XIX asrning 2-yarmi - XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi.

Yuklangan vaqt

2024-09-27

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

28,2 KB


 
 
 
 
 
 
XIX asrning 2-yarmi - XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. 
K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi. 
 
 
 
Reja: 
1. 
XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSh, 
Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari. 
2. 
Nemis 
pedagogi 
Georg 
Kershenshteynerning 
pedagogik 
nazariyasi 
3. 
Djon Dyuining pedagogik kontseptsiyasi. 
4. 
M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar 
rivojidagi o’rni. 
5. 
L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari. 
6. 
K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati 
to’grisida. 
 
 XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada 
reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari. Reformatorlik 
pedagogikasining asosiy yo’nalishlari: 1. Mehnat maktablari tarafdorlarining 
harakatlari. 2. Harakatlar pedagogikasi. 3. Badiiy tarbiya. 4. Individual pedagogika. 
5. “Fuqarolik tarbiyasi” pedagogikasi.  
Reformattorlik pedagogikasining ijtimoiy-iqtisodiy omillari: 1. Ishlab 
chiqarishning murakkab texnika bilan ta’minlanishi. 2. Tabiiy-matematik kadrlar 
jamoasiga bo’lgan ehtiyoj. 3. Malakali raqobatbardosh ishchilarga bo’lgan ehtiyoj. 
Nemis pedagogi Georg Kershenshteynerning pedagogik nazariyasi:            1. 
Maktab bolalarning ikkita ehtiyojini qqqonoqtirishi zarur: idrok etish va ijod qqilish. 
2. Nafaqat so’z, kittob yordamida, balki amaliy tajriba vositasida o’rganish zarur. 3. 
Ko’pchilik bolalarning qo’l mehnati – ularning har tomonlama rivojlanish maydoni. 
4. “Faqat kitob emas, balki ijjodiy ish bolalarni uyqu va lanjlikdan xalos ettuvchi”. 
5. Mehnat maktabida o’qitishning asosiy metodi: ximiya, fizika fanlari bo’yicha 
XIX asrning 2-yarmi - XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi. Reja: 1. XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari. 2. Nemis pedagogi Georg Kershenshteynerning pedagogik nazariyasi 3. Djon Dyuining pedagogik kontseptsiyasi. 4. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar rivojidagi o’rni. 5. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari. 6. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida. XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari. Reformatorlik pedagogikasining asosiy yo’nalishlari: 1. Mehnat maktablari tarafdorlarining harakatlari. 2. Harakatlar pedagogikasi. 3. Badiiy tarbiya. 4. Individual pedagogika. 5. “Fuqarolik tarbiyasi” pedagogikasi. Reformattorlik pedagogikasining ijtimoiy-iqtisodiy omillari: 1. Ishlab chiqarishning murakkab texnika bilan ta’minlanishi. 2. Tabiiy-matematik kadrlar jamoasiga bo’lgan ehtiyoj. 3. Malakali raqobatbardosh ishchilarga bo’lgan ehtiyoj. Nemis pedagogi Georg Kershenshteynerning pedagogik nazariyasi: 1. Maktab bolalarning ikkita ehtiyojini qqqonoqtirishi zarur: idrok etish va ijod qqilish. 2. Nafaqat so’z, kittob yordamida, balki amaliy tajriba vositasida o’rganish zarur. 3. Ko’pchilik bolalarning qo’l mehnati – ularning har tomonlama rivojlanish maydoni. 4. “Faqat kitob emas, balki ijjodiy ish bolalarni uyqu va lanjlikdan xalos ettuvchi”. 5. Mehnat maktabida o’qitishning asosiy metodi: ximiya, fizika fanlari bo’yicha  
 
