XO‘JALIK OPERATSIYALARIDA IKKIYOQLAMA YOZUV.
Reja:
4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi
4.2. Ikkiyoqlama yozuv. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish xususiyatlari
4.3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob
4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish.
4.5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi
Tayanch so‘z va iboralar: aktiv schyotlar, analitik hisob, analitik hisob schyotlari,
aylanma vedomostlar, buxgalteriya hisobi schyotlari, balansdan tashqari schyotlar, debet,
balansli schyotlar, ikkiyoqlama yozuv, kredit, kalkulyatsion schyotlar, kontraktiv schyotlar,
kontrpassiv schyotlar, passiv schyotlar, saldo, sintetik hisob, sintetik hisob schyotlari,
taqqoslovchi schyotlar, schyotlarning aylanmalari, schyotning shifri, taqsimlovchi schyotlar,
xronologik yozuv, tartibga soluvchi schyotlar
4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi
Korxonalarda ko‘p miqdorda xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lib, xo‘jalik mablag‘lari
doimo harakatda bo‘ladi. Korxonaga rahbarlik qilish uchun xo‘jalik mablag‘larining harakati
to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni olish talab qilinadi. Bunday ma’lumotlarni balans
yordamida olish mumkin emas. Shuning uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining
schyotlari qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va
shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash hamda
nazorat qilish usulidir.
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning
manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan joriy o‘zgarishlar o‘z
vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim turdagi aktivlar yoki passivlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan paytda olish mumkin bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval shaklida
bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap qismi
“Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi. “Debet” va “Kredit” so‘zlari
buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII
asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan.
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” degan ma’noni
bildiradi.
Debet “Schyot nomi yoki raqami” Kredit
7-rasm. Schyotning tashqi ko‘rinishi
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi holati
aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma’lumotlari buxgalteriya balansining
aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu ma’lumotlar qoldiq yoki saldo deb
ataladi. Ayrim hollarda ba’zi bir schyotlarda saldo bo‘lmasligi ham mumkin. Debet va
kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida
schyotning debet qismida yozilgan summalar debet oborot, kredit qismiga yozilgan
summalarni kredit oborot deb ataladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini turkumlashdan asosiy maqsad amalga oshirilgan
xo‘jalik muomalalarini umumlashtirish, olinadigan ma’lumotlarni soddalashtirishdan
iboratdir. Shu bilan birga mablag‘lar harakati yuzasidan nazorat ishlarini to‘g‘ri tashkil
qilishni ta’minlashdir.
8-jadval
Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi
№
Schyotlar turkumlanishi
xususiyatlari
Xususiyatlardan kelib chiqqan holda schyotlar
tarkibi
1.
Schyotlarning tuzilishiga ko‘ra
Doimiy schyotlar
Aktiv (A)
Passiv (P)
Vaqtinchalik
Tranzit schyotlar (T)
schyotlar
Balansdan tashqari schyotlar (BT)
2.
Ko‘rsatkichlarni aks
ettirilishiga ko‘ra
Sintetik schyotlar
Analitik schyotlar
3. Balansda aks ettirilishiga ko‘ra
Balans schyotlari
Balansdan tashqari schyotlar (BT)
4.
Tayinlanish– mo‘ljaliga ko‘ra
Asosiy schyotlar
Aktiv schyot (A)
Passiv schyot (P)
Tartibga soluvchi
schyotlar
Kontr-aktiv (KA)
Kontr-passiv (KP)
To‘ldiruvchi schyotlar
Taqsimlovchi
schyotlar
Yig‘ib taqsimlovchi
Hisobot davrlari bo‘yicha
taqsimlovchi
Kalkulyatsiya schyotlari
Taqqoslovchi schyotlar
Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida
aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir.
Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda
iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish esa kredit
bo‘yicha aks ettiriladi.
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan schyot
bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining krediti bo‘yicha,
kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi.
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan aktiv schyotning saldosidan
chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan passiv schyotning saldosidan
chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi
schyotdir.
