Xavfsiz faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha xodimlar bilimini tekshirish
Yuklangan vaqt
2024-07-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
41,9 KB
Xavfsiz faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha xodimlar bilimini tekshirish va
o‘qitish
Reja:
1. Mehnat xavfsizligiga doir yo‘l-yo‘riq o‘tkazish
2. Mutaxassis va rahbar xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish
3. Mehnat muhofazasi xonasi
4. Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish.
1. Mehnat xavfsizligiga doir yo‘l-yo‘riq o‘tkazish
2016 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni 25-moddasi “Xodimlarga
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish va ularni o‘qitish” deb
ataladi. Ushbu qonunga muvofiq ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan,
shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish
bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini
hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil
etishi shart.
Xavfliligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy
tanlov talab etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz
uslublari va usullariga dastlabki tarzda tayyorlash, kasb bo‘yicha imtihonlar
topshirgan holda bir oy mobaynida stajirovka va so‘ngra mehnatni muhofaza qilish
masalalari bo‘yicha davriy attestatsiya o‘tkaziladi.
Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari
uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat
organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza
qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan o‘tishi, yo‘l-yo‘riqlar olishi, bilimlari
tekshirilishi va attestatsiyadan o‘tishi kerak.
2
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quvdan o‘tmagan,
yo‘l-yo‘riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo‘yish
taqiqlanadi.
Mehnat muhofazasiga o‘qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish
bo‘yicha namunaviy nizomda (№272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot,
muassasa,
institut,
ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari,
birlashma,
assotsiatsiya,
korpooratsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar
malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik
xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi
belgilangan.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo‘yicha
yo‘riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil
ishlashga ruxsat beriladi. Bug‘ va issiqlik qozonlari, yuk ko‘tarish kranlari, bosim
ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda
ishlovchilarga maxsus o‘quv kurslarini bitirganlari haqida hujjatlari bo‘lsagina
ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o‘qitish va ularni to‘g‘ri
tashkil qilish bo‘yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga
va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sehlarda, bo‘limlarda ishchilarni va
ustalarni xavfsiz ish usullariga o‘rgatish shu seh hamda bo‘lim rahbarlariga,
shuningdek, o‘z vaqtida va sifatli o‘qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi
bo‘limlari zimmasiga yuklatiladi.
Ishchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish.
Yo‘riqnomalar ikki xil bo‘ladi: kirish va ish joyida o‘tkaziladigan
yo‘riqnoma. O‘z navbatida ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma 3 xil bo‘ladi:
dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.
Kirish yo‘riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan
xizmat safariga jo‘natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyot
o‘tayotganlar va shogirdlar kirish yo‘riqnomasini o‘tadilar. Uni korxonaning mehnat
muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar
3
xodim o‘tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita sehlarda amalga oshirilsa, kirish
yo‘riqnomasini shu sehning boshlig‘i o‘tkazishi kerak.
Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi va
boshqa maxsus masalalar bo‘yicha yo‘riqnomalarni tegishli mutaxassislar olib
boradilar.
Kirish yo‘riqnomasi maxsus adabiyot, ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan
mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda
o‘tkaziladi. Kirish yo‘riqnomasi guruh bilan va yakka tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Guruh bilan o‘tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak.
Kirish yo‘riqnomasi o‘tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi qo‘liga
topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib qo‘yiladi.
Kirish yo‘riqnomasining dasturi:
1. Korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
2. Mehnat muhofazasi.
Xavfsizlik standartlari tizimlari hakida umumiy ma’lumot. Ish vaqti va dam
olish vaqti. Ayollar va balog‘atga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Davlat,
tarmoq va jamoat nazorati. Korxonada baxtsiz hodisalarni taftish qilish. Ichki
mehnat tartibi qoidalari.
3. Xavfsizlik texnikasi.
Xavfli, zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish. Ishlab
chiqarishda baxtsiz hodisalarning va kasb kasalliklarining asosiy sabablari.
Xavfsizlik standartlari tizimlarida ishlab chiqarish jarayonlariga va uskunalariga
qo‘yiladigan talablar. Uskunalarning asosiy xavfsizlik qoidalari. Ogohlantiruvchi,
to‘suvchi va signal beruvchi vositalar. Xavfsizlik ranglari va belgilari. Elektr toki
bilan jarohatlanish xavfini oshiruvchi sharoitlar. Jarohatlarning oldini olish
tartiblari.
Ish joyini xavfsiz tashkil qilish va saqlashga qo‘yiladigan talablar. Yuk
ko‘tarish va tashish mexanizmlari, ichki transport vositalaridan xavfsiz foydalanish
qoidalari.
