Xarita va boshqa kartografik asarlar. Kartografiyaga ta’rif

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

23,2 KB


Xarita va boshqa kartografik asarlar. Kartografiyaga ta’rif
Reja:
1. Kartografiya tarixi.
2. Geogafik kartalarning xususiyatlari. 
3. Geogafik kartalarning tasnifi.
Tayanch so’zlar:Karta, tabiiy karta, iqtisodiy karta, mavzuli karta, 
umumgeografik karta, tarixiy kartalar, hartes.
Har qanday fan kabi kartografiya fanining ham o’z tarixi mavjud. Boshqa
fanlar tarixini o’rganishda asosan matnlarga e’tibor berilsa, kartografiyada matnlar
bilan bir qatorda yaratilgan kartografik asarlarga ya’ni kartalarga, atlaslarga va
globuslarga katta e’tibor beriladi.
Kartografiya tarixi ham asosan tarixiy manbalar asosida o’rganiladi. Fanning
rivojlanish davrlari aniqlanadi, o’sha davr jamiyat tuzumiga e’tibor beriladi.
Fan tarixini o’rganishda uning kelib chiqishi, taraqqiyoti, hozirgi holati bilan bir
qatorda kelajagi va muammolari ham ko’rsatib beriladi. Fan tarixi ma’lum bir
makon bilan bog’langan holda o’rganiladi. 
Biz kartografiya fani tarixiga nazar tashlar ekanmiz O’rta Osiyoda ham shu
sohaning bilimdon olimlari ko’p bo’lgani va ularning kartografiyaga qo’shgan
hissalari to’g’risida ma’lumot berish kerak deb hisoblaymiz. SHuni alohida aytib
o’tish  zarurki,  O’zbekiston  kartografiya  tarixini  O’rta  Osiyo  kartografiyasi
tarixidan va  region haqidagi  umumgeografik tasavvurlar  taraqqiyotidan ajratib
olish  qiyin.  SHuning  uchun  O’zbekiston  kartografiya  tarixi  O’rta  Osiyo  va
Logotip
Xarita va boshqa kartografik asarlar. Kartografiyaga ta’rif Reja: 1. Kartografiya tarixi. 2. Geogafik kartalarning xususiyatlari. 3. Geogafik kartalarning tasnifi. Tayanch so’zlar:Karta, tabiiy karta, iqtisodiy karta, mavzuli karta, umumgeografik karta, tarixiy kartalar, hartes. Har qanday fan kabi kartografiya fanining ham o’z tarixi mavjud. Boshqa fanlar tarixini o’rganishda asosan matnlarga e’tibor berilsa, kartografiyada matnlar bilan bir qatorda yaratilgan kartografik asarlarga ya’ni kartalarga, atlaslarga va globuslarga katta e’tibor beriladi. Kartografiya tarixi ham asosan tarixiy manbalar asosida o’rganiladi. Fanning rivojlanish davrlari aniqlanadi, o’sha davr jamiyat tuzumiga e’tibor beriladi. Fan tarixini o’rganishda uning kelib chiqishi, taraqqiyoti, hozirgi holati bilan bir qatorda kelajagi va muammolari ham ko’rsatib beriladi. Fan tarixi ma’lum bir makon bilan bog’langan holda o’rganiladi. Biz kartografiya fani tarixiga nazar tashlar ekanmiz O’rta Osiyoda ham shu sohaning bilimdon olimlari ko’p bo’lgani va ularning kartografiyaga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumot berish kerak deb hisoblaymiz. SHuni alohida aytib o’tish zarurki, O’zbekiston kartografiya tarixini O’rta Osiyo kartografiyasi tarixidan va region haqidagi umumgeografik tasavvurlar taraqqiyotidan ajratib olish qiyin. SHuning uchun O’zbekiston kartografiya tarixi O’rta Osiyo va
Turkiston hududi haqidagi kartografik tasavvur bilan bog’liq holda o’rganilmog’i
kerak deb hisoblaymiz.
Dastlabki  kartografik  tasvirlar  ibtidoiy  jamoa  davrida  paydo  bo’lgan.
