XIX ASRDA QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIKNING VUJUDGA KELISHI. VILGELM FON GUMBOLDT TA`LIMOTI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

17

File size

Fayl hajmi

29,2 KB


XIX ASRDA QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIKNING VUJUDGA
KELISHI. VILGELM  FON GUMBOLDT TA`LIMOTI
RЕJA:
1. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi. 
2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari.
3. F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. Grimm ta’limotlari. 
4. Vilgelm fon Gumboldtning tarixiy-falsafiy qarashlari.
XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi
XVIII asrgacha til o`zgarmas hodisa deb hisoblangan. Aynan mana shu
asrdan boshlab tilga bunday qarash o`zgardi. XVIII asrning diqqatga sazovor eng
katta xizmati shunda bo`ldiki, u tilga o`zgaruvchan, rivojlanuvchan hodisa sifatida
baho berdi. Aniqrog`i, ushbu davrda Sharl de Bros, Jan-Jak Russo, Monboddo,
Adam Smit, Pristli, Gerder va boshqalar tillarning tarixiy taraqqiyoti g`oyasini
qo`llab-quvvatlardilar va uni rivojlantirdilar. 
 XIX asrning birinchi choragida til sohasidagi kuzatishlar va ular asosida
kelib  chiqqan  jiddiy  fikrlar  faktlarni  yig`ish,  ularga  e`tibor  berish  g`oyasidan
qiyosiy-tarixiy g`oyaga-nuqtayi nazarga o`tishga o`tildi. Tilshunoslikka alohida fan
sifatida  qarash  g`oyasi  ushbu  nuqtayi  nazarlarning  o`zgarishiga  sabab  bo`ldi.
Aslida tillar o`rtasida o`xshashlik borligi XIX asrdan ancha oldin ayrim aniqlangan
bo`lsa-da, ammo uzoq vaqtlar davomida ushbu o`xshashlikning sabablari ilmiy
jihatdan yoritib berilmagan, asoslab berilmagan edi. XIX asrning boshlariga kelib,
turli  mamlakatlardagi  ayrim  tilshunoslar  deyarli  bir  vaqtda  bir  qancha  tillar
o`rtasidagi sistematik o`xshashlikni faqatgina ularning qarindoshligi bilan - bir
umumiy  qadimiy  bobotildan  kelib  chiqqanligi  bilan,  keyinchalik  esa  har  biri
Logotip
XIX ASRDA QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIKNING VUJUDGA KELISHI. VILGELM FON GUMBOLDT TA`LIMOTI RЕJA: 1. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi. 2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. 3. F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. Grimm ta’limotlari. 4. Vilgelm fon Gumboldtning tarixiy-falsafiy qarashlari. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi XVIII asrgacha til o`zgarmas hodisa deb hisoblangan. Aynan mana shu asrdan boshlab tilga bunday qarash o`zgardi. XVIII asrning diqqatga sazovor eng katta xizmati shunda bo`ldiki, u tilga o`zgaruvchan, rivojlanuvchan hodisa sifatida baho berdi. Aniqrog`i, ushbu davrda Sharl de Bros, Jan-Jak Russo, Monboddo, Adam Smit, Pristli, Gerder va boshqalar tillarning tarixiy taraqqiyoti g`oyasini qo`llab-quvvatlardilar va uni rivojlantirdilar. XIX asrning birinchi choragida til sohasidagi kuzatishlar va ular asosida kelib chiqqan jiddiy fikrlar faktlarni yig`ish, ularga e`tibor berish g`oyasidan qiyosiy-tarixiy g`oyaga-nuqtayi nazarga o`tishga o`tildi. Tilshunoslikka alohida fan sifatida qarash g`oyasi ushbu nuqtayi nazarlarning o`zgarishiga sabab bo`ldi. Aslida tillar o`rtasida o`xshashlik borligi XIX asrdan ancha oldin ayrim aniqlangan bo`lsa-da, ammo uzoq vaqtlar davomida ushbu o`xshashlikning sabablari ilmiy jihatdan yoritib berilmagan, asoslab berilmagan edi. XIX asrning boshlariga kelib, turli mamlakatlardagi ayrim tilshunoslar deyarli bir vaqtda bir qancha tillar o`rtasidagi sistematik o`xshashlikni faqatgina ularning qarindoshligi bilan - bir umumiy qadimiy bobotildan kelib chiqqanligi bilan, keyinchalik esa har biri
alohida, mustaqil rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga
kelishdi. 
Shuningdek, tillar o`rtasida o`xshashlik mavjudligi g`oyasining maydonga
kelishida  fanga  tarixiy  yondashishning  yuzaga  kelishi  til  hodisalari  tarixiylik
nuqtayi nazaridan izohlana boshlanganligi, tilshunoslikka romantizm g`oyalarining
ta`siri, ya`ni jonli tillarning o`tmishini o`rganishga undash g`oyasi hamda sanskrit
(qadimgi  hind  adabiy  tili)  bilan  yaqindan  tanishish  kabilar  tillar  o`rtasidagi
o`xshashlikni ularning qarindoshligiga ko`ra izohlash mumkinligiga olib keldi. 
Tillarni  tarixiy  jihatdan  o‘rganish  va  qiyosiy-tarixiy  tilshunoslikning
maydonga  kelishida  Bengaliyada  xizmat  qilgan  ingliz  sharqshunosi  va
huquqshunosi  Vilyam Jonsning (1746-1794) sanskrit tili bilan yunon va lotin
tillari o‘rtasida yaqinlik borligi haqidagi fikrlari, nemis olimi  Fridrix Shlegel
(1772-1829) tomonidan yaratilgan  “Hindlarning tili va donoligi”  asari zamin
bo‘lib xizmat qildi. Ushbu asarda sanskrit tilining nafaqat lug‘at tarkibi jihatidan,
balki  grammatik  tuzilishi  jihatidan  ham  lotin,  grek,  german  va  fors  tillariga
qarindosh ekanligi, ularning bir umumiy asosdan kelib chiqqanligi qayd etilgan edi.
Bu juda ko‘p jonli va qadimiy tillarni tarixiy va qiyosiy jihatdan o‘rganilishiga va
qiyosiy-tarixiy  metodning  yaratilishiga,  ayni  paytda  tilshunoslik  fanining  ham
tarixiy, ham ilmiy-tarixiy nuqtayi nazardan mustahkam asosga ega bo‘lishiga olib
keldi.  
Demak,  tillarni  qiyosiy  nuqtayi  nazardan  tadqiq qilish,  ularga  tarixiylik
nuqtayi  nazardan  yondashish  kabilar  kamparativistika,  ya`ni  qiyosiy-tarixiy
tilshunoslikning  maydonga  kelishiga,  tilshunoslikning  alohida,  mustaqil  fan
sifatida  qat’iy  tan  olinishiga  zamin  yaratdi.  Ushbu  jarayonda  qiyosiy-tarixiy
metodning  yaratilishi  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo`lib,  qiyoslash  tillarni
o`rganishda usul, vosita sifatida, tillarga tarixiylik nuqtayi nazaridan yondashish
esa tadqiqotning prinsipi (bosh g`oyasi, maqsadi) sifatida namoyon bo`ldi. 
