Xalqaro olimpiya ko‘mitasi va strategik jarayon
Reja:
1. Xalqaro olimpiya tizimining umumiy tuzilmasi.
2. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi va uning faoliyati.
3. Olimpiya Xartiyasi – olimpiya harakatining asosiy huquqiy xujjati.
4. XOQning maqsadi va vazifalari.
5. XOQning tarkibi va asosiy organlari.
6. XOQ sessiyalari. XOQ prezidentlari. XOQning shtab-kvartirasi. Olimpiya
kongresslari va ularning ahamiyati.
Milliy olimpiya qo‘mitalari va ularning faoliyati. Milliy Olimpiya
Qo‘mitalari Bosh Assambleyasining tashkil topishi, maqsadi va vazifalari. Xalqaro
sport federatsiyalari va ularning faoliyati. Xalqaro sport federatsiyalari Bosh
Assambleyasi, unung maqsadi va vazifalari.
Olimpiya harakati rivojlanishining birinchi davri. Xalqaro olimpiya harakati
rivojlanishida ikkinchi davrning umumiy tavsifi. Olimpiya harakati rivojlanishining
uchinchi davri va uning umumiy tavsifi. Zamonaviy olimpiya harakatining to‘rtinchi
davri va uning xususiyatlari. Xalqaro olimpiya harakatining dolzarb muammolari.
Xalqaro olimpiya tizimining umumiy tuzilmasi.
XIX asrning oxirida Pyer de Kuberten tomonidan olimpiya sportining asosiy
tamoyillari, unung tuzilmasi, faoliyat asoslari ishlab chiqilgan va hozirgi davrgacha
saqlanib qolgan.
Olimpiya Xartiyasi – olimpiya sportining asosiy huquqiy hujjati bo‘lib,
xalqaro olimpiya harakatining tashkiliy tuzilmasi, maqsadi, mazmuni hamda
demokratik xususiyatini belgilab beruvchi o‘ziga xos nizom hisoblanadi. XOQ
tomonidan tan olinish, Olimpiya Xartiyasiga amal qilishga rozilik bildirish sport
tashkilotlarning olimpiya harakatiga qo‘shilganligi mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Olimpiya Xartiyasida olimpiya harakatining g‘oyaviy-nazariy asoslari
bayon qilingan, uning maqsad va vazifalari belgilab berilgan: insonni har tomonlama
rivojlantirish, yaxshi va tinch jamiyat qurish, yoshlarni olimpizm ruhida tarbiyalash,
butun jahon davlatlari va qit’alar o‘rtasida do‘stlik munosobatlarini rivojlantirishdan
iborat.
Olimpiya Xartiyasi XOQning I Kongressida (1894) tasdiqlangan. Xartiyada
XOQning maqsadi va vazifalari, Olimpiya o‘yinlarining tartib-qoidalari va ular
bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ifoda etilgan.
Xartiya mazmuni beshta bobdan iborat bo‘lib, I – “Olimpiya harakati”, II–
“Xalqaro olimpiya qo‘mitasi”, III – Xalqaro sport federatsiyalari”, IV– “Milliy
olimpiya qo‘mitalari”, V – “Olimpiya o‘yinlari” masalalariga oid moddalar berilgan.
Xartiyaning I-bobida XOQning maqsadi, umumiy vazifalari va roli, sport
tashkilotlarining Olimpiya harakatiga doir vakolatlari, Olimpiya kongressining
tuzilmasi, olimpiya harakatining asosiy tushunchalari, olimpiya ramzlarining
mohiyati va huquqlariga oid masalalar bayon etilgan.
II-bobda XOQning yuridik mavqei, XOQ a’zoligiga saylash huquqlari,
XOQ a’zolarining majburiyatlari va vazifalari, XOQning tashkiliy tuzilmasi – asosiy
organlari Sessiya, Ijroiya qo‘mita, Prezident, ularning vakolatlari to‘g‘risida
masalalar yoritilgan.
III-bobda Xalqaro sport federatsiyalarining olimpiya harakatidagi roli,
ularni XOQ tomonidan tan olinishiga qo‘yilgan talablar belgilangan.
IV-bobda Milliy olimpiya qo‘mitalarilarining Olimpiya harakatiga doir
vakolati va mavqei, ularning tarkibi, XOQ tomonidan tasdiqlanishiga qo‘yilgan
talablar belgilab berilgan.
V-bobda to‘rtta bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularning mazmuni “Olimpiya
o‘yinlarining ma’muriyati va ularini tashkil qilish”, “Olimpiya o‘yinlarida ishtiroq
etish qoidalari”, “Olimpiya o‘yinlarining dasturi”, “Bayonnoma” kabi masalalarga
bag‘ishlangan.
