1
KURS ISHI
XISRAV I ANUSHERVON DAVRIDA ERON
Mundarija:
Kirish
Asosiy qism
I-BOB: ERON SOSONIYLAR HUKUMRONLIGI DAVRIDA.
1.1. Eronda sosoniylar hukumronligining o'rnatilishi
1.2. Sosoniylar hukumronligi davrida Eronning ijtimoiy va iqtisodiy hayot
II-BOB. XISRAV I ANUSHERVON DAVRIDA ERON.
2.1. Xisrav I ning hokimyat tepasiga kelishi va uning amalga oshirgan
islohotlari, mamlakatning tashqi siyosati
2.2. Xisrav I hukumronligining tugashi va sosoniylar davlatining inqirozga yuz
tutishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilova
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Doimo insoniyatni oldinga undovchi omillardan biri
tarixiy xotiradir. “Har qaysi xalqning milliy qadriyatlarini o’z maqsad-muddaolari,
shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy
dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida
ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq
bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat zafarlari, yo’qotish va qurbonlari,
quvonch va istiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam
tarix bo’ladi”1.
III asr boshida hozirgi Eron hududi Parfiya qo‘l ostida nomigagina
birlashtirilgan edi. O‘zaro ichki kurashlar va Rim bilan urushlar mamlakatni
kuchsizlantirdi. Eron yerlarini yangitdan birlashtirish Fors viloyatidan boshlandi.
Forsdagi Darabgerd qal’asining hukmdori Ardasher (soson urug‘idan) bir necha
hokimliklarni birlashtirib, Eronni janubiy yarmida boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi.
Yangi tashkil topgan podsholikda quldorlik tizimi inqirozi boshlanib, feodal
munosabatlar jadallik bilan rivojlandi. V asrning oxiriga kelib feodal
munosabatlarning belgilari yanada yorqin namoyon bo‘la boshladi.Sosoniylar
sulolasi ayniqsa Xisrav I Anushervon davrida o'ztaraqqiyotining cho'qqisiga erishdi.
Kurs ishimning dolzarbligi Xisrav I davrida Eronda amalga oshirilgan islohotlar
jumladan: soliq islohoti, davlat boshqaruvidagi islohotlar, harbiy islohot va
ma'muriy islohotlari, uning davrida olib borilgan faol tashqi siyosat, fan va
madaniyatning taraqqiy qilishi, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishini hamda
Xisravdan keyin sulolaning inqirozga yuz tutishini atroflicha o'rganish hisoblanadi.
1 1Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008
3
Kurs ishimning xronologik chegarasi: Eronda sosoniylar sulolasi
hukumronligi 226-yildan to Arab xalifaligi Eronni istilo qilguncha ya'ni 642-
yilgacha davom etgan. Kurs ishimning xronologik chegarasi shu sulolaning ko'zga
ko'ringan yirik vakili Xisrav I Anushervonning hukumronlik davri (531-579-yy)
haqida. .Xisrav I Anushervon davrida Eron juda qudratli davlatga aylanadi. U
mazdakiylarda qarshi qattiq urushlar olib boradi. Shahanshoh Xisrav davrida savdo
sotiq rivojlanadi, soliqlar tartibga solinadi. Xisrav I ni tom ma'noda sosoniylar
sulolasining eng mashxur vakili desak mubolag'a bo'lmaydi.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Xisrav I Anushervon hukumronligi
davri tarixchi mutaxasislaritomonidan batafsil o`rganilgan. Men mavzuni tadqiq
qilish davomida xorijiy mualliflarning (ingliz, fransuz,) asarlaridan rus tiliga tarjima
qilingan adabiyotlar, shuningdek, o`zbek tilida nashr qilingan va o`rta asrlarga
bag`ishlangan adabiyotlardan foydalanishni lozim topdim. Sosoniylar hukumronligi
davri tarixi yoritilishiga qaratilgan adabiyotlarni shartli ravishda ikki guruhga
ajratilgan:
1. Sobiq sovet ittifoqi hukmronligi va Rossiyada chop etilgan ilk o`rta asrlar va
jahon tarixiga bag`ishlangan Струве В.В Пигулевская, Н.В Жалменова О.П
,Дьянов. И.М ,. Васильев. Л.А, Луконин.В.Г , С.П. Карпов kabi mualliflarning
asarlarini keltirish mumkin.
2-guruhga respublikamizda o`zbek tilida nash etilgan ilk o`rta asrlarga
bag`ishlangan Р. Қурбангалиева, Haydarali Muhammedov, Т.Ў, Салимов, Р.
Қурбангалиева va О. Машарипов, Энтони Гидденс, В.Ф. Семёновларнинг
ishlarini keltirish mumkin.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Ilk o'rta asrlarda Erondagi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni tadqiq qilish maqsadimiz hisoblanadi. Ushbu maqsaddan
kelib chiqib o`z oldimizga quyidagicha aniq vazifalar qo`ydik:
- Ilk o`rta asrlardagi Eron davlatining ijtimoiy munosabatlarini va unga bog`liq
bo`lgan shart – sharoitni ko`rsatib berish;
- Sosoniylargacha bo'lgan davrda Eronda hukum surayotgan siyosiy
tarqoqlikning sabablari haqida ma'lumot berish;
4
- Sosoniylar davlatining tashkil qilinishi va davlat boshqaruvning huquqiy
asoslarini yoritish;
- Xisrav I Anushervon davrida Eronning yuksalishini va mamlakatning tashqi
aloqalarini yoritish;
- Xisrav I hukumronligidan keyin Eronda boshlangan siyosiy beqarorlikning
sabablari hamda Eronning Arab xalifaligi tomonidan istilo qilinishi haqida ma'lumot
berish;
Kurs ishining ob’yekti va predmeti. Xisrav I Anushervon davrida Eron
mavzusi bilan bog'liq tarixiy jarayonlar tadqiqotning predmetini tashkil qilsa,
mavzuni
o'rganishga
xizmat
qiluvchi
arxeologik
va
yozma
manbalar,
tadqiqotchilarning asarlari obyektini tashkil qiladi.
Mavzuning nazariy asosi. Mavzuni o'rganish jarayonida unga haqqoniy, ilmiy
tahlilga asoslangan qarash, xolislik, tarixiylik tamoyili, bugungi kun talablaridan
kelib chiqqan holda yondashishga harakat qilindi. Masalani yoritishda
manbashunos, tarixchi olimlarning tarixiy-ilmiy yutuqlari,qarashlari,ilgari surilgan
g'oyalar va fikrlari nazariy- uslubiy asos bo'lib xizmat qildi.
Tarkibiy tuzilishi. Mazkur kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, asosiy qism, ikki
bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati va ilovadan iborat.
5
I BOB. ERON SOSONIYLAR HUKUMRONLIGI DAVRIDA.
1.1.Eronda sosoniylar hukumronligining boshlanishi.
