XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA O‘ZBEK MUSIQA MADANIYATI
Yuklangan vaqt
2024-09-02
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
20,6 KB
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA O‘ZBEK MUSIQA
MADANIYATI
1. O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi. XIX asrning 60-70
yillari Toshkent, Moskva, Peterburg cholg’uchilarining mahalliy ijrochilar
musiqa ixlosmandlari ishtirokida kontsert faoliyati faollashgan yirik madaniy
markazga aylandi. 1877-yildan boshlab Toshkentga, keyinroq Samarqandga,
Farg’onaga va boshqa shaharlarga etuk musiqa jamoalari, gastrolyorlar va
daramatik guruhlar tashrif buyura boshlashdi. Rus cholg’uchilarining demokratik
an’analari Turkistonda baynalminal aloqalarning o’rnatilishiga ko’maklashdi va
Oktyabr inqilobining g’alabasidan keyinroq tezda Toshkent, Buxoro Samarqand
va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida kasbiy musiqiy o’quv yurtlarning tashkil
etilishida ma’lum darajada asos bo’lib xizmat qildi.
O’tgan XIX asrning 70-80 yillaridagi O’rta osiyo tubjoy aholisining hayoti
(oilaviy turmush tarzi, urf odatlari, musiqachilik ahvoli marosimlari) rus va
xorijiy etnografik folklorshunoslarining diqqatini o’ziga jalb etgan edi. Xalq
madaniyatining tarkibiy qismiga kirgan xalq cholg’ulariga bo’lgan qiziqishning
boisi ham shunda. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O’rta Osiyoga kelgan
etnograf va sayyohlar Turkiston o’lkasining xalq musiqasini yozib olishda
(notalashtirishda) muayyan ishlar qilishdi. Bunda ular xalq cholg’ularini
o’rganishaga alohida e’tibor berishdi. Ular o’z ijodiy ishlarida musiqaning o’ta
ommaviyligiga, uning xalq hayotida muhim rol o’ynashiga ahamiyat berishdi.
Mazkur manbalar tufayli, biz musiqa san’ati mundarijasi, ijrochilik turlari,
musiqa an’analari, cholg’ularining ta’riflari, o’zbek xalq kuylarining nota
yozuvlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldik. 1917-32 yillarda O’zbekistonda
madaniy qurilishlar yuz bera boshladi. Ulug’ Oktyabr sotsialistik inqilob o’zbek
xalqini ikki tomonlama zulmdan, rus chorizmi hamda mahalliy feodallar
zulmidan ozod etib, milliy madaniyatning gullab-yashnashiga yo’l ochib berdi.
Madaniy qurilish inqilobdan keyingi dastlabki yillardan boshlangan edi.O’rta
Osiyo milliy davlat chegaralanishi iqtisodiy va madaniy tengsizlikka to’la
barham berish uchun o’zbek ijtimoiy millatini jipslashtirish va yuksak
rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. 1917-32 yillar mobaynida
o’lkada ilk musiqa o’quv yurtlari va musiqali teatrlar ochildi ,musiqa folklorini
yozib olish va qayta ishlash, mehnatkash xalqning keng ommasini musiqa
havaskorligiga jalb etish bo’yicha ishlar avj oldirildi.
2.Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi. Inqilobdan keyingi
yillarda O’zbeksitonda ommaviy musiqali harakat avj oldi. Keng xalq ommasini
xor to’garaklari, xalq orkestri va duxovoy orkestrlar, vokal-cholg’u
ansambllariga jalb etish boshlandi. 20-yillarning boshida Toshkent zavod va
fabrikalarning ishchi klublari qoshida ochilgan Maorif institutlari havaskorlik
to’garaklari tuzila boshladi. Ularning negizida kontsert faoliyatini jadal
rivojlantira boshlagan havaskorlik jamoalari vujudga keldi. Odatda bunday
jamoalarni Qizil Armiya qismlaridagi orkestrlarning musiqachilari boshqarar
edi.
Inqilobdan keyingi yillarda umumta’lim maktablarida havaskorlik
to’garaklarining
tashkil
etilishi
muhim
tashabbus
bo’ldi.
1919-yilda
A.S.Makarenko mehnat koloniyasi (biror maqsadda birga kelgan va birga
yashovchi kishilarning turar joyi, makon) qoshida tashkil etilgan Toshkent
erkaklar “Namuna” maktabi o’zbek musiqa havaskorligining o’choqlaridan biri
bo’lib qoldi.Bu erda mashhur xalq musiqachilari Shorahim Shoumarov va L
Lutfullaev rahbarligida tarkibi kuchli bo’lgan musiqa to’garagi vujudga keldi.
20-yillarning ikkinchi yarmida “Ko’k ko’ylak” umumiy nomi ostidagi tashkil
topgan yoshlar jamoalari keng quloch yozdi. Bu jamoalarning milliy tarkibi
ko’pincha xar xil millatlardan iborat bo’lib, dastur ikki tilda olib borilar edi. Rus
ommaviy qo’shiqlari kundalik mavzulardagi o’zbek laparlari bilan galma-gal
aytilardi. “Ko’k ko’ylak”chilar aroqxo’rlik, bezorilik, xotinqizlarga feodallarcha
munosabatni fosh qiluvchi satirik, hajviy laparlarni ijro etar edilar. Turkiston
o’lkasining ko’pgina shaharlarida, o’zbek umumta’lim maktablari qoshida
vujudga kelgan havaskorlar duxovoy orkestri katta e’tibor qozondi. Bularning
tashkil bo’lishida havaskor jamoalar uchun o’z muzikachilarini tayinlagan Qizil
Armiya qismlaridagi harbiy orkestrlar yordam berdi. Duxovoy cholg’u
asboblarida ijrochilikning tarqalishi o’sha davrda nafaqat badiiy, balki siyosiy
ahamiyatga ham ega edi. Inqilobiy qo’shiq va marshlardan iborat dasturlar
bayram namoyishlarida ishtirok etayotgan yoshlarning ongini shakllantirishga
yordam berdi, jangovar ruhini ko’tardi, jamoaviylik tuyg’ularini tarbiyaladi.