laboratoriyalarda, metal, daraxtlarga ishlov beradigan amaliy mashg’ulotlarda, jonli 
buurchaklarda, rasm chizish sinflari, yer maydonchalaridagi musttaqil ishlar. 6. 
Maktab ishida “ma’naviy umumiylik” uning ijtimoiy ahamiyati. Asari:”Kelajak 
makttabi–mehnat maktabi”. 
Djon Dyuining pedagogik kontseptsiyasi. XX asr boshlarida, chet el va 
ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta’limi masalalari bo’yicha pragmatik 
(yunoncha «pragma» – harakat, amaliyot) g’oyasi keng tarqaldi. Pedagogikada 
mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyui (1859-1952 yillar) maktab ta’limining o’z 
kontseptsiyasini yaratishga ko’p urindi. Bu yo’nalishlar vakillari (Dj.Dyui, 
G.Kershenshteyner) o’qitish bu o’quvchining “tajribasini qayta tashkil etish” 
uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar.  
O’qitishni Dyui kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid 
bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy 
boshlang’ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: “Oldindan tuzilgan 
o’quv kurslari kerak emas”, “O’qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish 
kerak”, “Bola o’qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish 
yordamida o’qitish – maktabda asosiy metod”. Shunday qilib, Dyui maktabda ta’lim 
va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta’limni tan 
olmaydi va o’qishni tor hamda o’quvchilarning qiziqishlariga asoslangan 
praktitsizmidan iborat hisoblaydi. Asari: “Makttab va jamiyat”. 
“Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko’p jihatdan Dj.Dyuining falsafiy 
(pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, 
reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim 
olish jarayonida ko’zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko’rsatadi: idrok etish, 
qayta ishlab chiqish, ifoda etish. Bilimlarni formallashtirish metodlari: amaliy va 
ijodiy ishlar, tajriba, illyustratsiya, ganjkorlik, o’yin, ashula aytish, sport, raqs 
tushish. Asari: “Harakat maktabi”. 
 M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar rivojidagi 
o’rni. Mixail Vasilevich Lomonosov — rus tabiatshunos olimi, rus adabiy tilining 
asoschisi, shoir, rassom, tarixchi. Moskvada, Kievda (1734), so’ngra Peterburg 
akademiya universitetida o’qigan (1735). 1736 yildan Germaniyaning Merburg va 
Frayburg universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan ta’lim olgan. Peterburg 
laboratoriyalarda, metal, daraxtlarga ishlov beradigan amaliy mashg’ulotlarda, jonli buurchaklarda, rasm chizish sinflari, yer maydonchalaridagi musttaqil ishlar. 6. Maktab ishida “ma’naviy umumiylik” uning ijtimoiy ahamiyati. Asari:”Kelajak makttabi–mehnat maktabi”. Djon Dyuining pedagogik kontseptsiyasi. XX asr boshlarida, chet el va ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta’limi masalalari bo’yicha pragmatik (yunoncha «pragma» – harakat, amaliyot) g’oyasi keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyui (1859-1952 yillar) maktab ta’limining o’z kontseptsiyasini yaratishga ko’p urindi. Bu yo’nalishlar vakillari (Dj.Dyui, G.Kershenshteyner) o’qitish bu o’quvchining “tajribasini qayta tashkil etish” uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar. O’qitishni Dyui kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy boshlang’ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: “Oldindan tuzilgan o’quv kurslari kerak emas”, “O’qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak”, “Bola o’qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish yordamida o’qitish – maktabda asosiy metod”. Shunday qilib, Dyui maktabda ta’lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta’limni tan olmaydi va o’qishni tor hamda o’quvchilarning qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan iborat hisoblaydi. Asari: “Makttab va jamiyat”. “Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko’p jihatdan Dj.Dyuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim olish jarayonida ko’zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko’rsatadi: idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish. Bilimlarni formallashtirish metodlari: amaliy va ijodiy ishlar, tajriba, illyustratsiya, ganjkorlik, o’yin, ashula aytish, sport, raqs tushish. Asari: “Harakat maktabi”. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar rivojidagi o’rni. Mixail Vasilevich Lomonosov — rus tabiatshunos olimi, rus adabiy tilining asoschisi, shoir, rassom, tarixchi. Moskvada, Kievda (1734), so’ngra Peterburg akademiya universitetida o’qigan (1735). 1736 yildan Germaniyaning Merburg va Frayburg universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan ta’lim olgan. Peterburg  
 
Fanlar Akademiyasining birinchi akademigi (1745). 1748 yilda Rossiya Fanlar 
Akadeemiyasi qoshida 1-kimyoviy labooratoriyaga asos solgan. 1755 yilda 
Lomonosovning tashabbusi bilan Moskva univeersiteti tashkil etilgan (keyinchalik 
unga Lomonosov nomi berilgan). Moddalarning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi 
tushunchalarni rivojlantirgan, kimyoviy reaktsiyalarda massaning saqlanish 
qonunini topgan (1756), korpuskulyar (atom-molekulyar) ta’limoti asoslarini taklif 
etgan (1741 — 50). Venera sayyorasida atmosfera mavjudligini aniqlagan (1761). 
Falsafiy va grajdanlik ruhidagi rus odasining ijodkori. Dostonlar, she’riy nomalar, 
tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental filologik tadqiqotlar hamda rus tilining 
ilmiy grammatikasi muallifi. Ranglar haqidagi nazariyani olg’a surgan. Bir qancha 
optik asboblar yasagan. Mozaika san’atini rivojlantirgan, smaltalar ishlab 
chiqarishga katta hissa qo’shgan, shogirdlari bilan birga koshinkor nAQShlarning 
yangi turlarini taklif etgan. Shvetsiya Fanlar Akademiyasi (1760), Bolonya FA 
(1764) faxriy a’zosi. 
 
