XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
24,8 KB
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar
rivoji
Reja:
1.
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik
masalalari.
2.
Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi.
3.
Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari.
4.
Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari.
5.
“Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni.
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.
From his youth he began to write poems which became very popular with the
people. One of his works we enjoy today, in the collection of poems called "Early
Divan". In 1483, A. Navoiy began composing his "Hamsa" (collection of 5 books).
Within 2 years he completed this titanic work, which included a philosophical -
didactic treatise "Confusion of the just"; the love poems "Farkhad and Shirin" and
"Leyla and Medjnun"; "Seven Wanderers" glorifying kindness, justice, devotion and
humanism; and a philosophical treatise on the meaning of life "The Wall of
Iskander"1.
Alisher Navoiy yoshligidan she'rlar yoza boshladi va xalq orasida juda mashhur
bo'ldi. mutafakkirtomonidan yaratilib, "Ilk devon" deb nomlangan she'riy to'plamdan
bugungi kunda juda kо‘plab insonlar bahramand bо‘lmoqdalar. 1483-yili A. Navoiy
o'zining buyuk asari "Xamsa" (5 kitobdan tashkil topgan to'plam)ga qо‘l urdi. Shoir
1 http://orexca.com/p_navoiy.shtml
2 yil mobaynida bu ulkan falsafiy asarni yakuniga yetkazdi. Tо‘plam о‘z ichiga
didaktik asarbо‘lgan "Mahbubul qulub"; sevgi she'rlarini о‘z ichiga olgan "Farhod
va Shirin" va "Layli va Majnun";mehr-oqibat, adolat, sadoqat va ezgulikni tarannum
etuvchi "Sabbai Sayyor"; va hayot ma'nosini ifodalovchi "Saddiy Iskandariy "
mavzuilaridagi falsafiy risolakо‘rinishiga ega bо‘ldi.
Navoiy ijodining asosini inson va uning ma’naviy dunyosi, muhabbat va
go’zallik tushunchalari haqidagi chuqur uy-xayollar, hayot mazmuni haqidagi fikrlar
tashkil etadi. Shoir nazarida muxabbat – bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga
berilishdan forig’ etuvchi ulug’-vor axloqiy kuch. U o’zida olijanoblik va
mardonavor ruhni, vafodorlik-ni, insondagi barcha imkoniyatlar va ma’naviy
kuchlarning faol namoyon bo’lishi yo’llarini aks ettiradi. Inson ruhining go’zallikka
intilishi va bu go’zallik uchun axloqiy jasorat ko’rsatishga tayyorlik Navoiyda
shoirning ijodiy tasavvurida yaratilgan yuksak ulug’vorlik ko’rinishida tasvirlanadi.
Alisher Navoiyning yozishicha, faqat inson Allohning ilmu hikmatiga oshno
qilingan (“Qilding ani orifi ul ma’rifat”), faqat odamga ma’rifat ganji ishonib
topshirilgan. Navoiy Qur’on oyatlariga ishora etib, inson ulug’ligini bunday ta’rif
etadi:
“Karramno” – keldi manoqib anga
“Ahsani taqvim” – munosib anga.
Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi kirdikoriga qarab baho
bergan. Inson jamiyatga naf keltirishi, foydali ishlari bilan qadrli. Boshqalarga ziyon
etkazadigan, jamiyat tengligi va osoyishtaligini buzadigan, siyrati suratiga to’g’ri
kelmaydigan kimsalar chin inson emas. U jamiyatning har bir a’zosidan – shohmi,
gadomi – inson nomiga munosib bo’lishlikni talab etadi. Navoiyning fikricha,
yaxshilikning, odamiylikning mezoni – bu xalq g’am tashvishi bilan yashashdir:
Odamiy ersang, demagil odamiy
Oniki, yo’q xalq g’amidin g’ami.
Alisher Navoiy “qanoat” to’g’risida. Qanoat buloqdur-suvi olgan bilan
kurimaydi; xazinadir – naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir – urug’i izzat
va shavkat mevasi beradi; daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi etkazadi.
Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod bo’ladi...
Qanoat qo’rg’ondir, u erga kirsang nafs yomonligidan qutularsan, tog’likdir – u
yerga chiqsang dushman va do’stga qaramlikdan xalos bo’larsan; tubanlashishdir –
natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir – foydasi ehtiyotsizlik urug’ining mevasi
farovonlik...
Alisher Navoiy “sabr” to’g’risida. Sabr achchiqdir – ammo foyda beruvchi,
qattiqdir – ammo zararni daf etuvchi... Sabr shodliklar kalitidir va bandlar
ochqichidir.
U o’rtoqdir – suhbat zerikarli, ammo maqsadga olib boruvchi; ulfatdir – umidi
uzun, ammo oxiri estakka eltuvchi.
Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga eltuvchi; tuyadir – qadami og’ir, lekin
bekatga tushirguvchi.
Achchiq so’zli nasixatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda maqsad xosil
bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so’ngida
sog’lik yuz beradi.
