XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNI MOLIYAVIYISLOH QILISH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

21

File size

Fayl hajmi

69,5 KB


XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNI MOLIYAVIYISLOH QILISH
9.1. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni isloh qilish va ularning 
moliyaviy xo'jaligini qayta qurishning zarurligi
XYuSlarning  faoliyatida  sifat  o'zgarishJarni  amalga  oshirmasdan  turib  bozor
iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas. Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni
bozor munosabatlari rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi
bo'g'in (XYuSlar)ga alohida o'rin beiilishi kerak. Bozor iqtisodiyotidagi o'zaro aloqalaming
umumiy modeli quyidagi chizmada keltirilgan (8.1.1-chizma):
8.1.1-chizma. Bozor iqtisodiyotidagi o'zaro aloqalar modeli
Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYuSlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga
chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o'zgaruvchan talab va taklif asosida raqobat
Davlatning tartibga soluvchi roli
Bozor bahosi
Sotuvchi 
(ishlab 
chiqaruvchi
Sotuvchi 
chiqaruvchi
Raqobat muhiti
Logotip
XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNI MOLIYAVIYISLOH QILISH 9.1. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni isloh qilish va ularning moliyaviy xo'jaligini qayta qurishning zarurligi XYuSlarning faoliyatida sifat o'zgarishJarni amalga oshirmasdan turib bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas. Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni bozor munosabatlari rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi bo'g'in (XYuSlar)ga alohida o'rin beiilishi kerak. Bozor iqtisodiyotidagi o'zaro aloqalaming umumiy modeli quyidagi chizmada keltirilgan (8.1.1-chizma): 8.1.1-chizma. Bozor iqtisodiyotidagi o'zaro aloqalar modeli Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYuSlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o'zgaruvchan talab va taklif asosida raqobat Davlatning tartibga soluvchi roli Bozor bahosi Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi Sotuvchi chiqaruvchi Raqobat muhiti
muhitida aniqlanadigan  baho orqali o'zaro ta'sirda bo'ladi. Baholarning yig'indisi
tushumning o'lchamini belgilab berganligi uchun XYuS (firma, korporatsiya va
h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ularning  bozordagi faolligi, ular faoliyatida
taraqqiyot (rivojlanish)ning bozor omillari o'zgarishini har tomonlama hisobga olish
o'rtasida to'g'ri bog'lanish mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYuSlar, firmalar va
korporatsiyalar faoliyatining butun mohiyatini tubdan  o'zgartirishni talab qiladi.
XYuSlarni bozor sharoitlariga moslashti-rish bo'yicha asoslangan choralar tizimini
ishlab  chiqish  va  ularni  amalga  oshirish,  XYuSlarni  bozor  iqtisodiyotining
mustaqil sub'ektiga aylantirish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy maz-munini
tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 20 yil vaqt o'tganligiga  qaramasdan
hamon mamlakatimiz XYuSlarining ma lum bir qismi o'zgarib rivojlanayotgan bozor
munosabatlariga moslashayotganligi  yo'q. Ayrim  ekspertlarning bahosiga  ko'ra,
sanoat XYuSlarining  1/4 qisminigina bozor iqtisodiyotining to'laqonli sub'ektlari
safiga kiritish mumkin.
Yangi sharoit munosabati bilan XYuSlarni moliyaviy isloh  qilishning asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
• faoliyatni  bozor  talablariga  yo'naltirish  va  eng  yangi  texnologiyalarga
investitsiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo'li bilan mahsulotlar
va xizmatlar raqobatbardoshli-gini ta'minlash;
• XYuS kapitalini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish;
• XYuS  rivojlanishini  moliyaviy  jihatdan  ta'minlash  va  uning  moliyaviy
barqarorligini oshirish imkoniyatlarini qidirib topish va jalb qilish;
• ishlab  chiqarishning  barcha  omillaridan  samarali  foydalanish  va  mahsulot
birligiga  to'g'ri  keluvchi  xarajatlarni  kamaytirish  asosida  ularning  daromadlarini
o'stirish yo'li bilan XYuSlarning investitsion jozibadorligini oshirish;
• aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor kon'yunkturasini  bashoratlash,
tovarlar va xizmatlarning to'lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYuS faoliyatini
diversifikatsiyalashtirish.
XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda  kapitalizatsiya
Logotip
muhitida aniqlanadigan baho orqali o'zaro ta'sirda bo'ladi. Baholarning yig'indisi tushumning o'lchamini belgilab berganligi uchun XYuS (firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ularning bozordagi faolligi, ular faoliyatida taraqqiyot (rivojlanish)ning bozor omillari o'zgarishini har tomonlama hisobga olish o'rtasida to'g'ri bog'lanish mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYuSlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatining butun mohiyatini tubdan o'zgartirishni talab qiladi. XYuSlarni bozor sharoitlariga moslashti-rish bo'yicha asoslangan choralar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, XYuSlarni bozor iqtisodiyotining mustaqil sub'ektiga aylantirish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy maz-munini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 20 yil vaqt o'tganligiga qaramasdan hamon mamlakatimiz XYuSlarining ma lum bir qismi o'zgarib rivojlanayotgan bozor munosabatlariga moslashayotganligi yo'q. Ayrim ekspertlarning bahosiga ko'ra, sanoat XYuSlarining 1/4 qisminigina bozor iqtisodiyotining to'laqonli sub'ektlari safiga kiritish mumkin. Yangi sharoit munosabati bilan XYuSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • faoliyatni bozor talablariga yo'naltirish va eng yangi texnologiyalarga investitsiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo'li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshli-gini ta'minlash; • XYuS kapitalini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish; • XYuS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta'minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish imkoniyatlarini qidirib topish va jalb qilish; • ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish va mahsulot birligiga to'g'ri keluvchi xarajatlarni kamaytirish asosida ularning daromadlarini o'stirish yo'li bilan XYuSlarning investitsion jozibadorligini oshirish; • aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor kon'yunkturasini bashoratlash, tovarlar va xizmatlarning to'lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYuS faoliyatini diversifikatsiyalashtirish. XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya
jarayoni, ya'ni mavjud salohiyatlardan samarali  foydalanish hisobiga kompaniya
qiymatini oshirish va shu asosda  kapitallashtirishning asosiy manbaini-kapitalni
o'stirishga yo'naltiriladigan sof foydani o'stirish alohida o'rin egallaydi. Sof foydani
kapitallashtirish  koeffitsienti  aktiv  (kapital)ni  oshirishga  yo'naltirilgan sof foyda
qismining XYuS sof foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula
shaklida quyidagicha aks ettirish mumkin:
Kk = (SFkq : SFuh)
Bu yerda: Kk —    sof foydani kapitallashtirish koeffitsienti; 
SFkq — aktivlar (kapital)ni oshirishga yo'naltirilgan sof foydaning 
qismi; 
SFuh — XYuS sof foydasining umumiy hajmi.
Kapitallashtirish jarayoni investitsion-innovatsiya strategiyasini  amalga oshirish
asosida faqat aktivlar miqdorini oshirishni emas, balki ulardan yanada samaraliroq
foydalanilishini  ko'zda  tutganligi  bilan  ham  muhimdir.  Uni  quyidagi  tartibda
aniqlasa bo'ladi:
К = (К .: A),
a
y     о о'7
Bu yerda: Ka —   aktivlarni kapitallashtirish koeffitsienti; 
Ko, —   tahlil davrida o'z kapitalining o'sishi; 
Ao —   tahlil davri oxiridagi aktivlar.
Kapitallashtirish  jarayoni  ishlab  chiqarishga  ilmiy  yutuqlarning
moddiylashganligini aks ettiruvchi ilg'or innovatsion ishlab chiqarish  vositalari va
