XIX ASRNING 70-80-YILLARIDA FARG’ONA VODIYSIDAGI XALQ XARAKATLARI
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
42,5 KB
KURS ISHI
XIX ASRNING 70-80-YILLARIDA FARG’ONA VODIYSIDAGI XALQ
XARAKATLARI
REJA:
KIRISH
I Bob. Farg’ona vodiysida chorizm mustamlakachilik zulmining kuchayishi
1.1. CHor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va mustamlakachilik tartiblari
1.2. Milliy ozodlik xarakatlarining boshlanishi va uning bosqichlari
II Bob. Qo’qon xonligida milliy ozodlik xarakatlari
2.1. Po’latxon boshchiligidagi qo’zglonning boshlanishi va yengilish sabablari
2.2. 1898-yilgi Dukchi Eshon boshchligidagi Andijon qo’zg’oloni.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Vatan – bu biz tug’ilib o’sgan zamin , kindik qonimiz to’kilgan tuproq,
bobolarimiz izlari qolgan , ajdodlarimiz merosi , avlodlarimizga qladigan yurtdir.
Dunyoda vatanga muhabbatdan qudratliroq biron bir tuyg’u va uning sog’imchidan
kuchliroq xis yo’q . Vatan millatni yuksaltirguvchi milliy g’urudek jozibador , sehrli
bir tuyg’uni uyg’otadi. Xalq qanchalik or-nomusli , g’ururli bo’lsa undagi vatan
xissi, milliy ong ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ona yurt – bir umrlik makon , diyor
tabiati , el urf- odatlari , ananalari ertak va afsonlaridir. Vatan hamisha navqiron va
suyuklidir. Vatan millatning manaviy –madaniy zaminini yaratib beradi va xar bir
avlod boblarining yurtga bo’lgan muhabbatlarini o’zida tashigan holda so’nmas
vatan mehri bilan bu dunyoga qadam qo’yadi. Vatan tarixida yuksaklarda parvoz
etgan pallalar ham , murakab va mushkul damlar ham bo’ladi. Vatan mustaqilligi va
bus butunligi o’z milliy ozodligini davr va zamon suronlarida omon saqlab qola
olgan xalq eng sadoqatli xalqdir. Xar bir fuqaro uchun o’z vatani va xalqi tarixini
bilish esa muqaddas burchdir. Xar qaysi xalq milliy qadriyatlarini o’z maqsad va
muddaolari shu bilan birga umumbashariy rivojlantirib , manaviy dunyosini
yuksaltirib borishga intilar ekan bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat
kasb etadi. Yani tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan , xalq bosib
o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat vazafarlari, yo’qotish va qurbonlari ,
quvonch va iztiroblari bilan xolis va xaqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakkam
tarix bo’ladi1. Bu yozgan kurs ishim esa XIX asrning 70-80-yillarida Farg’ona
vodiysidagi xalq xarakatlari, yani qo’zg’olonlarga bag’ishlab yozilgan . shu
davrdagi xalqimiz o’tmishidagi og’ir damlarni yoritshga xizmat qiladi.
Chor Rossiyasining Turkiston xalqlariga nisbatan yurgizgan mustamlakachilik,
ulug‘ davlatchilik va shovinistik siyosati albatta qonuniy suratda mahalliy aholining
o ‘z milliy ozodligi, erki va insoniy haq-huquqlarini himoya qilish uchun muqaddas
jangga otlantiradi. Chorizm tomonidan asoratga solingan, mustamlaka qilingan
1 I.Karimov . Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q- T; 1998
xalqlar dastlabki kunlardan boshlab o ‘z milliy mustaqilliklari, ozodliklari va erklari
uchun muqaddas kurashib keldilar. Mana e’tibor bering:
1. 1856-yilda Sirdaryoda Jonxo‘ja Nurmuhammad qo‘zg‘oloni.
2. 1868-yilda Samarqand mudofaasi va Buxoro amirligi Buxoro
shahri, Shahrisabz bekligidagi harakatlar.
3. 1870-yilda M ang‘ishloq qirg‘izlarining isyonlari.
4. 1871 -yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida Sirdaryo viloya-
tidagi chiqishlar.
5. 1871 -yildagi Farg‘onada Yetimxon qo‘zg‘oloni.
6. 1872-yildagi Chirchiqdagi isyonlar.
7. 1872-1876-yildagi P o‘latxon boshchiligida Q o‘qondagi qo‘zg ‘o-
lon.
8. 1885-yillardagi Darveshxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon.
9. 1892-yildagi Toshkent qo‘z g ‘oloni.
10. 1898-yilda Andijondagi Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni.
1 1.1899-yilda Sirdaryo viloyatidagi harakatlar.
12. 1916-yil Jizzax qo‘zg ‘oloni va boshqalar.
Chor Rossiyasi hukumatining o ‘tkazgan siyosatiga qarshi milliy ozodlik kurashlari
juda ko‘p bo‘lgan. Biz yuqorida ularning ba’zilarinigina sanab o ‘tdik. 1887-1897-
yillar mobaynida Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryoda, mustamlakachilar idoralariga
qarshi 668 marta hujum bo‘lgan. 1897-1917-yillar orasida Turkistonda Rossiya
bosqinchilariga qarshi 4922 marta isyon bo‘lgan.' Ana shu qo‘zg‘olonlar va milliy
ozodlik kurashlaridan ba’zilarini eslash joizdir.
