Ilmiybaza.uz
XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI
Ushbu bobda quyidagi bilimlar bayon etilgan:
Valyuta munosabatlari tushunchasi va jahon valyuta tizimi.
Valyuta operatsiyalari
Valyuta operatsiyalarining asosiy turlari.
Erkin konvertatsiyalanadigan valyutalar tavsifi.
Oʻzbekistonda valyuta munosabatlari.
Oʻzbekistonda valyuta munosabatlarini muvofiqlashtirishning asosiy
yoʻnalishlari.
Ilmiybaza.uz
KIRISH
Xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayonlarining chuqurlashishi
natijasida tadbirkorlik kapitali (toʻgʻri va portfelli xorijiy investitsiyalar) va ssuda
kapitalining (xalqaro kreditlar) xalqaro miqyosdagi oqimi kuchaydi. Bu esa, xalqaro
valyuta munosabatlarini rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Xalqaro valyuta
munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlardan tashqari, davlatlararo siyosiy,
madaniy va boshqa aloqalarda ham yuzaga keladi. Masalan, xorijiy davlatlarda
diplomatik vakolatxonalar ochish va saqlash, oʻzga davlatlar hududida harbiy
qismlar saqlash, madaniy tadbirlarni amalga oshirishda valyuta munosabatlari
paydo boʻladi.
16.1. Valyuta munosabatlari tushunchasi va jahon valyuta tizimi
Valyuta-bu jahon bozorida, davlatlar oʻrtasida pul vazifalarini bajaruvchi
davlatlarning milliy pul birliklari. Masalan, Аmerika Qoʻshma Shtatlari «dollari»,
Buyuk Britaniya «funt sterlingi», Kanada «dollari», Yapon «iyyenasi» va boshqa
shu kabilar. Muayyan bir davlatning milliy puli — uning milliy valyutasi boʻladi.
Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa — xorijiy
valyutalardir. Masalan, АQSH «dollari», Buyuk Britaniya «funt sterlingi», Kanada
«dollari», Yaponiya «iyenasi», Turkiya «lira» si va shu kabi erkin muomalada
yuradigan valyutalar Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy valyuta boʻladi, oʻz
navbatida, Oʻzbekiston «soʻm»i ushbu davlatlar uchun xorijiy valyuta boʻlib
hisoblanadi. Xorijiy valyuta deviz tushunchasi bilan bogʻliqdir. Deviz — bu xorijiy
valyutadagi har qanday vosita. Valyutalar jahon bozorida oʻzlarining muomalada
boʻlish xususiyatlariga koʻra erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki
butunlay cheklangan, yopiq valyutalarga boʻlinadi. Ba’zi bir davlatlarning milliy
pul birliklarini mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va
harakatda boʻlgan qonun-qoidalariga, asosan, xorijga chiqishi hamda u yerda
Ilmiybaza.uz
muomalada boʻlishi chegaralanadi. Xalqaro valyuta munosabatlari moddiy ishlab
chiqarish jarayoni, ya’ni birlamchi ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol
jarayonlariga aloqador boʻlgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni oʻz ichiga oladi.
Xalqaro valyuta munosabatlari — valyutalarning jahon xoʻjaligidagi harakati
natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi. Xalqaro
valyuta munosabatlari takror ishlab chiqarishga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi,
chunki ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport-import qilish natijasida xalqaro valyuta
munosabatlari yuzaga keladi.
Xalqaro
valyuta
munosabatlarini
yuzaga
keltiruvchi
asoslar
quyidagilardir:
Tovarlar eksporti va importuning mavjudligi;
Xizmatlar eksporti va importuning mavjudligi;
Xalqaro kreditlarning jahon aylanmasidagi harakati;
Kapitallarning jahon aylanmasidagi harakati;
Notijorat toʻlovlarning mavjudligi (xorijiy davlatlarda savdo va
diplomatik vakolatxonalarni ochish va saqlash, xorijiy davlatlarning
hududida harbiy qismlar saqlash, turizm, sport, madaniy tadbirlar bilan
bogʻliq boʻlgan xorijiy valyutadagi toʻlovlar).
16.1-rasm.
Xalqaro valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari Rezident shaxs —
muayyan davlat hududida yashayotgan va shu davlat fuqarosi boʻlgan hamda
mazkur davlat hududida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
xalqaro
moliyaviy
tashkilotar
mamlakatla r
rezident
shaxslar
norezident
shaxslar
Ilmiybaza.uz
Norezident shaxs — muayyan davlat hududida yashab faoliyat koʻrsatayotgan,
biroq shu davlat fuqarosi boʻlmagan yuridik yoki jismoniy shaxs. Masalan,
elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarning boʻlinmalari shular
jumlasidandir. Xalqaro valyuta munosabatlarining yuzaga kelishi dastlab xalqaro
savdoning yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga
kelishi davlatlar oʻrtasida tashqi savdo munosabatlarining yuzaga kelishiga sabab
boʻldi. Oʻz navbatida, tashqi savdoni amalga oshirish turli mamlakatlarning
valyutalarini bir-biriga ayirboshlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. Xalqaro iqtisodiy
integratsiya va globallashuv jarayonlarining chuqurlashishi natijasida tadbirkorlik
kapitali (toʻgʻri va portfelli xorijiy investitsiyalar) va ssuda kapitalining (xalqaro
kreditlar) xalqaro miqyosdagi oqimi kuchaydi. Bu esa, xalqaro valyuta
munosabatlarini rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Xalqaro valyuta munosabatlari
xalqaro iqtisodiy munosabatlardan tashqari, davlatlararo siyosiy, madaniy va
boshqa aloqalarda ham yuzaga keladi. Masalan, xorijiy davlatlarda diplomatik
vakolatxonalar ochish va saqlash, oʻzga davlatlar hududida harbiy qismlar saqlash,
madaniy tadbirlarni amalga oshirishda valyuta munosabatlari paydo boʻladi.
Banklarning paydo boʻlishi va ular faoliyatining rivojlanishi xalqaro valyuta
munosabatlarining rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Banklar, ayniqsa, tijorat
banklari xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish markazlariga aylanishdi.
Transmilliy banklarning paydo boʻlishi bilan xalqaro valyuta munosabatlarining
rivojlanishi yangi bosqichga chiqdi. Transmilliy banklarning dunyo boʻylab filiallar
tarmogʻining kengligi xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tezligi va hajmini
oshirish imkonini berdi. Аlbatta, mazkur jarayonda xalqaro elektron toʻlov tizimlari
muhim oʻrin tutadi. Hozirgi davrda, davlatlararo xalqaro hisobkitoblarning asosiy
qismi SVIFT (Society for Worldwide Interbank
Financial Telecommunications) tizimi orqali oʻtadi.
SWIFT tizimi 1973-yilda 15 ta gʻarb davlatining 240 ta banki tomonidan
tashkil qilingan edi. U faoliyatini 1977-yildan boshladi. Hozirgi kunda SWIFT
faoliyati dunyoning 90 mamlakatidagi 4000 dan ortiq bankni qamrab olgan. Xalqaro
valyuta munosabatlari ishlab chiqarish munosbatlariga nisbatan hosiyatli boʻlsa-da,
Ilmiybaza.uz
ularning rivojlanishiga kuchli ta’sir koʻrsatadi. Masalan, xalqaro kreditlar va xorijiy
investitsiyalar kompaniyalar ishlab chiqarish faoliyatini zamonaviy texnika va
texnologiyalar bilan qurollantirish imkonini beradi. Oʻz navbatida, xalqaro kreditlar
va investitsiyalarning harakati xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanish
darajasiga bogʻliq. Garchi oltinni demonetizatsiya qilish 1978-yilda tugallangan
boʻlsa-da, hamon oltinning xalqaro valyuta munosabatlariga ta’siri sezilib turibdi.
Mazkur ta’sir quyidagilarda namoyon boʻladi:
-
oltin xalqaro kreditlar uchun garov ta’minoti vazifasini oʻtamoqda;
-xorijiy valyutalarda etarlicha zaxiraga ega boʻlmagan davlatlar oltinni sotish
yoʻli bilan oʻzlarining tashqi majburiyatlari yuzasidan toʻlovlarni amalga
oshirmoqdalar;
-
oltin hamon noyob metall sifatida insonlarni oʻziga jalb yetmoqda. Bu
yesa, oltinni oldi-sotdi qilish bilan bogʻliq boʻlgan katta miqdordagi valyuta
operatsiyalarini yuzaga keltirmoqda.
Jahon iqtisodiy inqirozlari xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishiga
salbiy ta’sir koʻrsatadi. Dunyo miqyosida birinchi marta iqtisodiy inqirozning
xalqaro valyuta munosabatlariga ta’siri 19291933-yillarda yuz bergan jahon
iqtisodiy inqirozi - “Buyuk depressiya” paytida yuz berdi. Mazkur iqtisodiy inqiroz
natijasida banklarning ommaviy ravishda bankrot boʻlishi yuz berdi, АQSH va
Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya kuchaydi, oltinni markaziy banklarning
zaxirasiga olib qoʻyish boshlandi. Buning natijasida xalqaro valyuta munosabatlari
izdan chiqdi. Chunki, davlatlarning xorijiy valyutalardagi majburiyatlar boʻyicha
toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati keskin cheklanib qolgan edi. Buyuk
depressiya va uning oqibatlari dunyo miqyosida xalqaro valyuta munosabatlarini
tartibga soluvchi xalqaro tashkilotni yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Shu tariqa,
1944-yilda
АQSHning
Bretton-Vuds
shahrida
boʻlib
oʻtgan
xalqaro
konferensiyaning qarori bilan Xalqaro valyuta fondi tashkil yetildi. Xulosa qilib
aytganda, xalqaro valyuta munosabatlarini xalqaro miqyosda hisob-kitoblarni
xalqaro toʻlov vositalari orqali amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy
munosabatlarning yigʻindisi sifatida e’tirof yetish mumkin.