Ta’kidlash kerakki, qiyosiy-tarixiy metodning ochilishigina tilshunoslikning
fan sifatida tan olinishiga, boshqa fanlar qatoridan mustahkam o`rin egallashiga
olib keldi, chunki  mana shu  metodgina  til  haqidagi  fanga  chinakam,  haqiqiy
ilmiylik  g`oyasini  berdi,  ilmiylik  ruhini  kiritdi.  Qiyosiy-tarixiy  metodning
Logotip
alohida, mustaqil rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, tillar o`rtasida o`xshashlik mavjudligi g`oyasining maydonga kelishida fanga tarixiy yondashishning yuzaga kelishi til hodisalari tarixiylik nuqtayi nazaridan izohlana boshlanganligi, tilshunoslikka romantizm g`oyalarining ta`siri, ya`ni jonli tillarning o`tmishini o`rganishga undash g`oyasi hamda sanskrit (qadimgi hind adabiy tili) bilan yaqindan tanishish kabilar tillar o`rtasidagi o`xshashlikni ularning qarindoshligiga ko`ra izohlash mumkinligiga olib keldi. Tillarni tarixiy jihatdan o‘rganish va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maydonga kelishida Bengaliyada xizmat qilgan ingliz sharqshunosi va huquqshunosi Vilyam Jonsning (1746-1794) sanskrit tili bilan yunon va lotin tillari o‘rtasida yaqinlik borligi haqidagi fikrlari, nemis olimi Fridrix Shlegel (1772-1829) tomonidan yaratilgan “Hindlarning tili va donoligi” asari zamin bo‘lib xizmat qildi. Ushbu asarda sanskrit tilining nafaqat lug‘at tarkibi jihatidan, balki grammatik tuzilishi jihatidan ham lotin, grek, german va fors tillariga qarindosh ekanligi, ularning bir umumiy asosdan kelib chiqqanligi qayd etilgan edi. Bu juda ko‘p jonli va qadimiy tillarni tarixiy va qiyosiy jihatdan o‘rganilishiga va qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishiga, ayni paytda tilshunoslik fanining ham tarixiy, ham ilmiy-tarixiy nuqtayi nazardan mustahkam asosga ega bo‘lishiga olib keldi. Demak, tillarni qiyosiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish, ularga tarixiylik nuqtayi nazardan yondashish kabilar kamparativistika, ya`ni qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maydonga kelishiga, tilshunoslikning alohida, mustaqil fan sifatida qat’iy tan olinishiga zamin yaratdi. Ushbu jarayonda qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lib, qiyoslash tillarni o`rganishda usul, vosita sifatida, tillarga tarixiylik nuqtayi nazaridan yondashish esa tadqiqotning prinsipi (bosh g`oyasi, maqsadi) sifatida namoyon bo`ldi. Ta’kidlash kerakki, qiyosiy-tarixiy metodning ochilishigina tilshunoslikning fan sifatida tan olinishiga, boshqa fanlar qatoridan mustahkam o`rin egallashiga olib keldi, chunki mana shu metodgina til haqidagi fanga chinakam, haqiqiy ilmiylik g`oyasini berdi, ilmiylik ruhini kiritdi. Qiyosiy-tarixiy metodning
yaratilishi bilan tilshunoslik ham tarixiy, ham ilmiy-nazariy jihatdan mustahkam
asosga ega bo`ldi. 
Qiyosiy-tarixiy  metod  ilmiy-tekshirish  usullarining  muayyan  sistemasi
bo`lib, o`z oldiga qarindosh tillarni qiyosiy o`rganish orqali, u yoki bu tilning
tarixini,  undagi  o`zgarishlarni,  lisoniy  hodisalarning  mohiyatini,  uning
taraqqiyotidagi qonuniyatlarni ko`rsatib berish, tushuntirib berish vazifasini o`rtaga
qo`yadi. 
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari
Qiyosiy-tarixiy  tilshunoslikning  shakllanish  davri  va  qiyosiy-tarixiy
metodning yaratilishida Mahmud Koshg`ariy, Vilyam Djons, Fridrix Shlegel kabi
olimlarning xizmatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi. Ular qiyosiy-tarixiy metodning
yaratilishiga  juda  yaqinlashishdi,  aytish  mumkinki,  mustahkam  zamin  yaratib
berishdi. Ammo qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi asosan Frans Bopp, Rasmus
Rask, Yakob Grimm, Aleksandr Vostokov kabi olimlarning izlanishlari, xulosalari
nihoyatda  katta  bo`ldi.  Ular  ijodkor  (novator)  tilshunoslar  sifatida  maydonga
chiqdilar  va  komparativistikaning  yuzaga  kelishiga  sabab  bo`ldilar.  Buning
boshlanish nuqtasi, qayd etilganidek, qadimgi hind tili – sanskrit bilan tanishish va
Yevropa  tillarini  ushbu  til  bilan  qiyosiy  o`rganishdan  boshlanib,  keyinchalik
tilshunoslikda turli ta`limotlarning yuzaga kelishiga olib keldi. 
Umuman, XIX asr tilshunoslikda muhim o`zgarishlar, burilishlar yuz bergan
hamda tilga yangicha yondashishga turtki bergan, tilshunoslik fanining mustaqil
fan sifatida e`tirof etilishiga olib kelgan davr hisoblanadi. Ushbu davr tarixiy
jihatdan to`rt davrni o`z ichiga oladi: 
1.Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishidan to yosh grammatikachilargacha
bo`lgan davr (XIX asrning birinchi choragi-1870). 
2. Yosh grammatikachilar davri (1870-1890). 
3.  Yosh  grammatikachilar  davridan  to  F.  de  Sossyurning  «Umumiy
tilshunoslik kursi» asari  va xet yozma yodgorliklarini o`qib, mahnosini ochib
berishgacha bo`lgan davr (XIX asrning oxiri va XX asrning ikki o`n yilligi). 
4. F. de Sossyur g`oyalaridan bizning davrimizgacha bo`lgan davr. 
1. Qiyosiy-tarixiy metod yaratilishidan to yosh grammatiklar maktabigacha
bo‘lgan davr (XIX asrning 1-choragi).
Logotip
yaratilishi bilan tilshunoslik ham tarixiy, ham ilmiy-nazariy jihatdan mustahkam asosga ega bo`ldi. Qiyosiy-tarixiy metod ilmiy-tekshirish usullarining muayyan sistemasi bo`lib, o`z oldiga qarindosh tillarni qiyosiy o`rganish orqali, u yoki bu tilning tarixini, undagi o`zgarishlarni, lisoniy hodisalarning mohiyatini, uning taraqqiyotidagi qonuniyatlarni ko`rsatib berish, tushuntirib berish vazifasini o`rtaga qo`yadi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davri va qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishida Mahmud Koshg`ariy, Vilyam Djons, Fridrix Shlegel kabi olimlarning xizmatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi. Ular qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishiga juda yaqinlashishdi, aytish mumkinki, mustahkam zamin yaratib berishdi. Ammo qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi asosan Frans Bopp, Rasmus Rask, Yakob Grimm, Aleksandr Vostokov kabi olimlarning izlanishlari, xulosalari nihoyatda katta bo`ldi. Ular ijodkor (novator) tilshunoslar sifatida maydonga chiqdilar va komparativistikaning yuzaga kelishiga sabab bo`ldilar. Buning boshlanish nuqtasi, qayd etilganidek, qadimgi hind tili – sanskrit bilan tanishish va Yevropa tillarini ushbu til bilan qiyosiy o`rganishdan boshlanib, keyinchalik tilshunoslikda turli ta`limotlarning yuzaga kelishiga olib keldi. Umuman, XIX asr tilshunoslikda muhim o`zgarishlar, burilishlar yuz bergan hamda tilga yangicha yondashishga turtki bergan, tilshunoslik fanining mustaqil fan sifatida e`tirof etilishiga olib kelgan davr hisoblanadi. Ushbu davr tarixiy jihatdan to`rt davrni o`z ichiga oladi: 1.Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishidan to yosh grammatikachilargacha bo`lgan davr (XIX asrning birinchi choragi-1870). 2. Yosh grammatikachilar davri (1870-1890). 3. Yosh grammatikachilar davridan to F. de Sossyurning «Umumiy tilshunoslik kursi» asari va xet yozma yodgorliklarini o`qib, mahnosini ochib berishgacha bo`lgan davr (XIX asrning oxiri va XX asrning ikki o`n yilligi). 4. F. de Sossyur g`oyalaridan bizning davrimizgacha bo`lgan davr. 1. Qiyosiy-tarixiy metod yaratilishidan to yosh grammatiklar maktabigacha bo‘lgan davr (XIX asrning 1-choragi).