I Bob. Farg’ona vodiysida chorizm mustamlakachilik zulmining kuchayishi
1.1. CHor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va mustamlakachilik tartiblari
Rus ko`shinlari 1853 yilda Ko`kon xonligining kal`asi - Oqmaschitni bosib
olishi bilan O`rta Osiyoni istilo kilishi boshlandi. Okmachitni olish uchun bir oy vaqt
ketadi. Rus ko`ninlari uchun Okmachitni olinishi katta ahamiyatga ega edi. Shuning
uchun bu urushda ishtirok etganlarga unvonlar, orden va medallar hamda pul
mukofatlari berilgan. Okmachit o`rniga kurilgan rus kal`asiga general Perovskiy
nomi berilgan.2
Perovskiy
nomi
keyinchalik
Kizil
O`rda
shahriga
aylantirilgan.
Okmaschitning bosib olinishi Rossiyaga 1-ko`rg`on - hozirgi Kazalinsk, Karmokchi
botkog`idagi 2-ko`rg`on, Kuvon daryosidagi 3-ko`rg`on va Perovskiy ko`rg`onidan
iborat O`rta Osiyoga hujum kilishning yangi Sirdaryo harbiy istehkomlar chizig`ini
vujudga keltirish imkonini berdi. Ayni vaktda O`rta Osiyoning sharkiy tomonlaridan
boskinchilik harakatlarini boshlab yubordi.
1860 yilda To`kmok va Pishpak (hozirgi Bishkek), 1861 yili Sirdaryodagi
Jo`lak va Yangi ko`rg`onni bosib oldi. Rus ko`shinlari urush harakatlarini ikki
tomondan: biri sharkdan general Verevkin, ikkinchi tomonda g`arbdan general
Chernyayev ko`mondonligida olib borilib, Chernyayev 1864 yilda Turkiston bilan
Chimkentni, Verevkin esa Avliyoota (hozirgi Jambul) ni ko`lga kiritish bilan amalda
rus ko`shinlari Chimkentda tutashdilar.
Istilo kilingan va tashkil etilgan Orenburg general-gubernatorligi tarkibida
1865 yilda Turkiston viloyati tashkil etilib, uning tepasiga Chernyayev ko`yildi.
1865 yili 15 mayga o`tar kechasi Toshkent shahriga Chernyayev ko`shinlari
hujum boshlaydilar. Shiddatli janglardan so`ng, 17 may kuni sulh tuzishga rozi
bo`ladilar Vaholanki, podsho Aleksandr II Toshkent shahrini olishni man etuvchi
kat`iy buyruk berishiga karamasdan, uni Chernyayev ko`shinlari bosib oladi.
Shuning uchun, Chernyayev kattik tazyik ostida, Yevropa afkor ommasini
chalg`itish maksadida “toshkentliklar o`z ihtiyorlari bilan Rossiya imperatorligi
tasarrufiga o`tganligi to`g`risida hujjat”ga majburan imzo ko`ydirib, muhr bostirib
oladi.
Orenburg
general-gubernatori
M.Krijanovskiy
1865
yili
sentabrda
Toshkentni, Ko`kon va Buxoro xonliklarining ta`siridan holi bo`lgan mustakil deb
e`lon kiladi. Shu asnoda, 1865 yilning oktabrida Toshkentni Rossiya imperiyasi
tarkibiga ko`shib olinganligini rasmiy ravishda e`lon kiladi.3
2 O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. T; 2001. 1-tom
3 Ziyoyev . X . Turkistonga rossiya tajovuzi vahukmronligiga qarshi kurash . SHarq-1998
Chor Rossiyasi o`z mustamlaka yerlarini kengaytirishni davom ettirib,
1866 yil 10 fevralda Samarkand sari yurish kilib, 13 mayda Erjar yakinida bo`lgan
jangda Buxoro ko`shinlarini yengadi. O`sha yili Xo`jand, O`ratepa va Jizzax hujum
bilan bosib olinadi. Samarkanddan Buxoroga boraverishda Yangiko`rg`on yakinida
Buxoro amirining ko`shinlari yana yengiladi. 1868 yil 23 iyunda rus ko`shinlari
Samarkandni so`ngra Kattako`rg`onni Buxorodan ajratib olib, Zarafshon okrugini
tashkil kiladilar. Buxoro amiri Muzaffariddinni (1860-1885) asoratli shartnomani
imzolashga majbur etdilar. Shartnomaga muvofik Buxoro amalda Rossiyaning
vassaliga aylanib koldi, harbiy chikimlar uchun 500 ming so`m tovon puli to`lashga
majbur etdi.
1873 yili may oyida 13 ming kishilik ko`shin bilan Xivaga karshi yurish
boshladi. Xiva ko`shinlari 27-28 maydagi teng bo`lmagan janglardan so`ng
yengilgach, 1873 yil 25 avgustda Gandimiyen shartnomasi imzolandi. Kaufman
Xeva yurishini yakunlagandan keyin Ko`kon xonligini bosib olishga tayyorgarlik
ko`ra boshladi. Bu davrda Ko`kon xonligida ichki ziddiyatlar juda kuchayib ketgan
edi. Xon ma`muriyatining o`zboshimchaliklari xalk ko`zg`olonlariga olib keldi.
Ko`zg`olonga Xudoyorxon katl kildirgan Musulmonkulning o`g`li Abdurahmon
oftobachi boshchilik kilardi. Unga kipchoklar, kirg`izlar, shaharning barcha aholisi,
shuningdek, musulmon ruhoniylari ham ko`shildilar. Xudoyorxon (1845-1858),
(1862-1863), (1865-1875 yillarda xon sifatida taxtda o`tirgan) kochadi, uning katta
o`g`li Nasriddin xon (1875-1876) deb e`lon kilinadi. Ruslarga karshi g`azovot e`lon
kilindi. Ko`zg`olon Farg`onanigina emas, balki rus mulklarini ham kamrab olgan
edi. 1875 yil avgustda rus ko`shinlari bilan Ko`kon xonligi ko`shinlari o`rtasida jang
natijasida xon ko`shinlari Angren daryosi vodiysi, Xo`jand, Kurama uyezdidan
Mahram kal`asigacha chekinishga majbur bo`ladi. Shiddatli janglardan keyin
Mahram kal`asini ham tashlab chikishga majbur bo`ldi. Ko`kon armiyasi
mag`lubiyatga uchradi. Ko`kon xoni Nasriddin taslim bo`ldi.
