XIX asrning ikkinchi yarmida G‘arbiy Yevropada siyosiy mafkuralar.
Marksizm mafkurasi, uning genezisi, rivojlanishi va tarixiy taqdiri
Reja
1. XIX asrning ikkinchi yarmida G’arbiy Evropa davlatlarida ijtimoiy –
siyosiy munosabatlar.
2. Burjua tartiblar va sotsialistik o’zgarishlar tarafdorlari o’rtasidagi g’oyaviy
qarama-qarshilik, mafkuraviy kurash.
3. XIX asrning ikkinchi yarmida G’arbiy Evropa davlatlarida vujudga kelgan
yangi ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar.
4. Marksizm ta’limotning aksilinsoniy mohiyati va uning inqirozi
XIX asrning ikkinchi yarmida G’arbiy Evropa davlatlarida yuz bergan
ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar yangidan–yangi qarashlarni hamda ta’limotlarni
vujudga keltirdi. Holbuki, bu siyosiy – ta’limotlar XIX asrning ikkinchi yarmida
ijtimoiy hayotni tubdan o’zgarishlarga olib kelayotgan edi.
Uzoq yillar davomida Germaniyaning siyosiy – tarqoq mamlakat bo’lib,
Evropa mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri uncha bilinmay
kelayotgan bo’lsa, bu davrga kelib u nafaqat siyosiy jihatdan kuchli markazlashgan
davlatga, balki jahon xalqlari siyosiy hayotiga ham ta’sir eta oladigan davlat
darajasiga chiqdi. Bu bilan Germaniya o’zini uzoq yillar davomida chetga qolib,
siyosatdan ayri yashab kelgan, shu bois dunyo boshqa davlatlar tomonidan bo’lib
olinayotganda o’zini “quruq” qolgan, holbuki uning ham boshqa yurtlarda o’z
mustamlakalari bo’lishiga “haqqi bor” ligini o’qtirib, kerak bo’lganda zo’rlik
vositalariga tayangan holda buni amalga oshirish mumkinligi g’oyasi bilan chiqa
oldi. Ayni shu g’oyani amalga oshirishga bo’lgan urinish keyingi asrda yuz bergan
ikki jahon urushining kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Germaniyaning siyosiy jihatdan yagona davlat bo’lib birlashishi Evropa
mamlaktlaridagi munosabatlarni ham o’zgartirib, ularni ikki harbiy blokka
bo’linishiga olib keldi. Biroq, bu harbiy bloklarga kirgan davlatlarning umumiy
maqsadi, g’oyasi bir xil bo’lgani holda, manfaatlar to’qnashuvi vujudga keldi.
Ya’ni, davlatlar bo’lib olingan dunyoni bo’lib olish masalasi G’arbiy Evropa
davlatlarining XIX asrning ikkinchi yarmidagi eng yirik siyosiy g’oyasiga aylandi.
2. Burjua tartiblar va sotsialistik o’zgarishlar tarafdorlari o’rtasidagi
g’oyaviy qarama-qarshilik, mafkuraviy kurash.
G’arbiy Evropa mamlakatlarida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi
ijtimoiy-siyosiy tizimni ham tubdan o’zgartirishga yoxud uni qayta qurishga olib
keldi. Evropa davlatlarida kapitalistik munosabatlarning feodal munosabatlarga
nisbatan yuqori mavqeiga ega bo’lishi hamda uning jamiyat hayotiga kirib borishi
yangi ijtimoiy sinflarni to’la shaklanishiga va ularning siyosiy kuch darjasigacha
chiqa olishiga olib keldi.
Endi bir zamonlar manfaatlari hamda g’oyaviy qarashlari deyarli bir-biriga
yaqin bo’lgan tabaqalar (xususiy mulk egasi bo’lgan kapitalist bilan uning ishchisi)
o’rtasida g’oyaviy ajralishlar hamda manfaatlar to’qnashuvi paydo bo’ldi. Siyosiy
hokimiyatni qo’lga kiritgan va unga etarli miqdorda ta’sir eta oladigan kuchga ega
bo’lgan kapitalistlar o’z ishchilariga nisbatan munosabatlarini o’zgartirishdi.
Bu davrda kapitalistik munosabatlar o’rnatilgan G’arbiy Evropa davlatlari
asosiy orzusi, mamlakat ichida tinchlikni saqlagan holda, o’zga davlatlar va xalqlar
evaziga boyishdan iborat edi.
