XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
24,6 KB
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va
maktab
Reja:
1.
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
rivojiga ta’siri.
2.
So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri.
3.
Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat
barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi.
4.
Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik
xizmatlari.
5.
Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
rivojiga ta’siri. Movarounnahr mo’g’ul urug’lari va qabilalarining ijtimoiy hayotida
yuz bergan katta o’zgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari,
xo’jalik va madaniy hayotdagi o’zgarishlar mo’g’ullarning etnik xususiyatlarini ham
o’zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan jiddiy
o’zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo’ldi.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda
xo’jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo’g’ullar istilosi va bosqini davrida
kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning
ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar etarli darajada etib
kelmagan bo’lsa-da, har qalay bu davrda ilm va ma’rifat ham ayrim yirik
hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan
«Mas’udiya» va «Xoniya» kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm
ahli tahsil ko’radi.
So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. So’fiylar inson
ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo’llarida to’rt bosqichni o’tishi kerak, deydi.
Birinchi bosqich – shariat. Diniy marosimlar va shariat aqidalarini, taqvolarini
aynan, izchil bajarish, chunki shariat qonun bo’lib, bu qonun vujudni va qalbni
tarbiyalaydi.
Ikkinchi bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o’ylash, xilvat,
ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo to’g’risida o’ylash, ya’ni tariqat – fano,
o’zdan kechish, ko’ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi yo’l, faoliyat shakli.
Uchinchi bosqich – ma’rifat: hamma narsaning, butun borliqning asosi – xudo
ekanini, o’zining mohiyati xudo mohiyati bilan birgaligini bilish va anglash. Bunda
odam uchun barcha kibr-u havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo’lib ko’rinadi,
shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo’ladi.
To’rtinchi bosqich – haqiqat. Bunda so’fiy xudoning dargohiga erishadi,
vasliga vosil bo’ladi, u bilan birlashadi, shu orqali inson foniy, ya’ni «analhaq» bo’la
oladi.
Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat
barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi.
Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga
bag’ishlangan maxsus asar yaratilib, u «Temur tuzuklari» nomi ostida shuhrat
topadi. Bu asar shaxsan Temurning og’zidan yozib olingan deb hisoblanadi. Unda
davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi (yo’nalishi)
va vazifalari, (vazir va qo’shin boshliqlarini saylash, sipohlarning maoshi)
mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo’shin boshliqlarining burchi va
vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko’rsatgan
alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi.
Amir Temur umr bo’yi quyidagi o’n ikki tamoyilga amal qilgan:
o Har erda va har vaqtda islom dinini qo’llab-quvvatlagan.
o Davlat ishlarini kengash asosida boshqargan.
o Salatanat ishlarini murosayu madora orqali yurgizgan.
o Davlat ishlarini qonun-qoida va tuzuklarga asoslanib boshqargan.
o Amirlar va sipohiylarga hurmat ko’rgazgan.
o Adolat va insofga tayangan.
o Fuqarolarga izzat-hurmat ko’rgazgan.
o Azmu jazm bilan ish tutgan.
o Raiyat ahvolidan doimiy ogoh bo’lgan.
o Turku tojik, arabu ajamning turli toifalariga hurmat ko’rsatgan.
o Do’stlarni unutmagan va ularga yordam bergan.
o Har joyda sipohiylarni hurmat qilgan.
“TEMUR
TUZUKLARI”DAGI
O’GITLARNI MOHIYATI VA
VAZIFASIGA KO’RA
QUYIDAGI GURUHLARGA
AJRATISH MUMKIN:
“TEMUR TUZUKLARI”DAGI
O’GITLARNING AXLOQ VA ODOBGA
DOIR TURLARI:
1. Din va shariatga doir.
2. Davlat va uni idora etishga
doir.
3. Kengash o’tkazishga oid.
4. Podsho va vazirlarga doir.
1.
Adolat va adolatsizlik.
2. So’z va ishonch birligi.
3. Do’st va dushmanlik.
4. Botirlik va qo’rqoqlik.
5. So’z va shirin-suxanlik.
“Temur tuzuklari”dagi hikmatlardan namunalar:
1.
Adovat emas, adolat yengadi.
2.
So’zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o’lsin.
3.
Ota bo’lmagan, ota qadrini bilmas.
4.
Do’shmandan qo’rqma, munofiqdan qo’rq.
5.
Ishon. Ammo shubha qil.
6.
Kuch – adolatdadir.
7.
Do’stlik sinovda chiniqadi.
8.
Filning dumi bo’lguncha, chumolining boshi bo’l.
9.
Toy mingan – ot ham minadi.
10. Botir jangda bilinar, dono – mashvaratda.
11. Birliksiz kuch bo’lmas.
Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik
xizmatlari. Samarqandda o’z atrofida to’plangan olimlarning bevosita ishtiroki va
yordamida Ulug’bek 1424-1428-yillarda shahar yaqinida Qbirahmat anhori bo’yida
rasadxona qurdirdi. Doira shaklida bino qilingan bu ulkan imoratning aylanasi 47
metr, balandligi 31 metr edi. Bobo’rning yozishicha, u uch qavatli bo’lgan. Binoning
sirti koshin va sirli parchinlar bilan qoplangan. Binoning ichki sahni sudsi faxriy
(sekstant) va koridorlar bilan to’rt qismlarga ajratilgan. Rasadxona ichki devorlarida
koinot-u Er sharining umumiy manzarasi tasvirlangan bo’lib, shu tufayli bu mavzu
aholi o’rtasida «Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat topadi.
Samarqandda Ulug’bek rahbarligida barpo etilgan bu ilmiy dargoh matematika,
ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda olamshumul ahamiyat kasb etgan
natijalarga erishadi. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018
sobita (qo’zg’almas) yulduzlarning o’rni va holati aniqlanib, ularning astronomik
jadvali tuziladi. O’rta Osiyo, YAqin va O’rta SHarq mamlakatlari bo’ylab
joylashgan
683
geografik
punktlarning
Samarqand
kengligiga
nisbatan
koordinatalari belgilab chiqildi. Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari
asosida matematika va astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.
«Ziji jadidi Ko’ragoniy» dan tashqari Ulug’bek «Tarixi arba’ ulus» (To’rt ulus
tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag’ishlangan beshta risola yozadi.
Observatory of Ulugbek
Historical and architectural monuments of Samarkand
The largest observatory in Central Asia was built in the 1420's by Ulugbeg.
Here, for three decades, scholars, including the outstanding astronomers Qazi-Zadeh
Rumi, Djemsnid Giyas ad-Din Kashi and Ali Kushchi, performed measurements of
celestial movements.
The Samarkand observatory became famous for the edition of the "Ulugbeg
Zidj", containing a theoretical introduction and charts describing 1,018 stars. The