General M.D. Skobelev ko`mondonligidagi rus ko`shinlari Ko`konni jiddiy
karshiliksiz egalladi. 1876 yil 19 fevralda Ko`kon xonligi territoriyasi Rossiyaga
ko`shib olinganligi va uning o`rnida Farg`ona viloyati tashkil etilganligi e`lon
kilindi. Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi. Kirg`izlarga karashli Oloy
vodiysi ham Rossiya imperiyasiga ko`shib olindi. Ko`kon
xonligini
ko`shib
olinishi bilan Sharkda Tyanshon tog`laridan boshlab, G`arbda Amudaryogacha,
Janubda Pomir etaklarigacha cho`zilgan Turkiston general-gubernatorligi tuzildi.
Endi chor Rossiyasining Turkiston mustamlakasini boshkarishi tartibiga
kelsak, O`rta Osiyo xalklarining iktisodiy va milliy manfaatlariga zid tartib-koidalar,
boshkaruv tizimi joriy kilindiki, bularning barchasi to`la mustamlakachilik
majmuasini tashkil etdi. Mustamlakachilik tartiblari hammasi bir yo`la emas, balki
birin-ketin joriy kilib borildi.
1865 yilda yangi tashkil kilingan Turkiston oblastini boshkarishning
vaktincha Nizomi e`lon kilindi. Unda ruslar ko`l ostiga o`tgan yerlarda dastlabki
boshkaruv jarayonida osoyishtalik, xavfsizlikni ta`minlash maksadida mo`tadil
konunlar joriy kilindi. Masalan, barcha ma`muriy organlarga mahalliy aholining
turmushi, ichki ishlari, yerga egalik - hukukiy munosabatlariga aralashmay tartibni
umumiy tarzda kuzatib borish belgilangan. 1867 yilda rus podshosi Turkistonni
boshkarishning yangi loyihasini tasdikladi. Yangi loyihaga binoan, Turkiston
viloyati o`rnida mustakil Turkiston general-gubernatorligi tashkil kilindi. Uning
ma`muriy va harbiy bo`linmalari umumiy harbiy rahbarlikka birlashtirildi.
Shuningdek, o`lka general-gubernatorligiga ulkan hokimiyat vakolati berildi. Unga
mustakil, podsho xukumatining ijozati yoki aralashuvisiz ko`shni davlatlar bilan
diplomatik munosabatlar o`rnatish, aholiga solinadigan soliklarning mikdorini
belgilash, rus fukaroligini berish, davlat kirim-chikimlarini belgilash, o`limga hukm
kilish yoki avf etish masalalarni o`zi hal kilish hukuki berildi. 4
1873 yilda general Kaufman Turkistonni boshkarishning “hokimiyatni
ichkariga sukilib kirish g`oyasi”, yangi loyihasini takdim etdi. 1882-1883 yillarda
Turkiston general-gubernatorligi ma`muriy boshkarish sistemasining Rossiya
senatining mahfiy maslahatchisi F.K. Girs (1842-1891) tomonidan taftish kilindi.
Taftish xulosasiga ko`ra mahsus komissiya tuzilib, 1886 yilda “Turkiston o`lkasini
4 Ziyoyev . X . Turkistonga rossiya tajovuzi vahukmronligiga qarshi kurash . SHarq-1998
boshkarish to`g`risida Nizom” ishlab chikariladi va podsho tomonidan tasdiklanadi.
Nizom bo`yicha sud kurilishi, o`trok va ko`chmanchi aholi yer boshkaruvi tartibi,
soliklarning ma`lum bir mikdori, umumdavlat majburiyatlari, o`lka tabiiy
boyliklaridan foydalanish tartiblari belgilab ko`yildi.
Shunday kilib, Turkistonda mustamlakachilik tartibini yangi konunlari
vujudga keltirildi. Rossiya guberniya va viloyatlaridan Turkiston ma`muriyatini
boshkarish farki shunda ediki, Turkiston Rossiya ichki ishlar ministrligiga emas,
balki harbiy ministrlikka itoat etardi. Turkiston general-gubernatori harbiy va
fukarolar boshkarish vakolati juda keng berilgan hokim edi. Uning Ijroiya organi
Turkiston general-gubernatorining kanselyariyasi edi. Kanselyariya uch bo`limdan
iborat bo`lib, biri boshkarish va o`lka ma`muriy boshkarish shaxsiy tarkibi bilan;
ikkinchisi - yer va uning majburiyatlari, shuningdek, kurilish, aloka, o`kuv va
sanitariya masalalari bilan; uchinchisi esa moliya va yer taksimlash masalalari bilan
shug`ullangan. Shuningdek, uchinchi bo`limga vakf mulklari, statistika yuritish va
Turkistondagi chet el fukarolarini nazorat kilib turish vakolati ham yuklatilgan.
Kanselyariyaning maxsus bo`limi - diplomatiya kismi 1899 yilda Tashki ishlar
ministrligi - diplomatik amaldorlar bilan almashtirildi. Bu bo`limning vazifasi karam
(protektorat) Buxoro va Xiva xonliklariga bog`lik barcha masalalarni yechishdan
iborat ham bo`lgan.
