XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTNING ISHLAB CHIQARISH CHIQIMLARI, FOYDASI VARENTABELLIGI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

18

File size

Fayl hajmi

34,5 KB


XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTNING ISHLAB CHIQARISH
CHIQIMLARI, FOYDASI VARENTABELLIGI
11.1. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning xarajatlari: mohiyati, 
tarkibi, klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash
«Ishlab chiqarish xarajatlari» va «ishlab chiqarish chiqimlari» tushunchalari bir xil
ma'noni anglatuvchilar emas. Bu tushunchalar-ning ikkinchisi birinchisiga nisbatan
kengroq bo'lib, jamiyat nuqtai-nazaridan u jonli va buyumlashgan mehnatning barcha
hajmini  o'zida mujassam etadi va mahsulotning qiymatiga teng. «Ishlab  chiqarish
chiqimlari» tushunchasi, aksariyat hollarda, iqtisodiyotning  ma'lum bir sohasi bilan
bog'langan  (masalan,  ishlab  chiqarish  chiqimlari,  muomala  chiqimlari  va
boshqalar).
Ishlab chiqarish chiqimlarini, dastlab ikki guruhga bo'lish mumkin:
• aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar;
• aniq bo'lmagan chiqimlar.
Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar XYuS tomonidan amalga oshirilgan
aniq xarajatlardan —  ish haqi,  xom-ashyo va materiallar xarajatlari,  ijara uchun
to'lov va boshqalardan iborat.  Aniq bo'lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo'ldan
boy berilgan,  qo'ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari esa shu bilan bog'liqki,
XYuS mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanar ekan,  shuning o'zida
uning muqobilli foydalanish imkoniyatini qo'ldan chiqaradi.  Mablag'larning
cheklanganligi ularning foydalilik darajasiga qarab mavjud imkoniyatlarning
variantlaridan foydala-nishga XYuSni majbur qiladi.  Bunda  har  doim  qo'ldan
chiqarilgan, boy berilgan foydalar elementlari va demak, aniq bo'lmagan chiqimlar
Logotip
XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTNING ISHLAB CHIQARISH CHIQIMLARI, FOYDASI VARENTABELLIGI 11.1. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi, klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash «Ishlab chiqarish xarajatlari» va «ishlab chiqarish chiqimlari» tushunchalari bir xil ma'noni anglatuvchilar emas. Bu tushunchalar-ning ikkinchisi birinchisiga nisbatan kengroq bo'lib, jamiyat nuqtai-nazaridan u jonli va buyumlashgan mehnatning barcha hajmini o'zida mujassam etadi va mahsulotning qiymatiga teng. «Ishlab chiqarish chiqimlari» tushunchasi, aksariyat hollarda, iqtisodiyotning ma'lum bir sohasi bilan bog'langan (masalan, ishlab chiqarish chiqimlari, muomala chiqimlari va boshqalar). Ishlab chiqarish chiqimlarini, dastlab ikki guruhga bo'lish mumkin: • aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar; • aniq bo'lmagan chiqimlar. Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar XYuS tomonidan amalga oshirilgan aniq xarajatlardan — ish haqi, xom-ashyo va materiallar xarajatlari, ijara uchun to'lov va boshqalardan iborat. Aniq bo'lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo'ldan boy berilgan, qo'ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari esa shu bilan bog'liqki, XYuS mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanar ekan, shuning o'zida uning muqobilli foydalanish imkoniyatini qo'ldan chiqaradi. Mablag'larning cheklanganligi ularning foydalilik darajasiga qarab mavjud imkoniyatlarning variantlaridan foydala-nishga XYuSni majbur qiladi. Bunda har doim qo'ldan chiqarilgan, boy berilgan foydalar elementlari va demak, aniq bo'lmagan chiqimlar
elementlari mavjud bo'ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishni davom ettirish
yoki uni yanada kengaytirish xususida har qanday boshqaruv qarori aniq va aniq
bo'lmagan chiqimlarning hisob-kitobiga asoslanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror
o'rtasidagi tanlanish har doim boshqa maqsadlarga erishish uchun ongli ravishda
yo'qotilgan yoki rad etilgan imkoniyatlarni tavsiflaydi.
«XYuSning xarajatlari» tushunchasi «XYuSning chiqimlari» tushunchasidan
farq qilib, ular bevositamoliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda mahsulot
tannarxi  bilan  uzviy bog'langan. Shuning uchun ham  XYuSning xarajatlariga
uning mohiyatini ifodalovchi quyidagicha ta'rif berish mumkin: foyda olish yoki
XYuSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslaming pul
qiymatiga XYuSning xarajatlari deyiladi.
«Xarajatlar»  tushunchasi  «tannarx»  tushunchasiga  nisbatan  kengroq
hisoblanadi. Chunki  tannarx umumiy xarajatlarning bir  qismini  (oddiy takror
ishlab chiqarish xarajatlarini) o'zida aks ettiradi.
Mahsulot  (ish  va xizmat)  tannarxi  mahsulotni  ishlab  chiqarish  jarayonida
foydalaniladigan xom-ashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya, asosiy fondlar, mehnat
resurslari  va  ularni  ishlab  chiqarish  hamda  realizatsiya  qilish  va  boshqa
xarajatlarning  qiymatiy  bahosidan  iborat.  Amaliyotda  «mahsulotning  umumiy
tannarxi» va «mahsulot birligining tannarxi» tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo, umumiy
ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi tarkibiga
xarajatlarni  aks  ettirishning  o'ziga  xos  xususiyatlari  mavjud.  Tannarxga
kiritiladigan xarajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq
siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli hamda tarkibiy tuzilishiga
bog'liq.
