XIRURGIK INFEKSIYA TO‘G‘RISIDA TA’LIMOT.
MA’RUZA REJASI:
1. Operatsiya jarohatiga infeksiyani kirish yo‘llari. Antiseptika va aseptika
to‘g‘risida ta’limot.
2. Xirurgik asboblarni operatsiyaga va undan keyin sterilizasiya va
dezinfeksiya qilish usullari va ularni saqlash.
3. Tikuv materiallarini xarakteristikasi va sterilizasiya qilish usullari.
4. Kiyim-kechak, bog‘lov materiallarini sterelizatsiya qilish usullari.
Tayanch iboralar: infeksiya, antiseptika, aseptika, lister, asboblar,
sterilizasiya, dezinfeksiya, qaynatish, kuydirish, choklash, ipak, ketgut, sintetik ip,
avtoklav.
Infeksiya bu hayvon organizmida unga tushgan mikroorganizmlarga qarshi
faol kurash xodisasining yigiindisi.
Bu biologik jarayonning eng yuqori darajadagi ifodasi, orgnizmda infeksion
kasallikning rivojlanishi. Hayvon organizmining ximoya kuchlarining pasayishi,
infeksiyaning rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratadi.
Infeksiyaning qo‘zgatuvchilari aerob va anaerob bo‘lishi mumkin, ular
organizmga xar xil yo‘llar orqali tushadi, eng asosiysi operasiya jarohati orqali
(ekzogen manba). Shuning uchun xirurgik operasiyaning natijasi jarohatga
mikroblarni tushishini oldini olish bilan bog‘liq.
Ekzogen manbaga kuyidagilar kiradi: teri, shillik pardalar, xirurgik asboblar,
tikuv va bog‘lam materiallari, kiyim-kechak, xirurgning qo‘llari, havo. Ular
jarohatga kuyidagi yullar orkali o‘tadi: kontakt, havo, tomchi.
Bundan tashkari infeksiya gematogen va limfogen yullar orkali to‘qima va
organlardagi mavjud yiringli o‘choqlardan, begona jismlardan tarkalishi mumkin
(endogen manba), (ekzogen manbalar).
Endogen manbalar
Operasiya jarohatini infeksiya bilan ifloslanishi asosan ekzogen manba
orqali amalga oshiriladi va ular organizmga katta xavf-xatar yetkazadi. Bu
muammoni xal etish xirurgiya fanini oldida turgan eng dolzarb bo‘lib hisoblanadi
Asrlar mobaynida ko‘plab bemorlar xirurgik operasiyadan keyin jarohatda
yiringli jrayonni rivojlanishi natijasida nobud bo‘lardi.
Bu xol xirurgiyani rivojlanishida asosiy to‘siq bo‘lib keldi va bemorlarda
xirurgik yul bilan davolanishiga ishonsizlik tug‘dirdi.
Jarohat tashki muxitga tutashganda yiringli yallig‘lanish ro‘y berishi
kadimdan ma’lum edi. Kuzatishlar natijasida yiringli yallig‘lanish sabablari
to‘qimalarni ichida emas, balki tashqarisida degan fikr tug‘ildi. Xavoda bo‘ladigan
va yiring xosil qilishda ishtiroq etadigan kandaydir noma’lum moddalar
(miazmalar) bor degan taxminni Gippokrat bayon qilgan. Lekin bu taxmin ilm-
fanda rivojini topmadi.
Vengriyalik vrach I.Zemmelvess (1861) birinchi bo‘lib, vrachning
ifloslangan qo‘llari ayollarda tug‘ishidan keyingi davrdagi asoratlarning asosiy
sababi deb fikr bildirdi. Shuning uchun ayollarni tekshirishdan oldin qo‘lni xlorli
ohak eritmasi bilan yuvishini tavsiya etdi. Bu tadbir asoratni miqdorini keskin
kamayishiga olib keldi.
Ammo yiringli yalliglanish sabablarini ingliz xirurgi Lister (1867) yilda
ilmiy jihatdan izoxlab berishga muyassar bo‘ldi. Bijg‘ish va chirish (sassish)
mikroorganizmlarning hayot faoliyatidan kelib chikishini isbot kilgan L.Pasterning
ishlari Listerning kashfiyotiga asos bo‘lgan edi. Lister bemorning tevarak-
atrofidagi buyumlardan, xavodagi, bog‘lov materiallardan va boshka manbalardan
bakteriyalar tushishi tufayli jarohat yiringlanadi degan xulosaga keldi. Shuning
uchun jarohatdagi bakteriyalar o‘ldirilsa va jarohat bog‘lab qo‘yilsa, yiringlanishni
oldini olish mumkin degan fikrlarni bildirdi. Shu maqsadda Lister 5% li karbol
kislotasi eritmasini tavsiya etdi.
