsion startaplarning 72% ining daromadlari pasaygan va pasayish
oʻrtacha 32% ni tashkil etgan. Faqatgina 12% ida Sezilarli oʻsish kuzatilgan.
14.5-rasm. Covid-19 ning investitsion startap tarmoqlariga ta'siri
-
70
-59
-39
-43
-
30
-19
-22
-14
-80 -70 -60 -50 -40 -30 -20 -10 0
Саёҳа
т ва
туриз
м
Гўзалл
ик ва
мода
Aвтомо
би
лсозлик
Aгтеч
ва неw
фоодл
ар
Сунъи
й
интелле
кт
Ижтимо
ий
тармоқл
ар ва
хабар
алмаши
ш
Ўйинл
ар
Блоcкча
ин ва
крипто
Ilmiybaza.uz
Пасайи
ш
даража
си (%)
-70
-59
-43
-39
-30
-22
-19
-14
Sayohat va turizm daromadining 70% ga pasayishiga olib keldi.
Аvtomobilsozlik 43% pasayishga duch keldi va texnologiya sektori bu davrni
yaxshi oʻtkazgan boʻlsa ham, u hali ham sezilarli moliyaviy ta’sirga duch keldi
(hozirda aksiyalar bozoridagi GameStop tufayli).
Ijtimoiy media va xabar almashish boʻyicha investitsion startaplar oʻz
daromadlarini 22% ga kamaytirdi, Oʻyin 19 foizga kamaydi va Blockchiyn &
Kripto 14 foizga qisqardi. Innovatsiya. Investitsion startaplar iqtisodiy oʻsish
darajasiga hissa qoʻshishi mumkin, chunki u yangiliklar va ixtirolarni taklif qiladi.
Yangi davrlardagi tashkil qilinmagan investitsion startaplar ijodkorlik va ijobiy
raqobatni ragʻbatlantirish uchun zarur boʻlgan yangi gʻoyalarni taklif qilish bilan
oʻz ta’sirini oʻtkazadilar. Yangi innovatsiyalar va gʻoyalar bilan ular jamiyatni
yanada ijodiy va xodimlar ular bilan ishlashda koʻproq qiyinchiliklardan xoli
boʻlishiga imkon boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, startaplar oʻzlari faoliyat
koʻrsatadigan sohalarni rivojlantirishga ham hissa qoʻshadilar. Bu shuni
anglatadiki, agar ular qishloq joylarida qurishsa, bu hududni rivojlantirishi
mumkin. Yangi ish joylari. Аytib oʻtganimizdek, investitsion startaplar yangi ish
oʻrinlarining katta qismini yaratadilar, bu esa uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy
oʻsishga yordam beradi. Koʻplab investitsion startaplar yangi iste’dodlar
Ilmiybaza.uz
havzalarini rivojlantirish uchun tajribali iste’dodlarga qaraganda yangi
bitiruvchilarni yollashni afzal koʻrishadi. Shuning uchun, agar siz uzoq muddatli
yangi ish joylarini ragʻbatlantirishni xohlasangiz, yangi startaplarga mablagʻ
kiritishni oʻylab koʻrishingiz mumkin. Yangi raqobat dinamikasi. Investitsion
startaplar texnologiya yoki ishga yollanish tendensiyalari kabi har qanday
oʻzgarishlarga nisbatan anchamoslashuvchandir. Ular xodimlar ular bilan
ishlashdan mamnun boʻlgan qulayroq ish joyini yaratadilar va shu bilan xodimlarni
yaxshi ishlashga undaydi. Natijada, iqtisodiyot sogʻlom va raqobatdosh boʻlib
qoladi. Jamiyatga ijobiy ta’sir oʻtkazish. Investitsion startap jamiyatda ijodkorlikni
keltirib chiqarishi mumkinligi sababli, ular jamiyatdagi mavjud qadriyatni
oʻzgartirishga va yangi fikrlash tarzini yaratishga hissa qoʻshishi mumkin. Shunga
muvofiq ravishda odamlar oʻzlarining ishi va martaba oʻsishlari uchun yangi
mas’uliyat yuklashlarini anglaydilar. Tadqiqot va rivojlantirish. Investitsion
startaplar tadqiqot va ishlanmalarga yuqori darajada hissa qoʻshishi mumkin,
chunki ular koʻpincha yuqori texnologiyalar va bilimga asoslangan xizmat bilan
shugʻullanadilar. Investitsion startaplarda yangidan-yangi tadqiqotlarni amalga
oshirish mumkin boʻladi. Natijada, startaplar talabalarni yoki tadqiqotchilarni
startapda ishlash orqali oʻz gʻoyalarini amalga oshirishga undashi mumkin
TUSHUNCHA VA IBORALAR
Startap - har qanday yangi boshlangʻich biznes
Venchur kapitali - ( inglizchada «venture» - xavfli, sarguzashtli)
- yangi, oʻsayotgan yoki korxonalar va firmalar bozorida joy egallash uchun
kurashayotgan (yangi boshlanadigan korxonalar) moliyalashtirishga moʻljallangan
va shu sababli xavfning yuqori yoki nisbatan yuqori darajasi bilan bogʻliq boʻlgan
investorlarning kapitali.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar - oʻzga mamlakat residentlari
tomonidan boshqa mamlakat real aktivlariga mablagʻ kiritish, uni tasarruf etish va
ular ishlatilishi ustidan nazorat oʻrnatish. Kapital investitsiyalar - asosiy fondlarni
Ilmiybaza.uz
vujudga keltirish va takror ishlab chiqarish, shuningdek, moddiy ishlab
chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qoʻshiladigan investitsiyalar.
Investitsiya - investor tomonidan biror-bir faoliyatni amalga oshirish uchun
kapital mablagʻlar, sarmoyalarni joriy qilish va foyda olish maqsadida sarf qilish.
Investitsion loyiha - ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan,
texnik-iqtisodiy, biznes-boshqaruv, marketing va ishlab chiqarish rejalari kabi
aspektlar asoslangan, turli moliyaviy manbalar mablagʻlari ishtiroki nazarda
tutilgan kompleks hujjatlar yigʻindisi hisoblanadi.
Investor - qimmatbaho qogʻozlar, masalan, aksiyalarni sotib olish orqali
ma’lum sohani moliyalashtirishga oʻz ulushini qoʻyuvchi yuridik yoki jismoniy
shaxs.
Nazorat savollari.
1.Xalqaro kapital migratsiyasining sabablari nimalardan iborat?
2.Xalqaro kapital migratsiyasi qanday koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi?
3.Xalqaro kapital migratsiyasining qanday shakllari mavjud?
4.Toʻgʻridan-toʻgri va portfel investitsiyalarning farqi nimadan iborat?
5.Toʻgʻridan-goʻgri xorijiy investitsiyalarning keskin oʻsishiking sabablarini
koʻrsating.
6.Xalqaro kapital migratsiyasini tartibga solish zaruriyati nimalardan iborat?
7.Xalqaro kapital migratsiyasi harakatini tartibga soluvchi qanday moliyaviy
tashkil otlarni bilasiz?
8.Xorijiy investitsiyalar harakatini tartibga soluvchi qanday mintakaviy
moliyaviy tashkil otlarni bilasiz?
9.Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning institutsional asoslari
nimalardan iborat?
10.Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar qanday
tarkibga ega?