XYuS  faoliyatining  shart-sharoitlari  va  yo'nalishlariga  bog'liq  ravishda
xarajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo'linadi:
• ishiab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar;
• realizatsiyadan tashqari xarajatlar;
Ishlab  chiqarish  va  realizatsiya  bilan  bog'liq  xarajatlar  tarkibiga,  odatda,
Logotip
elementlari mavjud bo'ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishni davom ettirish yoki uni yanada kengaytirish xususida har qanday boshqaruv qarori aniq va aniq bo'lmagan chiqimlarning hisob-kitobiga asoslanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror o'rtasidagi tanlanish har doim boshqa maqsadlarga erishish uchun ongli ravishda yo'qotilgan yoki rad etilgan imkoniyatlarni tavsiflaydi. «XYuSning xarajatlari» tushunchasi «XYuSning chiqimlari» tushunchasidan farq qilib, ular bevositamoliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda mahsulot tannarxi bilan uzviy bog'langan. Shuning uchun ham XYuSning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi quyidagicha ta'rif berish mumkin: foyda olish yoki XYuSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslaming pul qiymatiga XYuSning xarajatlari deyiladi. «Xarajatlar» tushunchasi «tannarx» tushunchasiga nisbatan kengroq hisoblanadi. Chunki tannarx umumiy xarajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab chiqarish xarajatlarini) o'zida aks ettiradi. Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xom-ashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish va boshqa xarajatlarning qiymatiy bahosidan iborat. Amaliyotda «mahsulotning umumiy tannarxi» va «mahsulot birligining tannarxi» tushunchalaridan keng foydalaniladi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi tarkibiga xarajatlarni aks ettirishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga kiritiladigan xarajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli hamda tarkibiy tuzilishiga bog'liq. XYuS faoliyatining shart-sharoitlari va yo'nalishlariga bog'liq ravishda xarajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo'linadi: • ishiab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar; • realizatsiyadan tashqari xarajatlar; Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq xarajatlar tarkibiga, odatda,
quyidagilar kiritiladi:
• mahsulotlarni tayyorlash, saqlash vayetkazib berish, ishlarnibajarish, 
xizmatlarni ko'rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy huquq) larni sotib olish va 
realizatsiya qilish xarajatlari;
• asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, ta'mirlash va
texnik  xizmat  ko'rsatish,  shuningdek,  ularni  tuza-tilgan  holatda  saqlab  turish
xarajatlari;
• tabiiy resurslarni o'zlashtirish xarajatlari;
• ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog'liq xarajatlar;
• majburiy va ixtiyoriy sug'urta xarajatlari;
• ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq boshqa xarajatlar.
Yuqoridagilardan tashqari bu xarajatlar yana quyidagicha
klassifikatsiya qilinishi mumkin:
• moddiy xarajatlar;
• mehnat haqi xarajatlari;
• hisoblangan amortizatsiya summalari;
• boshqa xarajatlar.
XYuS  umumiy  xarajatlarining  summasidan  iborat  bo'lgan  ishlab  chiqarish
tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi:
• moddiy xarajatlar;
• amortizatsiya ajratmalari;
• mehnatga haq toiash xarajatlari;
• ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
• tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o'zgarishi va boshqa xarajatlar;
• kelgusi davr xarajatlari;
• kelgusi xarajatlar va to'lovlar rezervlari
• va boshqalar.
Realizatsiyadan tashqari xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya
qilish bilan bog'liq bo'lmaydi.
Resurslarning samarali boshqaruvchanligini ta'minlash uchun mahsulotning
Logotip
quyidagilar kiritiladi: • mahsulotlarni tayyorlash, saqlash vayetkazib berish, ishlarnibajarish, xizmatlarni ko'rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy huquq) larni sotib olish va realizatsiya qilish xarajatlari; • asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, ularni tuza-tilgan holatda saqlab turish xarajatlari; • tabiiy resurslarni o'zlashtirish xarajatlari; • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog'liq xarajatlar; • majburiy va ixtiyoriy sug'urta xarajatlari; • ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq boshqa xarajatlar. Yuqoridagilardan tashqari bu xarajatlar yana quyidagicha klassifikatsiya qilinishi mumkin: • moddiy xarajatlar; • mehnat haqi xarajatlari; • hisoblangan amortizatsiya summalari; • boshqa xarajatlar. XYuS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo'lgan ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi: • moddiy xarajatlar; • amortizatsiya ajratmalari; • mehnatga haq toiash xarajatlari; • ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar; • tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o'zgarishi va boshqa xarajatlar; • kelgusi davr xarajatlari; • kelgusi xarajatlar va to'lovlar rezervlari • va boshqalar. Realizatsiyadan tashqari xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog'liq bo'lmaydi. Resurslarning samarali boshqaruvchanligini ta'minlash uchun mahsulotning
tannarxi XYuSning alohida olingan bo'linmalari bo'yicha hisoblanadi. U o'z ichiga
shu bo'linmaning xarajatlarini olib, ma'lum davr uchun XYuS xarajatlarining rejali
hisobini, ya'ni byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos bo'ladi.
XYuSning barcha xarajatlarini turli yo'nalishlar bo'yicha (u yoki bu
klassifikatsiyaning asosida nima qo'yilganligiga bog'liq ravishda)  klassifikatsiya
qilish (turkumlarga ajratish) mumkin. Odatda, xarajatlarning klassifikatsiyasi ularning
quyidagi belgilar bo'yicha guruhlarga ajratilishini o'z ichiga oladi:
• ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan;
•
iqtisodiy elementlariga ko'ra;
•
kalkulyasiya moddalari bo'yicha;
•
mahsulot tannarxiga o'tkazilish usuliga muvofiq;
•
davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab;
•
va boshqalar.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar quyidagi guruhlarga klassifikatsiya
qilinadi:
• doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar;
• o'zgaruvchan xarajatlar.