3. Birinchi musiqali teatrlar. 1918-yili Toshkentda tashkil etilgan rus
opera teatri Turkistondagi birinchi musiqali teatr edi. Teatr tashkil bo’lganiga
qadar havaskorlar musiqali teatr jamiyati kuchi bilan klassik mumtoz operalardan
parchalar ko’rsatar edi. Bu sahna asarlarining eng faol va talantli ishtirokchilari
opera teatrining birinchi tarkibiga yakkaxon sifatida kirgan edilar. Teatr o’z
faoliyatini boshlanishidayoq o’zining xor va simfonik orkestriga ega edi. Teatr
tarkibi tez orada Rossiyaning etakchi teatrlari artistlari bilan mustahkamlandi.
Spektakllar bilan O’rta Osiyoda gastrolda (tomosha safarida) yurgan rus opera
sahnalarining ustalari L.V. Sobinov, A.V. Nejdanova, G.S. Pirogov va boshqalar
ishtirok etdilar. 20-yillar teatr sahna asarlari ro’yxatida Dargomijskiyning “Suv
parisi”, Chaykovskiyning “Evgeniy Onegin” va “ Mazepa”, Verdining
“Traviata” xamda “ Rigoletto” va boshqa klassik operalari bor edi.
Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta
ishlanishi. 1919-yil dekabrida Turkiston respublikasi maorif Xalq Komissarligi
San’at bo’limi qoshida Badiiy-etnografik komissiya tashkil etildi. Komissiyaning
dastlabki vazifalaridan biri bo’lib hisoblangan musiqa folklorini yozib olish
ishning boshqa barcha turlarini ham o’ziga qaratdi, natijada komissiya bir butun
Musiqali etnografik komissiya deb atala boshladi. G’ulom Zafariy, Nikolay
NazarovichMironov, V.Uspenskiy komissiya a’zolari edi. Inqilobdan oldin
Toshkentga kelib qolgan latish kompozitori Emil Meligaylis ham ba’zan
komissiyada ishtirok etar edi.
O’zbekistonda musiqa folklorshunosligiga asos soluvchilar orasida V.A.
Uspenskiy alohida ajralib turadi. Yorqin musiqiy talant, nuqsonsiz nozik o’quv,
xalq san’atiga bo’lgan chinakam muhabbat, o’rganilmagan olamga yo’llovchi
“izquvarlik” matonati—bularning hammasi Uspenskiyda kishilar yuragini jalb
etgan joziba bilan qo’shilib ketgandi. Uspenskiy ko’p asrlik badiiy madaniyat
an’analarining vakillari—xalq muzikachilari orasida juda tez do’stlar topar edi,
shuning o’zi ko’pincha uning ishlarining muvaffaqiyatini belgilab berardi.
O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi.
Musiqa cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish, ularni yangi
texnologiya asosida muayyan konstruktiv o’zgartirishlar kiritish bilan yasashni
anglatadi. Undan asosiy maqsad tovush xususiyatlarini yaxshilash, cholg’ularda
yangi texnik imkoniyatlar yaratish, tembr ( tovush tusi) nozikliklariga erishish,
o’n ikki bosqichli ravon sur’atlarga bo’lingan xromatik tuzilmalarni joriy etish,
tovush qatorlarini kengaytirishdir. Musiqa madaniyatining umumiy taraqqiyoti
bilan bog’liq bo’lgan cholg’ularni takomillashtirish xalq ijrochilik san’ati rivoji
uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbek xalq cholg’ularida ijrochilikning
rivojlanishi bilan birga xalq cholg’ulariga ham qiziqish kuchaydi. Bu davrga
kelib hamma regionlarda xalq cholg’ulari orkestrlari va ansambllarining turli
xillari shakllandi. Xalq cholg’ularining asosiy turlari barqarorlik kasb etdi. Bu
esa o’z navbatida ularni takomillashtirish yo’llarini ilmiy ravishda izlashga olib
keldi.
O’zbek xalq cholg’ulari xilma-xil bo’lganligi uchun uni takomillashtirish
nihoyatda qiyin vazifa edi. Bu nihoyatda uzoq davom etgan va murakkab jarayon
bo’ldi. Shu sababli, ham xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va
takomillashtirish, shuningdek, ko’povozli ansabl va orkestrlar tuzish bir necha
o’n yillab davom etdi. Chang, g’ijjak kabi cholg’ularga qo’shimcha torlar
qo’yilgach, bu ularning tovush doirasini ancha kengaytirdi. Musiqa cholg’ulari
ustasi Usta Usmon Zufarov ko’plab dutor, tanbur, g’ijjaklarning turdosh oilasini
yaratdi. Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustida ishladi. O’zbekiston
radiosi qoshidagi xalq cholg’ulari milliy ansamblining rahbari Yunus Rajabiy va
Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor-bas, g’ijjak-bas, g’ijjak- alt
namunalarini yaratdilar.
Bu bilan o’zbek xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish
bo’yicha maxsus ustaxonalar ochish boshlandi. Namangandagi musiqa
ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro’zmat Isaboev boshchilik qildi.
Buxoroda dutor, tanbur, afg’on rubobini takomillashtirish ustida Usta Hojiota,
Usta Tohirjon Davlatov, Usta Najmiddin Nasriddinovlar ishlashdi.