XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI XAYOLIY SOSIALIZMNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Yuklangan vaqt
2024-06-10
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
35
Faytl hajmi
63,0 KB
XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI XAYOLIY SOSIALIZMNING
O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Xayoliy sosialistik g'oyalarning dastlabki ko'rinishlarida, ya'ni Platon
asarlaridan boshlab T.Mor va T.Kompanelli asarlarining barchasida xususiy mulk
tanqid qilib kelindi.
Bu olimlar jamiyatni qayta tuzishni taklif qilib nisbatan adolatli, rivojlangan
jamiyatni asoslab berishga intildilar. Lekin, bularning barchasi xayoliy sosializm
shakllanishi arafasidagi dastlabki g'oyalar edi, xolos. Xayoliy sosializmning haqiqiy
rivojlanish davri XIX asrning birinchi yarmiga to'g'ri keladi. Bu davrda Farbiy
Evropa kapitalistik munosabatlar rivojlanib, sinfiy ziddiyatlar oshkor bo'ldi.
Ayniqsa, klassik iqtisodiy maktab vakillarining asosiy asarlarining ta'siri ko'pgina
maktablarga bo'lgani kabi xayoliy sosialistlar qarashlariga ham jiddiy ta'sir o'tkazdi.
Shuningdek, bu davrda sanoat to'ntarilishining yakunlanishi va Evropa
mamlakatlarida yuz bergan jiddiy iqtisodiy o'zgarishlar ham xayoliy sosialistlar
A.Sen-Simon, Sh.Fure va R.Ouenlar o'z asarlarida ko'rsatib, mavjud kapitalizmni
ichki xususiyatlarini kengroq ochib berishga intildilar. Bu olimlar guruhi iqtisodiy
fan rivojiga katta hissa qo'shib, ilk bor kapitalistik munosabatlar abadiy emasligini,
unda iqtisodiy inqirozlar mavjud bo'lishini ko'rsatib berdilar. Shu jumladan ular ham
klassiklar kabi texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ilmiy kashfiyotlar va jamiyat
ishlab chiqarishini umumjahon rivojini iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi deb
hisobladilar. Bundan tashqari, xayoliy sosialistlar tabiiy tartib konsepsiyasiga amal
qilib jamiyat va alohida olingan insonning ideal ijtimoiy tuzulishi modelini ilgari
surdilar.
Xayoliy - sosialistlar klassik iqtisodiy maktab vakillaridan farq qilib, xususiy
mulkchilikni va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini tanqid qiladilar,
jamiyatning barcha a'zolariga baxt keltiradigan yangi jamiyat yuzaga keladi,deb
ishchilarni ishontiradilar. Ular yangi jamiyat adolatli ijtimoiy tuzum loyihalarini
bayon etib iste'mol va taqsimotni qayta tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan balki
ishlab chiqarishni tubdan o'zgartirishni taklif qildilar.
Shuningdek, ularning ijtimoiy adolatni targ'ib qilishga qaratilgan g'oyalari
aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan fikrlari asosida nafaqat xayoliy
balki bozor iqtisodiyotiga qarshi karash ko'rinishini oladi. Va nihoyat, XIX asrning
birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy sosialistlar ta'limotlarida bozor iqtisodiyotiga
muqobil qarashlari turlicha namoyon bo'ladi. Bu o'rinda ushbu maktab vakillarining
birinchidan, individual (yakka) faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati bilan
almashtirish mexanizmini qanday izohlashlari bilan, ikkinchidan mehnatkashlarni
jamoa
tashkilotlariga
birlashish
tamoyillari
xususiyatlarini
qay
tarzda
tushuntirishlarida o'z aksini topadi.
Bu shart-sharoitga e'tibor berib Sh.Jid va Sh.Rist o'z asarlarida quyidagicha
yozishadi: «Sen-Simon va uning izdoshlari haqiqiy kollktivizm tarafdorlari bo'lib,
ular jamoat tashkilotlariga millatning hamma a'zolarini kirgizishga harakat qildilar
va bunday birlashuvni tepadan boshlashni taklif qiladilar, ya'ni milliylashtirish va
boshqa jarayonlarni endi siyosiy xokimiyat o'z qo'liga oladi.
R.Ouen va Sh.Fure hamda ularning izdoshlari «Sosialist-assosiasiyachilar» bo'lib,
Sen-Simonchilardan farqli o'laroq indivit to'da (massa) ichida yo'qolib ketmasligini
istatadi. Ularni mayda avtonom guruhlar yordamida saqlab qolishni taklif qilib,
birlashuv jarayonini yuqoridan emas balki quyidan borishini maqsadga muofiq deb
hisoblaydilar». (Sh.Jid, Sh.Rist «Istoriya ekonomicheskix ucheniy». M.,
Ekonomika, 1995. Str.170)
Nihoyat, xayoliy-sosializm nomoyondolari o'zlarining benuqson ijtimoiy
tuzumlarni turlicha: Sen-Simon industrializm, Fure garmoniya, Ouen esa
kommunizm deb atadilar. Lekin ularning barchasi ekspluatasiyaning yo'q bo'lishi,
aqliy va jismoniy mehnat o'rtasidagi qarama-qarshilikning bartaraf etilishi hamda
xususiy mulkning yo'q bo'lishi to'g'risidagi fikrlarni bir xil takrorladilar. XVIII
asrning oxiri - XIX asrning boshlarida Farbiy Evropada ishlab chiqarishning
hukmron shakli manufaktura bo'lib, fabrika ishlab chiqarishi endigina
shakllanayotgan edi. Kapitalizmning moddiy sharoitlari va ishchilarning
jamiyatning asosiy sinfi sifatida shakllanishi dastlabki bosqichlarda edi.
Xayoliy sosialistlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o'tish yo'llarini aniq ko'rsata
olmadilar, lekin ular sinfiy manfaatlar qarama-qarshiligini ta'kidlab o'tdilar. Ular
ishchilar sinfiga ezilgan jabrlanuvchi sinf sifatida qarab, asosiy e'tiborni ongni
rivojlantirishga, o'z g'oyalarini tashviqot qilib kommunalar, «falansterlar» orqali
hayotga tadbiq etishga qaratdilar. Mehnatkashlarni ozod etishning moddiy
sharoitlari yaratilmaganligi tufayli xayoliy sosialistlar bo'lajak jamiyatning fantastik
loyihalarini taklif etdilar. Ular o'zlarini sinflardan yuqori qo'yib, jamiyatning barcha
a'zolari manfaatlarini ifoda etayotganliklarini ko'rsatmoqchi bo'ldilar. Shuningdek,
siyosiy kurash, revolyusiyalarni rad etib, ijtimoiy adolat g'oyalarini tashviqot qilish
yo'li bilan jamiyatni qayta tuzishni orzu qildilar. Mana shularning barchasi
g'oyalarning xayoliy bo'lib qolishiga sababchi bo'ldi. Biroq, xayoliy sosializm
o'zining cheklanganligiga qaramasdan, kapitalizm oyoqqa turayotgan bosqichda
progressiv ta'limotlar qatorida alohida o'rin egallaganligini aytishimiz lozimdir.
2. A.Sen-Simon, Sh.Fure va R.Ouen iqtisodiy qarashlari
Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yana tez rivojlandi. Jamiyat
oldida doimiy ravishda ko'ndalang bo'lib qolgan yangi savollarga fransuz
mutafakkiri Sen-Simon birinchi bo'lib javob berishga urindi.
A.K.Sen-Simon Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825 yy.) Fransiya
xayoliy sosializmining namoyandasi bo'lib, 1789-1794 yillardagi fransuz inqilobi
bilan zamondosh edi.
U aristokratlar oilasidan kelib chiqqan bo'lib, quyidagi mashhur asarlarning
muallifidir: «Sanoat sistemasi haqida», «Inson haqidagi fan ocherklari», «Sanoat
yoki siyosiy, ma'naviy va falsafiy mulohazalar», «Yangi xristianlik» va boshqalar.
Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirmadi, balki asosiy e'tiborni
ijtimoiy muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat to'g'risidagi umidini aql-
idrokka, ma'rifatga bog'ladi; u insonning aql-idrokini tarixiy jarayonning to'la
hokimi va rahbari sifatida bildi, jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yo'llarini
tashviqot qilishni esa o'z ta'limoti amalga oshirilishining bosh vositasi deb hisobladi.
