XARID VA SERVIS XIZMATI LOGISTIKASI
Reja:
1. Xarid logistikasining vazifasi va usullari
2. Xarid logistikasining muammolari va funktsiyalari.
3. Materiallar xarid qilish jarayoni va uning asosiy bosqichlari.
Tayanch iboralar: Xarid, xaridorni rejalashtirish, iste’molni aniqlash, tahlil,
buyurtma, kodlashtirish, mahsulot sifati va miqdori, yetkazib beruvchi, shartnoma.
9.1. Xarid logistikasining vazifasi va usullari
Xarid logistikasi - bu korxonani moddiy resurslar bilan ta’minlash, resurslarni
korxona omborlariga joylashtirish, ularni saqlash va ishlab chiqarishga jo‘natish
jarayonidir.
Xarid logistikasining maqsadi ishlab chiqarishning materiallarga bo‘lgan
talabini maksimal darajada iqtisodiy samara bilan qoniqtirish hisoblanadi.
Bu maqsadga bir qator muammolar hal qilinishi natijasida erishiladi. Bu
muammolarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Xom ashyo, materiallar va ehtiyot qismlarni xarid qilishning asoslab berilgan
muddatlariga tayanish; kelib tushishlarning miqdorini, ularga bo‘lgan talab bilan
taklif mosligini ta’minlash;
2. Xom ashyo, materiallar va ehtiyot qismlarning sifatiga qo‘yiladigan ishlab
chiqarish talablariga rioya qilish.
Xarid logistikasisiz korxona me’yori faoliyat ko‘rsata olmaydi. U turli xil
mahsulot ishlab chiqaruvchilar va ularning ishini nazorat qiluvchilar o‘rtasida
bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.
Xarid logistikasining funktsiyalari. Xarid logistikasi quyidagi funktsiyalarni
bajaradi:
-
moddiy resurslarni xarid qilish strategiyasini shakllantirish va ularga bo‘lgan
talabni bashoratlash;
-
potentsial yetkazib beruvchilar tomonidan tushadigan takliflarni qabul qilish va
baholash;
-
etkazib beruvchilarni tanlash;
-
moddiy resurslarga qo‘yiladigan talablarni aniqlash, hamda materiallar va
mahsulotlarga beriladigan buyurtmalar miqdorini hisoblash;
-
buyurtma berilayotganda resurslar narxini kelishish va yetkazib berish haqida
shartnomalar tuzish;
-
materiallar kelib tushish muddatlari ustidan nazorat;
-
moddiy resurslar sifatini qabul qilish nazoratidan o‘tkazish va omborlarga
joylashtirish;
-
moddiy resurslarni ishlab chiqarish bo‘linmalarigacha yetkazib berish;
-
omborlarda moddiy resurslar zahiralarini me’yoriy darajada ushlab turish.
Yuqorida aytib o‘tilgan funktsiyalar moddiy texnik ta’minot xizmati(xarid
bo‘limi) va korxonaning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga
oshiriladi. Bu bo‘linmalar quyidagilar: marketing bo‘limi, ishlab chiqarish, ishlab
chiqarishni tayyorlash xizmati, buxgalteriya, moliyaviy va yuridik bo‘limlar.
Hozirgi sharoitda xarid logistikasi tutgan o‘rnining oshishi. Bozor
munosabatlariga o‘tish jamoa ishlab chiqarishida xarid logistikasining tutgan o‘rnini
va oshib borayotgan mavqeini tasniflaydi.
Bozor munosabatlari ishlab chiqarishning moddiy - texnik ta’minoti sohasida
bir qator muhim o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ular orasida eng muhimlari
quyidagilardir:
- bozor tomonidan talab etilayotgan, tez o‘suvchi mahsulot assortimentining
ta’siri;
- ishlab chiqarishga yangi mahsulotni kiritishga ketadigan vaqtni qisqartirish va
shu yo‘l bilan assortiment kengayishini tezlashtirish;
- ishlab chiqarish davri davomiyligini qisqartirish;
- bozorni zarur tovarlar bilan to‘ydirish maqsadida ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasida raqobat kuchayishi.
Bu o‘zgarishlarning barchasi, korxonaning har xil turlari – ishlab chiqarish,
iqtisodiyot, moliyaviy faoliyat ko‘proq moddiy - texnik ta’minotga bog‘lanishiga
olib keldi. Ta’minot tizimida samara bermayotgan keng zonalar mavjudligi, ularni
ratsionallashtirish esa katta iqtisod berishi mumkinligi aniq bo‘ldi. Ishlab
chiqarishining moddiy ta’minot jarayonlarini tashkil etishga va ularni boshqarishga
yangicha yondashuvlarni amalga oshirish zaruriyati tug‘ildi.
70 – 80 yillarda o‘tkazilgan ilmiy - tadqiqot ishlari va ishlab chiqarishni moddiy
ta’minot tizimini mukammallashtirish bo‘yicha amaliy tadbirlar natijasida xarid
logistikasi shakllandi, u moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat ko‘rsatish
sharoitlariga va bozor sharoitida mahsulotlarni aylanishiga mos kelardi.
Materiallarni xarid qilish jarayoni va uning asosiy bosqichlari:
Ariza tuzish.
Arizalar tahlili.
Yetkazib beruvchilarni tanlash.
Buyurtmalarni joylashtirish.
Buyurtmalarning bajarilishini nazorat qilish.
Xarid qilish jarayonining tugatilishi.
Materiallarni xarid qilish jarayoni o‘zining tarkibiga bir qator logistik o‘zaro
bog‘langan ishlar turlarini jamlaydi. Materiallar xarid qilish jarayonining quyidagi
bosqichlari ajratiladi: arizalarni tuzish, arizalar tahlili, yetkazib beruvchilarni
tanlash, buyurtmalarni joylashtirish, buyurtmalar bajarilishini nazorat qilish, xarid
qilish jarayonining tugatilishi.
Arizalarni tuzish. Materiallarni xarid kalishga arizalar korxonaning maxsus
funktsional bo‘linmalarining ishchilari tomonidan tayyorlanadi. Ular korxonaga
materiallarning qaysi turlari va qancha miqdorda talab etilayotganligi, ular qachon
qabul qilib olinishi kerakligi va arizani kim tomonidan tuzilganligi haqida
ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Arizalar shunday tuziladiki, kutilayotgan materiallarni kelib tushish miqdori,
ularga bo‘ladigan amaliy talablardan o‘zib ketadi.
Arizalarni joylashtirish va materiallarni qabul qilish o‘rtasidagi vaqt o‘zib
turish vaqti deb ataladi. O‘zib turish vaqtini to‘g‘ri aniqlash xaridlarni va moddiy
zahiralarni boshqarish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Arizalarning oldindan
berilishi kelib tushishlarni kutilmagan to‘xtashining salbiy ta’sirini kamaytiradi. Shu
bilan birga o‘zib turish vaqtining haddan tashqari ko‘paytirilishi moddiy
zahiralarning o‘sishiga olib keladi. Arizalarni tuzishga javobgar bo‘lgan ishchilar,
materiallar kelib tushishini eng kam o‘zib turish vaqtini o‘rnatishi zarur, bunda
yetkazib beruvchining imkoniyatlari va materiallar iste’molchisining talablari
hisobga olinadi.
Arizalar tahlili. Materiallarni ishlatishga beriladigan arizalar tahlili moddiy
texnik ta’minot xizmati tomonidan boshqa bo‘linmalar mutaxassislari bilan
birgalikda amalga oshiriladi. Tahlil maqsadi – materiallarning har bir turi bo‘yicha
minimal xarajatlarni ta’minlashdir. Tadqiqot uslublari bo‘lib funktsional narxli tahlil
va narxni o‘rnatish hisoblanadi.
Tahlil jarayonida quyidagi savollarga javob olinishi kerak:
Arzonroq materiallar ishlab chiqarish talablarini qoniqtira oladimi?
Bu talablar asoslanganmi?
Boshqa turdagi materiallar belgilangan talablarni qoniqtira oladimi?
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tuzilishini soddalashtirish mumkinmi?
Yetkazib beruvchi iste’molchi bilan birgalikda ishlab chiqarishda olingan
natijalarni tahlil qilishda qatnashib turib materiallarga qo‘yilgan narxlarni kamaytira
oladimi ?
Ta’minot
xizmati
arizalarda
ko‘rsatilgan
materiallarni
boshqalarga
almashtirishga haqqi yo‘q. Bo‘lim ishchilarning kelib tushayotgan arizalarni tahlil
qilishi va buyurtmalar qiymatini kamaytirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan
materiallar xarid qilishning variantlarini taklif qilishi kerak.
Moddiy – texnik ta’minot xizmatiga yetkazib beruvchilarning takliflari va
raqobatchilarning narxlari aniq bo‘ladi. Shu xizmat ishchilari konstruktorlik va
texnologik bo‘limlar bilan birgalikda, arzon va sifatli materiallarni qo‘llash asosida
mahsulotlarni
ishlab
chiqarish
texnologiyalari
va
tuzilishlarini
mustahkamlashtirishga olib keladigan texnik va iqtisodiy qarorlar ishlab chiqarishi
mumkin.