2. Yosh grammatiklar maktabi davri (1870-1890). 
3. Yosh grammatiklardan F. De Sossyurgacha bo‘lgan davr.
4. Sossyur ta’limotidan bugungi kungacha bo‘lgan davr. 
Birinchi davrning o‘zi 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda qiyosiy-
tarixiy  metod  yaratilgan  bo‘lsa,  2-bosqichda  umumiy  tilshunoslik  faniga  asos
solindi.  Ushbu davr qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi, ochilishi va umumiy
tilshunoslik fanining asoslanishi bilan xarakterlanadi. XIX asrning ikkinchi o`n
yilligining o`rtalaridan to`rtinchi o`n yillikning oxirlarigacha bo`lgan vaqtni o`z
ichiga oladi.
XVII asr tilshunoslari ratsionistlarning “aql inson faoliyatida yetakchi rol
o‘ynaydi”, degan fikrini olib, uni tilga tadbiq qilganlar, ya’ni aqlga, mantiqqa
aloqador bo‘lgan qonuniyatlarni tilga nisbatan qo‘llaganlar. Shuning uchun Por-
Royal  tadqiqotchilari  tadqiqot  ishlarini  fransuz  tilini  tavsiflashdan  boshlagan
bo‘lsalar ham, o‘z fikrlarini dalillashda grek, lotin, hatto qadimgi yahudiy tili
dalillariga ham murojaat qilganlar. XVII-XVIII asrlar davomida “ratsional” va
“universal” grammatikalarning bir necha variantlari yaratilgan bo‘lib, ular falsafiy,
mantiqiy  grammatika  deb  ham  yuritilgan.  Ularning  fikricha,  gap mantig‘ida
universal grammatikaning falsafiy asosi bo‘lgan ratsionalizm mavjud (ratsionalizm
– aql). 
Birinchi bosqich namoyandalari
(F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. Grimm ta’limotlari)
Frans Bopp
Frans Bopp (1781-1867) buyuk nemis tilshunosi-sanskrit mutaxassisi, Berlin
universiteti professori.  U 1816-yilda «Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni
grek, lotin, fors va german tillaridagi  tuslanish  sistemasiga  qiyoslash» asarini
yozdi. 
F.Bopp  qayd  etilgan  tillarda  mavjud  grammatik  shakllarni-tuslanish
formalarini qiyoslash asosida ushbu tillar o`rtasidagi umumiylikni, o`xshashlikni
ochib berdi. U qiyoslash metodi bilan qiyoslanayotgan tillarning dastlabki holatini,
ko`rinishini tiklash mumkin, degan fikrni ilgari surdi. Shunga ko`ra 1816-yil to`liq
ma`noda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning tug`ilish-yaratilish yili deb e`tirof etiladi. 
Logotip
2. Yosh grammatiklar maktabi davri (1870-1890). 3. Yosh grammatiklardan F. De Sossyurgacha bo‘lgan davr. 4. Sossyur ta’limotidan bugungi kungacha bo‘lgan davr. Birinchi davrning o‘zi 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda qiyosiy- tarixiy metod yaratilgan bo‘lsa, 2-bosqichda umumiy tilshunoslik faniga asos solindi. Ushbu davr qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi, ochilishi va umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bilan xarakterlanadi. XIX asrning ikkinchi o`n yilligining o`rtalaridan to`rtinchi o`n yillikning oxirlarigacha bo`lgan vaqtni o`z ichiga oladi. XVII asr tilshunoslari ratsionistlarning “aql inson faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi”, degan fikrini olib, uni tilga tadbiq qilganlar, ya’ni aqlga, mantiqqa aloqador bo‘lgan qonuniyatlarni tilga nisbatan qo‘llaganlar. Shuning uchun Por- Royal tadqiqotchilari tadqiqot ishlarini fransuz tilini tavsiflashdan boshlagan bo‘lsalar ham, o‘z fikrlarini dalillashda grek, lotin, hatto qadimgi yahudiy tili dalillariga ham murojaat qilganlar. XVII-XVIII asrlar davomida “ratsional” va “universal” grammatikalarning bir necha variantlari yaratilgan bo‘lib, ular falsafiy, mantiqiy grammatika deb ham yuritilgan. Ularning fikricha, gap mantig‘ida universal grammatikaning falsafiy asosi bo‘lgan ratsionalizm mavjud (ratsionalizm – aql). Birinchi bosqich namoyandalari (F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. Grimm ta’limotlari) Frans Bopp Frans Bopp (1781-1867) buyuk nemis tilshunosi-sanskrit mutaxassisi, Berlin universiteti professori. U 1816-yilda «Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash» asarini yozdi. F.Bopp qayd etilgan tillarda mavjud grammatik shakllarni-tuslanish formalarini qiyoslash asosida ushbu tillar o`rtasidagi umumiylikni, o`xshashlikni ochib berdi. U qiyoslash metodi bilan qiyoslanayotgan tillarning dastlabki holatini, ko`rinishini tiklash mumkin, degan fikrni ilgari surdi. Shunga ko`ra 1816-yil to`liq ma`noda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning tug`ilish-yaratilish yili deb e`tirof etiladi.
F.Boppning kashfiyoti, yangiligi nimada? Yuqorida aytilganidek, ko`pgina
olimlar  V.Djons,  Fr.Shlegel  kabilar  hind-Yevropa  tillari  bir  bobotildan  kelib
chiqqan, qarindosh tillar oilasini tashkil qiladi, degan fikrni aytishgan. 
F.Boppning xizmati shundaki, u qarindosh tillarning materiallari asosida
sistemaga asoslangan, sistema xarakteridagi umumiy nazariyani qurib berdi. U
fe`llarning qo`shimchalarini qiyoslab, hayratlanarli darajaga keldi. Ya`ni, ma`lum
bo`ldiki, hind-Yevropa tillarida nafaqat alohida o`xshash hodisalar mavjud, balki
ushbu tillarda o`zaro o`xshashlikning, o`zaro muvofiqlikning butun bir sistemasi-
grammatik sistemalarning umumiyligi, o`xshashligi mavjudligi aniqlandi. F.Bopp
uchun tillar o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik faqat vosita edi, xolos. Maqsad esa
boshqa. Ya`ni qiyoslanayotgan tillardagi grammatik shakllarning eng qadimiy,
dastlabki ko`rinishini-shaklini ochib berish jarayonida bir tilga xos hodisani boshqa
til faktlari yordamida yoritish, tushuntirish edi. Anig`i muayyan tilga oid shakllarni
(so`z  formalarini)  boshqa  tildagi  shakllar  (so`z  formalari)  orqali  tushuntirish,
izohlash edi. Ushbu nuqtayi nazar F.Bopp tadqiqotlarining yangiligidir. U shu bilan
qiyosiy-tarixiy metodning asosini yaratdi. 
F.Bopp  1833-1852-yillarda  uch  tomdan  iborat  bo`lgan  «Sanskrit,  zend,
arman,  grek,  lotin,  litva,  eski  slavyan,  got  va  nemis  tillarining  qiyosiy
grammatikasi» nomli asosiy asarini e`lon qildi. Bu asarda sanskrit tiliga asoslangan
holda  ayrim  grammatik  formalarning  taraqqiyotini  va  ularning  dastlabki
manbalarini aniqlash mumkin, degan fikrni ilgari surdi. 