Shunday qilib, O`rta Osiyoda mustamlakachilik tartiblarini o`rnatilishi bilan
O`rta Osiyo xonliklarining siyosiy mustakilligi batamom tugatildi. 1881 yilda
Rossiya-Eron chegara konvensiyasi, 1885-1887 yillardagi muzokaralar bilan rus va
britan xukumatlari tomonidan Afg`oniston bilan bo`lgan chegara, 1895 yilgi
muzokaralar bilan Pomir chegaralari hozirgi O`rta Osiyoning uzil-kesil chegarasi
belgilandi. Shu bilan amalda Rossiya O`rta Osiyo ustidan iktisodiy-siyosiy jihatdan
tasarruf kilish hukukini ko`lga kiritgan edi. Chunki, chegara konvensiyasining
imzolanishi Rossiyaning O`rta Osiyo yerlarini bosib olinishini amalda xalkaro
mikyosda tan olinishi edi.
1.2. Milliy ozodlik xarakatlarining boshlanishi va uning bosqichlari
O’lkadagi XIX asr ikkinchi yarmiga kelib chor Rossiyaning
mustamlakalchilik, ulug` davlatchilik, shovinistik siyosati mahalliy aholining
milliy ozodligi uchun kurashning kuchayishiga sabab bo’ldi.
Tarixiy manbalarda, arxiv xujjatlarida chor Rossiyasi armiyasining O’rta
osiyo xududiga kirib kelishi bilan, unga qarshi xalq ozodlik xarakatlari
boshlanganligi va bu chor xukumatining ag`darilishiga qadar davom etganligi
haqida ma`lumotlar qayd qilinadi. Bu ma`lumotlar asosida O’rta Osiyo
xalqlarining chorizmga qarshi olib borgan quyidagi eng yirik va ommaviy tus
olgan kurashlarini qayd qilishimiz mumkin: 1837-1846 yillarda Sulton Kenesarin
rahbarligidagi va Buxoro xonligining Buxoro shahri, Shaxrisabz bekligidagi
harakatlar, 1871 yilda Eshon Eshmuxammed boshchiligida Sirdaryo viloyatidagi
chiqishlar, 1871yildagi Farg`onada Yetimxon quzg`oloni, 1872 yilda
Chirchiqdagi isyonlar, 1873-76 yillar Qo’qondagi Po’latxon qo’zg`oloni, 1898
yildagi Andijonda Dukchi Eshon quzg`oloni, 1899 yildagi Sirdaryo viloyatidagi
xarakatlar. 1916 yildagi Jizzax qo’zg`oloni va boshqalar.
Bu ruyxatni yana davom ettirish mumkin. XIX asr 70-yillar boshlaradiga
Farg`onadagi xalq xarakatlarini alohida qayd etish lozim. 1868-yilda Kaufman
bilan sulh shartnomasi tuzib Qo’qon xonligining katta xududlarini Rossiya
ixtiyoriga bergan va Rossiya xukmronligini tan olgan Xudoyorxon siyosatidan
nafaqat oddiy xalq, balki yirik er egalari ham norozi edilar.5 Qo’qon xonligida
elchi va josus vazifasini bajargan polkovnik Shaufus ma`lumotlariga qaraganda
norozi eklar tepasida Abduraxmon oftobachi turgan. 1872 yilda xon siyosatiga
qarshi xalq xarakati ayniqsa kuchaydi. Bunday foydalangan Abdurahmon
oftobachi tanishi mulla Isxoq Hasan o’g`lini qirg`izdar orasida Po’latxon nomi
bilan qo’zg`olon ko’tarishga undaydi va o’zi ham bu xarkatga qushiladi. 1873
yilda boshlangan bu qo’zg`olanda oddiy xalq, dehqonlar, xunarmandlar katta rol
5 R.SHamsutdinov . Vatan tarixi. Ikkinchi kitob Sharq-2010
o’ynaydi va bu harakat butun Farg`ona vodiysi bo’ylab yoyildi. Xudoyorxonning
o’g`li Nasriddinbek boshchiligidagi xon qo’shinari ham qo’zg`olonchilarni
qo’llab-quvvatladi. Bu voqeadan qo’rqib ketgan Xudoerxon rus xokimiyatidan
boshpona so’rab Toshkentga qochdi. Qo’qon taxtiga uning o’g`li Nasriddinbek
(1875-1876) xon qilib ko’tarildi. Qo’zg`olonchilar kelishuviga binoan esa
Po’latxon xon etib saylanishi kerak edi. Nasriddinbekning xonlikka ko’tarilishi
va uning bilan kelishuv siyosatini olib borishi, qo’zg`olonchilar o’rtasida norozilik
keltirib chiqardi. Natijada Marg`ilon, Namangan. Andijon xududlarida Po’latxon
tarafdorlari erlarnikambag`allarga bo’lib berib, xon siesatiga qarshi chiqdilar.
Qo’qon xonligining ruslarga qarashli bo’lgan erlarida ham norozilik chiqishlari
avj ola boshladi. Bu rus xukumatini xavotirga solib quydi va Kaufman Qahhon
xonligini tugatish to’g`risida podshoning roziligini so’rab iltimosnoma jo’natdi.
Qo’qon xonligi xududiga esa Skobelev boshchiligida xarbiy jazo otryadi kiritildi.
Bu vaqtda Nasriddinxon xokimiyatdan chetlashtirilib. vodiyda Po’latxonning
mavqei oshib ketgan edi.