Doimiy (o'zgarmaydigan)  xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog'liq
bo'lmaydi. Bu xarajatlar, hatto XYuS turib qolgan hollarda ham yoki uning tashkil
qilinish davrida ham  mavjud bo'ladi. Bunday  xarajatlarning  qatoriga  o'z  asosiy
fondlarining amortizatsiyasi, binolarning ijarasi, ma'muriyat va xizmat ko'rsatuvchi
xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko'rinishlari va boshqalar kiradi.
O'zgaruvchan  xarajatlar  ishlab  chiqarish  hajmiga  nisbatan  proporsional
ravishda o'zgaradi. Bunday xarajatlarning tarkibi xom-ashyo, materiallar, butlovchi
buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg'i va energiya,
asosiy ishchilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog'liq bo'lgan xarajatlardan iborat.
Bir  vaqtning  o'zida XYuS  xarajatlarining  doimiy  (o'zgarmaydigan)
xarajatlar va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'linishi shartli xarakterga ega. Buning sababi
shundaki, uzoq vaqt davomida  XYuSning barcha  xarajatlari  o'zgaradi.  Shuning
uchun ham ular  ko'p hollarda shartli-doimiy (shartli-o'zgarmaydigan) va shartli-
Logotip
tannarxi XYuSning alohida olingan bo'linmalari bo'yicha hisoblanadi. U o'z ichiga shu bo'linmaning xarajatlarini olib, ma'lum davr uchun XYuS xarajatlarining rejali hisobini, ya'ni byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos bo'ladi. XYuSning barcha xarajatlarini turli yo'nalishlar bo'yicha (u yoki bu klassifikatsiyaning asosida nima qo'yilganligiga bog'liq ravishda) klassifikatsiya qilish (turkumlarga ajratish) mumkin. Odatda, xarajatlarning klassifikatsiyasi ularning quyidagi belgilar bo'yicha guruhlarga ajratilishini o'z ichiga oladi: • ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan; • iqtisodiy elementlariga ko'ra; • kalkulyasiya moddalari bo'yicha; • mahsulot tannarxiga o'tkazilish usuliga muvofiq; • davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab; • va boshqalar. Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar quyidagi guruhlarga klassifikatsiya qilinadi: • doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar; • o'zgaruvchan xarajatlar. Doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmaydi. Bu xarajatlar, hatto XYuS turib qolgan hollarda ham yoki uning tashkil qilinish davrida ham mavjud bo'ladi. Bunday xarajatlarning qatoriga o'z asosiy fondlarining amortizatsiyasi, binolarning ijarasi, ma'muriyat va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko'rinishlari va boshqalar kiradi. O'zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proporsional ravishda o'zgaradi. Bunday xarajatlarning tarkibi xom-ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg'i va energiya, asosiy ishchilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog'liq bo'lgan xarajatlardan iborat. Bir vaqtning o'zida XYuS xarajatlarining doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'linishi shartli xarakterga ega. Buning sababi shundaki, uzoq vaqt davomida XYuSning barcha xarajatlari o'zgaradi. Shuning uchun ham ular ko'p hollarda shartli-doimiy (shartli-o'zgarmaydigan) va shartli-
o'zgaruvchan xarajatlar deb yuritiladi. Xarajatlarning bunday  bo'linishidan zarar
(ziyon)sizlik  tahlil  qilinganda,  ishlab  chiqari-ladigan  mahsulotning  tarkibiy
tuzilmasini  optimallashtirishda  va  shuningdek  moliyaviy  rejalashtirishni  amalga
oshirishda  foyda-laniladi.  Doimiy  (o'zgarmaydigan)  xarajatlar  va  o'zgaruvchan
xarajatlarning  yig'indisi  mahsulotni  ishlab  chiqarish  va  realizatsiya  qilish
xarajatlarining umumiy summasini tashkil etadi.
Iqtisodiy elementlariga ko'ra xarajatlarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:
a) moddiy xarajatlar:
—xom-ashyo va materiallar;
—sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
—yoqilg'i;
—texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya;
—va boshqalar.
b) mehnat haqi xarajatlari;
v) tasdiqlangan yagona ijtimoiy soliq stavkasiga muvofiq ravishda ish haqi fondiga
hisoblashlar;
g) asosiy vositaiarning amortizatsiyasi; d) boshqa xarajatlar:
—ijara haqi;
—majburiy sug'urta to'lovlari;
—tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar;
—va boshqalar.
Iqtisodiy elementlar xarajatlarning bir xil ko'rinishlari bo'lib, ular mahsulotni ishlab
chiqarish va realizatsiya qilishda aniq bir rolni o'ynaydi.  Xarajatlarning iqtisodiy
elementlarga bo'linishidan mahsulot barcha hajmini ishlab chiqarish xarajatlarining
smetasini tuzishda foydalaniladi.  Tannarxning elementli tarkibiy tuzilmasi xarajatlar u
yoki bu ko'rinishi salmog'iga bog'liq ravishda sanoatning tarmoqlari bo'yicha farqlanadi.