F.Bopp o`z ta`limoti, asarlari bilan o`sha davrda ma`lum bo`lgan barcha
hind-Yevropa  tillarining  qarindoshligini  isbotlab  berishga  erishdi.  Uning
izlanishlaridan  hali  u  davrda  ochilmagan,  noma`lum  bo`lgan  xet,  toxar  kabi
tillargina chetda qoldi. F.Bopp tilshunoslikka hind-Yevropa tillari degan terminni
ham  olib  kirdi.  U  o`z  tadqiqotlarida,  asosan,  morfologiya  bilan  shug`ullandi,
fonetika, sintaksis-gap shakllari, qo`llanishi, gap tuzilishi kabi masalalarga e`tibor
bermadi. 
F. Bopp tillarning qarindoshligi masalasida ham jiddiy xatolarga yo`l qo`ydi.
U kichik Polineziya va janubiy Kavkaz tillarini ham asossiz ravishda hind-Yevropa
tillariga kiritdi. 
Rasmus Rask
Logotip
F.Boppning kashfiyoti, yangiligi nimada? Yuqorida aytilganidek, ko`pgina olimlar V.Djons, Fr.Shlegel kabilar hind-Yevropa tillari bir bobotildan kelib chiqqan, qarindosh tillar oilasini tashkil qiladi, degan fikrni aytishgan. F.Boppning xizmati shundaki, u qarindosh tillarning materiallari asosida sistemaga asoslangan, sistema xarakteridagi umumiy nazariyani qurib berdi. U fe`llarning qo`shimchalarini qiyoslab, hayratlanarli darajaga keldi. Ya`ni, ma`lum bo`ldiki, hind-Yevropa tillarida nafaqat alohida o`xshash hodisalar mavjud, balki ushbu tillarda o`zaro o`xshashlikning, o`zaro muvofiqlikning butun bir sistemasi- grammatik sistemalarning umumiyligi, o`xshashligi mavjudligi aniqlandi. F.Bopp uchun tillar o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik faqat vosita edi, xolos. Maqsad esa boshqa. Ya`ni qiyoslanayotgan tillardagi grammatik shakllarning eng qadimiy, dastlabki ko`rinishini-shaklini ochib berish jarayonida bir tilga xos hodisani boshqa til faktlari yordamida yoritish, tushuntirish edi. Anig`i muayyan tilga oid shakllarni (so`z formalarini) boshqa tildagi shakllar (so`z formalari) orqali tushuntirish, izohlash edi. Ushbu nuqtayi nazar F.Bopp tadqiqotlarining yangiligidir. U shu bilan qiyosiy-tarixiy metodning asosini yaratdi. F.Bopp 1833-1852-yillarda uch tomdan iborat bo`lgan «Sanskrit, zend, arman, grek, lotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi» nomli asosiy asarini e`lon qildi. Bu asarda sanskrit tiliga asoslangan holda ayrim grammatik formalarning taraqqiyotini va ularning dastlabki manbalarini aniqlash mumkin, degan fikrni ilgari surdi. F.Bopp o`z ta`limoti, asarlari bilan o`sha davrda ma`lum bo`lgan barcha hind-Yevropa tillarining qarindoshligini isbotlab berishga erishdi. Uning izlanishlaridan hali u davrda ochilmagan, noma`lum bo`lgan xet, toxar kabi tillargina chetda qoldi. F.Bopp tilshunoslikka hind-Yevropa tillari degan terminni ham olib kirdi. U o`z tadqiqotlarida, asosan, morfologiya bilan shug`ullandi, fonetika, sintaksis-gap shakllari, qo`llanishi, gap tuzilishi kabi masalalarga e`tibor bermadi. F. Bopp tillarning qarindoshligi masalasida ham jiddiy xatolarga yo`l qo`ydi. U kichik Polineziya va janubiy Kavkaz tillarini ham asossiz ravishda hind-Yevropa tillariga kiritdi. Rasmus Rask
F. Bopp bilan deyarli bir vaqtda, ammo unga mutlaqo bog`liq bo`lmagan
holda  hind-Yevropa  tillarining  qiyosiy-tarixiy  tadqiqi  bilan  daniyalik  buyuk
tilshunos prof. Rasmus Xristian Rask ham shug`ullandi. 
R. Rask 1811-yilda «Island tili bo`yicha qo`llanma» nomli birinchi ishini
e`lon  qildi.  Ushbu  tadqiqotidayoq  F.Boppdan  ham  oldin  grammatik
ko`rsatkichlarni, ayniqsa, qo`shimchalarni qiyoslashning muhimligini aytib o`tdi.
Ayni vaqtda u, Bopp g`oyalarini to`ldirgan holda, leksik qiyoslashga ham katta
ahamiyat berdi va bu jarayonda dastavval eng zaruriy tushunchalar, hodisalar va
predmetlar bilan bog`langan leksikani hisobga olinishini to`g`ri ta`kidladi. 
1818-yilda R. Raskning «Qadimgi shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island
tilining kelib chiqishi» nomli asosiy asari e`lon qilindi. U tadqiqotda german, litva,
slavyan, lotin va grek tillarining qarindoshligini isbotlab berdi. 
Ushbu asarning 2-qismi «Frakiy tili haqida» nomi bilan 1822-yilda nashrdan
chiqdi. Ishda island tilining o`rnini belgilagan holda uning got tillari guruhiga va
frakiy (grek va lotin) tillariga bo`lgan munosabatini o`rganadi. 
R. Rask asarlarida so`zlarning o`z ma`nolarini o`zgartirishi mumkinligiga
e`tibor  beradi.  Shuningdek,  tub  va  o`zlashgan  so`zlarning  o`ziga  xos
xususiyatlarini qayd etadi, lisoniy hodisalarni tadqiq qilishda so`zni mukammal
morfologik tahlil qilish lozimligini tavsiya qiladi. 
U boltiq tillari slavyan tillari bilan mahlum bog`liqlikka ega bo`lsa-da, ammo
ayni tillar hind-Yevropa tillarining mustaqil shahobchasi, tarmog`i hisoblanadi,
degan haqqoniy fikrni birinchi bo`lib ilgari suradi. 
R.Rask, F.Boppdan farqli, hind-Yevropa tillarini boshqa til oilalari (masalan,
kavkaz-yafetik tillari va Indoneziya tillari) bilan qorishtirmaydi. Shuningdek, u o`z
tadqiqotlarida sanskrit tiliga murojaat qilmaydi. 
Xullas,  R.Rask  tilshunoslik  tarixida  qiyosiy-tarixiy  metodning  va
germanistika fanining asoschilaridan biri sifatida faxrli o`rinni egallaydi. 