Harbiy jihatdan ustun bo’lgan rus qo’shinlari qo’zg`olonchilarni tezda
mag`lubiyatga uchratdi. Po’latxon qo’shinlari xarakatining ikkinchi bosqichi
1875 yili Toshkent viloyatida Ohangaron, Telov, Pskent va Toshkentda bo’lib
o’tgan xarakatlarni o’z ichiga oladi. Qattiq zarbga uchragan qo’zg`olonchilar
1876 yili Andijonda Oloy vodiysida kurashni davom ettirdilar. Ammo harbiy
jihatdan kuchlar teng emas edi. 1876 yil 1 martda Po’latxon tutib olinib
Marg`ilonda osib o’ldirildi. Boshqa qo’zg`olonchilar ham qattiq jazolandi.
Podshoning buo’rig`i bilan Qo’qon xonligi tugatilib Farg`ona viloyati tashkil
etildi. Farg`ona vodiysidiga XIX asrning 70-80 yillardagi harakatlarida
Qurbonjon dodhox. Etimxon. Darvishxon to’ra, Ekubbek boshchiligidagi
qo’zg`olonlarni ham qayd qilishimiz mumkin. Qurbonjon dodhox rus
qo’shinlariga qarshi
kurashda sharq ayollarining qahramonligini, jasoratini namaen etdi. 6Rus generali
6 Tillaboyev S . mustamlakachilarga qarshi Darvishxon boshchiligidagi qo’zg’olon . ,, o’zbekiston tarixi’’, T:2002, 1-
son
Skobelev u bilan sulh tuzishi va uni «Oloy maliykasi» deb tan olishga majbur
bo’ldi. XIX asrning ohiri o’n yilligida Toshkent va Farg`ona xududlarida ko’plab
xalq ozodlik xarakatlari bo’lib o’tdi. Bulardan 1892 yildagi Toshkent
qo’zg`oloni, 1898 yilgi Andijon qo’zg`olonlarini aytib o’tishimiz zarur.
II Bob. Qo’qon xonligida milliy ozodlik xarakatlari
2.1. Po’latxon boshchiligidagi qo’zglonning boshlanishi va yengilish sabablari
1873 yildan 1877 yilgacha Ko`kon honligida mustamlakachilik va zulmga
karshi xalk harakatlari bo`lib o`tdi. Unda dehkonlar, hunarmandlar va mayda
savdogarlar asosiy harakatlantiruvchi kuch hisblandi. Bu harakatlarda ayrim feodal
va ruhoniy vakillari ham xalk tomonidan turib ishtirok kildilar. Ko`zg`olon
boshliklaridan biri Marg`ilon yakinida tug`ilgan Mulla Ishok Mulla Hasan o`g`li
bo`lib tarixda Po`latxon nomi bilan xalk ko`zg`oloniga boshchilik kildi.
Ko`zg`olon dastlab Jalolobod va Xonobod kishloklarida kirg`iz aholisi
o`rtasida boshlanib, ular xonning solik yig`uvchilarini o`ldirdilar. Tez orada
ko`zg`olonchilar soni 10000 kishiga yetdi. To`rako`rg`on atrofida xon ko`shinlari
bilan bo`lgan jangda ko`zg`olonchilar yengilib, Po`latxon yashirindi. 1874 yil
bahorida Ko`kon xonligining turli viloyatlarida g`alayonlar yana boshlandi.
Po`latxon tarafdorlari ular bilan aloka o`rnatishga urindilar: rus diplomati
Veyonberg yozgan hisobotga ko`ra bu ko`zg`olonga olov yokayotgan kishi mashhur
mingboshi Musulmonkulning o`g`li Abduraxmon oftobachi edi.
1874 yilga “Sankt Peterburgskiye vedomosti” gazetasi (268-son) habariga
ko`ra, ko`zg`olon umumiy tus olib, kirg`iz va kipchoklarni birlashtirdi, xatto xon
karamog`idagi o`trok xalk ham ko`zg`olonchilar tomoniga o`ta boshladi. 1874 yil
ko`zg`oloni ham noyabr oyi oxirlariga borib to`xtadi. Ko`zg`olonning bahorda
boshlanib kuzda tugashining asosiy sababi, Ko`kon xonligi agrar mamlakat
bo`lganligi tafayli dalalardagi hosilni yig`ib olish zaruriyati tug`iladi. 1875 yil
ko`zg`olon yana boshlandi. Unga Po`latxon bilan birga Xudoyorxonning nabirasi
Nazarbek boshchilik kildilar. Iyul oyida ko`zg`olonchilar safariga Abduraxmon
Oftobachi, Iso Avliyolar o`z ko`shinari bilan, Xonning o`g`li Nasriddinbek, ukasi
Sulton Murodbek o`tib ketdi. 22 iyunda xonning ikkinchi o`g`li Muhammad
Aminbek ham ko`zg`olonchilar safiga ko`shilgach Xudoyorxonning ahvoli ancha
og`irlashdi. U Turkiston general- gubernatoriga yordam so`rab murojaat kildi. Lekin
yordam yetib kelishiga ko`zi yetmagach, Toshkentga kochdi. U bilan biga o`sha
paytda Ko`konda bo`lgan polkovnik Skobelev, Veynbergalar boshchiligidagi
kazaklar ham ketdilar. Ko`zg`olonchilar ularni Xo`jandgacha ta`kib kilib bordilar va
30 aravani ko`lga tushirib kaytib keldilar.7 Aravalardan birida topilgan xon arxivi
yoqib yuborildi.
