XIX ASR YARMIDAGI RUS MUSIQA MADANIYATI
Reja:
1. XIX asr yarmida Rossiyadagi siyosiy-ijtimoiy holat
2. Teatr musiqasi.
3. Evropa va rus romantizmi orasidagi farqlilik.
4. Rus romanslari lirikasining yuksalishi.
5. A.A. Alyabev hayoti va ijodi.
6. A.E. Varlamov hayoti va ijodi.
7. A.L. Gurilev hayoti va ijodi.
1- masalaning asosiy bayoni:
1. XIX asr yarmida Rossiyadagi siyosiy-ijtimoiy holat. XIX asr rus
musiqa madaniyati tarixida har tomonlama “gullab-yashnash” va rivojlanish davri
bo’ldi. Bu davr mobaynida rus xalqinig daho kompozitorlari M.I Glinka,
A.S.Dargomo’jskiy, A.P.Borodin, M.P.Musorgskiy, N.A Rimskiy–Korsakov, M.A
Balakirev, P.I.Chaykovskiy kabilar o’zlarinig jahon tarixida o’z o’rnini tutgan
musiqali san’at durdona asarlarini yaratishdi. Rus klassika musiqa madaniyatining
keyingi rivojlanish davrida A.K.Glazunov, A.K. Lyadov, S.I. Taneev, A.N Skryabin,
S.V.Raxmaninov kabi kompozitorlar ijodining asosiy davri XX asrga kelib taqaladi.
Rus musiqa madaniyatinig rivojlanishi va tan olinish jarayoni keskin va tez
odimladi.Bir paytning o’zida bu ijodiy rivojlanish oqimi turli xil yo’nalishlarda va
turli xil musiqali janrlarda yangi badiiy va musiqaning hali ochilmagan yangi
qirralarini topish maqsadidagi izlanishlar va musiqali tanqid,estetik( biror kishining
san’atga bo’lgan qarashlari) ifodaga ega bo’lgan musiqa asarlarini yaratish davri
bo’ldi. XIX asr yarmidagi rus musiqa madaniyati yutuqlarida undan oldingi
davrlardagi musiqa madaniyati va ijtimoiy-siyosiy holati ta’siri ifodalangan bo’lsada,
baribir hayotning va ijtimoiy-siyosatning o’zgarib turishi yaratilayotgan asarlarda o’z
ifodasini talqin etmay qolmaydi. Musiqa madaniyati, ya’ni yaratilayotgan asarlarda
o’sha davrning ijtimoiy-siyosiy holati, ya’ni o’sha davrdagi Rossiya va janubiy
Evropadagi ijtimoiy-siyosiy murakkab notinchliklar holati, hamda insoniyat
ma’naviy dunyoqarashining o’zgaruvchanligi musiqiy asarlarda ya’ni opera,kantata
musiqali drama, romans kabi musiqali shakllarda o’z ifodasini topadi. XVIII asr
oxirlarida Frantsiyada bo’lib o’tgan frantsuz revolyutsiyasining tanazzulga
uchraganidan so’ng, hokimiyat tepasida siyosatchi agressor Napoleon 1 Frantsiya
imperatori deb e’lon qilindi. Napoleon Bonapartning siyosiy strategiyasi ko’plab
Evropa xalqlarini iqtisodiy va ma’naviy tomondan qiyinchiliklarga olib keldi.
Napoleonning Rossiyaga qilgan harbiy yurishi tanazzulga yuz tutdi.1812-yilda
Rossiya zaminini butun rus xalqi himoya qildi. Bu urushdan so’ng Rossiyada ahvol
yaxshilanmadi,dvoryan (katta mansabga ega bo’lgan amaldorlar) va krestyan( oddiy
xalq) lar orasida noroziliklar kelib chiqa boshladi. Aynan mana shu munosabatlar
dekabristlar qo’zg’oloni harakatiga sabab bo’ldi.1825-yilda dekabristlar hokimiyat
tomonidan ayovsiz tor-mor qilindilar.Rus san’ati tarixida A.S. Pushkinning ijodiyoti
mana shu dekabristlar qo’zg’oloni davriga to’g’ri keladi. Dekabristlar qo’zg’oloni
arafasida Pushkin o’zining birinchi xalq realistik tragediyasi “Boris Godunov”asarini
yaratadi.