Yakob Grimm
Mashhur nemis tilshunosi Yakob Grimm (1785-1863) qiyosiy-tarixiy metod
yordami bilan german tillarini tadqiq qildi. Ya.Grimmning to`rt tomdan iborat
«Nemis grammatikasi» asari tilshunoslik tarixida muhim o`rin tutadi. U ushbu
Logotip
F. Bopp bilan deyarli bir vaqtda, ammo unga mutlaqo bog`liq bo`lmagan holda hind-Yevropa tillarining qiyosiy-tarixiy tadqiqi bilan daniyalik buyuk tilshunos prof. Rasmus Xristian Rask ham shug`ullandi. R. Rask 1811-yilda «Island tili bo`yicha qo`llanma» nomli birinchi ishini e`lon qildi. Ushbu tadqiqotidayoq F.Boppdan ham oldin grammatik ko`rsatkichlarni, ayniqsa, qo`shimchalarni qiyoslashning muhimligini aytib o`tdi. Ayni vaqtda u, Bopp g`oyalarini to`ldirgan holda, leksik qiyoslashga ham katta ahamiyat berdi va bu jarayonda dastavval eng zaruriy tushunchalar, hodisalar va predmetlar bilan bog`langan leksikani hisobga olinishini to`g`ri ta`kidladi. 1818-yilda R. Raskning «Qadimgi shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi» nomli asosiy asari e`lon qilindi. U tadqiqotda german, litva, slavyan, lotin va grek tillarining qarindoshligini isbotlab berdi. Ushbu asarning 2-qismi «Frakiy tili haqida» nomi bilan 1822-yilda nashrdan chiqdi. Ishda island tilining o`rnini belgilagan holda uning got tillari guruhiga va frakiy (grek va lotin) tillariga bo`lgan munosabatini o`rganadi. R. Rask asarlarida so`zlarning o`z ma`nolarini o`zgartirishi mumkinligiga e`tibor beradi. Shuningdek, tub va o`zlashgan so`zlarning o`ziga xos xususiyatlarini qayd etadi, lisoniy hodisalarni tadqiq qilishda so`zni mukammal morfologik tahlil qilish lozimligini tavsiya qiladi. U boltiq tillari slavyan tillari bilan mahlum bog`liqlikka ega bo`lsa-da, ammo ayni tillar hind-Yevropa tillarining mustaqil shahobchasi, tarmog`i hisoblanadi, degan haqqoniy fikrni birinchi bo`lib ilgari suradi. R.Rask, F.Boppdan farqli, hind-Yevropa tillarini boshqa til oilalari (masalan, kavkaz-yafetik tillari va Indoneziya tillari) bilan qorishtirmaydi. Shuningdek, u o`z tadqiqotlarida sanskrit tiliga murojaat qilmaydi. Xullas, R.Rask tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy metodning va germanistika fanining asoschilaridan biri sifatida faxrli o`rinni egallaydi. Yakob Grimm Mashhur nemis tilshunosi Yakob Grimm (1785-1863) qiyosiy-tarixiy metod yordami bilan german tillarini tadqiq qildi. Ya.Grimmning to`rt tomdan iborat «Nemis grammatikasi» asari tilshunoslik tarixida muhim o`rin tutadi. U ushbu
salmoqli asarida nemis tili tarixiy grammatikasini boshqa barcha german tillari
bilan qiyoslagan holda beradi. 
Asar  1-tomining  birinchi  nashri  1819-yilda,  mazkur  tomning  butunlay,
tubdan o`zgargan ikkinchi nashri 1822-yilda chop etiladi. Ayni tomdan german
tillarining  tarixiy  fonetikasi  hamda  german  tillaridagi  undoshlarning  siljishi,
«ko`chish» qonuni o`rin olgan. Ya`ni Ya.Grimm (R.Rask, Ya.Bredsdorflar kabi)
undoshlarning siljishini isbotlab beradi. Masalan, hind-Yevropa tillarining nafas
tovushlari (yoki nafas bilan aytiladigan tovushlar) yoki portlovchi undoshlar bh,
dh, gh – german tillaridagi b, d, g tovushlariga o`zgargan-siljigan, ko`chgan yoki
hind-Yevropa tillariga oid b, d, g – german tillarida r, t, k ga; hind-Yevropacha r, t,
k – germancha f, th, h ga siljigan, ko`chgan, o`tgan. 
Ushbu jarayon fonetik qonunlarning tan olingan dastlabki, birinchi namunasi
edi. «Nemis grammatikasi» asarining barcha tomlari 1837-yilda yakunlandi. 
Ya.Grimmning  «Nemis tili tarixi» asari esa 1848-yilda e`lon qilinadi. U
jamiyat tarixini o`rganishda tilning asosiy, eng muhim manba ekanligini aytadi va
tilni u yoki bu xalqning madaniy-tarixiy taraqqiyotining mahsuli deb hisoblaydi.
Shunga ko`ra Ya.Grimm «Bizning tilimiz bizning tariximizdir» degan g`oyani
ilgari suradi. Haqiqatan ham, Ya.Grimm ushbu asarida: «Xalqlar haqida suyaklar,
qurollar va mozorlarga qaraganda jonliroq guvoh bor. Bu tildir» - deydi. 
Ya.Grimm  «Nemis lug`ati»  asarida (birinchi tomi 1854-yilda, oxirgi tomi
1960-yilda e`lon qilindi) nemis shoiri Lyuterdan tortib Gyotegacha bo`lgan nemis
tili leksikasini qamrab olishga  harakat qildi. 
Aleksandr Xristoforovich Vostokov 
Taniqli  rus  tilshunos  olimi,  akademik  (1841)  A.Vostokov  (1781-1864)
tug`ma  soqov  bo`lib,  Sankt-Peterburgdagi  Rumyantsev  muzeyi  kutubxonasiga
boshchilik qilgan. 
A.Vostokov slavyan tili materiallari asosida tadqiqot ishlarini olib boradi.
U, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri hisoblanadi. Olim
«Slavyan  tili  haqida  mulohazalar» (1820),  «Rus  grammatikasi» (1831),
«Viloyat buyuk rus tili tajribasi» (1852) «Cherkov slavyan tili lug`ati» (1858-
1861) kabi qator e`tiborga loyiq ishlarni yaratdi. 
Logotip
salmoqli asarida nemis tili tarixiy grammatikasini boshqa barcha german tillari bilan qiyoslagan holda beradi. Asar 1-tomining birinchi nashri 1819-yilda, mazkur tomning butunlay, tubdan o`zgargan ikkinchi nashri 1822-yilda chop etiladi. Ayni tomdan german tillarining tarixiy fonetikasi hamda german tillaridagi undoshlarning siljishi, «ko`chish» qonuni o`rin olgan. Ya`ni Ya.Grimm (R.Rask, Ya.Bredsdorflar kabi) undoshlarning siljishini isbotlab beradi. Masalan, hind-Yevropa tillarining nafas tovushlari (yoki nafas bilan aytiladigan tovushlar) yoki portlovchi undoshlar bh, dh, gh – german tillaridagi b, d, g tovushlariga o`zgargan-siljigan, ko`chgan yoki hind-Yevropa tillariga oid b, d, g – german tillarida r, t, k ga; hind-Yevropacha r, t, k – germancha f, th, h ga siljigan, ko`chgan, o`tgan. Ushbu jarayon fonetik qonunlarning tan olingan dastlabki, birinchi namunasi edi. «Nemis grammatikasi» asarining barcha tomlari 1837-yilda yakunlandi. Ya.Grimmning «Nemis tili tarixi» asari esa 1848-yilda e`lon qilinadi. U jamiyat tarixini o`rganishda tilning asosiy, eng muhim manba ekanligini aytadi va tilni u yoki bu xalqning madaniy-tarixiy taraqqiyotining mahsuli deb hisoblaydi. Shunga ko`ra Ya.Grimm «Bizning tilimiz bizning tariximizdir» degan g`oyani ilgari suradi. Haqiqatan ham, Ya.Grimm ushbu asarida: «Xalqlar haqida suyaklar, qurollar va mozorlarga qaraganda jonliroq guvoh bor. Bu tildir» - deydi. Ya.Grimm «Nemis lug`ati» asarida (birinchi tomi 1854-yilda, oxirgi tomi 1960-yilda e`lon qilindi) nemis shoiri Lyuterdan tortib Gyotegacha bo`lgan nemis tili leksikasini qamrab olishga harakat qildi. Aleksandr Xristoforovich Vostokov Taniqli rus tilshunos olimi, akademik (1841) A.Vostokov (1781-1864) tug`ma soqov bo`lib, Sankt-Peterburgdagi Rumyantsev muzeyi kutubxonasiga boshchilik qilgan. A.Vostokov slavyan tili materiallari asosida tadqiqot ishlarini olib boradi. U, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri hisoblanadi. Olim «Slavyan tili haqida mulohazalar» (1820), «Rus grammatikasi» (1831), «Viloyat buyuk rus tili tajribasi» (1852) «Cherkov slavyan tili lug`ati» (1858- 1861) kabi qator e`tiborga loyiq ishlarni yaratdi.