Kishilar ovchilik bilan shug’ullangan davrda ovga borgan yo’llarini, ov qiladigan
joylarini, o’zlari yashagan g’orlar devorlariga, tog’li joylarda esa toshlarga har xil
shakllar,  chizmalar  holatida  chizib  qoldirgan.  Bu  chizmalar  asta-sekin
takomillashib plan shaklda shartli belgilar bilan ko’rsatiladigan bo’ldi. Masalan,
miloddan  avvalgi ikki  minginchi  yillarning  o’rtalarida  SHimoliy  Italiyadagi
tog’dagi toshga yo’llar, daryolar va sug’orilib ekin ekiladigan erlar tasvirlanganligi
ma’lum va har xil chiziqli shakllar berilgan, lekin birorta yozuv yo’q. Demak,
yozuv paydo bo’lmasdan oldin chiziqli tasvirlar paydo bo’lgan. Bunday tasvirlar
qadimgi  Vaviloniya  shahrining  arxeologik  qazilmalarida  ham  uchratilgan.
Dengizda kema qatnovini tashkil qilish va shu orqali savdo-sotiqni rivojlanishi
bilan asta-sekin dengiz yo’llarining chizmalari paydo bo’la boshlagan. Natijada
dengiz  yo’llarini  dastlabki  chizma  kartalari  vujudga  kelgan.  Lekin  bunday
chizmalar shaklidagi dastlabki kartalar juda sodda va  sxematik bo’lib aniqlik
darajasi past bo’lgan.
Bora-bora Yer sharining dumaloqligini (sharsimonligini) hisobga olgan kartalar
tuzila boshlangan. Shuning uchun Yer sharini tekis yuzada tasvirlash uchun er
yuzida o’lchash ishlarini aniq olib borish zaruriyati tug’ildi.  
O’rta Osiyoda, shu jumladan  O’zbekiston hududida  miloddan avvalgi
davrlarda aholi zich joylashgan  vohalarda  madaniy va iqtisodiy jihatdan  o’z
davriga nisbatan ancha yuksak  darajada  rivojlangan davlatlar vujudga  kelgan.
Chunonchi Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm kabi  qudratli davlatlar paydo bo’lgan,
bu erlarda eng qadimgi fan, madaniyat namunalari yaratilgan. Lekin respublikamiz
hududidagi  bu  davlatlarda  yashagan  xalqlarning  ilmiy  madaniy  merosi,  shu
jumladan kartografik va yozma manbalar juda kam saqlanib qolgan.
Hozirgi O’zbekiston to’g’risidagi dastlabki kartografik ma’lumotlar antik
davrning  sivilizasiya  markazlari  bo’lmish  qadimgi  Yunoniston  bilan  qadimgi
Rumda uchraydi. Lekin shuni qayd qilish kerakki, Yunoniston va Rumda antik
davrda rivoj topgan qadimgi kartografiya Misr, Finikiya, Osuriya va Vaviloniya,
Hindiston,  Xitoy  va  O’rta  Osiyoda  ilk  bor  vujudga  kelgan  fan,  madaniyat
Logotip
Turkiston hududi haqidagi kartografik tasavvur bilan bog’liq holda o’rganilmog’i kerak deb hisoblaymiz. Dastlabki kartografik tasvirlar ibtidoiy jamoa davrida paydo bo’lgan. Kishilar ovchilik bilan shug’ullangan davrda ovga borgan yo’llarini, ov qiladigan joylarini, o’zlari yashagan g’orlar devorlariga, tog’li joylarda esa toshlarga har xil shakllar, chizmalar holatida chizib qoldirgan. Bu chizmalar asta-sekin takomillashib plan shaklda shartli belgilar bilan ko’rsatiladigan bo’ldi. Masalan, miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning o’rtalarida SHimoliy Italiyadagi tog’dagi toshga yo’llar, daryolar va sug’orilib ekin ekiladigan erlar tasvirlanganligi ma’lum va har xil chiziqli shakllar berilgan, lekin birorta yozuv yo’q. Demak, yozuv paydo bo’lmasdan oldin chiziqli tasvirlar paydo bo’lgan. Bunday tasvirlar qadimgi Vaviloniya shahrining arxeologik qazilmalarida ham uchratilgan. Dengizda kema qatnovini tashkil qilish va shu orqali savdo-sotiqni rivojlanishi bilan asta-sekin dengiz yo’llarining chizmalari