Fransuz ma'rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab
chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi
iqtisodiy faktorlarga katta baho berdi. U «Ilk davr»,
«Qulchilik», «O'rta asrlar», «Hozirgi davr» va «Oltin asr»larni
alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarni ko'rsatib
o'tdi.
«Hozirgi davr» (ya'ni XIX asrning ikkinchi yarmi) o'tish davri deb belgilanib, «...bu
davrda, deb yozadi Sen-
A. K. Sen-Simon Simon, olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar
shakllanadi, ular qirol hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni
barpo etishlari kerak, bu esa o'z navbatida «Oltin asr»ga kirib kelishni
ta'minlaydi.»
Sen-Simon o'zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi davrni
o'rganib borish uchun o'tgan davrga nazar tashlash kerakligini aytib, «har bir alohida
olingan davr mulohazasida juda yuzaki, hatto noto'g'ri qisqacha xulosalarlarni
beradi, so'nib borayotgan o'tmish qoldiqlari tug'ilib kelayotgan kelajak bilan
qorishtirib yuboriladi», deb ko'rsatadi.
Tarixiyligiga qaramay Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi
idelistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong va g'oyalar ravnaqi tashkil
etardi.
Lekin uning idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik fikrlar ham
yo'q emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va savdoning rivojlanishi
burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo'lganligini, iqtisodiy holat esa, mulkchilikka
tobe' bo'lgan, o'ziga xos ijtimoiy-tarixiy formalarni vujudga keltirishini aytib o'tadi.
«Hokimiyat va boshqaruniv belgilovchi qonun ham, - deb yozadi u, - mehnat
farovonligini to'liq ta'minlay oladigan mulkchilik va undan foydalanishni
belgilovchi qonundek katta ahamiyatga ega emas» (Haqiqatdan ham, hozirgi vaqtda
respublikamiz va qo'shni mustaqil respublikalar iqtisodiy taraqqiyotida mulkchilik
va mulkchilik formalari haqida qabul qilingan qonunlar ahamiyati kattaligini
eslang).
Sen-Simnning bo'lajak adolatli jamiyati industrial sistema deb nomlanib, u
industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi asosida rivojlanadi, sanoat -
alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona industrial markaz orqali amalga
oshiriladi deb hisoblagan edi.
Sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlarni taqsimlash olimlar
tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo'lgan sanoat kapitalistlari boshqaruvni
tashkil qilish bilan mashg'ul bo'ladilar, ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini
bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarurdir.
Sen-Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda, ayniqsa sanoatda
anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo'l qo'yilmasligiga va reja asosidagi markaziy
boshqaruvga katta e'tibor berishni taklif etadi. Sen-Simon qarashlariga ko'ra, erkin
raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu tugab borayotgan feodalizmdan yangi ideal
jamiyatga o'tish davridagina emas, balki inqilobiy harakatlardan holi minch va tez
sur'atlarda ijtimoiy tenglikka asoslangan «industrial jamiyat»ga o'tish davri hamdir.
Adolatli «industrial jamiyat» qurilishi haqidagi o'zining mulohazalarida u ilmu-fan
va ilg'or nazariyalarga yuqori baho berib, bo'lg'usi yangiliklarni tarixiy muqarrar deb
hisoblaydi. Shu bilan bir qatorda Sen-Simon o'zining «industrial jamiyat» ida boshqa
xayoliy sosialistlar kabi qarama-qarshi sinflarni yo'qolib ketishi va xokimiyat
tomonidan siyosiy funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e'tibor
berishini taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy
sosializmning boshqa barcha vakillardan farq qilib Sen-Simon sosializmda xususiy
mulkchilik bo'lishini inkor etmaydi, balki aynan xususiy mulkchilik va undan
foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini ko'rsatib o'tadi.
Shuningdek, olim o'z qarashlarida anarxiyaga insonlarga ziyon etkazuvchi
boshqaruv deb qarab uni tanqid qiladi. U mavjud o'zgarishlar tezlik bilan rivojlanib
davlatning
to'liq
kamolatini
ta'minlaydi,
insonlar
esaerishishlari mumkin bo'lgan tenglik va ayniqsa mo'l-
ko'lchilikka faqat shu «industrial jamiyat» yordamida etib
boradilar deydi. Garchi Sen-Simon yangi ijtimoiy
tuzumning
haddan
tashqari
mujmal
manzarasini
tasvirlagan, shu jamiyatga borishning noto'g'ri yo'lini
ko'rsatgan bo'lsa ham, uning ba'zi taxminlari katta
kelajakka molik edi. U proletariatning nazariyotchisi emas edi va shu sababli uning
tarixiy rolini tushunmadi. Ayni vaqtda u ishchilar ahvolining naqadar og'irligini
ko'rdi. «Mening maqsadim,- deb yozgan edi u, - Evropadagina emas, butun dunyoda
ham shu sinfning qismatini engillashtirishdan iborat». U davlatni «odamlarni
boshqarish quroli»dan ishlab chiqarishni tashkil etish, fan va san'at taraqqiyotini
ta'minlash, ya'ni «narsalarni boshqarish quroli»ga aylantirish, tartib, osoyishtalikni
nazorat qilishni esa jamoatchilikka topshirish kerak degan g'oyani ilgari surdi. Sen-
Simonning yangi industrial sistemasi sosialistik jamiyat emas edi, chunki unda
xususiy mulkchilik, kapital jamg'arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud
edi. Bu esa o'z navbatida umumxalq mehnatiga asoslangan rejali keng ishlab
chiqarishni inkor etadi.
Sen-Simon asarlarining asosini kapitalizmni tanqid tashkil etadi. U ishlab
chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasining qashshoqlashuvi va
ishchilarning ayanchli ahvoldaligini kapitalizm illati deb hisoblaydi. Olim ishchilar,
kapitalistlar va savdogarlarni bir sinf vakillari deb, ularni industriallar deb atadi.
Feodal jamiyatining hokim sinflari bo'lgan dvoryanlar, ruhoniylar va boshqa
amaldorlarni esa befoyda, keraksiz sinflar deb hisobladi. Shuni aytish kerakki, Sen-
Simon kapitalizmni ilmiy ravishda tanqid qilmadi. U burjua jamiyati bo'ysunishi
zarur bo'lgan iqtisodiy qonunlarni e'tibordan chetda qoldirdi.
Sen-Simon ta'limotlarini tashviqot qilishda uning shogirdlari O.Rodrig,
V.Anfonten va O.Bazarlar katta rol o'ynadilar. Ular «Sen-Simon ta'limoti» kitobini
nashr qildirib, uning nazariy qarashlarini boyitdilar. lekin bu olimlar ham burjua
jamiyatining asosiy sinflari va ular o'rtasidagi sinfiy kurash mohiyatini to'liq
tushunmadilar, natijada XIX asrning 30-yillariga kelib, Sen-Simon Sh. Furedir
maktabi tor doiraga aylandi va tarqalib ketdi. Fransuz xayoliy sosializmining yana
bir yirik namoyandasi Fransua Mari Sharl Furedir (1772-1837 yy.). U Bezanson
shahrida savdogar oilasida dunyoga kelib, butun hayoti mobaynida savdo bilan
shug'ullandi. Bo'sh vaqtlarida o'z ma'lumotini to'ldirib, mustaqil ravishda fizika,
astronomiya va falsafa fanlari bilan shug'ullandi, ijtimoiy tadqiqotlarni amalga
oshirdi.
Sharl Fure o'zining «To'g'ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi»,
«Umumiy birlik nazariyasi», «Savdo qallobligi haqida», «Yangi sanoat dunyosi va
ijtimoiy dunyo» nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin
tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning
tasvirlashicha, inson o'zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan
tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o'rnatish kerakki, bu tuzum insonning
kamol topishiga, ehtiroslarini to'liq namoyon qilishiga, ehtiyojlarini qondirishga
imkoniyat bersin. F.M.Sh.Fure kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini
o'rganishga o'zining katta hissasini qo'shdi.