Xalqaro olimpiya tizimining umumiy tuzilmasi. Hozirgi davrda xalqaro
olimpiya harakatining murakkab tashkiliy tuzilmasi hosil bo‘lgan, ya’ni uning uchta
asosiy tarmog‘i: Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro sport federatsiyalar, Milliy
olimpiya qo‘mitalariga birlashtirilgan.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi,
Xalqaro sport federatsiyalar,
Milliy olimpiya qo‘mitalariga birlashtirilgan.
Xalqaro olimpiya tizimiga Olimpiya o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi, regional
olimpiya qo‘mitalari, milliy assotsiatsiyalar, klublar va ularga tegishli shaxslar,
jumladan sportchilar kiradi. Bu tashkilotlar o‘z faoliyatida Olimpiya Xartiyasiga
tayanadi.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi va uning faoliyati.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi – xalqaro nodavlat tashkilot bo‘lib, yuridik
shaxs maqomi bilan asotsiatsiya shaklida tuzilgan. Olimpiya Xartiyasiga binoan
XOQning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
havaskorlik sporti asosi hisoblangan jismoniy va axloqiy sifatlarni
rivolantirishga yordam berish;
yoshlarni sport yordamida o‘zaro kelishuv va do‘stlik ruhida
tarbiyalash;
butun dunyoga olimpiya tamoyillarini keng yoyish, xalqlar o‘rtasida
yaxshi niyat muhitini yaratish;
jahon sportchilarini har 4 yilda bir marta Olimpiya o‘yinlarida
uchrashtirish.
XOQ majburiyatiga yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarini muntazam
o‘tkazish, ularni doimiy takomillashtirib borish, butun dunyoda sportning
rivojlanishiga rahbarlik qilish kiradi.
XOQ a’zolari (hozirgi paytda ular 115 ta) Olimpiya xartiyasiga binoan o‘z
mamalakatlarida uning vakili hisoblanadilar. Mamlakatda XOQning bitta a’zosi
saylanadi, lekin XOQ ikkinchi a’zoni Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilagan davlatlardan
saylashi mumkin. XOQ a’zosi 70 yoshga to‘lganda istefoga chiqishi lozim.
XOQ tarkibi va asosiy organlari. XOQning asosiy organlariga – Sessiya,
Ijroiya qo‘mita va Prezident kiradi.
Sessiya – XOQ a’zolarining umumiy yig‘ilishi bo‘ib, har yili o‘tkaziladi,
olimpiada yilida esa ikki marta chaqiriladi. Sessiya XOQning oliy organi
hisoblanadi va uning qarorlari o‘zgartirilmaydi. Sessiyani o‘tkazish joyi XOQ
tomonidan belgilanadi, navbatdan tashqari sessialarni – Prezident chaqiradi.
Sessiyaning kun tartibi o‘tkazish kunidan bir oy oldin tarqatilishi lozim. XOQ
sessiyalarida Olimpiya xartiyasi muxokamasi, Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy
masalalari, nomzod shaharlar muxokamasi, saylovlar o‘tkaziladi.
Ijroiya qo‘mita sessiyalar o‘rtasidagi davrda XOQ ishlarini boshqarib
boradi. Uning tarkibiga XOQ prezidenti, 4 ta vitse- prezident va 10 ta qo‘mita
a’zolari kiradi va ularning vakolat muddati 4 yil davom etadi.
Prezident XOQ a’zolari tarkibidan saylanadi. Olimpiya xartiyasi bo‘yicha
XOQ Prezidenti yashirin ovoz berish asosida 8 yilga va yana bir marta 4 yilga
vakolat mudatini uzaytirish imkoniyati bilan saylanadi. Prezident maxsus hay’atlar
va ishchi guruhlar tuzib, unung yordamida XOQ faoliyatining umumiy strategiyasini
ishlab chiqadi. Olimpiya Xartiyasida XOQning rasmiy tili – frantsuz va ingliz tillari,
deb belgilangan. XOQ shtab-kvartirasi Shveytsariyaning Lozanna shahrida
joylashgan.
XOQ prezidentlarining faoliyati
Demetrius Vikelas (1835-1908) – Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining birinchi
Prezidenti. 1894 yil iyunda Parijda Xalqaro atletika ta’sis kongressida zamonaviy
olimpiya harakati muammolari muhokama qilingan sho‘baga rahbarlik qilgan.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan. I Kongressda 1896 yilda I
Olimpiya o‘yinlarini Afinada o‘tkazishni taklif qilgan. Olimpiya Xartiyasi bo‘yicha
Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazadigan davlat vakili prezident etib saylanishi kerak edi.