paydo bo’la boshlagan. Natijada dengiz yo’llarini dastlabki chizma kartalari vujudga kelgan. Lekin bunday chizmalar shaklidagi dastlabki kartalar juda sodda va sxematik bo’lib aniqlik darajasi past bo’lgan. Bora-bora Yer sharining dumaloqligini (sharsimonligini) hisobga olgan kartalar tuzila boshlangan. Shuning uchun Yer sharini tekis yuzada tasvirlash uchun er yuzida o’lchash ishlarini aniq olib borish zaruriyati tug’ildi. O’rta Osiyoda, shu jumladan O’zbekiston hududida miloddan avvalgi davrlarda aholi zich joylashgan vohalarda madaniy va iqtisodiy jihatdan o’z davriga nisbatan ancha yuksak darajada rivojlangan davlatlar vujudga kelgan. Chunonchi Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm kabi qudratli davlatlar paydo bo’lgan, bu erlarda eng qadimgi fan, madaniyat namunalari yaratilgan. Lekin respublikamiz hududidagi bu davlatlarda yashagan xalqlarning ilmiy madaniy merosi, shu jumladan kartografik va yozma manbalar juda kam saqlanib qolgan. Hozirgi O’zbekiston to’g’risidagi dastlabki kartografik ma’lumotlar antik davrning sivilizasiya markazlari bo’lmish qadimgi Yunoniston bilan qadimgi Rumda uchraydi. Lekin shuni qayd qilish kerakki, Yunoniston va Rumda antik davrda rivoj topgan qadimgi kartografiya Misr, Finikiya, Osuriya va Vaviloniya, Hindiston, Xitoy va O’rta Osiyoda ilk bor vujudga kelgan fan, madaniyat
yutuqlaridan  bahramand  bo’lgan  deyishga  to’la  asos  bor.  Chunki  antik  davr
mamlakatlari Sharqning ko’plab mamlakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
aloqada bo’lganlar, shu tufayli ular geografik tasavvurlarini kengaytirganlar va
boyitganlar.
O’rta  Osiyo  haqidagi  dastlabki  geografik  va  kartografik  ma’lumotlar
miloddan avvalgi V asrlarda yashagan yunon allomasi Geradot tomonidan yozilgan
asarlarda uchraydi. Lekin bu ma’lumotlar juda kam va ba’zilari notug’ri hamdir.
O’rta Osiyo haqidagi dastlabki geografik ma’lumotlar miloddan avvalgi 330-327
yillarda makedoniyalik Iskandar (Zulkarnayn) ning sharqga qilgan harbiy yurishlari
vaqtida  to’plangan.  Qadimgi  dunyo  geografiyasining  bilimdonlaridan  mashhur
olim milodning II asrida yashagan iskandariyalik geograf, astronom va kartograf
Klavdiy Ptolomeydir. Uning  «Geografiya» kitobini antik davrning o’ziga xos
geografik qomusi desa bo’ladi. Ptolomey bu asaridan tashqari 27 ta kartadan iborat
dunyo atlasini yaratgan. Bu atlas kartalarida graduslar to’ri tasvirlangan, bu karta
o’z davriga nisbatan  ilmiy jihatdan ancha yuksak darajada bo’lgan. Ptolomey
atlasidagi 22 kartada O’rta Osiyo 810-1470 sharqiy uzoqlik va 360-630 shimoliy
kengliklar orasida tasvirlangan, unda respublikamiz hududi ham aks ettirilgan.
SHuni aytib o’tish joizki, Ptolomey bosh meridianni Kanar orollaridan o’tkazgan. 
Klavdiy  Ptolomey  atlasidagi  kartalarda  O’rta  Osiyodagi  davlatlar-
Sug’diyona va boshqalarning chegaralari berilgan va shu hududda yashovchi 12 ta
qabila yashagan maydonlarning chegaralari ko’rsatilgan. Unga qadar «Geografiya»
nomli dastlabki asar yunon geografi, kartografi, astronomi va matematigi Eratosfen
tomonidan yozilgan.
Eratosfenning dunyo kartografiya faniga qo’shgan  xissasi juda kattadir.
Uning rahbarligida Er yuzasidagi joylarning o’rinlari, kenglik va uzoqliklar orqali
aniqlash va gradus o’lchash yo’li bilan aniq o’lchash usullari ishlab chiqilgan.
