XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNING MOLIYAVIY RESURSLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

24,4 KB


XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNING MOLIYAVIY
RESURSLARI
9.1. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy resurslari va 
kapitali
XYuSlarning moliyaviy resurslari ulardagi resurslarining bir  qismi bo'lib, bu
resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy
resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni XYuSning
boshqa resurslari ko'rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar,
mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo'ljallangan binolar va
shunga o'xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda XYuS vositalarining
«pul  shakli»  va  «pul  qiymati»  tu-shunchalarini  farqlamoq  lozim.  «XYuS
vositalarining pul qiymati»  tushunchasi, odatda, pul mablag'larining o'zini emas,
balki turli  maqsadlar uchun mo'ljallanilgan vositalar va fondlar (masalan, aso-siy
fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi.
Pulga  sotib  olinganligiga  qaramasdan  ishlab  chiqarish  vositalari  (yuqoridagi
dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab  chiqarishga mo'ljallangan
binolar va shunga o'xshashlar) haqiqatda ular pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab
chiqarish fondlarini  qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, awalo, ularni sotish
kerak.  Bu holda esa, o'z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat
baholari  emas,  balki  haqiqatdagi  bozor  baholari  harakatga  tushadi.  Moliyaviy
qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYuSni
yomon oqibatlarga, xususan,  mablag'lar va resurslarning yo'qotib qo'yishiga olib
Logotip
XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNING MOLIYAVIY RESURSLARI 9.1. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali XYuSlarning moliyaviy resurslari ulardagi resurslarining bir qismi bo'lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni XYuSning boshqa resurslari ko'rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo'ljallangan binolar va shunga o'xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda XYuS vositalarining «pul shakli» va «pul qiymati» tu-shunchalarini farqlamoq lozim. «XYuS vositalarining pul qiymati» tushunchasi, odatda, pul mablag'larining o'zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo'ljallanilgan vositalar va fondlar (masalan, aso-siy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqoridagi dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo'ljallangan binolar va shunga o'xshashlar) haqiqatda ular pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, awalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o'z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat baholari emas, balki haqiqatdagi bozor baholari harakatga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, mablag'lar va resurslarning yo'qotib qo'yishiga olib
kelishi mumkin.  Holbuki,  xalqaro  amaliyotdagi  ma'lumotlarga  ko'ra  bankrotga
uchragan XYuS tugatilayotgan paytda unga tegishli bo'lgan aktivlar qiymatining 40
foizdan  ortiq  bo'lmagan  qismini  olishga  muvaffaq  bo'linishi  mumkin.  Shu
munosabat bilan hatto, sog'lom bozor aylanmasida, ya'ni talabga ega bo'lgan tayyor
mahsulot  realizatsiya  qilinganda ham  u faqat  sotilganidan so'ng  pul  mablag'iga
aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga  mo'ljallangan
XYuSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari,
predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish
jarayoni  ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyatlaridan iborat bo'lgan
inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi.
Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va
uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital
bo'lishi mumkin.
Tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi  holda) ular ta'sis
kapitalining bir qismini pul shaklida qo'yish va  shuningdek, boshqa shaxslar va
tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko'rinishida kelib tushgan
pul mablag'lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta'sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat
va intellektual mulk ob'ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa,
xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko'rinishida qo'yilmagan bo'lsa,
ularni XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul
doiraviy aylanishi jarayoni kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni
sifatida XYuSning tushumi  maydonga chiqadi. O'z navbatida, tushum xarajatlarni
moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishni
ta'minlovchi bir necha pul mablag'lari fondlariga bo'linadi. Umumiy tarzda, formula
orqali buni quyidagicha ifodalash mumkin:
T = F + F      + F. + F,
aa
mxm a
f
Logotip
kelishi mumkin. Holbuki, xalqaro amaliyotdagi ma'lumotlarga ko'ra bankrotga uchragan XYuS tugatilayotgan paytda unga tegishli bo'lgan aktivlar qiymatining 40 foizdan ortiq bo'lmagan qismini olishga muvaffaq bo'linishi mumkin. Shu munosabat bilan hatto, sog'lom bozor aylanmasida, ya'ni talabga ega bo'lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so'ng pul mablag'iga aylanadi. Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga mo'ljallangan XYuSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyatlaridan iborat bo'lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo'lishi mumkin. Tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta'sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo'yish va shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko'rinishida kelib tushgan pul mablag'lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta'sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk ob'ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko'rinishida qo'yilmagan bo'lsa, ularni XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayoni kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni sifatida XYuSning tushumi maydonga chiqadi. O'z navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishni ta'minlovchi bir necha pul mablag'lari fondlariga bo'linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash mumkin: T = F + F + F. + F, aa mxm a f
tushum;
asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga 
mo'ljallangan amortizatsiya ajratmalari fondi;
moddiy xarajatlarni (xom-ashyo, materiallar, yoqilg'i, 
elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi;
Ffc—     ish haqi fondi;
Ff —     tovarlarni realizatsiya qilishdan olin gan foyda (soliqlar to'languncha
va foydadan boshqa to'lanmalar amalga oshirilguncha).