2. Teatr musiqasi. Musiqa olamida ham o’ziga yarasha ildam keskin
o’zgarishlar tus oldi. Teatr janrida ilk ertak-operalari yaratildi.” Knyaz-
nevidimka”(Ko’rinmas knyaz) va ”Ilya – bogato’r»(Ilya bahodir), vatanparvarona
opera “ Ivan Susanin”lar shular jumlasidandir. Rus musiqa san’atiga A.N
Verstovskiy, A.A Alyabev. A.E Varlamov. A.L. Gurilev kabi kompozitorlar ulkan
o’z hissalarini qo’shdilar. A.A Alyabevning yirik shakldagi kontsert uvertyurasi, 1
qismli simfoniyalari rus musiqa san’atida o’z ahamiyatini kasb etadi. A.L. Gurilev
turli xil janr avtorlari sifatida ancha musiqa asarlarini yaratgan. 1820 –yillarda
Mixail Ivanovich Glinka o’z ijodiyotini boshlaydi. Bu davr yillarini Glinka davri deb
atasa ham bo’ladi.Glinka rus musiqa madaniyatini yangi rivojlanish pog’onasiga olib
chiqdi. Glinka nafaqat rus klassika operasi va rus klassika romanslari yaratuvchisi
sifatida, balki rus klassika simfonizmi asosiga ham o’z hissasini qo’shgan.Glinka
ijodiyotining boshqalardan ajralib turishi uning dunyoga chuqur nazar bilan qarashi
va o’z davriga chuqur aloqadorligi va o’z xalqiga muxabbat bilan qarashi bilandir.
1830- yillarga kelib rus musiqa olamida yangi ism Dargomo’jskiy kompozitori o’z
ijodiyotini yuritadi.
3. Evropa va rus romantizmi orasidagi farqlilik. XIX asr boshlarida
Rossiyada butun Evropa mamlakatlarini qiziqtirib qo’ygan yangi okim rivojlanishi
ya’ni –Romantizm yo’nalishi paydo bo’ladi. Romantizm oqimida inson shaxsining
erkinlikka, ozodlikka intilishi,insoniyatning bu hayotda iqtisodiy va ma’naviy
tomondan barkamollikka etishishi ideologiyalari o’z aksini topgan. Romantizm
yo’nalishida ijod qilgan kompozitorlar , yozuvchilar,shoirlar ya’ni romantiklar xalqni
o’z hayotiga bo’lgan tarixiga , xalq qo’shiqlariga, afsona va milliy ma’naviy
qadriyatlariga bo’lgan qiziqishga, muxabbatga undashgan. Romantizm davri Glinka,
Alyabev ijodiyotining romanslarida, Verstovskiyning operalarida, Varlamovning
jo’shqin lirikalarida biz oddiy xalqning yashash tarzi, turli xil qaxramonlar
timsolini,insoniyatning ichki his-tuyg’ularini aks etilishini jonli ko’z o’ngimizda
gavdalanishini his etamiz. Rus musiqa madaniyatida yozuvchi va shoir Aleksandr
Sergeevich Pushkinning tutgan o’rni katta ahamiyatga ega.Glinkaning xalq-
qaxramonlik tarixiy dramasi “ Ivan Susanin”operasining drama matnini Pushkin
yaratgan.Pushkin yaratgan she’riyat ijodi rus klassik romanslarining asosiy negizi
bo’lib qoldi. Pushkin asarlari asosida yaratilgan “ Ruslan va Lyudmila”,” Rusalka”
operalari shular jumlasidandir.