texnologiyalariga  quyiladigan  shakldagi  kapitalning
 intellektuallashtirishga
asoslanishi kerak.
O'z faoliyatiga yangi sifat talablarini kuchaytirayotgan samarali  bozor o'zaro
aloqalarining tizimiga nisbatan tezroq kirish uchun XYuSlarning moliyaviy isloh
qilishga asoslangan dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda butun
xo'jalik-ishlab  chiqarish faoliyatining natijasi sifatida yuqori yakuniy moliyaviy
ko'rsatkichlarga erishishga alohida o'rin ajratilmog'i lozim. Bir  vaqtning o'zida
bunday dastur bozor omillari va iqtisodiy o'sish  shart-sharoitlaridan foydalanish,
Logotip
jarayoni, ya'ni mavjud salohiyatlardan samarali foydalanish hisobiga kompaniya qiymatini oshirish va shu asosda kapitallashtirishning asosiy manbaini-kapitalni o'stirishga yo'naltiriladigan sof foydani o'stirish alohida o'rin egallaydi. Sof foydani kapitallashtirish koeffitsienti aktiv (kapital)ni oshirishga yo'naltirilgan sof foyda qismining XYuS sof foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha aks ettirish mumkin: Kk = (SFkq : SFuh) Bu yerda: Kk — sof foydani kapitallashtirish koeffitsienti; SFkq — aktivlar (kapital)ni oshirishga yo'naltirilgan sof foydaning qismi; SFuh — XYuS sof foydasining umumiy hajmi. Kapitallashtirish jarayoni investitsion-innovatsiya strategiyasini amalga oshirish asosida faqat aktivlar miqdorini oshirishni emas, balki ulardan yanada samaraliroq foydalanilishini ko'zda tutganligi bilan ham muhimdir. Uni quyidagi tartibda aniqlasa bo'ladi: К = (К .: A), a y о о'7 Bu yerda: Ka — aktivlarni kapitallashtirish koeffitsienti; Ko, — tahlil davrida o'z kapitalining o'sishi; Ao — tahlil davri oxiridagi aktivlar. Kapitallashtirish jarayoni ishlab chiqarishga ilmiy yutuqlarning moddiylashganligini aks ettiruvchi ilg'or innovatsion ishlab chiqarish vositalari va texnologiyalariga quyiladigan shakldagi kapitalning intellektuallashtirishga asoslanishi kerak. O'z faoliyatiga yangi sifat talablarini kuchaytirayotgan samarali bozor o'zaro aloqalarining tizimiga nisbatan tezroq kirish uchun XYuSlarning moliyaviy isloh qilishga asoslangan dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda butun xo'jalik-ishlab chiqarish faoliyatining natijasi sifatida yuqori yakuniy moliyaviy ko'rsatkichlarga erishishga alohida o'rin ajratilmog'i lozim. Bir vaqtning o'zida bunday dastur bozor omillari va iqtisodiy o'sish shart-sharoitlaridan foydalanish,
shuningdek, innovatsion tarqqiyotning zamonaviy tendensiyalarini amalga oshirish
asosida XYuS faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha choralar tizimini o'z ichiga
qamrab oladi.
Moliyaviy isloh qilish dasturi quyidagilarni ko'zda tutadi:
•XYuSning tashkiliy va mulkiy holatini o'zgartirish (yuqori samarali tashkiliy
shakl,  kapitalning  tarkibiy  tuzilishini  o'zgartirish  va uni samaradorlikni oshirish
maqsadlari uchun joylashtirish, yuqori talabga ega bo'lgan mahsulot ishlab chiqarishni
rivojlantirish va h.k.);
•ishlab chiqarishning investitsion-texnologik asosini o'zgartirish (asosiy fondlar va
aylanma mablag'larning tarkibiy tuzilishi, texnologik yangiliklarni joriy etish, ishlab
chiqariladigan mahsulot-larni yangilash va h.k.);
• ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga —XYuSning
ixtiyoriga  qoldiriladigan  sof  foydaga  erishish,  kompaniya  qiymatini  o'stirish  va
xarajatlarni qisqartirishning tashkiliy asosi bo'lgan mukammal biznes-rejani ishlab
chiqish;
• XYuSning asoslangan marketing va baho strategiyasini ishlab chiqish;
• XYuSning moliyaviy strategiyasini uning ishlab chiqarish-marketing siyosati
bilan o'zaro bog'liqligini asoslash.
Yuqoridagilarning  barchasi  moliyaviy  munosabatlarni  tegishli  tarzda  qayta
qurishni,  XYuSni  boshqarishda  moliyaviy  oqimlar  rolini  oshirishni;  tushum,
xarajatlar, foyda, soliqqa tortish me'yorlari, sof foyda, umumiy va o'z kapitalining
hajmi  (miqdori)  va  manbalaridan  iborat  bo'lgan  moliyaviy  indikatorlarning
o'zgarishini  kuzatish  orqali  moliyaviy  boshqaruvning  yaxlit  samarali  tizimini
shakllantirishni talab qiladi. Bu ishlar, o'z navbatida, quyidagi shartlar asosida
amalga oshirilishi mumkin:
• XYuS  xo'jalik-ishlab  chiqarish  faoliyati  barcha  tomonlari  bilan  moliyaviy
oqimlaming o'zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda  ishlab chiqarish omillari-
moddiy, mehnat, informatsion vaboshqa resurslarning tegishli harakatlarini yanada
to'laroq aks ettirish;
• boshqaruv qarorlari qabul qilishda, XYuS moliyaviy resurslari o'sishiga bog'liq
Logotip
shuningdek, innovatsion tarqqiyotning zamonaviy tendensiyalarini amalga oshirish asosida XYuS faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha choralar tizimini o'z ichiga qamrab oladi. Moliyaviy isloh qilish dasturi quyidagilarni ko'zda tutadi: •XYuSning tashkiliy va mulkiy holatini o'zgartirish (yuqori samarali tashkiliy shakl, kapitalning tarkibiy tuzilishini o'zgartirish va uni samaradorlikni oshirish maqsadlari uchun joylashtirish, yuqori talabga ega bo'lgan mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va h.k.); •ishlab chiqarishning investitsion-texnologik asosini o'zgartirish (asosiy fondlar va aylanma mablag'larning tarkibiy tuzilishi, texnologik yangiliklarni joriy etish, ishlab chiqariladigan mahsulot-larni yangilash va h.k.); • ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga —XYuSning ixtiyoriga qoldiriladigan sof foydaga erishish, kompaniya qiymatini o'stirish va xarajatlarni qisqartirishning tashkiliy asosi bo'lgan mukammal biznes-rejani ishlab chiqish; • XYuSning asoslangan marketing va baho strategiyasini ishlab chiqish; • XYuSning moliyaviy strategiyasini uning ishlab chiqarish-marketing siyosati bilan o'zaro bog'liqligini asoslash. Yuqoridagilarning barchasi moliyaviy munosabatlarni tegishli tarzda qayta qurishni, XYuSni boshqarishda moliyaviy oqimlar rolini oshirishni; tushum, xarajatlar, foyda, soliqqa tortish me'yorlari, sof foyda, umumiy va o'z kapitalining hajmi (miqdori) va manbalaridan iborat bo'lgan moliyaviy indikatorlarning o'zgarishini kuzatish orqali moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali tizimini shakllantirishni talab qiladi. Bu ishlar, o'z navbatida, quyidagi shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin: • XYuS xo'jalik-ishlab chiqarish faoliyati barcha tomonlari bilan moliyaviy oqimlaming o'zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda ishlab chiqarish omillari- moddiy, mehnat, informatsion vaboshqa resurslarning tegishli harakatlarini yanada to'laroq aks ettirish; • boshqaruv qarorlari qabul qilishda, XYuS moliyaviy resurslari o'sishiga bog'liq
imkoniyat qidirib topish va amalga oshirishda  moliyaviy-tahliliy xizmatlar rolini
oshirish;
• XYuS faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to'liqroq ta'minlash uchun o'z
bilimlarini sarf etayotgan moliyaviy menejment malakasi darajasini oshirish;
• XYuS  moliyaviy-xo'jalik  faoliyati  to'g'risida  xalqaro  andaza-larga  muvofiq
ravishda ma'lumotlar olish, XYuSlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatida yuqori
darajadagi  samaradorlikni  ta'minlash  uchun  moliyaviy  hisobotning  xalqaro
andazalariga o'tish.
8.2. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy isloh qilish 
samaradorligini baholash
XYuS, firma va korporatsiyalarning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini
baholashning asosiy ko'rsatkichi sifatida moliyaviy  samaradorlik, ya'ni sof foyda
bo'yicha  rentabellik  ko'rsatkichini  olish  mumkin.  Uni  hisoblash  formulasi
quyidagicha:
R=(C/:0',)x 100
Bu yerda: R   —   sof foyda bo'yicha o'zlik kapitalining rentabelligi; 
SL  — sof foyda yoki netto—foyda; 
0\- o'zlik kapitali.
Bu ko'rsatkichning o'sishi foydani soliqqa tortishni qo'shib  hisoblagan holda
ichki  va  tashqi  xarakterdagi  ko'plab  omillarga  bog'liq.  Rentabellikni  tarkib
toptiruvchilarni tahlil qilish uchun amaliyotda birinchi marta «Dyupon de Nemur»
kompaniyasida qo'llanilgan Dyupon formulasidan foydalaniladi. Bu formulaning