Sosoniylar davlati III asrning boshida o‘z davrining eng qudratli davlatlaridan
sanalgan Parfiyaning parchalanishi natijasida tashkil topdi. Sosoniylar davlatining
tarkibiga u eng kuchaygan paytda Eronning barcha hududlari, Mesopotamiya,
hamda Hindistonga tutash sharqiy yassi tog‘li hududlar kirardi. Sosoniylar
imperiyasining asosiy aholisi sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik bilan
mashg‘ul bo‘lgan. Shuningdek, mamlakatning tog‘li tumanlarida ko‘chmanchi
chorvadorlar yashab, ular chorvachilik bilan shug‘ullanardi. Davlatda mavjud
bo‘lgan shaharlarning asosiy qismi mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan edi.
Ularning eng kattasi, poytaxt Ktesifon shahri edi. Sosoniylar davlatida mavjud
bo‘lgan shaharlar o‘z davrining yirik hunarmandchilik markazlari sanalgan. Shu
boisdan ham ushbu shaharlarda yaratilgan hunarmandchilik mahsulotlari dunyoga
mashhur bo‘lgan. Ayniqsa, ajoyib gazlama va qurollar yuqori sifati bilan nom
qozongan edi.
III asr boshida hozirgi Eron hududi Parfiya qo‘l ostida nomigagina
birlashtirilgan edi. O‘zaro ichki kurashlar va Rim bilan urushlar mamlakatni
kuchsizlantirdi. Eron yerlarini yangitdan birlashtirish Fors viloyatidan boshlandi.
6
Forsdagi Darabgerd qal’asining hukmdori Ardasher (soson urug‘idan) bir necha
hokimliklarni birlashtirib, Eronni janubiy yarmida boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi.2
Sosoniylar sulolasi asoschisi va dastlabki hukmdori Ardasherning bobosi
Soson Fors davlati poytaxti-Istaxr shahridagi bosh ibodatxonaning kohini bo‘lgan.
208-yilda Parfiya davlati ikki qismga bo‘linib ketadi. Keyinchalik yana bir necha
mayda davlatlarga ajralib ketdi. Bundan Eronning janubi-g‘arbida joylashgan fors
qabilalari foydalanib, Soson boshchiligida Istaxr shahrida hokimiyatni egallab
oladilar. Ardasher I Parfiya podshosi Artabon V (209-224) ning vassali Darabgerd
hokimi saroyida xizmat qilgan. Milodiy 200-yillarga kelib ushbu qal’a hokimi
bo‘lgan. U tez orada butun Fors, Kirmon va Geyni o‘ziga tobe etgan hamda
zodagonlar va ruhoniylar yordamiga tayanib Artabon V ga qarshi chiqqan. 224-
yilning 28-aprel kuni Ardasher Ormizdagon tekisligida Artabon V ni mag‘lub etdi.
Ikki yil o‘tgandan so‘ng tantanali tarzda toj kiydi va shaxonshox unvoniga ega
bo‘ldi. U o‘zining bosqinchilik siyosatida ruhoniylar va urug‘ zodagonlarining
qo‘llab-quvvatlashidan keng foydalangan. U Midiya, Ozarbayjon, Siyeston,
Xuroson, Marv vohasini o‘ziga buysundirdi. Natijada mamlakatning chegaralari
shimolda Kaspiybo‘yi viloyatiga, janubda Fors ko‘rfaziga, sharqda Qobul daryosi
vodiysiga borib yetdi. Frot daryosi bo‘ylarini egallanishi davlatni Rim bilan ham
qo‘shni bo‘lib qolishiga olib keldi. Ardasher yangi davlatning poytaxtini Istaxr
shahridan Dajla daryosining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan Ktesifonga ko‘chirdi.
230-yilda Ardasher I o‘z qo‘shinlari bilan Mesopotamiya va Kichik Osiyoga bostirib
bordi. Bu joylar Rim saltanatiga qaram edi. 232-yili Rim imperatori Aleksandr Sever
katta qo‘shin bilan Shimoliy Mesopotamiyaga yurish qiladi. Ardasher I qo‘shinlari
Rim legionlari bilan uzoq vaqt mobaynida qonli urushlar olib bordi. Ardasher I
2 Струве В.В. (ред) История Ирана с древнейших времн до конца XVIII века Ленинградского
университета 1958
7
Mesopotamiya va Armanistonga egalik qilish uchun Rim imperiyasi bilan Sharqda
olib borgan urushlari natijasida Sosoniylar davlati hududi kengayishi bilan tugadi.3
Yangi tashkil topgan podsholikda quldorlik tizimi inqirozi boshlanib, feodal
munosabatlar jadallik bilan rivojlandi. V asrning oxiriga kelib feodal
munosabatlarning belgilari yanada yorqin namoyon bo‘la boshladi.
Sosoniylar davlati tashkil topgan kundanoq faol tashqi siyosat olib bordi. Rim
va uning vorisi Vizantiya bilan qarama-qarshilikka borishiga iqtisodiy omillar
davlatni majbur etdi. Xususan, Sharq bilan G‘arbni bog‘lagan savdo yo‘llari ustidan
hukmronlikka intilish uchun ikki tomon ham Kavkaz orti mamlakatlarini egallashga
xarakat qildi4. Armaniston va Gruziyani (G‘arbiy Gruziya – Lazika, Sharqiy - Kartli)
ni egallanishi Eronni Qora dengizga olib chiqdi. Ikki daryo oralig‘i va Armaniston
uchun Rim bilan urushni Ardasher boshlab bergan, uning o‘g‘li Shopur I (241-272)
davom ettirdi. U bir necha katta g‘alabalardan so‘ng Kichik Osiyoga kirib keldi,
256-yilda Antioxiya egallandi, 260-yilda Rim qo‘shini mag‘lubiyatga uchratildi.
Naqshi Rustam bitiklarida bu jangda imperator Valerian asir tushganligi yozib
qoldirilgan. Shopur I ning tashqi siyosatdagi faoliyati bu bilan cheklanib qolmadi.
Uning qo‘shinlari 262-263-yillar davomida Suriya, Armaniston, Shimoliy
Mesopotamiya hududlarini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. Shopur I sosoniy
hukmdorlar orasida birinchilardan bo‘lib turon hududiga ham bosqinchilik
yurishlarini uyushtirdi. Bu davrda mazkur hududda hukmronlik qilayotgan Kushon
davlati tarkibida bo‘lgan Hirot, Seyiston, Marv, Girkaniya, Kushonshahr kabi
viloyat va shaharlar sosoniylar tomonidan bosib olindi. Shuningdek, Shopur I
mamlakatda bir qator islohotlarni ham amalga oshirdi. Qurilish ishlarining yaxshi
yo‘lga qo‘yilishi orqali irrigatsiya inshootlarining soni ortdi. Mamlakatda yangi
shaharlar bunyod etildi.
3 Струве В.В. (ред) История Ирана с древнейших времн до конца XVIII века Ленинградского
университета 1958
4 Семёнов В.Ф.Ўрта асрлар тарихи. Т-1973
8
Undan keyin hukmronlik qilgan sosoniy hukmdorlar tarixda sezilarli iz qoldira
olmadi. Buni uning hukmronligidan keyin 20 yil davomida mamlakatni uch sosoniy
hukmdor idora qilganligi ham tasdiqlaydi. Forslarga qarshi urushga o‘tgan rimliklar
283-yilda sosoniylarning poytaxtiga yaqinlashib qoladi. Poytaxtni egallashidan
Imperatorning o‘limigina asrab qoldi. 298-yilda Nisibinda bo‘lgan jangda forslar
yana mag‘lub bo‘ldi. O‘rtada imzolangan Nisibin tinchlik shartnomasiga ko‘ra
Armaniston va Mesopotamiyaning shimoliy qismidagi beshta provinsiya Rimga
berildi. Ikki davlat 40 yilga tinchlikka kelishib oldi.5
Rim-Eron urushlaridagi yangi bosqich Shopur II (309-379) davrida boshlandi.