Eratosfen  Er  yuzasidagi  10 yoy  uzunligini  aniqlash  uchun  oddiy  usuldan
foydalangan.  Masalan,  u  22  iyunda Misrdagi ikkita shahar, ya’ni Iskandariya
bilan Asvon (ilgargi  Siena) shaharlarda quyosh zenitda bo’ladigan vaqtda yarim
doiraviy (kosaga o’xshagan) skafis yasab, uni 180 bo’lakka bo’lgan, o’rtasiga tik
tayoqcha o’rnatgan. Bir vaqtning o’zida 2 shahardagi tush paytida (soat 12 larda)
tik tayoqchalardan tushgan soyalar ko’rsatkichlarining farqi 70 12’ ga teng bo’lgan,
Logotip
yutuqlaridan bahramand bo’lgan deyishga to’la asos bor. Chunki antik davr mamlakatlari Sharqning ko’plab mamlakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lganlar, shu tufayli ular geografik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar. O’rta Osiyo haqidagi dastlabki geografik va kartografik ma’lumotlar miloddan avvalgi V asrlarda yashagan yunon allomasi Geradot tomonidan yozilgan asarlarda uchraydi. Lekin bu ma’lumotlar juda kam va ba’zilari notug’ri hamdir. O’rta Osiyo haqidagi dastlabki geografik ma’lumotlar miloddan avvalgi 330-327 yillarda makedoniyalik Iskandar (Zulkarnayn) ning sharqga qilgan harbiy yurishlari vaqtida to’plangan. Qadimgi dunyo geografiyasining bilimdonlaridan mashhur olim milodning II asrida yashagan iskandariyalik geograf, astronom va kartograf Klavdiy Ptolomeydir. Uning «Geografiya» kitobini antik davrning o’ziga xos geografik qomusi desa bo’ladi. Ptolomey bu asaridan tashqari 27 ta kartadan iborat dunyo atlasini yaratgan. Bu atlas kartalarida graduslar to’ri tasvirlangan, bu karta o’z davriga nisbatan ilmiy jihatdan ancha yuksak darajada bo’lgan. Ptolomey atlasidagi 22 kartada O’rta Osiyo 810-1470 sharqiy uzoqlik va 360-630 shimoliy kengliklar orasida tasvirlangan, unda respublikamiz hududi ham aks ettirilgan. SHuni aytib o’tish joizki, Ptolomey bosh meridianni Kanar orollaridan o’tkazgan. Klavdiy Ptolomey atlasidagi kartalarda O’rta Osiyodagi davlatlar- Sug’diyona va boshqalarning chegaralari berilgan va shu hududda yashovchi 12 ta qabila yashagan maydonlarning chegaralari ko’rsatilgan. Unga qadar «Geografiya» nomli dastlabki asar yunon geografi, kartografi, astronomi va matematigi Eratosfen tomonidan yozilgan. Eratosfenning dunyo kartografiya faniga qo’shgan xissasi juda kattadir. Uning rahbarligida Er yuzasidagi joylarning o’rinlari, kenglik va uzoqliklar orqali aniqlash va gradus o’lchash yo’li bilan aniq o’lchash usullari ishlab chiqilgan. Eratosfen Er yuzasidagi 10 yoy uzunligini aniqlash uchun oddiy usuldan foydalangan. Masalan, u 22 iyunda Misrdagi ikkita shahar, ya’ni Iskandariya bilan Asvon (ilgargi Siena) shaharlarda quyosh zenitda bo’ladigan vaqtda yarim doiraviy (kosaga o’xshagan) skafis yasab, uni 180 bo’lakka bo’lgan, o’rtasiga tik tayoqcha o’rnatgan. Bir vaqtning o’zida 2 shahardagi tush paytida (soat 12 larda) tik tayoqchalardan tushgan soyalar ko’rsatkichlarining farqi 70 12’ ga teng bo’lgan,
bu  esa  Er  aylanasining  1/50   qismini   tashkil  qilishini  aniqlab  bergan.  Er
aylanasining uzunligi o’sha vaqtda (250 000 stadiy x 158 metr 1 misr stadiy
uzunligi)  39375  kilometr  ekanligi  (hozirgi  o’lchami  40.008  kilometr),  Er
radiusining uzunligi 6287 kilometr. 10 yoyning uzunligi taxminan 110 kilometr
ekanligi aniqlangan. Hozirgi aniq ma’lumotlarga qaraganda Iskandariya shahrining
kengligi 310 11,7’ Asvon (Siena) ning kengligi 240 5,0’ ga teng bo’lib, farqi 70 6,7’.
Demak, o’sha davrda aniqlangan 10 yoy uzunligi hozirgiga nisbatan farqi juda kam.