ko'rinishi quyidagicha:
R = (Sf : O’k) x (Sf : T) x (T : A) x ( A : O’k)
Bu yerda: R —     sof foyda bo'yicha o'zlik kapitalining rentabelligi; 
Sf —     sof foyda yoki netto-foyda; 
O’k —  o'zlik kapitali; 
T —     tushum; 
A —     aktivlar.
Bir vaqtning o'zida bu formuladagi (Sf: O'k) nisbati sof foydaga  ko'ra o'zlik
Logotip
imkoniyat qidirib topish va amalga oshirishda moliyaviy-tahliliy xizmatlar rolini oshirish; • XYuS faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to'liqroq ta'minlash uchun o'z bilimlarini sarf etayotgan moliyaviy menejment malakasi darajasini oshirish; • XYuS moliyaviy-xo'jalik faoliyati to'g'risida xalqaro andaza-larga muvofiq ravishda ma'lumotlar olish, XYuSlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatida yuqori darajadagi samaradorlikni ta'minlash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro andazalariga o'tish. 8.2. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy isloh qilish samaradorligini baholash XYuS, firma va korporatsiyalarning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholashning asosiy ko'rsatkichi sifatida moliyaviy samaradorlik, ya'ni sof foyda bo'yicha rentabellik ko'rsatkichini olish mumkin. Uni hisoblash formulasi quyidagicha: R=(C/:0',)x 100 Bu yerda: R — sof foyda bo'yicha o'zlik kapitalining rentabelligi; SL — sof foyda yoki netto—foyda; 0\- o'zlik kapitali. Bu ko'rsatkichning o'sishi foydani soliqqa tortishni qo'shib hisoblagan holda ichki va tashqi xarakterdagi ko'plab omillarga bog'liq. Rentabellikni tarkib toptiruvchilarni tahlil qilish uchun amaliyotda birinchi marta «Dyupon de Nemur» kompaniyasida qo'llanilgan Dyupon formulasidan foydalaniladi. Bu formulaning ko'rinishi quyidagicha: R = (Sf : O’k) x (Sf : T) x (T : A) x ( A : O’k) Bu yerda: R — sof foyda bo'yicha o'zlik kapitalining rentabelligi; Sf — sof foyda yoki netto-foyda; O’k — o'zlik kapitali; T — tushum; A — aktivlar. Bir vaqtning o'zida bu formuladagi (Sf: O'k) nisbati sof foydaga ko'ra o'zlik
kapitalining  rentabellik  koeffitsientini  ko'rsatsa,  (Sf  :  T)  nisbati  esa  sotuv
rentabelligini ifodalab, bir tomondan bu nisbat tahlil qilinayotgan davrda sof foyda
va sotuv hajmi (tushum)  o'rtasidagi nisbatni aks ettirsa, ikkinchi tomondan esa,
yaxlit  holda  sotilgan  mahsulotning  daromadliligini  xarakterlaydi  va  u  alohida
olingan  tovar  turlari  daromadligiga  va  ularning  realizatsiya  hajmidagi  nisbatiga
bog'liqdir. Shuningdek, (T : A) nisbati xo'jalik faolligi koeffitsientini ko'rsatadi. Bu
koeffitsient aktivlarning aylanuvchanligi (yoki aktivlarning yillik o'rtacha qiymatiga
to'g'ri keluvchi bir so'mlik tushum hajmi)ni aks ettiradi, tahlil davridagi aktivlar
aylanmasining  sonini  xarakterlaydi.  Aktivlar  qancha  ko'p  aylansa,  ularning
rentabelligi shuncha yuqori bo'ladi. (A : O'k) nisbati esa bir so'mlik o'z kapitaliga
to'g'ri  keluvchi  aktivlarning  umumiy  miqdorini  ko'rsatadi.  Bunday  aktivlar
qanchalik ko'p bo'lsa,  rentabellik darajasi shuncha yuqori bo'ladi. Bu ko'rsatkich
XYuSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga kapitalning qo'shimcha
manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradiki, bu narsa tushum hajmi va
XYuS daromadliligini oshirishga imkon beradi.
Yuqoridagi  formulada  keltirilgan  ko'rsatkichlarning  o'zaro  bog'liqligini
XYuSning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab berishda foydalanish mumkin.
Chunki  formuladagi  ko'rsatkichlar  XYuS  yakuniy  natijalarining  aktivlardan
foydalanish darajasi, ularning aylanish tezligi, realizatsiya hajmi va sotilayotgan
mahsulotlarning daromadliligi, ya'ni moliyaviy-xo'jalik faoliyatining  barcha asosiy
parametrlari  bilan o'zaro bog'liqligini  ifodalaydi.  Bularning barchasi  istiqbolga
mo'ljallangan  biznes-rejani  ishlab  chiqish  uchun  asos  bo'lishi,  shuningdek
investitsion-innovatsion biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin.
XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash  uchun xo'jalik
faolligi koeffitsientidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu koeffitsient XYuSga
tegishli  bo'lgan  tushumning  barcha  aktivlar  o'rtacha  qiymatiga  nisbati  bilan
aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin:
К   = T : A
Bu yerda: Kx/- xo'jalik faolligi koefiitsienti; 
T — tushum; 
Logotip
kapitalining rentabellik koeffitsientini ko'rsatsa, (Sf : T) nisbati esa sotuv rentabelligini ifodalab, bir tomondan bu nisbat tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) o'rtasidagi nisbatni aks ettirsa, ikkinchi tomondan esa, yaxlit holda sotilgan mahsulotning daromadliligini xarakterlaydi va u alohida olingan tovar turlari daromadligiga va ularning realizatsiya hajmidagi nisbatiga bog'liqdir. Shuningdek, (T : A) nisbati xo'jalik faolligi koeffitsientini ko'rsatadi. Bu koeffitsient aktivlarning aylanuvchanligi (yoki aktivlarning yillik o'rtacha qiymatiga to'g'ri keluvchi bir so'mlik tushum hajmi)ni aks ettiradi, tahlil davridagi aktivlar aylanmasining sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha ko'p aylansa, ularning rentabelligi shuncha yuqori bo'ladi. (A : O'k) nisbati esa bir so'mlik o'z kapitaliga to'g'ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdorini ko'rsatadi. Bunday aktivlar qanchalik ko'p bo'lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo'ladi. Bu ko'rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga kapitalning qo'shimcha manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradiki, bu narsa tushum hajmi va XYuS daromadliligini oshirishga imkon beradi. Yuqoridagi formulada keltirilgan ko'rsatkichlarning o'zaro bog'liqligini XYuSning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi ko'rsatkichlar XYuS yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish darajasi, ularning aylanish tezligi, realizatsiya hajmi va sotilayotgan mahsulotlarning daromadliligi, ya'ni moliyaviy-xo'jalik faoliyatining barcha asosiy parametrlari bilan o'zaro bog'liqligini ifodalaydi. Bularning barchasi istiqbolga mo'ljallangan biznes-rejani ishlab chiqish uchun asos bo'lishi, shuningdek investitsion-innovatsion biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin. XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun xo'jalik faolligi koeffitsientidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu koeffitsient XYuSga tegishli bo'lgan tushumning barcha aktivlar o'rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin: К = T : A Bu yerda: Kx/- xo'jalik faolligi koefiitsienti; T — tushum;
A - barcha aktivlarning o'rtacha qiymati.
Bu ko'rsatkich bir so'mlik foydalanilayotgan aktivlarga to'g'ri keluvchi tushumni
ko'rsatadi. Uning o'sishi XYuS boshqa barcha moliyaviy ko'rsatkichlar ko'payishiga
asos bo'lib xizmat qiladi.
Aktivlarga  joylashtirilgan  kapitalning  oqilona  tarkibiy  tuzilishi  ham  muhim
ahamiyatga ega. Uzluksiz ravishda doiraviy aylanadigan  va daromadlar olinishiga
xizmat qiladigan aylanma aktivlarga moddiylashtirilgan kapital XYuS faoliyatida
faol rol o'ynaydi. Shuning uchun ham aylanma aktivlarga qo'yilgan tez aylanayotgan
kapitalning  barcha  foydali  kapitalga  nisbati  kapital  noishlab  chiqarish  qobiliyati
oshganligini aks ettiradi. Buni formula yordamida quyidagicha ko'rsatish mumkin:
К „ - (A. : Kp
Bu yerda: Kgtt — kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi; 
Aaa — aylanma aktivlar; 
Kf — barcha foydalanilayotgan kapitallar.
XYuSning moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida har bir tadbirdan
ma'lum bir samara olinishi  ko'zda tutilmog'i lozim. Quyida o'tkazilishi  lozim
bo'lgan eng muhim tadbirlar va
Tadbirlar
Foydali jihatlar
XYuSning bozordagi holati,
moliya-xo'jalik 
faoliyati 
va
boshqaruv samaradorligini tahlil
qilish
XYuS rivojlanishining asosiy ichki va
tashqi muarnmolari va ularni hal etishdagi
oqilona yo'llarini qidirib topish,  moliyaviy
ahvolni 
mustah-kamlash 
uchun
rezervlardan foyda-lanish
XYuS
 
