XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLAT MOLIYASI – DAVLAT MOLIYAVIY SALOHIYATINING ASOSI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

18,4 KB


XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLAT MOLIYASI – DAVLAT
MOLIYAVIY SALOHIYATINING ASOSI
7.1. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo'jalik yurituvchi 
sub'ektlar moliyasi bilan o'zaro bog'liqligi
Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti sub'ektlari  va aholining pul
daromadlari hamda jamg'armalari asosida  shakllanib o'zaro bog'langan quyidagi
bo'g'inlardan tashkil topadi:
• respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat
kreditlashtirish resurslari; davlat unitar Xo'jalik  yurituvchi sub'ekt (XYuS)lari va
davlatning ishtirpkidagi XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga
asosiy fondlar,  tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag'lar, uy-
ro'zg'or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati — inson kapitali kira-digan moddiy
kapital ko'rinishidagi milliy boylik hajmini kiritish mumkin;
• xususiy XYuSlarning moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va
aylanma aktivlari yig'indisidan tashkil topadi. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar
nomoddiy  aktivlar,  asosiy  vositalar,  tugallanmagan  ishlab  chiqarish,  moddiy
boyliklarga  daromadli  qo'yilmalar,  uzoq  muddatli  moliyaviy  quyilmalar,
aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir. Shuningdek, bu yerda aylanma
aktivlarning  tarkibiga  zaxiralar,  debitorlik  qarzlari,  qisqa  muddatli  moliyaviy
quyilmalar,  pul  mablag'lari  va  boshqa  aylanma  aktivlar  kiradi.  XYuSlarning
moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog'liq. Bir xil
moliyaviy-iqtisodiy qudratga ega bo'lgan XYuSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi
Logotip
XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLAT MOLIYASI – DAVLAT MOLIYAVIY SALOHIYATINING ASOSI 7.1. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi bilan o'zaro bog'liqligi Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti sub'ektlari va aholining pul daromadlari hamda jamg'armalari asosida shakllanib o'zaro bog'langan quyidagi bo'g'inlardan tashkil topadi: • respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat unitar Xo'jalik yurituvchi sub'ekt (XYuS)lari va davlatning ishtirpkidagi XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag'lar, uy- ro'zg'or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati — inson kapitali kira-digan moddiy kapital ko'rinishidagi milliy boylik hajmini kiritish mumkin; • xususiy XYuSlarning moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlari yig'indisidan tashkil topadi. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli qo'yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar, pul mablag'lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi. XYuSlarning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog'liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga ega bo'lgan XYuSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi
moliyaviy natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik
jarayonlar va kadrlarni boshqarish
30 Ushbu darslikda xo'jalik yurituvchi sub'yektlar deyilganda, eng awalo, 
korxonalar va xo'jalik yuritishning qolgan barcha shakllari nazarda tutiladi.
samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlik natijalariga, moliyaviy resurslar
va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog'liq bo'ladi;
• bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati —  kredit resurslariga bo'lgan
iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real
imkoniyatlarining yig'indisi. Ko'pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi
paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan
ta'minlash imkoniyatiga ega emas. XYuSlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari,
asosan,  qisqa muddatli xususiyatga ega.  Asosiy  kapitalni  shakllantirishdagi
kreditlarning salmog'i iqtisodiyot samaradorligining o'sishi uchun yetarli emas;
• sug'urta  fondlarining  moliyaviy  salohiyati.  Bu  salohiyat  tadbirkorlikdagi
risklarni  pasaytiradigan  va  jamg'armalar  hamda
 investitsiyalar  o'sishini
ta'minlaydigan pul sug'urta resurslarini shakllantirish bo'yicha sug'urtaviy moliyaviy-
iqtisodiy imkoniyatlar yig'indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo'ladi;
• uy xo'jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ulardagi jami daromadlar,
soliq, renta va foiz to'lovlari, investitsion talablar o'sishiga iste'mol vajamg'arishning
ta'siri orqali ifodalanadi.
Hozirgi paytda juda ko'p mamlakatlarda aholi jamg'armalari, XYuS va tashkilotlar
jamg'armalari singari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to'liq
foydalanilmayapti.
7.2. Moliyaviy salohiyatning o'sish omillari
Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori
moliyasi  tashkil  etadi.  Moddiy  boyliklarni  ishlab  chiqarish  sohasida  xo'jalik
samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi.
XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari
Logotip
moliyaviy natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish 30 Ushbu darslikda xo'jalik yurituvchi sub'yektlar deyilganda, eng awalo, korxonalar va xo'jalik yuritishning qolgan barcha shakllari nazarda tutiladi. samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlik natijalariga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog'liq bo'ladi; • bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati — kredit resurslariga bo'lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig'indisi. Ko'pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta'minlash imkoniyatiga ega emas. XYuSlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xususiyatga ega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlarning salmog'i iqtisodiyot samaradorligining o'sishi uchun yetarli emas; • sug'urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlikdagi risklarni pasaytiradigan va jamg'armalar hamda investitsiyalar o'sishini ta'minlaydigan pul sug'urta resurslarini shakllantirish bo'yicha sug'urtaviy moliyaviy- iqtisodiy imkoniyatlar yig'indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo'ladi; • uy xo'jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ulardagi jami daromadlar, soliq, renta va foiz to'lovlari, investitsion talablar o'sishiga iste'mol vajamg'arishning ta'siri orqali ifodalanadi. Hozirgi paytda juda ko'p mamlakatlarda aholi jamg'armalari, XYuS va tashkilotlar jamg'armalari singari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to'liq foydalanilmayapti. 7.2. Moliyaviy salohiyatning o'sish omillari Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil etadi. Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish sohasida xo'jalik samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi. XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari
va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy  aylanishi samaradorligining o'sishiga
xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini
amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo'lgan qarziy mablag'lar
asosida tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda kapital quyilmalarni moliyalashtirishda XYuS o'z mablag'larining
(sof foyda va amortizatsiya) salmog'i muhim ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya
ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish alohida rol o'ynaydi.
YalM  va  MDni  qayta  (ikkilamchi)  taqsimlash  davlat  va XYuSlar  o'rtasidagi
moliyaviy  munosabatlar  doirasida  sodir  bo'ladi.  Ana  shu darajada XYuSlar va
aholining birlamchi daromadlari bir qismini to'g'ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqli
undirish yo'li bilan va  shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning
davlat moliyasi tashkil topadi.
XYuSlar pul resurslarini, uy xo'jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash
kredit-bank sohasi va sug'urta tizimi orqali ham  amalga oshiriladi. Bular depozitli,
vekselli, pulli va banklarningboshqa jamg'arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik
shaxslar va aholiga  uzoq, o'rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli
risklarni sug'urta qilish shakllarida sodir bo'ladi.
Ko'p darajali byudjet tizimi va nobyudjet fondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash
jarayonlarini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni  yanada kuchaytirish va davlat
moliyaviy resurslari o'sishining quyidagi yo'nalishlari bilan uzviy bog'langan:
• byudjet-soliq  sohasidagi  daromadlarni  qayta  taqsimlashning  samaradorligini
oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta'sirchan fiskal siyosatni hayotga tatbiq etish bilan
bog'liqki, bu siyosat o'z navbatida,  ishlab chiqarishning o'sishi  va XYuSlarning
investitsiyalarga yo'naltiriladigan moliyaviy resurslarining o'sishini rag'batlantirishni
ko'zda tutmog'i kerak;
• bank-kredit  sektori  orqali  pul  resurslarining  qayta  taqsimlanishini
optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy  vositalari va mexanizmlari bo'lib
quyidagilar  hisoblanishi  mumkin:  kredit  siyosati;  uzoq,  o'rta  va  qisqa  muddatli
kreditlar hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit
foizlarining  stavkasi;  qimmatli  qog'ozlar  bozori.  Iqtisodiyotda  bu  vosita  va
Logotip
va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o'sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo'lgan qarziy mablag'lar asosida tashkil topadi. Hozirgi vaqtda kapital quyilmalarni moliyalashtirishda XYuS o'z mablag'larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog'i muhim ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish alohida rol o'ynaydi. YalM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYuSlar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo'ladi. Ana shu darajada XYuSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to'g'ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqli undirish yo'li bilan va shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi. XYuSlar pul resurslarini, uy xo'jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug'urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarningboshqa jamg'arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o'rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug'urta