Eratosfenning «Geografiya» nomli 3 qismdan iborat kitobida o’sha davr
uchun juda zarur bo’lgan geografik va kartografik ma’lumotlar berilgan. Lekin
uning kitobi saqlanmagan. Uning kitoblari to’g’risidagi ma’lumot mashhur olim
Strabon tomonidan yozib qoldirilgan. Birinchi kitobida qadimgi davrdan o’sha
vaqtgacha ma’lum bo’lgan joylarning geografik tasvirlari berilgan, Anaksimandr
va Gekateylar tomonidan tuzilgan dastlabki geografik karta to’g’risida ma’lumot
keltirilgan.  Ikkinchi  kitobida  Erning  sharsimonligi  va  uni  o’lchash  usullari
to’g’risida, uchinchi kitobida o’sha davrda ma’lum bo’lgan hududlarning kartalari
va ularni geografik tasviri bayon etilgan ekan.
O'rta  Osiyo  xalqlarining  tarixga  nazar  tashlasak, kartalar  tuzish,
globuslar  yaratish, Yevropa  mamlakatlaridan  oldinroq  boshlangan  desak, xato
qilmagan  bo'lamiz.  Ulug'  bobokalonimiz, qomusiy  olim  Abu  Rayhon  Beruniy
(973-1042) birinchi  marta  dunyo  globusini  yaratganligi  to'g'risida  tarixiy
manbalar  guvohlik  beradi. Uning  globusi  Shimoliy  yarimsharning globusi  edi.
Lekin  g'arb  olimlari  buni  tan  olmaydi. Birinchi  globus  yunonistonlik  Krates
(eramizdan  avvalgi  II  asr) tomonidan  yasagan. 1492 yilda  Marten  Bexaym
birinchi  mukammalroq  globus  yasagan. Lekin  unda Amerika, Avstraliya  va
Antarktida  tasvirlanmagan. Bugunda  mahalliy  aholidan  chiqqan  Xoji  Yusuf
Hay'atiyning 1886  yilda  ishlagan globusi  Samarqanddagi  madaniyat  va  san'at
tarixi  muzeyida  saqlanmoqda. O'rta  Osiyo  g'arbda  Kaspiy  dengizi, janub  va
sharqdan  Eron  Islom  Respublikasi, Afg'oniston  va Xitoy  Xalq  Respublikasi,
shimoldan  45032  shimoliy kenglik1  bilan  chegaralovchi  ulkan  hududda
joylashgan  bo'lib, jami  1  mln. 984  ming  kv.km. ni  tashkil  etadi.
Bu  o'lka  qadimiy  svilizasiya  markazlardan  biridir  va  yirik  imperiyalar
tarkibida  jahon  siyosiy hamda  iqtisodiy  tarixida  katta  o'rin  tutgan. Qadimgi
1 Shimoliy  chegara  E. M. Mirzayev  fikriga  ko'ra  berildi. Srednyaya  Aziya. M. 1947. str-4
Logotip
bu esa Er aylanasining 1/50 qismini tashkil qilishini aniqlab bergan. Er aylanasining uzunligi o’sha vaqtda (250 000 stadiy x 158 metr 1 misr stadiy uzunligi) 39375 kilometr ekanligi (hozirgi o’lchami 40.008 kilometr), Er radiusining uzunligi 6287 kilometr. 10 yoyning uzunligi taxminan 110 kilometr ekanligi aniqlangan. Hozirgi aniq ma’lumotlarga qaraganda Iskandariya shahrining kengligi 310 11,7’ Asvon (Siena) ning kengligi 240 5,0’ ga teng bo’lib, farqi 70 6,7’. Demak, o’sha davrda aniqlangan 10 yoy uzunligi hozirgiga nisbatan farqi juda kam. Eratosfenning «Geografiya» nomli 3 qismdan iborat kitobida o’sha davr uchun juda zarur bo’lgan geografik va kartografik ma’lumotlar berilgan. Lekin uning kitobi saqlanmagan. Uning kitoblari to’g’risidagi ma’lumot mashhur olim Strabon tomonidan yozib qoldirilgan. Birinchi kitobida qadimgi davrdan o’sha vaqtgacha ma’lum bo’lgan joylarning geografik tasvirlari berilgan, Anaksimandr va Gekateylar tomonidan tuzilgan dastlabki geografik karta to’g’risida ma’lumot keltirilgan. Ikkinchi kitobida Erning sharsimonligi va uni o’lchash usullari to’g’risida, uchinchi kitobida o’sha davrda ma’lum bo’lgan hududlarning kartalari va ularni geografik tasviri bayon etilgan