F.Engels «Anti Dyuring» asarida shunday degan edi: «O'tmishning asosiy
etap (bosqich)larida Sh.Furening genialligi keng namoyon bo'ldi. U jamiyat o'z
rivojlanishida yovvoyilik, patriarxalchilik, varvarlik va sivilizasiya (madaniyat)
bosqichlarini bosib o'tganligini ko'rsatib berdi». Bunday taqsimot garchand ishlab
chiqarish taraqqiyoti darajasini hisobga olgan bo'lsa-da, lekin ishlab chiqarish
munosabatlarining xarakterini va moddiy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish
usulining turlichaligini inkor etadi.Shuning uchun varvarlikka quldorlik va
feodalizm kabi turlicha ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatlar kiritiladi. Sivilizasi davrini esa
u kapitalizm vujudga kelishi bilan bog'laydi. Lekin shuni aytish kerakki, uning
qarashlariga xos xususiyat har bir davrning asosiy faktori sifatida faqat ishlab
chiqarish darajasinigina emas, balki inson ehtiroslari va tabiati uyg'unligini ham
alohida ajratib ko'rsatishdir.
Shunday qilib, ana shu holatlar muayyanligining vujudga kelishi o'z navbatida
sivilizasiyalar o'rniga har tomonlama rivojlangan assosiasiyalar (uyushmalar)
tashkil topishiga sabab bo'ladi.
Kapitalizmni tanqid qilish Sh.Fure ta'limotining eng kuchli jihatidir.
Jamiyatning yangi sosial tashkiloti barpo etilmasa, ishlab chiqarishning rivoji
mehnat ahliga baxt emas, balki kulfat keltiradi, deydi u. «Burjua sivilizasiyalarining
o'ziga xos xususiyati,- deb yozadi olim, - tartibsiz ishlab chiqarishdan iborat. Boylik
ko'paymoqda, ammo ishlab chiqaruvchi inson ana shu ko'payib borayotgan
boylikdan bahramand bo'layotgani yo'q» (Sh.Fure. Izbranne sochineniya. T.II,
M.,1954, str.68). U aholining ayrim qismi behuda, parazit hayot kechirib, ezilgan
mehnatkash xalqning ekspluatasiya qilinishi hisobiga yashayotganini aytish bilan
birga, bunday jamiyat aholining barcha qatlamlarini to'liq ta'minlash imkoniga ega
emas degan qisqacha xulosalarga keldi. Sh.Fure ayniqsa kapitalistik savdo
nuqsonlarini, undagi tovlamachilik, olibsotarlik va muttahamlikni fosh etadi. «Agar
biz Sen-Simonda,- deb yozgan edi. F.Engels, tafakkurning genial kengligini,
shuning natijasida uning qarashlarida eng so'nggi sosialistlar nomuntazam iqtisodiy
fikrlari deyarli hammasining kurtaklari bayon etilganini ko'rsak, Sh.Fure mavjud
ijtimoiy tuzumni tanqid qilmaganligini, bu tanqidda sof fransuzcha o'tkir zehnning,
analizning g'oyat chuqurligi bilan qo'shilganligini ko'ramiz, u burjua dunyosining
jamiki moddiy va ma'naviy nochorligini toqatsizlik bilan fosh qilib tashladi...».
Haqiqatan, ham Sh. Fure o'z asarlarida nafaqat mavjud jamiyatni balki klassik
iqtisodiy maktab vakillari yuqori baho berayotgan erkin raqobatga asoslangan
iqtisodiyotni ham va umuman klassiklarni o'zlarini ham keskin tanqid qiladi. Uning
fikriga ko'ra erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot savdogarlar va savdo agentlar
sonini keraksiz darajada oshirib yuborgan bo'lib bu esa asosiy kamchiliklarni
e'tibordan chetda qoldirgan. Sh. Fure sivilizasiya jamiyatning kamchiliklari deb
quyidagilar belgilaydi: ijtimoiy xaos; aholi nufusini ortib borishi; kambag'allikni
kuchaytiruvchi industrializm va boshqalar. Lekin Sh.Fure kapitalizmni har
tomonlama tanqid qilgan bo'lsa-da, boshqa xayoliy sosializm namoyandalari singari
u ham islohotlar yo'li, tashviqotni kengaytirish bilan ekspluatasiya, adolatsizlikka
qarshi kurashib, «odil jamiyat» sari bormoqchi bo'ldi. Kelajak jamiyatning asosiy
yacheykasi bir necha ishlab chiqarish assosiasiyalaridan iborat falanga (jamoa)dir.
Falanganing har bir a'zosi mehnat qilish huquqiga ega bo'lib, mehnat zavq
bag'ishlashi, kishilarning ehtiyojiga aylanishi kerak. Sh.Fure o'sha paytda mashaqqat
deb hisoblangan mehnat qanday qilib inson uchun xuzur-halovatga aylanishi
mumkin degan masalani o'rtaga qo'yadi. U burjua huquqi sistemasini tanqid qilib,
mehnat qilish huquqini birinchi o'ringa qo'yadi, mehnat qilish huquqi bo'lmasa
qolgan hamma huquqlarning qadri yo'q deb hisoblaydi. Uning mehnat musobaqasi
to'g'risidagi, mehnatni insonning g'ayrat-shijoati namoyon bo'ladigan ijodiy
jarayonga aylantirish haqidagi g'oyalari ijobiy ahamiyatga egadir.
Angliya - sanoat to'ntarishini amalga oshirgan birinchi mamlakat bo'lib, kapitalizm
u erda tez va dadillik bilan rivojlandi. Bu hol tabiiy,
Angliya xayoliy sosializmining o'ziga xos xususiyatini
belgilab berdi. U xususiy mulkchilikning barcha
ko'rinishlarini
inkor
etib,
fransuz
sosialistlarining
industriallar jamiyati, turli uyushmalariga moyilligi yo'q
edi. Siyosiy iqtisodni proletariat manfaatlariga xizmat
qildirishga harakat kommunistik jamoalar tashkil etish
tajribalarini qo'llash va nihoyat tinch yo'l bilan yangi «odil
jamiyat»ni qurish imkoniyatlarini isbotlashga urinish bu maktabga xosdir. Angliya
xayoliy sosializmining vujudga kelishi va rivojlanishi Robert Ouenning (1771-1858
yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog'liqdir.
R. Ouen U Shimoliy Uelsda hunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabni
tugatgach, o'zi mustaqil shug'ullangan, yoshlik yillaridayoq mehnatkashligi,
tadbirkorligi bilan ajralib turgan. R.Ouen 1800 yildan boshlab Pyu-Lenark
(Shotlandiya) dagi yigiruv korxonasida boshqaruvchi bo'lgan, o'sha yillarda unda
insoniyatni qutqarishni maqsad qilgan islohotchilik g'oyalari shakllanadi. Biroz
keyinroq (1820 yildan boshlab) xayoliy sosializmga xos bo'lgan fikrlar va
tashviqotga asosiy e'tiborni qaratadi. R.Ouenning «Jamiyatga yangicha qarash yoki
xarakterni shakllantirish haqida tajribalar», «Yangi ahloqiy dunyo kitobi»,
«Adolatni almashuv bozori», «Ulug' milliy hunar ittifoqi» asarlarida uning
sosialistik loyihalari bayon etilgandir. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning
xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umumning mulkiga
aylantiradigan, qashshoqlik yo'qoladigan, mehnat jafo-zulmatdan baxt-saodatga
aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu maqsadga halaqit
beradigan uchta to'siq bor deydi u. Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha
nikohdir. Biroq olim kapitalistik taraqqiyotning ob'ektiv qonunini tushunmadi,
sinflar kurashini inkor etdi. Yangi tuzum yangi yo'l bilan yoki tinch yo'l bilan
quriladi va unga tinch yo'l bilan o'tiladi, deb ishondi. R.Ouenning loyiha va ijtimoiy
dasturlari fransuz xayoliy sosialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan
ajralib turadi. U ishchilar mehnatini engillashtiradigan yoshlar va qariyalar
mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag'batlantirishni tashkil
etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan edi. R.Ouen
iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u burjua siyosiy
iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy sosialistlaridan farq qilib, o'z nazariyalarini
yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan
keyin qiymatning asosiy manbai deb mehnatni hisobladi. Xususiy mulk bilan bir
qatorda mehnat bilan kapital o'rtasidagi qarama-qarshiliklar sababchisi deb pul
hisoblandi.
R.Ouen qiymatning sun'iy o'lchovi bo'lmish puldan voz kechib, mehnat
harajatlarining ekvivalenti sifatida «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U
kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib «ishlab chiqarish uyushmalarini»
tashkil etishga harakat qildi.
