Xodimlar mehnatini tashkil etishda xronometraj o‘tkazishning o‘rni
Yuklangan vaqt
2024-06-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
56,0 KB
Xodimlar mehnatini tashkil etishda xronometraj o‘tkazishning o‘rni
Reja:
1.Xronometrajni o‘tkazishdan maqsad va uning turlari.
2.Xronometrajni o‘tkazish oldidan ob’ekt tanlash va unga tayyorgarlik
ko‘rish.
3.Xronomeirajni o‘tkazishni tashkil etish va urqali olingan ma’lumotlarga
ishlov berish.
14.1. Xronometrajni o‘tkazishdan maqsad va uning turlari
Xronometraj – bu, grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, xronos_vaqt,
metrio_o‘lchash, degan ma’noni beradi. Demak, xronometraj _ vaqtni o‘lchash
uslublaridan biridir. Xronometrajning asosiy ob’ekti _ operatsiyadir. Shuning uchun
ham ko‘p hollarda operatsiyani xronometraji deb ham yuritiladi.
Operatsiyalarni
o‘rganish
jaryonida
jihozlarning
ishlab
chiqarish
imkoniyatlaridan qanday foydalanilayotganligi, ish joylari qanday tashkil qilganligi,
xodim keragidan ortiq harakatlar qilayotgan yoki qilmayotgani, ish vaqti sarfi
operatsiyalarining ayrim elementlarini bajarishga sarflanadigan vaqt texnikaviy va
tashkiliy sharoitlarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi aniqlanadi. Operatsiyalar
kuzatish ayni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish samaradorligini o‘stirishning ichki
imkoniyatlarini qidirib topishda va ulardan foydalanishda, mazkur ish joyidagi og‘ir
mehnattalab ishlarni kamaytirishda juda muhim ahamiyatga ega.
Ish vaqti sarfini kuzatishning bu uslubi «Ish bajaruvchi yoki xizmat
ko‘rsatuvchi qanday mehnat qilayotgani (tez yoki sekin) oqilona yoki oqilona
bo‘lmagan mehnat usullaridan foydalanilayaptimi?» degan savolga javob beradi.
Boshqacha qilib aytganda, xronometrajdan ish bajaruvchining ishlash sur’ati,
qo‘llayotgan mehnat usullari, ularni maqsadga muvofiq bajarilish tartiblari, mehnat
jarayonlarining qanday tashkil etilganligi baho berishda foydalaniladi.
Xronometrajning asosiy vazifasi uning (operatsiyaning) maqsadga muvofiq
tarkibini aniqlash va loyihalashtirish hamda har bir elementini bajarish uchun zarur
bo‘lgan vaqtni hisoblash maqsadida, o‘rganilayotgan operatsiya elementlariga
sarflanadigan vaqt miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashdan iborat
Xronometraj asosan quyidagi maqsadlar uchun o‘tkaziladi: a) operatsiyaning
ko‘p martalab takrorlanadigan ish usullariga va mashina_qo‘l elementlariga vaqt
normalarini belgilab berish uchun; b) har bir konkret operatsiyani bajarishga
sarflanadigan haqiqiy operativ ish vaqti miqdorini aniqlash uchun; v) har bir konkret
operatsiyani bajarishga sarflanishi zarur bo‘lgan vaqtning rejalashtirilgan miqdorini
aniqlash uchun; g) mehnat normalarining bajarilmaslik yoki yuqori darajada
bajarilish sabablarini aniqlash uchun; d) ilg‘or ish usul va uslublarini aniqlash, ularni
o‘rganish, umumlashtirish va amaliyotga tatbiq qilish; ye) katta seriyali va ommaviy
ishlab chiqarish turlari (tiplari)ga uchun mo‘ljallangan analitik hisoblash uslubi
yordamida aniqlangan mehnat normalarini tekshirish va ularga tuzatishlar kiritish
uchun; j) tanlangan operatsiyadagi ortiqcha (keraksiz), oqilona bajarilmaydigan usul
va harakatlarni aniqlash va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va h.k.lar uchun.
Amaliyotda xronometrajning uzluksiz yoki tanlab, uzlukli, siklli va maxsus
turlari mavjud.
Uzluksiz xronometraj quyidagi hollarda qo‘llaniladi: aniq operatsiyaning
hamma bo‘laklari (elementlari) vaqt sarflari miqdorlarini aniqlashga zaruriyat
tug‘ilganda; operatsiya elementlarining vaqt sarflari miqdori 10 sekunddan ko‘p
bo‘lganda.
Uzlukli xronometraj quyidagi hollarda qo‘llaniladi: aniq operatsiyaning ayrim
elementlaridan ko‘proq qaytariladiganini, murakkab, vaqt miqdori juda ko‘p
bo‘lganlarining vaqt sarfi miqdorini aniqlash uchun; tanlangan operatsiya uncha
ko‘p elementlardan iborat bo‘lmaganda va nihoyat, operatsiya elementlarining vaqt
sarflari miqdori 3 sekunddan kam bo‘lmaganda; shuningdek, operatsiyaning ayrim
elementlari bo‘yicha xronometraj noto‘g‘ri o‘tkazilgan, deb topilganda.
Operatsiyaning ayrim elementlari, ayniqsa, vaqt sarflari miqdori 2 sekunddan
kam bo‘lgan hollarda, uzluksiz yoki uzlukli xronometraj orqali kuzatilganda,
ularning vaqt sarflari miqdorini sekundomer orqali to‘g‘ri o‘lchash ancha murakkab.
Bunday hollarda, xronometrajning maxsus turi – siklli xronometraj qo‘llaniladi.
Xronometrajning bu turi odatdagi, uzlukli turidan shu bilan farq qiladiki, bunda ish
vaqti sarfini kuzatuv davomida tanlangan operatsiyaning nafaqat ayrim qisqa
muddatli elementlari (usul, harakat, qimirlash) tarkibi, balki miqdori ham har xil
elementlardan iborat bo‘lgan bir necha guruhlarga birlashtirilib, undan keyin o‘sha
guruhlarning vaqt sarfi davomiyligi kuzatiladi.
Ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish amaliyotida nafaqat haqiqiy va
rejalashtirilgan operativ ish vaqti sarflarini aniqlash, balki tayyorlov-yakunlov, ish
joylariga xizmat ko‘rsatish kabi ish vaqti turlarining ham haqiqiy rejalashtirilgan
miqdorini hisoblash bilan bog‘liq bo‘lgan zaruriyatlar uchrab turadi. Bunday
hollarda tayyorlov-yakunlov, ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti sarflari xronometraj
orqali kuzatiladi. O‘z navbatida, xronometrajning bunday turi ham, maxsus
xronometraj, deb ataladi.
Ish vaqti sarfi kuzatilishi zarur bo‘lgan xodimlar miqdoriga va mehnatni tashkil
etish shakllariga qarab xronometrajning shaxsiy va guruhli (brigadali) turlari ham
mavjud. Shaxsiy xronometraj deganda operatsiyaning bitta xodim tomonidan
bajarilishi jarayonida operativ (asosiy va yordamchi) ish vaqti sarflarining kuzatilishi
tashkil etilganligi tushuniladi. Amaliyotda, ko‘p hollarda, masalan, tibbiyot sohasida
jarrohlik operatsiyalari bir guruh yoki tibbiyot xodimlari brigadasi tomonidan
amalga oshiriladi. Bunday hollarda yuqorida ko‘rsatilgan operatsiyalarni bajarish
davomida operativ ish vaqti sarfini kuzatishda xronometrajning guruhli yoki brigada
shakli tashkil etiladi. Undan tashqari, guruh yoki brigada tarkibini to‘g‘ri aniqlash,
ularning a’zolari orasida mehnat taqsimoti tashkil etilgan holatlarni bilish maqsadida
ham guruhli (brigadali) xronometraj qo‘llaniladi.
14.2. Xronometraj o‘tkazish oldidan ob’ekt tanlash va unga
tayyorgarlik ko‘rish
Ish vaqti sarflarini kuzatish uslublaridan biri hisoblangan xronometraj
o‘tkazishni tashkil etish natijasida olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, sifatliligi
ko‘p hollarda uni o‘tkazishga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rishga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z navbatida, xronometrajni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish asosan quyidagi
ishlarni bajarishdan iborat: xronometrajni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadga qarab
ob’ektni, xodimni tanlash; operatsiyani usul, harakat va qimirlash kabi mayda
elementlarga bo‘lish; ularning har biri uchun fiksaj nuqtalarini belgilash; operatsiya
elementlarining vaqt sarflariga ta’sir etuvchi omillarni va xronometrajni o‘tkazish
miqdorini aniqlash; kuzatish davomida kerakli shart-sharoitlarni va xronometrajni
to‘xtovsiz o‘tkazishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
tanlangan xodimni tayyorlash, unga yo‘l-yo‘riq (instruktaj) berish; xronometraj
uchun qo‘llaniladigan maxsus xronokartani to‘lg‘izish va hokazolar.
Xronometraj o‘tkazishni tashkil etish natijasida kutilgan maqsadga qarab
har xil ob’ekt tanlanadi. Agar xronometraj ma’lum bir operatsiyani vaqt sarfini
normalashtirish, operativ vaqt normativlarini ishlab chiqish uchun dastlabki
ma’lumotlarni olish yoki vaqt normasini hisoblash maqsadida o‘tkaziladigan bo‘lsa,
unday holda shunday ish joylari kuzatuv ob’ekti bo‘ladiki, ular soz mashina yoki
mexanizmlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Undan tashqari, ish joyi qanday
halatda ekanini tekshirib ko‘rish va kuzatish natijalariga ta’sir qilishi mumkin
bo‘lgan kamchiliklarni tuzatish kerak. Bu, birinchi galda, o‘rganiladigan usullar va
harakatlar bajarilishini yengillashtiradigan moslamalar va asbob-uskunalar bilan
uzluksiz ta’minlanib turishga va normal tashqi muhit sharoiti (issiqlik, namlik,
yoritilganlik va h.k.) yaratilganligiga bog‘liq.
Xronometraj uchun tanlangan xodimning nafaqat malakasi yuqori, balki ishlab
chiqarish tajribalari va ko‘nikmalari ham yetarli bo‘lishi lozim. Shu bilan bir qatorda
ijrochi mehnat usullarini bajarishning oqilona uslublarini to‘liq egallangan va
topshiriqlarni miqdor ko‘rsatkichlari jihatidan ham o‘z ixtisosidagi ishlovchilarning
ko‘pchilik qismiga nisbatan yuqoriroq darajada muntazam bajarib kelayotgan
bo‘lishi kerak. Bunda uning yuksak mehnat natijalariga haddan tashqari ish bajarish
yoki xizmat ko‘rsatish sur’ati hisobiga emas, balki mahorat hisobiga erishayotgan
bo‘lishi juda muhim. Undan tashqari, bajarish darajasi o‘sha ish(operatsiya) turini
bajarayotgan uchastka yoki sex xodimlari mehnat normalarining o‘rtacha
ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishi zarur. Bunday hollarda mehnat normalarini
bajarmagan xodimlarning mehnat ko‘rsatkichlari hisobga olinmagan holda
hisoblangan mehnat normasini o‘rtacha bajarish darajasi ko‘zda tutilgan.
Masalan, Toshkent traktor ishlab chiqarish korxonasida “T-28X-4” rusumli
paxta terish mashinasini yig‘ishda 10 ta xodim band bo‘lib, ularning mehnat
normalarini bajarish darajalari ish vaqti sarfini kuzatishni tashkil etishdan oldin
quyidagicha bo‘lgan (% hisobida):
Ahmedov Z-108; Yurtaykin S-113;
Nosov F.-101; Usmonov M-111;
/ozibekov A-96; Gusev P- 114;
Filin G-103; Kabanov A-98;
Yaqubov T-110; Toirov A-104.