Rus romantizmi oqimida va ijodiyotidagi yaratilgan yirik asarlarga nafaqat rus
musiqalari, balki ukraina,janubiy g’arbiy Evropa musiqalari sho’x, o’yinbop, ritmlar,
rechitativ ohanglar, nemets, frantsuz, italiya musiqalari ustamonlik bilan
kompozitorlar tomonidan kiritilgan. Turli xil musiqalarning yirik bir asarda
mujassamlanishi asarni ya’nada qiziqarli tarzda boyitadi. Romantizm ballada
ko’rinishida ham yaratila boshladi. Verstovskiy, Alyabev, Varlamovlarning ajoyib
balladalari yaratildi. Balladalar bo’sh shakllda yaratilgan bo’lib, orasida dramatik
monologlar uchraydi. Asosan Vertovskiy ballada-romans janrida ijod qilgan. Uning
“ Chyornaya shal” ( Qora harir mato), Pushkin so’zlariga yozilgan balladasi juda
mashhur.“Bedno’y pevets”( Bechora hofiz) balladasi, so’zlari Jukovskiyniki. XIX
asrning birinchi yarmida xalq musiqa ohanglariga talqin qilingan janr “ rus
qo’shiqlari” janri ijodiyoti keng tarqala boshladi.
4. Rus romanslari lirikasining yuksalishi. Alyabev, Gurilev, Varlamov singari
kompozitorlar asosan mana shu rus qo’shiqlari janrida ijod qilishgan. Ularning
romans qo’shiqlari mazmunan boy va musiqa tomonidan juda go’zaldir. Asosan
romantizm oqimida ijod qilayotgan kompozitorlarning asarlari Pushkin she’riyati
bilan uzviy bog’liq. Pushkin so’zlariga bitilgan “Pogaslo dnevnoe svetilo”( Kunning
yoritgichi so’ndi) Genishtning elegiyasi, Barato’nskiy so’zlariga yozilgan “ Ne
iskushay” (“ Vasvasaga tushma”) nomli Glinkaning balladasi juda mashhur. Asosan
rus romantizmi vokal xonandalik ijodiyoti asarlari rus xalqining oddiy turmush tarzi,
dasturxon atrofida kuylanadigan xalq qo’shiqlari, o’rmon sayllarida, gulxan atrofida
kuylanadigan qo’shiqlar, vatanparvarona-qahramonlik xarakteriga ega bo’lgan
qo’shiqlar va shu bilan birga sevgi-muxabbat ,insonning ichki hissiyotlari ifoda
topgan xarakterli, turli xil ko’rinish va timsollarni o’z ichiga olgan.
5. A.A Alyabev ( 1787-1851)
Aleksandr Aleksandrovich Alyabev Tobolsk shahrida dunyoga keldi.
Ko’pchilik zamondoshlari singari dvoryan (oqsuyak, zodagon) oilasida tug’ilgan.
Shuning uchun ham yoshligidan har taraflama a’lo ta’lim yo’nalishini o’zlashtirgan.
Uni yoshligidan ijodiy qobiliyatlari namoyon bo’la boshladi. 1812- yilda Alyabev
o’z xohishi bilan gusar polkiga qabul qilindi. Ko’pgina urushlarda qatnashib,
yaralanib, harbiy xizmatlari uchun ordenlar bilan mukofotlangan. 1823-yildan
boshlab Moskvada yashagan. Verstovskiy va Sholts bilan “Torjestvo muz” (“Ilhom
parisi tantanasi”) prologiga musiqa yaratadi. 1825- yilda qotillik sodir etganlikda
ayblanib, dvoryanlik nomi va barcha haq-huquqlaridan ayrilib, Sibirga surgun
qilinadi. Bunday keskin hukmning sababi uning dekabristlar bilan yaqinligida edi.
1828- yilda Alyabev Tobolsk shahriga jo’natildi. Bu erda u dirijyor va pianinochi
sozanda sifatida xor jamoasi va simfonik orkestriga rahbarlik qila
boshladi.Salomatligiga ancha putur etgan bo’lsa-da, o’z ijodiyotini to’xtatmadi.U
bilan birga rus romanslari mavzulariga vatanparvarlik, erksevarlik xarakteri kirib
keldi. Uning uchun dekabristlar shoiri Griboedov, Dargomijskiylarning munosabati
juda muhim edi. Alyabev kamer-instrumental musiqasiga ham o’z hissasini