XIVA XONLIGI: HUDUDI, MU’MURIY TUZILISHI, MARKAZIY VA MAHALLIY BOSHQARUV TARTIBLARI (Xiva xonligi davri davlatchiligi Siyosiy tarixi, Davlat boshqaruvi tizimi. Mansablar, unvonlar va amallar)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
48,5 KB
Ilmiybaza.uz
XIVA XONLIGI: HUDUDI, MU’MURIY TUZILISHI, MARKAZIY VA
MAHALLIY BOSHQARUV TARTIBLARI
Reja:
1. Xiva xonligi davri davlatchiligi Siyosiy tarixi
2. Xiva xonligining hududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi
3. Davlat boshqaruvi tizimi. Mansablar, unvonlar va amallar
Ilmiybaza.uz
1510 yilda Shayboniyxon vafotidan so’ng Xorazm hududi Eron shohi Ismoil
tomonidan bo’ysundirildi. 1510-1512 yillarda Xorazmni Eron shohining
noiblariidora qildilar. Ammo, 1512 yilda Xorazm hududlarida eroniylarga qarshi
halq xarakatlari boshlandi. Ushbu harakatga Vazir shahrining (Ustyurtda, Ko’xna
Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shaharni XVasrda o’zbek xonlardan
bo’lgan Mustafoxon barpo etgan) qozisi Umar Shayx boshchilik qildi.
Qo’zg’olonchilar Xorazmning Vazir, Urganch, Xiva, Xazorasp shaharlaridagi
eroniy noiblar va ularning qo’shinlarini qirib tashladilar.1512 yilada Xorazmning
obro’li shayxlaridan bo’lgan Shayx Ota avlodlari ko’chmanchi o’zbeklarning Berka
sulton avlodidan bo’lgan Elbarsxonga maktub yo’llab, uni Xorazm taxtiga taklif
qildilar. Elbarsxon taxtga o’tirgach, eroniylarni mamlakat hududidlaridan butunlay
haydab chiqarib, amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U mamlakat hududlarini
hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs viloyati,
Mang’ishloq, Abulxon, Durun hisobiga ancha kengaytirdi. Ammo, o’zbek sultonlari
va shahzodalar o’rtasida siyosiy birlik yo’q edi. Tez orada ular o’rtasida hokimiyat
uchun o’zaro kurashlar avj olib ketdi. Ushbu kurashlardan foydalangan Buxoro
hukmdori shayboniy Ubaydullaxon 1537 – 1538 yillarda, qisqa muddat Xorazmni
egallashga muvaffaq bo’ldi.
Ubaydullaxonning hukumronligi uzoqqa cho’zilmadi. Ubaydullaxon
zulmiga chiday olmagan xorazmliklar Anushaxonning vorislari boshchiligida
buxoroliklarga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar.
Ubaydullaxon 1538 yilda yana Xorazmga qo’shin tortdi. Xazorasp bilan
Xiva shaharlari oralig’idagi Kardaronxos degan joyda Buxoro qo’shinlari
mag’lubiyatga uchradi.
Shayboniylardan ozod bo’lgan Xorazmda endi ichki kurashlar avj olib
ketdi.Shuningdek, Urganch, Kat, Yangi shahar, Xiva, Xazorasp kabi shaharlar va
viloyatlar hukmdorlarining markazdan qochuvchi harakatlari kuchayib, ular amalda
o’zlarini mustaqil hisoblar edilar.
Ilmiybaza.uz
Ayrim shaharlar bir vaqtning o’zida ikkta hukmdor tomonidan (mas., Xivada
Po’lat Sulton va Temir Sulton) boshqarildi. O’zaro kurashlar ayniqsa Elbarsxon va
Anushaxon avlodlari o’rtasida kuchayib ketdi.
XVI asrda Abdulg’oziy ma’lumotlariga ko’ra, bunday kurashlar natijasida
qisqa muddatga hokimiyatdan o’nlab xonlar almashganlar. Natijada markaziy
hokimiyat deyarli inqirozga uchragan edi. O’zaro kurashlar va siyosiy tanglik, o’z
navbatida iqtisodiy hayotning ham izdan chiqishiga sabab bo’lgan edi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Xojimxon (Xoji Muhammadxon, 1558-1593,
1598-1602 yy.) hukmronligi davrida Xorazmdagi o’zaro urushlarga birozbarham
berilib
tinchlik
va
osoyishtalik
o’rnatildi.
