XITOY VA HINDISTON SIVILIZATSIYASI (Qadimgi Xitoy davlatchiligining taraqqiyoti, Qadimgi hind madaniyati va uning taraqqiyoti)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
45,7 KB
Ilmiybaza.uz
XITOY VA HINDISTON SIVILIZATSIYASI
Reja:
1. Qadimgi Xitoy davlatchiligining taraqqiyoti
2. Qadimgi Xitoy madaniyati
3. Hind sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari.
4. Qadimgi hind madaniyati va uning taraqqiyoti.
Ilmiybaza.uz
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Dongshon sivilizatsiyasi (miloddan avvalgi I-ming yillik). Iqtisodiy va
ijtimoiy tuzilish. Madaniyat. San’at. Vetnam davlatlari. Indoneziyaliklar va mon-
kxmerlarining davlatchiligining tashkil qilinishi. Madaniyat. San’at.
Yanshao, Lunshan, Xunshan, Shan va Chjou davri, Chunsyu (bahor va kuz)
davri, Chjango (kurashuvchi shohliklar) davri, Yuz maktabining raqobati davri,
Konfutsiy ta’limoti, dao ta’limoti, moizm ta’limoti, legizm, Sin davlati, Sin Shi
Xuandi, To’ng’ich Xan saltanati, Kichik Xan saltanati.
“Yayoy” davri. Ematay va Yamato davlatlari. “qo’rg’onlar davri” (IV-VII
asrlar). Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish. Siyosiy tuzum. Ajdodlarga sig’inish va
sintoizm. Yaponiyada Budda taъlimoti. X-XVI asrlarda Yaponiya. Samuraylik.
Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning asosiy belgilari. Yapon sivilizatsiyasining
ajralgan (yakka)lik xususiyati. Yaponiya tarixida Sharq va G’arb Yaponiya
madaniyati. Fan. Adabiyot. Sanъat.
Moxenjodaro, Xarappa, oriylar, “Veda davri”, “Budda davri”, Mauriya
davlati, Kushon va Gupta saltanatlari, “Vedalar”, induizm, Bxagavat – Gita,
buddizm.
Dongshon sivilizatsiyasi m.a. I ming yillikning boshlarida Hindixitoy
yarimorolining shimoliy-sharqiy qismidagi Qizil daryoning quyi oqimlarida
yashagan austroosiyo til oilasiga kiruvchi tilda so’zlashuvchi lakvetlar tomonidan
barpo etilgan. Dongshonliklarning ma’naviy madaniyatida ajdodlar ruhiga sig’inish
ustunlik qilgan va u asta-sekin sinfiy jamiyatning alohida dinini shakllantirgan.
SHolikor lakvet-dongoshliklarda, boshqa dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi
xalqlarda bo’lgani kabi, osmon jismlariga, hosildorlikka topinish ham mavjud
bo’lgan. Dongshonliklar dinining ko’pgina elementlari boshqa austri xalqlari
tomonidan qabul qilingan, rivojlantirilgan va to’ldirilgan.
Dongshon sivilizatsiyasining tushkunlikka yuz tutishi uning vakillari diniy
tasavvurlarining o’zgarishi bilan bog’liq edi.
Ilmiybaza.uz
Lakvetlarning xanliklar bilan aloqaga kirishishi xanliklar ma’naviy
hayotining ta’sirini olib kelmagan bo’lsa-da, bilvosita diniy ma’lumotni saqlashda
tasviriy vositadan ko’ra matn rolining oshishiga olib keldi.
Dongshon sivilizatsiyasi diniy maqsadlarga xizmat qilgan o’ziga xos realistik
san’ati bilan mashhur. Diniy marosimlar odamlar kundalik hayoti bilan bog’liq
bo’lgan va shu tufayli marosimning realistik tasvirlanishi talab etilgan. Insonlar
qat’iy belgilangan kompozitsiyalar doirasida tasvirlangan, ushbu kompozitsiyalar
diniy marosim buyumi – “dongshon nog’oralari” (kesik konuC)da aks ettirilgan.
Ushbu konuslarda tasvirlangan sahnalar deyarli bir xil: harbiy kema, kemadagi yoki
piyoda jangchilar va uchayotgan laylak (dongshonliklarda laylak
muqaddas qush sanalgan). Ta’kidlab o’tish lozimki, tasvirlar shunchaki turli real
odamlarni emas, belgilab qo’yilgan mazmunga ega sahnalarni aks ettirgan.
Dongshon san’atining ommaviy tarqalgan marosimiy turi mayda bronza
haykaltaroshlik bo’lgan. Demak dongshon san’atining muhim vazifasi marosimni
qayd etish bo’lgan. Bu jihatdan u vazifasiga ko’ra boshqa dinlardagi marosimni
tasvirlovchi matnga mos keladi.