Agar material sig'imli tarmoqlarda mahsulot tannarxining tarkibida moddiy xarajatlar
hal qiluvchi o'rinni egallasa,  mehnat sig'imli tarmoqlarda esa asosiy hissa mehnat
haqiga to'g'ri keladi. Energiya sig'imli tarmoqlar ham mavjud bo'lib, ularning tannarxida
energetika resurslarining xarajatlari (rangli metalluigiya,  kimyo sanoati,  yengil
Logotip
o'zgaruvchan xarajatlar deb yuritiladi. Xarajatlarning bunday bo'linishidan zarar (ziyon)sizlik tahlil qilinganda, ishlab chiqari-ladigan mahsulotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirishda va shuningdek moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirishda foyda-laniladi. Doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar va o'zgaruvchan xarajatlarning yig'indisi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining umumiy summasini tashkil etadi. Iqtisodiy elementlariga ko'ra xarajatlarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: a) moddiy xarajatlar: —xom-ashyo va materiallar; —sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar; —yoqilg'i; —texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya; —va boshqalar. b) mehnat haqi xarajatlari; v) tasdiqlangan yagona ijtimoiy soliq stavkasiga muvofiq ravishda ish haqi fondiga hisoblashlar; g) asosiy vositaiarning amortizatsiyasi; d) boshqa xarajatlar: —ijara haqi; —majburiy sug'urta to'lovlari; —tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar; —va boshqalar. Iqtisodiy elementlar xarajatlarning bir xil ko'rinishlari bo'lib, ular mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda aniq bir rolni o'ynaydi. Xarajatlarning iqtisodiy elementlarga bo'linishidan mahsulot barcha hajmini ishlab chiqarish xarajatlarining smetasini tuzishda foydalaniladi. Tannarxning elementli tarkibiy tuzilmasi xarajatlar u yoki bu ko'rinishi salmog'iga bog'liq ravishda sanoatning tarmoqlari bo'yicha farqlanadi. Agar material sig'imli tarmoqlarda mahsulot tannarxining tarkibida moddiy xarajatlar hal qiluvchi o'rinni egallasa, mehnat sig'imli tarmoqlarda esa asosiy hissa mehnat haqiga to'g'ri keladi. Energiya sig'imli tarmoqlar ham mavjud bo'lib, ularning tannarxida energetika resurslarining xarajatlari (rangli metalluigiya, kimyo sanoati, yengil
metallarni ishlab chiqarish)  katta salmoqni egallaydi.  O'z navbatida,  fond sig'imli
tarmoqlarda katta salmoq asosiy fondlarning amortizatsiyasi va ularni saqlash bilan bog'liq
xarajatlarga to'g'ri keladi.
Kalkulyatsiya moddalari bo'yicha xarajatlar quyidagilarga bo'linishi mumkin:
• xom-ashyo va materiallar;
• qaytariluvchi chiqindilar;
• texnologik maqsadlar uchun yoqilg'i va energiya;
• asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo'shimcha ish haqlari;
• yagona ijtimoiy soliqqa hisoblashlar;
• mashina va dastgohlarni saqlash xarajatlari;
•
umumishlab chiqarish xarajatlari;
•
umumxo'jalik xarajatlari;
•
boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;
•
qarziy xarajatlar.
Xarajatlarni kalkulyasiya moddalari bo'yicha klassifikatsiya qilinishi
mahsulotlarning alohida turlari bo'yicha uning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda amalga oshiriladi.  Bu belgiga ko'ra XYuSlarning xarajatlari ikkiga
bo'linadi:
• to'g'ri (bevosita) xarajatlar; 
• egri (bilvosita) xarajatlar.
To'g'ri (bevosita) xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish bilan
bog'liq bo'lgan xarajatlar kiradi. Ular shu mahsulotning tannarxiga bevosita kiritilishi
mumkin.  Masalan,  xom-ashyo,  asosiy material xarajatlari,  sotib olingan yarim
tayyor mahsulotlar va mahsulotning ma'lum bir turi bo'yicha butlovchi buyumlar
bilan bog'liq xarajatlar ana shunday xarajatlar hisoblanadi.
Egri (bilvosita)  xarajatlar butun XYuSda ishlab chiqarish jarayonini amalga
oshirish yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish bilan bog'liq
bo'ladi.  Masalan,  binolar va dastgohlarni saqlash,  ularni ta'mirlash xarajatlari,
boshqaruv apparatiga tegishli bo'lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar shular
jumlasidandir. Bu xarajatlar ma'lum turdagi buyumlarning tannarxiga qandaydir bir
Logotip
metallarni ishlab chiqarish) katta salmoqni egallaydi. O'z navbatida, fond sig'imli tarmoqlarda katta salmoq asosiy fondlarning amortizatsiyasi va ularni saqlash bilan bog'liq xarajatlarga to'g'ri keladi. Kalkulyatsiya moddalari bo'yicha xarajatlar quyidagilarga bo'linishi mumkin: • xom-ashyo va materiallar; • qaytariluvchi chiqindilar; • texnologik maqsadlar uchun yoqilg'i va energiya; • asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo'shimcha ish haqlari; • yagona ijtimoiy soliqqa hisoblashlar; • mashina va dastgohlarni saqlash xarajatlari; • umumishlab chiqarish xarajatlari; • umumxo'jalik xarajatlari; • boshqa ishlab chiqarish xarajatlari; • qarziy xarajatlar. Xarajatlarni kalkulyasiya moddalari bo'yicha klassifikatsiya qilinishi mahsulotlarning alohida turlari bo'yicha uning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu belgiga ko'ra XYuSlarning xarajatlari ikkiga bo'linadi: • to'g'ri (bevosita) xarajatlar; • egri (bilvosita) xarajatlar. To'g'ri (bevosita) xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar kiradi. Ular shu mahsulotning tannarxiga bevosita kiritilishi mumkin. Masalan, xom-ashyo, asosiy material xarajatlari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotning ma'lum bir turi bo'yicha butlovchi buyumlar bilan bog'liq xarajatlar ana shunday xarajatlar hisoblanadi. Egri (bilvosita) xarajatlar butun XYuSda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni saqlash, ularni ta'mirlash xarajatlari, boshqaruv apparatiga tegishli bo'lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu xarajatlar ma'lum turdagi buyumlarning tannarxiga qandaydir bir
shartli asosga ko'ra proporsional ravishda, ko'p hollarda, to'g'ri xarajatlarga nisbatan
to'g'ri proporsional ravishda kiritiladi.
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar ikkiga bo'linadi:
•
norma (me'yor)lashtiriladigan xarajatlar;
•
norma
 
(me'yor)lashtirilmaydigan
 
xarajatlar.
