OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
YURISPRUDENSIYA: BIZNES HUQUQI BAKALAVR YO‘NALISHI
“KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ” FANIDAN
Kurs ishi
Mavzu: XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
Toshkent -2023
1
Mundarija
KIRISH ......................................................................................................................... 2
I BOB. ESKI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYAMIZDA O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING PREZIDENTI ..................................................................... 6
I.I. Prezidentlikning qonuniy asoslari ........................................................................... 6
I.II. Konstitutsiyada Prezidentlik institutining yoritilishi ........................................... 11
II BOB. YANGI KONSTITUTSIYADA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTI ............................................................................................................ 23
II.I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi konstitutsiyada iflodlangan
vakolatlar ..................................................................................................................... 23
II.II. Yangilangan prezidentlik instituti ....................................................................... 27
XULOSA .................................................................................................................... 29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .................................................................. 31
2
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Sobiq Ittifoq respublikalari orasida
O‘zbekiston birinchi bo‘lib, davlat boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy qildi.
Prezidentlik instituti O‘zbekistonda 1990-yil martida "O‘zbekiston SSR Prezidenti
lavozimini ta’sis etish va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) ga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun bilan joriy etildi. Oliy Sovet
12-chaqiriq birinchi sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti etib Islom Abdug‘aniyevich
Karimov saylandi. 1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
umumxalq Prezidenti saylovlari o‘tkazildi. Saylovlar muqobillik asosida o‘tkazilib,
I.A.Karimov Prezident etib saylandi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonning Prezidentlik institutini joriy
qilish tajribasi, deyarli barcha sobiq ittifoq respublikalarda qabul qilindi.
Davlat boshqaruvining prezidentlik shaklida Prezident umumxalq saylovlarida
saylanadi va davlat boshlig‘i hisoblanadi, ayni vaqtda u ijro hokimiyatni ham
boshqaradi, faqat o‘zi oldida javobgar bo‘lgan hukumatni tuzadi1.
"Prezident" tushunchasi konstitutsiyaviy - huquqiy ma’noda davlat boshlig‘ini
anglatadi. Aynan shuning uchun bu institut jahon davlat – huquqiy amaliyotida
yaratilgan edi. Uning bunday roli Prezidenti bo‘lgan har qanday zamonaviy demokratik
respublikaga
xosdir.
Prezident
davlatni
jipslashtirishi,
davlat
hokimiyati
mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta’minlashi lozim.
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga
muvofiq
Prezident
–
hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga rioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng
muhim institutdir.
Konstitutsiyaning 89-moddasida "O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir", deyilgan.
Davlat boshlig‘i sifatida Prezident davlat hokimiyati organlari tizimida yetakchi
va muvofiqlashtiruvchi rol o‘ynaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro
1 Баратов М.Х. Давлат – фуқаролик ҳуқуқининг субъекти сифатида. –Тошкент: ТДЮИ, 2005.
3
munosabatlarda O‘zbekistonning Oliy vakilligini amalga oshiradi. Davlat boshlig‘i
o‘zida u yoki bu hokimiyat tarmog‘ini emas, balki davlat va butun davlat
hokimiyatining birligini namoyon etadi.
Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti ijro
hokimiyatning boshlig‘i ham hisoblanadi. Ijro hokimiyatiga bevosita iqtisodiyotga,
ijtimoiy va ma’naviy sohalarga boshchilik qilish yuklatilgan. Buning uchun unga
ko‘rsatma, farmoyish beruvchilik vazifalari taqdim etilgan. Ijro hokimiyatiga
qonunlarni ijro etish yuklangan, bu hokimiyatning nomi shundan kelib chiqqan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
XIX
bobi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bo‘lib, ularda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy maqomi belgilab berilgan.
2. O‘zbekistonda Prezidentlik saylovlarini o‘tkazish tartibi
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
90-moddasiga
muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari
tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz
berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi “O‘zbekiston
Respublikasi Prezident saylovi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan belgilangan (1991-yil 18-
noyabrda qabul qilingan).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90 – moddasiga asosan Prezident
lavozimiga nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
birinchidan, 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, faqat O‘zbekiston Respublikasining
fuqarosi Prezident etib saylanishi mumkin;
ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosigina saylanishi mumkin;
uchinchidan, Prezidentlikka nomzodga O‘zbekiston Respublikasi hududida
kamida 10 yil yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bu
muddat - Prezidentlikka nomzod faqat bilimlar va amaliy tajribaga ega bo‘libgina
qolmay, balki O‘zbekistondagi hayotning o‘ziga xos sharoitlarini tushunish uchun ham
zarur va yetarlidir;
4
to‘rtinchidan, davlat tilini yaxshi biladigan O‘zbekiston Respublikasining
fuqarosi Prezidentlikka saylanishi mumkin. Tillardan foydalanishni tartibga solish –
O‘zbekistonda konstitutsiyaviy ahamiyatga ega. U yoki bu tilning davlat tili sifatidagi
maqomi Konstitutsiya bilan belgilanadi. Masalan, Konstitutsiyaning 4-moddasida
"O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir" – deb belgilab qo‘yilgan.
Davlat hokimiyati organlari, rasmiy ish yuritish, sud ishlarini olib borish majburiy
ravishda davlat tilida olib boriladi, normativ-huquqiy hujjatlar va rasmiy nashrlar e’lon
qilinadi2.
O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligi bo‘lmish
o‘zbek xalqining ona tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining
muhim omilidir. Aynan shuning uchun Konstitutsiya va O‘zbekiston suverenitetining
kafili bo‘lmish Prezident o‘zbek tilini yaxshi bilishi shart;
beshinchidan, O‘zbekistonda bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq
Prezident bo‘lib saylanishi mumkin emas.
Kurs ishi mavzusini o‘rganilganlik darajasi: Xabaringiz bor yangi tahrirdagi
konstitutsiyamiz qabul qilinganligiga ko‘p bo‘lmadi. Shu nuqtai nazardan yangi
konstitutsiyamizning sharhi va unga tegishli adabiyotlar hozircha yetarli emas. Biroq
M.X.Baratov,
S.B.Boboqulov,
I.B.Zokirov,
B.I.Ibratov,
O.Oqyulov,
H.R.Rahmonqulov, SH.N.Ro‘zinazarov kabi olimlarimiz tomonida mavzuga doir
qator uslubiy qo‘llanmalar turli yillarda chiqarilgan.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi:
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidentilik tizimining nazariy jihatdan
oʻrganish.