L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari. Lev Nikolaevich Tolstoy (1828. 
28.8(9.9), Tula guberniyasi YAsnaya Polyana qishlog’i — 1910.7(20). 11, Lipetsk 
viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; YAsnaya Polyanada dafn etilgan) — rus 
yozuvchisi, ma’rifatpari. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. 
Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1873), faxriy akademigi (1900). 
1844-47 yillarda Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetlarida 
o’qigan. 1851-53 yillarda Kavkazda bo’lib, janglarda ishtirok etgan. 1854 yilda 
Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko’ra, qamaldagi Sevastopolga 
o’tkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. Tolstoy 1855 yilda Peterburgga borib, 
N.A.Nekrasovnnng «Sovremennik» («Zamondosh») jurnali va jurnal atrofidagi 
yozuvchilar (I.S.Turgenev, I.A.Goncharov, N.G.CHernishevskiy va boshqalar) 
bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin 
she’rlari, shuningdek, YUsuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan. 
Birinchi yirik asari — «Inson kamolotining to’rt davri» avtobiografik asari 
(«Bolalik», 1852; «O’smirlik», 1852-54; «YOshlik», 1855-57; «Yigitlik», yozilmay 
qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning «Sevastopol 
hikoyalari» (1855) to’plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o’z ifodasini topgan. 
50-yillar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy 
Fanlar Akademiyasining birinchi akademigi (1745). 1748 yilda Rossiya Fanlar Akadeemiyasi qoshida 1-kimyoviy labooratoriyaga asos solgan. 1755 yilda Lomonosovning tashabbusi bilan Moskva univeersiteti tashkil etilgan (keyinchalik unga Lomonosov nomi berilgan). Moddalarning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirgan, kimyoviy reaktsiyalarda massaning saqlanish qonunini topgan (1756), korpuskulyar (atom-molekulyar) ta’limoti asoslarini taklif etgan (1741 — 50). Venera sayyorasida atmosfera mavjudligini aniqlagan (1761). Falsafiy va grajdanlik ruhidagi rus odasining ijodkori. Dostonlar, she’riy nomalar, tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental filologik tadqiqotlar hamda rus tilining ilmiy grammatikasi muallifi. Ranglar haqidagi nazariyani olg’a surgan. Bir qancha optik asboblar yasagan. Mozaika san’atini rivojlantirgan, smaltalar ishlab chiqarishga katta hissa qo’shgan, shogirdlari bilan birga koshinkor nAQShlarning yangi turlarini taklif etgan. Shvetsiya Fanlar Akademiyasi (1760), Bolonya FA (1764) faxriy a’zosi. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari. Lev Nikolaevich Tolstoy (1828. 28.8(9.9), Tula guberniyasi YAsnaya Polyana qishlog’i — 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; YAsnaya Polyanada dafn etilgan) — rus yozuvchisi, ma’rifatpari. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1873), faxriy akademigi (1900). 1844-47 yillarda Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetlarida o’qigan. 1851-53 yillarda Kavkazda bo’lib, janglarda ishtirok etgan. 1854 yilda Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko’ra, qamaldagi Sevastopolga o’tkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. Tolstoy 1855 yilda Peterburgga borib, N.A.Nekrasovnnng «Sovremennik» («Zamondosh») jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I.S.Turgenev, I.A.Goncharov, N.G.CHernishevskiy va boshqalar) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin she’rlari, shuningdek, YUsuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan. Birinchi yirik asari — «Inson kamolotining to’rt davri» avtobiografik asari («Bolalik», 1852; «O’smirlik», 1852-54; «YOshlik», 1855-57; «Yigitlik», yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning «Sevastopol hikoyalari» (1855) to’plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o’z ifodasini topgan. 50-yillar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy  
 