Sug’orish
vadehqonchilik,
hunarmandchilik va savdo sodiq ishlariga jiddiy e’tibor qaratilib, tashqi savdo
hamda munosabatlar rivoj topdi. Xojimxon hukmronligi davrida poytaxt
Urganchdan Xivaga1 ko’chiriladi (ayrim manbalarda XVI asrning 70-yillarida,
ayrimlarda esa 90-yillarda). Bunga asosiy sabab Amudaryo o’zanining o’zgarib
Kasbiy dengizga oqmay qo’yishi natijasida Urganch va uning atroflaridagi suv
tanqisligi bo’lsa, ikkinchidan, Xivaning bu davrda siyosiy va iqtisodiy mavqei ancha
kuchayib, asosiy savdo markaziga aylanishi yana bir sabab edi. Poytaxt Xivaga
ko’chirilganidan so’ng davlat ham Xiva xonligi deb atala boshlandi.
Bu orada Buxoro hukmdori Abdullaxon II Shayboniylar davlatiniqayta
tiklashga muvaffaq bo’lib Xorazm hududlarini yana Shayboniylartasarrufiga olish
uchun harakat boshladi. Chunonchi, bir necha yurishlardan so’ng 1593 yilda
Xorazm yana Shayboniylar qo’liga o’tdi. Abdullaxondanmag’lubiyatga uchragan
Xojimxon Xivani tashlab bir guruh navkarlari bilan
Eronga qochdi va shoh Abbos saroyidan panoh topdi. 1598 yilda Abdullaxon
II vafot etganidan so’ng Hojimxon shoh Abbosdan ruhsat olib Xorazmgaqaytdi.
Yangi sharoitda u Urganch bilan Vazirni boshqarishni o’ziga olibXiva bilan Katni
Arab Muhammadxonga, Hazoraspni Isfandiyor Sultongaberdi. 1600 yilda
Hojimxon Urganch va Vazir qal’alari boshqarishiniTurkiyadan kelgan o’g’illariga
topshirib, o’zi Xiva kichik o’g’li ArabMuhammadxon bilan qoladi. 1601 yilda
Ilmiybaza.uz
Hojimxon 83 yoshida vafot etgach,taxtga uning o’g’li Arab Muhammadxon (1602-
1623 yy.) o’tirdi.
Arab Muhammadxonning dastlabki hukmronligi yillarida toju-taxt uchun
kurashlar davom etdi. 1616 yilga kelib taxt va mansab talashish mojarolariga Arab
Muhammadxonning o’g’illari ham qo’shildilar. Uning Isfandiyorxon, Habash,
Elbars, Abdulg’ozi, Sharif Muxammad, Xorazmshoh va AFg’on Sulton ismli 7 nafar
o’g’li bor edi. Isfandiyor Hazoraspda, Abdulg’oziy Sulton Katda, Habash bilan
Elbasr sultonlar Vazir va Urganch hokimlari etib tayinlangan edilar. 1621yilda
Toshli Yorilish arig’i (Xiva yaqinida) yonida Arab Muhammadxon va uning
o’g’illari Habash hamda Elbars sulton qo’shinlari o’rtasida jang bo’ldi.Isfandiyor va
Abdulg’oziy sultonlar otasi tomondan turib kurashgan bo’lsalarda, bu jangda Arab
Muhammadxon yengildi. Arab Muhammadxon avval ko’zlari ko’r qilinib Xivaga
jo’natildi. 1623 yilda esa Qum qa’lasi yaqinida Arab Muxammadxon xotinlari, yosh
o’g’illari va ikkita nabirasi bilan o’g’illari Xabash va Elbars sulton tomonidan
o’ldirildi. Isfandiyor Eronga Abdulg’oziy esa Buxoroga qochib, jon saqladilar.
Arab Muhammadxonning dastlabki hukmronligi yillarida toju-taxtuchun
kurashlar davom etdi. 1616 yilga kelib taxt va mansab talashish mojarolariga Arab
Muhammadxonning o’g’illari ham qo’shildilar. Uning Isfandiyorxon, Habash,
Elbars, Abdulg’ozi, Sharif Muxammad, Xorazmshoh va AFg’on Sulton ismli 7 nafar
o’g’li bor edi. Isfandiyor Hazoraspda, Abdulg’oziy Sulton Katda, Habash bilan
Elbasr sultonlar Vazir va Urganch hokimlari etib tayinlangan edilar. 1621yilda
Toshli Yorilish arig’i (Xiva yaqinida) yonida Arab Muhammadxon va uning
o’g’illari Habash hamda Elbars sulton qo’shinlari o’rtasida jang bo’ldi.Isfandiyor va
Abdulg’oziy sultonlar otasi tomondan turib kurashgan bo’lsalarda, bu jangda Arab
Muhammadxon yengildi. Arab Muhammadxon avval ko’zlari ko’r qilinib Xivaga
jo’natildi. 1623 yilda esa Qum qa’lasi yaqinida Arab Muxammadxon xotinlari, yosh
o’g’illari va ikkita nabirasi bilan o’g’illari Xabash va Elbars sulton tomonidan
o’ldirildi. Isfandiyor Eronga Abdulg’oziy esa Buxoroga qochib, jon saqladilar.