Shuning uchun XOQ prezidenti lavozimiga Gresiya vakili Demetrius Vikelas
saylangan. Vikelas I Olimpiya o‘yinlarini tashkiliy ishlarida faol qatnashgan va katta
hissa qo‘shgan. Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng 1896 yil 10 aprelda Demetrius Vikelas
iste’foga chiqqan. Keyingi Olimpiya o‘yinlari Parijda o‘tkazilishi belgilangan va
Olimpiya Xartiyasi bo‘yicha Frantsiya vakili Pyer de Kuberten XOQning ikkinchi
prezidenti lavozimini egallagan.
Pyer de Kuberten (1863-1937) zodagon oilasida tug‘ilib, mukammal
tarbiya olgan. Kuberten kollejda o‘qib yurgan paytlaridayoq qadimgi olimpiya
qazilmalari to‘g‘risida bilib, do‘stlari bilan olimpiyaning avvalgi qudratini tiklashda
reja tuzgan. 12 yoshlik chog‘ida u sport klubi tuzadi. Bu yerda bolalar futbol,
qilichbozlik va eshkak eshish bilan shug‘illangan. Kuberten o‘z zamonasining
iqtidorli, shijoatli, qiziquvchan, ajoyib inson sifatida tarix sahifalaridan o‘rin olgan.
Pyer de Kuberten Yevropadagi eng qadimgi va eng yaxshi Parij universtiteti -
Sorbonnani tamomlagan. Tarix, pedagogika, falsafa, siyosat bilan qiziqqan.
Kuberten yoshligida chavandozlik, qilichbozlik va eshkak eshish sport turlari bilan
shug‘ullangan. 20 yoshida qadimgi Ellada madaniyati va adabiyoti tarixi bilan
chuqur qiziqib, olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash to‘g‘risida fikr bildirgan va butun
hayotini mana shu maqsadini amalga oshirishga bag‘ishlagan.
Pyer de Kuberten – Xalqaro olimpiya harakatining buyuk arbobi, zamonaviy
olimpiya harakatining asoschisi, XOQning ikkinchi Prezidenti (1896-1915 yy.),
(1919-1925 yy.). 1894 yilda XOQning Bosh kotibi, 1896 yilda XOQ prezidenti etib
saylangan. Kubertenning rahbarligida 7 ta Olimpiada - II, III, IV, V, VII, VIII yozgi
Olimpiya o‘yinlari va I qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. 1925 yilda iste’foga
chiqqan va 1937 yilgacha Kuberten XOQning Faxriy Prezidenti bo‘lgan. Olimpiya
harakati, sport tarixi, sotsiologiya, falsafa, siyosat, arxeologiya, fanning boshqa
sohalariga oid 30 ta kitob, 50 ta risola, 1200 tadan ortiq maqolalar muallifi.
Kuberten 29 yil Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining prezidenti bo‘lgan.
Olimpiya ramzlari, belgilari, mukofotlari, sportchilar qasamyodi matni Kuberten
tomonidan ishlab chiqilgan. Uni xizmatlariga yarasha “Olimpizm otasi” deb
atashadi. Pyer de Kuberten vasiyatiga ko‘ra Shveytsariyaning Lozanna shahrida
dafn etilgan, yuragi esa Olimpiya shahrida marmar yodgorlik ostida dafn etilgan.
Godfrua de Blone (1869-1937) – XOQning vaqtincha prezident lavozimini
1916-1919 yillarda bajargan. Baron Godfrua de Blone 1869 yil 25 iyulda
Nidershyontal’ shahrida (Shveytsariya) tavallud topgan. XOQ tarkibida 1899 yildan
boshlab Shveytsariya vakili sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Kuberten Birinchi jahon
urushiga ketganda, prezident lavozimiga neytral davlat vakili G.de Blone
tayinlangan. Godfrua de Blone Shveytsariya olimpiya qo‘mitasining asoschilaridan
biri bo‘lib, 1912-1915 yillarda shu qo‘mitani boshqargan. 1937 yil 14 fevralda
Biskra shahrida (Jazoir) vafot etgan.
Anri de Baye-Latur (1876-1942) – XOQning uchinchi Prezidenti. 1903
yilda Bel’giyadan XOQ a’zosi etib saylangan. Anri de Baye-Latur 1905 yilda
XOQning III kongressini tashkiliy ishlariga katta hissa qo‘shgan. 1906 yilda
Bel’giya Milliy olimpiya qo‘mitasi ta’sischilaridan biri bo‘lgan. 1920 yilda
Antverpenda VII yozgi Olimpiya o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasining raisi bo‘lgan.
1925-1942 yillarda XOQ Prezidenti etib saylangan. Baye Latur rahbarligida II, III
qishki va IX, X, XI yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan.