voqealarning keng manzarasi, hayotning axloqiy falsafiy asoslari tasviri bilan 
uyg’unlashtirishga harakat qiladi. Tolstoy ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy 
tamoyil «Kazaklar» qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko’rinadi. Bu asarda o’z 
in’ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri Tolstoyning 60-
yillar ijodida yanada teranlashadi. 
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o’rin olgan «Urush va tinchlik» 
(1863-69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan 
shahodat beradi. YOzuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan o’z davrida ro’y bergan 
va o’zi shaxsan guvoh bo’lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u 
Napoleonning 1805-1807 va 1812-1814 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga 
murojaat etib, ko’plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga 
qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg’unlashgan tarixiy 
roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr o’rtalarida epik asarlar davri o’tdi, degan 
fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat 
va kurashlar esa «Urush va tinchlik»dek epopeyaning maydonga kelishi uchun 
unumli zamin bo’la olmas edi. 1812 yillarda Rossiyaning Napoleon qo’shinlari 
tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va 
sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi 
ongidagi ana shu uyg’onishga murojaat etishi «Urush va tinchlik» romanining 
yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o’tadi. 
Tolstoyning 70-yillar ijodida «Anna Karenina» romani alohida mavqega ega. 
«Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar bo’lgan davrda Tolstoyning rus 
jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to’g’risidagi orzu umidlari ro’yobga 
chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda 
Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli 
o’ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning 
bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig’iga ega bo’lgan tarixi tasvir 
etilgan. Tolstoy aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e’tiqod qo’ygan, 
hayotda ro’y berayotgan voqealarga va kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din 
nuqtai nazaridan yondashgan. 
70-yillarda ruhiy iztirob iqlimida yashagan Tolstoy o’z hayot yo’lini qayta 
nazardan o’tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo’li 
voqealarning keng manzarasi, hayotning axloqiy falsafiy asoslari tasviri bilan uyg’unlashtirishga harakat qiladi. Tolstoy ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil «Kazaklar» qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko’rinadi. Bu asarda o’z in’ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri Tolstoyning 60- yillar ijodida yanada teranlashadi. Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o’rin olgan «Urush va tinchlik» (1863-69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. YOzuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan o’z davrida ro’y bergan va o’zi shaxsan guvoh bo’lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805-1807 va 1812-1814 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko’plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg’unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr o’rtalarida epik asarlar davri o’tdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa «Urush va tinchlik»dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo’la olmas edi. 1812 yillarda Rossiyaning Napoleon qo’shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi ongidagi ana shu uyg’onishga murojaat etishi «Urush va tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o’tadi. Tolstoyning 70-yillar ijodida «Anna Karenina» romani alohida mavqega ega. «Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar bo’lgan davrda Tolstoyning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to’g’risidagi orzu umidlari ro’yobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli o’ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig’iga ega bo’lgan tarixi tasvir etilgan. Tolstoy aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e’tiqod qo’ygan, hayotda ro’y berayotgan voqealarga va kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. 70-yillarda ruhiy iztirob iqlimida yashagan Tolstoy o’z hayot yo’lini qayta nazardan o’tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo’li  
 
bilan bog’liq jamiyat qatlamining ma’naviy asoslari yolg’onga asoslangan, degan 
xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari «Iqrornoma» (1880) va «E’tiqodim 
nimada?» (1884) asarlarida o’z ifodasini topdi. T.ning shu davrda yozgan asarlari 
orasida «Ivan Ilichning ulimi» (1886), «Kreytser sonatasi» (1889) qissalari, ayniqea, 
e’tiborga loyiq. 
Tolstoy 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, «Zulmat 
hokimiyati» (1886) dramasi va «Ma’rifat mevalari» (1890) komediyasini yozadi. Bu 
asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa ko’rsatayotgan 
salbiy ta’siri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan. 
Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so’nggi 
yirik asarlaridan biri — «Tirilish» romani (1889—99)da o’z aksini topdi. Hayotda 
bo’lib o’tgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda Tolstoy 
ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib 
tashlaydi.  
Tolstoy hayotining Yasnaya Polyanadagi so’nggi kunlari ruhiy iztiroblar 
po’rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to’qigan ig’vo va fasod to’ridan qochib, 1910 
yilda Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yo’lda shamollab, vafot etadi. 
O’zbekistonda Tolstoy ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. 
Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni ko’rsa ham tezda ayta 
olmaydi» maqolalari 1887-1902 yillarda «Turkiston viloyatining gazeti»da o’zbek 
tilida nashr etilgan. Tolstoy haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi» 
degan maqola esa 1889 yilda shu gazetada tanikli ma’rifatparvar Sattorxon 
Abdug’afforov tarjimasida bosilgan. Tolstoyning bolalar uchun yozgan qator 
hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 1902), Aliasqar Kalinin («Muallimi 
soniy», 1903), Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi muallim», 
1912) singari jadid ma’rifatparvarlarining o’quv qo’llanmalari va darsliklarida e’lon 
qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o’qitilgan. 
Tolstoy nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida 
ham o’zbek jadidlarining e’tiborini o’ziga jalb etgan. Birinchi o’zbek advokati 
Ubaydulla Xo’jayev 1909 yilda Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan javob 
bermaslik haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o’sha yilning          5 iyunida undan 
javob olgan. Islom dinining taniqli arboblaridan biri Abduvohid Qoriev esa 1910 
bilan bog’liq jamiyat qatlamining ma’naviy asoslari yolg’onga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari «Iqrornoma» (1880) va «E’tiqodim nimada?» (1884) asarlarida o’z ifodasini topdi. T.ning shu davrda yozgan asarlari orasida «Ivan Ilichning ulimi» (1886), «Kreytser sonatasi» (1889) qissalari, ayniqea, e’tiborga loyiq. Tolstoy 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, «Zulmat hokimiyati» (1886) dramasi va «Ma’rifat mevalari» (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa ko’rsatayotgan salbiy ta’siri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan. Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so’nggi yirik asarlaridan biri — «Tirilish» romani (1889—99)da o’z aksini topdi. Hayotda bo’lib o’tgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda Tolstoy ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib tashlaydi. Tolstoy hayotining Yasnaya Polyanadagi so’nggi kunlari ruhiy iztiroblar po’rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to’qigan ig’vo va fasod to’ridan qochib, 1910 yilda Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yo’lda shamollab, vafot etadi. O’zbekistonda Tolstoy ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni ko’rsa ham tezda ayta olmaydi» maqolalari 1887-1902 yillarda «Turkiston viloyatining gazeti»da o’zbek tilida nashr etilgan. Tolstoy haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi» degan maqola esa 1889 yilda shu gazetada tanikli ma’rifatparvar Sattorxon Abdug’afforov tarjimasida bosilgan. Tolstoyning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 1902), Aliasqar Kalinin («Muallimi soniy», 1903), Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi muallim», 1912) singari jadid ma’rifatparvarlarining o’quv qo’llanmalari va darsliklarida e’lon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o’qitilgan. Tolstoy nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham o’zbek jadidlarining e’tiborini o’ziga jalb etgan. Birinchi o’zbek advokati Ubaydulla Xo’jayev 1909 yilda Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o’sha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining taniqli arboblaridan biri Abduvohid Qoriev esa 1910  
 