Yetkazib beruvchilarni tanlash. Yetkazib beruvchilarni tanlashda asosiy
mezonlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: yetkazib beruvchining ishonchliligi,
kerakli resurslarni aytilgan sifatda va so‘ralgan muddatda yetkaza bera olishi,
moddiy resurslarni imkoniyati boricha arzon narxlarda yetkazib berishi, yetkazib
beruvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi masofa, yetkazib beruvchida qo‘shimcha
quvvatlarning mavjudligi va hokazo.
Yetkazib beruvchilar va materiallar haqida ma’lumotlar olishning asosiy
manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: shaxsan sotuvchining o‘zi bilan aloqalar;
reklama nashriyotlari, kataloglar va prospektlarda beriladigan mahsulotning tuzilishi
haqida ma’lumotlar; korxonalarga tashriflar va mahsulot yetkazib berish amaliyotini
o‘rganish; banklar, savdo uyushmalari, davlat muassasalaridan olinadigan
ma’lumotlar va hokazo.
Barcha manbalarni o‘rganish natijasida, mustahkam nomga ega bo‘lgan
yetkazib beruvchilar ro‘yxati tuziladi. Keyin materiallar narxi va yetkazib berish
muddatlari nuqtai nazaridan eng qulay sharoitlarni taklif etayotganlari tanlab
olinadi. Yirik buyurtmalarni ikkita va undan ko‘p yetkazib beruvchilar o‘rtasida
bo‘lib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bu asosiy yetkazib beruvchini
raqobatbardoshliligini tekshirish va kutilmagan hollardan o‘zini himoyalash
imkonini beradi.
Buyurtmalarni joylashtirish. Materiallarni xarid qilish, materiallar va ehtiyot
qismlarning turlariga bog‘liq holda turli xil uslublar amalga oshiriladi. Xaridlarning
asosiy uslublari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- materiallarni bir marta katta miqdorda xarid qilish (ulgurji xaridlar);
- materiallarni tez-tez xarid qilish, bunda iste’molchi ularning zarur miqdoriga
buyurtma beradi va ular unga kichik miqdorlarda ma’lum muddat davomida
yetkazib beriladi;
- har kunlik ( har oylik) xaridlar. Bu uslub arzon va tez ishlatilib ketadigan
materiallarni xarid qilishda qo‘llaniladi.
- materiallarni zarur bo‘lgan holda olish;
- bir martalik xaridlar. Materialga buyurtma faqatgina talab tug‘ilsa beriladi va
yetkazib beruvchilar omborlaridan olib chiqiladi. Bu yerda kamdan - kam yuz
beradigan holatlar to‘g‘risida gap ketmoqda. Bu holatlarda materialni zaruriyat
tug‘ilgan paytda olib bo‘lmaydi.
Buyurtma material iste’molchisi va yetkazib beruvchi o‘rtasida shartnoma
tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Shartnomaning asosiy elementlari:
1. Taklif va taklifni qabul qilish.
Shartnoma, bir taraf qandaydir mahsulotni belgilangan narxlarda taklif etsa,
ikkinchi taraf esa bu taklifni qabul qilsa tuziladi.
2. Moliyaviy shartlar.
Shartnoma o‘z qiymatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni u yuridik ma’noda
shartnoma bo‘lishi uchun unda barcha moliyaviy shartlar aytib o‘tilishi zarur.
3. Shartnoma tuzish huquqi.
Bu huquqqa faqatgina mansabdor shaxslar (Direktor, Bosh direktor), korxona
tomonidan ko‘rsatilgan va uning nomidan faoliyat ko‘rsatayotganlar ega.
4. Qonuniylik.
Shartnoma qonuniy bo‘lishi shart, ya’ni davlatning yuridik me’yorlariga to‘la
javob berishi kerak.
Shartnoma tuzilishi – sharnoma predmetining tasnifi, mahsulot miqdori va
sifatining ko‘rsatilishini, shartnoma qiymati, mahsulot yetkazib berish va qabul
qilish ketma - ketligi, tomonlar javobgarligi, muammolarni hal qilishni o‘z ichiga
oladi.
Buyurtmalar bajarilishini nazorat qilish. Buyurtmalar soni va ularning
bajarilish muddatlari moddiy - texnik ta’minot bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
Bunda materiallarning kelib tushish grafiklari o‘zgartirilishi va mahsulot ishlab
chiqarish grafiklari uchun mos tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Xarid qilish jarayonining tugatilishi. Buyurtma berilgan materiallarni
shartnoma shartlariga muvofiq tarzda bajarilishi savdo operatsiyasi tugatilishining
muhim belgisidir. Mahsulotni qabul qilish muhim ahamiyatga ega, bu jarayon
davomida materiallarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- talab etilgan sifatga ega bo‘lishi;
- so‘ralgan miqdorda bo‘lishi;
- aytilgan vaqtda yetkazib berilganligi;
- kelishilgan narxdan qimmat bo‘lmasligi.
Savdo sotiq mos holda rasmiylashtiriladi. Kelib tushishlarni rasmiylashtirish
yetkazib beruvchidan tushirish vaqtida xat va kuzatuv xatini olishni ko‘zda tutadi,
bu xatlarda mahsulotlarning soni va kelib tushish vaqti ko‘rsatiladi. Omborga
materiallarning kelib tushishi maxsus nakladnoy (yuk xati) lar orqali
hujjatlashtiriladi va mahsulotlarni ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi.
Xarid logistikasining amal qilish mexanizmi
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarishni xom ashyo va materiallar
bilan ta’minlashning bir qator standart mexanizmlari bor. Masalan, Germaniya
Federativ Respublikasining sanoatini materiallar bilan ta’minlash tizimi, yetkazib
beruvchi tashkilotlarning omborlar tizimi, markaziy omborlar va ta’minot
tashkilotlari omborlariga asoslangan.
Germaniya Federativ Respublikasida material bilan ta’minlashning ma’naviy
tizimi zaxiralarni saqlashga asoslanadi. Bu holda ishlab chiqarishga kerakli bo‘lgan
omborga tovarlarni qabul qilinganligi haqida hujjat tayyorlanadi va bu tovarlar
to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlab chiqarish maskanlariga jo‘natiladi. Talab asosida sotib
oluvchi tashkilot buyurtma harajatlarini rasmiylashtiradi va uni yetkazib beruvchiga
jo‘natadi. Yetkazib beruvchi buyurtmani olib, tovarni so‘ralgan tashkilotga sotib
berishini ta’minlaydi. So‘ngra katta miqdordagi tovarlar avtomobil yo‘llari yoki
temir yo‘llari orqali markaziy omborga olib kelinadi. U yerda tovarlarning sifati,
miqdori tekshiriladi. Agar hammasi talabga javob beradigan darajada bo‘lsa,
qismlarga bo‘linib, ishlab chiqaruvchi korxonalarga jo‘natiladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan faoliyat 23-chizmada berilgan. Bu faoliyatni amalga
oshirishda savdo bo‘limi yoki vositachilar 9-10ga yaqin hujjatlarni yetkazib
beruvchiga topshiradilar. Yetkazib beruvchi esa buyurtmani bajarayotgan paytda
markaziy punktga 14 ga yaqin hujjat topshiradi. Umuman, hujjatlarning bu qadar
ko‘pligi materiallar yetkazib berish faoliyatining an’anaviy tizimi doiralar bilan
chegaralangan deyish mumkin. Buyurtma beruvchi bilan yetkazib beruvchi,
materialga buyurtma tushganidan boshlab, to uning egasiga yetib borishi va qabul
qilinishi hamda qo‘llanilishigacha bo‘lgan davrda hujjatlashtirishning 15ga yaqin
usulidan foydalanadilar. Ularning bir necha nusxada bo‘lishini hisobga oladigan
bo‘lsak, u holda hujjatlar soni 50 dan oshib ketadi.
Zaxiralarni saqlash bir qancha miqdorda harajat hamda ishchi kuchini talab
qiladi. Quyida harajat guruhlari beriladi.
1. Omborxonalarning band bo‘lishi;
a) bino amortizatsiyasi;
b) asbob - uskunalar amortizatsiyasi;
v) ta’mirlash harajatlari;
g) isitish vositalariga harajatlar, elektr-energiya va suv vositalari;
d) ijara to‘lovi.
2. Xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarga harajatlar:
a) ombor ishchi - xizmatchilari uchun maosh;
b) ishchilarning ijtimoiy himoyasi uchun harajatlar;
3. Transport vositalari uchun harajatlar:
a) amortizatsiya;
b) energiya va yoqilg‘i uchun harajatlar;
v) joriy ta’mirlar uchun harajatlar;
g) sug‘urta va transport vositalari uchun soliq.
4. Materiallarni saqlash natijasida kelgan zararlar:
a) ombor qorovullari va materiallarning eskirishi;
b) zanglash va boshqalar;
v) inventarizatsiya natijasidagi yo‘qotishlar;
g) o‘g‘irlik;
d) narxlar tushishi natijasidagi yo‘qotishlar;
e) zaxiralarni sug‘urtalash harajatlari.