A.Vostokov tadqiqotlari yangi boy faktik materiallarga asoslangan bo`lib,
slavyan tilining taraqqiyotiga katta ta`sir ko`rsatdi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy
metodning qat`iy qaror topishiga ham imkon yaratdi. 
A.Vostokovning  1820-yilda  e`lon  qilgan
 «Slavyan  tili  haqida
mulohazalar» maqolasi  unga  katta  shuhrat  keltirdi.  Olim  bu  asarida  slavyan
filologiyasiga oid masalalarga to`xtalib, hind-Yevropa tillarining slavyan tillari
oilasiga  mansub  rus  tilining  eski  slavyan,  polyak  va  serb  tillariga  bo`lgan
munosabatini aniqlaydi, izohlaydi. A.Vostokovning qayd etilgan maqolasi tarixiy
fonetika sohasidagi dastlabki ish hisoblanadi. 
A.Vostokov  1842-yilda  «Rumyantsev  muzeyidagi  rus  va  slavyan
qo`lyozmalarining tasviri» nomli ko`p yillik mehnatining natijasini e`lon qiladi.
Ushbu tadqiqotida eski slavyan tilining shahobchalari bo`lgan bolgar, serb, rus va
janubiy rus (ukrain) tillarini  izchillik bilan farqlaydi. Bu esa amaliyotda eski
slavyan tilining taraqqiyoti va undagi o`zgarishlarni davrlashtirishga, ya`ni qadimgi
(IX-XIV), o`rta (XV-XVI) va yangi davrlarga bo`lishga imkon beradi. 
A.Vostokov slavyan tillariga tarixiylik nuqtayi nazardan yondashishni ilk bor
boshlab bergan olimdir. U tarixiy printsipga amal qilgan holda eski slavyan tilidagi
burun  unlilarini  aniqlaydi,  ayrim  harflarning  talaffuzini  belgilaydi,  so`z
turkumlarining (masalan, sifat, ravishdoshlarning) paydo bo`lish vaqti bilan bog`liq
ayrim fikrlarni bayon qiladi. 
Xullas, Rossiyada qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar, slavyan tillari oilasiga mansub
tillarni o`rganish, ayni tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq qilish, ularni
davrlashtirish kabilar dastavval akademik A.X.Vostokov nomi bilan bog`liqdir. 
Hind-Yevropa  tillarini  qiyosiy-tarixiy  o`rganishning  birinchi  davri,
aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining
asoslanishi bo`ldi. 
Vilgelm Fon Gumboldtning falsafiy-lisoniy ta’limoti
Germaniyaning eng buyuk olimlaridan biri bo`lgan Vilgelm fon Gumboldt
(1767-1835) har tomonlama bilim sohibi edi. U tilshunoslik, adabiyot nazariyasi,
falsafa, davlat huquqi, siyosat va diplomatik faoliyat bilan shug`ullanadi, Berlin
universitetining asoschisi hamda davlat arbobi hisoblanadi.
Logotip
A.Vostokov tadqiqotlari yangi boy faktik materiallarga asoslangan bo`lib, slavyan tilining taraqqiyotiga katta ta`sir ko`rsatdi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metodning qat`iy qaror topishiga ham imkon yaratdi. A.Vostokovning 1820-yilda e`lon qilgan «Slavyan tili haqida mulohazalar» maqolasi unga katta shuhrat keltirdi. Olim bu asarida slavyan filologiyasiga oid masalalarga to`xtalib, hind-Yevropa tillarining slavyan tillari oilasiga mansub rus tilining eski slavyan, polyak va serb tillariga bo`lgan munosabatini aniqlaydi, izohlaydi. A.Vostokovning qayd etilgan maqolasi tarixiy fonetika sohasidagi dastlabki ish hisoblanadi. A.Vostokov 1842-yilda «Rumyantsev muzeyidagi rus va slavyan qo`lyozmalarining tasviri» nomli ko`p yillik mehnatining natijasini e`lon qiladi. Ushbu tadqiqotida eski slavyan tilining shahobchalari bo`lgan bolgar, serb, rus va janubiy rus (ukrain) tillarini izchillik bilan farqlaydi. Bu esa amaliyotda eski slavyan tilining taraqqiyoti va undagi o`zgarishlarni davrlashtirishga, ya`ni qadimgi (IX-XIV), o`rta (XV-XVI) va yangi davrlarga bo`lishga imkon beradi. A.Vostokov slavyan tillariga tarixiylik nuqtayi nazardan yondashishni ilk bor boshlab bergan olimdir. U tarixiy printsipga amal qilgan holda eski slavyan tilidagi burun unlilarini aniqlaydi, ayrim harflarning talaffuzini belgilaydi, so`z turkumlarining (masalan, sifat, ravishdoshlarning) paydo bo`lish vaqti bilan bog`liq ayrim fikrlarni bayon qiladi. Xullas, Rossiyada qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar, slavyan tillari oilasiga mansub tillarni o`rganish, ayni tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq qilish, ularni davrlashtirish kabilar dastavval akademik A.X.Vostokov nomi bilan bog`liqdir. Hind-Yevropa tillarini qiyosiy-tarixiy o`rganishning birinchi davri, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bo`ldi. Vilgelm Fon Gumboldtning falsafiy-lisoniy ta’limoti Germaniyaning eng buyuk olimlaridan biri bo`lgan Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835) har tomonlama bilim sohibi edi. U tilshunoslik, adabiyot nazariyasi, falsafa, davlat huquqi, siyosat va diplomatik faoliyat bilan shug`ullanadi, Berlin universitetining asoschisi hamda davlat arbobi hisoblanadi.
   V.Gumboldtning tilga oid bilimi nihoyatda keng bo`lib, ulkan olim nafaqat
hind-Yevropa tillarini bilar, balki dunyoning boshqa tillari - bask tilidan tortib,
Amerikaning kichik Polineziya va mahalliy aholisining (hindular) tillari haqida
ham chuqur bilimga, ma`lumotga ega edi.
   V.Gumboldt asarlari, g`oyalari, kontseptsiyalari bilan umumiy nazariy
tilshunoslikka asos soldi. Buyuk olim tilshunoslikning, idealistik ruhda bo`lsa-
da, qator eng muhim va murakkab muammolarini hal qilib berdi, ta’limotlar
yaratdi. Shu tufayli u jahon tilshunosligining keyingi taraqqiyotiga juda katta
ta`sir ko`rsatdi.
  Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo`lgan F.Bopp uni hurmat
bilan  tilga  olsa,  G.Shteyntal,  A.Shleyxer,  K.Fosler,  A.Pott,  G.Kursius,
A.Potebnya, B.de Kurtene kabi taniqli va mashhur tilshunoslar o`zlarini uning
shogirdi deb hisoblaganlar.
   Agar  F.Bopp  umumiy,  nazariy g`oyalardan, qarashlardan  chetlashib,
asosan,  faktlar  yig`ish,  ularni  qiyoslash,  ular  orasidagi  munosabatlarni,
bog`liqliklarni aniqlash bilan shug`ullangan bo`lsa, V.Gumboldt nazariy, falsafiy
g`oyalar  bilan,  tilning  ilmiy  nazariyasini  yaratish  bilan  mashg`ul  bo`ldi.
Aniqrog`i,  V.Gumboldtning  tilshunoslikdagi  ahamiyatini,  o`rnini  I.Kant  va
Gegellarning  jahon  falsafasi  taraqqiyotiga  ko`rsatgan  ta`siri  bilan  qiyoslash
mumkin.