Dongshon san’ati lakvetlarda sehrgalik, qurbonlik, muqaddas qushga topinish
kabi amaliyotlarning bo’lganligi, rivojlangan harbiy marosimlarning mavjudligini
ko’rsatadi.
Etnograflarning
keyingi
kuzatuvlariga
ko’ra
“nog’oralar”
ni
marosimlarda qo’llash xudolar tasviri va kohinlar ishtirokisiz bajariladigan
marosimlar orqali insonlarning narigi dunyo kuchlari bilan munosabatlarini yo’lga
qo’yishga xizmat qilishi lozim bo’lgan.
M.a. VI-IV asrlarda gullab-yashnagan dongshon san’ati bir qancha lokal
variantlarning yuzaga kelishiga turtki berdi. Uning Janubiy-Sharqiy Osiyoning
iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan hududlarida yashagan boshqa austri xalqlari
tomonidan tez qabul qilinishiga ikkita omil sabab bo’lgan: sinfiy jamiyatga
o’tayotgan asosiy sholikor vodiylar aholisi rivojlangan mafkura zarur edi va
ikkinchidan, bu barcha xalqlarning diniy tasavvurlarining asosi yagona bo’lgan –
ajdodlarga sig’inish.
Ilmiybaza.uz
Ilk bosqichlarda dongshon sivilizatsiyasi Indoneziyaning Malakka yarimoroli
tomonga, shuningdek Qizil daryoning yuqori oqimi bo’ylab tarqalgan. Keyinchalik
shimoli-sharqqa, lakvetlarga qardosh bo’lgan, o’z davlatiga ega bo’lgan namvetlar
erlariga tarqalgan.Dongshon san’ati ta’sirida shakllangan eng qiziqarli maktablar
sirasiga malayya-yava maktablarini, tay-austroosiyo muhitida Dien davlatini
(hozirgi Yunnani), shuningdek namvetlarni (Namvet davlati-Guansi va Guandun
hududlari) kiritish mumkin. Dienada “nog’oralar” o’zgartirilgan holda saqlanib
qolgan, ularda mahalliy obrazlar aks ettirilgan. Diena san’atida naqshlar uslubi
o’zgargan, bu yerda e’tiqod qilinadigan yo’lbars va ilon tasviri paydo bo’lgan.
Austroneziyaliklarda (malayalar, yavalilar va boshqalar) diniy sahnadagi asosiy
qism – laylak parvozi va patli dubulg’ali jangchilar saqlanib qolgan. Shu bilan birga
mahalliy muqaddas obrazlar paydo bo’lgan. Namvet maktabida insonlarning
mahalliy obrazlari yaratilmagan, yangi elementlar naqshli belgilardan iborat
bo’lgan. Namvetliklarda “yomg’ir chaqiruvchi” qurbaqalarga sig’inish rivoj topgan.
So’nggi dongshon davrida (m.a. II-I asrlar) mazkur san’at izlari o’chib borgan,
milodiy asr boshlaridan esa Qizil daryo vodiysi va undan janubdagi vodiylarda diniy
marosim buyumlarini ishlab chiqarish ham to’xtagan. Ammo bu yerda ajdodlarga
sig’inish hanuzgacha saqlanib qolgan. Bu Hindistondan buddizmning kirib kelishi
va lakvetlarning xanliklar bilan madaniy assimilatsiyalashtirishga urinish bilan
bog’liq edi. Milodiy I-II asrlarda “nog’oralar” bilan bog’liq e’tiqod Xan ma’muriyati
tomonidan ta’qib qilingan.
Milodiy I asrdan lakvetliklar orasida buddizmning tarqalishi va asosiy dinga
aylanishi dongshon diniy marosim amaliyotining yo’q bo’lib ketishiga asosiy sabab
bo’ldi. Ushbu amaliyot uzoqroq vaqtgacha chekka tog’li hududlarda va Indoneziya
orollarining bir qismida saqlanib qoldi. Vetlar e’tiqodida bronza nog’ora uzoq
vaqtgacha vet imperatorlarinning ruhlari kabi vetlar davlatini asrovchi mo’’jizaviy
kuchlar timsoli sifatida saqlanib qolgan. Markaziy va Janubi-Sharqiy Hindixitoy,
Malakka yarimorolining shimoli va G’arbiy Nusantara orollaridagi mon-kxmerlar
va austroneziyaliklar, G’arbiy Hindixitoydagi protobirmaliklar va monlar,
shuningdek zamonaviy Yunnanning bir qancha tay-austroosiyo guruhlarining
Ilmiybaza.uz
ajdodlarida ilk sinfiy davlat madaniyati va mafkurasining shakllanishi qadimgi
Sharq sivilizatsiyalari bilan aloqalarning kuchayishi sharoitida kechgan. Hindiston
hamda Shri-Lankadan hinduiylik va buddizmning kirib kelishi diniy me’morchilik
va ikonografiyaning umumqabul qilingan qoidalarining shakllanishiga olib keldi.
