XIRURGIK OPERATSIYA HAQIDA TA’LIMOT.
REJA:
1. Operativ xirurgiya fani to‘g‘risida tushuncha, uni maqsad va vazifalari.
Boshqa fanlar bilan aloqasi.
2. Topografik anatomiya va uni rivojlantirishda N.I. Pirogovning o‘rni.
Veterinariyada operativ xirurgiyaning tarixi va asoschilari.
3. Xirurgik operatsiya haqida ta’limot. Xirurgik operatsiya tushunchasi va
uning maqsadi.
4. Chorvachilik fermer xo‘jaliklari sharoitlarida operatsiyalarni o‘tkazish
xususiyati.
5. Operatsiya o‘tkazish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalari.
Operatsiyaning tasniflanishi. Operatsiyaning tarkibiy qismi.
Tayanch iboralar: xirurgiya, operasiya, topografiya, qonli, qonsiz,
fiksasiya.
Xirurgiya so‘zi yunon tilidan olinib, ikkita so‘zdan tashkil topgan: cheir-qo‘l,
Ergoh – xarakat; ya’ni qo‘l xarakati degan ma’noni bildiradi.
Operativ xirurgiya - bu kasal hayvonlarni davolash va mahsuldorligini
oshirish maqsadida xirurgik operasiyani o‘tkazish qoida va usullarini o‘rgatadigan
fan.
Bu fan q/h va umuman hayvonlarda operasiya o‘tkazish nazariy asoslarini va
amaliy texnik usullarini o‘rgatadi.
Malakali operasiya o‘tkazish uchun, o‘lgan hayvonlarning gavdasida,
preparatlarda mashq qilish va o‘quv – tajriba hayvonlarda operasiyalar o‘tkazib,
olingan bilimlarni mustaxkamlash mumkin. Opreasiyani yaxshi natija berishi
ko‘pincha uni texnik jixatdan to‘g‘ri o‘tkazishga bog‘liq.
Lekin operasiyani faqat maxalliy aralashishi deb bulmaydi, chunki bu
jarayonda butun organizm qatnashadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki operativ xirurgiya fanini o‘rganish uchun, xozirgi
paytgacha o‘tilgan barcha fanlardan olingan bilimlarga tayanadi va ular bilan uzviy
bog‘langan, bularga: anatomiya, fiziologiya, patologik fiziologiya, farmakologiya,
klinik diagnostika, mikrobiologiya, zoogigiyena va boshqalar kiradi.
«Mohir xirurgni anatomiya shakllantirsa, uylaydigan klinisist xirurgni
Pavlovni fiziologiyasi shakllantirish mumkin».
A.A.Vishnevskiy.
Operativ xirurgiya barcha xirurgik fanlar majmuasiga kiradi, bu umumiy
xirurgiya, xususiy xirurgiya, ortopediya va oftalmologiya va ularni poydevorini
hosil qiladi. Bundan tashqari umum biologik va klinik fanlar o‘rtasida vositachilik
vazifasini bajaradi .
Operativ xirurgiyaning asosiy maqsadi - bu operasiya o‘tqazish texnikasini
o‘rgatish va shu bilan birgalikda kasal hayvonlarni davolash maqsadida yangi
operasiyalar va operativ usullar ishlab chiqish.
Bundan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:
1.- Qisqa muddat ichida hayvonni pasaygan mahsuldorligini oshirish.
2.- Hayvonlarni ishchi qobiliyatini tiklash va yaxshilash.
3.- Hayvonlar sonini ko‘paytirishga ko‘maklashish.
4.- Go‘sht, sut va jun maxsulotlarini sifatini yaxshilash va sonini
ko‘paytirish.
Xirurgiya fani o‘ziga xos tarixga ega, ya’ni odamzod paydo bo‘lishi bilan
bog‘liq desak ham bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra odamlar neolit davrida
hayvonlarni axtalashni bilgan. Odamzotning rivojlanishi natijasida barcha fanlar,
shu jumladan xirurgiya ham rivojlangan, yunonliklar kasalliklar nomini berishgan
bo‘lsa, rumliklar terminologiyasini ishlab chiqkan, 300-360 y Aspirt veterinariya
medisinasini shakllanishiga katta xissa qo‘shgan. U Gippiatrika asarida xirurgiya
to‘g‘risida ma’lumot bergan. 9-10 asarda xirurgiyani rivojlanishi O‘rta Osiyo
olimlardan Abu Ali Ibn Sino katta xissa qo‘shgan. 1598 y Ruini otlar anatomiyasi
kitobini yaratadi, bu bilan xirurgiyaga anatomik asos yaratadi.
Rossiyada hayvonlarni davolash Petr I davriga to‘g‘ri keladi. U birinchi
marta kanovallar maktabini tashkil qiladi, keyinchalik institutlar va akademiyalar
tashkil etiladi 1808- Peterburg va Moskvada; 1840 – Varshavada; 1848 – Derpt;
1851- Xarkovda; 1973- Kozonda.
Topografik anatomiya – hayvonni biror bir kismidagi to‘qima va organlarni
bir-biriga nisbatan joylashishini, chegaralarini, ularni teridagi proyeksiyalarni,
yoshiga qarab o‘zgaruvchanligini o‘rgatadigan fan.
Topografik anatomiyani bilish xirurgga operasiya maydonida erkin va
ishonchli harakt qilishga yordam beradi. Shuning uchun operativ xirurgiya
topografik anatomiya bilan uzviy boglangan.
Uning rivojlanishiga N.I.Pirogov (1810-1881) katta xissa qushgan.
Topografik anatomiya asarida bu fan to‘g‘risida keng tushuncha bergan.
Operasiya so‘zi lotin tilidan olinib opera - xarakat, ish, mehnat ma’nosini
bildiradi.
Xirurgik operasiya bu asosan davolash va diagnostik maqsadida hayvon
to‘qima va organlariga mexanik ta’sir qilish ma’nosini bildiradi.