XOJA SAMANDAR TERMIZIY “DASTUR UL-MULUK” ASARI MANBA SIFATIDA

Yuklangan vaqt

2023-02-02

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

27

Faytl hajmi

81,4 KB


 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 
 
 
“MANBASHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK” KAFEDRASI 
“TARIXSHUNOSLIK VA MANBASHUNOSLIK” FANIDAN  
 
 
 
XOJA SAMANDAR TERMIZIY “DASTUR UL-MULUK” ASARI MANBA 
SIFATIDA 
 
 
 
Toshkent-2023 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI “MANBASHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK” KAFEDRASI “TARIXSHUNOSLIK VA MANBASHUNOSLIK” FANIDAN XOJA SAMANDAR TERMIZIY “DASTUR UL-MULUK” ASARI MANBA SIFATIDA Toshkent-2023
REJA: 
 
Kirish……………...................................................................................................3 
I-BOB. XOJA SAMANDAR TERMIZIYNING TARIX FANIDA TUTGAN 
O‘RNI VA ROLI.................................................................................................5-14 
I.1. Xoja Samandar Termiziy hayoti va olib borgan faoliyati...............................5-7 
I.2. “Dastur ul-muluk” asarining tuzilish tarkibi va saqlangan nusxalari..….....8-14 
II-BOB. “DASTUR UL-MULK” – XVII ASR BUXORO XONLIGI TARIXINI 
YORITUVCHI MANBA SIFATIDA…….…...................................................15-23 
II.1.«Dastur ul-muluk» asarining   mazmuni.....................................................13-20 
II.2.«Dastur ul-muluk» asarida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy hayoti 
yoritilishi…………………………………………………………………........21-23 
Xulosa................................................................................................................24-25 
Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................................26 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
KIRISh 
REJA: Kirish……………...................................................................................................3 I-BOB. XOJA SAMANDAR TERMIZIYNING TARIX FANIDA TUTGAN O‘RNI VA ROLI.................................................................................................5-14 I.1. Xoja Samandar Termiziy hayoti va olib borgan faoliyati...............................5-7 I.2. “Dastur ul-muluk” asarining tuzilish tarkibi va saqlangan nusxalari..….....8-14 II-BOB. “DASTUR UL-MULK” – XVII ASR BUXORO XONLIGI TARIXINI YORITUVCHI MANBA SIFATIDA…….…...................................................15-23 II.1.«Dastur ul-muluk» asarining mazmuni.....................................................13-20 II.2.«Dastur ul-muluk» asarida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy hayoti yoritilishi…………………………………………………………………........21-23 Xulosa................................................................................................................24-25 Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................................26 KIRISh
 
Kurs ishining dolzarbligi. Istiqlolimiz sharofati tufayli yosh avlodni 
tarbiyalashdek muhim ishlarni avlodni tarbiyalashdek, g‘oyaviy-mafkuraviy 
dunyoqarashlarini shakllantirish ya’ni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs qilib 
tarbiyalashdek muhim va sharafli vazifalarni bajarishda xonliklar davrida yaratilgan 
manbalarni haqqoniy o‘rganish bosh maqsad qilib olindi. 
Markaziy Osiyo tarixida Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy 
ahvolini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari o‘rtasidagi siyosiy 
munosabatlarni chuqurroq o‘rganishda “Dastur ul-muluk” asarining tarixiy manba 
sifatidagi ahamiyatini aniqlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
Ushbu mavzuga jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ehtiyojlari 
yuzasidan murojaat qilishning dolzarbligi – ayni shu vaqtda aynan shu mavzuga 
murojaat etishning sabablarini qisqacha yoritish, jamiyatning bugungi kundagi 
holatining mazkur mavzuni tadqiq qilishni g‘oyat zarur qilib qo‘ygan o‘ziga xos 
xususiyatlarini tavsiflab berish. 
Ushbu mavzuga fanning ichki ehtiyojlari yuzasidan murojaat qilishning 
dolzarbligi – nima uchun bu mavzuning ayni shu vaqtda bunchalik dolzarb bo‘lib 
qolganligi, uning shu tarzda ochib berilishiga ilgari nima xalaqit qilganligini 
izohlash, unga murojaat qilishning fan rivojining dinamikasi, bu muammo bo‘yicha 
yangi axborotlarning to‘planib qolganligi, mavjud tadqiqotlarda uning yetarli 
darajada ishlab chiqilmaganligi, muammoni yangicha talqinda, tadqiqotning yangi 
uslublari va uslubiyotlaridan foydalanib o‘rganish zarurligi bilan bog‘liq ekanligini 
ko‘rsatish. 
Shu bilan bir qatorda XVII-XVII asrlarda Buxoro xonligining shaharlari, 
iqtisodiyoti, aholi sharoitlari, savdo munosabatlari kabi jarayonlarni to‘g‘ri 
o‘rganishni taqazo etadi. 
Kurs ishining maqsad va vazifalari. “Dastur ul-muluk” asari Orta 
Osiyoning XVII asr adabiyotining qiziqarli boyligi hisoblanadi. Ammo u nafaqat 
etika-didaktik adabiyotining asari sifatida, balki Buxoro xonligining XVII asr 
so‘nggi choragidagi muhim voqealar o‘z aksini topgan tarixiy manba sifatida ham 
Kurs ishining dolzarbligi. Istiqlolimiz sharofati tufayli yosh avlodni tarbiyalashdek muhim ishlarni avlodni tarbiyalashdek, g‘oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashlarini shakllantirish ya’ni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs qilib tarbiyalashdek muhim va sharafli vazifalarni bajarishda xonliklar davrida yaratilgan manbalarni haqqoniy o‘rganish bosh maqsad qilib olindi. Markaziy Osiyo tarixida Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarni chuqurroq o‘rganishda “Dastur ul-muluk” asarining tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini aniqlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu mavzuga jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ehtiyojlari yuzasidan murojaat qilishning dolzarbligi – ayni shu vaqtda aynan shu mavzuga murojaat etishning sabablarini qisqacha yoritish, jamiyatning bugungi kundagi holatining mazkur mavzuni tadqiq qilishni g‘oyat zarur qilib qo‘ygan o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflab berish. Ushbu mavzuga fanning ichki ehtiyojlari yuzasidan murojaat qilishning dolzarbligi – nima uchun bu mavzuning ayni shu vaqtda bunchalik dolzarb bo‘lib qolganligi, uning shu tarzda ochib berilishiga ilgari nima xalaqit qilganligini izohlash, unga murojaat qilishning fan rivojining dinamikasi, bu muammo bo‘yicha yangi axborotlarning to‘planib qolganligi, mavjud tadqiqotlarda uning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi, muammoni yangicha talqinda, tadqiqotning yangi uslublari va uslubiyotlaridan foydalanib o‘rganish zarurligi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatish. Shu bilan bir qatorda XVII-XVII asrlarda Buxoro xonligining shaharlari, iqtisodiyoti, aholi sharoitlari, savdo munosabatlari kabi jarayonlarni to‘g‘ri o‘rganishni taqazo etadi. Kurs ishining maqsad va vazifalari. “Dastur ul-muluk” asari Orta Osiyoning XVII asr adabiyotining qiziqarli boyligi hisoblanadi. Ammo u nafaqat etika-didaktik adabiyotining asari sifatida, balki Buxoro xonligining XVII asr so‘nggi choragidagi muhim voqealar o‘z aksini topgan tarixiy manba sifatida ham
ahamiyatga egaligini aniqlash lozim. Xoja Samandarning “Dastur ul-muluk” 
asarining tarixiy qismi biz uchun ikki munosabatlarda muhim: bir tomondan, unda 
boshqa manbalardagi ma’lumotlarni to‘ldiruvchi O‘rta Osiyoning XVII asr oxiri 
tarixi bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan, unda o‘sha 
davr Buxoro aholisining turmush tarzi hamda urf-odatini yorituvchi asl faktlar 
keltirib o‘tiladi. 
Kurs ishining obyekti va predmeti. Tadqiqotning tarixiy manbasini 
Buxoro xonligidagi Ashtarxoniylar sulolasi davrini yoritish tashkil etadi. 
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Akademiklardan G. Zaleman birinchi 
bo‘lib Kun to‘plamidagi qo‘lyozmalar ro‘yxatini nashr qilganida “Dastur ul-muluk” 
asarini qayd etdi. Olima M.Salohitdinovaning so‘zlariga ko‘ra, bu asar 
tadqiqiotchilarni SSSR FA sharqshunoslik institutining fors va tojik qo‘lyozmalari 
qisqa katalogini tuzish vaqtida qiziqtiradi, chunki asarning uchdan ikki qismini 
tarixiy mazmundagi ma’lumotlar tashkil etadi. 1964-yil eron filologiyasi bo‘yicha 
IV Butunittifoq ilmiy konferensiyasida “O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha yangi manba” 
mavzusida ma’ruza o‘qildi. Ushbu ma’ruzada “Dastur ul-muluk”ning muallifi 
haqida qisqa ma’lumotlar berilib, asarning tarixiy manba ekanligini tushuntirishga 
harakat qilindi. M.Salohitdinova 1971-yili “Dastur ul-muluk” asarining forsiy 
matnining ruscha tarjimasini zarur izohlar bilan chop etdi1. Asarning o‘zbekcha 
nashri 1997-yili Jabbor Esonov tomondan amalga oshirildi2. Shu o‘rinda 1990-yilda 
Dushanbening  “Adib” nashriyotida Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” 
asarining (nashrga tayyorlovchi, qisqacha muqaddima va izohli lug‘atlar muallifi 
S.Halimov) qisqartirilgan matni bosildi3. 
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Tadqiqot kirish, 2 bob va 4 paragraf, 
xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 
 
 
                                                           