Paxta terish mashinasini yig‘ish bilan band bo‘lgan guruh a’zolarining
mehnat normalarini o‘rtacha bajarish darajasi A./ozibekov va A.Kabanovlarning
mehnat ko‘rsatkichlarini hisobga olmaganda, quyidagicha:
108
101
103
110
113
111
114
104
8
100
108%
х
Shunday ekan, mehnat normasini 108%ga bajargan Z.Ahmedovning ishlash
faoliyati xronometraj orqali kuzatiladi va o‘rganiladi.
Xronometraj operativ vaqt sarfini normalash yoki operativ vaqt normativlarini
ishlab chiqish uchun dastlabki ma’lumotlarni olish maqsadida o‘tkazilsa, ish
joylarini tashkil etishni yaxshilashga, ularni kerakli xom ashyolar bilan o‘z vaqtida
ta’minlashga, jihozlar ishlatilmasdan, bekor turib qolish hollarini bartaraf etishga
katta e’tibor berilishi lozim.
Agar, xronometrajni o‘tkazishdan maqsad, ilg‘or ish usullari va uslublarini
aniqlash, o‘rganish, umumlashtirish va amaliyotga keng tatbiq etish bo‘lsa, bunday
holda nafaqat ilg‘or, balki mehnat normalarini o‘rtacha bajarayotgan xodimlar ham
ob’ekt sifatida tanlanadilar. Chunki, tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, mehnat
normalarini o‘rtacha bajarayotgan xodimlar ular tanlangan operatsiyani ilg‘or ishchi
tomonidan bajarganda sarflangan operativ vaqt miqdoriga nisbatan ko‘proq vaqt
sarflasalar-da, u yoki bu operatsiya usullarini ishlab chiqarish ilg‘orlariga qaraganda
ancha samarali bajaradilar yoki o‘sha operatsiyaning boshqa elementlariga bir xil
miqdorda vaqt sarflash bilan bir qatorda ularni ilg‘or ishchiga nisbatan qulay,
o‘ng‘ay yoki oson usullar bilan bajarishlari ham mumkin. Xronmetrajni bunday
maqsad uchun o‘tkazish oldidan ish joylarida mehnatni tashkil etishni
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmaydi va amalga
oshirilmaydi.
Mobodo, xronometrajni o‘tkazishdan maqsad mehnat normalarini bajarmaslik
yoki yuqori bajarish sabablarini aniqlash bo‘lsa, unday holda kuzatuv ob’ektlari
bo‘lib mehnat normalarini surunkasiga bajarmaydigan qoloq va yuqori darajada
bajaradigan ilg‘or xodimlar tanlanadilar va xronometrajni o‘tkazish natijasida
olingan ma’lumotlar mehnat-operativ vaqt normativlarini va ilg‘or xodimlarning ish
faoliyati bo‘yicha xronometraj o‘tkazish evaziga olingan natijalar bilan solishtirilib
ko‘riladi.
Kuzatish ob’ekti tanlangandan keyin o‘rganiladigan operatsiya mufassal
ravishda ta’riflab beriladi. Unda aynan qanday operatsiya bajarilayotganligi, u
qanday materialdan yoki xom ashyodan tayyorlanishi, qanday jihozlardan, asbob-
uskunalar va moslamalardan foydalanish lozimligi ko‘rsatiladi. Ta’rifda xodimning
familiyasi, ismi, sharifi, tabel nomeri, professiyasi, mazkur ishdagi yoki xizmatdagi
staji, tarif razryadi va h.k.lar yoziladi.
Ta’rifda ish joyining tashkil qilinishi va unga xizmat ko‘rsatish masalasiga
alohida e’tibor beriladi. Bunda endi mavjud vaziyatni, holatni yozish bilangina
cheklanib
bo‘lmaydi:
ish
joyining
rejalashtirilishi,
asbob-uskunalarning
joylashishini, ish joyining xodim uchun kerakli bo‘lgan hamma narsalar bilan
ta’minlanganligi, ishning tashkil qilinishi va unga xizmat ko‘rsatish jarayonidagi
kamchiliklarni aniqlash kerak. Shuningdek, mazkur korxonada ish joyining tashkil
qilinishi bilan unga xizmat ko‘rsatish tartibini o‘sha sohadagi ishlab chiqarish
ilg‘orlari qo‘llayotgan usul, uslub va sharoitlar bilan taqqoslash lozim. Mana shu
xildagi tekshirishlar natijasida shunday tadbirlar ishlab chiqiladiki, ular yordamida
aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf qilish mumkin bo‘ladi.
Ish joyini tashkil qilish va unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashning bunday
tartibi xronometrajni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishning mohiyatini, asl ma’nosini
ochib beradi.
Xronometrajni o‘tkazish oldidan ob’ekt tanlangandan keyin o‘sha ob’ekt
bajarishi zarur bo‘lgan operatsiya tarkibini tashkil etuvchi elementlarga, ya’ni
usullar yig‘indisiga, usullarga hamda harakat va qimirlashlarga bo‘linadi. O‘z
navbatida, tanlangan operatsiyaning elementlarga bo‘linish darajasi quyidagi
hollarga bog‘liq: 1) ishlab chiqarish turlari (tiplari). Xronometraj uchun tanlangan
operatsiya ommaviy ishlab chiqarish turlarida, yakka, hatto, seriyali ishlab chiqarish
turlariga nisbatan ko‘p elementlar; 2) agar tanlangan operatsiya o‘ta murakkab va
mehnat sarfini ko‘p talab qilsa, unday operatsiya oddiy va kam mehnat sarfini talab
qiladigan operatsiyaga nisbatan ko‘p elementlarga bo‘linadi.