Xarajatlarning bunday bo'linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tegishli qaror qabul
qilinayotgan paytda qo'llaniladi. Norma (me'yor)lashtiriladigan xarajatlarga soliqqa
tortiladigan foydani  hisoblash maqsadida o'rnatilgan normalar doirasidagi xarajatlar
kiradi.
Chiqimlarni kamaytirish XYuS ishi samaradorligini oshirishning eng muhim
yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, chiqimlarni kamaytirishning quyidagi
asosiy yo'llari ajratilib ko'rsatiladi:
• resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish innovatsion texnolo-giyalarni qo'llash;
• mehnat unumdorligini oshirish;
• ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini yax-shilash;
• kadrlarning malakaviy darajasini oshirish;
• XYuS  taraqqiyotining  strategik  maqsadlarini  asoslash  va  qabul  qilingan
strategiyani aniq ijro etish;
• XYuSni  boshqarish  texnikasi  va  texnologiyasini  takomil-lashtirish,  qabul
qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini ta'minlash;
• xom-ashyo va material xarajatlarining salmog'ini pasaytirish, ta'minlovchi
xizmatlarning uzluksiz ishlashiga erishish;
• marketing xizmatining samarali ishlashi, XYuSning marketing strategiyasini
ishlab chiqish va amalga oshirish;
• XYuSdagi  yo'qotmalarning  barcha  ko'rinishlarini  qisqartirish,  chiqindilar,
ikkilamchi  materiallar  va  energoresurslardan,  yo'lovchi  mahsulotlardan  va
h.k.lardan foydalanish.
XYuS xarajatlarini tahlil qilish uchun asos bo'lib byudjetlashtirish (smetalarni
ishlab chiqish, xarajatlarni rejalashtirish va farqlanishni nazorat qilish) xizmat
qiladi. Bu xarajatlarni qisqartirishdagi uzilish-larni amalga oshirish bo'yicha XYuS
Logotip
shartli asosga ko'ra proporsional ravishda, ko'p hollarda, to'g'ri xarajatlarga nisbatan to'g'ri proporsional ravishda kiritiladi. Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar ikkiga bo'linadi: • norma (me'yor)lashtiriladigan xarajatlar; • norma (me'yor)lashtirilmaydigan xarajatlar. Xarajatlarning bunday bo'linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tegishli qaror qabul qilinayotgan paytda qo'llaniladi. Norma (me'yor)lashtiriladigan xarajatlarga soliqqa tortiladigan foydani hisoblash maqsadida o'rnatilgan normalar doirasidagi xarajatlar kiradi. Chiqimlarni kamaytirish XYuS ishi samaradorligini oshirishning eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, chiqimlarni kamaytirishning quyidagi asosiy yo'llari ajratilib ko'rsatiladi: • resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish innovatsion texnolo-giyalarni qo'llash; • mehnat unumdorligini oshirish; • ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini yax-shilash; • kadrlarning malakaviy darajasini oshirish; • XYuS taraqqiyotining strategik maqsadlarini asoslash va qabul qilingan strategiyani aniq ijro etish; • XYuSni boshqarish texnikasi va texnologiyasini takomil-lashtirish, qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini ta'minlash; • xom-ashyo va material xarajatlarining salmog'ini pasaytirish, ta'minlovchi xizmatlarning uzluksiz ishlashiga erishish; • marketing xizmatining samarali ishlashi, XYuSning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; • XYuSdagi yo'qotmalarning barcha ko'rinishlarini qisqartirish, chiqindilar, ikkilamchi materiallar va energoresurslardan, yo'lovchi mahsulotlardan va h.k.lardan foydalanish. XYuS xarajatlarini tahlil qilish uchun asos bo'lib byudjetlashtirish (smetalarni ishlab chiqish, xarajatlarni rejalashtirish va farqlanishni nazorat qilish) xizmat qiladi. Bu xarajatlarni qisqartirishdagi uzilish-larni amalga oshirish bo'yicha XYuS
turli  bo'linmalarining liarakatini  aniqlashga imkon beradi, bu ishning istiqbolli
yo'nalishlarini aniqlaydi.
Moddiy xarajatlar (FIFO, LIFO, qiymatning o'rtacha tortiluv-chanligiga ko'ra
baholash),  mehnat  xarajatlari,  amortizatsiya  ajrat-malari  va  ularning  boshqa
ko'rinishlarini hisoblash metodikasi tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism sifatida
maydonga chiqadi.
XYuS xarajatlarini samarali boshqarish uchun zarur bo'ladigan yuqorida sanab
o'tilgan  tarkibiy  qismlardan  (rejalashtirish,  hisob-kitob  metodlari,
byudjetlashtirish, tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini  ham ta'kidlab o'tish
kerakki, uni yo'lga qo'ymasdan turib, xarajatlarni samarali boshqarishning iloji
yo'q. Boshqaruv hisobi xarajatlarning doimiy (o'zgarmaydigan) va o'zgaruvchan
xarajatlarga  bo'linishiga, XYuSning xo'jalik yuritish sharoitlariga bog'liq ravishda
ularning xususiyatlariga asoslanadi.
Mahsulot  ishlab chiqarish chiqimlarini  kamaytirish XYuSning  mol  yetkazib
beruvchilar  bilan  munosabatlarini  rivojlantirish  va  optimallashtirish
(oqilonalashtirish) bo'yicha rejali ishiga, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan
oqilona  foydalanishiga,  iste'molchilarning talablariga va ilmiy-texnika taraqqiyoti
yutuqlariga javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga bog'liq.
11.2. Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish
XYuSning barcha moliyaviy resurslari o'z mablag'lari hisobidan, moliya va kredit
bozorlaridan jalb qilinadigan resurslar hisobidan,  uzoq muddatli, qisqa muddatli
kreditlashtirish  va  kreditorlik  qarzlari-dan  iborat  bo'lgan  qarziy  mablag'lar
ko'rinishidagi resurslardan tashkil topadi.