taraqqiyotining
moliyaviy  strategiyasini  ishlab
chiqish.
Kelajakda  ishlab  chiqarish-iqtisodiy
faoliyatning  eng  yuqori  samaradorligiga
erishish imkonini beradigan taraqqiyotning
o'rta va uzoq muddatli mo'ljallarini asoslash
Kadrlarni tayyorlash va  qayta
tayyorlash
XYuS  xodimlari  malakasining  hozirgi
zamon va istiqbol talablariga  mos kelishi.
Logotip
A - barcha aktivlarning o'rtacha qiymati. Bu ko'rsatkich bir so'mlik foydalanilayotgan aktivlarga to'g'ri keluvchi tushumni ko'rsatadi. Uning o'sishi XYuS boshqa barcha moliyaviy ko'rsatkichlar ko'payishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi ham muhim ahamiyatga ega. Uzluksiz ravishda doiraviy aylanadigan va daromadlar olinishiga xizmat qiladigan aylanma aktivlarga moddiylashtirilgan kapital XYuS faoliyatida faol rol o'ynaydi. Shuning uchun ham aylanma aktivlarga qo'yilgan tez aylanayotgan kapitalning barcha foydali kapitalga nisbati kapital noishlab chiqarish qobiliyati oshganligini aks ettiradi. Buni formula yordamida quyidagicha ko'rsatish mumkin: К „ - (A. : Kp Bu yerda: Kgtt — kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi; Aaa — aylanma aktivlar; Kf — barcha foydalanilayotgan kapitallar. XYuSning moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida har bir tadbirdan ma'lum bir samara olinishi ko'zda tutilmog'i lozim. Quyida o'tkazilishi lozim bo'lgan eng muhim tadbirlar va Tadbirlar Foydali jihatlar XYuSning bozordagi holati, moliya-xo'jalik faoliyati va boshqaruv samaradorligini tahlil qilish XYuS rivojlanishining asosiy ichki va tashqi muarnmolari va ularni hal etishdagi oqilona yo'llarini qidirib topish, moliyaviy ahvolni mustah-kamlash uchun rezervlardan foyda-lanish XYuS taraqqiyotining moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish. Kelajakda ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyatning eng yuqori samaradorligiga erishish imkonini beradigan taraqqiyotning o'rta va uzoq muddatli mo'ljallarini asoslash Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash XYuS xodimlari malakasining hozirgi zamon va istiqbol talablariga mos kelishi.
Bu narsa XYuS moliyaviy holati va uzoq
muddatli
 taraqqiyoti  barqarorligining
asosiy omili hisoblanadi
XYuS  aktivlarini  bozo-riy
baholash
XYuS  ustav  kapitalini  oshirish
imkoniyatlarini amalga oshirish. Bu  narsa
kreditorlarning mumkin bo'lgan talablarini
qondirishdagi
 
minimal
 
kafolatlari
darajasini  oshirishni  va  shu  hisobdan
kontra-gentlar bilan yuqori darajada barqa-
rorlikni,  firma  qiymatining  oshishini
ta'minlaydi
Mol-mulkni  inventari-zasiya
qilish  va  XYuS  mul-kiy
kompleksini  restruk-turizatsiya
qilishni amalga oshirish
Noishlab
 
chiqarish
 
xarajatlarini
qisqartirish, XYuS mol-mulkidan  oqilona
foydalanish,  ulardan  foyda-lanishning
moliyaviy samaradorligini oshirish
Yerga egalik huquqini  amalga
oshirish
Barcha  mulkiy  kompleksga  egalik
huquqini  to'laqonli  amalga  oshirish
hisobidan
 
XYuSning
 
investitsion
jozibadorligini  oshirish.  Bu  narsa
faoliyatning  huquqiy  mustaqilligi  va
barqarorligini ta'minlaydi
XYuS  ustavini  qayta  ко'rib
chiqish  va  menej-ment  bilan
shartnomani aniqlashtirish
Rahbarlar
 
su'istemolliklari
imkoniyatlarini
 ta'sischilar
 oldidagi
ularning  javobgarliklari  va  XYuS
faoliyatining
 
natijalaridan
 
manfaat-
dorligini  kuchaytirish,  shu  asosda
boshqaruv qarorlari sifatini oshirish
Moliyaviy hisobotning xalqaro
andazalaridan foydalanishga o'tish
XYuS
 
faoliyatining
 «oydinlik»
darajasini  oshirish  va  investitsion
jozibadorlikning
 
yanada
 
yuqoriroq
Logotip
Bu narsa XYuS moliyaviy holati va uzoq muddatli taraqqiyoti barqarorligining asosiy omili hisoblanadi XYuS aktivlarini bozo-riy baholash XYuS ustav kapitalini oshirish imkoniyatlarini amalga oshirish. Bu narsa kreditorlarning mumkin bo'lgan talablarini qondirishdagi minimal kafolatlari darajasini oshirishni va shu hisobdan kontra-gentlar bilan yuqori darajada barqa- rorlikni, firma qiymatining oshishini ta'minlaydi Mol-mulkni inventari-zasiya qilish va XYuS mul-kiy kompleksini restruk-turizatsiya qilishni amalga oshirish Noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, XYuS mol-mulkidan oqilona foydalanish, ulardan foyda-lanishning moliyaviy samaradorligini oshirish Yerga egalik huquqini amalga oshirish Barcha mulkiy kompleksga egalik huquqini to'laqonli amalga oshirish hisobidan XYuSning investitsion jozibadorligini oshirish. Bu narsa faoliyatning huquqiy mustaqilligi va barqarorligini ta'minlaydi XYuS ustavini qayta ко'rib chiqish va menej-ment bilan shartnomani aniqlashtirish Rahbarlar su'istemolliklari imkoniyatlarini ta'sischilar oldidagi ularning javobgarliklari va XYuS faoliyatining natijalaridan manfaat- dorligini kuchaytirish, shu asosda boshqaruv qarorlari sifatini oshirish Moliyaviy hisobotning xalqaro andazalaridan foydalanishga o'tish XYuS faoliyatining «oydinlik» darajasini oshirish va investitsion jozibadorlikning yanada yuqoriroq
darajasini ta'minlash
Byudjetlar
 
tizimidan
foydalanish  asosida  XYuS-ning
asoslangan biznes re-jasini ishlab
chiqish. Qarz mablag'larnini  jalb
qilish-ning  joriy  va  istiqboldagi
rejalarini tuzish
XYuS  xo'jalik-moliya  faoliyatida  aniq
asoslangan  mo'ljallarning  mavjudligi.  Bu
narsa  XYuS  joriy  va  istiqboldagi
rivojlanishiga  bog'liq  eng
 muhim
muammolarni  yechishga  moliyaviy
imkoniyatlar
 
va
 
kuch-larning
konsentratsiya qilinishiga imkon beradi.
Taraqqiyot
 
bashorat-larini
bozor
 
muhitining
 
asosiy
parametrlari  bilan 
bog'liqlikda
ishlab chiqish
Kelajakka ishonchni shakllan-tiradi. Bu
narsa esa, o'z navbatida, iqtisodiy o'sishni
rag'batlantiradi  va barqaror  rivojlanishini
ta'minlaydi, faoliyatning barcha sohalarida
imkoniyatlarnilarni qidirib topish va amalga
oshirishga yordam beradi.
Harakatdagi
 
XYuSda
investitsion-biznes loyihani  ishlab
chiqish
Ishlab chiqarish siklining alohida joylarida
taraqqiyotning  asosiy  proporsiyalarini
asoslash va quwatlardagi nomuvofiqlilikka
barham berish. XYuSning umumiy  ishlab
chiqarish imkoniyatlarini  ancha oshirishga
yordam beradi
Aktivlarning tarkibi va tarkibiy
tuzilmasini takomillashtirish
Yuqori
 
