XIX ASRNING 2-YARMI - XX ASRDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJI. K.D.USHINSKIYNING PEDAGOGIK MEROSI
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
30,3 KB
XIX ASRNING 2-YARMI - XX ASRDA JAHON PEDAGOGIKA
FANINING RIVOJI. K.D.USHINSKIYNING PEDAGOGIK MEROSI
Reja:
10.1. XIX asrning oxiri – XX asrda G‘arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada
reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo‘nalishlari.
10.2. Nemis pedagogi Georg Kershenshteynerning pedagogik nazariyasi
10.3. Djon Dyuining pedagogik konsepsiyasi.
10.4. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar rivojidagi o‘rni.
10.5. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari.
10.6. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to‘grisida.
10.1. Reformatorlik pedagogikasining asosiy yo‘nalishlari.
XIX asrning oxiri – XX asrda G‘arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada
reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo‘nalishlari.
1. Mehnat maktablari tarafdorlarining harakatlari.
2. Harakatlar pedagogikasi.
3. Badiiy tarbiya.
4. Individual pedagogika.
5. “Fuqarolik tarbiyasi” pedagogikasi.
Reformattorlik pedagogikasining ijtimoiy-iqtisodiy omillari:
1. Ishlab chiqarishning murakkab texnika bilan ta’minlanishi.
2. Tabiiy-matematik kadrlar jamoasiga bo‘lgan yehtiyoj.
3. Malakali raqobatbardosh ishchilarga bo‘lgan yehtiyoj.
10.2. Nemis pedagogi Georg Kershenshteynerning pedagogik nazariyasi.
1.Maktab bolalarning ikkita yehtiyojini qqqonoqtirishi zarur: idrok yetish va
ijod qqilish.
2. Nafaqat so‘z, kittob yordamida, balki amaliy tajriba vositasida o‘rganish
zarur.
3. Ko‘pchilik bolalarning qo‘l mehnati – ularning har tomonlama rivojlanish
maydoni.
4. “Faqat kitob yemas, balki ijjodiy ish bolalarni uyqu va lanjlikdan xalos
yettuvchi”.
5. Mehnat maktabida o‘qitishning asosiy metodi: ximiya, fizika fanlari
bo‘yicha
laboratoriyalarda,
metal,
daraxtlarga
ishlov
beradigan
amaliy
mashg‘ulotlarda, jonli buurchaklarda, rasm chizish sinflari, yer maydonchalaridagi
musttaqil ishlar. 6. Maktab ishida “ma’naviy umumiylik” uning ijtimoiy ahamiyati.
Asari:”Kelajak makttabi–mehnat maktabi”.
10.3. Djon Dyuining pedagogik konsepsiyasi.
XX asr boshlarida, chet yel va ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta’limi
masalalari bo‘yicha pragmatik (yunoncha «pragma» – harakat, amaliyot) g‘oyasi
keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyui (1859-1952
yillar) maktab ta’limining o‘z konsepsiyasini yaratishga ko‘p urindi. Bu yo‘nalishlar
vakillari (Dj.Dyui, G.Kershenshteyner) o‘qitish bu o‘quvchining “tajribasini qayta
tashkil yetish” uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar.
O‘qitishni Dyui kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal yetishga oid
bolalar faoliyatini tashkil yetish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy
boshlang‘ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: “Oldindan tuzilgan
o‘quv kurslari kerak yemas”, “O‘qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish
kerak”, “Bola o‘qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish
yordamida o‘qitish – maktabda asosiy metod”. Shunday qilib, Dyui maktabda ta’lim
va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad yetadi, ilmiy ta’limni tan
olmaydi va o‘qishni tor hamda o‘quvchilarning qiziqishlariga asoslangan
praktitsizmidan iborat hisoblaydi. Asari: “Makttab va jamiyat”.
“Harakatlar pedagogikasi” konsepsiyasi ko‘p jihatdan Dj.Dyuining falsafiy
(pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi,
reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim
olish jarayonida ko‘zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko‘rsatadi: idrok
yetish, qayta ishlab chiqish, ifoda yetish. Bilimlarni formallashtirish metodlari:
amaliy va ijodiy ishlar, tajriba, illyustratsiya, ganjkorlik, o‘yin, ashula aytish, sport,
raqs tushish. Asari: “Harakat maktabi”.
10.4. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar rivojidagi
o‘rni.