Alisher Navoiy “muruvvvat va saxovat ” to’g’risida. Saxovat insoniyat
bog’ining borvar shajaridur (boqiy ildizidir), balki ul shajarning mufid samaridur
(hosilasidur). Odamiylik kishvarining bahri mavjvari (odamiylik dengizining
mavjlari), balki ul mavj bahrining samin gavhari... Ma’dumlikda (insoniy fazilat
sifatida) muruvvat karamning urug’ qayoshidur (qarindoshidir), balki tav’amon
(umuman) qarindoshidur... Sohibi muruvvat (muruvvatli kishi) sharif xalqidin
ayrilmaydurkim, u qayda bo’lsa Tengri panohida bo’lsin – izzat va sharaf
oromgohida.
Muruvvat – barcha bermakdur, emak yo’q, // Futuvvat – barcha qilmoqdur,
demak yo’q. SHoir nazdida muruvvat odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik,
saxovat, himmatdir, o’zida bor narsalarni muhtojlarga berish, emay edirish, kiymay
kiydirishdir. Futuvvat esa barchaga yaxshilik ko’rsatish, ammo evaziga hech narsa
talab va ta’ma qilmaslikdir
Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. O’rta asrning
buyuk adibi Alisher Navoiyning turkiyzabon xalqlar, xususan o’zbek xalqining
ma’naviy ravnaqi yo’lidagi mamlakat obodonchiligi, el-yurtning farovonligi
yo’lidagi faoliyati beqiyosdir. Mirzo Muhammad Haydarning yozishicha,
Navoiyning har yilgi daromadi o’n sakkiz ming “shohruhiy” dinorga teng bo’lgan.
Bu mablag’ning deyarli hammasini u xayrli ishlarga, shu jumladan jamoat
qurilishlariga sarf etgan. U birgina Hirot shahri yaqinida Injil anhori bo’yida bir
qancha binolar: “Ixlosiya” madrasasi, uning qarshisida “Xolisiya” xonaqohi,
“Qudsiya” jome’ masjidi, “Shifoiya” davolash uyi, “Safoiya” hammomi, va ular
qoshiga toshhovuz qurdiradi. Binokorlik ishlari Hirotning qator mohir me’mor,
muhandis, banno va naqqoshlari tomonidan bajariladi. “Ixlosiya” madrasasi va
“Xolisiya” xonaqohida bir necha ming kishi istiqomat qilib, fan, adabiyot va san’at
bilan mashg’ul bo’lgan. O’sha davr tarixchisi Xondamirning yozishicha “Xolisiya”
xonaqohida har kuni zaifa saqlab qolish, fursat boy berilgan davrlarda esa istiqlol
uchun xalqimiz birdamlik bilan oyoqqa turdi, “yo hayot, yo mamot” shiori ostida
qahramonona kurashdi.
Navoiyning oqituvchi (mudarris) to’grisidagi fikrlari. Mudarris kerakki,
g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars
berishga havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-so’z va g’avg’o yurgizmasa,
nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni
boshi unga o’rin bo’lmasa. ... Yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa,
nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol
qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida
va odat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir”.
“Uning ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir
kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to’da bolaga ilm va
adab o’rgatadi, ko’rkim bunga nima etsin.
Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati ozlar bo’ladi, unday kishiga
yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. Har qanday bo’lsa ham, yosh bolalarga
uning haqqi ko’pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga)
qulluq qilsa arziydi.
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari. Jomiy uchta lirik devon,
etti dostondon iborat “Haft avrang” (“Etti taxt”), ta’lim-tarbiyaga oid “Bahoriston”
asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida munosib o’ringa ega bo’ldi.
Jomiyning ‘Lujjat ul-asror” (“Sirlar dengizi”, 1475), “Ashiat ul-lamoat”
(“Yiltillagan nur”, 1476) diniy-falsafiy qasidasi Ibn Sinoga bag’ishlangan.
Dostonlarida xalq ommasining eng yaxshi orzu-umidlarini kuylagan. 7 dostondan
iborat “Haft avrang” (“Etti taxt” yoki “Katta ayiq”, 1480—87)dagi “Silsilat uz-
zahab” (“Oltin zanjir”, 1472), “Tuhfat ul-ahror” (“Nuroniylar tuhfasi”, 1481—82),
“Sibhat ul-abror” (“Taqvodorlar tasbehi”, 1482— 83) dostonlarida yuksak xulq-
atvor mezonlarini targ’ib qilgan, kishilarni ma’rifatga, yurtparvarlikka, to’g’rilik,
insof va iymonga chaqirgan.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Sa’diyning Guliston
asari uslubida yozilgan “Bahoriston” asari va “Xaft avrang”ga kirgan “Tuhfatul
axror” hamda “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) va boshqa dostonlarida
ifodalangan.
Bu dostonlarda va “Bahoriston”da Jomiy hakiqiy kamolotga erishgan inson
haqidagi qarashlarini bayon etadi.