talabga
 
ega
 
bo'lgan
mahsulotlarni
 
ishlab
 
chiqarishga
muvofiqligini
 
ta'minlash
 
maqsadida
XYuSning  ishlab  chiqarish  apparati
samaradorligini oshirish. Aktivlarni ularning
«ballast»  qismidan  tozalash  va  keraksiz
aktivlarni sotish
XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo'linmalari kapitalni
shakllantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish,  XYuS faoliyatida
kapitallashtirishning oqilona darajasiga erishish borasidagi yagona asoslangan
Logotip
darajasini ta'minlash Byudjetlar tizimidan foydalanish asosida XYuS-ning asoslangan biznes re-jasini ishlab chiqish. Qarz mablag'larnini jalb qilish-ning joriy va istiqboldagi rejalarini tuzish XYuS xo'jalik-moliya faoliyatida aniq asoslangan mo'ljallarning mavjudligi. Bu narsa XYuS joriy va istiqboldagi rivojlanishiga bog'liq eng muhim muammolarni yechishga moliyaviy imkoniyatlar va kuch-larning konsentratsiya qilinishiga imkon beradi. Taraqqiyot bashorat-larini bozor muhitining asosiy parametrlari bilan bog'liqlikda ishlab chiqish Kelajakka ishonchni shakllan-tiradi. Bu narsa esa, o'z navbatida, iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi va barqaror rivojlanishini ta'minlaydi, faoliyatning barcha sohalarida imkoniyatlarnilarni qidirib topish va amalga oshirishga yordam beradi. Harakatdagi XYuSda investitsion-biznes loyihani ishlab chiqish Ishlab chiqarish siklining alohida joylarida taraqqiyotning asosiy proporsiyalarini asoslash va quwatlardagi nomuvofiqlilikka barham berish. XYuSning umumiy ishlab chiqarish imkoniyatlarini ancha oshirishga yordam beradi Aktivlarning tarkibi va tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish Yuqori talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga muvofiqligini ta'minlash maqsadida XYuSning ishlab chiqarish apparati samaradorligini oshirish. Aktivlarni ularning «ballast» qismidan tozalash va keraksiz aktivlarni sotish XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo'linmalari kapitalni shakllantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, XYuS faoliyatida kapitallashtirishning oqilona darajasiga erishish borasidagi yagona asoslangan
konsepsiyaga bo'ysinishi va o'zaro muvofiqlashtirilishi kerak.  Bu  isloh  qilish
jarayonida ancha yuqori bo'lgan integral samaraga erishishga imkon beradi.
8.3. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni isloh qilish tizimida 
moliyaviy rezervlar
Go'yo  to'liq  tugallangandek  bo'lishiga  qaramasdan  XYuSda  rivojlanishning
qo'shimcha resurslarini qidirib topishda doimiy ravishda imkoniyat paydo bo'ladi.
XYuSlar  taraqqiyotini  belgilaydigan omillaming o'zaro ta'siri natijasida vujudga
keladigan foydalanilmagan potensial imkoniyatlar ular ishlab chiqarish-iqtisodiy va
moliyaviy faoliyati rezervlari sifatida maydonga chiqadi.
Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy metodi moliyaviy tahlil hisoblanadi.
Aynan  moliyaviy  tahlil  asosida  moliyaviy  rezervlarni  qidirib  topish  bo'yicha
XYuSning siyosati ishlab chiqiladi.  Faoliyat ko'rsatish sharoitlaridan qat'iy nazar
rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirish XYuS xodimlari uchun doimiy
faoliyatga  aylanmog'i  lozim.  Xorijiy  (Yaponiyadagi  sifat  to'garaklari,  AQSh  va
Germaniyadagi yangiliklar to'g'risidagi takliflarni rag'batlantirish va boshqalar) va
mamlakatimizdagi  ilg'or  kompaniyalarning  tajribasi  shuni  ko'rsatadiki,  qaerda
rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom etayotgan, yangiliklar keng
joriy qilinayotgan bo'lsa, o'sha yerda investitsiyalar o'sadi,  XYuSning moliyaviy
ahvoli mustahkamlanadi, iqtisodiy taraqqiyot sur'atlari oshadi.
Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi juda kengdir. Muhimligiga ko'ra
ularning darajalarini quyidagilarga ajratish  mumkin (keyingi betdagi chizmaga
qarang).
Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng  muhim rezerv bu
xodimlar  malakasini  oshirishdir.  Rivojlanayotgan  intellektual  inqilob,  «bilimlar
iqtisodiyoti»ga o'tish  va xodimlarning  intellektini  shakllantirish  sharoitida  qabul
qilinayotgan  boshqaruv  qarorlarida  ularning  moddiylashuvi  iqtisodiy  o'sishda
strategik omilga aylanadi.
Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi XYuSning moliyaviy barqarorlik
darajasini oshirish rezervlarga bog'liq barcha ko'rinishlarini qidirib topish va amalga
oshirishda muhim rol  o'ynaydi. Savodsizlik bilan qabul qilingan moliyaviy qarorlar
Logotip
konsepsiyaga bo'ysinishi va o'zaro muvofiqlashtirilishi kerak. Bu isloh qilish jarayonida ancha yuqori bo'lgan integral samaraga erishishga imkon beradi. 8.3. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni isloh qilish tizimida moliyaviy rezervlar Go'yo to'liq tugallangandek bo'lishiga qaramasdan XYuSda rivojlanishning qo'shimcha resurslarini qidirib topishda doimiy ravishda imkoniyat paydo bo'ladi. XYuSlar taraqqiyotini belgilaydigan omillaming o'zaro ta'siri natijasida vujudga keladigan foydalanilmagan potensial imkoniyatlar ular ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy faoliyati rezervlari sifatida maydonga chiqadi. Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy metodi moliyaviy tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rezervlarni qidirib topish bo'yicha XYuSning siyosati ishlab chiqiladi. Faoliyat ko'rsatish sharoitlaridan qat'iy nazar rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirish XYuS xodimlari uchun doimiy faoliyatga aylanmog'i lozim. Xorijiy (Yaponiyadagi sifat to'garaklari, AQSh va Germaniyadagi yangiliklar to'g'risidagi takliflarni rag'batlantirish va boshqalar) va mamlakatimizdagi ilg'or kompaniyalarning tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaerda rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom etayotgan, yangiliklar keng joriy qilinayotgan bo'lsa, o'sha yerda investitsiyalar o'sadi, XYuSning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtisodiy taraqqiyot sur'atlari oshadi. Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi juda kengdir. Muhimligiga ko'ra ularning darajalarini quyidagilarga ajratish mumkin (keyingi betdagi chizmaga qarang). Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim rezerv bu xodimlar malakasini oshirishdir. Rivojlanayotgan intellektual inqilob, «bilimlar iqtisodiyoti»ga o'tish va xodimlarning intellektini shakllantirish sharoitida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarida ularning moddiylashuvi iqtisodiy o'sishda strategik omilga aylanadi. Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi XYuSning moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish rezervlarga bog'liq barcha ko'rinishlarini qidirib topish va amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. Savodsizlik bilan qabul qilingan moliyaviy qarorlar
(bizning amaliyotimizda bunday qarorlar juda ko'p va tez-tez uchrab turadi) makro-va
mikro darajada juda katta hajmdagi yo'qotishlarga olib keladi. Shuning uchun ham
kadrlarning malakasini oshirish va xodimlarda zamonaviy intellektual salohiyatni
shakllantirish  kompaniyalar  tomonidan  murakkab  zamonaviy  moliyaviy-iqtisodiy
vazifalarni yechishning asosiy sharti hisoblanadi.
Moliyaviy rezervlar XYuS iqtisodiyotining yagona kompleks sifatida rivojlanishi
bilan uzviy bog'langan. Xom-ashyo va
Tashkiliy-hisob-
kitobli
Xarajatli 
moliyalashtirish
Soliqli
Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari
1. Xodimlarning malakasi
2. Ichki omillar:
ishlab chiqarish;
tashkiliy;
ta'minot;
investitsion
3. Tashqi omillar:
bozor kon'yunkturasi;
baho;
marketing; 
informatsion
4. Moliyaviy oqimlar
Tashkiliy-hisob-
kitobli
Xarajatli 
moliyalashtirish
Soliqli
5. Kapitalning tarkibiy tuzilishini 
oqilonalashtirish
Logotip
(bizning amaliyotimizda bunday qarorlar juda ko'p va tez-tez uchrab turadi) makro-va mikro darajada juda katta hajmdagi yo'qotishlarga olib keladi. Shuning uchun ham kadrlarning malakasini oshirish va xodimlarda zamonaviy intellektual salohiyatni shakllantirish kompaniyalar tomonidan murakkab zamonaviy moliyaviy-iqtisodiy vazifalarni yechishning asosiy sharti hisoblanadi. Moliyaviy rezervlar XYuS iqtisodiyotining yagona kompleks sifatida rivojlanishi bilan uzviy bog'langan. Xom-ashyo va Tashkiliy-hisob- kitobli Xarajatli moliyalashtirish Soliqli Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari 1. Xodimlarning malakasi 2. Ichki omillar: ishlab chiqarish; tashkiliy; ta'minot; investitsion 3. Tashqi omillar: bozor kon'yunkturasi; baho; marketing; informatsion 4. Moliyaviy oqimlar Tashkiliy-hisob- kitobli Xarajatli moliyalashtirish Soliqli 5. Kapitalning tarkibiy tuzilishini oqilonalashtirish
8.3.1-chizma. Moliyaviy rezervlarni shakllantirish darajalari va omillari
XYuS moliyaviy barqarorligining ichki rezervlari, asosan, taraqqiyotning ishlab
chiqarish, tashkiliy va innovatsion-investitsion omillari bilan bog'liq bo'ladi.
Moliyaviy barqarorlikning tashqi rezerlari esa bozor kon'yunkturasi, XYuSning
marketing va baho strategiyasi, soliqqa tortishni oqilonalashtirish, hisob-kitoblarning
samarali tizimini tashkil etish, bank kreditlari va kreditorlik qarzlari ko'rinishidagi
qarz mablag'larini jalb qilishdan foydalanish va h.k.lar bilan bog'liq. Bir vaqtning o'zida
XYuSga tushumlarning o'z vaqtida tushishiga,  debitorlik qarzlarining kamayishiga
erishish,  kreditorlik  qarzlarining  kamayishiga  erishish,  kreditorlik  qarzlari  dan
kapitalning manbai sifatida faol foydalanish ham kerak.
Moliyaviy rezervlarni izlab topish va ularni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari
orasida XYuSning mol-mulkidan yanada samaraliroq foydalanishni alohida ajratib
ko'rsatish maqsadga  muvofiq. Bu o'rinda uning asosiy ko'rsatkichi aktivlarning
rentabelligi hisoblanib, uni quyidagicha hisoblash mumkin:
R = (F : A .) x 100
Bu yerda: Ra — aktivlarning rentabelligi; 
Fs - sof foyda; 
Ao,— tahlil davridagi aktivlarning o'rtacha o'lchami.
Agar sof foydaning yoki netto—foydaning baho va to'liq tannarx  o'rtasidagi farq
hamda  soliq  to'Iovlari  o'lchamiga  kamaytirilganligidan  iborat  ekanligi  inobatga
olinadigan  bo'lsa,  aktivlarning  samaradorligi  faqat  bozor  kon'yunkturasiga  bog'liq
bo'lmasdan, balki foydadan olinadigan soliq summalariga ham bog'liq ekanligi ma'lum
bo'ladi:
S =B   -(T  +S,)
sof foyda; mahsulot bahosi; mahsulot to'liq tannarxi; soliq to'Iovlari.
Bu yerda: 
S/-
BS,"
Logotip
8.3.1-chizma. Moliyaviy rezervlarni shakllantirish darajalari va omillari XYuS moliyaviy barqarorligining ichki rezervlari, asosan, taraqqiyotning ishlab chiqarish, tashkiliy va innovatsion-investitsion omillari bilan bog'liq bo'ladi. Moliyaviy barqarorlikning tashqi rezerlari esa bozor kon'yunkturasi, XYuSning marketing va baho strategiyasi, soliqqa tortishni oqilonalashtirish, hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish, bank kreditlari va kreditorlik qarzlari ko'rinishidagi qarz mablag'larini jalb qilishdan foydalanish va h.k.lar bilan bog'liq. Bir vaqtning o'zida XYuSga tushumlarning o'z vaqtida tushishiga, debitorlik qarzlarining kamayishiga erishish, kreditorlik qarzlarining kamayishiga erishish, kreditorlik qarzlari dan kapitalning manbai sifatida faol foydalanish ham kerak. Moliyaviy rezervlarni izlab topish va ularni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari orasida XYuSning mol-mulkidan yanada samaraliroq foydalanishni alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq. Bu o'rinda uning asosiy ko'rsatkichi aktivlarning rentabelligi hisoblanib, uni quyidagicha hisoblash mumkin: R = (F : A .) x 100 Bu yerda: Ra — aktivlarning rentabelligi; Fs - sof foyda; Ao,— tahlil davridagi aktivlarning o'rtacha o'lchami. Agar sof foydaning yoki netto—foydaning baho va to'liq tannarx o'rtasidagi farq hamda soliq to'Iovlari o'lchamiga kamaytirilganligidan iborat ekanligi inobatga olinadigan bo'lsa, aktivlarning samaradorligi faqat bozor kon'yunkturasiga bog'liq bo'lmasdan, balki foydadan olinadigan soliq summalariga ham bog'liq ekanligi ma'lum bo'ladi: S =B -(T +S,) sof foyda; mahsulot bahosi; mahsulot to'liq tannarxi; soliq to'Iovlari. Bu yerda: S/- BS,"
Aktivlarning samaradorlik ko'rsatkichi bir so'mlik aktivlarga (XYuSning butun
mol-mulkiga) to'g'ri keluvchi sof foyda miqdorini ko'rsatadi va XYuS faoliyatidagi
moliyaviy faollikni o'zida aks ettiradi. Bu ko'rsatkich darajasi XYuS aktivlarining
tarkibiy tuzilishiga — asosiy fondlar aktiv va passiv qismlarining, asosiy va aylanma
kapitalning nisbatiga bog'liq.
XYuS  asosiy  kapitalidan  foydalanishga  tavsifnoma  beruvchi
 muhim
ko'rsatkichlardan biri fond qaytimi hisoblanib, uni quyidagi  formula  yordamida
aniqlash mumkin:
F* - (K • \)
Bu yerda: Fk — fond qaytimi;
Rm — realizatsiya qilingan mahsulot hajmi; 
Af ~ asosiy fondlarning yillik o'rtacha qiymati.
Asosiy fondlarning aktiv qismiga (dastgohlar, mashinalar, mexanizmlar va h.k.)