Ayrim iqtisodchi-olimlarning tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat haqini
moliyalashtirish uchun mo'ljallangan pul mablag'lari XYuSning moliyaviy resurslari
tarkibiga  kiritilmaydi.  Uiarning  ayrimlari  tomonidan  esa  XYuSning  moliyaviy
resurslari
 tarkibiga  hatto  pulli  tushum  ham  kiritilmayotir.  Bunday
yondashuvlarning noto'g'ri ekanligi shubhasiz.
Bozor  iqtisodiyotining  xorijiy  nazariyasi  va  amaliyotida  pul  tushumi  yalpi
daromad  tarzida  talqil  qilinadi.  Bu  narsa  XYuS  moliyaviy  resurslari  fondini
shakllantirish  va  qayta  yangilashda  tushumning  umumlashtirilgan  ahamiyatini
o'zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo'ljallangan
pul  tushumlarining  bir  qismi,  XYuSning  real  moliyaviy  resursi  mol  yetkazib
beruvchilar  va  kontragentlarning  hisob  varaqlariga  o'tkazilmasdan  uning
aylanmasida bo'lgan paytda unga qo'shimcha  daromad keltiradi. O'tish davrining
dastlabki yillaridagi o'zaro mol yetkazib berish (xizmat ko'rsatish) bo'yicha noto'lovlar
krizisi  bank  kreditlari  foizining  yuzdan  oshgan  darajasida  tekin  tijoriy  kredit
imkoniyatining mavjudligi o'zining «qo'lbola» birlamchi manbai bo'lib xizmat qildi.
Shunga o'xshash narsa ish haqi fondiga nisbatan  ham tegishli bo'ldi. Xodimlarga,
ishchi  va  xizmatchilarga  bir  necha  oylab  oylik  maoshlarni  berishning
kechiktirilganligi  (orqaga  surilganligi)  ba'zi  bir  «tadbirkor»  va  «bankir»larning
tekinga boyish manbalaridan biriga aylandiki, chunki to'lanmagan ish haqi uiarning
aylanmasida bo'lgan edi.
Amortizatsiya  ajratmalari  fondi  XYuSlar  moliyaviy  resurslarining  tarkibiy
Bu yerda: T 
— 
F
Logotip
tushum; asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga mo'ljallangan amortizatsiya ajratmalari fondi; moddiy xarajatlarni (xom-ashyo, materiallar, yoqilg'i, elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi; Ffc— ish haqi fondi; Ff — tovarlarni realizatsiya qilishdan olin gan foyda (soliqlar to'languncha va foydadan boshqa to'lanmalar amalga oshirilguncha). Ayrim iqtisodchi-olimlarning tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo'ljallangan pul mablag'lari XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Uiarning ayrimlari tomonidan esa XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday yondashuvlarning noto'g'ri ekanligi shubhasiz. Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil qilinadi. Bu narsa XYuS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o'zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo'ljallangan pul tushumlarining bir qismi, XYuSning real moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontragentlarning hisob varaqlariga o'tkazilmasdan uning aylanmasida bo'lgan paytda unga qo'shimcha daromad keltiradi. O'tish davrining dastlabki yillaridagi o'zaro mol yetkazib berish (xizmat ko'rsatish) bo'yicha noto'lovlar krizisi bank kreditlari foizining yuzdan oshgan darajasida tekin tijoriy kredit imkoniyatining mavjudligi o'zining «qo'lbola» birlamchi manbai bo'lib xizmat qildi. Shunga o'xshash narsa ish haqi fondiga nisbatan ham tegishli bo'ldi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba'zi bir «tadbirkor» va «bankir»larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandiki, chunki to'lanmagan ish haqi uiarning aylanmasida bo'lgan edi. Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy Bu yerda: T — F
tuzilmasida muhim  rol  o'ynaydi. Chunki  bunday  ajratmalar  pul  tushumlaridan
qancha ajratilganligi va uiarning XYuS tegishli hisob varaqlarida joylashganligiga
qarab XYuSlarning real moliyaviy resurslari bo'lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning  rivojlanishi  va  tovar  hamda  moliya  bozorlarida XYuS
faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda
hal qiluvchi o'rinni egallay boshlaydi. Foyda XYuS o'z mablag'larining asosiy manbai
bo'lib,
 ishlab  chiqarish  apparatining  yangilanishini,  sifatning  yaxshilanishini,
chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k.larni ta'minlaydi. Foyda
hisobidan XYuSning rezerv fondlari, maxsus  maqsadlarga mo'ljallangan fondlar
shakllantiriladi.