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega
bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular bo‘yicha ikki
yoqlama yozuv amalga oshiriladi.
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin
vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va
majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlardir. Bu schyotlar
boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.
Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat
ko‘rinishidagi ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan.
Analitik schyotlar ma’lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini nafaqat
qiymat, balki natura hamda mehnat o‘lchovi birliklarida yuritishga mo‘ljallangandir. Analitik
schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga oshirilmaydi.
Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish
zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi
schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.
To‘ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari hisobini
yuritishga mo‘ljallangan schyot ma’lumotlarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba’zi bir xarajatlarini hisobga olish
va ularni kalkulyatsiya obyektlari yoki hisobot davrlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash maqsadida
qo‘llaniladi
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma’lum xo‘jalik jarayonidagi xarajatlarni
bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy mazmuniga qarab, guruxlashtirish va
ularni kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan
mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi.
Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan
ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga
mo‘ljallangan.
Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Xo‘jalik mablag‘lari turi va joylanishini ko‘rsatuvchi aktiv schyotlarning xususiyati
shundaki, mablag‘larning ko‘payishi debet, mablag‘larning kamayishi esa schyotning kredit
tomonida aks ettiriladi.
Aktiv schyot xususiyatini quyidagi chizmada yaqqol ko‘rishimiz mumkin:
8-rasm. Aktiv schyot tuzilishi
Schyotdagi oxirgi qoldiq yoki saldo quyidagi formula orqali topiladi:
So = Sb + Do – Ko
Xo‘jalik mablag‘larining manbalarini aks ettiruvchi passiv schyotlarning ko‘payishi
kreditda, kamayishi esa debet tomonida ko‘rsatiladi:
9-rasm. Passiv schyot tuzilishi
Oxirgi qoldiq quyidagicha topiladi: So= Sb+ Ko – Do
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, kontr-aktiv schyotlar xususiyati xuddi passiv schyotlar,
kontr-passiv schyotlar xususiyati esa aktiv schyotlar xususiyati kabidir.
Debet
Aktiv Schyot
Kredit
Boshlang‘ich saldo (Sb)
Mablag‘larning
ko‘payishi
Mablag‘larning
kamayishi
(Do) Debet oborot
(Ko) Kredit oborot
Oxirgi saldo (So)
Debet
Passiv schyot
Kredit
Boshlang‘ich saldo (Sb)
Mablag‘larning
kamayishi
Mablag‘larning
ko‘payishi
(Do) Debet oborot
(Ko) Kredit oborot
Oxirgi saldo (So)
Tranzit schyotlar xususiyatiga keladigan bo‘lsak, ular daromadlarni hisobga olish uchun
mo‘ljallangan bo‘lsa–xuddi passiv schyot kabi talqin etiladi. Agarda xarajatlarni hisobga
oluvchi tranzit schyotlar bo‘lsa aktiv schyotlar kabi ishlatiladi.
Tranzit schyotlar tarkibida bo‘lgan ikkita taqqoslovchi schyotlar xususiyati umuman
boshqacha, ularni quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin:
Debet
9200
Kredit
Aktivlarning chiqib
ketishidan xarajatlar
Aktivlarning chiqib
ketishidan daromadlar
Debet
9900
Kredit
Xarajatlarning yakuniy
moliyaviy natijaga
hisobdan chiqarilishi yoki
xarajatlarni hisobga oluvchi
tranzit schyotlarning
yopilishi
Daromadlarning yakuniy
moliyaviy natijaga
hisobdan chiqarilishi yoki
daromadlarni hisobga
oluvchi tranzit
schyotlarning yopilishi
10-rasm. Taqqoslovchi schyotlar xususiyati
Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki
bir vaqtda ham mablag‘da ham manbada bir xil summaga o‘zgarishga olib keladi. Bunday
o‘zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi.
4.2. Ikkiyoqlama yozuv. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish xususiyatlari
Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik operatsiyasining
summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan
o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta’sir etadi.
1494 yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab
bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktat»ida (lot. tractatus – muhokama)
yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarda aks ettirish va
«bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarning summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak
deb aytgan.
Ikkiyoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa
schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar
korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya
provodka(o‘tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deb, ma’lum bir xo‘jalik operatsiyasining
faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi.
Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si ma’lum bir operatsiyaning summasi bir
schyotning debeti, boshqa bir qancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning
krediti va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishidir.
Xo‘jalik operatsiyalarini schyotlarda ikkiyoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish tartibini
quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.
1-misol. Bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1 500 000 so‘m naqd pul olib kelindi.
Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida bankdagi hisob-kitob schyotida pul mablag‘i kamaydi,
kassada esa shu summaga ko‘paydi. Bu schyotlarning ikkalasi ham aktiv schyotlardir.
Debet 5010 (A) KreditDebet 5110 (A) Kredit
(+) b.q. 1 500 000 (-)
1 500 000 so‘mga 1 500 000 so‘mga
kassada pul hisob-kitob
mablag‘ining
schyotidagi pul
ko‘payishi mablag‘ining
kamayishi
2-misol. Kassadan xodimlarga 1 500 000 so‘m ish haqi berildi. Ushbu xo‘jalik
operatsiyasi natijasida kassadagi pul mablag‘i kamaydi, xodimlar bilan ish haqi yuzasidan
qarzlar ham kamaydi.
Debet 5010 (A) Kredit Debet 6710 (P) Kredit
b.q. 1 500 000
b.q. 1 500 000
(-)(-)
1 500 000 so‘mga 1 500 000 so‘mga
kassadagi pul xodimlar bilan
mablag‘ining ish haqi yuzasidan
kamayishi qarzlarning
kamayishi
3-misol. Ombordan asosiy ishlab chiqarishga 1 200 000 so‘mlik va umumishlab
chiqarishga 150 000 so‘mlik yoqilg‘i-moylash materiallari berildi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi
natijasida ombordagi yoqilg‘i-moylash materiallari kamayadi, asosiy ishlab chiqarish va
umumishlab chiqarishlarda yoqilg‘i-moylash materiallari ko‘payadi.
D-t 2010 (A) K-t
D-t 2510 (A) K-t
D-t 1030 (A) K-t
(+)1200000
(+)150000
b.q.1350
000
(-)1350000
so‘mgaxarajatlarko‘p
ayishi
so‘mgaxarajatlarko‘p
ayishi
so‘mgayoqilg‘i-
moylashmateriallarika
mayishi
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usulidan schyotlarda xo‘jalik operatsiyalari
to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har bir operatsiya bir xil
summaga bitta schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditga yoziladi. Natijada hamma
schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami, hamma schyotlarning kredit tomonidagi
oborotlar jamiga teng bo‘lishi kerak. Shunday tenglikning bo‘lmasligi schyotlarda xatoga yo‘l
qo‘yilganligidan dalolat beradi.
Har bir operatsiyani amalga oshirishda hisob siyosatida ikki tomonda yozuv tizimidan
foydalaniladi , bir tomoni debit boshqa tomoni kredit tomon hisoblanadi. Bu yozuv tizimi
ikkiyoqlama yozuv tizimi deb nomlanadi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi juftlik holda hisobotda
avtomatik tarzda balans aks etishiga yordam beradi. Balansdagi qaydlar har bir debit yoki
kredit ko‘rsatkichlarida katta yoki kichik qiymat sababli noto‘g‘ri qayd etilishi mumkin.
Ikkiyoqlama yozuv haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun hisobdagi debit va kredit
qoidalarini bilishimiz kerak. Debit ma’nosi kirim qilish yoki qabul qilingan qiymat, kredit
ma’nosi chiqim yoki berilgan qiymat.
Moliyaviy hisob uch turga boliinadi: personal hisob, real hisob va nominal hisob.
Personal hisob o‘z ichiga boshqaruvchilar, iste’molchilar, ta’minotchilarga, xaridorlarga
o‘xshagan tabiiy individlarn bilan bog‘liq operatsiyalarni oladi. Moddiy aktivlar real hisob
tarkibiga, xarajatlar, daromad, foyda va zararlar nominal hisob tarkibiga kiradi. Biznesdagi
qaydlar har bir hisobda quyidagicha soddalashtirilgan holda beriladi(jadval). Debit qabul
qiluvchi va kredit beruvchi personal hisobda , debit nima qbul qilingani va kredit nima chiqib
ketgani real hisobda, debit barcha xarajatlar va zararlar, kredit barcha daromadlar va foyda
nominal hisobda aks ettiriladi.
Bu biznes operatsiyalarini ko‘rib chiqqandan so‘ng talabalar ikkiyoqlama yozuv
tushunchasiga ega bo‘ladi, va biznes operatsiyalari qayd qilinganda debit va kredit qoidalarini
o‘rganishadi.
4.3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘larning holati turli tuman bo‘lib,
ularni to‘liqligini nazorat qilish buxgalteriya hisobi zimmasidadir. Mablag‘larni turlari
bo‘yicha hisobga olishda buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Har bir schyot bir
turli mablag‘lar harakatini hisobga olish uchun belgilangandir.
Masalan: «Kassa» schyotida faqat kassadagi pul mablag‘larining kirim-chiqimi hisob-
kitob qilinadi va bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi.
Demak, schyotlar yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘lar
harakati turlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Nazorat ishlarida mablag‘lar harakati o‘lchov
birliklari bo‘yicha va pul ifodasida olib boriladi.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mablag‘larini to‘liqligini, undan samarali
foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va analitik hisob schyotlaridan
foydalanadi. Sintetik schyotlar deb, xo‘jalik mablag‘lari harakatini va ular tashkil topish
manbalari holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, pul o‘lchov biriligida aks
ettiriladigan schyotlar tizimiga aytiladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa,
sintetik hisob deb ataladi.
Analitik (tahliliy) hisob schyotlari esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari
haqidagi ma’lumotlarni alohida turlari bo‘yicha, aniq ko‘rsatkichlar orqali ifodalaydi. Ya’ni,
sintetik schyotlardagi yozuvlarni turlari bo‘yicha tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganuvchi
schyotlar analitik schyotlar deb aytiladi.
Analitik hisob schyotlari miqdori u qo‘llanayotgan korxona, tashkilot va muassasaning
iqtisodiyotning qaysi tarmog‘ida ekanligi, ularning faoliyati katta yoki kichikligiga bog‘liq
bo‘ladi. Quyidagi misollar orqali sintetik va analitik schyotlarni bir-biridan farqi va shu bilan
birga ularni o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib o‘tamiz.
Misol uchun “Yoqilg‘ilar schyoti”ni olaylik:
Boshlang‘ich qoldig‘i 5000000 so‘m, oy davomida kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar
summasi 1456000 so‘m;
Misolimizdan ko‘rinib turibdiki, kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi pulda
ifodalangan, lekin “Yoqilg‘ilar” schyotida uning miqdori, assortimenti, bir birlik mahsulot
bahosi ko‘rsatilmadi. Chunki, yuqorida sintetik schyotlarda mablag‘lar harakati faqat pulda
hisobga olinishini ta’kidlagan edik.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mablag‘larning har bir turining harakati
alohida o‘rganilishi lozim, chunki ularni harakatini to‘g‘ri tashkil qilish birinchidan, tegishli
mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlash bo‘lsa, ikkinchidan ularning turlari bo‘yicha mulkning but
saqlanishi ustidan nazorat qilish uchun etarli ma’lumot olishdir.