Mixail Vasilevich Lomonosov — rus tabiashunos olimi, rus adabiy tilining
asoschisi, shoir, rassom, tarixchi. Moskvada, Kievda (1734), so‘ngra Peterburg
akademiya universitetida o‘qigan (1735). 1736 yildan Germaniyaning Merburg va
Frayburg universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan ta’lim olgan.
Peterburg Fanlar Akademiyasining birinchi akademigi (1745). 1748 yilda
Rossiya Fanlar Akadeemiyasi qoshida 1-kimyoviy labooratoriyaga asos solgan.
1755 yilda Lomonosovning tashabbusi bilan Moskva univeersiteti tashkil yetilgan
(keyinchalik unga Lomonosov nomi berilgan). Moddalarning atom-molekulyar
tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirgan, kimyoviy reaksiyalarda massaning
saqlanish qonunini topgan (1756), korpuskulyar (atom-molekulyar) ta’limoti
asoslarini taklif yetgan (1741 — 50). Venera sayyorasida atmosfera mavjudligini
aniqlagan (1761). Falsafiy va grajdanlik ruhidagi rus odasining ijodkori. Dostonlar,
she’riy nomalar, tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental filologik tadqiqotlar
hamda rus tilining ilmiy grammatikasi muallifi. Ranglar haqidagi nazariyani olg‘a
surgan. Bir qancha optik asboblar yasagan. Mozaika san’atini rivojlantirgan,
smaltalar ishlab chiqarishga katta hissa qo‘shgan, shogirdlari bilan birga koshinkor
AQShlarning yangi turlarini taklif yetgan. Shvesiya Fanlar Akademiyasi (1760),
Bolonya FA (1764) faxriy a’zosi.
10.5. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari.
Lev Nikolaevich Tolstoy (1828. 28.8(9.9), Tula guberniyasi YAsnaya Polyana
qishlog‘i — 1910.7(20). 11, Lipesk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; YAsnaya
Polyanada dafn yetilgan) — rus yozuvchisi, ma’rifatpari. Rossiyadagi kadimiy
dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi
(1873), faxriy akademigi (1900).
1844-47 yillarda Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik
fakultetlarida o‘qigan. 1851-53 yillarda Kavkazda bo‘lib, janglarda ishtirok yetgan.
1854 yilda Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko‘ra, qamaldagi Sevastopolga
o‘tkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. Tolstoy 1855 yilda Peterburgga borib,
N.A.Nekrasovnnng «Sovremennik» («Zamondosh») jurnali va jurnal atrofidagi
yozuvchilar (I.S.Turgenev, I.A.Goncharov, N.G.Chernishevskiy va boshqalar) bilan
hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq yertaklari, A.S.Pushkin
she’rlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan.
Birinchi yirik asari — «Inson kamolotining to‘rt davri» avtobiografik asari
(«Bolalik», 1852; «O‘smirlik», 1852-54; «Yoshlik», 1855-57; «Yigitlik», yozilmay
qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning «Sevastopol
hikoyalari» (1855) to‘plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o‘z ifodasini topgan.
50-yillar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy
voqealarning keng manzarasi, hayotning axloqiy falsafiy asoslari tasviri bilan
uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Tolstoy ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy
tamoyil «Kazaklar» qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Bu asarda o‘z
in’ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning yepik tasviri Tolstoyning 60-
yillar ijodida yanada teranlashadi.
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olgan «Urush va tinchlik»
(1863-69) yepopeyasi Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga yerishganidan
shahodat beradi. Yozuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan o‘z davrida ro‘y bergan
va o‘zi shaxsan guvoh bo‘lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u
Napoleonning 1805-1807 va 1812-1814 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga
murojaat yetib, ko‘plab qahramonlar ishtirok yetgan yepik voqealar bilan birga
qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg‘unlashgan tarixiy
roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr o‘rtalarida yepik asarlar davri o‘tdi, degan
fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat
va kurashlar yesa «Urush va tinchlik»dek yepopeyaning maydonga kelishi uchun
unumli zamin bo‘la olmas yedi. 1812 yillarda Rossiyaning Napoleon qo‘shinlari
tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va
sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi
ongidagi ana shu uyg‘onishga murojaat yetishi «Urush va tinchlik» romanining
yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o‘tadi.
Tolstoyning 70-yillar ijodida «Anna Karenina» romani alohida mavqega yega.
«Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar bo‘lgan davrda Tolstoyning
rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to‘g‘risidagi orzu umidlari ro‘yobga
chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda
Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli
o‘ylari aks yetdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3
oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig‘iga yega bo‘lgan
tarixi tasvir yetilgan. Tolstoy aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta
ye’tiqod qo‘ygan, hayotda ro‘y berayotgan voqealarga va kishilarning xatti-
harakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan.