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidentini huquqiy jihatdan tahlil qilish;
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining oʻziga xos xususiyatlarini
oʻrganish;
2 Mirziyoyev Sh.M. —Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash -yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi
mavzusidagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali
marosimdagi ma'ruzasi. - T.: —O'zbekiston, 2017.
5
-
O‘zbekiston
Respublikasining
Prezidentligining
eski
va
yangi
konstitutsiyamizda ifodalanishidagi farqlar.
Kurs ishining obyekti: Eski va yangi kostitutsiya, konstitutsiyaviy adabiyotlar;
Kurs ishining predmeti: Eski va yangi kostitutsiyadagi O‘zbekiston
Respublikasining Prezidentligini oʻrganish.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida bayon etilgan
mulohazalar, nazariy xulosalar va amaliy takliflar xalqaro munosabatlarda
O‘zbekistonning o‘rnini aniqlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotda tutgan
mavqyeini o‘rganish uchun asos qilib olish mumkin. O‘rganish natijalari o‘quv
yurtlarida mavzuga oid ma'ruzalarni o‘qitishda ma'lumot sifatida foydalanish
mumkin.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi 2ta bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
6
I BOB. ESKI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYAMIZDA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI
I.I. Prezidentlikning qonuniy asoslari
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
90-moddasining
2-qismida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylashning asosiy prinsiplari aniq belgilab
qo‘yilgan. Prezidentlik Respublikalarida Prezident mamlakatning barcha saylovchilari
tomonidan umumxalq saylovlari yo‘li bilan saylanadi.
O‘zbekistonda Prezident saylovlari umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin
ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Prezidentning o‘z lavozimida bo‘lish muddati
5 yildir. O‘zbekistondagi 1991- va 2000-yillardagi Prezident saylovlari aynan shu yo‘l
bilan o‘tkazildi.
Prezident saylovlarini o‘tkazish tartibi 1991-yil 18-noyabrdagi "O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovlari to‘g‘risida"gi Qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Bu
qonunga 2004-yil 2-dekabrdagi Qonunini bilan o‘zgartirish kiritilgan..
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti qasamyod qabul qilgan
paytdan boshlab, o‘z lavozimini bajarishga kirishadi. Qasamyod – tantanali va’da,
Konstitutsiya va xalqqa xizmat qilish yuzasidan Prezident o‘z lavozimiga kirishganda
beradigan qasamyoddir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyodining matni
Konstitutsiyaning 92-moddasida berilgan:
"O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning
Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va
erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman."
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti parlament deputatlari oldida tantanali
ravishda qasamyod qabul qiladi. Qasamyod qabul qilishda Prezidentning qo‘l ostida
Konstitutsiya matni bo‘ladi. Prezident O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat
qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga,
fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, o‘z zimmasiga yuklatilgan
7
vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qiladi. Prezident qasamyod qabul qilishi
bilan, davlat madhiyasi ijro etiladi.
O‘zbekistonda umumxalq saylovida saylangan Prezident I.A.Karimov birinchi
bo‘lib qasamyod qabul qildi. Agar bir shaxs ikkinchi marta Prezident bo‘lib saylansa,
qasamyod takroran qabul qilinadi.
Prezidentning qasamyodi faqat rasmiy tantanali marosim sifatidagina qabul
qilinmaydi. Shuningdek, u yuridik ahamiyatga ham ega.
Prezident qasamyodining yuridik ahamiyati quyidagilardan iborat:
birinchidan, Prezident qasamyod qabul qilishi bilan o‘z lavozimiga kirishadi va
o‘zining konstitutsiyaviy vakolatlarini bajara boshlaydi. Shu vaqtdan boshlab, oldingi
Prezident o‘z vakolatini tugatadi;
ikkinchidan, qasamyodning matni odatda Konstitutsiyada beriladi, xalqqa e’lon
qilinadi va parlament oldida Prezident tomonidan tantanali qabul qilinadi. Qasamyod
matnida Konstitutsiyaga sadoqat, xalq va davlatga xizmat qilish bilan birga, ko‘pincha
diniy tusdagi ifodalar bo‘ladi yoki qasamyod Qur’onda yoxud Injilda qabul qilinadi;
uchinchidan, qasamyodni buzish Prezidentni javobgarlikka olib keladi, bu uning
o‘z lavozimidan chetlatilishi uchun asos bo‘lishi mumkin (bunday marosim ko‘p
mamlakatlarda impichment nomini olgan);
to‘rtinchidan, Prezident o‘ziga bevosita berilmagan vakolatlarga asoslangan
harakatlarida unga qasamyod yuklagan majburiyatlarini ro‘kach qilish imkoniga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 91-moddasida Prezident o‘z
lavozimida ishlayotgan vaqtda quyidagi vazifalarni birga olib bormasligi nazarda
tutilgan:
birinchidan, boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallash;
ikkinchidan, vakillik organining deputati (parlament, mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarish) bo‘lish;
uchinchidan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti daxlsizlik huquqiga ega. Prezidentning
daxlsizligi mutlaq bo‘lib, u bajaradigan majburiyatlardan kelib chiqib, Prezidentning
8
qonunlar bilan alohida muhofaza etilishini anglatadi. Prezident shaxsining daxlsizligi
uning butun vakolatlari davomida alohida kafolatlarni ta’minlanishi bilan bog‘liq.
2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “ O‘zbeksiton Prezidenti faoliyatining asosiy
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun bilan kafolatlanadi3.
Prezident shaxsining daxlsizligi unga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin
emasligini bildiradi. Prezident majburiy ravishda, masalan, guvoh sifatida sudga
chaqirilishi, ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Prezident hibsga olinishi,
tintuv etilishi va shaxsiy ko‘zdan kechirilishi mumkin emas. Shu ma’noda
Prezidentning shaxsi daxlsizdir.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari
Prezident konstitutsiyaviy vakolatlarining ko‘lami uning davlat va ijroiya
hokimiyatining boshlig‘i ekanligidan kelib chiqadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentiga uning davlat hokimiyati organlari tizimidagi ko‘plab vakolatlarni beradi.
Prezident
faqat
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasida
o‘rnatilgan
doiralardagina faoliyat ko‘rsatadi. Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari davlat va
jamiyat hayoti faoliyatining eng muhim sohalarini qamrab oladi.