Isfandiyorxon xonligi davrida ham Xorazmda tinchlik va osoyishtalik
o’rnatilmadi. Toju-taxt uchun kurashlar ilgarigi davrlardagidek davom etdi.
Ilmiybaza.uz
Xonlikdagi siyosiy hokimiyatni turkmanlar qo’liga berib qo’ygan Isfandiyorxondan
norozi bo’lgan kuchlar uni taxtdan chetlatish rejalarini tuzdilar.
Bu kuchlarga xoning ukasi Abulg’ozi boshchilik qildi. Shuningdek,
Amudaryoning Orolga qo’yilish joyida (Orol bo’yi)da istiqomat qilgan o’zbeklar
(bu yerda o’zbek qo’ng’irotlari katta siyosi mavqega ega edilar) ning xonlikning
siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi.
Manbalar ma’lumotlariga ko’ra, 1643 yilda Orol bo’yi o’zbeklari Abulg’ozi
sultonni (1643-1663yy.) xon qilib ko’tardilar. Xorazm davlatchiligi tarixida yirik
davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida mashhur bo’lgan Abulg’ozixonning
hayot yo’li og’ir kechgan. Abdulg’ozixon otasi Arab Muhammad taxtdan ketgach
o’zi taxtga o’tirgunga qadar uzoq yillar (yigirma yildan ko’proq) muhojirlikda
yashashga majbur bo’lgan edi.
U dastlab Buxoro xukmdori Imomqulixon himoyasida, keyinroq esa, ikki
yilga yaqin qozoq sultoni Eshimxon saroyida yashagan. Shundan so’ng Toshkentga
kelib bu yerda ikki yil yashadi. Toshkentdan Buxoro orqali Xivaga qaytgan
Abulg’oziyni Isfandiyorxon bosqinchilikda ayblab hibsga oladi va Isfaxon shahriga
Eron shohi huzuriga badarg’a qiladi.
Isfaxon yaqinidagi Taborak qal’asida o’n yil asirlikda yashagan Abulg’ozi
1639 yilda o’z nazoratchilari yordamida bandilikdan qochishga muvaffaq bo’ldi.
Shundan so’ng u bir yilga yaqin Xurosonning Mohin qishlog’ida, ikki yilga yaqin
Mang’ishloq turkmanlari orasida yashaydi. Keyin uni qalmiq xoni o’z o’rdasiga
taklif etadi. Bu yerda Abulg’ozi bir yilga yaqin yashagach qalmiq xonto’plab bergan
katta kuch bilan 1643 yilda Urganchga qaytib, Orol bo’yi o’zbeklari yordamida Xiva
taxtiga o’tiradi.
Akademik B.Ahmedovning yozishicha, “Abulg’ozi hammasi bo’lib yigirma
yil atrofida xonlik masnadida o’tirdi. Umri ko’proq urush – talashlarda o’tdi.”
Manbalarga ko’ra, Abulg’ozixon haqiqatan ham butun umrini taxt uchun kurash va
jangu –jadallarga bag’ishlagan hukmdor bo’lgan. Ammo, u davlat arbobi sifatida
ham qobiliyatli shahs bo’lgan.
Ilmiybaza.uz
Abulg’ozixon dastavval xonlikda markazlashgan boshqaruv tizimini
mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Bu jarayonda u avvalo,turkman yo’lboshchilarini
boshqaruv ishlaridan chetlashtirdi. Ularning yer –suvlari, mol - mulklari musodara
qiinib, o’zlari mamlakat ichkarisiga surgun qilindi.
Xonlikdagi barcha lavozimlarga o’zbek urg’ularining boshliqlari qo’yildi.
Xiva tarixchisi Munisning ma’lumot berishicha, Abulg’ozixon ma’muriy islohot
o’tkazib, xonlikning boshqaruv tizimini batamom yangitdan tashkil etdi. Xonlikning
boshqaruv tizimida o’zbek urug’larining mavqei ortib bordi hamda ularning 360
nafar vakili xon saroyida turli lavozimlarga ko’tarildi.
