XIX-XX Asr o’zbek bolalar adabiyoti
XX asrning arafasi va boshlarida o‘zbek bolalari uchun ixtisoslashgan maxsus
badiiy adabiyot yaratish harakati shu tariqa yuzaga kelib, izchil tusga kira
boshlagach, Sirojiyning “Bolalar adabiyoti to‘g‘risida bir fikr” (“Maorif va
o‘qitg‘uvchi” jurnali, 1921-yil, 3-son, 30-31-b.), “Qizil o‘zbek matbuotida bolalar
adabiyoti” (“Zarafshon” gazetasi, 1924-yil 21-iyun, 157-son), Zarif Bashirning
“Bolalar adabiyoti kerak” (“Turkiston” gazetasi, 1923-yil, 27-aprel), G‘ozi Olim
Yunusovning “Bolalar adabiyoti haqida” (“Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnali, 1925-
yil, 3-son), Shokir Sulaymonning “Bolalar adabiyoti nashr qilish kerak” (“Qizil
O‘zbekiston” gazetasi, 1926- yil, 30-sentabr, 224-son) maqolalarida yigirmanchi
yillar bolalar adabiyoti oldida turgan muhim vazifalar xususida fikr yuritilgan.
Nihoyat, bolalar adabiyotiga avvalo, shu olam vakillari uchun maxsus yaratilgan
asarlar sifatida qarash an’anaga aylandi. Bunda, jahon va rus bolalar adabiyotining
ilg‘or an’analari, boy tajribalarining ta’siri ham katta bo‘ldi. Nihoyat, bolalar olami
va qiziqishlari, yosh xususiyatlari, didi va tiliga mos, tafakkuri va tasavvuriga xos
tarzda yaratilgan badiiy ijod namunalari alohida yo‘nalishni tashkil etish
darajasiga erishadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘zbek bolalar adabiyotining ilk qadamlari
dastavval, o‘qish kitoblari bag‘rida tug‘ildi. Chunki boshlang‘ich sinflarning o‘qish
darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin
tutadi; uning zaminida o‘quvchilar savodxonligini ta’minlash bilan birga,
ularnibadiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish ko‘zda tutiladi. Bu jihat ilk
darsliklardanoq an’anaga aylanib kelayotir, desak xato bo‘lmaydi. Adabiyotshunos
R.Barakayev o‘zbek adabiyotidagi bolalar uchun maxsus yaratilgan ilk alifbo
Saidrasul Aziziyning “Ustodi avval” (1902) kitobi ekanini ta’kidlaydi. Shundan
keyin esa Oktabrgacha (1917-yil, oktabr – O.S., B.J.,) islohotchi pedagog va
adiblarning ellikka yaqin nomdagi alifbo va o‘qish kitoblari nashr qilinganini qayd
etadi. Bunda Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adibi avval”(1907), “Adib us-
soniy” (1909), Serikboy Oqayevning “Xrestomatiya, ya’ni terma kitob” (1911), Qori
Usmon ibn Abduxoliq Shoshiyning “Ta’limi avval”(1910), Mulla G‘ulomiddin
Akbariy(Kabirzoda)ning
“Ta’limi
soniy”(1912),
Abduvahob
ibn
Abdullo
Ho‘qandiyning “Tahsili alifbo” (1912), Muhammadjon Rasuliyning “Bolalar
bog‘chasi” (1915), Muhammadamin Faxriddinovning “Rahbari soniy” (1916)
singari alifbo va o‘qish kitoblari, nihoyat, Abdulla Avloniy va Hamza Hakimzoda
Niyoziy darsliklarini birma-bir sanab o`tadi. Ularning umumiy xususiyatlari haqida
esa: “Yuqorida nomlari zikr etilgan alifbo va o‘qish kitoblari deyarli to‘lig‘icha
badiiy matnlardan tashkil topgani sababli ularni istisnosiz, badiiy adabiyot
namunalari sifatida ham tadqiq etish joiz”,– degan mulohazani ilgari suradi.
Hamchunin, bu tipdagi kitoblarning paydo bo‘lishini o‘zbek bolalar adabiyotidagi
haqiqiy tug‘ilish, deb hisoblaydi olim (ta’kid bizniki – O.S.,R.B., B.J.).22
Bunday e’tirofni yana bir manba tasdiqlaydi: “10-yillarning boshida (1910- yillar –
O.S., R.B., B.J.), – deb yozadi B. Qosimov, – bemalol aytish mumkinki, yangi
adabiyot shakllanib ulgurgan edi. Bu borada 1901-yilda chop etila boshlagan
Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy”, Saidrasul Aziziyning “Ustozi
avval” (1902), Aliasqar Kalininning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”,
Rustambek Yusufbekovning “Ta’limi avval”, “Ta’limi soniy” kabi darslik va
darslik-majmualari, xususan, ulardagi ixcham didaktik she’r va hikoyalar yangi
adabiyotning shakllanishida ilk tajriba vazifasini o‘tadi.” 23
Darhaqiqat, milliy uyg‘onish harakatining o‘zbek bolalar adabiyotini yuzaga
keltirishdagi roli ham aslida shunday darsliklar va badiiy ijod namunalarining
alohida o‘rni bilan belgilanadi. Zero, o‘zbek bolalar adabiyoti tarixini yoritishda
o‘tgan asr boshlarida yetishib chiqqan ko‘pgina ma’rifatparvar adiblar faoliyati
va ularning darsliklari muhim ahamiyat kasb etadi.
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931).
Abdulla Avloniy –
islohotchi pedagog va bolalar shoiri
(1878-1934)
Har g‘amning poyoni bordir, har alamning oxiri,
Har zimistonning bahori, har xazonning oxiri.
Mеn A.Avloniyning: “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat,
yo saodat, yo falokat masalasidir”, - dеgan fikrini mushohada qilaman. Buyuk
ma'rifatparvarning u so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim
va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun bunchalik, balki undan ham
ko’ra muhim va dolzarbdir. ” ( I.Karimov)
И.А.КАРИМОВ
XIX asr oxiri XX asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining atoqli
ma’rifatparvarlaridan biri Abdulla Avloniydir. Adib hayoti va ijodi sho‘ro davrida
izchil o‘rganilmadi. Istiqlol yillaridagina uning serqirra ijodi va faoliyatiga xolis
baho berildi. Natijada, Abdulla Avloniy ma’rifatparvar shoir va adib, islohotchi
pedagog, dramaturg, o‘zbek matbuoti inkishofi, jadidchilik harakati namoyandasi,
davlat va jamoat arbobi sifatida qayta tanildi. Bunda, soha tadqiqotchilari, xususan,
B.Qosimov, N.Karimov, R.Barakayev kabi olimlarning hissasi kattadir.
Addulla Avloniy arab va fors tillarini yoshlikdagi mustaqil mutolaa vaqtida
egallagan. U matbuot ishlarida faol ishtirok etish bilan birga “Adabiyot yoxud milliy
she’rlar” nomli to‘rt qismdan iborat to‘plamning birinchi kitobini “Birinchi
muallim” va “Ikkinchi muallim” deb nomlaydi. A.Avloniyning darsliklari
mundarijasi, ularning mazmuni, ta’lim-tarbiyaviy jihatlari ko‘plab tadqiqotlarda
tilga olingan. Uning bolalar adabiyotiga qo‘shgan benazir xizmati esa o‘sha
darsliklardagi she’rlari, hikoyalari, matn va masallarining bolalarbopligidadir.
Jumladan, shoirning “Ikkinchi muallim”dagi “Maktabga da’vat” she’rida muallif
bevosita yosh kitobxonga murojaat qiladi: 116
Boqdi gunash panjaradan bizlara,
Yotma deyur barcha o‘g‘il qizlara.
Nolayi faryod qilib barcha qush:
Maktabingiz vaqti, deyur sizlara.
Boshladi har kim o‘z ishin ishlara,
Siz-da turing, maktabingiz izlara.
Siz-da kitoblarni oling shavq ila,
Tez yuguring, ilm yo‘lin gezlara.
She’rda tong otishi, uyqudan uyg‘onish vaqti yetganligi o‘z ma’nosidan tashqari,
ramziy ma’no ham tashiydi. Avvalo, erta tong quyoshi shiringina uxlab yotgan
kichkintoy o‘g‘il-qizlarni nurlari bilan erkalab uyg‘otarkan, ularni tong qushlaru –
chug‘urchuqlar, bolari-yu buzoqlardan andaza olishga, ularning kundalik
“mashg‘ulot”lari bor bo‘lgani kabi o‘quvchilar ham kitob-daftarini qo‘lga olib, ilm
yo‘lini izlashga borishlari lozimligi uqdiriladi. Shuningdek, she’r mazmunidan
gunash-quyosh hurlik va ozodlik ramzi, uyqu esa jaholat, g‘aflat timsoli bo‘lib,
bolalar uyg‘onishga, o‘zligini anglashga da’vat etilayotir, degan ma’no ham
anglashiladi. Shu sababli shoirning “Ikkinchi muallim” darsligidan joy olgan
“Maktab” she’rida yosh avlod – maktab o‘quvchilariga shunday murojaat qilinadi:
Maktab berur Qur’on siza,
Maktab berur iymon siza,
Maktab berur huron siza,
G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur husni jamol,
Maktabdadur milliy xayol,
G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon!
Shundan ham ko‘rinaduki, Avloniy she’rda o‘z qarashlarini ham singdira olgan.
She’r barmoq vaznida yozilgan bo‘lib, to‘qqiz banddan iborat. Avloniy an’anaviy
muqaddimadan so‘ng, yangi usuldagi maktab ta’rifini keltiradi. She’rning har bir
misrasida maktabga rang-barang tavsif beradi. “Maktab” so‘zi she’r davomida
yigirma yetti marta jaranglab, har band oxirida o‘g‘lonlarning unda g‘ayrat bilan
o‘qishi uqtiriladi. She’rning birinchi bandi a-a-a-a shaklida qofiyalangan bo‘lsa,
qolgan bandlarining dastlabki uch misrasi o‘zaro qofiyalanadi, to‘rtinchi misra esa
birinchi bandga mos ravishda takrorlanib, ritmik, kompozitsion butunlikni
ta’minlaydi:
Maktab uyi – dorulamon,
Maktab hayoti jovidon,
Maktab safoyi qalbi jon,
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
She’rda maktabning eng osoyishta, tinch va xotirjam, yoshlar hayotining mazmuni,
huzurbaxsh uy ekanligi, shuningdek, musaffolik, samimiylik, beg‘uborlikka
yo‘g‘rilgan bolalik ramzi ham teran ifodalangan. Aniqrog‘i bu ta’riflarning barchasi
yaxlit holda bolalik timsolini oydinlashtiradi. Zotan, maktab 117
va bola (o‘g‘lon) obrazi she’r davomida egizak tushuncha sifatida yangraydi, go‘yo.
Shu tariqa, maktabning barcha mo‘jizalari, chunonchi, doruladab (odob-axloq uyi),
Ollohning ehsoni, ajib gulzor singari o‘ziga maftun qilishi, dur-u gavhar manbai,
jannat eshigini ochuvchi, jaholatdan yiroqligi (qo‘yingchi, yigirma yetti sifati)
kabilar bola tafakkurida yangi olam yarata oladi. Shoir bu she’rida ma’naviy
san’atlardan tansiq us-sifotdan keng foydalangani oydinlashadi.
Hamza Hakimzoda –
ma’rifatparvar bolalar shoiri (1889-1929)
Ilmning ahamiyatini, inson hayotida ma’rifat tutgan yuksak maqomni tasvirlashga
yo‘naltirilgan adabiyot ma’rifatchilik adabiyoti hisoblanadi. O‘zbek adabiyotida
juda qadim zamonlardan buyon ma’rifatni tarannum etishga alohida e’tibor berilgan.
Bu yo‘nalishdagi adabiyot XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida qayta
rivojlandi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar, Avloniy, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon
singari yozuvchilarimiz shu adabiyotning vakillari sifatida shuhrat topdilar. Hamza
Hakimzoda Niyoziy ana shunday adiblardan biridir. U 1889-yili Qo‘qonda tug‘ildi.
7 yoshidan maktabda xat-savod o‘rgana boshlaydi. Maktabni bitirgach, madrasaga
va I.V.Orlovning kechki rus-tuzem maktabiga o‘qishga kirdi. Hamza madrasada
o‘qigan chog‘laridayoq Firdavsiy, Hayyom, Sa’diy, Nizomiy, Hoqoniy, Jomiy,
Fuzuliy, Bedil va boshqalarning ulkan she’riyati bilan tanishdi, shuningdek, Sharq
olimlarining asarlarini o‘qidi. 1908-yilda Hamza ota-onasining noroziligiga
qaramay, madrasani tashlab ketdi. Uning o‘zi yozganidek, ota-onasining o‘jarligi,
ma’murlarning zulmi, kambag‘allik tufayli dunyoviy bilimlarni egallash
to‘g‘risidagi orzusini amalga oshira olmadi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy bor-yo‘g‘i 40 yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da, butun hayotini
xalqqa xizmat qilish uchun bag‘ishlagan olovqalb shoir va dramaturgdir. Shu bilan
birga u tarbiyachi, murabbiy, jamoat arbobi sifatida nom qoldira oldi. Hamza o‘z
xalqiga ilm-ma’rifat tarqatish uchun, xalqining ozod hayot kechirayotganini ko‘rish
uchun shaxsiy manfaatlaridan butkul voz kecha olgan yozuvchidir.
Hamza o‘zining pedagogik faoliyatini 1910-yilda Toshkentda Qashqar mahallasida
maktab ochib, bolalarni o‘qitishdan boshlaydi. Shu yilning oxirlarida u Qo‘qondagi
mahalliy rus-tuzem maktabida muallim bo‘lib ishlaydi va 1911-yilda yangi maktab
ochib, ta’lim-tarbiya ishlariga ba’zi o’zgartirishlar kiritadi. O‘quvchilarning
o‘rganayotgan materialni quruq yod olishi foydasiz ekanligini aytib, sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor beradi, ona tili darslarini ko‘paytiradi, yangi
darsliklar yozadi. Biroq bolalarning o‘quv qo‘llanmalari, oziq-ovqat va kiyim-
kechak bilan to‘liq ta’minlanmagani bu xildagi maktablarning ishlashida katta
qiyinchiliklar tug‘dirardi. Ammo Hamza “Jamiyati xayriya” tashkil qilib maktabini
saqlab qolish uchun kurashadi. Uning ishlari haqidagi shov-shuv Qo‘qon shahridan
tashqariga ham tarqala boshlaydi. Mahalliy ma’murlar bunday “xavfli ta’lim-tarbiya
manbai”ga toqat qilolmaydilar va 1913-yilda maktabni yoptirishga muvaffaq
bo‘ladilar. Hamza o‘z ona yurtini tashlab, chet elga ketishga majbur bo‘ladi. 1913-
1914-yillarda Hamza Afg‘oniston, Hindiston, Suriya, Turkiya mamlakatlarida,
Makkada sayohatda bo‘lib, bu mamlakatlardagi o‘zgarish va yangiliklar bilan
tanishadi.
bolalar shoiri va nosiri (1903-1966).
Akademik shoir G‘afur G‘ulom kattalarning ardoqli adibi bolishi bilan birga,
bolalarning ham sevimli ijodkoridir. G‘afur G‘ulomning bolalar adabiyotiga aloqasi
haqida so‘z yuritilar ekan, dastavval, uning bolalar uchun maxsus yaratgan asarlarini
tilga olish joiz. Zero, “Mukofot” (1940), “She’rlar” (1946), “Tongotar qo`shig‘i”
(1949), “Bari seniki” (1953), “Bir g‘uncha ochilguncha” (1955), “Siz mening
yoshligimsiz” (1958) singari she’riy to‘plamlarda shoir yosh avlodni, jumladan, o‘z
farzandlarini ham eng yaxshi umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga ahd
qilgan talabchan va mehribon murabbiy, farzandlari kamolidan faxrlanayotgan va
Vatan kelajagini ishonchli qo‘llarga topshirayotganidan qalbi quvonchlarga to‘liq
mehribon ota sifatida namoyon bo‘ladi.
U XX asrning 20-yillaridan 60-yillarigacha bolalar uchun she’rlar, hikoya va
o‘kinchlari, quvonchlari ifoda etilgan edi. Ayni damda nasriy asarlaridan “Netay”
1930-yilda, “Tirilgan murda” 1934-yilda, “Yodgor” 1936-yilda, “Shum bola” 1963-
yilda chop qilindi. G‘afur G‘ulomning she’riy to‘plamlarini nashr ettirish shoir
vafotidan so‘ng to‘xtab qolmadi. 1969-yilda “Bayram maktubi”, 1970-yilda
“O‘ylashni o‘rganamiz”, 1983-yilda “Farzandlarimga” she’riy to‘plamlari bosildi.
Zero, G‘afur G‘ulomning bolalarga atalgan asarlarisiz o‘zbek bolalar adabiyotini
tasavvur qilib bo‘lmaydi. G‘afur G‘ulom mutafakkir va faylasuf shoir sifatida
bolalar yurt kelajagi ekanini, ularning kamoli xalq kamoli ekanini his qiladi, shu
tuyg‘ularni she’rlarida goh bola bo‘lib, ularning dunyosini yoritsa, goh kattalarning
bolalarga munosabatlarini aks ettirdi.
G‘afur G‘ulom bolalarga kattalarning munosabatini “Charog‘larim-qarog‘larim”,
“Aziz avlodlarimizga”, “Mening bir satrim”, “O‘qing qizlar”, “Chiroy”, “Siz
mening yoshligimsiz”, “Sen salomat bo‘lsang bas” kabi she’rlarida ifodalar ekan,
o‘zining bolaparvar shoir ekanini namoyish qila olgan. U xalq shoiri sifatida
yurtimizning har bir bolasini o‘ylagan, ularning har birining kelajagi uchun
qayg‘urgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. G‘afur G‘ulom: “Men,– deya yozgan bir
xatida, – avvalo, bolalar deganimda o‘z bolalarimni o‘ylaganim yo‘q. Butun
respublikamizni o‘z oilam deb, respublika bolalarini o‘z bolalarim deb bilaman.
Demak, ular uchun yozganim yozgan”.