Yuxannes Zigfrid Edstryom (1870-1969) – XOQning 1942-1952 yillarda
faoliyat ko‘rsatgan Prezidenti. 1921 yilda XOQ a’zosi, XOQ Ijroiya qo‘mitasining
a’zosi, 1931 yilda XOQning vitse- prezidenti etib saylangan. Yu.Edstrem havaskor
sportni rivojlantirish tarafdori va olimpiya harakatida millatchilikning har qanday
ko‘rinishiga qat’iy qarshi edi. XOQning 1949 yildagi 44 sessiyasida Xalqaro
olimpiya akademiyasini tashkil etish taklifini qo‘llab- quvvatlagan. 1950 yilda
XOQning 45-sessiyasida san’at tanlovlarini olimpiya dasturidan chiqarish, turli
festivallar, ko‘rgazmalari o‘tkazish taklifini kiritgan. 1952 yil 16 iyulda Yu.Edstrem
o‘z iltimosi bilan iste’foga chiqqan va keyingi yillarda XOQning faxriy prezidenti
bo‘lib xizmat qilgan.
Eyveri Brendej (1887-1975) – XOQning 1952-1972 y. faoliyat ko‘rsatgan
beshinchi Prezidenti. 1909 y. AQShning Illinoys shtati universitetini tugallagan. U
yengil atletika ko‘pkurashi bo‘yicha AQSh birinchiligining 1910 yil sovrindori
bo‘lgan. 1912 y. Stokgol’m Olimpiadasida AQSh terma jamoasi tarkibida
beshkurash bo‘yicha 5-o‘rinni egallagan. Keyin u gandbol bilan shug‘ullangan va
AQShning eng yaxshi 10 ta o‘yinchisi qatoriga kirgan. E.Brendej 1925-1927 yy.
gandbol bo‘yicha milliy qo‘mita raisi, 1928-1935 yy. AQSh Havaskor atletika
assotsiatsiyasi, 1928-1952 yy. AQSh Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti bo‘lgan.
1930 y. Xalqaro havaskor yengil atletika federatsiyasi prezidenti, 1936 y. XOQ
a’zosi, 1937 y. XOQ Ijroiya ko‘mitasi a’zosi, 1945 y. XOQ vitse-prezidenti, 1946
y. birinchi vitse-prezidenti etib saylangan. E.Brendej birinchi bo‘lib XOQning Oltin
ordeni bilan taqdirlangan. E.Brendej 85 yoshida o‘z ihtiyoriga ko‘ra iste’foga
chiqqan, hayotining so‘nggi yillarini Germaniyaning Garmish-Partenkirhen
shahrida o‘tkazgan.
Maykl Morris Killanin (1914-1999) – Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining
1972- 1980 yillarda faoliyat ko‘rsatgan oltinchi Prezidenti. 1950 y. Irlandiya milliy
Olimpiya qo‘mitasining Prezidenti, 1952 y. XOQ a’zosi, 1967 y. XOQ Ijroiya
qo‘mitasi a’zosi, 1968 y. XOQning vitse prezidenti etib saylangan. Killanin
XOQning Olimpiya birligi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish tashabbuskori
bo‘lgan. Uning rahbarligida XOQ Monreal va Moskvadagi yozgi Olimpiya
o‘yinlarini, Insbruk va Leyk Plesiddagi qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazgan. 1980
yilda Maykl Killanin iste’foga chiqqan.
Xuan Antonio Samaranch (1920–2011) – XOQning 1980-2001 yillarda
faoliyat ko‘rsatgan Prezidenti. U yoshligida boks, rolikli kon'kida hokkey bilan
shug‘ullangan. Keyinchalik Samaranch ustozlik qilgan Ispaniyaning rolikli xokkey
jamoasi jahon chempioni bo‘lgan.Samaranch universitetning tijorat fakul’tetini
tugallagan, biznes faoliyatini sport ustozligi bilan qo‘shib olib borgan. 1940-1950
yy. Samaranch Barselona munitsipalitetining rahbari, so‘ng Ispaniya rolikli hokkey
milliy federatsiyasining prezidenti lavozimida ishlagan. Samaranch 1955 y.
Barselonada o‘tkazilgan ikkinchi O‘rta yer dengizi o‘yinlarining tashkilotchilaridan
biri bo‘lgan. Samaranch 1956 y. qishki VII Olimpiada, 1960 yil XVII va 1964
yildagi XVIII yozgi Olimpiadalarda Ispaniya sport delegatsiyasining rahbari
bo‘lgan. 1963 yilda Samaranch Ispaniyaning sport oliy kengashi rahbari lavozimiga
tayinlangan. 1967 yilda Samaranch Ispaniya milliy olimpiya qo‘mitasining
prezidenti etib saylangan. Samaranch 1968 yildan XOQ protokoli rahbari, 1970
yildan XOQ Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, 1974 yildan XOQ vitse-prezidenti, 1977 yildan
Ispaniyaning sobiq Ittifoq elchisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1980 yilda
XOQning 83-sessiyasida Samaranch XOQ Prezidenti etib saylangan. 2001 yilda
Xuan Antonio Samaranch o‘zining 20-yillik samarali faoliyatini yakunlab, iste’foga
chiqqan.
Jak Rogge 1942 yil 2 may kuni Gent shahrida tug‘ilgan. Jak Rogge tibbiyot
fanlari doktori, jarroh, sport tibbiyoti mutaxassisi; ingliz, fransuz, nemis, golland va
ispan tillarini biladi. Rogge yelkanli kema sporti va regbi bilan shug‘ullangan,
yelkanli kema sporti bo‘yicha Belgiya chempioni, Olimpiada (1968, 1972, 1976 yy.)
o‘yinlari ishtirokchisi. Jak Rogge Yevropa Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti (1989 y.)
Insbruk, Kalgari shaharlarida o‘tkazilgan qishki Olimpiya o‘yinlari missiyasi
rahbari, Moskva (1980), Los-Anjeles (1984) va Seul (1988) Olimpiadalari missiyasi
rahbari bo‘lgan. Dopingga qarshi Butunjahon Ittifoq agentligi (ADA) a’zosi, 1991
yildan XOQ a’zosi, olimpiada harakati, dasturi va komissiyasi a’zosi. XXVII va
XXVIII Olimpiada o‘yinlarini muvofiqlashtirish komissiyasining rahbari bo‘gan.
2001–2013 yillarda XOQ Prezidenti lavozimida rahbarlik qildi. 2013 yilda Jak
Rogge iste’foga chiqdi.
Tomas Bax 1953 yilda Vyurtsburg shahrida (Germaniya) tavallud topgan.
Yoshligida futbolga qiziqqan, lekin ota onasi uni qilichbozlik sektsiyasiga olib
borgan. Bu sport turida Tomas Bax juda katta natijalarga erishdi, Germaniyaning
ko‘p karra chempioni va qilichbozlik (rapira) bo‘yicha ikki karra Jahon chempioni
bo‘ldi. Tomas Bax XXI Olimpiya o‘yinlarida (1976, Monreal, Kanada) Germaniya
terma jamoasi tarkibida oltin medalga sazovor bo‘lgan. Tomas Bax huquqshunoslik
mutaxassisligi bo‘yicha Vyurtsburg universitetini tamomlagan. T. Bax XOQning
Sport arbitraj sudi doping muammolari bo‘yicha appelyatsiya bo‘limini boshqargan.
2013 yil 10 sentyabrda Tomas Bax XOQ Prezidenti etib saylandi.
XOQ PREZIDENTLARI
№
XOQ prezidenti
Rahbarlik yillari
Davlat vakili
1
Demetrius Vikelas
1894-1896
Gresiya
2
Pyer de Kuberten
1896-1916,
1919-1925
Frantsiya
3
Godfri de Blone
1916-1919
Shveytsariya
4
Anri de Baye-Latur
1925-1942
Belgiya
5
Yuxanes Zigfrid Edstryom
1942-1952
Shvetsiya
6
Eyveri Brendej
1952-1972
AQSh
7
Maykl Morris Killanin
1972-1980
Irlandiya
8
Xuan Antonio Samaranch
1980 -2001
Ispaniya
9
Jak Rogge
2001-2013
Belgiya
10
Tomas Bax
2013- hozirgi
davrgacha
Germaniya
XOQ KONGRESSLARI
Kongress
O‘tkazilgan yil
O‘tkazilgan joyi
I
1894
Parij, Frantsiya
II
1897
Gavr, Frantsiya
III
1905
Bryussel, Belgiya
IV
1906
Parij, Frantsiya
V
1913
Lozanna, Shveytsariya
VI
1914
Parij, Frantsiya
VII
1921
Lozanna, Shveytsariya
VIII
1925
Praga, Chexoslovakiya
IX
1930
Berlin, Germaniya
X
1973
Varna, Bolgariya
XI
1981
Baden-Baden, Germaniya
XII
1994
Parij, Frantsiya
XIII
2009
Kopengagen, Daniya
Olimpiya kongresslari
Olimpiya kongressi – olimpiya harakatining asosiy tashkilotlari ishtirokida
o‘tkaziladigan anjumandir. Xalqaro olimpiya harakati rivojlanishining dastlabki
yillarida Kongresslar har yili o‘tkazilgan va Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy
masalalari muhokama qilingan.
I Xalqaro atletik Kongressi 1894 yil 16-23 iyunda o‘rkazilgan va to‘rtta
asosiy masala muhokama qilingan:
Havaskorlik va professional sporti haqida.
Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash to‘g‘risida.
Olimpiya o‘yinlarining dasturi va uni o‘tkazish tartiblari.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining tarkibi to‘g‘risida.