U Arxeologik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, Hindixitoy yarim orolining
janubidagi Bapnoma shahri kabi nisbatan taraqqiy etgan markazlarda, hind
markazining yodgorliklari kirib kelishidan avvalroq qurilishning g’isht va tosh
qo’llanilgan avtoxton an’analari mavjud bo’lib, ilk kxmer animistik e’tiqodlariga
xizmat qilgan ibodatxonalar barpo etilgan. Bu hududlarda o’ziga xos obrazlar va
mavzularga ega diniy va dunyoviy haykaltaroshlik, naqsh-bezak san’ati mavjud
bo’lgan. Milodiy II-V asrlarda Bapnom va Janubiy dengizdagi dengiz
kommunikatsiyalarining forpostlari mahalliy madaniyatning hinduiylik va buddizm
bilan keng tutashgan zona bo’lgan.Ushbu dinlar austrik xalqlarning ajdodlarga
sig’inish e’tiqodi va tabiatning iloha-ruhlari, boy diniy-mifologik an’analariga
moslashtirilgan.
Me’morchilikda
bu
podsho
hokimiyatining
vorisiyligi
muqaddaslashtirilgan, Tog’ Podshoning Shiva qiyofasidagi hinduiylashtirilgan
e’tiqodi bilan bog’liq ibodatxonalarning barpo etilishida namoyon bo’ldi.
Kxmerlarda Tog’ Podsho eysora nomi bilan ma’lum bo’lgan va ibodatxonalar shahri
Misonda Shivalingi ibodatxonalari barpo etilgan. Demak VI asrdayoq mahalliy
mahobatli ibodatxona qurilishining ilk shakllari yaratilgan va u keyinchalik o’rta asr
klassik me’morchiligiga, aynan “tog’-ibodatxona” shakliga asos bo’lgan.
Mahalliy an’analarning hinduiylik (shivaizm, vishnuizm) va buddaviylik
tasavvurlar bilan uyg’unlashuvi tufayli “tog’-ibodatxona”ning minorasimon yoki
piramidasimon -terassali konstruktsiyasi austroosiyo (monlar, kxmerlar va
boshqalar) va austroneziya xalqlari me’morchiligining barqaror modeliga aylandi.
Buddizmning tarqalishi bilan bog’liq bo’lgan yana bir muhim me’morchilik
yodgorligi qo’ng’iroqsimon yoki dubulg’asimon stupalar bo’lib, ular “tog’-
ibodatxona” bilan bir qatorda qadimgi va o’rta asr Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari
Ilmiybaza.uz
diniy me’morchiligining asosiy tuzilmasini tashkil etdi. Dastlab stupalar Quyi Birma
va Tailand monlarida va O’rta Iravaddagi pyularning ilk Birma podsholigida keng
tarqaldi.
Hindixitoy yarimoroli va Nusantara orollarida ma’lum bo’lgan diniy
ikonografiyada dastlab Budda tasvirlari milodiy II- III asrlardagi Amavarati maktabi
va uning Shri-Lanka mahalliy variantlari ta’sirida yaratilgan. Dong – Ziong
(Vetnam), Pong-Tuk (Tailand), Sungey Budjang (Malakka yarimoroli) dagi
haykallarni esa Gupta davri hind obrazlarining mahalliy an’analar bilan
uyg’unlashgan budda ikonografiyasi namunalari sifatida baholash mumkin. V-VI
asrlardagi
so’nggi
Bapnom
budda
ikonografisida
qadimgi
kxmer
mahobatli
haykaltaroshligining ilk namunalaridan bo’lgan yirik yog’och haykaltaroshlik
ajralib turadi. Mahalliy toshga va yog’ochga ishlov berish va bronza quyish san’ati
chuqur ildizlarga ega bo’lganligi sababli antrpomorf tosh va metall budda
haykaltaroshligi tez rivoj topdi. VIII asrning birinchi yarmida yuzaga kelgan Pnom
Da uslubidagi Budda, Vishnu va boshqa hinduiylik xudolarining tasvirlarida
mahalliy va antik an’analar uyg’unligi ko’zga tashlanadi.