Shopur II sosoniylar davlatini eng uzoq vaqt idora qilgan hukmdor sifatida tarixda
qolgan. Uning hukmronlik davri qaysidir jihatdan tinimsiz urushlar bilan o‘tdi. U
g‘arbda Rim imperiyasiga qarshi kurash olib bordi. Uning mustaqil tarzda davlatni
boshqarishininig dastlabki yillari zodagonlarga qarshi kurashish, keyingi yillari esa
davlatni kengaytirish va chegaralarni mustahkamlash bilan o‘tdi. Shu maqsadda
Fors ko‘rfazidagi urushqoq arab qabilalariga qarshi urush olib bordi va Baxrayinni
egalladi.
Eron bilan Rimning aloqalari xristianlikninig tarqalishi bilan bog‘liq holda
kechdi. IV asrning boshiga kelib bir qancha davlatlar (301-303-yillarda Armaniston,
keyinroq Gruziya va Shimoliy Ozarbayjon) xristian dini bilan tanishdi va rasmiy
dini sifatida qabul qildi. Armanistonda xristian dinini tarqalishi o‘z-o‘zidan uni
Rimga qaram qilardi. Mamlakatdagi zodagonlar o‘rtasida bo‘linish bo‘ldi. Bir guruh
zodagonlar Rimga qo‘shilish tarafdori bo‘lsa, boshqasi Eron bilan yaqinlashish
tarafdori edi. 338-yilda Shopur II Rimga urush e’lon qildi va Armaniston va
Shimoliy Mesopotamiyaga bostirib kirdi. Forslar g‘alabaga osonlik bilan erishdi.
Birinchi g‘alabadan so‘ng Shopur o‘z qo‘shinini g‘arbdan olib mamlakatning
shimoli-sharqiy chegaralariga tashladi. Bu yerda u xioniylardan mag‘lub bo‘ldi va
ular bilan ittifoq tuzishga majbur bo‘ldi. 363-yilda Eronga qilgan omadsiz yurishida
imperator Yulian vafot etdi. Uning o‘rniga saylangan imperator Eron uchun foydali
5 Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980.
9
bo‘lgan shartnoma imzolashga majbur bo‘ldi. 387-yilda imzolangan yangi tinchlik
shartnomasiga
ko‘ra,
Armaniston
va
Gruziya
ikki
hududga
bo‘lindi.
Armanistonning g‘arbiy qismi imperator boshqaruviga, sharqiy (Persarmeniya-
Forslar Armanistoni) qismi Eronga berildi. Lazika Rim imperatori boshqaruvi
ostiga, Kartli Eron ixtiyoriga o‘tdi.6
Ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik aloqalari ikkita qisqa urushni e’tiborga
olmaganda butun V asr davomida saqlanib qoldi. Shimoldan kirib kelgan
ko‘chmanchi xalqlarning (xunlar) tazyiqi ikki mamlakatni ularga qarshi birlashishga
majbur etdi. Ular birgalikda Kavkaz yo‘lini himoya qilishga kelishib olishdi. Unga
ko‘ra Eron Kavkaz va Alan darvozasini mustahkamladi. Vizantiya qal’a qo‘shinlari
sonini oshirib, mudofaani kuchaytirdi.
Shopur II ning o‘limidan so‘ng 20 yil davomida toju taxt kohinlar va
zodagonlarning xohishiga ko‘ra bir necha shaxslar tomonidan boshqarildi. 399-yilda
saroydagi o‘zaro urushlarga chek qo‘ygan Yazdigard I (399-420) taxtni egalladi. U
sosoniy hukmdor Shopur III ning o‘g‘li bo‘lib, Baxrom IV (388-399) ning vafotidan
so‘ng hokimiyatga keldi. Yazdigard I hukmronligining dastlabki davrda siyosiy
vaziyat diniy masala bilan bog‘liq bo‘ldi. Aynan uning davridan boshlab
zardushtiylik dini Sosoniylar imperiyasida keng yoyildi.7
Tashqi siyosatda Yazdigardning asosiy maqsadi Armaniston hududlarini
bo‘ysundirishdan iborat edi. 414-yil Armaniston hukmdori Vramshapuxning vafot
etishi bilan hokimiyat uning o‘g‘li Artashes qo‘liga o‘tdi. Shu davrdan boshlab ikki
mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi.
Yazdigardning asosiy tayanchi xalqning boshqa tabaqalari-hunarmandlar,
savdogarlar, xristianlarning ta’sirli shaxslari bo‘ldi. Yazdigard I Shopur II dan farqli
ravishda Eronda xristian dinining tarqalishiga cheklovni bekor qildi, cherkovlar
qurilishiga ruxsat berdi. Xristian diniga ta’qib Baxrom V Go‘r (421-438) (Uning
sevgan mashg‘uloti go‘r (qulon) ovi bo‘lganligi uchun ham u tarixda Go‘r laqabini
6 Струве В.В. (ред) История Ирана с древнейших времн до конца XVIII века Ленинградского университета
1958
7 Лукониню В.Г Култура сасанидского Ирана М.1969
10
olgan) davrida qaytadan qo‘yildi. Baxrom yoshligida Yaman podshohi No‘mon va
uning o‘g‘li Munzir tarbiyasida o‘sgan. Yazdigard zulmidan bezor bo‘lgan xalq u
vafot etgandan so‘ng, Ardasher nasliga mansub Xusravni mamlakat taxtiga
ko‘taradi. Bu voqeadan xabar topgan Baxrom lashkar tortib Eronga keladi. U
otasining xatolarini takrorlamaslik va mamlakatda adolat, tinchlik o‘rnatishga o‘z
a’yonlari va xalq oldida qasamyod qiladi. An’anaviy shartga muvofiq ikkita sherni
o‘ldirib, ular o‘rtasidagi tojni oladi va podshohlik taxtiga o‘tiradi. Aynan uning
davrida Eronda juda ko‘p dehqonlarning ish hayvonlari, qurollari, urug‘lari yo‘q edi.
Xonavayron bo‘lgan jamoa a’zolari yerlarni tashlab ketib, xazar qilinadigan
hunarmandchilik va boshqa kasblar bilan mashg‘ul bo‘lganlar, ko‘pincha daydilarga
aylanganlar. Viloyatlar hukmdorlari Baxromga juda ko‘p arznomalar bilan murojaat
qildi, qishloqlar huvillagan, hayvonlar egasiz sang‘ib yurgan, dalalarni o‘t-o‘lanlar
bosib ketgan. Dehqon xo‘jaligining bir qismi xonavayron bo‘lishi oqibatida
mamlakat iqtisodiyoti zaiflashdi.
Uning davrida Eronda zardushtiylik dinini mustahkamlash va keng yoyish
maqsadida
yangi-yangi
otashkadalar
qurildi.