Ko‘pgina xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat boshlig‘ining konstitutsiyaviy
vakolatlari tarixiy rivojlanish bosqichlarining, shu davlatda istiqomat qilayotgan
xalqlarning milliy kelib chiqish xususiyatlari va jug‘rofiy joylashuvining ta’sirida turli
xil belgilangan bo‘ladi. Asosan, davlat boshlig‘ining konstitutsiyaviy vakolat
muddatlari diqqatga sazovordir. Masalan: AQSH, Rossiyada – 4 yil, Fransiya, Ukraina,
Germaniya, Braziliyada – 5 yil, Meksika, Misrda – 6 yil, Italiya, Isroilda – 7 yil.
Prezident vakolat muddatlarining bunday tartibda belgilanganligi yuqorida ta’kidlab
o‘tganimizdek, har bir millat va elatlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari bilan
bog‘liqdir.
O‘zbekiston
Respublikasida
o‘tkazilgan
2002-yil
27-yanvardagi
referendum, mustaqillikdan keyingi davrning eng muhim O‘zbekiston tarixida
3 Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг
кундалик қоидаси бўлиши керак. – Т.: Ўзбекистон, 2017.
9
munosib o‘rin egallaydigan davlat boshqaruvining takomillashtirish rejalarini belgilab
berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II-chaqiriq sakkizinchi sessiyasida
qabul qilingan: O‘zbekiston Respublikasining, "Referendum yakunlari hamda davlat
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy
Qonunning 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy
vakolat muddati mustahkamlangan: umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi
asosida yashirish ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati – yetti yil", deb belgilanganligi davlat
boshlig‘ining o‘z xalqi oldiga qo‘ygan vazifasini bajarish uchun keng imkoniyatlar
yaratib beradi. Ushbu norma 2003-yil 24-aprelda O‘zbekiston Konstitutsiyasiga
kiritildi.
Prezidentning asosiy vazifasi – davlatning birligini mamlakat ichida va
tashqarisida namoyon qilishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining quyidagi yo‘nalishlarida
uning konstitutsiyaviy vakolatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
1. Avvalambor, O‘zbekiston Prezidenti fuqarolar huquq va erkinliklarining
kafilidir. Bu shuni bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti inson huquqlarini
himoya qilish mexanizmining uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javobgar, biror sabab
bilan ushbu huquq va erkinliklar amalga oshirilishi buzilgan hollarda tegishli choralar
ko‘rishga majbur. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning ta’sirchan
mexanizmini yaratish, xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni
kengaytirish, davlat organlari xodimlari va butun aholining inson huquqlari masalalari
bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida, BMTning demokratiyalash, inson
huquqlari va boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tavsiyalariga muvofiq,
O‘zbekiston Prezidenti 1996-yilning 31-oktabridagi farmoni bilan Inson huquqlari
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazini tashkil qildi.
Prezident inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan hamda
aholining alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini, masalan pensionerlar,
nogironlar va davlat tomonidan himoyaga muhtoj fuqarolarni muhofaza qilishga
10
yo‘naltirilgan qonunlar, farmonlar chiqarish orqali o‘zining inson huquq va
erkinliklarining kafili sifatidagi funksiyasini bajarib kelmoqda.
2. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga rioya
etilishining kafilidir. Prezident o‘z vakolatlarini amalga oshira borib, barcha davlat
organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarining o‘z konstitutsiyaviy majburiyatlarni
zarur darajada bajarishlarini ta’minlaydi. U xatti-harakatlari Konstitutsiya talablariga
javob bermayotgan organlar va shaxslarga bevosita murojaat qilish orqali ham, shu
sohadagi vakolatli organlar, xususan sudlar vositasida ham bunga erishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyada belgilangan tartibda
O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini
muhofaza etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘radi. Suverenitetni muhofaza
kilish davlat hokimiyati barcha tarmoqlarining faoliyat ko‘rsatishi orqali ta’minlanadi.
Shuning uchun Prezident maxsus vakolatlarga ega, xususan, favqulodda vaziyatlar
(real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz
berganda shaxsan o‘zi tezkor qarorlar qabul qiladi. Masalan, u fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki
uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun
mobaynida Respublika Oliy Majlisining tasdig‘iga kiritadi4.
3. Prezident davlat boshlig‘i sifatida xalqaro munosabatlar sohasida muhim
vakolatlarga ega. Bunda u muhim vakillik funksiyasini bajaradi. Bu funksiyani u yakka
o‘zi shaxsan amalga oshiradi.
Prezident mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi
nomidan ish yuritadi.
4 Мирзиѐев Ш.М. Бирлашган миллатлар ташкилоти Бош ассамблеясининг 72 сессиясида сўзлаган нутқи. /Халқ
сўзи, -Тошкент: 2017. 20 сентябрь.
11
I.II. Konstitutsiyada Prezidentlik institutining yoritilishi
Prezident xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining vakilidir. Bu
yerda Prezident O‘zbekiston Respublikasini xalqaro munosabatlari subyekti, suveren
va mustaqil mamlakat sifatida namoyon qiladi. Bu shuni anglatadiki, faqat
Prezidentgina shartnoma va bitimlarga imzo chekishi, muzokaralarda O‘zbekiston
nomidan qatnashishi, Respublikaning xalqaro majburiyatlari bajarilishini ta’minlashi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma va bitimlari qonun qabul qilish
orqali O‘zbekiston Oliy Majlis palatalari tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.
Xalqaro shartnoma va bitimning ratifikatsiya qilinganligi ratifikatsiya yorlig‘i bilan
tasdiqlanadi. Ratifikatsiya yorlig‘iga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzo
chekadi. Ikki tomonlama shartnoma va bitimlar tuzilganda uning ishtirokchilari
ratifikatsiya yorliqlarini almashadilar. Ko‘p tomonlama shartnomalarda ratifikatsiya
yorlig‘i depozitariy davlatga yoki xalqaro shartnoma matnini saqlovchi xalqaro
tashkilotga berib qo‘yiladi.
Prezidentning tashqi siyosat sohasidagi muhim vakolatlari jumlasiga
qo‘yidagilar kiradi:
Akkreditatsiyadan o‘tgan elchilar va boshqa diplomatik vakillarga ishonch va
chaqirib olish yorliqlarini topshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga O‘zbekiston Respublikasining
chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlardagi elchilari va boshqa diplomatik vakillari
nomzodlarini tayinlash va vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida taqdim kiritadi.