Xon yangi amaldorlar orasidan eng obro’li 32 nafarini o’z yoniga oldi. Munis
ta’biri bilan aytganda, “andoqkim ikkishayx ul-islom, ikki qozi, bir rais Said ota
avlodidan, bir mutavalli, bir naqib, to’rt otaliq, to’rt inoq, to’rt mirob, to’rt
parvonachi, ikki oqo, ikki arbob, to’rt chig’atoyi inoqi va bir vazirkim, holo mehtar
derlar va bir qushbegi, bu ikkovi o’rinsiz xon huzurida oyoq ustida turadilar”.
Davlat
boshqaruvi
va
bunyodkorlik
ishlari
bilan
shug’ullangan
Abulg’ozixon tarixchi tabib sifatida ham bebaho meros qoldirgan. Taxminan 1657
yilda Abdulg’ozi tabobatga oid “Manafi’ ul-inson” (“Insonga foydali narsalar”)
nomli asarini yozgan bo’lsa, 1658-1664 yillarda “Shajarai turk” nomli tarixiy
asarlarini yaratdi.
Abulg’ozixon hali o’zi hayotlik davrida Xiva xonligi taxtini o’g’li
Anushaxon (1663-1687yy)ga topshirdi va oradan olti oy o’tib vafot etdi. Anushaxon
Xiva xonligi mavqei va qudratini oshirish maqsadida otasining ishlarini davom
ettirdi. U Buxoro, Samarqand va Xurosonga bir necha marta harbiy yurishlar
uyushtirib xonlik chegaralarini mustahkamlash hamda kengaytirish harakatida
bo’ldi.
Anushaxonning harbiy yurishlarida jasorat ko’rsatgan turkmanlarga bo’lgan
munosabat o’zgardi. Xon turkmanlarga Xorazm vohasi hamda uning atroflariga
ko’chib kelishiga ruhsat berdi.1687 yilda saroy a’yonlari tomonidan fitna
uyushtirilib, Anushaxon o’ldiriladi.
Ilmiybaza.uz
Taxtga esa uning o’g’li Xudoydod (1687-1688yy) o’tkaziladi. Afsuski yangi
hukumdorning xonlik faoliyati uzoq davom etmadi. Ogahiy habarlariga ko’ra,
siyosatda bilimdon va xalqa adolatli xon sifatida obro’ orttira boshlagan
Xudoydodni inisi Arangxon1 shahid edi. Ammo, Arangxonning (1689-1690yy.)
hukmronligi uzoq davom etmadi. 1690 yilda u Orol o’zbeklari bilan bo’lgan janga
halok bo’ldi.
Arangxon vafotidan so’ng Buxoro xoni Subhonqulixon Xiva taxtiga o’z
odami Shohniyozni (1690-1707yy.) o’tkazib, amalda Xiva xonligini Buxoroga
vassal davlatga aylantirdi. Shuning uchun ham Shohniyoz garchi o’zini xon deb
e’lon qilgan bo’lsada, o’z faoliyati davomida Buxoro ta’siridan qutula olmadi.
Viloyatlar hokimlari xonga itoat etmay qo’yganliklari bois Xiva xoni saroy
amaldorlari va mahalliy hukmdorlar qo’lidagi qo’g’irchoqqa aylanib qolgan edi.
Shuning uchun ham XVIII asrga oid ayrim yozma manbalarda Xiva xonligi “Besh
qal’a” deb atalgan bo’lsa kerak. Uning tarkibidagi Xazorasp, Xonqa, Urganch, Kat
va Shovot qal’alarining markaziy hokimiyatga tobeligi yuzaki xususiyatga ega edi.
Sherg’ozixon (1715-1728yy)ning hukumronligi davri siyosiy voqealarga
boy bo’ldi. Uning hukmronligi davri o’zbek, turkman, qoraqalpoq zodagonlarining
o’zboshimchalik harakatlariga qarshi kurash bilan o’tdi. Bu paytga kelib, Orol bo’yi
o’zbeklari orasida ham siyosiy vaziyat keskinlashib ketgan edi. Buning asosiy sababi
– Orol bo’yida yashayotgan o’zbeklarning Qo’ng’irot, Mang’it, Xo’jayli va Qipchoq
urug’iga mansub aholisining mustaqillik uchun kurashlari edi.