   V.Gumboldtning umumiy tilshunosligini til falsafasi deb aytish mumkinki,
bu falsafa eng oliy lisoniy umumlashmalarni va uzoq davrlarda ham tilshunoslik
rivojiga jiddiy ta’sir ko`rsatadigan xulosalarni qamrab oladi.
   V.Gumboldt til falsafasini tiklab, uning obro`-e’tiborini ko`tardi va ayni
falsafaga butunlay yangi yo`nalish berdiki, bu yo`nalish qiyosiy-tarixiy metod
bilan  zich  bog`langan  holda,  uning  asosida  yuzaga  keldi.  Aniqrog`i,
V.Gumboldtgacha bo`lgan nazariyalar bo`sh, mustahkam asosga ega bo`lmagan,
shunchaki, yuzaki nazariyalar edi. V.Gumboldt esa tilning ilmiy nazariyasini, til
falsafasini  til  hodisalariga  qiyosiy-tarixiy  metodni  qo`llash  asosida  qurdi,
yaratdi.  Natijada  uning  ta`limoti,  lisoniy  qarashlari  tilshunoslik  fanining
taraqqiyotiga uzoq yillar davomida samarali xizmat qildi.
Logotip
V.Gumboldtning tilga oid bilimi nihoyatda keng bo`lib, ulkan olim nafaqat hind-Yevropa tillarini bilar, balki dunyoning boshqa tillari - bask tilidan tortib, Amerikaning kichik Polineziya va mahalliy aholisining (hindular) tillari haqida ham chuqur bilimga, ma`lumotga ega edi. V.Gumboldt asarlari, g`oyalari, kontseptsiyalari bilan umumiy nazariy tilshunoslikka asos soldi. Buyuk olim tilshunoslikning, idealistik ruhda bo`lsa- da, qator eng muhim va murakkab muammolarini hal qilib berdi, ta’limotlar yaratdi. Shu tufayli u jahon tilshunosligining keyingi taraqqiyotiga juda katta ta`sir ko`rsatdi. Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo`lgan F.Bopp uni hurmat bilan tilga olsa, G.Shteyntal, A.Shleyxer, K.Fosler, A.Pott, G.Kursius, A.Potebnya, B.de Kurtene kabi taniqli va mashhur tilshunoslar o`zlarini uning shogirdi deb hisoblaganlar. Agar F.Bopp umumiy, nazariy g`oyalardan, qarashlardan chetlashib, asosan, faktlar yig`ish, ularni qiyoslash, ular orasidagi munosabatlarni, bog`liqliklarni aniqlash bilan shug`ullangan bo`lsa, V.Gumboldt nazariy, falsafiy g`oyalar bilan, tilning ilmiy nazariyasini yaratish bilan mashg`ul bo`ldi. Aniqrog`i, V.Gumboldtning tilshunoslikdagi ahamiyatini, o`rnini I.Kant va Gegellarning jahon falsafasi taraqqiyotiga ko`rsatgan ta`siri bilan qiyoslash mumkin. V.Gumboldtning umumiy tilshunosligini til falsafasi deb aytish mumkinki, bu falsafa eng oliy lisoniy umumlashmalarni va uzoq davrlarda ham tilshunoslik rivojiga jiddiy ta’sir ko`rsatadigan xulosalarni qamrab oladi. V.Gumboldt til falsafasini tiklab, uning obro`-e’tiborini ko`tardi va ayni falsafaga butunlay yangi yo`nalish berdiki, bu yo`nalish qiyosiy-tarixiy metod bilan zich bog`langan holda, uning asosida yuzaga keldi. Aniqrog`i, V.Gumboldtgacha bo`lgan nazariyalar bo`sh, mustahkam asosga ega bo`lmagan, shunchaki, yuzaki nazariyalar edi. V.Gumboldt esa tilning ilmiy nazariyasini, til falsafasini til hodisalariga qiyosiy-tarixiy metodni qo`llash asosida qurdi, yaratdi. Natijada uning ta`limoti, lisoniy qarashlari tilshunoslik fanining taraqqiyotiga uzoq yillar davomida samarali xizmat qildi.
   V.Gumboldt 1820-yilda Berlin akademiyasida  «Tillar taraqqiyotining
turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o`rganish haqida» degan mavzuda
ma`ruza qiladi. Ushbu mavzudagi ma`ruza uning tilga oid dastlabki tadqiqoti
bo`lib, muallif unda til haqida alohida, mustaqil fan yaratish zarurligi g`oyasini
o`rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi.
   Shuningdek,  olim  ma`ruzasida  qarindosh  va  qarindosh  bo`lmagan
tillarning tipologik-qiyosiy grammatikasini yaratish tarafdori bo`lib chiqadi.     U
o`zigacha  bo`lgan,  ya`ni  har  bir  tilning  o`ziga  xosligini,  mustaqilligini  tan
olmaydigan,  barcha  dunyo  tillarini  tayyor  mantiqiy  jadvallarga  majburan
kiritishga  intiluvchi  deduktiv  umumiy  grammatikani  –  Por-Royal
grammatikasini inkor qiladi. V.Gumboldt turli tillardagi aynan bir tushunchani -
fikrni ifoda etishning, yetkazishning turlicha usullarini aniqlashga intiladi.
   V.Gumboldt hayotining oxirgi yillarida o`zining eng muhim uch tomli
«Yava orolidagi kavi tili haqida» nomli salmoqli asari ustida ish olib boradi.
Bu asar uning vafotidan so`ng akasi A.Gumboldt tomonidan 1836-1840-yillarda
nashr qilindi.
   V.Gumboldtning qayd etilgan tadqiqotlarining bevosita nazariya bilan
bog`liq kirish qismi nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
   Ishning kirish qismi «Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson
naslining ma`naviy taraqqiyotiga ta`siri» deb nomlanib, turli tillarga tarjima
qilindi. 1859 -yilda rus tiliga o`girildi.
   V.Gumboldt aynan mana shu asarida, ayniqsa, uning kirish qismida
o`zining tilga bo`lgan nazariy - falsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi.
   U  tadqiqotlarida  tilga  aloqa  vositasi  sifatida,  predmetlarni  anglatish
vazifasini bajaruvchi sifatida baho berdi. Ayni vaqtda olim tilning murakkab
o`zaro qarama - qarshi xususiyatlardan iborat ko`p jihatli hodisa ekanligini qayd
etadi.
   V.Gumboldt tilni mukammal o`rganishda, unga xos belgi-xususiyatlarni,
boshqa  hodisalar  bilan  aloqasini,  o`ziga  xosligini  aniqlash  va  ochishda
antinomiya metodini, ya`ni o`zaro zid, qarama-qarshi qo`yish usulini qo`llaydi.