Tanlangan operatsiya qanchalik ko‘proq usul, harakat va qimirlash kabi
elementlarga bo‘linsa, shunchalik keraksiz va noto‘g‘ri bajarilayotgan elementlarni
aniqlashga, ularni yanada chuqurroq tahlil etishga yetarli shart-sharoit yaratilishiga
imkon beradi. Shu bilan birga, bu jarayon juda yuqori malakaviy kuzatishni tashkil
etishni va xronometrajni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan
muddatni ancha uzaytiradi.
Mazkur operatsiyani normalash yoki operativ vaqt normativini ishlab chiqish
uchun dastlabki ma’lumot olish maqsadida uzluksiz(yalpi) xronometraj o‘tkazilsa,
operatsiyalar quyidagi tartibda elementlarga bo‘linadi: eng oldin operatsiyaning
mazmuni va uni bajarish tartibi batafsil ta’riflanadi, u puxta tahlil qilinadi. Ta’rifni
tahlil qilishdan maqsad: xodimlar qo‘llagan usul, harakat haqiqatdan ham zarurmi,
ularni bajarishdagi izchillik maqsadga muvofiqmi, xodim ish jarayonida qilayotgan
mehnat harakatlari, qimirlashlari o‘rinlimi, keragidan ortiq harakatlar, qimirlashlar
qilayotgani yo‘qmi kabi masalalarni aniqlashdir. Mana shunday tahlil asosida
operatsiyalarning ratsional tarkibi va harakatdagi izchillik aniqlanadi. Shu bilan bir
vaqtda operatsiya ayrim usullarga yoki usullarning texnologik majmualariga
bo‘linadi.
Masalan, chilangarlik jihozida vtulkani yo‘nish operatsiyasini quyidagi
elementlarga bo‘lish mumkin:
detalni olish, uni gardishga yaqinlashtirish va o‘rnatish;
xalqa va gayka olish, ularni gardishga qo‘ndirish va mustahkamlash;
jihozni yurgizib yuborish;
olmosni yaqinlashtirish;
detalni yo‘nish;
olmosni yo‘nilgan detaldan chetlashtirish;
jihozni to‘xtatish;
gaykani burab bo‘shatish va xalqani chiqarib olish;
yo‘nilgan detalni ko‘tarib olish va joyiga olib qo‘yish.
Tanlab o‘tkaziladigan xronometrajda esa operatsiyalar bu kabi izchilikda
elementlarga bo‘linmaydi, chunki bunda xronometraj qilinadigan operatsiyaning
boshlang‘ich va oxirgi elementi qayd etiladi, ya’ni kuzatuvchiga mazkur operatsiya
elementining boshlanishi va tugashini aniq bildirib turadigan tashqi sabablar qayd
qilinadi, xolos.
Masalan, operatsiyaning (detalni olish, yaqinlashtirish va gardishga qo‘ndirish)
elementi uchun boshlang‘ich qayd qilish nuqtasi bo‘lib qo‘lning detalga olib
borilishi, oxirgi tugallovchi nuqta bo‘lib esa, detaldan qo‘lni olish xizmat qiladi.
Tanlangan operatsiya usul, harakat, qimirlash kabi elementlarga bo‘linib
bo‘lgandan keyin, uning har bir elementi uchun fiksaj nuqtasini aniqlashga
kirishiladi. Bu fiksaj nuqtalar, operatsiyaning har bir elementini ajratish, bitta
elementining boshlanish va boshqa elementini tugallanish chegaralarini qayd
qilish(belgilash) uchun kerak. Operatsiyaning har bir elementi uchun boshlanish va
tugallanish chegarasi to‘g‘ri aniqlanmasa, ular bajarilayotganda sarflanayotgan joriy
vaqt miqdorini to‘liq va aniq o‘lchashga imkoniyat bo‘lmaydi. Bu esa, har bir
operatsiya elementining vaqt sarfi miqdorini to‘g‘ri o‘lchash va aniqlash
imkoniyatini bermaydi. Odatda, tanlangan operatsiyaning birinchi elementi uchun
ikkita (boshlanish va tugallanish) fiksaj nuqtasi, qolgan elementlari uchun esa
bittadan fiksaj nuqtalari aniqlanadi. Sababi, operatsiyani birinchi elementining
tugallanish fiksaj nuqtasi o‘sha operatsiya ikkinchi elementining boshlanish fiksaj
nuqtasi, ikkinchi elemntning tugallanish fiksaj nuqtasi, uchinchi elementning
boshlanish fiksaj nuqtasi va h.k.lari hisoblanadi.
Odatda, fiksaj nuqtalarining boshlanishi, olinayotgan asbob-uskunalarga, xom
ashyolarga qo‘lning ko‘tarilishi, tegishi va hokazolar bilan aniqlansa, fiksaj
nuqtalarining tugallanishi esa olingan xom ashyolarni, asbob-uskunalarni biron
joyga qo‘yganda, o‘sha joyga tegib ovoz chiqqani, ulardan qo‘lning uzilgani va
hokazolar
bilan
aniqlanadi.
Masalan,
tanlagan
misolimizda
keltirilgan
operatsiyaning, «mijozdan pattani olib, uni mahkamlab» deb nomlangan birinchi
elementi boshlanish fiksaj nuqtasi «mijozga qo‘lning ko‘tarilishi bo‘lsa», tugallanish
fiksaj nuqtasi esa «mahkamlangan pattadan qo‘lni uzish» hisoblanadi.
Xronometrajni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishdagi bosqichlaridan biri –
bu, kuzatish miqdorini aniqlashdir.
