XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING HARAJATLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

22,5 KB


XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING HARAJATLARI
Reja:
1.
XYUSlarning harajatlari: mohiyati va tarkibi.
2.
XYUSlar harajatlarining tasniflanishi.
3.
XYUSlar harajatlarining samaradorligini baholash.
Umumiy iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi
tushunchalariga Sh.Shodmonov tomonidan quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Ishlab
chiqarish  harajatlari  –  korxonaning  mahsulot  ishlab  chiqarish  maqsadlarida,
iqtisodiy resurslar  sotib olish  uchun qilgan pul  sarflari. Firma  o‘z faoliyatini
bozordan moddiy resurslar, ya’ni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa
vositalari, xom-ashyo, yoqilg‘i, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ishchi
kuchini sotib olishdan boshlaydi.
Shunga  muvofiq  holda,  ishlab  chiqarish  harajatlari  tarkibiga  xom-ashyo,
asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya harajatlari, asosiy kapital
amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz to‘lovlari va boshqa
harajatlar  kiradi.  Ishlab  chiqarish  harajatlariga  qilingan  barcha  harajatlarning
puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi”.
T. Malikovning quyida keltirgan fikrlariga qo‘shilamiz: “foyda olish yoki
XYUSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul
qiymatiga  XYUSning  harajatlari  deyiladi.  “Harajatlar”  tushunchasi  “tannarx”
tushunchasiga  nisbatan  kengroq  hisoblanadi.  Chunki,  tannarx  umumiy
harajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab chiqarish harajatlarini) o‘zida aks
ettiradi. Mahsulot  (ish va xizmat)  tannarxi mahsulot  (ish va xizmat)ni ishlab
Logotip
XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING HARAJATLARI Reja: 1. XYUSlarning harajatlari: mohiyati va tarkibi. 2. XYUSlar harajatlarining tasniflanishi. 3. XYUSlar harajatlarining samaradorligini baholash. Umumiy iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi tushunchalariga Sh.Shodmonov tomonidan quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Ishlab chiqarish harajatlari – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma o‘z faoliyatini bozordan moddiy resurslar, ya’ni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom-ashyo, yoqilg‘i, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ishchi kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda, ishlab chiqarish harajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz to‘lovlari va boshqa harajatlar kiradi. Ishlab chiqarish harajatlariga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi”. T. Malikovning quyida keltirgan fikrlariga qo‘shilamiz: “foyda olish yoki XYUSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul qiymatiga XYUSning harajatlari deyiladi. “Harajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasiga nisbatan kengroq hisoblanadi. Chunki, tannarx umumiy harajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab chiqarish harajatlarini) o‘zida aks ettiradi. Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab
chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya,
asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda sotish qilish
boshqa  harajatlarining  qiymat  bahosidan  iborat.  Amaliyotda  “mahsulotning
umumiy  tannarxi”  va  “mahsulot  birligining  tannarxi”  tushunchalaridan  keng
foydalaniladi”.
Demak, harajatlar – bu ko‘zlangan maqsadlarga (mahsulot ishlab chiqarish,
tovarlar haridi, xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish, loyihalarni amalga oshirish)
erishish uchun sarflangan barcha resurslar qiymatining puldagi ifodasidir. Ushbu
atama juda ko‘p ma’noga ega bo‘lib, turli xil vaziyatlarda turli xil tipdagi harajatlar
qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotni ishlab chiqarish
va haridorlarga sotish uchun ko‘plab harajatlar amalga oshiriladi. Bularga material
harajatlar, mehnat haqi harajatlari, mashina va asbob-uskunalarning amortizatsiyasi
harajatlari,  ta’mirlash  harajatlari,  xodimlarni  ovqatlantirish  va  tibbiy  xizmat
ko‘rsatish harajatlari, elektr-energiya harajatlari, mahsulotlarni saqlash, reklama
qilish, haridorlarga yetkazib berish, menejerlarning ish haqi, telefon va internet
harajatlari  hamda  boshqa  harajatlarni  kiritish  mumkin.  Harajatlarning  turi  va
miqdori tashkilotning faoliyat xususiyatlari, uning hajmi boshqa omillarga bog‘liq
bo‘ladi.
Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi  mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab chiqarish
(ko‘rsatish) jarayonida foydalaniladigan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya,
asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda realizatsiya
qilish  boshqa  harajatlarining  qiymatiy  bahosidan  iborat.  Amaliyotda
“mahsulotning  umumiy  tannarxi”  va  “mahsulot  birligining  tannarxi”
tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, umumiy
ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi tarkibiga
harajatlarni aks ettirish (kiritish)ning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga
kiritiladigan harajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq
siyosatiga  va  ikkinchi  tomondan,  iqtisodiyotning  ahvoli  (holati)  va  tarkibiy
tuzilishiga bog‘liq.
Logotip
chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda sotish qilish boshqa harajatlarining qiymat bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning umumiy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tushunchalaridan keng foydalaniladi”. Demak, harajatlar – bu ko‘zlangan maqsadlarga (mahsulot ishlab chiqarish, tovarlar haridi, xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish, loyihalarni amalga oshirish) erishish uchun sarflangan barcha resurslar qiymatining puldagi ifodasidir. Ushbu atama juda ko‘p ma’noga ega bo‘lib, turli xil vaziyatlarda turli xil tipdagi harajatlar qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotni ishlab chiqarish va haridorlarga sotish uchun ko‘plab harajatlar amalga oshiriladi. Bularga material harajatlar, mehnat haqi harajatlari, mashina va asbob-uskunalarning amortizatsiyasi harajatlari, ta’mirlash harajatlari, xodimlarni ovqatlantirish va tibbiy xizmat ko‘rsatish harajatlari, elektr-energiya harajatlari, mahsulotlarni saqlash, reklama qilish, haridorlarga yetkazib berish, menejerlarning ish haqi, telefon va internet harajatlari hamda boshqa harajatlarni kiritish mumkin. Harajatlarning turi va miqdori tashkilotning faoliyat xususiyatlari, uning hajmi boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab chiqarish (ko‘rsatish) jarayonida foydalaniladigan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish boshqa harajatlarining qiymatiy bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning umumiy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tushunchalaridan keng foydalaniladi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi tarkibiga harajatlarni aks ettirish (kiritish)ning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga kiritiladigan harajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli (holati) va tarkibiy tuzilishiga bog‘liq.
2-savol  bayoni.  XYUS  faoliyatining  shart-sharoitlari  va  yo‘nalishlariga
bog‘liq ravishda harajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo‘linadi:
ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar;
realizatsiyadan tashqari (norealizatsion) harajatlar;
Ishlab  chiqarish  va  realizatsiya  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  harajatlar
tarkibiga, odatda,  quyidagilar kiritiladi:
mahsulotlarni  tayyorlash,  saqlash  va  yetkazib  berish,  ishlarni  bajarish,
xizmatlarni  ko‘rsatish,  tovar  (ish,  xizmat,  mulkiy  huquq)larni  sotib  olish  va
realizatsiya qilish harajatlari;
asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va ekspluatatsiya qilish,
ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ularni tuzatilgan holatda saqlab
turish harajatlari;
tabiiy resurslarni o‘zlashtirish harajatlari;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog‘liq bo‘lgan
harajatlar;
majburiy va ixtiyoriy sug‘urta harajatlari;
ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa harajatlar.
Yuqoridagilardan  tashqari  bu  Harajatlar  yana  quyidagicha  klassifikatsiya
qilinishi mumkin:
moddiy harajatlar;
mehnat haqi harajatlari;
hisoblangan amortizatsiya summalari;
boshqa harajatlar.
XYUS umumiy harajatlarining summasidan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish
tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi:
moddiy harajatlar;
amortizatsiya ajratmalari;
mehnatga haq to‘lash harajatlari;
sotsial ehtiyojlarga ajratmalar;
Logotip
2-savol bayoni. XYUS faoliyatining shart-sharoitlari va yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda harajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar; realizatsiyadan tashqari (norealizatsion) harajatlar; Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar tarkibiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy huquq)larni sotib olish va realizatsiya qilish harajatlari; asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ularni tuzatilgan holatda saqlab turish harajatlari; tabiiy resurslarni o‘zlashtirish harajatlari; ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar; majburiy va ixtiyoriy sug‘urta harajatlari; ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa harajatlar. Yuqoridagilardan tashqari bu Harajatlar yana quyidagicha klassifikatsiya qilinishi mumkin: moddiy harajatlar; mehnat haqi harajatlari; hisoblangan amortizatsiya summalari; boshqa harajatlar. XYUS umumiy harajatlarining summasidan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi: moddiy harajatlar; amortizatsiya ajratmalari; mehnatga haq to‘lash harajatlari; sotsial ehtiyojlarga ajratmalar;
tugallanmagan  ishlab  chiqarish  qoldiqlarining  o‘zgarishi  va  boshqa
harajatlar;
kelgusi davr harajatlari;
kelgusi harajatlar va to‘lovlar rezervlari
va boshqalar.
