XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVARAUNNAHRDA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
25,5 KB
XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA
MOVARAUNNAHRDA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR
RIVOJI
Reja:
4.1.Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga
ta’siri.
4.2.So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri.
4.3.Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo
yetilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
4.4.Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari.
4.5.Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.
4.1.Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga
ta’siri.
Movarounnahr mo‘g‘ul urug‘lari va qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz
bergan katta o‘zgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo‘jalik
va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar mo‘g‘ullarning yetnik xususiyatlarini ham
o‘zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan jiddiy
o‘zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo‘ldi.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda
xo‘jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo‘g‘ullar istilosi va bosqini davrida
kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va
madaniyatningayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar yetarli darajada yetib
kelmagan bo‘lsa-da, har qalay bu davrda ilm va ma’rifat ham ayrim yirik
hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan
«Mas’udiya» va «Xoniya»kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli
tahsil ko‘radi.
4.2.So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri.
So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. So‘fiylar inson ma’naviy-
ruhiy komillikka yerishish yo‘llarida to‘rt bosqichni o‘tishi kerak, deydi.
Birinchi bosqich – shariat. Diniy marosimlar va shariat aqidalarini, taqvolarini
aynan, izchil bajarish, chunki shariat qonun bo‘lib, bu qonun vujudni va qalbni
tarbiyalaydi.
Ikkinchi bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o‘ylash, xilvat,
ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo to‘g‘risida o‘ylash, ya’ni tariqat – fano,
o‘zdan kechish, ko‘ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi yo‘l, faoliyat shakli.
Uchinchi bosqich – ma’rifat: hamma narsaning, butun borliqning asosi – xudo
yekanini, o‘zining mohiyati xudo mohiyati bilan birgaligini bilish va anglash. Bunda
odam uchun barcha kibr-u havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo‘lib ko‘rinadi,
shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich – haqiqat. Bunda so‘fiy xudoning dargohiga yerishadi,
vasliga vosil bo‘ladi, u bilan birlashadi, shu orqali inson foniy, ya’ni «analhaq» bo‘la
oladi.
4.3.Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo
yetilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo yetilishi
va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi. Amir Temur hayotlik
davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag‘ishlangan maxsus
asar yaratilib, u «Temur tuzuklari»nomi ostida shuhrat topadi. Bu asar shaxsan
Temurning og‘zidan yozib olingan deb hisoblanadi. Unda davlatni
boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt yegalarining tutumi (yo‘nalishi) va
vazifalari, (vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipohlarning maoshi)
mamlakatni idora yetish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining
burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt
oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida
bayon etiladi.
Amir Temur umr bo‘yi quyidagi o‘n ikki tamoyilga amal qilgan:
1-Har yerda va har vaqtda islom dinini qo‘llab-quvvatlagan.
2-Davlat ishlarini kengash asosida boshqargan.
3-Salatanat ishlarini murosayu madora orqali yurgizgan.
4-Davlat ishlarini qonun-qoida va tuzuklarga asoslanib boshqargan.
5-Amirlar va sipohiylarga hurmat ko‘rgazgan.
6-Adolat va insofga tayangan.
7-Fuqarolarga izzat-hurmat ko‘rgazgan.
8-Azmu jazm bilan ish tutgan.
9-Raiyat ahvolidan doimiy ogoh bo‘lgan.
10-Turku tojik, arabu ajamning turli toifalariga hurmat ko‘rsatgan.
11-Do‘stlarni unutmagan va ularga yordam bergan.
12-Har joyda sipohiylarni hurmat qilgan.
“TEMUR TUZUKLARI”dagi o‘gitlarni
mohiyati va vazifasiga ko‘ra quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
“TEMUR TUZUKLARI”dagi
o‘gitlarning axloq va odobga
doir turlari:
1. Din va shariatga doir.
2. Davlat va uni idora yetishga doir.
3. Kengash o‘tkazishga oid.
4. Podsho va vazirlarga doir.
1. Adolat va adolatsizlik.
2. So‘z va ishonch birligi.
3. Do‘st va dushmanlik.
4. Botirlik va qo‘rqoqlik.
5. So‘z va shirin-suxanlik.
“Temur tuzuklari”dagi hikmatlardan namunalar:
Adovat emas, adolat yengadi.
So‘zlaguvchi gar nodon yerur, tinglaguvchi dono o‘lsin.
Ota bo‘lmagan, ota qadrini bilmas.
Do‘shmandan qo‘rqma, munofiqdan qo‘rq.
Ishon. Ammo shubha qil.
Kuch – adolatdadir.
Filning dumi bo‘lguncha, chumolining boshi bo‘l.
Botir jangda bilinar, dono – mashvaratda.
4.4.Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari.
Samarqandda o‘z atrofida to‘plangan olimlarning bevosita ishtiroki va
yordamida Ulug‘bek 1424-1428-yillarda shahar yaqinida Qbirahmat anhori bo‘yida
rasadxona qurdirdi. Doira shaklida bino qilingan bu ulkan imoratning aylanasi 47
metr, balandligi 31 metr yedi. Bobo‘rning yozishicha, u uch qavatli bo‘lgan.
Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan qoplangan. Binoning ichki sahni sudsi
faxriy (sekstant) va koridorlar bilan to‘rt qismlarga ajratilgan. Rasadxona ichki
devorlarida koinot-u Er sharining umumiy manzarasi tasvirlangan bo‘lib, shu tufayli
bu mavzu aholi o‘rtasida «Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat topadi.
Samarqandda Ulug‘bek rahbarligida barpo yetilgan bu ilmiy dargoh
matematika, ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda olamshumul ahamiyat
kasb yetgan natijalarga yerishadi. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar
tufayli 1018 sobita (qo‘zg‘almas) yulduzlarning o‘rni va holati aniqlanib, ularning
astronomik jadvali tuziladi. O‘rta Osiyo, YAqin va O‘rta Sharq mamlakatlari
bo‘ylab joylashgan 683 geografik punktlarning Samarqand kengligiga nisbatan
koordinatalari belgilab chiqildi. Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari
asosida matematika va astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.
«Ulug‘bek
observatoriyasi.
Samarqandning
tarixiy
va
arxitektura
yodgorliklari. Mirzo Ulug‘bek tomonidan 1420-yillarda Samarqandda qurilgan
rasadxona Markaziy Osiyodagi yeng yirik rasadxonalardan biri hisoblanadi. Mazkur
rasadxonaning barpo etilishi va uning o‘sha davr ilmiymarkaziga aylanishi, o‘sha
davrning muhim voqeasi hisoblanadi. Bu rasadxonada, buyuk olimlar Qozizoda
Rumiy, Ali Qushchi, Jamshidbin Ma’sudi, Mo‘yiddin va uning o‘g‘li Mansur
Koshiylar bir necha o‘n yilliklar mobaynida ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ular
samodagi yulduzlar harakatlarni kuzatganlar. Ularning ilmiy izlanishlari natijasida
Samarqand rasadxonasida 1,018 yulduz harakatini tasvirlovchi joriy jadvallarini
o‘z ichiga olgan "Ulugbeg Zidj" dunyo yuzini ko‘rgan. Observatoriya 20-asr boshida
Samarqand arxeolog V. L. Vyatkin tomonidan topilgan. U Quyosh, Oy va boshqa
samoviy jismlarni o‘lchash uchun qurilgan radiusi 40m yerosti yo‘lini topgan
arxeolog hisoblanadi. Ulug‘bek rasadxonasi 17-asrda Gollandiyalik rassomlar
tomonidan chiroyli naqshlarbilan bezatilgan Unda Ulug‘bek astronomiya ma’budasi
sifatida tasvirlanib, unda shunday so‘zlar bitilgan "Men o‘zimning jiddiy
izlanishlarimni sizga taqdim qilmoqdaman".
Ulug‘bek davrida maktab islohoti. Ulug‘bek Movarounnahrshaharlarini,
xususan Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat dargohiga aylantirishga intiladi.
Uning farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va
1433-yilda G‘ijduvonda madrasalar qad ko‘taradi. Hatto Buxoro madrasasining
darvozasiga «Bilim olish har bir musulmon ayol va yerkakning burchidir» degan
kalima o‘yib yozib qo‘yiladi.
Alloma o‘z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil yetdi. U
madrasalarni davlat ta’minotiga o‘tkazdi, mudarris (o‘qituvchi)larga oylik ish haqi
belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek madrasa o‘quv rejasiga quyidagi fanlar: arab
tili, adabiyot, Qur’on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikh (qonunchilik), metafizika,
matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo yetilgan hamda o‘zi bevosita ta’lim bergan
madrasalarda o‘qish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan:
1. «Anda» (kichik) – o‘qish muddati 2 yil.
2. «Aust» (o‘rta) – o‘qish muddati 3 yil.
3. «A’lo» (oliy) – o‘qish muddati 3 yil.
Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqtai nazaridan aytganda, bakalavriat va
magistratura ko‘zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o‘rta asr Yevropa universitetlari
uchun ham xos bo‘lgan.
4.5.Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.
Bobur 1526-yilning 21-aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo‘diy qo‘shinlarini
tor-mor keltirdi. Bu g‘alaba natijasida Bobur Shimoliy Hindistonni yegalladi. 1526-
yilning 27-aprelda Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba’ o‘qildi. Shu tariqa,
yangi saltanat Boburiylar saltanatiga asos solinadi.
Bobur podshoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan
mayda mustaqil rojalarni (hukmdorlarni) ham qilich, ham siyosat yo‘li bilan
birlashtiradi va 1530 yilgacha markazlashgan yirik saltanatini barpo yetadi. Bu
saltanat 332 yil (1526-1858-yillar), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya to‘liq bosib
olgunga qadar hukm surdi.
Bobur xayotiy yesdaliklar yozish maktabini «Boburnoma» asari orkali boshlab
berdi.
«Muxtasar», «Mubayyin», «Volidiya», «Xatti Boburiy» kabi asarlarida ta’lim-
tarbiya masalalariga alohida ye’tibor qaratgan.
Uning ijodiga mansub bo‘lgan «Xatti Boburiy» uzoq yillar davomida
maktablarda, madrasalarda savod o‘rgatish kitobi sifatida foydalanilgan.
Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda
mashhur tarixchi olim hamdir. Bu borada uning nomini abadiylikka muhrlagan asar
- “Boburnoma”dir.