Qadimgi dunyo va o’rta asrlar chegarasida Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlarining
klassik san’ati xarakterini belgilab bergan alohida siyosiy mafkuraviy omillarni
sanab o’tish lozim. Birinchidan, yirik davlat birlashmalarining mavjudligi - Chenla
(Kambudja), Tyao-Pray havzasidagi monlarning Dvaravat davlati, Iravad
vodiysidagi Tarekkitar (Shrikshetra) ilk Birma podsholigi, hozirgi Janubi-G’arbiy
Xitoydagi Dal (Nanchjao), Tyampa austroneziya davlati, Shrividjay (markazi
Sumatra orolida) va Yava orolidagi Mataram. Navbatdagi omil hinduiylik va
buddizm qobig’ida hukmdor-xudo rasmiy e’tiqodining, ajdodlarga sig’inish
e’tiqodining turli an’anaviy shakllarining yanada rivojlanishidir. ”Keng yo’l”
(maxayana) buddizmining va ayniqsa vajrayana buddizmi afsonaviy mafkurasining
tarqalishi yana bir muhim omil bo’lgan.
Badiiy madaniyatning muhim yutuqlari bu omillar bilan bog’liq bo’lgan va
ilk o’rta asrlar klassik me’yorlariga asos bo’lgan. 1. “Tog’-Ibodatxona”
Ilmiybaza.uz
me’morchilik obrazi kxmerlarlarning prasat, tyamlarning kalan, yavaliklarning
chandi, malayyaliklarning biaro modellariga asos bo’lgan. Bu me’morchilik
shakllarining barchasi zinapoyasimon piramida “tog’” ning yuqorisida barpo etilgan
minorasimon, terassa-minorali ibodatxonalardir. Me’morchilikning ahamiyatga ega
mahalliy yo’nalishlarining barchasida ibodatxona qurilishiga o’z an’analariga mos
holda o’zgarishlar kiritilgan.
2. Haykaltaroshlikning etakchi yo’nalishlari yuqorida qayd etilgan
me’morchilik, ya’ni ibodatxona majmualari bilan bog’liq bo’lgan. Kxmerlarning
Sambor Prey Kuk va Prasat Andetdagi hinduiylashtirilgan xudolari va ayniqsa
mashhur
Xarixara
(ShivaVishnu)
haykallarida
hukmdor
hokimiyatining
muqaddasligi va uning o’limidan so’ng ilohiylashtirilishi bilan bog’liq g’oyalar aks
etgan. 3. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar chegaralarida mahobatli san’atning budda
aqidalari doirasidagi mahalliy me’yorlari ishlab chiqilgan. Masalan, Markaziy
Yavadagi Borobudur ibodatxoan majmuasida (VIII asr oxiri - IX asr boshi)
muqaddas Tog’, stupa va piramida obrazlari birlashtirilgan. 4. Vetnam madaniy
arealida “shimoliy mustaqillik” davrida (m.a. I asr – milodiy IX asrlar) xitoy
sivilizatsiyasining ta’siri Dongshon sivilizatsiyasi vakillari-lakvetlar an’analari bilan
to’qnash keldi. Dxyana buddizmining qabul qilinishi va adaptatsiya qilinishi o’ziga
xos qirralarga ega alohida me’morchilik, haykaltaroshlik va naqsh san’ati
yodgorliklarining paydo bo’lishi bilan birga borgan (Dayla va Lyuilaudagi budda va
fuqarolik insho otlari, Tenzudagi stupalar modellari, turli dafn buyumlari).
Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo sivilizatsiyalarining badiiy merosi hozirda
ushbu hududda istiqomat qiladigan etnoslar an’anaviy madaniyatining ajralmas
qismini tashkil etuvchi madaniy qadriyatlarni etkazishda katta rol o’ynadi.
Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi tarixi m.a. Xuanxe vodiysida protoshaharlar
paydo bo’lgan III-II ming yilliklarga borib taqaladi. Uning yakuni esa Xan
imperiyasining qulashi bilan belgilanadi. Xitoyning tabiiy sharoiti ma’lum ma’noda
qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining o’ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. M.a. I
ming yillikning ikkinchi yarmiga qadar Xitoyning boshqa sivilizatsiyalardan uzilgan
holda rivojlanganligi ham bu o’rinda muhim rol o’ynadi.
Ilmiybaza.uz
Xuanxe daryosi havzasida mahalliy paleolit va mezolit madaniyatlari asosida
m.a. V ming yillikda Xunshan, naqshinkor sopolli Yanshao neolit madaniyatlari
shakllandi. III ming yillikda u qora sopolli Lunshan madaniyati bilan o’rin almashdi.