Realizatsiyadan  tashqari  (norealizatsion)  harajatlar  mahsulotni  ishlab
chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Resurslarning samarali boshqaruvchanligini ta’minlash uchun mahsulotning
tannarxi XYUSning alohida olingan bo‘linmalari bo‘yicha hisoblanadi. U o‘z
ichiga  shu  bo‘linmaning  harajatlarini  olib,   ma’lum  davr  uchun  XYUS
harajatlarining rejali  hisobini, ya’ni   byudjetini  (smetasini) tuzish uchun asos
bo‘ladi.
Shuningdek, Mamlakatimizda qabul qilingan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni
ishlab  chiqarish  va  sotish  harajatlari  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi  Nizom”ga asosan, mahsulot (ishlar, xizmatlar)
tannarxiga kiritiladigan harajatlar va davr harajatlari ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun
mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  va  sotish  davomida  xo‘jalik
yurituvchi sub’ektda paydo bo‘ladigan barcha harajatlar to‘g‘risida buxgalteriya
hisobi schyotlarida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi hamda soliq solinadigan
bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq barcha harajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan harajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy harajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat harajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita harajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish
xususiyatiga ega bo‘lgan ustama harajatlar;
Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan
foydada hisobga olinadigan hamda davr harajatlariga kiritiladigan harajatlar:
a) sotish harajatlari;
Logotip
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o‘zgarishi va boshqa harajatlar; kelgusi davr harajatlari; kelgusi harajatlar va to‘lovlar rezervlari va boshqalar. Realizatsiyadan tashqari (norealizatsion) harajatlar mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Resurslarning samarali boshqaruvchanligini ta’minlash uchun mahsulotning tannarxi XYUSning alohida olingan bo‘linmalari bo‘yicha hisoblanadi. U o‘z ichiga shu bo‘linmaning harajatlarini olib, ma’lum davr uchun XYUS harajatlarining rejali hisobini, ya’ni byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, Mamlakatimizda qabul qilingan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan, mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan harajatlar va davr harajatlari ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik yurituvchi sub’ektda paydo bo‘ladigan barcha harajatlar to‘g‘risida buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi hamda soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi. Mazkur Nizomga muvofiq barcha harajatlar quyidagilarga guruhlanadi: mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan harajatlar: a) bevosita va bilvosita moddiy harajatlar; b) bevosita va bilvosita mehnat harajatlari; v) boshqa bevosita va bilvosita harajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama harajatlar; Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr harajatlariga kiritiladigan harajatlar: a) sotish harajatlari;
b) boshqarish harajatlari (ma’muriy sarf-harajatlar);
v) boshqa operatsion harajatlar va zararlar;
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  umumxo‘jalik  faoliyatidan  olingan  foyda
yoki  zararlarni  hisoblab  chiqishda  hisobga  olinadigan  xo‘jalik  yurituvchi
sub’ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha harajatlari:
a) foizlar bo‘yicha harajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar;
Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda
yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
XYUSning  barcha  harajatlarini  turli  yo‘nalishlar  bo‘yicha  (u  yoki  bu
klassifikatsiyaning asosida nima qo‘yilganligiga bog‘liq ravishda) klassifikatsiya
qilish  (turkumlarga  ajratish)  mumkin.   Odatda,  harajatlarning  klassifikatsiyasi
ularning quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratilishini o‘z ichiga oladi:
ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan;
iqtisodiy elementlariga ko‘ra;
kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha;
mahsulot tannarxiga o‘tkazilish usuliga muvofiq;
davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab;
va boshqalar.
Ishlab  chiqarish  hajmiga  nisbatan  harajatlar  quyidagi  guruhlarga
klassifikatsiya qilinadi:
doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar;
o‘zgaruvchan harajatlar.