XYuSning o'z mablag'lari quyidagilar hisobidan shakllanadi:
• mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
• moliyaviy operatsiyalardan keladigan daromadlar;
• investitsion faoliyatdan olingan daromadlar;
• boshqa daromadlar.
Shuningdek,  o'z faoliyati hisobidan pullarning kelib tushishi amortizatsiya
Logotip
turli bo'linmalarining liarakatini aniqlashga imkon beradi, bu ishning istiqbolli yo'nalishlarini aniqlaydi. Moddiy xarajatlar (FIFO, LIFO, qiymatning o'rtacha tortiluv-chanligiga ko'ra baholash), mehnat xarajatlari, amortizatsiya ajrat-malari va ularning boshqa ko'rinishlarini hisoblash metodikasi tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism sifatida maydonga chiqadi. XYuS xarajatlarini samarali boshqarish uchun zarur bo'ladigan yuqorida sanab o'tilgan tarkibiy qismlardan (rejalashtirish, hisob-kitob metodlari, byudjetlashtirish, tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini ham ta'kidlab o'tish kerakki, uni yo'lga qo'ymasdan turib, xarajatlarni samarali boshqarishning iloji yo'q. Boshqaruv hisobi xarajatlarning doimiy (o'zgarmaydigan) va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'linishiga, XYuSning xo'jalik yuritish sharoitlariga bog'liq ravishda ularning xususiyatlariga asoslanadi. Mahsulot ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish XYuSning mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini rivojlantirish va optimallashtirish (oqilonalashtirish) bo'yicha rejali ishiga, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishiga, iste'molchilarning talablariga va ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga bog'liq. 11.2. Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish XYuSning barcha moliyaviy resurslari o'z mablag'lari hisobidan, moliya va kredit bozorlaridan jalb qilinadigan resurslar hisobidan, uzoq muddatli, qisqa muddatli kreditlashtirish va kreditorlik qarzlari-dan iborat bo'lgan qarziy mablag'lar ko'rinishidagi resurslardan tashkil topadi. XYuSning o'z mablag'lari quyidagilar hisobidan shakllanadi: • mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum; • moliyaviy operatsiyalardan keladigan daromadlar; • investitsion faoliyatdan olingan daromadlar; • boshqa daromadlar. Shuningdek, o'z faoliyati hisobidan pullarning kelib tushishi amortizatsiya
ajratmalari, chiqib ketgan mol-mulkni sotish, maqsadli tushilmalar, qurilishda ichki
resurslarni mobilizatsiya qilish,  XYuS ishtirokchilarining a'zolik va boshqa
badallarining kelib tushishi hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslar aksiya,  obligatsiya va boshqa
qimmatli qog'ozlarning emissiyasi va sotilishi natijasida va shuningdek,  kreditlar
hisobidan shakllanadi.
Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarga sug'urta qoplamalari,
xoldinglar,  assotsiatsiyalar yoki boshqa tarmoq tuzilmalaridan kelib tushadigan
moliyaviy resurslar kiradi.
Investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qimmatli qog'ozlar,  boshqa
XYuSlarga hissali ishtirok etishdan va h.k.lardan olinadigan dividendlar va foizlar
ko'rinishida kelib tushadi.
Yuqoridagi barcha manbalar hisobidan XYuSning xarajatlari amalga oshiriladi.
XYuSning  daromadlari  va  xarajatlari,  uning  byudjet  va  byudjetdan  tashqari
fondlar  bilan  o'zaro  aloqalari  choraklarga  bo'lingan  tarzda  tegishli  yil  uchun
tuziladigan moliyaviy rejada o'z  aksini topadi. Moliyaviy reja XYuS moliyaviy
faoliyatining tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani aks ettiruvchi
asosiy hujjat bo'lib xizmat qiladi.
Amaliyotda  hamma  vaqt  ham  foydaning  mazmun-mohiyati  bir  xil  tarzda
ifodalanaverilmaydi. Odatda, foyda deganda XYuS, firma, korporatsiyalar va boshqa
xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishlab  chiqarish-xo'jalik faoliyatining umumlashtirilgan
tarzda baholovchi ko'rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya
qilish bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlar ustidan oshgan qismi tushuniladi.
Amaliy  faoliyatda  esa  «foyda»ning  barcha  tushunchalarini  quyidagi  uch
guruhga birlashtirish mumkin:
• realizatsiya  qilinadigan  tovar  (xizmat)lar  sotish  bahosi  bilan  ularni  ishlab
chiqarish xarajatlari o'rtasidagi farq sifatida o'lchanadigan foyda;
• sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi o'lchamlarining  farqi sifatida
o'lchanadigan  faoliyatning  ayrim  davriga  tegishli  bo'lgan  foyda  (uning
kapitalashtirilganligi);
Logotip
ajratmalari, chiqib ketgan mol-mulkni sotish, maqsadli tushilmalar, qurilishda ichki resurslarni mobilizatsiya qilish, XYuS ishtirokchilarining a'zolik va boshqa badallarining kelib tushishi hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslar aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog'ozlarning emissiyasi va sotilishi natijasida va shuningdek, kreditlar hisobidan shakllanadi. Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarga sug'urta qoplamalari, xoldinglar, assotsiatsiyalar yoki boshqa tarmoq tuzilmalaridan kelib tushadigan moliyaviy resurslar kiradi. Investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qimmatli qog'ozlar, boshqa XYuSlarga hissali ishtirok etishdan va h.k.lardan olinadigan dividendlar va foizlar ko'rinishida kelib tushadi. Yuqoridagi barcha manbalar hisobidan XYuSning xarajatlari amalga oshiriladi. XYuSning daromadlari va xarajatlari, uning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan o'zaro aloqalari choraklarga bo'lingan tarzda tegishli yil uchun tuziladigan moliyaviy rejada o'z aksini topadi. Moliyaviy reja XYuS moliyaviy faoliyatining tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani aks ettiruvchi asosiy hujjat bo'lib xizmat qiladi. Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmun-mohiyati bir xil tarzda ifodalanaverilmaydi. Odatda, foyda deganda XYuS, firma, korporatsiyalar va boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatining umumlashtirilgan tarzda baholovchi ko'rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlar ustidan oshgan qismi tushuniladi. Amaliy faoliyatda esa «foyda»ning barcha tushunchalarini quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin: • realizatsiya qilinadigan tovar (xizmat)lar sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi farq sifatida o'lchanadigan foyda; • sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi o'lchamlarining farqi sifatida o'lchanadigan faoliyatning ayrim davriga tegishli bo'lgan foyda (uning kapitalashtirilganligi);
• foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushunish.