Shuning uchun, bu tizim nisbatan noqulayroq bo‘lib, faoliyatni doim nazorat
qilishni hamda uni optimallashtirish yo‘llarini topishini talab qiladi.
Ishlab chiqarishni materiallar bilan ta’minlashda yetkazib beruvchi firmalar
bilan shartnomalar tuzish tizimi o‘zini oqladi. Bu tizim XX asrning 70 - yillari oxiri
80 - yillari boshida ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda faoliyat yuritish bo‘limlari
nisbatan kamroq. Bu tizim iste’molchi va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi
munosabatni, yuqorida aytib o‘tilgandan ham qisqaroq yo‘llar bilan amalga oshiradi.
Yuklar birdaniga ishlab chiqaruvchiga emas, balki, birinchi navbatda,
ulgurji savdo kompaniyasiga kelib tushadi. Bu kompaniya o‘zining bir necha yirik
omborlariga ega bo‘lib, asosan xom ashyolarni iste’molchi - ishlab chiqaruvchilarga
tez yetib borishini ta’minlaydi. Bu tizim oldingisiga qaraganda bir qator afzalliklarga
ega. Birinchi o‘rinda ma’muriy harajatlarni kamaytiradi. Shartnomalar tizimi
muzlatilgan kapitalni bo‘shatib yuborishga sharoit yaratadi. Iste’molchiga eng qulay
tomoni, u istagan paytda o‘zining omboridan voz kyechishi mumkin. Ulgurji savdo
kompaniyalari ham turli xil xizmatlari bilan iste’molchilarni o‘zlariga jalb qilishlari
mumkin. Bu tizimning eng qulay tomon tezkor tovarlar yetkazib berishni ham
tashkil qilish mumkinligidir. Katta assortimentdagi tovarlarni saqlovchi ombor
xo‘jaligi 24 soatda iste’molchiga kerakli tovarni yetkazib berishi mumkin. GFRning
tajribasiga ko‘ra, xususiy omborlar talabning 50 - 60 %ini qondirishi mumkin.
Vositachi firma omborlari esa talabning 90 %gacha bo‘lgan qismini qondirish
mumkin. Yetkazib beruvchilar yordamida ishlab chiqarilgan buyurtma ombor
xo‘jaligidagi qayd qilish bo‘limiga o‘natiladi. Qayd qilish bo‘limi 1 yoki 2 marta
shartnomalar tizimi bilan birlashgan yetkazib beruvchilarga buyurtma yuboradi.
Yetkazib beruvchi ertasiga so‘ralgan materiallarni jo‘natadi va ular omborning
jamg‘arish bo‘limiga yig‘iladi. Bunda 14 ta forma blank o‘rniga bittasidan
foydalaniladi. Bu blank formula bir vaqtning o‘zida ham buyurtma, ham hujjat
bo‘ladi.
Rivojlangan bozor sharoitida ta’minotning logistika bo‘limining asosiy
muammosi talab ehtiyojlarining tez o‘zgarishidir. Bu ko‘pincha yetkazib beruvchida
ishlab chiqaruvchiga kerak bo‘lmaydigan tovarlarning yig‘ilib qolishida o‘z aksini
topadi.
Oxirgi o‘n yillikda ta’minotning bir qator usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, u
ishlab chiqarishning aniq bir talabini qondirishga mo‘ljallangan. Ular quyidagilar:
-kanban usuli (Yaponiyada ishlab chiqilgan usul bo‘lib, umumiy ishlab
chiqarishni materiallar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan oxirgi talabni hisobga
oladi);
-talab va materiallarni rejalashtirish tizimi. Bu 3 bosqichda amalga oshiriladi:
birinchisi dasturli rejalashtirish, ikkinchisi materiallarni taqsimlash va uchinchisi
savdoni nazorat qilish;
-«Aynan vaqtida» usuli, bu usul zaxiralar to‘planib qolishining oldini oladi;
-talab bo‘yicha ta’minot tizimi, bunda uzoq muddatli ma’lum shaklli artnoma
yetkazib beruvchilar bilan tuziladi. Materiallar bosqichma - bosqich iste’molchiga
yetkazib turiladi;
-«bashorat ko‘rsatkichlari» usuli (katta miqdordagi materiallarga talab ma’lum
darajada hujjatlashtiriladi va talab asosida materiallar yetkazib beriladi);
-iste’molchi va yetkazib beruvchi o‘rtasidagi kerakli ma’lumotlarni internet
orqali almashish usuli. Buyurtma kelib tushgandan so‘ng, qolgan hamma
ma’lumotlar komp’yuter orqali olinadi.
Zamonaviy savdo uchun oldindan talab qilinadigan materiallarni bashorat qilish
xosdir. Bashoratning chuqur o‘rganilishi zaxiralar miqdori, yetkazib berishga va
ta’minotga tayyorligini belgilaydi. Bashorat asosida ta’minot rejasi tuziladi.
Ta’minot shunday balanslashtirilishi kerakki, uning asosida ishlab chiqarishning
bosqichli dasturi tuziladi. Mana shu dastur materiallarni ishlab chiqarishga ta’sir
qiluvchi omil bo‘ladi.
«Aynan vaqtida» ta’minot tizimi. Talab qilinayotgan material, xom ashyolar
aniq bo‘lgandan so‘ng korxonalar faoliyat yo‘nalishini belgilaydilar va sotib olishni
tashkil etadilar. Shartli ravishda sotib olishning an’anaviy va operativ usullari bor.
Operativ ta’minotning eng samarali usuli «Aynan vaqtida» deb nomlanadi. Bu usul
Yaponiyada 1950 - yillarda tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik Yevropa va AQSh da
davom yettirilgan. Bu usulning asosiy maqsadi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha
savdo - sotiq va ta’minot buyumlarini o‘z vaqtida, oraliq omborlarni chetlab o‘tgan
holda to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlab chiqarish liniyasiga yetkazib berishdan iborat.
Ishlab chiqarishni talab bo‘yicha ta’minlash tizimi. «Aynan vaqtida» usuli
asosan avtomobil ishlab chiqarish sohasida rivojlangan. Bunga misol qilib,
«Mersedes - Bens» zavodining yig‘uv tsexiga avtomobil o‘rindiqlarini yetkazib
berishni keltirish mumkin. Yetkazib berishni asosiy ishlab chiqarishdan 6 km
uzoqlikda joylashgan «Kayner-Rekaro» firmasi amalga oshiradi. Oldindan
rejalashtirish 6 oygacha amalga oshiriladi. Bu o‘z ichiga yetkazib berishdan tortib to
taxminiy talablarni ham oladi. Yetkazib berishni aniqlashtirish fazasi avtomobil
yig‘ish boshlanishidan 15 kun ilgari amalga oshiriladi. Iste’molchining talabidan
kelib chiqqan holda firma bir hafta oldin ishlab chiqarish rejasini tuzadi. Yig‘uv
ishlari boshlanishidan oldin zavodga buyurtma beriladi. Maksimum yig‘uv ishlari
boshlangandan so‘ng 6 soatdan keyin tsexga talab qilingan o‘rindiqlar yetkazib
beriladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan faoliyat an’anaviy ta’minotda umuman boshqacha tus
oladi. Masalan, Amerika kompaniyalarida tovarlar bilan ta’minlashning quyidagi
usullari qo‘llaniladi:
-sotib olinadigan partiyani aniqlash; yetkazib beruvchilarni tanlash;
- yetkazib beruvchilarni baholash; nazorat tashkiloti; munozaralar va
shartnomalar tuzish;
- yetkazib berish usulini tanlash; hujjatlashtirish; qadoqlash.
Tezkor va an’anaviy ta’minot bir - biridan tubdan farq qiladi. Masalan,
an’anaviy ta’minotda tovarlar katta hajmda uzoq vaqt oralig‘ida yetkaziladi. Tezkor
ta’minotda hajman katta bo‘lmagan tovarlar guruhlari tez-tez jo‘natib turiladi.
An’anaviy ta’minot (AT)ni baholashda 2-% gacha brakka yo‘l qo‘yiladi. Tezkor
ta’minotda braka umuman yo‘l qo‘yilmaydi. AT shartnomasi mazmuni - iloji
boricha arzon narxda material olish. Tezkorning esa - yuqori darajadagi sifatga ega
bo‘lgan materiallarni olish. AT ga asosan, sotib oluvchining uch xil talabini
qondiruvchi yetkazib beruvchi tanlanadi, ular: sotib olinayotgan tovar sifati;
yetkazib berish shartlari; narxi. Yetkazib beruvchining faoliyatini baholash, oyda bir
yoki chorakda bir amalga oshiriladi. Amerika kompaniyalarida yetkazib beruvchilar
har oy sinovdan o‘tkaziladi va baholanadi.