4. Ishlab chiqarish sanitariyasi.
4
Ishlab chiqarish muhitining asosiy sanitariya-gigienik omillari. Mehnat
sharoitini yaxshilash bo‘yicha asosiy tadbirlar (texnik va tashkiliy, sanitariya-
gigienik, davolash-profilaktik). Ish joylari havosini almashtirishning zarurati va
tuzilishi. Yorug‘likni to‘g‘ri tashkil qilish. Shovqinga qarshi tadbirlar.
5. Shaxsiy himoya vositalari, ulardan foydalanish me’yor va qoidalari.
Himoya vositalariga qo‘yiladigan talablar. Korjomalar maxsus poyafzallar. Qo‘l,
bosh, yuz, ko‘z, nafas a’zolari, quloqni himoya qilish. Ogohlantiruvchi moslamalar.
6. Shaxsiy gigiena qoidalari. Sanitariya kiyimlari, poyafzallari va vositalariga
qo‘yiladigan talablar.
7. Korxonada yong‘in xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar.
8. Mexanik jarohat olganda, kuyganda, kislota va ishqorlar bilan kuyganda
zaharlanishda, elektr va ko‘z jarohatlari olgandagi dastlabki yordam.
9. Xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari buzilganda qo‘llanadigan javobgarlik.
Ish
joyida
o‘tkaziladigan
yo‘riqnoma.
Barcha
ishchilar
kirish
yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomalarni ham bilishlari
lozim. Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomadan maqsad - har bir ishchini to‘g‘ri va
xavfsiz ish usullariga o‘rgatish hisoblanadi. Yo‘riqnomani o‘tkazish jarayonida
ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat
uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo bo‘lishi
mumkin bo‘lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini to‘g‘ri tashkil
qilish va shu kabi masalalar tushuniladi.
Yo‘riqnoma o‘tkazish ishchining bevosita rahbari bo‘lgan ustaga yuklatiladi.
Ayrim zarur hollarda bu yo‘riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik,
texnolog) ishtirokida o‘tkaziladi.
Xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish va malaka
guruhi berish korxona bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi.
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari
asosida seh boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlagan
dastur bo‘yicha olib boriladi. Bu yo‘riqnomalar ro’yxatini korxona bosh muhandisi
kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tasdiqlaydi. Ish joyida o‘tkaziladigan
5
dastlabki yo‘riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo‘yishdan oldin yoki ish xarakteri
o‘zgargan hollarda o‘tkaziladi.
Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali
ishchiga biriktirib qo‘yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo‘yish seh
boshlig‘ining vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga
yozib qo‘yish orqali mustahkamlanadi. Barcha ishchilar o‘ta xavfli ishlarni
bajarishga vazifa olishlaridan avval javobgar rahbar tomonidan yo‘riqnoma olishlari
va bu haqda jurnalga xavfsizlik choralari ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi
kerak.
Ish joylarida o‘tkaziladigan yo‘riqnomaning dasturi:
1. Texnologik jarayon va uskuna haqida umumiy ma’lumotlar. Asosiy xavfli
va zararli ishlab chiqarish omillari.
2. Ish joyiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.
3. Uskunaning (mashina, dastgoh, mexanizm) tuzilishi. Xavfli joylari,
to‘siqlari, ogohlantiruvchi moslamalari, blokirovka va signal berish tizimlari.
4. Ishga tayyorgarlik tartibi (uning sozligini, kerakli asbob-uskunalarning
mavjudligini, yerga ulash va boshqa himoya vositalarining mavjudligini tekshirish).
5. Xavfsiz ishlash usullari, xavfli vaziyatlar paydo bo‘lganda qilinadigan
ishlar.
6. Korjomalar, shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish.
7. Ishchilarni elektr xavfsizligini taminlashiga qo‘yiladigan asosiy talablar.
8. Sehda xavfsiz harakatlanish sxemasi.
9. Yuk ortish-tushirish va tashish ishlarida xavfsizlik talablari. YUk ko‘tarish,
tashish uskunalari va mexanizmlarini xavfsiz ishlatish.
Davriy yo‘riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar har 6
oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha davriy
yo‘riqnoma o‘tkazib turiladi. Bunday asosiy maqsad ishchining asosiy va doimiy
bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimlarini yangilab va
to‘ldirib turishdir.