1 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. Salohiddinova M. A.ning fors tilidan qadimgi qo'lyozma faksimilesi. 
M.: «Nauka», 1971 (rus tilida). 
2 Мухаммад Баде ибн Мухаммад Шариф Малехо, Музаккир ул-асхоб, 330-бет. 
3 Xoja Samandar Termiziy. “Dastur ul-muluk”.S.Halimovning asar qisqacha muqaddimasi va izohli lug‘ati. D.: 
«Adib», 1990. 
ahamiyatga egaligini aniqlash lozim. Xoja Samandarning “Dastur ul-muluk” asarining tarixiy qismi biz uchun ikki munosabatlarda muhim: bir tomondan, unda boshqa manbalardagi ma’lumotlarni to‘ldiruvchi O‘rta Osiyoning XVII asr oxiri tarixi bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan, unda o‘sha davr Buxoro aholisining turmush tarzi hamda urf-odatini yorituvchi asl faktlar keltirib o‘tiladi. Kurs ishining obyekti va predmeti. Tadqiqotning tarixiy manbasini Buxoro xonligidagi Ashtarxoniylar sulolasi davrini yoritish tashkil etadi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Akademiklardan G. Zaleman birinchi bo‘lib Kun to‘plamidagi qo‘lyozmalar ro‘yxatini nashr qilganida “Dastur ul-muluk” asarini qayd etdi. Olima M.Salohitdinovaning so‘zlariga ko‘ra, bu asar tadqiqiotchilarni SSSR FA sharqshunoslik institutining fors va tojik qo‘lyozmalari qisqa katalogini tuzish vaqtida qiziqtiradi, chunki asarning uchdan ikki qismini tarixiy mazmundagi ma’lumotlar tashkil etadi. 1964-yil eron filologiyasi bo‘yicha IV Butunittifoq ilmiy konferensiyasida “O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha yangi manba” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Ushbu ma’ruzada “Dastur ul-muluk”ning muallifi haqida qisqa ma’lumotlar berilib, asarning tarixiy manba ekanligini tushuntirishga harakat qilindi. M.Salohitdinova 1971-yili “Dastur ul-muluk” asarining forsiy matnining ruscha tarjimasini zarur izohlar bilan chop etdi1. Asarning o‘zbekcha nashri 1997-yili Jabbor Esonov tomondan amalga oshirildi2. Shu o‘rinda 1990-yilda Dushanbening “Adib” nashriyotida Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asarining (nashrga tayyorlovchi, qisqacha muqaddima va izohli lug‘atlar muallifi S.Halimov) qisqartirilgan matni bosildi3. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Tadqiqot kirish, 2 bob va 4 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 1 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. Salohiddinova M. A.ning fors tilidan qadimgi qo'lyozma faksimilesi. M.: «Nauka», 1971 (rus tilida). 2 Мухаммад Баде ибн Мухаммад Шариф Малехо, Музаккир ул-асхоб, 330-бет. 3 Xoja Samandar Termiziy. “Dastur ul-muluk”.S.Halimovning asar qisqacha muqaddimasi va izohli lug‘ati. D.: «Adib», 1990.
I-BOB. XOJA SAMANDAR TERMIZIYNING TARIX FANIDA 
TUTGAN O‘RNI VA ROLI 
I.1. Xoja Samandar Termiziy hayoti va olib borgan faoliyati 
 
“Dastur ul-muluk”(“Podshohlarga qo‘llanma”) nomli qimmatli asarning 
 muallifi XVII asr tarixchisi Xoja Samandar Termiziy bo‘lib, uning to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar deyarli kam. U haqidagi ma’lumotlar asosan “Dastur ul-muluk”ning 
o‘zida, shuningdek muallifga zamondosh bo‘lgan mashhur shoirlardan Muhammad 
Ba’di ibn Muhammad Sharif Samarqandiy Malihning “Muzakkir ul-asxob 
antologiyasida mavjud. 
Muallifning haqiqiy ismi so‘nggi vaqtlargacha noma’lumligicha qolgan edi. 
“Dastur u-muluk” va Malihning “Muzakkir ul-asxob” asarlarida uning faqat 
taxallusi – Samandar ko‘rsatilgan edi. Bu taxallus unga uning tilining o‘tkirligi, o‘z 
ishiga jiddiy yondashganidan berilgan bo‘lishi kerak. Faqatgina “Muzakkir ul- 
asxob” asaridagina Xoja Samandarning asl ismi - Muhammad Baqo berilgan4. 
Muallif hayotining aniq sanasi hali to‘liq o‘rnatilmagan edi. U uzoq umr 
ko‘rgan degan asoslar ham bor. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Xoja Samandar 
taxminan 1638-yil Termizda sayyidlar oilasida tavallud topgan bo‘lib, 1740-
yilgacha Qumqo‘rg‘onda yashab o‘tgan. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Dastlab 
Narpayda qozilik qilgan(1660 – 1662-yillar)5. Hayotining birinchi yarmi sayohat 
qilib yurish bilan kechgan. Malih u haqida shunday yozadi: “U sharq va g‘arb 
shaharlari bo‘ylab sayohat qilib, taqdirning shirin va achchiq damlarini boshidan 
kechirgan”. Yana shunday asoslar ham borki, bu davrda muallif darveshona hayot 
tarzini ham boshidan kechirgan. Keyinchalik esa o‘z hayot tarzini o‘zgartirgan 
bo‘lishi mumkin. 
Xoja Samandar uzoq vaqt Qarshi(Nasaf)da yashagan bo‘lishi kerak. Yo‘l-  
yo‘lakay shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, muallifimiz to‘g‘risida yozayotgan 
Malih 1100/1688 – 89-yili uni Nasafiy deb ataydi. Bu yerda u ikki bor Qarshi raisi 
                                                           
4 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. Salohiddinova M. A.ning fors tilidan qadimgi qo'lyozma faksimilesi. 
M.: «Nauka», 1971 (rus tilida).10-bet. 
5 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. Darslik. T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008.78-bet. 
I-BOB. XOJA SAMANDAR TERMIZIYNING TARIX FANIDA TUTGAN O‘RNI VA ROLI I.1. Xoja Samandar Termiziy hayoti va olib borgan faoliyati “Dastur ul-muluk”(“Podshohlarga qo‘llanma”) nomli qimmatli asarning muallifi XVII asr tarixchisi Xoja Samandar Termiziy bo‘lib, uning to‘g‘risidagi ma’lumotlar deyarli kam. U haqidagi ma’lumotlar asosan “Dastur ul-muluk”ning o‘zida, shuningdek muallifga zamondosh bo‘lgan mashhur shoirlardan Muhammad Ba’di ibn Muhammad Sharif Samarqandiy Malihning “Muzakkir ul-asxob antologiyasida mavjud. Muallifning haqiqiy ismi so‘nggi vaqtlargacha noma’lumligicha qolgan edi. “Dastur u-muluk” va Malihning “Muzakkir ul-asxob” asarlarida uning faqat taxallusi – Samandar ko‘rsatilgan edi. Bu taxallus unga uning tilining o‘tkirligi, o‘z ishiga jiddiy yondashganidan berilgan bo‘lishi kerak. Faqatgina “Muzakkir ul- asxob” asaridagina Xoja Samandarning asl ismi - Muhammad Baqo berilgan4. Muallif hayotining aniq sanasi hali to‘liq o‘rnatilmagan edi. U uzoq umr ko‘rgan degan asoslar ham bor. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Xoja Samandar taxminan 1638-yil Termizda sayyidlar oilasida tavallud topgan bo‘lib, 1740- yilgacha Qumqo‘rg‘onda yashab o‘tgan. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Dastlab Narpayda qozilik qilgan(1660 – 1662-yillar)5. Hayotining birinchi yarmi sayohat qilib yurish bilan kechgan. Malih u haqida shunday yozadi: “U sharq va g‘arb shaharlari bo‘ylab sayohat qilib, taqdirning shirin va achchiq damlarini boshidan kechirgan”. Yana shunday asoslar ham borki, bu davrda muallif darveshona hayot tarzini ham boshidan kechirgan. Keyinchalik esa o‘z hayot tarzini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Xoja Samandar uzoq vaqt Qarshi(Nasaf)da yashagan bo‘lishi kerak. Yo‘l- yo‘lakay shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, muallifimiz to‘g‘risida yozayotgan Malih 1100/1688 – 89-yili uni Nasafiy deb ataydi. Bu yerda u ikki bor Qarshi raisi 4 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. Salohiddinova M. A.ning fors tilidan qadimgi qo'lyozma faksimilesi. M.: «Nauka», 1971 (rus tilida).10-bet. 5 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. Darslik. T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008.78-bet.
lavozimiga tayinlangan. Malihning so‘zlariga ko‘ra, u “rayosat panoh” faxriy 
unvoniga ega bo‘lgan6. 
1670-yillarda Buxoroga qaytib, Ashtarxoniylardan Abdulazizxon(1055 – 
1091/1645 – 1680) saroyida tarixchi (voqeanavis) lavozimida ishlagan. U 
Abdulazizxonning Buxoroga kirib kelgan xorazmiylarga qarshi yurishida ishtirok 
etgan. Xoja Samandar Subhonqulixon(1091 – 1114/1680 – 1702)ning Balxga 
1097/1685, 1104/1693 va 1107/1695-yillarda amalga oshirgan uchta yurishining 
ishtirokchisi bo‘lgan. Shuningdek, Xoja Samandar elchilik vazifasini ham amalga 
oshirgan. U Subhonqulixon tomonidan Samarqandning isyonkor hukmdori 
Xo‘jaquli bilan uni xon bilan yarashishga ko‘ndirish maqsadida muzokaralar olib 
borish uchun ikki marta vakil qilib yuborilgan edi. Bularning barchasi haqida 
muallifning shaxsan o‘zidan, uning Balxga 1107/1695-yilgi yurishida ishtirok etishi 
to‘g‘risida esa Xoja Samandarga zamondosh bo‘lmish Muhammad Amin ibn 
Muhammad Zamonning “Muhit at-tavorix” nomli tarixiy asaridan bilish mumkin7. 
Muallifning 1702-yili Qarshiga kelishi uning uchun katta falokat bilan 
tugagan. Uning so‘zlariga qaraganda, unga qarshi axloqan past, ammo Qarshida juda 
katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan Avaz xo‘ja degan kishi boshchiligidagi harakat 
uyushtirilgan edi. Ushbu tuhmat natijasida Xoja Samandardan do‘stlari yuz 
o‘girishadi; uning Qarshi jamiyatidan uzilishiga va darveshona hayotini eslatuvchi 
turmush tarzini boshidan kechirishiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan u umrining 
oxirigacha faqat ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Xoja Samandarning hayoti va 
ijodida Balxda yashovchi qozi Yusuf mirzo degan kishi katta rol o‘ynagan va 
muallifimiz u bilan asosan yozishmalar orqali aloqada bo‘lgan. Bu ikki shaxsning 
xatlari “Dastur ul-muluk”da keltirib o‘tilgan. Xoja Samandar Yusuf mirzoni yuksak 
faxr bilan tilga oladi. 
Xoja Samandar Termiziy o‘z davrining keng ma’lumotli kishilari jumlasidan 
bo‘lgan. Malihning bergan ma’lumotlariga asosan, Xoja Samandar yetuk shoir, 
                                                           
6 O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. VIII tom. T.: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 
2004.170-bet. 
7 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 3-4-b. 
 
lavozimiga tayinlangan. Malihning so‘zlariga ko‘ra, u “rayosat panoh” faxriy unvoniga ega bo‘lgan6. 1670-yillarda Buxoroga qaytib, Ashtarxoniylardan Abdulazizxon(1055 – 1091/1645 – 1680) saroyida tarixchi (voqeanavis) lavozimida ishlagan. U Abdulazizxonning Buxoroga kirib kelgan xorazmiylarga qarshi yurishida ishtirok etgan. Xoja Samandar Subhonqulixon(1091 – 1114/1680 – 1702)ning Balxga 1097/1685, 1104/1693 va 1107/1695-yillarda amalga oshirgan uchta yurishining ishtirokchisi bo‘lgan. Shuningdek, Xoja Samandar elchilik vazifasini ham amalga oshirgan. U Subhonqulixon tomonidan Samarqandning isyonkor hukmdori Xo‘jaquli bilan uni xon bilan yarashishga ko‘ndirish maqsadida muzokaralar olib borish uchun ikki marta vakil qilib yuborilgan edi. Bularning barchasi haqida muallifning shaxsan o‘zidan, uning Balxga 1107/1695-yilgi yurishida ishtirok etishi to‘g‘risida esa Xoja Samandarga zamondosh bo‘lmish Muhammad Amin ibn Muhammad Zamonning “Muhit at-tavorix” nomli tarixiy asaridan bilish mumkin7. Muallifning 1702-yili Qarshiga kelishi uning uchun katta falokat bilan tugagan. Uning so‘zlariga qaraganda, unga qarshi axloqan past, ammo Qarshida juda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan Avaz xo‘ja degan kishi boshchiligidagi harakat uyushtirilgan edi. Ushbu tuhmat natijasida Xoja Samandardan do‘stlari yuz o‘girishadi; uning Qarshi jamiyatidan uzilishiga va darveshona hayotini eslatuvchi turmush tarzini boshidan kechirishiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan u umrining oxirigacha faqat ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Xoja Samandarning hayoti va ijodida Balxda yashovchi qozi Yusuf mirzo degan kishi katta rol o‘ynagan va muallifimiz u bilan asosan yozishmalar orqali aloqada bo‘lgan. Bu ikki shaxsning xatlari “Dastur ul-muluk”da keltirib o‘tilgan. Xoja Samandar Yusuf mirzoni yuksak faxr bilan tilga oladi. Xoja Samandar Termiziy o‘z davrining keng ma’lumotli kishilari jumlasidan bo‘lgan. Malihning bergan ma’lumotlariga asosan, Xoja Samandar yetuk shoir, 6 O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. VIII tom. T.: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.170-bet. 7 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 3-4-b.
yozuvchi va tarixchi olim bo‘lgan, ilohiyot ilmini ham yaxshi bilgan, ko‘p sayohat 
qilib, nazariy bilimini mustahkamlagan. Uning adabiy faoliyati 1100/1688 – 89-
yillarda Qarshida boshlangan. Bizning zamonimizgacha olimning ikki muhim asari 
yetib kelgan. Bulardan biri “Dastur ul-muluk” va ikkinchisi “Anis ul-
fuqaro”(“Faqirlar do‘sti”) nomi bilan mashhur bo‘lib, 1735-yili yozilgan. 
Malihning so‘zlariga ko‘ra, ”Dastur ul-muluk” Xoja Samandarning ilk yirik 
asari bo‘lishi mumkin8. Ushbu asar, muallifning so‘zlariga qaraganda, qandaydir 
yosh odamning iltimosi bilan yozilgan edi. Iltimos esa qandaydir nufuzli kishidan 
kelib chiqqan, zero muallif uning iltimosiga qarshi chiqa olmagan. Asar 
Subhonqulixonga bag‘ishlangan. U 1694 – 95-yillarda tuzilgan bo‘lib, unda ushbu 
yillar voqealari haqidagi hikoyalar mavjud. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                           
8 O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. VIII tom. T.: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 
2004.171-bet. 
  
yozuvchi va tarixchi olim bo‘lgan, ilohiyot ilmini ham yaxshi bilgan, ko‘p sayohat qilib, nazariy bilimini mustahkamlagan. Uning adabiy faoliyati 1100/1688 – 89- yillarda Qarshida boshlangan. Bizning zamonimizgacha olimning ikki muhim asari yetib kelgan. Bulardan biri “Dastur ul-muluk” va ikkinchisi “Anis ul- fuqaro”(“Faqirlar do‘sti”) nomi bilan mashhur bo‘lib, 1735-yili yozilgan. Malihning so‘zlariga ko‘ra, ”Dastur ul-muluk” Xoja Samandarning ilk yirik asari bo‘lishi mumkin8. Ushbu asar, muallifning so‘zlariga qaraganda, qandaydir yosh odamning iltimosi bilan yozilgan edi. Iltimos esa qandaydir nufuzli kishidan kelib chiqqan, zero muallif uning iltimosiga qarshi chiqa olmagan. Asar Subhonqulixonga bag‘ishlangan. U 1694 – 95-yillarda tuzilgan bo‘lib, unda ushbu yillar voqealari haqidagi hikoyalar mavjud. 8 O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. VIII tom. T.: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.171-bet.
 
 
II.2. “Dastur ul-muluk” asarining tuzilishi va tarkibi 
1890-yil sobiq Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyida A. L. Kunning 
to‘plamlari orasida Xoja Samandar Termiziy asarini o‘z ichiga olgan qo‘lyozma 
ham mavjud bo‘lgan. K. G. Zaleman birinchi bo‘lib Kun to‘plamidagi qo‘lyozmalar 
ro‘yxatini nashr qilganida ushbu asarni qayd etdi. Zaleman asar, muallif nomi va 
vaqtini ham keltirib o‘tdi. O‘shandan keyin asar tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga 
tortmadi. Sababi asar nomi va tuzilishi (boblar ro‘yxati) uning etika-didaktik 
mazmundagi asar deb qaralishiga sabab bo‘lgan. 
M. A. Salohiddinovaning so‘zlariga ko‘ra, bu asar tadqiqiotchilarni SSSR 
FA sharqshunoslik institutining fors va tojik qo‘lyozmalari qisqa katalogini tuzish 
vaqtida qiziqtiradi, chunki asarning uchdan ikki qismini tarixiy mazmundagi 
ma’lumotlar tashkil etadi. 1964-yil Eron filologiyasi bo‘yicha IV Butunittifoq ilmiy 
konferensiyasida “O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha yangi manba” mavzusida ma’ruza 
o‘qildi. Ushbu ma’ruzada “Dastur ul-muluk” ning muallifi haqida qisqa ma’lumotlar 
berilib, asarning tarixiy manba ekanligini tushuntirishga harakat qilindi9. 
Xojaning “Dastur ul-mulk” asari xorijiy sharqshunoslarning ham tadqiq 
etish, o‘rganish mavzusiga aylangan. Chunonchi mashhur chex sharqshunos olimasi 
Irti Bechka: “ XVII asr O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda Xoja Samandar 
Termiziyning “Dastur ul-mulk” asari muhim tarixiy manba hisoblanadi”10, - deb 
yozgan edi. 
“Dastur ul-muluk” asari O‘rta Osiyoning XVII asr adabiyoti boyligi 
hisoblanadi. U nafaqat etika-didaktik asar sifatida, balki Buxoro xonligining XVII 
asr so‘nggi choragidagi muhim voqealar o‘z aksini topgan tarixiy manba sifatida 
ham ahamiyatlidir. 
“Dastur ul-muluk”ning kirish qismida berilganidek, muallif bu asarni avvalo 
21 bobdan tuzmoqchi bo‘lgan, etika-didaktik mazmundagi 20 bob hamda 
                                                           
9 Мухаммад Баде ибн Мухаммад Шариф Малехо, Музаккир ул-асхоб, 330-бет.  
10 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 5-b.  
 
II.2. “Dastur ul-muluk” asarining tuzilishi va tarkibi 1890-yil sobiq Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyida A. L. Kunning to‘plamlari orasida Xoja Samandar Termiziy asarini o‘z ichiga olgan qo‘lyozma ham mavjud bo‘lgan. K. G. Zaleman birinchi bo‘lib Kun to‘plamidagi qo‘lyozmalar ro‘yxatini nashr qilganida ushbu asarni qayd etdi. Zaleman asar, muallif nomi va vaqtini ham keltirib o‘tdi. O‘shandan keyin asar tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga tortmadi. Sababi asar nomi va tuzilishi (boblar ro‘yxati) uning etika-didaktik mazmundagi asar deb qaralishiga sabab bo‘lgan. M. A. Salohiddinovaning so‘zlariga ko‘ra, bu asar tadqiqiotchilarni SSSR FA sharqshunoslik institutining fors va tojik qo‘lyozmalari qisqa katalogini tuzish vaqtida qiziqtiradi, chunki asarning uchdan ikki qismini tarixiy mazmundagi ma’lumotlar tashkil etadi. 1964-yil Eron filologiyasi bo‘yicha IV Butunittifoq ilmiy konferensiyasida “O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha yangi manba” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Ushbu ma’ruzada “Dastur ul-muluk” ning muallifi haqida qisqa ma’lumotlar berilib, asarning tarixiy manba ekanligini tushuntirishga harakat qilindi9. Xojaning “Dastur ul-mulk” asari xorijiy sharqshunoslarning ham tadqiq etish, o‘rganish mavzusiga aylangan. Chunonchi mashhur chex sharqshunos olimasi Irti Bechka: “ XVII asr O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-mulk” asari muhim tarixiy manba hisoblanadi”10, - deb yozgan edi. “Dastur ul-muluk” asari O‘rta Osiyoning XVII asr adabiyoti boyligi hisoblanadi. U nafaqat etika-didaktik asar sifatida, balki Buxoro xonligining XVII asr so‘nggi choragidagi muhim voqealar o‘z aksini topgan tarixiy manba sifatida ham ahamiyatlidir. “Dastur ul-muluk”ning kirish qismida berilganidek, muallif bu asarni avvalo 21 bobdan tuzmoqchi bo‘lgan, etika-didaktik mazmundagi 20 bob hamda 9 Мухаммад Баде ибн Мухаммад Шариф Малехо, Музаккир ул-асхоб, 330-бет. 10 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 5-b.
Subhonqulixon boshqaruvi va uning hukmronligining birinchi o‘n yilligi voqealari 
haqidagi so‘nggi 21-bobni qo‘shmoqchi bo‘ldi. O‘z navbatida muallif mazkur bobni 
4 qism (maqola)ga bo‘lmoqchi edi. Keyinchalik yozish davomida Xoja Samandar 
bir necha marta asarning dastlabki rejasini o‘zgartirdi. Unga yana bir bob – “Ishq-
muhabbat haqida” nomli bob qo‘shdi va uni 20-bob sifatida kiritdi. Ko‘zda tutilgan 
“Olamning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risida” nomli 20-bobni esa oxiriga joylashtirdi va 
u 22-bobni tashkil etdi. 21-bobni esa oldindan mo‘ljallangan 4 qismga qo‘shib 
kengaytirdi. Shu tariqa asar 22 bobni o‘z ichiga oladi.Asarning 22 bobidan ilk 20 ta 
bobi hamda so‘nggi 22-bobi etika, axloq va odob masalalariga, 21-bob esa asosan 
muallif davridagi tarixiy voqealar haqidagi hikoyalarga bag‘ishlangan. 
Shu tarzda asar uning mazmuniga ko‘ra ikki qismga: etika-didaktik va tarixiy 
qismga bo‘linadi. Etika-didaktik qismi deyarli oldingi etika-didaktik asarlardan 
kelib chiqqan holda tuzilgan. Ikkinchi tarixiy qismi esa muallifning shaxsiy 
kuzatuvlari asosida yozilgan. “Dastur ul-muluk”ning muqaddimasida muallif 
tomonidan foydalanilgan manbalar ro‘yxati berilmagan va ular faqatgina 
ko‘chirilayotgan vaqtda tilga olinishi mumkin.  
Asarda quyidagi mashhur mualliflarning asarlaridan ko‘chirmalar keltiriladi: 
taniqli so‘fiy shayx Abu Sa’id ibn Abulxayr al-Mayxoniy, Nizomiy Ganjaviy, 
Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy (muallif uning “Bo‘ston” va ”Guliston” 
asarlaridan keng foydalanadi), Husayn Voiz al-Koshifiy (uning “Anvar-i Suhayli” 
asari misolida), Abdulloh Habushani Jomiy Xatifiy, Muhammad ibn Sulaymon 
Fuzuliy va muallifga zamondosh: Nozim Xoroviy, Muhammad Ali Tabriziy 
Isfag‘oniy Soib, Mir Obid Nasafiy Said, Fozil Valiy, Hasanbek Ra’fiy, Muhammad 
Shavkat Buxoriy. Shuningdek, muallif “Axloq” deb tilga oladigan asarni ham misol 
qilib ko‘rsatadi. Tarixchilar tomonidan aniqlanishicha, bu nom ostida Xoji Yusufga 
tegishli “Ilm al-axloq” asari yashiringan. 
Yuqorida sanab o‘tilgan manbalar orasida asosan uchtasi keng qo‘llanilgan: 
1) Husayn Voiz al-Kashifiyning “Anvar-i Suhayli”; 2) Xoji Yusufning “Ilm al-
Subhonqulixon boshqaruvi va uning hukmronligining birinchi o‘n yilligi voqealari haqidagi so‘nggi 21-bobni qo‘shmoqchi bo‘ldi. O‘z navbatida muallif mazkur bobni 4 qism (maqola)ga bo‘lmoqchi edi. Keyinchalik yozish davomida Xoja Samandar bir necha marta asarning dastlabki rejasini o‘zgartirdi. Unga yana bir bob – “Ishq- muhabbat haqida” nomli bob qo‘shdi va uni 20-bob sifatida kiritdi. Ko‘zda tutilgan “Olamning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risida” nomli 20-bobni esa oxiriga joylashtirdi va u 22-bobni tashkil etdi. 21-bobni esa oldindan mo‘ljallangan 4 qismga qo‘shib kengaytirdi. Shu tariqa asar 22 bobni o‘z ichiga oladi.Asarning 22 bobidan ilk 20 ta bobi hamda so‘nggi 22-bobi etika, axloq va odob masalalariga, 21-bob esa asosan muallif davridagi tarixiy voqealar haqidagi hikoyalarga bag‘ishlangan. Shu tarzda asar uning mazmuniga ko‘ra ikki qismga: etika-didaktik va tarixiy qismga bo‘linadi. Etika-didaktik qismi deyarli oldingi etika-didaktik asarlardan kelib chiqqan holda tuzilgan. Ikkinchi tarixiy qismi esa muallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida yozilgan. “Dastur ul-muluk”ning muqaddimasida muallif tomonidan foydalanilgan manbalar ro‘yxati berilmagan va ular faqatgina ko‘chirilayotgan vaqtda tilga olinishi mumkin. Asarda quyidagi mashhur mualliflarning asarlaridan ko‘chirmalar keltiriladi: taniqli so‘fiy shayx Abu Sa’id ibn Abulxayr al-Mayxoniy, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy (muallif uning “Bo‘ston” va ”Guliston” asarlaridan keng foydalanadi), Husayn Voiz al-Koshifiy (uning “Anvar-i Suhayli” asari misolida), Abdulloh Habushani Jomiy Xatifiy, Muhammad ibn Sulaymon Fuzuliy va muallifga zamondosh: Nozim Xoroviy, Muhammad Ali Tabriziy Isfag‘oniy Soib, Mir Obid Nasafiy Said, Fozil Valiy, Hasanbek Ra’fiy, Muhammad Shavkat Buxoriy. Shuningdek, muallif “Axloq” deb tilga oladigan asarni ham misol qilib ko‘rsatadi. Tarixchilar tomonidan aniqlanishicha, bu nom ostida Xoji Yusufga tegishli “Ilm al-axloq” asari yashiringan. Yuqorida sanab o‘tilgan manbalar orasida asosan uchtasi keng qo‘llanilgan: 1) Husayn Voiz al-Kashifiyning “Anvar-i Suhayli”; 2) Xoji Yusufning “Ilm al-
axloq” va 3) Sa’diyning “Bo‘ston”i. Xoja Samandar boshidagi ikki asardan ko‘plab 
hikoya va fikrlarni “Dastur ul-muluk”ga qo‘shadi11. 
Muallifning tilga olingan manbalarga nisbatan ularni qo‘llash nuqtai-
nazaridan yondashishini qayd etish ham qiziqarlidir. Odatda boshqa mualliflarning 
she’rlari Xoja Samandar tomonidan o‘zgartirishsiz o‘zlashtirib olingan, nasriy matni 
esa ko‘p hollarda qisqartirishlarga uchragan. 
Hozirgi vaqtda muallif tomonidan foydalanilgan manbalarning to‘liq doirasi 
haqida ishonch bilan aytib bo‘lmaydi. Shu sababli muallif tomonidan o‘zlashtirib 
olingan yoki muallifning asl matnlari asardagi etika-didaktik qismning qancha 
ulushini tashkil etishini aniqlab bo‘lmaydi. Biroq ko‘plab she’rlari muallif so‘zlari 
bilan yonma-yon keladi: ”…aytganlaridek”. Demak bundan bilsa bo‘ladiki, 
she’rlarning hammasi bo‘lmasa ham ko‘pchiligi Xoja Samandarga tegishli bo‘lmay, 
boshqa mualliflarga taalluqlidir. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, “Dastur ul-muluk”ning etika-didaktik qismi 
muallif tomonidan o‘zidan oldin o‘tganlarning asarlaridan keng o‘zlashtirilgan. 
Ammo ma’lumotlarni terish hamda o‘zlashtirilgan qismlar o‘rtasidagi 
uyg‘unlashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va bunday san’at asari nafaqat 
muallifning zamondoshlari, balki undan keyin yashab o‘tganlarga manzur bo‘lgan. 
Buni quyidagi fakt ham tasdiqlaydi: ”Gulshan ul-muluk” tarixiy asarning muallifi – 
Muhammad Yoqub mirzo ibn Muhammad Doniyolbiy otaliq “Dastur ul-muluk” 
yozilganidan 130 yil o‘tgach, o‘z asarining oxiriga Xoja Samandar asarining etika- 
didaktik qismidan katta parcha joylashtiradi. Mazkur qism biz uchun XVII asr oxiri 
O‘rta Osiyo adabiyotining etika-didaktik yodgorligi sifatida muhim12. 
O‘zbekiston tarixini o‘rganishda Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-
muluk” asari katta ahamiyatga ega. Asarda o‘zaro kurashlar, oily martabali 
mansabdorlar orasida keng tarqalgan buzuqlik, poraxo‘rlik, zulm va mehnatkash 
xalqning og‘ir ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. “Dastur ul-muluk”da 
o‘zbeklarning etnik tarkibi haqida ham muhim dalil va ma’lumotlarni uchratish 
                                                           
11 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008, 234-b.  
12 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 3, 6-b. 
axloq” va 3) Sa’diyning “Bo‘ston”i. Xoja Samandar boshidagi ikki asardan ko‘plab hikoya va fikrlarni “Dastur ul-muluk”ga qo‘shadi11. Muallifning tilga olingan manbalarga nisbatan ularni qo‘llash nuqtai- nazaridan yondashishini qayd etish ham qiziqarlidir. Odatda boshqa mualliflarning she’rlari Xoja Samandar tomonidan o‘zgartirishsiz o‘zlashtirib olingan, nasriy matni esa ko‘p hollarda qisqartirishlarga uchragan. Hozirgi vaqtda muallif tomonidan foydalanilgan manbalarning to‘liq doirasi haqida ishonch bilan aytib bo‘lmaydi. Shu sababli muallif tomonidan o‘zlashtirib olingan yoki muallifning asl matnlari asardagi etika-didaktik qismning qancha ulushini tashkil etishini aniqlab bo‘lmaydi. Biroq ko‘plab she’rlari muallif so‘zlari bilan yonma-yon keladi: ”…aytganlaridek”. Demak bundan bilsa bo‘ladiki, she’rlarning hammasi bo‘lmasa ham ko‘pchiligi Xoja Samandarga tegishli bo‘lmay, boshqa mualliflarga taalluqlidir. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, “Dastur ul-muluk”ning etika-didaktik qismi muallif tomonidan o‘zidan oldin o‘tganlarning asarlaridan keng o‘zlashtirilgan. Ammo ma’lumotlarni terish hamda o‘zlashtirilgan qismlar o‘rtasidagi uyg‘unlashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va bunday san’at asari nafaqat muallifning zamondoshlari, balki undan keyin yashab o‘tganlarga manzur bo‘lgan. Buni quyidagi fakt ham tasdiqlaydi: ”Gulshan ul-muluk” tarixiy asarning muallifi – Muhammad Yoqub mirzo ibn Muhammad Doniyolbiy otaliq “Dastur ul-muluk” yozilganidan 130 yil o‘tgach, o‘z asarining oxiriga Xoja Samandar asarining etika- didaktik qismidan katta parcha joylashtiradi. Mazkur qism biz uchun XVII asr oxiri O‘rta Osiyo adabiyotining etika-didaktik yodgorligi sifatida muhim12. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul- muluk” asari katta ahamiyatga ega. Asarda o‘zaro kurashlar, oily martabali mansabdorlar orasida keng tarqalgan buzuqlik, poraxo‘rlik, zulm va mehnatkash xalqning og‘ir ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. “Dastur ul-muluk”da o‘zbeklarning etnik tarkibi haqida ham muhim dalil va ma’lumotlarni uchratish 11 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008, 234-b. 12 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 3, 6-b.
mumkin 13 . Uning 21-bobini tashkil etuvchi ikkinchi katta qismida, yuqorida 
aytilganidek, muallif davridagi voqealar bayoni o‘z aksini topadi va qolgan 
boblardan farqli mustaqil, asl hisoblanadi. 
 Bu qismda muallifning biror manbadan foydalanganligi (she’rlardan 
tashqari) to‘g‘risida gapirilmaydi. Malihning so‘ziga ko‘ra, Xoja Samandardek oliy 
ma’lumotli inson tarixiy adabiyot bilan tanish bo‘lmasligi mumkin emas14. Biroq u 
o‘z zamonasining voqealarini yozishda foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalar 
bo‘lmagan. Haqiqatan, Xoja Samandar tomonidan tasvirlangan davr o‘z aksini 
topgan Muhammad Aminning “Muhit at- tavorix” va Muhammad Yusuf 
Munshining “Tarixi Muqimxoniy” kabi mashhur tarixiy asarlar “Dastur ul-
muluk”dan keyin vujudga kelgan. 
Dastur ul-muluk”da quyidagi siyosiy voqealar bayon etilgan: Xiva xoni 
Anushaxonning Buxoro xonligining markaziy shaharlariga bosqini (1092/1681, 
1095–1097/1683–1686), Subhonqulixonning Balxga ikki marta yurishi (1096/1685 
va 1104/1693), Subhonqulixon qo‘shinining Xurosonga Bolo-Murg‘ob qal’asini 
egallash uchun yurishi (1100/1688-89), isyonkor rahbarlarning Subhonqulixonga 
qarshi g‘alayoni va shu bilan bog‘liq Xiva xoni Anushaxonning o‘g‘li Erengxonning 
Qorako‘l shahrining tumanlariga hujumi.  
Mazkur voqealar yuqoridagi “Muhit at-tavorix” va “Tarixi Muqimxoniy” 
tarixiy asarlarida o‘z aksini topgan. Biroq, Xoja Samandar bu asarlarda yozilmagan 
ko‘plab aniqliklarni keltirib o‘tadi. Shuningdek, Xiva xoni Anushaxonning 
Buxoroga 1092/1681-yili bosqini hamda uning Abdulazizxon tomonidan bu 
shahardan quvg‘in qilinishi nafaqat “Dastur ul-muluk”da, balki “Tarixi 
Muqimxoniy” va “Muhit at-tavorix”da juda batafsil yoritilgan. Ammo bu vaqtda 
Abdulazizxon huzurida bo‘lgan Xoja Samandar keltirib o‘tgan ma’lumotlaridan biz 
Buxoroning xorazmiklarning hujumiga qarshi yaxshi himoyalanmaganligini hamda 
Abdulazizxon 
tarafida 
bo‘lmish 
kurash 
ishtirokchilari 
haqidagi 
ko‘plab 
                                                           
13 Irti Bechka. Adabiyoti forsi dat Tojikiston, Markazi muttoliot, ittilot va tahqiqoti farhangi baynalmilali, Tehron, 
1372.hijriy. 1952 milodiy, 32-bet.  
14 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk.Toshkent G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1997-
yil 19-b.  
mumkin 13 . Uning 21-bobini tashkil etuvchi ikkinchi katta qismida, yuqorida aytilganidek, muallif davridagi voqealar bayoni o‘z aksini topadi va qolgan boblardan farqli mustaqil, asl hisoblanadi. Bu qismda muallifning biror manbadan foydalanganligi (she’rlardan tashqari) to‘g‘risida gapirilmaydi. Malihning so‘ziga ko‘ra, Xoja Samandardek oliy ma’lumotli inson tarixiy adabiyot bilan tanish bo‘lmasligi mumkin emas14. Biroq u o‘z zamonasining voqealarini yozishda foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalar bo‘lmagan. Haqiqatan, Xoja Samandar tomonidan tasvirlangan davr o‘z aksini topgan Muhammad Aminning “Muhit at- tavorix” va Muhammad Yusuf Munshining “Tarixi Muqimxoniy” kabi mashhur tarixiy asarlar “Dastur ul- muluk”dan keyin vujudga kelgan. Dastur ul-muluk”da quyidagi siyosiy voqealar bayon etilgan: Xiva xoni Anushaxonning Buxoro xonligining markaziy shaharlariga bosqini (1092/1681, 1095–1097/1683–1686), Subhonqulixonning Balxga ikki marta yurishi (1096/1685 va 1104/1693), Subhonqulixon qo‘shinining Xurosonga Bolo-Murg‘ob qal’asini egallash uchun yurishi (1100/1688-89), isyonkor rahbarlarning Subhonqulixonga qarshi g‘alayoni va shu bilan bog‘liq Xiva xoni Anushaxonning o‘g‘li Erengxonning Qorako‘l shahrining tumanlariga hujumi. Mazkur voqealar yuqoridagi “Muhit at-tavorix” va “Tarixi Muqimxoniy” tarixiy asarlarida o‘z aksini topgan. Biroq, Xoja Samandar bu asarlarda yozilmagan ko‘plab aniqliklarni keltirib o‘tadi. Shuningdek, Xiva xoni Anushaxonning Buxoroga 1092/1681-yili bosqini hamda uning Abdulazizxon tomonidan bu shahardan quvg‘in qilinishi nafaqat “Dastur ul-muluk”da, balki “Tarixi Muqimxoniy” va “Muhit at-tavorix”da juda batafsil yoritilgan. Ammo bu vaqtda Abdulazizxon huzurida bo‘lgan Xoja Samandar keltirib o‘tgan ma’lumotlaridan biz Buxoroning xorazmiklarning hujumiga qarshi yaxshi himoyalanmaganligini hamda Abdulazizxon tarafida bo‘lmish kurash ishtirokchilari haqidagi ko‘plab 13 Irti Bechka. Adabiyoti forsi dat Tojikiston, Markazi muttoliot, ittilot va tahqiqoti farhangi baynalmilali, Tehron, 1372.hijriy. 1952 milodiy, 32-bet. 14 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk.Toshkent G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1997- yil 19-b.
ma’lumotlarni, shu bilan birga yuqoridagi tarixiy asarlarda bo‘lmagan bir qator 
aniqliklarni bilib olishimiz mumkin15. 
Hozirgi vaqtda “Dastur ul-muluk”ning uchta ro‘yxati ma’lum: 
1. Asarning to‘liq ro‘yxati O‘zbekiston FA ning sharqshunoslik institutida 
mavjud. U n4468 qo‘lyozmalar to‘plami tarkibida joylashgan bo‘lib, 1b – 92b 
varaqlarini egallaydi. Ro‘yxat O‘rta Osiyoda ko‘chirilgan, tugatilgan vaqti 1245- yil 
24 rabi’/1829-yil 23 sentabr. Matn qora siyohda, sarlavhasi – qizil siyohda, nasta’liq 
yozuvida, O‘rta Osiyo qog‘ozida yozilgan; qog‘oz o‘lchami 24,5 x 14,5, matn 
o‘lchami 18,5x9,5; qog‘ozda 17 satrda berilgan. Ushbu ro‘yxat shartli ravishda T 
belgisi bilan berilgan. 
2. Yana bir ro‘yxati SSSR FAning sharqshunoslik instituti ro‘yxatining C 
450 qo‘lyozmalar to‘plami tarkibiga kiradi, 128a – 235b qog‘ozlarini egallaydi. 
Ro‘yxat O‘rta Osiyoda ko‘chirilgan, tugatilgan vaqti 1242-yil 15 jumada/1827-yil 
14-yanvar. Matn qora siyohda, sarlavha – qizil siyohda, O‘rta osiyo qog‘ozida 
nasta’liq xatida yozilgan; qog‘oz o‘lchami 24,5x14,5, matn o‘lchami 19x8,5, 
qog‘ozda 16 satrda berilgan. Ro‘yxat muqaddimasining boshi bo‘lmagan nuqsonli 
qo‘lyozmadan ko‘chirilgan. Ro‘yxat shartli ravishda Л belgisi bilan ifodalangan. 
3. N1437 raqamli O‘zbekiston FA ning sharqshunoslik instituti ro‘yxati. 
Hozirgi kundagi mashhur asarlar ro‘yxatidagi eng eskisi hisoblanadi 
(1107/1695- 96-yillar, ya’ni asar tuzilganidan keyin). Ro‘yxat to‘liq emas: unda 
muqaddima va birinchi bobning boshlansh qismi mavjud emas. Shu bilan birga 
qolgan ikki ro‘yxatda bo‘lmagan katta parcha mavjud. Ro‘yxat tekis O‘rta Osiyo 
qog‘ozida qora siyohda, sarlavhasi va iboraning chegarasini anglatuvchi nuqtalar esa 
– qizil siyohlarda, nasta’liq xatida O‘rta Osiyoda ko‘chirilgan. Qog‘oz o‘lchami 
25x16; 372 bet. Bir betida 11 satr, undagi matn o‘lchami 16x8. Ro‘yxat matni 
ko‘chirilgandan so‘ng tuzatishlarga uchragan.  
Asosiy matnda o‘chirilgan va noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar tuzatilgan, 
o‘chirilgan so‘z ostida so‘zlar to‘g‘ri shaklda yozilgan; hoshiyada matnda tushirib 
qoldirilgan so‘zlar, iboralar, she’rlar ko‘rsatib o‘tilgan. Matnga kiritilgan tuzatishlar 
                                                           
15Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 7-8-b.   
ma’lumotlarni, shu bilan birga yuqoridagi tarixiy asarlarda bo‘lmagan bir qator aniqliklarni bilib olishimiz mumkin15. Hozirgi vaqtda “Dastur ul-muluk”ning uchta ro‘yxati ma’lum: 1. Asarning to‘liq ro‘yxati O‘zbekiston FA ning sharqshunoslik institutida mavjud. U n4468 qo‘lyozmalar to‘plami tarkibida joylashgan bo‘lib, 1b – 92b varaqlarini egallaydi. Ro‘yxat O‘rta Osiyoda ko‘chirilgan, tugatilgan vaqti 1245- yil 24 rabi’/1829-yil 23 sentabr. Matn qora siyohda, sarlavhasi – qizil siyohda, nasta’liq yozuvida, O‘rta Osiyo qog‘ozida yozilgan; qog‘oz o‘lchami 24,5 x 14,5, matn o‘lchami 18,5x9,5; qog‘ozda 17 satrda berilgan. Ushbu ro‘yxat shartli ravishda T belgisi bilan berilgan. 2. Yana bir ro‘yxati SSSR FAning sharqshunoslik instituti ro‘yxatining C 450 qo‘lyozmalar to‘plami tarkibiga kiradi, 128a – 235b qog‘ozlarini egallaydi. Ro‘yxat O‘rta Osiyoda ko‘chirilgan, tugatilgan vaqti 1242-yil 15 jumada/1827-yil 14-yanvar. Matn qora siyohda, sarlavha – qizil siyohda, O‘rta osiyo qog‘ozida nasta’liq xatida yozilgan; qog‘oz o‘lchami 24,5x14,5, matn o‘lchami 19x8,5, qog‘ozda 16 satrda berilgan. Ro‘yxat muqaddimasining boshi bo‘lmagan nuqsonli qo‘lyozmadan ko‘chirilgan. Ro‘yxat shartli ravishda Л belgisi bilan ifodalangan. 3. N1437 raqamli O‘zbekiston FA ning sharqshunoslik instituti ro‘yxati. Hozirgi kundagi mashhur asarlar ro‘yxatidagi eng eskisi hisoblanadi (1107/1695- 96-yillar, ya’ni asar tuzilganidan keyin). Ro‘yxat to‘liq emas: unda muqaddima va birinchi bobning boshlansh qismi mavjud emas. Shu bilan birga qolgan ikki ro‘yxatda bo‘lmagan katta parcha mavjud. Ro‘yxat tekis O‘rta Osiyo qog‘ozida qora siyohda, sarlavhasi va iboraning chegarasini anglatuvchi nuqtalar esa – qizil siyohlarda, nasta’liq xatida O‘rta Osiyoda ko‘chirilgan. Qog‘oz o‘lchami 25x16; 372 bet. Bir betida 11 satr, undagi matn o‘lchami 16x8. Ro‘yxat matni ko‘chirilgandan so‘ng tuzatishlarga uchragan. Asosiy matnda o‘chirilgan va noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar tuzatilgan, o‘chirilgan so‘z ostida so‘zlar to‘g‘ri shaklda yozilgan; hoshiyada matnda tushirib qoldirilgan so‘zlar, iboralar, she’rlar ko‘rsatib o‘tilgan. Matnga kiritilgan tuzatishlar 15Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 7-8-b.
asosida ularning so‘nggilari ikki shaxs tomonidan amalga oshirilgan deb tushunish 
mumkin. Tuzatishlarning katta qismini ko‘chirayotgan shaxsning o‘zi kiritgan, ya’ni 
tushirilgan so‘zlarni qizil siyoh bilan belgilagan, hoshiyalarda tushirib qoldirilgan 
yoki tuzatilgan matnni yozgan. Mazkur ro‘yxat Ta belgi bilan ko‘rsatilgan. 
“Dastur ul-muluk” ro‘yxatlarining matni munosabatida yaqinlik kuzatiladi. 
Ular orasidagi farq uncha bilinmaydi. Ulardagi farqlar asosan ko‘chirib yozish 
texnikasiga tegishli: so‘zlarning grafik berilishi, so‘zlarning sinonimlari bilan 
ifodalanishi, bir grammatik shaklining boshqasi bilan berilishi, so‘zlarning va ayrim 
hollarda alohida iboralarning qoldirilishi,. 
Ta ro‘yhati nafaqat vaqt bo‘yicha eng qadimgi asar qo‘lyozmasi hisoblanadi, 
balki Л va T ro‘yxatlari bilan qiyosan bir qator ustnliklarga ega. Unda matnda 
tushirib qoldirilgan alohida so‘zlarning berilishidagi xatoliklar kamroq. Bu yerda 
ayrim arab so‘zlari noodatiy shakllarda yozilgan. Ammo bu yerda ko‘chirib 
yozuvchini savodsizlikda ayblab bo‘lmaydi. Tarixchilar fikricha, ko‘chirib yozuvchi 
shaxs ma’lum bir xat turlariga amal qilgan. Ushbu ro‘yxat texnik jihatidan yaxshi 
tashkillashtirilgan: tekis qog‘ozda aniq yozuvda yozilgan. 
Л va T ro‘yxatlari esa yupqa qog‘ozga kamroq qoldirishlar va xatolar bilan 
ko‘chirilgan. Л va T ro‘yxatlari alohida so‘zlar, grammatik shakllarning yozuvda 
berilishida o‘zaro yaqindir. 
Ushbu “Dastur ul-muluk” asarining O‘zbekiston FA Sharqshunoslik 
institutida N1437 raqam ostida M. A. Salohiddinova tomonidan amalga oshirilgan 
forschadan tarjimasi, muqaddimasi, izoh va ko‘rsatkichlari faksimelisi saqlanadi. 
Tarjima izoh bilan keltirilgan. Izohlarda Xoja Samandar tomonidan foydalanilgan 
manbalar ro‘yxati ko‘rsatilgan. Izohda matnning alohida iboralari, so‘zlar, atamalar, 
atoqli otlar va geografik nomlar sharhlanadi16. 
 
 
 
                                                           
16 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008, 234-b.  
asosida ularning so‘nggilari ikki shaxs tomonidan amalga oshirilgan deb tushunish mumkin. Tuzatishlarning katta qismini ko‘chirayotgan shaxsning o‘zi kiritgan, ya’ni tushirilgan so‘zlarni qizil siyoh bilan belgilagan, hoshiyalarda tushirib qoldirilgan yoki tuzatilgan matnni yozgan. Mazkur ro‘yxat Ta belgi bilan ko‘rsatilgan. “Dastur ul-muluk” ro‘yxatlarining matni munosabatida yaqinlik kuzatiladi. Ular orasidagi farq uncha bilinmaydi. Ulardagi farqlar asosan ko‘chirib yozish texnikasiga tegishli: so‘zlarning grafik berilishi, so‘zlarning sinonimlari bilan ifodalanishi, bir grammatik shaklining boshqasi bilan berilishi, so‘zlarning va ayrim hollarda alohida iboralarning qoldirilishi,. Ta ro‘yhati nafaqat vaqt bo‘yicha eng qadimgi asar qo‘lyozmasi hisoblanadi, balki Л va T ro‘yxatlari bilan qiyosan bir qator ustnliklarga ega. Unda matnda tushirib qoldirilgan alohida so‘zlarning berilishidagi xatoliklar kamroq. Bu yerda ayrim arab so‘zlari noodatiy shakllarda yozilgan. Ammo bu yerda ko‘chirib yozuvchini savodsizlikda ayblab bo‘lmaydi. Tarixchilar fikricha, ko‘chirib yozuvchi shaxs ma’lum bir xat turlariga amal qilgan. Ushbu ro‘yxat texnik jihatidan yaxshi tashkillashtirilgan: tekis qog‘ozda aniq yozuvda yozilgan. Л va T ro‘yxatlari esa yupqa qog‘ozga kamroq qoldirishlar va xatolar bilan ko‘chirilgan. Л va T ro‘yxatlari alohida so‘zlar, grammatik shakllarning yozuvda berilishida o‘zaro yaqindir. Ushbu “Dastur ul-muluk” asarining O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida N1437 raqam ostida M. A. Salohiddinova tomonidan amalga oshirilgan forschadan tarjimasi, muqaddimasi, izoh va ko‘rsatkichlari faksimelisi saqlanadi. Tarjima izoh bilan keltirilgan. Izohlarda Xoja Samandar tomonidan foydalanilgan manbalar ro‘yxati ko‘rsatilgan. Izohda matnning alohida iboralari, so‘zlar, atamalar, atoqli otlar va geografik nomlar sharhlanadi16. 16 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008, 234-b.
II-BOB. “DASTUR UL-MULK” – XVII ASR BUXORO XONLIGI 
TARIXINI YORITUVCHI MANBA SIFATIDA 
II.1. «Dastur ul-muluk» asarining  mazmuni 
 
“Dastur ul-muluk”da Buxoro xonligida 1092/1681 dan 1106/1694-95-yillar 
oralig‘ida sodir bo‘lgan voqealar xronologik davomiylikda tasvirlangan. Biroq shuni 
qayd etish lozimki, ushbu asarda bu yillarda muallif ko‘rgan yoki eshitgan barcha 
voqealar ham o‘z aksini topmagan. Masalan, “Muhit at-tavorix” va “Tarixi 
Muqimxoniy” ma’lumotlariga ko‘ra, Balx hukmdori bo‘lgan Subhonqulixon 
o‘zining hukmdor akasi Abdulazizxonning hajni amalga oshirish niyati haqida 
eshitib, qo‘shini bilan Buxoroga yo‘l oldi va Qarshini egallagach, xon bilan 
muzokaralar olib bordi. Lekin “Dastur ul-muluk”da bu haqida tilga olinmaydi. Xoja 
Samandar esa bu haqida eshitmasligi mumkin emas, chunki bundan oldin u 
xorazmliklarning Buxorodan quvg‘ini davrida Abdulazizxon huzurida bo‘lgan. 
Shunday fikrga kelish mumkinki, o‘z asarini Subhonqulixonga bag‘ishlagan 
Xoja Samandar atayin bu haqida yozmagan 17  . “Dastur ul-muluk”da quyidagi 
siyosiy voqealar bayon etilgan: Xiva xoni Anushaxonning Buxoro xonligining 
markaziy shaharlariga bosqini (1092/1681, 1095 – 1097/1683 – 1686), 
Subhonqulixonning Balxga ikki marta yurishi (1096/1685 va 1104/1693), 
Subhonqulixon qo‘shinining Xurosonga Bolo-Murg‘ob qal’asini egallash uchun 
yurishi (1100/1688 – 89), isyonkor rahbarlarning Subhonqulixonga qarshi g‘alayoni 
va shu bilan bog‘liq Xiva xoni Anushaxonning o‘g‘li Erengxonning Qorako‘l 
shahrining tumanlariga hujumi.  
Mazkur voqealar yuqoridagi “Muhit at-tavorix” va “Tarixi Muqimxoniy” 
tarixiy asarlarida o‘z aksini topgan. Biroq, Xoja Samandar bu asarlarda yozilmagan 
ko‘plab aniqliklarni keltirib o‘tadi. Shuningdek, Xiva xoni Anushaxonning 
Buxoroga 1092/1681-yili bosqini hamda uning Abdulazizxon tomonidan bu 
shahardan quvg‘in qilinishi nafaqat “Dastur ul-muluk”da, balki “Tarixi 
Muqimxoniy” va “Muhit at-tavorix”dajuda batafsil yoritilgan. Ammo bu vaqtda 
Abdulazizxon huzurida bo‘lgan Xoja Samandar keltirib o‘tgan ma’lumotlaridan biz 
                                                           
17Мухаммад Баде ибн Мухаммад Шариф Малехо, Музаккир ул-асхоб, 330-бет. 
II-BOB. “DASTUR UL-MULK” – XVII ASR BUXORO XONLIGI TARIXINI YORITUVCHI MANBA SIFATIDA II.1. «Dastur ul-muluk» asarining mazmuni “Dastur ul-muluk”da Buxoro xonligida 1092/1681 dan 1106/1694-95-yillar oralig‘ida sodir bo‘lgan voqealar xronologik davomiylikda tasvirlangan. Biroq shuni qayd etish lozimki, ushbu asarda bu yillarda muallif ko‘rgan yoki eshitgan barcha voqealar ham o‘z aksini topmagan. Masalan, “Muhit at-tavorix” va “Tarixi Muqimxoniy” ma’lumotlariga ko‘ra, Balx hukmdori bo‘lgan Subhonqulixon o‘zining hukmdor akasi Abdulazizxonning hajni amalga oshirish niyati haqida eshitib, qo‘shini bilan Buxoroga yo‘l oldi va Qarshini egallagach, xon bilan muzokaralar olib bordi. Lekin “Dastur ul-muluk”da bu haqida tilga olinmaydi. Xoja Samandar esa bu haqida eshitmasligi mumkin emas, chunki bundan oldin u xorazmliklarning Buxorodan quvg‘ini davrida Abdulazizxon huzurida bo‘lgan. Shunday fikrga kelish mumkinki, o‘z asarini Subhonqulixonga bag‘ishlagan Xoja Samandar atayin bu haqida yozmagan 17 . “Dastur ul-muluk”da quyidagi siyosiy voqealar bayon etilgan: Xiva xoni Anushaxonning Buxoro xonligining markaziy shaharlariga bosqini (1092/1681, 1095 – 1097/1683 – 1686), Subhonqulixonning Balxga ikki marta yurishi (1096/1685 va 1104/1693), Subhonqulixon qo‘shinining Xurosonga Bolo-Murg‘ob qal’asini egallash uchun yurishi (1100/1688 – 89), isyonkor rahbarlarning Subhonqulixonga qarshi g‘alayoni va shu bilan bog‘liq Xiva xoni Anushaxonning o‘g‘li Erengxonning Qorako‘l shahrining tumanlariga hujumi. Mazkur voqealar yuqoridagi “Muhit at-tavorix” va “Tarixi Muqimxoniy” tarixiy asarlarida o‘z aksini topgan. Biroq, Xoja Samandar bu asarlarda yozilmagan ko‘plab aniqliklarni keltirib o‘tadi. Shuningdek, Xiva xoni Anushaxonning Buxoroga 1092/1681-yili bosqini hamda uning Abdulazizxon tomonidan bu shahardan quvg‘in qilinishi nafaqat “Dastur ul-muluk”da, balki “Tarixi Muqimxoniy” va “Muhit at-tavorix”dajuda batafsil yoritilgan. Ammo bu vaqtda Abdulazizxon huzurida bo‘lgan Xoja Samandar keltirib o‘tgan ma’lumotlaridan biz 17Мухаммад Баде ибн Мухаммад Шариф Малехо, Музаккир ул-асхоб, 330-бет.
Buxoroning xorazmiklarning hujumiga qarshi yaxshi himoyalanmaganligini hamda 
Abdulazizxon 
tarafida 
bo‘lmish 
kurash 
ishtirokchilari 
haqidagi 
ko‘plab 
ma’lumotlarni, shu bilan birga yuqoridagi tarixiy asarlarda bo‘lmagan bir qator 
aniqliklarni bilib olishimiz mumkin18. 
Boy asl material “Dastur ul-muluk”ning 21-bobidagi ikkinchi va uchinchi 
qismlarida ifodalangan bo‘lib, ularda muallif Anushaxonning Buxoro xonligining 
asosiy shaharlariga 1096 – 1097/1684 – 1686-yillardagi bosqini haqida gapirib 
o‘tadi. “Tarixi Muqimxoniy”da bu voqealarga kam joy ajratilgan. “Muhit at- 
tavorix”da esa material ko‘p bo‘lsa ham, ammo “Dastur ul-muluk”da keltirilgan 
ma’lumotlarga qaraganda ancha kam.  
Xoja 
Samandar 
tomonidan 
Anushaxonning 
Buxoro 
xonligidagi 
ittifoqdoshlari, so‘nggi bor Shahrisabzning egallanishi, uning Qarshini egallash 
yo‘lidagi urinishi va bir qator harbiy harakatlar to‘g‘risida bergan ma’lumotlari 
yuqorida tilga olingan tarixiy manbalarda butunlay uchra-maydi. Muallif 1100/1688 
– 89-yilgi voqealar, shuningdek Subhonqulixonning Balxga yurishi hamda Bolo-
Murg‘ob qal’asini egallash uchun qo‘shinining yurishini yozganda boshqa 
manbalarda uchramaydigan qiziq ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda Buxoro xonligining ichki vaziyatini tavsiflash 
uchun “Dastur ul-muluk”da boshqa manbalarda uchramaydigan ko‘plab qimmatli 
ma’lumotlar mavjud. Ulardan ba’zilarini qayd etamiz. Muallif so‘zlariga ko‘ra, 
Abdulazizxon Kerminga otlanayotib (1092/1681-yil), Buxoro mudofaasini o‘zining 
nufuzli amirlaridan biri – Iskandarbiy saroyga ishonib topshirdi. Uning qo‘shinlari 
o‘z majburiyatlarini unutib, maishatga berilib ketishadi va xorazmliklar Anushaxon 
rahbarligida shaharga bostirib kirishga hamda Buxoroda talonchilik ishlarini 
qiyinchiliksiz amalga oshirishga muvaffaq bo‘ladilar.  
Abdulazizxon Buxoroni xorazmliklar bilan jang olib borib qo‘lga olgach, 
Iskandarbiyni jazolamoqchi bo‘ladi. Lekin niyatini amalga oshira olmadi, zero 
Iskandarbiy himoyasida uning ikkita qudratli qabiladoshlari bor edi: Qorako‘l 
                                                           
18 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk.Toshkent G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1997-
yil 20-30-betlar.  
Buxoroning xorazmiklarning hujumiga qarshi yaxshi himoyalanmaganligini hamda Abdulazizxon tarafida bo‘lmish kurash ishtirokchilari haqidagi ko‘plab ma’lumotlarni, shu bilan birga yuqoridagi tarixiy asarlarda bo‘lmagan bir qator aniqliklarni bilib olishimiz mumkin18. Boy asl material “Dastur ul-muluk”ning 21-bobidagi ikkinchi va uchinchi qismlarida ifodalangan bo‘lib, ularda muallif Anushaxonning Buxoro xonligining asosiy shaharlariga 1096 – 1097/1684 – 1686-yillardagi bosqini haqida gapirib o‘tadi. “Tarixi Muqimxoniy”da bu voqealarga kam joy ajratilgan. “Muhit at- tavorix”da esa material ko‘p bo‘lsa ham, ammo “Dastur ul-muluk”da keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda ancha kam. Xoja Samandar tomonidan Anushaxonning Buxoro xonligidagi ittifoqdoshlari, so‘nggi bor Shahrisabzning egallanishi, uning Qarshini egallash yo‘lidagi urinishi va bir qator harbiy harakatlar to‘g‘risida bergan ma’lumotlari yuqorida tilga olingan tarixiy manbalarda butunlay uchra-maydi. Muallif 1100/1688 – 89-yilgi voqealar, shuningdek Subhonqulixonning Balxga yurishi hamda Bolo- Murg‘ob qal’asini egallash uchun qo‘shinining yurishini yozganda boshqa manbalarda uchramaydigan qiziq ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda Buxoro xonligining ichki vaziyatini tavsiflash uchun “Dastur ul-muluk”da boshqa manbalarda uchramaydigan ko‘plab qimmatli ma’lumotlar mavjud. Ulardan ba’zilarini qayd etamiz. Muallif so‘zlariga ko‘ra, Abdulazizxon Kerminga otlanayotib (1092/1681-yil), Buxoro mudofaasini o‘zining nufuzli amirlaridan biri – Iskandarbiy saroyga ishonib topshirdi. Uning qo‘shinlari o‘z majburiyatlarini unutib, maishatga berilib ketishadi va xorazmliklar Anushaxon rahbarligida shaharga bostirib kirishga hamda Buxoroda talonchilik ishlarini qiyinchiliksiz amalga oshirishga muvaffaq bo‘ladilar. Abdulazizxon Buxoroni xorazmliklar bilan jang olib borib qo‘lga olgach, Iskandarbiyni jazolamoqchi bo‘ladi. Lekin niyatini amalga oshira olmadi, zero Iskandarbiy himoyasida uning ikkita qudratli qabiladoshlari bor edi: Qorako‘l 18 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk.Toshkent G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1997- yil 20-30-betlar.
hukmdori Olloyorbiy saroy va Chorjo‘y hukmdori G‘oyib Nazarbiy saroy. 
Keltirilgan fakt markaziy xon hukumatining qudratli qabila zodagonlariga bog‘liq 
bo‘lganligiga dalil bo‘lib xizmat qiladi. 
Shu o‘rinda qayd etib o‘tish lozimki, muallif o‘sha vaqtda Joniylar davlatida 
saroy qabilasining vaziyatini xarakterlaydigan bir qator ma’lumotlarga ega bo‘lgan. 
Xoja Samandarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, saroy qabilasidan biylar yuqori 
mansablarni egallashgan, mamlakatda muhim ishlarda ishtirok etishgan. Masalan, 
Abdulazizxon davrida miroxo‘r lavozimini Masumbiy saroy olgan edi, u 1106/1694 
– 95-yillarda xorazmliklar bilan jangdagi xizmatlari uchun Subhonqulixon 
tomonidan Qarshi viloyatining hukmdori etib tayinlangan. Subhonqulixon 
hukmronligi davrida yuqorida eslatib o‘tilgan Olloyorbiy saroy, G‘oyib Nazarbiy 
saroy otaliq lavozimini egallashib, harbiy boshliqlar etib tayinlangan edilar, 
jumladan G‘oyib Nazarbiy saroy Bolo-Murg‘obga yurishda qo‘shinga boshchilik 
qilgan19. 
Xoja 
Samandarning 
Buxoro 
xonligidagi 
ko‘chmanchi 
va 
o‘troq 
zodagonlarining xonlikning tashqi dushmani – Xiva bilan aloqalarini ko‘rsatuvchi 
faktlari juda qiziqdir. Subhonqulixonga qarshi chiqqan hamda Xiva xoni 
Anushaxondan yordam so‘ragan va uni Buxoro xonligi shaharlariga yurishga ikki 
bor undagan Samarqand hukmdori Xo‘jaqulibiy o‘tarchi haqida gapirib o‘tiladi. 
“Dastur ul-muluk” asarida bir qator faktlar borki, ular xon hokimiyatining 
taqdiri, xalqlarning huquqlari poymol etilgan holatlari haqida mulohaza yuritish 
imkonini beradi. Bu borada aholiga soliqlar va yig‘imlar solgan, suv taqsimotida 
zolimlarcha munosabatda bo‘lgan Subhonqulixon vaziri Mirzo Bekler haqidagi 
hikoya e’tiborni tortadi, uning bu ishlari natijasida mamlakatdagi ahvol yomon 
holatda bo‘lib, dalalardagi ekinlarga zarar yetkazildi, odamlar qashshoq holatga 
tushib qolishdi. Bu yerda aholini soliqlar (merosiy mulkka soliq, nikoh munosabati 
bilan bog‘liq soliq va boshqalar) va yig‘imlarga tortgan Qarshi shahrining qozisi 
Badi’ haqidagi hikoyalarni keltirib o‘tish mumkin. 
                                                           