U ushbu usul orqali tilga xos xususiyatlarni, uning eng muhim jihatlarini birma-
bir bayon etadi. Shuningdek, til nazariyasi haqidagi mukammal ta`limotlarni,
Logotip
V.Gumboldt 1820-yilda Berlin akademiyasida «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o`rganish haqida» degan mavzuda ma`ruza qiladi. Ushbu mavzudagi ma`ruza uning tilga oid dastlabki tadqiqoti bo`lib, muallif unda til haqida alohida, mustaqil fan yaratish zarurligi g`oyasini o`rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi. Shuningdek, olim ma`ruzasida qarindosh va qarindosh bo`lmagan tillarning tipologik-qiyosiy grammatikasini yaratish tarafdori bo`lib chiqadi. U o`zigacha bo`lgan, ya`ni har bir tilning o`ziga xosligini, mustaqilligini tan olmaydigan, barcha dunyo tillarini tayyor mantiqiy jadvallarga majburan kiritishga intiluvchi deduktiv umumiy grammatikani – Por-Royal grammatikasini inkor qiladi. V.Gumboldt turli tillardagi aynan bir tushunchani - fikrni ifoda etishning, yetkazishning turlicha usullarini aniqlashga intiladi. V.Gumboldt hayotining oxirgi yillarida o`zining eng muhim uch tomli «Yava orolidagi kavi tili haqida» nomli salmoqli asari ustida ish olib boradi. Bu asar uning vafotidan so`ng akasi A.Gumboldt tomonidan 1836-1840-yillarda nashr qilindi. V.Gumboldtning qayd etilgan tadqiqotlarining bevosita nazariya bilan bog`liq kirish qismi nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Ishning kirish qismi «Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma`naviy taraqqiyotiga ta`siri» deb nomlanib, turli tillarga tarjima qilindi. 1859 -yilda rus tiliga o`girildi. V.Gumboldt aynan mana shu asarida, ayniqsa, uning kirish qismida o`zining tilga bo`lgan nazariy - falsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi. U tadqiqotlarida tilga aloqa vositasi sifatida, predmetlarni anglatish vazifasini bajaruvchi sifatida baho berdi. Ayni vaqtda olim tilning murakkab o`zaro qarama - qarshi xususiyatlardan iborat ko`p jihatli hodisa ekanligini qayd etadi. V.Gumboldt tilni mukammal o`rganishda, unga xos belgi-xususiyatlarni, boshqa hodisalar bilan aloqasini, o`ziga xosligini aniqlash va ochishda antinomiya metodini, ya`ni o`zaro zid, qarama-qarshi qo`yish usulini qo`llaydi. U ushbu usul orqali tilga xos xususiyatlarni, uning eng muhim jihatlarini birma- bir bayon etadi. Shuningdek, til nazariyasi haqidagi mukammal ta`limotlarni,
g`oyalarni  yaratadiki,  bu  ta`limot  va  g`oyalar  nazariy  tilshunoslikning
taraqqiyotida yangidan yangi qarashlarni ochishda xizmat qildi. Til va tilga
yondosh hodisalarning, til bilan bevosita aloqador, bog`liq jarayonlarning o`zaro
dialektik munosabatda ekanligi ma`lum bo`ldi.
   Xullas, V.Gumboldtning tilni o`rganish jarayonida belgilagan, qayd etgan
antinomiyasi  –  til  hodisalariga  dialektik  zidlik  asosida  yondashishi  jahon
tilshunosligi lisoniy tafakkur taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega bo`ldi.
   V.Gumboldtning til antinomiyasi (o`zaro zidligi va birligi) quyidagilarda
namoyon bo`ladi:
1. Ijtimoiylik (sotsiallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi.  Til
bir vaqtning o`zida ham ijtimoiy, sotsial, ham alohida, individual hodisa. Til bir
vaqtning  o`zida  ham  yakka,  alohida  shaxsga,  ham  ko`p  shaxsga,  umumga
tegishli. Tilning ijtimoiyligi jamiyat bilan, shaxslar bilan - xalq mahsuli sifatida
belgilansa, tilning alohidaligi bir shaxs bilan, yakka individ bilan - ayrim shaxs
mahsuli sifatida belgilanadi. Alohida shaxslar o`zlarigacha bo`lgan avlodlar,
xalqlar tomonidan yaratilgan lisoniy mahsulotdan, «hosil»dan foydalanadi.
   Demak,  yuqorida  aytilganlardan  tildagi  umumiylik  va  xususiylik
dialektikasi, antinomiyasi namoyon bo`ladi.
2. Til va tafakkur antinomiyasi. Til tafakkursiz, tafakkur esa tilsiz mavjud
emas. Biri ikkinchisini taqozo qiladi, talab qiladi. Inson hayotida, insonning
lisoniy va aqliy faoliyatida til va tafakkur alohida, yakka holda mavjud emas,
ular birgalikda, o`zaro bog`liqlikda «yashaydi», insonga xizmat qiladi. Ayni
vaqtda ularning har biri o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Demak,
bundan til va tafakkurning dialektik munosabati - o`zaro ajralmasligi, bog`liqligi
va shu bilan birga ichki zidligi, qarama - qarshiligi g`oyasi kelib chiqadi. Tilning
(tovushning) moddiyligi, tafakkurning esa psixik hodisaligi ma`lum bo`ladi.
   Til va tafakkurning dialektik birligi, ajralmasligi birining ikkinchisisiz
mavjud  emasligida,  biri,  tabiiy  ravishda,  ikkinchisini  talab  qilishida,  biri
ikkinchisi orqali namoyon bo`lishida; ularning dialektik zidligi, ichki qarama-
qarshiligi esa tilning moddiy, «tashqi» hodisaligida, tafakkurning esa ruhiy,
«ichki»  hodisaligida  ko`rinadi.  Ya`ni  til  ham,  tafakkur  ham  muayyan  bir
Logotip
g`oyalarni yaratadiki, bu ta`limot va g`oyalar nazariy tilshunoslikning taraqqiyotida yangidan yangi qarashlarni ochishda xizmat qildi. Til va tilga yondosh hodisalarning, til bilan bevosita aloqador, bog`liq jarayonlarning o`zaro dialektik munosabatda ekanligi ma`lum bo`ldi. Xullas, V.Gumboldtning tilni o`rganish jarayonida belgilagan, qayd etgan antinomiyasi – til hodisalariga dialektik zidlik asosida yondashishi jahon tilshunosligi lisoniy tafakkur taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega bo`ldi. V.Gumboldtning til antinomiyasi (o`zaro zidligi va birligi) quyidagilarda namoyon bo`ladi: 1. Ijtimoiylik (sotsiallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi. Til bir vaqtning o`zida ham ijtimoiy, sotsial, ham alohida, individual hodisa. Til bir vaqtning o`zida ham yakka, alohida shaxsga, ham ko`p shaxsga, umumga tegishli. Tilning ijtimoiyligi jamiyat bilan, shaxslar bilan - xalq mahsuli sifatida belgilansa, tilning alohidaligi bir shaxs bilan, yakka individ bilan - ayrim shaxs mahsuli sifatida belgilanadi. Alohida shaxslar o`zlarigacha bo`lgan avlodlar, xalqlar tomonidan yaratilgan lisoniy mahsulotdan, «hosil»dan foydalanadi. Demak, yuqorida aytilganlardan tildagi umumiylik va xususiylik dialektikasi, antinomiyasi namoyon bo`ladi. 2. Til va tafakkur antinomiyasi. Til tafakkursiz, tafakkur esa tilsiz mavjud emas. Biri ikkinchisini taqozo qiladi, talab qiladi. Inson hayotida, insonning lisoniy va aqliy faoliyatida til va tafakkur alohida, yakka holda mavjud emas, ular birgalikda, o`zaro bog`liqlikda «yashaydi», insonga xizmat qiladi. Ayni vaqtda ularning har biri o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Demak, bundan til va tafakkurning dialektik munosabati - o`zaro ajralmasligi, bog`liqligi va shu bilan birga ichki zidligi, qarama - qarshiligi g`oyasi kelib chiqadi. Tilning (tovushning) moddiyligi, tafakkurning esa psixik hodisaligi ma`lum bo`ladi. Til va tafakkurning dialektik birligi, ajralmasligi birining ikkinchisisiz mavjud emasligida, biri, tabiiy ravishda, ikkinchisini talab qilishida, biri ikkinchisi orqali namoyon bo`lishida; ularning dialektik zidligi, ichki qarama- qarshiligi esa tilning moddiy, «tashqi» hodisaligida, tafakkurning esa ruhiy, «ichki» hodisaligida ko`rinadi. Ya`ni til ham, tafakkur ham muayyan bir