yilda Yasnaya Polyanaga maxsus borib, Tolstoy bilan bir necha marta muloqotda 
bo’lgan.  
Tolstoy 1859-1862 yillarda krestyan bolalari uchun maktab ochadi. 
Tosltoyning pedagogik kontseptsiyasi asosini “erkin tarbiya” g’oyasi tashkil etadi. 
Tolstoyning fikricha, ideal maktab – bu erkin hamkorlikka asoslangan, ya’ni 
o’qituvchi bilimlarni taqdim etadi, o’quvchilar uni erkin tarzda idrok etishadi. 
Bunday maktabning asosiy funktsiyasi – erkin ta’lim berishdir. Tolstoy pedagogik 
kontseptsiyasidagi etakchi tamoyil bolalarning o’ziga xosligini hisobga olishdir. 
 
K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida. 
K.D.Ushinskiy 1824 yil 19 fevralda Tula shahrida tug'ildi. Ushinskiy bolalik va 
o'smirlik davrlarini Chernigov gubernasiga qarashli Novgorod-Seversk shahri 
yaqinida bo'lgan ota-onasining katta bo'lmagan erida o'tqazadi. 
22 yoshdan boshlab Ushinskiy Yaroslovldagi adliya liseyida ensiklopediya, 
qonun-shunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasida professorlik vazifasida 
ishlay boshladi. 
K.D.Ushinskiy o’qituvchilik va professorlik faoliyati davrida hamma bilimini 
talabalarga berishga, ularda ilm-fanlarni qunt bilan, jiddiy suratda o’qish havasini 
to’g’dirishga, ularda xalqqa muhabbat, unga xizmat qilish uchun tayyor turishi 
hissasini tarbiyalashga intiladi. Ushinskiyning taraqqiyparvarlik faoliyatini 
ko’rolmagan reaksion kayfiyatdagi professorlar, lisey rahbarlari, ichki ishlar 
vazirligining xodimlari uning ustidan hukumatga chaqiq xati yozdilar, 
K.D.Ushinskiyning fikri mavjud tuzumga noto’g'ri, buzuq, xavfli kishi deb tuhmat 
toshi otilgan. 
1884 yilda Yevropada bo'lib o'tgan inqiloblar podsho hukumatini chuchitadi. 
Podsho hukumati shubhali kishilarni ta`qib ostiga ola boshlaydi. Shu jumladan 
Ushinskiy ham 1849 yilda liseydan “yomon otliq” qilib ishdan bo'shatiladi. Shundan 
so'ng u moddiy jihatdan qiynaladi. Shu yillari o'z zamonasi uchun mashhur bo'lgan 
“Zamondosh (“Sovremennik”)” va “O’qish uchun kutubxona” (“Biblioteka dlya 
chiteniya”)” jurnallarida adabiy xodim bo'lib ishlaydi, chet tillarini (ingliz tili) 
o'rganadi. Chet tillardagi asarlarni rus tiliga tarjima qiladi. 
1859 yilda Ushinskiy Smolniy aslzoda qizlar institutida o'qituvchi va 
inspektorlik vazifasida ishga o'tadi. Bu o’rta ma`lumot beradigan maktab yopiq 
yilda Yasnaya Polyanaga maxsus borib, Tolstoy bilan bir necha marta muloqotda bo’lgan. Tolstoy 1859-1862 yillarda krestyan bolalari uchun maktab ochadi. Tosltoyning pedagogik kontseptsiyasi asosini “erkin tarbiya” g’oyasi tashkil etadi. Tolstoyning fikricha, ideal maktab – bu erkin hamkorlikka asoslangan, ya’ni o’qituvchi bilimlarni taqdim etadi, o’quvchilar uni erkin tarzda idrok etishadi. Bunday maktabning asosiy funktsiyasi – erkin ta’lim berishdir. Tolstoy pedagogik kontseptsiyasidagi etakchi tamoyil bolalarning o’ziga xosligini hisobga olishdir. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida. K.D.Ushinskiy 1824 yil 19 fevralda Tula shahrida tug'ildi. Ushinskiy bolalik va o'smirlik davrlarini Chernigov gubernasiga qarashli Novgorod-Seversk shahri yaqinida bo'lgan ota-onasining katta bo'lmagan erida o'tqazadi. 22 yoshdan boshlab Ushinskiy Yaroslovldagi adliya liseyida ensiklopediya, qonun-shunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasida professorlik vazifasida ishlay boshladi. K.D.Ushinskiy o’qituvchilik va professorlik faoliyati davrida hamma bilimini talabalarga berishga, ularda ilm-fanlarni qunt bilan, jiddiy suratda o’qish havasini to’g’dirishga, ularda xalqqa muhabbat, unga xizmat qilish uchun tayyor turishi hissasini tarbiyalashga intiladi. Ushinskiyning taraqqiyparvarlik faoliyatini ko’rolmagan reaksion kayfiyatdagi professorlar, lisey rahbarlari, ichki ishlar vazirligining xodimlari uning ustidan hukumatga chaqiq xati yozdilar, K.D.Ushinskiyning fikri mavjud tuzumga noto’g'ri, buzuq, xavfli kishi deb tuhmat toshi otilgan. 1884 yilda Yevropada bo'lib o'tgan inqiloblar podsho hukumatini chuchitadi. Podsho hukumati shubhali kishilarni ta`qib ostiga ola boshlaydi. Shu jumladan Ushinskiy ham 1849 yilda liseydan “yomon otliq” qilib ishdan bo'shatiladi. Shundan so'ng u moddiy jihatdan qiynaladi. Shu yillari o'z zamonasi uchun mashhur bo'lgan “Zamondosh (“Sovremennik”)” va “O’qish uchun kutubxona” (“Biblioteka dlya chiteniya”)” jurnallarida adabiy xodim bo'lib ishlaydi, chet tillarini (ingliz tili) o'rganadi. Chet tillardagi asarlarni rus tiliga tarjima qiladi. 1859 yilda Ushinskiy Smolniy aslzoda qizlar institutida o'qituvchi va inspektorlik vazifasida ishga o'tadi. Bu o’rta ma`lumot beradigan maktab yopiq  
 