AQSh ning AT tajribasiga asosan, mahsulot sifatiga qabul qilish bo‘limi
javobgar hisoblanadi. Yaponiyada esa bunga yetkazib beruvchi javobgar hisoblanadi
va u materialni to‘g‘ri ishlab chiqarish liniyasiga olib boradi. Hozirgi kunda ko‘p
AQSh kompaniyalari tovar sifatida javobgarlikni yetkazib beruvchi zimmasiga
yuklashmoqda. Masalan, «Nissan - Amerika» «Djeneral motors - Byuik», «Xyullet
- Pakkard» kabi kompaniyalar materiallarni qattiq nazorat ostiga olmay, to‘g‘ri
ishlab chiqarish yo‘liga jo‘natishmoqda. Bunday yetkazib berish usullarini
o‘rganayotgan xaridorni qiziqtiradigan narsalardan biri bu raqobatchilardir. Chunki
raqobat mavjud bo‘lsa, xaridor iloji boricha yuqori darajadagi sifatga ega bo‘lgan
materialni sotib olishi mumkin. Bundan tashqari, raqobatning yo‘qligi narxga ham
ta’sir qiladi. Agar raqobat mavjud bo‘lmasa, materialning tannarxi haqiqiysidan
ancha qimmat bo‘lib ketadi. Bu esa ishlab chiqarish harajatlarini ko‘paytiradi. AQSh
va Yevropa kompaniyalari jahon bozori ta’minotida tarixiy - vertikal integratsiya
qo‘llanilishiga qarshilik bildirmoqda. Chunki, ular asosiy materiallar- uzellar,
detallarni asosan Yaponiya va Meksika hamda Braziliya kabi rivojlanayotgan
mamlakatlardan keltiradilar. Buni avtomobil sanoatida yaqqol ko‘rish mumkin:
AQShda 1982-yildan beri avtomobil detallari importining darajasi ko‘tarilishi
kuzatilmoqda. Detal va butlovchi mahsulotlarining milliy chegaralardan oqib
kirishining o‘sishi 5 ta sababga asoslanadi:
- chet elda ishlab chiqarish harajatlarining nisbatan kamligi;
- detallar texnik parametrlarining yaqinlashishi va bular asosida ishlab chiqarish
masshtablarini kengaytirish mumkin;
- rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq to‘lovlarining nisbatan pastligi;
- ishlab chiqarish firmalarining xalqaro qo‘shilishi;
- detallarni arzon ishlab chiqarishning xalqaro bazalarini izlash.
Ishlab chiqarishni material va texnologiya bilan ta’minlash strategiyasini ishlab
chiqishda bir qator hisob-kitoblar amalga oshirilishi kerak. Bu jarayonni amalga
oshirishda ishlab chiqilgan strategiya quyidagi savollarga javob berishi kerak:
1.Yuk tashishga talablar qanday?
2.Qanday xizmatlar kerak bo‘ladi?
3.Material - texnika ta’minotida qanday axborot – texnologiya usullaridan
foydalaniladi?
4.Yetkazib beruvchilar va transportirovka qiluvchilarni qanday usullar bilan
attestatsiyadan o‘tkazish mumkin?
5.Material - texnika ta’minotini optimallashtirish uchun qanday vositalardan
foydalanish kerak.
Ta’minot tizimi, minimal darajada zaxiralar mavjud bo‘lgan paytda juda samarali
hisoblanadi. Bu tizimning to‘g‘ri amal qilishi uning tuzilishiga bog‘liq. Tuzilma,
odatda, 4 asosiy elementdan tashkil topib, ta’minot tizimini shakllantiradi. Tizim
asosan 3 ta elementdan tashkil topgan: yetkazib beruvchi, oraliq tizimlar va
iste’molchi.
Iste’molchi va yetkazib beruvchilar haqida yuqorida aytib o‘tildi. Endi oraliq
tizimlar (etkazib berish vositalari)ga kelib to‘xtalamiz. Tizimning asosiy qismi,
tovarni yetkazib berishni ta’minlash hisoblanadi. Bu
tizimning asosiy
parametrlariga: tovarlar konsentratsiya joyi, yuklarni tushirish porti, dengiz
transport agentliklari, bojxona nazorati maskanlari va ichki avtomobil hamda temir
yo‘l kompaniyalari kiradi. Bu omillar ta’minotni tashkil qiluvchi zanjir bo‘laklaridir.
Yuk tushirish portini tanlash xulosasi, asosan chet elda, mustaqil ketma-ketlikni
tanlashga asoslanadi. Mustaqil ketma-ketlik yetkazib beruvchi bilan bir hududda
joylashadi. Yetkazib beruvchidan bir necha 1000 km uzoqlikda joylashgan ishlab
chiqaruvchi firma hamma tashkiliy ishlarni bajarish imkoniyatiga ega emas.
Mustaqil pudratchi «uchinchi tomon» bo‘lib, butun tizim ishga tushiriladi.
Tovarlarni dengiz orqali olib o‘tish, uni tashish, tushirish va yetkazib beruvchidan
iste’molchiga yetib borishini ta’minlovchi - yetkazib berish kompaniyasini tovar
egalarining o‘zlari tanlaydilar. Bunda ular xizmat safariga va narxga katta e’tibor
beradilar. Bu harakatlarni amalga oshirishda, faoliyat asosida tizimli yondashuv
yotadi. Tizim yetarli darajada yegiluvchan bo‘lib, bir yetkazib beruvchidan,
ikkinchisiga bo‘lgan bog‘lanish maqsadga muvofiq narxda bo‘lishi kerak. Chet el
yetkazib beruvchisidan Rossiyaga tovar yetkazib berishdagi namunaviy tizimini
«Global odin» kompaniyasi misolida ko‘rish mumkin. Bu kompaniya
telekomunikatsiya xizmatlari bilan shug‘ullanadi.
Tovar yetkazib berish faoliyati bir necha bosqichlarga bo‘lingan:
- yetkazib beruvchi bilan Rossiya kompaniyasi o‘rtasidagi shartnomaning
tuzilishi;
- yuk tashuvchilarni tanlash va ular bilan shartnoma tuzish;
- yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni yuklash;
- Rossiya bojxonasigacha yuk tashishni tashkil qilish;
- Rossiya bojxonasi tomonidan yukni hujjatlashtirish va bojxonaning import
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi brokerlari bilan ishlash;
-Rossiya bojxonasidan ishlab chiqarish korxonasining omborigacha yuk
tashish;
-kompaniya omboridan buyurtmachigacha yuk tashish.
Yuk tashish majburiyati - ishlab chiqarishda muhim muammo hisoblanadi va u
turli firmalarda turlicha hal qilinadi. Bu masala ustida iqtisodchilar orasida juda ko‘p
tortishuvlar bo‘lib o‘tgan. Masalan, AQSh da tovarni yetkazib berish juda qimmat
bo‘lganligi uchun bu faoliyat bilan alohida kompaniyalar shug‘ullanadi. Albatta,
material-texnika ta’minotida iqtisodiy, geografik, siyosiy vazifalar ham, uning
kelajakdagi faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Xaridorni rejalashtirish
Xaridor (ta’minot) logistikasi logistika tizimining birinchi elementi bo‘lgan
xom ashyo, material va yordamchi qismlarni xarid bozoridan korxona omborigacha
harakat qilish jarayonini o‘zida aks ettiradi.
Xaridor logistikasining samarali amal qilishi uchun mahsulot ishlab chiqarishga
aynan qaysi material zarurligini bilish, xaridorlar rejasini tuzish lozim. Unda
quyidagi ta’minot vazifalari hal qilinishi lozim:
- iste’molni aniqlash va tahlil qilish, buyurtma berilgan materiallar miqdorini
hisoblash;
- xaridor uslubini aniqlash;
- narxlar muvofiqligi va shartnoma tuzish;
- yetkazib berish muddati, sifati va miqdori ustidan nazorat o‘rnatish;
-tovarlarni omborga joylashtirishni tashkil qilish.
1. Iste’molni aniqlash va tahlil qilish, buyurtma berilgan materiallar
miqdorini hisoblash. Xaridorlarni rejalashtirish jarayonida quyidagilarni aniqlash
zarur:
- qanday materiallar talab qilinadi;
- mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan materiallar miqdori;
- ular kerak bo‘ladigan vaqt;
- talab qilinadigan omborlar maydoni;
- xarid harajatlari;
- korxonada ayrim detallarni mustaqil ishlab chiqarish imkoniyati.
Iste’molchiga oxirgi mahsulotni yetkazib berish vaqtidan kelib chiqqan holda
yetkazib berishning brutto iste’moli mavjud. Brutto iste’moli keyinchalik netto
iste’moliga o‘tkaziladi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi: naqd zaxira; buyurtma
berilgan materiallar va rivojlantirilgan ishlab chiqarish.
Logistikada materialga ehtiyojni aniqlashning boshqa usullari:
- determinatsiyalashgan;
- stoxastik;
- evristik.