Jomiy o’zining mashhur “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) dostonida esa
“Sevimli aziz farzandga nasihat” bobida, avvalo har bir yosh bilim olishi zarurligi,
chunki inson umri juda qisqa bo’lib, bu ulfni behuda o’tkazmasligi, ammo bilim
olgandan so’ng unga almal qilish lozimligini ta’kidlaydi va amaliyotsiz ilm ham
behuda ekanligini alohida uqtiradi.
Abdurahmon Jomiy hikmatlaridan
Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bo’l,
Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon ol yo’l.
Har bir kishiga bu so’z, oyna kabi ayondir,
Dono tirik hamisha, nodon o’liksimondir.
Eng zarur bilimni qunt bilan o’rgan,
Zarur bo’lmaganin axtarib yurma.
Zarurini hosil qilgandan keyin,
Unga amal qilmay umr o’tkurma.
Kimning qalb diliga kirdi qanoat,
Hirs bilan ta’madan qutuldi bori.
Qanoat gilami to’shalgan erda,
Sindi ochko’zligu ta’ma bozori.
Qoldiray desang jahonda yaxshi nom,
Yaxshilik qil, yaxshilik qilgil mudom...
Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. Jaloliddin Davoniy (to’la nomi
Jaloliddin Muhammad ibn Asad as Siddiqiy ad Davoniy) (1427 — Davon qishlog’i,
Eron — 1502) — sharq olimi, faylasufi. Yoshligidan ilm-fanga, xususan
fiqhshunoslikka qiziqadi. Maktabni bitirgach, Sherozga kelib madrasada tahsil
ko’radi. So’ng Sheroz shahri qozisi etib tayinlanadi. Qozilikdan iste’foga chiqqach,
mudarrislik qiladi. Umrining oxirida o’z qishlog’iga qaytib, ilmiy ish bilan band
bo’ladi. Davoniy Eron, Hindiston, Iroqning ko’p shaharlarida bo’lib, olim va shoirlar
bilan uchrashdi. Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy va boshqalarning
dunyoqarashini o’rgandi, Temur va temuriylar davrida yashagan mutafakkirlar
asarlaridan unumli foydalandi. U falsafa, axloqshunoslik, mantiq, fiqh, falakiyot,
riyoziyot va handasa fanlari muammolarini tadqiq qilib asarlar yozdi. Bu asarlarida
inson va uning kamoloti, ilm-fan va uning jamiyatdagi o’rni, kasb-hunar, yuksak
insoniy fazilatlarni egallash haqida fikr yuritdi. Davoniyning asosiy asarlari: «Axloqi
Jaloliy», «Risolatul-xuruf» («Harflar haqida risola»), «Risolayi isboti vojib»
(«Zaruriyatning isboti haqida risola»), «Risola ul-mufradot» («Moddalar haqida
risola»), «Risolayi fi tavjix ultashbih» («Majoz talqini xaqida risola»), «Risola dar
elm un-nafs» («Ruhshunoslik to’g’risida risola»), «Tariqati tarbiyat ul-avlod»
(«Bolalarni tarbiyalash usuli») va b. Davoniyning fors va arab tilida bitilgan
qo’lyozma hamda toshbosmada bosilgan risolalari dunyoning ko’p kutubxonalarida,
shu jumladan O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
“Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni.
Davoniyning axloqiy tarbiyaga bag’ishlangan “Axloqi Jaloliy” asari dunyoning ko’p
tillariga tarjima qilingan. Asar uch qismdan iborat. Birinchi qism – axloq faniga,
ikkinchi qism – “Odamning ichki holati” oilaviy hayotiga, uchinchi qism – “Shahar
(davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati” deb nomlanib, unda muhim ijtimoiy-
siyosiy masalalar ko’tariladi.
Davoniy inson o’zining aqliy qobiliyatini tarbiyalash uchun quyidagilarga amal
qilish lozimligini uqtiradi: 1) zehn o’tkirligi; 2) fahmlilik; 3) zehn ravshanligi; 4)
bilimni tez egallash qobiliyati; 5) qo’yilgan muammoni tezda anglashi; 6) yodlash
qobiliyati; 7) xotira.
Davoniy insonga foyda keltiradigan kasb-hunarni uchga bo’ladi: 1) inson
aqliy faoliyati bilan bog’liq; 2) ta’lim-tarbiya natijasida vujudga keladigan; 3)
kishilarning shijoati, jasurligi bilan bog’liq.
Davoniy insoniy fazilatlarni to’rtga bo’ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat.
Davoniy g’azabni eng og’ir ruhiy kasallik deydi. G’azab kishining katta
nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir, agar aql g’azab va hissiyotga bo’ysunsa, kishi
hayvon darajasiga tushib qolishi mumkin, chunki hayvonning aqli bo’lmaganligi
tufayli u g’azab va quvvatini o’ziga buysundira olmaydi. Inson aqli bo’la turib
g’azabni buysundira olmasa, buni hech qachon kechirish mumkin emas.