Doimiy  (o‘zgarmaydigan)  harajatlar  ishlab  chiqarish  hajmiga  bog‘liq
bo‘lmaydi. Bu harajatlar, hatto XYUS turib qolgan hollarda ham yoki uning tashkil
qilinish davrida ham mavjud bo‘ladi. Bunday harajatlarning qatoriga o‘z asosiy
fondlarining  amortizatsiyasi,  binolarning  ijarasi,  ma’muriyat  va  xizmat
Logotip
b) boshqarish harajatlari (ma’muriy sarf-harajatlar); v) boshqa operatsion harajatlar va zararlar; Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha harajatlari: a) foizlar bo‘yicha harajatlar; b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari; v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash; g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar; Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. XYUSning barcha harajatlarini turli yo‘nalishlar bo‘yicha (u yoki bu klassifikatsiyaning asosida nima qo‘yilganligiga bog‘liq ravishda) klassifikatsiya qilish (turkumlarga ajratish) mumkin. Odatda, harajatlarning klassifikatsiyasi ularning quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratilishini o‘z ichiga oladi: ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan; iqtisodiy elementlariga ko‘ra; kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha; mahsulot tannarxiga o‘tkazilish usuliga muvofiq; davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab; va boshqalar. Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan harajatlar quyidagi guruhlarga klassifikatsiya qilinadi: doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar; o‘zgaruvchan harajatlar. Doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu harajatlar, hatto XYUS turib qolgan hollarda ham yoki uning tashkil qilinish davrida ham mavjud bo‘ladi. Bunday harajatlarning qatoriga o‘z asosiy fondlarining amortizatsiyasi, binolarning ijarasi, ma’muriyat va xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko‘rinishlari va boshqalar
kiradi.
O‘zgaruvchan  harajatlar  ishlab  chiqarish  hajmiga  nisbatan  proporsional
ravishda o‘zgaradi. Bunday harajatlarning tarkibi xom ashyo, materiallar, butlovchi
buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg‘i va
energiya,  asosiy  ishchilarning  ish  haqlari  va  boshqalar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan
harajatlardan iborat.
Bir  vaqtning  o‘zida  XYUS  harajatlarining   doimiy  (o‘zgarmaydigan)
harajatlar va o‘zgaruvchan harajatlarga bo‘linishi shartli harakterga ega. Buning
sababi shundaki, uzoq vaqt davomida XYUSning barcha harajatlari o‘zgaradi.
Shuning uchun ham ular ko‘p hollarda shartli-doimiy (shartli-o‘zgarmaydigan) va
shartli-o‘zgaruvchan harajatlar deb yuritiladi. Harajatlarning bunday bo‘linishidan
zarar (ziyon)sizlik tahlil qilinganda, ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibiy
tuzilmasini  optimallashtirish  (oqilonalashtirish)da  va  shuningdek  moliyaviy
rejalash-tirishni  amalga  oshirish  (o‘tkazish)da  foydalaniladi.  
 Doimiy
(o‘zgarmaydigan) harajatlar va o‘zgaruvchan harajatlarning yig‘indisi mahsulotni
ishlab chiqarish va realizatsiya qilish harajatlarining umumiy summasini tashkil
etadi.
Iqtisodiy  elementlariga  ko‘ra  harajatlarni  quyidagi  guruhlarga  bo‘lish
mumkin:
  a) moddiy harajatlar:
-
xom ashyo va materiallar;
-
sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
-
yoqilg‘i;
-
texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya;
-
va boshqalar.
b) mehnat haqi harajatlari;
v) tasdiqlangan yagona sotsial soliq stavkasiga muvofiq ravishda ish haqi
fondiga hisoblashlar;
g) asosiy vositalarning amortizatsiyasi;
Logotip
ko‘rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko‘rinishlari va boshqalar kiradi. O‘zgaruvchan harajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proporsional ravishda o‘zgaradi. Bunday harajatlarning tarkibi xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg‘i va energiya, asosiy ishchilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlardan iborat. Bir vaqtning o‘zida XYUS harajatlarining doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar va o‘zgaruvchan harajatlarga bo‘linishi shartli harakterga ega. Buning sababi shundaki, uzoq vaqt davomida XYUSning barcha harajatlari o‘zgaradi. Shuning uchun ham ular ko‘p hollarda shartli-doimiy (shartli-o‘zgarmaydigan) va shartli-o‘zgaruvchan harajatlar deb yuritiladi. Harajatlarning bunday bo‘linishidan zarar (ziyon)sizlik tahlil qilinganda, ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirish (oqilonalashtirish)da va shuningdek moliyaviy rejalash-tirishni amalga oshirish (o‘tkazish)da foydalaniladi. Doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar va o‘zgaruvchan harajatlarning yig‘indisi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish harajatlarining umumiy summasini tashkil etadi. Iqtisodiy elementlariga ko‘ra harajatlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: a) moddiy harajatlar: - xom ashyo va materiallar; - sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar; - yoqilg‘i; - texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya; - va boshqalar. b) mehnat haqi harajatlari; v) tasdiqlangan yagona sotsial soliq stavkasiga muvofiq ravishda ish haqi fondiga hisoblashlar; g) asosiy vositalarning amortizatsiyasi;
d) boshqa harajatlar:
      -   ijara haqi;
              -   majburiy sug‘urta to‘lovlari;
              -   tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar;
              -   va boshqalar.