Foyda  massasi  va  normasi,  uning  xarajatlarga  nisbati  XYuSning  kreditga
layoqatligini va uning qarziy mablag'larni jalb qilish  imkoniyatini, uzoq va qisqa
muddatli  kreditlarni  olishni  aniqlab  beradigan  muhim  indikatorlardir.  Qarziy
mablag'laming XYuS o'z mablag'lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga yetgani,
uning  to'lovga layoqatligi borasida kreditorilarda ham, hamkorlarida ham  shubha
tug'dirmasligi mumkin.
Amaldagi  tijoriy  XYuSlarning  moliyaviy  resurslarini  ularning  shakllanish
manbalariga ko'ra quyidagilarga ajratish mumkin:
• mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar
(foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi  fondi; moddiy xarajatlarni tiklash
fondi);
• boshqa realizatsiya (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo'lmagan xizmatlar
va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;
• moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar;
o'z  aksiyalari  va  qimmatli  qog'ozlarning  boshqa  ko'rinishlarini  sotish;  boshqa
emitentlarning  qimmatli  qog'ozlari  bo'yicha  dividentlar  va  foizlar;  sug'urta
qoplamalari va boshqalar);
• kreditorlik  qarzlari  hisobidan  tashkil  topadigan  moliyaviy  resurslar  (mol
yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo'yicha; ijtimoiy sug'urtaga doir;
byudjet oldidagi va boshqalar);
Logotip
tuzilmasida muhim rol o'ynaydi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va uiarning XYuS tegishli hisob varaqlarida joylashganligiga qarab XYuSlarning real moliyaviy resurslari bo'lib hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o'rinni egallay boshlaydi. Foyda XYuS o'z mablag'larining asosiy manbai bo'lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k.larni ta'minlaydi. Foyda hisobidan XYuSning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo'ljallangan fondlar shakllantiriladi. Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYuSning kreditga layoqatligini va uning qarziy mablag'larni jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarziy mablag'laming XYuS o'z mablag'lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga yetgani, uning to'lovga layoqatligi borasida kreditorilarda ham, hamkorlarida ham shubha tug'dirmasligi mumkin. Amaldagi tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslarini ularning shakllanish manbalariga ko'ra quyidagilarga ajratish mumkin: • mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni tiklash fondi); • boshqa realizatsiya (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo'lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar; • moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar; o'z aksiyalari va qimmatli qog'ozlarning boshqa ko'rinishlarini sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog'ozlari bo'yicha dividentlar va foizlar; sug'urta qoplamalari va boshqalar); • kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo'yicha; ijtimoiy sug'urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar);
• badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan
moliyaviy  resurslar  (boshqa  tashkilotlar  va  jismoniy  shaxslardan  tushilmalar,
byudjet subsidiyalari va h.k.).
Iqtisodiy  munosabatlarni  takror  ishlab  chiqarish  shakllaridan  biri  sifatida
XYuSlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda  maksimal natijalar olinishini
nazarda tutuvchi samaradorlikning umumiqtisodiy mezoniga bo'ysunadi. Shu sababli
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali
tasawur etish mumkin:
S   =N ,:X
mr
mj mr
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi;
ma'lum davr (o'tgan yoki rejali) uchun XYuS fa'oliyatining 
moliyaviy natijasi;
shu moliyaviy natijani qo'lga kiritish uchun XYuS tomonidan 
qilingan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu narsani
inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat
resurslari xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsulotni
realizatsiya  qilishdan  olingan  foydani  taqqoslab  turib,  buning  natijasida  faqat
faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi  ko'rsatkichga ega bo'lamiz, deb
hisoblash  maqsadga  muvofiq  emas.  Bu  XYuS  moliyaviy-xo'jalik  faoliyati
samaradorligini xarakterlovchi yaxlit ko'rsatkichlardan biri bo'lib, unga kengaytirilgan
takror  ishlab  chiqarish  jarayonida  moddiy-ishlab  chiqarish  va  moliyaviy
oqimlarning ajralmas bog'liqligi xosdir.