Sherg’ozixon o’limidan keyin taxtga o’tirgan qozoq sultoni Elbarsxon
(1728-1740yy.) davrida ichki kurashlar davom etib, qo’shni hududlarga ko’plab
talonchilik yurishlari uyushtirilib turishi natijasida Xiva xonligining harbiy qudrati
zaiflashib bordi
1763 yildan boshlab Xivada amalda qo’ng’irot urug’i inoqlari hokimiyat
tepasiga kelgan bo’lsa-da, 1804 yilgacha Xiva xonlari hukmdor sifatida boshqa
shahsni xon qilib e’lon qilganlar. Qo’ng’irotlar sulolasi hukmdorlaridan Muhammad
Amin inoq (1763-1790yy.) Xivada hokimiyatni qo’lga olgach saroydagi bir qancha
lavozim va amallarga o’ziga sodiq va ishonchli odamlarni tayinladi. Yangi xon shu
Ilmiybaza.uz
yo’l bilan xonlikdagi muhim siyosiy-ma’muriy, moliyaviy va harbiy hokimiyatni
o’z qo’liga olib, ayrim mustaqil beklarni o’ziga itoat ettirdi.
Manbalar ma’lumotlariga ko’ra, shaharlik savdogarlar, hunarmandlar va din
peshvolari yordamida o’z hokimiyatini ancha mustahkamlagan Muhammad Amin
inoq 1770 yilda turkmanlar hujumini, 1782 yilda Buxoroliklar tajovuzini
muvaffaqiyatli qaytardi. Uning hukumronligi davrida Xiva xonligida dehqonchilik,
savdo – sotiq va hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida ma’lum chora –
tadbirlar amalga oshirildi. Mahalliy hukumdorlarning o’zaro nizomlari va
kurashlariga chek qo’yilishi natijasida xonlikdagi iqtisodiy hayot yaxshilanib bordi.
Muhammad Aminning o’g’li Avaz ino (1790-1804 yy.) otasining ishlarini
davom ettirgan bo’lsa, Avazning o’g’li Elto’zar inoq 1804 yilda Xiva taxtiga o’tirib,
sohta xon Abdulg’ozi V ni haydab yubordi va o’zini rasmiy xon (1804-1806 yy.)
deb e’lon qildi. Shu tariqa Xivada qo’ng’irotlar sulolasi hukumronligi rasmiy qaror
topdi.
Xiva xonligining hududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi
Xonlikning aniq chegaralari haqida ma’lumotlar saqlanmagan. XIX asrga kelib
xonlik tarkibiga turkman, qozoq, qoraqalpoq va boshqa xalqlarning qo’shilishi
natijasida davlat sarhadlari ancha kengaydi.
Manbalarga ko’ra, Eltuzarxon (1804-1806 yy.) davrida xonlikning xududi
uncha katta bo’lmasdan, shimoliy chegarasi Orol-Qo’ng’irot hokimligi, janubiy
chegarasi esa Darg’onota bilan chegaradosh bo’lgan. XIX asr o’rtalariga oid rus
manbalarida xonlikning g’arbiy chegarasi Kaspiy dengizigacha, janubda esa Marv
vodiysi orqali Eronga tutashib ketganligi, shimolda esa Ural daryosigacha
cho’zilganligi qayd etilgan.
Xiva xonligi ma’muriy jihatdan XVI-XVIII asrlarda viloyatlarga bo’lingan
bo’lsa, XVIII asr oxiri – XIX asr boshlaridan boshlab davlatdagi asosiy ma’muriy
hududlar beklik deb atalgan. Manbalarga ko’ra, bu davrda xonlikda 16ta beklik va
2ta noiblik mavjud edi. Ular Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Kuhna Urganch,
Qo’shko’prik, Pitnak, Qiyot, Shobboz (Shohabboz), Shovot, Toshhovuz,
Ambarmanak, Urganch, Xo’jayli, Shumanay va Qo’ng’irot bekliklari hamda
Ilmiybaza.uz
Beshariq va Qiyot-Qo’ng’irot noibliklaridir. Ularni xon tomonidan ayinlangan
beklar va noiblar boshqarganlar.
Xiva shahri boshqaruvi xon va bosh vazir ixtiyorida bo’lgan. Xonlikning
poytaxti turli davrlarda Vazir, Kat, Ko’hna Urganch, Xiva shaharlari
bo’lgan.Muhammadxon Rahimxon I (1806-1825 yy.) xonlikning ma’muriy
boshqaruv tizimini tubdan o’zgartirdi. Bekliklarning markaziy hokimiyatga
bo’ysunmasligini hisobga olib, Muhammadxon Rahimxon I xonlik hududida
kentlarga ajralishni bekor qildi va manbalarga ko’ra, xonlikda avval 15ta hamda
keyinroq yana 11ta hokimlik tashkil etdi.
Bular quyidagilar edi: Xazorasp, Ostona, Urganch, Kat, Toshhovuz,
Qo’shko’prik, Oqdarband, Gurlan, Ko’k qashqa, Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch,
Ilonli, Taxta, Xonqa, Shobboz, Manoq,G’oziobod, Shayx, Mang’it, Xo’jayli,
Shumanay, To’rchi, Oqtepa, Qorag’on, Xitoy.