Birinchi usul - buyurtmani bajarish davri, miqdor hamda muddat bo‘yicha
materiallarga ehtiyoj ma’lum bo‘lganda qo‘llaniladi. Ikkinchisi - hisob - kitoblar
uchun matematik statistik usullar asos bo‘lgan ehtiyoj uchun qo‘llaniladi. Uchinchi
usul yordamida ishlarning tajribasiga ko‘ra ehtiyoj aniqlanadi. Ko‘rib o‘tilgan
barcha usullar o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bu usullardan birini tanlash
quyidagilarga bog‘liq:
- firma yo‘nalishi;
- buyurtmalar imkoniyati;
- mahsulot turi;
- omborlar turi va soni;
- zaxiralar holati ustida nazorat tizimi.
2. Xarid usulini aniqlash. Xarid usulini tanlash oxirgi mahsulot
murakkabligiga butlovchi mahsulot va materiallarning tarkibiga bog‘liq. Xarid
qilishning asosiy usullari:
- ulgurji xarid;
- mayda partiyalar bilan doimiy xarid;
- ehtiyoj me’yoridagi xarid.
Tez - tez qo‘llanuvchi usullardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz:
1.Tovarlarning bir guruhli xaridi. Afzalliklari: hujjatlarni rasmiylashtirishning
oddiyligi; barcha tovar guruhlarini yetkazishning kafolati; savdo chegirmalarining
yuqoriligi. Kamchiligi: katta maydondagi omborlarga ehtiyoj; kapital aylanishining
sekinlashuvi.
2.Mayda guruhlar bilan doimiy xarid. Afzalliklari: kapital aylanishini
tezlashtiradi, ombor maydonlarini tejaydi; yetkazib berishni hujjatlashtirish
harajatlari kamayadi. Kamchiliklari: zarar keltiradigan tovarlarning zarurati.
3.Zarurat darajasida tovar olish. Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
yetkazib beriladigan tovarlar miqdori o‘rnatilmaydi balki taxminan belgilanadi;
tovar yetkazib beruvchilar har bir buyurtmani bajarishdan oldin sotib oluvchilar
bilan bog‘lanishadi, yetkazib berilgan tovargagina puli to‘lanadi va h.k. Afzalliklari:
qat’iy majburiyatlar yo‘qligi; kapital aylanishining tezlashishi.
4. Tez o‘tkazish sharti bilan tovar xaridi. Bu uslub tez-tez qo‘llanilmaydigan
tovarlar uchun ishlatiladi. Kamchiligi rasmiylashtirish bo‘yicha harajatlarning
oshishidir.
3. Buyurtmani hujjatli rasmiylashtirish. Xaridni hujjatlashtirish bo‘yicha
standart hujjatlarda quyidagi holatlar ko‘zda tutishi lozim: 1) hujjat nomi; 2) tartib
raqami; 3) kompaniya nomi va manzilgohi; 4) buyurtma uchun javobgarlik; 5) sana,
tovar yetkazib beruvchi nomi va manzilgohi; 6) yetkazib berish muddati va yetkazib
beriladigan tovarlar miqdori; 7) tovar tavsifi; 8). mol yetkazib berish manzilgohi; 9)
narx; 10) hisob -kitob.
4. Xarid va ishlab chiqarishni tashkil qilish. Ehtiyoj aniqlangandan keyin
firma oldida tovarni xarid qilish yoki uni o‘zi ishlab chiqarish muammosi turadi.
Buni hal qilish uchun quyidagilarga e’tibor qilish kerak: yetkazib berish narxi;
buyurtmani rasmiylashtirish harajati; yetkazib berish; sug‘urta; qadoqlash, omborga
joylashtirish; qayta ishlash, xom ashyo, energiya, ishchi kuchi, harajatlari,
solishtirilgandan so‘ng firma sotib olish yoki ishlab chiqarish to‘g‘risida ma’lum
qarorga kelishi mumkin.
5. Yetkazib berilgan mahsulotni olish va kodlashtirish.
1.Mahsulotni qabul qilish uchun, birinchi navbatda, quyidagilarga ishonch hosil
qilish lozim:
Tovar:
a) kerakli miqdorda;
b) kerakli sifatda;
v) tovar yetkazib beruvchisidan;
g) kelishilgan vaqtda;
d) kelishilgan narxda qabul qilingan.
2. Yetkazib berishni rasmiylashtirish. Operatsiyalarni to‘g‘ri bajarishda
hujjatlarni rasmiylashtirishga e’tiborli bo‘lish kerak. Buyurtma nusxasi iste’mol
bo‘limiga jo‘natiladi. Yuklash hujjati mahsulot jo‘natishga tayyor bo‘lgandan keyin
tuziladi. Kuzatib boruvchi yo‘lda tovarlar bilan birga bo‘lishi kerak va h.k.
Yetkazib beruvchi hujjatida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- jo‘natuvchi nomi va manzilgohi;
- mahsulot tavsifi;
- joy miqdori;
- yetkazib berish xususiyatlari;
- yetkazuvchi nomi.
Tovar olganligini tasdiqlash hujjati iste’mol bo‘limi va buxgalteriyaga nazorat
uchun beriladi.
Mol yetkazib beruvchilar tanlovi
1. Takliflarni qabul qilish va baholashe Doimiy mol yetkazib beruvchilardan
taklif olish va uni baholash jarayoni turlicha tashkil qilinishi mumkin. Keng
tarqalgan va samaralisi quyidagilar hisoblanadi:
1. Tanlovli savdo.
2. Mol yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasida yozma kelishuv.
Tanlovli savdo (tenderlar) doimiy mol yetkazib beruvchilarni izlashning keng
tarqalgan shaklidir. Tenderni o‘tkazish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- reklama;
- tenderli hujjatlarni ishlab chiqarish;
- tenderli hujjatlarni chop etish;
- tenderli takliflarni qabul qilish;
- tenderli takliflarni baholash;
- savdo qatnashchilarining malakasini tasdiqlash;
- shartnoma taklifi.
Tenderli hujjatlashtirish, qoida bo‘yicha, yetarlicha katta hajmga ega bo‘lib, 1
qator muhim funktsiyalarni bajaradi:
-tender qatnashchilariga savdo jarayoni to‘g‘risida yo‘l – yo‘riq ko‘rsatadi;
-xarid qilinadigan tovar va xizmatlarga tavsif beradi;
-taklifni baholash shartlarining mezonlarini o‘rnatadi;
-keyingi shartnomalar shartlarini aniqlaydi.
Baholash jarayonining asosiy qoidalari quyidagilar:
-tender tashkiloti a’zolarini oldindan belgilash;
-talabga javob beruvchi takliflarni ko‘rib chiqish;
-tender hujjatida keltirilgan baholash qoidalariga to‘liq amal qilish;
-savdo qatnashchilari bilan qandaydir kelishuvlarning bo‘lmasligi.
Yozma kelishuvda kelishuv qatnashchilari rasmiy tovar yetkazish to‘g‘risida
taklif olishadi. Bu 2 xil usul bilan amalga oshishi mumkin. Birinchisida, shartnoma
tuzish tashabbusi tovar sotuvidan chiqadi. U o‘zining doimiy xaridorlariga ofertalar
jo‘natadi. Odatda, ofertalar quyidagi rekvizitlarni o‘z ichiga oladi:
-tovar nomi;
-tovar miqdori va sifati;
-narx;
-etkazib berish sharti va muddati;
-to‘lov sharti;
-tara va qadoqlash tavsifi;
-qabul qilish - uzatish sharti.
Ofertalar qattiq va erkin tarzda bo‘lishi mumkin. Ikkinchi usulda shartnoma
tuzish tashabbusi tovarni sotib oluvchidan chiqadi. U doimiy mol yetkazib
beruvchilarga tijorat xatini jo‘natadi. Unda barcha yuqoridagi rekvizitorlar
ko‘rsatilgan bo‘ladi.
2. Mol yetkazib beruvchini tanlashdagi asosiy talablar. Mol yetkazib
beruvchini tanlashda 2 asosiy mezon mavjud:
1. Mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bahosi.
2. Xizmat ko‘rsatish sifati.
Bulardan tashqari unchalik asosiy bo‘lmagan 60 dan ziyod mezonlar mavjud.
Ularning ayrimlari quyidagilar:
-mol yetkazib beruvchining iste’molchidan uzoq joylashgani;
-joriy va tezkor buyurtmalarni bajarish muddati;
-mol yetkazib beruvchida mahsulot sifatini boshqarishning tashkil qilinganligi
va boshqalar.
Sanab o‘tilgan mezonlarni qo‘llashda turli manbalardan keluvchi axborotlarni
yig‘ish lozim. Ushbu manbalarga quyidagilar kiradi:
- shaxsiy kuzatuv;
- mahalliy manbalar;
- bank va moliyaviy institutlar;
- mavjud mol yetkazib beruvchining raqobatchilari;
- savdo assotsiatsiyalari;
- axborot agentliklari;
- davlat manbalari;
3. Xaridorning huquqiy asoslari. Takliflar va qabul qilingan takliflar.
Shartnoma ikkala tomonning oldi - sotdidagi roziligi bilan tuziladi va yozma tarzda
rasmiylashtiriladi.
Moliyaviy shartlar. Shartnoma qiymatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni unda
moliyaviy shartlar ko‘rsatilgandagina u haqiqiy hisoblanadi.