o'quv yurti bo'lgan, bunda qizlar ta`lim va tarbiya olganlar. Ushinskiy institutga 
ishga borgach tubdan islohotlar o'tkazadi. 
1860-61 yillarda «Xalq maorifi ministrligi» jurnaliga rahbarlik qildi, quruq, 
kishilarni qiziqtirmaydigan umumiy jurnalni ilmiy pedagogika jurnaliga aylantirdi. 
K.D.Ushinskiyning tarbiya nazariyasi falsafa, filologiya, pedagogika, 
psixologiya, anatomiya, fiziologiya, tarix fanlari qonuniyatlariga asoslanadi. 
Uning fikricha, tarbiyaning vazifasi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishdan 
iborat: tarbiyachi va o'qituvchilar tarbiyaning prinsipini, qoidalarini o'rganishlari 
kerak va shu bilan birga ana shu qoida va qonunlarni amaliyotga qo'llay bilishlari 
kerak.Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning 
psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Bu asar pedagogik-psixologik asardir. 
Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik 
jarayonlar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro'y 
berishi haqida xulosalar chiqariladi. 
K.D.Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan. 
Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini 
maktabda o'qitish, ona tilini ta`limning asosi qilib olish, bolalarga o'z vatanlari 
tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan 
sug'orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish 
hissini o'stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo'lishi lozim. 
Har bir avlod o'z xis tuyg'ularini, tarixiy voqialar, diniy e`tiqod, maslak 
natijalarini, boshidan kechirgan qayg'u va xursanchiliklarini ona tili xazinasiga 
qo'shadi. Xalq butun ma`naviy xayoti natijalarni ehtiyot qilib o'z tilida saqlab keladi. 
Til bor ekan, xalq ham bor, xalqning hayot ekanligini til orqali bilish mumkin. 
 Bola ona tilini o'zlashtirganda tovush va birikmalarni bilibgina qolmasdan 
tushunchalar, fikrlar va tuyg'ular badiiy obrazlarni ham o'zlashtiradi. 
 Ushinskiy kishi kamolga etgan bo’lishi uchun uning aqliy, jismoniy va axloqiy 
o’sishi bir-biriga uyg’un bo’lishi kerak deb bildi. 
 Ushinskiyning fikricha axloqiy tarbiyaning vositalari qo’yidagilar:           1. 
Ta`lim; 2. O'qituvchining shaxsiy namunasi yoshlar qalbiga quyosh nuridek ta`sir 
etadi. 3. E`tiqod bolalarda-e`tiqodni tarbiyalamay turib ular qalbini rivojlantirib 
bo'lmaydi. 4. O'qituvchining mohirligi bilan munosabatda bo'lishi (pedagogik odob). 
o'quv yurti bo'lgan, bunda qizlar ta`lim va tarbiya olganlar. Ushinskiy institutga ishga borgach tubdan islohotlar o'tkazadi. 1860-61 yillarda «Xalq maorifi ministrligi» jurnaliga rahbarlik qildi, quruq, kishilarni qiziqtirmaydigan umumiy jurnalni ilmiy pedagogika jurnaliga aylantirdi. K.D.Ushinskiyning tarbiya nazariyasi falsafa, filologiya, pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, tarix fanlari qonuniyatlariga asoslanadi. Uning fikricha, tarbiyaning vazifasi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat: tarbiyachi va o'qituvchilar tarbiyaning prinsipini, qoidalarini o'rganishlari kerak va shu bilan birga ana shu qoida va qonunlarni amaliyotga qo'llay bilishlari kerak.Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Bu asar pedagogik-psixologik asardir. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro'y berishi haqida xulosalar chiqariladi. K.D.Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini maktabda o'qitish, ona tilini ta`limning asosi qilib olish, bolalarga o'z vatanlari tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan sug'orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish hissini o'stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo'lishi lozim. Har bir avlod o'z xis tuyg'ularini, tarixiy voqialar, diniy e`tiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg'u va xursanchiliklarini ona tili xazinasiga qo'shadi. Xalq butun ma`naviy xayoti natijalarni ehtiyot qilib o'z tilida saqlab keladi. Til bor ekan, xalq ham bor, xalqning hayot ekanligini til orqali bilish mumkin. Bola ona tilini o'zlashtirganda tovush va birikmalarni bilibgina qolmasdan tushunchalar, fikrlar va tuyg'ular badiiy obrazlarni ham o'zlashtiradi. Ushinskiy kishi kamolga etgan bo’lishi uchun uning aqliy, jismoniy va axloqiy o’sishi bir-biriga uyg’un bo’lishi kerak deb bildi. Ushinskiyning fikricha axloqiy tarbiyaning vositalari qo’yidagilar: 1. Ta`lim; 2. O'qituvchining shaxsiy namunasi yoshlar qalbiga quyosh nuridek ta`sir etadi. 3. E`tiqod bolalarda-e`tiqodni tarbiyalamay turib ular qalbini rivojlantirib bo'lmaydi. 4. O'qituvchining mohirligi bilan munosabatda bo'lishi (pedagogik odob).  
 