Foydaning  ma'no-mazmunini  aniqlashga  bo'lgan  yondoshuvning  turlicha
ekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim etaladigan hisobot ma'lumotlarining standart
paketlariga qarab turib, uning miqdori to'g'risida aniq bir fikrni aytishning hamma vaqt
ham iloji yo'q.
Faoliyatning  moliyaviy  natijalarini  tahlil  qilishda  XYuSlar,  ko'p  hollarda,
foydaning quyidagi ko'rinishlariga tayanadi:
• asos foyda;
• balans foyda;
• sof foyda yoki sof daromad.
Asos  foyda  deyilganda hisobot  davrida  kutilayotgan  foyda  tushuniladi.  Bu
ko'rsatkich  asos  rentabellikni  hisoblashda,  nomenklatura  pozitsiyalari  bo'yicha
miqdorva tannarx aniq ma'lum  bo'lmagan  paytda  keng  assortimentli  buyumlar
tayyorlovchi  XYuSlar, birlashmalar  bo'yicha rejalashtirilayotgan yil uchun foyda
analitik metodda aniqlanayotganda qo'llaniladi.
Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning  barcha turlari
bo'yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat.
Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan  tushumdan
barcha chegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan so'ng  vujudga kelishi mumkin.
Ma'lum  bir  miqdorda  sof  foydaning  (netto-foydaning)  olinishiga  erishilsagina
tadbirkorlik jarayonini amalga oshirish o'zining mazmuniga ega bo'ladi.
Hisobotlarda foyda quyidagi ko'rinishlarda aks ettirilishi mumkin:
• yalpi foyda;
• operatsion foyda;
• sof foyda.
XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari foyda va zararlar
to'g'risidagi hisobotda o'z aksini topadi. Bu hisobot moliyaviy tahlil uchun zarur
bo'lgan quyidagi muhim ma'lumotlarni o'zida mujassam etadi:
• mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasi;
• soliqqa tortilingunga qadar foyda summasi;
Logotip
• foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushunish. Foydaning ma'no-mazmunini aniqlashga bo'lgan yondoshuvning turlicha ekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim etaladigan hisobot ma'lumotlarining standart paketlariga qarab turib, uning miqdori to'g'risida aniq bir fikrni aytishning hamma vaqt ham iloji yo'q. Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar, ko'p hollarda, foydaning quyidagi ko'rinishlariga tayanadi: • asos foyda; • balans foyda; • sof foyda yoki sof daromad. Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda tushuniladi. Bu ko'rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, nomenklatura pozitsiyalari bo'yicha miqdorva tannarx aniq ma'lum bo'lmagan paytda keng assortimentli buyumlar tayyorlovchi XYuSlar, birlashmalar bo'yicha rejalashtirilayotgan yil uchun foyda analitik metodda aniqlanayotganda qo'llaniladi. Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning barcha turlari bo'yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat. Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan tushumdan barcha chegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan so'ng vujudga kelishi mumkin. Ma'lum bir miqdorda sof foydaning (netto-foydaning) olinishiga erishilsagina tadbirkorlik jarayonini amalga oshirish o'zining mazmuniga ega bo'ladi. Hisobotlarda foyda quyidagi ko'rinishlarda aks ettirilishi mumkin: • yalpi foyda; • operatsion foyda; • sof foyda. XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda o'z aksini topadi. Bu hisobot moliyaviy tahlil uchun zarur bo'lgan quyidagi muhim ma'lumotlarni o'zida mujassam etadi: • mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasi; • soliqqa tortilingunga qadar foyda summasi;
• foydadan olinadigan soliq summasi;
• XYuSning  ixtiyorida  qoldiriladigan  foyda  (sof  foyda  yoki  foyda-netto)
summasi.
Foydani tahlil qilish uchun ayrim ko'rsatkichlar yuqoridagi  hisobotda mavjud
bo'lmaganligi uchun ba'zi bir analitik indikatorlar qo'shimcha tarzda hisoblanmog'i
lozim. Bundan tashqari bu jarayonda XYuS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning
hamda soliq omilining ta'sirini alohida-alohida tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lish
juda muhimdir. Shuningdek, tahlil uchun qulay shaklda har qanday ma'lumotni
operativ ravishda olish ham muhim hisoblanadi.
Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli manbalarini  hisobga olish
kerak. Bu manbalarning ma'lum bir qismi foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda
ifodalangan,  u  yerda  ular,  birinchidan  faoliyatning  odatdagi  ko'rinishi  bo'yicha
daromadlar va xarajatlar, ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va xarajatlar sifatida
guruh-lashtiriladi.
Faoliyatning odatdagi ko'rinishi bo'yicha daromadlar va xarajatlar quyidagi tarzda
hisoblanadi: eng awalo, sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qo'shilgan
qiymat solig'i, aksizlar va shularga o'xshash majburiy to'lovlar chegirilgan) olingan
tushum va ularning tannarxi o'rtasidagi farqdan iborat bo'lgan yalpi foyda aniqlanadi.