Lekin bu urinishlar behuda bo'lib chiqdi, chunki kapitalistlar o'z korxonalarini
ixtiyoriy sotish haqida o'ylamagan bo'lsalar, kasaba uyushmalari sotib olish uchun
imkoniyatlari yo'q edi. R.Ouen birinchilardan bo'lib T.Maltusning «aholi nufusi»
qonuniga qarshi chiqdi. U mehnatkashlarning og'ir ahvolga tushib qolishiga aholi
soni ortib borishi emas, balki mavjud mahsulotlarning adolatsiz taqsimlanishi sabab
bo'lmoqda, deb ko'rsatadi.
R.Ouen xayoliy sosializmi va uning islohotchilik faoliyati qarama-qarshi
xarakterdadir. U ishchilarning manfaatlarini himoya qilib, boylik mehnatda
yaratiladi, deb ko'rsatish bilan birga ayni vaqtda ishchilarga e'tiborsiz passiv rol
belgilaydi, kapitalistlarni esa asosiy kamchilik qoniqarsiz tarbiyada deb oqlashga
harakat qiladi. Lekin olim qarashlari va faoliyatida qarama-qarshiliklar bo'lishiga
qaramay, uning ayrim tajribalari barbod bo'lgan bo'lsa-da, umuman olganda
R.Ouenning g'oyalari ijobiy ahamiyatga ega bo'lib, Angliya ishchilar harakati
taraqqiyotida katta rol o'ynadi. U o'zining ko'pgina asarlarida jamiyatni to'g'ri tashkil
qilish konsepsiyalarini ilgari suradi. Ularning bachasida xar bir fuqoro uchun
mehnatning majburiyligi, jamiyatning eng muxim tamoyillaridan deb hisoblanadi.
Shuningdek R. Ouenning ishlab chiqarish uyushmalarida ishchi pullarini o'rni modiy
boyliklar odilona taqsimlash masalalarini va umumman xususiy mulkchilikka
berilgan baho o'sha davr uchun katta ahamiyatga molik edi.
3. Sosialist-rikardochilarning (T.Godskin, J.Grey, J.Brey) iqtisodiy qarashlari.
XIX asrning 20-30 yillarida Angliya hunarmandlari va ishchilari orasida
sosialistik g'oyalar shakllandi. Bu g'oyalarni o'rganish bilan yangicha yo'nalishni
tashkil qilgan olimlar Jon Grey, Tomas Godskin va Jon Breylar edilar. Ular asosan
ishchilar orasidan kelib chiqib, muammolarni hal etishda mustaqil ravishda o'z
qarashlarini e'lon qildilar.
Tomas Godskin. O'tgan asrlarda ilmiy axborot va publisistika janr sifatida hali bir-
biridan ajralmagan edi. T.Godskin asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, bu erda
biz ilmiy izlanishlarning bizning tafakkurimizga ko'ra belgilarini topamiz. Avvalo
bu qo'yilgan masalaga yaqindan taalluqlidir.
1827 yilda T.Godskin «Taniqli siyosiy iqtisod» nomli kitobini e'lon qildi,
lekin uning asosiy g'oyalari avvalroq 1825 yilda «Kapitalning daf qilishiga qarshi
mehnatni himoyalash» asarida bayon etilgan edi.
Dastlabki nazariyalarida olim kapital ishlab chiqarishdan tashqarida degan
fikrni bildirib, o'z zamondosh iqtisodchi olimlariga qarshi chiqdi. Uning fi kricha,
aylanma kapital umuman yig'ilgan zapaslar emas, masalan, ishchilar novvoyxonada
non epishadi, boshqa ishchilar esa uni sotib olishadi, demak, aylanma kapital - bu
zapas «yig'ilma» emas, balki «mavjud» mehnatdir.
T.Godskin asosiy kapitalni to'plangan mehnat deb biladi, lekin ishchilarsiz
hech qanday mashina hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Bundan shunday qisqacha
xulosalar chiqadiki, foyda o'tgan mehnat hisobiga emas, balki kundalik mehnat
tufayli yuzaga keladi. Lekin asosiy kapital o'z egasi uchun mehnatdan ustunlik qilish
vositasi hisoblanadi. Yuqorida aytilganlarning barchasidan T.Godskinning ikkinchi
tezisi kelib chiqadi: kapitalist tomonidan o'zlashtirib olingan foyda ishchilarning
mehnatdan oladigan to'liq mahsulot huquqini buzish demakdir. Bu zo'ravonlik
kapitalistlar tomonidan mehnatning bo'ysundirilishi bo'lsa, ularning hokimiyati
ishchi mahsulotni o'zlashtiradi. T.Godskin «...kapitalistlar o'z hollaricha
Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasini buzishadi, u holda bu qanday qonun
bo'ldiki, u yoki bu kishilarning hohishiga qarasa!...»,- deb yozadi.
Kapitalistlar hech narsa ishlab chiqarmaydilar, lekin ular o'zlarini ish bilan
ta'minlovchi va raxnamo deb ishchilarni ishontiradilar. Bu erda Godskin siyosiy
iqtisodni ayblaydi, chunki u bir vaqtning o'zida ham ularning da'vosini oqlaydi, ham
ularni xayron qolarli darajada rivojlanish hamda sivilizasiyaning buyuk va munosib
quroli deb ataydi. T.Godskinning aytishicha, jamiyatdagi barcha jamg'arma
kapitalistlar tomonidan amalga oshiriladi. Lekin mahsulotni ishlab chiqarishga
ketadigan harajatlarni va kapitalistga foyda ko'rinishida tegadigan mahsulotni ham
faqat ishchi ishlab chiqaradi. Foyda ko'p bo'lgan sari ish haqi kam bo'lishini ko'rsatib
o'tadi (Bu fikr Rikardoniki bo'lganligini eslab o'taylik). Godskin esa bu fikrdan
uzoqlashganligini quyidagi misollarda ko'rishimiz mumkin. Ko'ylak va ikki juft
etikning haqiqiy bahosi mehnatning ma'lum miqdori hisoblanadi. Lekin u yoki bu
tovarni qo'lga kiritish uchun ishchi kapitalist foydasiga yana ko'proq mehnat
miqdorini sarf etishi kerak. Godskin ishchi ishlab chiqargan hamma narsa uning
o'ziga tegishli bo'lishi kerak deb yozadi. Lekin har bir ishchining tegishini qanday
belgilash mumkin? Ishlab chiqarishda mato bo'lagi yigiruvchida, to'quvchida,
oqartiruvchi va bo'yoqchida, ularning hammasi turli xil shaxslardir. Bu erda mehnat
taqsimlangan. Ularning har biri alohida bitta operasiyani bajaradi va buning
natijasida tayyor mahsulot yuzaga keladi. Buni qanday bo'lish mumkin? «Men bu
masalani hal etishni ishchilarning o'zlariga erkin hal etish uchun berishdan boshqa
yo'lni bilmayman». T.Godskin kapitalistlarda ikkita funksiyani ajratadi.
Ishbilarmonlar kabi, tashkilotchi va ixtirochilar kabi ular ham ishchilardir. Lekin
kapitalistlar va kapitalning vakillari kabi ular faqat ishchilarga zulm qiluvchi
vositadirlar. T.Godskin bunday xo'jayinlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni
maslaham bermas edi, begona o'lkalarga kashfiyotchilik va uddaburonlik bo'lib,
mamlakatdagi qolgan aholiga ziyon etkazish demakdir. Haqiqiy adolatni tiklashning
birdan-bir vositasi yoki chorasi,- deb hisoblaydi olim, - ishchilarni kasaba
uyushmalariga birlashtirishdir.
J.Grey. yoshlik yillaridanok R.Ouen pamfletlarini o'qib, ularni targ'ibot qildi.
1825 yilda u o'zining «Inson baxti haqida ma'ruzalar» kitobini nashr qildirdi. XIX
asrning 20-30 yillarida ingliz ishchilarining sevimli kitobi bo'lgan bu kitob R.Ouen
ta'siri ostida yozilgan edi. J.Greyning fikricha, jamiyat uch kategoriyadagi kishilarga
bo'linadi: birinchisi ishchilar, ular barcha moddiy boyliklarni yaratuvchilardir.
Ikkinchisi shifokor, o'qituvchi va boshqalardir. Uchinchisi esa «mustaqil sinflar»dir.
«Bu mustaqil sinflarni tashkil qiluvchi kishilar ikki xil holatga bog'liqdir.
Birinchidan,
atrofdagilarning
mehnatsevarligiga,
ikkinchidan
nohaklikning
mavjudligiga. Bu esa ular ustidan hukmronlik qilish imkoniyatini beradi.»