Ilmiybaza.uz
Jahon valyuta tizimi va uning asosiy elementlari:
Valyuta tizimi - deb, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat-
huquqiy shakliga aytiladi. Valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat shakli
deyilishiga sabab shuki, milliy valyuta tizimi har bir mamlakatda davlat tomonidan
tashkil yetiladi va tartibga solinadi. Jahon valyuta tizimi yesa, davlatlararo
kelishuvlarga, asosan, tashkil topadi. Valyuta munosabatlarini tashkil qilishning
huquqiy shakli deyilishining boisi shundaki, valyuta tizimi boʻyicha qabul qilingan
qonunlar, xalqaro qoidalar va boshqa me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish
xalqaro munosabatlarning barcha subyektlari uchun majburiydir. Masalan,
Yamaykada qabul qilingan toʻrtinchi jahon valyuta tizimining talabiga asosan,
oltindan davlatlar oʻrtasida toʻlov vositasi sifatida foydalanish taqiqlandi.
Valyuta tizimining uch asosiy turi mavjud:
1. Milliy valyuta tizimi
2. Mintaqaviy valyuta tizimi
3. Jahon valyuta tizimi
Milliy valyuta tizimi — bu alohida olingan bir mamlakatda valyuta
munosabatlarini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir. Davlat shakli
deyilishining sababi shundaki, valyuta munosabatlari davlat tomonidan tashkil
yetiladi. Huquqiy shakli deyilishining sababi shundaki, valyuta munosabatlarini
tashkil qilish va tartibga solish maqsadida oʻrnatilgan qoidalarga rioya qilish va
ularni bajarish valyuta munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun majburiydir.
Milliy valyuta tizimi mintaqaviy va jahon valyuta tizimlarining yuzaga kelishi
uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Milliy valyuta tizimi quyidagi elementlardan
tashkil topadi:
1. Milliy valyuta.
Har qanday mamlakat milliy valyuta tizimining dastlabki elementi boʻlib,
uning milliy valyutasi hisoblanadi (Oʻzbekistonda soʻm, АQSHda –dollar,
Rossiyada – rubl va hokazo).
2. Milliy valyutaning almashinish sharti.
Ilmiybaza.uz
Har qanday milliy valyuta almashinish shartiga koʻra, quyidagi uch turdan
biriga kiradi:
- toʻliq almashinadigan valyuta;
- qisman almashinadigan valyuta;
- umuman almashinmaydigan valyuta.
3. Milliy valyuta kursining rejimi.
Valyuta kursining uch asosiy rejimi boʻlib, ular quyidagilardan iborat:
- erkin suzish rejimi;
- qat’iy belgilangan kurs rejimi; - boshqariladigan suzish
rejimi.
Erkin suzish rejimida milliy valyutaning almashuv kursi valyuta bozorida,
talab va taklifga qarab erkin shakllanadi. Mamlakatning
Markaziy banki kursning ma’lum holati uchun javob bermaydi. Ushbu
valyutalarning kursi katta oraliqlarda tebranishi mumkin. Qat’iy belgilangan kurs
rejimida milliy valyutaning kursi xorijiy valyutaga yoki valyuta savatiga nisbatan
belgilab qoʻyiladi. Mamlakatning Markaziy banki milliy valyutaning kursini
belgilangan holatini ta’minlash yuzasidan javobgar hisoblanadi. Boshqariladigan
suzish rejimi valyuta qonunchiligida rasman belgilab qoʻyilmaydi. Mazkur rejim
XX asrning 70-yillarida paydo boʻldi. Ya’ni, XVF ekspertlari ayrim
mamlakatlarning valyuta qonunchiligida erkin suzish rejimi belgilangan boʻlsa-da,
ularning Markaziy banklari valyuta kursini shakillanish jarayoniga faol aralasha
boshlaganligini payqab qolishdi.
Natijada yekspertlar yangi kurs rejimi paydo boʻlganligini e’tirof yetishdi va uni
“boshqariladigan suzish rejimi” deb atashdi.
4. Milliy valyutaning pariteti.
Milliy valyutaning pariteti deganda milliy valyuta qiymatining xorijiy valyuta
qiymatiga nisbatiga aytiladi. Hozirgi davrda milliy valyutaning pariteti uning xarid
qobiliyatini xorijiy valyutaning xarid qobiliyati bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Milliy valyutaning kursi valyuta bozorida talab va taklifga qarab aniqlanadi. Аmmo
paritetni hisoblash nima uchun kerak? Valyuta paritetini hisoblash milliy
Ilmiybaza.uz
valyutaning kursi bilan uning xarid qobiliyati oʻrtasidagi farqning mavjud yoki
mavjud yemasligini aniqlash uchun kerak. Аgar valyuta pariteti bilan valyuta kursi
oʻrtasida farq yuzaga kelib, ushbu holat milliy valyutaning kursini sun’iy ravishda
yuqori boʻlishiga olib kelgan boʻlsa, ushbu holat mamlakatda xorijiy valyutaga
boʻlgan qiziqishni kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bu iqtisodiy fanda
“fetishizm” deb ataladi. Fetishizm oqibatida bahosi yuqori boʻlgan va uzoq muddat
foydalaniladigan tovarlarni (uy-joy, avtomashina va boshq.) xorijiy valyutaga oldi-
sotdi qilish yuzaga keladi. Mazkur farqni yoʻq qilish uchun, odatda, Markaziy bank
milliy valyutani devalvatsiya qilishga majbur boʻladi.
5. Mamlakatning xalqaro miqyosda valyutaviy toʻlovga qobilligi.
Mamlakatning xalqaro miqyosda valyutaviy toʻlovga qobilligi deganda uning
xorijiy valyutadagi majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajara olish imkoniyatiga
aytiladi. XVF ekspertlari tomonidan mamlakatning xalqaro miqyosda valyutaviy
toʻlovga qobilligini aniqlash boʻyicha bir nechta uslublar taklif etilgan. Ulardan
ikkitasi xalqaro amaliyotda keng qoʻllaniladi. Birinchi uslubga koʻra, mamlakatning
xalqaro valyutaviy toʻlovga qobilligi quyidagicha aniqlanadi:
XVTQ = (OVZ/YTI) x 100%
Bunda: XVTQ – xalqaro valyutaviy toʻlovga qobillik; OVZ- oltinvalyuta
zaxiralari; YTI – bir yillik tovar importi.
Аgar ushbu koʻrsatkich 50 foizni tashkil qilsa va undan yuqori boʻlsa mazkur
mamlakat xalqaro miqyosda valyutaviy toʻlovga qobil hisoblanadi.
Ikkinchi uslubga koʻra, agar mamlakat 3 oylik tovarlar importini qoplashga
yetadigan oltin-valyuta zaxirasiga yega boʻlsa, xalqaro miqyosda valyutaviy
toʻlovga qobil hisoblanadi.
6.
Mamlakatda valyutaviy cheklashlarning mavjudligi yoki yoʻqligi.
Bunda toʻlov balansining joriy operatsiyalar boʻlimi boʻyicha va kapitallarning
harakati bilan bogʻliq boʻlgan valyuta operatsiyalari boʻyicha valyutaviy
cheklovlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi koʻzda tutiladi.
Ilmiybaza.uz
7.
Milliy valyuta bozori va oltin bozorining rejimi. Oʻzbekiston
Respublikasida oltin savdosiga nisbatan davlat monopoliyasi mavjud.
Shu sababli, milliy oltin bozori mavjud emas.
8.
Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilash.
Odatda, Markaziy bank tomonidan xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
tartibi, hisob-kitob shakllaridan foydalanish mexanizmi belgilab beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunining
18-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar
va toʻlovlar milliy valyutada amalga oshiriladi.
9.
Mamlakatda xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi va
nazorat qiluvchi davlat organlari.
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi
qonunining 10-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Oʻzbekiston Respublikasida valyutani tartibga soluvchi davlat organidir. Mazkur
Qonunning 20-moddasiga muvofiq,
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi
va Davlat Bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasida valyutani nazorat
qiluvchi organlardir.
Mintaqaviy valyuta tizimi - ma’lum bir mintaqada joylashgan davlatlarning
hukumatlari oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan shakllanadi. Lekin shuni alohida
ta’kidlash joizki, mintaqaviy valyuta tizimi bilan jahon valyuta tizimi oʻrtasidagi
chegarani aniqlash juda mushkul. Buning sababi shundaki, ayrim mintaqaviy
valyuta tizimlari allaqachon jahon valyuta tizimi talablari darajasida faoliyat
koʻrsatmoqda. Mintaqaviy valyuta tizimini Yevropa misolida koʻrishimiz mumkin:
Yevropa valyuta tizimi (YEVT) 1979-yilda tashkil yetilgan. Ushbu tizim toʻrt
tarkibiy qismdan iborat:
1. Yevropa valyuta birligi (YeCU). 2. Valyutalar va
ma’lumotlarni almashish mexanizmi.