Nestorianlik
(xristianlikdagi
oqimlardan biri) qattiq ta’qib ostiga olindi. Bu xarakat o‘z navbatida 423-424-
yillarda Eron va Vizantiya o‘rtasida urushni keltirib chiqardi. Urushda
Vizantiyaning g‘alabasi nestorianlikka qarshi qaratilgan siyosatni bir oz susaytirdi.
Mamlakat ichki siyosatida mavjud aristokratiyaning mavqeyi o‘sib bordi. Ular
mamlakat siyosiy hayotida hal qiluvchi o‘ringa erishdi. V asrning 30-yillarida
Ozarbayjon va Xuroson sosoniylar davlati tarkibiga qo‘shib olindi. Uning davrida
Eronga shimol va shimoli-sharqdan xalqlarning hujumi kuchaydi. Baxrom V
Marvdagi jangda eftaliylarni yengdi va mamlakat chegarasini Amudaryogacha
yetkazdi.
Yazdigard II ning hukmronlik yillari (438-457) Armanistonni qaytarish va u
yerda zardushtiylikni mustahkamlash bilan o‘tdi. Muxtoriyat talab qilgan
Armaniston isyon ko‘tardi. Arman hokimlari (naxarar) Vizantiyaning ko‘magisiz bu
ishni amalga oshira olmas edi. 451-yildagi ularning qo‘zg‘oloni bostirildi. Ammo,
Armanistonga muxtoriyat va xristian diniga e’tiqod qilish huquqi berildi. Eftaliylar
11
bilan kurashlar davom etdi. Talekon va Balxdagi hal qiluvchi janglarda ular tor-mor
keltirildi. Hukmdor u yerda Shaxriston-i-Yazdigard qal’asini bunyod etdi.
Yazdigard II ning o‘limidan so‘ng ikki yillik o‘zaro urushlardan keyin, taxtga uning
o‘g‘li Pero‘z (459-484) o‘tirdi. Uning davrida davlat og‘ir ahvolda qolgan edi. Ichki
ahvolni tashqi dushman hujumi xavfi yanada og‘irlashtirib yubordi. Shunday bo‘lsa
ham shahanshoh chegara qo‘shinlarini mustahkamlashni va uchta qal’a qurishni
buyurdi. U Marv vohasini egallab, Hirot ostonalariga kirib kelgan eftaliylarga qarshi
uzoq jangga kirdi. Biroq asirga tushib qoladi. Sosoniylar Vizantiyaga yordam so‘rab
murojaat qildi va eftallar Vizantiya uchun ham tahdid ekanini uqtirdi. Vizantiya
hukmdori tovon to‘lab, Pero‘zni tutqinlikdan xalos etdi. Pero‘z eftaliylarga Tolqon
chegara shahrini topshirishni va’da qildi, biroq o‘z va’dasini ustidan chiqmay, 481-
yilda ikkinchi marta harbiy yurish uyushtirdi. Pero‘z bu safar ham mag‘lubiyatga
uchradi va eftaliylarga o‘zining Kubod ismli go‘dak o‘g‘lini tutqun etib qoldirdi
hamda ikki yil davomida katta tovon to‘lab turish majburiyatini oldi. 484-yili Pero‘z
o‘zining uchinchi harbiy yurishini amalga oshiradi. Bu gal u o‘z qo‘shini bilan birga
eftaliylar tayyorlagan maxsus tuzoq “bo‘ri o‘rasi”ga tushib qolib halok bo‘ladi.
Eftaliylar Pero‘z qo‘shinini batamom tor-mor qilgach, Eron xalqi zimmasiga katta
miqdorda o‘lpon to‘lash majburiyatini yuklatadilar hamda Marv shahrini ishg‘ol
etadi. So‘ngra ular Qobul vodiysi va Panjobni egallab, Qoroshar, Kuchu, Qashqar
va Xo‘tanni istilo qilishdi. Shu tariqa eftaliylar Markaziy Osiyo, Sharqiy Eron,
Hindistonning Shimoliy qismi va Sharqiy Turkistonni o‘z ichiga olgan yagona
qudratli davlat barpo etadi. Lekin, Sosoniylarning sharqiy chegaralaridagi vaziyat
tinchib qolmadi. Aholi quyi qatlamining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Kavkaz
ortida qo‘zg‘olon boshlandi. Qo‘zg‘olonga Kartli podshosi Vaxtang Gargasal va
arman yo‘lboshchisi Vagan Mamikonyan boshchilik qildi. Ular Pero‘zning
vorislarini yon bosishga majbur qildi. Shahanshoh Valash (Balash) (484-488)
Armaniston, Kartli va Albaniya zodagonlari bilan bu mamlakatlarga muxtoriyat
berish va xristianlik (monofizit) diniga e’tiqod qilish hamda zodagonlarning
huquqlarini tan olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Valashning xazinasi bo‘shab
qolganligi uchun u qo‘shin to‘play olmadi. Hukmronligining katta qismini Valash
12
boshqa bir kichik ukasi Zarex bilan o‘zaro kurashlarda o‘tkazdi. Oxir-oqibat u
hukmronlikka qobiliyatsizligi uchun eftaliylar davlati tahdidi bilan taxtdan
tushirildi. Valashning to‘rt yillik hukmronligidan so‘ng taxtni Pero‘zning o‘g‘li
Kubod (Kavad) (488-531) egalladi. 8
1.2.Sosoniylar davrida Eronning ijtimoiy va iqtisodiy tuzumi.
Sosoniylar davlatida qadimdan mavjud bo‘lib kelgan aholining tabaqalanishida
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar Sosoniylargacha Qadimgi Eronda erkin kishilar uch
toifaga - kohinlar, jangchilar, dehqonlarga bo‘lingan bo‘lsa, IV asrga kelib aholi to‘rt
guruhga: kohinlar, jangchilar, ulamo (o‘qimishli kishi)lar, soliq to‘lovchilar –
raiyatga bo‘lindi. Ular tepasida Shahanshoh turgan. Unga zardusht kohinlari
boshlig‘i – mobedan-mobed, qo‘shin qo‘mondoni eran-spaxbed, ulamolar boshlig‘i
- dagirbed, soliq to‘lovchilar tabaqasi boshlig‘i - vastrioshan-salarlar davlatni
boshqarishda yaqin hamkor va yordamchilar bo‘lgan.