Tolstoy 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, «Zulmat
hokimiyati» (1886) dramasi va «Ma’rifat mevalari» (1890) komediyasini yozadi. Bu
asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa ko‘rsatayotgan
salbiy ta’siri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan.
Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so‘nggi
yirik asarlaridan biri — «Tirilish» romani (1889—99)da o‘z aksini topdi. Hayotda
bo‘lib o‘tgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda Tolstoy
ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib
tashlaydi.
Tolstoy hayotining Yasnaya Polyanadagi so‘nggi kunlari ruhiy iztiroblar
po‘rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to‘qigan ig‘vo va fasod to‘ridan qochib, 1910
yilda Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yo‘lda shamollab, vafot yetadi.
O‘zbekistonda Tolstoy ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan.
Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni ko‘rsa ham tezda ayta
olmaydi» maqolalari 1887-1902 yillarda «Turkiston viloyatining gazeti»da o‘zbek
tilida nashr yetilgan. Tolstoy haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur
yozuvchisi» degan maqola yesa 1889 yilda shu gazetada tanikli ma’rifatparvar
Sattorxon Abdug‘afforov tarjimasida bosilgan. Tolstoyning bolalar uchun yozgan
qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 1902), Aliasqar Kalinin
(«Muallimi soniy», 1903), Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi
muallim», 1912) singari jadid ma’rifatparvarlarining o‘quv qo‘llanmalari va
darsliklarida ye’lon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o‘qitilgan.
Tolstoy nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson
sifatida ham o‘zbek jadidlarining ye’tiborini o‘ziga jalb yetgan. Birinchi o‘zbek
advokati Ubaydulla Xo‘jaev 1909 yilda Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan
javob bermaslik haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o‘sha yilning 5
iyunida undan javob olgan. Islom dinining taniqli arboblaridan biri Abduvohid
Qoriev yesa 1910 yilda Yasnaya Polyanaga maxsus borib, Tolstoy bilan bir necha
marta muloqotda bo‘lgan.
Tolstoy 1859-1862 yillarda krestyan bolalari uchun maktab ochadi.
Tosltoyning pedagogik konsepsiyasi asosini “erkin tarbiya” g‘oyasi tashkil yetadi.
Tolstoyning fikricha, ideal maktab – bu yerkin hamkorlikka asoslangan, ya’ni
o‘qituvchi bilimlarni taqdim yetadi, o‘quvchilar uni yerkin tarzda idrok yetishadi.
Bunday maktabning asosiy funksiyasi – yerkin ta’lim berishdir. Tolstoy pedagogik
konsepsiyasidagi yetakchi tamoyil bolalarning o‘ziga xosligini hisobga olishdir.
10.6. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to‘grisida.
K.D.Ushinskiy 1824 yil19 fevralda Tula shahrida tug‘ildi. Ushinskiy bolalik va
o‘smirlik davrlarini Chernigov gubernasiga qarashli Novgorod-Seversk shahri
yaqinida bo‘lgan ota-onasining katta bo‘lmagan yerida o‘tqazadi.
22 yoshdan boshlab Ushinskiy Yaroslovldagi adliya liseyida yensiklopediya,
qonun-shunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasida professorlik
vazifasida ishlay boshladi.
K.D.Ushinskiy o‘qituvchilik va professorlik faoliyati davrida hamma bilimini
talabalarga berishga, ularda ilm-fanlarni qunt bilan, jiddiy suratda o‘qish havasini
to‘g‘dirishga, ularda xalqqa muhabbat, unga xizmat qilish uchun tayyor turishi
hissasini tarbiyalashga intiladi. Ushinskiyning taraqqiyparvarlik faoliyatini
ko‘rolmagan reaksion kayfiyatdagi professorlar, lisey rahbarlari, ichki ishlar
vazirligining xodimlari uning ustidan hukumatga chaqiq xati yozdilar,
K.D.Ushinskiyning fikri mavjud tuzumga noto‘g‘ri, buzuq, xavfli kishi deb tuhmat
toshi otilgan.
1884 yilda Yevropada bo‘lib o‘tgan inqiloblar podsho hukumatini chuchitadi.