ekan. O'rta Osiyo xalqlarining tarixga nazar tashlasak, kartalar tuzish, globuslar yaratish, Yevropa mamlakatlaridan oldinroq boshlangan desak, xato qilmagan bo'lamiz. Ulug' bobokalonimiz, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1042) birinchi marta dunyo globusini yaratganligi to'g'risida tarixiy manbalar guvohlik beradi. Uning globusi Shimoliy yarimsharning globusi edi. Lekin g'arb olimlari buni tan olmaydi. Birinchi globus yunonistonlik Krates (eramizdan avvalgi II asr) tomonidan yasagan. 1492 yilda Marten Bexaym birinchi mukammalroq globus yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Bugunda mahalliy aholidan chiqqan Xoji Yusuf Hay'atiyning 1886 yilda ishlagan globusi Samarqanddagi madaniyat va san'at tarixi muzeyida saqlanmoqda. O'rta Osiyo g'arbda Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Eron Islom Respublikasi, Afg'oniston va Xitoy Xalq Respublikasi, shimoldan 45032 shimoliy kenglik1 bilan chegaralovchi ulkan hududda joylashgan bo'lib, jami 1 mln. 984 ming kv.km. ni tashkil etadi. Bu o'lka qadimiy svilizasiya markazlardan biridir va yirik imperiyalar tarkibida jahon siyosiy hamda iqtisodiy tarixida katta o'rin tutgan. Qadimgi 1 Shimoliy chegara E. M. Mirzayev fikriga ko'ra berildi. Srednyaya Aziya. M. 1947. str-4
G'arb  va Sharq  o'rtasidagi  iqtisodiy  va  savdo  aloqalarida  muhim  vositachilik
vazifasini  bajargan.
O'rta  Osiyo  haqida  geografik, jumladan  kartografik  tasavvurlar  tarixi
ham   ancha   qadimgi,  aniqrog'i   antik  davrdan   boshlanadi.  O'rta   Osiyo
to'g'risidagi  dastlabki  kartografik  ma'lumotlar  antik  davrning  svilizasiya
markazlari   bo'lishi   Qadimgi  Yunoniston  va  Qadimgi   Rimda  yozilgan
manbalarda  uchraydi. Chunki  «antik  davr  mamlakatlari Sharqning  ko'plab
mamlakatlari  bilan  ijtimoiy  iqtisodiy  va madaniy  aloqada  bo'lganlar, shu tufayli
o'z   tarixiy   geografik   va   kartografik   tasavvurlarini   kengaytirganlar  va
boyitganlar»2.
Geografik kartalar shartli ravishda umumgeografik va mavzuli kartalarga
bo’linadi. So’nggi yillarda maxsus kartalar ham mavzuli kartalar deb yuritilmokda.
CHunki  maxsus  kartalar  deyilganda  buyurtma  asosida  tuzilgan  kartalargina
tushuniladi. Bundan tashqari xorijiy mamlakatlarda ular to’g’ridan-to’g’ri mavzuli
kartalar deb aytiladi. Bu kartalar birorta mavzuga oid bo’lib, mazmunini asosan bir
soha tashkil qiladi. Unda mavzuli kartalarning birorta elementi yoki birorta sohasi
to’liq tasvirlanadi (masalan, aholisi, qishloq xo’jaligi, sanoati). Undan tashqari
umumgeografik  kartalarning  elementlaridan  boshqa  voqea-hodisalarning  tabiiy
yoki ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari ham ko’rsatilishi mumkin.
Mavzuli  kartalarda  umumgeografik  karta  elementlari  ham  bo’lganidan,
ulardan geografik asos sifatida foydalaniladi. 
Geografik asosdagi elementlarni tanlashda kartaning asosiy  mazmuni bilan
yordamchi elementlar orasidagi o’zaro bog’liqlikni hisobga olish kerak. Masalan,
iqlim kartalarini tuzishda suv ob’ektlari ham tasvirlanadi, chunki ular bir-biriga
bog’liqdir. Sanoat kartalarini tuzishda temir yyl va davlat ahamiyatiga ega bo’lgan
avtomagistral  yo’llar  va  suv  yo’llari  ham  ko’rsatiladi.  CHunki  sanoatni  bu
ko’rsatkichlarsiz tasvirlab bo’lmaydi.