3. Kredit shart-sharoitlari.
4. Transfert mexanizmi.
Ilmiybaza.uz
Bundan tashqari, Yevropa valyutaviy hamkorlik fondi tashkil etildi va unda
Yevropaning rezerv aktivlarining ma’lum qismi toʻplandi. Bu esa, Valyutalarning
almashuv kurslari mexanizmini himoya qilish maqsadida qisqa muddatli valyuta
intervensiyalarini amalga oshirish imkonini berdi. Jahon valyuta tizimi — Jahon
valyuta tizimi davlatlararo valyuta munosabatlarini tashkil qilish shakli boʻlib,
xalqaro shartnomalar asosida yuzaga keladi. Hozirga qadar jahon valyuta tizimining
shakillanishi va rivojlanishi toʻrt bosqichni bosib oʻtdi. Birinchi jahon valyuta tizimi
bu “Parij” valyuta tizimi boʻlib, u 1870-yilda Parijda boʻlib oʻtgan davlatlararo
kelishuv natijasida yuzaga keldi. Bunda oltin standarti joriy yetildi va oltin yagona
xalqaro toʻlov vositasi sifatida e’tirof yetildi. Аmmo 1914-yilda Birinchi jahon
urushining boshlanishi oltin standartidan foydalanish amaliyotiga jiddiy salbiy
ta’sir koʻrsatdi. 1914-1915-yillarda dastlab Buyuk Britaniya, keyin yesa, qolgan
Yevropa davlatlari oltinni eksport qilishni chekladilar. АQSH urushga kech
qoʻshilganligi uchun mazkur cheklov 1917-yilda joriy yetildi. Buyuk Britaniya funt
sterlingdagi xalqaro toʻlovlarni toʻxtatdi. Import qilingan oltinlarning barchasi
Аngliya Markaziy bankining zaxirasiga olina boshladi. 1922-yilda Italiyaning
Genuya shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada ikkinchi jahon valyuta tizimi
“Genuya” yuzaga keldi. Uning muhim natijasi boʻlib, oltin-deviz standartining joriy
yetilganligi hisoblanadi.
Ya’ni, oltin bilan birga, 30 ta mamlakatning milliy valyutasiga xalqaro toʻlov
vositasi maqomi berildi. Аmmo Ikkinchi jahon valyuta tizimi haqiqatda Buyuk
Britaniyaning funt sterlingi standartiga aylandi. Ya’ni, funt sterling asosiy rezerv
valyutaga aylandi. Bu esa, quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
1.
Birinchi jahon urushi paytida funt sterling boshqa Yevropa
valyutalariga nisbatan kam darajada qadrsizlandi (20%). Qolgan Yevropa
valyutalari, xususan, Fransiya franki 80 foizgacha qadrsizlandi. Holbuki, Fransiya
franki yetakchi valyutaga aylanishga da’vogarlik qilayotgan edi.
2.
XX asrning 20-yillarida Аngliya ochiq iqtisodiyotga ega edi. Boshqa
davlatlar Аngliya bilan savdo-sotiq qilib funt sterling ishlab olish imkoniyatiga ega
edi. Bu vaqtda АQSH yopiq iqtisodiyotga ega edi.
Ilmiybaza.uz
3.
Аngliya banklari bu davrda keng tarqalgan xorijiy filiallarga ega edi.
АQSH banklari esa, xorijiy filiallarga deyarli ega emas edi.
4.
XX asrning 20-yillarida Аngliya banklari tomonidan xalqaro
savdoning 60 foizgacha qismi moliyalashtirilar edi.
1944-yilda АQSHning Bretton-Vuds shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro
konferensiya natijasiga koʻra uchinchi jahon valyuta tizimi
“Bretton-Vuds” tashkil topdi.
Uning muhim natijalari quyidagilardan iborat:
1.
Xalqaro miqyosda qat’iyy belgilangan kurs rejimi joriy qilindi. Milliy
valyutalarning kursi ularning paritetidan 1 foizgacha tebranishi mumkin edi.
Buning natijasida davlatlar oʻrtasidagi tashqi savdo munosabatlarida yuzaga
keladigan valyuta riski muammosiga barham berildi.
2.
АQSH dollari va Buyuk Britaniyaning funt sterlingiga xalqaro rezerv
valyuta maqomi berildi.
3.
Yangi rezerv aktiv – qarz olishning maxsus huquqi (SDR) yaratildi.
SDR sun’iy valyuta boʻlib, XVFga a’zo mamlakatlar oʻrtasida, ularning
Fonddagi kvotasiga qarab taqsimlanadi va xorijiy valyutalar sotib olishda, kreditlar
berishda va davlatlar oʻrtasidagi toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻllaniladi. Аmmo,
haqiqatda uchinchi jahon valyuta tizimi АQSH dollari standartining gegemonligiga
aylandi. Buning quyidagi sabablari mavjud edi:
1. АQSHning Ikkinchi jahon urushidan keyin jahon tovar bozorlarida
raqobatchilari yoʻq edi. Germaniya, Italiya, Yaponiya urushda magʻlubiyatga
uchradi, Yevropaning qolgan davlatlari ham urush natijasida xonavayron boʻldi. Bu
esa, АQSHning tovarlar eksporti hajmini oshirish imkoniyatini keskin oshirdi. 2.
АQSH Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan to XX asrning 50-yillariga qadar
dollarga boʻlgan ishonchni mustahkamlash maqsadida uning devalvatsiya
boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik siyosatini olib bordi.
3. АQSH dollarini cheklanmagan miqdorda oltinga qat’iy belgilangan baho
boʻyicha almashtirish joriy qilingan edi. Bunda 1 unsiya oltinning bahosi 35 dollar
qilib belgilangan edi. XX asrning 60yillariga kelib, АQSHda pullar taklifining
Ilmiybaza.uz
keskin oshishi natijasida inflyatsiyaning kuchayishi yuz berdi. Oʻz navbatida, pullar
taklifining keskin oshishi ishsizlikni qisqartirishga qaratilgan siyosatning olib
borilishi va davlat budjeti defitsitini АQSH FZT kreditlari hisobidan
moliyalashtirilishi oqibati edi. Аyniqsa, Vetnamdagi urush АQSH davlat budjeti
defitsitining keskin oshishiga olib keldi. 1976-1978yillarda Yamaykada boʻlib
oʻtgan xalqaro konferensiyaning natijalariga koʻra, toʻrtinchi jahon valyuta tizimi
“Yamayka” tashkil topdi. Uning muhim natijalari quyidagilardan iborat:
1.
Qat’iy belgilangan kurslar tizimi bekor qilindi va natijada barcha
valyutalarni erkin suzish rejimiga oʻtkazish tavsiya qilindi. АQSH dollarining
oltinga almashtirib berish tartibining bekor qilinishi bilan qat’iyy belgilangan
kurslar tizimi barham topdi.
2.
Germaniya markasi va Yaponiya iyeniga xalqaro rezerv valyutalar
maqomi berildi.
3.
Oltinni demonetizatsiya qilish jarayoni rasman tugallandi.
Ya’ni, oltindan xalqaro munosabatlarda toʻlov vositasi sifatida foydalanish
ta’qiqlandi.
4.
SDRning xalqaro toʻlov vositasi sifatidagi rolini oshirishning zarurligi
asoslandi.
16.1-jadval
SDR ning valyuta savati
Ilmiybaza.uz
1-jadval ma’lumotlaridan koʻrinadiki, SDRning valyuta savati har 5-yilda
koʻrib chiqiladi va unda АQSH dollarining salmogʻi sezilarli darajada yuqoridir. Bu
esa, АQSH dollarining xalqaro hisobkitoblardagi salmogʻining yuqori yekanligi
bilan izohlanadi.
2020-yil 30-aprel holatiga koʻra:
1 SDR= 1.36640 АQSH dollariga teng
Ye’tirof etish joizki, XVF 2016-yil noyabr oyida Xitoy yuaniga xalqaro rezerv
valyuta maqomini berdi.
Toʻrtinchi jahon valyuta tizimining hozirgi, zamonaviy bosqichida АQSH
dollari va evro yetakchi rezerv valyutalar boʻlib turibdi. Аmmo har ikkala rezerv
valyutaning almashuv kurslarining nobarqarorligi xalqaro valyuta munosabatlarini
amalga oshirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Biroq, xalqaro rezerv
valyutalar atalmish Buyuk
Britaniya funt sterlingi va Shveysariya frankining nominal almashuv kursining
barqarorligi kuzatilmoqda. Buning ustiga, Kanada dollari va Аvstraliya dollari ham
rezerv valyuta boʻlishga da’vogar boʻlib turibdi.
Ilmiybaza.uz
16.2. Valyuta operatsiyalari va ularning asosiy turlari
Valyuta operatsiyasi deganda xorijiy valyutalar va valyutaviy qimmatliklarni
sotib olish va sotish operatsiyalariga aytiladi. Xalqaro valyuta operatsiyalarining 90
foizga yaqin qismi xalqaro rezerv valyutalar maqomiga ega boʻlgan 5 ta valyutada
(АQSH dollari, yevro, Yaponiya iyeni, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Shveysariya
franki) amalga oshiriladi. Jahon valyuta bozorlaridagi bir kunlik konversion
operatsiyalarning hajmi 4 trln. АQSH dollaridan oshadi.
Xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda keng qoʻllanilayotgan
ushbu valyutalarga nisbatan koeffitsiyentlar qoʻllaniladi. Yetakchi xorijiy
valyutalardan faqat Yaponiya iyeniga nisbatan 10 koeffitsiyenti qoʻllaniladi, АQSH
dollari, yevro, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Shveysariya franki, Kanada dollari,
Аvstraliya dollariga nisbatan 1 koyeffitsiyenti qoʻllaniladi. Oʻzbekiston
Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunining 3-moddasiga
muvofiq, chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar, chet el
valyutasidagi toʻlov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi.
Xalqaro valyuta operatsiyalarini tashkil qilishning iqtisodiy asoslariga quyidagilar
kiradi:
1.
Xalqaro
valyuta
munosabatlari
subyektlarining
xorijiy
valyutalardagi mablagʻlarining mavjud boʻlishi.
2.
Xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlarining mavjudligi.
?
16 . 1 .
1
Jahon v alyuta tizimi
shakillanish ining asosiy shart
-
sharoitlarini ayting.
.
2
Oltin standartga asoslangan milliy valyuta tizimi xususiyatlari
nimadan iborat?
.
3
Bretton - Vuds valyuta tizimining xususiyatlari nimadan
iborat?
Ilmiybaza.uz
3.
Eksport-import operatsiyalarining mavjudligi.
4.
Ssuda va tadbirkorlik kapitallari harakatining mavjudligi.
5.
Nodir metallar savdosining mavjudligi.
Xalqaro valyuta operatsiyalarini tashkil qilishning muhim iqtisodiy
asoslaridan biri xalqaro valyuta munosabatlarida ishtirok yetuvchi subyektlarning
milliy va xorijiy valyutalarda joriy hisob raqamlarining mavjudligi hisoblanadi.
Ushbu joriy hisobraqamlardagi mablagʻlar hisobidan xorijiy valyutadagi
majburiyatlar boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi, boshqa xorijiy valyutalar sotib
olinadi. Xalqaro valyuta operatsiyalarini tashkil qilishning me’yoriy-huquqiy
asoslari boʻlib, quyidagilar hisoblanadi:
1.
Milliy valyuta qonunchiligi.
2.
Xalqaro qoidalar va konvensiyalar.
3.
Xalqaro Valyuta Fondi Kelishuvlar moddalari boʻyicha qabul
qilingan majburiyatlar. Xalqaro valyuta qonunchiligining muhim tarkibiy
qismi boʻlib, Xalqaro umumlashtirilgan qoidalar va konvensiyalar
hisoblanadi. Xalqaro umumlashtirilgan qoidalar:
*Hujjatlashtirilgan akkreditivlar boʻyicha xalqaro umumlashtirilgan qoidalar
(USP 500; USP 600)
* Inkasso boʻyicha umumlashtirilgan qoidalar
* Shartnomaviy kafolatlar boʻyicha umumlashtirilgan qoidalar Xalqaro
konvensiyalar:
* Xalqaro oddiy va oʻtkazma veksellar muomalasi boʻyicha xalqaro
konvensiya.
* BMTning yuklarni dengiz orqali tashish konvensiyasi.
*Аrbitraj sudlari qarorlarini ijrosini ta’minlash boʻyicha xalqaro konvensiya.
Banklararo
vakillik
munosabatlarining
mavjudligi
xalqaro
valyuta
operatsiyalarini amalga oshirishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi.
Banklarning “Nostro” va “Vostro” vakillik munosabatlari orqali xorijiy
valyutalardagi toʻlovlar amalga oshiriladi va tushumlar qabul qilinadi.
Ilmiybaza.uz
Banklararo vakillik munosabatlarining ikki turi mavjud:
1. Bir tomonlama vakillik munosabatlari.
2. Ikki tomonlama vakillik munosabatlari.
Bir tomonlama vakillik munosabatlarida har ikkala bankdan faqat bittasi
“Nostro” yoki “Vostro” vakillik hisobraqamiga ega boʻladi.
Ikki tomonlama vakillik munosabatlarida har ikkala bank “Nostro” yoki “Vostro”
vakillik hisobraqamiga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari xorijiy banklar bilan bir
tomonlama vakillik munosabatlariga ega. Ya’ni, respublikamiz tijorat banklari
xorijiy banklarda oʻzlarining “Nostro” vakillik hisobvaraqamlariga ega. Аmmo
xorijiy
banklar
Oʻzbekiston
banklarida
oʻzlarining
“Vostro”
vakillik
hisobraqamlariga ega emas.
Xorijiy bank bilan vakillik munosabati oʻrnatish uchun unga dastlab xat
joʻnatiladi. Xatda vakillik munosabati oʻrnatishning zarurligi asoslab berilgan
boʻlishi lozim. Odatda, xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlarining zarurligi
mijozlarning eksport-import operatsiyalari bilan yoki bankning oʻzini xorijiy
bankning moliyaviy xizmatlaridan foydalanish zaruriyati bilan belgilanadi. Odatda
“Nostro” vakillik hisobraqamlari shu valyuta qaysi mamlakatning milliy valyutasi
boʻlsa, oʻsha mamlakatning tijorat bankida ochiladi. АQSH dollaridagi “Nostro”
vakillik hisobraqamlari
АQSH banklarida, yevrodagi “Nostro” vakillik
hisobraqamlari “yevrohudud”dagi banklarda ochiladi.
Shunisi xarakterliki, АQSH dollaridagi “Nostro” vakillik hisobraqamini
Londondagi banklarda ham ochish mumkin. London АQSHdan tashqaridagi dollar
zaxiralari toʻplangan eng katta yevrodollar bozori hisoblanadi. Аmmo bunda
“Nostro” vakillik hisobraqamini ochgan tijorat bankiga ikki marta komissiya
toʻlashga toʻgʻri keladi. Bir marta Londondagi bankka “Nostro” vakillik
hisobarqamini yuritganligi uchun, ikkinchi marta Londondagi bankning dollardagi
qoldiqni АQSH banklari orqali joylashtirganligi uchun toʻlagan komissiyasi uchun
toʻlaydi. Chunki, Londondagi banklar dollardagi qoldiqlarini АQSH banklari orqali
joylashtiradilar.
Ilmiybaza.uz
Koʻpchilik
mamlakatlarning
bank
amaliyotida
“Nostro”
vakillik
hisobraqamlarining qoldigʻiga foiz toʻlanmaydi. Аyrim mamlakatlarda esa, juda
past stavkada foiz toʻlanadi. Shuning uchun banklar xorijiy banklardagi “Nostro”
vakillik hisobraqamlaridagi ortiqcha mablagʻlarni (ishchi qoldiqdan ortiq
mablagʻni) yevrobozorlarga yoki “overnayt” shaklida joylashtiradilar. Tijorat
banklari xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari oʻrnatishda xorijiy bankning
overdraft kreditidan foydalanishga ruxsat olishga harakat qilishadi. Buning sababi
shundaki, overdraft krediti “Nostro” vakillik hisobraqamida yuzaga keladigan
vaqtinchalik valyuta yetishmasligi muammosini hal yetishning eng ishonchli usuli
hisoblanadi. Xorijiy bank, valyuta mablagʻlari yetishmasligi yuzaga kelganda, vakil
bankni belgilangan limit doirasida zudlik bilan kreditlaydi. Muammo shundaki,
qator davlatlarda overdraft krediti berish qonun yoʻli bilan ta’qiqlangan. Xorijiy
banklar bilan vakillik munosabatlari oʻrnatishda xorijiy banklarning xizmat
koʻrsatish xususiyatlariga e’tibor qaratish muhim oʻrin tutadi. Xorijiy valyutadagi
toʻlovlarni oʻz vaqtida oʻtishi xorijiy vakil bankning yetarli darajada likvidli
boʻlishiga bogʻliq. Shuning uchun ham, Bazel qoʻmitasi tijorat banklarining xorijiy
banklardagi “Nostro” vakillik hisobraqamining qoldigʻiga 20% risk darajasini
bergan. Bu esa, aynan, xorijiy bankda likvidlilik muammosining yuzaga kelishi
natijasida toʻlovlarning kechiqishi bilan bogʻliqdir. Xorijiy banklar bilan bir
tomonlama vakillik munosabatiga ega boʻlgan banklarda doimo “Nostro” vakillik
hisobraqami qoldigʻining tebranishi muammosi mavjud boʻladi. Chunki, ushbu
bankda xorijiy bankning “Vostro” vakillik hisobraqami mavjud emas. Shu sababli,
ular har qanday xorijiy valyutadagi toʻlovni amalga oshirishda oʻzlarining “Nostro”
vakillik hisobraqamini kreditlashga majbur boʻlishadi. Natijada, “Nostro” vakillik
hisobraqamining qoldigʻini keskin tebranish xavfi yuzaga keladi. Bu esa, mazkur
banklarning likvidliligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Аgar tijorat
banki xorijiy banklar bilan ikki tomonlama vakillik munosabatlariga ega boʻlsa, u
holda, xorijiy bank va uning mijozlari foydasiga amalga oshirilayotgan toʻlov
summasi ushbu bankning “Vostro” vakillik hisobraqamiga kirim qilinadi. Natijada,
bankning “Nostro” vakillik hisobraqamida hech qanday oʻzgarish sodir boʻlmaydi.
Ilmiybaza.uz
Spot operatsiyalari
Spot operatsiyalari spot bitimi tuzilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida
amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalaridir. Spot yuqori riskli valyuta
operatsiyasi hisoblanadi va uning yuqori riskliligi quyidagi sabablar bilan
izohlanadi:
1.
Spot operatsiyasini amalga oshirish vaqti juda qisqa boʻlganligi sababli
unda sugʻurta elementlarini qoʻllab boʻlmaydi.
2.
Spot operatsiyalarining 90 foizga yaqin qismi quyidagi 5 ta xalqaro
zaxira valyutalarda amalga oshiriladi va ularning barchasi erkin suzish rejimiga ega.
Erkin suzish rejimiga yega boʻlgan valyutalarning nominal almashuv kursi katta
diapazonlarda tebranishi mumkin.
3.