M.a. II ming yillikda Xitoyda shahar-davlatlar tipiga kiruvchi ilk sinfiy tuzilmalar
paydo bo’ldi. Ilk shahar madaniyatlari Xenani, Shansi, Shensi, Shandun va boshqa
hududlarda topilgan. Ularning orasida Xenandagi Anyan shahri rayonida topilgan
“Buyuk shahar Shan” ajralib turgan. Shan (In) shahar davlati anchagina yirik
birlashmaning boshida turgan. Shan hukmdori van deb atalgan. Ular harbiy
vakolatlarga va oliy kohinlik funksiyalariga ega bo’lgan. Shanliklar doimiy urushlar
olib borgan, harbiy asirlar ommaviy ravishda ilohiylashtirilgan ajdodlar va ruhlarga
qurbonlik qilingan.
M.a. II-I ming yilliklar chegaralarida Shanga g’arbdan, Vey daryosi
havzasidan kelgan chjou qabilalari tomonidan bosib olingan. Istilo oqibatida
chjouliklar katta, ammo mustahkam bo’lmagan davlat birlashmasi tuzganlar.
U an’anaviy ravishda G’arbiy Chjou deb ataladi. Uning tepasida Chjou
podsho urug’idan bo’lgan va shanliklardan “van” unvonini qabul qilgan merosiy
hukmdorlar turgan. Bu davrda podsholikning kelib chiqishi ilohiylashtirilgan. Van
Osmon O’g’li (Tyan-szi) va uning yerdagi de sehrli kuchiga ega “Yagona” timsoli
deb e’lon qilingan. Van hokimiyatni Osmondan olgan va u Tyansya – Osmon
ostining hukmdori deb hisoblangan. G’arbiy Chjou davlati despotik shaklga ega
bo’lmagan, vanlar hokimiyati uning huzuridagi amaldorlar kengashi bilan
cheklangan.
M.a IX asrdan G’arbiy Chjouda davlati ichki siyosiy inqirozlar davri
boshlandi. Chjou zodagonlari – chjuxou separatizmining o’sishi bilan vanlarning
harbiy qudrati susaygan. M.a. VIII asr boshlarida shimoli-g’arbdan kirib kelgan
ko’chmanchilar hujumining kuchayishi sharoitida G’arbiy Chjou tashqi xavfga
qarshi tura olmagan. Chjouliklarning Vey daryosi havzasidagi erlari syuanjunlar
tomonidan bosib olingach, m.a. 770 yilda Chjou poytaxti sharqqa (hozirgi Loyan
hududi) ko’chirilgan. Endi manbalarda Sharqiy Chjou deb atala boshlagan
davlatning hududi keskin qisqargan. Xitoyda bir qancha mustaqil podsholiklar
Ilmiybaza.uz
paydo bo’ldi. Ular orasida Xuanxening o’rta oqimi va Buyuk Xitoy tekisligidagi
madaniy an’analarining yagonaligi bilan mashhur bo’lgan podsholiklar ajralib
turgan. Bu podsholiklar mamlakatning an’anaviy birligini ramzi sifatida Chjou
vanining Osmon O’g’li sifatidagi oliy hokimiyatini rasman tan olardilar.
Bu podsholiklar hududida xuasya madaniy-genetik mushtarakligining
shakllanish jarayoni borar edi, natijada m.a. Iming yillik o’rtalarida o’rta
podsholiklarning (chjungo) barqaror etnomadaniy-siyosiy majmui tashkil topdi.
Chjungojen (o’rta podsholik odamlari) larning madaniy ustunligi g’oyasi qadimgi
xitoyliklar o’z-o’zini anglashining muhim komponentiga aylandi. Chjou an’anasiga
ko’ra Xitoyda mahalliy etnik asosda tashkil topgan va o’rta podsholiklardan til va
madaniyat jihatidan farq qiladigan, ammo hudud va taraqqiyot jihatidan kam
bo’lmagan boshqa davlatlar “varvarlar” sifatida talqin qilingan. Chunsyu (Bahorlar
va kuzlar) davrida o’z hukmini butun Osmon ostiga o’tkazgan “Besh gegemon”
orasida to’rttasi “varvar” podsholiklardan edi. M.a. V-III asrlarda, Chjango
(kurashayotgan podsholiklar) davrida eng kuchli etti podsholiklar uchtasi xuasya
podsholiklari emas edi: Yan, Chu va Sin.
O’rta podsholiklar qo’shni xalqlar bilan doimiy aloqada bo’lgan, bunda
assimilyasiya va o’zaro ta’sirning murakkab jarayoni ham borgan.
Chunsyu davridagi podsholiklarda etakchi mavqe merosiy aslzodalarga
tegishli edi. Yirik podsholiklarda asta-sekin markaziy siyosiy-ma’muriy tizim joriy
etila boshlandi. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuch erkin dehqon-jamoachilar edi.
Jamoalar orasida mulkiy tengsizlik jarayoni kuchaydi. Qarz uchun qullik paydo
bo’ldi.