O‘sha vaktda yiringlanish jarayonni chikish jarayoni bilan bir deb
hisoblangan edi, shuning uchun Lister bu usulni chirishga qarshi yoki antiseptika
(anti - karshi, sepsis-chirish) usuli deb, bog‘lam esa antiseptik bog‘lam deb ataldi,
ya’ni kimyoviy moddalar yordamida jarohat va uni atrofidagi infeksiyaga qarshi
kurashish.
Bu usul xirurgiyada 25 yil xukmronlik qildi, lekin tekshirishlar shuni
ko‘rsatdiki, karbol kislotasi bakteriyalar bilan birga sog‘lom to‘qima xujayralariga
ta’sir qilib ularni nobud bo‘lishiga olib keladi
Antiseptikani qo‘llash jarohatni batamom sterillash maqsadini tula amalga
oshirishi mumkin emasliigi aniqladi. Jarohatdagi bakteriyalarni yo‘kotish g‘oyasi
asta-sekin , jarohatga bakteriyalarni kiritmaslik g‘oyasiga joy bushatib bera
boshladi, toza, steril asboblar, toza materiallar ishlatib va yetarlicha tozalangan qo‘l
bilan qilingan xirurgik operasiyaning natijalari, faqat antiseptik moddalarni,
eritmalarni qo‘llanishiga nisbatdan ancha yaxshi ekanligi bir qancha olimlar isbot
kilib berishdi.
Nemis xirurgi Bergman, uning shogirdi Shimmelbush va rus oliy
M.Ya.Preobrajenskiy 1891 yilda yukori xarorat va bosim ta’sirida bakteriyalarni
yo‘kotish osonrok va ishonchliroq ekanligini ko‘rsatib berishdi.
Bu yangi usulning maqsadi jarrohatga tegadigan xamma narsadagi
infeksiyani yo‘q qilish bo‘lganligi uchun aseptika ( a-inkor etish, sepsis – chirish)
deb nomlandi.
Shunday qilib, birta xirurgik operasiya va veterinariya ishlarini aseptik va
antiseptik usullariga asoslanib o‘tkazish yaxshi natija beradi.
2. Xirurgik amaliyotda ko‘p asboblar ishlatiladi. Asboblar qo‘llanilishi
buyicha ko‘ydagilarga bo‘linadi: a) to‘qimalarni ajratuvchi; b) qon tuxtatuvchi; v)
yordamchi; g) maxsus; d) to‘qimalarni biriktiruvchi.
Xirurgik asboblarni ishlatishda quyidagi umumiy qoidalar mavjud:
1) Barcha operasiyalarni bajarishda faqat ishga yaroqlilarini qo‘llash;
2) Har qaysi asbob faqat o‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmasi bo‘yicha
ko‘llanilishi kerak.
Xirurgik asboblar operasiya o‘tkazish vaqtida infeksiya manbai bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun asboblarni sterilizasiyasi va dezinfnksiyasi xiurgik
amaliyotda katta axamiyatga ega. Operasiya natijalari yaxshi bo‘lishi uchun
asboblarni operasiyadan oldin va utgagach sterilizasiya qilinishi kerak.
Amaliyotda asboblarni sterilizasiya va dezinfeksiya asosan ikki xil usul bilan
olib boriladi: issiq va sovuq.
Issiq usul bu yuqori darajali harorat ta’sirida asboblar yuzasidagi mavjud
mikroblarni yo‘qotish. Bu usul quyidagilarga bo‘linadi: qaynatish, olovda
quydirish (flombasiyalash) va issik havoni qo‘llash.
Qaynatish veterinariyada keng tarqalgan usul bo‘lib hisoblanadi. Asboblarni
qaynatish uchun sterilizator (qaynatgin) yoki biror bir kopqoqli emallangan
idishdan foydalanish mumkin, qaynatish usulini birinchi marta 1888 yilda
Davidson va Kumer tomonidan tavsiya etilgan. Ular asboblarni oddiy suvda 5-10
minut davomida qaynatgan. Bu usul yaxshi natija bergan bo‘lsa ham, lekin shu
davrda keng tarqalmaydi. Chunki filtrdan o‘tkazilgan suvdagi mikroblar 30 minut
qaynatishdan keyin nobud bo‘ladi, bundan tashqari bir necha marta qaynatilgan
asboblar tez zanglab ishdan chiqadi.