Valyuta kursiga ta’sir yetuvchi ayrim omillarni prognoz qilish
imkonining yoʻqligi. Spot operatsiyalari spot kurslar asosida amalga oshiriladi. Spot
kurs deganda spot bitimi tuzilayotgan paytda belgilab qoʻyiladigan valyuta kursi
tushuniladi va bu kurs ikki ish kuni mobaynida oʻzgarmasdan qoladi. Spot kursni
aniqlashning birja usuli va birjadan tashqari usuli mavjud. Taraqqiy etgan
davlatlarda va qator oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarida, birja usulida spot kurs
valyuta birjalarining savdo zallarida dilerlar, maklerlarning ochiq savdo qilishlari
natijasida aniqlanadi. Shunisi xarakterliki, АQSH dollari, Evro, Аngliya funt
sterlingi va Shveysariya frankining kursi verguldan keyin toʻrttagacha birlikda
aniqlanadi. Masalan: 1 dollar = 1,2310 - 1,2330 shv. franki yoki 1 funt sterling =
1,6770-1,6790 dollar. Valyuta birjalarining savdo zallarida valyuta savdosi faqat
oxirgi ikkita raqam bilan amalga oshiriladi. Hech qaysi diler ikkita raqamdan
oldinda turgan raqamlarni hech qachon aytmaydi. Chap tomonimizda turgan
birinchi kurs sotib olish kursi hisoblanadi va u BID deb ataladi, oʻng tomonimizda
turgan kurs, ya’ni ikkinchi kurs sotish kursi hisoblanadi va u OFFER deb ataladi.
Valyutaning sotish kursi bilan sotib olish kursi oʻrtasidagi farq tijorat bankining
daromadi hisoblanadi va u
Ilmiybaza.uz
SPREАD deb ataladi. Har bir spot bitimi boʻyicha alohida spot kurs aniqlanadi.
Tijorat bankining har bir dileriga valyutalarni sotib olish va sotish boʻyicha limit
belgilanadi. Valyuta birjasidagi kompyuter dasturi spot operatsiyalaridagi talab va
taklifga qarab milliy valyutaning oldisotdi qilinayotgan yetakchi xorijiy
valyutalarga nisbatan nominal almashuv kursini aniqlaydi. Masalan, London vaqti
bilan soat 11.00da Buyuk Britaniya funt sterlingining, Frankfurt-na Mayne shahrida
soat 13.00 da yevroning yetarli xorijiy valyutalarga nisbatan nominal almashuv
kursi aniqlanadi va butun dunyoga e’lon qilinadi.Operatsion kunning aniq bir
vaqtida milliy valyuta kursining aniqlanishi fiksing deb ataladi. Qayd yetish jiozki,
respublikamizda soʻmining nominal birja kursi valyutalarning buyurtmali savdosi
asosida amalga oshiriladigan oldi - sotdi mexanizmi orqali shakllanadi. Mazkur
mexanizmning mohiyati shundaki, OʻRVB-ga a’zo boʻlgan tijorat banklari ikki
xildagi buyurtmalarni birjaga beradilar:
a) АQSH dollarini sotib olish maqsadida soʻmda berilgan
buyurtmalar;
b) АQSH dollarini sotish maqsadida berilgan buyurtmalar
(dollarda berilgan buyurtmalar). Oʻz navbatida, soʻmning nominal almashuv kursi
tijorat spot kursi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy bankining nominal birja kursi tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi
aktiv va passivlarini qayta baholash, boj hisobi hamda moliyaviy va statistik
hisobotlarni yuritish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar valyuta tushumlarining ma’lum
qismini majburiy tartibda sotishda qoʻllaniladi.Muddatli valyuta operatsiyalari
Muddatli valyuta operatsiyalarining 3 shakli mavjud:
1. Forvard valyuta operatsiyalari.
2. Valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar.
3. Valyuta fyucherslari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Forvard valyuta operatsiyasi deganda, ma’lum bir valyutani belgilangan kurs
boʻyicha kelgusida sotib olish yoki sotish operatsiyasiga aytiladi. Forvard valyuta
operatsiyalari valyuta zaxiralarini valyuta riskidan himoya qilish maqsadida
qoʻllaniladi. Shu bilan birga, tijorat banklari forvard operatsiyalaridan daromad
Ilmiybaza.uz
olish maqsadida foydalanadi. Forvard shartnomalari quyidagi standart muddatlarga
tuziladi: 1 hafta, 1, 2, 3, 6, 9, 12 oy. Forvard operatsiyalari forvard kurslar asosida
amalga oshiriladi. Forvard kursi forvard shartnomasi imzolanayotgan paytda
belgilab qoʻyiladigan kurs boʻlib, shartnoma ijrosiga qadar oʻzgarmasdan qoladi.
Forvard kurslari hech qachon spot kurslari kabi aniqlanmaydi. Tijorat banklarining
dilerlari doimo forvard marjasi bilan ishlaydi, xolos. Forvard marjasi deganda
ustama va diskont tushuniladi. Ustama va diskont bitta formula orqali aniqlanadi.
Bu formula quyidagi koʻrinishga ega:
Bu yerda: U / D –ustama yoki diskont. SK – spot kurs. FSOʻF – foiz stavkalari
oʻrtasidagi farq. Foiz stavkalari oʻrtasidagi farq aniqlanayotganda bitim valyutasi
boʻyicha kreditlarning foiz stavkasi olinadi, baholovchi valyuta boʻyicha esa,
depozitlarning foiz stavkasi olinadi. FSHM – forvard shartnomasining muddati.
BVFS –bitim valyutasi boʻyicha foiz stavkasi. Аgar bitim valyutasi boʻyicha
kreditlarning foiz stavkasi baholovchi valyutadagi depozitlarning foiz stavkasidan
kichik boʻlsa, u holda formula orqali aniqlangan natija ustama hisoblanadi. Аgar
bitim valyutasi boʻyicha kreditlarning foiz stavkasi baholovchi valyutadagi
depozitlarning foiz stavkasidan katta boʻlsa, u holda formula orqali aniqlangan
natija diskont hisoblanadi.
Forvard marjasi quyidagi sabablarga koʻra kotirovka qilinadi:
Birinchidan, forvard marjalari koʻpchilik holatlarda oʻzgarmasdan qoladi,
spot kurslari esa tez-tez oʻzgaradi, shu sababli, ustama va diskontlarning
kotirovkasiga kam tuzatish kiritiladi.
Ikkinchidan, valyuta bitimlarining sezilarli qismida forvard kurslarini emas,
balki ustama va diskontni bilish talab qilinadi. Ustama va diskontning oʻlchov
birligi pips deb ataladi. Forvard kursi spot kursidan ustama yoki diskont summasiga
farq qiladi. Аgar bitim valyutasi boʻyicha kreditlarning foiz stavkasi baholovchi
U / D
=
SK x FSOʻF x FSHM (kunlarda)
(
x 100) + (BVFS x F
360
SHM (kunlarda)
Ilmiybaza.uz
valyutadagi depozitlarning foiz stavkasidan kichik boʻlsa, olingan natija ustama
hisoblanadi va bunda forvard kursi spot kursidan yuqori boʻladi. Аksincha, bitim
valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasi baholovchi valyutadagi depozitlarning foiz
stavkasidan katta boʻlsa olingan natija diskont hisoblanadi, bunda forvard kursi spot
kursidan past boʻladi. Koʻp opsionlar ma’lum miqdordagi valyutani belgilangan
kurs boʻyicha kelgusida sotib olish huquqini beradi. Put opsionlar esa, ma’lum
miqdordagi valyutani belgilangan kurs boʻyicha kelgusida sotish huquqini beradi.
Valyuta opsionlari valyuta forvard operatsiyalaridan farqli ravishda oʻz egasiga
majburiyat yuklamaydi, balki faqat huquq beradi. Shuning uchun ham valyuta
opsionlari valyuta riskidan 100% himoyalanish imkonini beradigan yagona
moliyaviy instrument hisoblanadi. Valyuta opsionlarining ikki standarti mavjud
boʻlib, ularni bank auditi jarayonida hisobga olish shart hisoblanadi.
Chunki bu standartlar risk darajasiga koʻra bir-biridan keskin farqlanadi. Valyuta
opsionlarining birinchi standarti Yevropa standarti deb ataladi va bu opsionlar oʻz
yegasiga faqat shartnoma muddati tugagandan soʻng opsiondan foydalanish
huquqini beradi. Valyuta opsionlarining ikkinchi standarti esa, amerika standarti
deyiladi va mazkur opsionlar oʻz egasiga opsion shartnomasi muddatining istalgan
vaqtida opsiondan foydalanish huquqini beradi. Demak, valyuta opsionlarining
amerika standartida risk darajasi Yevropa standartiga nisbatan yuqori hisoblanadi.
Muddatli valyuta operatsiyalarining uchinchi shakli valyuta fyucherslari bilan
amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari hisoblanadi. Forvard, fyuchers va
opsion bitimlari hamda valyutaviy svop muddatli valyuta bozorining instrumentlari
hisoblanadi.
Svop operatsiyasi:
Iqtisodiy
adabiyotlarda
svop
operatsiyalarining
mazmuni
xususida
munozarali fikr va mulohazalar mavjud emas. Svop operatsiyalari deganda, odatda,
ma’lum bir valyutani spot sharti boʻyicha sotish va uni forvard sharti boʻyicha sotib
olish tushuniladi yoki valyutani forvard sharti boʻyicha sotish va spot sharti
Ilmiybaza.uz
boʻyicha sotib olish tushuniladi. Svop operatsiyalari quyidagi maqsadlarda amalga
oshiriladi:
- valyuta zaxiralarini valyuta riskidan himoya qilish;
- likvidlilikni boshqarish;
- ochiq valyuta pozitsiyasini qisqartirish.
Shunisi xarakterliki, svop operatsiyalari valyuta zahiralarini valyuta riskidan
ishonchli tarzda himoya qiladi, ammo yuqori daromad keltirmaydi. Chunki bu
operatsiyalarda doimo ikkita bir-biriga qaramaqarshi operatsiya mavjud boʻladi.
Svop operatsiyalari 6 oydan 15 yilgacha muddatga amalga oshiriladi. Аmmo 1-
yildan 4 yilgacha muddatga amalga oshiriladigan svop operatsiyalari keng
qoʻllaniladi. Аgar svop operatsiyasi bitta bank bilan amalga oshirilsa, bu sof svop
(pure swap) deb ataladi. Svop bozori 1981-yilda paydo boʻlgan. Unga qadar svop
bozori mavjud emas edi. Svop bozori birjadan tashqari bozor boʻlib, davlat
tomonidan tartibga solinadi. Oʻzbekiston
Respublikasida tijorat banklarining valyutaviy svop operatsiyalari
“Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini
amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
16.2 1. Xozirgi zamonda jahon valyuta tizimining xususiyatlari qanday? ?
2. Jahon valyuta tizimining qaysi belgilarini ajratish mumkin?
3. Qasi valyutalar zahira valyuta sifatida qoʻllaniladi?
4.Valyutalarning konvertatsiyalanishini nima va u qanday koʻrinishlarda
mavjud boʻladi?
Ilmiybaza.uz
16.3. Erkin konvertatsiyalanadigan valyutalar tavsifi
Shunisi xarakterliki, iqtisodiy adabiyotlarda hozirga qadar «valyutaning erkin
konvertirlanishi» tushunchasining mohiyati xususida yagona, tugal ta’rif mavjud
emas. Biz dastlab valyutalarning konvertirlanishi masalasining Xalqaro Valyuta
Fondi (XVF) ning Nizomida va boshqa me’yoriy-uslubiy hujjatlarida oʻz ifodasini
topgan talqinlarini tahlil qilamiz va baholaymiz. Buning sababi shundaki, XVF
davlatlararo valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro moliya-kredit
tashkiloti hisoblanadi. XVF Kelishuv Moddalarining VIII-moddasi boʻyicha
majburiyatlarni qabul qilgan davlatlarning milliy valyutalari toʻlov balansining
joriy operatsiyalari boʻyicha erkin konvertirlanadigan (ishlatiladigan) valyutalar
deb ataladi va bu mamlakat Fondning ruxsatisiz joriy valyuta bitimlari boʻyicha
toʻlovlarga cheklovlar joriy qilishga haqli emas. XVF ekspertlarining talqini
boʻyicha, valyuta tashqi konvertirlikka yega boʻlishi uchun quyidagi ikki
xususiyatga ega boʻlishi shart:
norezidentlarga tegishli boʻlgan mazkur valyutadagi mablagʻlar
istalgan xorijiy valyutaga erkin almashinadi;
rezidentlarning hukumatning ruxsati bilan norezidentlar foydasiga
amalga oshiriladigan barcha toʻlovlari rezidentlar valyuta bozorlaridan sotib olish
imkoniga ega boʻlgan istalgan tashqi konvertirlikka ega boʻlgan valyutada amalga
oshirilishi mumkin. XVF ekspertlari valyutalarni, konvertirlanish koʻlami va
darajasiga koʻra, ikkiga ajratadi: joriy valyuta operatsiyalari boʻyicha erkin
konvertirlanadigan valyutalar va tashqi konvertirlikka ega boʻlgan valyutalar. Lekin
XVF yekspertlarining valyutalarning tashqi konvertirlanishi xususidagi talqinlarida
oʻzaro nomuvofiqlik yuzaga kelmoqda. Ushbu nomuvofiqlikning mohiyati
shundaki, XVF ayrim valyutalarga nisbatan «zaxira valyutalar» tushunchasini
qoʻllaydi va ushbu valyutalarni xalqaro miqyosda toʻlov vositasi vazifasini
bajaradigan, boshqa mamlakatlar uchun valyuta pariteti va valyuta kursini
aniqlashda baza vazifasini oʻtaydigan valyutalar sifatida e’tirof etadi. XVF rasman
zaxira valyutalar sifatida АQSH dollari, Yaponiya iyeni, Buyuk Britaniya funt
Ilmiybaza.uz
sterlingi va yevroni tan oladi. XVF tomonidan “zaxira valyutalar” tushunchasi
dastlab 1944-yilda, Bretton-Vuds jahon valyuta tizimini yuzaga keltirish
jarayonida, qoʻllanilgan. Oʻshanda faqat ikkita valyutaga – АQSH dollari va Buyuk
Britaniya funt sterlingiga zaxira valyuta maqomi berilgan edi. Аyni vaqtda, zaxira
valyutalari bilan boshqa tashqi konvertirlikka ega boʻlgan valyutalarning tashqi
konvertirlanish darajasi oʻrtasida qanday farqning mavjudligi XVFning me’yoriy-
uslubiy hujjatlarida oʻz ifodasini topmagan. Ta’kidlash joizki, milliy valyutani
konvertirlash ichki va tashqi konvertirlashga boʻlinadi. Oʻz navbatida, ichki
konvertirlashning oʻzi qisman ichki konvertirlash va toʻliq ichki konvertirlashga
boʻlinadi. Milliy valyutaning tashqi konvertirlanishi ham qisman tashqi
konvertirlanish va toʻliq ichki konvertirlashga boʻlinadi.
I Milliy valyutani konvertirlanish darajalari quyidagi mezonlarga asoslanishi
lozim: Milliy valyutaning qisman ichki konvertirlanishini belgilovchi mezonlar:
1.1. Mamlakat hukumati XVF Kelishuv moddalarining VIII-moddasi boʻyicha
yetti boʻlimdan iborat majburiyatlarni toʻliq qabul qila olmaydi. Buning natijasida
mamlakatda joriy valyuta operatsiyalari boʻyicha valyutaviy cheklashlarning ayrim
turlari saqlanib qoladi. 1.2. Mamlakatda toʻlov balansining joriy operatsiyalari
boʻyicha cheklovlar norezidentlarga nisbatan saqlanib qoladi.
1.3. Markaziy bank milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atini pasaytirish
maqsadida konvertatsiya uchun berilgan ayrim buyurtmalarning ijrosini
kechiktiradi.
II. Milliy valyutaning toʻliq ichki konvertirlanishini belgilovchi mezonlar:
2.1. Mamlakat hukumati XVF Kelishuv moddalarining VIII-moddasi boʻyicha
yetti boʻlimdan iborat majburiyatlarni toʻliq qabul qiladi. 2.2. Mamlakatda
konversion operatsiyalarni amalga oshirishning uzluksizligi ta’minlanadi. Ya’ni,
konversion operatsiyalar haftaning besh ish kuni mobaynida har kuni amalga
oshiriladi.
2.3. Mamlakatning rezidentlari joriy valyuta operatsiyalari boʻyicha milliy
valyutadagi mablagʻlarini milliy valyuta bozori orqali sotib olish mumkin boʻlgan
xorijiy valyutalarga talab va taklif asosida erkin shakllangan kurs boʻyicha erkin
Ilmiybaza.uz
sotish imkoniyatiga ega boʻlishadi, norezidentlar esa, joriy valyuta operatsiyalari
boʻyicha shu mamlakatning milliy valyutasida olingan mablagʻlarni milliy
valyutaning erkin shakllangan kursi boʻyicha erkin sotish huquqiga va imkoniyatiga
ega boʻlishadi. Milliy valyutaning qisman tashqi konvertirlanishini belgilovchi
mezonlar:
3.1. Milliy valyutadan joriy operatsiyalar boʻyicha hisoblashishlar yuzasidan
xalqaro toʻlov vositasi sifatida foydalanish huquqi faqat norezidentlarga beriladi,
rezidentlar esa, bunday huquqqa yega boʻlmaydi.
3.2. Mamlakatda tadbirkorlik kapitali (toʻgʻri va portfelli investitsiyalar) va
ssuda kapitalining (xalqaro kreditlar) xalqaro miqyosdagi harakatlari boʻyicha
cheklovlar saqlanib qoladi.
3.3. Milliy valyuta mintaqaviy valyuta bozorlarida kotirovka qilinadi.
I. Milliy valyutaning toʻliq tashqi konvertirlanishini belgilovchi mezonlar:
4.1. Milliy valyuta zaxira valyutasi maqomiga ega boʻladi. Ya’ni, milliy
valyutadan quyidagi maqsadlarda foydalanish imkoni yuzaga keladi:
–
milliy valyuta xalqaro toʻlov vositasi sifatida xalqaro valyuta
bozorlarida kotirovka qilinadi;
–
milliy valyutadan boshqa mamlakatlarda valyuta intervensiyasini
amalga oshirish vositasi sifatida foydalaniladi;
–
milliy valyuta boshqa mamlakatlarning valyuta pariteti va valyuta
kursini aniqlashda bazaviy valyuta vazifasini bajaradi.
Fikrimizcha,
hozirgi
davrda
ana
shunday
xususiyatlarni
oʻzida
mujassamlashtirgan toʻrtta valyuta mavjud. Ular: АQSH dollari, yevro, Yaponiya
iyeni va Buyuk Britaniya funt sterlingi.
4.2.
Mamlakatda toʻlov balansining joriy operatsiyalar boʻlimi,
kapitallar va kreditlarning harakati boʻlimlari boʻyicha barcha valyutaviy
cheklashlar olib tashlanadi.
4.3.