Mavzuli kartalarda voqea-hodisalarning geografik joylanishigina emas balki
ularning miqdor va sifat ko’rsatkichlari ham tasvirlanadi. Miqdor ko’rsatkichlar
mutloq  (absolyut) va nisbiy miqdorda beriladi. SHunisi xarakterliki, mavzuli
kartalarda voqea-hodisalar ma’lum bir vaqtdagi ma’lumotlarga asoslanib ularning
2Galkov  CH. V. va  boshqalar. O'zbekiston  kartalari. T. «O'qituvchi». 1975. 7-
bet
Logotip
G'arb va Sharq o'rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarida muhim vositachilik vazifasini bajargan. O'rta Osiyo haqida geografik, jumladan kartografik tasavvurlar tarixi ham ancha qadimgi, aniqrog'i antik davrdan boshlanadi. O'rta Osiyo to'g'risidagi dastlabki kartografik ma'lumotlar antik davrning svilizasiya markazlari bo'lishi Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda yozilgan manbalarda uchraydi. Chunki «antik davr mamlakatlari Sharqning ko'plab mamlakatlari bilan ijtimoiy iqtisodiy va madaniy aloqada bo'lganlar, shu tufayli o'z tarixiy geografik va kartografik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar»2. Geografik kartalar shartli ravishda umumgeografik va mavzuli kartalarga bo’linadi. So’nggi yillarda maxsus kartalar ham mavzuli kartalar deb yuritilmokda. CHunki maxsus kartalar deyilganda buyurtma asosida tuzilgan kartalargina tushuniladi. Bundan tashqari xorijiy mamlakatlarda ular to’g’ridan-to’g’ri mavzuli kartalar deb aytiladi. Bu kartalar birorta mavzuga oid bo’lib, mazmunini asosan bir soha tashkil qiladi. Unda mavzuli kartalarning birorta elementi yoki birorta sohasi to’liq tasvirlanadi (masalan, aholisi, qishloq xo’jaligi, sanoati). Undan tashqari umumgeografik kartalarning elementlaridan boshqa voqea-hodisalarning tabiiy yoki ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari ham ko’rsatilishi mumkin. Mavzuli kartalarda umumgeografik karta elementlari ham bo’lganidan, ulardan geografik asos sifatida foydalaniladi. Geografik asosdagi elementlarni tanlashda kartaning asosiy mazmuni bilan yordamchi elementlar orasidagi o’zaro bog’liqlikni hisobga olish kerak. Masalan, iqlim kartalarini tuzishda suv ob’ektlari ham tasvirlanadi, chunki ular bir-biriga bog’liqdir. Sanoat kartalarini tuzishda temir yyl va davlat ahamiyatiga ega bo’lgan avtomagistral yo’llar va suv yo’llari ham ko’rsatiladi. CHunki sanoatni bu ko’rsatkichlarsiz tasvirlab bo’lmaydi. Mavzuli kartalarda voqea-hodisalarning geografik joylanishigina emas balki ularning miqdor va sifat ko’rsatkichlari ham tasvirlanadi. Miqdor ko’rsatkichlar mutloq (absolyut) va nisbiy miqdorda beriladi. SHunisi xarakterliki, mavzuli kartalarda voqea-hodisalar ma’lum bir vaqtdagi ma’lumotlarga asoslanib ularning 2Galkov CH. V. va boshqalar. O'zbekiston kartalari. T. «O'qituvchi». 1975. 7- bet
o’sishi  yoki  pasayishi  hamda  strukturasi  kartografik  tasvirda  tushunarli  qilib
obrazli-belgilar asosida ko’rsatadi. Mavzuli kartalar uchta katta guruhga bo’linadi:
1) tabiiy kartalar;
2) ijtimoiy-iqtisodiy kartalar;
3) tarixiy kartalar.
Geografik kartalar shu darajada ko’p va turli-tumanki, ularni xususiyatlariga
qarab  o’rganish  kerak.  Ular  ilmiy  jihatdan  tasnif  qilinganda  alohida  tipdagi
kartalarda  tasvirlanilayotgan  voqea-hodisalarning  o’ziga  xos  qonuniyatlarini
aniqlashda va o’rganishda, kartalarni sistemaga solib kataloglar tuzishda, kartalarni
joylashtirishda qo’l keladi. Boshqa fanlardagi singari kartografik tasniflash ham bir
qator  mantiqiy  talablar  asosida  amalga  oshiriladi.  Masalan,  umumiylikdan
xususiylikka o’tish kerak bo’ladi va ularning ketma-ketligi saqlanishi kerak.