qilish shakllarida sodir bo'ladi. Ko'p darajali byudjet tizimi va nobyudjet fondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o'sishining quyidagi yo'nalishlari bilan uzviy bog'langan: • byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlashning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta'sirchan fiskal siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog'liqki, bu siyosat o'z navbatida, ishlab chiqarishning o'sishi va XYuSlarning investitsiyalarga yo'naltiriladigan moliyaviy resurslarining o'sishini rag'batlantirishni ko'zda tutmog'i kerak; • bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy vositalari va mexanizmlari bo'lib quyidagilar hisoblanishi mumkin: kredit siyosati; uzoq, o'rta va qisqa muddatli kreditlar hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog'ozlar bozori. Iqtisodiyotda bu vosita va
mexanizmlardan  foydalangan  holda  davlat  tomonidan  ma'lum  bir  maqsadga
yo'naltirilgan tarzda tartibga solish davlat,  XYuSlarning investitsion imkoniyatlari
chegaralarini  kengaytiradi,  aholining  pulli  jamg'armalarini  investitsiyalarga  jalb
qiladi;
• yangi samarali iqtisodiyotni — intellektual infrastrukturaning yuqori sur'atlarda
rivojlanishi  farqlanuvchi  belgisi  bo'lgan  bilimlar  iqtisodiyotini  shakllantiradigan
XYuSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotning yadrosini
yuqori qo'shil-gan qiymat va yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlar ishlab
chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil etmog'i lozim. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida
xom-ashyo-energiya sohasi hukmronlik qilishi,  yoqilg'i-energetika kompleksining
sanoat  ishlab  chiqarishida,  konsolidatsiyalashtirilgan  va  respublika  byudjeti
daromadlarida,  eksportda  va  valyuta  tushumlarida  nisbatan  katta  salmoqning
egallashi iqtisodiyotni shu tomonga shaklan o'zgara boshlaganligidan  dalolat beradi.
Milliy  xo'jalikning  bunday  tarkibiy  nomuvofiqligi  iqtisodiyotni  qoloqlik  sari
yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkablashtiradi. Shu munosabat
bilan xom-ashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga kapitalning
oqib  o'tishini  ta'minlovchi  samarali  mexanizmlarni  ishlab  chiqish  muammosi
dolzarblik kasb etib, bu narsa oxir oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori
darajaga ko'taradi;
• XYuSlar  moliyaviy  salohiyatining  darajasi  ularning  samarali  investitsion-
tadbirkorlik faolligiga bog'liq. Zamonaviy o'zgaruvchan  (dinamik) iqtisodiy muhit
xorijiy kapitalni qo'shgan holda o'z va  jalb qilingan investitsion manbalar asosida
ishlab  chiqarishni  doimiy  ravishda  ilmiy-texnikaviy  jihatdan  yangilashni  va
rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi  paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy  barqarorligi  va
raqobatbardoshligini ta'minlashda o'ziga xos omil bo'lib ularning yirik tadbirkorlik
tizimlariga  (moliya-sanoat  guruhlari,  konsernlar,  konglomeratlar,  xoldinglar,
konsorsiumlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapitalining real
qo'shilishi va ta'sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir bo'lmoqda. Bularning
natijasida ishlab chiqarish miqiyoslari o'sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot
Logotip
mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYuSlarning investitsion imkoniyatlari chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg'armalarini investitsiyalarga jalb qiladi; • yangi samarali iqtisodiyotni — intellektual infrastrukturaning yuqori sur'atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo'lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYuSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotning yadrosini yuqori qo'shil-gan qiymat va yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil etmog'i lozim. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida xom-ashyo-energiya sohasi hukmronlik qilishi, yoqilg'i-energetika kompleksining sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va respublika byudjeti daromadlarida, eksportda va valyuta tushumlarida nisbatan katta salmoqning egallashi iqtisodiyotni shu tomonga shaklan o'zgara boshlaganligidan dalolat beradi. Milliy xo'jalikning bunday tarkibiy nomuvofiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkablashtiradi. Shu munosabat bilan xom-ashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib o'tishini ta'minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dolzarblik kasb etib, bu narsa oxir oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga ko'taradi; • XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali investitsion- tadbirkorlik faolligiga bog'liq. Zamonaviy o'zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo'shgan holda o'z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab qiladi. Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta'minlashda o'ziga xos omil bo'lib ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsiumlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapitalining real qo'shilishi va ta'sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir bo'lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish miqiyoslari o'sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot