XALQARO TASHKILOTLAR VA XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN IQTISODIY-SIYOSIY ALOQALARI
Yuklangan vaqt
2024-02-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
33,2 KB
O‘ZBEKISTONNING XALQARO TASHKILOTLAR VA XORIJIY
MAMLAKATLAR BILAN IQTISODIY-SIYOSIY ALOQALARI
Reja:
1.O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-
siyosiy aloqalarining o‘rnatilishi va rivojlanishi
2.O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlari.
3.O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlarini ko'tarishning tarixiy va
siyosiy ahamiyati.
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-
siyosiy
aloqalarining
o‘rnatilishi va
rivojlanishi
Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan
Yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash, aholi farovonligi, uning munosib turmush
darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, ta’lim, tibbiyot va atrof-muhitni
muhofaza qilish kabi umumbashariy vazifalar tobora muhim ahamiyat kasb etib,
ularni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda.
Xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bo‘lgan maqsadlarga
erishish yo‘lida davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy, madaniy va ilmiy-texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan
tashkilotlarga aytiladi. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyati shundan
iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib,
davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday
tuzilmalar bugungi kunda davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarning
eng
muhim
va
samarali
shakllaridan
biri
bo‘lib
qolmoqda.
Xalqaro tashkilotlarni tashkil etish borasidagi harakatlar nisbatan qadimiy
davrlardan ma’lum bo‘lsa-da, zamonaviy tushunchamizdagi hozirgi xalqaro
tashkilotlar asosan XIX asrning 2-yarmidan e’tiboran tashkil topa boshlagan.
Xalqaro tashkilotlar odatda davlatlararo va jamoat birlashmalariga bo‘linadi.
Davlatlararo birlashmalar bevosita xalqaro munosabat va faoliyat me’yorlarini
yaratish funksiyasiga ega. Chunki ular davlatlar – xalqaro huquqning asosiy
subyektlari tomonidan tashkil etiladi. Ular o‘z o‘rnida turli tashkilot va harakatlarga
bo‘linishi mumkin (masalan, “Qo‘shilmaslik” harakati yoki “77 lar” guruhi).
Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida qo‘llanadigan atamalarda davlatlararo
tashkilotlar “Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar” deb yuritiladi. Xalqaro
hukumatlararo tashkilotlarning davlatlararo tashkilotlardan farqi shundan iboratki,
ular doimiy qarorgohiga, xalqaro fuqaroviy xizmatiga, o‘z byudjetiga ega bo‘lib,
unga a’zo davlatlar xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Shuningdek, ushbu
tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida xalqaro shartnomalar tuzishi, turli
majburiyatlarni
o‘z
zimmasiga
olishi
mumkin.
Hozirgi kunda dunyoda har xil mazmun va maqsadga bo‘ysundirilgan 2,5 mingdan
ortiq xalqaro tashkilot mavjud. Jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilot
faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Xalqaro tashkilotlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda maqsad va manfaatlari,
harakat yo‘nalishlariga, jahon siyosatida tutgan o‘rni va roliga qarab turlicha
ahamiyat kasb etadi. Ular turli tarixiy sharoitlarda vujudga kelgan bo‘lib, siyosiy
faoliyat subyektlari sifatida bir-biridan farq qiladi va xalqaro siyosatda turlicha
mavqeni
egallaydi.
Xalqaro tashkilotlar maqsad va vazifalariga, ularning xalqaro munosabatlarda va
jahon siyosatidagi tutgan o‘rniga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘z xalqi manfaatlarini ko‘zlab,
dunyodagi deyarlik barcha tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga kirishdi.
O‘zbekistonning tashqi siyosatda mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro
tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli
natijalarni ko‘rsatadi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO,
Islom konferensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali
hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. 1994 yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning “Tinchlik
yo‘lidagi hamkorlik” dasturiga qo‘shildi. Bu dasturga ko‘ra O‘zbekiston harbiy
qismlari Shimoliy Karolina (AQSH) dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari
poligonida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston hududida amerikaliklar
bilan
o‘tkazilgan
desantchilarning
“Ultrabalans-96” harbiy
mashqlarida
qatnashdilar. Shuningdek, Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil
Norvegiyada o‘tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar.
Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba
bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999 yil
aprelda I.A.Karimovning NATO (Shimoliy Atlantika Ittifoqi) qoshidagi “Tinchlik
yo‘lidagi hamkorlik” dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv
xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda
O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi.
Aynan shu jarayonlardan so‘ng NATO Bosh kotibi X.Solananing O‘zbekistonga
tashrifi ikki o‘rtadagi tinchilik yo‘lidagi siyosatning birdamligini ko‘rsatdi.
O‘zbekistonning NATO bilan tinchlik yo‘lidagi hamkorligi bugungi kunda ham
izchil davom etmoqda. Prezident I.A.Karimov 2011 yil yanvar oyida Bryusselga
qilgan tashrifida NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bilan uchrashib,
O‘zbekiston va NATO ko‘p tomonlama munosabatlariga oid masalalar yuzasidan
ochiq va konstruktiv tarzda fikrlar almashildi. Bu uchrashuv O‘zbekiston bilan
NATO o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlash va samarali hamkorlikni
yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston bilan YEXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) bilan
hamkorligi ham o‘z samarasini bera boshladi. 1992 yil 26 fevralda O‘zbekiston
YEXHT kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekib, ikki o‘rtadagi
hamkorliklar boshlandi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora
kengayib bormoqda. YEXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi
mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan
hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi
bilan Toshkentda YEXHTning “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar”,
“Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator
anjumanlari o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari
bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot
vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday
yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki tinchilikparvar tashqi siyosat yuritishida
asosiy omil bo‘lib qoldi.
1996 yilda Lissabon shahrida YEXHTning sammiti bo‘lib, O‘zbekiston rahbariyati
xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etdi.
Mazkur anjumanda Prezidentimiz yig‘ilish ishtirokchilariga Markaziy Osiyo
mintaqasini yadrosiz zona, deb yana bir bor e’lon qildi. O‘zbekiston rahbariyatining
mojarolar kuchayib borayotgan yerlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish
haqidagi
fikri
Lissabon
uchrashuvining
yakunlovchi
hujjatiga
kiritildi.
1999 yil 18-19 noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlarining
Turkiyaning Istambul shahrida oliy darajadagi uchrushuvi bo‘lib, mazkur
anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan, Yevropada xavfsizlik va
hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda
O‘zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini,
fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlik ta’minlagandagina
amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston Prezidenti yig‘ilishda global
ahamiyatga ega bo‘lgan terrorizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi
va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tishkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish
orqaligina mamlakatlar va xalqlarning xavfsizligini ta’minlash mumkinligini
alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston bilan YEXHT o‘rtasidagi munosabatlarda millatlararo munosabatlarga
oid masalalar ham muhim o‘rin tutmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 yil 29 martda
Oqsaroyda YEXHTning kamsonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Knut
Vollebekni qabul qilishi va u bilan maslahatlashuvlar ham ikki o‘rtadagi
hamkorliklar rivojiga xizmat qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan YEXHTning kamsonli millatlar masalalari bo‘yicha
Oliy komissari idorasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga
oid, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
K.Vollebek 2010 yilning iyunida Qirg‘izistonning janubiy hududlarida yuz bergan
fojeali voqealar paytida O‘zbekiston tutgan pozitsiyaga yuksak baho berib, bunday
har tomonlama puxta o‘ylangan og‘ir-vazmin yondashuv mojaroning avj olishi va
davlatlararo qarama-qarshilikka aylanib ketishining oldini olish imkonini berganini
alohida qayd etdi.
XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi.
Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Buni AQSH
senatorlaridan Liberman tasdiqlab: “O‘zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi
aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, degan edi.
O‘zbekistonning ichki rivoji va jahonda o‘zining munosib o‘rnini topishida Yevropa
Ittifoqi (YEI) bilan hamkorliklar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.
O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi bitim 1996 yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning
Florensiya shahrida YEI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O‘zbekiston
Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso”
qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining
navbatdagi uchrashuvi – sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi
bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida, o‘z o‘rni va
ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi.
Prezident I.A.Karimov ushbu bitimni “O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi
munosabatlarda “Yangi turmush nuqtasi”, deb atagan edi.
Mazkur bitim O‘zbekistonni Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan har
tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va
bozor islohotlarini amalga oshirish yo‘lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta
imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi
ilg‘or davlatlar bilan bo‘layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy
aloqalarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim
sohasidagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamda olib borilishi ham respublika
taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 yil 24 yanvarda
Bryusselga amalga oshirgan taklifi Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikda
yana bir yangi davr ochdi. Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti Joze Manuyel
Barozzo bilan uchrashuv va ikki o‘rtada moliyaviy va texnikaviy hamkorlik
loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi muhim
ahamiyat kasb etdi. J.M.Barozzo Yevropa Ittifoqining 2007 yilda qabul qilingan
“Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi”ni amalga oshirilishida
O‘zbekiston hissasini yuqori baholadi.
Shuningdek, tashrif jarayonida O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi diplomatik
vakolatxonasini ta’sis etishga kelishildi. Bu bundan buyongi ikki tomonlama
muloqotning samaradorligi va sifatini oshirishga imkon beradi.
Tashrif chog‘ida amalga oshirilgan ishlar O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi
aloqalarning ulkan salohiyatini ochishda keng imkoniyat yaratib, ustuvor loyihalarni
amalga oshirish uchun yuqori texnologiyalarni yetkazib berish, infratuzilmani
rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va ilmiy-texnikaviy aloqalarni kengaytirish orqali
YEIning mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar va tizimli o‘zgarishlar jarayonida
ishtirok etishga tayyor ekanini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston YEI bilan ikki tomonlama hujjatlar bilan bir qatorda Sherikchilik va
hamkorlik to‘g‘risidagi hamda Atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish
sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni ham tuzdi.
Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida hozirgi paytda O‘zbekiston
Respublikasi va YEI munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi beshta qo‘shma
muassasa: Hamkorlik kengashi, Hamkorlik qo‘mitasi, Parlamentlararo hamkorlik
qo‘mitasi, Savdo va investitsiyalar bo‘yicha yordamchi qo‘mita, Adliya, ichki ishlar,
inson huquqlari va boshqa masalalar bo‘yicha yordamchi qo‘mitalar faoliyat
yuritmoqda.
Mazkur muassasalar tegishli sohalar bo‘yicha munosabatlarning amaldagi holatini
muntazam muhokama etib, ularni yanada rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqadi.
Shuningdek O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, YEIdagi ichki siyosiy
vaziyat bilan bog‘liq masalalar, O‘rta Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash
va hamkorlik qilish, har ikkala tomonning manfaatlariga mos keladigan xalqaro
masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
2011 yilning 7 aprelida Toshkentda tashqi ishlar vazirlari darajasida “Yevropa
Ittifoqi va Markaziy Osiyo” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi. Bu uchrashuv ham
YEI va O‘rta Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqalararo siyosiy muloqotni
yanada jadallashtirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida mamlakatning barqarorligi, jadal taraqqiyoti va
milliy xavfsizligini, uning jahon xo‘jalik aloqalarga kirishuvini ta’minlashga imkon
beruvchi davlatlararo tashkilotlarning tuzilishiga va bu tashkilotlarda faol ishtirok
etishga ustuvor ahamiyat qaratdi. Ana shunday tuzilmalardan biri SHHT (Shanxay
hamkorlik tashkiloti)dir.
1996 yilda Shanxayda, 1997 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Xitoy, Rossiya,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida harbiy
sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli
kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnoma imzolanib, shu tariqa “Shanxay forumi”
yoki “Shanxay beshligi” tashkiloti tuzilgan edi.
2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘lib o‘tdi.
Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va
O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida bayonot
imzolandi. O‘zbekiston Prezidentining taklifi bilan “Shanxay forumi” nomi
“Shanxay hamkorlik tashkiloti” – SHHT deb o‘zgartirildi. O‘zbekiston uning
asoschilaridan biri bo‘ldi.
Ushbu sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to‘g‘risida
Deklaratsiya qabul qilindi. Shuningdek, terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga
qarshi kurash borasida “Shanxay konvensiya”si ham imzolandi.
Sammit qabul qilgan Deklaratsiyada Shanxay hamkorlik tashkilotining maqsadi,
a’zo mamlakatlarning bir-biriga o‘zaro ishonchi, do‘stlik va qo‘shnichilikni
mustahkamlash, ular o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy,
ta’lim, energetika, taransport, ekologiya va boshqa sohalardagi samarali
hamkorlikni rag‘batlantirishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Hindiston, Eron, Mo‘g‘uliston, Pokiston – tashkilotning kuzatuvchi maqomidagi,
Belarus Respublikasi va Shri-Lanka muloqotlar bo‘yicha hamkor davlatlar sanaladi.
SHHT doirasida a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirliklari kengashi, Mudofaa
vazirliklari kengashi tuzilgan va faoliyat yuritmoqda. Davlat va hukumat, tashqi
ishlar va mudofaa vazirliklari, huquq tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va
ekspertlarning uchrashuvlari va maslahatlashuvlari muntazam o‘tkazilmoqda.
2002 yil 6-7 iyun kunlari SHHTga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-
Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga
a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, Tashkilotning ta’sis hujjati-SHHT
Hartiyasi, SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi
haqidagi bitim imzolandi. 2003 yil 29 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda
SHHTning doimiy amal qiluvchi idoralari-Pekinda, Toshkentda kotibiyat
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror
qilindi.
2003 yil sentyabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlar)
Kengashi bo‘lib o‘tdi, uning qarori bilan ko‘p tomonlama hamkorlikning uzoq
muddatli dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a’zo
mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklari, iqtisodiy va savdo vazirliklari, xavfsizlik
kengashlari o‘rtasida muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
2004 yilning 17 iyunida Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti
bo‘lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik
bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Sammitda 2004 yil mart oyida O‘zbekistonda
sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo
mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda
terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi
paydo bo‘lganligi, terrorchilarning bazalarini yo‘qotish, odamlarning ongini
zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash
olib borish zarurligi ta’kidlandi.
SHHTning ushbu sammitida savdo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga
alohida e’tibor qaratildi va shu sabab, SHHTni xavfsizilik orqali hamkorlik sari
boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi.
Sammit yakunida Toshkent Deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari to‘g‘risidagi
konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga
qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va uning organlari
faoliyatiga doir hujjatlar imzolandi.
2003 yil sentyabr oyida SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari 20 yilga
mo‘ljallangan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini imzolashdi.
Uzoq muddatli maqsad sifatida SHHT makonida erkin savdo hududini tashkil etish,
qisqa muddatli istiqbolga – savdo va investitsiya sohasida qulay sharoit yaratish
jarayonini faollashtirish masalasi qo‘yildi.
Bugungi kunda
SHHT doirasi energetika, tarnsport, qishloq xo‘jaligi,
telekommunikatsiya va ilmiy-taxnikaviy, madaniy, ta’lim, sayyohlik va gumanitar
sohalarni qamrab olmoqda.
A’zo davlatlar Tashkilotga navbat bilan bir yil muddatga raislik qilishadi,
muddatning tugatilishi sammit vakolatiga kiradi.
SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining 2009 yil 15-16 iyun kunlari Yekaterinburg
shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra, Tashkilotga raislik qilish
navbati O‘zbekiston Respublikasiga keldi.
O‘zbekiston raisligi doirasida SHHTning shartnomaviy-huquqiy bazasini tashkilot
faoliyati va boshqa xalqaro tashkilotlar tajribasi asosida yanada takomillashtirish
hamda mustahkamlashga yo‘naltirilgan faol tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, SHHT tadbirlarini o‘tkazish jarayonnini tashkil etishning aniq tizimini
yaratish, shuningdek, tayyorlanayotgan hujjatlarning samaradorligi va sifatini
oshirish muhim sanaladi. Shu o‘rinda O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkilot
doirasida me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqish,
kelishuv olib borish va qabul qilish tartibini qat’iy belgilab beradigan SHHT ish
tartibi qoidalari loyihasi ustida ish olib borildi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining tashabbusiga ko‘ra SHHT bilan BMT
kotibiyatlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ham ishlab chiqildi
va kelishib olindi.
2012 yil 6 iyunda Pekinda bo‘lib o‘tgan SHHT Davlat rahbarlari kengashining o‘n
ikkinchi majlisida ham tashkilot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal qilish borasida
hamkorlikda sa’y-harakatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar
muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati
kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o‘rnatdi. Bular orasida,
ayniqsa, yuzdan ortiq a’zoga ega, 1985 yilda tuzilgan Qo‘shilmaslik harakati
tomonidan olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy
tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish, turli harbiy-
siyosiy bloklar faoliyatida qatnashmaslik, tinchliksevarlik kabi yo‘nalishlarga to‘la
mos keladi. O‘zbekiston bu tashkilotga 105-a’zo bo‘lib kirdi.
O‘zbekiston 1996 yilda Islom konferensiyasi tashkilotiga a’zo bo‘lib, ikki o‘rtadagi
aloqalarning samaradorligi keyingi yillarda yanada oshdi. 1969 yilda tuzilib, Osiyo
va Afrika qit’alaridagi 57 mamlakatni o‘ziga a’zo qilgan bu tashkilotning ta’lim, fan
va
madaniyat
masalalari
bo‘yicha
muassasasi
(AYSЕSKO)
tomonidan
mamlakatimizning bosh shahri Toshkentni 2007 yilda Islom madaniyatining
poytaxti deb e’lon qilindi.
Bu yuksak maqomning berilishi zamirida yurtimizda “Vijdon erkinligi diniy
tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning (1991) qabul qilinishi, har bir musulmon
uchun muqaddas Ro‘za va Qurbon hayitlarining umumxalq bayrami sifatida dam
olish kuni deb e’lon qilinganligi, islom madaniyati va me’morchiligini o‘zida
mujassam etgan qadimiy shaharlarning bir necha ming yillik yubileylarini xalqaro
YUNЕSKO tashkiloti bilan hamkorlikda dunyo miqyosida nishonlanishi, bu
shaharlarda islom tarixi, madaniyati va san’atiga oid mavjud inshootlarni
ta’mirlanishi, qaytadan qurish kabi obodonchilik ishlarining amalga oshirilishi,
islomiy ishlar va islom falsafasi rivojiga o‘zlarining o‘lmas asarlari va ta’limotlari
bilan salmoqli hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning tavallud sanalarini
nishonlanishi, bu shaharlarda va ayniqsa Toshkentda islom tarixi, madaniyati va
san’ati, me’morchiligiga mansub ko‘plab bebaho boyliklar davlat muhofazasida
bo‘lib, ularni asrab-avaylab saqlanishi va kelgusi avlodga yetkazilishi va hokazolar
yotadi.
— YAqinda BMTning “Raqamli hukumatni barqaror rivojlanishi yo'lidagi o'n
yillik harakat” nomli hisoboti e'lon qilindi. 2020 yil uchun dunyoda elektron
hukumat rivojlanishi natijalari taqdim qilingan ushbu reytingda O'zbekiston 6
ta pog'onaga tushib, 87-o'rinni egalladi. Nima deb o'ylaysiz, nima sababdan
mamlakatimiz
avvalgi
o'rnini
yo'qotdi?
— Albatta, O'zbekiston umumiy reytingda 6 ta pog'onaga pasaydi. Lekin reytingni
shakllantiruvchi komponentlar bo'yicha birmuncha o'sish kuzatilgan. Masalan,
ushbu reytingning “Inson kapitali”, “elektron ishtirok” va “Telekommunikatsiya
infratuzilmasi” indekslari bo'yicha ko'rsatkichlar 0,01 dan 0,14 punktgacha oshgan.
“elektron ishtirok” indeksi bo'yicha respublikamiz o'zining ko'rsatkichini 0,80
punktgacha oshirib, umumiy reytingdagi o'rnini 13 pog'onaga ko'tardi va 46-o'rinni
egallab, elektron ishtirok indeksining juda yuqori rivojlanish darajasiga ega
mamlakatlar ro'yxatiga kirdi. Vaholanki, 2018 yilda ushbu indeks bo'yicha
mamlakatimiz
59-o'rinda
edi.
Bundan tashqari, O'zbekistonga ochiq ma'lumotlar bo'yicha eng yuqori ball berildi.
Albatta, “elektron hukumatni rivojlantirish” reytingidagi o'rnimiz pasayishiga ayrim
omillar ta'sir qildi. eng avvalo, ta'kidlash joizki, 2018 yildan joriy yilning aprel`
oyiga qadar respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va “elektron
hukumat” tizimini joriy etishda yagona muvofiqlashtiruvchi organ mavjud
bo'lmagan. Natijada reytingni oshirish bo'yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar
rejasi qabul qilinmagan va tegishli ishlar etarli darajada tashkil etilmagan. Hozir
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu
ishga
mas'ul
etib
belgilangan.
SHuningdek, milliy elektron xizmatlar portali hamda ta'lim, mehnat, ijtimoiy
xizmatlar, sog'liqni saqlash, moliya va atrof-muhit sohalaridagi tegishli vazirlik va
idoralarning veb-saytlari ham talabga to'liq javob beradi, deb ayta olmaymiz. Ushbu
saytlar reytingning “elektron xizmatlar” komponentida 148 ta jihat bo'yicha baholab
boriladi. Milliy onlayn xizmatlar portali va rasmiy veb-saytlarning mobil`
qurilmalardan foydalanish uchun moslashgan shakllari etarli darajada joriy
etilmagan.
SHuningdek, tranzaktsiya xizmatlari darajasining pastligi, davlat bojlari, turli
yig'imlar va jarimalarni to'liq elektron tarzda to'lash ham oxiriga etmaganligi
reytingdagi
o'rnimizga
salbiy
ta'sirini
ko'rsatmoqda.
Reytingning “Inson kapitali” komponenti bo'yicha ham ishlashimiz kerak bo'lgan
ayrim kamchiliklar bor. Masalan, masofaviy o'qitish imkoniyatlaridan to'liq
foydalanilmayotgani, oliy ma'lumotga ega aholi qatlami bo'yicha aniq ma'lumotlar
etarli
emasligi
reytingdagi
o'rnimizga
ta'sir
qilmoqda.
Mobil` aloqa abonentlari, internet foydalanuvchilari ulushini begilaydigan
“Telekommunikatsiya infratuzilmasi” komponentida esa respublikaning uzoq
hududlariga yuqori tezlikdagi simli internet tarmog'i etib bormaganligi ham
reytingdagi
o'rnimizga
o'z
ta'sirini
o'tkazmoqda.
Bu kamchiliklarni to'g'rilash bo'yicha ustuvor vazifalarni belgilab olganmiz. Umid
qilamizki, navbatdagi hisobotlarda ushbu yo'nalishda mamlakatimiz o'rni yanada
yaxshilanishiga
erishiladi.
— Koronavirus pandemiyasi ko'p islohotlarimizga salbiy ta'sir qildi. Iqtisod
deysizmi, sanoatmi, ta'lim va boshqa sohalar qiyin raqobat muhitida qoldi.
Nima deb o'ylaysiz, bu holat reyting va indekslarda qanday baholanadi?
— Darhaqiqat, bugungi kunda koronavirus pandemiyasi global miqyosda butun
insoniyatga xavf solayotganiga, barcha sohalarda turli qiyinchiliklarni keltirib
chiqarayotganiga
barchamiz
guvoh
bo'lib
turibmiz.
Pandemiya sharoitida, albatta, birinchi zarba iqtisodiyotga tushadi, rejalashtirilgan
ko'plab islohotlar ijrosi ortga suriladi, asosiy e'tibor sog'liqni saqlash tizimini
qo'llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, uning turmush darajasini
yaxshilashga
qaratiladi.
Xalqaro reyting agentliklari indekslarni hisoblab chiqishda yoki reytinglarni
tuzishda, asosan, mamlakatning turli statistik ko'rsatkichlariga tayanadi. Tan olish
lozim, pandemiya sababli statistik ko'rsatkichlarning yaxshi tomonga o'zgarishiga
nisbatan
ularning
yomonlashish
ehtimoli
yuqoriroq.
SHu sababli keyingi yillarda xalqaro reyting va indekslardagi o'rnimizning joriy
holatida saqlab qolinishi yoki pastlashishi ehtimolini nazardan qochirib bo'lmaydi.
Biroq unutmaslik kerakki, pandemiya bitta yoki bir nechta davlatda emas, balki
butun
dunyo
mamlakatlariga
bevosita
salbiy
ta'sirini
o'tkazmoqda.
SHu bois, balki boshqa davlatlarning ham reytinglardagi o'rni pastlashishi sabab
mamlakatimizning o'rni tom ma'noda ko'tarilishi yoki joriy holatda saqlanib qolishi
ham
ehtimoldan
xoli
emas.
Har qanday vaziyatda ham xalqimizning azaliy qadriyatlaridan kelib chiqib hamisha
yaxshi niyat qilish, ertangi kunga umid bilan boqish tuyg'usi dilimizda yashamoqda.
Ishonchimiz komilki, barchamiz, butun xalqimiz bir jon, bir tan bo'lib
bahamjihatlikda harakat qilsak, bu sinovlarni albatta engamiz. Pandemiyadan
taraqqiyotimizning ertangi yo'nalishlarini belgilaydigan yangi xulosalar, yangi
g'oyalar, yangi kuch bilan chiqib, rivojlanish yo'lini izchil davom ettiramiz.