Iqtisodiy  elementlar  harajatlarning  bir  xil  ko‘rinishlari  bo‘lib,  ular
mahsulotni  ishlab  chiqarish  va  realizatsiya  qilishda  aniq  bir  rolni  o‘ynaydi.
Harajatlarning iqtisodiy elementlarga bo‘linishidan mahsulot barcha hajmini ishlab
chiqarish harajatlarining smetasini tuzishda foydalaniladi. Tannarxning elementli
tarkibiy tuzilmasi  harajatlar  u yoki  bu ko‘rinishi  salmog‘iga bog‘liq ravishda
sanoatning tarmoqlari  bo‘yicha farqlanadi. Agar  material  sig‘imli  tarmoqlarda
mahsulot tannarxining tarkibida moddiy harajatlar hal qiluvchi o‘rinni egallasa,
mehnat  sig‘imli  tarmoqlarda  esa  asosiy  hissa  mehnat  haqiga  to‘g‘ri  keladi.
Energiya sig‘imli tarmoqlar ham mavjud bo‘lib, ularning tannarxida energetika
resurslarining harajat-lari (rangli metallurgiya, ximiya sanoati, yengil metallarni
ishlab  chiqarish)  katta  salmoqni  egallaydi.  O‘z  navbatida,  fond  sig‘imli
tarmoqlarda katta salmoq asosiy fondlarning amortizatsiyasi va ularni saqlash bilan
bog‘liq bo‘lgan harajatlarga to‘g‘ri keladi.
Kalkulyatsiya  moddalari  bo‘yicha  harajatlar  quyidagilarga  bo‘linishi
mumkin:
xom ashyo va materiallar; 
qaytariluvchi chiqindilar;
texnologik maqsadlar uchun yoqilg‘i va energiya;
asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo‘shimcha ish haqlari;
yagona sotsial soliqqa hisoblashlar;
mashina va dastgohlarni saqlash harajatlari;
umumishlab chiqarish harajatlari;
umumxo‘jalik harajatlari;
boshqa ishlab chiqarish harajatlari;
tijoriy harajatlar.
Logotip
d) boshqa harajatlar: - ijara haqi; - majburiy sug‘urta to‘lovlari; - tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar; - va boshqalar. Iqtisodiy elementlar harajatlarning bir xil ko‘rinishlari bo‘lib, ular mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda aniq bir rolni o‘ynaydi. Harajatlarning iqtisodiy elementlarga bo‘linishidan mahsulot barcha hajmini ishlab chiqarish harajatlarining smetasini tuzishda foydalaniladi. Tannarxning elementli tarkibiy tuzilmasi harajatlar u yoki bu ko‘rinishi salmog‘iga bog‘liq ravishda sanoatning tarmoqlari bo‘yicha farqlanadi. Agar material sig‘imli tarmoqlarda mahsulot tannarxining tarkibida moddiy harajatlar hal qiluvchi o‘rinni egallasa, mehnat sig‘imli tarmoqlarda esa asosiy hissa mehnat haqiga to‘g‘ri keladi. Energiya sig‘imli tarmoqlar ham mavjud bo‘lib, ularning tannarxida energetika resurslarining harajat-lari (rangli metallurgiya, ximiya sanoati, yengil metallarni ishlab chiqarish) katta salmoqni egallaydi. O‘z navbatida, fond sig‘imli tarmoqlarda katta salmoq asosiy fondlarning amortizatsiyasi va ularni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarga to‘g‘ri keladi. Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha harajatlar quyidagilarga bo‘linishi mumkin: xom ashyo va materiallar; qaytariluvchi chiqindilar; texnologik maqsadlar uchun yoqilg‘i va energiya; asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo‘shimcha ish haqlari; yagona sotsial soliqqa hisoblashlar; mashina va dastgohlarni saqlash harajatlari; umumishlab chiqarish harajatlari; umumxo‘jalik harajatlari; boshqa ishlab chiqarish harajatlari; tijoriy harajatlar.