qancha ko'p asosiy kapital joylashtirilgan  bo'lsa va ular yil davomida qanchalik
ko'p aylanish sodir etsa, XYuS shuncha ko'p foyda oladi.
Aylanma  aktivlar  XYuS  kapitalining  eng  faol  dementi  hisoblanadi.  Yil
davomida ularning aylanish miqdori kapitaldan foydalanishdagi intensivlik darajasini
ko'rsatadi.  XYuSning  aylanma  mablag'lari  eng  faol  «ishlovchi»  kapitaldir.  Shu
munosabat bilan kapitalning faollilik koeffitsienti alohida ahamiyat kasb etib, uni
aniqlashni formula yordamida quyidagicha aks ettirsa bo'ladi:
К  = К   : К.
Jk
aa
ba
Bu yerda: K. — kapitalning faollik (manyovrlilik) koeffitsienti; 
Kee— aylanma aktivlar (ishlayotgan kapital); 
K^ — barcha aktivlar (XYuSning barcha kapitali).
Shuning uchun ham XYuS rezerlarining butun bir qismi aylanma mablag'lardan
foydalanish,  bular  aylanishning  tezligi  bilan  bog'liq.  Ana  shu  maqsadda  ishlab
chiqarish zaxiralarining ortiqcha qismini qidirib topish va realizatsiya qilish asosida
Logotip
Aktivlarning samaradorlik ko'rsatkichi bir so'mlik aktivlarga (XYuSning butun mol-mulkiga) to'g'ri keluvchi sof foyda miqdorini ko'rsatadi va XYuS faoliyatidagi moliyaviy faollikni o'zida aks ettiradi. Bu ko'rsatkich darajasi XYuS aktivlarining tarkibiy tuzilishiga — asosiy fondlar aktiv va passiv qismlarining, asosiy va aylanma kapitalning nisbatiga bog'liq. XYuS asosiy kapitalidan foydalanishga tavsifnoma beruvchi muhim ko'rsatkichlardan biri fond qaytimi hisoblanib, uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: F* - (K • \) Bu yerda: Fk — fond qaytimi; Rm — realizatsiya qilingan mahsulot hajmi; Af ~ asosiy fondlarning yillik o'rtacha qiymati. Asosiy fondlarning aktiv qismiga (dastgohlar, mashinalar, mexanizmlar va h.k.) qancha ko'p asosiy kapital joylashtirilgan bo'lsa va ular yil davomida qanchalik ko'p aylanish sodir etsa, XYuS shuncha ko'p foyda oladi. Aylanma aktivlar XYuS kapitalining eng faol dementi hisoblanadi. Yil davomida ularning aylanish miqdori kapitaldan foydalanishdagi intensivlik darajasini ko'rsatadi. XYuSning aylanma mablag'lari eng faol «ishlovchi» kapitaldir. Shu munosabat bilan kapitalning faollilik koeffitsienti alohida ahamiyat kasb etib, uni aniqlashni formula yordamida quyidagicha aks ettirsa bo'ladi: К = К : К. Jk aa ba Bu yerda: K. — kapitalning faollik (manyovrlilik) koeffitsienti; Kee— aylanma aktivlar (ishlayotgan kapital); K^ — barcha aktivlar (XYuSning barcha kapitali). Shuning uchun ham XYuS rezerlarining butun bir qismi aylanma mablag'lardan foydalanish, bular aylanishning tezligi bilan bog'liq. Ana shu maqsadda ishlab chiqarish zaxiralarining ortiqcha qismini qidirib topish va realizatsiya qilish asosida
aylanma mablag'laming tarkibiy tuzilishini optimallashtirish, debitorlik qarzlari va
tayyor  mahsulot  zahiralariga  quyilmalarni  qisqartirish  talab  etiladi.  Aylanma
mablag'lardan foydalanish samaradorligini  oshirish rezervlarini qidirib topish uchun
ularning absolyut va nisbiy ozod bo'lishini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Tahlil qilinayotgan davrning boshi va oxiridagi aylanma  mablag'lar haqiqiy
o'lchamlari o'rtasidagi farq ularning absolyut  ozod bo'lishini ko'rsatadi. Aylanma
mablag'larning  nisbiy  ozod  bo'lishi  esa  ularning  hisobli  o'lcham  taqqoslaganda
qancha  iqtisod  qilinganligini  tavsiflaydi,  o'tgan  davrda  ulardan  foydalanish
samaradorligini hisobga olgan holda haqiqiy aylanishga xizmat qilish uchun XYuSga
qancha aylanma mablag'lar kerak bo'lishi mumkinligidan darak beradi.
Nisbiy ozod bo'lish XYuS aylanma mablag'laridan foydala-nishdagi samaradorlik
darajasini  xarakterlaydi  —  ularning  shartli  ozod  bo'lishini  ko'rsatadi.  Uni
quyidagicha aniqlash mumkin:
О =A . -A..x(R.: R.),
n
xo'
bo'        v    /
o'' '
Bu yerda: Оя —   aylanma mablag'larning nisbiy ozod bo'lishi; 
Ам, —   tahlil qilinadigan davrdagi aylanma mablag'larning haqiqiy miqdori 
(yillik o'rtachasi); 
AJo,—   bazis (o'tgan) davrdagi aylanma mablag'larning miqdori 
(yillik o'rtachasi); 
R. —    hisobot (joriy) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar 
hajmi; 
Ro, —   o'tgan (bazis) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar 
hajmi.
Aylanma mablag'larning aylanuvchanligini tezlashtirish XYuS moliyaviy ahvolini
mustahkamlashdagi muhim rezervi hisoblanadi. Buning natijasida bo'shagan mablag'lar
investitsiyalarga,  innovatsion
 faoliyatga,  aktivlarning  tarkibiy  tuzilishini
takomillashtirishga va boshqalarga yo'naltirilishi mumkin.
Moliyaviy rezervlarni jalb qilishda moliyaviy leverijdan
К   =К : К.
Logotip
aylanma mablag'laming tarkibiy tuzilishini optimallashtirish, debitorlik qarzlari va tayyor mahsulot zahiralariga quyilmalarni qisqartirish talab etiladi. Aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish rezervlarini qidirib topish uchun ularning absolyut va nisbiy ozod bo'lishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tahlil qilinayotgan davrning boshi va oxiridagi aylanma mablag'lar haqiqiy o'lchamlari o'rtasidagi farq ularning absolyut ozod bo'lishini ko'rsatadi. Aylanma mablag'larning nisbiy ozod bo'lishi esa ularning hisobli o'lcham taqqoslaganda qancha iqtisod qilinganligini tavsiflaydi, o'tgan davrda ulardan foydalanish samaradorligini hisobga olgan holda haqiqiy aylanishga xizmat qilish uchun XYuSga qancha aylanma mablag'lar kerak bo'lishi mumkinligidan darak beradi. Nisbiy ozod bo'lish XYuS aylanma mablag'laridan foydala-nishdagi samaradorlik darajasini xarakterlaydi — ularning shartli ozod bo'lishini ko'rsatadi. Uni quyidagicha aniqlash mumkin: О =A . -A..x(R.: R.), n xo' bo' v / o'' ' Bu yerda: Оя — aylanma mablag'larning nisbiy ozod bo'lishi; Ам, — tahlil qilinadigan davrdagi aylanma mablag'larning haqiqiy miqdori (yillik o'rtachasi); AJo,— bazis (o'tgan) davrdagi aylanma mablag'larning miqdori (yillik o'rtachasi); R. — hisobot (joriy) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar hajmi; Ro, — o'tgan (bazis) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar hajmi. Aylanma mablag'larning aylanuvchanligini tezlashtirish XYuS moliyaviy ahvolini mustahkamlashdagi muhim rezervi hisoblanadi. Buning natijasida bo'shagan mablag'lar investitsiyalarga, innovatsion faoliyatga, aktivlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga va boshqalarga yo'naltirilishi mumkin. Moliyaviy rezervlarni jalb qilishda moliyaviy leverijdan К =К : К.