M.a. I ming yillik o’rtalarida Xitoyning siyosiy xaritasi Chunsyuning
boshlanish davriga ko’ra o’zgarib ketdi. 200 ga yaqin davlat birlashmalaridan 30 dan
ozi qoldi. Bu davr ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, temir eritishning
o’zlashtirilishi, hunarmandchilik va dehqonchilikning, sug’orish tizimlari barpo
etishning rivojlanish davri edi. Sin podsholigi tomonidan IV asr oxiri- III asr
boshlarida yirik suv xo’jalik tadbirlarining o’tkazilishi bilan sug’orma dehqonchilik
uning ravnaqi garoviga aylandi.
Ilmiybaza.uz
Chjango davrida qariyb yarim million aholiga savdo-hunarmandchilik
shaharlari paydo bo’ldi. Erga jamoa mulkchiligi tizimi tugadi. M.a.. 1000 yillik
o’rtalaridan erni sotish va olish huquqi bilan erga xususiy mulkchilik paydo bo’ldi.
Davlat er egalaridan er solig’ini olishni joriy qildi, boy hunarmand-savdogarlar
tabaqasi shakllandi.
M.a. IV asrda ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarni barqaror holatga keltirish
uchun ko’pgina podsholiklarda islohotlar o’tkaziladi. Ana shunday islohotlardan biri
m.a. 350 yilda Sin podsholigida oliy amaldor Shan Yan tomonidan o’tkaziladi.
Mamlakat uezdlarga bo’linadi, er sotib olishga ruxsat beriladi, o’lchov birliklari
unifikatsiya qilinadi, urug’ zodagonlarning ayrim imtiyozlari bekor qilinadi. Ushbu
islohotlardan so’ng Sin qudratli davlatga aylandi. Ichki ziddiyatlardan foydalangan
Sin vanlari butun Xitoyni birlashtirdilar. M.a. 221 yilda Sin so’nggi mustaqil
podsholik- Shandun orolidagi Si podsholigini bosib oldi. Sin vani In Chjen yangi
“xuandi” - imperator unvonini oldi va tarixga Sin Shixuandi – “Sinning birinchi
imperatori” sifatida kirdi. Sin poytaxti Syayan imperiya poytaxtiga aylandi.
Sin Shixuandi shimoliy chegaralarning xavfsizligini ta’minlash uchun misli
ko’rilmagan qurilish: minglab kilometr uzunlikdagi Buyuk Xitoy devorni bunyod
qilishga kirishdi. Janubiy Koreya va Shimoliy Vetnamga borsqinchilik yurishlari
uyushtirildi. Sin Shixuandi yakka hukmdor boshchiligidagi harbiy-ma’muriy
imperiyani barpo etdi. Sinliklar unda imtiyozli o’rin egalladi. Qonun bilan teng
huquqli erkin fuqarolar uchun yagona bo’lgan “qora boshlar” nomi joriy etildi.
M.a. 210 yilda Sin Shixuandi vafotidan so’ng boshlangan xalq qo’zg’oloni
Sin sulolasini agdarib tashladi. Qo’zg’olon boshliqlaridan biri mayda amaldor Lyu
Ban m.a 202 yilda «Xan imperatori» unvonini qabul qilib, Xan imperiyasiga asos
soladi. Bu sulola Xitoyda eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Xan
imperiyasi tarixi ikki davrga bo’linadi: To’ng’ich Xan (m.a.202 yildan – milodiy 8
yilgacha) va Kichik Xan (milodiy 25-220 yillar) imperiyasi.
Imperator U-Di (m.a. 140-87 yy) boshqaruvi yillari Xan imperiyasining eng
gullab - yashanagan davri edi. U-Di markazlashtirish siyosatini olib boradi.
Konfutsiylik davlatning yagona mafkurasi sifatida qabul qilingan. U-Di faol
Ilmiybaza.uz
istilochilik siyosatini olib boradi. Xitoy Hindistonga boradigan yo’lda Yuanyan va
Sichuanni, m.a. 108 yilda Koreya yarim orolidagi Choson davlatini bosib oladi.
U-Di shimolda ko’chmanchi xunnlar hududini bosib olishga harakat qiladi.
Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy O’rta Osiyo bilan birinchi aloqalarni o’rnatadi.
U-di m.a 139 yilda o’z elchisi Chjan Syanni O’rta Osiyo («G’arbiy o’lka»)ga
yuborgan, elchi o’n yildan keyin Xitoyga qaytib keladi. Xitoyliklar Farg’ona
(Dovon), Baqtriya (Dasya) va Parfiya (Ansi) to’g’risida bilimga ega bo’ladilar va bu
mamlakatlar bilan aloqa o’rnatadilar. Ana shu vaqtda Xitoy O’rta Osiyodan uzum,
loviya, beda, anor va yong’oq daraxti, musiqa asboblari, idish-tovoqlarni o’zlashtirib
oladi. Keyinchalik Xitoy O’rta Osiyodan budda dinini qabul qiladi.