J.Greyning qarashlarida siyosiy zo'rlikdan yuz ugirishga va adolatga tinch yo'llar
bilan erishishga chaqiriqni uchratishimiz mumkin.
Olimning fikricha, jamiyatning asosini ayirboshlash munosabatlari tashkil
qiladi. Kishilar orasidagi boshqa barcha munosabatlar esa mana shu munosabatlar
ustiga quriladi.
Qashshoqlikning bosh sababchisi esa raqobatdir. «Faqat savdo tartiblarining
to'liq o'zgarishi insonlar baxt-saodatiga olib keladi». 1831 yilda J.Greyning
«Ijtimoiy tartib», «Ayirboshlash asoslari haqida harakat» nomli asarlari e'lon qilindi.
Bu asarlar siyosiy iqtisodga oid asarlar hisoblanib, unda ishlab chiqarish, taqsimot,
aholi nufusi, soliq va soliqqa tortish muammolari, shuningdek jamiyatda
ayirboshlash tartibini qayta tashkil etish ko'rsatiladi.
Umummilliy savdo palatasi tashkil etilib, u barcha tarmoqlar - dehqonchilik,
sanoat va savdo ishlari boshqaruvini tashkil etadi. Er va kapital egalari o'z mulklarini
mazkur boshqaruv apparatiga bir yilcha avvaldan belgilangan mukofot hisobiga
topshirib, o'zlarini turli tavakkallardan xalos qiladilar. Barcha xo'jalik ishlariga
rahbarlikni palata topshirigiga ko'ra amaldorlar yoki ziyolilar olib boradilar. Sanoat
va qishloq xo'jaligi mahsulotlari milliy savdo omborlarida saqlanib o'sha erdan
savdo do'konlariga sotuvga chiqariladi.
Umummilliy idora tashkiliy reja asosida ish olib borib, tovarlar narxini ishlab
chiqarish tannarxini qoplaydigan darajada va hatto foyda keltiradigan darajada
belgilaydi. Ish haqlari esa hech qanday qiymatga ega bo'lmagan qog'oz pullar bilan
to'lanadi. J.Grey o'zining «Xalq baxtsizligiga qarshi to'g'ri vosita» nomli pamfletida
ishchi pullari g'oyasini rivojlantiradi. Bu ish vaqti va o'rtacha mehnat bahosini
tasdiqlovchi kvitansiya ishchilarga do'konlardan shunga loyik mahsulotlarni sotib
olish imkonini beradi. «Ishchi pullari» o'sha davrda turli ko'rinishlarda Prudon va
Brey kabi olimlar tomonidan ham taklif qilingan edi.
Jon Brey. J.Breyning «Mehnatga nisbatan adolatsizlik va uni bartaraf etish
yo'llari» nomli kitobi 1839 yilda nashr qilindi. T.Godskin va J.Greyning pamfletlari
kabi Breyning kitobi ham katta shuhrat qozondi. U ham ishchilar orasidan etishib
chiqqan bo'lib, bosmahonada harf teruvchi va muqova qiluvchi bo'lib ishlar edi.
O'zining qarashlariga ko'ra J.Brey ham Grey singari ishchilarning sinfiy kurashiga
qarshi edi. Uning asosiy kitobi «Xalq xartiyasi hujjatlari» e'lon qilingandan bir yil
keyin chiqdi. Xartiyaning asosiy mazmuni Britaniya saylov tizimini demokratlash
edi (umumxalq saylov huquqi, yashirin ovoz berish, nomzodlar mulkiy senzlarni
bekor qilish va boshqalar). Chartizm harakati ham aynan shu davrdan boshlanib,
unga J.Breyning asari chaqiriq sifatida xizmat qildi. Dunyoda adolatsizliklar qaerdan
vujudga kelishini, jamiyat va davlat nima ekanligini, mehnatning zaruriyati, kapital
jamg'arish va ayirboshlash xususiyatlarini o'rganishga o'z e'tiborini qaratdi. J.Brey
shunday deb yozadi: «Adolatli tuzumda hamma mahsulotlarni baholab,
ayirboshlash, ishlab chiqazishga sarf qilingan butun harajatning yig'indisi bilan
belgilanar edi, boylik teng ayirbosh qilinar edi. Shu bilan birgalikda juda qadimdan
jamiyatda yuksak darajada tengsiz ayirboshlash sistemasi hukm surar edi: ishchilar
kapitalistlarga yil davomida mehnat qilar edilar va evaziga yarim yillik mehnatning
qiymatini olar edilar.»
Xuddi shu erdan, aslo taxmin qilinmagan individlarning jismoniy va aqliy
kuchlari ichidan boylik va hokimiyatning tengsizligi kelib chiqadi. Xuddi shu
ayirboshlash tengsizligi bir sinfga hech narsa bilan shug'ullanmaslikni va dabdabali
yashashni ta'minlaydi, boshqa bir sinfni og'ir mehnatga mahkum etadi.
J.Brey shunday deydi: «Siyosiy iqtisodchilarning tasdiqlashicha har bir
ayirboshlash o'zaro manfaatlidir. Aslini olganda esa kapitalist bilan ishchi o'rtasida
hech qanday ayirboshlash yo'q! Ishchi kapitalistga o'zining mehnatini beradi, xo'sh,
kapitalist unga nima beradi? Kapitalist ayirboshlash uchun yo mehnatni, yo kapitalni
berishi mumkin. Kapitalist hech qachon mehnatni bera olmaydi, chunki u mehnat
qilmaydi. Shu bilan birga kapitalist kapital ham bermaydi, chunki uning kapitali
kamaymaydi, balki ko'payadi. Ishchining mehnati evaziga kapitalist nima beradi?
Ishchining bir haftalik mehnati evaziga kapitalist va xususiy mukl egalari unga
o'zlarining shu hafta ichida olgan boyliklarining bir qismini beradilar. Boshqacha
qilib aytganda, ular ishchidan biron narsa oladilar, ammo o'rniga hech narsa
bermaydilar». «Hech kim dunyoda qandaydir tug'ma yoki tabiiy boylikka ega emas,
- deb davom etadi J.Brey, - tabiat insoniyatga nimaiki bersa, bu mehnatga bo'lgan
qobiliyatidandir. Demak, agar kimdir hech qachon mehnat qilmasdan boylikka
egalik qilsa, bu boylik unga tegishli bo'lishi adolatsizlikdir. U o'zlarining mehnatlari
evaziga yuzaga keltirgan insonlarga tegishli bo'lishi kerak, chunki kapital o'z-o'zidan
yuzaga kelmaydi. Angliyaning ulkan kapitallari yaratilish prinsipi bo'yicha
kapitalistlarga tegishli bo'lishi kerak emas (ular uni o'zlari ishlab chiqarmaydilar).
Bu ayirboshlash prinsipi asosida ham bo'lgan emas, ya'ni ular kapitalni o'z
mehnatlari evaziga ayirboshlab olganlari yo'q. Meros huquqi asosida ham emas (bu
boyliklarning merosxo'ri yo'q). Qaysi eshikka qaramaylik, mehnatkash kishi bilan
puldor o'rtasidagi shartnoma adolatsizlik va aldamchilik bilan tugallanadi.» J.Brey
qisqacha xulosalar qilib, hech qanday siyosiy saylov islohotlari bu tartibni
o'zgartirmaydi, deydi. Mavjud tartibdagi ishchilar sinfi qanchalik aqlli, yuqori
ma'naviyatli yoki mehnatsevar kuch bo'lishidan qat'i nazar, to'g'rilab bo'lmaydigan
qullikka mahkumdirlar. Shuning bilan birgalikda u ishchilar sinfining kurashi
kishilarga qarshi emas, balki tuzumga qarshi, u kapitalistlar bilan yoki kapital bilan
emas, balki kapitalni qo'llash usuli bilan ekanligini uqtiradi.
4. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
XIX asrning o'rtalarida iqtisodiy ta'limotlar tarixida yangi bir yo'nalish -
marksizm vujudga keldi. K.Marksning nomi ko'pchilikda inqiloblar bilan bir deb
qaraladi. Haqiqatdan ham bu fikrda jon bor, chunki u F.Engels bilan birgalikda
proletariatning kapitalizmga qarshi kurashi zarurligini isbotlovchi nazariyaga asos
soldi, buni tasodifiy hol deyish qiyin, chunki shu davrda kapitalistik xo'jalik rivoji,
sanoat to'ntarilishining ayrim (Angliya va Farbiy Evropa) mamlakatlarda nihoyasiga
etganligi, sanoatning iqtisodiyotda etakchi rolni egallashi, ishchilar sinfining
jamiyatdagi mavqeining keskin oshganligi, kapitalistik jamiyatning feodalizmdan
ustunligi namoyon bo'lishi bilan birga uning bir qancha illatlari ham mavjudligi
(ishsizlik, ish vaqtining uzunligi, maoshning kamligi, iqtisodiy inqirozlar, mulkiy va
sinfiy tabaqalashuvning tobora kuchayishi, mustamlakachilik va boshqalar)
prinsipial yangi ta'limot paydo bo'lishiga asos bo'ldi. O'z davrida burjua olimlari deb
atalgan tadqiqotchilar (Sismondi, Prudon, qisman Smit, Rikardo), xayoliy
sosialistlar va boshqalar kapitalistik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib
bergan edilar. Ana shu illatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va kapital,
ishchilar va sohibkorlar o'rtasidagi qarama-qarshilik tobora ortib bordi. 1831-34
yillar Fransiyada Lion to'quvchilari, 30-40 yillarda Angliyadagi vuddistlar va
chartistlar harakati ishchilar sinfining mustaqil sinf sifatidagi chiqishlari edi. 1844
yilda Sileziya to'quvchilarining qo'zg'oloni Germaniyadagi inqilobiy harakat
darakchisi bo'ldi. 1848 yilda burjua inqilobi tufayli marksizmning vujudga kelish
jarayoni yanada kuchaydi. Avvalgi davrdagi iqtisodiy talablar asta-sekin siyosiy tus
ola boshladi.
Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va avvalgi davrdagi bir
qancha iqtisodiy g'oyalar asosida, birinchi navbatda klassik iqtisodiy maktab, utopik
sosializm ta'limotlari tufayli marksizm shakllandi. Kapitalistik tuzum, hozirgi davr
tili bilan aytganda bozor iqtisodining bekamu-ko'st emasligi, uning ijobiy tomonlari
bilan birga hal etilishi shart bo'lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy
ta'limot paydo bo'lishiga turtki bo'ldi.
5. K.Marksning iqtisodiy ta'limoti
Uning bosh iqtisodiy asari «Kapital» bo'lib, unda asosiy iqtisodiy g'oyalari
ilgari suriladi (1-jildi1867 ynashr etilgan). Marksning iqtisodiy merosida klassik
maktab g'oyalari asosiydir. Bu olimning tadqiqot predmetida iqtisodiyotda ishlab
chiqarish sohalari muammolarning tahlili ustuvordir. V.Petti tadqiqotlariga baho
berib, ishlab chiqarishning burjua munosabatlarining ichki aloqalari o'rganishi
ta'kidlanadi.
Tadqiqot uslubi boshqa olimlardan keskin farq qilmaydi, iqtisodiy jarayonlar
siyosat va davlatga nisbatan ustuvor hisoblanadi, ammo kapitalizm va shunga
muvofiq xo'jalik yuritishning bozor mexanizmi o'tkinchi deb qaraladi.
Bazis va ustqurma to'g'risidagi konsepsiya olim metodologiyasi markaziy
o'rinni egallaydi. Unga ko'ra ishlab chiqarish etakchi hisoblanadi formasiyalar
to'g'risidagi fikrda esa kapitalistik jamiyatning o'tkinchiligi ko'rsatiladi, bunga asosiy
sabab ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulk va bozor anorxiyasidir. Yangi
jamiyat sosializm va kommunizm bo'lib, unda ishlab chiqarish vositalari xususiy
o'zlashtirish ob'ekti bo'lmaydi.
Sinflar to'g'risidagi nazariyada sinfiy kurash masalasi asosiydir, bunda
kapitalistlar va ishchilar sinfi hisobga olinadi, uchinchi sinf to'g'risida shu narsa
aytiladiki,mamlakatning industrlashib borishi tufayli rentaning daromad sifatidagi
ahamiyati kamayib boradi.
Kapitalga nisbatan ishchilarni ekspluatasiya qilish va ishchi kuchi ustidan
xokimiyat o'rnatish vositasi sifatida qaraladi. Kapitalizmdagi va demak, bozor
munosabatidagi qarama-qarshilar kapital bilan bog'lanadi. Undan tashqari kapital
tovarni ishchi kuchi bilan birlashtirib, o'sib boruvchi qiymatga aylanadi. Qo'shimcha
qiymat bilan kapital o'zaro chambarchas bog'liqligi ko'rsatiladi. Faqat qo'shimcha
qiymat yaratuvchi yoki kapitalning o'z-o'zidan o'sishga xizmat qiluvchi ishchigina
unumli bo'ladi deb baho beriladi.
Kapitalning organik tuzilishi to'g'risidagi g'oya «yangilik» bo'lib, asosiy va
o'zgaruvchi kapitalning nisbati -S/V ga tenlashtiriladi. Bundan ekspluatasiya nomasi
(qo'shimcha qiymat normasi)-qo'shimcha qiymatning o'zgaruvchan kapitalga nisbati
sifatida qaraladi (A. Smit va D. Rikardolarda kapital asosiy va aylanma qisimlarga
bo'lingan). Bu erda asosiy kapital (mashina, asbob-uskuna, xomashyo....)
qo'shimcha qiymat yaratmaydi.
Kapitalning jamg'arilishi sanoatning markazlashuvi va konsentrasiya bilan
bog'lanadi, bu esa ishsizlik (rezerv) kuchayishiga olib keladi, bunday
jamg'arilishning absolyut, umumiy qonuni deb ataladi.
K.Marksda qiymatning mehnat nazariyasi to'g'risida to'la ma'lumot beriladi,
qiymatning mehnat sariflari bilan o'lchanishi birdan-bir to'g'ri deb qaraladi. Ammo
talab va taklifga ko'ra, tovar bahosi qiymatga nisbatan oshishi va kamayishi mumkin.
«Ishlab chiqarish bahosi» konsepsiyasi ilgari surilib, qiymatga qiyos qilinadi (xarid
bahosi bilan tenglashtiriladi).
Oddiy tovar ishlab chiqarishda (to bozor iqtisodiyoti) va kapitalizmning
dastlabki davrida baholar qiymat qonuni bilan tartibga solinar ekan. Rivojlangan
kapitalistik iqtisodiyotida esa baho A.Smit bo'yicha tabiiy baho, D.Rikarda bo'yicha
ishlab chiqarish bahosi (yoki qiymati), fiziokratlar bo'yicha zaruriy baho deb
qaraladi. Uzoq muddat davomida ishlab chiqarish bahosi taklifning zaruriy shartidir.
Marksning bu g'oyasiga Kondratev «mehnat nazariyasining yuqori shakli»
deb baho beriladi. Mark Blaug fikricha, marksistlarning qarashalari shunga borib
taqaladiki, agar biz qiymatning mehnat nazariyasidan boslamasak, kapitalistlar
mehnat jarayonida ishtirok etmasdan turib, umumiy mahsulotning bir qismini
o'zlashtirishni isbotlab bera olmaymiz (ya'ni espluatasiya manbai yo'qoladi).
Pul nazariyasi Rikardo - Mill g'oyalariga amal qilinadi ammo pulning
miqdoriy nazariyasi inkor etiladi. Bunda ma'lum davr davomida savdo oborotlari va
pul massasi oborotlari (aylanmasi) doimiy emasligi dalil qilib ko'rsatiladi.
Marksning qo'shimcha qiymat nazariyasi asosiy bo'lib, uning vujudga kelishi
quyidagicha «isbotlanadi» (klassik maktab g'oyalari bo'yicha hamma narsa o'z
qimmatida sotiladi va shu qimmatda olinadi, ya'ni ortiqcha narsa yuzaga kelmaydi).
mehnat aniq miqdoriy o'lchovga ega, ishchi kuchining qimmatini baholash esa - bu
katta darajadagi muammodir, hamda fe'l-atvor holati va kolektiv va psixologiya
(ruhi) tomonidan aniqlanadi. Shu sababli qo'shimcha qiymatning manbai bo'lib,
faqat o'z ishchi kuchini sotayotgan unumli ishchilarning «haqqi to'lanmagan
mehnat» hisoblanadi. Bu «zaruriy» va «qo'shimcha» ish vaqtidagi jarayondir.