Shartnoma tuzish huquqi. Bunday huquqqa faqat mas’ul shaxslargina ega.
Masalan: direktor, bosh direktor va boshqalar.
Qonuniylik.
Shartnomaning
qonuniy
bo‘limi
mamlakatning
yuridik
me’yorlariga javob berishi lozim.
4. Shartnoma sharti. Shartnoma tizimi turli shartlarning o‘zaro kelishuvini
ko‘rsatadi. Aniq ko‘rsatilgan shartlar, bu shartnoma mazmunidan kelib chiqadigan
shartlardir. Shart sifatida shartnomada zarurlarni qoplash ham ko‘rsatilgan bo‘lishi
mumkin. Bu jarima hisoblanib, oldindan qat’iy belgilangan tartib va shartlarda
undiriladi. Zarurlarni qoplashdan farqli ravishda jarima summasi o‘sib boruvchi,
ya’ni shartlar o‘z vaqtida bajarilmaganda olib boruvchi hisoblanadi. Agar kechikish
mol yetkazib beruvchiga bog‘liq bo‘lgan shartda kelib chiqish ko‘zda tutilgan
bo‘lsa, u holda shartnomada fors - major shartini o‘rganish kerak.
5. Shartnoma tuzilishi. Shartnoma tuzilishi quyidagi tartibda bo‘lishi kerak:
- shartnoma predmeti;
- tovar miqdori;
- tovar sifati;
- shartnoma summasi va hisob - kitob tartibi;
- qadoqlash va markerlash;
- tovar yetkazish;
- tovar qabul qilish;
- fors - major;
- tomonlar majburiyatlari;
- kelishmovchiliklarni hal qilish;
- boshqa shartlar.
6. Yetkazib berish to‘lovi. Buyurtma berilgan tovarlarga hisob olish shartnoma
bajarilishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Barcha hisoblarni bir qancha asosiy
qoidalarga ko‘ra tekshirib ko‘rish kerak:
-hisob - kitobni qabul qilishda, u aynan sizga tegishli ekanligiga ishonch hosil
qiling;
-buyurtma raqamini tekshiring. Agar hujjatlarda qarama-qarshilik bo‘lmasa,
buxgalteriya hisobini to‘laydi.
Hisoblarni to‘lashda turli usullardan foydalanish mumkin:
1. to‘lov talabnomasiga asosan hisob-kitob;
2. akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob;
3. inkassa bo‘yicha hisob-kitob;
4. cheklar bo‘yicha hisob-kitob.
Yuqorida sanab o‘tilgan hisob-kitoblarga asosan, to‘lov: qismlab; oldindan
to‘liq to‘lash; oxirida to‘liq to‘lash va boshqa tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Har qanday holda ham u oldi - sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Tezkor yoki
oldindan to‘lash tovar sotib olishda chegirma qilish huquqini berish mumkin.
Boshqa tomondan, to‘lovni kechiktirish, uni sotib oluvchi tomonidan boshqa
maqsadlarda ishlatishni bildiradi. Shunga muvofiq, to‘lov usulini tanlashda uning
afzallik va kamchiliklarini diqqat bilan o‘rganib chiqish hamda buning natijasida
sizga qanday foyda va zarar tegishini aniqlab olish zarur.
SYERVIS XIZMAT LOGISTIKASI
Reja:
9.4Logistikada servis tushunchasi.
9.5.Servis xizmati logistikasining mazmuni va ahamiyati.
9.6.Logistik xizmat ko‘rsatish darajasi.
Tayanch iboralar: Servis xizmat, iste’molchi talabi, servis mezoni, sotuvdan keyingi
xizmat, axborot xizmati, moliya-kredit xizmati.
Xizmat ko‘rsatish, ya’ni ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha ishlar yig‘indisiga
servis deyiladi.
Logistik servis, taqsimot jarayoni bilan uzluksiz bog‘liq va tovarlarni
iste’molchigacha yetkazib berish jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksini
tashkil etadi. Logistik servisning ob’ekti bo‘lib ishlab chiqaruvchi va noishlab
chiqaruvchi korxonalar, aholi hisoblanadi.
Logistik servis yetkazib beruvchi tomonidan yoki sotuvdan keyingi xizmat
ko‘rsatishga ixtisoslashgan ekspeditor firmalar orqali amalga oshiriladi.
Logistik servis sohasida amalga oshiriladigan hamma ishlarni uch guruhga
ajratish mumkin:
sotuvdan oldingi, ya’ni logistik xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish va
xizmat ko‘rsatish sohasida korxonaning siyosatini aniqlash bo‘yicha ishlar;
tovarlarni sotish jarayonida amalga oshiriladigan logistik xizmatlar,
masalan, yuklarning o‘tishi haqida ma’lumotlar berish; assortimentni
tanlash, qadoqlash; yuk birliklarini shakllantirish va hokazo.
Sotuvdan keyingi logistik servis o‘zining tarkibiga kafolatlar bo‘yicha
xizmat ko‘rsatishni, iste’molchilar talabini ko‘rib chiqish bo‘yicha
majburiyatlarni va hokazolarni oladi.
Hozirgi davrning samarali xo‘jalik faoliyati shundan iboratki, jahon bozorining
yuqori talablariga javob beruvchi yuqori sifatli ilg‘or mahsulotlarni ishlb chiqarish
firma muvaffaqiyatining faqat yarmigagina xosdir, qolgan ikkinchi yarmini esa
sotishni bilish hamda sevis xizmatisiz tasavvur qilish qiyindir. Firma mahsulotiga
iste’molchi qiziqishini uyg‘ota bilish kerak. Bunda yuqori darajada sotish va servis
xizmat ko‘rsatish muhim o‘rin egallaydi.
Agar korxona bozor talabiga mos holda ishlab chiqarilgan mahsulot hamda
daromadlarning boshqaruvida o‘zaro munosabatga ega bo‘lsa, u holda bu korxona
tashkiliy - iqtisodiy mustahkam tizim hisoblanadi. Bozor talabi tovarga bo‘lgan talab
bilan chegaralanmaydi.
Iste’molchi u yoki bu tovarni yetkazish bo‘yicha jamg‘arish – sotuv jarayonida
unga ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibi va sifati miqyosida ham o‘z shartlarini qo‘ydi.
Xizmat o‘zida naf keltiruvchi kimningdir faoliyatini aks ettiradi. Servis deb xizmat
ko‘rsatishdagi, ya’ni kimningdir ehtiyojlarini qondirishdagi amalga oshiradigan ish
(mehnat)ga aytiladi.
Servis yaxlit holda taqsimot bilan chambarchas bog‘liq va u o‘zida buyurtma,
xarid, yetkazib berish va mahsulotga keyingi ko‘rsatiladigan xizmatlar majmuasini
aks yettiradi. Servis bahosini xarakterlovchi ko‘rsatkich iste’molchi talabini
qondirish servis darajasi deb ataladi.
Servis ob’ekti moddiy oqim iste’molchilari hisoblanadi: ishlab chiqarish
korxonalari, taqsimlovchi markazlar va oxirgi iste’molchilar. Servis yoki ishlab
chiqaruvchi korxona o‘zi tomonidan yoki bo‘lmasa moddiy oqimlarga servis
xizmatini ko‘rsatish sohasiga ixtisoslashgan va ishlab chiqarish - sotish jarayonida
ishtirok yetuvchi alohida mustaqil korxonalar tomonidan amalga oshirilishi
mumkin. Shuning uchun korxona faoliyati ob’ekti sifatida quyidagilar ajratiladi:
qiymat yoki natura o‘lchovda baholanadigan, sanoat va nosanoat mazmunidagi
mahsulotlar, turli korxona xizmatlari va boshqa iqtisodiy faoliyatlar (ta’mirlash
ishlari, qurilish, transport, aloqa va hokazolar) yig‘indisi qurilishdagi mahsulotning
(yoki moddiy oqimlarining) servis xizmatini ko‘rsatish. Mahsulotning servis
xizmatini ko‘rsatishda bozor talablariga mos holda mahsulotning yetkazib berish
vaqti, joyi, narxi, miqdori, sifati va nomenklaturasi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha
axborot hamda moddiy oqimlarning har birida alohida «korxona - iste’molchi»
aloqalarini ta’minlovchi korxona tizimi ostidagi barcha faoliyat turlari va
funktsiyalar yig‘indisini aks yettiradi. Servis xizmati turlari sifatida quyidagilar
ko‘rsatiladi:
1. Iste’molchi talabini qondirish servisi - iste’molchiga xizmat ko‘rsatish
darajasining majmua tavsifini ifodalaydi va quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi:
vaqt, chastota, tayyorlik, yetkazib berish sifati va rad etmaslik, ortish - tushirish
ishlarini o‘tkazish va komplektlashni ta’minlashga tayyorlik, buyurtma metodi
(usuli).