5. Ogohlantirish. 6. Qiziqtirish va jazolash. 
  
Ushinskiy insonning to'g'ri rivojlanishida zarur shart mehnat deb biladi. 
Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan 
takomil-lashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U jismoniy mehnat bilan aqliy 
mehnatning birlashtirilishini talab qildi. “O'qish ham mehnatdir va mehnat bo'lib 
qoladi, ammo to'la ma`noli mehnat bo'lishi lozim” – deb hisoblaydi. 
 K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi. Ushinskiy 
didaktika sohasidagi qarashlarini “Ona tilini o'qitish yuzasidan qo'llanma, “Maktab-
maorif ishlarini o'rganish uchun Shveysariya bo'ylab sayohat” maqolalarida bayon 
etdi. 
 Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning 
kuchi etadigan bo'lishi; 2) izchillik; 3) ko'rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik. 
Ushinskiy ko'rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi 
xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko'rsatmali vositalariga suratlar, 
kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan. 
Ushinskiy o'quv materialni anglab, puxta va mustaxkam o'zlashtirishga katta 
e`tibor berdi. O'quv materiallarini takrorlashga doir metodikani ishlab chiqdi. 
Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko'rsatdi: birinchidan, 
bolalar o'qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu 
buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga 
bo'linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita 
o'zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o'rganilayotgan buyum yoki hodisa 
to'g'risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar 
ular to'g'risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O’qituvchi o'zi izoh berib, bolalar olgan 
tushunchalarni to'ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, 
tushunchalarni bir tizimga soladi. 
Ushinskiy “Rus tilining dastlabgi o'qitish” nomli maqolasida zarur metodik 
ko'rsatmalar berdi. Uning fikricha o'qitishning uch vazifasi bor: 1. Bolalarning 
nutqini o'stirish. 2. Bolalarni o’z tilidan foydalanishga o'rgatish. 3. Tilning mashqini 
o'zlashtirish. Bu vazifalar bir vaqtda bajariladi. 
K. D. Ushinskiy o'qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang'ich ta`limga doir 
darsliklar ham tuzdi: 
5. Ogohlantirish. 6. Qiziqtirish va jazolash. Ushinskiy insonning to'g'ri rivojlanishida zarur shart mehnat deb biladi. Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan takomil-lashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatning birlashtirilishini talab qildi. “O'qish ham mehnatdir va mehnat bo'lib qoladi, ammo to'la ma`noli mehnat bo'lishi lozim” – deb hisoblaydi. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi. Ushinskiy didaktika sohasidagi qarashlarini “Ona tilini o'qitish yuzasidan qo'llanma, “Maktab- maorif ishlarini o'rganish uchun Shveysariya bo'ylab sayohat” maqolalarida bayon etdi. Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning kuchi etadigan bo'lishi; 2) izchillik; 3) ko'rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik. Ushinskiy ko'rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko'rsatmali vositalariga suratlar, kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan. Ushinskiy o'quv materialni anglab, puxta va mustaxkam o'zlashtirishga katta e`tibor berdi. O'quv materiallarini takrorlashga doir metodikani ishlab chiqdi. Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko'rsatdi: birinchidan, bolalar o'qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga bo'linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita o'zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o'rganilayotgan buyum yoki hodisa to'g'risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar ular to'g'risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O’qituvchi o'zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to'ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi. Ushinskiy “Rus tilining dastlabgi o'qitish” nomli maqolasida zarur metodik ko'rsatmalar berdi. Uning fikricha o'qitishning uch vazifasi bor: 1. Bolalarning nutqini o'stirish. 2. Bolalarni o’z tilidan foydalanishga o'rgatish. 3. Tilning mashqini o'zlashtirish. Bu vazifalar bir vaqtda bajariladi. K. D. Ushinskiy o'qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang'ich ta`limga doir darsliklar ham tuzdi:  
 
1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o'stirish 
va tasavvurlarini kengaytirish ko'zda tutilgan. 
2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3-4 sinfga mo'ljallangan bo'lib, bunda bolalarga 
geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot berishi ko'zda tutilgan. 
Ushinskiyning fikricha, o'qituvchi xalq orasida chiqqan bo'lishi kerak: u 
pedagogika va psixologiyani bilishi, pedagogik odob va mahoratlarga ega bo'lishi 
kerak. O'qituvchi o'z ustida mustaqil ishlab, ongini turli yangiliklar bilan boyitib 
borishi lozim. 
Ushinskiy 1861 yilda “O’qituvchilar seminariyasining proekti” maqolasida 
boshlangich maktablar uchun o'qituvchilar tayyorlash tizimini taklif etdi. Xulosa 
qilganimizda, Ushinskiy Rossiyada maorif sohasida ko'p xizmat qildi. U «Rus 
dumboqchalarining do'sti»,“Rus muallimlarining muallimidir”. 
 
1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o'stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko'zda tutilgan. 2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3-4 sinfga mo'ljallangan bo'lib, bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot berishi ko'zda tutilgan. Ushinskiyning fikricha, o'qituvchi xalq orasida chiqqan bo'lishi kerak: u pedagogika va psixologiyani bilishi, pedagogik odob va mahoratlarga ega bo'lishi kerak. O'qituvchi o'z ustida mustaqil ishlab, ongini turli yangiliklar bilan boyitib borishi lozim. Ushinskiy 1861 yilda “O’qituvchilar seminariyasining proekti” maqolasida boshlangich maktablar uchun o'qituvchilar tayyorlash tizimini taklif etdi. Xulosa qilganimizda, Ushinskiy Rossiyada maorif sohasida ko'p xizmat qildi. U «Rus dumboqchalarining do'sti»,“Rus muallimlarining muallimidir”.