6
Davriy yo‘riqnoma yakka tartibda va guruh (bir xil kasbdagi ishchilar) bilan
o‘tkazilishi mumkin, bunda seh yoki korxonada bo‘lib o‘tgan noxush hodisalarni
talqin qilgan holda suhbat o‘tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta’til, kasallik, mehnat safari va x.k) o‘z muddatida
ishchilarga o‘tkazilmagan yo‘riqnoma keyinchalik o‘tkaziladi. Davriy yo‘riqnoma
o‘tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirilib qo‘yiladi.
Navbatdan tashqari yo‘riqnoma quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
- texnologik jarayon o‘zgarganda, bir uskuna o‘rniga boshqa uskuna
o‘rnatilganda va mehnat sharoiti o‘zgartirilganda;
- seh bo‘limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro‘y berganda;
- ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha yangi qoida va yo‘riqnomalarni ishchilar
diqqatiga yetkazish zarurati tug‘ilgan hollarda;
- ishlab chiqarish intizomi qoida va yo‘riqnomalarni talablari buzilishi
aniqlangan hollarda.
Navbatdan tashqari yo‘riqnomada dastlabki yo‘riqnomaning shu yo‘riqnoma
o‘tilishiga sabab bo‘lgan qismigina ko‘rib chiqiladi.
Bu yo‘riqnoma ham dastlabki va davriy yo‘riqnoma singari bevosita rahbar
(usta) tomonidan o‘tkaziladi va jurnalga yozib rasmiylashtiriladi va sababi
ko‘rsatiladi.
Ishchilarni bilimini tekshirish. Dastlabki yo‘riqnomadan va malaka
oshirishdan keyin (mustaqil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga
o‘tkazishdan avval) ishchilarning xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha bilimlarini
tekshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun korxona ma’muriyati tomonidan maxsus
komissiya tuziladi va unga rais qilib seh boshliqlaridan biri belgilanadi. Zarurat
bo‘lganda, aniq sharoitdan kelib chiqib komissiya tarkibiga mexaniklar, energetiklar
va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Ishchiga dastlabki tekshiruvdan keyin ma’lum nusxada rasmiylashtirilgan
shahodatnoma beriladi.
7
Bilimlarni tekshirish yo‘riqnoma dasturi asosida seh boshliqlari tomonidan
tuzilgan savollar yuzasidan o‘tkazilib, dastlabki, davriy va navbatdan tashqari
turlarga bo‘linadi.
Davriy tekshiruvdan ishchilarning bilimlarini maxsus tartibda tekshirib
turiladi. Bu tartib jadvali usta tomonidan tuziladi va seh boshlig‘i tomonidan
tasdiqlanadi.
Navbatdan tashqari tekshiruv texnologik jarayon o‘zgarganda, yangi
mexanizm va uskunalar o‘rnatilganda, yangi qoida, yo‘riqnomalar tadbiq qilingan
hollarda hamda qoida yo‘riqnomalar bo‘yicha bilim yetarli bo‘lmagan hollarda
davlat nazorat tashkilotlari, korxona rahbarlari talabi bilan o‘tkaziladi.
Bilimlarni tekshirish natijalari jurnalga qayd qilinadi va ishchining
shahadotnomasiga yozib qo‘yiladi. Tekshiriluvchining bilimiga baho qo‘yishdan
(yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz) tashqari uni mustaqil ishlashga ruxsat berish haqida
jurnalga ham qayd qilishi kerak.
Agar tekshiruv paytida ishchi bilimining qoniqarsizligi aniqlansa unga
mustaqil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki haftadan oshmagan muddat ichida
qayta tekshiruvdan o‘tishi kerak. Qayta tekshiruvga kelmaslik yoki sababsiz
tayyorlanmasdan kelish mehnat intizomini buzish deb qaraladi. Ushbu
kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ishchiga ichki mehnat intizomi qoidalarida
belgilanganidek intizomiy choralar qo‘llaniladi.
2. Mutaxassis va rahbar xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish
Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini
oshirish uchun korxona, boshqaruv bo‘limlarida davlat nazorat tashkilotlari ilmiy
tadqiqot institutlari va tarmoq mutaxassislarini jalb qilgan holda kurslar, semenarlar,
ma’ruzalar hamda maslahatlar tashkil qilinadi.
Xodimlar rahbarlik lavozimiga tayinlanishidan avval quyidagilar bilan
tanishishlari kerak:
- ularga ishonib topshirilayotgan tashkilotda (bo‘lim, seh, korxona) mehnat
muhofazasi va sharoiti holati;
8
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan ishchi hamda xizmatchilarni
himoyalash vositalari;
- jarohatlanish va kasb kasalliklarining tahlili;
- mehnat sharoitlarini yaxshilashning kerakli tadbirlari hamda mehnat
muhofazasi bo‘yicha qo’llanma va lavozim vazifalari ro’yxati.
Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasidan bilimlarini
tekshirish yuqori tashkilot mehnat muhofazasi bo‘limlarining doimiy imtihon
komissiyalari tomonidan bajariladi. Komissiya tarkibi yuqori tashkilot rahbarlari
tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyalarini boshqaruv tashkilotlarining
rahbarlari boshqaradi. Yirik korxonalarda imtihon topshiruvchi xodimlar soni ko‘p
bo‘lsa, bir necha imtihon komissiyalari tashkil qilinishi mumkin. Bunday hollarda
komissiya raisi qilib mehnat muhofazasi bosh mutaxassislari va korxona rahbarining
muovinlari tayinlanadi.
Imtihonlarni tashkil qilish va o‘tkazish korxona ma’muriyatiga hamda
imtihon komissiyalari raislari zimmasiga yuklatiladi. Imtihonlar tasdiqlangan reja
bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu reja imtihon komissiyasining barcha a’zolariga bir oy oldin
tarqatiladi. Tekshiruvchi esa imtihon kuni va o‘tkazilish joyi haqida kamida 15 kun
oldin ogohlantiriladi.
Komissiya a’zolari uch kishidan kam bo‘lsa imtihon o‘tkazishga ruxsat
berilmaydi. Imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilgan rahbarlar va mutaxassislar
boshqaruv tashkilotlari komissiyalariga imtihon topshirgan bo‘lishlari kerak.
Imtihon
komissiyasi
quyidagilar
bo‘yicha
rahbarlarning
bilimlarini
tekshiradi:
- O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, boshqa qonun va me’yoriy
hujjatlar;
- mehnat xavfsizligi standartlar tizimlari;
- halokatlarni cheklash va ogohlantirish tizimlarini;
- elektr jarohatlaridan ogohlantirish;
9
- yong‘in xavfsizligi, halokat, portlash hamda yong‘inlarni bartaraf qilish usul
va vositalari;
- ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berganda xodimlarning harakatlari;
- ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasining asosiy talablari;
- mehnat muhofazasi holatini nazorat qilishda davlat, tarmoq va jamoat
nazoratlari to‘g‘risidagi nizomlar;
- baxtsiz hodisalarni taftish qilish, hisobga olish va rasmiylashtirish;
- texnologik tizimning xavfsizligini ta’minlovchi pasport, sxemalar,
texnologik reglamentlar va lavozim yo‘riqnomalari;
- shaxsiy ximoya vositalarini tarqatish tartibi va me’yorlari, ishlatish
muddatlari;
- mehnat bitimlari, ish vaqti, dam olish vaqti, ayollar mehnatini muhofaza
qilish va balog‘at yoshiga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Imtiyozlar va
to‘lovlar;
- jabrlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish usullari.
Imtihon savollari texnologik jarayonning o‘ziga xos tomonlarini, mutaxassis
rahbarlarga qo‘yiladigan malaka talablari va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan
holda tuzilib, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Lavozimlarga ishga tushgan kundan boshlab bir oy o‘tkazmay tegishli
imtihon komissiyasi bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishi kerak. Davriy bilimlarni
tekshirish kamida uch yilda bir marta o‘tkaziladi.
Quyidagi holatlarda “Mehnat muhofazasiga o‘qitishni tashkil qilish va
bilimlarni tekshirish bo‘yicha namunaviy nizom”da qayd qilingan rahbarlar va
mutaxassislarning bilimlari navbatdan tashqari tekshiriladi:
-mehnat muhofazasi bo‘yicha yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan me’yoriy
hujjatlar amalga kiritilganda;
-yangi texnologik jarayonlar yoki yangi uskunalar o‘rnatilganda;
-xodim bilimini mehnat muhofazasidan boyitish talab qilinadigan yangi ish
joyiga o‘tkazilganda;
10
-guruhiy o‘lim yoki nogironlik bilan tugagan baxtsiz hodisalar sodir
bo‘lganda hamda halokat, portlash, yong‘in va zaharlanish hollari ro‘y berganda;
-ishda bir yillik uzilish sodir bo‘lganda;
-Davlat nazorat tashkilotlari talablariga ko‘ra.
Bilimlarni navbatdan tashqari nazorat qilish ayrim hujjatlar chegarasida
o‘tkazilishi mumkin. Bu hujjatlarning ro’yxatlari yuqori tashkilot tomonidan
belgilanadi.