Oddiy xalk Po`latxonning “soxta xon” ekanligini bilmagan. Xudoyorxon
kochib ketgandan so`ng taxtga uning o`g`li Nasriddinbek o`tirdi. Bundan
g`azablangan Po`latxon Nasridinbekka karshi kurashga bel bog`laydi. Xalk
Nasriddinbekni tan olmaydi. Po`latxon xalkni o`z tomoniga og`dirish uchun
Nasriddinbek va Abdurahmon oftobachilarning yerlarini, mulklarini mehnatkash
halkka bo`lib berdi. Ozodlik harakati kuchayib borib Turkiston general-
gubernatorligi chegaralarigacha kela boshladi.
Ko`zg`olnchilar Obliy kishlog`i Kuramani kurshab olib, Ohangaron daryosi
vodiysidan Telov istehkomiga hujum kilib, Xo`jand tomon yurdilar. Bir vaktni
o`zida 5000 kishilik ko`shin Sirdaryo bo`ylab yurib, 7-8 avgustda Chilmaxram va
Samg`ar kishlog`ini egalladi. Nov kishlog`ini ishg`ol kilib Xo`jand va O`ratepa
o`rtasidagi alokani uzib tashladi. Toshkentdan 40 km masofadagi Parkentni ozod
kidi. Turkiston general-gubernatori yordam so`rab Sankt-Peterburgga murojaat
kilgach, podsho Turkiston harbiy okrugini kuchaytirish uchun katta mablag` va
harbiy kuchlar ajratishga farmon berdi. 1875 yil 9 avgustda Kaufman xalk-ozodlik
kurashini bostirish uchun urush e`lon kiladi. Avgust oyida ko`zg`olonchilar soni
50000 ga yetgan edi.
Turkiston
general-gubernatori
ko`zg`olonchilarga
karshi
kurashda
millatchilik va shovinizmdan ustalik bilan foydalandi. 1975 yil 13 avgustda Ko`kon
7 7 R.SHamsutdinov . Vatan tarixi. Ikkinchi kitob Sharq-2010
ahliga kilgan murojaatida tubjoy aholi hamda kirg`izlar va kipchoklar o`rtasiga
millatchilik urug`ini sochdi. Lekin shahar va kishloklarning asosiy aholisi
ko`zg`olonchilar tomonida
turdi. Avgustdagi shiddatli
janglardan so`ng
Abdurahmon oftobachi omon kolgan 25-30 yigiti bilan O`zganga kochishga majbur
bo`ldi.
1875 yil 22 sentabrda Nasriddinbek Marg`ilon shahrida Kaufman bilan
shartnoma tuzdi. Unga ko`ra, u o`zini Rossiya imperatorining sodik kuli deb tan oldi.
Ko`shni davlatlar bilan aloka kilish, shartnoma, bitim tuzish hukukidan mahrum
bo`ldi. Chor xukumatining ruxsatisiz urush olib borishdan voz kechdi. Sirdaryoning
o`ng sohili Namangan va Chust shaharlari Rossiya ixtiyoriga o`tdi. Sirdaryoning
o`ng tomonida Turkiston general-gubernatorligining Namangan bo`limi tashkil
kilinib, unga general Skobelev boshlik kilib tayinlandi.
1876 yil boshlarida ko`zg`olonchilarga karshi general Skobelev katta ko`shin
bilan hujum kildi. 8 yanvar kuni Andijon shahri ostonalariga yetib kelib shaharni
o`kka tutdi. Abdurahmon oftobachi va uning safdoshlari dushmanga taslim bo`ldilar
va ko`shini tarkatib yuborildi. Asakada turgan Po`latxon jangda mag`lubiyatga
uchragach Uchko`rg`onga chekindi. 18 fevraldan 19 fevralgacha o`tar kechasi
Po`latxon xon tomonidan ushlanib rus ko`mondonligiga topshirildi. U 1876 yil 1
martda Marg`ilondagi bozor maydonida dorga osildi.8
Shunday kilib 1873 yilda boshlangan Po`latxon boshchiligidagi ko`zg`olon
tor-mor etildi. Ko`kon xonligi tugatildi va Farg`ona viloyati tashkil kilindi. Shundan
so`ng ham o`zbek, tojik, kirg`iz xalklari kurashni davom ettiraverdilar.
2.2. 1898-yilgi Dukchi Eshon boshchligidagi Andijon qo’zg’oloni.
Tarixga “Dukchi eshon qo‘zg‘oloni” nomi bilan kirgan Andijon qo‘zg‘oloni
19-asr oxiridagi xalq harakatlarining eng kattalaridan biridir. U Muhammad Ali
eshon (1846-1898) nomi bilan mashhur.
Muhammadali Marg‘ilon shahriga qarashli Shahidon qishlog‘ida o‘rtahol
dehqon va hunarmand Muhammad Sobir oilasida dunyoga kelgan. Otasi uni
8 Tillaboyev . S . ko’rsatilgan adabiyot,
bolaligida Buxoroga olib borib Usmoncha Oxund domla maktabiga beradi.
Muhammad Ali 16 yoshga to‘lganida Samarqand yaqinidagi Karrux qishlog‘ida
mulla Usmon oxund sudur eshon xizmatiga beriladi. To‘rt yildan so‘ng butun
vodiyga tanilgan ulamo Sultonxon to‘ra eshon xizmatiga kiradi. U o‘zining
mehnatsevarligi, aqli, odobi va taqvodorligi bilan eshonning o‘g‘illari qatoridan joy
oladi. 1882 yilda Sultonxon to‘ra vafot etadi. Vafoti oldidan u o‘z shogirdi
Muhammadaliga “eshonlik” to‘g‘risida xati irshodni (yo‘llanma xat) yozib, muhrlab
bergan edi.
