XALQARO MOLIYA

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

31

File size

Fayl hajmi

99,5 KB


XALQARO MOLIYA
1. Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari
2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi
3. Valyuta kursi va valyuta bozorlari
4. To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari
5. Xalqaro hisob-kitob shakllari va xalqaro kredit.
1.Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari
Xalqaro  moliya  xalqaro  moliya  bozorlari,  xalqaro  bank  faoliyati,  xalqaro
korporatsiyalarning  moliyasi,  qimmatli  qog‘ozlar  portfelini  boshqarish  va  shular  bilan
bog‘liq  munosabatlarni  o‘rganadi.  Bundan  tashqari,  xalqaro  moliya  umumjahon
darajasidagi  moliyaviy  operatsiyalar  va  ularning  o‘zaro  aloqadorligi,  yirik  industrial
davlatlar, rivojlanayotgan yoki o‘tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini
va ulardagi doimiy o‘zgarishlarni tushuntiradi.
“Xalqaro moliya”ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorlari va risklarni
boshqarish, transmilliy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy
urg‘u beriladi. Shuningdek,  xalqaro  moliya  doirasida  dunyo mamlakatlarining  xalqaro
moliya tizimidagi o‘rni, holati, tashqi moliyalashtirish mexanizmi, rivojlanayotgan moliya
bozorlarining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
XX asrning so‘nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, mamlakatlar o‘rtasida
iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishi, milliy xo‘jalik
aloqalarining  integratsiyalashuvi  bilan,  globalizatsiya  jarayonlarining  jadallashuvi  yuz
berdi. Globalizatsiya natijasida jahon xo‘jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan
mamlakatlarning soni ortib bormoqda. 
Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlar yo‘qolishiga, uning
o‘rniga  xalqaro  iqtisodiy  xo‘jalikning  umumiy  iqtisodiy  qonuniyatlari  va  xalqaro
xo‘jalikning funksional aloqalarini tatbiq etilishiga olib kelmoqda. 
Logotip
XALQARO MOLIYA 1. Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari 2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi 3. Valyuta kursi va valyuta bozorlari 4. To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari 5. Xalqaro hisob-kitob shakllari va xalqaro kredit. 1.Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari Xalqaro moliya xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro korporatsiyalarning moliyasi, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish va shular bilan bog‘liq munosabatlarni o‘rganadi. Bundan tashqari, xalqaro moliya umumjahon darajasidagi moliyaviy operatsiyalar va ularning o‘zaro aloqadorligi, yirik industrial davlatlar, rivojlanayotgan yoki o‘tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini va ulardagi doimiy o‘zgarishlarni tushuntiradi. “Xalqaro moliya”ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorlari va risklarni boshqarish, transmilliy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy urg‘u beriladi. Shuningdek, xalqaro moliya doirasida dunyo mamlakatlarining xalqaro moliya tizimidagi o‘rni, holati, tashqi moliyalashtirish mexanizmi, rivojlanayotgan moliya bozorlarining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. XX asrning so‘nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishi, milliy xo‘jalik aloqalarining integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. Globalizatsiya natijasida jahon xo‘jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda. Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlar yo‘qolishiga, uning o‘rniga xalqaro iqtisodiy xo‘jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo‘jalikning funksional aloqalarini tatbiq etilishiga olib kelmoqda.
Mamlakatlar  hayotidagi  globalizatsiya  -  iqtisodiy  munosabatlardagi  tovarlar,
xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora
erkinlashuvi  orqali  namoyon  bo‘lmoqda.  Tashqi  savdo  aloqalari  erkinlashtirilayotgan
mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda. 
Jahon  iqtisodiy  va  moliyaviy  muhitining  shakllanishiga  ta’sir  etgan   sezilarli
o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) 
1957  yili Londonda Britaniya  hukumatining funt  sterling  ustidan  nazorat
o‘rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi;
2) 
1958 yilda dastlab, “Umumiy bozor” deb atalgan  Evropa Iqtisodiy Hamkorligi
(EIH) - hozirgi Evropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi;
3) 
Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga  intilishi (1950
yillardan boshlab). Jahon bozorida Evropa va YAponiya korporatsiyalari faoliyatining
sezilarli o‘sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu
mamlakatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi;
4) 
O‘tgan asrning 60-yillarida YAponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan o‘sishi,
Uzoq SHarq biznes  faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi;
5) 
1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya
inqirozlari,  valyutaning belgilangan kursi tizimidan,  suzuvchi valyuta kurslariga o‘tish;
6) 
1971-1979  yillardagi  birinchi  va  ikkinchi  neft  inqirozlari  jahon  iqtisodiy
tizimiga bosim o‘tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti
(OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi;
7) 
Rivojlanayotgan  mamlakatlarning  1982  yilda  tashqi  qarzlarga  xizmat
ko‘rsatishi bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi;
8) 
1980 yillarda YAponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining
manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi;
9) 
1987  yilda  ettita mamlakatning (“Katta  ettilik”)  Parijda  Luvr  bitimini
imzolashi. Ular o‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy
ravishda  almashtirish  orqali,  kuchsizlanib  borayotgan  dollarni  qo‘llab  -  quvvatlashni
rejalashtirdilar. SHuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat  yuritishni
mo‘ljalladilar;
Logotip
Mamlakatlar hayotidagi globalizatsiya - iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda. Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan sezilarli o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o‘rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi; 2) 1958 yilda dastlab, “Umumiy bozor” deb atalgan Evropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) - hozirgi Evropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi; 3) Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Evropa va YAponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o‘sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi; 4) O‘tgan asrning 60-yillarida YAponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan o‘sishi, Uzoq SHarq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi; 5) 1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga o‘tish; 6) 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim o‘tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi; 7) Rivojlanayotgan mamlakatlarning 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi; 8) 1980 yillarda YAponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi; 9) 1987 yilda ettita mamlakatning (“Katta ettilik”) Parijda Luvr bitimini imzolashi. Ular o‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda almashtirish orqali, kuchsizlanib borayotgan dollarni qo‘llab - quvvatlashni rejalashtirdilar. SHuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mo‘ljalladilar;
10) 
1987 yilda EIH yagona Evropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit
Evropa  bozorini  tashkil  qilishni  rejalashtirilishi.  Bunda,  mazkur  tashkilotning  G‘arbiy
Evropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutildi;
11) 
1989-1992 yillarda SHarqiy Evropa mamlakatlari o‘z siyosiy yo‘nalishlarini
o‘zgartirishi.  Ularning  kommunistik  dunyoqarashdan  ko‘p  partiyaviylikka,  markazdan
rejalashtiriladigan  iqtisodiyotdan  erkin  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishi,  jahondagi  siyosiy,
iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi;
12) 1992 yildan keyin yaxlit Evropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr
oyidan erkin savdo bo‘yicha SHimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993 yilda
Osiyo-tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar, o‘tgan asrning
90 - yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi.
13) Evropa Ittifoqining yagona valyutasi - Evroning muomalaga kiritilishi, xorijiy
valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasi, valyutaviy bitimlar hajmi va ko‘lamiga
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. SHuningdek, evrodagi hosilaviy moliyaviy vositalar hajmi
dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi. 
XXI  asr  bo‘sag‘asida  jahon  iqtisodiyotida  to‘rtta  asosiy  tarkibiy  tendensiyalar
kuzatildi:
Birinchidan, xom  -  ashyo  eksportiga  asoslangan  hamda  sanoati  rivojlangan
mamlakatlar  o‘rtasidagi  munosabatlardagi  o‘zgarishlar.  Xom-ashyo  yetkazib  beruvchi
mamlakatlar  va sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  o‘rtasida  an’anaviy iqtisodiy aloqalar
mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom - ashyo etkazib
beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat
mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
O‘tgan asrning 70-yillarida “Rim klubi” nomi bilan mashhur G‘arbiy Evropa olimlari
“dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi”, deb
bashorat qilgan edilar.
Ushbu mulohazalarga asoslanib ko‘pgina xom-ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar
xom - ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar.
Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining keskin rivojlanishi, xom -
ashyoga bo‘lgan talabning qisqarishiga ta’sir ko‘rsatdi va natijada xom - ashyo bahosining
pasayishi yuz berdi.
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab
Logotip
10) 1987 yilda EIH yagona Evropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit Evropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G‘arbiy Evropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutildi; 11) 1989-1992 yillarda SHarqiy Evropa mamlakatlari o‘z siyosiy yo‘nalishlarini o‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyoqarashdan ko‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi; 12) 1992 yildan keyin yaxlit Evropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan erkin savdo bo‘yicha SHimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993 yilda Osiyo-tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar, o‘tgan asrning 90 - yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi. 13) Evropa Ittifoqining yagona valyutasi - Evroning muomalaga kiritilishi, xorijiy valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasi, valyutaviy bitimlar hajmi va ko‘lamiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. SHuningdek, evrodagi hosilaviy moliyaviy vositalar hajmi dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi. XXI asr bo‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida to‘rtta asosiy tarkibiy tendensiyalar kuzatildi: Birinchidan, xom - ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘zgarishlar. Xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom - ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar. O‘tgan asrning 70-yillarida “Rim klubi” nomi bilan mashhur G‘arbiy Evropa olimlari “dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi”, deb bashorat qilgan edilar. Ushbu mulohazalarga asoslanib ko‘pgina xom-ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar xom - ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining keskin rivojlanishi, xom - ashyoga bo‘lgan talabning qisqarishiga ta’sir ko‘rsatdi va natijada xom - ashyo bahosining pasayishi yuz berdi. Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab
chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi. 
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori
malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib,  nisbatan past malakali mutaxassislarga
talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi - tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes
va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab
qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun,
inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi.
Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi.
Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur’atda o‘sishi
bilan yuz berdi. Xalqaro moliya statistikasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon eksporti hajmi,
1981  yildagi  2000  mlrd.  AQSH  dollaridan  1991  yilda  3447  mlrd.  AQSH  dollari
darajasigacha o‘sgan. SHu vaqt oralig‘ida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd.dan 342
mlrd. AQSH dollariga o‘sdi. 
Bundan tashqari, uchta yetakchi xalqaro moliya bozorlarida ko‘plab xorijiy valyutalar
aylanmasi sezilarli darajada o‘sdi. 1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning
kunlik o‘rtacha aylanmasi 90 mlrd.dan 303 mlrd. AQSH dollarigacha ortdi. SHu davrda
Nyu-Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dan 192 mlrd.ga, Tokioda 48 mlrd.dan 128 mlrd.
AQSH dollariga ortgan.
Xalqaro kreditlar hajmining sezilarli darajada ortishi nafaqat xalqaro ayirboshlash
ko‘lamining ortishi, balki ishlab chiqarish maqsadlaridagi kreditga bo‘lgan talabning ortishi
bilan ham izohlanadi. 1970-yillarga kelib esa, xalqaro xususiy kreditlar joriy to‘lov balansi
defitsitini bevosita va bilvosita moliyatirish uchun ham foydalanila boshlandi. 