Bilimlarni tekshirish natijalari bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va
imtihon komissiyasi raisi hamda a’zolari tomonidan imzo chekiladi. Bu bayonnoma
olti yildan kam bo‘lmagan muddatda korxonaning mehnat muhofazasi yoki kadrlar
bo‘limida saqlanadi.
Ishlab chiqarish o‘ta xavfli bo‘lgan korxona mutaxassis va rahbarlari mehnat
muhofazasidan imtihon topshirganlarida ularga maxsus shahadotnoma beriladi.
Shahadotnomaga komissiya raisi (yoki uning muovini va a’zosi bo‘lgan Mehnat
muhofazasi Davlat texnik inspeksiyasining nazoratchisi imzo chekadi).
Bunday shahodatnomaning mavjudligi rahbar yoki mutaxassisni “Mehnat
muhofazasiga o‘qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo‘yicha namunaviy
Nizom”ning 28-bandida keltirilgan masalalar bo‘yicha tekshiruvdan ozod qilmaydi.
Imtihonda qoniqarsiz baho olgan rahbar shaxs bir oy ichida imtihonni qayta
topshirish sharti bilan o‘z lavozimida qoldirilishi mumkin.
Imtihonni qayta topshira olmagan rahbar haqidagi materiallar korxonaning
attestatsiya komissiyasiga, uning lavozimiga mos emasligini ko‘rib chiqish uchun
yuboriladi.
Imtihon komissiyasining qarori yuzasidan nizolar Mehnat muhofazasi Davlat
texnik inspeksiyasi yoki sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilish va o‘tkazish
korxona rahbarlari hamda yuqori tashkilot mehnatni muhofaza qilish bo‘limlari
zimmasiga yuklanadi. Nazorat huquqi mehnat muhofazasi Davlat texnik
inspeksiyasiga yuklanadi.
11
Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlari tekshirilishidan bo‘yin tovlagan
mutaxassis va rahbarlar lavozimlaridan chetlashtiriladi.
3. Mehnat muhofazasi xonasi
Korxonadagi mehnat muhofazasi xonasi mehnat muhofazasi bo‘yicha
muhandis-texnik xodimlar ishchi va xizmatchilarning bilimlarini oshirish, ularning
xavfsizlik texnikasi qoidalarini hamma talablarini ongli ravishda bajarish ruhida
tarbiyalashning o‘quv-uslubiy markazi bo‘lib xizmat qiladi. Bu xonaga mehnat
muhofazasi bo‘yicha muhandis bevosita rahbarlik qiladi. Qurilish me’yor va
qoidalariga muvofiq xavfsizlik texnikasi xonasining maydoni ishchilarning
ro’yxatdagi soniga bog‘liq holda tanlanadi. Ular 1000 ta bo‘lganda -24 m2, 1001 dan
3000 tagacha -48 m2, 3000 dan 5000 tagacha bo‘lganda -72 m2 bo‘ladi. Xonada
o‘quv ma’lumotnoma-uslubiy va ko‘rgazma bo‘limlari jihozlanadi. Xonadagi
ishlarni yo‘lga qo‘yish, uning ish rejasini tasdiqlash korxona bosh muhandisiga
yuklatiladi.
Xonada kirish yo‘riqnomasi o‘tkaziladi, ishchi, xizmatchi va muhandis
xodimlar mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitiladi. O‘quv maqsadlarida maketlar,
ko‘rgazmali qurollar, plakatlar, yo‘riqnomalar, korjoma va maxsus poyafzal hamda
himoya vositalari andozalaridan, ishga yaroqli, yaroqsiz asbob-uskunalar
namunalari bilan jihozlangan stendlar, videofilmlardan foydalaniladi.
Ishchilar bilan yillik texnikaviy minimumlar, muhandis-texnik xodimlar bilan
oylik kengashlar o‘tkazishda tematik kinofilmlar ko‘rsatish zarur, shunda mehnat
muhofazasi qoidalari ishlovchilar yodida qoladi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha
bilimlarni oshirish maqsadida turli jurnallarda chop etilgan mehnat muhofazasiga
oid yangiliklar bilan tanishtirish, mehnat xavfsizligi masalalari bo‘yicha ishchilarga
ma’lumot berish uchun tsex va bo‘limlarda mehnat muhofazasi bo‘yicha burchaklar
tashkil etiladi. Mehnat muhofazasi burchaklarida uch bosqichli sinov o‘tkazish
bo‘yicha hujjatlar to‘planadi, mehnat muhofazasiga oid amalda bo‘lgan barcha
yo‘riqnomalar osib qo‘yiladi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchi inspektorlar
ilg‘or ish tajribasini qo‘llaydilar, o‘z korxonalari hamda boshqa korxona va