Imperator U–Dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixida «oltin davr»
deb hisoblandi. Xan davrida qullarning soni oshdi. Xususiy, davlat qullari, qarz
uchun qul qilingan qullar mavjud edi. M.a. II-I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli
yana og’irlashadi, er va boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oladi. Milodiy asr
boshlarida yillarida yirik amaldor Van Man (9-23 yy) imperator hokimiyatiga ega
bo’lib, yer egaligi va quldorlik munosabatlarida islohot o’tkazadi. Bu vaqtda
dehqonlarning ersizlanishi kuchayib, katta-katta er maydonlari alohida qullarda
to’planib qolgan edi. Van Man barcha erlarni imperator mulki deb e’lon qilib, yerni
sotishni ta’qiqlaydi. Qul savdosi ham ta’qiqlanadi, ammo bu islohotlar amalga
oshmaydi. Mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy hayoti tobora tushkunlikka yuz tuta
boradi. 18 yilda boshlangan “Qizil qoshlilar” qo’zg’aloni tufayli Van Man halok
bo’ldi.
Kichik Xan imperiyasi davridagi taraqqiyot zamirida chuqur ziddiyatlar
yashirin edi. Imperiyadagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz sharoitida 184 yilda
Qadimgi Xitoy tarixidagi eng yirik qo’zg’olon – “Sariq ro’molliklar” qo’zg’oloni
boshlanib ketdi. Qo’zg’olon bostirildi, ammo ichki ziddiyatlar tufayli zaiflashgan
Xitoy 220 yilda uch mustaqil davlat Vey, Shu va U ga bo’linib ketadi.
Qadimgi Xitoy mifologiyasi to’g’risidagi manbalar asosan m.a. XI asrga oid.
Bu afsonalar mazmuniga ko’ra kosmogonik miflar ichida ilk, tartibsiz holatdan
tabiat va insonning paydo bo’lishi to’g’risidagi asosiy konepsiya, bo’linish va
Ilmiybaza.uz
aylanish berilgan. Ulardan birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk
unsur (erkak)ning boshlanishi YAn va qorong’ulik (ayol) ning boshlanishi - In
paydo bo’lgan. Ikkinchi konsepsiya barcha mavjudotlarning paydo bo’lishi bu
transformatsiya natijasidir deb tushuntiradi.
Tabiat kuchlari va ulardan odamlarni qutqargan qahramonlar to’g’risida
afsonalar ko’pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va qurg’oqchilik hodisalari
afsonalarda ko’p tilga olinadi.
Qadimgi xitoyliklar u dunyo to’g’risidagi tushunchalarida yerda mavjud
bo’lgan tartib-qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimiyat vanga tegishli, osmonda
hamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysunadi1. Di qudratli, u odamlarga marhamat
qiladi yoki ularni baxtsizlik bilan jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg’a qiladi,
qurg’oqchilik yuboradi, yomg’ir va shamol Diga bog’liq. Dining yaqinlarini
Vanning vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining
topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning yerdam berish to’g’risidagi iltimosini Diga
etkazadi. Vanning oliy kohin sifatidagi vazifasi odamlar va xudolar dunyosi
o’rtasida vositachi bo’lgan o’z ajdodlari bilan muloqotni amalga oshirishdir.
II-III asrlarda Xitoyga budda dini kirib keldi. Afsonalarga ko’ra, birinchi
budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kelingan: bunga xotira
sifatida Loyan shahri yonida budda «Oq ot ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha
saqlanib qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima qilish va budda dinini tarqalishi IV-VI
asrlarga tegishlidir.
Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari m.a. XIV-XI asrlarga oid fol
ko’rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko’pchilik qismi buyumlar tasviridir. In
belgilari buyumlar tasviri yoki murakkab tushunchalarni ifodalaydigan ko’pgina
tasvirlar qo’shilmasi - ideogramma ko’rinishidadir.
In belgilarining hozirgi Xitoy ierogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor.
Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan,
ikkinchidan bir belgilini yozilishida ko’p xilma-xillik mavjud. Uchinchidan belgini
1 “Mifologiya drevnego mira”. M., 1977.
Ilmiybaza.uz
qatorning nisbiy yo’nalishiga tomon harakati hali barqaror bo’lmagan. In
yozuvining m.a. I ming yillikda Chjoular tomonidan o’zlashtirilishi, uning
taraqqiyotini uzib qo’ymadi. M.a. II-I ming yilliklarda ierogliflarning mahalliy
variantlari unifikatsiya qilindi, belgilarni yozishning yangi husnixati paydo bo’ldi.
Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog’och yoki bambuk taxtachalariga
yozilgan. Tushli mo’yqalam bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va
yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan. M.a. I ming yillikning o’rtalarida ipak
matoga ham yozilgan. YAngi era boshida qog’oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va
qog’oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.
Chjango davri an’anaviy ravishda Xitoy ma’naviy madaniyati tarixida klassik
davr hisoblanadi. Manbalarda ta’kidlanganidek “Yuz maktab raqobati” davri
bo’lgan bu davrda qadimgi Xitoyning asosiy ta’limotlari: konfutsiylik, legizm,
daosizm vujudga keldi. Konfutsiy (Kun-size m.a. 551-479-yillar) ta’limoti bo’yicha
inson tabiatan ezgulik xislatiga ega va o’z burchini sidqidildan o’tashga tayyor.
Konfutsiy barcha ijtimoiy munosabatlar uchun oilani namuna hisoblaydi. Oilada
kattalar kichiklarga g’amxo’rlik qiladilar va ularni tarbiyalaydilar, kichiklar ularni
hurmat qiladilar va ularga bo’ysunadilar. Davlatga xalq farzandlar o’rnida, hukmdor
ota o’rnida bo’ladi, hukmdor o’z shaxsiy manfaati emas xalq farovonligi to’g’risida
g’amxo’rlik qilishi lozim.
Eng qadimgi Xitoy she’riyati namunalari m.a. XI-VI asrlarda jez ko’zalardagi
yozuvlarda etib kelgan. “Qo’shiqlar kitobi” qadimgi Xitoy adabiyotining haqiqiy
xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo’limga bo’lingan («Podsholik ahloqi», «Kichik
odalar», «Buyuk odalar», «Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan iborat.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san’at janrlari Xitoyda yuqori darajada
shakllangan. Xitoy me’morchilik san’atida yog’och asosiy xom-ashyo edi. Xan
davrining noyob me’morchilik yodgorligi imperiya poytaxti Chanyan shahri 12
darvozali devor bilan o’rab olingan. Ma’muriy binolar sariq rangda, imperator
saroylari qizil rangda bo’yalgan. Xan davrida portret san’ati yuksak darajada
bo’lgan, saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.
Ilmiybaza.uz
Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar, ayniqsa, matematika rivojlangan. M.a. II
asrda to’qqiz kitobdan iborat «Matematika» traktati tuzildi. Matematika bilan
yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. M.a. 104-yilda bir yil 365 kunga
tengligi hisoblab chiqildi va kalendar ishlab chiqildi. Qadimgi Xitoyda tibbiyot
sohasida katta yutuqlarga erishildi. M.a. III asrda Xitoy vrachlari igna bilan
davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar, 280
davolash usulini qo’llaganlar.
Janubiy Osiyoda eng qadimgi bo’lgan hind sivilizatsiyasi m.a. III ming
yilliklardayoq, ibtidoiy-jamoa tuzumining emirilishi va sinfiy jamiyatning yuzaga
kelishi davrida asosan Hindistonning shimoliy qismida, Hind daryosi vodiysida
(hozir asosan Pokiston hududida, taxminan m.a. XXII-XVI asrlar) shakllana
boshlagan.
Qadimgi Hind sivilizatsiyasi tarixini quyidagi bosqichlarga bo’lib o’rganish
mumkin:
1. Eng qadimgi Hind sivilizatsiyasi. Bu davr taxminan m.a. XXIII-XVIII asrlar bilan
belgilanadi. (Ilk shaharlarning paydo bo’lishi).
2. «Veda» davri. M.a. XIII-VII asrlar. Shimoliy Hindistonda ilk davlatlarning
yuzaga kelishi.
3. «Budda davri». M.a. VI-III asrlar. Bu davr buddaviylik dinining paydo bo’lishi
va tarqalishi, umumhind davlatining tashkil topishi bilan xarakterlanadi.
4. «Klassik davr». M.a. II asrdan eramizning V asrigacha. Janubiy Osiyo
mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyatini gullab-yashnagan davri2.
Hind daryosining g’arbida m.a. VII-VI ming vujudga kelgan Moxenjodaro va
Xarappa madaniyati m.a. 2 ming yillikning o’rtalarida, Hind vodiysiga g’arbdan
rivojlanishda pastki pog’onada turgan oriylar qabilalarining bostirib kirishi
natijasida halok bo’ldi.
Ikkinchi davr bizga asosan Hindistonning qadimgi adabiy yodgorligi –
“Veda” lar (m.a. 2 ming yillik) orqali ma’lum. «Veda davri» (m.a. XIII-VII asrlar)
2 Jahon tarixi (Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi) / o‟quv qo‟llanma / T.: “NAVROZ”, 2018