Tabaqalar ham o‘z ichida ierarxik tarzda bo‘lingan. Ruhoniylarning oliy
toifasini mobedlar tashkil etgan. Ular hududlardagi maglar (zardo‘sht kohinlari)
faoliyatini nazorat qilib borgan. Mobedan-mobed hukmdordan keyingi birinchi
o‘rinda turgan. Harbiy tabaqada eran-spaxbeddan so‘ng shahdor – viloyatlarning
yarim mustaqil hukmdorlari o‘rin egallagan bo‘lib, ular podsho xonadoni vakillari
xisoblangan. Keyingi tabaqada vispuxrlar - Eronning qadimiy urug‘i turgan. Ular
8 Струве В.В История Ирана с древнейших времн до конца XVIII века Ленинградского университета 1958
13
muhim harbiy va davlat lavozimlarini merosiy tarzda egallagan. Keyingi o‘rinda
vazrug (buzrug)lar turgan. Ular qo‘shin va ijro hokimiyatida ma’sul lavozimlarni
egallagan. Harbiy tabaqaning asosini ko‘p sonli ozodlar tashkil etib, Eron
qo‘shinining otliq askarlari yadrosi aynan ulardan iborat bo‘lgan. Ulamolar
tabaqasiga davlat xizmatchilari kirgan. Xususan, kotib, diplomatik hujjat va xatlarni
to‘plovchi, podsho biografi, tabib, astrolog, tarjimon va boshqalar kirgan. To‘rtinchi
– raiyat tabaqasiga bo‘lsa dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar mansub bo‘lgan.9
Mamlakat aholisi ijtimoiy tabaqalanishining eng quyi bo‘g‘ini qullardan tashkil
topgan edi. Bir qulning mamlakatdagi o‘rtacha narxi 500 dirxamga teng bo‘lgan.
Davlatda jinoiy ishga qo‘l urgan har qanday aholi qullikka duchor qilingan. Aholini
erkinlikka chiqarishning murakkab shartlari mavjud edi. Qullar ma’lum shartlar
asosida mulkka ega bo‘lishlari, shartnomalar tuzishlari mumkin bo‘lgan. Shuning
bilan birga mamlakatda “qisman ozodlikka chiqish” tizimi mavjud bo‘lib, unga
asosan qul o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni ma’lum qismini olgan. Qullarning bir
qismi jamoaga tegishli edi. Qul mehnatidan asosan irrigatsiya va ziroat ishlarida
keng foydalanilgan. Vaqtlar o‘tishi bilan qishloq xo‘jaligida ulardan foydalanish
asta-sekin kamayib borgan.10
Yerga egalik munosabatlari yangidan shakllana boshladi. Tarixiy manbalarda
sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida yerga egalikning “dastkard” nomli turi ko‘p
tilgan olingan. Ushbu yerlar asosan yirik mulkdorlar qo‘lida bo‘lib, unda ko‘pincha
qullar mehnat qilardi. O‘z navbatida mamlakatning yirik yer egalarini hukmdor,
zodagonlar va ruhoniylar tashkil etgan. Qishloqning erkin aholisi qatlami qishloq
jamoa dehqonlaridan iborat bo‘lgan. Ammo qishloq jamoalari yerlarida
unumdorlikning oʻshishi bilan hukmron qatlam vakillari soliqlarni ham oshira
boshladi. Bu esa o‘z navbatida erkin dehqon jamoalarining sekin-asta majburiyat
o‘tovchi tabaqaga aylanib borishiga olib keldi.
Davlat qurilishi. Davlat tepasida Shahanshoh (podsholar podshosi) turgan.
Merosxo‘rlikning qat’iy tartibi yo‘q bo‘lsa ham, ammo davlat boshlig‘i albatta
9 Семёнов В.Ф.Ўрта асрлар тарихи. Т-1973.
10 Семёнов В.Ф.Ўрта асрлар тарихи. Т-1973.
14
sosoniylar xonodonining vakili bo‘lishi shart edi. Sosoniylar davlatida taxtni meros
qoldirish “zinapoya” tartibida bo‘lgan. Unga ko‘ra agar aka ukaga taxtni meros
qoldirsa, ukasi o‘zidan so‘ng taxtni akasi o‘g‘illariga meros qoldirgan.
Ma’muriy boshqaruv tepasida vazurg-framadar (vazir-farmondor) turib, u
qa’tiy belgilangan vazifasini bajargan. Markaziy hukumatning asosiy g‘amxo‘rlik
qiladigan sohasi armiya, moliya va sug‘orish ishlari edi. Moliyaviy muasassalar
soliqlar yig‘ish va jamoalarga tegishli ishlar bilan shug‘ullangan. Viloyatlar ularning
tepasiga qo‘yilgan mahalliy hokim va hukmdorlar tomonidan boshqarilgan, muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan hududlar fors va parfinlarga mansub bo‘lgan oliy imtiyozli
tabaqa vakillar tomonidan, ularning shaxsan Shahanshoh tomonidan uning vakili
sifatida tayinlanishi orqali idora qilinardi, eng muhim va ahamiyatli hududlarga,
masalan, O‘rta Osiyo bilan chegaradosh viloyatlarga podshoh xonadonining
vakillari hukmdor qilib tayinlangan.
Sosoniylar davrida din. Sosoniylar davriga kelib davlat dini sifatida
zardushtiylik belgilandi. Yangi sulolaning dastlabki shahanshohlari zardushtiylar
kitobi Avestoning matnini to‘plash va tahrir qilish to‘g‘risida farmon berdilar va bu
Shopur II davrida (309-379) tugallandi. Ushbu diniy matnlardan tashqari,
falakiyotga, huquq, ahloq va boshqa sohalarga oid matnlar kiritildi. Avestoning
qadimgi matni Sosoniylar davrida ko‘pchilik aholiga tushunarsiz bo‘lganligi uchun,
keyinchalik unga maxsus izohlar tuzildi. Bu izohlar “Zend” (zand) nomini olgan.
Zardushtiylikning asosida dualizm - dunyoning yaxshilik va yomonlik,
yorug‘lik va zulmatdan iborat ekanligi va ular o‘rtasidagi to‘xtovsiz kurashdan
iboratligi yotadi. Bu kurash yorug‘lik xudosi Axuramazda va zulmat xudosi
Axriman o‘rtasida bo‘lib, kurashning oxirida yaxshilik, ezgulik, yorug‘lik g‘alaba
qiladi. Inson bu kurashda Axuramazda tomonda turib ishtirok etishi kerak.