Biroq, bu davrda kapitalistlarning boylik ketidan quvishi ijtimoiy
munosabtlardagi keskinlashuviga, ya’ni ommaviy noroziliklarning vujudga
kelishiga olib keldi. Shu boisdan ham ishchilarni o’zini ketidan ergashtira oladigan
yangi siyosiy kuchlar maydonga chiqa boshladi. Bu kuchlar ishchilarning siyosiy
partiyalari ko’rinishlarida paydo bo’lib, ular g’oyasining asosiy mohiyati ishchilar
sinfi manfaatlarini ifoda etar edi.
XIX asrning ikkinchi yarmida G’arbiy Evropa davlatlarida vujudga
kelgan yangi ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar.
G.Spenser siyosiy g’oyalari.
Gerbert Spenser (1820-1903 yil). U turli sohalarga oid chuqur bilimga ega
bo’lgan va bu bilimlarni o’zi mustaqil o’rgangan, talantli kishi edi. U biologiya,
psixologiya, etnografiya, tarix sohalarida keng ma’lumotga hamda chuqur bilimga
ega edi. U yirik sotsiolog sifatida ham tarixga kirdi.
Angliyalik G. Spenser sotsiologlardan birinchi bo’lib biologiya sohasidagi
terminlarni jamiyat sohasida ilk bor va deyarli to’la qo’llay oldi. Biologik
evolyutsiyani jamiyat tuzilishiga tatbiq etishga urindi. Jumladan, hayotda
oddiylikdan murakkablikka (integratsiya), bir xillikdan har xillikka
(differentsiatsiya) kabilarni ham biologiya, ham jamiyat sohasida qo’llay bildi.
G. Spenser jamiyatdagi ijtimoiy holatlarni kuzata borib, jamiyatdagi alohida
elementlarni doimo deferentsiatsiyaga aylanishiga va undan “agnregat” termini
ishlata oldi. Ya’ni alohida, mayda guruhlar birlashib “agregat” tashkil qilishini
tushuntirishga harakat qildi. Bu nom bilan qabila, qabilalar ittifoqi, shahar-
davlatlar, imperiyalar kabi ijtimoiy guruhlar va birlashmalar kiradi, deb bildi.
Shuningdek uning ifodasida quyidagi taqqoslovchi holatlarni ham ko’rish mumkin:
shakllangan maxsus “taqsimlovchi tizim” (savdo, transport va boshqalar kirgan),
dehqonchilik va hunarmandchilikning paydo bo’lishi (“iste’mol”organlari tizimi).
Gerbert Spenser davvlatning vujudga kelishi va siyosiy institutlarning
shakllanishi tarixini birinchi siyosiy diferentsiatsiya oilaviy differentsiatsiyadan –
qachonki er kishi ayol kishi ustidan hukmronligini o’rnatgandan so’ng paydo
bo’ladi. Shu bilan bir qatorda erkaklar sinfida (uy quli) diferentsiatsiya, qaysiki
siyosiy diferentsiatsiya paydo bo’ladi.
Harbiy qullar paydo bo’lishi bilan boshqaruvchilar tizimi va
boshqarilinuvchilar tizimi o’rtasida “siyosiy bo’linish” diferentsiatsiyasi, ya’ni
evolyutsion tarzda yuqori hokimiyat paydo bo’la boradi.
Muayyan tajribalar egallab borilishi bilan sinfiy tizim qiyinlasha boradi – har
xil tabaqalar paydo bo’ladi, maxsus boshqaruvchi qatlam ajralib chiqadi va shu
bilan siyosiy tizim murakkablashib boradi. Harbiy maqsadlar uchun birlashmalar
kuchayib, unda ishtirok etayotan individuallikni yo’qotadi. Bu paytda siyosiy
hokimiyatni saqlab qolish eng asosiy vazifa bo’lib, bunda jamiyatning har bir
a’zosini saqlab qolish ikkinchi darajaga chiqadi.
Bundan tashqari G. Spenser boshqaruvning turli shakllari haqida to’xtalib,
usha davrda ijtimoiy siyosiy hayot va muhitni ifoda etgan holda, sotsialistik tuzum
haqida fikr bildirib, u kapitalizmga nisbatan juda ko’p qiyinchiliklar olib keladi,
shuningdek qardoshlik, og’a – inilik, bir-birini tushunadigan kapitalistik jamiyatga
xayrixohligini bildiradi. Uning nazarida sotsializmga asoslangan davlat paydo
bo’lsa, u faqat byurokratik davlat bo’lib qoladi.
F.Nitsshe ta’limotining mafkuraviy funktsiyasi.