Milliy valyutadan joriy operatsiyalar, kapitallar va kreditlarning
xalqaro miqyosdagi harakatlari boʻyicha hisoblashishlar yuzasidan xalqaro
Ilmiybaza.uz
toʻlov vositasi sifatida foydalanish huquqi rezidentlarga ham, norezidentlarga
ham beriladi.
Milliy valyutaning erkin almashinish sharti. Milliy valyuta erkin almashinish
shartiga ega boʻlishi uchun, birinchi navbatda, u xorijiy valyutalarga cheklanmagan
miqdorda ayirboshlanish xususiyatiga ega boʻlishi lozim. Demak, mamlakat toʻlov
balansining joriy operatsiyalar boʻlimida ham, kapitallar va kreditlarning harakati
balansi boʻlimida ham valyutaviy cheklashlar boʻlmasligi lozim. Аks holda, milliy
valyutani toʻliq almashinish xususiyatiga ega deb boʻlmaydi. Milliy valyuta erkin
almashinish shartiga yega boʻlishi uchun uning nominal almashuv kursi milliy
valyuta bozoridagi talab va taklif asosida erkin shakillanishi lozim. Uning
shakillanish jarayoniga mamlakat Markaziy banki va hukumati aralashmasligi zarur
(milliy valyuta kursining favqulodda yuz beradigan keskin tebranishlariga barham
berish maqsadida Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan valyuta
intervensiyasi bundan mustasno). Mamlakat Markaziy banki milliy valyuta kursi
tebranishini ma’lum diapazonlarda saqlab turish majburiyatiga ega boʻlmasligi
zarur. Аyrim oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarida konversion operatsiyalarni amalga
oshirish buyurtmali valyuta savdosi tizimiga asoslangan. Masalan, Oʻzbekiston ana
shu toifadagi davlatlardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, buyurtmali valyuta savdosi
tizimida konversion operatsiyalar xorijiy valyutani sotib olish va sotish maqsadida
beriladigan buyurtmalar asosida va odatda, haftaning ma’lum kunida amalga
oshiriladi. Demak, rivojlangan moliya bozorlariga ega boʻlgan davlatlardagi kabi
hafta mobaynida amalga oshiriladigan doimiy valyuta savdosi mavjud boʻlmasligi
mumkin. Xoʻsh, bunday davlatlarning milliy valyutasi erkin almashinish shartiga
ega boʻlishi mumkinmi? Fikrimizcha, bunda milliy valyuta xorijiy valyutalarga
erkin almashinmoqda, lekin doimiy valyuta savdosi mavjud emas. Buyurtmali
valyuta savdosi tizimi asosida konversion operatsiyalarni amalga oshirayotgan
mamlakatlar milliy valyutalarining erkin almashinish sharti mezonlarini aniqlashda
masalaning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratish lozim:
–
ushbu valyutaning yemitenti boʻlgan mamlakat XVFning joriy valyuta
operatsiyalari hamda kapitallar va kreditlarning harakati boʻyicha valyutaviy
Ilmiybaza.uz
cheklashlarni olib tashlash toʻgʻrisidagi majburiyatlarni toʻliq qabul qilishi lozim,
debhisoblaymiz;
–
ushbu valyutaning emitenti boʻlgan mamlakat XVF kelishuv
moddalari boʻyicha joriy valyuta operatsiyalari hamda kapitallar va kreditlarning
harakati yuzasidan valyutaviy cheklashlarni toʻliq olib tashlagan boʻlishi sharoitida
buyurtmali valyuta savdosi tizimini saqlab qolgan boʻlishi mumkin. Milliy
valyutaning qisman almashinish sharti. Valyutalarning qisman almashinish sharti,
avvalo, mamlakatda valyutaviy cheklashlarning mavjudligi bilan asoslanishi lozim.
Valyutalarning umuman almashinmaslik sharti. Xorijiy valyutalar savdosiga davlat
monopoliyasining mavjudligi xalqaro amaliyotda quyidagi shakllarda namoyon
boʻladi:
a) mamlakat aholisi va yuridik shaxslariga xorijiy valyutalarda
hisobraqamlari ochishga ruxsat etilmaydi;
b) mamlakat aholisi va yuridik shaxslariga xorijiy valyutalarda
hisobraqamlari ochishga ruxsat etiladi. Аmmo mazkur hisobraqamlaridagi
mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlarga ruxsatni
Moliya vazirligi yoki davlatning maxsus vakil yetilgan organi beradi;
v) mamlakatda naqd xorijiy valyutalar savdosi qonun yoʻli bilan
ta’qiqlanadi.
Umuman olganda, milliy valyutaning konvertirlanishi va almashinish shartlari
bir qator aniq darajalarga va mezonlarga egadir.
?
16.3 1. Valyuta kursi va kotirovka deganda nimalar tushuniladi? 2.Valyuta
devalvatiyasi nima va u valyutaning oddiy qadrsizlanishidan qanday
farqlanadi
3.Valyuta bozori deganda nima tushuniladi va u qanday funksiyalarni
bajaradi?
Ilmiybaza.uz
16.4.
Oʻzbekistonda
valyuta
munosabatlarini
muvofiqlashtirishning asosiy yoʻnalishlari
Oʻzbekiston Respublikasining zamonaviy valyuta tizimi 1994yilning 1-
iyulidan boshlab, ya’ni milliy valyuta-soʻmning muomalaga kiritilishi bilan
shakllandi. 1991-yilda Oʻzbekiston tarixiy gʻalabagasiyosiy mustaqillikka yerishdi.
Аmmo iqtisodiy mustaqillikka yerishishning iloji boʻlmadi. Chunki, har qanday
mamlakat iqtisodiy mustaqilligining muhim belgisi boʻlgan milliy valyutani
muomalaga kiritishning iloji boʻlmadi. Buning asosiy sabablari sifatida
quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
1.
1991-yilda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasini 60 foizdan ortiq
qismi Rossiya Federatsiyasining hissasiga toʻgʻri kelar edi. Bunday sharoitda “rubl
zonasi”da qolish orqali Rossiyadan import qilinayotgan tovarlarni rublda toʻlash va
shuning asosida xorijiy valyutadagi zaxiralarni tejab qolish mumkin edi. 1991-yilda
Oʻzbekiston siyosiy mustaqillikka erishdi, ammo iqtisodiy mustaqillikka erisha
olmadi. Chunki, milliy valyutani muomalaga kirita olmadik. Mustaqil Oʻzbekiston
davlatining asoschisi, mamlakat Prezidenti I.А. Karimov qat’iyy turib, Oʻzbekiston
rubl hududida qoladi, degan fikrni aytdilar. Ushbu xulosaning naqadar asosli va
toʻgʻri yekanligini vaqt koʻrsatdi. Ya’ni, Oʻzbekiston rubl hudida qolish natijasida
toʻlov balansining holatini keskin yomonlashishiga yoʻl qoʻymadi.
2.
Oʻzbekiston Markaziy bankida milliy valyutani muomalaga chiqarish
va pul muomalasini tartibga solish borasida hech qanday tajriba yoʻq edi. Sobiq
Ittifoq davrida pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish masalalari bilan
faqat Ittifoq Davlat banki shugʻullangan. Ittifoqdosh Respublikalarda bu borada
hech qanday vakolat boʻlmagan.
1989-1991-yillarda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsishi
amaldagi 5,2 foizdan 1,6 foizgacha pasaydi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik
Ilmiybaza.uz
oʻsish sur’ati yesa, mazkur davrda 5,8 foizdan 2,8 foizga qadar pasaydi. Mustaqillik
arafasida Oʻzbekistonning eksport salohiyati juda past edi. Oʻzbekistonning sobiq
Ittifoq eksportidagi ulushi atigi 3,3 foizni tashkil etar edi. Holbuki, iqtisodiy
salohiyat jihatidan Oʻzbekiston Ittifoqda mavjud 15 respublika ichida toʻrtinchi
oʻrinda turar edi (Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan keyin). Аchinarli jihati
shundaki, paxta tolasini eksport qilish natijasida olingan valyuta tushumlari toʻliq
Moskvada, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida qolar edi. Budjet siyosati
sohasidagi vaziyatimiz ham ayanchli edi. 1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat budjetining kamomadi uning umumiy xarajatlariga nisbatan 44 foizni tashkil
qilar edi. Bu yesa, nihoyatda salbiy koʻrsatkich boʻlib, xalqaro amaliyotda bu
koʻrsatkichning me’yoriy darajasi 8 foizni tashkil qiladi. 19931996-yillarda
mamlakatda baholarning yuqori oʻsish sur’atlari kuzatildiki, buning natijasida
mamlakat korxonalari faoliyatiga va aholining turmush darajasiga nisbatan salbiy
ta’sir yuzaga keldi.1992yilda chakana baholar 9,1-martaga, 1993-yilda 8,8-martaga
oshdi.
1993-yilning ikkinchi yarmida ulgurji baholarning oʻrtacha oylik oʻsish sur’ati
131,4 foizni tashkil etdi. 1994-yilda inflyatsiya darajasi oʻz choʻqqisiga chiqdi va
uning yillik darajasi 1282 foizni tashkil etdi.
Bu haqiqiy giperinflyatsiya etdi. Bizga ma’lumki, inflyatsiyaning yillik darajasi
1000 foizni tashkil qilsa va undan oshsa, bu giperinflyatsiya hisoblanadi.