Hokimliklar o’z navbatida masjid-qavmlarga bo’lingan. Manbalar xonlikda
jami 1537ta masjid-qavmlar bo’lganligi haqida ma’lumot beradi.
Viloyat hokimlari xon tomonidan, masjid-qavmlarning qozi va oqsoqollari esa
viloyat hokimlari tomonidan tayinlangan.
Shunday qilib, Xiva xonligi ma’muriy jihatdan hozirgi Xorazm viloyati,
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qozog’iston va Turkmaniston Respublikalarining
bir qismini o’z ichiga olgan davlat edi. Xiva xonligining o’troq dehqonchilik
vohalarida asosan o’zbeklar yashab, ular davlatdagi aholining katta ko’pchiligini
tashkil etganlar. Xonlikda shuningdek, turkmanlar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, kam
miqdorda tojiklar, yahudiylar, hindlar, eroniylar, ruslar, armanlar, nemislar ham
yashaganlar. Xiva xonligidagi aholining umumiy soni haqida ma’lumotlar deyarli
yo’q. Arxiv hujjatlari va rus sayyohlarining ma’lumotlari bu masalaga qisman
aniqlik kiritadi. Xususan, XIX asrning birinchi choragiga oid ma’lumotlarda xonlik
aholisi 300 ming, shu asrning 40-yillariga oid ma’lumotlarda 300 mingga yaqin,
so’nggi choragiga oid manbalarda 700 mingga yaqin deb berilsa, arxiv manbalarini
chuqur o’rgangan olim M. Yo’ldoshev XIX asr o’rtalarida xonlikda 800 mingga
yaqin odam istoqomat qilganligi qilganligi haqida ma’lumot beradi. XIX asrning
Ilmiybaza.uz
o’rtalariga kelib xonlikda shahar hayotining rivojlanishi natijasida shahar
aholisining soni ko’payib bordi. Xiva, Xazorasp, Xonqa, Urganch, Qo’ng’irot,
Ko’hna Urganch kabi shaharlarda rus sayyohlari bergan ma’lumotlarga ko’ra, 2
mingdan 5 minggacha xonadon yashagan. Xonlik poytaxti Xiva shahrida 21
mingdan ortiq aholi yashagan.
Davlat boshqaruvi tizimi. Mansablar, unvonlar va amallar
XVII asrda Xivada muayyan bir sulola hukmdor emas edi. Chingiziylar
sulolasiga mansub ba’zi shaxslar Xivaga chaqirilib xonlik taxtiga ko’tarilgan bo’lsa-
da, amalda hokimiyat qo’ng’irot sulolasidan bo’lgan inoq qo’lida bo’lgan.
1804 yildan boshlab faqat Qo’ng’irotlar sulolasi vakillari Xivada xon bo’lganlar.
Xiva xonligida unvon va mansablarni saroy, harbiy va diniy unvon hamda
va amallarga bo’lish mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha (Sh.Vohidov) bu tasnif
sof nazariy bo’lib, aslida xonlik davrida muayyan unvon va mansablar sohalar
bo’yicha berilmagan. O’sha vaqtda amaldor va unvon egasi ko’pincha xonga
nisbatan shaxsiy sadoqati, qavmi yaqinligidan bir mansabdan boshqa mansabga
o’tib, unvonlar sohibiga aylangan.
Xonlikda eng oliy unvon xon bo’lib, u ma’muriy, siyosiy va harbiy
vakolatlarga ega bo’lgan. Xiva xonligi davlat tizimida Buxoro amirligi va Qo’qon
xonligidan farqli o’laroq, xon huzurida Oliy Kengash amal qilgan. Ma’lumotlarga
ko’ra,bu Oliy Kengashni Muhammad Rahimxon I “o’z hokimiyatini mustahkamlash
uchun ilgari inoq va otaliqlar boshliq bo’lgan urug’ oqsoqollari kengashi o’rniga
ta’sis etgan edi. Bu Oliy Kengashga turli da’vo va jinoiy ishlarni ko’rish va qaror
chiqarish huquqini berdi.”
Bu Kengashning vakolati chegaralangan bo’lib, maslahat beruvchi organga
o’xshar, uning a’zolari eng yuqori mansab va unvondagi amaldorlar bo’lgan.
Kengash majlisida boshqa amaldorlarga qaraganda qo’proq inoq, shayx ul-islom,
devonbegi va yasuvulboshi hal etuvchi ovozga ega bo’lganlar.