19 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 17-19-b.  
hukmdori Olloyorbiy saroy va Chorjo‘y hukmdori G‘oyib Nazarbiy saroy. Keltirilgan fakt markaziy xon hukumatining qudratli qabila zodagonlariga bog‘liq bo‘lganligiga dalil bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda qayd etib o‘tish lozimki, muallif o‘sha vaqtda Joniylar davlatida saroy qabilasining vaziyatini xarakterlaydigan bir qator ma’lumotlarga ega bo‘lgan. Xoja Samandarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, saroy qabilasidan biylar yuqori mansablarni egallashgan, mamlakatda muhim ishlarda ishtirok etishgan. Masalan, Abdulazizxon davrida miroxo‘r lavozimini Masumbiy saroy olgan edi, u 1106/1694 – 95-yillarda xorazmliklar bilan jangdagi xizmatlari uchun Subhonqulixon tomonidan Qarshi viloyatining hukmdori etib tayinlangan. Subhonqulixon hukmronligi davrida yuqorida eslatib o‘tilgan Olloyorbiy saroy, G‘oyib Nazarbiy saroy otaliq lavozimini egallashib, harbiy boshliqlar etib tayinlangan edilar, jumladan G‘oyib Nazarbiy saroy Bolo-Murg‘obga yurishda qo‘shinga boshchilik qilgan19. Xoja Samandarning Buxoro xonligidagi ko‘chmanchi va o‘troq zodagonlarining xonlikning tashqi dushmani – Xiva bilan aloqalarini ko‘rsatuvchi faktlari juda qiziqdir. Subhonqulixonga qarshi chiqqan hamda Xiva xoni Anushaxondan yordam so‘ragan va uni Buxoro xonligi shaharlariga yurishga ikki bor undagan Samarqand hukmdori Xo‘jaqulibiy o‘tarchi haqida gapirib o‘tiladi. “Dastur ul-muluk” asarida bir qator faktlar borki, ular xon hokimiyatining taqdiri, xalqlarning huquqlari poymol etilgan holatlari haqida mulohaza yuritish imkonini beradi. Bu borada aholiga soliqlar va yig‘imlar solgan, suv taqsimotida zolimlarcha munosabatda bo‘lgan Subhonqulixon vaziri Mirzo Bekler haqidagi hikoya e’tiborni tortadi, uning bu ishlari natijasida mamlakatdagi ahvol yomon holatda bo‘lib, dalalardagi ekinlarga zarar yetkazildi, odamlar qashshoq holatga tushib qolishdi. Bu yerda aholini soliqlar (merosiy mulkka soliq, nikoh munosabati bilan bog‘liq soliq va boshqalar) va yig‘imlarga tortgan Qarshi shahrining qozisi Badi’ haqidagi hikoyalarni keltirib o‘tish mumkin. 19 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 17-19-b.
Mansabdor shaxslar o‘rtasidagi poraxo‘rlikning keng tarqalishi haqida 
ayniqsa Qarshi shahar qozisi Badi’ to‘g‘risidagi hikoya guvohlik beradi. Badi’ 
keyinchalik o‘zining Subhonqulixonga xiyonati uchun Anushaxon hukmronligi 
davrida Samarqandda nafaqat jazolanmadi, balki pora bilan qayta qozi etib 
tayinlandi va ushbu lavozimi bajarayotib o‘zi pora olgan. Shuningdek, muallif har 
qanday pora evaziga istalgan kishiga yaxshi tavsiyanoma bergan yuz qabilasining 
qudratli amirlaridan biri haqida ham aytib o‘tadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mansabdor shaxslar o‘rtasidagi poraxo‘rlikning keng tarqalishi haqida ayniqsa Qarshi shahar qozisi Badi’ to‘g‘risidagi hikoya guvohlik beradi. Badi’ keyinchalik o‘zining Subhonqulixonga xiyonati uchun Anushaxon hukmronligi davrida Samarqandda nafaqat jazolanmadi, balki pora bilan qayta qozi etib tayinlandi va ushbu lavozimi bajarayotib o‘zi pora olgan. Shuningdek, muallif har qanday pora evaziga istalgan kishiga yaxshi tavsiyanoma bergan yuz qabilasining qudratli amirlaridan biri haqida ham aytib o‘tadi.
II.2.«Dastur ul-muluk» asarida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy 
hayotining yoritilishi. 
 
Xoja Samandarning asarida bir qator faktlar borki, ular xon hokimiyatining 
taqdiri, xalqlarning huquqlari poymol etilgan holatlari haqida mulohaza yuritish 
imkonini beradi. Shu o‘rinda Abdulazizaxon siyosiy hokimiyatidagi jarayonlar 
e’tiborlidir.  
Abdulazizxon davrida  (1645-1681)20 Xiva xonlarining talonchilik yurishlari 
kuchayadi.  1662-yil Abdulazizxon Kerminda bo‘lgan vaqtida Buxorodan chopar 
keladi va Anushaxonning tobelikdan bosh tortib, hukmronlik uchun qo‘zg‘olon 
ko‘targan holda Buxoroga kelgani haqida xabar beradi. Oliy hazratlari amir 
Bahovuddin va qozi Lutfullo kabi kishilariga pastkash xorazmliklar (Anushaxon) 
to‘g‘risida xabar beradi. Bu xabarni eshitgach, barcha xizmatkorlar to‘planishib 
xorazmliklarga qarshi kurash olib borish kerakligini aytishadi.  
Shundan keyin Abdulazizxon Buxoroga yo‘l oladi, hech qayerda 
to‘xtamasdan ketar ekan, Buxoro tumanlarining biridagi Oqsoch qal’asida 
joylashadi. Yo‘llarda esa qo‘shinlarini terib qo‘yadi. O‘sha vaqtda Buxoro shahri 
hukmdori Iskandarbiy saroy bo‘lib, o‘sha davrning e’tiborli kishilaridan sanalgan. 
Uning huzuriga Abdulazizning xizmatkorlari yetib kelgan vaqtda qamalda turgan 
bir nechta urganchliklar Iskandarbiy ustiga hujum qilishadi. Kuchlar teng 
bo‘lmagani sababli xorazmliklar shahar bo‘ylab talon- tarojlik ishlarini amalga 
oshirishadi va ularning qo‘lida katta miqdorda boylik hamda o‘lja to‘planadi.  
Sarosimaga tushgan Buxoroning bir qator nufuzli kishilari Anushaxon 
huzuriga kelishadi va uning tomonidan qabul qilinadilar. Ular qatorida Buxoro 
qishloqlari sug‘orilib, gullab-yashnashida hissa qo‘shgan Muhammad Bakirxo‘ja va 
qozilik ishlarini adolatli tarzda olib borgan qozi amir Nosir bo‘lgan. Bo‘lib o‘tgan 
janglarda Abdulqodir o‘g‘lon, Ma’sum miroxo‘r saroy, Ne’matulla xo‘ja, Shoh 
Tibxo‘ja, Rahimberdi shig‘ovulning mardonavorligi va jasurligi tilga olinadi, xon 
xorazmliklar qonini to‘kib, hukumatni qo‘lga oladi. 
                                                           
20 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 19-b.  
  
II.2.«Dastur ul-muluk» asarida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotining yoritilishi. Xoja Samandarning asarida bir qator faktlar borki, ular xon hokimiyatining taqdiri, xalqlarning huquqlari poymol etilgan holatlari haqida mulohaza yuritish imkonini beradi. Shu o‘rinda Abdulazizaxon siyosiy hokimiyatidagi jarayonlar e’tiborlidir. Abdulazizxon davrida (1645-1681)20 Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchayadi. 1662-yil Abdulazizxon Kerminda bo‘lgan vaqtida Buxorodan chopar keladi va Anushaxonning tobelikdan bosh tortib, hukmronlik uchun qo‘zg‘olon ko‘targan holda Buxoroga kelgani haqida xabar beradi. Oliy hazratlari amir Bahovuddin va qozi Lutfullo kabi kishilariga pastkash xorazmliklar (Anushaxon) to‘g‘risida xabar beradi. Bu xabarni eshitgach, barcha xizmatkorlar to‘planishib xorazmliklarga qarshi kurash olib borish kerakligini aytishadi. Shundan keyin Abdulazizxon Buxoroga yo‘l oladi, hech qayerda to‘xtamasdan ketar ekan, Buxoro tumanlarining biridagi Oqsoch qal’asida joylashadi. Yo‘llarda esa qo‘shinlarini terib qo‘yadi. O‘sha vaqtda Buxoro shahri hukmdori Iskandarbiy saroy bo‘lib, o‘sha davrning e’tiborli kishilaridan sanalgan. Uning huzuriga Abdulazizning xizmatkorlari yetib kelgan vaqtda qamalda turgan bir nechta urganchliklar Iskandarbiy ustiga hujum qilishadi. Kuchlar teng bo‘lmagani sababli xorazmliklar shahar bo‘ylab talon- tarojlik ishlarini amalga oshirishadi va ularning qo‘lida katta miqdorda boylik hamda o‘lja to‘planadi. Sarosimaga tushgan Buxoroning bir qator nufuzli kishilari Anushaxon huzuriga kelishadi va uning tomonidan qabul qilinadilar. Ular qatorida Buxoro qishloqlari sug‘orilib, gullab-yashnashida hissa qo‘shgan Muhammad Bakirxo‘ja va qozilik ishlarini adolatli tarzda olib borgan qozi amir Nosir bo‘lgan. Bo‘lib o‘tgan janglarda Abdulqodir o‘g‘lon, Ma’sum miroxo‘r saroy, Ne’matulla xo‘ja, Shoh Tibxo‘ja, Rahimberdi shig‘ovulning mardonavorligi va jasurligi tilga olinadi, xon xorazmliklar qonini to‘kib, hukumatni qo‘lga oladi. 20 Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 19-b.