Zardushtiylarning har bir qishloq, shahar va viloyatda ibodatxonalari bunyod
etildi. Kohinlar nafaqat diniy amallarni bajarishgan balki, ular qo‘lida ta’lim berish
va sud qilish huquqi ham jamlangan edi. Shuningdek, ular meros masalasida ham
15
hal qiluvchi rol o‘ynagan. Shu boisdan ham III-V asrlarda yangi diniy ta’limotlarga
xalq orasida intilish kuchli bo‘ldi.11
Sosoniylar davrida Eron iqtisodiy jihatdan tarqqiy topgan bir mamlakat edi. U
Vizantiya , Hindiston va Markaziy Osiyo bilan qizg'in savdo olib borardi. Uning
qadimgi eron traditsiyalarini va keyingi vaqtlardagi ellinistik traditsiyalarni saqlab
kelgan eskin shaharlarida juda yaxshi sifatli buyumlar ishlab chiqaradigan turli-
tuman hunarmandchilik sanoati bor edi. Eron kimhob, ipak va yung gazlamalari
bilan, gilamchilik, qurol, metall va sopol buyumlar yasash, zargarlik buyumlari va
hokazolari bilan mashxur edi. Asosiy xalqaro tovarlar hashamatli tovarlar - Ipak yo'li
bo'ylab tarqaladigan So'g'diy savdo punktlari orqali sotiladigan xitoy hom ipagi,
shuningdek, Eronga asosan quruqlik bilan kelgan hindistonlik savdogarlarning
qimmatbaho toshlari, tutatqi, afyun, ziravorlar edi. Savdo punktlari nafaqat
Mesopotamiya shaharlarida, balki Eronning sharqida, O'rta Osiyoda va keyinchalik
Xitoy chegaralariga qadar bo'lgan Suriyalik nasroniylar (Aramiyaliklar) Parfiya va
Sasaniyada ayniqsa faol edilar. Mamlakatda quldorlik ancha keng ko'lam olgan
edi12. Qullar irrigatsiya qurilishlarida va dehqonchilikda - podsho va
zodagonlarning yer- mulklarida ishlatilar edi. Yana ko'p erkak va ayol qullar uy
xizmatkorlari qilib xaramlarda saqlanar edi. Qul savdosi savdoning eng foydali
sohalaridan biri edi. Lekin shu bilan bir vaqtda sosoniular davrida feodalizm ham
anchagina o'sib, mustahkamlanib , dehqonlar krepastnoylarga aylanib bormoqda
edi. Sosoniylar idora qilgan davrning boshlarida dehqonlarning ko'pchiligi erkin
edi.Lekin sosoniylar juda tez vaqt ichida podshoning katta mansabdorlariga va
zoroastr ruhoniylariga yer ulasha boshladi, bundan maqsad ulardan yordam olish
edi. Katta yer egalari o'z yerlarida ishlatish uchun ish kuchi sifatida qullardan
foydalanar edilar.Sosoniylar davlatiga qarashli bo'lgan Mesopatamiyada qullar
ayniqsa ko'p edi. Eroning o'zida aholining katta ko'pchilgini amoachi dehqonlar
tashkil qilar edi, bular uru'chilik tuzumidan hali tamomila ajralib ketmagan bo'lib
11 Семёнов В.Ф.Ўрта асрлар тарихи. Т-1973.
12 Лукониню В.Г Култура сасанидского Ирана М.1969
16
alohida qabila bo'lib yashar edilar. Katta yer egalari qo'shni jamoachi dehqonlarni
kundan kunga battarroq asoratga solar, ularni o'zlarining feodallarcha ekspulatatsiya
bqilish obektiga aylantirar edilar.
Eron dehqonlarining ahvoli toboro yomonlashib , mutaqo toqat qilib
bo'lmaydigan darajaga yetdi. Ular feodal yer egalariga qaram bo'lish bilan birga
davlatning tobora kuchayib borayotgan soliq zulmi ostida ham ezilayotgan edilar.
Bundan tashqari Eron qishloqlarining boshiga sudxo'rlik ham bir balo bo'ldi; soliqlar
qisman natura shaklida, qisman pul shaklida olinib, dehqonlarning bu soliqlarni
to'lash uchun pulga doim muhtoj bo'lganligi natijasida sudxo'rlik avj olgan edi.
Keyingi ikkita musibat – soliq zulmi va sudxo'rlik shaharning axoli ommasini ham
qattiq ezardi , ular ham umuman huquqsiz edi. Amaldorlar soliqlarni qishloqlardan
qanday shafqatsizlik bilan undirgan bo'lsalar , shaharliklardan ham shunday
shaqatsizlik bilan undirar edilar.13
Arosatga tushib borayotgan dehqonlar ommasi va xonavayron bo'lib
borayotgan
shahar
kambag'allari
o'z
ahvolidan
qattiq
norozi
edilar.
Bu narsa diniy niqob ostida ko’tarilgan bir qancha
xalk harakatlarida uz ifodasini topdi. Mesopotamiyadan chiqqan Moniy ismli
targ'ibotchi (chamasi 215 yillarda tug'ilgan) Eronda xalq ommasi o’rtasida III
asrning ikkinchi yarmidayoq katta shuhrat qozondi.Zaroastr ta'limotidagi dunyoda
ikki narsa: yaxshi xudo – Ormuzd hamda yomon xudo – Axriman bir-biriga qarshi
kurashadi
degan
aqidadan
foydalanib
Moniy mavjud ijtimoiy tartiblarni
yomonlik timsoli deb qoroladi.
Moniy davlat dini bo’lgan zoroastr dinini, tashqi
irim-siirmlarni va qurbonliklarni rad qildi, kohinlarning boylikka ko’milib
yashashiga qarshi chiqdi. U batamom tarkidunyo qilishga davat etdi va o’z
muhlislariga hayotning butun mashaqqatlaridan qutulishning eng yaxshi yo’li
uylanmaslik deb tavsiya qildi. Kohinlarning talabi bilan Moniy 276-yil shoh
Bahrom tomonidan qatl etildi. Bahrom uni tiriklay terisini shildirdi. Lekin Moniy
13 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973.
17
ta'limoti-
moniychilik u o’lgandan keyin ham tarqalaverdi. Bu talimot Erondan
qo'shni Vizantiyaga ham o’tdi, u yerda moniychilar keyincha pavlikianlar deb ham
ataldi. VI asrning boshlarida ijtimoiy harakat, yana diniy niqob ostida tag'in
ham ochiqroq va kengroq tus oldi. Bu harakatga Mazdak nomli sobiq bir mag
boshchilik qkildi. Moniy talimoti juda ham pessimistik harakterda edi (xatto y
er
yuzida xayotning yo’qolishini ham istar edi). Bunga qarama-qarshi ravishda
Mazdak talimoti optimistik ruhda bo’ldi, bechoralarning ahvolini yaxshilash
mumkin, deb ishonar edi. U yomonlikni yengib bo'ladi, yomonlikka qarshi
kurashish kishining bevosita vazifasidir deb ta'lim berdi. Mazdak yomonlikning
sababi toboro o'sib borayotgan ijtimoiy tengsizlik deb anglab, bu yomonlikdan
qutilishning
asosiy
yo'li
yana
jamoada
tenglikni
o'rnatishdir
deb
hisoblaydi.Boylarning mol-mulklarini tortib olib kambag'allarga bo'lib berishni
talab qiladi: u boyliklar odamlarga bo'lib berilsin, chunki ularning “odamlarning
hammasi ham – bitta qodir xudoning bandasi, hammasi ham – Odamatoning
farzandi va va hammasi ham bir hil narsaga muhtojdir», - deb ta'lim berdi.14
Mazdakka shaharlarda ham , qishloqlarda ham ko'p odam ergashdi.Dehqonlar
zodagonlarning yerlarini tortib ola boshladi hamda soliqlarni to'lash va
majburiyatlarni o'tashdan bosh torta boshladi. . Mazdakiylar 488-yildan boshlab
to VI
asr 20-yillarining oxirlarigacha Eronning hamma yerlariga o’z tasirlarini
o'tkazib keldilar. Hukumat dastlab harakatni bostirishga jurat eta olmadi.
Zodagonlar
bilan teskari bolgan shoh Kavot
(Kubod)ancha vaqtgacha bu masxabga
hatto xomiylik ham qildi. Biroq harakat juda kengayib xavfli tus olib ketgandan
keyin hukumat bu harakatga bo’lgan munosobatini o’zgartirdi. Shohning o’g'l
i
shahzoda Xisrav 529-yilda mazdakiylar ustiga jazo qo’shini tortib, bu xalq
14 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973
18
harakatini qonga botirdi. Mazdak va uning minglab tarafdorlari qatl qilindi.
Mazdakiylarning bir qismi O’rta Osiyo mamlakatlariga qochib ketdi.
Davlat boshida hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasiga mansub Shohonshoh
bo'lgan. Shohonshoh taxtini faqat Sosoniylar urug‘ining vakili egallashi kerak va
egallashi mumkin edi. Boshqacha qilib aytganda, Sosoniylar oilasi qirol deb
hisoblangan. Zodagonlar va ruhoniylar podshohlarni taxtdan olib tashlash uchun har
qanday yo'l bilan harakat qilishdi. Bunday masalalarni hal qilishda ruhoniylarga
katta rol berildi. Ularning mavqeyi va qudrati Shohning qudrati bilan raqobatlashar
edi, shuning uchun eng qudratli va g'ayratli shohlar ruhoniylarning mavqeyi va
mobedlarning kuchini zaiflashtirishga harakat qilishdi.15
II BOB. XISRAV I ANUSHERVON DAVRIDA ERON
2.1.Xisrav I ning hokimyat tepasiga kelishi va uning amalga oshirgan
islohotlari.
Mazdakiylar harakatini bostirgan Xisrav otasi o'lgandan keyin podsho
bo'ldi.Uning uzoq vaqt davom etgan podsholik davri (531-579) sosoniylar tarixida
eng muhim davr bo'ldi. Anushervon – «O'lmas» laqabini o'zi ham mazdakiylarni tor-
15 Струве В.В. История Ирана с древнейших времн до конца XVIII века Ленинградского университета 1958
19
mor keltirgani uchun undan minnatdor bo'lgan Eron hukumron sinflari o'rtasida
uning shuhrati baland bo'lganini bildiradi.
Xisravning o'zi ham mazdakiylar harakaidan birmuncha saboq oldi. U yer-soliq
sistemasidagi o'ta ketgan adolatsizliklarni yo'qotish maqsadida bu sistemani qayta
ko'rib chiqish zarurligini tushundi.Uning buyrug'i bilan hamma yerlar yangidan
ro'yxatga olindi, kadastrlat tuzildi. Bunda tuproqning sifati, sug'orilishi , qanday
ekinlar ekilishi , daraxtlar va ish kuchining miqdori aniq hisobga olindi.Moliya
amaldorlari – «mirzalar» - yerlardan olinadigan hosilni tubdan tekshirib chiqib ,har
yili soliq miqdorini hosilga qarab belgilaydigan bo'ldi. Soliq ilgarigidek qisman
natura shaklida qisman pul shaklida olinar edi.Jon solig'i olish ham tartibga solindi,
bu soliqlar yiliga bir marta qat'iy belgilangan muddatda muayyan miqdorda
olinadigan bo'ldi. Ruhoniylar, askarlar, zodagonlar jon solig'idan butunlay ozod
qilindi, lekin ular ham ma'lum miqdorda yer solig'i to'lab turadigan bo'ldilar.
Xisrav I savdoning rivojlanishiga xomiylik qildi. U, savdogar va
sudxo’rlarni davlat moliya organlariga bajoni dil xizmatga olib, ularning pul
muomalasi soxasidagi amaliy tajribasidan foydalandi.
Xisrav I zamonida kanal,
damba to’g'onlar va boshqa xil irrigatsiya inshootlari qurilishi juda avj oldi.
Ktesifonda ham
muxtasham bir saroy qurdirdi. U, xar turli olimlarga, jumladan,
xatto Yustinian tamonidan Vizantiyadan haydalgan neoplotonchi filosoflarga
ham homiylik qildi.
Xisravning buyrig'i bilan eng muxim siyosiy voqealar saroyda rasmiy
suratda yilma-yil yozilib borildi, grek, suriya va hind tillaridagi adabiy asarlar
tarjima qilindi. «Ming ertak» deb nomlangan forscha t'plam ham Xisrav zmonida
paydo bo'lgan deb faraz qilinadi. Bu to'plam keyinchalik « MIng bir kecha» nomli
mashxur arabcha ertaklar to'plamiga asos bo'ldi.16
Soliq islohoti. Xusrav I Eron tarixiga yirik islohotchi sifatida kirdi. Davlat
yerlari egalik munosabatlarini rivojlantirib, yer solig‘ini tartibga soldi. Xusravning
16 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973
20
islohotiga qadar yer solig‘i-xarag natura shaklida olingan bo‘lib, uning miqdori
hosilning 1/8 dan 1/3 qismigacha bo‘lgan. Uning buyrug‘i bilan ekin ekiladigan
hamma yerlarning xisobi olinib, yiliga 2 marta olinadigan yer solig‘i o‘rnatildi.
Moliya amaldorlari bo‘lgan mirzala, yerlardan olinadigan hosilni tubdan tekshirib
chiqib, har yili hosilga qarab soliq miqdorini belgilaydigan bo‘ldilar. Islohot
natijasida soliq yer maydoni yoki ayrim mevalar uchun esa tub soniga qarab
belgilanadigan bo‘ldi. Yer solig‘i to‘lash uchun o‘lchov birligi sifatida 1 garib (tax.
0,2-0,3 ga) olindi. Yer solig‘i shunga asosan xisoblangan. Masalan, 1 garib
maydonda bug‘doy yoki arpa ekkan odam 1 dirxam soliq to‘laydigan bo‘ldi. To‘rt
tub xurmo yoki olti tub zaytun daraxti uchun esa 7 dirxam, 1 garib uzumzor uchun
8 dirxam soliq solingan. Yer solig‘idan tashqari jon solig‘i - gezit pul bilan
almashtirildi. Kohinlar, amaldorlar, harbiylar va barcha davlat xizmatidagilar jon
solig‘idan butunlay ozod qilindi. Lekin ular ma’lum miqdorda yer solig‘i to‘lab
turadigan bo‘lishdi. Eronning 20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan aholisi yiliga
mulkiy imkoniyatiga qarab gezitni 4, 6, 8, 12 dirxamgacha to‘lashi belgilandi.
Xusrav I savdogar va sudxo‘rlarning pul muomilasi sohasidagi amaliy tajribasidan
foydalanish maqsaddida davlat moliya bo‘limiga xizmatga yolladi. U mamlakat
xazinasiga tushuvchi soliqlar miqdorini tartibga solish orqali xazinaning qudratini
saqlab qolishni amalga oshirdi.17
Harbiy islohoti. Moliyaviy ahvolini yaxshilab olgan Xusrav I mamlakatda
harbiy islohotni ham amalga oshirdi. Mamlakatda doimiy armiyaga asos soldi.
Xusrav zamonasiga qadar davlatdagi jangchilar faqat urush vaqtida yig‘ib olinardi.
U armiyani ham tubdan o‘zgartirib doimiy armiyani tuzishga erishdi. Mamlakat
armiyasi yirik 12 bo‘linmaga ajratildi. Og‘ir qurollangan qo‘shin soni ortib, ular
savaron deb nomlandi. Doimiy armiya qo‘shinlariga davlat xazinasidan oylik
mablag‘ ajratildi.