Podsho hukumati shubhali kishilarni ta’qib ostiga ola boshlaydi. Shu jumladan
Ushinskiy ham 1849 yilda liseydan “yomon otliq” qilib ishdan bo‘shatiladi. Shundan
so‘ng u moddiy jihatdan qiynaladi. Shu yillari o‘z zamonasi uchun mashhur bo‘lgan
“Zamondosh (“Sovremennik”)” va “O‘qish uchun kutubxona” (“Biblioteka dlya
chiteniya”)” jurnallarida adabiy xodim bo‘lib ishlaydi, chet tillarini (ingliz tili)
o‘rganadi. Chet tillardagi asarlarni rus tiliga tarjima qiladi.
K.D.Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan.
Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini
maktabda o‘qitish, ona tilini ta’limning asosi qilib olish, bolalarga o‘z vatanlari
tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan
sug‘orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish
hissini o‘stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Har bir avlod o‘z xis tuyg‘ularini, tarixiy voqialar, diniy ye’tiqod, maslak
natijalarini, boshidan kechirgan qayg‘u va xursanchiliklarini ona tili xazinasiga
qo‘shadi. Xalq butun ma’naviy xayoti natijalarni yehtiyot qilib o‘z tilida saqlab
keladi. Til bor yekan, xalq ham bor, xalqning hayot yekanligini til orqali bilish
mumkin.
Bola ona tilini o‘zlashtirganda tovush va birikmalarni bilibgina qolmasdan
tushunchalar, fikrlar va tuyg‘ular badiiy obrazlarni ham o‘zlashtiradi.
Ushinskiy kishi kamolga yetgan bo‘lishi uchun uning aqliy, jismoniy va
axloqiy o‘sishi bir-biriga uyg‘un bo‘lishi kerak deb bildi.
Ushinskiyning fikricha axloqiy tarbiyaning vositalari qo‘yidagilar:
1. Ta’lim;
2. O‘qituvchining shaxsiy namunasi yoshlar qalbiga quyosh nuridek ta’sir
yetadi.
3. E’tiqod bolalarda-ye’tiqodni tarbiyalamay turib ular qalbini rivojlantirib
bo‘lmaydi.
4. O‘qituvchining mohirligi bilan munosabatda bo‘lishi (pedagogik odob).
5. Ogohlantirish.
6. Qiziqtirish va jazolash.
K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi. Ushinskiy
didaktika sohasidagi qarashlarini “Onatilini o‘qitish yuzasidan qo‘llanma, “Maktab-
maorif ishlarini o‘rganish uchun Shveysariya bo‘ylab sayohat” maqolalarida bayon
yetdi.
Ushinskiyning fikricha ta’lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning
kuchi yetadigan bo‘lishi; 2) izchillik; 3) ko‘rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik.
Ushinskiy ko‘rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi
xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko‘rsatmali vositalariga suratlar,
kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan.
Ushinskiy o‘quv materialni anglab, puxta va mustaxkam o‘zlashtirishga katta
ye’tibor berdi. O‘quv materiallarini takrorlashga doir metodikani ishlab chiqdi.
Ushinskiy ta’lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko‘rsatdi: birinchidan,
bolalar o‘qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu
buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o‘zi uchga
bo‘linadi: 1. Bolalar o‘qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita
o‘zlashtiradilar. 2. O‘qituvchining rahbarligida o‘rganilayotgan buyum yoki hodisa
to‘g‘risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko‘radilar
ular to‘g‘risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O‘qituvchi o‘zi izoh berib, bolalar olgan
tushunchalarni to‘ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib,
tushunchalarni bir tizimga soladi.
Ushinskiy “Rus tilining dastlabgi o‘qitish” nomli maqolasida zarur metodik
ko‘rsatmalar berdi. Uning fikricha o‘qitishning uch vazifasi bor: 1. Bolalarning
nutqini o‘stirish. 2. Bolalarni o‘z tilidan foydalanishga o‘rgatish. 3. Tilning mashqini
o‘zlashtirish. Bu vazifalar bir vaqtda bajariladi.
K. D. Ushinskiy o‘qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang‘ich ta’limga
doir darsliklar ham tuzdi:
1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o‘stirish
va tasavvurlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3-4 sinfga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda
bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma’lumot berishi ko‘zda tutilgan.
Ushinskiy 1861 yilda “O‘qituvchilar seminariyasining proekti” maqolasida
boshlangich maktablar uchun o‘qituvchilar tayyorlash tizimini taklif yetdi. Xulosa
qilganimizda, Ushinskiy Rossiyada maorif sohasida ko‘p xizmat qildi. U «Rus
dumboqchalarining do‘sti»,“Rus muallimlarining muallimidir”.