I Kongress Xalqaro olimpiya harakatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Kongress Olimpiya o‘yinlarini qadimgi an’analar bo‘yicha har 4 yilda bir marta
o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan. Kongressda I Olimpiya o‘yinlarini
Gresiyaning Afina shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Olimpiya xartiyasi bo‘yicha Olimpiya kongresslari 8 yilda bir martta
o‘tkaziladi. Olimpiya kongresslarini o‘tkazish muddatini XOQ belgilab beradi.
Kongress XOQ prezidenti tomonidan chaqiriladi va konsultativ ahamiyatga ega.
X Olimpiya kongressi 1973 yil Varna shahrida (Bolgariya) o‘tkazilgan Bu
kongressda olimpiya harakati muammolarini hal qilishga kirishilgan. Uning kun
tartibida: hozirgi davr olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari; XOQ, XSF
va MOQning o‘zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o‘yinlarining qiyofalari kabi
masalalar muhokamaga qo‘yilgan. Kun tartibidagi masalalarning barchasi
muhokama qilinib, uch tomonlama XOQ, MOQ va XSF komissiyasi tuzilgan.
Kongress yakuni hujjatlari «Uch tomonlama komissiyaning hulosalari»,
«Jahonning
barcha
sportchilariga
murojaat»
olimpiya
harakatining
demokratlashuviga turtki bo‘lgan. Kongress dunyodagi barcha sportchilarga
murojaat qabul etib, ularni Xalqaro tinchlik va do‘stlikni mustahkamlash hamda
Olimpiya harakatining sofligi yo‘lida kurashishga chaqirgan.
Olimpiya harakatini yanada rivojlantirishda 1981 yilda Baden-Baden
shahrida (Germaniya) o‘tkazilgan XI kongress muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda
uchta masala muhokamaga qo‘yilgan: keyingi olimpiya o‘yinlari; sportda Xalqaro
do‘stlik aloqalari; olimpiya harakatining istiqbol yo‘llari. Muhokama jarayonida
keyingi olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish masalasi munozaralar, bahslarga sabab bo‘ldi,
turli munosabatlar izhor etilgan va hozirgi davr olimpiya harakati xususida ham har
xil fikrlar bildirilgan. Kongressda 82 XOQ a’zosi, 37 XSF vakili, 49 MOQ vakili
ishtirok etgan. Kongressda ilk bor 34 nafar olimpiya chempionlari qatnashgan.
Kongress tomonidan deklaratsiya qabul qilinib, unda quyidagi yakunlovchi qarorlar
bayon etilgan:
Olimpiya o‘yinlarida «ochiq o‘yinlar» uchun joy yo‘q;
Olimpiya o‘yinlariga sportchilarni kiritish tamoyillari saqlanib qoladi
(Olimpiya Xartiyasi «26 qoida»);
Olimpiya marosimlari har doimgidek davom etadi;
Olimpiya o‘yinlarini turli mamlakatlarda o‘tkazish amaliyoti davom
ettiriladi;
Olimpiya o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi, XOQ, XSF, MOQ o‘zaro
munosabatlari yanada mustahkamlab boriladi;
doping iste’mol qiluvchilarni yanada qattiqroq jazolash choralari ishlab
chiqiladi;
sportda kamsitish holatlariga qarshi kurash davom ettiriladi;
«Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini
ko‘paytirish,
taraqqiy
etayotgan
mamlakatlarga
ko‘maklashish
tadbirlari
rejalashtiriladi;
matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlarni ko‘proq
yoritish, yoshlarning sportga qiziqishini tarbiyalashga e’tibor berish;
mamlakat hukumatlaridan olimpiya harakatini rivojlantirishda ko‘mak
so‘rash;
xotin-qizlarning sport harakatiga rahbarlik qilishlariga keng yo‘l ochish.
XX asrda Olimpiya harakati rivojlanishining asosiy vazifalari 1994 yil 29
avgust – 3 sentabrda Parijda o‘tkazilgan XII Olimpiya kongressi ko‘rib chiqilgan.
Bunda 3000 kishi ishtirok etgan, ya’ni XOQ, XSF, MOQ, murabbiylar, sportchilar,
olimlar, ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari
qatnashgan. Kongressga X.A. Samaranch raislik qilgan. Bunda to‘rtta masala
muhokama etilib, har biri bo‘yicha tavsiyalar qabul qilingan:
Hozirgi davr Olimpiya harakatining jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishga qo‘shayotgan hissalari.
Jamiyatda sportchining o‘rni va roli.
Sport ijtimoiy hayotda (sport va siyosat, sport va iqtisod, sport barcha
uchun, taraqqiy etayotgan mamlakatlarda sport).
Sport va ommaviy axborot vositalari.
Kongressdagi mulohazalar, muzokaralarda XX asr davomida sportchilar
mahoratini oshirish, yoshlarni tarbiyalashda olimpiya harakati, olimpiya o‘yinlari
katta ahamiyatga ega bo‘lganligi ta’kidlangan. Hozirgi davr muammolaridan biri
XOQ, MOQ, XSF faoliyatlarini muvofiqlashtirib turishdan iborat. Keyingi olimpiya
o‘yinlarining talab darajasi tashkil qilinishi shunga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. MOQ
hukumat tashkilotlari bilan, XOQ esa YuNESKO va BMT bilan uzviy aloqada ish
olib borishi kerak.
Hozirgi davrda XOQ rahbarligida Olimpiya kongresslari va sessiyalarida
olimpiya harakati muammolari muhokama qilinadi, ularni butunlay hal qilishga
qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi. XOQ Milliy olimpiya qo‘mitalari (MOQ) va
Xalqaro sport federatsiyalarini (XSF) tan olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Zamonaviy olimpiya harakatining dolzarb muammolari.
Zamonaviy olimpiya harakatida juda ko‘p muammolar mavjud bo‘lib,
ulardan eng dolzarb muammolar qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
professional sport va tijorat sporti muammosi;
olimpiya sport inshootlari muammosi;
olimpiya o‘yinlari dasturi muammosi;
doping va sportda haqqoniy hakamlik qilish muammosi;
XOQ, MOQ, XSF faoliyatida hamkorlik muammosi;
irqchilik va millatchilik muammosi;
sportda terrorizm va tajovuzkorlik muammosi;
olimpiya ta’limi muammosi.
Hozirgi kunda xalqaro olimpiya harakatining ko‘p muammolari hal qilingan.
Jumladan, dastlabki Olimpiya o‘yinlarida paydo bo‘lgan irqchilik va millatchilik
muammosi XX asrning ikkinchi yarmida sportda kamsitish holatlariga qarshi olib
borilgan keskin kurash natijasida bartaraf etilgan.
1930 yillarda olimpiya harakatida vujudga kelgan inqiroz, olimpiya
harakatining asosiy tashkilotlari XOQ, MOQ, XSF o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik
rishtalari uzilishiga olib kelgan. Bu muammo 1973 yil Varna shahrida (Bolgariya)
o‘tkazilgan X Olimpiya kongressida muhokama qilingan. Uning kun tartibida:
hozirgi davr olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari; XOQ, XSF va
MOQning o‘zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o‘yinlarining qiyofalari kabi
masalalar muhokamaga qo‘yilgan. Bu masalalarning muhokamasi natijalari asosida
uch tomonlama XOQ, MOQ va XSF komissiyasi tuzilgan. Kongress yakuniy
hujjatlari olimpiya harakatining demokratiyalashuviga turtki bo‘lgan. Olimpiya
harakati tizimining asosiy tarmoqlari - XOQ, MOQ, XSF o‘zaro munosabatlarining
mustahkamlanishi olimpiya harakatining yanada rivojlanishiga olib keldi.
1950-yillarda doping muammosi paydo bolib, bugungi kunda sport
harakatining eng dolzarb muammolaridan biriga aylangan. Doping (ingl. dope –
og‘u, narkotik) preparatlari katta sportga ko‘rsatkichlarni sun’iy ravishda oshirish
maqsadida qo‘llanilgan. 1968 yildan boshlab Olimpiya o‘yinlarida doping nazorati
kiritilgan. XOQ va Jahon Doping nazorati Assotsiatsiyasi tomonidan doping
iste’mol qiluvchi sportchilarni yanada qattiqroq nazorat qilish va jazolash choralari
ishlab chiqilgan.
Olimpiya o‘yinarida haqqoniy hakamlik qilish muammosi 1968 yilda
“Hakamlarning olimpiya qasamyodi” kiritilishi orqali bartaraf etilishiga harakat
qilingan. Bu muammo sport musobaqalarida zamonaviy texnik vositalardan
foydalanish yordamida hal qilinadi.
Professional sport muammosi Olimpiya xartiyasi bo‘yicha hal qilingan.
1980-yillargacha professional sportchilar Olimpiya o‘yinlariga kiritilmagan, chunki
Pyer de Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan tamoiyillari bo‘yicha Olimpiya
o‘yinlari faqat havaskor sportini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda sport
o‘yinlari va musobaqa qoidalarida katta farqi bo‘lmagan ayrim sport turlari bo‘yicha
professional sportchilar Olimpiya o‘yinlariga kiritiladi.
XX asrning 90-yillarida olimpiya ta’limi muammosi paydo bolib,
olimpizm g‘oyalari va olimpiya tamoyillari asosida sportchilarda yuksak insoniy
fazilatlarni shakllantirish orqali hal qilinmoqda. Bunday vazifa olimpiya madaniyati
qadriyatlarini egallash usullari yordamida hal etiladi.
Olimpiada kongresslari va hozirgi davr muammolari
Hozirgi davr olimpiada harakati va olimpiada o‘yinlari katta qarama-
qarshiliklar zamonida rivoj topmoqda. Davr taqozosi bilan olimpizm mavjudligi
haqida XOQ rahbarlari davlat arboblari, ba’zi sport uyushmalari xodimlari har xil
nazariyalar, dasturlar (konsepsiya) Olimpiya harakati va olimpiya o‘yinlari, ulardagi
tijorat ishlari, kelajakdagi o‘yinlarni o‘tkazadigan joylar haqida o‘zlariga katta baho
berishmoqda, turli bashoratlar qilishmoqda.
Olimpiya kongresslari. 1973 y. Varnada (Bolgariya) o‘tkazilgan X
Olimpiya kongressi olimpiya harakati muammolarini butunlay hal qilishga kirishdi.
Uning kun tartibida: hozirgi davr olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari;
XOQ, XSF va MOQning o‘zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o‘yinlarining
qiyofalari kabi masalalar muhokamaga qo‘yildi. Kun tartibidagi masalalarning
barchasini hal etisha olmagan bo‘lsada, uch tomonlama (XOQ, MOQ va XSF)
komissiya tuzildi. Shuningdek, kongress yakuni hujjatlari («Uch tomonlama
komissiyaning xulosalari», «Jahonning barcha sportchilariga murojaat») olimpiya
harakatining keyingi demokratlashishiga ancha turtki bo‘ldi, kongress dunyodagi
barcha sportchilarga murojaat qabul etib, ularni xalqaro tinchlik va do‘stlikni
mustahkamlash hamda Olimpiya harakatining sofligi yo‘lida kurashishga chaqirdi.
Olimpiya harakatini yanada rivojlantirishda 1981-yilda Baden-Badenda
(Germaniya) o‘tkazilgan XI kongress muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda uchta
masala muhokamaga qo‘yildi: keyingi olimpiya o‘yinlari; sportda xalqaro do‘stlik
aloqalari; olimpiya harakatining istiqbol yo‘llari. Muhokama jarayonida keyingi
olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish masalasi munozaralar, bahslarga sabab bo‘ldi, turli
munosabatlar izhor etildi. Shuningdek, hozirgi davr olimpiya harakati xususida ham
har xil fikrlar bildirildi.
Kongressda XOQning 82 a’zosi, XSFning 37 vakili va Milliy Olimpiya
qo‘mitalarining (MOQ) 149 vakili ishtirok etdi. Kongressda ilk bor 34 nafar
olimpiya chempionlari ham qatnashdi. Kongress tomonidan yakunlovchi qaror
(deklaratsiya) qabul qilinib.'unda quyidagi jihatlar bayon etilgan edi:
Olimpiya o‘yinlarida «ochiq o‘yinlar» uchun joy yo‘q; .
Olimpiya o‘yinlariga sportchilarni qo‘yish tamoyillari («26-qoida»
Olimpiya xartiyasi) saqlanib qolaveradi;
Olimpiya (marosimlari) har doimgidek davom etadi;
Olimpiya o‘yinlarini turli mamlakatlarda o‘tkazish amaliyoti davom
ettiriladi;
Olimpiya o‘yinlarini tashkil qiluvchi qo‘mita va XOQ, XSF,
MOQlarining o‘zaro munosabatlari yanada mustahkamlab boriladi;
doping iste'mol qiluvchilarni yanada qattiqroq jazolash choralari ishlab
chiqiladi;
sportda kamsitish faoliyatlariga qarshi kurash davom ettiriladi;
«Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini
ko‘paytirish,
taraqqiy
etayotgan
mamlakatlarga
ko‘maklashish
tadbirlari
rejalashtiriladi;
matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlarni ko‘proq
yoritish, yoshlarning sportga qiziqishini tarbiyalashga e’tibor berish;
mamlakatlarning hukumatlaridan olimpiya harakatini rivojlantirishda
ko‘mak so‘rash;
xotin-qizlarning sport harakatiga rahbarlik qilishlariga keng yo‘l ochish.
XX asrda Olimpiya harakati rivojlanishi asosiy yakunlarini 1994 yil 29
avgust – 3 sentabrda Parijda o‘tkaziladigan XII Olimpiya kongressi ko‘rib chiqdi.
Bunda 3000 kishi ishtirok etdi, Ya’ni XOQ (101), XSF (132), MOQ (407),
shuningdek, murabbiylar, sportchilar, olimlar, ommaviy axborot vositalari, davlat
va nodavlat tashkilotlarining vakillari qatnashdi.
Kongressga X.A. Samaranch raislik qildi. Bunda to‘rtta masala muhokama
etilib, har biri bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi, Ya’ni:
Hozirgi davr Olimpiya harakatining jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishga qo‘shayotgan ulushlari (hissalari).
Jamiyatda sportchining o‘rni va roli.