Fridrix Vilgelm Nitsshe qarashlari, uning jamiyatning ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyoti haqida fikrlarini izohlash, mafkuraviy tahlil etish borasida turli - tuman
fikrlar mavjud. Uning qarashlarini talqin etishda bir-biriga zid izohlar,
murakkabliklar ham ko’plab uchraydi. XX asrda uni g’oyalarini o’z maqsadlari sari
ishlatishga, undan foydalanishga harakat qilgan siyosiy kuchlar insoniyat hayotiga
og’ir iz qoldirgani hech kimga sir emas. Biroq, Nitsshe ta’limotining mazmun –
mohiyati haqida turlicha qarashlar hamon yozilmoqda. U haqda turli fikrlar
bildirilmoqda.
Xo’sh, bunday murakkab va bir-biriga zid talqinlar paydo qiluvchi fikrlar
egasi bo’lgan Nitsshe kim?
F. Nitsshe 1844 -1900 yillarda yashagan, nemis faylasufi. U Prussiyada
protestant ruhoniysi oilasida dunyoga kelgan. U o’ta qobiliyatli bo’lgani hamda
taqvadorlar muhitiga o’sgani uchun o’rtoqlari uni “Mitti pastor” deb atashgan.
Mutaxassisligi bo’yicha u filolog.
Uning dastlabki qarashlariga Rixard Vagner katta ta’sir etgan bo’lsa, bu
fikrlarning o’zgarishiga Artur Shopengauerning yovvoyilar to’dasi to’g’risidagi
masali katta ta’sir etgan.
Uning g’oyalari, inson va jamiyat haqidagi fikrlari “Tarixning hayot uchun
foydasi va zarari to’g’risida”, “Zardo’sht tavallosi”, “Axloqning mohiyati”,
“Hokimiyatga intilish” kabi asarlarida aks etgan.
U 1999 yil aqldan ozadi va oradan bir yil o’tib, 1900 yilda vafot etadi.
U inson haqida shunday yozadi. “inson ham xuddi daraxtga o’xshaydi.
Daraxtlar yuksaklik, yorug’lik sari qanchalik ko’p intilsalar, ildizlari er qa’riga,
qorog’ulikka – tubanlik tomon shunchalar chuqurroq kirib boraveradi”.
XIX asrning oxirgi o’n yili progress va optizim davri, deb baholangan bir
paytda Nitsshe o’zining dahshatli fikrini o’rtaga tashlaydi. Unda “Xudo vafot
etgani” va xristian dini xudosiga e’tiqod endi ishonishga arzimaydigan narsaga
aylanib qolgani haqida fikr bildiradi.
Nitsshe qarashlarida q a d r i ya t - bu inson o’zini o’zlashtira oladigan
yuqori miqdordagi hokimiyatdir . Inson bu vosita, lekin maqsad emas.
Nitsshe butun ijtimoiy – siyosiy tarixni ikki iroda – kuchlilar (aristokratlar
hukmronligi va yuqori ko’rinishdagilar) va kuchsizlar irodasi (omma, qullar, poda)
o’rtasidagi kurashdan iborat, deb biladi.
Uning nazarida hokimiyatga aristokratik intilish, bu hayotga intilish,
ko’tarilish belgisi; hokimiyatga qullarcha intilish bu- hech narsaga, o’limga intilish.
Axloq – qullarning xudolarga qarshi quroli, kuchsizlarning kuchlilarga
qarshi o’rnatgan axloqiy fikrlaridan iborat.
Nitsshe qarashlarida ikkita davlat boshqavruvi shakliga baho berilgan.
Uningcha, aristokratik davlat yuqori madaniyat va kuchli insonlar uchun
teplitsa vazifasini o’taydi. Demokratiya esa tanazzulga yuz tutuvchi hokimiyat
shakli sifatida ifodalanadi. Rim imperiyasi, uningcha eng yuqori davlat boshqaruvi
shakli bo’lgan.
U xalq suverentiti g’oyasiga qarshi edi..
Marksizmning paydo bo’lishi ijtimoiy-siyosiy fikr tarixida muayyan bir
bosqichni tashkil qiladi. U Evropada XIX asrning 40 yillarida ishchilar sinfining
mustaqil siyosiy kuch sifatida maydonga chiqishi sharoitida vujudga keldi. Bu
jarayon bilan bog’liq ijtimoiy va sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi mafkura
sohasida ham o’z aksini topdi. Ana shunday mafkuraviy ta’limotlardan biri XIX –
asrning birinchi yarimida vujudga kelgan marksizm ta’limotidir.
Bu ta’limot usha davrda G’arbiy Evropa mamlakatlaridagi iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy hayotda yuz bergan o’zgarishlar, voqeliklardan iborat bo’ldi. Bu ta’limotni
asoschilari bo’lgan Karl Marks va Fridrix Engelslarning davlat, huquq, siyosat va
jamiyat hayoti haqidagi fikrlarini shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Ularning XIX – asrning birinchi yarmidagi fikrlari, ilgari surgan
g’oyalarining mazmun mohiyati 1848 yilda yozilgan “Kommunistik partiya
manifieste” asarida aks etadi.
Ularning fikricha kapitalizm o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi, endi u
bu yo’l bilan o’z taraqqiyotini davom etkaza olmaydi. Shu sababli ham kapitalistik
ishlab chiqarish munosabatlariga asoslangan jamiyat o’z o’rnini boshqa yangi bir
jamiyatga, ya’ni kommunistik jamiyatga bo’shatib beradi, degan ular ta’limotining
asosiy o’zagi edi.
K.Marks va F.Engelsning 1948 yilda yozgan “Kommunistik partiya
manifieste” asari “Evropada bir sharpa oralab yuribdi, bu - kommunizm
sharpasidir” deb boshlangan va vujudga kelayotgan yangi ta’limotlarini ishchilar
sinfi amalga oshiruvchi kuch ekanligiga ishora qilingan edi.
Burjuaziya (ya’ni, juda katta kuchga ega bo’lgna ishlab chiqarish) yangi bio
qurol yasamoqda va bu qurolni o’ziga qarshi qaratish uchun yangi bir sinf-
proletariat sinfini vujudga keltirmoqda.
Ishchilar sinfi revolyutsiya yo’li bilan xususiy mulk va uni himoya qiladigan
barcha hokimiyatni oxirgi elementigacha yo’q qiladi, degan fikr bu ta’limotning
amalga oshirilishida asosiy vosita qilib belgilangan edi.
Birlashgan ishchilar sinfining yaqin oradagi asosiy maqsadi mustaqil sinf
sifatida burjuaziya hukmronligini va uning hokimiyatini yo’qotish g’oyasi,
shuningdek ishchilar sinfi va burjuaziyaning holati haqidagi ushbu fikrlar K. Marks
va F.Engelsning butun faoliyati davrida asosiy va etakchi o’rin egalladi.
O’sha paytd vaqti-vaqti bilan yuz berib turgan iqtisodiy krizislar ishchilar
sinfining ahvolini yomonlashtirar, ularni ish soati oshib, ish haqining kamayishiga
va pulning qadrsizlanishiga olib kelar edi. Bundan xulosa qilgan K.Marks va F
Engels kapitalizmni o’tkinchi tuzum, deb bashorat qilishgan edi. Burjuaziyaning
feodalizmni yo’qotishga qaratilgan quroli, endi ularning o’ziga qarshi qaratiladi,
deyilgan edi “Manifiest” da.
1845-yildan to 1890-yilargacha bo’lgan davr Marks va Engelslar
faoliyatlarida o’zlarining yangi falsafiy ta’limotlarini yanada chuqurroq ishlab
chiqish, rivojlantirish, Yoyish, amaliyotga qo’llash davri bo’ldi. Bu davrda ular
«Nemis ideologiyasi», «Falsafa qashshoqligi», «Kommanifest», Marks esa
o’zining «Kapital» asarini; Engels esa «Anti-Dyuring», «Lyudvig Feyerbax va
nemis klassik falsafasining oxiri», «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib
chiqishi» asarlarini yaratishadi. Marks va Engelslar «Nemis ideologiyasi» asarida
jamiyatni materialistik tushunishni nazariy asoslashga harakat qilishadi.
XIX – asrning 40 yillarida (1847 yilda) vujudga kelgan “Kommunistlar
soyuzi” nomli tashkilotning ozuqa oladigan manbaiga aylangan “Kommunistik
partiya manifiesti” asari keyinchalik ham vujujdga kelgan ko’plab sotsialistik
tashkilotlarning suv ichadgina manbasi bo’lib qoldi.
Bu asarda ilgari surilgan yana bir g’oya “Butun dunyo proletariatlari
birlashingiz” degan g’oya bo’lib, bu g’oya uzoq yillar davomida guyoki bir
chorlovchi mafkuraga aylanib keldi.
K. Marks va F. Engelslar o’z ta’limotlarini yaratishda o’zlaridan oldin
yashagan va ijod qilgan faylasuflar, olimlar hamda siyosatchilarning fikrlarini
hamda faoliyatlarini chuqur o’rgandilar.