Yuqorida  bildirilgan  fikr  o'ziga  moliyaviy natija  va  moliyaviy  xarajatlarning
tavsifini  mujassam  etuvchi  XYuS  moliyaviy-xo'jalik  faoliyatining  samaradorligini
xarakterlovchi boshqa ko'rsatkichlarga  ham  to'liq  tegishlidir.  Shunday  bo'lishiga
qaramasdan analitik maqsadlar uchun bu majmuadan aynan XYuSning moliyaviy
faoliyatini, uning moliyaviy va baho siyosatining samaradorligini  adekvat tarzda
Bu yerda: S    
—
J
mr
Logotip
• badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.). Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shakllaridan biri sifatida XYuSlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal natijalar olinishini nazarda tutuvchi samaradorlikning umumiqtisodiy mezoniga bo'ysunadi. Shu sababli XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali tasawur etish mumkin: S =N ,:X mr mj mr XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; ma'lum davr (o'tgan yoki rejali) uchun XYuS fa'oliyatining moliyaviy natijasi; shu moliyaviy natijani qo'lga kiritish uchun XYuS tomonidan qilingan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko'rsatkichga ega bo'lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu XYuS moliyaviy-xo'jalik faoliyati samaradorligini xarakterlovchi yaxlit ko'rsatkichlardan biri bo'lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog'liqligi xosdir. Yuqorida bildirilgan fikr o'ziga moliyaviy natija va moliyaviy xarajatlarning tavsifini mujassam etuvchi XYuS moliyaviy-xo'jalik faoliyatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko'rsatkichlarga ham to'liq tegishlidir. Shunday bo'lishiga qaramasdan analitik maqsadlar uchun bu majmuadan aynan XYuSning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va baho siyosatining samaradorligini adekvat tarzda Bu yerda: S — J mr
xarakterlovchi ko'rsatkichlarni ajratish muhimdir. Shunisi muhimki, XYuS moliyaviy
faoliyatining samaradorligini  adekvat ifodalovchi bo'lib fond, moliya-kredit va pul
bozorlaridagi  ular  operatsiyalarining  daromadliligi  hisoblanadi.  Bu  yerda,
ma'lumki, pul (P*) go'yo to'g'ridan-to'g'ri puldan (P) qilinadi. U holda moliyaviy
samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko'rinishni oladi:
Smr = (P* - P) : P
Bu yerda: Smr —   XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; 
P*-P- bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida 
XYuS tomonidan olingan daromad.
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida  XYuS tomonidan
olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi:
• XYuS tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog'ozlarni emissiya qilish asosida
bozorda joylashtirishdan olingan dividentlar;
• boshqa emitentlar qimmatli qog'ozlarini sotib olishdan olingan dividentlar;
• banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari;
• XYuS foydasidagi valyutalar kurslari bo'yicha farqlar;
• va boshqalar.
Ajablanarlisi shundaki,  XYuS moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini
xarakterlovchi ko'rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof
moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko'pchilik hollarda XYuS moliya-
xo'jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori
samaradorligining ko'rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo'lishlariga
qaramasdan moliyaviy «spekulyasiyaning»  imkoniyatlari ularni «cho'kmasdan»
turishlariga sharoit yaratadi.
Real sektor XYuSlarida,  moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan
foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu darajada
sotuv rentabelligi ko'rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan
tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablagiaridan
iborat bo'lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda,
Logotip
xarakterlovchi ko'rsatkichlarni ajratish muhimdir. Shunisi muhimki, XYuS moliyaviy faoliyatining samaradorligini adekvat ifodalovchi bo'lib fond, moliya-kredit va pul bozorlaridagi ular operatsiyalarining daromadliligi hisoblanadi. Bu yerda, ma'lumki, pul (P*) go'yo to'g'ridan-to'g'ri puldan (P) qilinadi. U holda moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko'rinishni oladi: Smr = (P* - P) : P Bu yerda: Smr — XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; P*-P- bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad. Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi: • XYuS tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog'ozlarni emissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividentlar; • boshqa emitentlar qimmatli qog'ozlarini sotib olishdan olingan dividentlar; • banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari; • XYuS foydasidagi valyutalar kurslari bo'yicha farqlar; • va boshqalar. Ajablanarlisi shundaki, XYuS moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini xarakterlovchi ko'rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko'pchilik hollarda XYuS moliya- xo'jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori samaradorligining ko'rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo'lishlariga qaramasdan moliyaviy «spekulyasiyaning» imkoniyatlari ularni «cho'kmasdan» turishlariga sharoit yaratadi. Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko'rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablagiaridan iborat bo'lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda,