“Xodimlar mehnatini tashkil etish” fanining predmeti va vazifalari
Yuklangan vaqt
2024-06-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
90,4 KB
“Xodimlar mehnatini tashkil etish” fanining predmeti va vazifalari.
Reja:
1. Mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha asosiy tushunchalar
2. Mehnatni normalash – mehnatni tashkil qilish, unga haq to‘lash va korxona
ichida tuziladigan rejalarning asosi sifatida.
3. “Xodimlar mehnatini tashkil etish” fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
1.1.Mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha asosiy tushunchalar
Mehnat faoliyati deganda insonni biror mehnat turi bilan band bo‘lishi
tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv
faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo‘lishi mumkin. Keng
mazmundagi «faoliyat» tushunchasini mehnatga nisbatan tatbiq etilganda u ana shu
mehnat predmetiga ta’sir ko‘rsatish faolligi darajasini va bunda sarflanadigan aqliy
intellektual kuch-g‘ayrat darajasini o‘zida aks ettiradi. Mehnat faoliyati
tushunchasini bunday talqin qilish ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va
ijtimoiy vazifalarni hal qilishga har tamonlama, faol yondashish (a’nanaviy
amaliyotga nisbatan), undan yanada kengroq foydalanish imkonini beradi. Mehnat
faoliyati insonning hal qilinadigan vazifalar va bajariladigan ishlari yig‘indisidan
tashkil topadi.
Mehnat faoliyatining mohiyatini umumlashgan hamda konkret shaklda olib
qaraladigan bo‘lsa, u bir-biri bilan bog‘liq ikki muhim vazifani hal qilishning
ob’ektiv zarurati bilan belgilanadi. Bu vazifalardan biri - odamlarning moddiy
mehnat elementlari bilan o‘zaro harakatga kirishuvini aniqlashdan iborat bo‘lsa,
ikkinchisi - birgalikda yoki o‘zaro bog‘langan faoliyat qatnashchilari o‘rtasidagi
munosabatlar shakllanishidan iboratdir. Xuddi mana shu narsa mehnat faoliyatini
tashkil etish predmeti hisoblanadi. Buning mohiyati mehnat faoliyatini tashkil etish
vazifasiga (keng ma’noda olganda) mehnat sub’ektini (ayrim xodim yoki mehnat
jamoasi) aniqlash, uni zarur mehnat predmetlari va vositalari bilan ta’minlash, qulay
mehnat sharoitlarini yaratib berish, mehnat (ishlarini bajarish) jarayonlarini tashkil
etish, mehnatga haq to‘lash kabi masalalarni o‘rganish bilan bog‘liqdir.
Mehnat faoliyatini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini o‘rganish masalasini
yuqorida qabul qilingan tarzda talqin qilish tashkilot va tizimning asosiy
kategoriyalarini, shuningdek, ular bilan bog‘langan mehnat taqsimoti va
kooperatsiyasi, tashkiliy tuzilmalarning qurilishi kabi muammolarini qarab chiqishni
talab etadi. (1.2.1-rasm)
Ishlab chiqarish munosabatlarida mehnat faoliyatini tashkil etish masalasi eng
asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Ishlab chiqarish munosabatlarida ishchi kuchi va
mehnat qurollari, mehnat predmetlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi.
O‘zaro bog‘liqlik va ta’sir, mehnat faoliyati qay holatda tashkil etilganligi natijasidir.
Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-
psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati
mexanizmi shakllantirilishini taqazo etadi.
1) Huquqiy asoslari - ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini
tashkil etishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik
huquqlari, korxona ishlab chiqarishi bilan bog‘liq huquqiy hujjatlar).
1.2.1-rasm
Mehnat faoliyati va unga bog‘liq tushunchalar
Абдурахмонов Қ.Ҳ. ва бошқалар. Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси. Дарслик. Ўқитувчи.2001 й.29-бет
Меҳнат фаолияти
Меҳнатнинг ашёвий
унсурларини ташкил қилиш
Меҳнат муносабатларини
ташкил қилиш
Ташкил
қилиш
2) Ma’naviy - psixologik asoslar - bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab
chiqarish munosabatlarida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning
shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o‘rtasidagi
munosabat yoki jamoa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar).
3) Iqtisodiy asoslar esa, mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil
etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni shaxsning moddiy
manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko‘zda tutiladi).
4) Ijtimoiy-psixologik asoslari. Mehnat faoliyatini mazmuni - har bir bir
jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit, ya’ni jamoadagi har bir ishlovchining ruxiy
kayfiyati, ishlovchilar orasidagi o‘zaro munosabatlar (bevosita va bilvosita) orqali
shakllanadi. (1.2.2-rasm)
Меҳнат фаолиятининг асослари
Ҳуқуқий
Маънавий
Иқтисодий
Ижтимоий-
психологик
Тизимни тузиш ва
такомиллаштириш (ташкил
қилиш динамикаси)
Персонал меҳнат
тақсимоти, фаолият
соҳаларини турлаш
Иш жойларини ташкил
қилиш
Меҳнат жамоасини
ташкил қилиш
Тизим ичидаги ва
тизимлараро кооперация
алоқаларини ва ўзаро
мувофиқликни йўлга
қўйиш
Тизимнинг амал қилиши,
тизим мониторинги
Корхонани ташкил қилиш
Тизим
(статик ҳолда)
Меҳнат тақсимоти
ва коперацияси
Ташкилий таркиб
1.2.2-rasm: Mehnat faoliyati asoslari
Mehnat faoliyatining mazmuni - har qanday korxonada (mulkchilik
shakllarida, qat’iy nazar) ijtimoiy-tashkiliy masalalarini qay darajada hal
etilganligiga ham bog‘liqdir. Mehnat faoliyatining holati jamoada yo‘lga qo‘yilgan
ijtimoiy-tashkiliy munosabatlar bilan belgilanadi.
Ma’lumki, tashkil etish ("tashkilot") tushunchasining kelib chiqishi lotincha
organiso - kelishgan shaklni ma’lum qilaman, degan so‘zlar bilan bog‘liqdir. Bu
bilan tashkil etish, ayni vaqtning o‘zida funksional va nazariy jihatlardan muayyan
maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va
takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Inson
faoliyatining barcha sohalarida tashkil etishning roli ana shundan iborat bo‘lib, bu
hol tashkil etishga tadqiqot va ishlanmalar predmeti sifatida e’tiborni jalb etadi.
Tashkil etish nazariyasi va amaliyoti muammolarini ishlab chiqishning ilmiy
yunalishlari orasida prakseologiya (yunoncha, amaliyot yoki harakat va o‘rganish,
ma’nolarini anglatuvchi so‘zlardan) samarali amaliy faoliyat tamoyillari va usullari
haqidagi fan muhim o‘rin egallaydi.
"Tashkil etish" tushunchasi uni tatbiq etish ob’ektiga ko‘ra, aniqlanadi.
Odatda, mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishni bir-biridan
farqlashni taqozo etiladi. Bunda ko‘p hollarda mehnatni tashkil etish ishlab
chiqarishni tashkil etishning bir qismi deb qaraladi, tashkil etishning o‘zi esa
boshqarish funksiyasi deb tushuniladi. Bu tushunchalarni farqlash korxonalarda
mutaxassislar tayyorlash sohasida qaror topgan amaliyot va tegishli xizmatlarni
ajratish bilan bog‘liqdir. Amaliyotda esa, mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va
boshqarishni tashkil etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat
samarali bo‘lishi mumkin.
Samarali mehnatni ta’minlashning muhim shartlaridan biri, Prezident Islom
Karimov ta’kidlaganidek: "Barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy
islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini
vujudga keltirishdan iborat".
Абдурахмонов Қ.Ҳ. ва бошқалар. Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси. Дарслик. Ўқитувчи.2001 й.30-бет
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳатларни чуқурлаштириш йулида, Т.:«Ўзбекистон»,1995 й,119-б.
Asosiy e’tiborni odamlarga qaratish korxona manfaatlarini kamsitish deb
tushunilmaydi, chunki faqat odamlargina korxona muvaffaqiyatini ta’minlay
oladilar. Buning uchun ular barcha narsalar bilan ta’min etilgan bo‘lishlari lozim.
Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni
mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga an’anaviy
yondoshuv eskirib qolgan bo‘lib, bu tushunchilarning real mazmuni va mohiyati
haqidagi hozirgi tassavvurlarga to‘g‘ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat
faoliyatiga (shu jumladan, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum
darajada taalluqli bo‘lganligi sababli, ular bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini
tashkil etish haqida, aniqrog‘i inson ijodkorligining alohida turi bo‘lgan
tashkilotchilik faoliyati, haqida bu ijodkorlik natijasi inson faoliyatining (shu
jumladan, tashkilotchilik faoliyatlaridagi) innovatsiya, ta’minot, ishlab chiqarish,
boshqarish, tijorat, xo‘jalik, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot tizimlari va boshqa tizimlar
haqida borishi mumkin.
1.2. Mehnatni normalash – mehnatni tashkil qilish, unga haq to‘lash va
korxona ichida tuziladigan rejalarning asosi sifatida.
Har bir ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonasida xodimning
mehnatini oqilona tarzda tashkil qilish, undan samarali foydalanish va har bir ijrochi
bajargan ishning yoki xizmatning natijalariga to‘g‘ri baho berish uchun berilgan
vazifani (ishni yoki xizmatni) bajarishga qancha mehnat (qancha vaqt) sarf
qilinishini bilish kerak.
Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish,
mehnat sarfida son va sifat mutanosibliklari belgilanishini va ijtimoiy mehnatni
aniqlashni talab etadi. Bu masalalar mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)
har tomonlama asoslangan mehnat sarfi normalari yordamidagina to‘g‘ri va puxta
hal qilinishi mumkin.
Har tomonlama aoslangan mehnat sarfi normalarisiz mehnatni tashkil qilib
bulmaydigina emas, shu bilan birga, rejali xo‘jalik yuritish, korxonaning bir tekisda
faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘yish, korxona rejasining texnikaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash ham mumkin bo‘lmaydi. Mehnat sarfi normalari
ayrim korxona faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lganidek, butun xalq xo‘jaligi
jabhalarining iqtisodida ham katta ahamiyatga ega. Ishxonalarda qo‘llaniladigan
normalarning umumiy tizimida – sistemasida (asosiy va yordamchi materiallar,
yonilg‘i, energiya, maxsus ish kiyimlari, moy, sut, oziq-ovqatlar va hakozolar sarfi
harakatlari) mehnat sarfi normalari alohida o‘rin tutadi va yetakchi ahamiyatga ega.
Mehnat sarfi normalari dastlabki hisob-kitob ma’lumotlari bo‘lib, ishxonaning
barcha bo‘g‘inlari (zvenolari) ommaviy-tashkiliy rejalashtirish va rahbarlik ishlari,
ishxona va har bir bo‘lim, sex bo‘yicha texnika, sanoat, moliya rejalarining asosiy
bo‘limlari bo‘lgan korxona ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) dasturi, texnika,
texnologiyani rivojlantirish rejasi, ish haqi rejasi, mahsulot tannarxi rejasi va boshqa
rejalar amaldagi va loyihadagi mahsulot ishlab chiqarish normasi, jihozlarning
mehnat unumdorligi normasi, xizmat ko‘rsatish normasi va hokazo normalar asosida
hisoblab chiqiladi.
Har bir korxonada xo‘jalik yuritish operativ rejalashtirilishini to‘g‘ri va
oqilona tashkil qilish uchun mehnat sarfi normasini va ish vaqti sarflanishini
o‘rganish va kuzatish alohida ahamiyatga ega. Chunki uning yordamida korxonaning
ish bilan ta’minlanganlik darjasi aniqlanadi va ishlab chiqarish quvvatlari
(imkoniyatlari) hisoblab chiqiladi. Vaqt sarfi normalariga asosan har bir ishxonaning
kasb, mutaxassislik va malakalar bo‘yicha xodim, xizmatchi va boshqaruv
sohasidagi xodimlarga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi, shuningdek, ishlab chiqarish
davrlarining davom etish muddati, mehnat unumdorligini o‘stirish yuzasidan
beriladigan topshiriqlar, vazifalar hisoblab chiqiladi.
Ilmiy asoslangan mehnat sarfi normasisiz, texnologik jarayonning u yoki bu
varianti, masalan, yangi konstruksiyadagi jihoz samaradoligini, afzalligini,
shuningdek, korxonada tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni amalga oshirishning
iqtisodiy jihatdan samara berish-bermasligini hamda qanchalik maqsadga
muvofiqligini baholash mumkin bo‘lmaydi.
Har bir ish joyining ishlab chiqarish imkoniyatlarini to‘g‘ri va to‘la hisobga
olmasdan, noto‘g‘ri, ya’ni kamaytirib yoki ko‘paytirib tuzilgan (hisoblangan)
mehnat sarfi normalariga asoslanib sarflangan qo‘shimcha mablag‘lar, sarmoya,
yangi binolar qurish, borlarini kengaytirsh, qo‘shimcha jihozlar ajratish va ularga
xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarni jalb etish zarurmi yoki zarur emasmi, degan