Analitik hisob yordamida mol-mulk va ularning manbalari turlari bo‘yicha o‘rganish
uchun asos yaratiladi. Analitik hisob mahsulot turlari bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi va
buning uchun maxsus analitik kartochkalardan foydalaniladi. Analitik kartochkaning
tuzilishini yuqoridagi misol shartlaridan foydalanib quyidagicha ko‘rinishdagi jadvalni
keltiramiz:
9-jadval
1030–“Yoqilg‘ilar” schyoti bo‘yicha
Analitik schyot kodi: 1031
Mahsulot nomi: Benzin A-80
Bahosi: 3000 so‘m
O‘lchov birligi: litr
№
Operatsiya mazmuni
kirim
chiqim
qoldiq
miqdori summasi miqdori summasi miqdori summasi
Oy boshiga qoldiq
–
–
–
–
1500
4500000
1. Asosiy ishlab chiqarishga
berildi
–
–
400
1200000
1100
3300000
2. Mol yetkazib beruvchilardan
qabul qilindi
500
1500000
–
–
1600
4800000
3. Yordamchi
ishlabchiqa-
rishga berildi
–
–
800
2400000
800
2400000
4. Ma’muriyatga berildi
–
–
200
600000
600
1800000
Oborot
500
1500000
1400
4200000
10-jadval
1030–“Yoqilg‘ilar” schyoti bo‘yicha
Analitik schyot kodi: 1032
Mahsulot nomi: Dizel yonilg‘isi
Bahosi: 2000 so‘m
O‘lchov birligi: litr
№
Operatsiya mazmuni
kirim
chiqim
qoldiq
miqdori summasi miqdori summasi miqdori summasi
Oy boshiga qoldiq
–
–
–
–
1000
2000000
1. Asosiy ishlab chiqarishga
berildi
–
–
250
2500000
750
1500000
2. Mol yetkazib beruvchilardan
qabul qilindi
900
1800000
–
–
1650
3300000
3. Yordamchi ishlab chiqa-rishga
–
–
400
800000
1250
2500000
berildi
4. Xizmat
ko‘rsatuvchi
bo‘-
limlarga berildi
–
–
280
560000
970
1940000
Oborot
900
1800000
930
1860000
11-jadval
1030–“Yoqilg‘ilar” schyoti bo‘yicha
Analitik schyot kodi: 1033
Mahsulot nomi: Ko‘mir
Bahosi: 120000 so‘m
O‘lchov birligi: tonna
№
Operatsiya mazmuni
kirim
chiqim
qoldiq
miqdori summasi miqdori summasi miqdori summasi
Oy boshiga qoldiq
–
–
–
–
40
4800000
1. Asosiy ishlab chiqarishga
berildi
–
–
–
–
–
–
Oborot
Keltirgan misollardan ko‘rinib turibdiki, tegishli analitik schyotlarning oboroti va oxirgi
qoldiqlari tegishli sintetik schyot ma’lumotlariga barobardir.
Sintetik va analitik (tahliliy) schyotning boshlang‘ich hamda oxirgi qoldiqlari o‘z tavsifi
bo‘yicha analitik schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy summalariga teng bo‘lishi
kerak. Bu qoida shundan kelib chiqqanki, analitik schyotlar sintetik schyotlar ma’lumotlarini
faqat batafsil ko‘rsatib beradi va unda umumiy ko‘rinishda aks ettirilgan mablag‘larning
tarkibiy qismlarini ko‘rsatadi. Bu qoidaga ko‘ra, masalan, sintetik schyotdagi debet qoldiq
uning rivojiga yuritiladigan analitik schyotlardagi barcha debet qoldiqlarning umumiy
summasiga teng bo‘lishi kerak.
Sintetik schyotning debeti va krediti bo‘yicha aylanma summalari tahliliy schyotlari
bo‘yicha aylanmalarning tegishli summalariga teng bo‘lishi kerak. Bir sintetik schyotning
aylanma summasi bilan shu sintetik schyot bo‘yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar
aylanmalari summalarining tengligi shu bilan shartlanganki, analitik schyotlarga ham xuddi
sintetik schyotlardagi kabi o‘sha muomalalarning o‘zi va o‘sha tomoniga yoziladi. Bunda bir