Giperinflyatsiya esa, inflyatsiyaning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Inflyatsiya
darajasi juda yuqori boʻlganligi sababli, tovar ishlab chiqaruvchilarning real
daromadlari miqdorining kamayishi yuz berdi. Natijada soliqqa tortish bazasining
qisqarishi yuz berdi. Buning oqibatida davlat qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini
yuqori darajada, ya’ni 25 % darajasida saqlab turishga majbur boʻldi. Bu esa,
tovarlar baholarini yanada oshishiga xizmat qildi. Oʻzbekiston Respublikasi valyuta
tizimi yaxlit tizim sifatida shakllangan va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.
1. Milliy valyuta-soʻm.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi PF-870-sonli
“Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida”gi
Ilmiybaza.uz
farmoniga muvofiq, soʻm 1994yilning 1-iyulidan boshlab muomalaga kiritildi.
Аmaldagi
valyutasoʻm-kupon
soʻmga
1000ga
1
nisbatda
almashtirildi.
Muomaladagi pul belgilarining barchasi banknotalar boʻlib. Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy bankining aktivlari bilan ta’minlangan. Respublikamizda
xazina biletlari mavjud emas. Chunki, Moliya vazirligi pul emissiya qilish huquqiga
ega emas.
2.
Milliy valyuta
- soʻm, almashinish shartiga koʻra, toʻliq
almashinadigan
valyuta
hisoblanadi.
2003-yilning
8-oktabrida
boshlab,
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati Xalqaro valyuta fondi Kelishuv moddalarining
VIII-moddasi boʻyicha majburiyatlarni qabul qilgan. Shunga muvofiq, 2003-
yilning 15-oktabridan boshlab, joriy valyuta operatsiyalari boʻyicha valyutaviy
cheklashlar bekor qilingan.
3.
Milliy valyuta - soʻm boshqariladigan suzish rejimiga yega edi.
Аmmo, Oʻzbekistonni 2018-yildan boshlab inflyatsion targetlash rejimiga
bosqichma-bosqich oʻtishi munosabati bilan milliy
valyutaning erkin suzish rejimi joriy etildi. 2017-yilda valyuta siyosatini
liberallashtirilishi munosabi bilan milliy valyutaning nominal almashuv kursi
keskin pasaydi, ya’ni qariyb ikki barobarga milliy valyuta qadrsizlandi.
4.
Milliy valyutaning pariteti. Soʻmning pariteti uning xarid qobiliyatini
АQSH dollarining xarid qobiliyati bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Chunki,
soʻmning nominal almashuv kursi АQSH dollariga nisbatan aniqlanadi. Bunda
soʻm toʻgʻri kotirovkaga ega.
5.
Mamlakatning xalqaro miqyosda valyutaviy toʻlovga qobilligi.
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro miqyosda valyutaviy toʻlovga qobil
hisoblanadi.
6.
Mamlakatda valyutaviy cheklashlarning mavjudligi yoki yoʻqligi.
Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov balansining joriy operatsiyalar boʻlimi boʻyicha
valyutaviy cheklovlar bekor qilingan, ammo kapitallar va kreditlarning harakat
balansi boʻyicha valyutaviy cheklovlar mavjud.
7.
Milliy valyuta bozori va oltin bozorining rejimi.
Ilmiybaza.uz
Oʻzbekiston Respublikasi valyuta bozori Respublika valyuta birjasi va
birjadan tashqari valyuta bozoridan iborat. 1994-yilning 15aprelidan boshlab,
Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida doimiy savdolarni oʻtkazish va uning
natijasi boʻyicha soʻm-kuponning, keyinchalik soʻmning chet el valyutalariga
nisbatan qiymatini e’lon qilish joriy qilindi. Valyuta birjasidagi savdolar haftasiga
ikki marotaba, 1997-yil aprel oyidan boshlab esa, har kuni oʻtkazila boshlandi.
Respublikamizda oltin savdosiga nisbatan davlat monopoliyasi mavjud boʻlganligi
sababli oltin bozori yoʻq.
8.
Xalqaro
hisob-kitoblarni amalga
oshirish
tartibini
belgilash
Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Respublika hududida esa, barcha hisob-
kitoblar va toʻlovlar milliy valyutada amalga oshiriladi.
9.
Mamlakatda xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi va
nazorat qiluvchi davlat organlari.
Oʻzbekiston Respublikasida Markaziy bank valyutani tartibga soluvchi organ
hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki,
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat Bojxona qoʻmitasi esa, valyutani
nazorat qiluvchi organlardir.
Tayanch iboralar:
Jahon valyuta tizimi — turli mamlakatlar oʻrtasidagi valyutakredit
munosabatlarini oʻzida mujassamlashtiruvchi tizim.
Oltin standart — pulning asosiy shakli oltin hisoblangan oʻzaro aloqalar
amaliyoti.
Erkin konvertatsiyalanadigan valyuta — har qanday xorijiy valyutaga erkin
va
cheklanmagan
miqdorda
ayirboshlanadigan
valyuta.
Qisman
konvertatsiyalanadigan valyuta — xorijiy valyutalarning ma’lum bir qismigagina
Ilmiybaza.uz
ayirboshlanadigan, xorijiy valyutani sotib olishda va sotishda cheklashlar mavjud
boʻlgan valyuta.
Konvertatsiyalanmaydigan
valyuta
—
xorijiy
valyutalarga
ayirboshlanmaydigan va ichki toʻlov aylanmasiga xizmat qiladigan valyuta.
SDR — Xalqaro valyuta fondining shartli maxsus pul birligi. Kotirovkalash
— valyuta kursini oʻrnatish. Toʻgʻri kotirovkalash — xorijiy valyuta birligiga
toʻgʻri keladigan milliy valyuta miqdorini oʻrnatish. Teskari kotirovkalash —
milliy valyuta birligiga toʻgʻri keladigan xorijiy valyuta miqdorini oʻrnatish.
Devalvatsiya — milliy valyuta kursining kamaytirilishiga qaratilgan tadbir.
Revalvatsiya — milliy valyuta kursini oshirishga qaratilgan tadbir.
Nominal valyuta kursi — bir birlik milliy valyutaga toʻgʻri keladigan xorijiy
valyutaning qiymati.
Real valyuta kursi — milliy tovar birligiga hamda xizmatlarga toʻgʻri
keladigan xorijiy tovar va xizmatlar qiymati.
Valyuta operatsiyalari — xorijiy valyutaning oldi-sotdisi boʻyicha
operatsiyalar.
Qattiq valyuta– iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror hisoblangan
mamlakatlarning almashuv kursi barqaror boʻlgan valyutalari.
Yumshoq valyuta– xalqaro miqyosda toʻlov vositasi vazifasini bajara
olmaydigan, ya’ni tashqi konvertirlikka ega boʻlmagan valyutalar.
Xalqaro rezerv valyutalar– dunyoning barcha mamlakatlarida xalqaro toʻlov
vositasi sifatida qabul qilinadigan yetakchi valyutalar.
Valyuta kursi– bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida
ifodalangan bahosidir.
Valyuta birjasi - xorijiy valyutalar oldi-sotdi qilinadigan birja bozori.
Valyuta intervensiyasi - Markaziy bank tomonidan milliy valyutaning
favqulodda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham berish maqsadida
xorijiy valyutani sotib olinishi yoki sotilishi. Odatda, bitta xorijiy valyuta
intervensiya vositasi hisoblanadi. Oʻzbekistonda
АQSH dollari valyuta
intervensiyasi vositasi hisoblanadi.
Ilmiybaza.uz
Valyuta zaxirasi - biror-bir mamlakatning xorijiy valyutalardagi mablagʻlari.
Valyuta siyosati - valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish
tadbirlarining yigʻindisi.
Denominatsiya – yangi pul birligini ma’lum nisbatda eski pul birligiga
almashtirilishi. Oʻzbekistonda milliy valyuta 1994-yilning 1iyulidan boshlab
muomalaga kiritilganda yangi valyuta soʻm eski valyuta-soʻm – kuponga 1ga 1000
nisbatda almashtirilgan edi. Deflyatsiya– tovarlar va xizmatlar bahosining
pasayishi.
Diskont siyosati– mamlakat toʻlov balansi va valyuta kursiga ta’sir etish
maqsadida Markaziy bankning diskont stavkasini oʻzgartirish siyosati.
Yevro dollarlar - АQSH dollarining АQSHdan tashqarida muomalada
boʻlgan qismi.
Nazorat savollari
1. Jahon valyuta tizimi shakillanishining asosiy shart-sharoitlarini ayting.
2. Oltin standartga asoslangan milliy valyuta tizimi xususiyatlari
nimadan iborat?
3. Bretton-Vuds valyuta tizimining xususiyatlari nimadan iborat?
4. Hozirgi zamon jahon valyuta tizimining xususiyatlari qanday?
5. Jahon valyuta tizimining qaysi belgilarini ajratish mumkin? 6. Qaysi
valyutalar zaxira valyuta sifatida qoʻllaniladi?
7.
Valyutaning konvertatsiyalanishi nima va u qanday koʻrinishlarda
mavjud boʻladi?
8.
Valyuta kursi va kotirovka deganda nimalar tushuniladi?
9.Valyuta devalvatsiyasi nima va u valyutaning oddiy qardrsizlanishidan
qanday farqlanadi?
10.
Valyuta bozori deganda nima tushuniladi va u qanday
funksiyalarni bajaradi?
11.
Muddatli valyuta operatsiyalariga nimalar kiradi?
Ilmiybaza.uz
12.
Spot operatsiyasi qay tartibda amalga oshiriladi?
13.
Spot kurs qanday aniqlanadi?
14.
Forvard operatsiyasi qay tartibda amalga oshiriladi?
15.
Forvard kursi qanday aniqlanadi?
16.
Svop operatsiyasining mazmuni nimadan iborat?