Kengash majlislari masalaning muhimligiga qarab, xon tomonidan chaqirilar
edi. Oliy Kengash oqsoqollardan, ya’ni, ma’lum mansab va unvon egalaridan,
chunonchi, naqib, shayx ul-islom, mutavvalli, mirob, qozi, farmonchi, darg’a,
Ilmiybaza.uz
shig’ovul, dasturxonchi, arbob, miroxo’r kabilardan iborat edi. Shuningdek, xonning
qarindosh urug’laridan bo’lgan beklar, otaliq, inoq va biylar ham bu kengashga
kirganlar.
Bu
tor
doiradagi
Kengash
garchi
davlat
tashkiloti
sifatida
rasmiylashtirilmagan bo’lsa-da, uning qarori xonning qaroridek ko’rsatilsada,
amalda yuqori qonun chiqaruvchi ma’muriy va sud hokimiyati edi.
Kengash xonlikning ichki ishlariga doir hamma masalalar bo’yicha qaror
qabul qilar va xonlikning boshqa davlatlar bilan bo’lgan tashqi munosabalariga doir
muammolarni hal etar edi. Garchi Kengash davlatning turli-tuman ichki va tashqi
ishlarini muhokama qila olsa-da, muhokama qilingan masalalar bo’yicha qaror
chiqarish avvalo xonning xohish – irodasiga bog’liq bo’lgan.
Xon saroyidagi unvon va mansablar.
Unvonlar orasida eng kattasi
inoq edi. Odatda inoqlar eng qudratli o’zbek urug’laridan tayinlangan hamda
hamda ular xonning eng yaqin maslahatchilari bo’lgan. Inoqlar yirik
amaldor,
ya’ni urug’ boshlig’i hisoblangan. Abulg’ozixon tantanali marosimlarda
o’tirish uchun inoqlarga o’z yonidan to’rtta joy ajratgan. Inoqlar biy, sulton,
mingboshi kabi unvonlarni ham olganlar. XX asr boshlariga kelib inoqlar bek
martabasiga tushib, oliy saroy amaldorlaridan ma’muriy mansab egalariga
aylanadilar.
Otaliq – urug’ oqsoqoli. Inoq boshliq to’pa (guruh) ga birlashgan urug’
boshlig’i. Xonning eng yaqin maslahatchilaridan biri bo’lgan. Otaliq qilich va
pichoq taqib yurgan.
Biy – saroy unvoni. Inoq va otaliqdan keyingi martaba. Biy qabila va
urug’ning boshlig’i hisoblanib, ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiy
xalqlarning, jumladan o’zbeklarning urug’ oqsoqollariga beriladigan unvon edi.
XVII-XIX asrlarda biylar yirik o’zbek qabila va urug’lariga boshchilik qilib, faqat
markaziy hokimiyatga itoat etganlar. Biy unvoni avloddan avlodga meros qilib
qoldirilgan.
Ilmiybaza.uz
Amir ul-umaro – Amirlarning amiri, Xiva xonligida XIX asrning
o’rtalarida ta’sis etilgan. Sayid Muhammadxon bu unvonni birinchi marta o’zining
akasi Sayid Mahmud to’raga bergan edi. Muhammad Amin inoq hukmronligi
davrida amir ul-umaro uning akasi Fozilbiy edi. O’shandan keyin amir ul-umaro
unvoni hech kimga berilmagan.
Qo’shbegi – Xiva xonligida saroyning oliy mansablaridan biri bo’lib,
moliya va soliq yig’ish ishlarini bajargan. Qo’shbegining maxsus devoni hamda
unga tobe etuvchi amaldorlari bo’lgan.
Mehtar
–
katta,
ulug’
degan
ma’noni
beradi.
Mehtar
saroy
xizmatkorlarining boshlig’i vazifasini bajarib, xonga yaqin kishilardan va xon
urug’iga mansub a’yonlardan tayinlangan. Mehtarning ham o’z devoni bo’lib, yer
solig’i “solg’ut” to’plash ham uning xizmatiga kirgan.
Beklarbegi – Qoraqalpoq va ko’chmanchi xalqlarning oqsoqollariga
beriladigan faxriy unvon. Beklarbegining vazifasi ularning o’z urug’laridan
yig’iladigan xarajatlarning to’g’riligini tekshirib turish vaularni to’la ravishda
xazinaga topshirish ustidan nazorat qilishdan iborat
bo’lgan. Bu lavozimga amaldorlar odatda xonning qarindosh-urug’laridan
tayinlangan.