2. Ishlab chiqarish mazmunidagi xizmat ko‘rsatish servisi chiqarilayotgan
mahsulot bo‘yicha taklif qilinayotgan servis xizmatini ko‘rsatish turlari yig‘indisi,
ya’ni xaridga bitim tuzilgan vaqtdan to mahsulotni yetkazib berishgacha bo‘lgan
vaqt oralig‘ida iste’molchiga ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plamini qamrab oladi.
3. Sotuvdan keyin ko‘rsatiladigan servis xizmati mahsulotning belgilangan
butun hayotiy davri davomida amaldagi iqtisodiy shartlar asosida mahsulotni
samarali ta’minlashda ko‘rsalitishi zarur bo‘lgan xizmatlar yig‘indisini o‘z ichiga
oladi. Sotuvdan keyingi servis xizmati mahsulot sotuvigacha va undan keyin ham
amalga oshiriladi va quyidagi asosiy tadbirlarni qamrab oladi:
- sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan talabni uni iste’molchi bilan
ishlab chiqish bosqichida aniqlash;
- mahsulot sotuvidan keyin iste’molchiga ko‘rsatiladigan izmatlarni aniqlash;
- mahsulotni yetkazib berishni muhokama jarayonida mahsulot sotuvidan
keyingi xizmat ko‘rsatish tartibini belgilash (o‘rnatish);
- ekspluatatsion va remont (ta’mirlash) ishlarini o‘tkazish uchun xodimlar
tarkibini tayyorlash, zarur texnik hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlash;
- sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish ta’minoti uchun kerakli infratuzilmani
tayyorlash;
- mahsulot turini yangilash va yeski mahsulotlarni zamonaviylashtirish tizimini
ishlab chiqish.
4. Axborot servisi xizmati iste’molchiga ko‘rsatiladigan mahsulot va uning
xizmati haqidagi axborotlar, usullar (metod) va tamoyillar, shuning bilan birga
axborotni uzatish va qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan texnik vositalar yig‘indisi
bilan xarakterlanadi.
5. Moliya-kredit servis xizmati o‘zida iste’molchiga taqdim etiladigan to‘lov
variantlari, arzonlashtirilgan narx va imtiyozlar tizimi yig‘indisini aks ettiradi. Bu
yerda kreditning turli shakllarini ko‘rib chiqish zarur; a) mol yetkazib beruvch
qisqartirilgan qiymatiga bog‘liq holda; b) kreditor kim bo‘lishiga qarab: bank,
tijorat, davlat, xalqaro, fuqarolik, ishlab chiqarish, iste’mol tuzilmasi; v) alohida
holatlarda kreditning to‘g‘ri, egri, aniq, yashiringan, eski, yangi, asosiy, to‘ldiruvchi,
mukammal va nomukammal hamda boshqa turlarini ham e’tiborga olish lozim.
Xizmat ko‘rsatish servisi keng miqyosdagi ko‘rsatkichlar to‘plami bilan
tavsiflanadi. Bu ko‘rsatkichlarni quyidagi mezonlarga asosan guruhlarga
birlashtirish mumkin: nomenklatura va miqdor, sifat, vaqt, narx, servis
ko‘rsatishning ishonchliligi (sifat, vaqt va miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha).
Logistik servis tizimi
Logistik servis tizimining shakllanishi.
Logistik xizmat darajasi.
Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat mezonlari.
Sotuvdan keyingi logistik servis.
Logistik servis tizimining shakllanishi. Xizmat ko‘rsatish sohasida
korxonaning siyosatini aniqlash logistik servis tizimining shakllanishi bilan bog‘liq
va o‘zaro bog‘liq ishlar kompleksini olib borilishini nazarda tutadi.
Logistik xizmatlar tizimini shakllantirish bo‘yicha amallar quyidagi ketma –
ketlikda bajariladi:
1. Iste’mol bozorini segmentlarga ajratish, ya’ni uni aniq iste’molchilar
guruhiga bo‘lish, bu guruhlarning har biriga, iste’mol xususiyatlariga qarab
ma’lum xizmatlar talab etilishi mumkin.
2. Iste’molchilar uchun eng muhim bo‘lgan xizmatlarni aniqlash.
3. Aniqlangan xizmatlarni saralash, iste’molchilar uchun eng muhim bo‘lgan
xizmatlarga e’tiborni kuchaytirish.
4. Bozorning alohida segmentlari kelishuvida xizmatlar standartlarini
aniqlash.
5. Ko‘rsatilayotgan xizmatni baholash, servis darajasi va ko‘rsatilayotgan
xizmatlar narxi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish, kompaniyaning
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan servis darajasini
aniqlash.
6. Iste’molchilar ehtiyojlariga xizmatlarning mos kelishini ta’minlash uchun
ular bilan aloqalar o‘rnatish.
Bunda iste’mol bozorining segmentlarga ajratilishi geografik omil bo‘yicha,
ko‘rsatilayotgan xizmatlar xususiyatlari bo‘yicha yoki boshqa ko‘rsatkichlar
bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Iste’molchilar uchun muhim xizmatlarni
aniqlash, ularni solishtirish va logistik xizmat standartlarini aniqlash iste’molchilar
o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Iste’molchi talabini qondirish servisi mezoni «Nomenklatura va miqdor»
mezoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ko‘rilayotgan vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish resurslarining mavjud emasligi
tufayli mahsulot nomenklaturasining sotuv hajmiga asosan har bir tur bo‘yicha rad
javoblar miqdori;
- ko‘rilayotgan vaqt oralig‘ida mahsulot nomenklaturasining uning samarasiz
bajarilishi sababli sotuv hajmiga asosan har bir tur bo‘yicha rad javoblar miqdori.
«Sifat» mezoni iste’molchi talablariga mos holda har bir turdagi mahsulotning
sifatiga iste’molchi talabini qondirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu holda ishlab
chiqaruvchilar taklif qilayotgan barcha mahsulotlar sifat darajasiga ko‘ra shartli
ravishda 4 guruhga bo‘linadi:
1) Yuqori sifatli mahsulot - raqobatchilarning o‘xshash mahsulotidan o‘zining
texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan yuqori turadigan mahsulot. Bu holatda ishlab
chiqaruvchi mahsulotning narxini ko‘tarish yoki bozordagi o‘z ulushini ko‘paytirish
hisobiga o‘z daromadi miqdorini oshirishi mumkin.
2) Raqobatbardosh mahsulot - yuqori sifatli, lekin berilgan bozordagi mavjud
o‘xshash mahsulotlar orasida o‘rtacha sifatga ega deb hisoblanishi mumkin. Ikkinchi
holatda bu mahsulot reklama bo‘yicha samarali marketing tadbirlari hamda sotuvni
rag‘batlantirish hisobiga raqobatda yutib chiqish imkoniyatiga ega.
3) Past sifatli mahsulot - asosiy raqobatchilar mahsulotiga qaraganda qator
kamchiliklarga ega mahsulot. Ishlab chiqaruvchi bunday mahsulot narxini
arzonlashtirish strategiyasini qo‘llash hisobiga bozordagi o‘rni mustahkamligini
saqlab qolish imkoniyatiga ega.
4) Sifati juda past mahsulot – odatda, raqobatbardosh emas va bunday
mahsulotga umuman talab mavjud bo‘lmaydi, shuning uchun bunday mahsulotni
past narxlarda sotish mumkin. Bunday holatda ishlab chiqaruvchi yoki mahsulot
sifatini yaxshilash yoki bo‘lmasa yangi mahsulot ishlab chiqarishi lozim bo‘ladi.
«Vaqt» mezoni yetkazib berish vaqti (mahsulotga buyurtma olish bilan tayyor
mahsulotni qabul qilish oralig‘idagi vaqt) bo‘yicha iste’molchi talabini qondirish
imkoniyatini xarakterlaydi. Bunda mahsulotning har bir turi bo‘yicha yetkazib
berishning o‘rtacha bozor vaqti hisobga olinadi. Tahlil nuqtai nazaridan qaraganda
shunisi qiziqki, rad etish sababi bo‘lib yo mahsulot sifati yetarli darajada bo‘lmasligi
(narxlar sifatni ifodalaydi), yo talab tuzilmasining o‘zgarishi hisoblanadi. «Servis
xizmat ko‘rsatishning ishonchliligi» mezoni miqdor, sifat va vaqt bo‘yicha olingan
buyurtmani bajarishni rad etmaslikning taxminiy bahosini bashoratlaydi.
Ishlab chiqarish mazmunidagi xizmat ko‘rsatish servisi mezoni Nomenklatura
va miqdor» mezoni raqobatchilarning o‘xshash ko‘rsatkichlariga qiyoslagan holda
ishlab chiqarish mazmunidagi ko‘rsatiladigan xizmatlari turi va mumkin bo‘lgan
ta’minlash hajmini ifodalaydi. «Servis xizmati ko‘rsatishning ishonchliligi» vaqt
va sifat bo‘yicha ishlab chiqarish mazmunidagi qandaydir xizmatni bajarishni rad
etmaslikning ehtimoliy bahosini berish imkoniyatiga ega:
- talab qilingan sifatga ma’lum turdagi ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati mos
emasligi bilan bog‘liq holda rad javoblar ehtimoli;
- iste’molchi talab qilgan vaqtda i turdagi xizmatni bajarish mumkin emasligi
tufayli rad javoblar ehtimoli.
Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish servisi mezoni «Nomenklatura va sifat»
mezoni sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishning o‘tkazilishi bo‘yicha
buyurtmalarga rad javoblar hajmini tavsiflaydi. Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish
servisi quyidagi yo‘nalishlarni alohida ko‘rib chiqishi lozim: kafolatli ta’mirlash,
butlovchi qismlar bilan ta’minlash, eskirgan asbob – uskunalarni yangi
o‘xshashlari bilan almashtirish, eskirgan uskunalarni yangilash.
«Servis ko‘rsatish ishonchliligi» mezoni sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish
servisining ma’lum turini bajarishni rad etmaslikning ehtimoliy bahosini berish
imkoniyatini beradi:
- talab qilingan sifatga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish servisining i turi mos
kelmasligi tufayli rad javoblar ehtimoli;
- talab qilingan vaqtda sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish servisining ma’lum
turini bajarish mumkin emasligi sababli rad javoblar ehtimoli.
Axborot xizmat ko‘rsatish servisi mezoni«Nomenklatura va sifat» mezoni
ma’lumotlar va ularni chiqarish uchun ruxsatning mavjud emasligi tufayli
buyurtmalarga quyidagi rad javoblar hajmini ifodalaydi. «Servis xizmati
ko‘rsatishning ishonchliligi» mezoni tatbiq etilayotgan usullar va algoritmlar uchun
boshlang‘ich ma’lumotlarning yetarli emasligi sababli aniq bo‘lmagan ma’lumotni
olish ehtimolini baholaydi.
Moliya - kredit xizmatini ko‘rsatish servisi mezoni «Nomenklatura va sifat»
mezoni qandaydir j turdagi mahsulot haqini to‘lash shakli yoki variantini yo‘qligi
sababli buyurtmalarni rad qilish hajmini ko‘rib chiqadi. To‘lash shakl va variantlari
sifatida taqdim etiladigan uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlr, chegirma va
imtiyozlar tizimi, lizing, ijara va hokazo bo‘lishi mumkin.
«Sifat» mezoni korxona tomonidan havola qilingan mahsulot haqini to‘lash shakl va
turlari miqdorining bozordagi raqobatchilarning taqdim yetgan to‘lash shakl va
turlari miqdorini bilan munosabatini tavsiflaydi.
«Servis ko‘rsatishning
ishonchliligi» mezoni» ma’lum turdagi moliyakredit xizmatini ko‘rsatishni rad
etmaslikning ehtimoliy bahosini berish imkoniyatini beradi. Servis xizmati
ko‘rsatishning majmua sinflanishi korxona faoliyatini ishlab chiqarish - moliyaviy
modellashtirish samaradorligini oshirish maqsadida ichki xo‘jalik va moliyaviy
rezervlarni qidirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Logistik xizmat darajasi. Logistik xizmatlarni yetkazib berish jarayonida
ko‘rsatiladigan xizmatlarni bajarishga ketadigan vaqtni, xuddi shu yetkazib berish
jarayonida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning umumiy kompleksiga
ketadigan vaqt bilan taqqoslash yo‘li bilan ham baholash mumkin. Hisobot quyidagi
formula orqali amalga oshiriladi:
n N
Y = ti / ti *100%;
Bu yerda n va N – mos holda haqiqiy va nazariy kutilayotgan xizmatlarning
miqdori, ti – i xizmat ko‘rsatishga ketadigan vaqt.
Logistik xizmat ko‘rsatish darajasini baholash uchun xizmatlarning eng muhim
turlari tanlanadi, ularni ko‘rsatish katta xarajatlarni talab etadi, ko‘rsatmaslik esa –
katta yo‘qotishlarga olib keladi.
Servis xarajatlarining xizmat darajasiga bog‘liqligi 11–rasmda ko‘rsatilgan.
70% va undan yuqori bo‘lgan servis xizmat ko‘rsatish xarajatlari xizmat
ko‘rsatish darajasiga bog‘liq holda eksponentsial o‘sib boradi va 90 % ga yetganda
logistik servis hajmini oshirish samarasiz bo‘lib qoladi. Shu bilan birga xizmat
ko‘rsatish darajasini pasaytirish servis sifatining yomonlashuvi natijasidagi
yo‘qotishlarga olib keladi (12–chizma).
Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat mezonlari. Logistik xizmat ko‘rsatish
sifatini baholash uchun quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
- yetkazib berishning egiluvchanligi;
- buyurtma bajarilish davomiyligi;
Yetkazib berishning egiluvchanligi buyurtma bajarilishining kelishilgan
muddati buzilmagan holda, mijozni yetkazib berishning birlamchi shartlarini
o‘zgartirish haqidagi xohishlar qondirilish darajasini xarakterlaydi. Bunga
buyurtmani o‘tkazish shakli yoki usulini o‘zgartirish va boshqalar kiradi.
Logistik xizmatning maqsadi xizmat ko‘rsatish darajasining optimal miqdorini
qidirishdan iborat. Grafik tarzda servis darajasining optimal miqdorini xizmat
darajasi o‘zgarganda xarajatlar va yo‘qotishlarning o‘zgarishini aks ettiruvchi F
summar chizig‘ini qurish orqali aniqlash mumkin (13–chizma).
13-chizma. Xizmat ko‘rsatish darajasining miqdoriga
xarajatlar va yo‘qotishlarning bog‘liqligi.
70 80 90
Хизмат кўрсатишга кетадиган
харажатлар, сўм
Сифатсиз хизмат
кўрсатиш натижасидаги
12-чизма. Хизмат
кўрсатишнинг ёмонлашуви
натижасидаги
йукотишларнинг, хизмат
кўрсатиш даражасига
боғлиқлиги.
Хизмат кўрсатиш
даражаси %
Хизмат кўрсатиш
даражаси,%
11–чизма. Хизмат
кўрсатиш
харажатларининг хизмат
кўрсатиш даражасига
боғлиқлиги.
Харажатлар ва
йўқотишлар, сум
Yetkazib berishning ishonchliligi yetkazib beruvchining shartnomada
ko‘rsatilgan buyurtma bajarilish muddatlariga rioya qilish imkoniyatlarini aniqlaydi.
Yetkazib berishning ishonchliligiga ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lib shartnomada
ko‘rsatilgan majburiyat (kafolat)larning mavjudligi hisoblanadi, bu majburiyatlarga
asosan yetkazib beruvchi buyurtma bajarilish muddatlari buzilganligi uchun
javobgar bo‘ladi.
Buyurtma bajarilish davomiyligi buyurtma olinish vaqtidan tovarlar partiyasini
iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan kalendar davrini xarakterlaydi.
Buyurtma bajarilish davomiyligi o‘zining tarkibiga quyidagilarni oladi: buyurtmani
hujjatlashtirish, ishlab chiqarish, qadoqlash, tushirish va iste’molchiga yetkazib
berish.
Sotuvdan keyingi logistik servis. Tovarlar ekspluatatsiyasininng butun
muddati davomida texnik xizmat ko‘rsatish, iste’molchilarni o‘qitish va axborot
bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar kompleksini tashkil etadi.
Sotuvdan keyingi davr ichida logistik xizmat ko‘rsatish quyidagi asosiy
tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
tovar sotilgandan keyin xaridorga ko‘rsatiladigan xizmatlarni aniqlash;
etkazib berish shartlarini kelishish jarayonida sotuvdan keyingi xizmat
ko‘rsatish ketma – ketligini o‘rnatish;
zarur bo‘lgan texnik hujjatlarni tayyorlash va chiqarish tovar iste’molchilarini
o‘qitish;
ehtiyot qismlar hamda yetkazib berilayotgan tovarlar ustidan nazoratni amalga
oshirish imkonini beruvchi instrumentlar va tekshiruv uskunalari bilan ta’minlash;
logistik xizmat ko‘rsatish jarayonini, uni to‘g‘ridan - to‘g‘ri amalga oshirish
yo‘li bilan yoki subpodryadchiklar (pudratchilar), distribyutor- lar (tarqatuvchilar),
mijozlar tomonidan olib borilayotgan xizmat ko‘rsatish sifati ustidan nazorat
o‘rnatish orqali boshqarish;
ehtiyot qismlarini saqlash va sozlash ishlarini olib borish uchun joy va
infratuzilmani aniqlash va tayyorlash;
ehtiyot qismlar harakati jarayonida qadoqlash va vaqtinchalik omborga
joylashtirish, yuklash -tushirish ishlari, transport vositalari hamda xizmat ko‘rsatish
personalining harakatini boshqarish.
Nazorat savollari:
1. Logistik servis tushunchasi.
2. Logistik servis tizimini shakllantirish ketma – ketligi.
3. Logistik xizmat ko‘rsatish darajasini baholash uslublari.
4. Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat mezonlari.
5. Sotuvdan keyingi logistik xizmatlarning tarkibi.