Muhammadali 1887-1893 yillarda Makkai Mukarramaga borib haj qiladi,
Rossiya va Hindiston shaharlarida bo‘lib qaytadi. Muhlislari Mingtepa qishlog‘idan
unga mos xovli-joy olib berishadi. Eshonning yaxshi fe’l-atvori, kamtarona turmush
tarzi, boy hayotiy tajribasi va keng dunyoqarashi uning muhlislari sonini tobora
oshirib bordi. Mingtepa tezda ko‘plarning qutlug‘ ziyoratgohiga aylanadi. O‘sha
yillari Mingtepa 450 xonadonlik qishloq bo‘lib, unda 1200 nafarga yaqin o‘zbek,
tojik va qirg‘izlar istiqomat qilgan. Ular dehqonchilik va hunarmandchilik bilan
shug‘ullanganlar. Eshon ham ko‘plar qatori otasidan qolgan hunar – yigchilik bilan
mashg‘ul bo‘lgan. Zamongdoshlari tasvirlashlariga ko‘ra, Muhammadali eshon o‘rta
bo‘yli, cho‘qqi soqolli, kamsuxan, kulib turuvchi, ovozi mayin kishi bo‘lgan. O‘zini
eshon deb e’lon qilgan Muhammadali har kuni katta qozonda ovqat pishirib och-
yalang‘och, yetim-esirlarni boqa boshlaydi. U dastlab bu ishni qarz olib amalga
oshiradi. So‘ng eshonning obro‘-e’tibori shu darajada ko‘tarilib ketadiki, u qarzlarini
ham uzib, har kuni doshqozonda ovqat tayyorlatib 150-200, ba’zan esa 400-500
kishini ovqatlantira boshlaydi. Muhammadali eshon bo‘lish bilan birga tabiblikdan
ham xabari bor edi. Eshonning xalq orasida obro‘-e’tibori juda tez o‘sib bordi. Uning
muridlari faqat Farg‘ona vodiysidagina emas, Toshkent, Samarqand, Buxoro va
boshqa olis-olis joylarda ham bo‘lgan. 1890 yillarga kelib eshonning ziyoratchilari
ko‘payib, muridlari unga 500 ot sig‘adigan otxona qurib berishadi, xomg‘ishtli 12
gazli minorasini 34 gazga ko‘tarib, pishiq g‘ishtdan ishlab berishadi.
Chor Rossiyasining xalqqa qarshi mustamlakachilik, zo‘rlik va adolatsiz
siyosati Muhammadali xalfaning xalq kurashiga rahbarlik qilishining bosh
sababidir. Qo‘zg‘olon boshlanishidan bir yil oldin eshon turk sultoniga maktub
yozadi. Maktubda eshon ruslar Qo‘qon xonligini bosib olganlaridan keyin
musulmonlar o‘rtasida ahloqan buzilish kuchayganligini, shariat qoidalaridan
chekinish ro‘y berib, buzuqlik, ichkilikbozlik, nashaho‘rlik avjiga chiqa
boshlaganligini yozgan. Bundan tashqari eshon ruslar kambag‘allar uchun zakot
yig‘ishni, xajga borishga ta’qiqlaganliklarini, eski vaqflarni man qilib, yangilarni
joriy etmayotganliklarini ta’kidlar ekan, turk sultonidan xalqning shariat qonun-
qoidalari bo‘yicha turmush kechirishi uchun sharoit yaratishni oq podshodan talab
qilishni so‘raydi. “Rus hukumatining shariatni nazar-pisand qilmaganligini
Ollohning qahrini keltirmasmikin, deb qo‘rqaman”, deydi eshon ushbu maktubi
so‘nggida.
Mingtepalik
eshonning
tobora
ortib
borayotgan
obro‘-e’tibori
mustamlakachilarning xavotirini oshirdi. Bunga ularning asosi bor edi. 1895 yilda
eshon xuzuriga qurbonjon dodho tashrif buyurgani va ub lian mustamlakachilarga
qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish masalasini muhokama qilgani mustamlakachilarni
talvasaga soldi. Qolaversa norozilik qurbonjon dodho qo‘li ostidagi qirg‘izlarda ham
kuchli ekani ma’lum edi. Ketmontepa, Ko‘gart taraflardagi qirg‘izlar 1896 yilda
eshon xuzuriga rus mujiklaridan shikoyat qilib vakillar ham yuborishadi. 1896-1897
yillarda Rossiyaning ichki guberniyalaridan ko‘chirib keltirilgan va hosildor yerlarni
egallab olgan rus mujiklari bilan qirg‘izlar o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchayadi.
Qirg‘izlar ko‘chib keltirilganlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga qaror qilishib,
Muhammadali eshondan maslahat so‘rashadi. Muhammadali zudlik bilan chorvador
boy Chibil bo‘lis hamrohligida qirg‘izlar maskaniga yetib keladi va bu yerda
bo‘lajak qo‘zg‘olonning rejasi muhokama qilinadi. Muhammadali qo‘zg‘olon
rahnamosi bo‘lishiga kelishiladi.
Muhammadali eshon qo‘zg‘olonga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun
murojaatnoma yozib, uni turli joylardagi o‘z vakillariga jo‘natadi. Murojaatnomada
rus bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olonga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, xabar yetib
kelgani zamon joylardagi vakillar mahalliy kishilarni ergashtirib tegishli joyga yetib
kelishlari lozimligi bayon qilingan edi. Mazkur qasamyodga mahalliy amaldorlar va
obro‘-e’tiborli kishilardan o‘n ikki kishi muhrini bosgan.9
1898 yil 14 may kuni kechqurun Muhammadali eshon uyida kengash bo‘lib,
unda Farg‘ona viloyatining turli yerlaridan kelgan kishilar qatnashadi. Kengash
eshon ma’lum qilgan rejaga binoan vodiydagi uch shahar-Andijon, Marg‘ilon va
O‘shdagi harbiy lagerga bir kunda hujum qilinishi kerak edi. Bu hujum
muvaffaqiyatli tugasa, Qo‘qonni ham olib, vodiyda xonlik tuzumi tiklanardi.
