XIRURGIK BEMORLARNING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI, ULARNI
QABUL QILISHDA SHIFOKORNING TUTGAN O’RNI
Bolalar xirurgiyasi pediatriya sohasidagi klinik fanlar orasida alohida o’rin
egallab turadi. Bolalar xirurgiyasi ikki fan: xirurgiya va pediatriya asosida,
tug’ilgandan 18 yoshga qadar bolalarda uchraydigan xirurgik kasalliklarni davolash
bilan shug’ullanadi. Ularga xar xil, oddiydan murakkabgacha, terini kesishdan
a’zolarni ko’chirishgacha bo’lgan jarroxlik amaliyotlari o’tkaziladi. Davoni natijasi
ko’p hollarda bemor bolalarni operatsiya oldi va operatsiyadan keyingi davrda
parvarishlashni to’g’ri tashkil qilishiga bog’liq. Bemordagi klinik holatni chuqur va
to’g’ri bilish uchun bemorning yoshiga doir xususiyatlarni bilishi lozim. Ayniqsa
bu yosh davrdagi bemor bolalarga ta’aluqli.
Bolalarni tanasi va a’zolarini anatomik va fiziologik tuzilishi kattalardan farq
qiladi. Shu sababli kasalliklarni kechishida ham ko’p farqlarga olib keladi.
Shifokorlar ushbu xususiyatlarni bilishlari va tushunishlari kerak. Alifboni bilmasa
xikoyani o’qib bo’lmasday, bolalarni anatomik va fiziologik xususiyatini bilmasa,
ulardagi kasalliklarni tushunish va davolash mumkin emas.
Yangi tug’ilgan chaqaloqni terisi nozik bo’ladi, u oson shikastlanishi
mumkin. Bolada terining himoya funktsiyasi yetarlicha emas va shu sababli tez
shikastlanib infektsiyalar uchun kirish darvoza bo’lishi mumkin. Chaqaloq va yosh
bolalarni teri qavatini noto’g’ri yoki sifatsiz parvarish qilinsa, bolalarni terisida xar
xil yallig’lanish jarayonlari va kasalliklar, ularni asoratlari (flegmona, abtsess,
sepsis va h.o.) paydo bo’lishi mumkin.
Bolalar, ayniqsa kichik yoshdagi, ularni asab tizimi to’liq rivojlanmaganligi
sababli ularda infektsiya, intoksikatsiya, og’riq, psixologik shikastlarga
umumlashtirilgan o’ziga hos reaktsiyaga ega. Shu sababli bolalarda mahalliy
belgilar ko’rinmasdan, umumiy belgilar (tana haroratini oshishi, ichi ketishi, qayt
etishi) yuzaga keladi. Shu bilan birga bolalarda (ayniqsa 5 yoshgacha) asab
tizimining kompensator reaktsiyalarning yo’qotilishi kuzatiladi. Bola og’riqni
qiyinchilik bilan anglaydi.
Bolaning ruxiy yetilmaganligi o’zini salbiy tutishiga, (dissimulyatsiya)
kasalligini belgillarini bekitishga olib keladi.
Bolani organizmini asosiy hususiyatlaridan doimiy o’sish va rivojlanish:
tug’ilishdan 14-18 yoshigacha bolalar organizmida o’zgarishlar kuzatiladi,
chaqaloqlarda ushbu jarayonlar kuchliroq kuzatiladi.
Bolalar organizmini a’zo va tizimlarini yetilishi xar xil yosh davrlarida
amalga oshadi. Ularning funktsional holati va umumiy jismoniy rivoji qator
o’zgarishlarga uchraydi. Bolalarni anatomik va fiziologik hususiyatlariga ko’ra
ularda xirurgik kasalliklarni kechishi kattalardan farq qiladi. Bolalar organizmini
tuzilishi, a’zo va tizimlarni funktsiyalarini xususiyatlari ularni parvarishiga aloqasi
borligini e’tiborga olish kerak. O’sish omili shifokorning olib boradigan davosiga
ta’sirini belgilaydi. Ayrim hollarda ushbu omillar davoga teskari, ayrim hollarda
aksincha foydali ta’sir etishlari mumkin.
Masalan, suyak sinishi (uzunasiga va bo’ylamasiga suyak sinib siljishi)
natijasidagi qo’l-oyoqdagi qiyshayishlar bola o’sishi bilan to’g’rilanib ketadi va
operatsiya talab etmaydi. Shuningdek erta yoshda bo’lgan axamiyatsiz ko’ringan
kichik shikastlanishlar yoki epifizar o’suvchi sohani infektsion zararlanishi
(osteomielit) keyinchalik bola o’sishi davrida qiyin bartaraf etiladigan kasallikka
aylanishi mumkin. Yana misol: bola to’qimalarini yahshi rivojlanmaganligi va
davom etuvchi o’sishi tug’ma deformatsiyalarni kesmasdan yoki engil
manipulyatsiyalar yordamida to’g’rilashga imkon tug’diradi, vaholanki kattalarda
bu usullar naf bermaydi. Yassi oyoqlik erta bosqichida bosqichli yumshoq
boylamlar va shinalar; displaziya va tug’ma son chiqishlari ham erta bosqichida
funktsional shinalar va gimnastikalar yordamida davolanadi.
Bolalarda ularning anatomik va fiziologik hususiyatlari hisobiga faqat ularga
hos kasalliklar uchraydi. Ularni orasida omfalit (kindik atrofi to’qimalarini
yallag’lanishi) va flegmonani mahsus turi (chaqaloqlar nekrotik flegmonasi).
Chaqaloqlarda ayrim a’zo va to’qimalar funktsiyalarini vaqtinchalik
buzilishlari katta axamiyatga ega. Ushbu holatlar yoki sindromlar shoshilinch
xirurgik muolajalarni talab etadigan klinik ko’rinishlari og’ir kasalliklar va