Hatto, eng barqaror ishda yoki xizmat ko‘rsatishda xodimga bog‘liq yoki
bog‘liq bo‘lmagan har xil sabablarning ta’siri natijasida bir xil usullarga,
harakatlarga, qimirlashlarga ketgan vaqt sarflari bir tekis, ya’ni bir xil miqdorda
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham kuzatilishi uchun ob’ekt qilib tanlangan
operatsiyaning har bir elementiga zarur bo‘lgan vaqt sarfi miqdorini to‘g‘ri
aniqlashga, yetarli va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish uchun iloji boricha kuzatuv
soni (miqdori)ni ko‘paytirishga harakat qilinadi. Sababi, kuzatuv juda ko‘p miqdorda
o‘tkazilganida o‘lchash jarayonida yuz bergan ayrim chetga chiqishlar, yo‘l
qo‘yilgan xatolar o‘zaro bir-birlarini qoplaydi. Ammo, kuzatuv miqdori juda ko‘p
bo‘lganda xronometrajning bevosita o‘tkazish muddatini sezilarli darajada
uzaytiradi va ish vaqti sarfining kuzatuv ishini ancha murakkablashtiradi hamda
xronmetrajni o‘tkazish davomida kuzatuvchidan diqqat va e’tiborni yanada
kuchaytirishni talab etadi.
Xronometrajni o‘tkazish uchun kerakli kuzatuv miqdori aniqlanayotganda
(hisoblanganda) hech bo‘lmaganda quyidagi holatlarni baholi qudrat inobatga
olish tavsiya etiladi: tanlangan operatsiyaning vaqt sarfi miqdori qancha qisqa
bo‘lsa, kuzatuvlar soni shuncha ko‘p bo‘lishi kerak; xronoqatorlar orasidagi
koeffitsientlar qancha barqaror, ya’ni 1,0ga qanchalik yaqin bo‘lsa, kuzatuv
miqdori shuncha kam bo‘ladi; kuzatish o‘tkazish uchun ob’ekt qilib tanlangan
operatsiya ish kuni davomida qancha ko‘p qaytarilsa (bajarilsa), kuzatuv miqdori
ko‘p bo‘ladi va hokozo.
Ishlab chiqarish korxonalarida operatsiyaning har bir elementiga tegishli
qatorlarning barqarorlik darajasi yetarli bo‘lgan hollarda quyidagi kuzatuv yoki
o‘lchash miqdorlari tavsiya etiladi (15-jadvalga qarang).
15-jadval
Taxminiy kuzatish yoki o‘lchash miqdorlari(eng kamida)
Ishlab
chiqarish
turlari
(tiplari)
Operatsiyani yoki har bir kuzatuvni o‘tkazish muddati, min.
hisobida
0,1gac
ha
0,1-
0,25
0,25-
0,5
0,5-
1,0
1,0-
2,0
2,0-
5,0
5,0-
10,0
10,0
-
20,0
20,0
oshgan
da
Ommaviy
125
80
50
35
25
20
15
12
-
Katta seriyali
-
-
35
25
20
15
12
10
-
Seriyali
-
-
-
-
15
12
10
8
6
Kichik seriyali
-
-
-
-
-
10
8
6
5
Kuzatish miqdori hisoblanishi zarur bo‘lgan mehnat normasining sifatiga (foiz
hisobida) qo‘yiladigan talablarga (yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar
miqdoriga) ham bog‘liq. Bu ko‘rsatgich ommaviy ishlab chiqarish jarayoni uchun-
3-5%ni, yirik seriyaligiga-5-8%, seriyaligiga-8-10%, mayda seriyaligiga va yakka
ishlab chiqarish turi uchun esa-10-20%ni tashkil etadi.
16-jadval
Zarur bo‘lgan kuzatuv miqdorini aniqlash
Xronoqatorning
normalashtirilgan
barqarorlik
koeffitsienti, Ku
Kuzatishning aynan to‘g‘riligi, %
3
5
8
10
15
20
Kuzatish miqdori
1,1
6
4
4
3
-
-
1,2
12
7
5
4
3
-
1,3
22
10
6
5
4
-
1,4
31
14
7
6
5
3
1,5
45
19
9
7
5
4
1,6
60
22
11
8
6
5
1,7
75
27
13
10
6
5
1,8
91
33
16
11
7
5
2,0
12
5
45
22
14
8
6
2,3
17
4
63
25
19
10
7
2,5
20
5
75
30
21
11
8
3,0
27
8
100
40
23
14
10
Chet el korxonalarining amaliyotida ham xronometrajni o‘tkazish uchun zarur
bo‘lgan kuzatuv miqdorini aniqlash sohasida hanuzgacha yagona taklif (tavsiya)
uchramaydi. Ayrim chet ellik olimlarning bu boradagi fikri, tavsiyalari ham asosan
biz yuqorida qayd etgan va tavsiya qilgan takliflardan iborat. Masalan, AQShdagi
Djeneral elektrik kompaniyasiga tegishli sanoat korxonalarida tanlangan
operatsiyaning vaqt sarfi miqdoriga qarab quyida ko‘rsatilgan miqdorda ish vaqti
sarfini xronometraj orqali kuzatish tavsiya etiladi (17-jadval):
17-jadval
Tanlangan operatsiyaning vaqt sarfi miqdoriga qarab kuzatuv sonlari
Opreatsiyaning
vaqt
sarfi
miqdori
minutgacha
0,10
0,25
0,5
0,75
1,0
Kuzatish(o‘lchash) soni
200
100
60
40
30
Operatsiyaning
vaqt
sarfi
miqdori
minutgacha
2,0
5
10
20
40
40dan
ortiq
Kuzatish(o‘lchash)soni
20
15
10
8
5
3
Ish vaqti sarfini xronometraj yordamida o‘lchaganda kuzatuv miqdorini
aniqlash jarayonida Amerikaning “Vestingauz elektrik Korporeyshn” kompaniyasi,
nafaqat operatsiya yoki uning elementlari vaqt miqdorlarini, balki ularning yil
davomida qaytarilishini ham inobatga olishni tavsiya etadi (18-jadval).
18-jadval
Xronometrajni o‘tkazishda kerakli o‘lchov (kuzatish) sonlari
Operatsiyaning davomiyligi (minut)
Yil
davomida
bajariladiga
n
operatsiyalar
0,12
kam
roq
0,12
0,1
8
0,3
0,4
8
0,7
2
1,2 2,1 3,0 4,8 7,2
1
2,0
1
8,0
3
0,0
10000dan
ortiqroq
140
120
10
0
80
60
50
40
30
25
20
15
12
10
8
1000dan
10000gacha
80
60
50
40
30
25
20
15
12
10
8
6
5
4
1000dan
kamroq
60
50
40
30
25
20
15
12
10
8
6
5
5
3
Xronometrajni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlaridan yana biri, uni
bevosita o‘tkazishni ta’minlovchi shart-sharoitni yetarlicha yaratib berishdir.
Haqiqatda kuzatiladigan ish joyida tanlangan xodim unumli va samarali ishlashi yoki
xizmat ko‘rsatishi uchun unga zarur shart-sharoit yaratilmas ekan, xronometrajni
o‘tkazish natijasida kerakli va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoni
bo‘lmaydi.
14.3. Xronometrajni o‘tkazishni tashkil etish va u orqali olingan
ma’lumotlarga ishlov berish
Xodimlar xronometrajga ongli ravishda ishlash bilan javob berishlari uchun
ularga xronometraj nima ekanligini, nima maqsadda va qanday qilib
o‘tkazilishini tushuntirish kerak.
Misolimizda xronometraj o‘tkazishni tashkil etish uchun tanlangan operatsiya
«Xarid qilingan, poyabzalni mijozga topshirish».
Xronometraj o‘tkazish uchun maxsus kuzatuv varaqasi – xronokartadan
foydalaniladi. Uning ichki tomoni 19-jadvalda aks ettirilgan.
Xronometrajni o‘tkazishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan operatsiya
elementlarining ro‘yxati va ularga muvofiq yozib olish, qayd qilish (fiksaj) nuqtalari
xronokartaning bular uchun ajratilgan maxsus bo‘limlariga yozib qo‘yiladi.
Xronometrajni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rib bo‘linganidan keyin xronokarta
bo‘yicha operatsiya elementlarini bajarishga ketadigan ish vaqti sarfini kuzatishga
va o‘lchashga kirishiladi.
Xronometraj o‘tkazishga kirishishdan oldin ish shunday tashkil qilingan
bo‘lishi kerakki, bunda xodim hamma zarur narsalar bilan ta’minlangan, ish joyida
tartib o‘rnatilgan, asbob-uskunalar, xom ashyolar xodimga yaqin va qulay yerga
qo‘yilgan, jihoz shay qilib qo‘yilgan, moylangan, moslamalar va asbob-uskunalar
mustahkamlab qo‘yilgan, sifat jihatidan texnikaviy talablarga javob beradigan
bo‘lishi kerak.
Kuzatuvchi xronometrajni xronokartada kuzatuvni boshlash belgisi qo‘yilgan
vaqtdan boshlaydi. U qayd qilish (fiksaj) nuqtasini fahmlash, sekundomerga qarab
vaqt sarfini sanash, ularni xronokartaga yozib borish bilangina cheklanmasdan, balki
xodim operatsiyaning mazkur elementini qanday bajarayotganini ham kuzatib
borishi kerak. Buning uchun xronokartada maxsus bo‘lim bo‘lib, u yerga
operatsiyaning qanday elementida, kuzatuvning qaysi tartib raqamida mazkur
operatsiya uchun belgilangan mazmundan chekinish bo‘lishini va u nimadan iborat
ekanligi yoziladi.
Operatsiyaning barcha elementlari joriy vaqt usulida xronometraj qilinganda
kuzatuvchi joriy vaqtni qayd qilar ekan, u ish jarayonida uchraydigan tanaffusning
boshlanishi va tugashi paytini, bu tanaffus kuzatilayotgan operatsiyaning qaysi
elementi bajarilayotganda sodir bo‘lganligini, kuzatuvning qaysi tartib raqamiga
tegishli ekanligini, shuningdek, uning sabablarini ko‘rsatishi kerak.
Xronometrajni o‘tkazish natijasida operatsiyaning har bir elementi qancha
davom etishini ko‘rsatuvchi qator miqdor o‘lchovlari hosil bo‘ladi, buni xronometraj
kuzatuvlarida xronoryad (xronoqatorlar) deb ataladi.
Xronometraj o‘tkazib bo‘lingandan keyin, xronokartadagi ma’lumotlarga
ishlov beriladi va dastlab operatsiyaning har bir elementiga ketgan vaqt sarfi
davomiyligi aniqlanadi. Misolimizda birinchi xronoqatordagi birinchi elemetning
vaqt sarfi miqdori 24 sekundga, ya’ni joriy vaqt miqdoriga teng. Ikkinchi
xronoqatordagi ikkinchi elementning vaqt sarfi miqdori (37-24) 13 sekundga,
uchinchi qatordagi uchinchi elementning vaqt sarfi miqdori esa (2-12-37)95
sekundga teng va h.k.lar. Kuzatilgan operatsiyaning xronoqatordagi hamma
elementlar vaqt sarfi miqdorlari aniqlangandan keyin, xronometraj o‘tkazish
natijasida vujudga kelgan yaroqli va yaroqsiz kuzatuvlar sonlari aniqlanib, har bir
elementning xronoqatordagi yaroqli kuzatuvlar miqdorlari yoziladi. Agar har bir
xronoqatordagi elementlar o‘zlarining vaqt miqdorlari bilan bir-birlaridan katta farq
qilsalar(maksimal yoki minimal vaqt sarfi miqdorlari bo‘yicha), unda, bunday
kuzatuvlar yaroqsiz, deb topiladi. Ular doira ichiga olinib, keyinchalik bo‘ladigan
hisob-kitoblarda qatnashmaydilar. Misolimizda ikkinchi xronoqatordagi uchinchi va
oltinchi kuzatuvlar, yaroqsiz kuzatuvlar, deb topiladi. Shuning uchun ikkinchi
xronoqatordagi yaroqli kuzatuvlar soni ustuniga «8» raqami, qolgan (birinchi,
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xronoqatorlarda) yaroqli elementlar soni
ustunlariga 10 raqamlari yoziladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday xronoqatorda operatsiya mazkur
elementining davom etishida tafovutlar bo‘ladi, ya’ni sarflanadigan minutlar yoki
sekundlar miqdori bir xil bo‘lavermaydi. Buning sabablari ko‘p. Ulardan eng
asosiylari
quyidagilardir:
birinchidan,
tanlangan
operatsiya
elementlariga
sarflanadigan vaqt miqdoridagi tafovutlar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish
jarayonida ob’ektiv yoki sub’ektiv sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, xodim
operatsiya elementlarini bajarayotganda o‘z harakatini bir qadar susaytirishi yoki
tezlashtirishi, boshqa narsaga bir lahza bo‘lmasada, alaxsib qolishi mumkin. Bu hol
operatsiya elementi uchun sarflanadigan vaqt miqdorida tafovutlar bo‘lishiga olib
keladi. Operatsiya elementlariga sarflar miqdori (xronoqatorda minut yoki sekund
ko‘rsatgichlari) bir-biridan uncha katta farq qilmasdan davom etsa, uning qatori ham
deyarli bir tekis bo‘ladi. Bunday tekislik, yuqorida qayd qilinganidek,
xronoqatorlarning barqarorligini ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, xronoqatorlarda elementlarning davom etishida notekis tafovutlar
ham bo‘ladi. Bu hol operatsiya elementlarini bajarishda xodimning keskin
alaxsirashi, yonidagi xodim bilan gaplashib qolishi, ishlatiladigan mehnat qurollarini
o‘z joyiga va tartib bilan qo‘ymasligi, to‘satdan tushirib yuborishi va ba’zi tashkiliy-
texnik kamchiliklar natijasida ro‘y beradi. Xronkartadagi mazkur operatsiyani
bajarish borasida yuz bergan bunday kamchiliklar natijasida ortiqcha sarflangan
vaqtlar xronoqatorlarda yuqorida qayd qilganimizdek, maxsus belgilanadi va
operatsiyaning shu elementi uchun sarflangan o‘rtacha vaqt hisob-kitobiga
kiritilmaydi.
Va nihoyat, uchinchidan, kuzatuvchining xatosi natijasida, ya’ni har bir
elementni boshlanishidagi yoki tugallanganligidagi joriy vaqtlar noto‘g‘ri
ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Yaroqli kuzatuvlar miqdori aniqlanib bo‘lgandan
keyin, har bir xronoqator uchun vaqt sarflarining davomiyligi yig‘indisi aniqlanadi.
Birinchi
xronoqatorning
vaqt
sarfi
davomiylik
yig‘indisi
(24Q25Q28Q27Q24Q23Q26Q30Q30Q32)q259
sekundga
teng.
qolgan
xronoqatorlarning vaqt sarflari davomiyligi yig‘indilari ham xuddi yuqorida
ko‘rsatilgan tartibda aniqlanadi.
Xronokartaning o‘rtacha davomiylik ustunidagi ko‘rsatkichlar har bir
elementning «davomiylik yig‘indisi»ni o‘sha elementning «yaroqli kuzatuvlar
soni»ga bo‘lish natijasida aniqlanadi. Masalan, operatsiyaning birinchi «mijozdan
pattani olib, uni mahkamlash» elementi uchun bu ko‘rsatkich
х
секундга
24
25
28
27
24
23
26
30
30
32
10
25 9,
teng bo‘ladi.
Xronokartadagi ma’lumotlarga ishlov berishning navbatdagi bosqichi – bu,
tanlangan operatsiyaning har bir elementi uchun xronometraj to‘g‘ri yoki xato
o‘tkazilganligini aniqlashdir. Boshqacha qilib aytganda, xronoqatordagi keskin
notekis tafovutlar bartaraf qilingandan keyin uning haqiqiy barqarorlik koeffitsienti
topiladi. Buning uchun operatsiyaning har bir elementi haqiqiy barqarorlik
koeffitsientining o‘sha elementdagi maksimal vaqt davomiyligini minimal vaqt
davomiyligiga bo‘lish natijasida topiladi. Bunda xato deb topilgan elementlar
qatnashmaydi. Masalan, operatsiyaning “mijozdan pattani olib, uni mahkamlash”
elementining haqiqiy barqarorlik koeffitsienti (
:
)
,
3223
136
ga teng. Hamma
elementlar uchun shu tartibda aniqlangan haqiqiy barqarorlik koeffitsientlari, o‘sha
elementlar uchun oldindan tayyor berilgan, normalashtirilgan barqarorlik
koeffitsientlari bilan taqqoslab ko‘riladi. Bunda qaysi elementning haqiqiy
barqarorlik koeffitsienti normalashtirilganiga teng yoki undan kichik bo‘lsa, o‘sha
element bo‘yicha xronoqator barqaror va xronometraj to‘g‘ri o‘tkazilgan, deb
topiladi. Agarda operatsiyaning biron elementi bo‘yicha haqiqiy barqarorlik
koeffitsienti normalashtirilganidan katta bo‘lsa, o‘sha element bo‘yicha xronometraj
xato o‘tkazilgan, deb hisoblanadi. Bunday holda, o‘sha element uchun qaytadan
ikkinchi marta haqiqiy barqarorlik koeffitsienti aniqlanadi. Buning uchun o‘sha
elementdagi keyingi (ikkinchi) maksimal davomiylikni dastlabki minimal
davomiylikka yoki dastlabki maksimal davomiylikni keyingi minimal davomiylikka
(yaxshisi, birinchi variantni qo‘llagan ma’qul) bo‘lish natijasida ikkinchi haqiqiy
barqarorlik koeffitsienti aniqlanadi. Ikkinchi marta aniqlangan barqarorlik
koeffitsienti normalashtirilgan barqarorlik koeffitsientidan kichkina yoki unga teng
bo‘lsa, xronometraj o‘sha element(xronoqator) bo‘yicha to‘g‘ri o‘tkazilgan
hisoblanadi. Moboda, ikkinchi marta aniqlangan o‘sha haqiqiy barqarorlik
koeffitsienti normalashtirilgan barqarorlik koeffitsientidan yana katta bo‘lsa, unda
o‘sha element bo‘yicha xronometraj xato o‘tkazilgan, deb topiladi. Bunday
elementlarning vaqt sarflari xronometrajni qaytadan o‘tkazish orqali kuzatiladi va
o‘rganiladi. Bunday holda xronometrajning tanlab o‘tkazish usuli qo‘llaniladi va
operatsiyaning o‘sha elementlaridan har biri uchun ikkitadan, ya’ni boshlanish va
tugallanish fiksaj nuqtalari aniqlanadi.