Tasniflashda kartalarning asosiy belgilariga asoslanish zarur (masalan, o’quv
kartalari yoki ilmiy-ma’lumotnomali kartalar).
Tasniflashning  asosiy  ko’rsatkichlaridan  biri  umumiy  ko’rsatkichlarni
tarmoqlarga bo’lib tasvirlanganda ularning umumiy mazmuni bir butunlikni tashkil
qilishi kerak. Masalan, «Paxtachilik» kartasi umumiy bo’lsa uning tarmoqlari:
paxta navlari, ekilishi, hosildorligi, yalpi hosili, umumiy foydasi, ishlov berish va
h.k.lar hammasi qo’shilib bir butun mazmunni berishi kerak. Lekin har bir sohani
tasniflashda ular orasidagi o’zaro munosabat va qonuniyat saqlanishi kerak. 
Geografik  kartalar  qamrab  olgan  hududi  bo’yicha, mazmuni,  masshtabi,
maqsadiga, ko’ra tasniflanadi. 
Egallangan hududi bo’yicha quyidagilarga: dunyo, materik, davlat, viloyat,
tuman  kartalariga  bo’linadi.  Mazmuni  bo’yicha  umumgeografik  va  mavzuli
kartalarga  bo’linadi.  Bu  ikkala  guruh  yana  maydalanib  qismlarga  bo’linadi.
Masalan, mavzuli kartalar 2 qismdan tashkil topgan:
1) tabiiy yoki tabiiy geografik kartalar;
2) ijtimoiy-iqtisodiy kartalar.
Tabiiy  geografik  kartalar,  geografik  muhit  komponentlari  (atmosfera,
gidrosfera, biosfera) yoki shu komponentlarni o’rganuvchi fanlar bo’yicha bo’linsa
ham maqsadga muvofiq bo’ladi.
Logotip
o’sishi yoki pasayishi hamda strukturasi kartografik tasvirda tushunarli qilib obrazli-belgilar asosida ko’rsatadi. Mavzuli kartalar uchta katta guruhga bo’linadi: 1) tabiiy kartalar; 2) ijtimoiy-iqtisodiy kartalar; 3) tarixiy kartalar. Geografik kartalar shu darajada ko’p va turli-tumanki, ularni xususiyatlariga qarab o’rganish kerak. Ular ilmiy jihatdan tasnif qilinganda alohida tipdagi kartalarda tasvirlanilayotgan voqea-hodisalarning o’ziga xos qonuniyatlarini aniqlashda va o’rganishda, kartalarni sistemaga solib kataloglar tuzishda, kartalarni joylashtirishda qo’l keladi. Boshqa fanlardagi singari kartografik tasniflash ham bir qator mantiqiy talablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, umumiylikdan xususiylikka o’tish kerak bo’ladi va ularning ketma-ketligi saqlanishi kerak. Tasniflashda kartalarning asosiy belgilariga asoslanish zarur (masalan, o’quv kartalari yoki ilmiy-ma’lumotnomali kartalar). Tasniflashning asosiy ko’rsatkichlaridan biri umumiy ko’rsatkichlarni tarmoqlarga bo’lib tasvirlanganda ularning umumiy mazmuni bir butunlikni tashkil qilishi kerak. Masalan, «Paxtachilik» kartasi umumiy bo’lsa uning tarmoqlari: paxta navlari, ekilishi, hosildorligi, yalpi hosili, umumiy foydasi, ishlov berish va h.k.lar hammasi qo’shilib bir butun mazmunni berishi kerak. Lekin har bir sohani tasniflashda ular orasidagi o’zaro munosabat va qonuniyat saqlanishi kerak. Geografik kartalar qamrab olgan hududi bo’yicha, mazmuni, masshtabi, maqsadiga, ko’ra tasniflanadi. Egallangan hududi bo’yicha quyidagilarga: dunyo, materik, davlat, viloyat, tuman kartalariga bo’linadi. Mazmuni bo’yicha umumgeografik va mavzuli kartalarga bo’linadi. Bu ikkala guruh yana maydalanib qismlarga bo’linadi. Masalan, mavzuli kartalar 2 qismdan tashkil topgan: 1) tabiiy yoki tabiiy geografik kartalar; 2) ijtimoiy-iqtisodiy kartalar. Tabiiy geografik kartalar, geografik muhit komponentlari (atmosfera, gidrosfera, biosfera) yoki shu komponentlarni o’rganuvchi fanlar bo’yicha bo’linsa ham maqsadga muvofiq bo’ladi.