«qo'shimcha vaqt» va «qo'shimcha mehnat» bilan «qo'shimcha daromad» yuzaga
keladi.
«Unumli mehnat» to'g'risidagi fiziokratlar (yuqoridagi boblarda berilgan)
tomonidan ishlab chiqarilgan. Marks bu g'oyani rivojlantirib shunday qisqacha
xulosalar chiqaradi: birinchidan, agar mehnat «mutloq» bo'lmagan shakldagi
qo'shimcha qiymatni, ya'ni «nisbiy qo'shimcha qiymatini» yaratsa (bu tirikchilik
vositalari qiymati (qiymati) arzonlashuviga olib keladi); ikkinchidan, unumli mehnat
muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida qo'shimcha qiymat
yaratgandagina unumli bo'ladi.
Daromadlar to'g'risida fikr yuritib, yollanma ishchilar o'z «kuchini» sotib
kapitalistdan oladigan haqdir (bu erda «ishchi kuchi» ish haqiga almashtiriladi),
vaholanki klasik maktab vakillari bo'yicha mehnat uchun ish haqi beriladi. Bu
nazariyaga ko'ra, ish haqi ishchi va uning oilasi hayotini ta'minlash uchun zarur
tovarlarga ekvivalentdir. Uning miqdori ishlab chiqarishni mexanizasiyalash va
texnologik jihozlash darajasiga bog'liq, bu esa oxirgi oqibatda ish haqi o'sishi uchun
to'siq bo'ladi, chunki texnik-iqtisodiy taraqqiyot doimiy ortiqcha ishchi kuchini
yaratadi. Kapitalist va ishchi o'rtasidagi almashuv munosabatlari ishchi ziyoniga
bo'ladi. Hech vaqt real ish haqi mehnat ishlab chiqarish kuchlari o'sishiga mutanosib
ravishda o'smaydi. Erkin raqobat iqtisodiyoti sharoitida ishchilar kasaba
Kumitalariga suyangan hollarda ham bu sharoitni o'zgartira olmaydilar. mehnat
unumdorligi o'sishi tufayli, tovar va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi pasayib
borishi oqibatida ishchilar tomonidan sotib olinadigan tovarlar bahosining har doim
adekvat pasayishiga olib keladi, bu esa ishchilar ahvolining doimo yomonlashuvidir.
Foyda va foyda normasi. Bu daromad shakli sohibkor tomonidan ekspluatasiya
yordamida paydo bo'ladi; Rikardodagi foyda normasi emas, boshqa qo'shimcha
Kiymat normasi, hatto ekspluatasiya normasi to'g'risida fikr yuritiladi.
Korxona yoki sohadagi qo'shimcha qiymat hissasi o'zgaruvchi kapital va
mehnat hissasi qancha ko'p bo'lsa, shuncha ko'p bo'ladi, kapitalning organik
tuzilishida (S/V) doimiy kapital hissasi kam bo'lsa, demak, korxona qanchalik
mashina va boshqa texnikalar bilan yaxshi Kurollangan bo'lsa, shuncha kam bo'ladi.
Qo'shimcha qiymat normasi va foyda normasi o'rtasidagi farq shundan
iboratki, birinchisi Uzgaruvchi (V) kapitalga nisbat shaklida, ikkinchisi esa umumiy
kapital (C+V)ga nisbat shaklida bo'ladi. Foyda normasi pasayib borish
tendensiyasiga ega (Rikardo-Mill bUyicha hayot uchun zarur mahsulotlarga baho
oshuvi, demografik omillar, tuproq unumdorligi pasayishi va boshqalar), ammo
Mark bo'yicha buning sababi kapitalning organik tuzilishi (S/V)da o'zgaruvchan (V)
kapitalning hissasi kamayishi va, demak, kapitalning jamg'arilishi bilan bog'liq.
Ekspluatasiyani kuchaytirish (yoki qo'shimcha qiymatni oshirish) ning yo'llari
2 ta, ish soatlari oshiriladi (absolyut) yoki mehnat unumdorligi orttiriladi (nisbiy).
Marks Seniorning «So'nggi soat nazariyasi»ni qattiq tanqid ostiga oladi (yuqorida
berilgan). Bu g'oya umuman yangilik edi.
Rikardo bo'yicha foyda normasining pasayish tendensiyasi mashinalarning
takomillashuvi (texnik kashfiyotlar) va agronomiya fanidagi yangiliklar tufayli
o'zgarib (to'xtab-to'xtab) turishi mumkin bo'lsa. Marks bo'yicha bu jarayon
kapitalizmni o'z ichidan emirmaguncha davom etaverar ekan.
Renta to'g'risidagi nazariya D.Rikardonikidan farq qilmaydi, ammo
differensial renta bilan absolyut renta ham borligi aytiladi. So'nggi renta qishloq
xo'jaligidagi kapital organik tuzilishini pastligi (S/V) va erga xususiy mulk borligi
bilan izohlanadi. Xususiy er egasi ijarachi-fermerdan rentaning tabiiy darajasidan
yuqoriroq ijara haqi talab qilib olish imkoniga ega bo'ladi.
Takror ishlab chiqarish nazariyasida Marks takror ishlab chiqarishning o'z
sxemasini ilgari suradi. Avvalgi (Smit-Sey) mualliflar bo'yicha, yalpi milliy
mahsulot jamiyat sinflarining daromadlar summasiga teng deb qaraladi. Marksda
esa iqtisodiyot ikki tarmoqqa bo'lib qaraladi: ishlab chiqarish vositalari va iste'mol
mollari; kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tahlil etiladi (F.Keneda oddiy takror
ishlab chiqarish). Marksning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasi fan
tarixida iqtisodiy o'sishning birinchi matematik modeli deb hisoblash mumkin.
Marks iqtisodiy inqiroz (krizis)larning avvalgi namoyondalari (Sismondi, Maltus va
b.) fikrini tahlil etadi va xatolarini ko'rsatib beradi. Yirik ishlab chiqarish tufayli
iste'molning pasayishi oqibatidagi inqirozlar, ularni tugatish uchun «uchinchi
shaxslar» (T.Maltus) zarurligi to'g'risidagi g'oyalar yanada chuqurlashtiriladi.
Marksning «Kapital» asarida inqirozlar nazariyasidan ko'ra, muqarrar
umumiy ortiqcha ishlab chiqarish davriga olib keluvchi kapitalning (sabab-oqibat)
jamg'arilishi va kapitalizmda daromadlarning taqsimlanishiga baho beradi. Ortiqcha
ishlab chiqarish inqirozlari bozor iqtisodiyoti stixiyasi bilan bog'lanadi. Xo'jalik
anarxiyasi ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasidagi nomuvofiqlik tufayli Yuzaga
keladi, realizasiya muammosi kuchayadi. Sey qonuni tanqid qilinadi. Marksning
yozishicha, har bir odam bir narsa sotgani uchun, uni darhol sotib olishi majbur
emas. Bu esa ortiqcha ishlab chiqarish inqiroziga olib kelishi mumkin, chunki
umumiy xarajatlar umumiy daromaddan kam bo'ladi.
Siklik o'sishning moddiy asoslari tahlil etilib, asosiy kapitalning (har 5-10
yilda) yangilanib turishi bilan bog'liq deb ko'rsatiladi. Marks bo'yicha iqtisodiyot
tarkibining o'zgarishi yangi investisiya va yangi ish joylari paydo bo'lishi bilan ro'y
beradi, bu jarayon foyda normasi pasayguncha davom etadi, keyin mehnat rezervlari
armiyasi o'sadi, ish haqi pasayadi va inqiroz sharoiti paydo bo'ladi.
Yuqorida markscha iqtisodiy ta'limotning asosiy xususiyatlari tahlil etildi, endi shu
g'oyalarning nazariy va amaliy ahamiyati to'g'risida fikr yuritiladi.
Hozirgi davrda marksizmga bo'lgan munosabat salbiy hisoblanadi. Ammo bu
ta'limotning muholiflari ham ayniqsa Karl Marksning (1818-1883) iqtisodiyot
nazariyasiga qo'shgan buyuk hissasini tan olmoqdalar (masalan, R.Xeylbroner,
L.Turou. «Ekonomika dlya vsex»). Umuman, iqtisodiyot g'oyalari tarixida uch
shaxs - A.Smit, K.Marks va J.M.Keyns ta'limotlariga alohida e'tibor beriladi.