Yorliqlar topshirilayotganda, odatda tashqi ishlar vaziri qatnashadi. Diplomatik
vakil o‘zining nomini, davlatning nomini, davlat boshlig‘ining nomini aytadi, yorliqni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga topshiradi. Ko‘pincha yorliqlar topshirish
uchun bir nechta yangi elchilar yig‘ilishadi. Yorliqlar topshirilgach, O‘zbekiston
Prezidenti yangi elchi bilan qisqacha suhbatlashadi. Prezidentning ishonch yorlig‘ini
qabul qilishi shuni anglatadiki, tayinlangan va O‘zbekiston Respublikasiga kelgan
xorijiy davlat elchisi yoki diplomatik vakil yoxud xalqaro tashkilot vakili
12
akkreditatsiyadan o‘tgan, ya’ni rasmiy ravishda mamlakatimizda o‘z majburiyatlarini
bajarishga kirishgan deb hisoblanadi.
Xorijiy davlat elchisi yoki xalqaro tashkilot hamda xorijiy davlatning diplomatik
vakili funksiyasini bajarishining to‘xtatilishi Prezidentga chaqiruv yorlig‘ini topshirish
orqali rasmiylashtiriladi.
Chet el davlatlarida O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatlarining
boshliqlarini tayinlash va chaqirib olishning tartibi "Xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston
Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining boshliqlarini tayinlash va ularni chaqirib
olish to‘g‘risida" gi 1992-yil 3-iyuldagi qonun bilan belgilanadi. Bu qonun "
Diplomatik aloqalar to‘g‘risida" gi 1961-yilgi Vena konvensiyasi hamda boshqa
umume’tirof etgan xalqaro - huquqiy normalar va qoidalarga to‘la mos keladi.
Xorijiy davlatdagi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasining
boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimi bilan Senat tomonidan
tayinlanadi. Diplomatik vakolatxona boshlig‘i lavozimiga nomzodni Tashqi ishlar
vazirligi manfaatdor organlarning kelishuvini olgan holda tavsiya etadi. Favqulodda va
muxtor elchi yoki favqulodda va muxtor vakilning belgilangan mamlakatga jo‘nab
ketishidan oldin Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzo
chekkan va tashqi ishlar vazirining imzosi qo‘yilgan, belgilangan davlat boshlig‘iga
berish uchun mo‘ljallangan ishonch yorlig‘ini tayyorlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining boshlig‘ini chaqirib
olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
birinchidan, diplomatik vakolatxona boshlig‘i almashtirilganda;
ikkinchidan, diplomatik vakolatxona boshlig‘i nomaqbul shaxs (person non
grata) deb e’lon qilinganda;
uchinchidan, davlatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilganda;
to‘rtinchidan, davlatlar o‘rtasida urush holati e’lon qilinganda;
beshinchidan, davlat xalqaro huquq subyekti sifatida mavjudligini tugatganda.
4. Konstitutsiyada belgilab qo‘yilganidek, Prezident mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotning, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan Oliy
Majlis palatalariga har yili ma’ruzalar taqdim etadi Uning ma’ruzasi normativ hujjat
13
hisoblanmaydi. Bu axborot siyosiy tusga ega bo‘lib, mamlakatni rivojlantirishning
dasturiy prinsiplari va strategik vazifalarini o‘z ichiga oladi.
Ma’ruzada O‘zbekiston Prezidentining mamlakat kelajagini qanday tasavvur
qilayotganligi bayon etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning
quyidagi chiqishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1995-yil 23-fevraldagi birinchi
chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi "O‘zbekiston ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy
rivojlanishining asosiy tamoyillari", 1996-yil 29-avgustdagi milliy parlamentning
oltinchi
sessiyasidagi,
"Hozirgi
bosqichda
demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirishning eng muhim vazifalari", 1999-yil 14-aprelda o‘n to‘rtinchi
sessiyadagi, "O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda"; 2000-yil 22-yanvarda ikkinchi
chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi, "Oliy maqsadimiz - Vatan ozodligi va
obodligi, xalq erkinligi va farovonligi" , 2005-yil 28-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Senatning qo‘shma majlisida “ Bizning bosh maqsadimiz- jamiyatni
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir”
mavzusidagi chiqishlari davlatning tashqi va ichki siyosatning asosiy yo‘nalishlarini
ko‘rsatib o‘tildi. Prezidentning bu ma’ruzalarida mamlakat taraqqiyotining strategik
ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining , ichki va tashqi siyosatining eng
muhim masalalari yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma
majlisida nutq so‘zlaydi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijroiya hokimiyatini tuzish bilan
bog‘liq vakolatlari ancha keng bayon qilingan. Bunday vakolatlarning ko‘pchiligiga
quyidagi ikkita sabab bor:
birinchidan, Prezident bo‘lib saylangan shaxsning dasturi umumxalq saylovlari
orqali qo‘llab - quvvatlangani uchun u ijro hokimiyat organlarini tuzishda ma’lum
vakolatlarga ega bo‘lishi kerak. Chunki uning dasturini bajarish asosan, ijro hokimiyati
organlari zimmasiga tushadi, ularni tuzishda Prezidentning vakolatlari juda muhim
o‘rin tutadi;
ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslaridan
biri bo‘lmish hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatining biror organi
14
faqat bir hokimiyat tarmog‘i tomonidan tuzilishini istisno qiladi. Shuning uchun davlat
hokimiyatining markaziy organlarini tuzishga ham Prezident, ham Oliy Majlis jalb
qilingan. Bunga quyidagi ikki yo‘l bilan erishiladi: Prezident muayyan mansabdor
shaxslarni tayinlaydi, Oliy Majlis esa ma’qullaydi, yoxud Oliy Majlis tayinlaydi,
nomzodni esa Prezident taklif qiladi.
Ijro hokimiyati organlarini tashkil qilishda Prezidentning vakolatlari juda keng.
Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va
tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi. Bosh
vazirning taqdimiga binoan Prezident O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi. Bundan tashqari Prezident ijro
etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident vazirliklar,
davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi
hamda shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oliy Majlis palatalar tasdig‘iga
kiritadi. Prezident Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi va ularni
lavozimidan ozod qiladi, keyinchilik bu masalalarni Oliy Majlis Senatining tasdig‘iga
kiritadi. Shuningdek, Prezident viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini
tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq
deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritadi. Prezident o‘z qarori bilan Konstitutsiyani,
qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr - qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti - harakat
sodir etgan tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod etishga haqli. O‘zbekiston
Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini
tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalaga doir farmonlarni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati taqdimiga kiritadi5.
6. Sud hokimiyati organlariga kelganda, shuni aytish mumkinki, Prezident Oliy
Majlis Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari ,
Oliy xo‘jalik sud raisi va sudyalari nomzodlarni taqdim etadi. Ularni Oliy Majlis Senati
saylaydi.
Shuningdek, Prezident viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo‘jalik
sudi sudyalarini tayinlaydi va lavozimlardan ozod qiladi. Prezidentning taqdimiga
5 Каримов И.А. Асарлар тўплами. Ж. 1-23. Т.: Ўзбекистон. 1996-2016.
15
binoan, Oliy Majlis Senati Markaziy Bank boshqaruvi raisi, Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Faqat ijro hokimiyati organlarini tuzishgina emas, balki ularning faoliyati bilan
bog‘liq sohada ham Prezidentga katta vakolatlar berilgan. Konstitutsiyaga muvofiq
Prezident ijro hokimiyatining boshlig‘i hisoblanadi. Bosh vazir taqdimiga binoan
hukumat a’zolarini tasdiqlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi.
Agar respublika boshqaruv organlarining, shuningdek, hokimlarning qabul
qilgan hujjatlari Konstitutsiya va qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
majburiyatlariga zid bo‘lsa yoki ular inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini
poymol qilsa, ushbu masala tegishli sudda hal qilinmagunicha Prezident bu hujjatlarni
to‘xtatish yoki bekor qilishga haqli.
7. Prezidentning respublika davlat va boshqaruv oliy organlarining o‘zaro
hamkorligini ta’minlashdagi vakolatlari ham bor. Buning uchun u Konstitutsiyada
o‘rnatilgan, Oliy Majlisga ta’sir o‘tkazish (XVIII bob), Vazirlar Mahkamasiga ta’sir
o‘tkazish (XX bob) dastaklaridan foydalanishi, ba’zi hollarda sudga murojaat qilishi,
masalani Konstitutsiyaviy sud ko‘rib chiqishi uchun taqdim etishi mumkin
Prezident O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo‘mitalarini hamda
davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, buni Oliy Majlis
palatalarining tasdig‘iga kiritadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlash
uchun Prezident Konstitutsiyada ko‘rsatilgan boshqa vositalardan ham foydalanish
imkoniga ega. Lekin Prezidentning davlat va ijro hokimiyati boshlig‘i sifatidagi obro‘si
hal qiluvchi omil hisoblanadi. Chunki u to‘g‘ridan - to‘g‘ri umumiy saylovlarda xalq
topshirgan siyosiy mandatga ega.
8. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunlarni imzolaydi.
Prezidentning imzosi bo‘lmasa, qonun kuchga kirmaydi. Bu davlat boshlig‘ining
an’anaviy funksiyasi bo‘lib, qonunga majburiy kuch beradi va qonun chiqaruvchilik
jarayonini yakunlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan
qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Prezidentga o‘n kun ichida yuboriladi.
Prezident esa o‘ttiz kun ichida qonunni imzolaydi hamda matbuotda e’lon qilinadi
16
Qonunni imzolash rasmiy akt emas. Qonunni imzolash uning xalqqa e’lon
qilinganligini, ya’ni uni ommaga bildirganligini anglatadi. Bunday rasmiy e’lon qilish
- Oliy Majlis qabul qilgan va Prezident imzolagan qonun matnini rasmiy maqom
berilgan matbuot organida nashr etishdir. Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishida ular qo‘llanilishining majburiy shartidir.
Qonun butun O‘zbekiston Respublikasi xududida kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib,
uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga
haqli. Konstitutsiyaviy huquqda bu "Prezident vetosi" nomini olgan bo‘lib,
boshqaruvning prezidentlik shaklidagi davlatlarga xosdir6.
Veto - davlat boshlig‘ining parlament qabul qilgan, lekin hali kuchga kirmagan
qonunga e’tiroz bildirish huquqidir. O‘zbekiston Konstitutsiyasida "Veto" atamasi
ishlatilmagan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida Prezidentning asoslangan e’tirozini
bildirib, qonunni takroran muhokama qilish va ovozga quyish uchun Oliy Majlisga
qaytarish huquqi haqida gapiriladi.
Qaytarish uchun asoslar ro‘yxati Konstitutsiyada ko‘rsatilmagan, lekin qonunni
qaytarar ekan, Prezident bunday qarorning sababini asoslab beradi. Bunda Prezident
umuman qonunga va e’lon qiladi yoki uning biror qoidasiga e’tiroz bildirishi mumkin.
Agar Prezident tomonidan qaytarilgan qonunni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
va Senati a’zolarining umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi
ma’qullasa, qonun o‘n to‘rt kun ichida Prezident imzolashi va e’lon qilishi kerak
bo‘ladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat masalasidagi
vakolatlari Konstitutsiya 93-moddasining 19-bandida aniq ifodalangan.
Faqat Prezidentgina butun respublika hududida yoki uning ayrim joylarida
favqulodda holat joriy etishga haqli. U qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida Oliy
Majlisning palatalari tasdig‘iga kiritadi. Lekin Prezident bunday qarorni qabul qilishda
erkin emas, chunki favqulodda holat faqat qonunda belgilangan hollarda va
6 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини
ривожлантириш концепцияси. – Т.: Ўзбекистон, 12 ноябрь 2010.
17
tartibdagina joriy etiladi. Prezident bu haqda qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oliy
Majlis palatalarining tasdig‘iga kiritadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining harbiy sohadagi vakolatlari ancha
keng. U respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli
Kuchlarning Oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, Xavfsizlik
Kengashini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi.
Prezidentning Oliy Bosh qo‘mondon ekanligi Mudofaa vazirligiga har qanday
buyruqlar berishiga imkon tug‘diradi. Mudofaa vaziri amalda bevosita Prezident
rahbarligida ishlaydi. Urush yoki agressiya holatida Prezident har qanday vaqtda
Qurolli kuchlarga boshchilik qilishni o‘z qo‘liga olishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tajovuzdan, bir - birini mudofaa qilish
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush
holati e’lon qilishga haqli, u bu qarorini uch kun mobaynida mamlakat Oliy Majlisi
palatalarinig tasdig‘iga kiritadi.
11. Davlat boshlig‘i sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
vakolatlari
jumlasiga
fuqarolik,
siyosiy
boshpana
berish,
O‘zbekiston
Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash, amnistiya to‘g‘risidagi
hujjatlarni qabul qilish haqida Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritish va avf etish
kabi masalalarni hal qilish kiritilgan.
O‘zbekistonda yagona fuqarolik o‘rnatilgan bo‘lib, unga qanday asoslarda ega
bo‘lishidan qat’iy nazar barcha uchun tengdir (Konstitutsiyaning 21-moddasi).
Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotishning asos va tartiblari O‘zbekiston
Respublikasining "Fuqarolik to‘g‘risida" gi qonuni bilan belgilanadi. Qonunning 30-
moddasida Prezidentning fuqarolik masalalari bo‘yicha vakolatlari belgilangan.
Prezident bu masala bo‘yicha quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet
el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining
fuqaroligiga qabul qilish;
18
ikkinchidan, xorijda yashayotgan tegishli iltimosnoma bilan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga murojaat qilgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish;
uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga tiklash to‘g‘risida;
to‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risida;
beshinchidan,
O‘zbekiston
Respublikasining
fuqaroligini
yo‘qotganlik
to‘g‘risida.
Yuqorida aytilgan masalalarni dastlabki ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzurida fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya tuzilgan. U
har bir ariza yoki iltimosnomaning Prezident ko‘rib chiqishiga tayyorlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilish va undan chiqishining
batafsil tartibi (zarur hujjatlari, ular qayerga yuborilishi kerak va h.k.). "O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishning tartibi
to‘g‘risidagi qoidalar" bilan tartibga solinadi. U 1992-yil 22-noyabrda O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
farmoni
bilan
tasdiqlangan.
O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha Prezident farmon chiqaradi7.
Siyosiy boshpana – o‘z mamlakatida siyosiy vajlarga ko‘ra ta’qib qilinayotgan
xorijiy shaxsga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga boshqa mamlakatda yashash huquqini
berishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xorijiy shaxsga yoki
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga siyosiy boshpana berilishi shuni anglatadiki, bu odam
O‘zbekistonga kelishi mumkin va jinoyatchi sifatida boshqa davlatga berilmaydi.
Odatda siyosiy boshpana siyosiy faoliyati, ilmiy va madaniy vajlar uchun, milliy va
diniy vajlar tufayli ta’qib qilinayotgan shaxslarga beriladi. Siyosiy boshpana huquqi
1948 yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (14-modda) va BMT Bosh
Assambleyasining 1967-yil 14-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan hududiy
boshpana to‘g‘risidagi deklaratsiyada nazarda tutilgan, lekin rezolyutsiya faqat tavsiya
xususiyatiga ega. Siyosiy boshpana olish uchun zarur bo‘lgan shartlarni belgilash –
boshpana
berayotgan
davlatning
suveren
huquqidir.
Faqat
O‘zbekiston
7 Баратов М.Х. Давлат – фуқаролик ҳуқуқининг субъекти сифатида. –Тошкент: ТДЮИ, 2005.
19
Respublikasinitng Prezidentigina siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi qarorni qabul
qilishga vakolatlidir.
12. Davlat mukofotlari va faxriy unvonlar – davlatning iqtisod, fan, madaniyat,
san’at, Vatanni himoya qilish va ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi yuksak
xizmatlari uchun fuqarolarni rag‘batlantirishning oliy shaklidir.
Konstitutsiyaga muvofiq davlat mukofotlari (ordenlar, medallar, yorliqlar) bilan
taqdirlash O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. U
oliy harbiy unvonlarni (masalan, armiya generali), oliy malakaviy unvonlarni
(masalan, diplomatik daraja), oliy maxsus unvonlarni (masalan, amaldagi davlat adliya
maslahatchisining toifa darajasini) beradi. Fan va texnika, adabiyot va san’at
sohasidagi davlat mukofotlari bo‘yicha komissiyaning qarori Prezident farmonlari
bilan tasdiqlanadi. Faqat O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarigina emas, balki
xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham davlat mukofotlari va faxrli
unvonlar bilan mukofotlanishi mumkin. Masalan, 1996-yil aprelda fransuz olimi,
professor L. Keren Amir Temur merosini o‘rganishga qo‘shgan katta hissasi uchun
"Shuhrat" medali bilan mukofotlandi.
Mukofotlangan shaxs qasddan jinoyat sodir etganda sudning taqdimnomasiga
binoan faqat Prezident tomonidan davlat mukofotlaridan mahrum qilinishi mumkin
(Prezidentning maxsus farmoni chiqariladi).
13. Amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oliy Majlisning
Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan
hukm qilingan shaxslarni avf etadi. Amnistiya – jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy
javobgarlikdan to‘la yoxud qisman ozod qilish yoki ilgari sud tayinlagan jazoni o‘tagan
shaxslarning sudlanganligini olib tashlashdir. Amnistiya e’lon qilinishi bilan jazoni
o‘tayotgan shaxslar uni o‘tashdan ozod qilinadilar yoki jazo muddati qisqartiriladi.
Agar ayblanuvchi ishning amnistiya bo‘yicha to‘xtatilishiga e’tiroz bildirsa, ushbu ish
tergovi va sud yurituvida davom etadi. Sud ayblanuvchini aybdor deb topsa, shu
amnistiya aktida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston sudlari tomonidan hukm
qilingan fuqarolarni afv etadi. Afv etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilar ekan,
20
Prezident inson huquqlari va erkinliklarining kafolati sifatida maydonga chiqadi.
Chunki mahkumning O‘zbekiston Prezidentiga murojaat qilishi – jinoiy jazo chorasini
qaydaydir darajasida bo‘lsada o‘zgartirishning so‘nggi imkoniyatidir.
Amnistiyadan farqli ravishda afv – individual akt, ya’ni muayyan shaxs yoki
shaxslar guruhiga taalluqli hujjatdir. Afv hukm qonuniy kuchga kirgan jinoyati uchun
sudlangan shaxsni jazodan ozod qilish yoki jazoni yumshatishdir. Afv etish
reabilitatsiyadan farq qiladi. Reabilitatsiya (oqlash) ham individual akt, lekin u
oqlangan shaxs noqonuniy hukm qilinganini bildiradi. Afv esa hukmning to‘g‘riligini
tasdiqlaydi, lekin mahkumning holatini yengillashtiradi (jazo chorasini o‘zgartirish,
jazoni o‘tashdan ozod qilish).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti o‘z vakolatlarini bajarishni davlat
idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
14. Konstitutsiyaning 95-moddasi ko‘p mamlakatlarda mavjud bo‘lgan davlat
boshlig‘ining parlamentni tarqatib yuborish institutiga bag‘ishlangan. Parlamentni
tarqatib yuborish - uning vakolatlari tugaguncha, yangi saylovlar belgilangunicha
parlament
faoliyatining
to‘xtatilishidir.
Parlamentni
tarkatib
yuborish
hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipini amalga oshiradigan muvozanatlar va ziddiyatlar
tizimining muhim elementidir.
Parlamentni tarqatib yuborish, qoida tariqasida, Konstitutsiya amalga oshirish
mumkin yoki qonunlar asosida ko‘rsatilgan.
Prezident Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yoki Senati faqat Konstitutsiyada
aniq belgilangan hollardagina tarqatishi mumkin:
birinchidan, Oliy Majlisning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yoki Senatini
tarkibida uning normal faoliyatini tahdidga soladigan, hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar
yuz berganda;
ikkinchidan, Oliy Majlis palatalari bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar
qabul qilganda;
uchinchidan, Qonunchilik palatasi bilan Senat o‘rtasida Oliy Majlisning normal
faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda;
To‘rtinchidan, tarqatib yuborishga Konstitutsiyaviy sudning roziligi bo‘lganda.
21
Demokratik tuzumdagi parlamentni tarqatib yuborish instituti uchun ikki
tomonlama bir xil yuridik aloqa xosdir: parlament tarkibi faoliyatining to‘xtatilishi va
yangi saylovlarning belgilanishi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 95 - moddasida Oliy
Majlis Qonunchilik palatasi, Senatini tarqatilgan taqdirda yangi saylov uch oy
mobaynida, o‘tkazilishi ko‘rsatilgan8.
Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 95-moddasining 3-qismida Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasi va Senatini tarqatib yuborilishini cheklovchi qoida belgilab
qo‘yilgan. Masalan, butun O‘zbekiston hududida favqulodda holat joriy qilingan
bo‘lsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini tarqatilishi mumkin emas.
Bunday, alohida favqulodda vaziyatda davlat amaldagi parlamentsiz qolishi mumkin
emas.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisi
palatalarini tarqatib yuborish huquqi mutloq emas, chunki bu huquq Konstitutsiyada
qat’iy belgilangan vaziyatlar bilan chegaralangan.
5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy
hujjatlar
Konstitutsiyaning 94-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan
mamlakatning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar qarorlar va
farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti o‘z vazifalari va konstitutsiyaviy
vakolatlarining amalga oshirish maqsadida ko‘p qirrali huquq ijodkorligi faoliyatini
yuritadi.
Prezident butun O‘zbekiston hududida bevosita amal qiladigan, majburiy
kuchga ega bo‘lgan uch xil normativ-huquqiy hujjat:
farmonlar;
qarorlar;
farmoyishlar chiqaradi.
8 Зокиров И.Б. Ўзбекистон ССРнинг гражданлик ҳуқуқи. 1-қисм. (А.А.Аъзамхўжаев ва Ф.Х.Сайфуллаевлар
таҳрири остида). 2-нашр. – Тошкент: Ўқитувчи,. 1988.
22
Farmon – aniq bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqli bo‘lib, uzoq
muddatga amal qiladi. Farmon – normativ-huquqiy hujjat. U huquqni qo‘llash
xususiyatiga ham ega bo‘lishi mumkin va demakki, normativ mazmunga ega
bo‘lmasligi ham mumkin. Normativ mazmundagi farmonlar nashr etiladi, masalan u
yoki bu shaxsni biror lavozimga tayinlash to‘g‘risida.
Farmoyish – individual tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir.
Prezident chiqaradigan hujjatlar uning o‘zi tomonidan mustaqil chiqariladi.
Prezident chiqaradigan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar Konstitutsiya va
qonunlarga zid bo‘lmasligi shart. Chunki ular Konstitutsiya va qonunlar asosida, ularni
bajarish maqsadida chiqariladi. Prezident chiqargan normativ hujjatlarining
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risidagi masala, zaruriyat
tug‘ilganda, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan hal
qilinadi (Konstitutsiyaning 109-moddasi). Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha
Konstitutsiyaviy sud butun hujjat yoki uning ayrim qoidalari konstitutsiyaviy yoxud
g‘ayri konstitutsiyaviy ekanligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Shu tariqa
Prezident aktlarining konstitutsiyaviy bo‘lishi kafolati ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
qonun osti hujjatlari deb atalmaydi. Lekin ular Konstitutsiya va mamlakat qonunlariga
zid bo‘lmasligi shart (16-modda). Lekin "Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda
ularni ijro etish yuzasidan" deyilgan konstitutsiyaviy bayon qilish, shuningdek, faqat
qonun tomonidan tartibga solinadigan masalalar ro‘yxatining Konstitutsiyada mavjud
emasligi – Prezidentning huquq ijodkorligi faoliyatini keng talqin qilishga imkon
beradi. Biror masalani qonun bilan tartibga solish mavjud bo‘lmagan hollarda,
Prezident oldindan ushbu masala yuzasidan normativ farmon chiqarishi mumkin.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
normativ-huquqiy
hujjatlari
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xabarnomasi" va shuningdek,respublika
gazetalarida rasman e’lon qilinadi.
23
II BOB. YANGI KONSTITUTSIYADA O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI PREZIDENTI
II.I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi konstitutsiyada
iflodlangan vakolatlar
89-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini
ta’minlaydi.
93-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;
2) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini
muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish
yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi
nomidan ish ko‘radi;
4) muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va
bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va
uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
5) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning
ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
6) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa
vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senatiga taqdim etadi;
7) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini
amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;
24
8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini
ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa
organlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan
tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi;
9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
10) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va
tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi
hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda
yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi;
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
a’zolarini
tasdiqlaydi
va
lavozimlaridan ozod qiladi;
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlaydi
va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim
etadi;
14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi;
15) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar
hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda
25
lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-
qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini
Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;
16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan
hujjatlarini ular qonunchilik normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda to‘xtatadi, bekor
qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga
haqli;
17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi;
qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish
uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini
mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati
tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi;
19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik
halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini
ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim
joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda
holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni
hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod
qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan
mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid
masalalarni hal etadi;
23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston
Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
26
24) Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi,
keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
25) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda
tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor
shaxslarga topshirishga haqli emas.
27
II.II. Yangilangan prezidentlik instituti
90-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik
bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil
O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi
O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.
91-modda.
Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan
lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
92-modda.
Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi
qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:
“O‘zbekiston
xalqiga
sadoqat
bilan
xizmat
qilishga,
respublikaning
Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va
erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.
94-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga
asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy
kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
95-modda.
28
Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid
soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda,
shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz
berganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib
yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati
favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.
96-modda.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara
olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida,
qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
97-modda.
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat
a’zosi lavozimini egallaydi.