Har bir xronoqator uchun barqarorlik koeffitsientlari xronometrajning hamma
turlari (uzluksiz, uzlukli va siklli) bo‘yicha aniqlanishi shart.
Xronoqatorning normalashtirilgan barqarorlik koeffitsienti kuzatilayotgan
ish(operatsiya) elementining vaqt sarfi miqdoriga va ishlab chiqarish turlariga
(tiplariga) bog‘liqligini inobatga olgan holda oldindan hisoblab qo‘yilgan bo‘ladi
(20-jadvalga qarang).
20- jadval
Xronoqatorlarning normalashtirilgan barqarorlik koeffitsientlari
Xronoqatorning normalashtirilgan barqarorlik
koeffitsienti
Ishlab chiqarish
turlari(tiplari) va
kuzatilayotgan
elementning vaqt
sarfi miqdori,sek
mashina bilan
bajarilganda
mashina-qo‘l
bilan
bajarilganda
jihozni
ishlash
jarayoni
kuzatilganda
qo‘l kuchi
bilan
bajarilganda
Ommaviy:
10
10
1,2
1,1
1,5
1,2
1,5
1,3
2,0
1,5
Yirik seriyali: :
10
10
1,2
1,1
1,6
1,3
1,8
1,5
2,3
1,7
Seriyali:
10
10
1,2
1,1
2,0
1,6
2,0
1,8
2,5
2,3
Kichik seriyali va
yakka ishlab
chiqarish
1,2
2,0
2,5
3,0
Nihoyat, operatsiyadagi har bir elementning o‘rtacha davomiylik vaqt
sarflarining yig‘indisi tanlangan operatsiyani bajarishga sarflangan operativ vaqt
miqdorini beradi. Misolimizda tanlangan operatsiyaning haqiqiy operativ vaqt
miqdori (25,9Q12,0Q93,5Q8,2Q24,3)q164,1 sekund yoki 2 minut, 44,1 sekundga
teng.
Xronometrajni o‘tkazish natijasida olingan ma’lumotlar tahlilini tashkil etishda
tanlangan operatsiyaning har bir elementi vaqt sarfiga ta’sir etuvchi omillarni
xronokartada to‘g‘ri belgilash va ko‘rsatish juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu
turdagi omillar nafaqat operatsiyaning o‘ziga, balki, uning asosiy tarkibini tashkil
etuvchi usul, harakat, qimirlash kabi elementlariga ham har xil ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, operatsiyaning elementi hisoblangan «Ishlov beriladigan qismni olish va
uni jihozga o‘rnatish» elementining vaqt sarfiga ta’sir etuvchi yetakchi omili bo‘lib
ishlov beriladigan qismining og‘irligi hisoblanadi. Yoki bo‘lmasa, xodimning
jihozdan jihozga xizmat ko‘rsatish uchun o‘tishiga o‘rnatilgan jihozlar o‘rtasidagi
masofa asosiy omil sanaladi.
Ish vaqti fotografiyasi, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonlarining
fotografiyasi bilan xronometraj o‘rtasida ko‘p umumiy jihatlar bor. Shu bilan bir
qatorda ularning farq qiladigan tomonlari ham bir qancha. Bu 21-jadvalda aks
ettirilgan.
21-jadval
Ish vaqti sarflarini kuzatishda qo‘llanadigan har xil turdagi uslublarning
eng muhim farqlari
Ajratib turadigan belgilari
Kuzati
sh
uslubi
Kuzatuv
ob’ekti
Vaqt
Mashina
vaqtini
o‘rganis
h
Ish
tarkibin
ing
doimiyl
igi
Ishnin
g
takrorl
anishi
Ishning
davom
etish
muddati
Kuzatish
ning
boshlanis
h
momenti
Hisoblan
gan
vaqtning
to‘g‘rilig
i
Ish
vaqti
fotogra
fiyasi
Ish kuni
yoki
uning
bir
qismi
Ish
vaqtini
ng
hamma
turlari
O‘rganil
adi
Shart
emas
Har
qanday
Har
qanday
Odatda,
ish kuni
boshida
Odatda
1min.ga
cha
Ish(ishl
ab
chiqari
sh)
jarayon
i
fotogra
fiyasi
Ish(ishla
b
chiqaris
h)
jarayon
i
Bu ham Bu ham Bu ham
Bu
ham
Odatda
kattaroq
Ish(ishla
b
chiqarish
jarayonin
ing)
boshlanis
hida
Bu ham
Xrono
metraj
Opreatsi
ya,
usul,
harakat
Asosiy
va
yordam
chi ish
vaqti
O‘rganil-
maydi
Shart
Tez-
tez
Nisbatan
qisqa
Ish
kunini
xohlanga
n vaqtida
Odatda
1
sek.gach
a
Yuqorida berilgan misolimizda tanlangan operatsiyaning barcha elementlari
davom etishining operativ vaqt miqdori yig‘indisi (164,1 sekund yoki 2,44 minut)
operativ vaqtni (OP) bildiradi. Bundan keyin vaqt normasini belgilashni hisob-kitob
qilish uchun amaldagi mehnat normativlariga asoslanib tayyorgarlik – yakunlovchi
vaqt (TYa), ish joyiga xizmat ko‘rsatish(IJXK), dam olish va shaxsiy ehtiyojlar
uchun sarflanadigan tanaffus (DOShE) vaqtlarini qo‘shish kerak.