Bek - XIX asrda Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotida beklar ancha
katta rol o’ynaganlar. Bek – xon va davlat arboblarining qarindoshlariga,
farzandlariga beriladigan faxriy unvondir.
Parvonachi – xon saroyidagi oliy vazirlardan biri. Parvonachi saroyning
ichki va tashqi ishlarida ham faol qatnashishi mumkin bo’lgan. U arzu-shikoyatlarni
xonning huzuriga olib kirib, javobini qaytargan. Shuningdek, parvonachi xonning
formonlarini saroy a’yonlariga yetkazib turgan.
Xonlikdagi harbiy unvonlar va mansablar.
Davlatdagi eng oliy harbiy amaldor xonning o’zi edi. Ko’p hollarda shaxsan xon
boshchiligida,ayrim hollarda taniqli sarkardalar boshchiligida boshqa hududarga
yurishlar uyushtirilgan. Eng yuqori harbiy-ma’muriy lavozim amir ul-umaro edi.
Ilmiybaza.uz
Undan keyingi rasmiy ravishda yuqori sarkarda yasovulboshilik mansabi
edi. Xonlikda ular ikki kishi bo’lib, biri yovmud turkmanlariga, ikkinchisi esa
chovdirlarga qo’mondonlik qilar edi. Xon huzuridagi rasmiy qabul marosimlarida
yasovulboshilarning doimiy o’rinlari bo’lmas edi. Lekin ularxon huzurida
bo’ladigan tor kengashda mehtar, qo’shbegi va devonbegi bilan bir qatorda
qatnashar edilar. Yasovulboshiga yasovullar, mirshablar, shotirlar, eshikolari itoat
etganlar. Yasovulboshidan keyingi harbiy unvon mingboshi edi. Harbiy yurishlar
paytida mingboshilarga katta ma’suliyat yuklangan. Ya’ni, ular qo’shinni aytilgan
yerga to’plashi, ularning tayyorgarlik darajasini nazorat qilishi, jang paytida
qo’shinning ma’lum guruhiga yo’lboshchilik qilishi lozim bo’lgan. Shuning uchun
ham arxiv hujjatlariga ko’ra mingboshilar yaxshi in’omlar olganlar.
Xiva xonligida harbiy istehkomlar-qal’alar alohida ahamiyatga ega bo’lib, ular
ma’muriy-mudofaviy vazifani bajargan. Bunday qal’alar kutvol (qal’abon) qo’lida
edi.
Xiva qo’shinlarida sarkardalar muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Sarkardalar bir necha yuzdan bir necha minggacha bo’lgan navkarga
boshchilikqilganlar. Yurishlar paytida sarkarda boshchiligida tug’ (bayroq)
qo’taribborilgan. Bayroq ko’tarib boruvchilarga tug’begi boshchilik qilgan.
Qo’shindayuzboshi, panjshohboshi (ellikboshi), dahboshi (o’nboshi), qorovul,
mahram, navkar kabi vazifalar bo’lgan.
Navkarlar soliqlar va turli majburiyatlardan ozod qilinganliklaribois katta yer
egalarini qattiq himoya qilganlar. Xiva qo’shinida dehqonlardan olinadigan
navkarlardan tashqari, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa ko’chmanchi
xalqlar askarlari ham bo’lib, ular xonga majburiy ravishda ma’lum miqdorda
askarlar berganlar.
Manbalar va adabiyotlar
1.Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga
qadar. – T.: Sharq, 2000.
2.Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. – T., 1994.
Ilmiybaza.uz
3.Istoriya Uzbekistana (XVI – pervaya polovinaXIX v.). – T.: Fan, 2012.
4.Sagdullaev A., Aminov B.B., Mavlonov O’.M., Norqulov N. O’zbekiston tarixi:
davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T.: Akademiya, 2000.
5.Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarai Xorazmshohiy. – T.: G’afur G’ulom
nomidagi nashriyot, 1994.
6.O’zbekistonda harbiy ish tarixi (eng qadimgi davrlardan hozirgacha) / Mas’ul
muharrir D.Ziyaeva. – T.: Sharq, 2012.
7.Eshov B.J. O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – T.: Yangi asr
avlodi, 2012.
8.Vohidov Sh., Saburova S. Xiva xonligida unvon va mansablar va ularning
vazifalari (XIX – XX asrning boshlarida) // O’zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1998,
№3.
9.Sagdullaev A., Mavlonov O’. O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.– Toshkent:
Akademiya, 2006
10.Yo’ldoshev M. Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi. – T.: Fan,
1959.
11. O’zbekistonda harbiy ish tarixidan. – T.: Sharq, 2012.
12.Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi.- T.; Yangi asr avlodi,
2012.