Shuning uchun odatda K.Marks va Fridrix Engelsning (1820-1895) kapitalizmga
bo'lgan munosabatlariga baho beriladi. Bu ikki olimning ta'limoti bir-biri bilan
chambarchas bog'lanib ketgan bo'lib, bu yagona ta'limot marksizm deb ataladi,
shuning uchun ko'proq K.Marksning nomi tilga olinadi. Bu olimning iqtisodiy
qarashlarini tushunish uchun ularni boshqa tadqiqotchi - A.Smit g'oyalari bilan
solishtirishni o'rinli deb hisoblaymiz.
A.Smit kapitalizmni tartibga solish va taraqqiyotining me'mori edi. K.Marks
esa bu jamiyatning illatlari va bo'lajak o'limi tashbexchisi bo'lgan. Ularning
qarashlarida tarixga bo'lgan turli munosabat ochiq-oydin bo'lib qoladi. A.Smitning
fikricha, insoniyat ovchilar va baliqchilarning ilk va sodda jamiyatidan oliy
kommersiya jamiyati sari boradigan yo'lni bosib o'tdi. K.Marks esa insoniyat tarixi
sinflarning to'xtovsiz kurashi, barcha davrlarda ezuvchi va eziluvchilar o'rtasidagi
antogonistik raqobati hisobiga rivojlanishini aytadi. A.Smit va ko'pgina boshqa
olimlar kapitalistik tizim oxir-oqibatda jamiyatdagi barcha taraflarning shaxsiy
manfaatlari bilan ijtimoiy manfaatlarining uyg'unligi (garmoniyasi)ni, bu jarayon
abadiy yoki jilla bo'lmasa juda uzoq vaqt davom etishini bashorat qiladilar. Marks
esa sinfiy kurash ziddiyat va antagonizmni vujudga keltiradi va kapitalistik
tizimning umri qisqa, ish haqi va foyda o'rtasidagi qarama-qarshilik kapitalizmni
o'zgartiradi va uni yakson etadi, degan fikrni bildiradi.
Smit fikricha, ayrim shaxslar va jamiyat manfaatining mos tushishi
«Ko'rinmas qo'l» orqali (tabiiy Konunlar va raqobat natijasida) tartibga solib
turiladi. Vaholanki, Marks bo'yicha, ishlab chiqarish vositalari markazlashuvi va
mehnatning ijtimoiylashuvi kapitalizmni inqilobiy yo'l bilan boshqa jamiyatga
o'tishini taqozo etadi. Smit xususiy mulkni himoya qilsa, markschilar umumxalq
(davlat) mulkini afzal deb hisoblaydilar.
Markschilar kapitalizmni rivojlanayotgan tizim, deb qaradilar va boshqa hali
to'la aniq bo'lmagan jamiyat sari ketayotganligini aniqladilar (buni ba'zilar sosializm
deb qaraydilar). Marks iqtisodchi sifatida bozorni kapital va boylik jamg'arishning
kuchli vositasi sifatida biladi. Ammo bu jarayonni Smitdan boshqacharoq tahlil
qiladi. Agar Smit bo'yicha bozor o'zini-o'zi boshqara olsa, Marksda bu o'sish turli
to'siqlar, inqirozlar orqali ro'y beradi. Marks jamg'arilish jarayonini biznesmen
nuqtai nazaridan o'rganadi: asosiy masala shundaki, ma'lum kapital (bankdagi pul
yoki korxonaga qo'yilgan mablag') foyda keltirishi kerak. Marks iborasi bo'yicha P
(pul summasi) undan kattaroq P1 ga aylanishi kerak. Bunga Marksning javobi
quyidagicha: kapitalistlar o'z pullarini tovar va ishchi kuchini sotib olishga
ishlatadilar, shunday qilib ishlab chiqarish jarayoni uchun asos solinadi, kerakli xom
ashyo, yarim fabrikatlar olinadi, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchi
yollanadi. Bu bosqichda hamma narsani haqiqiy bahoda olish qiyinchiligi yuzaga
keladi. Real hayotda (masalan, mehnat qimmat tursa) P o'zgarmas holda qoladi va
jamg'arilish jarayoni boshlanmaydi.
Agar yuqoridagi birinchi bosqich muvaffaqiyatli o'tsa, pul kapitali yollanma
ishchi kuchi va moddiy ne'matlar zahirasiga aylansa, ya'ni pul mehnat jarayoni bilan
materiallar, xom ashyo, yarim fabrikatlar orqali qo'shilib ketsa, keyingi bosqichga
o'tiladi.
Xuddi shu erda fabrika sexlarida foyda yuzaga keladi, uning manbai shundaki,
kapitalistlar ishchi kuchiga ular tomonidan ajratilgan qiymatdan kamroq haq
to'laydilar. Foyda, ya'ni P va P1 orasidagi farq amalda haq to'lanmagan mehnat bo'lib
chiqadi. Bu Marksning qo'shimcha qiymat nazariyasi foydaning manbai sifatida
kapitalizmni tahlil etishda juda muhimdir.
Bu qo'shimcha qiymat odatda ikki yo'l bilan vujudga kelishi mumkin:
1. Ish soatlarini cho'zish (absolyut).
2. Zaruriy ish vaqtini qisqartirish (nisbiy) yoki mehnat unumdorligini oshirish.
Marksning fikricha, ish kuni ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi zaruriy ish
vaqtida ishchi va ishlab chiqarishga ketgan sarf-harajatlar to'la qoplanadi va qolgan
vaqtda (qo'shimcha ish vaqtida) qo'shimcha qiymat hosil bo'ladi, ya'ni haq
to'lanmagan ish vaqti kapitalist tomonidan o'zlashtiriladi (odatda ish kunining yarmi
yoki ma'lum qismi o'shanga sarflanadi). Kapitalist avvalgi davrlarda ish soatlarini
ko'paytirish yo'li bilan qo'shimcha ish vaqtini cho'zgan bo'lsa, keyingi paytlarda
zaruriy ish vaqtini qisqartirish yo'lini kidiradi va bu ko'pincha ishlab chiqarishga
mashinalashtirish, avtomatika, telemexanikani kiritish bilan amalga oshiriladi.
Marks kapitalizmning to'g'ri tizim emasligini, uning turli inqirozlar, siklik
o'zgarishlarga moyilligini ko'rsatib berdi. Haqiqatdan ham Smitning fikridan farqli
ravishda kapitalizm tizimining kibernetik kafolatlangan jarayondan ancha uzoqligi
aniq. Kapital jamg'arilishi mehnat va kapital manfaatlarining noaniqligi, qarama-
qarshiligini engishi kerak bo'lgan bozor tizimi bilan bevosita bog'liqdir. Biznesning
asosiy maqsadi boylik to'plash bo'lsa ham bu maqsadga erishish har doim ham
amalga oshavermaydi.
«Kapital» asarida kapitalizmning turg'un emasligi oxir-oqibatda tizimning
qulashiga olib keladi, degan qisqacha xulosalar chiqariladi. Bu asarda yana ikkita
muhim fikr berilgan:
1. Korxonalar hajmi inqirozlar tufayli doim o'sib boradi, bu esa
iqtisodiyotning monopollashuviga va qulashiga sabab bo'ladi. Inqirozlar tufayli
bankrot bo'lgan korxonalar mulki boshqa firmalar tomonidan sotib olinadi. Bundan
firma va fermerlarning yiriklashuv tendensiyasi kapitalizmning muhim ajralmas
xususiyatidir.
2. Ommaning «proletarlashuvi» natijasida sinfiy kurash keskinlashuvi
kutiladi. Inqirozlar tufayli kichik biznes va mustaqil hunarmandlar ommaviy
ravishda ko'chaga haydaladi. Shunday qilib jamiyat tarkibida oz sonli kapitalist-
magnatlar hamda ko'p sonli, mulkdan mahrum etilgan, norozi, «proletarlashgan»
ommadan iborat ikki sinf paydo bo'ladi, «...oxir-oqibatda bu jarayon uzluksiz davom
etishi mumkin bo'lmay qoladi. Kapital monopoliyasi o'zi yaratgan ishlab chiqarish
usulining kishaniga aylanadi. Ishlab chiqarish vositalarining markazlashuvi va
mehnatning ijtimoiylashuvi kapitalizm bilan mos kelmay qoladi. Kapitalizm qobig'i
portlaydi. Kapitalistik xususiy mulk zil ketadi. Ekspropriatorlar ekspropriasiya
qilinadi...»