17 Струве В.В. История Ирана с древнейших времн до конца XVIII века Ленинградского университета 1958
21
Ma’muriy-hududiy islohoti. Xusrav I ning ma’muriy-hududiy islohotiga qadar
Eron ma’muriy jihatdan urug‘ zodagonlari va vassallar tomonidan boshqariladigan
hududlarga bo‘lingan. Shahonshoh mamlakatni to‘rtta qismga bo‘ldi. Har bir
qismning boshlig‘i-padospan harbiy islohot natijasida shakllangan to‘rt qismning
harbiy boshliqlari-ispexbedlarga bo‘ysundirildi. Lavozimlarga faqat shohning
ko‘rsatmasi bilan ayonlar tayinlana boshladi. Barcha sud ishlari ham shohga berildi.
Vazurg - framatar (bosh vazir) ning vakolatlarini qisqartirdi va uning bir qismini
qolgan amaldorlarga berdi. Shunday qilib, mahalliy va yuqori amaldorlarning
hokimiyatini chekladi hamda o‘zining hokimiyatini mustahkamladi.
Qurilish ishlari. Mamlakatdagi yo‘llarni tartibga solish bilan birga yangi
yo‘llar qurilishiga alohida ahamiyat berdi. Keng miqyosda amalga oshirilgan
qurilish ishlari natijasida bir qancha ko‘priklar qurib bitkazildi. Mamlakatda yangi
shaharga asos solindi. Sug‘orish tarmoqlarining soni ko‘payib bir qancha kanallari
ishga tushirildi. Xusrav I zamonasida kanal, damba to‘g‘onlar va boshqa xil
inshootlari qurilishi avj oldi. Ktesifonda muxtasham bir saroy qurdirdi.
Sosoniylar mamlakatidagi bunday osoyishtalik davlatda ilm-fan va
madaniyatning taraqqiy etishiga imkoniyat yaratib berdi. Shahonshoh fan va
san’atga homiylik qildi. Xusravni o‘zi ham yunon tilini bilgan va Platon asarlarini
o‘qib chiqqan. U turli olimlarga hatto Yustinian tomonidan Vizantiyadan haydalgan
neoplatonchi faylasuflarga ham homiylik qildi. Uning buyrug‘i bilan rasmiy
voqealar saroyda yilma-yil yozib borildi. Yunon, Suriya va hind tilidagi adabiy
asarlar tarjima qilindi. Shuning bilan bir qatorda uning hukmrnoligi davrida hind
tilida yaratilgan birqancha ilmiy asarlar paxlaviy tiliga tarjima qilindi. Eron davlati
hududiga shaxmat o‘yini kirib keldi va keng yoyildi.18
Xusrav I ning tashqi siyosati. Mamlakat ichki hayotida bir necha muhim
islohotlarni amalga oshirish bilan birga Xusrav I faol tashqi siyosat ham olib bordi.
Uning hukmronligi davrida Eron sosoniylari davlati tashqi siyosatni bir necha
18 Струве В.В История Ирана с древнейших времн до конца XVIII века Ленинградского университета 1958
22
yo‘nalishda olib bordi. Birinchi navbatda u davlat chegaralarining xavfsizligiga
ahamiyat qaratdi. Tashqi siyosatda bir necha yillar davomida Vizantiya, shuningdek
eftaliylar, Yaman davlatlariga qarshi urushlar olib bordi. Tashqi siyosatning eng
muhim nuqtasi bu Vizantiya bilan aloqalar edi. Xusrav hokimiyatni egallamasdan
avval 526-531-yillar davomida Vizantiya bilan urush yuz berdi. Faqatgina uning
hokimiyatga kelishdan keyin, 532-yilda Vizantiya bilan «Abadiy tinchlik»
to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Ammo 540-yilga kelib sosoniy hukmdor ushbu
shartnomani buzdi ya’ni Vizantiyaning qo‘shinlari g‘arbda va Shimoliy Afrikada
bosqinchilik yurishlarida ekanligidan foydalangan eronlik askarlar mamlakat
hududiga bostirib kirdi. 542-yilda sosoniylar qo‘shini Antioxiyaga bostirib kirdi.
Tez orada Xusrav I Antioxiyadan asir olinganlarni “Xisrav Antioxiyasi” atrofiga
joylashtirdi. Vizantiya bilan olib borilgan ushbu urush to‘xtab-to‘xtab 20 yildan
ortiq davom etdi. Mesopotamiya va Kavkazorti hududlari ham eronlik askarlar
tomonidan egallandi. Ushbu olib borilgan urush har ikkala davlatni ham og‘ir
ahvolga solib qo‘ydi. 561-yilga kelib ikki davlat o‘rtasida 50 yilga mo‘ljallangan
sulh imzolandi. Unga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida eski chegaralar qayta tiklandi.
Biroq 570-yilda bu shartnoma Xusrav I qo‘shinlarining Yamanni bosib olishi
natijasida buzildi. Bu holat Eron va Vizantiya o‘rtasida yana urush chiqishiga sabab
bo‘ldi. Bu galgi urush 20 yil davom etdi. Xusrav I bu urushda flotdan ham
foydalanishga xarakat qildi. Ammo Vizantiya bilan urushni nihoyasiga yetkazish
Xusrav I ga nasib etmadi.
Sosoniylarning bu davrda tashqi siyosat yo‘nalishidan yana biri eftaliylar
davlatiga qarshi qaratilgan edi. Xusrav I 560-yildan boshlab eftaliylar davlatiga
qarshi keng miqyosda harbiy xarakatlarni boshlab yubordi. Bu yurishlarda u turk
xoqonligi bilan faol diplomatik aloqalar olib bordi. Xusrav I turk xoqonligining
ko‘zga ko‘ringan shaxslaridan biri Istemining qiziga uylanish orqali qarindoshlik
rishtalarini o‘rnatdi. Turklarning yordami bilan sosoniylar o‘z davlati chegaralarini
Amudaryogacha cho‘zilishiga erishdi. Ammo Xusrav I ning hukmronlik davri doim
ham tinchlikda o‘tmadi. Uning davrida mamlakatning bir qator hududlarida
qo‘zg‘olonlar ro‘y berdi. Ana shunday qo‘zg‘olonlardan biri 572-yilda Armaniston
23
va Iberiya yerlarida ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonchilar bevosita Vizantiya imperatori
tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 576-yilda sosoniylar qo‘shini Melit ostonalarida
mag‘lubiyatga uchradi. Xusrav vafot etganidan so‘ng hokimiyat tushkinlikga yuz
tuta boshladi.19
2.2. Xisrav I hukumronligining tugashi va sosoniylar davlatining
inqirozga yuz tutishi
579-yilda Xusrav I Anushirvonning vafotidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li
Xurmuzd IV (579-590) keldi. Xurmuzd IV ning hukmronlik yillari Vizantiya bilan
to‘xtovsiz urushlar, xazar va turklarga qarshi harbiy yurishlar, amaldorlar, zardusht
kohinlari va xristian aholiga qarshi kurashlar bilan o‘tdi. Xurmuzd IV hududiy
manfaatni ko‘zlab, Vizantiya va turklar bilan urushni davom ettirdi, ammo uning
qo‘lga kiritganlari forslar foydasiga emasdi. Vizantiyaliklar Armaniston va
19 Семёнов В.Ф.Ўрта асрлар тарихи. Т-1973.