29
XULOSA
Xulosa shuki, yangilangan konstitutsiyaviy qonun loyihasida inson huquq va
erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy majburiyati etib belgilanmoqda. Inson va
davlat organlari oʻrtasida yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin
qilinishi, huquqiy taʼsir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun munosib va yetarli
boʻlishi kerakligi qayd etilgan. Albatta, ushbu qoidalar inson huquqlari ustuvorligini
taʼminlash bilan bir qatorda, davlat idoralarining oʻz vazifalarini inson huquqlariga
rioya qilgan holda amalga oshirishda masʼuliyatini oshiradi.
Yangilangan Konstitutsiyaga koʻra, Oʻzbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi
maqomi va masʼuliyati kuchaytirilmoqda. Ijtimoiy davlat oʻzi nima? Oʻzbekiston
ijtimoiy davlat boʻlish vazifasini uddalay oladimi? Agar eʼtibor beradigan boʻlsak,
dunyodagi eng farovon davlatlar va insonlar eng baxtli yashayotgan davlatlar bu –
ijtimoiy himoyasi kuchli boʻlgan davlatlardir. Misol uchun, Gʻarbiy Yevropadagi
aksariyat davlatlar oʻzlarini ijtimoiy davlat deb hisoblaydi. Germaniya, Fransiya,
Gollandiya yoki Kanada kabi shunday juda koʻp mamlakatlar borki, ularda insonlarni
ijtimoiy himoya qilish davlatning birlamchi fundamental vazifalaridan biri sanaladi.
Boy va farovon boʻlgan davlatlar dunyoda kam mas, albatta. Lekin ijtimoiy himoyasi
kuchli boʻlgan davlatlardagina insonlar oʻrtasidagi, jamiyat oʻrtasidagi ziddiyatlar u
qadar kuchli emas. Misol uchun, yalpi ichki mahsulotiga koʻra, Amerika Qoʻshma
Shtatlari nihoyatda boy davlat. Lekin Amerikadagi 1% aholi qolgan 99% aholidan
koʻra boy va qudratli hisoblanadi. Ijtimoiy himoyasi kuchli boʻlgan Germaniyada esa
unday emas. Chunki insonlar imkoniyatlari, iqtisodiy va siyosiy qudrati oʻrtasidagi
tafovut u qadar katta emas. Tarixdan maʼlumki, XX asrda eng katta kurashlardan bittasi
ham tenglik uchun boʻldi. Ijtimoiy davlatchilikning fundamental gʻoyasi ham bu –
tenglik. XX asrda tenglikni taʼminlash uchun juda ham katta va ziddiyatli boʻlgan ikki
model maydonga chiqdi. Bir tomondan, tenglikni taʼminlash uchun erkinlikdan voz
kechish va repressiv mashina va bosimlar orqali insonlarning tengligini taʼminlash.
Bunga Sobiq Sovet Ittifoqi, Xitoy Xalq Respublikasi, Shimoliy Koreya, Kuba va
boshqa koʻplab sotsialistik va kommunistik davlatlar misol boʻla oladi. Ularning
30
baʼzilari bugungi kunda ham hayot. Ikkinchi katta model bu – sotsial-demokratik
davlatlar. Yaʼni, erkinlikdan voz kechmasdan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini kuch
ishlatmasdan davlatda yigʻiladigan soliqlar hisobiga ijtimoiy himoya qilish siyosati
koʻzga koʻrinadi. Misol uchun, II Jahon urushidan keyingi Germaniya, Fransiya,
Gʻarbiy Yevropadagi juda koʻp davlatlar borki, ular erkinlikdan voz kechmasdan
davlatning huquqiyligini taʼminlagan holda, jamiyatga maksimal erkinlik berib
insonlarni yumshoq vositalar bilan teng qilishga harakat qildi. Yaʼni, boylarni
kambagʻal qilishga emas, qashshoqlarni qoʻshimcha imkoniyatlar yaratib berish orqali
ularni oyoqqa turgazishda yordam berdi. Ijtimoiy davlatning asosiy vazifasi qahshoq
va kambagʻal qatlamni qisqartirish va yoʻqotish hamda ularga imkoniyat berish
hisoblanadi.
Yangilangan Konstitutsiyada Oʻzbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi roli
mustahkamlanib, davlat oʻziga koʻplab ijtimoiy majburiyatlarni olmoqda. Bu esa yaqin
yillarda yurtimizda aholi oʻrtasida kambagʻallik darajasining keskin pasayishiga
hamda oʻrta sinfning ortishiga olib borishini prognoz qilish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, xalqimizning, ekspert va mutaxassislarning
takliflari, xalqaro va xorijiy davlatlarning tajribasi inobatga olingan holda tayyorlangan
Konstitutsiyaviy qonun xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos
boʻlib xizmat qiladi.
31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I.
Rahbariy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev, Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz... – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
2. Mirziyoyev, Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz.. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. -592 b.
3. Mirziyoyev, Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 2017 yil 14 yanvar
G‘. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. – 104 b.
4. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: “O‘zbekiston”,
1996. 20-bet.
II.
Ilmiy va dissertatsiyaviy adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2018. 36-b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023.
3. Mualliflar jamoasi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharhlar. –
T.: O‘zbekiston, 2008.
4. Зокиров И.Б. Ўзбекистон ССРнинг гражданлик ҳуқуқи. 1-қисм.
(А.А.Аъзамхўжаев ва Ф.Х.Сайфуллаевлар таҳрири остида). 2-нашр. –
Тошкент: Ўқитувчи,. 1988.
5. Боротов М.Х. Фуқаролик-ҳуқуқий муносабатлар субъекти сифатида
давлат иштирокининг назарий ва амалий муаммолари. Юрид.фан.докт.
дисс. Автореферати. –Тошкент, 2008.
6. Баратов М.Х. Давлат – фуқаролик ҳуқуқининг субъекти сифатида. –
Тошкент: ТДЮИ, 2005.
7. Абдусаломов М.А. Тадбиркорлар ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя
қилишнинг
фуқаролик-ҳуқуқий
усуллари
ва
муаммолари.
Юрид.фан.номз.дис... Автореферати. -Тошкент: 2003.
32
8. Mualliflar jamoasi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi. (II). -T.:
TDYUI. 2009.
9. Ro‘ziev J. AQSHda tadbirkorlik: ijtimoiy iqtisodiy va huquqiy masalalar. -T.:
Fan. 1991.
10. Braginskiy M, Vitryanskiy V. Dogovornoe pravo. –M.: Statut. 1997.
11. Davlat va huquq nazariyasi: Darslik / X.T.Odilqoriyev, I.T.Tulteyev va boshq.;
prof. X.T.Odilqoriyev tahriri ostida. – Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2020. –B.44.