So‘ngra mustamlakachilar Samarqand, Toshkent va Chimkentdan ham haydab
chiqarilardi.
16 may kuni kechqurun yana eshon xonadonida kengash bo‘lib, unda mingga
yaqin odam qatnashdi. Shu kengashda eshonning o‘n to‘rt yoshli jiyani Abdulaziz
xon qilib ko‘tarilajagi, qo‘zg‘olon qachon boshlanishi aytildi.
17 may kuni shom namozida Tojik qishlog‘idagi masjidga juda ko‘p odam
to‘plandi. Namoz paytida eshon xalqqa murojaat qildi. Bu murojaat Muso
Turkistoniy asarida quyidagicha aks ettiriladi: “Ey muhtaram musulmonlar! Ey
birodarlar! Hammangizga ma’lumdirki, yurtimiz musulmon yurti, el musulmon,
xalq musulmon, xon musulmon, shariatning hukmi joriy, amri nofiz edi. Hukumatni
Alloh taolo o‘zi biladur, kofirlarni musallat qildi, yurtimizga o‘ris keldi.
Xudoyorxon o‘rniga Kaufman, Umarxon taxtiga Chernayuf o‘ltirdi. Farg‘ona
xonligi yerida Moskva xonligi - oq podsho hukmron bo‘ldi. O‘ris vatanimizga istilo
etdi. So‘ngra tilimizga istilo qildi. Sekin-asta dinimizga istilo qilmoqqa boshladi,
bilasizlarki, musulmonlarning ahloqi buzildi. O‘risning kelg‘oniga o‘ttiz yil to‘lmay,
musulmonlar riboga odatlandi, halol-haromni farq qilmas bo‘ldi. Qozilarimiz
bo‘yniga but taqadig‘on bo‘ldi. Xulosa (shulki), shariatimiz xor, musulmonchilik
g‘arib bo‘ldi. Hurriyatimiz g‘oib bo‘ldi, istiqlolimiz mahv bo‘ldi, o‘zimiz o‘tmas,
so‘zimiz kesmas bo‘ldik. Ey voh...
Ey musulmonlar, bunga sabab o‘zimiz bo‘ldik. Bu asorat va mahkumiyatga
kimsa rozi emas, ins ham, jins ham rozi emas. Ey birodarlar, tek turaversak, bu kofir
9 9 Ziyoyev . X . Turkistonga rossiya tajovuzi vahukmronligiga qarshi kurash . SHarq-1998
yana battar qiladur. Voy bizning xolimizga. Tarixda o‘tgan muazzam bir saltanat
qurg‘on qahramon pahlavonlar avlodimiz-bu zillatga hech qanday zireh chidamas.
Qani bizdagi shijoat, qani ajdodlarimizdagi bisolat, sizlarga nima bo‘ldi?
-Ey musulmonlar, ey xudoning bandalari, ey payg‘ambar ummati! Chin
mo‘min bo‘lsangizlar, sizlarga jihod lozimdur, jihod. E’tiqod, alloh yo‘lida jihod
qilamiz, o‘lsak-shahid, o‘ldirsak-g‘ozi bo‘lamiz. Jihod qilmaguncha yelkamizga
mingan bu ro‘dapo o‘rusdan qutilish yo‘q.
Ey mo‘minlar, ko‘zingizni oching! g‘aflatdan bedor bo‘ling! Kofirlardan
huquqimizni olaylik. Ey birodarlar, hurriyatimizni olaylik, o‘z vatanimiz, o‘z
yurtimizda o‘zimiz hukumat quraylik. Buning uchun bizdan g‘ayrat istaydur,
himmat istaydur, jihod istaydur, fiysabilliloh jihod vaqti keldi!
Hayyu ‘alal jihod, Hayyu ‘alal falah.
Shu holda xonaqohni to‘ldirgan musulmonlar “Jihod! Jihod!... Jihod hozirmiz,
molimiz, jonimiz jihodga fido bo‘lsin. Hazrat eshon, amringizga hozirmiz!” deb bir
ovozdan baqirdilar.
Xazrat eshon nutqi ohirida: -Hammangiz hozirlaning, bu huftondan keyin
hujum!-dedi.
Keyin yaqin qishloqlarga chopar yo‘lladi, hazrat eshon amrlari bilan jihod
fiysabilliloh e’lon qilindi. Choparlar kimki musulmon bo‘lsa, bu oqshomdan qolmay
jihodga hozir bo‘lsin, deb nido qilishdi”.
Hufton namoziga odamlar qurollanib kelishdi. Ammo ularning kamdan-kami
qilich va miltiq bilan qurollangan, asosiy qismi so‘yil, cho‘qmor, ketmonsop,
panshaxa ko‘tarib olishgan edi.
Namoz o‘qib bo‘lingach, hamma baravar “Jihod! Jihod! Jihod!”-deya hayqira
boshladi. 10Qisqa vaqtda bu ovoz butun qishloqni tutib ketdi.
Bir mahal eshon hovlisining darvozasi ochilib, undan oq otni yetaklab chiqishdi.
Muhammadali xalfa: “Bismillohir rahmonir rahim, baniyati jihod!” deb otga mindi.
Shundan keyin qo‘zg‘olonchilar yo‘lga tushdilar.
10 Bobobekov H.N. Qo`qon tarixi. Toshkent, “Fan”, 1996 yil.