Yalpi foydadan tijoriy va boshqaruv xarajatlari chegirilsa, sotuvdan  olingan foyda
paydo bo'ladiki, u faoliyatning odatdagi ko'rinishidan  foydani xarakterlaydi. Undan
so'ng boshqa daromadlar va xarajatlarni hisobga olgan holda soliqqa tortilguncha foyda
hisoblanadi. Odatda, boshqa daromadlar va xarajatlar quyidagilardan iborat bo'ladi:
• olinishi lozim bo'lgan foizlar;
• to'lanishi lozim bo'lgan foizlar;
• boshqa tashkilotlarning faoliyatiga ishtirok etishdan olingan daromadlar;
• boshqa operatsion daromadlar;
• realizatsiyadan tashqaridagi daromadlar;
• realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlar.
Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri davomidagi XYuS
faoliyatining samaradorligini ko'rsatishdan iborat.  Buxgalteriya hisobi XYuSning
Logotip
• foydadan olinadigan soliq summasi; • XYuSning ixtiyorida qoldiriladigan foyda (sof foyda yoki foyda-netto) summasi. Foydani tahlil qilish uchun ayrim ko'rsatkichlar yuqoridagi hisobotda mavjud bo'lmaganligi uchun ba'zi bir analitik indikatorlar qo'shimcha tarzda hisoblanmog'i lozim. Bundan tashqari bu jarayonda XYuS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning hamda soliq omilining ta'sirini alohida-alohida tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lish juda muhimdir. Shuningdek, tahlil uchun qulay shaklda har qanday ma'lumotni operativ ravishda olish ham muhim hisoblanadi. Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli manbalarini hisobga olish kerak. Bu manbalarning ma'lum bir qismi foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda ifodalangan, u yerda ular, birinchidan faoliyatning odatdagi ko'rinishi bo'yicha daromadlar va xarajatlar, ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va xarajatlar sifatida guruh-lashtiriladi. Faoliyatning odatdagi ko'rinishi bo'yicha daromadlar va xarajatlar quyidagi tarzda hisoblanadi: eng awalo, sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar va shularga o'xshash majburiy to'lovlar chegirilgan) olingan tushum va ularning tannarxi o'rtasidagi farqdan iborat bo'lgan yalpi foyda aniqlanadi. Yalpi foydadan tijoriy va boshqaruv xarajatlari chegirilsa, sotuvdan olingan foyda paydo bo'ladiki, u faoliyatning odatdagi ko'rinishidan foydani xarakterlaydi. Undan so'ng boshqa daromadlar va xarajatlarni hisobga olgan holda soliqqa tortilguncha foyda hisoblanadi. Odatda, boshqa daromadlar va xarajatlar quyidagilardan iborat bo'ladi: • olinishi lozim bo'lgan foizlar; • to'lanishi lozim bo'lgan foizlar; • boshqa tashkilotlarning faoliyatiga ishtirok etishdan olingan daromadlar; • boshqa operatsion daromadlar; • realizatsiyadan tashqaridagi daromadlar; • realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlar. Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri davomidagi XYuS faoliyatining samaradorligini ko'rsatishdan iborat. Buxgalteriya hisobi XYuSning
daromadlari va xarajatlari,  shuningdek uning sof moliyaviy natijasi —  sof foyda
to'g'risida ma'lumot olishga imkon beradi.  Yuqorida ta'kidlanganidek,  soliqqa
tortilgunga qadar foydaning summasi aniqlanganidan so'ng uning miqdori (summasi)
soliq qonunchiligiga muvofiq korrektirovka qilinishi va foyda hisobidan qoplanadigan
soliqlarning summasi chegiriJmog'i lozim.
Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar bo'lgan foyda va
nihoyat, sof foydani formulada quyidagicha ko'rsatish mumkin:
YaFb = T -T
к
r
m
Bu yerda: YaF^.— XYuSning yalpi foydasi;
Tr —    tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya 
qilishdan olingan tushum; Тш —    sotilgan tovarlar, 
mahsulotlar va xizmatlarning tannarxi.
SOF = Ya - TX - BX
*
ft
Bu yerda: SOFA — XYuSning sotuvdan olgan foydasi; 
YaA —  XYuSning yalpi foydasi; 
TX —  tijoriy xaraxatlar; 
BX —  boshqaruv xarajatlari.
STF^ = SOFA + BD - BX
Bu yerda: STFA~ soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi; 
SOF4 — XYuSning sotuvdan olgan foydasi; 
BD —   boshqa daromadlar; 
BX —    boshqa xarajatlar.
SR = STFb - FOS
Logotip
daromadlari va xarajatlari, shuningdek uning sof moliyaviy natijasi — sof foyda to'g'risida ma'lumot olishga imkon beradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, soliqqa tortilgunga qadar foydaning summasi aniqlanganidan so'ng uning miqdori (summasi) soliq qonunchiligiga muvofiq korrektirovka qilinishi va foyda hisobidan qoplanadigan soliqlarning summasi chegiriJmog'i lozim. Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar bo'lgan foyda va nihoyat, sof foydani formulada quyidagicha ko'rsatish mumkin: YaFb = T -T к r m Bu yerda: YaF^.— XYuSning yalpi foydasi; Tr — tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum; Тш — sotilgan tovarlar, mahsulotlar va xizmatlarning tannarxi. SOF = Ya - TX - BX * ft Bu yerda: SOFA — XYuSning sotuvdan olgan foydasi; YaA — XYuSning yalpi foydasi; TX — tijoriy xaraxatlar; BX — boshqaruv xarajatlari. STF^ = SOFA + BD - BX Bu yerda: STFA~ soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi; SOF4 — XYuSning sotuvdan olgan foydasi; BD — boshqa daromadlar; BX — boshqa xarajatlar. SR = STFb - FOS