Xususiy firmalar bilan bir qatorda, hukumat, davlat tashkilotlari va korxonalari,
xalqaro kredit tashkilotlari yirik qarz oluvchilarga aylandilar. So‘nggi o‘n yillikda xalqaro
kapitallar bozori hisobidan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar yalpi to‘lov balansi
defitsitining qariyb 60 foizi moliyalashtirildi. 1970 - yillarda xalqaro kapitallar bozorining
kengayishi xalqaro likvidlilik va moliyaviy mablag‘larning xalqaro harakatini oshishiga
sabab bo‘ldi. 
1971 yilning  avgustiga  kelib, AQSH  hukumati  oltinning AQSH  dollariga  erkin
konvertilanishini bekor qildi. Bu holat amerika dollarining jahon bo‘ylab keng qo‘llanilishi
va jahon valyutasiga aylanishiga sharoit yaratdi. AQSH hukumatining mazkur qaroridan
Logotip
chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi. Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi - tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi. Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur’atda o‘sishi bilan yuz berdi. Xalqaro moliya statistikasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon eksporti hajmi, 1981 yildagi 2000 mlrd. AQSH dollaridan 1991 yilda 3447 mlrd. AQSH dollari darajasigacha o‘sgan. SHu vaqt oralig‘ida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd.dan 342 mlrd. AQSH dollariga o‘sdi. Bundan tashqari, uchta yetakchi xalqaro moliya bozorlarida ko‘plab xorijiy valyutalar aylanmasi sezilarli darajada o‘sdi. 1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning kunlik o‘rtacha aylanmasi 90 mlrd.dan 303 mlrd. AQSH dollarigacha ortdi. SHu davrda Nyu-Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dan 192 mlrd.ga, Tokioda 48 mlrd.dan 128 mlrd. AQSH dollariga ortgan. Xalqaro kreditlar hajmining sezilarli darajada ortishi nafaqat xalqaro ayirboshlash ko‘lamining ortishi, balki ishlab chiqarish maqsadlaridagi kreditga bo‘lgan talabning ortishi bilan ham izohlanadi. 1970-yillarga kelib esa, xalqaro xususiy kreditlar joriy to‘lov balansi defitsitini bevosita va bilvosita moliyatirish uchun ham foydalanila boshlandi. Xususiy firmalar bilan bir qatorda, hukumat, davlat tashkilotlari va korxonalari, xalqaro kredit tashkilotlari yirik qarz oluvchilarga aylandilar. So‘nggi o‘n yillikda xalqaro kapitallar bozori hisobidan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar yalpi to‘lov balansi defitsitining qariyb 60 foizi moliyalashtirildi. 1970 - yillarda xalqaro kapitallar bozorining kengayishi xalqaro likvidlilik va moliyaviy mablag‘larning xalqaro harakatini oshishiga sabab bo‘ldi. 1971 yilning avgustiga kelib, AQSH hukumati oltinning AQSH dollariga erkin konvertilanishini bekor qildi. Bu holat amerika dollarining jahon bo‘ylab keng qo‘llanilishi va jahon valyutasiga aylanishiga sharoit yaratdi. AQSH hukumatining mazkur qaroridan
so‘ng, bir qator davlatlar valyuta kursining erkin suzish rejimini joriy qilishga kirishib
ketdilar, ayrimlarida qat’iy belgilangan kurs rejimiga qaytish holatlari uchragan bo‘lsada,
bu  holat  vaqtinchalik  xarakter  kasb  etdi.  1973  yilda  esa,  suzish  rejimi  YAmayka
konferensiyasida rasman tan olindi va XVFning a’zo davlatlariga istalgan kurs rejimini
joriy qilish huquqi berildi.
To‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo‘shma korxonalarni tashkil
etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining
ortishi.
XX asrning 70-yillariga kelib, xalqaro moliya sohasida bir qator sifat o‘zgarishlari
yuz berdi va zamonaviy xalqaro valyuta-moliya tizimining shakllanishi va rivojlanishiga
turtki  bo‘ldi.  Xalqaro  kreditlash  hajmi  va  xarakterining  o‘zgarishi  birinchi  galda
Transmilliy korporatsiyalar  faoliyati  bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida, moliyaviy
resurslarning yanada oqilona foydalanilishiga olib keldi. 
Tranmnsmilliy korporatsiyalar o‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing
tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo‘l bilan tovar, xizmat, kapital va
texnologiyalarini  ishlab  chiqarishga  jalb  etib,  ushbu  mamlakatlar  o‘rtasidagi  o‘zaro
harakatlarga  ta’sir  etdi.  Qo‘shma  korxonalar  xalqaro  biznes  integratsiyasining  keng
tarqalgan shakliga aylandi.
Shuningdek,  jahon  iqtisodiyotining  integratsiyalashuv  jarayonlarida  xalqaro
tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur.
O‘tish  davrini  boshdan  kechirayotgan  mamlakatlarning  jahon  bozoriga
integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba’zi milliy bozorlarning ochiq,
ba’zilarining  qattiq  tartibga  solinadigan  bo‘lgan  hozirgi  holati  bilan,  globallashuvning
asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan ko‘rinishni hosil
qilmoqda.
Xalqaro  tovarlar,  xizmatlar  va  kapitallar  almashinuvining  erkinlashish  an’anasi
kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma’lum
instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi - tarkibiy qayta qurish va
inqiroz davrining qiyinchiliklarini engib o‘tish, milliy xavfsizlikni ta’minlash-takror ishlab
chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va xokazo) va mamlakat
mudofaa  qobiliyati  kabi  strategik  sohalarni  moliyaviy  ta’minlash,  shuningdek,  savdo
sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek, byudjet tushumlarini oshirishdan iborat
Logotip
so‘ng, bir qator davlatlar valyuta kursining erkin suzish rejimini joriy qilishga kirishib ketdilar, ayrimlarida qat’iy belgilangan kurs rejimiga qaytish holatlari uchragan bo‘lsada, bu holat vaqtinchalik xarakter kasb etdi. 1973 yilda esa, suzish rejimi YAmayka konferensiyasida rasman tan olindi va XVFning a’zo davlatlariga istalgan kurs rejimini joriy qilish huquqi berildi. To‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo‘shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining ortishi. XX asrning 70-yillariga kelib, xalqaro moliya sohasida bir qator sifat o‘zgarishlari yuz berdi va zamonaviy xalqaro valyuta-moliya tizimining shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Xalqaro kreditlash hajmi va xarakterining o‘zgarishi birinchi galda Transmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida, moliyaviy resurslarning yanada oqilona foydalanilishiga olib keldi. Tranmnsmilliy korporatsiyalar o‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo‘l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarga ta’sir etdi. Qo‘shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi. Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur. O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba’zi milliy bozorlarning ochiq, ba’zilarining qattiq tartibga solinadigan bo‘lgan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda. Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish an’anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma’lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi - tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini engib o‘tish, milliy xavfsizlikni ta’minlash-takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va xokazo) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash, shuningdek, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek, byudjet tushumlarini oshirishdan iborat
bo‘lmoqda.  Amaldagi  bunday  proteksionizm fiskal  muammolarni  hal  etishdan  ko‘ra,
ko‘proq tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi.
Hozirgi  sharoitda  nafaqat  erkin  savdo  g‘oyasi  (erkinlashuv)  bilan  proteksionizm
o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xo‘jalikni jahon xo‘jaligiga
kirish samarasini  maksimal tarzda ta’minlash maqsadida, xo‘jalikni tartibga solishning
yuqoridagi  ikki  instrumentining  optimal  aralashmasidan  foydalanilmoqda.  Bunday
aralashmaning shakl va nisbatlari, ma’lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib
aniqlanadi.
Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  globalizatsiya  bilan  birga,  integratsiya
jarayonlarining  yana  bir  shakli  -  ma’lum  geografik  joylashuvga  asoslangan  hududiy
integratsiya yuz bermoqda.
O‘sib  boruvchi  globallashuv,  hududiylashuv,  iqtisodiyotning  transmilliylashuvi  va
integratsiya  natijasida,  eski  –  davlatlararo  tartibga  solish  mexanizmi  tubdan  o‘zgardi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib,
ko‘pyoqlama tus olmoqda.
Ammo,  “milliy  xo‘jalik  majmui”,  “mamlakatning  milliy  iqtisodiy  manfaatlari”
tushunchalari o‘z ma’nosini saqlab qolmoqda. Milliy xo‘jalik hamon ishlab chiqarish,
almashuv, taqsimot va iste’mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir.
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy
rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona
ko‘chirib  olish,  yoki  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  tavsiya  etiladigan,  iqtisodiy
rivojlanishning  hamma  uchun  umumiy  retseptlarini  qo‘llash,  samarasiz  va  iqtisodiy
vaziyatni izdan chiqarishi mumkin.
Umuman  olganda,  moliyaviy  globallashuv  sharoitida  jahon  xo‘jaligiga
integratsiyalashuvda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tahliliy yondashish va
ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg‘unlashtirish maqsadga
muvofiq sanaladi.
2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi
Qat’iy  belgilangan  paritet  tizimiga  o‘tilgunga  qadar,  ya’ni  oltin  va  oltin  deviz
standarti sharoitida barcha global xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy muammolar xalqaro
konferensiyalarda hal qilinar edi. Boshqacha aytganda, jahon moliya tizimining rivojlanishi
ustidan doimiy monitoring olib boruvchi, uning amal qilish tamoyillarini ishlab chiquvchi
Logotip
bo‘lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko‘ra, ko‘proq tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi. Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g‘oyasi (erkinlashuv) bilan proteksionizm o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xo‘jalikni jahon xo‘jaligiga kirish samarasini maksimal tarzda ta’minlash maqsadida, xo‘jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki instrumentining optimal aralashmasidan foydalanilmoqda. Bunday aralashmaning shakl va nisbatlari, ma’lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globalizatsiya bilan birga, integratsiya jarayonlarining yana bir shakli - ma’lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy integratsiya yuz bermoqda. O‘sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyotning transmilliylashuvi va integratsiya natijasida, eski – davlatlararo tartibga solish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib, ko‘pyoqlama tus olmoqda. Ammo, “milliy xo‘jalik majmui”, “mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari” tushunchalari o‘z ma’nosini saqlab qolmoqda. Milliy xo‘jalik hamon ishlab chiqarish, almashuv, taqsimot va iste’mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir. Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. Umuman olganda, moliyaviy globallashuv sharoitida jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tahliliy yondashish va ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi. 2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi Qat’iy belgilangan paritet tizimiga o‘tilgunga qadar, ya’ni oltin va oltin deviz standarti sharoitida barcha global xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy muammolar xalqaro konferensiyalarda hal qilinar edi. Boshqacha aytganda, jahon moliya tizimining rivojlanishi ustidan doimiy monitoring olib boruvchi, uning amal qilish tamoyillarini ishlab chiquvchi
va mamlakatlarga iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun moliyaviy ko‘mak beruvchi
organlar mavjud emas edi. 1944 yilda AQSHdagi Bretton Vuds konferensiyasida Xalqaro
valyuta fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) tashkil etilishi
xalqaro moliya va valyuta tizimining rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi.
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International
Bank  for  Reconstruction  and  Development)  va  Xalqaro  rivojlanish  assotsiatsiyasini
(International Development Association) qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5
ta  tashkilotni,  xususan,  XTTB,  XRA,  Xalqaro  moliya  korporatsiyasi  (International
Financial  Corporation), Investitsiyalarni  kafolatlash  bo‘yicha  ko‘p  tomonlama agentlik
(Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish
markazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o‘z ichiga oladi.
XTTBga a’zo bo‘ladigan davlatlarning bir vaqtda XVFga a’zo bo‘lishi talab etiladi.
XTTBga a’zolik esa, o‘z navbatida, Jahon banki guruhining boshqa tashkilotlariga a’zo
bo‘lish uchun dastlabki shart-sharoitlardan hisoblanadi.
XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq uning maqsadlari sirasiga
quyidagilar kiradi:
- a’zo davlatlarning milliy iqtisojiyotni tiklash va rivojlantirishga ko‘maklashish;
- kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari va ssudalarida
ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish;
-  jahon  savdosining  muvozanatli  o‘sishini  va  a’zo  davlatlar  to‘lov  balansining
muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash.
XTTBning faoliyati o‘rta daromadli va kreditga layoqatli rivojlanayotgan davlatlarda
ssudalar,  kafolatlar,  riskni  boshqarish  mahsulotlari,  maslahat  xizmatlari  orqali
qashshoqlikni qisqartirishga qaratilgan. 2008 yil 1 yanvar holatiga unga a’zo mamlakatlar
soni 185 tani tashkil etgan.
XTTBning  asosiy  mablag‘lari  hozirgi  kunda  o‘rta  va  uzoq  muddatli  qarz
majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan
shakllanadi.  XTTB  qimmatli  qog‘ozlari  yuqori  kredit  reytingiga  (AAA)  ega  bo‘lib,
dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz oluvchi
davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada to‘lov vositasi
sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi.
XRA  1960  yilda  tashkil  topgan  bo‘lib,  dunyoning  sust  rivojlangan,  qashshoq
Logotip
va mamlakatlarga iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun moliyaviy ko‘mak beruvchi organlar mavjud emas edi. 1944 yilda AQSHdagi Bretton Vuds konferensiyasida Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) tashkil etilishi xalqaro moliya va valyuta tizimining rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi. “Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (International Development Association) qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o‘z ichiga oladi. XTTBga a’zo bo‘ladigan davlatlarning bir vaqtda XVFga a’zo bo‘lishi talab etiladi. XTTBga a’zolik esa, o‘z navbatida, Jahon banki guruhining boshqa tashkilotlariga a’zo bo‘lish uchun dastlabki shart-sharoitlardan hisoblanadi. XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq uning maqsadlari sirasiga quyidagilar kiradi: - a’zo davlatlarning milliy iqtisojiyotni tiklash va rivojlantirishga ko‘maklashish; - kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish; - jahon savdosining muvozanatli o‘sishini va a’zo davlatlar to‘lov balansining muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash. XTTBning faoliyati o‘rta daromadli va kreditga layoqatli rivojlanayotgan davlatlarda ssudalar, kafolatlar, riskni boshqarish mahsulotlari, maslahat xizmatlari orqali qashshoqlikni qisqartirishga qaratilgan. 2008 yil 1 yanvar holatiga unga a’zo mamlakatlar soni 185 tani tashkil etgan. XTTBning asosiy mablag‘lari hozirgi kunda o‘rta va uzoq muddatli qarz majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan shakllanadi. XTTB qimmatli qog‘ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada to‘lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi. XRA 1960 yilda tashkil topgan bo‘lib, dunyoning sust rivojlangan, qashshoq
davlatlariga moliyaviy ko‘mak beradi. 
XRA Kelishuvlar moddasining 1 - moddasiga muvofiq, uning maqsadi iqtisodiy
rivojlanishni rag‘batlantirish, samaradorlikni oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan
a’zo  mamlakatlarda  aholi  turmush  tarzini  oshirish,  shuningdek,  ana’naviy  kreditlarga
nisbatan og‘ir bo‘lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko‘mak berish hisoblanadi.
XRA  foizsiz  kreditlar  va  iqtisodiy  o‘sishni  rag‘batlantirishga  qaratilgan  grantlar
ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish va aholi turmush
tarzini oshirishni ko‘zda tutadi.  XRA moliyaviy yordamlaridan aholi jon boshiga YAIM
ko‘rsatkichi 1025 AQSH dollaridan (2007 moliyaviy yil uchun) kam bo‘lgan davlatlar
foydalanishi  mumkin. Hozirgi  kunda 82 ta mamlakat  XRA  xizmatlaridan foydalanish
huquqiga ega.
XRA kreditlarining qaytarish muddatlari 20, 35 va 40 yilni tashkil etadi, shundan
dastlabki 10 yili imtiyozli davr hisoblanadi va bu davrda asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar
amalga oshirilmaydi. Ta’kidlash lozimki, XRA kreditlariga foiz to‘lanmaydi, biroq xizmat
ko‘rsatish  uchun  kam  miqdordagi  (hozirda  ajratilgan  kredit  summaning  0,75  foizi)
xarajatlar qarz oluvchi tomonidan qoplanadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning bosh
maqsadi rivojlanayotgan davlatlarda xususiy sektor investitsiyalarini qo‘llab - quvvatlash
orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hisoblanadi.
XMK  hukumat  kafolatini  talab  qilmagani  bois,  benefitsiarlarining  kreditga
layoqatliligini sinchkovlik bilan tahlil qiladi. SHuningdek, XMK kreditlarining moliyaviy
shartlari, XTTB va XRA bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada og‘ir hisoblanadi. XMK
kreditlarining  katta  qismi  7-12  yil  muddatga  qat’iy  va  suzuvchi  stavkalarda  turli
valyutalarda ajratiladi.
Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MIGA) 1988 yilda
tashkil etilgan bo‘lib, Jahon banki guruhining eng yosh a’zosi hisoblanadi. Bu tashkilotning
bosh maqsadi - notijorat (siyosiy) risklarga qarshi kafolat berish orqali rivojlanayotgan
davlatlardagi to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalarga ko‘maklashishdir. Bundan tashqari, u
rivojlanayotgan davlatlar hukumatlariga xorijiy investitsiyalarga ko‘maklashish dasturlarini
ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi.
Xalqaro  investitsion  bahslarni  tartibga  solish  markazi  esa,  davlatlar  va  xususiy
investorlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  ishonchni  mustahkamlash  orqali  investitsiya  sohasidagi
Logotip
davlatlariga moliyaviy ko‘mak beradi. XRA Kelishuvlar moddasining 1 - moddasiga muvofiq, uning maqsadi iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, samaradorlikni oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan a’zo mamlakatlarda aholi turmush tarzini oshirish, shuningdek, ana’naviy kreditlarga nisbatan og‘ir bo‘lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko‘mak berish hisoblanadi. XRA foizsiz kreditlar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan grantlar ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish va aholi turmush tarzini oshirishni ko‘zda tutadi. XRA moliyaviy yordamlaridan aholi jon boshiga YAIM ko‘rsatkichi 1025 AQSH dollaridan (2007 moliyaviy yil uchun) kam bo‘lgan davlatlar foydalanishi mumkin. Hozirgi kunda 82 ta mamlakat XRA xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega. XRA kreditlarining qaytarish muddatlari 20, 35 va 40 yilni tashkil etadi, shundan dastlabki 10 yili imtiyozli davr hisoblanadi va bu davrda asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Ta’kidlash lozimki, XRA kreditlariga foiz to‘lanmaydi, biroq xizmat ko‘rsatish uchun kam miqdordagi (hozirda ajratilgan kredit summaning 0,75 foizi) xarajatlar qarz oluvchi tomonidan qoplanadi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning bosh maqsadi rivojlanayotgan davlatlarda xususiy sektor investitsiyalarini qo‘llab - quvvatlash orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hisoblanadi. XMK hukumat kafolatini talab qilmagani bois, benefitsiarlarining kreditga layoqatliligini sinchkovlik bilan tahlil qiladi. SHuningdek, XMK kreditlarining moliyaviy shartlari, XTTB va XRA bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada og‘ir hisoblanadi. XMK kreditlarining katta qismi 7-12 yil muddatga qat’iy va suzuvchi stavkalarda turli valyutalarda ajratiladi. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MIGA) 1988 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Jahon banki guruhining eng yosh a’zosi hisoblanadi. Bu tashkilotning bosh maqsadi - notijorat (siyosiy) risklarga qarshi kafolat berish orqali rivojlanayotgan davlatlardagi to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalarga ko‘maklashishdir. Bundan tashqari, u rivojlanayotgan davlatlar hukumatlariga xorijiy investitsiyalarga ko‘maklashish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi. Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazi esa, davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash orqali investitsiya sohasidagi
bahslarni hal qiladi va muvofiqlashtiradi.
XVFning bosh maqsadi xalqaro valyuta tizimi, ya’ni mamlakatlar o‘rtasida tovar va
xizmatlarning erkin ayirboshlanishiga xizmat qiladigan valyuta kurslari va xalqaro to‘lovlar
tizimi barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. 
Xalqaro valyuta fondi (XFV) kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq,
uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi:
- xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar va hamjihatlik
mexanizmini  ta’minlovchi  doimiy  institut  orqali  xalqaro  valyutaviy  hamkorlikni
rag‘batlantirish;
- xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o‘sishini qo‘llab quvvatlash va shu
orqali bandlik va real daromadlarning etarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy
siyosatning  bosh  maqsadi  sifatida  barcha  a’zo  davlatlar  resurslarining  samaradorligini
oshirishga hissa qo‘shish;
- a’zo davlatlar o‘rtasida joriy bitimlarga doir ko‘p tomonlama to‘lovlar tizimini
tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi
cheklovlarni bekor qilishga ko‘maklashish; 
- a’zolarning umumiy resurslari hisobidan etarlicha xavfsiz asosda mablag‘ bilan
ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish, va shuning asosida ularga to‘lov balansidagi
nomuvofiqliklar(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan chora-
tadbirlarsiz to‘g‘rilash imkonini berish;
-  yuqoridagilarga  muvofiq  a’zo  davlatlarning  xalqaro  to‘lovlar  balanslaridagi
nomuvofiqlik  (muvozanat-sizlik)larning  davomiyligini  qisqartirish  va  uning  darajasini
pasaytirish.
XVFni  tashkil  etish  mobaynida  qat’iy  belgilangan  paritet  tizimining  tamoyillari
shakllantirilgan bo‘lib, ularga valyutalarning oltin paritetiga muvofiq tarzda ularning rasmiy
almashuv kursini o‘rnatish, a’zo mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining valyuta
yo‘lakchasi (1945-1971 yillarda -  ±1 foiz, 1971 - 1973 yillarda –  ±2,25 foiz) doirasida
bo‘lishini ta’minlanishi, oltinning jahon puli funksiyasini saqlanishi bilan birga, AQSH
dollariga  ushbu  funksiyani  bajaruvchi  valyuta  maqomining  berilishi  kabilarni  kiritish
mumkin.
Bretton - Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valyuta yo‘lakchalari bekor
qilindi va valyuta kursining erkin suzish tizimiga o‘tildi. SHuningdek, oltin demonetizatsiya
Logotip
bahslarni hal qiladi va muvofiqlashtiradi. XVFning bosh maqsadi xalqaro valyuta tizimi, ya’ni mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlarning erkin ayirboshlanishiga xizmat qiladigan valyuta kurslari va xalqaro to‘lovlar tizimi barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Xalqaro valyuta fondi (XFV) kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi: - xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valyutaviy hamkorlikni rag‘batlantirish; - xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o‘sishini qo‘llab quvvatlash va shu orqali bandlik va real daromadlarning etarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining samaradorligini oshirishga hissa qo‘shish; - a’zo davlatlar o‘rtasida joriy bitimlarga doir ko‘p tomonlama to‘lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor qilishga ko‘maklashish; - a’zolarning umumiy resurslari hisobidan etarlicha xavfsiz asosda mablag‘ bilan ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish, va shuning asosida ularga to‘lov balansidagi nomuvofiqliklar(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan chora- tadbirlarsiz to‘g‘rilash imkonini berish; - yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to‘lovlar balanslaridagi nomuvofiqlik (muvozanat-sizlik)larning davomiyligini qisqartirish va uning darajasini pasaytirish. XVFni tashkil etish mobaynida qat’iy belgilangan paritet tizimining tamoyillari shakllantirilgan bo‘lib, ularga valyutalarning oltin paritetiga muvofiq tarzda ularning rasmiy almashuv kursini o‘rnatish, a’zo mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining valyuta yo‘lakchasi (1945-1971 yillarda - ±1 foiz, 1971 - 1973 yillarda – ±2,25 foiz) doirasida bo‘lishini ta’minlanishi, oltinning jahon puli funksiyasini saqlanishi bilan birga, AQSH dollariga ushbu funksiyani bajaruvchi valyuta maqomining berilishi kabilarni kiritish mumkin. Bretton - Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valyuta yo‘lakchalari bekor qilindi va valyuta kursining erkin suzish tizimiga o‘tildi. SHuningdek, oltin demonetizatsiya
qilindi, ya’ni oltin standarti, xalqaro hisob - kitoblarda va Markaziy bankning zaxiralarini
shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSH dollarining oltinga erkin
ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan tashqari, har bir mamlakat valyuta kursini rejimini
mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘ldi. 
SHunday bo‘lsada, XVF nizomiga muvofiq, a) mamlakatda moliyaviy va valyuta
siyosati  barqarorligini  qo‘llab-quvvatlash  hamda  Markaziy  bank  tomonidan  valyuta
kursining kuchli tebranishi yuz berganda intervensiyadan foydalanilishi; b) bir tomonlama
ustunlikka ega bo‘lishga qaratilgan valyuta kursining manipulyasiyasidan voz kechish; v)
valyutani tartibga solish va valyuta kursi mexanizmida ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar
haqida  XVFni  zudlik  bilan  xabardor  qilish;  g)  valyutalarni  oltinga  bog‘lab  qo‘yish
tartibidan voz kechish talab etiladi.
XVF  bu  taraqqiyot  instituti  emas,  Kelishuvlar  moddasiga  muvofiq,  qashshoq
mamlakatlarga infratuzilmani shakllantirish, ekport va boshqa sektorlarni diversifikatsiya
qilish yoki ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratmaydi.
Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bo‘lsin, xoh u sust rivojlangan, agar u
kapitallar bozorida qulay shartlarda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish va zaxiralarning
muvofiq darajasini ta’minlash uchun yetarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa,
to‘lov balansi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun moliyaviy yordam so‘rab
XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF Jahon banki va boshqa taraqqiyot agentliklaridan
farqli ravishda loyihalarni moliyalashtirmaydi.
XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga ajratish mumkin:
1. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa mudatli to‘lov balansi muammolarini
bartaraf etishga mo‘ljallangan. XVFning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga
tegishlidir. 1997 yilda XVF Qo‘shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur
dastur kapital hisobraqami bilan bog‘liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlarga
zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko‘zda tutadi. 
2.  Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to‘lov balansi qiyinchiliklariga yuz
tutgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida joriy qilingan bo‘lib, bunda muammolar
qisman  strukturaviy  muammolar  bilan  bog‘liq  va  uni  bartaraf  etish  makroiqtisodiy
nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.
3.  Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi asosida XVF yillik foiz
stavkasi 0,5 foiz va so‘ndirish muddati 10 yil bo‘lgan kreditlarni o‘zining eng qashshoq
Logotip
qilindi, ya’ni oltin standarti, xalqaro hisob - kitoblarda va Markaziy bankning zaxiralarini shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSH dollarining oltinga erkin ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan tashqari, har bir mamlakat valyuta kursini rejimini mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘ldi. SHunday bo‘lsada, XVF nizomiga muvofiq, a) mamlakatda moliyaviy va valyuta siyosati barqarorligini qo‘llab-quvvatlash hamda Markaziy bank tomonidan valyuta kursining kuchli tebranishi yuz berganda intervensiyadan foydalanilishi; b) bir tomonlama ustunlikka ega bo‘lishga qaratilgan valyuta kursining manipulyasiyasidan voz kechish; v) valyutani tartibga solish va valyuta kursi mexanizmida ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar haqida XVFni zudlik bilan xabardor qilish; g) valyutalarni oltinga bog‘lab qo‘yish tartibidan voz kechish talab etiladi. XVF bu taraqqiyot instituti emas, Kelishuvlar moddasiga muvofiq, qashshoq mamlakatlarga infratuzilmani shakllantirish, ekport va boshqa sektorlarni diversifikatsiya qilish yoki ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratmaydi. Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bo‘lsin, xoh u sust rivojlangan, agar u kapitallar bozorida qulay shartlarda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish va zaxiralarning muvofiq darajasini ta’minlash uchun yetarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa, to‘lov balansi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun moliyaviy yordam so‘rab XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF Jahon banki va boshqa taraqqiyot agentliklaridan farqli ravishda loyihalarni moliyalashtirmaydi. XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga ajratish mumkin: 1. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa mudatli to‘lov balansi muammolarini bartaraf etishga mo‘ljallangan. XVFning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga tegishlidir. 1997 yilda XVF Qo‘shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur dastur kapital hisobraqami bilan bog‘liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko‘zda tutadi. 2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to‘lov balansi qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida joriy qilingan bo‘lib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bog‘liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi. 3. Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi asosida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so‘ndirish muddati 10 yil bo‘lgan kreditlarni o‘zining eng qashshoq
a’zo davlatlariga taqdim etadi. Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko‘pchilik qismi shu
kategoriyaga mansubdir. 2005 yilda Ekzogen shoklar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu
dastur  asosida  Qashshoqlikni  qisqartirish  va  iqtisodiy  o‘sish  dasturi  orqali  kredit
olmaydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo‘lgan
shoklar  tufayli  vujudga  keladigan  to‘lov  balansi  muammolarini  bartaraf  etish  uchun
kreditlar taqdim etiladi.
3. Valyuta kursi va valyuta bozorlari
Valyuta  ayirboshlash  kursi  mamlakat  iqtisodiyotini  boshqa  mamlakatlar  bilan
bog‘lovchi asosiy omillardan biridir. 
Bir  valyutaning  boshqa  valyuta  birligidagi  bahosi  valyuta  kursi  deb  ataladi.  U
mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining turmush tarziga ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning
sababi shundaki, birinchidan, valyuta kursining o‘zgarishi mamlakat eksport tovarlarining
raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir qiladi, ikkinchidan, milliy valyuta almashuv kursining
pasayishi import tovarlari va xizmatlarining milliy valyutadagi bahosining oshishiga olib
keladi va shuning asosida aholi xarid quvvatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. 
Valyuta kursi inflyasiyani hisobga olishiga ko‘ra nominal va real almashuv kurslariga
bo‘linadi. 
Nominal ayirboshlash kursi-bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy bahosidir. 
Real ayirboshlash kursi - bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy
bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga
bog‘liq bo‘lib quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
R = e x P / P*
Bunda, e - nominal ayirboshlash kursi, P - bitta mamlakatdagi baholar darajasi, P* -
esa boshqa mamlakatdagi baholar darajasini ifodalaydi. Bunda 
e = R x P* / P
Ma’lumki, milliy valyuta kursining 3 asosiy rejimi mavjud:
1. Erkin suzish rejimi.
2. Qat’iy belgilangan kurs rejimi.
3. Boshqariladigan suzish rejimi.
Agar milliy valyutaning kursi erkin tarzda valyuta bozorida talab va taklif asosida
shakllansa, bu erkin suzib yuruvchi kurs rejimini anglatadi. Bunda mamlakat Markaziy
Logotip
a’zo davlatlariga taqdim etadi. Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko‘pchilik qismi shu kategoriyaga mansubdir. 2005 yilda Ekzogen shoklar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi orqali kredit olmaydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo‘lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to‘lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi. 3. Valyuta kursi va valyuta bozorlari Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan bog‘lovchi asosiy omillardan biridir. Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi valyuta kursi deb ataladi. U mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining turmush tarziga ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, valyuta kursining o‘zgarishi mamlakat eksport tovarlarining raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir qiladi, ikkinchidan, milliy valyuta almashuv kursining pasayishi import tovarlari va xizmatlarining milliy valyutadagi bahosining oshishiga olib keladi va shuning asosida aholi xarid quvvatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Valyuta kursi inflyasiyani hisobga olishiga ko‘ra nominal va real almashuv kurslariga bo‘linadi. Nominal ayirboshlash kursi-bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy bahosidir. Real ayirboshlash kursi - bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga bog‘liq bo‘lib quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: R = e x P / P* Bunda, e - nominal ayirboshlash kursi, P - bitta mamlakatdagi baholar darajasi, P* - esa boshqa mamlakatdagi baholar darajasini ifodalaydi. Bunda e = R x P* / P Ma’lumki, milliy valyuta kursining 3 asosiy rejimi mavjud: 1. Erkin suzish rejimi. 2. Qat’iy belgilangan kurs rejimi. 3. Boshqariladigan suzish rejimi. Agar milliy valyutaning kursi erkin tarzda valyuta bozorida talab va taklif asosida shakllansa, bu erkin suzib yuruvchi kurs rejimini anglatadi. Bunda mamlakat Markaziy
banki milliy valyuta kursining ma’lum holati uchun javob bermaydi. Bu kurs rejimi erkin
ayirboshlanadigan barcha zaxira valyutalariga tegishli. SHunday mamlakatlar borki, ularda
joriy operatsiyalar bo‘yicha valyutaviy cheklovlar bekor qilingan, ammo boshqariladigan
suzish rejimi qo‘llaniladi. 
Bunday davlatlarga misol qilib Meksika, Quvayt, BAA kabi davlatlarni ko‘rsatish
mumkin.  Lekin  bu  holat  valyutalarning  almashinish  sharti  bilan  rejimi  o‘rtasidagi
aloqadorlikni inkor etish uchun etarli emas.
Qat’iy belgilangan kurs rejimida mamlakatning milliy valyuta kursi xorijiy valyutaga
nisbatan ma’lum nisbatda o‘rnatiladi va Markaziy bank kursning belgilangan nisbati uchun
javob  beradi.  Ammo  qat’iy  belgilangan  valyuta  kurslari  valyuta  operatsiyalarini  keng
ko‘lamda rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, lekin uning iqtisodiyotga ijobiy jihatlari ham bor.
Ana shunday ijobiy jihatlaridan biri shundaki, qat’iy belgilangan kurs rejimida valyuta riski
muammosi chuqurlashmaydi. 
70 - yilning o‘rtalaridan boshlab markaziy banklarning kurs siyosatida o‘zgarishlar
paydo bo‘ldi. Rasman erkin suzish rejimini tan olgan markaziy banklar (Avstriya, Italiya
markaziy banklari va boshqalar) valyuta kursiga ta’sir qilish uchun valyuta intervensiyasini
tez-tez amalga oshira boshladilar. Bu holat XVF ekspertlari tomonidan “boshqariladigan
suzish”  degan nomni oldi.
Valyuta bozori-bu xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklif to‘qnash keladigan
bozordir. Valyuta bozori pul bozorining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul bozori esa, o‘z
navbatida, kapitallar bozori bilan birgalikda moliya bozorini tashkil etadi.
Valyuta  bozori,  shuningdek,  tashkiliy  va  tashkiliy-texnik  nuqtai-nazardan  ham
qaralishi mumkin. Tashkiliy nuqtai-nazardan valyuta bozori talab va taklif asosida valyuta
va  valyutaviy  qiymatliklarni  sotib  olish  va  sotish  bo‘yicha  operatsiyalar  amalga
oshiriladigan rasmiy moliyaviy markazlar sifatida o‘zini namoyon qiladi. Tashkiliy - texnik
nuqtai-nazardan  valyuta  bozori  turli  mamlakatlardagi  banklar  va  birjalarni  bog‘lovchi
zamonaviy telekommunikatsiya vositalari majmuini anglatadi.
Valyuta bozorlarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash mumkin:
1) yoyilish ko‘lamiga qarab: xalqaro va milliy valyuta bozorlari;
2) valyutaviy cheklovlarga nisbatan: erkin va erkin bo‘lmagan valyuta bozorlari;
3) valyuta kurslari turiga ko‘ra: bir rejimli va turli rejimli valyuta bozorlari;
4) tashkiliy darajasiga ko‘ra: birja va birjadan tashqari valyuta bozori.
Logotip
banki milliy valyuta kursining ma’lum holati uchun javob bermaydi. Bu kurs rejimi erkin ayirboshlanadigan barcha zaxira valyutalariga tegishli. SHunday mamlakatlar borki, ularda joriy operatsiyalar bo‘yicha valyutaviy cheklovlar bekor qilingan, ammo boshqariladigan suzish rejimi qo‘llaniladi. Bunday davlatlarga misol qilib Meksika, Quvayt, BAA kabi davlatlarni ko‘rsatish mumkin. Lekin bu holat valyutalarning almashinish sharti bilan rejimi o‘rtasidagi aloqadorlikni inkor etish uchun etarli emas. Qat’iy belgilangan kurs rejimida mamlakatning milliy valyuta kursi xorijiy valyutaga nisbatan ma’lum nisbatda o‘rnatiladi va Markaziy bank kursning belgilangan nisbati uchun javob beradi. Ammo qat’iy belgilangan valyuta kurslari valyuta operatsiyalarini keng ko‘lamda rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, lekin uning iqtisodiyotga ijobiy jihatlari ham bor. Ana shunday ijobiy jihatlaridan biri shundaki, qat’iy belgilangan kurs rejimida valyuta riski muammosi chuqurlashmaydi. 70 - yilning o‘rtalaridan boshlab markaziy banklarning kurs siyosatida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Rasman erkin suzish rejimini tan olgan markaziy banklar (Avstriya, Italiya markaziy banklari va boshqalar) valyuta kursiga ta’sir qilish uchun valyuta intervensiyasini tez-tez amalga oshira boshladilar. Bu holat XVF ekspertlari tomonidan “boshqariladigan suzish” degan nomni oldi. Valyuta bozori-bu xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklif to‘qnash keladigan bozordir. Valyuta bozori pul bozorining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul bozori esa, o‘z navbatida, kapitallar bozori bilan birgalikda moliya bozorini tashkil etadi. Valyuta bozori, shuningdek, tashkiliy va tashkiliy-texnik nuqtai-nazardan ham qaralishi mumkin. Tashkiliy nuqtai-nazardan valyuta bozori talab va taklif asosida valyuta va valyutaviy qiymatliklarni sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladigan rasmiy moliyaviy markazlar sifatida o‘zini namoyon qiladi. Tashkiliy - texnik nuqtai-nazardan valyuta bozori turli mamlakatlardagi banklar va birjalarni bog‘lovchi zamonaviy telekommunikatsiya vositalari majmuini anglatadi. Valyuta bozorlarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash mumkin: 1) yoyilish ko‘lamiga qarab: xalqaro va milliy valyuta bozorlari; 2) valyutaviy cheklovlarga nisbatan: erkin va erkin bo‘lmagan valyuta bozorlari; 3) valyuta kurslari turiga ko‘ra: bir rejimli va turli rejimli valyuta bozorlari; 4) tashkiliy darajasiga ko‘ra: birja va birjadan tashqari valyuta bozori.
Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta bozorlarini qamrab
olib, pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, kapitalning qayta taqsimlanishini, xalqaro
to‘lov aylanmasida keng foydalaniladigan valyutalar bilan operatsiyalarni ta’minlaydi. 
Hozirgi paytda jahon valyuta bozorlari sifatida Osiyo (markazlari-Tokio, Gongkong,
Singapur, Melburn), Evropa (markazlari-London, Frankfurt-na-Mayne,ssyurix) va Amerika
(markazlari-Nyu-York, CHikago, Los Anjeles) bozorlari ajratib ko‘rsatiladi.
Milliy valyuta bozori – bu, birinchidan, bir davlatning valyuta bozori, ya’ni ushbu
davlat hududida amal qiladi; ikkinchidan, mazkur davlat hududida joylashgan banklar
tomonidan mijozlariga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshiriladigan
operatsiyalar majmuidan iborat bo‘ladi.
Milliy  valyuta  bozorlari  mamlakat  ichkarisida  pul  oqimlarining  harakatini
ta’minlaydi va jahon moliya bozorlari bilan aloqalarga xizmat qiladi.
Valyutaning  konvertirlanishi  umuman  ta’minlanmagan  sharoitda  milliy  valyuta
bozori  samarali  faoliyat  ko‘rsata  olmaydi.  Konvertirlikka  ega  bo‘lmagan  pul  birligi
faqatgina davlatlararo munosabatlarda shartli hisob-kitob vositasi sifatida foydalanilishi
mumkin. Bunday  sharoitda  “qora”  bozorda  “xufyona” kurs,  ya’ni  xorijiy valyutaning
rasmiy konvertirlik bo‘lmagan sharoitdagi bozor bahosi shakllanishi mumkin.
Erkin valyuta bozori hech qanday valyutaviy cheklovlarsiz amal qilgani holda, erkin
bo‘lmagan valyuta bozorida valyutaviy cheklovlar mavjud bo‘ladi.
Bir rejimli valyuta bozori - bu valyuta kursining erkin suzish rejimi amal qiladigan
bozor bo‘lib, undagi kotirovkalar birja savdolarida talab va taklif asosida o‘rnatiladi.
Bunday  valyuta  bozori  uzoq  yillar  mobaynida  barqaror  iqtisodiy  rivojlanishning
ta’minlanishi,  shuningdek,  valyutani  tartibga  solish  va  valyutaviy  nazoratning  bozor
mexanizmiga xos shakllarini qo‘llanishi uchun etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda
shakllanadi.
Turli rejimli valyuta bozori-bu ko‘p pog‘onali valyuta kurslari rejimiga ega bo‘lgan
bozordir. Ushbu valyuta bozori davlatning kapital harakatini tartibga solishga qaratilgan
maqsadlariga xizmat qiladi va ssuda kapitali bozorining mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan
ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon beradi.
Birja valyuta bozori – valyuta birjalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan tashkiliy
bozordir. Valyuta birjasi - bu valyuta va xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar savdolarini
tashkil qiluvchi tashkilotdir. U tijorat tashkiloti emas, ya’ni uning faoliyati yuqori foyda
Logotip
Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta bozorlarini qamrab olib, pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, kapitalning qayta taqsimlanishini, xalqaro to‘lov aylanmasida keng foydalaniladigan valyutalar bilan operatsiyalarni ta’minlaydi. Hozirgi paytda jahon valyuta bozorlari sifatida Osiyo (markazlari-Tokio, Gongkong, Singapur, Melburn), Evropa (markazlari-London, Frankfurt-na-Mayne,ssyurix) va Amerika (markazlari-Nyu-York, CHikago, Los Anjeles) bozorlari ajratib ko‘rsatiladi. Milliy valyuta bozori – bu, birinchidan, bir davlatning valyuta bozori, ya’ni ushbu davlat hududida amal qiladi; ikkinchidan, mazkur davlat hududida joylashgan banklar tomonidan mijozlariga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo‘ladi. Milliy valyuta bozorlari mamlakat ichkarisida pul oqimlarining harakatini ta’minlaydi va jahon moliya bozorlari bilan aloqalarga xizmat qiladi. Valyutaning konvertirlanishi umuman ta’minlanmagan sharoitda milliy valyuta bozori samarali faoliyat ko‘rsata olmaydi. Konvertirlikka ega bo‘lmagan pul birligi faqatgina davlatlararo munosabatlarda shartli hisob-kitob vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday sharoitda “qora” bozorda “xufyona” kurs, ya’ni xorijiy valyutaning rasmiy konvertirlik bo‘lmagan sharoitdagi bozor bahosi shakllanishi mumkin. Erkin valyuta bozori hech qanday valyutaviy cheklovlarsiz amal qilgani holda, erkin bo‘lmagan valyuta bozorida valyutaviy cheklovlar mavjud bo‘ladi. Bir rejimli valyuta bozori - bu valyuta kursining erkin suzish rejimi amal qiladigan bozor bo‘lib, undagi kotirovkalar birja savdolarida talab va taklif asosida o‘rnatiladi. Bunday valyuta bozori uzoq yillar mobaynida barqaror iqtisodiy rivojlanishning ta’minlanishi, shuningdek, valyutani tartibga solish va valyutaviy nazoratning bozor mexanizmiga xos shakllarini qo‘llanishi uchun etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda shakllanadi. Turli rejimli valyuta bozori-bu ko‘p pog‘onali valyuta kurslari rejimiga ega bo‘lgan bozordir. Ushbu valyuta bozori davlatning kapital harakatini tartibga solishga qaratilgan maqsadlariga xizmat qiladi va ssuda kapitali bozorining mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon beradi. Birja valyuta bozori – valyuta birjalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan tashkiliy bozordir. Valyuta birjasi - bu valyuta va xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar savdolarini tashkil qiluvchi tashkilotdir. U tijorat tashkiloti emas, ya’ni uning faoliyati yuqori foyda
olishga qaratilmagan. 
Birjadan tashqari valyuta bozori mohiyatiga ko‘ra banklararo valyuta bozori bo‘lib,
uning tashkilotchilari  dilerlar hisoblanadi.  Birjadan tashqari  valyuta bozorida quyidagi
operatsiyalar amalga oshiriladi:
- xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari;
- naqd xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan valyuta-almashuv operatsiyalari;
- forvard operatsiyalari;
- valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari.
Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun vakolatli
banklar o‘z resurslari va jalb qilingan valyuta mablag‘laridan foydalanishlari mumkin.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo‘lib, tashqi savdo bo‘yicha xalqaro
hisob - kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet
el  valyutasini  oldi  -  sotdi  qilish  bilan  bog‘liq  boshqa  hisob  -  kitob  operatsiyalari
hisoblanadi. 
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun ob’yektiv asos bo‘lib, tashqi savdo,
kapitallar va kreditlarning harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi
eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo‘ladi.
Valyuta  operatsiyalarining  keng  ko‘lamda  rivojlanishi  tijorat   banklariga  ushbu
bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkoniyat tug‘diradi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab
chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Demak, mamlakatlar
o‘rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.  
Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  valyuta  bozorlarining  ahamiyati  milliy
iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuviga xizmat qilishida namoyon
bo‘ladi.
4. To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari
Mamlakat to‘lov balansining holati bugungi kunda nafaqat mamlakatning xalqaro
operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy hujjat, balki ushbu mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik
darajasi, uning iqtisodiy - geografik va investitsion imkoniyatlari, oltin - valyuta zaxiralari
va  mavjud  valyuta  munosabatlarining  qay  darajada  ekanligi  hamda  xalqaro
raqobatbardoshligi  haqida  aniq  xulosalar  shakllantirish  imkonini  beruvchi  iqtisodiy
Logotip
olishga qaratilmagan. Birjadan tashqari valyuta bozori mohiyatiga ko‘ra banklararo valyuta bozori bo‘lib, uning tashkilotchilari dilerlar hisoblanadi. Birjadan tashqari valyuta bozorida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi: - xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari; - naqd xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan valyuta-almashuv operatsiyalari; - forvard operatsiyalari; - valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun vakolatli banklar o‘z resurslari va jalb qilingan valyuta mablag‘laridan foydalanishlari mumkin. Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo‘lib, tashqi savdo bo‘yicha xalqaro hisob - kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi - sotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob - kitob operatsiyalari hisoblanadi. Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun ob’yektiv asos bo‘lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo‘ladi. Valyuta operatsiyalarining keng ko‘lamda rivojlanishi tijorat banklariga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkoniyat tug‘diradi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Demak, mamlakatlar o‘rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuviga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. 4. To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari Mamlakat to‘lov balansining holati bugungi kunda nafaqat mamlakatning xalqaro operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy hujjat, balki ushbu mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, uning iqtisodiy - geografik va investitsion imkoniyatlari, oltin - valyuta zaxiralari va mavjud valyuta munosabatlarining qay darajada ekanligi hamda xalqaro raqobatbardoshligi haqida aniq xulosalar shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy
kategoriya hisoblanadi.
To‘lov  balansi  bu  shunday  hujjatki,  unda  mamlakatning  xorijiy  davlatlar  bilan
bo‘ladigan  aloqalari  natijasida  yuzaga  keladigan  valyuta  tushumlari  va  to‘lovlarining
haqiqatdagi summasi  aks ettiriladi. To‘lov balansi- a’lum vaqt oralig‘ida rezidentlar va
norezidentlar o‘rtasidagi barcha o‘tkazmalarning o‘lchovidir.
To‘lov balansining standart komponentlari  hisobvaraqlarning ikki asosiy guruhi
bo‘yicha ajratilishi mumkin:
-joriy operatsiyalar hisobvarag‘i, unda tovarlar, xizmatlar, olingan daromadlar va
joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy bitimlar hisobga olinadi;
-kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobvarag‘i, unda
kapital transfertlari, nomoliyaviy aktivlarni sotib olish, shuningdek, moliyaviy talablar va
majburiyatlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobga olinadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda to‘lov balansi moddalarining uch asosiy analitik guruhlari
ajratib ko‘rsatiladi:
1) savdo balansi;
2) joriy operatsiyalar balansi;
3) umumiy to‘lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi.
Joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining muhim tarkibiy qismi - bu savdo balansi bo‘lib,
tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi farqni ifoda etadi. Savdo balansining o‘zgarishi
turlicha  talqin  qilinishi  mumkin.  Masalan,  eksportning  importdan  oshishi  mamlakat
tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan izohlanadi. 
Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport tovarlarini xarid qilsa, shuningdek,
uning rezidentlari mahalliy tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak xulosa qilish
mumkinki,  mamlakat  iqtisodiyotining  holati  yaxshi  hisoblanadi.  Aksincha,  savdo
balansining defitsiti mazkur mamlakat eksport tovarlarining etarli darajada raqobatbardosh
emasligi va aholi turmush tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko‘rish lozimligidan
dalolat berishi mumkin. 
Bunday tahlil agar savdo balansidagi o‘zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga
bo‘lgan talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga muvofiq sanaladi.
Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri ham sezilarli bo‘lishi mumkin. 
Jumladan,  qulay  investitsion  muhit  mamlakatga  xorijiy  investitsiyalar  oqimini
rag‘batlantirish bilan birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham
Logotip
kategoriya hisoblanadi. To‘lov balansi bu shunday hujjatki, unda mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va to‘lovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. To‘lov balansi- a’lum vaqt oralig‘ida rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi barcha o‘tkazmalarning o‘lchovidir. To‘lov balansining standart komponentlari hisobvaraqlarning ikki asosiy guruhi bo‘yicha ajratilishi mumkin: -joriy operatsiyalar hisobvarag‘i, unda tovarlar, xizmatlar, olingan daromadlar va joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy bitimlar hisobga olinadi; -kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobvarag‘i, unda kapital transfertlari, nomoliyaviy aktivlarni sotib olish, shuningdek, moliyaviy talablar va majburiyatlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobga olinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda to‘lov balansi moddalarining uch asosiy analitik guruhlari ajratib ko‘rsatiladi: 1) savdo balansi; 2) joriy operatsiyalar balansi; 3) umumiy to‘lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi. Joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining muhim tarkibiy qismi - bu savdo balansi bo‘lib, tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi farqni ifoda etadi. Savdo balansining o‘zgarishi turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, eksportning importdan oshishi mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan izohlanadi. Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport tovarlarini xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak xulosa qilish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati yaxshi hisoblanadi. Aksincha, savdo balansining defitsiti mazkur mamlakat eksport tovarlarining etarli darajada raqobatbardosh emasligi va aholi turmush tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko‘rish lozimligidan dalolat berishi mumkin. Bunday tahlil agar savdo balansidagi o‘zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga bo‘lgan talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri ham sezilarli bo‘lishi mumkin. Jumladan, qulay investitsion muhit mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantirish bilan birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham
ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi defitsitini yuzaga keltiradi,
lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Joriy operatsiyalar  balansi  kengroq axborotni  o‘zida  jamlab, tovar  va  xizmatlar
harakati bilan bog‘liq aktivlar oqimini aks ettiradi. Joriy operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo
tovar,  xizmat  va  xadyalar  harakati  bo‘yicha  kredit  debetdan  yuqoriligini  anglatadi.
Boshqacha aytganda, ijobiy saldo mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan netto investor
hisoblanadi.  Aksincha  joriy  operatsiyalar  bo‘yicha  defitsit  mamlakatning  sof  qarzdor
ekanligidan dalolat beradi.
Merkantilistlar  iqtisodiy  maktabining  konsepsiyasiga  muvofiq,  muvozanat  joriy
operatsiyalar  balansi  atamasida  aniqlangan.  Bunda  ta’kidlab  o‘tilgan  saldo  kapitallar
harakati, mamlakat oltin-valyuta zaxiralaridagi o‘zgarishlarni hisobga olmagan. SHunday
qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy siyosatning maqsadi joriy
operatsiyalar hisobvarag‘i bo‘yicha ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning asosida,
mamlakatda oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bo‘ladi.
Joriy  operatsiyalar  balansi  defitsitining  uzoq  muddatli  xorijiy  kapital  hisobidan
moliyalashtirilishi  muvozanat  mezoni  sifatida  to‘lov  balansining  umumiy  saldosi
tushunchasining paydo bo‘lishiga olib keldi.
To‘lov balansining  davlat  tomonidan  tartibga  solishning zarurligi  quyidagi
sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, to‘lov balansiga muvozanatsizlik xos bo‘lib, bu holat yoki defitsit, yoki
haddan tashqari aktiv qoldiq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu nomutanosiblik valyuta
kursi dinamikasiga, kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, AQSH, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida,
inflyasiyani boshqa davlatlarga eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi
dollar ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70 -yillarida Bretton-vuds tizimining
izdan chiqishiga olib keldi.
Ikkinchidan, XX asrning  30-yillarida oltin - deviz standarti  joriy qilingandan so‘ng,
to‘lov balansini muvozanatlashtirishning baho mexanizmi ish bermay qo‘ydi. SHu sababli
ham, to‘lov balansini davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga
muvofiq bo‘lib qoldi.
Uchinchidan, xo‘jalik  aloqalari   tobora  globallashib  borayotgan  hozirgi  davrda,
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida to‘lov balansining roli borgan sari
Logotip
ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi defitsitini yuzaga keltiradi, lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni o‘zida jamlab, tovar va xizmatlar harakati bilan bog‘liq aktivlar oqimini aks ettiradi. Joriy operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo tovar, xizmat va xadyalar harakati bo‘yicha kredit debetdan yuqoriligini anglatadi. Boshqacha aytganda, ijobiy saldo mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy operatsiyalar bo‘yicha defitsit mamlakatning sof qarzdor ekanligidan dalolat beradi. Merkantilistlar iqtisodiy maktabining konsepsiyasiga muvofiq, muvozanat joriy operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan. Bunda ta’kidlab o‘tilgan saldo kapitallar harakati, mamlakat oltin-valyuta zaxiralaridagi o‘zgarishlarni hisobga olmagan. SHunday qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy siyosatning maqsadi joriy operatsiyalar hisobvarag‘i bo‘yicha ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning asosida, mamlakatda oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bo‘ladi. Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy kapital hisobidan moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida to‘lov balansining umumiy saldosi tushunchasining paydo bo‘lishiga olib keldi. To‘lov balansining davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi: Birinchidan, to‘lov balansiga muvozanatsizlik xos bo‘lib, bu holat yoki defitsit, yoki haddan tashqari aktiv qoldiq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga, kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, AQSH, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida, inflyasiyani boshqa davlatlarga eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70 -yillarida Bretton-vuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi. Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin - deviz standarti joriy qilingandan so‘ng, to‘lov balansini muvozanatlashtirishning baho mexanizmi ish bermay qo‘ydi. SHu sababli ham, to‘lov balansini davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga muvofiq bo‘lib qoldi. Uchinchidan, xo‘jalik aloqalari tobora globallashib borayotgan hozirgi davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida to‘lov balansining roli borgan sari
ortib bormoqda.  To‘lov balansini  muvozanatlashtirish vazifasi - davlatning barqaror
iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, inflyasiyani jilovlab turish va ishsizlikni kamaytirish kabi
vazifalar bilan bir qatorda e’tirof etilmoqda.
To‘lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha ichki va tashqi omillarning
to‘lov balansiga ta’sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo‘lgan davlatlar,
xalqaro hisob-kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikni mavjud
bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi. 
Defitsitli to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlar esa, aktiv balansga ega bo‘lgan o‘z
hamkorlaridan import bo‘yicha cheklovlarni kamaytirish, mazkur mamlakatlarga kapital
chiqarilishini rag‘batlantirish kabilarni talab qiladi.
To‘lov  balansida  defitsit  mavjud  bo‘lgan  davlatlar 
tomonidan,  eksportni
rag‘batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga,
kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi: 
Deflyasion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga yo‘naltirilgan holda, o‘z
ichiga  byudjet  mablag‘larini  aholi  ehtiyojlariga  kamroq  sarflash,  baholarni  va  ish
haqlarini  muzlatish  kabilarni  qamrab oladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri bo‘lib,
moliyaviy va pul - kredit choralari hisoblanadi: byudjet defitsitini kamaytirish, Markaziy
bankning  hisob  stavkalarini  o‘zgartirishi  (diskont  siyosati);  kredit  cheklovlari;  pul
muassasining o‘sib borishiga chegara qo‘yish. 
Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichi va to‘la foydalanilmayotgan ishlab
chiqarish  quvvatlari  sharoitida  deflyasiya  siyosatini  qo‘llash,  ishlab  chiqarish  va
bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining turmush darajasiga sezilarli
salbiy ta’sir ko‘rsatib, vaziyatni yumshatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar qo‘llanilmasa,
ijtimoiy  nizolar keltirib chiqarishi mumkin.
Devalvatsiya. Bu milliy valyuta kursining  pasaytirilishidir. Bu tadbir milliy eksportni
rag‘batlantirish  va  importni  jilovlash  bilan  bog‘liq  maqsadlarda   amalga  oshiriladi.
Ammo, to‘lov balansini tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni o‘tkazish tartiblari va
ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog‘liq
bo‘ladi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh tovarlarning eksport salohiyati va jahon
bozoridagi  qulay  vaziyatlarning  mavjudligi  sharoitidagina  tovarlar  eksportini
rag‘batlantirishi mumkin. 
Devalvatsiyaning importni cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni cheklash
Logotip
ortib bormoqda. To‘lov balansini muvozanatlashtirish vazifasi - davlatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, inflyasiyani jilovlab turish va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e’tirof etilmoqda. To‘lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha ichki va tashqi omillarning to‘lov balansiga ta’sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo‘lgan davlatlar, xalqaro hisob-kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikni mavjud bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi. Defitsitli to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlar esa, aktiv balansga ega bo‘lgan o‘z hamkorlaridan import bo‘yicha cheklovlarni kamaytirish, mazkur mamlakatlarga kapital chiqarilishini rag‘batlantirish kabilarni talab qiladi. To‘lov balansida defitsit mavjud bo‘lgan davlatlar tomonidan, eksportni rag‘batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi: Deflyasion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga yo‘naltirilgan holda, o‘z ichiga byudjet mablag‘larini aholi ehtiyojlariga kamroq sarflash, baholarni va ish haqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri bo‘lib, moliyaviy va pul - kredit choralari hisoblanadi: byudjet defitsitini kamaytirish, Markaziy bankning hisob stavkalarini o‘zgartirishi (diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining o‘sib borishiga chegara qo‘yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichi va to‘la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida deflyasiya siyosatini qo‘llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatib, vaziyatni yumshatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, ijtimoiy nizolar keltirib chiqarishi mumkin. Devalvatsiya. Bu milliy valyuta kursining pasaytirilishidir. Bu tadbir milliy eksportni rag‘batlantirish va importni jilovlash bilan bog‘liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo, to‘lov balansini tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni o‘tkazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh tovarlarning eksport salohiyati va jahon bozoridagi qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag‘batlantirishi mumkin. Devalvatsiyaning importni cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni cheklash
bo‘yicha keskin choralar qo‘llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib chiqadi. Shundan
kelib chiqib aytish mumkinki, hamma mamlakatlarda ham import o‘rnini bosuvchi tovarlar
ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi.
Devalvatsiya  importni  cheklashi  bilan,  mamlakat  ichida  tovarlar  ishlab  chiqarish
xarajatlari  ortishiga,  narxlarning  ko‘tarilishiga  va  oqibatda,  tashqi  bozorlarda
raqobatbardoshlik  qobiliyatining  yo‘qolishiga  olib  keladi.  SHuning  uchun,  bu  tadbir
mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u to‘lov balansining defitsitini
keltirib chiqaruvchi sabablarni to‘liq bartaraf etishga qodir emas. 
Kutilgan natijani olish uchun, devalvatsiya yetarli darajada bo‘lishi zarur. Aks holda, u
valyuta spekulyasiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini qaytadan ko‘rib chiqishga majbur
qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil
dollarning  7,89  foizga  devalvatsiya  qilinishi,  ushbu  valyutalarga  bo‘lgan  spekulyativ
tazyiqni yo‘q qila olmadi. Devalvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda o‘zi kutgan
ustuvorlikka  ega  bo‘la  olmasligi  mumkin.  CHunki,  suzib  yuruvchi  kurs  rejimining
qo‘llanilishi to‘lov balansini muvozanatlashtirish imkonini bermasligi mumkin. 
Valyuta  cheklovlari. Ushbu  tadbir  eksport  qiluvchilarning  xorijiy  valyutalardagi
tushumlaridan  foydalanishni  cheklash,  xorijiy  valyutani  import  qiluvchilarga  sotishni
litsenziyalash  orqali  amalga  oshiriladi.  Shuningdek,  u  valyuta  operatsiyalarini  maxsus
ruxsatnomaga ega bo‘lgan banklarda amalga oshirilishi hamda to‘lov balansidagi defitsitni
kamaytirish  maqsadida,  kapital  eksportini   chegaralash  va  uning   oqib   kelishini
rag‘batlantirish, tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi sifatida ham
e’tirof etiladi. 
XX  asrning  70-yillari  oxiri  80-yillarining  boshlarida  joriy  operatsiyalar  bo‘yicha
yuritilayotgan siyosatning erkinlashuviga qaramasdan, konvertirlanadigan valyutaga ega
bo‘lgan mamlakatlarning deyarli 90 foizida  kapitallarning xalqaro harakatida turli xil
cheklovlar  mavjud bo‘lgan. EIning ko‘pchilik davlatlari ushbu cheklovlarni faqatgina
o‘tgan asrning 90-yillariga kelib bekor qildi.
Moliya va pul
 
  - 
  kredit siyosati.
 
  To‘lov balansidagi defitsitni bartaraf etish maqsadida
eksport qiluvchilarga byudjet subsidiyalari beriladi, proteksionistik maqsadlarda import
bojlari oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishini rag‘batlantirish maqsadida
qimmatli qog‘ozlar egasi bo‘lgan xorijliklardan olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi
chora-tadbirlardan keng foydalaniladi.
Logotip
bo‘yicha keskin choralar qo‘llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma mamlakatlarda ham import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning ko‘tarilishiga va oqibatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi. SHuning uchun, bu tadbir mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u to‘lov balansining defitsitini keltirib chiqaruvchi sabablarni to‘liq bartaraf etishga qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun, devalvatsiya yetarli darajada bo‘lishi zarur. Aks holda, u valyuta spekulyasiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini qaytadan ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil dollarning 7,89 foizga devalvatsiya qilinishi, ushbu valyutalarga bo‘lgan spekulyativ tazyiqni yo‘q qila olmadi. Devalvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda o‘zi kutgan ustuvorlikka ega bo‘la olmasligi mumkin. CHunki, suzib yuruvchi kurs rejimining qo‘llanilishi to‘lov balansini muvozanatlashtirish imkonini bermasligi mumkin. Valyuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning xorijiy valyutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy valyutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, u valyuta operatsiyalarini maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan banklarda amalga oshirilishi hamda to‘lov balansidagi defitsitni kamaytirish maqsadida, kapital eksportini chegaralash va uning oqib kelishini rag‘batlantirish, tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi sifatida ham e’tirof etiladi. XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarining boshlarida joriy operatsiyalar bo‘yicha yuritilayotgan siyosatning erkinlashuviga qaramasdan, konvertirlanadigan valyutaga ega bo‘lgan mamlakatlarning deyarli 90 foizida kapitallarning xalqaro harakatida turli xil cheklovlar mavjud bo‘lgan. EIning ko‘pchilik davlatlari ushbu cheklovlarni faqatgina o‘tgan asrning 90-yillariga kelib bekor qildi. Moliya va pul - kredit siyosati. To‘lov balansidagi defitsitni bartaraf etish maqsadida eksport qiluvchilarga byudjet subsidiyalari beriladi, proteksionistik maqsadlarda import bojlari oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishini rag‘batlantirish maqsadida qimmatli qog‘ozlar egasi bo‘lgan xorijliklardan olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora-tadbirlardan keng foydalaniladi.
5. Xalqaro hisob - kitob shakllari
Xalqaro hisob – kitoblar - bu turli davlatlarning o‘zaro va ularning yuridik shaxslari
va fuqarolari o‘rtasida iqtisodiy va boshqa munosabatlarda vujudga keldaigan pullik talablar
va majburiyatlarning tartibga solinishi  va amalga oshirilishidir. Xalqaro hisob-kitoblar
deganda, turli mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar natijasida
yuzaga keladigan pullik talablar va majburiyatlar yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish
tizimi tushuniladi. 
“Xalqaro hisob-kitoblar” tushunchasi:
-  jahon  amaliyotida  ishlab  chiqilgan  va  xalqaro  hujjatlar  va  udumlar  bilan
mustahkamlab qo‘yilgan hisob-kitoblarni amalga oshirish va to‘lovlarni o‘tkazish shartlari
va tartibini;
-  xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha banklarning amaliy
faoliyatini qamrab oladi.
Tovarlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonlarining baynalmilallashuvi, xalqaro
hisob-kitoblarning mazmunida yangi  o‘zgarishlar  paydo bo‘lishiga  olib keldi. Xalqaro
hisob-kitoblar keng qamrovli bo‘lib, u eksport-import operatsiyalari, tijorat tusiga ega
bo‘lmagan  to‘lovlar-sayyohlik,  sport,  fuqarolar  tomonidan  xorijiy  davlatlarga  pul
o‘tkazishlar,  xorijiy  davlatlarda  diplomatik  va  savdo  vakolatxonalarini  ochish,  o‘zga
davlatlar hududida harbiy qismlarni saqlash hamda kapitallar va kreditlarning harakati
bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro hisob-kitoblarning samaradorligiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar;
- valyuta qonunchiligi;
- xalqaro savdo qoidalari va udumlari;
- bank amaliyoti;
- tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari;
- pullik hisob-kitoblar ishtirokchilarining to‘lovga qobilligi.
O‘tish  davri  qiyinchiliklarini  boshdan  kechirayotgan  davlatlarda  xalqaro  hisob-
kitoblarning tovarlar, xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida kelib
tushishini kafolatlovchi shakllari keng qo‘llanilishi mumkin.
Tashqi  savdo  shartnomalarida  valyuta-moliyaviy  va  to‘lov  shartlari  yaqqol  aks
Logotip
5. Xalqaro hisob - kitob shakllari Xalqaro hisob – kitoblar - bu turli davlatlarning o‘zaro va ularning yuridik shaxslari va fuqarolari o‘rtasida iqtisodiy va boshqa munosabatlarda vujudga keldaigan pullik talablar va majburiyatlarning tartibga solinishi va amalga oshirilishidir. Xalqaro hisob-kitoblar deganda, turli mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar natijasida yuzaga keladigan pullik talablar va majburiyatlar yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish tizimi tushuniladi. “Xalqaro hisob-kitoblar” tushunchasi: - jahon amaliyotida ishlab chiqilgan va xalqaro hujjatlar va udumlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan hisob-kitoblarni amalga oshirish va to‘lovlarni o‘tkazish shartlari va tartibini; - xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha banklarning amaliy faoliyatini qamrab oladi. Tovarlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonlarining baynalmilallashuvi, xalqaro hisob-kitoblarning mazmunida yangi o‘zgarishlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Xalqaro hisob-kitoblar keng qamrovli bo‘lib, u eksport-import operatsiyalari, tijorat tusiga ega bo‘lmagan to‘lovlar-sayyohlik, sport, fuqarolar tomonidan xorijiy davlatlarga pul o‘tkazishlar, xorijiy davlatlarda diplomatik va savdo vakolatxonalarini ochish, o‘zga davlatlar hududida harbiy qismlarni saqlash hamda kapitallar va kreditlarning harakati bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro hisob-kitoblarning samaradorligiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar; - valyuta qonunchiligi; - xalqaro savdo qoidalari va udumlari; - bank amaliyoti; - tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari; - pullik hisob-kitoblar ishtirokchilarining to‘lovga qobilligi. O‘tish davri qiyinchiliklarini boshdan kechirayotgan davlatlarda xalqaro hisob- kitoblarning tovarlar, xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida kelib tushishini kafolatlovchi shakllari keng qo‘llanilishi mumkin. Tashqi savdo shartnomalarida valyuta-moliyaviy va to‘lov shartlari yaqqol aks
ettirilib, ular sirasiga quyidagilar kiradi:
- baho valyutasi;
- to‘lov valyutasi;
- to‘lov sharti;
- hisob - kitob shakli.
Baho  valyutasi  -  bu  tovarning  bahosi  o‘lchanadigan  valyuta.  Ushbu  valyutani
tanlashda  tovarning  turi,  hukumatlararo  shartnomalarning  shartlari, va  ayniqsa,
valyutaning  barqarorligi  hisobga  olinadi. SHartnomada  ko‘rsatilgan  baho  tarkibiga
tovarlarni  ishlab  chiqarish,  uni  yuklash,  import  qiluvchi  mamlakat  portiga  tushirish,
omborxonalarga joylashtirish, import qiluvchiga uni etkazib berish xarajatlari kiradi. 
Tovarlar bahosini shartnomada belgilashning 5 asosiy usuli mavjud:
1. Qat’iy belgilangan baholarni o‘rnatish. Ushbu baho shartnoma imzolanayotgan
vaqtda o‘rnatiladi va shartnoma ijro etilishi mobaynida o‘zgarmasdan qoladi.
2.  Tovarlar  bahosini,  shartnoma  imzolanayotgan  paytda  yuzaga  kelgan  bozor
bahosida hisobga olish. Agar xom-ashyo eksport qilinayotgan bo‘lsa, ularning biron-bir
tovar birjasida (London yoki Nyu-York tovar birjalari va xokazo) xorijiy bahosi asosida
shartnoma ijro etiladi.
3.  Baho  qat’iy  belgilab  qo‘yilishi.  Ammo,  shartnoma  imzolanayotgan  paytda
tovarlarning bahosi keskin o‘zgarsa, belgilangan baho o‘zgartiriladi.
4. Tovarlar bahosi qatiy belgilab qo‘yiladi, ammo xarajatlar tarkibida o‘zgarish
bo‘lgan taqdirda belgilangan baho o‘zgartiriladi. Bu usul, ko‘pchilik hollarda, asbob-
uskunalarni sotishda qo‘llaniladi.
5. Aralash shakl. Tovarlarning ma’lum qismi qat’iy belgilangan baholarda, ma’lum
qismi o‘zgartiriladigan baholarda sotiladi.
To‘lov  valyutasi  -  bu  haqiqatda  import  qiluvchining  majburiyati  to‘lanadigan
valyuta. Agar, to‘lov valyutasi nobarqaror valyuta bo‘lsa, unda shartnomada tovarlarning
bahosi barqaror valyutada o‘lchanadi.
To‘lov shartlari-bu to‘lov naqd valyutalarda yoki  naqdsiz shaklda, ochiq hisob-
raqamlari orqali, kredit shaklida yoki veksellar orqali amalga oshirilishi mumkinligini
kelishib olishdir.
Hisob-kitob  shakllari  tovarni  jo‘natishga  oid  hujjatlar  va  to‘lov  hujjatlarini
rasmiylashtirish, uzatish va to‘lash usullari sifatida namoyon bo‘ladi.
Logotip
ettirilib, ular sirasiga quyidagilar kiradi: - baho valyutasi; - to‘lov valyutasi; - to‘lov sharti; - hisob - kitob shakli. Baho valyutasi - bu tovarning bahosi o‘lchanadigan valyuta. Ushbu valyutani tanlashda tovarning turi, hukumatlararo shartnomalarning shartlari, va ayniqsa, valyutaning barqarorligi hisobga olinadi. SHartnomada ko‘rsatilgan baho tarkibiga tovarlarni ishlab chiqarish, uni yuklash, import qiluvchi mamlakat portiga tushirish, omborxonalarga joylashtirish, import qiluvchiga uni etkazib berish xarajatlari kiradi. Tovarlar bahosini shartnomada belgilashning 5 asosiy usuli mavjud: 1. Qat’iy belgilangan baholarni o‘rnatish. Ushbu baho shartnoma imzolanayotgan vaqtda o‘rnatiladi va shartnoma ijro etilishi mobaynida o‘zgarmasdan qoladi. 2. Tovarlar bahosini, shartnoma imzolanayotgan paytda yuzaga kelgan bozor bahosida hisobga olish. Agar xom-ashyo eksport qilinayotgan bo‘lsa, ularning biron-bir tovar birjasida (London yoki Nyu-York tovar birjalari va xokazo) xorijiy bahosi asosida shartnoma ijro etiladi. 3. Baho qat’iy belgilab qo‘yilishi. Ammo, shartnoma imzolanayotgan paytda tovarlarning bahosi keskin o‘zgarsa, belgilangan baho o‘zgartiriladi. 4. Tovarlar bahosi qatiy belgilab qo‘yiladi, ammo xarajatlar tarkibida o‘zgarish bo‘lgan taqdirda belgilangan baho o‘zgartiriladi. Bu usul, ko‘pchilik hollarda, asbob- uskunalarni sotishda qo‘llaniladi. 5. Aralash shakl. Tovarlarning ma’lum qismi qat’iy belgilangan baholarda, ma’lum qismi o‘zgartiriladigan baholarda sotiladi. To‘lov valyutasi - bu haqiqatda import qiluvchining majburiyati to‘lanadigan valyuta. Agar, to‘lov valyutasi nobarqaror valyuta bo‘lsa, unda shartnomada tovarlarning bahosi barqaror valyutada o‘lchanadi. To‘lov shartlari-bu to‘lov naqd valyutalarda yoki naqdsiz shaklda, ochiq hisob- raqamlari orqali, kredit shaklida yoki veksellar orqali amalga oshirilishi mumkinligini kelishib olishdir. Hisob-kitob shakllari tovarni jo‘natishga oid hujjatlar va to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish, uzatish va to‘lash usullari sifatida namoyon bo‘ladi.
Xalqaro  hisob-kitoblar  2  guruhga  bo‘linadi:
 hujjatlashtiriladigan;
hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlar.
Hujjatlashtiriladigan to‘lovlarga:
1. Hujjatlashtirilgan akkreditiv;
2. Inkasso bilan amalga oshiriladigan hamma to‘lovlar kiradi.
Hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlarga:
1. To‘lov topshiriqnomasi;
2. CHeklar;
3. SVIFT (SWIFT) kiradi.
Hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlarni turkumlashda mezon shartlarini to‘lov shartlari
o‘taydi. Agar, har qanday hisob-kitob quyidagi 3 to‘lov asosida amalga oshirilsa, bu
hujjatlashtirilmaydigan hisob-kitob bo‘lib hisoblanadi:
1.Oldindan to‘lash;
2.Tovarni olgandan so‘ng to‘lash;
3.Ochiq hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar.
Jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan asosiy hisob-kitob shakllari sifatida bank
o‘tkazmasi, inkasso va hujjatlashtirilgan akkreditivni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ta’kidlash
lozimki, xalqaro hisob-kitoblarning sezilarli qismi (80 foiz) inkasso va akkreditiv hissasiga
to‘g‘ri keladi. Ushbu hisob-kitob shakllarida importyor shartnomadagi to‘lov shartlariga
muvofiq to‘lovni amalga oshiradi, eksportyor esa, shartnomada ko‘rsatilgan tovarni etkazib
bersagina to‘lovni qabul qiladi.
Bank o‘tkazmasi - bir bank tomonidan boshqa bank topshirig‘iga ko‘ra ma’lum pul
summasini o‘tkazmani qabul qiluvchiga to‘lanishidir.
1-chizma.
Bank o‘tkazmasi
 
Ўтказмани берувчи
(импортёр)
Ўтказмани қабул 
қилувчининг банки
Ўтказмани 
берувчининг банки
Бенефициар 
(экспортёр)
1
3
2
Logotip
Xalqaro hisob-kitoblar 2 guruhga bo‘linadi: hujjatlashtiriladigan; hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlar. Hujjatlashtiriladigan to‘lovlarga: 1. Hujjatlashtirilgan akkreditiv; 2. Inkasso bilan amalga oshiriladigan hamma to‘lovlar kiradi. Hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlarga: 1. To‘lov topshiriqnomasi; 2. CHeklar; 3. SVIFT (SWIFT) kiradi. Hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlarni turkumlashda mezon shartlarini to‘lov shartlari o‘taydi. Agar, har qanday hisob-kitob quyidagi 3 to‘lov asosida amalga oshirilsa, bu hujjatlashtirilmaydigan hisob-kitob bo‘lib hisoblanadi: 1.Oldindan to‘lash; 2.Tovarni olgandan so‘ng to‘lash; 3.Ochiq hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar. Jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan asosiy hisob-kitob shakllari sifatida bank o‘tkazmasi, inkasso va hujjatlashtirilgan akkreditivni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ta’kidlash lozimki, xalqaro hisob-kitoblarning sezilarli qismi (80 foiz) inkasso va akkreditiv hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu hisob-kitob shakllarida importyor shartnomadagi to‘lov shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshiradi, eksportyor esa, shartnomada ko‘rsatilgan tovarni etkazib bersagina to‘lovni qabul qiladi. Bank o‘tkazmasi - bir bank tomonidan boshqa bank topshirig‘iga ko‘ra ma’lum pul summasini o‘tkazmani qabul qiluvchiga to‘lanishidir. 1-chizma. Bank o‘tkazmasi Ўтказмани берувчи (импортёр) Ўтказмани қабул қилувчининг банки Ўтказмани берувчининг банки Бенефициар (экспортёр) 1 3 2